24.01.1997 yildagi 50-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temuriylar tarixi Davlat muzeyi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalda bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Madaniyat ishlari vazirligi 2 oy muddatda respublika muzeylarining Temuriylar tarixiga mansub eksponatlari roʻyxatini aniqlasinlar va ularni Temuriylar tarixi Davlat muzeyiga tekin berish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Amir Temur va Temuriylar davri eksponatlari koʻrgazmasini tashkil etish hamda keyinchalik chet el toʻplamlaridan ularning aslini yoki nusxalarini sotib olish masalalarini ishlab chiqish boʻyicha ilovaga* muvofiq tarkibda Komissiya tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi elchixonalari ishtirokida joylarda Amir Temur va Temuriylar davri eksponatlariga ega boʻlgan muzeylar va tashkilotlar bilan 1997-yilning ikkinchi yarmida Oʻzbekistonda ushbu eksponatlar koʻrgazmasini uyushtirish imkoniyatlari va shart-sharoitlari toʻgʻrisida muzokaralar oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu tadbirga yirik chet el muzeylarini jalb etishda, koʻrgazmani tashkil qilishga va kataloglar nashr etishga mablagʻlar ajratishda yordam koʻrsatish maqsadida HSOM homiyligida koʻrgazmani oʻtkazish imkoniyatlari toʻgʻrisida Xalqaro muzeylar kengashi (HSOM)ga murojaatnoma loyihasini bir oy muddatda tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi bilan birgalikda koʻrgazmani tashkil etish uchun zarur moliyaviy mablagʻlar ajratish boʻyicha takliflarni 3 oy muddatda tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrgazmani oʻtkazish dasturini 1997-yilning may oyida Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrgazmani oʻtkazish natijalari boʻyicha ekspert xulosalar asosida Amir Temur va Temuriylar davri tarixiy hujjatlari hamda qadimiy yodgorliklari aslini yoki nusxalarini sotib olish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Muzey xodimlarining cheklangan soni (Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-martdagi 99-son qarori bilan ajratilgan 22 nafarni qoʻshgan holda) 75 nafar, shu jumladan ilmiy xodimlar va mutaxassislar soni 40 nafar etib belgilansin. Tuzilma va shtatlar roʻyxatini muzey direktori Fanlar akademiyasi Prezidenti bilan kelishgan holda tasdiqlashi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil va keyingi yillar prognozlarida muzey binosi hamda xodimlari uchun xarajatlarga Fanlar akademiyasi tarif setkasiga muvofiq mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzeyga bitta yengil avtotransport xarajatlari uchun limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6 “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi muzeyga belgilangan tartibda limit boʻyicha yengil avtotransport ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi muzeyga belgilangan tartibda 2 ta hukumat ATS telefonlari oʻrnatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Muzey direktoriga vazirlarning oʻrinbosarlari uchun belgilangan moddiy-maishiy va tibbiy xizmat koʻrsatish sharoitlari tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 24-yanvar,

50-son