Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.05.2007 22.05.2006 yildagi 91-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.05.2007
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YIRIK INVESTITSIYa LOYIHALARINI EKSPERTIZADAN OʻTKAZISh BYuROSIDA MAQSADLI DASTURLAR, KONSEPSIYALAR VA INVESTITSIYa LOYIHALARINI EKSPERTIZADAN OʻTKAZISh VA TAVSIYALAR TAYYORLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 11-maydagi 96-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2007-yil 22-martdagi PQ-607-son qarorlari)” toʻgʻrisidagi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish byurosini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 3-apreldagi PQ–316-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni yoki qarori, shuningdek Hukumat qarori bilan tasdiqlanishi lozim boʻlgan maqsadli dasturlar, konsepsiyalar va investitsiya loyihalarini amalga oshirish mumkinligi toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish uchun ularni ekspertizadan oʻtkazish va tavsiyalar tayyorlash tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari — neft-gaz sanoati, geologiya, energetika, kimyo, metallurgiya, mashinasozlik korxonalarini, shuningdek yirik obyektlar va gidrotexnika inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va zamonaviylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan maqsadli dasturlar, konsepsiyalar va investitsiya loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 3-apreldagi PQ–316-son qarorida belgilangan baholash mezonlari va talablar asosida ekspertizadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli dasturlar, konsepsiyalar va investitsiya loyihalarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi va texnik jihatdan mumkinligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qilish imkonini beruvchi asoslangan tavsiyalar tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Byuro direktori va ekspertlari loyihalarning oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi hamda ular yuzasidan kiritilgan tavsiyalarning asoslanganligi uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish byurosida maqsadli dasturlar, konsepsiyalar va investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va tavsiyalar tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda vazirliklar va idoralar tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Byuro direktori — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 22-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil
22-maydagi 91-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish byurosida maqsadli dasturlar, konsepsiyalar va investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va tavsiyalar tayyorlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Byuroda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni yoki qarori, shuningdek Hukumat qarori bilan tasdiqlanishi lozim boʻlgan maqsadli dasturlar, konsepsiyalar va investitsiya loyihalarini amalga oshirish mumkinligi toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish uchun ularni ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish va tavsiyalar tayyorlash tartibini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft-gaz sanoati, geologiya, energetika, kimyo, metallurgiya, mashinasozlik korxonalarini, shuningdek yirik obyektlar va gidrotexnika inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va zamonaviylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli davlat dasturlari va konsepsiyalarga kiritilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari asosida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berilishi nazarda tutiladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan manbalar resurslari hisobiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati ostida xorijiy kreditlar jalb etilgan holda amalga oshiriladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq amalga oshiriladigan maqsadli dasturlar, konsepsiyalar va investitsiya loyihalari Byuroda ekspertizadan oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Byuro ekspertizani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Hukumat qarorlariga, shuningdek ekspertizaning kompleksliligi, xolisligi, mustaqilligi prinsiplariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Maqsadli dasturlar, konsepsiyalar loyihalari va investitsiya takliflari boʻyicha Byuroga hujjatlarni (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Hukumat qarorlari loyihalari) va materiallarni (hisoblash, asoslash) taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida dasturlar, konsepsiyalar loyihalari va investitsiya loyihalari amaldagi qonun hujjatlari talablariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Hukumat qarorlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ish tartibiga qatʼiy muvofiq ravishda belgilangan muddatlarda bajaruvchi — asosiy ishlab chiquvchi (komissiya, guruh, vazirlik yoki idora, Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamenti) tomonidan puxta va har tomonlama ishlab chiqilgandan keyin Byuroga ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komplekt boʻlmagan va normativ talablarga javob bermaydigan hujjatlar va materiallar ekspertizadan oʻtkazilmaydi, bu haqda Byuroning direktori uch kun muddatdan kechikmasdan ekspertizani amalga oshirish rad etilishining aniq sabablarini asoslagan holda loyihaning asosiy ishlab chiquvchisini yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ekspertizadan oʻtkazish uchun asosiy ishlab chiquvchi tomonidan Byuroga quyidagi asosiy hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli dastur, konsepsiya loyihasi va investitsiya loyihasi unga muvofiq ishlab chiqilgan hujjatning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli dastur, konsepsiya loyihasi va investitsiya loyihasi (taklifi) loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hisoblab chiqilgan asoslashlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tushuntirish xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertiza vakolatli organlarining xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni, Qarori, Farmoyishi yoki Hukumat qarori loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishish varaqasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar bilan birgalikda Byuroga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mutasaddilik qiluvchi oʻrinbosari imzosi bilan Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksining loyiha boʻyicha xulosasi ham taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Zaruriyat boʻlganda, Byuro tarmoq xususiyatini va loyihaning murakkabligini hisobga olgan holda koʻrib chiqilayotgan hujjatlarga tegishli qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2-bandda koʻrsatilgan hujjatlar asosiy ishlab chiquvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki nusxada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga muvofiq puxta ishlab chiqish uchun tegishli Axborot-tahlil departamentiga, ikkinchi nusxasi mazkur Nizomga muvofiq ekspertizani amalga oshirish uchun Byuroga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tegishli Axborot-tahlil departamentida va Byuroda kiritilgan hujjatlarni koʻrib chiqish, puxta ishlash va ekspertizadan oʻtkazishda ekspertizaning mustaqilligi va xolisligi prinsiplariga qatʼiy rioya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Maqsadli dasturlar, konsepsiyalar loyihalari va investitsiya takliflarini ekspertizadan oʻtkazish va ular boʻyicha tavsiyalar tayyorlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Byuroda maqsadli dasturlar va konsepsiyalar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish mazkur Nizomga ilova qilingan Sxemada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Investitsiya loyihalarini (takliflarini) ekspertizadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga va mazkur qarorga 2-ilovaga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Loyihalarni Byuroda ekspertizadan oʻtkazish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha boʻyicha investitsiya xarajatlarining amalga oshiriladigan ishlarga muvofiqligini, taklif etilayotgan ishlab chiqarish texnologiyasining asoslanganligini va ishlab chiqarish siklining yaxlitligini va tugallanganligini baholash asosida, vatanimizdagi va xorijdagi eng yaxshi ana shunday loyihalar bilan qiyoslash asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har tomonlama asoslangan zamonaviy texnologiya tanlanganligini, mahalliylashtirish va butlovchi buyumlar, yoqilgʻi-energetika, xomashyo va tabiiy resurslar bilan taʼminlanganlik darajasini baholash, ularni oqilona sarflash talablariga rioya qilinishi hisobga olingan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talab etiladigan, shu jumladan import boʻyicha olinadigan sanoat qurilmalari, asbob-uskunalar, mashina va mexanizmlar roʻyxatining texnik darajaga va taklif etilayotgan texnologiyaga muvofiqligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish uchun taklif etilayotgan mahsulotning narx va sifat tavsiflari boʻyicha raqobatbardoshligi darajasini baholash, mahsulotni sotishning uzoq muddatli bozorini chuqur ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot taqsimotiga oid bitimlar loyihalarini baholash, shuningdek konlar yoki yer osti uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya olish uchun talablar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Byuroning loyiha boʻyicha tavsiyalarini tayyorlash ekspertiza natijalarini umumlashtirish asosida va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi xulosasi hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ekspertizaning tavsiyalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning tegishli bazaviy tarmoqlarida fan va texnologiyani rivojlantirish istiqbollarini, fan-texnika taraqqiyotining eng soʻnggi yutuqlarini qoʻllash darajasini, moddiy-texnika, energetika resurslari va resurslarning boshqa turlaridan maqbul foydalanish darajasini hisobga olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavsiyalarda texnik, texnologik va tashkiliy loyiha yechimlarining iqtisodiy samaradorligi, foydalanishning ishonchliligi baholangan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import xomashyodan foydalanish bilan bogʻliq yangi quvvatlarni tashkil etishning ehtimol tutilgan oqibatlarini va mahsulot isteʼmoli bozorlari konyunkturasining oʻzgarishini hisobga olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan (budjet) manbalar yoki Hukumat kafolati ostida xorijiy kreditlarni, shuningdek korxonalarning oʻz mablagʻlarini jalb etish hisobiga loyiha tashabbuskori tomonidan qoʻyilayotgan resurslarning samaradorligi toʻgʻrisida vakolatli moliya va bank organlarining xulosalariga muvofiq moliyaviy va iqtisodiy hisob-kitoblarning ishonchliligini (har xil variantlar asosida), investitsiya qilinadigan mablagʻlarning oʻz vaqtida qaytarilishi kafolatlari asoslanganligini, loyihaning qoplanuvchanligini (ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati va uning mamlakat ichida va eksportga sotilishi shartligi) va barqaror foyda olinishini tasdiqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza natijalari boʻyicha loyihani tasdiqlash maqsadga muvofiqligi asoslangan yoki qoʻyiladigan talablarga muvofiq emasligi tufayli loyihani rad etish toʻgʻrisidagi xulosalarni oʻz ichiga olishi kerak, unda loyiha yechimlarini qayta ishlash boʻyicha takliflar koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Zaruriyat boʻlganda Byuro oʻz vakolatiga kiradigan baholash mezonlari asosida aniq bir loyihaning maqsadlari va vazifalariga eng maqbul va samarali erishilishini taʼminlaydigan muqobil takliflarni ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Byuroning maqsadli dasturlar, konsepsiyalar va investitsiya takliflari loyihalariga oid tavsiyalarini koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tayyorlangan tavsiyalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun Byuro direktori tomonidan yozma ravishda axborot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan bir paytda Vazirlar Mahkamasi tegishli kompleksining xulosasi ham koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan qabul qilingan qarorga muvofiq, qaror ijobiy boʻlgan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, Qarori va Farmoyishi yoki Hukumat qarori loyihasi mazkur Nizom II bobining 2-bandida koʻrsatib oʻtilgan barcha zarur hujjatlar hamda Byuro tavsiyalari bilan birgalikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Davlat maslahatchisi xizmatiga taqdim etiladi yoxud qaror salbiy boʻlgan taqdirda — loyihani puxta ishlab chiqish uchun Bosh vazir oʻrinbosari — kompleks rahbariga va loyihaning asosiy ishlab chiquvchisiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Byuroda tavsiyalar tayyorlangan maqsadli dasturlar, konsepsiyalar va investitsiya takliflari loyihalari boʻyicha tizimli asosda maʼlumotlar banki yigʻib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish byurosida maqsadli dasturlar, konsepsiyalar va investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va tavsiyalar tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish byurosida maqsadli dasturlar, konsepsiyalarni ekspertizadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil
22-maydagi 91-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-band quyidagi tahrirdagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) maqsadli davlat dasturlari, konsepsiyalarga kiritilgan hamda qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni yoki Qarori, shuningdek Hukumat qarori qabul qilinishini talab etadigan investitsiya loyihalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari asosida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berilishi nazarda tutiladigan investitsiya loyihalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) markazlashtirilgan manbalar resurslari hisobiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida xorijiy kreditlar jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mahsulot taqsimotiga oid bitimlarga muvofiq amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda bir vaqtning oʻzida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish byurosida ekspertizadan oʻtkaziladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 180-modda)