22.02.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1658
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining Qarori, 22.02.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1658
Кучга кириш санаси
04.03.2007
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IKKILAMCHI BOZORDA ERKIN KONVERTATSIYA QILINADIGAN VALYUTADA AMALGA OSHIRILADIGAN QIMMATLI QOGʻOZLAR BILAN BITISHUVLARGA HISOB-KITOB-KLIRING XIZMATI KOʻRSATISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 22-fevralda 1658-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, 7-son, 354-modda), “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida” gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, 1-2-son, 6-modda), “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda) qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 29-apreldagi 196-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-yil 7-8-son, 65-modda) muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil 39-son, 387-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi hamda Markaziy bank Boshqaruvining 2010-yil 20-iyuldagi 2010-14, 63, 18/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1658-1, 11.08.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 32-son, 275-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Ikkilamchi bozorda erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada amalga oshiriladigan qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarga hisob-kitob-kliring xizmati koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-17-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
283-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvining
2006-yil 29-dekabrdagi 2006-17, 5, 283-V-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkilamchi bozorda erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada amalga oshiriladigan qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarga hisob-kitob-kliring xizmati koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, 7-son, 354-modda), “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, 1-2-son, 6-modda)” qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 387-modda) muvofiq, ikkilamchi bozorda erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada amalga oshiriladigan korporativ qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar boʻyicha hisob-kitob-kliring xizmati koʻrsatish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi hamda Markaziy bank Boshqaruvining 2010-yil 20-iyuldagi 2010-14, 63, 18/2-son qarori (roʻyxat raqami 1658-1, 11.08.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 32-son, 275-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda HKP deb yuritiladi) — qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining tegishli litsenziyasi asosida qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar boʻyicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarni amalga oshiruvchi qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolarning tashkilotchisi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan va birja yoki birjadan tashqari qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil etish boʻyicha faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshiruvchi, HKP bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma tuzgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HKP aʼzosi — qimmatli qogʻozlar bozorida oʻzi tuzgan bitimlar boʻyicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish toʻgʻrisida HKP bilan shartnoma imzolagan qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar qatnashchilari — HKP aʼzolari yoki oʻz nomidan va oʻz hisobidan yohud oʻz mijozlari uchun qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni tuzish uchun tashkillashtirilgan savdolarda ishtirok etuvchi mijozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo hisob raqami — deponentning qimmatli qogʻozlarini saqlash va tashkillashtirilgan savdolarga qoʻyilgan yoki tashkillashtirilgan savdolarda tuzilgan bitimlar boʻyicha olingan qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish uchun moʻljallangan Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining (keyingi oʻrinlarda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) hisobga olish registrlaridagi yozuvlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HKPdagi shaxsiy hisob raqam — mijoz yoki HKP aʼzosining, shuningdek, savdolar tashkilotchilari va Markaziy depozitariyning pul mablagʻlarini hisobga olish uchun moʻljallangan HKPning hisobga olish registrlaridagi yozuvlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovga qarab yetkazib berish — qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni bajarish tartibi, bunda qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlarini oʻtkazish faqat hisob-kitob-kliring operatsiyalari ishtirokchilarining hisob raqamlarida amalga oshirilgan bitimlarni bajarish uchun moʻljallangan zarur miqdordagi qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlari borligi tekshirilganidan va guvohlantirilganidan (tasdiqlanganidan) soʻng amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“savdolarga chiqarish harakati toʻxtatildi” boʻlimi — birja va birjadan tashqari savdo tizimlarida sotish uchun qoʻyiladigan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish uchun moʻljallangan maxsus boʻlim. Mazkur boʻlim faqat savdolar qatnashchisining Markaziy depozitariydagi savdo hisobvaragʻida ochilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yetkazib berish harakati toʻxtatildi” boʻlimi — tashkillashtirilgan savdolar natijalariga koʻra qimmatli qogʻozlar boʻyicha majburiyatlarni hisobga olish uchun moʻljallangan. Mazkur boʻlim faqat savdolar qatnashchisining Markaziy depozitariydagi savdo hisob raqamida ochilishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi;
(1-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi bank — HKPning oʻzi tomonidan xoʻjalik faoliyatini yuritish uchun moʻljallangan HKPning talab qilib olinguncha depozit hisob raqamiga va (yoki) HKP aʼzolari va mijozlarining pul mablagʻlarini hisobga olish va saqlash uchun moʻljallangan talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqamiga xizmat koʻrsatish boʻyicha HKPga xizmatlar koʻrsatuvchi bank.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi hamda Markaziy bank Boshqaruvining 2010-yil 20-iyuldagi 2010-14, 63, 18/2-son qarori (roʻyxat raqami 1658-1, 11.08.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 32-son, 275-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. HKP faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, 7-son, 354-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-apreldagi 196-son “Qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Qimmatli qogʻozlar bozorida hisob-kitob-kliring palatalari toʻgʻrisida”gi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 65-modda), mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalari, shuningdek ularga kiritilgan oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Hisob-kitoblarni erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada olib borish boʻyicha HKP faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada tuziladigan qimmatli qogʻozlar bitishuvlari boʻyicha hisob-kitoblar “toʻlovga qarab yetkazib berish” tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. HKP, savdolar qatnashchilarining erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadagi pul mablagʻlarini hisobga olish va saqlash maqsadida, qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda xizmat koʻrsatuvchi bankda talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqamini ochadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Rezidentlarning xorijiy banklardagi hisob raqamlardan foydalangan holda amalga oshirilgan savdolarning tashkilotchilari savdo maydonchalarida tuzilgan qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlari boʻyicha erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadagi pul hisob-kitoblari Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Savdolarning tashkilotchilari savdo maydonchalarida oʻtkaziladigan bitishuvlar boʻyicha qimmatli qogʻozlarni sotish yoki sotib olish bahosi faqat Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agar, savdolarning tashkilotchilari qoidalarida yoxud qimmatli qogʻozlar sotuvchisining topshiriq (vositachilik) shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, qimmatli qogʻozlarni oluvchi-norezident, qimmatli qogʻozlarning qiymatini erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadagi pul mablagʻlarida toʻlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Birja va tashkillashtirilgan birjadan tashqari savdolarda tuziladigan qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdi bitishuvlari boʻyicha erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadagi hisob-kitoblar, HKPning xizmat koʻrsatuvchi bankdagi talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqami orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Norezidentlar ishtirokida erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada tuziladigan qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdi bitishuvlari boʻyicha hisob-kitoblar va toʻlovlar, naqd pulsiz tartibda, shu jumladan, bank plastik kartochkalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun pul mablagʻlarni HKPning talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqamiga oʻtkazish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar tomonidan pul mablagʻlarni oʻzining tegishli bankdagi hisob raqamidan HKPning talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqamiga koʻchirish yoʻli bilan;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar tomonidan pul mablagʻlarni oʻzining bank plastik kartochkalaridan koʻchirish yoʻli bilan, shuningdek keyinchalik HKPning talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqamiga koʻchirish uchun tegishli bankka naqd pul mablagʻlarini qonunchilik hujjatlarda oʻrnatilgan tartibda kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jismoniy shaxslarning qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun pul mablagʻlarini oʻtkazishda, toʻlov topshiriqnomasining “Toʻlovchining nomi” ustunida jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va fuqaroligi toʻliq koʻrsatilishi lozim. Aks holda, HKP pul mablagʻlarini uning tegishli bankdagi hisob raqamiga qaytarishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning pul mablagʻlarini HKPning ikkilamchi depozit hisob raqamiga oʻtkazish uchun toʻlov topshiriqnomasining “Toʻlov maqsadi” ustunida jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning turi, ushbu hujjatning seriyasi va raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Pul mablagʻlarini HKPning ikkilamchi depozit hisob raqamiga oʻtkazish uchun toʻlov topshiriqnomasining “Toʻlov maqsadi” ustunida qoʻshimcha ravishda quyidagi maʼlumotlar aks ettirilgan boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar tashkilotchisining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlarining deponentga qoʻyilgan muddati (deponentga qoʻyish muddati koʻrsatilmagan hollarda pul mablagʻlari bir oy muddatga deponentga qoʻyiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya vositachisi mavjud boʻlganda, toʻlov topshiriqnomasining “Toʻlov maqsadi” ustunida quyidagi maʼlumotlar ham kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshiriq (vositachilik) shartnomasiga muvofiq, ushbu pul mablagʻlarning taqsimlovchisi etib tayinlangan investitsiya vositachisi toʻgʻrisida (“BI ___-son ” soʻzi yoziladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oluvchi va investitsiya vositachisi oʻrtasida tuzilgan shartnomaning turi, topshiriq (vositachilik) shartnomasi tuzilgan raqami va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov topshiriqnomasining qolgan barcha ustunlari bank qoidalarida belgilangan tartibda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Savdolar qatnashchisi, ular tomonidan toʻlov topshiriqnomasida koʻrsatiladigan maʼlumotlarning toʻgʻriligi, ishonchliligi va toʻliqligi uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. HKP, mazkur Nizom talablari buzilgan holda HKPning talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqamiga oʻtkazilgan pul mablagʻlari kelib tushgan kundan eʼtiboran uch bank kuni mobaynida xatoga yoʻl qoʻyilgan toʻlov sifatida qaytarishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qaytarilishi shart boʻlgan pul mablagʻlari HKPning toʻlov topshiriqnomasi asosida oluvchining HKPdagi shaxsiy hisob raqamidan uning tegishli bankdagi hisob raqamiga koʻchirish yoʻli bilan uch bank kuni mobaynida quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlari taqsimlovchisining arizasi asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlarini deponentga qoʻyish muddati mobaynida bitishuvlar amalga oshirilmagan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitishuvlar amalga oshirilganidan keyin foydalanilmagan qoldiqlar mavjud boʻlib, pul mablagʻlarini deponentga qoʻyish muddati oʻtgandan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni amalga oshirish uchun erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalarni deponentga qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalarni deponentga qoʻyish, uni savdolarning tashkilotchisi qoidalarida belgilangan miqdorda HKPning xizmat koʻrsatuvchi bankdagi talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqamiga koʻchirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Pul mablagʻlarini deponentga qoʻyish muddatlari va qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish mexanizmi HKPning qoidalari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Deponentga qoʻyilgan pul mablagʻlarining hisobini yuritish HKP tomonidan HKPdagi shaxsiy hisob raqamidan koʻchirmalar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. HKPning xizmat koʻrsatuvchi bankdagi talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqamiga deponentga qoʻyish uchun erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalarni koʻchirish quyidagi hujjatlardan biri asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HKP aʼzosi bilan qimmatli qogʻozlarni sotib olishga tuzilgan topshiriq (vositachilik) shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitob-kliring xizmati koʻrsatish toʻgʻrisida HKP bilan tuzilgan shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birjadan tashqari savdolarning tashkilotchisi bilan tuzilgan shartnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oluvchi tomonidan pul mablagʻlarini HKPga deponentga qoʻyish, toʻlov topshiriqnomasining toʻlov maqsadlarida raqami koʻrsatilgan investitsiya vositachisi (pul mablagʻlari taqsimlovchisi)ga quyidagi huquqlarni beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oluvchining nomidan qimmatli qogʻozlar bilan oldi-sotdi bitishuvlari tuzish (agar deponentga qoʻyish topshiriq shartnomasi asosida amalga oshirilgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik qimmatli qogʻozlarni oluvchining nomiga oʻtkazish sharti bilan oʻzining nomidan qimmatli qogʻozlar bilan oldi-sotdi bitishuvlari tuzish (agar deponentga qoʻyish vositachilik shartnomasi asosida amalga oshirilgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlarni birja yoki birjadan tashqari savdolarda sotib olish uchun pul mablagʻlarini oʻtkazishga HKPga koʻrsatma berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlarini oluvchining tegishli bankdagi hisob raqamiga qaytarish yoki pul mablagʻlarini deponentga qoʻyish muddatini uzaytirishga HKPga koʻrsatma berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HKPga savdolar qatnashchisi nomidan tuzilgan bitishuvlar boʻyicha sotuvchiga bitishuv summasini, investitsiya vositachisi, savdolarning tashkilotchisi, Markaziy depozitariy, depozitariylar va HKPga vositachilik xizmatlarini toʻlashga koʻrsatma berish.
(21-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi hamda Markaziy bank Boshqaruvining 2010-yil 20-iyuldagi 2010-14, 63, 18/2-son qarori (roʻyxat raqami 1658-1, 11.08.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 32-son, 275-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qimmatli qogʻozlar tashkillashtirilgan birjadan tashqari savdolarda investitsiya vositachisi ishtirokisiz sotib olinganda, oluvchining shaxsiy hisob raqamini boshqaruvchisi etib savdolarning tashkilotchisi tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Agar, oluvchining HKPdagi shaxsiy hisob raqamida pul mablagʻlari mavjud boʻlib, oluvchi qoʻshimcha ravishda pul mablagʻlarini deponentga qoʻysa, unda pul mablagʻlari qoldiqlarini deponentga qoʻyish muddati qayta deponentga qoʻyilgan pul mablagʻlarning muddatiga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. HKPning xizmat koʻrsatuvchi bankdagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidagi erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadagi pul mablagʻlarini deponentga qoʻyish muddatini uzaytirish, pul mablagʻlari taqsimlovchisi tomonidan uning HKPga yozma murojaati asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kelib tushgan erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadagi pul mablagʻlari hisobini yuritish, oʻzaro munosabatlar reglamentiga muvofiq, HKP tomonidan savdolarning tashkilotchisiga deponentga qoʻyilgan pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi axborot taqdim etilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha milliy valyutada HKP tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitishuv amalga oshirilgunga qadar deponentga qoʻyilgan pul mablagʻlarini milliy valyutaga ayrboshlash, xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan, faqat ularning taqsimlovchisi tomonidan HKPga yozma murojaat qilgan hollarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Savdo qatnashchilarining oʻzaro munosabatlari tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qimmatli qogʻozlar tashkillashtirilgan birja yoki birjadan tashqari savdolarda sotilayotganda “toʻlovga qarab yetkazib berish” tamoyilini taʼminlash uchun, sotuvchi qimmatli qogʻozlarni taxmin qilinayotgan bitishuvlarning hajmida Markaziy depozitariyda deponentga qoʻyishi lozim. Qimmatli qogʻozlar sotuvchining Markaziy depozitariy savdo hisob raqamidagi “savdolarga chiqarish harakati toʻxtatildi” boʻlimiga oʻtkazilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, agar savdo investitsiya vositachisi orqali amalga oshirilayotgan boʻlsa, u sotuvchining savdo hisob raqami boshqaruvchisi etib tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qimmatli qogʻozlar birjadan tashqari tashkillashtirilgan savdolarda investitsiya vositachisining ishtirokisiz sotilayotganda, sotuvchining savdo hisob raqami taqsimlovchisi etib savdolarning tashkilotchisi tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qimmatli qogʻozlar deponentga qoʻyilayotganda, savdo hisob raqami taqsimlovchisi Markaziy depozitariydagi quyidagi savdo hisob raqamlarini toʻgʻriligiga ishonch hosil qilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsning F.I.Sh., shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar maʼlumotlari (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjatlar) va manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank rekvizitlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Markaziy depozitariy sotuvchilarning qimmatli qogʻozlari tashkillashtirilgan savdolarga deponentga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzaro munosabatlar reglamentida oʻrnatilgan tartib va muddatlarda HKPga elektron hujjat koʻrinishida taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. HKP Markaziy depozitariy va xizmat koʻrsatuvchi bankdan olingan axborotlarni qayta ishlab, savdo qatnashchilarining pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlari deponentga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron hujjat koʻrinishida savdolarning tashkilotchilariga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Savdolarning tashkilotchisi har bir savdo sessiyasini oʻtkazgandan soʻng, roʻyxatga olingan bitishuvlar reyestrini elektron hujjat koʻrinishida HKPga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. HKP taqdim qilingan bitishuvlar reyestri asosida yetkazib berilishi lozim boʻlgan qimmatli qogʻozlar sonini sotuvchining Markaziy depozitariy savdo hisob raqamidagi “savdolarga chiqarish harakati toʻxtatildi” boʻlimidan “yetkazib berish harakati toʻxtatildi” boʻlimiga koʻchirish uchun Markaziy depozitariyga topshiriqni shakllantiradi va beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. HKP faqat amalga oshirilgan bitishuv boʻyicha pul mablagʻlarini hisobga oʻtkazgandan soʻng, Markaziy depozitariyga bitishuv reyestrida koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlar sonini hisobdan chiqarishga topshiriq berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Bitishuvlar yuzasidan kliring oʻtkazilganidan soʻng HKP Markaziy depozitariyga sotuvchining savdo hisob raqamidan oluvchining savdo hisob raqamiga qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi bankka toʻlov maqsadlarida amalga oshirilgan bitishuvlarning raqami va sanasi aks ettirilgan holda pul mablagʻlarini HKPning talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqamidan sotuvchining tegishli bankdagi hisob raqamiga oʻtkazishga topshiriqlarni shakllantiradi va beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. HKP savdo qatnashchilari pul mablagʻlarini kliring yoki ularning koʻrsatmalari asosida HKPning talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqamidan faqat ularning tegishli banklardagi hisob raqamlariga oʻtkazish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Qimmatli qogʻozlarning qiymatini toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Qimmatli qogʻozlarning qiymatini toʻlash uchun pul mablagʻlarini sotuvchining hisob raqamiga oʻtkazish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchining topshiriq (vositachilik) shartnomasi yoki savdolarning tashkilotchisiga berilgan arizasi asosida sotuvchi qimmatli qogʻozlar qiymati pul mablagʻlarini erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada qabul qilib olgan hollarda — deponentga qoʻyilgan pul mablagʻlari erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa hollarda — Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Kelib tushgan pul mablagʻlarining hisobini yuritish maqsadida HKP investitsiya vositachisi, Markaziy depozitariy yoki savdolarning tashkilotchisi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida sotuvchining shaxsiy hisob raqamini ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. HKPdagi savdolar qatnashchilarining shaxsiy hisob raqamlari boʻyicha pul mablagʻlarini oʻtkazish, savdolar qatnashchilarining tashkillashtirilgan birja va birjadan tashqari savdolarda amalga oshirilgan bitishuvlarning bajarilishi bilan bogʻliq boʻlgan huquq va majburiyatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlarini oʻtkazishga, bitishuvlar yakuni boʻyicha HKP aʼzolari majburiyatlarini “toʻlovga qarab yetkazib berish” tamoyiliga muvofiq belgilashga asos boʻladigan savdolarning tashkilotchilari, depozitariylar yoki HKP aʼzolari tomonidan taqdim etilgan shartnomalar, topshiriqlar, hisobotlar va (yoki) boshqa hujjatlar asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. HKP har kuni xizmat koʻrsatuvchi bankdan HKPning talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqamidan savdolar qatnashchilarining shaxsiy hisob raqamlariga pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish va hisobga olish uchun asos boʻladigan koʻchirmalar oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Agar qimmatli qogʻozlar sotuvchisi topshiriq (vositachilik) shartnomasida yoki savdolarning tashkilotchisiga berilgan arizada erkin konvertatsiya qilinadigan valyutani qabul qilishga tayyorligini tasdiqlagan boʻlsa, norezidentlar sotib olinayotgan qimmatli qogʻozlar qiymati toʻlovini erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadagi pul mablagʻlarida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Qimmatli qogʻozlar sotuvchisi qimmatli qogʻozlar qiymati toʻlovi uchun erkin konvertatsiya qilinadigan valyutani qabul qilishga rozi boʻlgan taqdirda, sotuvchi tegishli bankdagi tegishli hisob raqamining rekvizitlari toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek savdolar tashkilotchisining qoidalariga muvofiq boshqa axborotni ham topshiriq (vositachilik) shartnomasida yoki savdolarning tashkilotchisiga berilgan arizada koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vositachilik shartnomasi asosida qimmatli qogʻozlarni sotish qiymati erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada qabul qilinsa, investitsiya vositachisi savdolarning tashkilotchisi qoidalarida belgilangan tartibda komitentlar toʻgʻrisidagi axborotni ochishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Amalga oshirilgan bitishuvlar natijasi boʻyicha erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada koʻchirish lozim boʻlgan pul miqdorini hisoblash bitim tuzilgan kundagi Markaziy bankning kursi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada amalga oshiriladigan bitishuvlar asosida sotib olingan qimmatli qogʻozlar boʻyicha toʻliq toʻlovlar norezidentlar tomonidan milliy valyutada amalga oshiriladigan qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar uchun qonunchilikda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Norezidentlarga erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada sotilgan qimmatli qogʻozlarning pul mablagʻlari tegishli banklar tomonidan sotuvchining talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqamiga ular tomonidan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi shartnomasi (yoki bitishuv amalga oshirilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat) nusxasini taqdim qilish muddatigacha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan hujjatlar tegishli bankka bitishuv oʻtkazilgan sanadan boshlab yetti ish kunidan kechiktirilmasdan taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Oldi-sotdi shartnomasining (yoki bitishuv amalga oshirilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning) nusxasi taqdim qilingandan soʻng pul mablagʻlari sotuvchining tegishli bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. HKPning talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqamidagi savdolar qatnashchilarining pul mablagʻlari uchinchi shaxslarning talablari, shu jumladan HKPning davlat va sud organlari oldidagi majburiyatlari boʻyicha talablari qanoatlantirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Jismoniy va yuridik shaxslar HKP tomonidan ularga oʻtkazilgan pul mablagʻlari boʻyicha soliq va yigʻimlar, boshqa toʻlovlarni mustaqil ravishda, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Hisob-kitob-kliring operatsiyalari ustidan nazorat qilish va HKPning javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Hisob-kitob-kliring operatsiyalari ustidan qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. HKP tomonidan oʻz majburiyatlari bajarilishini taʼminlash boʻyicha ichki nazorat tartibi HKP qoidalarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Mazkur Nizom, shuningdek qonunchilik talablari buzilganligi uchun HKP belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 7-8-son, 79-modda; 2010-y., 32-son, 275-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)