Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining qarori, 13.03.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1662
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.03.00 Investitsiya (xususiylashtirish) jamgʻarmalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.07.00 Alohida tarmoqlarda hisob]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 13-martda 1662-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020-yil 10-sentabrdagi 40-son va Kapital bozorini rivojlantirish agentligining 2020-yil 9-sentabrdagi 2020-11-sonli ““Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1662-5, 12.10.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, 7-son, 354-modda) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan “Xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizom” (1998-yil 14-iyul, roʻyxat raqami 454);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 31-dekabrda 30-01-12/332-son bilan, Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 10-dekabrda 9-son bilan tasdiqlangan “Xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar” (1999-yil 18-fevral, roʻyxat raqami 454-1);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 24-noyabrda 89-son bilan, Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 9-noyabrda 16-son bilan tasdiqlangan “Xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar” (1999-yil 15-dekabr, roʻyxat raqami 454-2).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 14-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 14-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01/KKBFMNM-18/07-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2006-yil 14-dekabrdagi 102, 01/KKBFMNM-18/07-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Ushbu Nizom “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, 7-son, 354-modda) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-sentabrdagi 410-sonli “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga (BHMS) muvofiq investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisobotining yagona uslubiy asoslarini belgilash maqsadida ishlab chiqildi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomning amal qilishi investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari uchun, qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy va boshqa hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishda tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda foydalaniladigan tushunchalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya fondi (keyingi oʻrinlarda — IF) — aksiyalar chiqarishni va sotib olishni, qimmatli qogʻozlar bilan boshqa bitimlarni amalga oshiruvchi, shuningdek oʻzlari aksiyalariga egalik qiluvchi korxonalar faoliyatini rivojlantirish va samaradorligini oshirishda aksiyador huquqi bilan qatnashuvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirish investitsiya fondi (keyingi oʻrinlarda — XIF) — oʻz aksiyalari emissiyasi hisobidan mablagʻlarini xususiylashtirilayotgan korxonalarning qimmatli qogʻozlariga jalb qilish, oʻz mablagʻlarini va olingan maxsus davlat kreditlarini investitsiya qilish, qimmatli qogʻozlar bilan savdo qilish, oʻz aksiyalariga egalik qilgan korxonalarni rivojlantirishda va samaradorligini oshirishda aksiyador huquqi bilan qatnashishdan iborat faoliyatni amalga oshiruvchi ochiq aksiyadorlik jamiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi — ishonchli boshqaruvning belgilangan muddati mobaynida, unga egalik qilish uchun topshirilgan va IFga yoki XIFga tegishli boʻlgan investitsiya aktivlarini (qimmatli qogʻozlarni, shu jumladan, investitsiya aktivlarini boshqarish jarayonida olinadigan qimmatli qogʻozlarni hamda qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilish uchun moʻljallangan va investitsiya aktivlarini boshqarish jarayonida olinadigan pul mablagʻlarini) IFning yoki XIFning (yoki u koʻrsatgan shaxsning) manfaatlarini koʻzlab boshqarish boʻyicha faoliyatni oʻz nomidan amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus davlat krediti — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi tomonidan XIFlarga xususiylashtirilgan korxonalarning sotib olingan aksiyalari uchun toʻlov muddatini kechiktirish shaklida beriladigan kredit;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. IFlarda va XIFlarda buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish, ularni investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. IFlar va XIFlarning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish qonunchilik talablariga muvofiq boʻlgan hamda IF va XIFning Kuzatuv kengashi bilan shartnoma (kontrakt) tuzgan yoxud qonunchilikda belgilangan tartibda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tayinlangan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. IF yoki XIF va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi oʻrtasidagi shartnoma qonunchilikka muvofiq tuziladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. IFlar va XIFlar investitsiya aktivlarini boshqarishni amalga oshirish vaqtida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi ushbu IFlar yoki XIFlar nomidan harakat qiladi. Bunda u IF yoki XIF bilan tuzilgan shartnomada (kontraktda) IFning yoki XIFning nomini eʼtirof qilgan holda, IFning yoki XIFning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi sifatida ishtirok etayotganligini koʻrsatib oʻtishi lozim.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. IFlarda va XIFlarda buxgalteriya hisobini tashkil etish, buxgalteriya hisobini yuritishni tashkil qilish, shuningdek IF va XIF hisobotlarini oʻz vaqtida tuzish majburiyati yuklatilgan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining mansabdor shaxsi masʼul hisoblanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. IFning yoki XIFning buxgalteriya hisobini yuritish uchun investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan muayyan IF yoki XIF bilan ishlashga masʼul boʻlgan mansabdor shaxs (tarkibiy boʻlinma) tayinlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi har bir IF va XIF boʻyicha IFlar va XIFlar mulkini, shuningdek investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga tegishli mulk bilan IFlar va XIFlar mulkining aralashishiga yoʻl qoʻymagan holda alohida hisob yuritishi lozim. IFning va XIFning pul mablagʻlari hisobini alohida yuritilishini tashkil etish maqsadida bankda milliy valyutada, zarur boʻlganda esa chet el valyutasida schyot ochiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. IFning va XIFning moliyaviy hisoboti investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan qonunchilikda belgilangan organlarga oʻrnatilgan muddatda va hajmda taqdim etiladi. Moliyaviy hisobot bilan birga qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga mazkur Nizomning 58-bandiga muvofiq boshqa hisobot va maʼlumotnomalar ham taqdim etiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. IFning yoki XIFning faoliyatini amalga oshirish bilan bevosita bogʻliq xarajatlar, qaysi davrda amalga oshirilgan boʻlsa, IFning yoki XIFning shu davrdagi xarajatlariga olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi IFning va XIFning kuzatuv kengashiga investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi va IF va XIF oʻrtasida tuzilgan shartnomada (kontraktda) belgilangan muddatlarda, amalga oshirilgan barcha bitimlar boʻyicha hisobotni taqdim etadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. IFning va XIFning boshlangʻich hujjatlari, hisob registrlari, moliyaviy va boshqa hisobotlari investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchida oʻrnatilgan tartibda majburiy tarzda saqlanishi lozim. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi mazkur hujjatlar bilan ishlash davrida uning saqlanishini taʼminlash yuzasidan tuzilgan shartnomaga (kontraktga) muvofiq masʼul hisoblanadi. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi almashganda, mazkur hujjatlar IFning yoki XIFning investitsiya aktivlarini boshqarishni amalga oshiradigan yangi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga oʻrnatilgan tartibda oʻtkaziladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Hisobot yili yakuni boʻyicha IFning yoki XIFning faoliyatini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish, IF yoki XIF aksiyadorlarining umumiy yigʻilishida tasdiqlangan, auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xususiylashtirilgan korxonalar ulushlari (paylari) bilan bogʻliq operatsiyalarning buxgalteriya hisobi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. IFlarda va PIFlarda ayrim operatsiyalar buxgalteriya hisobining xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 1. Ustav, qoʻshilgan va rezerv kapitali hisobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. IFning ustav kapitali (fondi), u taʼsis etilganida uning taʼsischilari ulushlari hisobiga shakllanadi va uning miqdori qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan kam boʻlmasligi lozim. IFni taʼsis etish vaqtida uning ustav kapitali (fondi) taʼsischilar oʻrtasida taqsimlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼsischilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav kapitali (fondi) miqdorining kamida 30 foizini IF davlat roʻyxatidan oʻtkazilgangacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav kapitalining (fondining) qolgan qismini IF davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 30 kundan kechikmay toʻlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IFning ustav kapitali (fondi) pul mablagʻlari bilan naqd pul yoki naqd pulsiz tartibda, qimmatli qogʻozlar, koʻchmas mulk va boshqa mol-mulk bilan shakllanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IFni taʼsis etishda uning ustav kapitalining (fondining) kamida 75 foizi pul shaklida toʻlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. IFning ustav kapitali roʻyxatdan oʻtkazilgan emissiya risolasidagi summada 8310 “Oddiy aksiyalar” schyotining kreditida 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyoti bilan bogʻlangan xolda aks ettiriladi. Pul mablagʻlari va tegishli mulklarning oʻrnatilgan tartibda IFning aksiyasi uchun toʻlov sifatida uning taʼsischilari va aksiyadorlaridan kelib tushishi buxgalteriya hisobida 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyoti kreditida hamda tegishli pul mablagʻlari va boshqa mulklarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. XIFning ustav kapitali (fondi), u taʼsis etilganida uning taʼsischilari ulushlari hisobiga shakllanadi va uning miqdori qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan kam boʻlmasligi lozim. XIFning ustav kapitali (fondi) faqat pul mablagʻlarini kiritish yoʻli bilan shakllantiriladi. Taʼsischilar XIF davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 30 kundan kechikmay ustav kapitali (fondi) miqdorining 100 foizini toʻlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. XIFning ustav kapitali (fondi), eʼlon qilingan ustav kapitali (fondi) miqdorida aks ettiriladi va buxgalteriya hisobida 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotining debetida va 8310 “Oddiy aksiyalar” schyoti kreditida hisobga olinadi. Pul mablagʻlarining oʻrnatilgan tartibda XIFning aksiyalari uchun toʻlov sifatida uning taʼsischilari va aksiyadorlaridan kelib tushishi, buxgalteriya hisobida 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotining krediti hamda tegishli pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Aksiyalarni joylashtirish muddati tugaganidan soʻng 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotida debet qoldiq qolgan boʻlsa va mos ravishda sotib olish uchun taklif etilgan, ammo investorlar tomonidan sotib olinmagan aksiyalar mavjud boʻlsa, XIF oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan ustav kapitalining (fondining) miqdorini haqiqatda joylashtirilgan aksiyalar summasiga moslashtirishi lozim. Taʼsis hujjatlari oʻrnatilgan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng joylashtirilmagan aksiyalar summasi buxgalteriya hisobida 8310 “Oddiy aksiyalar” schyotining debeti va 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. IFning va XIFning aksiyalarini birlamchi joylashtirish nominal bahoda yoki nominal qiymatidan yuqori boʻlgan bahoda amalga oshiriladi. IF va XIFning aksiyalarini birlamchi joylashtirish nominal qiymatidan yuqori bahoda amalga oshirilganda, sotish va nominal qiymati oʻrtasidagi farq summasi emissiya daromadi sifatida qaraladi va hisobda qoʻshilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlarda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qoʻshilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotda hisobga olingan summa, sotib olingan xususiy aksiyalar bekor qilinganda nominal va sotib olish qiymati oʻrtasidagi farqni qoplash uchun ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. IFlarda va XIFlarda, IFning va XIFning ustavida nazarda tutilgan miqdorda va qonun hujjatlariga muvofiq rezerv fondi (kapitali) tuziladi. Rezerv fondi (kapitali) IFning va XIFning ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar har yili sof foydadan majburiy ajratmalar oʻtkazish orqali shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalarning miqdori IF va XIF ustavida belgilanadi, ammo bu miqdor qonun hujjatlarida belgilangan miqdorga yetguniga qadar sof foydaning besh foizidan kam boʻlmasligi lozim. Sof foydadan tashkil qilinadigan rezerv fondi (kapitali), IFlarining va XIFlarining zararlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplash uchun moʻljallangan va buxgalteriya hisobida rezerv fondining (kapitalining) tashkil qilinishi 8520 “Rezerv kapitali” schyotining kreditida 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 2. IFning xususiy aksiyalarini sotib olish hisobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi IFlari qimmatli qogʻozlarni ularni sotib olish majburiyati bilan emissiya qilishi, yaʼni ushbu IFning qimmatli qogʻozlari egalariga ularni pul mablagʻi yoki qonun hujjatlariga muvofiq boshqa mulklarga almashtirish huquqini berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi IFlari aksiyadorlari — oddiy aksiyalar egalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, IFdan oʻziga tegishli aksiyalarning barchasini yoki bir qismini sotib olishni talab qilishga haqlidir. IFning xususiy aksiyalarini sotib olish qiymati qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. IFning oʻz aksiyadorlaridan xususiy aksiyalarini sotib olish operatsiyalari buxgalteriya hisobida sotib olingan haqiqiy qiymatda 8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar-oddiy” schyotining debetida hamda pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Sotib olingan xususiy aksiyalar sotib olingan narxidan yuqori narxda qayta sotilganda, sotilgan summaga — pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar debetlanib, sotib olingan qiymatga — 8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar-oddiy” schyoti kreditlanadi, shuningdek, sotilgan qiymatning sotib olingan qiymatdan oshgan summaga — 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyoti kreditlanadi. Agar sotib olingan xususiy aksiyalar sotib olingan narxidan past narxda qayta sotilsa, u holda sotib olingan va qayta sotilgan qiymat oʻrtasidagi past farqga 9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar” schyoti debetlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Nominal qiymatidan past bahoda qaytarib sotib olingan xususiy aksiyalar bekor qilinganda, nominal qiymatga — 8310 “Oddiy aksiyalar” schyoti debetlanib, qaytarib sotib olish qiymatiga — 8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar-oddiy” schyoti kreditlanadi, hamda nominal va sotib olish qiymati oʻrtasidagi farq summasiga 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyoti kreditlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Agar, bekor qilingan qaytarib sotib olingan xususiy aksiyalar qiymati ularning nominal qiymatidan yuqori boʻlsa, u holda nominal qiymati summasi ustav kapitalini (fondini) hisobga oluvchi schyotning debetida va 8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar-oddiy” schyotining kreditida, emissiya daromadi doirasidagi farq summasiga 8410 “Emissiya daromadi” schyotining debetida va farqning emissiya daromadidan ortiqcha qismiga 9690 “Moliyaviy faoliyatning boshqa xarajatlari” schyotining debetida va 8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar-oddiy” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 3. Qimmatli qogʻozlarni sotib olish operatsiyalari hisobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Xususiylashtirilgan korxonalar qimmatli qogʻozlari va ulushlariga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar (0600) va qisqa muddatli investitsiyalar (5800) hisobi alohida buxgalteriya hisobining tegishli schyotlarida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. IFlar va XIFlar tomonidan sotib olingan qimmatli qogʻozlar buxgalteriya hisobida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 23-dekabrdagi 65-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan (1999-yil 16-yanvar, roʻyxat raqami 596 — Meʼyoriy hujjatlar Axborotnomasi, 1999-y. 3 va 6-son) Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (12-sonli BHMS) “Moliyaviy investitsiyalar hisobi” ga muvofiq aniqlanadigan sotib olish qiymati boʻyicha kirim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Uzoq muddatli investitsiyalar (0600) va qisqa muddatli investitsiyalar (5800) schyotlarida hisobga olingan chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qogʻozlar qiymati, milliy valyutaga qayta hisoblanadi. Qimmatli qogʻozlarning chet el valyutasida ifodalangan qiymatini milliy valyutaga qayta hisoblash, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2004-yil 23-martdagi 51-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (22 — sonli BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlar hisobi”ga (2004-yil 21-may, roʻyxat raqami 1364 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y. 20-son, 246 modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mazkur qimmatli qogʻozlar bilan operatsiya amalga oshirilgan sanadagi ana shu chet el valyutasining milliy valyutaga (soʻmga) nisbatan belgilangan kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari XIF tomonidan oʻz mablagʻlari, hamda maxsus davlat krediti hisobiga sotib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Maxsus davlat krediti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi tomonidan besh yilga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Maxsus davlat krediti XIFga uning murojaatnomasi asosida xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasidan sotib olingan taqdirda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda XIFga berilgan xususiylashtirilgan korxona aksiyalari paketi qiymatining 30 foizi XIFning xususiy pul mablagʻlari hisobidan toʻlanishi, aksiyalar paketi qiymatining qolgan 70 foizi maxsus kredit hisobiga sotib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. XIF tomonidan xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan berilgan maxsus davlat krediti hisobiga sotib olish buxgalteriya hisobida “Xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari” schyotini alohida ajratgan holda uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotning (0600) debetida va “Maxsus davlat krediti” schyotini alohida ajratgan holda uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarning (7800) kreditida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Obligatsiyalarni sotib olish IFning yoki XIFning buxgalteriya hisobida uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotga (0600) qoʻshimcha ochiladigan “Uzoq muddatli obligatsiyalar” schyoti va/yoki qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotga (5800) qoʻshimcha ochiladigan “Qisqa muddatli obligatsiyalar” schyotining debeti boʻyicha va tegishli pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida yozuv amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Agar IF yoki XIF tomonidan xarid qilingan obligatsiyalarning xarid bahosi nominal (soʻndiriladigan) qiymatidan yuqori (yoki past) boʻlsa, u holda xarid qiymati va nominal qiymati oʻrtasidagi tegishli yuqori (chegirma) farq summasi IFning yoki XIFning moliyaviy faoliyat natijalariga olib borilib hisobdan chiqariladi va obligatsiyani qoplash vaqtida uning balans qiymati nominal (soʻndiriladigan) qiymatiga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, qayd etilgan hisobdan chiqarish yoki qoʻshimcha hisoblash qachon amalga oshirilgan boʻlsa shu hisobot davrida aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobida obligatsiyalarning balans qiymatini nominal qiymatigacha qoʻshimcha hisoblash (hisobdan chiqarish) quyidagicha aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) obligatsiyalarning sotib olish qiymati uning nominal qiymatidan yuqori boʻlgan taqdirda xarid qilingan vaqtdan to qoplash vaqtigacha boʻlgan davrda xarid qiymati va nominal qiymat oʻrtasidagi farq uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotga (0600) qoʻshimcha ochiladigan “Uzoq muddatli obligatsiyalar” schyotining va\yoki qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotiga (5800) qoʻshimcha ochiladigan “Qisqa muddatli obligatsiyalar” schyotining kreditidan 9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar” schyotining debetiga hisobdan chiqariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar obligatsiyalarning sotib olish qiymati uning nominal (soʻndiriladigan) qiymatidan past boʻlsa, u holda obligatsiyaning hisob qiymatiga qoʻshimcha hisoblash uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotga (0600) qoʻshimcha ochiladigan “Uzoq muddatli obligatsiyalar” schyotining va/yoki qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotga (5800) qoʻshimcha ochiladigan “Qisqa muddatli obligatsiyalar” schyotining debetida (IF va XIF tomonidan aniqlangan obligatsiyaning sotib olish va nominal qiymati oʻrtasidagi farqi qismiga) va 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 4. Qimmatli qogʻozlarni qayta baholash va uning natijalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilari, shu jumladan, IFlar va XIFlar, kotirovkasi muntazam ravishda eʼlon qilib boriladigan qimmatli qogʻozlarga qilingan qoʻyilmani qayta baholaydi. Mazkur Nizom maqsadlarida kotirovka deganda savdolar tashkilotchisi qoidalariga muvofiq, qimmatli qogʻozlarni sotib olish yoki sotishga savdo qatnashchisi tomonidan eʼlon qilingan taklif tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Qimmatli qogʻozlarga qilingan qoʻyilmalarni qayta baholash, portfeldagi mavjud qimmatli qogʻozlar sonini ularning kurs qiymatiga koʻpaytirish orqali har oyda hisobot oyining oxirgi sanasiga oʻtkaziladi. Mazkur Nizom maqsadlarida kurs qiymati deganda savdo kuni mobaynida savdo tashkilotchisi orqali amalga oshirilgan bitimlar boʻyicha bitta qimmatli qogʻozning narxi (kursi) tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Agar qayta baholash sanasida aynan bitta qimmatli qogʻoz boʻyicha savdolar tashkilotchilarning ikki va undan ortiq maydonchalarida bitimlar amalga oshirilgan boʻlsa, unda investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi mazkur savdo kunida ushbu qimmatli qogʻozlar boʻyicha eng koʻp bitimlar hajmiga ega boʻlgan uyushgan bozordagi qimmatli qogʻozlar kursini tanlaydi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Agar qimmatli qogʻozlarni baholash sanasida savdo tashkilotchilari tomonidan mazkur qimmatli qogʻozlar bilan savdo oʻtkazilmagan boʻlsa, u holda IFlar va XIFlar ushbu qimmatli qogʻozlarni baholashgacha oʻtkazilgan eng yaqin savdo kunidagi bahoni qoʻllashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Qimmatli qogʻozlarni har oyda qayta baholashdan hosil boʻlgan qiymatlar orasidagi farq toʻgʻri olib borish usuli qoʻllanilganda moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalariga olib borilib, hisobdan chiqariladi va buxgalteriya hisobida quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar qayta baholash vaqtida qimmatli qogʻozning baholash qiymati uning hisob qiymatidan yuqori boʻlsa, u holda qiymatlar orasidagi farq “Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan daromadlar (qimmatli qogʻozlarning turlari boʻyicha)” schyotining kreditida aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar qayta baholash vaqtida qimmatli qogʻozning baholash qiymati uning hisob qiymatidan past boʻlsa, u holda qiymatlar orasidagi farq moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarga (9600) qoʻshimcha ochiladigan “Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan zararlar (qimmatli qogʻozlarning turlari boʻyicha)” schyotining debetida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Qimmatli qogʻozlarni har oyda qayta baholashdan hosil boʻlgan qiymatlar orasidagi farq jamlash usuli qoʻllanilganda ular vujudga kelgan vaqtda IFning yoki XIFning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalariga olib borilmaydi va buxgalteriya hisobida quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar qayta baholash vaqtida qimmatli qogʻozning baholash qiymati uning hisob qiymatidan yuqori boʻlsa, u holda qiymatlar orasidagi farq — 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyotining krediti boʻyicha — ularning joriy qismi va (yoki) 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyotining krediti boʻyicha — ularning uzoq muddatli qismi aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar qayta baholash vaqtida qimmatli qogʻozning baholash qiymati uning hisob qiymatidan past boʻlsa, u holda qiymatlar orasidagi farq — 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyotining debeti boʻyicha — ularning joriy qismi va (yoki) 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyotining debeti boʻyicha — ularning uzoq muddatli qismi aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan jamlangan farq IFning yoki XIFning faoliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijasiga qimmatli qogʻozlarni sotish jarayonida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurs farqlarini olib borishda qoʻllanilayotgan usullar IFning va XIFning hisob siyosatida albatta aks ettirilishi lozim. Bunda IFlar va XIFlar hisob siyosatini kalendar yil davomida oʻzgartirmasligi lozim, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 26-iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” (1998-yil 14-avgust, roʻyxat raqami 474 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 5-son) ning 56-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. IFlar va XIFlar qimmatli qogʻozlarga qilingan qoʻyilmalarni qayta baholashda, 2004-yil 2-sentabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 98-sonli, Iqtisodiyot vazirligining 41-sonli, Davlat soliq qoʻmitasining 2004-57-sonli, Markaziy bankning 257-V-sonli, Davlat statistika qoʻmitasining 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga (2004-yil 17-sentabr, roʻyxat raqami 1411 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 419-modda) muvofiq qayta baholashni amalga oshirish sanasidagi ushbu chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kursi boʻyicha chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qogʻozlarning bozor bahosini milliy valyutaga qayta hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Takrorlanish holatining oldini olish maqsadida, agar IFlar va XIFlar investitsiya portfelidagi chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni kotirovkasi doimiy eʼlon qilinadigan xalqaro fond birjalari kursi boʻyicha qayta baholasa, u holda ushbu chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qogʻozlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan kursi boʻyicha qayta hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 5. Foydani taqsimlash, qimmatli qogʻozlar boʻyicha dividend va foizlar hisobining tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. IFning yoki XIFning sof foydasining bir qismi aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra taqsimlashda IFning yoki XIFning ustav kapitalining (fondining) oshirilishiga yoʻnaltirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IFning yoki XIFning sof foydasi barcha soliqlar va majburiy toʻlovlar xamda investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga mukofotlar toʻlangandan keyin uning aksiyadorlari oʻrtasida dividend sifatida taqsimlanishi mumkin.
(47-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. IF va XIF aksiyalari boʻyicha hisoblangan dividendlar ular eʼlon qilingan vaqtda buxgalteriya hisobida 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyotining debetida va 6610 “Toʻlanadigan dividendlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. IF va XIF aksiyadorlariga dividendlarni toʻlash hisobda 6610 “Toʻladigan dividendlar” schyotining debetida va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Hisobot davrining yakuni boʻyicha hisoblangan dividend summasi aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra IFning va XIFning ustav kapitalining (fondining) oshirilishiga yoʻnaltirilishi mumkin. Buxgalteriya hisobida sof foyda hisobidan ustav kapitalini (fondini) oshirish boʻyicha operatsiyalar quyidagi yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ustav kapitali (fondi) miqdorining oshirilishi eʼlon qilinganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit 8310 “Oddiy aksiyalar” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aksiyalarga dividend hisoblanganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit 6610 “Toʻlanadigan dividendlar” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) hisoblangan dividendlar ustav kapitalining (fondining) oshirilishiga yoʻnaltirilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet 6610 “Toʻlanadigan dividendlar” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyoti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Aksiyadorlik jamiyatlarining IFga yoki XIFga tegishli boʻlgan aksiyalar boʻyicha dividendlar hisoblanganda (agarda IF yoki XIF vakili aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etganda, bildirish xatini olganda, aksiyadorlar umumiy yigʻilishi bayonnomasini olganda, ommaviy axborot vositalarida rasmiy eʼlon qilinganda va boshqa tegishli tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan holatlarda) buxgalteriya hisobida hisoblangan dividendlar 4840 “Olinadigan dividendlar” schyotining debetida va 9520 “Dividendlar koʻrinishidagi daromadlar” schyotining kreditida, ularning kelib tushishi esa — pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida va 4840 “Olinadigan dividendlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. IFning va XIFning moliyaviy investitsiyalari tarkibidagi obligatsiyalar boʻyicha hisoblangan foizlar buxgalteriya hisobida 4830 “Olinadigan foizlar” schyotining debetida va 9530 “Foizlar koʻrinishidagi daromadlar” schyotining kreditida, ularning kelib tushishi esa — pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida va 4830 “Olinadigan foizlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 6. Qimmatli qogʻozlarni sotish hisobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. IFlarning va XIFlarning investitsiya portfelidagi qimmatli qogʻozlarni sotish va boshqa xil tasarrufdan chiqarish qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIFning investitsiya portfelini tashkil qiluvchi aksiyalarni sotish, faqat ular tomonidan chiqarilgan aksiyalarning qimmatli qogʻozlar bozori professional qatnashchilari tomonidan uyushtirilgan birja yoki birjadan tashqari bozorlari orqali aholi oʻrtasida joylashtirilishi tugallangandan keyingina amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlarni sotishdan daromad, sotish narxi va hisob qiymati oʻrtasidagi farqdan iborat boʻladi va u asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarga (9000) qoʻshimcha ochiladigan “Qimmatli qogʻozlarni sotishdan daromadlar (qimmatli qogʻozlarning turlari boʻyicha)” schyotida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. IF va XIF tomonidan qimmatli qogʻozlarni sotish buxgalteriya hisobida 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyotining debetida — qimmatli qogʻozlarning sotish summasi va uzoq muddatli investitsiyalar (0600) va/yoki qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (qimmatli qogʻozlarning turlari boʻyicha) (5800) kreditida — qimmatli qogʻozning hisob qiymatiga, hamda bir vaqtda asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarga (9000) qoʻshimcha ochiladigan “Qimmatli qogʻozlarni sotishdan daromadlar (qimmatli qogʻozlarning turlari boʻyicha)” schyotining kreditida — sotilgan qimmatli qogʻozlarning sotish bahosining hisob qiymatidan oshgan summasi aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar hisob qiymatidan past bahoda sotilganda sotish bahosi va hisob qiymati oʻrtasidagi farq sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat) larning tannarxini hisobga oluvchi schyotga qoʻshimcha ochiladigan “Qimmatli qogʻozlarni sotishdan zararlar (qimmatli qogʻozlarning turlari boʻyicha)” schyotida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Fondlarda xarajatlar tarkibining xususiyatlari va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. IFlar va XIFlar xarajatlari tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1999-y., 2-son, 9-modda), xamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-sentabrdagi 410-sonli “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq aniqlanadi va fond tomonidan amalga oshiriladigan quyidagi maxsus xususiyatli xarajatlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontraktga muvofiq, biroq IFning va XIFning sof aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining 5 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining koʻrsatgan xizmatlari uchun mukofot;
(54-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontraktga muvofiq, biroq IFning va XIFning sof aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining 2 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining IFga yoki XIFga koʻrsatgan xizmatlari uchun mukofot;
(54-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IF yoki XIF faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan IF yoki XIF ustaviga, emissiya risolasiga yoki boshqa huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish xarajatlari va taqdim etilgan toʻlov hujjatlariga muvofiq ularni roʻyxatdan oʻtkazishga ketadigan xarajatlar;
(54-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarida IF va XIFning reklamasiga haq toʻlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-sentabrdagi 410-sonli “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi nizomda oʻrnatilgan miqdorda;
(54-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
(54-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IF yoki XIF sof aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining 0,3 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda IF yoki XIFning Kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash va mukofotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IFning yoki XIFning faoliyati bilan bogʻliq soliqlar (investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi, IF yoki XIF aksiyalarini tarqatuvchilar va Kuzatuv kengashi aʼzolaridan olgan mukofotlaridan ushlab qolinadigan soliqlardan tashqari);
(54-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IFning yoki XIFning kuzatuv kengashi bilan kelishilgan va IF yoki XIF aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida tasdiqlangan miqdor stavkasida auditorlik tekshiruvini oʻtkazishga, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazishga va IFning yoki XIFning aksiyadorlariga dividend toʻlash xarajatlari va qonunchilikka muvofiq boshqa xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari toʻgʻrisidagi nizomning 51-bandiga muvofiq, IFga yoki XIFga koʻrsatilgan xizmatlar uchun investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchini taqdirlash IF yoki XIF tomonidan asosiy va qoʻshimcha (mukofotlash) taqdirlash shaklida toʻlanadi. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchini asosiy taqdirlash choraklar boʻyicha taqsimlagan holda bir yil uchun qatʼiy summada belgilanadi. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi oladigan asosiy taqdirlash pulining umumiy miqdori IF yoki XIFning sof aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining 5 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak. Koʻrsatib oʻtilgan summaga IFni yoki XIFni boshqarish toʻgʻrisidagi shartnoma (kontrakt)ni bajarish boʻyicha investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining barcha xarajatlari (ularni qoplash) kiritiladi, bundan qonunchilikka muvofiq IF yoki XIF hisobiga olib boriladigan xarajatlar mustasno. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisini qoʻshimcha (mukofot puli) taqdirlash shartnoma (kontrakt)ga binoan yil natijalari boʻyicha, biroq IF yoki XIF aksiyadorlariga yil mobaynida hisoblangan dividendlar hisobga olingan holda IF yoki XIF sof aktivlari yillik oʻsishi summasidan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan moliyalashtirish stavkasi boʻyicha sof aktivlarni depozitlarda joylashtirishda yuz beradigan oʻsishdan 7 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. IFlar va XIFlar faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar qatʼiy belgilab qoʻyilgan va belgilanmagan xarajatlarga boʻlinadi. IFning yoki XIFning belgilab qoʻyilgan xarajatlariga, IFni yoki XIFni investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchini, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysini va kuzatuv kengashini mukofotlash kabi xarajatlari kiradi va ularning miqdori mazkur Nizomning 54-bandiga muvofiq aniqlanadi. Mazkur operatsiyalar buxgalteriya hisobida davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarga (9400) qoʻshimcha ochiladigan “Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining koʻrsatgan xizmatlarini mukofotlash boʻyicha xarajatlar”, “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining fondga koʻrsatgan xizmatini mukofotlash boʻyicha xarajatlar” va “Kuzatuv kengashini mukofotlash boʻyicha xarajatlar” schyotlarida hisobga olinadi. Bunda IFning yoki XIFning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan qatʼiy belgilanmagan xarajatlar buxgalteriya hisobida IFning yoki XIFning xarajatlariga olib boriladi va davr xarajatlarini hisobga oluvchi tegishli schyotlarda (9400) hisobga olinadi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. IFning yoki XIFning daromadlari tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-sentabrdagi 410-sonli “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. IFning va XIFning hisoboti va maʼlumotnomalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-sentabrdagi 410-sonli “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi va Xususiylashtirish investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq, IF va XIF moliyaviy chorak tugaganidan soʻng 30 kundan kechikmagan muddatda va moliyaviy yil tugaganidan soʻng 60 kundan kechikmagan muddatda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga quyidagi axborotlarni oʻz ichiga olgan moliyaviy hisobotni taqdim etishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya balansi bilan birga IF va XIF investitsiyalarining kengaytirilgan roʻyxati (hisobotni tuzish sanasiga qimmatli qogʻozlar soni, turi va joriy bozor bahosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromadlar, xarajatlar, foyda va zararlar, shuningdek, koʻrsatilgan davrda toʻlanadigan dividendlar toʻgʻrisida hisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan davrning oxirgi sanasiga IFning va XIFning moliyaviy faoliyati va sof aktivlari holati toʻgʻrisida, IF va XIF tomonidan chiqarilgan aksiyalar soni, hisobot tuzilgan sanaga bitta aksiyaning nominal va joriy bozor bahosi toʻgʻrisida, shuningdek, IF oʻz aksiyadorlaridan xarid qilish majburiyatini olgan xususiy aksiyalarining bahosi toʻgʻrisida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan davr uchun investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va auditorlik tashkilotining xizmatiga toʻlanadigan haq miqdori, reklama xarajatlari, shuningdek Kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan oʻz vazifalarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash va mukofot miqdori;
(58-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sabablarini koʻrsatgan holda tobe shaxslar, IFning va XIFning Kuzatuv kengashi aʼzolari, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(58-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan hujjatlar Kuzatuv kengashi raisi, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi rahbarlari tomonidan imzolanadi.
(58-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. IFlar va XIFlar qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga tegishli maʼlumotlarni ushbu Nizomning 1—6-ilovalarda koʻrsatilgan shakllarda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Fondni investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining javobgarligi
(VI-boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. IFni va XIFni investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi qonunchilikda belgilangan tartibda IFlarda va XIFlarda buxgalteriya hisobining tashkil etilishi va yuritilishi, moliyaviy hisobotlarni toʻgʻri tuzish va taqdim etish uchun javobgar boʻladi, shuningdek investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining ehtiyotsizligi, firibgarligi yoki qonunchilik bilan taqiqlangan boshqa harakatlari natijasida IFga va XIFga keltirilgan zararlari uchun javobgar hisoblanadi.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 25-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O-1-shakl
DAROMADLAR VA XARAJATLAR TOʻGʻRISIDA HISOBOT
___________________ (sana) ga
Fondning nomi
KTUT kodi
Hisobot taqdim etilgan sana
Koʻrsatkichlar nomi
Satrlar kodi
Oʻtgan yilning shu davrida
Hisobot davrida
Daromadlar (foyda)
Xarajatlar (zarar)
Daromadlar (foyda)
Xarajatlar (zarar)
Daromadlar
Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan daromadlar
010
x
x
Dividendlar
020
x
x
Foizlar
030
x
x
Moliyaviy faoliyatdan daromadlar
040
x
x
Boshqa daromadlar
050
x
x
Jami daromadlar: (010+020+030+040+050)
060
x
x
Xarajatlar
Boshqarishning qatʼiy belgilangan xarajatlari, shu jumladan:
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchini mukofotlash
070
x
x
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchini (mukofot) ragʻbatlantirish
080
x
x
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysini mukofotlash
090
x
x
Kuzatuv kengashi aʼzolarini mukofotlash
100
x
x
Boshqarishning qatʼiy belgilanmagan xarajatlari, shu jumladan:
Davlat kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlari
110
x
x
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi va kuzatuv kengashi majlislarini oʻtkazish xarajatlari
120
x
x
Auditorlik tekshiruvini oʻtkazish xarajatlari
130
x
x
Bank xizmatlari toʻlovlari
140
x
x
Bitimlarni amalga oshirish xarajatlari
150
x
x
Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan zararlar
160
x
x
Boshqa xarajatlar (zararlar)
170
x
x
Soliqlar va majburiy toʻlovlar
180
x
x
Jami xarajatlar: (070+080+090+100+110+120+130+140+ 150+160+170+180)
190
x
x
Hisobot davrining sof foydasi (zarari) (060-190)
200
Fondning kuzatuv kengashi raisi
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi rahbari
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi Bosh direktori
M.Oʻ.
M.Oʻ.
M.Oʻ.
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O-2-shakl
SOF AKTIVLARNING HOLATI TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOTNOMA
___________________ (sana)ga
Fondning nomi
KTUT kodi
Hisobot taqdim etilgan sana
Koʻrsatkichlar nomi
Hisobot sanasidagi summa
Sof aktivlar umumiy qiymatidan foizdagi ulushi
Hisobot davrida
Oldingi hisobot davrida
Xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarining hisob qiymati — A
Obligatsiyalarning hisob qiymati hisoblangan foizlar bilan — B
Ulushlar (paylar) ning hisob qiymati — C
Qimmatli qogʻozlar va ulushlarning jami qiymati D=A+B+C
Debitorlik qarzi — E
Maxsus Davlat krediti — F
Kreditorlik qarzi — G
Bankdagi schyotlardagi (hisob-kitob, depozit, valyuta va boshqa) pul mablagʻlari — H
Sof aktivlar umumiy qiymati I=D+E-F-G+H
Fondning kuzatuv kengashi raisi
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi rahbari
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi Bosh direktori
M.Oʻ.
M.Oʻ.
M.Oʻ.
(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchini mukofotlash
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchini (mukofot) ragʻbatlantirish
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysini mukofotlash
Kuzatuv kengashi aʼzolarini mukofotlash
Jami:
Fondning kuzatuv kengashi raisi
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi rahbari
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi Bosh direktori
M.Oʻ.
M.Oʻ.
M.Oʻ.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* SAQ — sof aktivlar qiymati.
(3-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
(Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi Bosh direktori)
M.Oʻ.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O-5-shakl
INVESTITSIYaLAR PORTFELINING HOLATI TOʻGʻRISIDA HISOBOT (boshqa qimmatli qogʻozlar)
___________________ (sana) ga
Fondning nomi
KTUT kodi
Hisobot taqdim etilgan sana
Qimmatli qogʻozlar emitenti
Qimmatli qogʻozlar toifasi
Qimmatli qogʻozlarning nominal qiymati
Daromadliligi (%)da
Fond egalik qilayotgan qimmatli qogʻozlar soni
Fondga tegishli daromad (foiz)
Fondga tegishli foizning toʻlangan summasi
Qimmatli qogʻozlar boʻyicha foizning fondga toʻlanmagan qoldiq summasi
sana
bitta qimmatli qogʻozga
jami
sana
summa
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
Fondning kuzatuv kengashi raisi
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi rahbari
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi Bosh direktori
M.Oʻ.
M.Oʻ.
M.Oʻ.
(5-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O-6-shakl
INVESTITSIYaLAR PORTFELINING HOLATI TOʻGʻRISIDA HISOBOT (ulushlar (paylar)
___________________ (sana) ga
Fondning nomi
KTUT kodi
Hisobot taqdim etilgan sana
Xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi
Xoʻjalik yurituvchi subyektdagi pul birligida ifodalangan ulush
Xoʻjalik yurituvchi subyektdagi foizda ifodalangan ulush
Investitsiyaning bir soʻmiga boʻlgan daromadlilik %da
Hisoblangan daromad (foiz)
Fondga toʻlangan daromad (foiz) summasi
Fondga toʻlanmagan foiz summasi qoldigʻi
sana
Investitsiyaning bir soʻmiga
jami
sana
summa (soʻmda)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Fondning kuzatuv kengashi raisi
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi rahbari
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi Bosh direktori
M.Oʻ.
M.Oʻ.
M.Oʻ.
(6-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 18-noyabrdagi 99, 01/11-18/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662-1, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 466-modda)