14.04.2009 yildagi 110-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

QARZDOR VA UNING OILASINING NORMAL TURMUSH KECHIRISHI UCHUN ZARUR BO‘LGAN, IJRO HUJJATLARI BO‘YICHA UNDIRUV QARATILISHI MUMKIN BO‘LMAGAN UY ANJOMLARI VA JIHOZLARI, KIYIMLAR HAMDA BOSHQA BUYUMLAR RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 52-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qarzdor va uning oilasining normal turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan, ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlar ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki, Ro‘yxatga kiritilgan va garov buyumi hisoblangan buyumlarga undiruv, ushbu garovdagi mulk bilan ta’minlangan qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha qaratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 14-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110-son

Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 14-apreldagi 110-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdor va uning oilasining normal turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan, ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxati

Qarzdor — jismoniy shaxsga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yoki uning umumiy mulkdagi ulushi bo‘lgan mol-mulk va buyumlarning quyidagi turlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Asosiy mashg‘uloti qishloq xo‘jaligi hisoblangan shaxslarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yagona sigiriga, sigiri bo‘lmaganda — yagona g‘unajiniga, xo‘jaliklarida sigir ham, g‘unajin ham bo‘lmaganda, yagona echkisiga, qo‘yi yoki cho‘chqasiga, shuningdek uy parrandasiga (uy tovug‘i, o‘rdak, g‘oz, kurka va sesarkaga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qoramol uchun yangi yem-xashak yig‘ib olingunga qadar yoki yaylovga chiqargunga qadar (agar qoramolga undiruv qaratilmagan bo‘lsa) yem-xashakka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) navbatdagi ekish uchun zarur bo‘lgan urug‘larga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qarzdor va uning qaramog‘idagi shaxslar normal turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan quyidagi uy anjomlari, jihozlar, kiyimlarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har bir shaxsga kiyimlar: kuzgi yoki bahorlik palto yoki plash, bitta qishlik palto (yoki chopon, po‘stin), bitta qishlik kostum (ayollar uchun — ikkita qishlik ko‘ylak), erkaklar uchun bitta yozlik kostum yoki chopon (ayollar uchun — ikkita yozlik ko‘ylak), har bir mavsum uchun bittadan bosh kiyimi (bundan tashqari ayollar uchun — ikkita yozlik ro‘mol va bitta issiq ro‘mol yoki sholro‘mol), uzoq muddat foydalanilgan va qiymatga ega bo‘lmagan boshqa kiyim-kechaklar va bosh kiyimlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) foydalanilgan oyoq kiyimlari, ichki kiyimlar, choyshablar, oshxona va yemakxona jihozlariga (qimmatbaho metallardan tayyorlangan, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlardan yasalgan qadama naqshli buyumlar, shuningdek badiiy san’at qiymatiga ega bo‘lgan buyumlardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) har bir shaxs uchun mebel — bittadan karavot va stul yoki kursi, oila uchun bitta stol, bitta shkaf va bitta sandiqqa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bolalarning barcha jihozlariga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nogironligi bo‘lgan shaxslarda foydalanishda bo‘lgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning texnik vositalari va protez-ortopediya moslamalari.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qarzdorning asosiy mashg‘uloti qishloq xo‘jaligi bo‘lsa, yangi hosilga qadar qarzdor va uning oilasi uchun zarur bo‘lgan miqdorda oziq-ovqat mahsulotlariga, boshqa hollarda esa — qarzdor oilasining har biri uchun bazaviy hisoblash miqdorida oziq-ovqatlarga (pul mablag‘lariga);
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qarzdor va uning oilasi ovqat tayyorlashi va isitish mavsumi mobaynida uy-joyini isitishi uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘iga ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qaratilishi mumkin emas.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 16-son, 203-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)