Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUNLARIGA OʻZGARTISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2026-yil 24-martdagi OʻRQ-1123-sonli “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi, “Garov toʻgʻrisida”gi, “Yer soligʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa qonunlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
I. Quyidagi qonunlarga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 4, 175-modda):
29-moddaning 4-bandidan “(imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish ham shunga kiradi)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 3, 160-modda):
25-moddaning toʻrtinchi qismidagi “koʻp yillik xizmat qilganlik uchun pensiya olish huquqiga ega boʻladilar” degan soʻzlar “imtiyozli pensiya olish huquqiga ega boʻladilar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 22-modda):
2-modda quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“garov toʻgʻrisidagi shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun”;
1-band quyidagi mazmundagi “e” kichik band bilan toʻldirilsin:
“e) adliya organlari — davlatning va Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining manfaatlarini koʻzlab qilinadigan daʼvolar yuzasidan”;
2-band quyidagi mazmundagi “m” kichik band bilan toʻldirilsin:
“m) adliya organlari — yuridik shaxslarining manfaatlarini koʻzlab qilinadigan daʼvolar yuzasidan”;
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasining 1990-yil 20-iyunda qabul qilingan “Yer toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1990-yil, № 16—18, 294-modda):
16-moddaning 2-bandidagi “oʻn yil mobaynida” degan soʻzlar “besh yil mobaynida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1 boʻlimning 5-bandi 1998-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli qarorining 30-bandiga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-songa ilova)
II. Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonunlari:
1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Oʻzbekiston Respublikasining davlat nazorati komitetini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 3, 151-modda);
1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining pul tizimi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 219-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 6-may,
1086-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 161-modda; Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-songa ilova; 1998-y., 5-6-son, 83-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 533-modda; 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son)