LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2002-yil 21-yanvardagi 19 va 2002-20-son qarori bilan tasdiqlangan Yer solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (2002-yil 27-mart, ro‘yxat raqami 1118 — Normativ hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 6-son; 2003-y., 4-son; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 5-6-son 47-modda; 2006-y., 15-son, 128-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.