Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 07.06.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi, “Garov to‘g‘risida”gi, “Yer solig‘i to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa qonunlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 4, 175-modda):
29-moddaning 4-bandidan “(imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish ham shunga kiradi)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 3, 160-modda):
25-moddaning to‘rtinchi qismidagi “ko‘p yillik xizmat qilganlik uchun pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar” degan so‘zlar “imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 22-modda):
2-modda quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
1-band quyidagi mazmundagi “e” kichik band bilan to‘ldirilsin:
2-band quyidagi mazmundagi “m” kichik band bilan to‘ldirilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasining 1990-yil 20-iyunda qabul qilingan “Yer to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1990-yil, № 16—18, 294-modda):
16-moddaning 2-bandidagi “o‘n yil mobaynida” degan so‘zlar “besh yil mobaynida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Yer solig‘i to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 215-modda):
“i” bandidagi “va gaz quvurlari” degan so‘zlar “gaz quvurlari va neft quvurlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
1993-yil 6-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining pul tizimi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 219-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi