O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi
“O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI” DAK
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
“O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI” DAK
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
Qarori
TEMIR YO‘L TRANSPORTI YO‘LOVChILARINING QO‘L YuKINI, BAGAJINI, VALYUTASINI VA VALYUTA BOYLIKLARINI BOJXONA NAZORATIDAN O‘TKAZISh VA RASMIYLAShTIRISh TARTIBIGA QO‘ShIMChA VA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 15-iyulda 619-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Transport vazirligi va Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 20-martdagi 01-02/12-11, 13, 8, 120-V-6-sonli “Temir yo‘l transportida yuruvchi yo‘lovchilar qo‘l yuki, yuki, valyuta va valyuta qimmatliklarining bojxona nazorati va rasmiylashtirish tartibi, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 619-6, 02.05.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Temir yo‘l transporti yo‘lovchilarining qo‘l yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan o‘tkazish va rasmiylashtirish tartibiga ilovaga* muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2005-yil 7-iyul,
01-02/12-17-son
“O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK raisi A. RAMATOV
Toshkent sh.,
2005-yil 7-iyul,
42-son
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 7-iyul,
64-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJANOV
Toshkent sh.,
2005-yil 7-iyul,
120-V-1-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 28-29-son, 216-modda)