Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.07.2005 15.03.2005 yildagi 30-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.07.2005
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston ResPublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNChILIK PALATASINING MUVAQQAT REGLAMENTI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 28-iyuldagi 102–I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti toʻgʻrisida”gi Qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Muvaqqat reglamenti tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Muvaqqat reglamenti qabul qilingan paytdan eʼtiboran amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri E. XALILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 15-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30–I-son

Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasining
2005-yil 15-martdagi 30-I-sonli
Qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasining
MUVAQQAT REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Muvaqqat reglamenti (bundan buyon matnda Muvaqqat reglament deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuniga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) majlislarini oʻtkazish, qonunchilik tartib-taomillarini amalga oshirish tartibini belgilaydi va Qonunchilik palatasi faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalarni tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasidir va u bir yuz yigirma deputatdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining ishi Qonunchilik palatasi barcha deputatlarining (bundan buyon matnda deputatlar, deputat deb yuritiladi) professional, doimiy faoliyat koʻrsatishiga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining faoliyati masalalarni birgalikda va erkin muhokama qilishga, oshkoralikka, jamoatchilik fikrini hisobga olishga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar oʻz vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni bir shaxs bir paytning oʻzida deputat va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi (bundan buyon matnda senator deb yuritiladi) boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning huquqlari va majburiyatlarini moneliksiz va samarali amalga oshirish kafolatlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, boshqa qonunlar va ushbu Muvaqqat reglament bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi oʻz matbuot organlariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOʻLIM. QONUNChILIK PALATASI IShINING UMUMIY TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Qonunchilik palatasi va uning organlari majlislarini oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi faoliyatining tashkiliy shakli uning Qonunchilik palatasi sessiyalari davrida, qoida tariqasida, haftasiga uch marta oʻtkaziladigan majlislaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatdagi sessiyalar, qoida tariqasida, sentyabrning birinchi ish kunidan boshlab, kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining navbatdan tashqari majlislari uning sessiyalari oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Qonunchilik palatasi Spikeri taklifiga yoki Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismining taklifiga binoan chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining majlislari, qoida tariqasida, seshanba, chorshanba va payshanba kunlari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining Kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) muntazam yigʻilib turadi. Kengash va Qonunchilik palatasi deputatlar birlashmalarining (bundan buyon matnda deputatlar birlashmalari deb yuritiladi) navbatdagi majlislari, qoida tariqasida, dushanba kunlari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining qoʻmitalari (bundan buyon matnda qoʻmitalar deb yuritiladi), qoida tariqasida, juma kunlari majlis oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noyabr, fevral va may oyining har oxirgi toʻliq haftasi deputatlarning saylov okruglarida saylovchilar bilan ishlashi uchun moʻljallanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining majlislari vaqtida qoʻmitalar, Qonunchilik palatasi komissiyalari (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi), deputatlar birlashmalarining majlislari oʻtkazilmaydi, shuningdek deputatlarning saylov okruglarida saylovchilar bilan olib boradigan ishlari toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan masalalar majlis kun tartibi loyihasiga ularni koʻrib chiqish navbati, har bir masalani koʻrib chiqishga tayyorlash uchun masʼul qoʻmitalar, maʼruzachilar (qoʻshimcha maʼruzachilar), shuningdek boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan holda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi majlisi kun tartibining loyihasi Kengash tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga qonun loyihalari quyidagi ketma-ketlikda kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi oʻqishda koʻrib chiqiladigan qonun loyihalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqiladigan qonun loyihalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi oʻqishda koʻrib chiqiladigan qonun loyihalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga kiritilgan masalalar haqida oldindan xabardor qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi palata qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi majlislari ochiq, oshkora oʻtkaziladi va ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda, Qonunchilik palatasi yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Bunday qaror, agar bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qonunchilik palatasi Spikeri, Kengash, qoʻmita yoki deputatlar birlashmasi tomonidan taklif kiritilgan boʻlsa, qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Senat Raisi, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi raislari, Bosh prokuror Qonunchilik palatasining ochiq majlisida ham, yopiq majlisida ham ishtirok etishga haqlidir. Boshqa shaxslar Qonunchilik palatasining yopiq majlislarida Qonunchilik palatasining qaroriga binoan qatnashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining majlislari unda qatnashayotgan deputatlarni roʻyxatdan oʻtkazishdan boshlanadi, bu ishni raislik qiluvchi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining majlislari, agar ularning ishida palata deputatlari umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi majlislarida ish davlat tilida olib boriladi va zaruratga qarab, Qonunchilik palatasi yoki uning Kengashi qaroriga asosan boshqa tillarga sinxron tarjima taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼruzalar, qoʻshimcha maʼruzalar va yakunlovchi soʻz davomiyligi Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi tomonidan maʼruzachilar bilan kelishuvga koʻra, qoida tariqasida, maʼruza uchun — 30 daqiqagacha, qoʻshimcha maʼruza uchun — 20 daqiqagacha va yakunlovchi soʻz uchun — 15 daqiqagacha boʻlgan vaqt doirasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzokaralarda soʻzga chiquvchilarga 10 daqiqagacha vaqt beriladi. Muzokaralarda takroriy soʻzga chiqish uchun, shuningdek majlisni olib borish tartibi, ovoz berish masalalari, nomzodlar boʻyicha soʻzga chiqish, bayonotlar, savollar, takliflar, xabarlar, maʼlumotnomalar uchun 3 daqiqagacha vaqt beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlisda hozir boʻlgan deputatlar koʻpchiligining roziligi bilan raislik qiluvchi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalani muhokama qilishning umumiy davomiyligini, savollar va javoblar uchun ajratiladigan vaqtni belgilab qoʻyishi, soʻzlash vaqtini uzaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining majlislarida deputat ayni bitta masala boʻyicha muzokaralarda koʻpi bilan ikki marta soʻzga chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzokaralarni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin maʼruzachi va qoʻshimcha maʼruzachi yakunlovchi soʻz olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soʻzga chiquvchi soʻzlash uchun ajratilgan vaqtdan oʻtib ketsa yoki muhokama etilayotgan masala yuzasidan fikr bildirmayotgan boʻlsa, Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi uni avval ogohlantirib, keyin soʻzlashdan mahrum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining majlislari ish kunlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ertalabki majlislar — soat 11 dan 13 gacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kechki majlislar — soat 15 dan 17 gacha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining qaroriga binoan palata majlislarining boshlanishi, tugashi va tanaffus uchun boshqa vaqt belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi va Senatining
qoʻshma majlislarini oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlislari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq soʻzlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq soʻzlaganda oʻtkaziladi. Palatalarning kelishuviga binoan qoʻshma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlislari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri, Senati Raisining taklifiga yoki tegishincha deputatlar yoxud senatorlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismining taklifiga binoan chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisini chaqirish masalasi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri va Senati Raisi oʻrtasida maslahatlashuv oʻtkazilib, bunda qoʻshma majlisni oʻtkazish sanasi belgilanadi va kun tartibi boʻyicha takliflar muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisi ochiq va oshkora oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisi, agar unda tegishincha deputatlar va senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlislarida, agar qoʻshma majlisda boshqacha qoida belgilanmasa, Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi navbatma-navbat raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisida eshitilgan masalalar muhokamasi natijalari yuzasidan palatalarning qoʻshma qarori qabul qilinishi mumkin. Bunda ovoz berish, qoida tariqasida, alohida-alohida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ovoz berish va qarorlar qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining qarorlari uning majlislarida ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ochiq ovoz berish nomma-nom boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi majlislarida ovoz berish ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalangan holda yoki yashirin ovoz berish byulletenlaridan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi majlislarida ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanilishi ustidan nazoratni deputatlar jumlasidan boʻlgan guruh amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish shakli va usuli toʻgʻrisidagi qaror Qonunchilik palatasi tomonidan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi, u yoki bu masala yuzasidan ovoz berish shakli va usuli Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda konstitutsiyaviy qonunlarda belgilangan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat oʻzining ovoz berish huquqini shaxsan amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi qarorlari, agar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BOʻLIM. QONUNChILIK TARTIB-TAOMILLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Qonun loyihalarini Qonunchilik palatasiga kiritish va ularni dastlabki tarzda koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik tashabbusi huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, oʻz davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Bosh prokurori egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritishda quyidagilar taqdim etilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qonun loyihasiga uning konsepsiyasi bayon qilingan holdagi tushuntirish xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi, shuningdek qonun loyihasi kiritilishi bilan bogʻliq qonunlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi lozim boʻlgan qonun osti hujjatlarining roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) moddiy xarajatlarni talab qiladigan qonun loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini koʻpaytirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) moddalari boʻyicha oʻzgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqining subyekti loyiha matnini oʻzgartirish yoki oʻzi kiritgan qonun loyihasini chaqirib olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun loyihasini Qonunchilik palatasi Spikeri qonun loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqadigan qoʻmitaga (bundan buyon matnda masʼul qoʻmita deb yuritiladi) topshiradi. Masʼul qoʻmita qonun loyihasini koʻrib chiqishga qabul qilish mumkinligi yoki uni qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytarish zarurligi toʻgʻrisida Kengashga belgilangan muddatda xulosa taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash masʼul qoʻmitaning xulosasi asosida qonun loyihasini Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish yoki u belgilangan talablarga nomuvofiq boʻlsa, uni qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin qonun loyihasi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun yangidan kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tegishli masala boʻyicha qonun loyihasi palata tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilingan boʻlsa, ayni shu masala boʻyicha boshqa qonun loyihasi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasi koʻrib chiqish uchun qabul qilinganda Kengash qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlisida koʻrib chiqishga tayyorlash muddatini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrib chiqish uchun qabul qilingan qonun loyihasi tegishli materiallar bilan qoʻmitalarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish va uni Qonunchilik palatasida birinchi oʻqishda koʻrib chiqishga tayyorlash masʼul qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasini qoʻmitalarda muhokama qilish ochiq, qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining vakili taklif etilgan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Kengash tomonidan boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, masʼul qoʻmita qonun loyihasi olingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida uni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi qarorining loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul qoʻmitaning mazkur qonun loyihasini qabul qilish yoki rad etish zarurligi asoslangan holdagi xulosasini ilova qilib, Kengash koʻrib chiqishi uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash masʼul qoʻmita taqdim etgan qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Qonun loyihalarini Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida, uch oʻqishda koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlislarida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida mazkur qonun loyihasini qabul qilish zarurati, qonun loyihasining konsepsiyasi, uning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi, shuningdek qonunni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar va moliyalash manbalari toʻgʻrisidagi masala muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi muhokama natijalari boʻyicha qonun loyihasini maromiga yetkazish va keyingi oʻqishda koʻrib chiqish uchun palataga kiritish muddatini belgilagan holda uni birinchi oʻqishda qabul qilish yoki qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi muhokamasiga qonun loyihasining muqobil variantlari kiritilgan taqdirda ular bir vaqtda koʻrib chiqilishi kerak. Deputatlarning qaror qabul qilish uchun talab qilinadigan eng koʻp miqdordagi ovozini toʻplagan qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilingan hisoblanadi. Qonun loyihasining qolgan variantlari Qonunchilik palatasi tomonidan rad etilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul qoʻmita qonun loyihasini ikkinchi oʻqishga tayyorlash chogʻida tushgan takliflarni umumlashtiradi. Masʼul qoʻmita tomonidan asosli deb topilgan takliflar qonun loyihasining matniga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida masʼul qoʻmita maʼqullagan takliflar ham, maʼqullamagan takliflar ham muhokama qilinadi. Qonun loyihasi boʻyicha ovoz berish moddama-modda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi muhokama natijalari boʻyicha qonun loyihasini maromiga yetkazish va keyingi oʻqishda koʻrib chiqish uchun palataga kiritish muddatini belgilagan holda uni ikkinchi oʻqishda qabul qilish yoxud qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi oʻqishda qonun loyihasi muhokama qilinmasdan toʻlaligicha ovozga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasi birinchi yoki ikkinchi oʻqishda qabul qilingan taqdirda, masʼul qoʻmitaning taklifiga binoan qonunni keyingi oʻqish tartib-taomillarini istisno etgan holda qabul qilish toʻgʻrisidagi masala ovozga qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan palata deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, ushbu Muvaqqat reglament 37-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun Senatga koʻrib chiqish uchun oʻn kun ichida yuboriladi. Senatga qonun bilan birgalikda Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish chogʻida taqdim etilgan materiallar ham yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Senat tomonidan rad etilgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunlarni qayta koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun deputatlar va senatorlar orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasi tuzishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasida kelishuv komissiyasi tuzish toʻgʻrisidagi tashabbus Qonunchilik palatasi Spikeridan, shuningdek deputatlar birlashmalaridan chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv komissiyasi tarkibiga nomzodlar yuzasidan Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi tomonidan oʻzaro maslahatlashuvlar oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv komissiyasining Qonunchilik palatasidan koʻrsatilgan tarkibi uning majlisida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv komissiyasining har bir palatadan saylangan aʼzolari oʻz tarkibidan koʻpchilik ovoz bilan komissiyaning hamraislarini saylaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida Senatning har bir eʼtirozini alohida-alohida koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv komissiyasining qarorlari kelishuv komissiyasi tarkibiga kirgan deputatlar va senatorlarning alohida-alohida ovoz berishi orqali qabul qilinadi. Qaror, agar komissiyaning har bir palatadan saylangan aʼzolarining koʻpchiligi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv komissiyasi oʻz ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni oʻz ichiga olgan xulosa qabul qiladi. Xulosaga qonunga doir oʻzgartishlar va qoʻshimchalar loyihasining matni ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosa Qonunchilik palatasi va Senatdan saylangan kelishuv komissiyasining hamraislari tomonidan imzolanib, tegishincha Qonunchilik palatasi va Senatga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv komissiyasining takliflari qabul qilingan taqdirda qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi kerak. Qonunni qayta koʻrib chiqishda kelishuv komissiyasining bayonnomasida mavjud boʻlgan takliflargina muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv komissiyasining loaqal bitta taklifi rad etilgan taqdirda Qonunchilik palatasi kelishuv komissiyasiga yangi takliflarni taqdim etish uchun palata tomonidan maʼqullangan tuzatishlarni inobatga olgan holda ishni davom ettirishni taklif qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi qonunni kelishuv komissiyasining tahririda qabul qilsa, u maʼqullash uchun Senatga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kelishuv komissiyasining qonun boʻyicha ishlari yakunlariga koʻra kelishuvga erishilmasa, qonun Senat tomonidan rad etilgan qonun sifatida Qonunchilik palatasi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat tomonidan rad etilgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan eʼtirozlar bilan qaytarilgan qonun Qonunchilik palatasi tomonidan bir oylik muddatda qayta koʻrib chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul qoʻmita Senat tomonidan rad etilgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun yuzasidan xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul qoʻmitaning xulosasi olinganidan keyin qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan qayta koʻrib chiqish masalasi belgilangan tartibda Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Qonunchilik palatasi Senat tomonidan rad etilgan qonunni deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan yana maʼqullasa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunni qayta koʻrib chiqishda Qonunchilik palatasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunni bundan buyon koʻrib chiqmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunni avvalgi qabul qilingan tahririda maʼqullash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan maʼqullansa, Senatga maʼqullash uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Ayrim qonun loyihalarini koʻrib chiqishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, konstitutsiyaviy qonunning, ularga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonunlarning loyihalarini qabul qilish uchun deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini tegishli taklif kiritilganidan keyin olti oy ichida uning keng muhokamasini inobatga olgan holda koʻrib chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qabul qilmasa, uni koʻrib chiqish kamida bir yildan keyin qayta boshlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatdagi moliya yili uchun Davlat budjeti loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay Qonunchilik palatasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti loyihasi masʼul qoʻmita tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti loyihasiga doir materiallar deputatlarga oldindan, mazkur loyiha Qonunchilik palatasi majlisida koʻrib chiqilgunga qadar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti loyihasini Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilish Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning maʼruzasi bilan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti loyihasi boʻyicha Qonunchilik palatasining mulohazalari va takliflari uch kunlik muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn toʻrt kun ichida Qonunchilik palatasining mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda Davlat budjeti loyihasini maromiga yetkazadi va Davlat budjetining maromiga yetkazilgan loyihasini Qonunchilik palatasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetining loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yilning 15-noyabridan kechiktirmay koʻrib chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat budjeti mazkur budjet qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida koʻrib chiqish uchun Senatga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan belgilangan tartibda oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi masala, agar bu hol budjetni tartibga solishda qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkin boʻlsa, Qonunchilik palatasining majlisida birinchi navbatda koʻrib chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar uni qabul qilish uchun belgilangan tartibda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining belgilangan tartibda kiritilgan taklifiga binoan tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini va chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini va chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masala rad etilgan taqdirda, u Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kamida bir yildan keyin qayta kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror loyihasi Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan shu shartnoma rasmiy matnining tasdiqlangan nusxasi va uni ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻxtatib turish maqsadga muvofiqligining asoslarini oʻz ichiga olgan hujjatlar bilan birgalikda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qaror Senatga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror loyihasi deputatlarning zarur ovozlari sonini toʻplamagan boʻlsa va shu majlis jarayonida mazkur qaror loyihasini Qonunchilik palatasining qayta koʻrib chiqishi uchun kiritish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi ratifikatsiya qilish, denonsatsiya qilish, tugatish yoki uning amal qilishini toʻxtatib turish tartib-taomilidan oʻtmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV BOʻLIM. QONUNChILIK PALATASINING QARORLARINI KOʻRIB ChIQISh VA QABUL QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Qonunchilik palatasi qarorlarini koʻrib chiqish va qabul qilishning umumiy tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi qonunlar qabul qilinishi talab etilmaydigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritilayotganda unga qisqacha tushuntirish xati va boshqa zarur materiallar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi Spikeri Qonunchilik palatasi qarorining loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun masʼul qoʻmita va muddat belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash masʼul qoʻmita vakilining axborotini eshitib, qaror loyihasini Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va maʼruzachini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi majlisida masʼul qoʻmita vakilining axboroti eshitiladi va muhokama natijalari yuzasidan deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasi qarori qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ovoz berish yakunlariga koʻra qaror loyihasini qabul qilish toʻgʻrisidagi taklif zarur miqdorda ovoz toʻplamagan boʻlsa, taklif rad etilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining Senat bilan birgalikdagi vakolatlariga kiritilgan masala yuzasidan qabul qilingan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida, agar ushbu Muvaqqat reglamentning 9-bobida boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, Senatga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Qonunchilik palatasining uning Senat bilan birgalikdagi vakolatlariga kiritilgan masalalar boʻyicha ayrim qarorlar loyihalarini koʻrib chiqishining oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish kerakligi toʻgʻrisidagi materiallarni va masʼul qoʻmitaning xulosasini koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
referendum tayinlash va uni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
referendumni oʻtkazish toʻgʻrisidagi tashabbusni rad etish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
referendum oʻtkazmasdan turib, referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi tashabbusda taklif qilingan qonunni yoki boshqa qarorni qabul qilish haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasining referendumi masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Senatga, shuningdek referendum oʻtkazish tashabbuskorlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish toʻgʻrisidagi tashabbusni rad etish haqida qaror qabul qilsa, ayni shu mazmun yoki maʼnodagi taʼrif bilan referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi masala kamida bir yildan keyin Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun takroran kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taqdimnomasi Qonunchilik palatasi tomonidan taqdimnoma kiritilgan kundan eʼtiboran yetti kun ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini uch marta rad etgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini tayinlaydi, Qonunchilik palatasini tarqatib yuboradi va yangi saylov tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qoʻmitalarini va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish toʻgʻrisidagi oʻzining tasdigʻiga kiritilgan farmonlari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qoʻmitalarini va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarorlari mazkur qarorlar qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Senatga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi oʻzining koʻrib chiqishi uchun kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati eʼlon qilish toʻgʻrisidagi farmonini ushbu farmon kelib tushgan paytdan eʼtiboran 48 soatdan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qilish toʻgʻrisidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini esa ular kelib tushgan paytdan eʼtiboran 72 soatdan kechiktirmay koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qilish toʻgʻrisidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqidagi masala qoʻmitalarda dastlabki tarzda muhokama qilinmasdan Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qilish toʻgʻrisidagi, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarorlari darhol Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar toʻgʻrisidagi takliflar Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzolarini saylash masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Senatga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili nomzodi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini saylash masalasi yuzasidan qarori Senatga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida koʻrib chiqilganidan keyin ushbu masala yuzasidan qabul qilingan uzil-kesil qaror qonunda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Qonunchilik palatasining uning mutlaq vakolatlariga kiritilgan masalalar boʻyicha qarorlar loyihalarini koʻrib chiqishining oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Qonunchilik palatasi deputatini jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga rozilik olish toʻgʻrisidagi taqdimnomalari Qonunchilik palatasi tomonidan, Qonunchilik palatasining sessiyalari oraligʻidagi davrda esa uning Kengashi tomonidan koʻrib chiqilib, keyinchalik Kengashning ushbu masala yuzasidan qarori Qonunchilik palatasining sessiyasida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining yoki uning Kengashining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum etishga rozilik berish toʻgʻrisidagi qarori yashirin ovoz berish orqali qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining yoki uning Kengashining deputatni jinoiy javobgarlikka tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga rozilik berish masalasi yuzasidan qarori darhol Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reglament, unga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish Qonunchilik palatasining qarori bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reglamentni oʻzgartirish va unga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflar qoʻmitalar, deputatlar birlashmalari yoki deputatlar umumiy sonining kamida beshdan bir qismi miqdoridagi deputatlar guruhi tomonidan kiritilishi mumkin, tushgan taklif Kengash tomonidan Qonunchilik palatasi majlisi kun tartibining loyihasiga qoʻshiladi va palata uni birinchi navbatda koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi majlislarini oʻtkazish, Qonunchilik palatasining Reglamentida nazarda tutilmagan faoliyatiga doir boshqa masalalarni koʻrib chiqish tartib-taomillari Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi va qabul qilingan kundan eʼtiboran amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V BOʻLIM. QONUNChILIK PALATASI TOMONIDAN NAZORAT QILISh SOHASIDAGI VAKOLATLARNING AMALGA OShIRILIShI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi Davlat budjetining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yilning har choragida Qonunchilik palatasiga Davlat budjeti ijrosining borishi toʻgʻrisidagi axborotni va zarur materiallarni yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi Davlat budjetining yilning har choragidagi ijrosining borishini koʻrib chiqadi. Uni koʻrib chiqish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti, masʼul qoʻmitaning xulosasi eshitiladi, muhokama oʻtkaziladi va tegishli qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi, shuningdek deputat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan parlament soʻrovi yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament soʻroviga javobni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay Qonunchilik palatasining majlisida beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oliy xoʻjalik sudining raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlari nomiga yoʻllangan parlament soʻrovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament soʻrovlari boʻyicha axborot Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasi muhokama yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi har yili, hisobotdan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay, oʻz majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni eshitadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi har yili, hisobotdan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay, oʻz majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi yoki u vakolat bergan organ har yili, hisobotdan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay, oʻz majlisida siyosiy partiyalarning oʻz faoliyatlarini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyaning hisobotiga uning Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etishini va ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun hisobot yilida partiyaning hisob-kitob varagʻiga kelib tushgan hamda sarflangan davlat mablagʻlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, Hisob palatasi va Adliya vazirligining xulosasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarning oʻz faoliyatlarini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisobotlarini muhokama qilish natijalariga koʻra Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyaning moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti ommaviy axborot vositalari va manfaatdor tashkilotlarning vakillari taklif etilgan holda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotlari yuzasidan qabul qilgan qarorlari mazkur qarorlar qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Senatga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining majlisida hukumat aʼzolarining faoliyati masalalari yuzasidan ularning axborotini eshitish deputatlar birlashmalarining tashabbusiga koʻra amalga oshiriladi hamda Qonunchilik palatasi majlislarining kun tartibiga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitalar, shuningdek deputatlar davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlar, ekspert xulosalari, statistika maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlarni talab qilib olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitalar yoki deputatlar talab qilib oladigan axborotni tegishli davlat organi, boshqa tashkilot, mansabdor shaxs murojaat olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitalarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga qanday rioya etilayotgani, qoʻmitalarning qarorlari qanday bajarilayotgani toʻgʻrisidagi axborotlarini eshitishi qoʻmitalarning ish rejalariga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI BOʻLIM. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan parlamentlararo hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzishi, rasmiy parlament delegatsiyalari bilan almashinishi, shuningdek xalqaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan turli tadbirlarni oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa davlatlarning parlamentlari rahbarlariga, davlatlar va hukumatlar boshliqlariga, parlament delegatsiyalarining rahbarlariga ularning iltimosiga binoan Qonunchilik palatasi majlisida soʻzga chiqish imkoniyati berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi, uning organlari va Qonunchilik palatasi deputatlarining faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar smetasi Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan tasdiqlanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 3-4-son, 101-modda)