Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASINING REKLAMANI JOYLAShTIRISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDAGI QARORIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 28-aprelda 1024-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2022-yil 9-sentabrdagi 1544/02-26-sonli ““Reklamani joylashtirish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1024-10, 14.09.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-maydagi PQ-66-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Reklamani joylashtirish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2001-yil 26-martdagi 4-sonli qaroriga (2001-yil 6-aprel, roʻyxat raqami 1024) ilovaga* binoan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Toshkent sh.,
2007-yil 16-mart,
3-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 188-modda)