Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.11.2017 05.12.1995 yildagi 449-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.11.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini Davlat inspeksiyasini Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasiga aylantirish to‘g‘risida
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 933-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini Davlat inspeksiyasi tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-avgustdagi PF-5174-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi o‘simliklar karantini Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-avgustdagi PQ-3249-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini Davlat inspeksiyasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasiga aylantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi taqdimnomasiga binoan viloyat, tumanlararo va tuman inspeksiyalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlasin.
(1 — 3-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. SSSR Ministrlar Sovetining “SSSRda o‘simliklar karantinini tashkil etishni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1979-yil 6-iyuldagi 656-son qarori yuzasidan O‘zbekiston KP MK va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1979-yil 15-avgustdagi 585-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Dehqonchilik sanoati majmui bo‘limi (Mardonov) ga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 5-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
449-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 5-dekabrdagi 449-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi (bundan keyin “O‘zboshdavkarantin”) deb ataladi) “O‘simliklar karantini to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi negizida tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi o‘z faoliyatida “O‘simliklar karantini to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining buyruqlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
(1 va 2-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zboshdavkarantin” O‘zbekiston Respublikasi o‘simliklar karantini davlat xizmatiga rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zboshdavkarantin” O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadi, ixtisoslashtirilgan fumigatsiya otryadlari bundan mustasno.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zboshdavkarantin” yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, blanklar va shtamplarga ega bo‘ladi, o‘z nomidan shartnomalar tuzishi, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlar hamda majburiyatlar olishi, sudlarda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘simliklar karantini davlat xizmati organlarining asosiy vazifasi o‘simliklarning tashqi va ichki karantini bo‘yicha davlat tadbirlari tizimini amalga oshirishdan iborat bo‘lib, ular quyidagilarga qaratilgandir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududini xalq xo‘jaligiga anchagina iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar va begona o‘tlarning karantin va boshqa xavfli zararkunandalari, kasalliklarining chet mamlakatlardan kirib kelishidan muhofaza qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘simliklar va begona o‘tlarning karantin va boshqa xavfli zararkunandalari, kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash, tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda bartaraf etish, shuningdek, ularning respublikaning ular yo‘q bo‘lgan joylariga kirib borishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi va boshqa o‘simlik mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish hamda ulardan foydalanishda o‘simliklar karantini bo‘yicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratini o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “O‘zboshdavkarantin” asosiy vazifalariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘simliklar karantini bo‘yicha tadbirlarning bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi, respublika hududida ushbu tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolati doirasida barcha vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek, fuqarolar bajarishi majburiy bo‘lgan o‘simliklar karantini bo‘yicha buyruqlar, yo‘riqnomalar, nizomlar, qoidalar chiqaradi hamda ularni belgilangan tartibda ularga yetkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘simliklar va begona o‘tlarning respublika uchun karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararkunandalari, kasalliklari ro‘yxatini, shuningdek, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda respublikadan chetga chiqarilishi mumkin bo‘lmagan biologik obyektlar ro‘yxatini har besh yilda bir marta qayta ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urug‘larni, o‘simliklarni, o‘simlik xomashyosini, boshqa o‘simlik mahsulotlarini va xalq iste’mol tovarlarini respublikaga olib kelish, mamlakat ichida tashish, eksport chiqarish hamda ulardan foydalanishning karantin qoidalarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘simliklar karantini bo‘yicha respublika manfaatlarini xalqaro tashkilotlar doirasida ifodalaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat bo‘lganda o‘simliklar va begona o‘tlarning karantin zararkunandalari, kasalliklari bilan kurashishda qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari)ga, fermer va dehqon xo‘jaliklariga hamda boshqa korxona va tashkilotlarga yordam ko‘rsatish uchun ixtisoslashtirilgan fumigatsiya otryadlari tashkil etadi;
(7-bandning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport jo‘natiladigan, shuningdek, chet mamlakatlardan respublikaga keltirilgan o‘simliklar va begona o‘tlar karantin zararkunandalarining, kasalliklarining tashuvchisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan urug‘lar, o‘simliklar, o‘simlik mahsulotlari va boshqa materiallarning karantin tekshiruvini va laboratoriya ekspertizasini o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududini karantin bo‘yicha mintaqalashtirishni va mikromintaqalashtirishni belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘simliklar va begona o‘tlarning karantin zararkunandalari, kasalliklari bilan kurashish borasidagi ilm-fan yutuqlarini va ilg‘or tajribani, yangi uslublarni, vositalarni va usullarni targ‘ib qilishni hamda ishlab chiqarishga keng joriy etishni, karantin obyektlari to‘g‘risidagi bilimlarni aholi o‘rtasida ommalashtirishni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy hokimiyat organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli hudud bo‘yicha karantin o‘rnatish (uni bekor qilish) to‘g‘risida tavsiyanomalar yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urug‘larni, o‘simliklar va boshqa o‘simlik mahsulotlarini import qilishga, shuningdek respublika hududi orqali tranzit bo‘yicha olib o‘tiladigan tarkibida urug‘lar, o‘simliklar va o‘simlik mahsulotlari bo‘lgan yuklarga karantin ruxsatnomalari beradi;
(7-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-oktabrdagi 276-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 550-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “O‘zboshdavkarantin” ga quyidagi huquqlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasarrufidagi tashkilotlarning yirik hisobotlari va prognozlarini, smetalarini, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlari rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin tadbirlarini o‘tkazish uchun ajratilgan budjet mablag‘larini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha taqsimlash, ularning to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘simliklar karantin bo‘yicha davlat xizmati quyi organlarining qonunga zid bo‘lgan buyruqlari va farmoyishlarini bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus to‘plamlar, ma’lumotnomalar, qat’iy hisobot hujjatlari va boshqa materiallarni nashr etish hamda barcha davlat inspeksiyalarini belgilangan yagona shakldagi hujjatlar bilan markazlashtirilgan tartibda ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar xodimlarini rag‘batlantirish yoki ularga intizomiy jazolar belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda o‘simliklar karantini masalalari bo‘yicha konferensiyalar, kengashlar va seminarlar tayyorlash va o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Temir yo‘l stansiyalari, aeroportlar, daryo portlari, pochtamtlar va tosh yo‘llaridagi o‘simliklar karantini bo‘yicha chegara punktlari bevosita “O‘zboshdavkarantin” ga bo‘ysunadilar va ular zimmasiga quyidagilar yuklanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import va eksport qilinayotgan o‘simlik mahsulotlari namunalarini, chet mamlakatlardan keltirilayotgan transport vositalarini, shuningdek, O‘zbekiston hududi orqali tranzit bo‘yicha olib o‘tilayotgan o‘simlik mahsulotlarini karantin ko‘rigidan va ekspertizadan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import o‘simlik mahsulotlarini zararkunandalardan zararsizlantirish yoki begona o‘tlar urug‘laridan tozalash to‘g‘risida yuk egalariga ko‘rsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
punkt faoliyat ko‘rsatadigan hududda o‘simlik va begona o‘tlarning karantin zararkunandalari hamda kasalliklarini aniqlash maqsadida yer maydonlari, ekinzorlar, o‘simliklar va omborxona binolarini tekshiruvdan o‘tkazish, shuningdek, aniqlangan zararlanish o‘choqlarining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik tadbirlarini tashkil etish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import o‘simlik mahsulotlarini, omborlarni va ushbu mahsulotlar saqlanadigan joylarni zararsizlantirish tadbirlari samaradorligini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘simlik mahsulotlarini tashish huquqi bo‘yicha karantin hujjatlarini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘simliklar karantini bo‘yicha belgilangan tadbirlarning chegara punkti faoliyat hududdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tayinlanadigan boshliq (O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh inspektori) rahbarlik qiladi. Boshliq o‘rinbosarini (O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspektori o‘rinbosarini) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi boshlig‘i zimmasiga quyidagilar yuklanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inspeksiyaning barcha ishlarini tashkil etish va uning faoliyati uchun shaxsan javob berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi mol-mulkini va mablag‘larini tasarruf etish, shartnomalar tuzish, ishonchnomalar, shu jumladan, boshqaga ishonib topshirish huquqi bilan berish, banklarda hisob-kitob, valyuta, maxsus va boshqa schyotlar ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyruqlar va farmoyishlar chiqarish, inspeksiya apparati xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat inspeksiyalari boshliqlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklar bilan kelishilgan holda, shuningdek, o‘simliklar karantini chegara punktlari mudirlarini, ilmiy markaz direktorini va karantin laboratoriyalari mudirlarini, maxsus fumigatsiya otryadlari boshliqlarini lavozimga tayinlash va egallab turgan lavozimidan bo‘shatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan shtatdagi xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida shtatlar jadvalini, shuningdek, “O‘zboshdavkarantin” bo‘limlari va boshqa bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat inspeksiyalari va tasarrufdagi boshqa tashkilotlar faoliyatiga taalluqli eng muhim masalalarni ko‘rib chiqish va hal etish uchun bamaslahat boshqaruv organi – Kengash tuziladi, uning tarkibiga o‘simliklar karantini xizmatining rahbar xodimlari kiradi. O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasining boshlig‘i Kengash raisi hisoblanadi. Kengash to‘g‘risidagi Nizom va Kengash tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin xizmatining yangi yo‘nalishlari bo‘yicha fan va texnikani rivojlantirish, takliflar, ishlanmalar va tavsiyanomalarni ko‘rib chiqish, ularni ilmiy jihatdan asoslash hamda joriy etishni jadallashtirish maqsadida olimlar, mutaxassislar, ilmiy-texnika jamiyatlari va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat tarkibida ilmiy-texnika kengashi tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-texnika kengashi to‘g‘risidagi Nizom Kengash raisi – O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasining boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
(10-bandning birinchi va oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1995-y., 12-son, 47-modda; 2013-y., 41-son, 550-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda)