Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.02.2005 26.04.1996 yildagi 229-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.02.2005
Hujjat 09.07.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida deputatni chaqirib olish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 2-dekabrdagi 709-II-sonli “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati aʼzosini chaqirib olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz koʻchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Deputatni chaqirib olish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarini tuzayotgan, deputatlik vazifalarini bajarmayotgan yoki saylovchilarning, shuningdek deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan organning ishonchini boshqacha tarzda oqlamayotgan Oliy Majlis deputati, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining deputati ushbu Qonunda belgilangan tartibda chaqirib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Deputatni chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklif
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis deputatini, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining deputatini chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklif deputatlikka nomzod koʻrsatgan tegishli organ yoki tegishli saylov okrugining saylovchilari tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Deputatlikka nomzod koʻrsatgan organning Oliy Majlis deputatini chaqirib olish zarurligi toʻgʻrisidagi qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning 1-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, deputatlikka nomzod koʻrsatgan tegishli organ, yaʼni siyosiy partiyaning oliy organi yoki u vakolat bergan organ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari, viloyat, Toshkent shahar Kengashi Oliy Majlis deputatini chaqirib olish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Mazkur qaror bayonnoma bilan yoki bayonnomadan koʻchirma bilan birga Oliy Majlis Kengashiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatni chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklif asosli boʻlsa, hujjatlar olingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida Oliy Majlis Kengashi deputatni chaqirib olish boʻyicha ovoz berishni oʻtkazish zarurligi haqida qaror qabul qiladi va uning Oliy Majlisga saylov oʻtkazuvchi Markaziy saylov komissiyasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Kengashining qarori olingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida deputatni chaqirib olish boʻyicha okrug komissiyasini tuzadi, ovoz berish kunini tayinlaydi va bu haqda Oliy Majlis Kengashiga maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Saylovchilarning Oliy Majlis deputatini chaqirib olish zarurligi toʻgʻrisidagi qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning 1-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda saylovchilar fuqarolar yigʻinida (vakillar yigʻilishida) Oliy Majlis deputatini chaqirib olish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishlari mumkin. Fuqarolar yigʻini (vakillar yigʻilishi) unda aholining (delegatlarning) uchdan ikki qismi hozir boʻlgan taqdirda bunday qaror qabul qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yigʻini (vakillar yigʻilishi)ning deputatni chaqirib olish zarurligi toʻgʻrisidagi qarori bayonnoma bilan yoki bayonnomadan koʻchirma bilan birga Oliy Majlis Kengashiga yuboriladi va bu haqda deputatlikka nomzod koʻrsatgan organga maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatni chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklif asosli boʻlsa, Oliy Majlis Kengashi hujjatlar olingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida tegishli saylov okrugida Oliy Majlis deputatini chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklifni muhokama etish yuzasidan yigʻilishlar oʻtkazish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatni chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklifni muhokama qilishga bagʻishlangan yigʻilishlar Oliy Majlis Kengashi tomonidan tegishli qaror qabul qilingan vaqtdan eʼtiboran yigirma kun ichida oʻtkaziladi. Deputatni chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklifni qoʻllab-quvvatlagan saylovchilarning turar joyini koʻrsatgan holda tuzilgan roʻyxati taklifni muhokama qilish tugagan kundan eʼtiboran besh kunlik muddat ichida Oliy Majlis Kengashiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis deputatini chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklifni okrugda qoʻllab-quvvatlagan saylovchilarning soni saylov kuni roʻyxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining kamida besh foizini tashkil etishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun buzilishiga yoʻl qoʻyilgan boʻlmasa, saylovchilar roʻyxati olingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida Oliy Majlis Kengashi deputatni chaqirib olish boʻyicha ovoz berishni oʻtkazish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va uni Markaziy saylov komissiyasiga yuboradi.
(4-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Kengashining qarori olingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida deputatni chaqirib olish boʻyicha okrug komissiyasini tuzadi, ovoz berish kunini tayinlaydi va bu haqda Oliy Majlis Kengashiga maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatini chaqirib olish zarurligi toʻgʻrisidagi qaror
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning 1-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, deputatlikka nomzod koʻrsatgan tegishli organ, yaʼni siyosiy partiyaning viloyat organi, xalq deputatlari shahar, tuman Kengashi yoki fuqarolar yigʻinida (vakillar yigʻilishida) saylovchilar deputatni chaqirib olish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishlari mumkin. Fuqarolar yigʻini (vakillar yigʻilishi)ning qonuniy huquqqa egaligi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzod koʻrsatgan organning yoki saylovchilarning deputatni chaqirib olish zarurligi toʻgʻrisidagi qarori bayonnoma bilan yoki bayonnomadan koʻchirma bilan birga xalq deputatlari tegishli viloyat Kengashiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatni chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklif asosli boʻlsa, xalq deputatlari viloyat Kengashi hujjatlar olingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddat ichida deputatni chaqirib olish boʻyicha ovoz berish oʻtkazish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda uni viloyat saylov komissiyasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat saylov komissiyasi xalq deputatlari viloyat Kengashining qarori olingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddat ichida deputatni chaqirib olish boʻyicha okrug komissiyasini tuzadi, ovoz berish kunini tayinlaydi va bu xususda xalq deputatlari viloyat Kengashiga axborot beradi.
(5-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuniga muvofiq uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatini chaqirib olish zarurligi toʻgʻrisidagi qaror
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning 1-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda deputatlikka nomzod koʻrsatgan tegishli organ, yaʼni siyosiy partiyaning tuman, shahar organi yoki fuqarolar yigʻinida (vakillar yigʻilishida) saylovchilar deputatni chaqirib olish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishlari mumkin. Fuqarolar yigʻini (vakillar yigʻilishi)ning qonuniy huquqqa egaligi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzod koʻrsatgan organning yoki saylovchilarning deputatni chaqirib olish zarurligi toʻgʻrisidagi qarori bayonnoma bilan yoki bayonnomadan koʻchirma bilan birga xalq deputatlari tegishli tuman, shahar Kengashiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatni chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklif asosli boʻlsa, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi hujjatlar olingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddat ichida deputatni chaqirib olish boʻyicha ovoz berish oʻtkazish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda uni tuman, shahar saylov komissiyasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman, shahar saylov komissiyasi xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining qarori olingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddat ichida deputatni chaqirib olish boʻyicha okrug komissiyasini tuzadi, ovoz berish kunini tayinlaydi va bu xususda xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga axborot beradi.
(6-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuniga muvofiq uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Chaqirib olish toʻgʻrisidagi masalani qarab chiqish chogʻida chaqirib olinayotgan deputat huquqlarining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Kengashi, Markaziy saylov komissiyasi, xalq deputatlari tegishli viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatga uni deputatlikdan chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklif xususida uch kunlik muddatdan kechiktirmay yozma bildirish xati yuborib, tushgan hujjatlarning nusxalarini unga ilova qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat saylovchilar bilan uchrashishga, oʻzining chaqirib olinishi toʻgʻrisidagi masala qarab chiqilayotgan yigʻilishlar, sessiyalar va majlislarda ishtirok etishga hamda oʻzini himoya qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatni chaqirib olish toʻgʻrisidagi masalani qoʻyishga sabab boʻlgan yolgʻon axborotni bila turib taqdim etgan fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Deputatni chaqirib olish boʻyicha ovoz berish kunini tayinlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis deputatini chaqirib olish masalasi boʻyicha ovoz berish kuni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatini chaqirib olish masalasi boʻyicha ovoz berish kuni tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan tayinlanadi.
(8-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatni chaqirib olish boʻyicha ovoz berish kuni tegishli okrug komissiyasi tuzilgan kundan eʼtiboran kamida bir oy keyinga tayinlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish kuni tayinlanganidan keyin kechi bilan uch kun ichida ovoz berish kuni toʻgʻrisida mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Deputatni chaqirib olishni yoqlab yoki chaqirib olishga qarshi tashviqot yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berishni oʻtkazish kuni tayinlanganidan keyin saylovchilarga deputatni chaqirib olish bilan bogʻliq masalalarni erkin va har tomonlama muhokama etish imkoniyati kafolatlanadi, shuningdek deputatni chaqirib olishni yoqlab yoki chaqirib olishga qarshi moneliksiz tashviqot yuritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish kuni tashviqot yuritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Ovoz berishni oʻtkazish komissiyalari va uchastkalari. Saylovchilarning roʻyxatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatni chaqirib olish boʻyicha ishni tashkil etish tegishli okrug komissiyasi zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatni chaqirib olish masalasi boʻyicha ovoz berishni tashkil etish va oʻtkazish uchun ovoz berishga kechi bilan yigirma besh kun qolganida ovoz berish uchastkalari tashkil etiladi va kechi bilan yigirma kun qolganida uchastka komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilarning roʻyxatlari ovoz berish kuniga kechi bilan oʻn kun qolganida hamma tanishishi uchun taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastkalarni hamda komissiyalarni tuzish, komissiyalarning vakolatlari, saylovchilarning roʻyxatlarini tuzish “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug va uchastka komissiyalarining vakolat muddatlari deputatni chaqirib olish boʻyicha ovoz berish yakunlari chiqarilganidan keyin tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Ovoz berish byulleteni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatni chaqirib olish masalasi boʻyicha ovoz berish byulletenida deputatning familiyasi, ismi, otasining ismi yozilib, uning tugʻilgan yili, qaysi partiyaga mansubligi, egallab turgan lavozimi (mashgʻulotning turi) koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byulleten davlat tilida, shuningdek tegishli okrug komissiyasining qaroriga binoan saylov okrugi aholisining koʻpchiligi muomala qiladigan tillarda nashr etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Deputatni chaqirib olish masalasi boʻyicha ovoz berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatni chaqirib olish masalasi boʻyicha ovoz berish yashirin boʻlib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining talablariga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish chogʻida, basharti, saylovchi deputatning vakolatlari saqlab qolinishiga tarafdor boʻlsa, byulletendagi deputatning familiyasini oʻchirmaydi, agar deputat chaqirib olinishini yoqlab ovoz bersa, deputatning familiyasini oʻchiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Ovoz berish natijalarini aniqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish natijalari ovoz berish oʻtkazilgan kunning ertasiga okrug komissiyasining majlisida aniqlanib, bayonnomaga kiritiladi va tegishincha Markaziy saylov komissiyasiga, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga yuboriladi.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning yarmidan koʻpi deputatni chaqirib olishni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, u chaqirib olingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning yarmidan kami deputatni chaqirib olishni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, shuningdek ovoz berishda ovoz berish roʻyxatlariga kiritilgan saylovchilarning yarmidan kami ishtirok etgan boʻlsa, deputatni chaqirib olish rad qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatni chaqirib olishni yoqlab va chaqirib olishga qarshi berilgan ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, deputat oʻz vakolatlarini saqlab qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi yoki viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi Qonun buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi oqibatida ovoz berish natijalarini haqiqiy emas deb topishi mumkin. Bunday holda takroriy ovoz berish tayinlanib, u kechi bilan ikki hafta ichida ushbu Qonun talablariga rioya etgan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy saylov komissiyasi, tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi kelib tushgan okrug komissiyasining bayonnomasiga asosan besh kunlik muddat ichida ovoz berish natijalarini qayd etadi hamda ular haqida mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis deputatini chaqirib olish boʻyicha ovoz berish yakunlari toʻgʻrisida Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Kengashiga maʼlum qiladi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatini chaqirib olish boʻyicha ovoz berish yakunlari toʻgʻrisida esa viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tegishli hokimiyat vakillik organining rahbariga maʼlum qiladi.
(13-moddaning beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish natijasida deputat chaqirib olingan boʻlsa, deputatni chaqirib olish boʻyicha ovoz berish yakunlari qayd etilgan paytdan eʼtiboran uning vakolatlari muddatidan ilgari toʻxtatilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Ovoz berishni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatni chaqirib olish masalasi boʻyicha ovoz berishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar respublika budjeti yoki tegishli mahalliy budjet hisobidan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Ushbu Qonun buzilganligi ustidan shikoyat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun buzilganligi ustidan Markaziy saylov komissiyasiga, tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga yoki bevosita sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 26-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
229-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 67-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda)