Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.01.2019 04.04.2007 yildagi PQ-615-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.01.2019
Hujjat 02.07.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AUDITORLIK TAShKILOTLARI FAOLIYATINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh HAMDA ULAR KOʻRSATAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI UChUN JAVOBGARLIKNI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur qonuniy-huquqiy baza shakllantirilgani, uni faol rivojlantirish uchun amaliy iqtisodiy ragʻbatlar va soliq imtiyozlari hamda preferensiyalar yaratilgani, litsenziyalar berish tizimi sezilarli darajada soddalashtirilgani va liberallashtirilgani qayd etib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga auditorlik tashkilotlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar sust va baʼzi hollarda sifatsiz tatbiq etilmoqda, audit tizimidagi ishlar holati oshgan talablarga javob bermaydi, audit hali biznes samaradorligini real baholashning amaliy vositasi boʻlib qolgani yoʻq. Auditorlik tekshiruvlari koʻp hollarda yuzaki va past professional darajada oʻtkaziladi, audit tizimining oʻzi moliya bozorida hali yetarlicha ishonch qozongan emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda mustaqil audit tizimini yanada rivojlantirish, auditorlik xizmatlari sifatini oshirish, auditorlik tashkilotlari faoliyatini samarali boshqarish usullarini qoʻllash, auditorlik tekshiruvlarining natijalari va xolisligi uchun ularning javobgarligini kuchaytirish, shu orqali tadbirkorlik tuzilmalari tomonidan ularga nisbatan ishonchni oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-sonli qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga auditorlik faoliyatini litsenziyalash boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi sifatida yuklatilgan vazifalarini bajarishi qoniqarsiz deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyat yuritayotgan auditorlik tashkilotlari 2008-yilning 1-yanvarigacha mazkur qarorda tasdiqlangan auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan ustav kapitali miqdorlariga yetkazish va faoliyatni tashkil etish hamda litsenziya shartlari boʻyicha majburiy talablarni bajarishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi 2008-yilning 1-yanvarigacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizom talablari va shartlariga toʻliq javob beradigan faoliyat koʻrsatayotgan auditorlik tashkilotlarini belgilangan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazsin va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizom talablariga javob bermaydigan auditorlik tashkilotlarining faoliyatini belgilangan tartibda toʻxtatish va litsenziyasini bekor qilish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddatda mamlakatning iqtisodiyot oliy oʻquv yurtlarida ixtisoslashtirilgan guruhlarni tuzish, kontingentni kengaytirish va yuqori malakali auditor mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirish, ularning malakasini muntazam ravishda oshirib borish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti va boshqa moliyaviy axborot haqida notoʻgʻri maʼlumot bayon etilgan auditorlik xulosasini tayyorlashi oqibatida ziyon keltirgani uchun auditorlar va auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va boshqa moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar oldidagi javobgarligini oshirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda bir oy muddatda auditorlik tashkilotlari rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini mazkur qaror talablariga mos ravishda muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 4-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-615-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 4-apreldagi PQ-615-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va auditorlik tashkilotlarining maqomi, vazifasi, majburiyatlari, huquq va javobgarligini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Auditorlik tashkilotlari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari hamda farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa normativ hujjatlar, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Auditorlik faoliyati quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvi oʻtkaziladigan shaxslardan, shuningdek har qanday uchinchi shaxslardan mustaqillik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazishda xolislik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvini oʻtkazayotgan auditorlik tashkilotlari mustaqil ravishda ishlash usullari va metodlarini tanlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvini amalga oshirayotgan shaxslarning professional kompetentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotlarning maxfiyligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Auditorlik tashkiloti, auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi, oʻzining nomiga ega muhri, mustaqil balansi, banklarda hisob raqamlariga ega boʻlgan yuridik shaxs hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Auditorlik tashkilotlarining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar auditorlik tashkilotlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarining tahlili va ishonchliligini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyati samaradorligini real va haqqoniy baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdorlar, aksiyadorlar, investorlar, kreditorlar va boshqa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha amaliy takliflarni ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Auditorlik tashkilotlari ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq moliyaviy hisobotlar hamda u bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy axborotlarning qonunchilikka muvofiqligi va ishonchliligini auditorlik tekshiruvlaridan oʻtkazadi, shuningdek professional xizmatlar koʻrsatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini tahlil qilish va baholashda auditorlik tashkilotlari, avvalambor daromadlilik (rentabellik), kapitaldan foydalanish darajasi, moliyaviy barqarorligi, toʻlov qobiliyati va oʻzini-oʻzi moliyalash darajasi, ishdagi faollik mezonlaridan kelib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Auditorlik tashkilotlarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Auditorlik tashkilotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektning taʼsis hujjatlari va buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy hisobotlari bilan oldindan tanishib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvini olib borish shakllari va uslublarini mustaqil ravishda belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvini oʻtkazishda xoʻjalik yurituvchi subyektning moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq hujjatlari bilan toʻliq tanishib chiqish, shuningdek ushbu hujjatda hisobga olingan har qanday mulkning aniq mavjudligi yoki har qanday majburiyatlarning aniq holatini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvi davomida yuzaga kelgan savollar boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektning moddiy javobgar shaxslaridan ogʻzaki va yozma tushuntirishlar hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektdan uchinchi shaxslar axborotining yozma tasdiqnomasini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyekt ishonchli auditorlik xulosasini tayyorlash uchun barcha zarur boʻlgan axborotni bermagan taqdirda auditorlik tekshiruvini oʻtkazishdan bosh tortish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvini oʻtkazishda auditorlar va boshqa mutaxassislarni ishtirok etishga belgilangan tartibda jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvini olib borish davrida xoʻjalik yurituvchi subyektga buxgalteriya hisobini yoʻlga qoʻyish, tiklash, olib borish hamda moliyaviy hisobotni tayyorlashdan tashqari professional xizmatlar koʻrsatish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika auditorlar jamoat birlashmasiga aʼzo boʻlish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Auditorlik tashkilotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlarida belgilangan litsenziya talablari va shartlariga amal qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha shartnoma tuzishdan avval buyurtmachining talabiga koʻra auditorlik faoliyatini amalga oshirishga tegishli litsenziya, auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini koʻrsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektning talabiga koʻra auditorlik tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha qonun hujjatlaridagi talablar, auditorning fikr-mulohazalari asoslanadigan huquqiy normalar toʻgʻrisida axborot taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotlarni sir saqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik hisobotida moliya-xoʻjalik operatsiyalarining qonuniyligini buzish holatlari va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni aks ettirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan auditorlik tekshiruvlari natijalari boʻyicha auditorlik xulosalari va auditorlik hisobotlarining nusxalari auditorlik tashkilotida boʻlishi hamda ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari mazkur subyektga zarar keltirganligiga yaqqol guvohlik beruvchi holatlarni aniqlagan taqdirda bu toʻgʻrida rahbariyat (mulkdor)ni xabardor qilishi hamda auditorlik xulosasida tegishli ravishda qayd etishi shart. Zarur hollarda auditorlik tekshiruvining natijalarini aksiyadorlarga yetkazish uchun ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda umumiy majlisini chaqirishni talab qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlarning har yili malaka oshirish kurslaridan oʻtishlarini taʼminlashi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika auditorlar jamoat birlashmalarining talabiga koʻra auditorlik tashkilotlarini majburiy reyting baholash uchun axborot taqdim etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Auditorlar nazorat yoki huquqni muhofaza qilish organlarining topshiriqlariga binoan faqat auditorlik tashkiloti bilan nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida turli tekshiruvlarni oʻtkazishda mutaxassislar sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Auditorlik tashkilotlari faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Auditorlik tashkilotlari ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidan tashqari barcha tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va faoliyat yuritishi mumkin, bunda ustav kapitalining 51 foizdan kam boʻlmagan miqdori mazkur auditorlik tashkilotining bir yoki bir nechta shtatdagi auditorlariga tegishli boʻlishi shart. Auditor (auditorlar) faqat bitta auditorlik tashkilotining taʼsischisi boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Auditorlik tashkilotini auditor malaka sertifikatiga ega boʻlgan rahbar boshqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiyadan oʻtmagan rahbar ikki yil mobaynida auditorlik tashkiloti rahbari sifatida faoliyat yuritish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat tashabbuskorlik asosida auditorlik tekshiruvini amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 1500 barobari miqdoridan kam boʻlmagan ustav kapitaliga va shtatida kamida 2 nafar auditorga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav kapitali 500 mln. soʻmdan koʻproqni tashkil etgan ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va sugʻurta tashkilotlaridan tashqari xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tashabbuskorlik asosida va majburiy auditorlik tekshiruvlarini amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 3000 barobari miqdoridan kam boʻlmagan ustav kapitaliga va shtatida kamida 4 nafar auditorga, ularning bittasi xalqaro buxgalter sertifikatiga ega boʻlishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazuvchi auditorlik tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 5000 barobari miqdoridan kam boʻlmagan ustav kapitaliga va shtatida kamida 6 nafar auditorga, ularning ikkitasi xalqaro buxgalter sertifikatiga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning auditorlik tashkilotiga uning shtatidagi auditorlarning eng kam soniga nisbatan qoʻyilgan talabi mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorlik shtati auditorlarning belgilangan eng kam soni bilan toʻliq toʻldirilishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida ellik foizi muassislar (ishtirokchilar)ning pul mablagʻlaridan, qolgan qismi esa auditorlik tashkiloti faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan moddiy boyliklardan shakllantiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-iyuldagi PQ-907-sonli qarori asosida beshinchi-oltinchi xatboshilari bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 264-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xususiy korxona shaklidagi auditorlik tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy korxonalar toʻgʻrisida”, “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda mazkur Nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi auditorlik tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”, “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda mazkur Nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yopiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi auditorlik tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda mazkur Nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Auditorlik tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Auditorlik tashkilotlari auditorlik xizmatini koʻrsatish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma asosida oʻz fuqarolik masʼuliyatini sugʻurta qilish polisiga ega boʻlgan taqdirda auditorlik faoliyatini amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Auditorlik tashkilotlari bitta xoʻjalik yurituvchi subyektning auditorlik tekshiruvini uch yildan ortiq ketma-ket oʻtkazish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun shtatdagi auditorlar yoki auditorlik tashkiloti bilan fuqarolik-huquqiy xarakterdagi shartnoma tuzgan auditorlarni jalb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditor sifatsiz auditorlik tekshiruvi oʻtkazishi natijasida keltirgan zarari, tijorat sirlarini oshkor etganligi va auditorlik tashkilotiga zarar keltirgan boshqa xatti-harakatlari uchun auditorlik tashkiloti oldida qonun hujjatlariga muvofiq ravishda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoidabuzarlikka yoʻl qoʻyilgani uchun malaka sertifikati bekor qilingan yoki amal qilishi toʻxtatilgan auditorlar bekor qilingan yoki toʻxtatilgan vaqtdan boshlab uch yil davomida auditorning malaka sertifikatini takror olish uchun malaka imtihonlari topshirishga qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Qoidabuzarlikka yoʻl qoʻyilgani uchun auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal qilishini toʻxtatish hollarida mazkur auditorlik tashkiloti rahbarining malaka sertifikatining amal qilishi ham litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab toʻxtatiladi. Auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal qilishini toʻxtatishga olib kelgan qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan oʻsha auditorning malaka sertifikatining amal qilishi ham toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Auditorlik tashkilotiga nisbatan qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Quyidagilar auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga, Auditorlik faoliyatining milliy standartlari, shuningdek, boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya olinayotganda mazkur Nizomda nazarda tutilgan miqdorlarda toʻliq shakllantirilgan ustav kapitaliga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat auditorlik faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik masʼuliyatini sugʻurta qilish polisiga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditor tomonidan auditorlik faoliyatini faqat bitta auditorlik tashkilotida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtatda auditorlar soni mazkur Nizomda nazarda tutilgan miqdorda boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya turiga muvofiq shtatdagi auditorlarda xalqaro buxgalter sertifikatining boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvi oʻtkazish chogʻida olingan axborotning sir saqlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvlari oʻtkazish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkiloti rahbari lavozimiga faqat auditorni tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkiloti rahbarining uch yilda bir marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida attestatsiyadan oʻtishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida mustaqillikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli auditorlik hisoboti tuzish va auditorlik xulosasi berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkilotlarida auditorlar ish sifatining ichki standartlari mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz pochta manzili oʻzgargani toʻgʻrisida 10 kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligini xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yarim yilda bir marta belgilangan shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etish, shuningdek, auditorlik faoliyati bilan bogʻliq boshqa axborotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi talabi boʻyicha taqdim etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal qilishini toʻxtatish uchun asos boʻladigan litsenziya talablarini bir marta qoʻpol ravishda buzishga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda mustaqillikni taʼminlamaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchsiz yoxud shak-shubhasiz yolgʻon auditorlik xulosasi tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvi oʻtkazish chogʻida olingan maxfiy axborotni auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan cheklanishlarga rioya qilinmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda fuqarolik masʼuliyati sugʻurta polisining yoʻqligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tekshiruvlaridan boʻyin tovlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Auditorning malaka sertifikati amal qilishini toʻxtatish uchun asos boʻladigan auditorlik faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlari talablarini qoʻpol ravishda bir marotaba buzishga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda mustaqillikni taʼminlamaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchsiz yoxud shak-shubhasiz yolgʻon auditorlik xulosasi tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvi oʻtkazish chogʻida olingan maxfiy axborotni auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvi oʻtkazishda aniqlangan xoʻjalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisob-kitobi yuritish, moliya hisobotini tuzish boʻyicha belgilangan talablarni buzganligi faktlarining auditor tomonidan yashirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorning malaka sertifikatini oʻz nomidan auditorlik faoliyatida qatnashish uchun ushbu hujjatdan foydalanish maqsadida, boshqa shaxsga berilishi fakti aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkilotining shtatida turgan auditorning mazkur tashkilotning tegishli ruxsati (buyrugʻi)siz nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar topshirigʻi boʻyicha turli tekshiruvlarni oʻtkazish uchun mutaxassis sifatida qatnashishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Auditorning har yilgi malaka oshirish talablarini muntazam ravishda buzishi auditorlik malaka sertifikatining amal qilishini toʻxtatish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Auditorlik tashkilotlarining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Auditorlik tashkilotlari, auditorlik tekshiruvni buyurtmachisi, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va moliyaviy hisobot boshqa foydalanuvchilar, shu jumladan tijorat banklari, moliya tuzilmalari hamda investorlar oldida xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti va boshqa moliyaviy axboroti haqida notoʻgʻri auditorlik xulosalarini tuzishi oqibatida ularga keltirilgan zarar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sifatsiz yoki batafsil boʻlmagan auditorlik tekshiruvi natijasida xoʻjalik yurituvchi subyekt va (yoki) auditorlik tekshiruvi buyurtmachisiga keltirilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Hisob, hisobot va auditorlik tashkilotlarining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishi ustidan nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Auditorlik tashkilotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotlarini olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Auditorlik tashkilotlari litsensiya talablari va shartlariga rioya qilishini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har uch yilda kamida bir marotaba tekshirib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29 Auditorlik tashkilotlarini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 155-modda; 2008-y., 28-son, 264-modda; 2009-y., 52-son, 560-modda; 2012-y., 40-son, 466-modda; 2014-y., 35-son, 444-modda; 2017-y., 22-son, 411-modda)