Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
Кучга кириш санаси
01.04.1995
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 12.04.2023 sanasi holatiga | Joriy versiya |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT-PROTSESSUAL KODEKSI | OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT-PROTSESSUAL KODEKSI |
UMUMIY QISM | UMUMIY QISM |
BIRINCHI BOʻLIM ASOSIY QOIDALAR | BIRINCHI BOʻLIM ASOSIY QOIDALAR |
1-bob. JINOYAT-PROTSESSUAL QONUNCHILIGI | 1-bob. JINOYAT-PROTSESSUAL QONUNCHILIGI |
1-modda. Jinoyat ishlarini yuritish tartibi | 1-modda. Jinoyat ishlarini yuritish tartibi |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoyat ishlarini yuritish tartibi Jinoyat-protsessual kodeksi bilan belgilanadi. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoyat ishlarini yuritish tartibi Jinoyat-protsessual kodeksi bilan belgilanadi. |
Jinoyat ishlarini yuritishning ushbu Kodeksda belgilangan tartibi barcha sudlar, prokuratura, tergov, surishtiruv organlari, advokatura, shuningdek fuqarolar uchun yagona hamda majburiydir. | Jinoyat ishlarini yuritishning ushbu Kodeksda belgilangan tartibi barcha sudlar, prokuratura, tergov, surishtiruv organlari, advokatura, shuningdek fuqarolar uchun yagona hamda majburiydir. |
2-modda. Jinoyat-protsessual qonunchiligining vazifalari | 2-modda. Jinoyat-protsessual qonunchiligining vazifalari |
Jinoyat-protsessual qonunchiligining vazifalari jinoyatlarni tez va toʻla ochishdan, jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishi hamda aybi boʻlmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etishdan hamda qonunning toʻgʻri tatbiq etilishini taʼminlashdan iboratdir. | Jinoyat-protsessual qonunchiligining vazifalari jinoyatlarni tez va toʻla ochishdan, jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishi hamda aybi boʻlmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etishdan hamda qonunning toʻgʻri tatbiq etilishini taʼminlashdan iboratdir. |
Jinoyat ishlarini yuritishning jinoyat-protsessual qonunchilikda belgilangan tartibi qonuniylikni mustahkamlashga, jinoyatlarning oldini olishga, shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya etishga yordam qilmogʻi lozim. | Jinoyat ishlarini yuritishning jinoyat-protsessual qonunchilikda belgilangan tartibi qonuniylikni mustahkamlashga, jinoyatlarning oldini olishga, shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya etishga yordam qilmogʻi lozim. |
3-modda. Jinoyat-protsessual qonunchiligining vaqt va hudud boʻyicha amal qilishi | 3-modda. Jinoyat-protsessual qonunchiligining vaqt va hudud boʻyicha amal qilishi |
Jinoyat ishlarini yuritish, jinoyat sodir etilgan joydan qatʼi nazar, basharti Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzilgan shartnoma va bitimlarida oʻzgacha qoidalar belgilanmagan boʻlsa, ish yuzasidan surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi yuritilayotgan paytda amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq olib boriladi. | Jinoyat ishlarini yuritish, jinoyat sodir etilgan joydan qatʼi nazar, basharti Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzilgan shartnoma va bitimlarida oʻzgacha qoidalar belgilanmagan boʻlsa, ish yuzasidan surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi yuritilayotgan paytda amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq olib boriladi. |
4-modda. Jinoyat-protsessual qonunchiligining ajnabiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan amal qilishi | 4-modda. Jinoyat-protsessual qonunchiligining ajnabiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan amal qilishi |
Ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeksga muvofiq olib boriladi. | Ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeksga muvofiq olib boriladi. |
Immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeks Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar va bitimlarga zid kelmaydigan hollarda qoʻllaniladi. | Immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeks Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar va bitimlarga zid kelmaydigan hollarda qoʻllaniladi. |
2-bob. JINOYAT PROTSESSI PRINSIPLARI | 2-bob. JINOYAT PROTSESSI PRINSIPLARI |
11-modda. Qonuniylik | 11-modda. Qonuniylik |
Sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, himoyachi, shuningdek jinoyat ishini yuritishda ishtirok etuvchi barcha shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Kodeks va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga aniq rioya etishlari va ularning talablarini bajarishlari shart. | Sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, himoyachi, shuningdek jinoyat ishini yuritishda ishtirok etuvchi barcha shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Kodeks va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga aniq rioya etishlari va ularning talablarini bajarishlari shart. |
Qonunlarni aniq bajarishdan va ularga rioya qilishdan har qanday chekinish, qanday sabablarga koʻra yuz berganidan qatʼi nazar, jinoyat protsessida qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi. | Qonunlarni aniq bajarishdan va ularga rioya qilishdan har qanday chekinish, qanday sabablarga koʻra yuz berganidan qatʼi nazar, jinoyat protsessida qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi. |
12-modda. Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi | 12-modda. Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi |
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq jinoyat ishlari boʻyicha odil sudlovni faqat sud amalga oshiradi. | Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq jinoyat ishlari boʻyicha odil sudlovni faqat sud amalga oshiradi. |
13-modda. Jinoyat ishlarini hayʼatda va yakka tartibda koʻrib chiqish | 13-modda. Jinoyat ishlarini hayʼatda va yakka tartibda koʻrib chiqish |
Jinoyat ishlari hayʼatda koʻriladi, Jinoyat kodeksi 15-moddasining ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar esa, sudya tomonidan yakka tartibda koʻriladi. | Jinoyat ishlari hayʼatda koʻriladi, Jinoyat kodeksi 15-moddasining ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar esa, sudya tomonidan yakka tartibda koʻriladi. |
Agar sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqilayotgan jinoyat ishi boʻyicha sud muhokamasi vaqtida Jinoyat kodeksi 15-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, ishning koʻrilishi uni yakka tartibda koʻrib chiqishni boshlagan sudya tomonidan davom ettiriladi. | Agar sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqilayotgan jinoyat ishi boʻyicha sud muhokamasi vaqtida Jinoyat kodeksi 15-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, ishning koʻrilishi uni yakka tartibda koʻrib chiqishni boshlagan sudya tomonidan davom ettiriladi. |
Ish birinchi instansiya sudi tomonidan hayʼatda koʻrilganda sud tarkibiga sudya va ikki nafar xalq maslahatchisi kiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi ishlarni uch nafar sudyadan iborat tarkibda koʻrib chiqadi. | Ish birinchi instansiya sudi tomonidan hayʼatda koʻrilganda sud tarkibiga sudya va ikki nafar xalq maslahatchisi kiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi ishlarni uch nafar sudyadan iborat tarkibda koʻrib chiqadi. |
Odil sudlovni amalga oshirishda xalq maslahatchilari sudyaning barcha huquqlaridan foydalanadilar. Ular sud majlisida ishni koʻrish jarayonida kelib chiqadigan hamma masalalarni hal qilishda va hukm chiqarishda raislik qiluvchi bilan teng huquqqa egadirlar. | Odil sudlovni amalga oshirishda xalq maslahatchilari sudyaning barcha huquqlaridan foydalanadilar. Ular sud majlisida ishni koʻrish jarayonida kelib chiqadigan hamma masalalarni hal qilishda va hukm chiqarishda raislik qiluvchi bilan teng huquqqa egadirlar. |
Tegishli sud hayʼatlarida apellyatsiya va kassatsiya tartibida ishlarni koʻrish uch nafar sudyadan iborat tarkibda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining hukmlariga apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari (protestlari) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida besh nafar sudyadan iborat tarkibda koʻrib chiqiladi. | Tegishli sud hayʼatlarida apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida ishlarni koʻrish uch nafar sudyadan iborat tarkibda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining hukmlari ustidan apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida berilgan shikoyatlar (protestlar) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida besh nafar sudyadan iborat tarkibda koʻrib chiqiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida — Rayosat aʼzolarining koʻpchiligi hozir boʻlgan taqdirda koʻriladi. |
14-modda. Sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi | 14-modda. Sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi |
Odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar va xalq maslahatchilari mustaqildirlar hamda faqat qonunga boʻysunadilar. Sudyalar va xalq maslahatchilari jinoyat ishlarini qonun asosida koʻrib chiqadilar va hal qiladilar. | Odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar va xalq maslahatchilari mustaqildirlar hamda faqat qonunga boʻysunadilar. Sudyalar va xalq maslahatchilari jinoyat ishlarini qonun asosida koʻrib chiqadilar va hal qiladilar. |
Sudyalar va xalq maslahatchilarining odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi. | Sudyalar va xalq maslahatchilarining odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi. |
15-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishning muqarrarligi | 15-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishning muqarrarligi |
Prokuror, tergovchi va surishtiruvchi jinoyat alomatlari topilgan har bir holda, oʻz vakolatlari doirasida jinoyat ishini qoʻzgʻatishlari, jinoiy hodisani, jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxslarni aniqlash va ularni jazolash uchun qonunda nazarda tutilgan barcha choralarni koʻrishlari shart. | Prokuror, tergovchi va surishtiruvchi jinoyat alomatlari topilgan har bir holda, oʻz vakolatlari doirasida jinoyat ishini qoʻzgʻatishlari, jinoiy hodisani, jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxslarni aniqlash va ularni jazolash uchun qonunda nazarda tutilgan barcha choralarni koʻrishlari shart. |
16-modda. Odil sudlovni fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshirish | 16-modda. Odil sudlovni fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshirish |
Jinoyat ishlari boʻyicha odil sudlov fuqarolarning, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi. | Jinoyat ishlari boʻyicha odil sudlov fuqarolarning, jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi. |
17-modda. Shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish | 17-modda. Shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish |
Sudya, prokuror, tergovchi va surishtiruvchi ishda qatnashayotgan shaxslarning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari shart. | Sudya, prokuror, tergovchi va surishtiruvchi ishda qatnashayotgan shaxslarning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari shart. |
Hech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. | Hech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. |
Inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli maʼlumotlar tarqalib ketishiga olib keladigan, sogʻligʻini xavf ostiga qoʻyadigan, asossiz ravishda unga jismoniy va maʼnaviy azob-uqubat yetkazadigan harakatlar qilish yoki qarorlar chiqarish taqiqlanadi. | Inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli maʼlumotlar tarqalib ketishiga olib keladigan, sogʻligʻini xavf ostiga qoʻyadigan, asossiz ravishda unga jismoniy va maʼnaviy azob-uqubat yetkazadigan harakatlar qilish yoki qarorlar chiqarish taqiqlanadi. |
18-modda. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish | 18-modda. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish |
Jinoyat ishini yuritish uchun masʼuliyatli barcha davlat organlari va mansabdor shaxslar jinoyat protsessida qatnashayotgan fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishlari shart. | Jinoyat ishini yuritish uchun masʼuliyatli barcha davlat organlari va mansabdor shaxslar jinoyat protsessida qatnashayotgan fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishlari shart. |
Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas. | Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas. |
Sud va prokuror qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum etilgan yoki qonun yoxud sud hukmida nazarda tutilganidan ortiq muddat hibsda ushlab turilgan yoki qamoqda saqlangan yoxud uy qamogʻida boʻlgan har qanday shaxsni darhol ozod qilishi shart. | Sud va prokuror qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum etilgan yoki qonun yoxud sud hukmida nazarda tutilganidan ortiq muddat hibsda ushlab turilgan yoki qamoqda saqlangan yoxud uy qamogʻida boʻlgan har qanday shaxsni darhol ozod qilishi shart. |
Fuqarolarning shaxsiy hayoti, ularning turar joylari daxlsizligi, oʻzaro yozishmalari, telegraf aloqalari va telefon orqali soʻzlashuvlarining sir saqlanishi qonun bilan qoʻriqlanadi. | Fuqarolarning shaxsiy hayoti, ularning turar joylari daxlsizligi, oʻzaro yozishmalari, telegraf aloqalari va telefon orqali soʻzlashuvlarining sir saqlanishi qonun bilan qoʻriqlanadi. |
Shaxs egallab turgan turar joy yoki boshqa bino va hududda tintuv oʻtkazish, olib qoʻyish, koʻzdan kechirish, aloqa muassasalarida pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyish va ularni olib qoʻyish, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish faqat ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda amalga oshirilishi mumkin. | Shaxs egallab turgan turar joy yoki boshqa bino va hududda tintuv oʻtkazish, olib qoʻyish, koʻzdan kechirish, aloqa muassasalarida pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyish va ularni olib qoʻyish, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish faqat ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda amalga oshirilishi mumkin. |
Ishni yuritish jarayonida shaxsning huquq va erkinliklarini buzish oqibatida unga yetkazilgan zarar ushbu Kodeksda belgilangan asoslar va tartibda undirilishi lozim. | Ishni yuritish jarayonida shaxsning huquq va erkinliklarini buzish oqibatida unga yetkazilgan zarar ushbu Kodeksda belgilangan asoslar va tartibda undirilishi lozim. |
19-modda. Sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi | 19-modda. Sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi |
Barcha sudlarda jinoyat ishlari oshkora koʻriladi, bundan davlat sirlarini qoʻriqlash manfaatlariga zid keladigan hollar, shuningdek jinsiy jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar koʻrilayotgan hollar mustasno. | Barcha sudlarda jinoyat ishlari oshkora koʻriladi, bundan davlat sirlarini qoʻriqlash manfaatlariga zid keladigan hollar, shuningdek jinsiy jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar koʻrilayotgan hollar mustasno. |
Sudlarda jinoyat ishlarini oshkora koʻrish sudning tashabbusi bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga koʻra audio- va videoyozuvdan foydalangan holda, shuningdek videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin. | Sudlarda jinoyat ishlarini oshkora koʻrish sudning tashabbusi bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga koʻra audio- va videoyozuvdan foydalangan holda, shuningdek videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin. |
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning jinoyatlari toʻgʻrisidagi ishlarni, shuningdek fuqarolarning shaxsiy hayoti haqidagi maʼlumotlarni yoki ularning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan maʼlumotlarni oshkor qilmaslik maqsadida hamda jabrlanuvchining, guvohning yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning, xuddi shuningdek ular oila aʼzolarining yoki yaqin qarindoshlarining xavfsizligini taʼminlash taqozo etilgan hollarda boshqa ishlarni sud ajrimi bilan yopiq sud majlisida koʻrishga yoʻl qoʻyiladi. | Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning jinoyatlari toʻgʻrisidagi ishlarni, shuningdek fuqarolarning shaxsiy hayoti haqidagi maʼlumotlarni yoki ularning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan maʼlumotlarni oshkor qilmaslik maqsadida hamda jabrlanuvchining, guvohning yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning, xuddi shuningdek ular oila aʼzolarining yoki yaqin qarindoshlarining xavfsizligini taʼminlash taqozo etilgan hollarda boshqa ishlarni sud ajrimi bilan yopiq sud majlisida koʻrishga yoʻl qoʻyiladi. |
Shaxsiy yozishma va shaxsiy telegraf xabarnomalari ochiq sud majlisida faqat bu xat va xabarlarni joʻnatgan hamda olgan shaxslarning roziligi bilan oʻqib eshittirilishi mumkin. Aks holda ular yopiq sud majlisida oʻqib eshittiriladi va tekshiriladi. | Shaxsiy yozishma va shaxsiy telegraf xabarnomalari ochiq sud majlisida faqat bu xat va xabarlarni joʻnatgan hamda olgan shaxslarning roziligi bilan oʻqib eshittirilishi mumkin. Aks holda ular yopiq sud majlisida oʻqib eshittiriladi va tekshiriladi. |
Ishni yopiq sud majlisida koʻrish barcha protsessual qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ishni yopiq majlisda koʻrish toʻgʻrisidagi sudning ajrimi butkul muhokamaga nisbatan yoki uning alohida qismlariga nisbatan chiqarilishi mumkin. Bu ajrim sud majlisiga yigʻilganlarga taalluqli boʻlib, jinoyat protsessi ishtirokchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi. | Ishni yopiq sud majlisida koʻrish barcha protsessual qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ishni yopiq majlisda koʻrish toʻgʻrisidagi sudning ajrimi butkul muhokamaga nisbatan yoki uning alohida qismlariga nisbatan chiqarilishi mumkin. Bu ajrim sud majlisiga yigʻilganlarga taalluqli boʻlib, jinoyat protsessi ishtirokchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi. |
Yopiq sud majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi, bunday majlisni audio- va videoyozuvga olish esa amalga oshirilmaydi. | Yopiq sud majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi, bunday majlisni audio- va videoyozuvga olish esa amalga oshirilmaydi. |
Sud sudlanuvchining va jabrlanuvchining yaqin qarindoshlarini, shuningdek boshqa shaxslarni yopiq majlislarda tekshiriladigan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirib, ularning bu majlislarda hozir boʻlishiga ruxsat berishga haqli. | Sud sudlanuvchining va jabrlanuvchining yaqin qarindoshlarini, shuningdek boshqa shaxslarni yopiq majlislarda tekshiriladigan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va tafsilotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirib, ularning bu majlislarda hozir boʻlishiga ruxsat berishga haqli. |
Sud majlisi zalida tartibni saqlab turish uchun zarur boʻlgan hollarda, sud ayrim shaxslarning sudning ochiq majlislarida hozir boʻlishini taqiqlashga haqli. | Sud majlisi zalida tartibni saqlab turish uchun zarur boʻlgan hollarda, sud ayrim shaxslarning sudning ochiq majlislarida hozir boʻlishini taqiqlashga haqli. |
Sud zalida ovozlarni yozib olish, fotosuratga, videoyozuvga va kinotasvirga olishga faqat sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi, bu haqda tegishli ajrim chiqariladi. | Sud zalida ovozlarni yozib olish, fotosuratga, videoyozuvga va kinotasvirga olishga faqat sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi, bu haqda tegishli ajrim chiqariladi. |
Sud hukmlari, ajrimlari va qarorlari barcha hollarda oshkora eʼlon qilinadi. | Sud hukmlari, ajrimlari va qarorlari barcha hollarda oshkora eʼlon qilinadi. |
Sudning qonuniy kuchga kirgan qarorlari jinoyat protsessi ishtirokchilarining roziligi bilan yoki shaxsini koʻrsatmagan tarzda sudning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi mumkin, bundan yopiq sud majlislarida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud qarorlari mustasno. | Sudning qonuniy kuchga kirgan qarorlari jinoyat protsessi ishtirokchilarining roziligi bilan yoki shaxsini koʻrsatmagan tarzda sudning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi mumkin, bundan yopiq sud majlislarida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud qarorlari mustasno. |
Sudlov faoliyatida oshkoralikni kengaytirish uchun sudlar zarur hollarda ommaviy axborot vositalari xodimlarini, tegishli jamoat birlashmalarini va jamoalarni boʻlajak protsesslar toʻgʻrisida xabardor qilishi, shuningdek protsesslarni bevosita korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida hamda taʼlim muassasalarida oʻtkazishi mumkin. | Sudlov faoliyatida oshkoralikni kengaytirish uchun sudlar zarur hollarda ommaviy axborot vositalari xodimlarini, tegishli jamoat birlashmalarini va jamoalarni boʻlajak protsesslar toʻgʻrisida xabardor qilishi, shuningdek protsesslarni bevosita korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida hamda taʼlim muassasalarida oʻtkazishi mumkin. |
Sudlarda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi prinsipini cheklaydigan qoʻshimcha talablarni joriy etish taqiqlanadi, bundan ushbu Kodeksda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollar mustasno. | Sudlarda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi prinsipini cheklaydigan qoʻshimcha talablarni joriy etish taqiqlanadi, bundan ushbu Kodeksda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollar mustasno. |
20-modda. Jinoyat ishlari yuritiladigan til | 20-modda. Jinoyat ishlari yuritiladigan til |
Jinoyat ishlarini yuritish oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda olib boriladi. | Jinoyat ishlarini yuritish oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda olib boriladi. |
Ish yuritilayotgan tilni bilmaydigan yoki yetarli darajada tushunmaydigan protsess ishtirokchilariga oʻz ona tilida yoki oʻzi biladigan boshqa tilda ogʻzaki yoki yozma arz qilish, koʻrsatuv va tushuntirishlar berish, iltimosnoma va shikoyatlar bilan murojaat qilish, sudda soʻzlash huquqi taʼminlanadi. Bunday hollarda, shuningdek ish materiallari bilan tanishish vaqtida protsess ishtirokchilari qonunda belgilangan tartibda tarjimon xizmatidan foydalanishlari mumkin. | Ish yuritilayotgan tilni bilmaydigan yoki yetarli darajada tushunmaydigan protsess ishtirokchilariga oʻz ona tilida yoki oʻzi biladigan boshqa tilda ogʻzaki yoki yozma arz qilish, koʻrsatuv va tushuntirishlar berish, iltimosnoma va shikoyatlar bilan murojaat qilish, sudda soʻzlash huquqi taʼminlanadi. Bunday hollarda, shuningdek ish materiallari bilan tanishish vaqtida protsess ishtirokchilari qonunda belgilangan tartibda tarjimon xizmatidan foydalanishlari mumkin. |
Ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoki protsessda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga taqdim etilishi lozim boʻlgan tergov va sud hujjatlari ularning ona tiliga yoki ular biladigan boshqa tilga tarjima qilib berilishi lozim. | Ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoki protsessda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga taqdim etilishi lozim boʻlgan tergov va sud hujjatlari ularning ona tiliga yoki ular biladigan boshqa tilga tarjima qilib berilishi lozim. |
21-modda. Jinoyat ishlarini yuritishda jamoatchilikning ishtiroki | 21-modda. Jinoyat ishlarini yuritishda jamoatchilikning ishtiroki |
Jinoyat ishi boʻyicha tergov olib borish va ishni sudda koʻrish chogʻida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat sodir etilgan holatlarni aniqlab olish, aybdorlarni qidirish va fosh etish, adolatli hukm chiqarish, shuningdek jinoyatning sodir etilish sabablari va unga imkon bergan sharoitlarni aniqlash uchun oʻz vakolatlari doirasida jamoatchilik yordamidan foydalanishga haqlidir. | Jinoyat ishi boʻyicha tergov olib borish va ishni sudda koʻrish chogʻida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat sodir etilgan holatlarni aniqlab olish, aybdorlarni qidirish va fosh etish, adolatli hukm chiqarish, shuningdek jinoyatning sodir etilish sabablari va unga imkon bergan sharoitlarni aniqlash uchun oʻz vakolatlari doirasida jamoatchilik yordamidan foydalanishga haqlidir. |
Jamoat birlashmalari va jamoalarning vakillari jinoyat ishini yuritishda jamoat ayblovchilari hamda jamoat himoyachilari tariqasida qatnashishga haqlidir. | Jamoat birlashmalari va jamoalarning vakillari jinoyat ishini yuritishda jamoat ayblovchilari hamda jamoat himoyachilari tariqasida qatnashishga haqlidir. |
22-modda. Haqiqatni aniqlash | 22-modda. Haqiqatni aniqlash |
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat yuz berganligini, uning sodir etilishida kim aybdorligini, shuningdek u bilan bogʻliq barcha holatlarni aniqlashi shart. | Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat yuz berganligini, uning sodir etilishida kim aybdorligini, shuningdek u bilan bogʻliq barcha holatlarni aniqlashi shart. |
Ish boʻyicha haqiqatni aniqlash uchun faqat ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda topilgan, tekshirilgan va baholangan maʼlumotlardan foydalanish mumkin. Gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan, sudlanuvchidan, jabrlanuvchidan, guvohdan va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslardan zoʻrlash, qoʻrqitish, huquqlarini cheklash va qonunga xilof boʻlgan oʻzgacha choralar bilan koʻrsatuvlar olishga harakat qilish man etiladi. | Ish boʻyicha haqiqatni aniqlash uchun faqat ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda topilgan, tekshirilgan va baholangan maʼlumotlardan foydalanish mumkin. Gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan, sudlanuvchidan, jabrlanuvchidan, guvohdan va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslardan zoʻrlash, qoʻrqitish, huquqlarini cheklash va qonunga xilof boʻlgan oʻzgacha choralar bilan koʻrsatuvlar olishga harakat qilish man etiladi. |
Ish boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona tekshirib chiqilishi kerak. Ishda yuzaga keladigan har qanday masalani hal qilishda ayblanuvchini yoki sudlanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan, shuningdek uning javobgarligini ham yengillashtiradigan, ham ogʻirlashtiradigan holatlar aniqlanishi va hisobga olinishi lozim. | Ish boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona tekshirib chiqilishi kerak. Ishda yuzaga keladigan har qanday masalani hal qilishda ayblanuvchini yoki sudlanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan, shuningdek uning javobgarligini ham yengillashtiradigan, ham ogʻirlashtiradigan holatlar aniqlanishi va hisobga olinishi lozim. |
Dalillarni toʻplash va mustahkamlashda ruxsat berilmagan usullar qoʻllanilganligi toʻgʻrisidagi murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartibda sud-tibbiy ekspertizasi yoki boshqa ekspertiza oʻtkazilgan holda majburiy tekshirilishi lozim. | Dalillarni toʻplash va mustahkamlashda ruxsat berilmagan usullar qoʻllanilganligi toʻgʻrisidagi murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartibda sud-tibbiy ekspertizasi yoki boshqa ekspertiza oʻtkazilgan holda majburiy tekshirilishi lozim. |
23-modda. Aybsizlik prezumpsiyasi | 23-modda. Aybsizlik prezumpsiyasi |
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi. | Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi. |
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻzining aybsizligini isbotlab berishi shart emas. Aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan boʻlsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun qoʻllanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak. | Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan boʻlsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak. Shuningdek qonun qoʻllanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻzining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin. Agar shaxsning oʻz aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil boʻlsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas. |
24-modda. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini himoyalanish huquqi bilan taʼminlash | 24-modda. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini himoyalanish huquqi bilan taʼminlash |
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoyalanish huquqiga ega. | Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoyalanish huquqiga ega boʻlib, ularga oʻzini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar taʼminlanadi. |
Himoyalanish huquqi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud zimmasidagi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga va sudlanuvchiga unga berilgan huquqlarni tushuntirib berish hamda u oʻziga qoʻyilgan ayblovdan himoyalanish uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va usullardan foydalanishda haqiqiy imkoniyatga ega boʻlishiga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrish majburiyati bilan taʼminlanadi. | Himoyalanish huquqi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud zimmasidagi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga va sudlanuvchiga unga berilgan huquqlarni tushuntirib berish hamda u oʻziga qoʻyilgan ayblovdan himoyalanish uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va usullardan foydalanishda haqiqiy imkoniyatga ega boʻlishiga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrish majburiyati bilan taʼminlanadi. |
25-modda. Sudda ishlarni yuritishda tortishuv | 25-modda. Sudda ishlarni yuritishda tortishuv |
Birinchi instansiya sudining sud majlisida, shuningdek ishlar yuqori sudlarda koʻrilayotganda ish yuritish taraflarning oʻzaro tortishuvi asosida amalga oshiriladi. | Birinchi instansiya sudining sud majlisida, shuningdek ishlar yuqori sudlarda koʻrilayotganda ish yuritish taraflarning oʻzaro tortishuvi asosida amalga oshiriladi. |
Ish sudda koʻrilayotganda ayblash, himoya qilish va ishni hal qilish vazifalari bir-biridan alohida bajarilib, aynan bir organ yoki aynan bir mansabdor shaxs zimmasiga yuklatilishi mumkin emas. | Ish sudda koʻrilayotganda ayblash, himoya qilish va ishni hal qilish vazifalari bir-biridan alohida bajarilib, aynan bir organ yoki aynan bir mansabdor shaxs zimmasiga yuklatilishi mumkin emas. |
Birinchi instansiya sudida ish yuritish faqat ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi yoxud tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash uchun ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror mavjud boʻlganda boshlanishi mumkin. | Birinchi instansiya sudida ish yuritish faqat ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi yoxud tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash uchun ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror mavjud boʻlganda boshlanishi mumkin. |
Davlat va jamoat ayblovchilari, sudlanuvchi, voyaga yetmagan sudlanuvchining qonuniy vakili, himoyachi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari sud majlisida taraflar sifatida ishtirok etadilar va dalillar taqdim etish, ularni tekshirishda qatnashish, iltimos bilan murojaat qilish, ishning toʻgʻri hal etilishi uchun ahamiyatga molik har qanday masala boʻyicha oʻz fikrlarini bildirishda teng huquqlardan foydalanadilar. | Davlat va jamoat ayblovchilari, sudlanuvchi, voyaga yetmagan sudlanuvchining qonuniy vakili, himoyachi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari sud majlisida taraflar sifatida ishtirok etadilar va dalillar taqdim etish, ularni tekshirishda qatnashish, iltimos bilan murojaat qilish, ishning toʻgʻri hal etilishi uchun ahamiyatga molik har qanday masala boʻyicha oʻz fikrlarini bildirishda teng huquqlardan foydalanadilar. |
Sud ayblov yoki himoya tarafida turmaydi hamda ularning biron-bir manfaatlarini ifodalamaydi. | Sud ayblov yoki himoya tarafida turmaydi hamda ularning biron-bir manfaatlarini ifodalamaydi. |
Sud xolislik va begʻarazlikni saqlagan holda taraflar protsessual majburiyatlarini bajarishlari va berilgan huquqlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoitlar yaratib beradi. | Sud xolislik va begʻarazlikni saqlagan holda taraflar protsessual majburiyatlarini bajarishlari va berilgan huquqlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoitlar yaratib beradi. |
26-modda. Dalillarni bevosita va ogʻzaki usulda tekshirish | 26-modda. Dalillarni bevosita va ogʻzaki usulda tekshirish |
Jinoyat ishini yuritishni amalga oshirishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud dalillarni bevosita tekshirishlari: gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarni soʻroq qilishlari, ekspert xulosalarini eshitishlari, ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirishlari, bayonnoma va boshqa hujjatlarni oʻqib eshittirishlari shart. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alohida hollardagina bu qoidalardan chetga chiqishga yoʻl qoʻyilishi mumkin. | Jinoyat ishini yuritishni amalga oshirishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud dalillarni bevosita tekshirishlari: gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarni soʻroq qilishlari, ekspert xulosalarini eshitishlari, dalillarni koʻzdan kechirishlari, bayonnoma va boshqa hujjatlarni oʻqib eshittirishlari shart. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alohida hollardagina bu qoidalardan chetga chiqishga yoʻl qoʻyilishi mumkin. |
Sud faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslanib hukm chiqaradi. | Sud faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslanib hukm chiqaradi. |
27-modda. Protsessual harakatlar va qarorlar ustidan shikoyat qilish huquqi | 27-modda. Protsessual harakatlar va qarorlar ustidan shikoyat qilish huquqi |
Protsess ishtirokchilari va boshqa shaxslar, shuningdek jinoyat ishini yuritishdan manfaatdor boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari ushbu Kodeksda belgilab qoʻyilgan tartibda va muddatda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va sudning protsessual harakati yoki qarori ustidan shikoyat berishga haqlidir. | Protsess ishtirokchilari va boshqa shaxslar, shuningdek jinoyat ishini yuritishdan manfaatdor boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari ushbu Kodeksda belgilab qoʻyilgan tartibda va muddatda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va sudning protsessual harakati yoki qarori ustidan shikoyat berishga haqlidir. |
Mahkum (oqlangan shaxs), uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari birinchi instansiya sudining hukmi (ajrimi) ustidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berishga, prokuror protest bildirishga haqlidir. | Mahkum (oqlangan shaxs), uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari sudning hukmi (ajrimi) ustidan tegishincha apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida shikoyat berishga, prokuror protest bildirishga haqli. |
Protsessning istalgan paytida iltimosnoma bildirish va shikoyat berish mumkin. | Protsessning istalgan paytida iltimosnoma bildirish va shikoyat berish mumkin. |
Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. | Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. |
Ish holatlari hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim boʻlganda, shuningdek boshqa zarur hollarda sudning talabi bilan hujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi. | Ish holatlari hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim boʻlganda, shuningdek boshqa zarur hollarda sudning talabi bilan hujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi. |
IKKINCHI BOʻLIM JINOYAT PROTSESSI ISHTIROKCHILARI | IKKINCHI BOʻLIM JINOYAT PROTSESSI ISHTIROKCHILARI |
3-bob. JINOYAT ISHINI YURITISHGA MASʼUL BOʻLGAN DAVLAT ORGANLARI VA MANSABDOR SHAXSLAR | 3-bob. JINOYAT ISHINI YURITISHGA MASʼUL BOʻLGAN DAVLAT ORGANLARI VA MANSABDOR SHAXSLAR |
28-modda. Sud | 28-modda. Sud |
Oʻzbekiston Respublikasida jinoyat ishlari boʻyicha odil sudlovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar amalga oshiradi. | Oʻzbekiston Respublikasida jinoyat ishlari boʻyicha odil sudlovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar amalga oshiradi. |
Birinchi instansiya sudi jinoyat ishi boʻyicha hukm yoki ajrim chiqarish huquqiga ega. Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar) boʻyicha ishlarni koʻrib, hukm yoki ajrim chiqaradi. Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudining hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar) boʻyicha ishlarni koʻrib, ajrim chiqaradi. | Birinchi instansiya sudi jinoyat ishi boʻyicha hukm yoki ajrim chiqarish huquqiga ega. Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar) boʻyicha ishlarni koʻrib, hukm yoki ajrim chiqaradi. Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari va ajrimlari ustidan, agar ular apellyatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa, shikoyatlar (protestlar) boʻyicha ishlarni koʻrib, hukm yoki ajrim chiqaradi. Taftish instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudida koʻrib chiqilgan hukmlari va ajrimlari ustidan, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudining hukmlari yoxud ajrimlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar) boʻyicha ishlarni koʻrib, hukm, ajrim yoxud qaror chiqaradi. |
29-modda. Sudning vakolatlari | 29-modda. Sudning vakolatlari |
Sudning vakolatlariga: qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash yoxud qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish masalalari bilan bogʻliq iltimosnoma, shikoyat va protestni ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida ajrim chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda koʻrib chiqish; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi, murdani eksgumatsiya qilish haqidagi, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish; prokurorning amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi yoxud mahkumni jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomasini koʻrib chiqish; prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlash toʻgʻrisidagi iltimosnomasini koʻrib chiqish; jinoyat ishini sud muhokamasiga tayyorlash; dastlabki eshituv oʻtkazish, ishni muhokama qilish va hukm chiqarish yoki boshqa qaror qabul qilish; ishni apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrib chiqish; hukmni ijro ettirish kiradi. | Sudning vakolatlariga: qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash yoxud qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish masalalari bilan bogʻliq iltimosnoma, shikoyat va protestni ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida ajrim chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda koʻrib chiqish; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi, murdani eksgumatsiya qilish haqidagi, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi, tintuv oʻtkazish haqidagi, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisidagi, mol-mulkni xatlash haqidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish; prokurorning amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi yoxud mahkumni jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomasini koʻrib chiqish; prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlash toʻgʻrisidagi iltimosnomasini koʻrib chiqish; prokurorning xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi iltimosnomasini koʻrib chiqish; jinoyat ishini sud muhokamasiga tayyorlash; dastlabki eshituv oʻtkazish; ishni muhokama qilish va hukm chiqarish yoki boshqa qaror qabul qilish; ishni apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida koʻrib chiqish; hukmni ijro ettirish kiradi. |
Yuqori sudlar, bundan tashqari, oʻz vakolatlari doirasida quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradilar. | Yuqori sudlar, bundan tashqari, oʻz vakolatlari doirasida quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradilar. |
30-modda. Sudyalar va xalq maslahatchilari | 30-modda. Sudyalar va xalq maslahatchilari |
Jinoyat ishini koʻrishda ushbu sud tarkibiga tayinlangan yoki saylangan sudyalar va xalq maslahatchilari qatnashadilar. | Jinoyat ishini koʻrishda ushbu sud tarkibiga tayinlangan yoki saylangan sudyalar va xalq maslahatchilari qatnashadilar. |
31-modda. Sudyaning vakolatlari | 31-modda. Sudyaning vakolatlari |
Sudya yakka oʻzi yoki sud tarkibida ish tutib, ushbu Kodeksning 29-moddasida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi. Bundan tashqari, sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash bilan bogʻliq harakatlarni bajaradi, sud majlisida raislik qiladi va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni amalga oshiradi. | Sudya yakka oʻzi yoki sud tarkibida ish tutib, ushbu Kodeksning 29-moddasida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi. Bundan tashqari, sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash bilan bogʻliq harakatlarni bajaradi, sud majlisida raislik qiladi va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni amalga oshiradi. |
311-modda. Tergov sudyasining vakolatlari Tergov sudyasi yakka oʻzi ish tutib, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda sudga qadar ish yuritish bosqichida shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi ustidan sud nazoratini amalga oshiradi. Tergov sudyasining vakolatlari jumlasiga: qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatgacha uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlash toʻgʻrisidagi iltimosnomalarini koʻrib chiqish; tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish; telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish; mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish kiradi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan vakolatlar tergov sudyasi tomonidan ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalari tartibida qoʻshimcha protsessual harakatlarni bajarish chogʻida ham amalga oshiriladi. | |
32-modda. Sud majlisi kotibi | 32-modda. Sud majlisi kotibi |
Sud majlisida sud majlisi kotibi vazifalarini sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) bajaradi. | Sud majlisida sud majlisi kotibi vazifalarini sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) bajaradi. |
Sud majlisi kotibi jinoyat ishini sud majlisida koʻrish uchun tayyorlaydi; sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida protsess ishtirokchilarini xabardor qiladi; sudga chaqirilgan protsess ishtirokchilarining kelgan-kelmaganligini tekshiradi, hozir boʻlmagan shaxslarning kelmaganligi sababini aniqlab, bu haqda sudga maʼlum qiladi; sud majlislari bayonnomasini yuritadi; raislik qiluvchining sud muhokamasini tayyorlash va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa topshiriqlarini bajaradi. | Sud majlisi kotibi jinoyat ishini sud majlisida koʻrish uchun tayyorlaydi; sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida protsess ishtirokchilarini xabardor qiladi; sudga chaqirilgan protsess ishtirokchilarining kelgan-kelmaganligini tekshiradi, hozir boʻlmagan shaxslarning kelmaganligi sababini aniqlab, bu haqda sudga maʼlum qiladi; sud majlislari bayonnomasini yuritadi; raislik qiluvchining sud muhokamasini tayyorlash va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa topshiriqlarini bajaradi. |
Sud majlisi kotibi bayonnomada sudning harakatlari va qarorlarini, shuningdek sud majlisi barcha ishtirokchilarining harakatlari, arizalari, iltimosnomalari, koʻrsatuvlarini toʻliq va toʻgʻri bayon qilib borishi shart. | Sud majlisi kotibi bayonnomada sudning harakatlari va qarorlarini, shuningdek sud majlisi barcha ishtirokchilarining harakatlari, arizalari, iltimosnomalari, koʻrsatuvlarini toʻliq va toʻgʻri bayon qilib borishi shart. |
33-modda. Prokuror | 33-modda. Prokuror |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. |
Prokuror surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida qonunning buzilishini, kim tomonidan sodir etilganligidan qatʼi nazar, bartaraf etish uchun qonunda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida koʻrishi shart. | Prokuror surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida qonunning buzilishini, kim tomonidan sodir etilganligidan qatʼi nazar, bartaraf etish uchun qonunda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida koʻrishi shart. |
Prokuror oʻz vakolatlarini har qanday organ va mansabdor shaxsdan mustaqil ravishda, faqat qonunga boʻysunib va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori koʻrsatmalariga tayangan holda amalga oshiradi. | Prokuror oʻz vakolatlarini har qanday organ va mansabdor shaxsdan mustaqil ravishda, faqat qonunga boʻysunib va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori koʻrsatmalariga tayangan holda amalga oshiradi. |
34-modda. Prokurorning vakolatlari | 34-modda. Prokurorning vakolatlari |
Prokuror surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida ushbu Kodeksning 243, 382 — 388, 558, 589-moddalarida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi. | Prokuror surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida ushbu Kodeksning 243, 382 — 388, 558, 589-moddalarida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi. |
Prokuror sud muhokamasida qatnashib, ushbu Kodeksning 409-moddasida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi. | Prokuror sud muhokamasida qatnashib, ushbu Kodeksning 409-moddasida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi. |
35-modda. Tergovchi | 35-modda. Tergovchi |
Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergovni prokuratura, ichki ishlar organlarining va davlat xavfsizlik xizmatining tergovchilari olib boradilar. | Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergovni prokuratura, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, ichki ishlar organlarining va davlat xavfsizlik xizmatining tergovchilari olib boradilar. |
36-modda. Tergovchining vakolatlari | 36-modda. Tergovchining vakolatlari |
Tergovchi: jinoyat ishini qoʻzgʻatishga va tugatishga, ishni qoʻzgʻatishni rad etishga; jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va soʻroq qilishga; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga; shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish toʻgʻrisida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash haqida qaror qabul qilishga, bundan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi mustasno; oʻz yurituviga qabul qilgan ishlar boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlarini bajarish toʻgʻrisida yozma topshiriqlar berishga; boshqa tergovchi va surishtiruvchilarga ayrim tergov harakatlarini yuritish toʻgʻrisida topshiriq berishga; tergovga qadar tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga shaxslarni ushlab turish, majburiy keltirish, qidirish toʻgʻrisidagi qarorlarning ijrosini topshirishga, ulardan ayrim tergov harakatlarini yuritishda koʻmaklashishni talab qilishga; qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash toʻgʻrisida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 2431-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki oʻzgartirishga; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma berishga; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur protsessual majburlov choralarini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur choralarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisida prokurorga taqdimnoma kiritishga haqlidir. | Tergovchi: jinoyat ishini qoʻzgʻatishga va tugatishga, ishni qoʻzgʻatishni rad etishga; jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va soʻroq qilishga; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga; shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish toʻgʻrisida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash haqida qaror qabul qilishga, bundan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi mustasno; oʻz yurituviga qabul qilgan ishlar boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlarini bajarish toʻgʻrisida yozma topshiriqlar berishga; boshqa tergovchi va surishtiruvchilarga ayrim tergov harakatlarini yuritish toʻgʻrisida topshiriq berishga; tergovga qadar tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga shaxslarni ushlab turish, majburiy keltirish, qidirish toʻgʻrisidagi qarorlarning ijrosini topshirishga, ulardan ayrim tergov harakatlarini yuritishda koʻmaklashishni talab qilishga; qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash toʻgʻrisida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 2431-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki oʻzgartirishga; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma berishga; Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma berishga; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur protsessual majburlov choralarini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur choralarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqida, mol-mulkni xatlash toʻgʻrisida iltimosnomalar berishga; amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisida prokurorga taqdimnoma kiritishga haqlidir. |
Tergovchi tergovning yoʻnalishi va tergov harakatlarini yuritishga oid barcha qarorlarni, prokuror ruxsatini olish qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mustaqil ravishda qabul qiladi. | Tergovchi tergovning yoʻnalishi va tergov harakatlarini yuritishga oid barcha qarorlarni, prokuror ruxsatini olish qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mustaqil ravishda qabul qiladi. |
Tergovchi prokurorning shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi, jinoyatni tavsif qilish va ayblov hajmi haqidagi, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisida prokurorga taqdimnoma kiritish haqidagi ishni sudga yuborish yoki ishni tugatish haqidagi, tugallangan ishni qoʻshimcha tergovga qaytarish haqidagi koʻrsatmalariga rozi boʻlmasa, oʻz eʼtirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda ishni yuqori turuvchi prokurorga taqdim etishga haqlidir. Bunday hollarda quyi turuvchi prokurorning koʻrsatmasini yuqori turuvchi prokuror oʻz qarori bilan yo bekor qiladi yoki ish boʻyicha tergov yuritishni boshqa tergovchiga topshiradi. | Tergovchi prokurorning shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi, jinoyatni tavsif qilish va ayblov hajmi haqidagi, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisida prokurorga taqdimnoma kiritish haqidagi ishni sudga yuborish yoki ishni tugatish haqidagi, tugallangan ishni qoʻshimcha tergovga qaytarish haqidagi koʻrsatmalariga rozi boʻlmasa, oʻz eʼtirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda ishni yuqori turuvchi prokurorga taqdim etishga haqlidir. Bunday hollarda quyi turuvchi prokurorning koʻrsatmasini yuqori turuvchi prokuror oʻz qarori bilan yo bekor qiladi yoki ish boʻyicha tergov yuritishni boshqa tergovchiga topshiradi. |
Tergovchining oʻz yuritishidagi ish yuzasidan qonunga muvofiq bergan yozma topshiriqlari va chiqargan qarorlari barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir. | Tergovchining oʻz yuritishidagi ish yuzasidan qonunga muvofiq bergan yozma topshiriqlari va chiqargan qarorlari barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir. |
37-modda. Tergov boshqarmasi, boʻlimi, boʻlinmasi, guruhi boshligʻining va uning oʻrinbosarining vakolatlari | 37-modda. Tergov boshqarmasi, boʻlimi, boʻlinmasi, guruhi boshligʻining va uning oʻrinbosarining vakolatlari |
Tergov boshqarmasi, boʻlimi, boʻlinmasi, guruhining boshligʻi va uning oʻrinbosari oʻz vakolatlari doirasida jinoyatlarni ochish va ularning oldini olish yuzasidan tergovchilarning oʻz vaqtida harakat qilishini nazorat etadilar, jinoyat ishlari boʻyicha dastlabki tergovni toʻla, har tomonlama va xolisona olib borish choralarini koʻradilar. | Tergov boshqarmasi, boʻlimi, boʻlinmasi, guruhining boshligʻi va uning oʻrinbosari oʻz vakolatlari doirasida jinoyatlarni ochish va ularning oldini olish yuzasidan tergovchilarning oʻz vaqtida harakat qilishini nazorat etadilar, jinoyat ishlari boʻyicha dastlabki tergovni toʻla, har tomonlama va xolisona olib borish choralarini koʻradilar. |
Tergov boshqarmasi, boʻlimi, boʻlinmasi, guruhining boshligʻi va uning oʻrinbosari ishlarni tekshirib koʻrishga, shuningdek dastlabki tergov oʻtkazish, shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish, jinoyatni tavsif qilish va ayblovning hajmi, ishning yoʻnalishini belgilash, ayrim tergov harakatlarini oʻtkazish haqida tergovchiga koʻrsatmalar berishga, ishni bir tergovchidan ikkinchi tergovchiga olib berishga, ishni tergov qilishni bir necha tergovchiga topshirishga, shuningdek tergovchi vakolatlaridan foydalanib, dastlabki tergov olib borishda qatnashishga va dastlabki tergovni shaxsan oʻzi olib borishga haqlidir. | Tergov boshqarmasi, boʻlimi, boʻlinmasi, guruhining boshligʻi va uning oʻrinbosari ishlarni tekshirib koʻrishga, shuningdek dastlabki tergov oʻtkazish, shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish, jinoyatni tavsif qilish va ayblovning hajmi, ishning yoʻnalishini belgilash, ayrim tergov harakatlarini oʻtkazish haqida tergovchiga koʻrsatmalar berishga, ishni bir tergovchidan ikkinchi tergovchiga olib berishga, ishni tergov qilishni bir necha tergovchiga topshirishga, shuningdek tergovchi vakolatlaridan foydalanib, dastlabki tergov olib borishda qatnashishga va dastlabki tergovni shaxsan oʻzi olib borishga haqlidir. |
Tergov boshqarmasi, boʻlimi, boʻlinmasi, guruhi boshligʻining va uning oʻrinbosarining ish yuzasidan koʻrsatmalari tergovchiga yozma tarzda beriladi va ularning ijro etilishi majburiydir. | Tergov boshqarmasi, boʻlimi, boʻlinmasi, guruhi boshligʻining va uning oʻrinbosarining ish yuzasidan koʻrsatmalari tergovchiga yozma tarzda beriladi va ularning ijro etilishi majburiydir. |
Olingan koʻrsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilinishi, ushbu Kodeks 36-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, ularning ijro etilishini toʻxtatib qoʻymaydi. | Olingan koʻrsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilinishi, ushbu Kodeks 36-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, ularning ijro etilishini toʻxtatib qoʻymaydi. |
38-modda. Surishtiruv | 38-modda. Surishtiruv |
Jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruv: | Jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruv: |
1) ichki ishlar organlarining; | 1) ichki ishlar organlarining; |
2) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining va uning joylardagi boʻlinmalarining; | 2) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining va uning joylardagi boʻlinmalarining; |
3) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining va uning joylardagi boʻlinmalarining; | 3) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining va uning joylardagi boʻlinmalarining; |
4) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining va uning joylardagi boʻlinmalarining; | 4) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining va uning joylardagi boʻlinmalarining; |
5) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining va uning joylardagi boʻlinmalarining surishtiruvchilari tomonidan amalga oshiriladi. | 5) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining va uning joylardagi boʻlinmalarining surishtiruvchilari tomonidan amalga oshiriladi. |
381-modda. Surishtiruvchining vakolatlari | 381-modda. Surishtiruvchining vakolatlari |
Surishtiruvchi: jinoyat ishini qoʻzgʻatishga va tugatishga, ishni qoʻzgʻatishni rad etishga; jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va soʻroq qilishga; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga; shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish haqida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga, bundan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi mustasno; oʻz yurituviga qabul qilgan ishlar boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlarini bajarish haqida yozma topshiriqlar berishga; boshqa surishtiruvchilarga ayrim tergov harakatlarini yuritish toʻgʻrisida topshiriq berishga; tergovga qadar tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga shaxslarni ushlab turish, majburiy keltirish, qidirish toʻgʻrisidagi qarorlarning ijrosini topshirishga, ulardan ayrim tergov harakatlarini yuritishda koʻmaklashishni talab qilishga; qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash toʻgʻrisida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 2431-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki oʻzgartirishga; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma berishga; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur protsessual majburlov choralarini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur choralarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritishga haqlidir. | Surishtiruvchi: jinoyat ishini qoʻzgʻatishga va tugatishga, ishni qoʻzgʻatishni rad etishga; jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va soʻroq qilishga; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga; shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish haqida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga, bundan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi mustasno; oʻz yurituviga qabul qilgan ishlar boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlarini bajarish haqida yozma topshiriqlar berishga; boshqa surishtiruvchilarga ayrim tergov harakatlarini yuritish toʻgʻrisida topshiriq berishga; tergovga qadar tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga shaxslarni ushlab turish, majburiy keltirish, qidirish toʻgʻrisidagi qarorlarning ijrosini topshirishga, ulardan ayrim tergov harakatlarini yuritishda koʻmaklashishni talab qilishga; qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash toʻgʻrisida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 2431-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki oʻzgartirishga; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma berishga; Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma berishga; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur protsessual majburlov choralarini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur choralarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqida, mol-mulkni xatlash toʻgʻrisida iltimosnomalar berishga; amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritishga haqlidir. |
Surishtiruvchi surishtiruvning yoʻnalishiga oid barcha qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi, bundan qonunda prokuror ruxsatini olish nazarda tutilgan hollar mustasno. | Surishtiruvchi surishtiruvning yoʻnalishiga oid barcha qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi, bundan qonunda prokuror ruxsatini olish nazarda tutilgan hollar mustasno. |
Surishtiruvchi prokurorning shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi, jinoyatni tavsif qilish va ayblov hajmi haqidagi, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini qoʻllash haqidagi, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritish toʻgʻrisidagi, ishni sudga yuborish yoki ishni tugatish haqidagi, tugallangan ishni qoʻshimcha tergovga qaytarish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalariga rozi boʻlmasa, oʻz eʼtirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda ishni yuqori turuvchi prokurorga taqdim etishga haqlidir. Bunday hollarda yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi prokurorning koʻrsatmasini oʻz qarori bilan yo bekor qiladi yoki ish boʻyicha surishtiruv yuritishni boshqa surishtiruvchiga topshiradi. | Surishtiruvchi prokurorning shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi, jinoyatni tavsif qilish va ayblov hajmi haqidagi, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini qoʻllash haqidagi, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritish toʻgʻrisidagi, ishni sudga yuborish yoki ishni tugatish haqidagi, tugallangan ishni qoʻshimcha tergovga qaytarish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalariga rozi boʻlmasa, oʻz eʼtirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda ishni yuqori turuvchi prokurorga taqdim etishga haqlidir. Bunday hollarda yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi prokurorning koʻrsatmasini oʻz qarori bilan yo bekor qiladi yoki ish boʻyicha surishtiruv yuritishni boshqa surishtiruvchiga topshiradi. |
Surishtiruvchining oʻz yuritishidagi ish yuzasidan qonunga muvofiq bergan yozma topshiriqlari va chiqargan qarorlari barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir. | Surishtiruvchining oʻz yuritishidagi ish yuzasidan qonunga muvofiq bergan yozma topshiriqlari va chiqargan qarorlari barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir. |
39-modda. Surishtiruv boʻlinmasi boshligʻining va uning oʻrinbosarining vakolatlari | 39-modda. Surishtiruv boʻlinmasi boshligʻining va uning oʻrinbosarining vakolatlari |
Surishtiruv boʻlinmasining boshligʻi va uning oʻrinbosari oʻz vakolatlari doirasida jinoyatlarni ochish va ularning oldini olish yuzasidan surishtiruvchilarning oʻz vaqtida harakat qilishini nazorat etadilar, jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruvni toʻla, har tomonlama va xolisona olib borish choralarini koʻradilar. | Surishtiruv boʻlinmasining boshligʻi va uning oʻrinbosari oʻz vakolatlari doirasida jinoyatlarni ochish va ularning oldini olish yuzasidan surishtiruvchilarning oʻz vaqtida harakat qilishini nazorat etadilar, jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruvni toʻla, har tomonlama va xolisona olib borish choralarini koʻradilar. |
Surishtiruv boʻlinmasi boshligʻi va uning oʻrinbosari ishlarni tekshirib koʻrishga, surishtiruvchiga surishtiruv yuritish, shaxsni ishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish, jinoyatni tavsif qilish va ayblovning hajmi, ishning yoʻnalishini belgilash, ayrim tergov harakatlarini oʻtkazish haqida koʻrsatmalar berishga, ishni bir surishtiruvchidan ikkinchi surishtiruvchiga olib berishga, ishni tergov qilishni bir necha surishtiruvchiga topshirishga, shuningdek surishtiruvchi vakolatlaridan foydalanib, surishtiruv yuritishda qatnashishga va surishtiruvni shaxsan oʻzi olib borishga haqlidir. | Surishtiruv boʻlinmasi boshligʻi va uning oʻrinbosari ishlarni tekshirib koʻrishga, surishtiruvchiga surishtiruv yuritish, shaxsni ishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish, jinoyatni tavsif qilish va ayblovning hajmi, ishning yoʻnalishini belgilash, ayrim tergov harakatlarini oʻtkazish haqida koʻrsatmalar berishga, ishni bir surishtiruvchidan ikkinchi surishtiruvchiga olib berishga, ishni tergov qilishni bir necha surishtiruvchiga topshirishga, shuningdek surishtiruvchi vakolatlaridan foydalanib, surishtiruv yuritishda qatnashishga va surishtiruvni shaxsan oʻzi olib borishga haqlidir. |
Surishtiruv boʻlinmasi boshligʻining va uning oʻrinbosarining ish yuzasidan koʻrsatmalari surishtiruvchiga yozma tarzda beriladi va ularning ijro etilishi majburiydir. | Surishtiruv boʻlinmasi boshligʻining va uning oʻrinbosarining ish yuzasidan koʻrsatmalari surishtiruvchiga yozma tarzda beriladi va ularning ijro etilishi majburiydir. |
Olingan koʻrsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilinishi, ushbu Kodeks 381-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, ularning ijro etilishini toʻxtatib qoʻymaydi. | Olingan koʻrsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilinishi, ushbu Kodeks 381-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, ularning ijro etilishini toʻxtatib qoʻymaydi. |
391-modda. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar | 391-modda. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar |
Tergovga qadar tekshiruv quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi: | Tergovga qadar tekshiruv quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi: |
1) ichki ishlar organlari; | 1) ichki ishlar organlari; |
2) harbiy qismlar, qoʻshilmalarning komandirlari, harbiy muassasalar va harbiy oʻquv yurtlarining boshliqlari — ularga boʻysunuvchi harbiy xizmatchilar, shuningdek oʻquv mashqlari oʻtkazilayotgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha; Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xodimlarining xizmat majburiyatini bajarish bilan bogʻliq jinoyatlari yoki qism, qoʻshilma, muassasa yoxud oʻquv yurti joylashgan yerda sodir etgan jinoyatlariga doir ishlar boʻyicha; | 2) harbiy qismlar, qoʻshilmalarning komandirlari, harbiy muassasalar va harbiy oʻquv yurtlarining boshliqlari — ularga boʻysunuvchi harbiy xizmatchilar, shuningdek oʻquv mashqlari oʻtkazilayotgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha; Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xodimlarining xizmat majburiyatini bajarish bilan bogʻliq jinoyatlari yoki qism, qoʻshilma, muassasa yoxud oʻquv yurti joylashgan yerda sodir etgan jinoyatlariga doir ishlar boʻyicha; |
3) davlat xavfsizlik xizmati organlari — qonunga koʻra ularning yuritishiga berilgan ishlar boʻyicha; | 3) davlat xavfsizlik xizmati organlari — qonunga koʻra ularning yuritishiga berilgan ishlar boʻyicha; |
4) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish tizimini boshqarish organlarining boshliqlari, jazoni ijro etish koloniyalari, tarbiya koloniyalari, tergov hibsxonalari hamda turmalarning boshliqlari — shu muassasalar xodimlari xizmatni oʻtashning belgilangan tartibiga qarshi qilgan jinoyatlarga doir ishlar, xuddi shuningdek mazkur muassasalar hududida sodir etilgan boshqa jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha; | 4) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish tizimini boshqarish organlarining boshliqlari, jazoni ijro etish koloniyalari, tarbiya koloniyalari, tergov hibsxonalari hamda turmalarning boshliqlari — shu muassasalar xodimlari xizmatni oʻtashning belgilangan tartibiga qarshi qilgan jinoyatlarga doir ishlar, xuddi shuningdek mazkur muassasalar hududida sodir etilgan boshqa jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha; |
5) davlat yongʻindan nazorat qilish organlari — yongʻinlarga doir va yongʻinga qarshi qoidalarni buzganlikka doir ishlar boʻyicha; | 5) davlat yongʻindan nazorat qilish organlari — yongʻinlarga doir va yongʻinga qarshi qoidalarni buzganlikka doir ishlar boʻyicha; |
6) chegarani qoʻriqlash organlari — davlat chegarasini buzganlikka doir ishlar boʻyicha; | 6) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini buzganlikka doir ishlar boʻyicha; |
7) olis safarda boʻlgan dengiz kemalarining kapitanlari; | 7) olis safarda boʻlgan dengiz kemalarining kapitanlari; |
8) davlat bojxona xizmati organlari — bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikka doir ishlar boʻyicha; | 8) davlat bojxona xizmati organlari — bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikka doir ishlar boʻyicha; |
9) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari — budjet, soliq va valyuta toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikka doir ishlar, shuningdek elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish bilan bogʻliq jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha; | 9) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy boʻlinmalari — ularning yurituviga taalluqli ishlar boʻyicha; |
10) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning joylardagi boʻlinmalari — voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlashga, sud hujjatini ijro etmaslikka, sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashishga, band solingan mol-mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etishga doir ishlar boʻyicha; | 10) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning joylardagi boʻlinmalari — voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlashga, sud hujjatini ijro etmaslikka, sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashishga, band solingan mol-mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etishga doir ishlar boʻyicha; |
11) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari — bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalaridagi huquqbuzarliklarga doir ishlar boʻyicha. | 11) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari — bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalaridagi huquqbuzarliklarga doir ishlar boʻyicha. |
13) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning joylardagi boʻlinmalari — qonun bilan ularning ish yuritishiga berilgan ishlar boʻyicha. | 13) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning joylardagi boʻlinmalari — qonun bilan ularning ish yuritishiga berilgan ishlar boʻyicha. |
14) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati — uning yurituviga taalluqli ishlar boʻyicha. | 14) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati — uning yurituviga taalluqli ishlar boʻyicha. |
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar zimmasiga zarur choralar koʻrish vazifasi, shu jumladan jinoyat alomatlarini va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish, ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq tekshirib chiqilganidan soʻng jinoyat ishi yuzasidan dalil tariqasida foydalanish mumkin boʻlgan maʼlumotlarni aniqlash maqsadida ilmiy-texnika vositalaridan foydalangan holda, zarur choralar koʻrish vazifasi yuklatiladi. Ichki ishlar, davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, davlat bojxona xizmati organlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ularning joylardagi boʻlinmalari shu maqsadda tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishga haqli. | Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar zimmasiga zarur choralar koʻrish vazifasi, shu jumladan jinoyat alomatlarini va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish, ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq tekshirib chiqilganidan soʻng jinoyat ishi yuzasidan dalil tariqasida foydalanish mumkin boʻlgan maʼlumotlarni aniqlash maqsadida ilmiy-texnika vositalaridan foydalangan holda, zarur choralar koʻrish vazifasi yuklatiladi. Ichki ishlar, davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, davlat bojxona xizmati organlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ularning joylardagi boʻlinmalari shu maqsadda tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishga haqli. |
Tezkor-qidiruv faoliyatini oʻtkazish tartibi qonun bilan belgilanadi. | Tezkor-qidiruv faoliyatini oʻtkazish tartibi qonun bilan belgilanadi. |
392-modda. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshligʻining va uning mansabdor shaxsining vakolatlari | 392-modda. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshligʻining va uning mansabdor shaxsining vakolatlari |
Ushbu Kodeksning 391-moddasida sanab oʻtilgan har bir organning rahbarlari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning boshligʻi sifatida harakat qila turib, tergovga qadar tekshiruvni boshlashga yoki oʻziga boʻysunuvchi boshqa mansabdor shaxsga uni yuritishni topshirishga, jinoyat ishini qoʻzgʻatishga yoki ish qoʻzgʻatishni rad etishga yoxud arizani, xabarni tergovga tegishliligiga koʻra oʻtkazishga haqlidir. | Ushbu Kodeksning 391-moddasida sanab oʻtilgan har bir organning rahbarlari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning boshligʻi sifatida harakat qila turib, tergovga qadar tekshiruvni boshlashga yoki oʻziga boʻysunuvchi boshqa mansabdor shaxsga uni yuritishni topshirishga, jinoyat ishini qoʻzgʻatishga yoki ish qoʻzgʻatishni rad etishga yoxud arizani, xabarni tergovga tegishliligiga koʻra oʻtkazishga haqlidir. |
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs zimmasiga tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishga doir vazifalarni yuklatish tartibi mazkur organ tomonidan belgilanadi. | Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs zimmasiga tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishga doir vazifalarni yuklatish tartibi mazkur organ tomonidan belgilanadi. |
Boshliqning topshirigʻiga binoan va uning rahbarligida ishlayotgan mansabdor shaxs jinoyatning oldini olish yoki uning sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik, dalillarni toʻplash va saqlash, jinoyat sodir etishda gumon qilinganlarni ushlash va yashiringan gumon qilinuvchilarni qidirib topish hamda jinoyat tufayli yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni qoplanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan, kechiktirib boʻlmaydigan barcha harakatlarni amalga oshirishi shart. | Boshliqning topshirigʻiga binoan va uning rahbarligida ishlayotgan mansabdor shaxs jinoyatning oldini olish yoki uning sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik, dalillarni toʻplash va saqlash, jinoyat sodir etishda gumon qilinganlarni ushlash va yashiringan gumon qilinuvchilarni qidirib topish hamda jinoyat tufayli yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni qoplanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan, kechiktirib boʻlmaydigan barcha harakatlarni amalga oshirishi shart. |
Tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi zimmasiga tergovchi, surishtiruvchi yuritayotgan ish boʻyicha ayrim protsessual harakatlarni va tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi topshiriqlarini bajarish hamda tergovchiga, surishtiruvchiga protsessual harakatlarni bajarishida koʻmaklashish majburiyati ham yuklatiladi. | Tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi zimmasiga tergovchi, surishtiruvchi yuritayotgan ish boʻyicha ayrim protsessual harakatlarni va tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi topshiriqlarini bajarish hamda tergovchiga, surishtiruvchiga protsessual harakatlarni bajarishida koʻmaklashish majburiyati ham yuklatiladi. |
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotganda, xuddi shuningdek tergovchining, surishtiruvchining topshirigʻini bajarayotganda, ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga amal qilgan holda protsessual harakatlarni amalga oshiradi va qarorlar qabul qiladi. | Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotganda, xuddi shuningdek tergovchining, surishtiruvchining topshirigʻini bajarayotganda, ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga amal qilgan holda protsessual harakatlarni amalga oshiradi va qarorlar qabul qiladi. |
Gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan yoki sudlanuvchidan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan arizalar, tushuntirishlar yoki koʻrsatuvlar olish mazkur jinoyat ishi oʻz yurituvida boʻlgan surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning yozma ruxsatiga asosan va faqat himoyachi ishtirokida amalga oshiriladi, bundan belgilangan tartibda himoyachidan voz kechilgan hollar mustasno. | Gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan yoki sudlanuvchidan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan arizalar, tushuntirishlar yoki koʻrsatuvlar olish mazkur jinoyat ishi oʻz yurituvida boʻlgan surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning yozma ruxsatiga asosan va faqat himoyachi ishtirokida amalga oshiriladi, bundan belgilangan tartibda himoyachidan voz kechilgan hollar mustasno. |
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining qarorlari mazkur organ boshligʻi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Boshliqning yozma koʻrsatmalari ularni bajarishni toʻxtatmay turib, ushbu koʻrsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilishga haqli boʻlgan unga boʻysunuvchi mansabdor shaxs uchun majburiydir. | Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining qarorlari mazkur organ boshligʻi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Boshliqning yozma koʻrsatmalari ularni bajarishni toʻxtatmay turib, ushbu koʻrsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilishga haqli boʻlgan unga boʻysunuvchi mansabdor shaxs uchun majburiydir. |
Prokurorning yozma koʻrsatmalari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshligʻi va uning mansabdor shaxsi uchun majburiydir. Ular prokurorning koʻrsatmalaridan norozi boʻlgan taqdirda, koʻrsatmalarni bajarishni toʻxtatmay turib, yuqori turuvchi prokurorga ularning ustidan shikoyat qilishga haqlidir. | Prokurorning yozma koʻrsatmalari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshligʻi va uning mansabdor shaxsi uchun majburiydir. Ular prokurorning koʻrsatmalaridan norozi boʻlgan taqdirda, koʻrsatmalarni bajarishni toʻxtatmay turib, yuqori turuvchi prokurorga ularning ustidan shikoyat qilishga haqlidir. |
4-bob. JINOYAT ISHINI YURITISHDA ISHTIROK ETUVCHI JAMOAT BIRLASHMALARI, JAMOALAR VA ULARNING VAKILLARI | 4-bob. JINOYAT ISHINI YURITISHDA ISHTIROK ETUVCHI JAMOAT BIRLASHMALARI, JAMOALAR VA ULARNING VAKILLARI |
40-modda. Jamoat birlashmalari va jamoalarning jinoyat protsessida koʻrilishi lozim boʻlgan ariza va iltimoslari | 40-modda. Jamoat birlashmalari va jamoalarning jinoyat protsessida koʻrilishi lozim boʻlgan ariza va iltimoslari |
Jamoat birlashmalari va jamoalar, ularning rahbar organlari hamda vakillari sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyat toʻgʻrisidagi xabar bilan surishtiruv organiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga murojaat etishlari mumkin. Ular: ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida jamoat birlashmasi yoki jamoa kafilligiga berishni tanlash haqida; mahkumni muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish haqida; ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarning jazoni oʻtash sharoitlarini oʻzgartirish haqida; sudlanganlikni olib tashlash haqida va boshqa masalalar boʻyicha ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda hamda tartibda iltimos qilishga haqlidirlar. | Jamoat birlashmalari va jamoalar, ularning rahbar organlari hamda vakillari sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyat toʻgʻrisidagi xabar bilan surishtiruv organiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga murojaat etishlari mumkin. Ular: ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida jamoat birlashmasi yoki jamoa kafilligiga berishni tanlash haqida; mahkumni muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish haqida; ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarning jazoni oʻtash sharoitlarini oʻzgartirish haqida; sudlanganlikni olib tashlash haqida va boshqa masalalar boʻyicha ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda hamda tartibda iltimos qilishga haqlidirlar. |
41-modda. Jamoat birlashmalari va jamoalarni jinoyat haqida xabardor qilish Surishtiruvchi va tergovchi fuqaroning ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingani haqida uning ish, oʻqish yoki yashash joyidagi jamoaga xabar beradi, sud esa ularga shu ish boʻyicha sud muhokamasi qachon va qayerda oʻtkazilishi haqida xabar beradi. | 41-modda. Jamoat birlashmalarini, jamoalarni va tadbirkorlik subyektining jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etadigan vakilini jinoyat ishi haqida xabardor qilish Surishtiruvchi va tergovchi fuqaroning ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingani haqida uning ish, oʻqish yoki yashash joyidagi jamoaga xabar beradi, sud esa ularga shu ish boʻyicha sud muhokamasi qachon va qayerda oʻtkazilishi haqida xabar beradi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tadbirkorlik subyektining faoliyati bilan bogʻliq jinoyat ishini ish yurituvga qabul qilganligi haqida tadbirkorlik subyektining jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga xabar beradi. |
42-modda. Jamoat ayblovchilari va jamoat himoyachilari | 42-modda. Jamoat ayblovchilari va jamoat himoyachilari |
Jamoat birlashmalari va jamoalar sud muhokamasida jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi tariqasida ishtirok etish uchun oʻz vakillarini yuborishlari mumkin. | Jamoat birlashmalari va jamoalar sud muhokamasida jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi tariqasida ishtirok etish uchun oʻz vakillarini yuborishlari mumkin. |
Jamoat ayblovchilari va jamoat himoyachilarini jamoat birlashmasining yoki korxona, muassasa, tashkilot jamoasining yigʻilishi koʻrsatadi. Yigʻilish qarori sudga taqdim etilishi lozim. | Jamoat ayblovchilari va jamoat himoyachilarini jamoat birlashmasining yoki korxona, muassasa, tashkilot jamoasining yigʻilishi koʻrsatadi. Yigʻilish qarori sudga taqdim etilishi lozim. |
Jamoat birlashmasi, jamoa oʻzi yoʻllagan jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisini xohlagan vaqtda chaqirib olishga yoki uni boshqa vakil bilan almashtirishga haqlidir. | Jamoat birlashmasi, jamoa oʻzi yoʻllagan jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisini xohlagan vaqtda chaqirib olishga yoki uni boshqa vakil bilan almashtirishga haqlidir. |
43-modda. Jamoat ayblovchisining huquq va majburiyatlari | 43-modda. Jamoat ayblovchisining huquq va majburiyatlari |
Sud muhokamasida ishtirok etayotgan jamoat ayblovchisi: ish materiallari bilan tanishishga; dalillar taqdim etishga va ularni tekshirishda ishtirok etishga; iltimosnoma berishga; taraflarning muzokaralarida soʻzga chiqib, ayblovning isbotlangani haqida sudga fikr bildirishga haqlidir. Jamoat ayblovchisi ayblovdan voz kechishga haqli. | Sud muhokamasida ishtirok etayotgan jamoat ayblovchisi: ish materiallari bilan tanishishga; dalillar taqdim etishga va ularni tekshirishda ishtirok etishga; iltimosnoma berishga; taraflarning muzokaralarida soʻzga chiqib, ayblovning isbotlangani haqida sudga fikr bildirishga haqlidir. Jamoat ayblovchisi ayblovdan voz kechishga haqli. |
Jamoat ayblovchisi: sud muhokamasida ishtirok etishi; jamoat birlashmasi yoki jamoaning fikrini sudda bayon qilishi va ish holatlarini aniqlashga koʻmaklashishi shart. | Jamoat ayblovchisi: sud muhokamasida ishtirok etishi; jamoat birlashmasi yoki jamoaning fikrini sudda bayon qilishi va ish holatlarini aniqlashga koʻmaklashishi shart. |
44-modda. Jamoat himoyachisining huquq va majburiyatlari | 44-modda. Jamoat himoyachisining huquq va majburiyatlari |
Sud muhokamasida ishtirok etayotgan jamoat himoyachisi: ish materiallari bilan tanishishga, dalillar taqdim etishga va ularni tekshirishda ishtirok etishga; iltimosnoma berishga; taraflarning muzokaralarida soʻzga chiqib, sudlanuvchini oqlaydigan yoki uning javobgarligini yengillashtiradigan holatlar xususida sudga fikr bildirishga haqlidir. | Sud muhokamasida ishtirok etayotgan jamoat himoyachisi: ish materiallari bilan tanishishga, dalillar taqdim etishga va ularni tekshirishda ishtirok etishga; iltimosnoma berishga; taraflarning muzokaralarida soʻzga chiqib, sudlanuvchini oqlaydigan yoki uning javobgarligini yengillashtiradigan holatlar xususida sudga fikr bildirishga haqlidir. |
Jamoat himoyachisi: sud muhokamasida ishtirok etishi; jamoat birlashmasi yoki jamoaning fikrini sudda bayon qilishi va ishning sudlanuvchining ahvolini yengillashtiruvchi holatlarini aniqlashga koʻmaklashishi shart. | Jamoat himoyachisi: sud muhokamasida ishtirok etishi; jamoat birlashmasi yoki jamoaning fikrini sudda bayon qilishi va ishning sudlanuvchining ahvolini yengillashtiruvchi holatlarini aniqlashga koʻmaklashishi shart. |
441-modda. Tadbirkorlik subyektining jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etadigan vakili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil yoki Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tayinlangan vakil tadbirkorlik subyektining faoliyati bilan bogʻliq jinoyat ishida surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud jarayonida tadbirkorlik subyektining talabiga koʻra jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etishi mumkin. Jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etadigan vakil ushbu Kodeksning 44-moddasida nazarda tutilgan jamoat himoyachisining huquqlari va majburiyatlariga ega boʻladi. | |
5-bob. JINOYAT PROTSESSIDA OʻZ MANFAATLARINI HIMOYA QILADIGAN SHAXSLAR. HIMOYACHILAR VA VAKILLAR | 5-bob. JINOYAT PROTSESSIDA OʻZ MANFAATLARINI HIMOYA QILADIGAN SHAXSLAR. HIMOYACHILAR VA VAKILLAR |
45-modda. Ayblanuvchi | 45-modda. Ayblanuvchi |
Ayblanuvchi ushbu Kodeksda belgilangan tartibda ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi haqida qaror chiqarilgan shaxsdir. | Ayblanuvchi ushbu Kodeksda belgilangan tartibda ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi haqida qaror chiqarilgan shaxsdir. |
Ayblanuvchi sudda sudlanuvchi deb, hukm chiqarilganidan keyin esa, mahkum yoki oqlangan deb ataladi. | Ayblanuvchi sudda sudlanuvchi deb, hukm chiqarilganidan keyin esa, mahkum yoki oqlangan deb ataladi. |
46-modda. Ayblanuvchining huquq va majburiyatlari | 46-modda. Ayblanuvchining huquq va majburiyatlari |
Ayblanuvchi: oʻzining nimada ayblanayotganligini bilish; qamoqqa olinganligi va turgan joyi toʻgʻrisida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qoʻngʻiroq qilish yoxud xabar berish; himoyachiga ega boʻlish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish, ushbu Kodeks 230-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; oʻziga qoʻyilgan ayblov yuzasidan hamda ishning boshqa har qanday holatlari boʻyicha koʻrsatuvlar berish yoxud koʻrsatuvlar berishdan bosh tortish va koʻrsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning oʻziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor boʻlish; oʻz ona tilidan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish; oʻzining himoyalanish huquqini shaxsan oʻzi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim etish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqish hamda undan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ulardagi maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish; jinoyat ishining surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan tugatilganligiga qarshi eʼtiroz bildirish hamda sud muhokamasi oʻtkazilishini talab qilish; sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda ishtirok etish, yarashuv toʻgʻrisidagi, amnistiya aktini qoʻllash haqidagi ishlar boʻyicha, birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudining majlislarida, sudning ruxsati bilan esa, kassatsiya instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish hamda u haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan protestlar, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqiga ega. | Ayblanuvchi: oʻzining nimada ayblanayotganligini bilish; qamoqqa olinganligi va turgan joyi toʻgʻrisida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qoʻngʻiroq qilish yoxud xabar berish; himoyachiga ega boʻlish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish, ushbu Kodeks 230-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; oʻziga qoʻyilgan ayblov yuzasidan hamda ishning boshqa har qanday holatlari boʻyicha koʻrsatuvlar berish yoxud koʻrsatuvlar berishdan bosh tortish va koʻrsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning oʻziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor boʻlish; oʻz ona tilidan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish; oʻzining himoyalanish huquqini shaxsan oʻzi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim etish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqish hamda undan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ulardagi maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish; jinoyat ishining surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan tugatilganligiga qarshi eʼtiroz bildirish hamda sud muhokamasi oʻtkazilishini talab qilish; sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda ishtirok etish, yarashuv toʻgʻrisidagi, amnistiya aktini qoʻllash haqidagi ishlar boʻyicha, birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudining majlislarida, sudning ruxsati bilan esa, kassatsiya va taftish instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish hamda u haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan protestlar, apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqiga ega. |
Sudlanuvchi oxirgi soʻz bilan chiqish huquqiga ega. | Sudlanuvchi oxirgi soʻz bilan chiqish huquqiga ega. |
Ayblanuvchi: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasida ishtirok etishdan bosh tortmasligi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va boshqa qonunga xilof harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; oʻziga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasidan kelib chiqadigan talablarni bajarishi; guvohlantirish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarorlari va sudning ajrimlari hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual qarorlar ijro etilishiga toʻsqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. | Ayblanuvchi: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasida ishtirok etishdan bosh tortmasligi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va boshqa qonunga xilof harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; oʻziga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasidan kelib chiqadigan talablarni bajarishi; guvohlantirish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarorlari va sudning ajrimlari hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual qarorlar ijro etilishiga toʻsqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. |
Ayblanuvchi zimmasiga koʻrsatuv berish, shuningdek oʻzining aybdor emasligini yoki ishning boshqa biror holatlarini isbotlash majburiyati yuklanishi mumkin emas. | Ayblanuvchi zimmasiga koʻrsatuv berish, shuningdek oʻzining aybdor emasligini yoki ishning boshqa biror holatlarini isbotlash majburiyati yuklanishi mumkin emas. |
47-modda. Gumon qilinuvchi | 47-modda. Gumon qilinuvchi |
Gumon qilinuvchi jinoyat sodir etgani toʻgʻrisida maʼlumotlar bor boʻlsa-da, bu maʼlumotlar uni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun yetarli boʻlmagan shaxsdir. Shaxsni gumon qilinuvchi tariqasida eʼtirof etish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi. | Gumon qilinuvchi jinoyat sodir etgani toʻgʻrisida maʼlumotlar bor boʻlsa-da, bu maʼlumotlar uni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun yetarli boʻlmagan shaxsdir. Shaxsni gumon qilinuvchi tariqasida eʼtirof etish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi. |
48-modda. Gumon qilinuvchining huquq va majburiyatlari | 48-modda. Gumon qilinuvchining huquq va majburiyatlari |
Gumon qilinuvchi: oʻzining nimada gumon qilinayotganligini bilish; ushlab turilganligi va turgan joyi toʻgʻrisida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qoʻngʻiroq qilish yoxud xabar berish; u amalda ushlangan yoki jinoyat joyida ushlash bilan bogʻliq tezkor-qidiruv tadbiri amalda yakunlangan yoxud uning gumon qilinuvchi deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisidagi qaror unga maʼlum qilingan paytdan boshlab himoyachiga ega boʻlish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish, ushbu Kodeksning 230-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; ushlanganidan keyin yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay soʻroq qilinishini talab qilish; oʻziga nisbatan qoʻyilgan gumon xususida hamda ishning boshqa har qanday holatlari toʻgʻrisida koʻrsatuvlar berish yoxud koʻrsatuvlar berishdan bosh tortish va koʻrsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning oʻziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor boʻlish; oʻz ona tilidan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish; oʻzining himoyalanish huquqini shaxsan oʻzi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim etish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; yarashuv toʻgʻrisidagi, amnistiya aktini qoʻllash haqidagi ishlar boʻyicha sud majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish huquqiga ega. | Gumon qilinuvchi: oʻzining nimada gumon qilinayotganligini bilish; ushlab turilganligi va turgan joyi toʻgʻrisida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qoʻngʻiroq qilish yoxud xabar berish; u amalda ushlangan yoki jinoyat joyida ushlash bilan bogʻliq tezkor-qidiruv tadbiri amalda yakunlangan yoxud uning gumon qilinuvchi deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisidagi qaror unga maʼlum qilingan paytdan boshlab himoyachiga ega boʻlish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish, ushbu Kodeksning 230-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; ushlanganidan keyin yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay soʻroq qilinishini talab qilish; oʻziga nisbatan qoʻyilgan gumon xususida hamda ishning boshqa har qanday holatlari toʻgʻrisida koʻrsatuvlar berish yoxud koʻrsatuvlar berishdan bosh tortish va koʻrsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning oʻziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor boʻlish; oʻz ona tilidan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish; oʻzining himoyalanish huquqini shaxsan oʻzi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim etish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; yarashuv toʻgʻrisidagi, amnistiya aktini qoʻllash haqidagi ishlar boʻyicha sud majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish huquqiga ega. |
Gumon qilinuvchi: surishtiruvchi, tergovchi va prokurorning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi, surishtiruvda va dastlabki tergovda ishtirok etishdan bosh tortmasligi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; oʻziga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasidan kelib chiqadigan talablarni bajarishi; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning guvohlantirish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlari va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual qarorlar ijro etilishiga toʻsqinlik qilmasligi; ishni tergov qilishda tartibga rioya etishi shart. | Gumon qilinuvchi: surishtiruvchi, tergovchi va prokurorning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi, surishtiruvda va dastlabki tergovda ishtirok etishdan bosh tortmasligi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; oʻziga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasidan kelib chiqadigan talablarni bajarishi; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning guvohlantirish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlari va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual qarorlar ijro etilishiga toʻsqinlik qilmasligi; ishni tergov qilishda tartibga rioya etishi shart. |
Gumon qilinuvchi zimmasiga koʻrsatuv berish, shuningdek oʻzining jinoyatga aloqador emasligini yoki ishning boshqa biror holatlarini isbotlash majburiyati yuklanishi mumkin emas. | Gumon qilinuvchi zimmasiga koʻrsatuv berish, shuningdek oʻzining jinoyatga aloqador emasligini yoki ishning boshqa biror holatlarini isbotlash majburiyati yuklanishi mumkin emas. |
49-modda. Himoyachi | 49-modda. Himoyachi |
Himoyachi gumon qilinuvchilarning, ayblanuvchilarning, sudlanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini qonunda belgilangan tartibda himoya qilishni amalga oshirish hamda ularga zarur yuridik yordam koʻrsatish vakolatiga ega boʻlgan shaxsdir. | Himoyachi gumon qilinuvchilarning, ayblanuvchilarning, sudlanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini qonunda belgilangan tartibda himoya qilishni amalga oshirish hamda ularga zarur yuridik yordam koʻrsatish vakolatiga ega boʻlgan shaxsdir. |
Ishda himoyachilar sifatida advokatlar ishtirok etishlari mumkin. Advokatning ishda ishtirok etishiga u advokat guvohnomasini koʻrsatganidan va muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan keyin yoʻl qoʻyiladi. | Ishda himoyachilar sifatida advokatlar ishtirok etishlari mumkin. Advokatning ishda ishtirok etishiga u advokat guvohnomasini koʻrsatganidan va muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan keyin yoʻl qoʻyiladi. |
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari yoki qonuniy vakillaridan birining advokat bilan bir qatorda himoyachi sifatida ishtirok etishiga gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosnomasi boʻyicha surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sud ajrimiga binoan yoʻl qoʻyilishi mumkin. | Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari yoki qonuniy vakillaridan birining advokat bilan bir qatorda himoyachi sifatida ishtirok etishiga gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosnomasi boʻyicha surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sud ajrimiga binoan yoʻl qoʻyilishi mumkin. |
Himoyachining ishda ishtirok etishiga jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligiga boʻlgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab ruxsat etiladi. | Himoyachining ishda ishtirok etishiga jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligiga boʻlgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab ruxsat etiladi. |
50-modda. Himoyachini taklif etish | 50-modda. Himoyachini taklif etish |
Himoyachi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, shuningdek gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan taklif etiladi. | Himoyachi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, shuningdek gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan taklif etiladi. |
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga koʻra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ishda himoyachining ishtirok etishini taʼminlaydi. | Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga koʻra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ishda himoyachining ishtirok etishini taʼminlaydi. |
Tanlangan himoyachining yigirma toʻrt soat ichida ishda ishtirok etishga kirishishga imkoniyati boʻlmagan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoxud ularning qarindoshlariga boshqa himoyachini taklif etishni yoki himoyachi tayinlashni soʻrab Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan belgilanadigan advokatlik tuzilmalariga murojaat qilishni tavsiya etadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tanlagan himoyachi istalgan vaqtda ishda ishtirok etishga kirishishga haqlidir. Ishni yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini yuridik yordam uchun toʻlovdan batamom yoki qisman ozod etishga haqlidir. Bunday hollarda advokat mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat hisobidan boʻladi. | Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan tanlangan himoyachining yigirma toʻrt soat ichida ishga kirishish imkoniyati boʻlmagan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoxud ularning qarindoshlariga boshqa himoyachini taklif qilishni tavsiya etadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tanlagan himoyachi istalgan vaqtda ishga kirishishga haqlidir. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachisi sifatida davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatning ishtirok etishini taʼminlash choralarini koʻradi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, sud esa ajrim chiqaradi va advokatning ishga kirishish vaqtini belgilaydi. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritiladi. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokat “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda tanlanadi. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan eʼtiboran unga ishga kirishish uchun kamida toʻrt soat vaqt berilishi kerak. “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali tanlangan hamda tegishli ishda oʻzining ishtirok etishini tasdiqlagan advokat davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarorida yoki sudning ajrimida belgilangan muddatda ishga kirishishi shart. “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda advokat davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarning navbatchilik jadvaliga asosan ishda ishtirok etish uchun jalb qilinishi mumkin. Advokat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga koʻra yoki ularning roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan taklif qilingan yoxud ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatda himoyachini taklif qilish huquqidan foydalanish niyati bildirilgan hollarda, davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatni jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
51-modda. Himoyachi ishtirok etishi shart boʻlgan hollar | 51-modda. Himoyachi ishtirok etishi shart boʻlgan hollar |
Quyidagi ishlar boʻyicha: | Quyidagi ishlar boʻyicha: |
1) voyaga yetmaganlarning ishi boʻyicha; | 1) voyaga yetmaganlarning ishi boʻyicha; |
2) soqovlar, karlar, koʻrlar, jismoniy nuqsoni yoki ruhiy holati buzilganligi sababli oʻzini oʻzi himoya qilish huquqini amalga oshirishga qiynaladigan boshqa shaxslarning ishi boʻyicha; | 2) soqovlar, karlar, koʻrlar, jismoniy nuqsoni yoki ruhiy holati buzilganligi sababli oʻzini oʻzi himoya qilish huquqini amalga oshirishga qiynaladigan boshqa shaxslarning ishi boʻyicha; |
3) sudlov ishi olib borilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarning ishi boʻyicha; | 3) sudlov ishi olib borilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarning ishi boʻyicha; |
4) jazo chorasi sifatida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin boʻlgan jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarning ishi boʻyicha; | 4) jazo chorasi sifatida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin boʻlgan jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarning ishi boʻyicha; |
5) shaxslarning manfaatlari oʻzaro qarama-qarshi boʻlib, ulardan aqalli biri himoyachiga ega boʻlgan ishlar boʻyicha; | 5) shaxslarning manfaatlari oʻzaro qarama-qarshi boʻlib, ulardan aqalli biri himoyachiga ega boʻlgan ishlar boʻyicha; |
6) davlat ayblovchisi yoki jamoat ayblovchisi ishtirok etayotgan ishlar boʻyicha; | 6) davlat ayblovchisi yoki jamoat ayblovchisi ishtirok etayotgan ishlar boʻyicha; |
7) jabrlanuvchining vakili sifatida advokat ishtirok etayotgan ishlarda; | 7) jabrlanuvchining vakili sifatida advokat ishtirok etayotgan ishlarda; |
8) tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarda; | 8) tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarda; |
8.1) sud tomonidan dastlabki eshituv oʻtkazilayotgan ishlarda; | 8.1) sud tomonidan dastlabki eshituv oʻtkazilayotgan ishlarda; |
8.2) oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarga oid ishlar boʻyicha; | 8.2) oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarga oid ishlar boʻyicha; |
8.3) shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, shuningdek qamoqda saqlash, uy qamogʻi muddatini uzaytirish masalasi koʻrib chiqilayotganda; | 8.3) shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, shuningdek qamoqda saqlash, uy qamogʻi muddatini uzaytirish masalasi koʻrib chiqilayotganda; |
8.4) aybiga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan ishlar boʻyicha; | 8.4) aybiga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan ishlar boʻyicha; |
9) apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻriladigan ishlarda himoyachining ishtirok etishi shart. | 9) apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudi tomonidan koʻriladigan ishlarda himoyachi ishtirok etishi shart. |
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ishning murakkabligi va boshqa holatlari tufayli gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻz huquqlarini amalga oshirishda qiynalishi mumkin degan xulosaga kelsa, boshqa ishlar boʻyicha ham himoyachining ishtirok etishini shart deb topishga haqlidir. | Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ishning murakkabligi va boshqa holatlari tufayli gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻz huquqlarini amalga oshirishda qiynalishi mumkin degan xulosaga kelsa, boshqa ishlar boʻyicha ham himoyachining ishtirok etishini shart deb topishga haqlidir. |
Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan hollarda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining iltimosiga koʻra yoxud ularning roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan himoyachi taklif qilinmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan belgilanadigan advokatlik tuzilmasi rahbari surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning himoyachi tayinlash toʻgʻrisidagi qarori yoki sudning ajrimiga binoan qaror yoxud ajrim Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasiga kelib tushgan paytdan eʼtiboran toʻrt soatdan kechiktirmay jinoyat ishi boʻyicha himoyachining ishtirokini taʼminlashi shart. | Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga koʻra yoxud ularning roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan himoyachi taklif qilinmagan boʻlsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ushbu Kodeks 50-moddasining toʻrtinchi — oʻninchi qismlarida belgilangan tartibda jinoyat ishi boʻyicha himoyachining ishtirokini taʼminlashi shart. |
52-modda. Himoyachidan voz kechish | 52-modda. Himoyachidan voz kechish |
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ish yuritishning istalgan paytida himoyachidan voz kechishga haqlidir. Bunday voz kechishga faqat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining tashabbusi bilan va himoyachining ishda ishtirok etishiga surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan advokat taklif etish orqali taʼminlanadigan real imkoniyat mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi, bunda advokat oʻz himoyasi ostidagi shaxs bilan xoli uchrashganidan keyin himoyadan voz kechilganligini tasdiqlaydi. Himoyachidan voz kechish jarayoni videoyozuv orqali qayd etilishi shart. Himoyachidan voz kechganlik haqida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek advokat, surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan imzolanadigan bayonnoma tuziladi yoxud sud majlisi bayonnomasiga yozib qoʻyiladi. Videoyozuv materiallari bayonnomaga ilova qilinadi. Bunda himoyachining himoya ostidagi shaxs bilan xoli uchrashishi videoyozuv orqali qayd etilmaydi. | Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ish yuritishning istalgan paytida himoyachidan voz kechishga haqlidir. Bunday voz kechishga faqat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining tashabbusi bilan va himoyachining ishda ishtirok etishiga surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan advokat taklif etish orqali taʼminlanadigan real imkoniyat mavjud boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi, bunda advokat oʻz himoyasi ostidagi shaxs bilan xoli uchrashganidan keyin himoyadan voz kechilganligini tasdiqlaydi. Himoyachidan voz kechish jarayoni videoyozuv orqali qayd etilishi shart. Himoyachidan voz kechganlik haqida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek advokat, surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan imzolanadigan bayonnoma tuziladi yoxud sud majlisi bayonnomasiga yozib qoʻyiladi. Videoyozuv materiallari bayonnomaga ilova qilinadi. Bunda himoyachining himoya ostidagi shaxs bilan xoli uchrashishi videoyozuv orqali qayd etilmaydi. |
Himoyachidan voz kechish gumon qilinuvchini, ayblanuvchini yoki sudlanuvchini keyinchalik ishda himoyachi ishtirok etishiga ruxsat berish haqida iltimos qilish huquqidan mahrum qilmaydi. Bunday iltimos barcha hollarda qanoatlantirilishi kerak. Sud tergovi davomida himoyachining ishtirok etishi haqida berilgan iltimosnoma ishning holatlarini hisobga olib va sudlanuvchiga himoya huquqini taʼminlash manfaatlarini koʻzlab sud tomonidan hal etiladi. Himoyachining sud majlisi davomida ishga kirishishi sud tergovini qayta boshlash uchun asos boʻlmaydi. | Himoyachidan voz kechish gumon qilinuvchini, ayblanuvchini yoki sudlanuvchini keyinchalik ishda himoyachi ishtirok etishiga ruxsat berish haqida iltimos qilish huquqidan mahrum qilmaydi. Bunday iltimos barcha hollarda qanoatlantirilishi kerak. Sud tergovi davomida himoyachining ishtirok etishi haqida berilgan iltimosnoma ishning holatlarini hisobga olib va sudlanuvchiga himoya huquqini taʼminlash manfaatlarini koʻzlab sud tomonidan hal etiladi. Himoyachining sud majlisi davomida ishga kirishishi sud tergovini qayta boshlash uchun asos boʻlmaydi. |
53-modda. Himoyachining huquq va majburiyatlari | 53-modda. Himoyachining huquq va majburiyatlari |
Himoyachi: manfaatlarini himoya qilayotgan shaxsning nimada gumon qilinayotganligi yoki ayblanayotganligini bilish; advokatlik guvohnomasini koʻrsatganidan va muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan soʻng ishda ishtirok etish; gumon qilinuvchi soʻroq qilinayotganda ishtirok etish, shaxsga ayblov eʼlon qilinayotganda hozir boʻlish hamda ayblanuvchi soʻroq qilinayotganda, shuningdek ularning ishtirokida oʻtkaziladigan boshqa tergov harakatlarida ishtirok etish va gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga savollar berish; boshqa tergov harakatlari yurgizilayotganda surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan ishtirok etish; oʻzi ishtirok etgan tergov harakatining yuritilishi xususida yozma mulohazalar berish; iltimosnoma berish va rad etish; ushbu Kodeks 87-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq dalillarni toʻplash va taqdim etish; gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida oʻtkazilgan protsessual harakatlarga oid hujjatlar bilan, surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom boʻlganidan keyin esa jinoyat ishining barcha materiallari bilan tanishish hamda undan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish; agar himoyani amalga oshirish uchun zarur boʻlsa, davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sirni oʻz ichiga olgan axborot bilan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tanishish; sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda va sud muhokamasida taraf sifatida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va bu haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyatlar, protestlar toʻgʻrisida bilish hamda ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish; apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi majlislarida ishtirok etish huquqiga ega. | Himoyachi: manfaatlarini himoya qilayotgan shaxsning nimada gumon qilinayotganligi yoki ayblanayotganligini bilish; advokatlik guvohnomasini koʻrsatganidan va muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan soʻng ishda ishtirok etish; gumon qilinuvchi soʻroq qilinayotganda ishtirok etish, shaxsga ayblov eʼlon qilinayotganda hozir boʻlish hamda ayblanuvchi soʻroq qilinayotganda, shuningdek ularning ishtirokida oʻtkaziladigan boshqa tergov harakatlarida ishtirok etish va gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga savollar berish; boshqa tergov harakatlari yurgizilayotganda surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan ishtirok etish; oʻzi ishtirok etgan tergov harakatining yuritilishi xususida yozma mulohazalar berish; iltimosnoma berish va rad etish; ushbu Kodeks 87-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq dalillarni toʻplash va taqdim etish; gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida oʻtkazilgan protsessual harakatlarga oid hujjatlar bilan, surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom boʻlganidan keyin esa jinoyat ishining barcha materiallari bilan tanishish hamda undan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish; agar himoyani amalga oshirish uchun zarur boʻlsa, davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sirni oʻz ichiga olgan axborot bilan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tanishish; sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda va sud muhokamasida taraf sifatida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va bu haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyatlar, protestlar toʻgʻrisida bilish hamda ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish; apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi majlislarida ishtirok etish huquqiga ega. |
Agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi qamoqda saqlanayotgan yoki uy qamogʻida boʻlsa, himoyachi u bilan jinoyat ishini yuritishga masʼul boʻlgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning ruxsatisiz, uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda xoli uchrashishga haqli. | Agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi qamoqda saqlanayotgan yoki uy qamogʻida boʻlsa, himoyachi u bilan jinoyat ishini yuritishga masʼul boʻlgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning ruxsatisiz, uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda xoli uchrashishga haqli. |
Himoyachi oʻz vazifasini amalga oshirishi munosabati bilan bilgan maʼlumotlarni oshkor qilishga haqli emas. | Himoyachi oʻz vazifasini amalga oshirishi munosabati bilan bilgan maʼlumotlarni oshkor qilishga haqli emas. |
Himoyachi: gumonni yoki ayblovni rad etadigan yoxud javobgarlikni yengillashtiradigan holatlarni aniqlash uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va usullarni qoʻllashi hamda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga zarur yuridik yordam koʻrsatishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. | Himoyachi: gumonni yoki ayblovni rad etadigan yoxud javobgarlikni yengillashtiradigan holatlarni aniqlash uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va usullarni qoʻllashi hamda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga zarur yuridik yordam koʻrsatishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. |
Ishda ishtirok etish haqida bitim tuzilgan yoki tayinlangan vaqtidan boshlab advokat himoyachi vazifasini bajarishni rad etishga haqli emas. | Ishda ishtirok etish haqida bitim tuzilgan yoki tayinlangan vaqtidan boshlab advokat himoyachi vazifasini bajarishni rad etishga haqli emas. |
54-modda. Jabrlanuvchi | 54-modda. Jabrlanuvchi |
Jinoyat, xuddi shuningdek aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi shaxsga maʼnaviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazgan deb hisoblash uchun dalillar boʻlgan taqdirda, bunday shaxs jabrlanuvchi deb eʼtirof etiladi. Jabrlanuvchi deb eʼtirof etish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. | Jinoyat, xuddi shuningdek aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi shaxsga maʼnaviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazgan deb hisoblash uchun dalillar boʻlgan taqdirda, bunday shaxs jabrlanuvchi deb eʼtirof etiladi. Jabrlanuvchi deb eʼtirof etish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. |
Jabrlanuvchi voyaga yetmagan yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan shaxs boʻlsa, ishda u bilan birgalikda yoki uning oʻrniga qonuniy vakili ishtirok etadi. | Jabrlanuvchi voyaga yetmagan yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan shaxs boʻlsa, ishda u bilan birgalikda yoki uning oʻrniga qonuniy vakili ishtirok etadi. |
55-modda. Jabrlanuvchining huquq va majburiyatlari | 55-modda. Jabrlanuvchining huquq va majburiyatlari |
Jabrlanuvchi: koʻrsatuv berish; dalillar taqdim qilish; iltimosnoma berish va rad qilish; oʻz ona tilidan va tarjimon xizmatidan foydalanish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ulardagi maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish; qonunda nazarda tutilgan hollarda yarashuv toʻgʻrisida ariza berish hamda sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda va yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; shaxsan oʻzi yoki vakili orqali sudda ayblovni quvvatlash; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqiga egadir. | Jabrlanuvchi: koʻrsatuv berish; dalillar taqdim qilish; iltimosnoma berish va rad qilish; oʻz ona tilidan va tarjimon xizmatidan foydalanish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ulardagi maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish; qonunda nazarda tutilgan hollarda yarashuv toʻgʻrisida ariza berish hamda sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda va yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; shaxsan oʻzi yoki vakili orqali sudda ayblovni quvvatlash; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqiga egadir. |
Jabrlanuvchi: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; haqqoniy koʻrsatuvlar berishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning talabi boʻyicha dalillar taqdim qilishi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. | Jabrlanuvchi: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; haqqoniy koʻrsatuvlar berishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning talabi boʻyicha dalillar taqdim qilishi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. |
Jabrlanuvchi uzrsiz sababga koʻra kelmagan taqdirda ushbu Kodeksning 261 — 264-moddalarida nazarda tutilgan tartibda majburiy olib kelinishi mumkin. | Jabrlanuvchi uzrsiz sababga koʻra kelmagan taqdirda ushbu Kodeksning 261 — 264-moddalarida nazarda tutilgan tartibda majburiy olib kelinishi mumkin. |
Jabrlanuvchi koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganlik uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar boʻladi. | Jabrlanuvchi koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganlik uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar boʻladi. |
Jabrlanuvchining oʻlimiga olib kelgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ushbu moddada koʻrsatilgan huquq va majburiyatlarni dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan marhumning qonuniy vakili deb eʼtirof etilgan yaqin qarindoshlari yoki boshqa shaxslar amalga oshiradilar. | Jabrlanuvchining oʻlimiga olib kelgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ushbu moddada koʻrsatilgan huquq va majburiyatlarni dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan marhumning qonuniy vakili deb eʼtirof etilgan yaqin qarindoshlari yoki boshqa shaxslar amalga oshiradilar. |
56-modda. Fuqaroviy daʼvogar | 56-modda. Fuqaroviy daʼvogar |
Jinoyat, xuddi shuningdek aqli noraso shaxsning jamoat uchun xavfli qilmishi shaxsga, korxonaga, muassasaga yoki tashkilotga mulkiy zarar yetkazgan deb hisoblash uchun dalillar boʻlsa, ular fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etiladi. Fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. | Jinoyat, xuddi shuningdek aqli noraso shaxsning jamoat uchun xavfli qilmishi shaxsga, korxonaga, muassasaga yoki tashkilotga mulkiy zarar yetkazgan deb hisoblash uchun dalillar boʻlsa, ular fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etiladi. Fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. |
Voyaga yetmaganlarning, shuningdek muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish uchun fuqaroviy daʼvo ularning qonuniy vakillari va prokuror tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin. | Voyaga yetmaganlarning, shuningdek muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish uchun fuqaroviy daʼvo ularning qonuniy vakillari va prokuror tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin. |
57-modda. Fuqaroviy daʼvogarning huquq va majburiyatlari | 57-modda. Fuqaroviy daʼvogarning huquq va majburiyatlari |
Fuqaroviy daʼvogar: fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatish va uni quvvatlash; dalillar taqdim qilish; qoʻzgʻatilgan daʼvo boʻyicha tushuntirishlar berish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; iltimosnoma berish va rad qilish; surishtiruvchidan, tergovchidan, prokurordan yoki suddan daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrish haqida iltimos qilish; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ulardagi maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish; sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda hamda birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud hukmi va ajrimining fuqaroviy daʼvoga tegishli qismi ustidan shikoyat qilish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqiga egadir. | Fuqaroviy daʼvogar: fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatish va uni quvvatlash; dalillar taqdim qilish; qoʻzgʻatilgan daʼvo boʻyicha tushuntirishlar berish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; iltimosnoma berish va rad qilish; surishtiruvchidan, tergovchidan, prokurordan yoki suddan daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrish haqida iltimos qilish; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ulardagi maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish; sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda hamda birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud hukmi va ajrimining fuqaroviy daʼvoga tegishli qismi ustidan shikoyat qilish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqiga egadir. |
Fuqaroviy daʼvogar: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi va ularning talablariga asosan fuqaroviy daʼvoga tegishli boʻlgan dalillar taqdim etishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. | Fuqaroviy daʼvogar: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi va ularning talablariga asosan fuqaroviy daʼvoga tegishli boʻlgan dalillar taqdim etishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. |
Fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etilgan shaxs ayni vaqtda jabrlanuvchining barcha huquqlaridan foydalanadi va uning majburiyatlarini bajaradi. | Fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etilgan shaxs ayni vaqtda jabrlanuvchining barcha huquqlaridan foydalanadi va uning majburiyatlarini bajaradi. |
58-modda. Fuqaroviy javobgar | 58-modda. Fuqaroviy javobgar |
Ayblanuvchi tomonidan yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan aqli noraso shaxs tomonidan yetkazilgan zarar uchun qonunga koʻra mulkiy javobgar shaxs, korxona, muassasa yoki tashkilot ishda fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etish uchun jalb qilinishi mumkin. Fuqaroviy javobgar sifatida jalb qilish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. | Ayblanuvchi tomonidan yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan aqli noraso shaxs tomonidan yetkazilgan zarar uchun qonunga koʻra mulkiy javobgar shaxs, korxona, muassasa yoki tashkilot ishda fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etish uchun jalb qilinishi mumkin. Fuqaroviy javobgar sifatida jalb qilish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. |
59-modda. Fuqaroviy javobgarning huquq va majburiyatlari | 59-modda. Fuqaroviy javobgarning huquq va majburiyatlari |
Fuqaroviy javobgar: ayblov va fuqaroviy daʼvoning mazmunini bilish; daʼvoga eʼtiroz bildirish; tushuntirish berish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; dalillar taqdim qilish; iltimosnoma berish va rad qilish; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ulardagi maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish; sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda hamda birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; sud hukmi va ajrimining fuqaroviy daʼvoga tegishli qismi ustidan shikoyatlar berish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyat va protestlardan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqiga egadir. | Fuqaroviy javobgar: ayblov va fuqaroviy daʼvoning mazmunini bilish; daʼvoga eʼtiroz bildirish; tushuntirish berish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; dalillar taqdim qilish; iltimosnoma berish va rad qilish; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan koʻchirma nusxalar olish yoki ulardagi maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish; sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda hamda birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; sud hukmi va ajrimining fuqaroviy daʼvoga tegishli qismi ustidan shikoyatlar berish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyat va protestlardan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqiga egadir. |
Fuqaroviy javobgar: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi va ularning talablariga asosan fuqaroviy daʼvoga tegishli boʻlgan dalillar taqdim qilishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. | Fuqaroviy javobgar: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi va ularning talablariga asosan fuqaroviy daʼvoga tegishli boʻlgan dalillar taqdim qilishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. |
60-modda. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining, jabrlanuvchining qonuniy vakillari | 60-modda. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining, jabrlanuvchining qonuniy vakillari |
Qonuniy vakil ishda ishtirok etishga voyaga yetmagan yoxud belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki jabrlanuvchining huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun jalb qilinadi. | Qonuniy vakil ishda ishtirok etishga voyaga yetmagan yoxud belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki jabrlanuvchining huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun jalb qilinadi. |
Ishda qonuniy vakil sifatida ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar, voyaga yetmaganga yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan ishtirokchiga homiylik qiluvchi muassasalar va tashkilotlarning vakillari qatnashishlari mumkin. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining va sudlanuvchining qonuniy vakili ishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi bilan birga, jabrlanuvchining qonuniy vakili esa jabrlanuvchi bilan birga, shuningdek uning oʻrnida ham ishtirok etadi. | Ishda qonuniy vakil sifatida ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar, voyaga yetmaganga yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan ishtirokchiga homiylik qiluvchi muassasalar va tashkilotlarning vakillari qatnashishlari mumkin. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining va sudlanuvchining qonuniy vakili ishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi bilan birga, jabrlanuvchining qonuniy vakili esa jabrlanuvchi bilan birga, shuningdek uning oʻrnida ham ishtirok etadi. |
Voyaga yetmagan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki jabrlanuvchining iltimosiga koʻra, ishda ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar bilan bir qatorda uning katta yoshdagi yaqin qarindoshlaridan birining yoki oʻzi ishonadigan boshqa shaxsning qonuniy vakil sifatida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilishi mumkin. | Voyaga yetmagan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki jabrlanuvchining iltimosiga koʻra, ishda ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar bilan bir qatorda uning katta yoshdagi yaqin qarindoshlaridan birining yoki oʻzi ishonadigan boshqa shaxsning qonuniy vakil sifatida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilishi mumkin. |
Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilganligi haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchining manfaatlari bilan qonuniy vakilning manfaatlari oʻzaro mos kelmasa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchi tarafida ishda ishtirok etish uchun qaror yoxud ajrim bilan advokat tayinlanadi. | Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilganligi haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki jabrlanuvchining manfaatlari bilan qonuniy vakilning manfaatlari oʻzaro mos kelmagan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchi tarafida ishda ishtirok etish uchun xuddi oʻsha qaror yoxud ajrim bilan advokatni jalb etish choralari koʻriladi. |
61-modda. Qonuniy vakilning huquq va majburiyatlari | 61-modda. Qonuniy vakilning huquq va majburiyatlari |
Qonuniy vakil: oʻzi vakillik qilayotgan shaxsning surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga chaqirilganligidan xabardor boʻlish; oʻzi vakillik qilayotgan qamoqdagi shaxs bilan xoli uchrashish; oʻzi vakillik qilayotgan shaxs ushbu Kodeksga muvofiq ega boʻlgan protsessual huquqlarni amalga oshirish huquqiga ega. | Qonuniy vakil: oʻzi vakillik qilayotgan shaxsning surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga chaqirilganligidan xabardor boʻlish; oʻzi vakillik qilayotgan qamoqdagi shaxs bilan xoli uchrashish; oʻzi vakillik qilayotgan shaxs ushbu Kodeksga muvofiq ega boʻlgan protsessual huquqlarni amalga oshirish huquqiga ega. |
Qonuniy vakil: oʻzi vakillik qilayotgan shaxsga nisbatan oʻtkaziladigan protsessual harakatlarda ishtirok etishi; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning chaqiruvlariga binoan hozir boʻlishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar orqali toʻsqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. | Qonuniy vakil: oʻzi vakillik qilayotgan shaxsga nisbatan oʻtkaziladigan protsessual harakatlarda ishtirok etishi; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning chaqiruvlariga binoan hozir boʻlishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar orqali toʻsqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. |
Qonuniy vakil guvoh sifatida soʻroq qilinishi, shuningdek himoyachi, fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgar tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin. Bunday hollarda qonuniy vakil yuqorida aytib oʻtilgan protsess ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlariga ega boʻladi. | Qonuniy vakil guvoh sifatida soʻroq qilinishi, shuningdek himoyachi, fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgar tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin. Bunday hollarda qonuniy vakil yuqorida aytib oʻtilgan protsess ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlariga ega boʻladi. |
62-modda. Jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning va fuqaroviy javobgarning vakillari | 62-modda. Jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning va fuqaroviy javobgarning vakillari |
Jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning vakillari tariqasida advokatlar, vakil sifatida ishtirok etishga maxsus ruxsatnomalari boʻlgan shaxslar, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga koʻra ishda qatnashishga ruxsat berilgan yaqin qarindoshlar va boshqa shaxslar ishtirok etishlari mumkin. | Jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning vakillari tariqasida advokatlar, vakil sifatida ishtirok etishga maxsus ruxsatnomalari boʻlgan shaxslar, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga koʻra ishda qatnashishga ruxsat berilgan yaqin qarindoshlar va boshqa shaxslar ishtirok etishlari mumkin. |
Vakilning ishda ishtirok etishi uchun uning jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgar bilan tuzgan topshiriq shartnomasi asos boʻladi. Yuridik shaxsning vakili sifatida uning rahbari ishtirok etishi uchun alohida vakolatnoma kerak emas. Rahbar tomonidan berilgan ishonch qogʻozi boʻyicha yuridik shaxslarning vakillari sifatida uning shtatdagi xodimlariga va advokatlarga ruxsat etiladi. | Vakilning ishda ishtirok etishi uchun uning jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgar bilan tuzgan topshiriq shartnomasi asos boʻladi. Yuridik shaxsning vakili sifatida uning rahbari ishtirok etishi uchun alohida vakolatnoma kerak emas. Rahbar tomonidan berilgan ishonch qogʻozi boʻyicha yuridik shaxslarning vakillari sifatida uning shtatdagi xodimlariga va advokatlarga ruxsat etiladi. |
Jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning yoki fuqaroviy javobgarning vakili ishda oʻzi vakillik qilayotgan shaxs bilan birga, shuningdek uning oʻrnida ham ishtirok etadi. Jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar va fuqaroviy javobgar ish yuritishning istalgan vaqtida vakildan voz kechishga yoki boshqa shaxsni vakil qilib olishga haqlidir. | Jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning yoki fuqaroviy javobgarning vakili ishda oʻzi vakillik qilayotgan shaxs bilan birga, shuningdek uning oʻrnida ham ishtirok etadi. Jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar va fuqaroviy javobgar ish yuritishning istalgan vaqtida vakildan voz kechishga yoki boshqa shaxsni vakil qilib olishga haqlidir. |
63-modda. Vakilning huquq va majburiyatlari | 63-modda. Vakilning huquq va majburiyatlari |
Jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning vakili tegishincha jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar ega boʻlgan protsessual huquqlardan foydalanadi. Vakil ish yuritishning istalgan vaqtida oʻz majburiyatlarini bajarishni davom ettirishdan voz kechishga haqlidir. | Jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning vakili tegishincha jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar ega boʻlgan protsessual huquqlardan foydalanadi. Vakil ish yuritishning istalgan vaqtida oʻz majburiyatlarini bajarishni davom ettirishdan voz kechishga haqlidir. |
Vakil: oʻzi vakillik qilayotgan shaxslarning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi; ularning ishonchini suiisteʼmol qilmasligi; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. | Vakil: oʻzi vakillik qilayotgan shaxslarning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi; ularning ishonchini suiisteʼmol qilmasligi; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan toʻsqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. |
64-modda. Protsess ishtirokchilarining huquqlarini tushuntirib berish va bu huquqlarni amalga oshirishni taʼminlash majburiyati | 64-modda. Protsess ishtirokchilarining huquqlarini tushuntirib berish va bu huquqlarni amalga oshirishni taʼminlash majburiyati |
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, shuningdek jabrlanuvchiga, fuqaroviy daʼvogarga, fuqaroviy javobgarga va ularning vakillariga berilgan huquqlarini tushuntirib berishi va bu huquqlarni amalga oshirish imkoniyatlarini taʼminlashi shart. Shu bilan birga protsess ishtirokchilariga yuklangan majburiyatlar va ularni bajarmaslik oqibatlari tushuntirilishi lozim. | Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, shuningdek jabrlanuvchiga, fuqaroviy daʼvogarga, fuqaroviy javobgarga va ularning vakillariga berilgan huquqlarini tushuntirib berishi va bu huquqlarni amalga oshirish imkoniyatlarini taʼminlashi shart. Shu bilan birga protsess ishtirokchilariga yuklangan majburiyatlar va ularni bajarmaslik oqibatlari tushuntirilishi lozim. |
6-bob. JINOYAT PROTSESSIDA ISHTIROK ETUVCHI BOSHQA SHAXSLAR | 6-bob. JINOYAT PROTSESSIDA ISHTIROK ETUVCHI BOSHQA SHAXSLAR |
65-modda. Guvoh | 65-modda. Guvoh |
Jinoyat ishi boʻyicha aniqlanishi lozim boʻlgan biror holatni bilishi mumkin boʻlgan har qanday shaxs guvoh sifatida koʻrsatuv berish uchun chaqirilishi mumkin. | Jinoyat ishi boʻyicha aniqlanishi lozim boʻlgan biror holatni bilishi mumkin boʻlgan har qanday shaxs guvoh sifatida koʻrsatuv berish uchun chaqirilishi mumkin. |
66-modda. Guvohning huquq va majburiyatlari | 66-modda. Guvohning huquq va majburiyatlari |
Guvoh: advokatning yuridik yordamidan foydalanish; tergov harakatlarida advokat bilan birga ishtirok etish; soʻroq yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʻz ona tilida koʻrsatuvlar berish va bu holda tarjimon xizmatidan foydalanish; uning soʻroq qilinishida ishtirok etuvchi tarjimonni rad qilish; koʻrsatuvlarini oʻz qoʻli bilan yozib berish; oʻziga qarshi koʻrsatuv bermaslik; soʻroq bayonnomasi bilan tanishish, unga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish; koʻrsatuvlar berishda yozma belgilar va hujjatlardan foydalanish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish huquqiga ega. | Guvoh: advokatning yuridik yordamidan foydalanish; tergov harakatlarida advokat bilan birga ishtirok etish; soʻroq yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʻz ona tilida koʻrsatuvlar berish va bu holda tarjimon xizmatidan foydalanish; uning soʻroq qilinishida ishtirok etuvchi tarjimonni rad qilish; dalillarni taqdim etish; koʻrsatuvlarini oʻz qoʻli bilan yozib berish; oʻziga va yaqin qarindoshlariga qarshi koʻrsatuv bermaslik; soʻroq bayonnomasi bilan tanishish, unga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish; koʻrsatuvlar berishda yozma belgilar va hujjatlardan foydalanish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish huquqiga ega. |
Guvoh: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; ish boʻyicha oʻziga maʼlum hamma narsa haqida haqqoniy soʻzlab berishi; berilgan savollarga javob qaytarishi; ish boʻyicha oʻziga maʼlum boʻlgan holatlarni soʻroq qiluvchining ruxsatisiz oshkor etmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. | Guvoh: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; ish boʻyicha oʻziga maʼlum hamma narsa haqida haqqoniy soʻzlab berishi; berilgan savollarga javob qaytarishi; ish boʻyicha oʻziga maʼlum boʻlgan holatlarni soʻroq qiluvchining ruxsatisiz oshkor etmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. |
Guvoh uzrsiz sababga koʻra kelmagan taqdirda ushbu Kodeksning 261 — 264-moddalarida nazarda tutilgan tartibda majburiy ravishda olib kelinishi mumkin. | Guvoh uzrsiz sababga koʻra kelmagan taqdirda ushbu Kodeksning 261 — 264-moddalarida nazarda tutilgan tartibda majburiy ravishda olib kelinishi mumkin. |
Guvoh koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik, shuningdek bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar boʻladi. | Guvoh koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik, shuningdek bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar boʻladi. |
661-modda. Guvohning advokati | 661-modda. Guvohning advokati |
Guvohning advokati belgilangan tartibda guvohning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda unga zarur yuridik yordam koʻrsatish vakolatiga ega boʻlgan shaxsdir. | Guvohning advokati belgilangan tartibda guvohning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda unga zarur yuridik yordam koʻrsatish vakolatiga ega boʻlgan shaxsdir. |
Jinoyat ishida taraflar manfaatini himoya qilayotgan shaxs mazkur ish boʻyicha guvohning advokati boʻlishi mumkin emas. | Jinoyat ishida taraflar manfaatini himoya qilayotgan shaxs mazkur ish boʻyicha guvohning advokati boʻlishi mumkin emas. |
Guvohning advokati ishda ishtirok etishga u advokatlik guvohnomasini koʻrsatganidan va orderni taqdim etganidan soʻng, guvoh chaqirilgan paytdan eʼtiboran qoʻyiladi. | Guvohning advokati ishda ishtirok etishga u advokatlik guvohnomasini koʻrsatganidan va orderni taqdim etganidan soʻng, guvoh chaqirilgan paytdan eʼtiboran qoʻyiladi. |
Guvohning advokati: huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilayotgan shaxsning qaysi jinoyat ishi boʻyicha chaqirilganligini bilish; guvohning soʻroq qilinishida, shuningdek u ishtiroki bilan oʻtkazilayotgan boshqa tergov harakatlarida ishtirok etish, unga qisqa maslahatlar berish; soʻroq qilayotgan shaxsning ruxsati bilan guvohga savollar berish; guvohni soʻroq qilishda ishtirok etayotgan tarjimonni rad qilish haqida qonunda belgilangan tartibda arz qilish; soʻroq tugaganidan soʻng guvohning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi, soʻroq bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan arzlarini bayon etish huquqiga ega. | Guvohning advokati: huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilayotgan shaxsning qaysi jinoyat ishi boʻyicha chaqirilganligini bilish; guvohning soʻroq qilinishida, shuningdek u ishtiroki bilan oʻtkazilayotgan boshqa tergov harakatlarida ishtirok etish, unga qisqa maslahatlar berish; soʻroq qilayotgan shaxsning ruxsati bilan guvohga savollar berish; guvohni soʻroq qilishda ishtirok etayotgan tarjimonni rad qilish haqida qonunda belgilangan tartibda arz qilish; soʻroq tugaganidan soʻng guvohning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi, soʻroq bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan arzlarini bayon etish huquqiga ega. |
Guvohning advokati: guvohga zarur yuridik yordam koʻrsatishi; dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va boshqa qonunga xilof harakatlar orqali haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilmasligi; ishni tergov qilishda va sud majlisi vaqtida tartibga rioya qilishi shart. | Guvohning advokati: guvohga zarur yuridik yordam koʻrsatishi; dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va boshqa qonunga xilof harakatlar orqali haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilmasligi; ishni tergov qilishda va sud majlisi vaqtida tartibga rioya qilishi shart. |
662-modda. Voyaga yetmagan guvohning qonuniy vakili Guvoh voyaga yetmagan shaxs boʻlgan hollarda, uning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun guvohning qonuniy vakili ishda ishtirok etishga jalb qilinadi. Ishda qonuniy vakil sifatida ota-ona, farzandlikka olgan shaxs, vasiylar, homiylar, vasiylik va homiylik organining vakillari ishtirok etishi mumkin. Voyaga yetmagan guvohning qonuniy vakili ishda oʻzi vakillik qilayotgan shaxs bilan birga ishtirok etadi. Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilganligi haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Guvohning manfaatlari bilan qonuniy vakilning manfaatlari oʻzaro mos kelmagan taqdirda, qaror yoxud ajrim bilan boshqa qonuniy vakil yoki advokat jalb qilinadi. Voyaga yetmagan guvohning qonuniy vakili ushbu Kodeksda qonuniy vakil uchun nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarga ega boʻladi. | |
67-modda. Ekspert | 67-modda. Ekspert |
Xulosa berish uchun zarur fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega boʻlgan har qanday jismoniy shaxs ekspert sifatida chaqirilishi mumkin. | Xulosa berish uchun zarur fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega boʻlgan har qanday jismoniy shaxs ekspert sifatida chaqirilishi mumkin. |
Ekspert chaqirish, ekspertiza tayinlash va oʻtkazish ushbu Kodeksning 172 — 187-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. | Ekspert chaqirish, ekspertiza tayinlash va oʻtkazish ushbu Kodeksning 172 — 187-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. |
68-modda. Ekspertning huquq va majburiyatlari | 68-modda. Ekspertning huquq va majburiyatlari |
Ekspert: ekspertiza predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur maʼlumotlarni yozib olish yoki koʻchirma nusxalar olish; ekspertizani oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; tergov harakatlari oʻtkazilayotganda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruxsati bilan hozir boʻlish hamda shu tergov harakatlarida ishtirok etuvchi shaxslarga ekspertiza predmetiga oid savollar berish; sud muhokamasida ekspertiza predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish va soʻroq qilinayotgan shaxslarga sudning ruxsati bilan savollar berish; ashyoviy dalillar va hujjatlarni koʻzdan kechirish; oʻz xulosasida nafaqat oʻzining oldiga qoʻyilgan savollar boʻyicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʻyicha ham fikrlarini bayon etish; uning xulosasi yoki koʻrsatuvlari protsess ishtirokchilari tomonidan notoʻgʻri talqin qilinganligi xususida tergov harakati yoki sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan bayonotlar berish; agar u ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʻz ona tilida xulosa taqdim etish va koʻrsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ishni yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan boʻlsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan shikoyatlar qilish huquqiga egadir. | Ekspert: ekspertiza predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur maʼlumotlarni yozib olish yoki koʻchirma nusxalar olish; ekspertizani oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; tergov harakatlari oʻtkazilayotganda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruxsati bilan hozir boʻlish hamda shu tergov harakatlarida ishtirok etuvchi shaxslarga ekspertiza predmetiga oid savollar berish; sud muhokamasida ekspertiza predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish va soʻroq qilinayotgan shaxslarga sudning ruxsati bilan savollar berish; dalillar va hujjatlarni koʻzdan kechirish; oʻz xulosasida nafaqat oʻzining oldiga qoʻyilgan savollar boʻyicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʻyicha ham fikrlarini bayon etish; uning xulosasi yoki koʻrsatuvlari protsess ishtirokchilari tomonidan notoʻgʻri talqin qilinganligi xususida tergov harakati yoki sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan bayonotlar berish; agar u ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʻz ona tilida xulosa taqdim etish va koʻrsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ishni yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan boʻlsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan shikoyatlar qilish huquqiga egadir. |
Ekspert: ushbu Kodeksning 76 va 78-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda oʻzini oʻzi rad etishi haqida darhol arz qilishi; oʻziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va toʻliq tekshirishdan oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning chaqiruviga binoan surishtiruvda, dastlabki tergovda yoki sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun kelishi; oʻzi oʻtkazgan ekspertiza xususida koʻrsatuvlar berishi va oʻzi bergan xulosani tushuntirish uchun qoʻshimcha savollarga javob berishi; ekspertizani oʻtkazishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining saqlanishini taʼminlashi; ish tergov qilinayotganda va sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart. | Ekspert: ushbu Kodeksning 76 va 78-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda oʻzini oʻzi rad etishi haqida darhol arz qilishi; oʻziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va toʻliq tekshirishdan oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning chaqiruviga binoan surishtiruvda, dastlabki tergovda yoki sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun kelishi; oʻzi oʻtkazgan ekspertiza xususida koʻrsatuvlar berishi va oʻzi bergan xulosani tushuntirish uchun qoʻshimcha savollarga javob berishi; ekspertizani oʻtkazishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining saqlanishini taʼminlashi; ish tergov qilinayotganda va sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart. |
Ekspert uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan taqdirda qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishi mumkin. | Ekspert uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan taqdirda qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishi mumkin. |
Ekspert bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek uzrsiz sabablarga koʻra xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgar boʻladi. | Ekspert bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini surishtiruvchining, tergovchining yoxud prokurorning ruxsatisiz, yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini esa sudning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek uzrsiz sabablarga koʻra xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgar boʻladi. |
69-modda. Mutaxassis | 69-modda. Mutaxassis |
Tergov va sud muhokamasini oʻtkazishda dalillarni topish va mustahkamlashda surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga yordam berish uchun mutaxassis chaqiriladi. Mutaxassis sifatida shifokor, pedagog hamda zarur bilim va malakaga ega boʻlgan boshqa shaxslar chaqirilishi mumkin. | Tergov va sud muhokamasini oʻtkazishda dalillarni topish va mustahkamlashda surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga yordam berish uchun mutaxassis chaqiriladi. Mutaxassis sifatida shifokor, pedagog hamda zarur bilim va malakaga ega boʻlgan boshqa shaxslar chaqirilishi mumkin. |
Himoyachining iltimosnomasiga koʻra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan mutaxassis tushuntirish berish uchun chaqirilishi mumkin. | Himoyachining iltimosnomasiga koʻra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan mutaxassis tushuntirish berish uchun chaqirilishi mumkin. |
Tergov va sud muhokamasini oʻtkazishda ilmiy-texnika vositalarini (magnitofon, videomagnitofon, kinoga olish apparatlari va boshqa apparatlarni) qoʻllash uchun mutaxassis chaqirilishi mumkin. | Tergov va sud muhokamasini oʻtkazishda ilmiy-texnika vositalarini (magnitofon, videomagnitofon, kinoga olish apparatlari va boshqa apparatlarni) qoʻllash uchun mutaxassis chaqirilishi mumkin. |
Tergov va sud muhokamasiga mutaxassis chaqirish hamda uning ishtirok etishi tartibi ushbu Kodeksning 91, 92, 136 — 138, 146, 147, 149, 151, 156-moddalarida, 221-bobida va 193-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. | Tergov va sud muhokamasiga mutaxassis chaqirish hamda uning ishtirok etishi tartibi ushbu Kodeksning 91, 92, 136 — 138, 146, 147, 149, 151, 156-moddalarida, 221-bobida va 193-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. |
70-modda. Mutaxassisning huquq va majburiyatlari | 70-modda. Mutaxassisning huquq va majburiyatlari |
Mutaxassis: oʻzining qanday maqsadda chaqirilganligini bilish; basharti tegishli bilimlarga ega boʻlmasa, ish yuritishda ishtirok etishdan bosh tortish; oʻzi ishtirok etayotgan protsessual harakatlarga oid ish materiallari bilan tanishish; oʻzi ishtirok etayotgan protsessual harakatlarga aloqador arz va mulohazalar bildirish; tergov harakatlari va sud muhokamasida ishtirok etayotgan shaxslarga surishtiruvchining, tergovchining, prokuror va sudning ruxsati bilan savollar berish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari ustidan shikoyatlar keltirish huquqiga egadir. | Mutaxassis: oʻzining qanday maqsadda chaqirilganligini bilish; basharti tegishli bilimlarga ega boʻlmasa, ish yuritishda ishtirok etishdan bosh tortish; oʻzi ishtirok etayotgan protsessual harakatlarga oid ish materiallari bilan tanishish; oʻzi ishtirok etayotgan protsessual harakatlarga aloqador arz va mulohazalar bildirish; tergov harakatlari va sud muhokamasida ishtirok etayotgan shaxslarga surishtiruvchining, tergovchining, prokuror va sudning ruxsati bilan savollar berish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari ustidan shikoyatlar keltirish huquqiga egadir. |
Mutaxassis: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; tergov harakatlari va sud muhokamasini yuritishda dalillarni topish va mustahkamlash uchun ilmiy-texnika vositalari, maxsus bilim va malakasidan foydalangan holda ishtirok etishi; ish boʻyicha haqiqatni aniqlash uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning eʼtiborini qaratishi; oʻzi bajarayotgan harakatlar boʻyicha tushuntirishlar berishi; jinoyatning kelib chiqish sabablarini, sodir qilinishiga imkon bergan sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqishda surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga yordam berishi; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini oshkor etmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. | Mutaxassis: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; tergov harakatlari va sud muhokamasini yuritishda dalillarni topish va mustahkamlash uchun ilmiy-texnika vositalari, maxsus bilim va malakasidan foydalangan holda ishtirok etishi; ish boʻyicha haqiqatni aniqlash uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning eʼtiborini qaratishi; oʻzi bajarayotgan harakatlar boʻyicha tushuntirishlar berishi; jinoyatning kelib chiqish sabablarini, sodir qilinishiga imkon bergan sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqishda surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga yordam berishi; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini, shuningdek yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor etmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. |
71-modda. Tarjimon | 71-modda. Tarjimon |
Tarjimon quyidagi hollarda chaqiriladi: | Tarjimon quyidagi hollarda chaqiriladi: |
1) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar yoxud ularning vakillari, guvoh, ekspert, mutaxassis ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarli darajada bilmasa yoinki kar yoki soqov boʻlsa; | 1) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar yoxud ularning vakillari, guvoh, ekspert, mutaxassis ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarli darajada bilmasa yoinki kar yoki soqov boʻlsa; |
2) biror matnni boshqa tildan tarjima qilishga zarurat boʻlsa. | 2) biror matnni boshqa tildan tarjima qilishga zarurat boʻlsa. |
Tarjimonga tegishli qoidalar ish yuritishda ishtirok etish uchun taklif qilingan, kar yoki soqovning imo-ishoralarini tushunadigan shaxsga nisbatan ham qoʻllaniladi. | Tarjimonga tegishli qoidalar ish yuritishda ishtirok etish uchun taklif qilingan, kar yoki soqovning imo-ishoralarini tushunadigan shaxsga nisbatan ham qoʻllaniladi. |
72-modda. Tarjimonning huquq va majburiyatlari | 72-modda. Tarjimonning huquq va majburiyatlari |
Tarjimon: tarjimani aniqlashtirish maqsadida protsess ishtirokchilariga savollar berish; oʻzi qatnashgan tergov harakatlari bayonnomasi, shuningdek sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish hamda bayonnomaga kiritilishi lozim boʻlgan mulohazalar bildirish; basharti tarjima qilish uchun zarur bilim va malakaga ega boʻlmasa, ish yuritishda ishtirok etishdan voz kechish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat keltirish huquqiga egadir. | Tarjimon: tarjimani aniqlashtirish maqsadida protsess ishtirokchilariga savollar berish; oʻzi qatnashgan tergov harakatlari bayonnomasi, shuningdek sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish hamda bayonnomaga kiritilishi lozim boʻlgan mulohazalar bildirish; basharti tarjima qilish uchun zarur bilim va malakaga ega boʻlmasa, ish yuritishda ishtirok etishdan voz kechish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat keltirish huquqiga egadir. |
Tarjimon: surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning, sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; oʻziga topshirilgan tarjimani aniq va toʻliq bajarishi; tarjimaning toʻgʻriligini oʻzining ishtirokida oʻtkazilgan tergov harakati bayonnomasi va sud majlisining bayonnomasiga, shuningdek protsess ishtirokchilariga ularning ona tiliga yoki ular biladigan boshqa tilga tarjima qilib topshiriladigan protsessual hujjatlarga imzo chekish bilan tasdiqlashi; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini oshkor qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. | Tarjimon: surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning, sudning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; oʻziga topshirilgan tarjimani aniq va toʻliq bajarishi; tarjimaning toʻgʻriligini oʻzining ishtirokida oʻtkazilgan tergov harakati bayonnomasi va sud majlisining bayonnomasiga, shuningdek protsess ishtirokchilariga ularning ona tiliga yoki ular biladigan boshqa tilga tarjima qilib topshiriladigan protsessual hujjatlarga imzo chekish bilan tasdiqlashi; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini, shuningdek yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. |
Tarjimon bila turib notoʻgʻri tarjima qilgan taqdirda qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi. | Tarjimon bila turib notoʻgʻri tarjima qilgan taqdirda qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi. |
73-modda. Xolislar | 73-modda. Xolislar |
Xolislar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan tergov yoki boshqa harakatlar oʻtkazilganini, uni oʻtkazish jarayoni va natijalarini tasdiqlash uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda chaqiriladi. | Xolislar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan tergov yoki boshqa harakatlar oʻtkazilganini, uni oʻtkazish jarayoni va natijalarini tasdiqlash uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda chaqiriladi. |
Tergov harakatlarini yuritishda ishtirok etish uchun ishning oqibatidan manfaatdor boʻlmagan, kamida ikki nafar voyaga yetgan fuqaro chaqirilishi lozim. Tergov harakatini boshlashdan oldin surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror xolislarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi. | Tergov harakatlarini yuritishda ishtirok etish uchun ishning oqibatidan manfaatdor boʻlmagan, kamida ikki nafar voyaga yetgan fuqaro chaqirilishi lozim. Tergov harakatini boshlashdan oldin surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror xolislarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi. |
74-modda. Xolislarning huquq va majburiyatlari | 74-modda. Xolislarning huquq va majburiyatlari |
Xolis: tergov harakatida ishtirok etish; tergov harakati boʻyicha bayonnomaga kiritilishi lozim boʻlgan arz va mulohazalar berish; oʻzi ishtirok etgan tergov harakatining bayonnomasi bilan tanishish; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat keltirish huquqiga egadir. | Xolis: tergov harakatida ishtirok etish; tergov harakati boʻyicha bayonnomaga kiritilishi lozim boʻlgan arz va mulohazalar berish; oʻzi ishtirok etgan tergov harakatining bayonnomasi bilan tanishish; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat keltirish huquqiga egadir. |
Xolis: surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; tergov harakatini yuritishda ishtirok etishi; tergov harakati oʻtkazilgani, uni oʻtkazish jarayoni va natijalarini tergov harakati bayonnomasida imzo chekib tasdiqlashi; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini oshkor qilmasligi shart. | Xolis: surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning chaqiruviga binoan hozir boʻlishi; tergov harakatini yuritishda ishtirok etishi; tergov harakati oʻtkazilgani, uni oʻtkazish jarayoni va natijalarini tergov harakati bayonnomasida imzo chekib tasdiqlashi; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini oshkor qilmasligi shart. |
Xolis uzrsiz sababga koʻra oʻz vazifasini bajarishdan bosh tortganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi. | Xolis uzrsiz sababga koʻra oʻz vazifasini bajarishdan bosh tortganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi. |
Xolis oʻzi ishtirok etgan tergov harakatini yuritish bilan bogʻliq holatlar boʻyicha guvoh tariqasida soʻroq qilinishi mumkin. U bunday hollarda ushbu Kodeksning 66-moddasida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi. | Xolis oʻzi ishtirok etgan tergov harakatini yuritish bilan bogʻliq holatlar boʻyicha guvoh tariqasida soʻroq qilinishi mumkin. U bunday hollarda ushbu Kodeksning 66-moddasida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi. |
75-modda. Jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga va xolislarga ularning sarf-xarajatlarini toʻlash | 75-modda. Jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga va xolislarga ularning sarf-xarajatlarini toʻlash |
Jabrlanuvchi yoki uning vakili, guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yoki xolis sifatida chaqirilgan shaxsning ish joyidagi oʻrtacha oylik maoshi uning surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud huzuriga chaqirilishi munosabati bilan ketgan hamma vaqt uchun saqlanadi. Ishlamaydigan shaxslarga ular kundalik mashgʻulotlari bilan shugʻullana olmaganliklari uchun haq toʻlanadi. Bundan tashqari koʻrsatilgan hamma shaxslar chaqirilish munosabati bilan qilgan sarf-xarajatlarini undirish huquqiga egadirlar. | Jabrlanuvchi yoki uning vakili, guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yoki xolis sifatida chaqirilgan shaxsning ish joyidagi oʻrtacha oylik maoshi uning surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud huzuriga chaqirilishi munosabati bilan ketgan hamma vaqt uchun saqlanadi. Ishlamaydigan shaxslarga ular kundalik mashgʻulotlari bilan shugʻullana olmaganliklari uchun haq toʻlanadi. Bundan tashqari koʻrsatilgan hamma shaxslar chaqirilish munosabati bilan qilgan sarf-xarajatlarini undirish huquqiga egadirlar. |
Ekspert, mutaxassis va tarjimon oʻz majburiyatlarini bajarganliklari uchun haq olish huquqiga ega. Ushbu majburiyatlar xizmat topshirigʻi tarzida bajarilgan hollar bundan mustasno. | Ekspert, mutaxassis va tarjimon oʻz majburiyatlarini bajarganliklari uchun haq olish huquqiga ega. Ushbu majburiyatlar xizmat topshirigʻi tarzida bajarilgan hollar bundan mustasno. |
Sarf-xarajatlar qonunda belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanadi. | Sarf-xarajatlar qonunda belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanadi. |
7-bob. JINOYAT PROTSESSIDA ISHTIROK ETISHGA MONELIK QILADIGAN HOLATLAR. RAD QILISHLAR | 7-bob. JINOYAT PROTSESSIDA ISHTIROK ETISHGA MONELIK QILADIGAN HOLATLAR. RAD QILISHLAR |
76-modda. Sudyaning, prokurorning, tergovchining, surishtiruvchining, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining va sud majlisi kotibining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar | 76-modda. Sudyaning, prokurorning, tergovchining, surishtiruvchining, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining va sud majlisi kotibining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar |
Quyidagi hollarda sudya, shuningdek xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, sud majlisining kotibi jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va uni rad qilish lozim, basharti: | Quyidagi hollarda sudya, shuningdek xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, sud majlisining kotibi jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va uni rad qilish lozim, basharti: |
1) u shu ish boʻyicha jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, guvoh, himoyachi sifatida, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining qonuniy vakili yoki jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning vakili sifatida ishtirok etayotgan yoki ilgari ishtirok etgan boʻlsa; | 1) u shu ish boʻyicha jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, guvoh, himoyachi sifatida, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining qonuniy vakili yoki jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning vakili sifatida ishtirok etayotgan yoki ilgari ishtirok etgan boʻlsa; |
2) u ushbu ishni yuritish uchun masʼul boʻlgan biror mansabdor shaxsning yoki ushbu modda birinchi qismining 1-bandida koʻrsatilgan oʻzga shaxslarning qarindoshi boʻlsa; | 2) u ushbu ishni yuritish uchun masʼul boʻlgan biror mansabdor shaxsning yoki ushbu modda birinchi qismining 1-bandida koʻrsatilgan oʻzga shaxslarning qarindoshi boʻlsa; |
3) uning xolisligiga va begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa. | 3) uning xolisligiga va begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa. |
Sudya ilgari shu ishni yuritishda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud majlisining kotibi sifatida ishtirok etgan boʻlsa, oʻsha ishni kelgusida koʻrishda qatnasha olmaydi. | Sudya ilgari shu ishni yuritishda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud majlisining kotibi sifatida ishtirok etgan boʻlsa, oʻsha ishni kelgusida koʻrishda qatnasha olmaydi. |
Birinchi, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrishda ishtirok etgan sudya oʻz ishtirokida chiqarilgan hukm, ajrim bekor qilinganidan keyin oʻsha ishni koʻrishda ishtirok eta olmaydi. Jinoyat ishini birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok eta olmaydi. Jinoyat ishini apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok eta olmaydi. Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrishda yoxud ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrishda ishtirok eta olmaydi. | Birinchi, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudida ishni koʻrishda ishtirok etgan sudya oʻz ishtirokida chiqarilgan hukm, ajrim bekor qilinganidan keyin oʻsha ishni koʻrishda ishtirok eta olmaydi. Jinoyat ishini birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok eta olmaydi. Jinoyat ishini apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok eta olmaydi. Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas. Jinoyat ishini taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya ushbu jinoyat ishini birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda, shuningdek ishni yuqori instansiya sudida taftish tartibida qayta koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas. |
Surishtiruvchining, tergovchining, shuningdek sud majlisi kotibining oʻz protsessual majburiyatlarini bajarishi ularning shu ish boʻyicha tegishincha surishtiruvni, dastlabki tergovni yuritishda takroran ishtirok etishi, shuningdek sud majlisi bayonnomasini yuritishi uchun monelik qilmaydi. | Surishtiruvchining, tergovchining, shuningdek sud majlisi kotibining oʻz protsessual majburiyatlarini bajarishi ularning shu ish boʻyicha tegishincha surishtiruvni, dastlabki tergovni yuritishda takroran ishtirok etishi, shuningdek sud majlisi bayonnomasini yuritishi uchun monelik qilmaydi. |
77-modda. Jamoat birlashmasi yoki jamoa vakilining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar | 77-modda. Jamoat birlashmasi yoki jamoa vakilining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar |
Jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi va jamoat birlashmasi yoki jamoaning boshqa vakillari ushbu Kodeksning 76-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda ishda ishtirok etishga haqli emaslar va rad qilinishlari lozim. | Jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi va jamoat birlashmasi yoki jamoaning boshqa vakillari ushbu Kodeksning 76-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda ishda ishtirok etishga haqli emaslar va rad qilinishlari lozim. |
78-modda. Ekspertning, mutaxassisning, tarjimonning, xolisning ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar | 78-modda. Ekspertning, mutaxassisning, tarjimonning, xolisning ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar |
Ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis ushbu Kodeksning 76-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek ishda ishtirok etayotgan shaxslardan birortasiga xizmat yuzasidan yoki boshqa jihatdan tobe boʻlsa, jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va rad qilinishi lozim. | Ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis ushbu Kodeksning 76-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek ishda ishtirok etayotgan shaxslardan birortasiga xizmat yuzasidan yoki boshqa jihatdan tobe boʻlsa, jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va rad qilinishi lozim. |
Bundan tashqari, basharti ekspert, mutaxassis, tarjimonning oʻz kasbiga noloyiqligi ayon boʻlib qolsa, xolislar esa, ichki ishlar organi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura, adliya yoki sud xodimi boʻlsalar, rad qilinishlari lozim. | Bundan tashqari, basharti ekspert, mutaxassis, tarjimonning oʻz kasbiga noloyiqligi ayon boʻlib qolsa, xolislar esa, ichki ishlar organi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura, adliya yoki sud xodimi boʻlsalar, rad qilinishlari lozim. |
Materiallari ishning qoʻzgʻatilishiga asos boʻlgan taftish yoki oʻzga idoraviy tekshiruv oʻtkazgan shaxs ushbu ishda ekspert yoki mutaxassis sifatida ishtirok etishga haqli emas. | Materiallari ishning qoʻzgʻatilishiga asos boʻlgan taftish yoki oʻzga idoraviy tekshiruv oʻtkazgan shaxs ushbu ishda ekspert yoki mutaxassis sifatida ishtirok etishga haqli emas. |
Ishda mutaxassis sifatida ishtirok etgan shaxs kelgusida ushbu ish boʻyicha ekspert qilib tayinlanishi mumkin. | Ishda mutaxassis sifatida ishtirok etgan shaxs kelgusida ushbu ish boʻyicha ekspert qilib tayinlanishi mumkin. |
79-modda. Himoyachining, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgar vakilining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar | 79-modda. Himoyachining, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgar vakilining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar |
Himoyachi, shuningdek jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning yoki fuqaroviy javobgarning vakili quyidagi hollarda jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas, basharti u: | Himoyachi, shuningdek jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning yoki fuqaroviy javobgarning vakili quyidagi hollarda jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas, basharti u: |
1) ilgari shu ish boʻyicha sudya, xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, sud majlisining kotibi, guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yoki xolis sifatida ishtirok etgan boʻlsa; | 1) ilgari shu ish boʻyicha sudya, xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, sud majlisining kotibi, guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yoki xolis sifatida ishtirok etgan boʻlsa; |
2) ushbu ishning tergovida yoki sudda koʻrilishida ishtirok etgan yoxud ishtirok etayotgan sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi yoki sud majlisining kotibi bilan qarindoshlik munosabatida boʻlsa yoxud yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida u bilan bitim tuzgan protsess ishtirokchisining manfaatlariga manfaati qarama-qarshi boʻlgan shaxs bilan qarindoshlik munosabatida boʻlsa; | 2) ushbu ishning tergovida yoki sudda koʻrilishida ishtirok etgan yoxud ishtirok etayotgan sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi yoki sud majlisining kotibi bilan qarindoshlik munosabatida boʻlsa yoxud yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida u bilan bitim tuzgan protsess ishtirokchisining manfaatlariga manfaati qarama-qarshi boʻlgan shaxs bilan qarindoshlik munosabatida boʻlsa; |
3) sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi lavozimida boʻlsa, quyidagi hollar bundan mustasno: basharti u muomalaga layoqatsiz shaxslarning vakili boʻlsa yoki oʻzi ishlaydigan va fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etilgan yoki fuqaroviy javobgar tariqasida ishga jalb qilingan muassasaning vakili sifatida qatnashsa; | 3) sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi lavozimida boʻlsa, quyidagi hollar bundan mustasno: basharti u muomalaga layoqatsiz shaxslarning vakili boʻlsa yoki oʻzi ishlaydigan va fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etilgan yoki fuqaroviy javobgar tariqasida ishga jalb qilingan muassasaning vakili sifatida qatnashsa; |
4) oʻz himoyasidagi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki oʻzi vakillik qilayotgan jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning manfaatlariga manfaati qarama-qarshi boʻlgan shaxsga yuridik yordam koʻrsatayotgan yoki muqaddam shunday yordam koʻrsatgan boʻlsa. | 4) oʻz himoyasidagi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki oʻzi vakillik qilayotgan jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning manfaatlariga manfaati qarama-qarshi boʻlgan shaxsga yuridik yordam koʻrsatayotgan yoki muqaddam shunday yordam koʻrsatgan boʻlsa. |
80-modda. Rad qilish va oʻzini oʻzi rad etish hamda ularni hal qilish tartibi | 80-modda. Rad qilish va oʻzini oʻzi rad etish hamda ularni hal qilish tartibi |
Ushbu Kodeksning 76 — 79-moddalarida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda sudya, xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, sud majlisining kotibi, jamoat birlashmasining yoki jamoaning vakili, himoyachi, jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning yoki fuqaroviy javobgarning vakili, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis oʻzini oʻzi rad etishi shart. Agar oʻzlari bunday qilmasalar, ular shu asosga koʻra gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, himoyachi tomonidan, sud majlisida esa, bundan tashqari davlat ayblovchisi, jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakili tomonidan rad qilinishi mumkin. | Ushbu Kodeksning 76 — 79-moddalarida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda sudya, xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, sud majlisining kotibi, jamoat birlashmasining yoki jamoaning vakili, himoyachi, jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning yoki fuqaroviy javobgarning vakili, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis oʻzini oʻzi rad etishi shart. Agar oʻzlari bunday qilmasalar, ular shu asosga koʻra gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, himoyachi tomonidan, sud majlisida esa, bundan tashqari davlat ayblovchisi, jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakili tomonidan rad qilinishi mumkin. |
Ishni tergov qilish chogʻida rad etish masalasi prokuror, tergovchi, surishtiruvchi tomonidan, sud majlisida esa, sud tomonidan ham qoʻyilishi mumkin. | Ishni tergov qilish chogʻida rad etish masalasi prokuror, tergovchi, surishtiruvchi tomonidan, sud majlisida esa, sud tomonidan ham qoʻyilishi mumkin. |
Rad qilish haqidagi arz asoslantirilgan boʻlishi kerak. | Rad qilish haqidagi arz asoslantirilgan boʻlishi kerak. |
Rad qilingan shaxs rad etish haqidagi masala koʻrilguniga qadar tushuntirish berishga haqli. | Rad qilingan shaxs rad etish haqidagi masala koʻrilguniga qadar tushuntirish berishga haqli. |
Sudyani rad qilish masalasi qolgan sudyalar tomonidan rad qilingan shaxsning ishtirokisiz koʻrib chiqiladi. Ovozlar teng boʻlinganda sudya rad qilingan hisoblanadi. Koʻpchilik sudyalarni yoki sudning butkul tarkibini yoxud sud majlisining kotibini rad qilish haqidagi masala toʻla tarkibdagi sud tomonidan oddiy koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi. Ishni yakka oʻzi koʻrayotgan sudyani rad qilish masalasini uning oʻzi hal qiladi. | Sudyani rad qilish masalasi qolgan sudyalar tomonidan rad qilingan shaxsning ishtirokisiz koʻrib chiqiladi. Ovozlar teng boʻlinganda sudya rad qilingan hisoblanadi. Koʻpchilik sudyalarni yoki sudning butkul tarkibini yoxud sud majlisining kotibini rad qilish haqidagi masala toʻla tarkibdagi sud tomonidan oddiy koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi. Ishni yakka oʻzi koʻrayotgan sudyani rad qilish masalasini uning oʻzi hal qiladi. |
Prokurorni rad qilish masalasi ishni tergov qilish chogʻida yuqori turuvchi prokuror tomonidan, sud majlisida esa, ishni koʻrayotgan sud tomonidan hal etiladi. | Prokurorni rad qilish masalasi ishni tergov qilish chogʻida yuqori turuvchi prokuror tomonidan, sud majlisida esa, ishni koʻrayotgan sud tomonidan hal etiladi. |
Jamoat birlashmasi yoki jamoa vakilini rad qilish masalasi ishni koʻrayotgan sud tomonidan hal etiladi. | Jamoat birlashmasi yoki jamoa vakilini rad qilish masalasi ishni koʻrayotgan sud tomonidan hal etiladi. |
Surishtiruvchi yoki tergovchini rad qilish masalasi surishtiruv va dastlabki tergov ustidan nazorat olib boruvchi prokuror tomonidan hal etiladi. | Surishtiruvchi yoki tergovchini rad qilish masalasi surishtiruv va dastlabki tergov ustidan nazorat olib boruvchi prokuror tomonidan hal etiladi. |
Ekspertni, mutaxassisni, tarjimonni, himoyachini, jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning vakillarini rad qilish masalasi ishni tergov qilish chogʻida surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan, sud majlisida esa, ishni koʻrayotgan sud tomonidan hal etiladi. | Ekspertni, mutaxassisni, tarjimonni, himoyachini, jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning vakillarini rad qilish masalasi ishni tergov qilish chogʻida surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan, sud majlisida esa, ishni koʻrayotgan sud tomonidan hal etiladi. |
Xolisni rad qilish masalasi surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan hal etiladi. | Xolisni rad qilish masalasi surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan hal etiladi. |
Ishni tergov qilish chogʻida qoʻyilgan rad qilish masalasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan yigirma toʻrt soat ichida hal etiladi. Rad qilish sud majlisida qoʻyilgan boʻlsa, bu masala shu majlisda darhol hal etiladi. | Ishni tergov qilish chogʻida qoʻyilgan rad qilish masalasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan yigirma toʻrt soat ichida hal etiladi. Rad qilish sud majlisida qoʻyilgan boʻlsa, bu masala shu majlisda darhol hal etiladi. |
Rad qilishni qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslik haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. | Rad qilishni qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslik haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. |
Agar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi ushbu Kodeksning 76, 79-moddalarida koʻrsatilgan holatlar mavjudligi sababli oʻzini oʻzi rad etmasa, uni rad qilish masalasi manfaatdor shaxslarning arizalariga koʻra tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshligʻi yoki prokuror tomonidan hal qilinadi. Rad qilishni qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslik haqida qaror chiqariladi. | Agar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi ushbu Kodeksning 76, 79-moddalarida koʻrsatilgan holatlar mavjudligi sababli oʻzini oʻzi rad etmasa, uni rad qilish masalasi manfaatdor shaxslarning arizalariga koʻra tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshligʻi yoki prokuror tomonidan hal qilinadi. Rad qilishni qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslik haqida qaror chiqariladi. |
UCHINCHI BOʻLIM DALILLAR VA ISBOT QILINISHI LOZIM BOʻLGAN HOLATLAR | UCHINCHI BOʻLIM DALILLAR VA ISBOT QILINISHI LOZIM BOʻLGAN HOLATLAR |
8-bob. DALILLAR | 8-bob. DALILLAR |
81-modda. Dalillarning turlari | 81-modda. Dalillarning turlari |
Ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan-bermaganligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligini va ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni surishtiruvchining, tergovchining va sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos boʻladigan har qanday haqiqiy maʼlumotlar jinoyat ishi boʻyicha dalil hisoblanadi. | Ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan-bermaganligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligini va ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni surishtiruvchining, tergovchining va sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos boʻladigan har qanday faktik maʼlumotlar jinoyat ishi boʻyicha dalil hisoblanadi. |
Bu maʼlumotlar guvohning, jabrlanuvchining, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining koʻrsatuvlari, ekspertning xulosasi, ashyoviy dalillar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa hujjatlar bilan aniqlanadi. | Bu maʼlumotlar guvohning, jabrlanuvchining, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining koʻrsatuvlari, ekspertning xulosasi, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa hujjatlar bilan aniqlanadi. |
Agar tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari faqat qonun talablariga muvofiq olingan boʻlsa, ushbu Kodeks normalariga muvofiq tekshirilgan va baholanganidan keyin hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining yoki tezkor-qidiruv tadbirida ishtirok etgan boshqa shaxslarning harakatlariga bogʻliq boʻlmagan holda shaxsda jinoyat sodir etish uchun shakllangan qasd mavjud boʻlganligidan dalolat bersa, ushbu natijalar dalil sifatida tan olinishi mumkin. | Agar tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari faqat qonun talablariga muvofiq olingan boʻlsa, ushbu Kodeks normalariga muvofiq tekshirilgan va baholanganidan keyin hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining yoki tezkor-qidiruv tadbirida ishtirok etgan boshqa shaxslarning harakatlariga bogʻliq boʻlmagan holda shaxsda jinoyat sodir etish uchun shakllangan qasd mavjud boʻlganligidan dalolat bersa, ushbu natijalar dalil sifatida tan olinishi mumkin. |
82-modda. Ayblash va hukm qilish uchun asoslar | 82-modda. Ayblash va hukm qilish uchun asoslar |
Ishni ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan sudga yuborish va ayblov hukmi chiqarish uchun quyidagilar isbotlangan boʻlishi kerak: | Ishni ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan sudga yuborish va ayblov hukmi chiqarish uchun quyidagilar isbotlangan boʻlishi kerak: |
1) jinoyat obyekti; jinoyat tufayli yetkazilgan ziyonning xususiyati va miqdori, jabrlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar; | 1) jinoyat obyekti; jinoyat tufayli yetkazilgan ziyonning xususiyati va miqdori, jabrlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar; |
2) sodir etilgan jinoyatning vaqti, joyi, usuli, shuningdek Jinoyat kodeksida koʻrsatib oʻtilgan boshqa holatlari; qilmish va roʻy bergan ijtimoiy xavfli oqibatlar oʻrtasidagi sababiy bogʻlanish; | 2) sodir etilgan jinoyatning vaqti, joyi, usuli, shuningdek Jinoyat kodeksida koʻrsatib oʻtilgan boshqa holatlari; qilmish va roʻy bergan ijtimoiy xavfli oqibatlar oʻrtasidagi sababiy bogʻlanish; |
3) jinoyatning ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi; | 3) jinoyatning ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi; |
4) jinoyat toʻgʻri yoki egri qasd bilan yoxud beparvolik yoki oʻz-oʻziga ishonish oqibatida sodir etilganligi, jinoyatning sabablari va maqsadlari; | 4) jinoyat toʻgʻri yoki egri qasd bilan yoxud beparvolik yoki oʻz-oʻziga ishonish oqibatida sodir etilganligi, jinoyatning sabablari va maqsadlari; |
5) ayblanuvchining, sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar. | 5) ayblanuvchining, sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar. |
83-modda. Reabilitatsiya uchun asoslar | 83-modda. Reabilitatsiya uchun asoslar |
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi quyidagi hollarda aybsiz deb topiladi va reabilitatsiya etilishi lozim: | Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi quyidagi hollarda aybsiz deb topiladi va reabilitatsiya etilishi lozim: |
1) ish qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari yoki sud muhokamasi oʻtkazilgan ish boʻyicha jinoiy hodisa yuz bermagan boʻlsa; | 1) ish qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari yoki sud muhokamasi oʻtkazilgan ish boʻyicha jinoiy hodisa yuz bermagan boʻlsa; |
2) uning qilmishida jinoyat tarkibi boʻlmasa; | 2) uning qilmishida jinoyat tarkibi boʻlmasa; |
3) uning sodir etilgan jinoyatga daxli boʻlmasa. | 3) uning sodir etilgan jinoyatga daxli boʻlmasa. |
84-modda. Ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asoslar | 84-modda. Ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asoslar |
Quyidagi hollarda shaxsning jinoyat sodir etilishida aybliligi toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishi tugatilishi lozim, basharti: | Quyidagi hollarda shaxsning jinoyat sodir etilishida aybliligi toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishi tugatilishi lozim, basharti: |
1) shaxsni javobgarlikka tortish muddati oʻtgan boʻlsa; | 1) shaxsni javobgarlikka tortish muddati oʻtgan boʻlsa; |
2) eʼlon qilingan amnistiya akti sodir etilgan jinoyat yoki shaxsga daxldor boʻlsa; | 2) eʼlon qilingan amnistiya akti sodir etilgan jinoyat yoki shaxsga daxldor boʻlsa; |
3) ayblanuvchi, sudlanuvchi vafot etgan boʻlsa; | 3) ayblanuvchi, sudlanuvchi vafot etgan boʻlsa; |
4) shaxsga nisbatan aynan shu ayblov boʻyicha sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi boʻlsa; | 4) shaxsga nisbatan aynan shu ayblov boʻyicha sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi boʻlsa; |
5) shaxsga nisbatan aynan shu ayblov boʻyicha ishni tugatish haqida sudning qonuniy kuchga kirgan ajrimi (qarori) yoki vakolatli mansabdor shaxsning jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish yoxud ishni tugatish haqida bekor qilinmagan qarori boʻlsa; | 5) shaxsga nisbatan aynan shu ayblov boʻyicha ishni tugatish haqida sudning qonuniy kuchga kirgan ajrimi (qarori) yoki vakolatli mansabdor shaxsning jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish yoxud ishni tugatish haqida bekor qilinmagan qarori boʻlsa; |
6) ish faqat jabrlanuvchining shikoyati bilan qoʻzgʻatiladigan hollarda uning shikoyati boʻlmasa, ushbu Kodeksning 325-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; | 6) ish faqat jabrlanuvchining shikoyati bilan qoʻzgʻatiladigan hollarda uning shikoyati boʻlmasa, ushbu Kodeksning 325-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; |
7) shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan paytda jinoiy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan yoshga toʻlmagan boʻlsa; | 7) shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan paytda jinoiy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan yoshga toʻlmagan boʻlsa; |
8) Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida shaxsning oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganligi tufayli yoxud belgilangan muddat ichida yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplanganligi va (yoki) jinoyat oqibatlari bartaraf etilganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilinishi nazarda tutilgan boʻlsa. | 8) Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida shaxsning oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganligi tufayli yoxud belgilangan muddat ichida yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplanganligi va (yoki) jinoyat oqibatlari bartaraf etilganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilinishi nazarda tutilgan boʻlsa. |
Ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, agar ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki vafot etgan ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari talab qilsa, ishni yuritish umumiy tartibda davom ettirilishi mumkin. Bunday hollarda hukm qilish uchun asoslar mavjud boʻlsa, ayblov hukmi jazo tayinlanmasdan chiqariladi. | Ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, agar ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki vafot etgan ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari talab qilsa, ishni yuritish umumiy tartibda davom ettirilishi mumkin. Bunday hollarda hukm qilish uchun asoslar mavjud boʻlsa, ayblov hukmi jazo tayinlanmasdan chiqariladi. |
Jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining oʻz harakatlari ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan darajada buzilishi yuzaga kelgan shaxs toʻgʻrisidagi jinoyat ishi ushbu Kodeksning 61-bobida belgilangan tartibda aybdorlik haqidagi masala hal qilinmasdan tugatiladi. | Jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining oʻz harakatlari ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan darajada buzilishi yuzaga kelgan shaxs toʻgʻrisidagi jinoyat ishi ushbu Kodeksning 61-bobida belgilangan tartibda aybdorlik haqidagi masala hal qilinmasdan tugatiladi. |
Jabrlanuvchi Jinoyat kodeksining 661-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan yarashgan taqdirda jinoyat ishi ushbu Kodeksning 62-bobida belgilangan tartibda sud tomonidan ayblilik haqidagi masala hal qilinmasdan tugatilishi mumkin. | Jabrlanuvchi Jinoyat kodeksining 661-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan yarashgan taqdirda jinoyat ishi ushbu Kodeksning 62-bobida belgilangan tartibda sud tomonidan ayblilik haqidagi masala hal qilinmasdan tugatilishi mumkin. |
Jinoyat ishi quyidagi hollarda shaxsning roziligi bilan uning aybliligi haqidagi masalani hal qilmay turib tugatilishi mumkin, basharti: | Jinoyat ishi quyidagi hollarda shaxsning roziligi bilan uning aybliligi haqidagi masalani hal qilmay turib tugatilishi mumkin, basharti: |
1) ishni tergov qilish yoki sudda koʻrib chiqish paytiga kelib, qilmish ijtimoiy xavflilik xususiyatini yoʻqotgan yoxud vaziyat oʻzgarishi oqibatida bu shaxs ijtimoiy jihatdan xavfli boʻlmay qolgan deb eʼtirof etilsa; | 1) ishni tergov qilish yoki sudda koʻrib chiqish paytiga kelib, qilmish ijtimoiy xavflilik xususiyatini yoʻqotgan yoxud vaziyat oʻzgarishi oqibatida bu shaxs ijtimoiy jihatdan xavfli boʻlmay qolgan deb eʼtirof etilsa; |
2) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilgan, chin koʻngildan pushaymon boʻlgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan boʻlsa; | 2) ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida arz qilgan, chin koʻngildan pushaymon boʻlgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan boʻlsa; |
3) sodir etilgan qilmishning xususiyatini, birinchi marta ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat sodir etganning shaxsini hisobga olib, materiallarni bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga qarab chiqish uchun berish maqsadga muvofiq boʻlsa. | 3) sodir etilgan qilmishning xususiyatini, birinchi marta ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat sodir etganning shaxsini hisobga olib, materiallarni bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga qarab chiqish uchun berish maqsadga muvofiq boʻlsa. |
9-bob. ISBOT QILISHNING UMUMIY SHARTLARI | 9-bob. ISBOT QILISHNING UMUMIY SHARTLARI |
85-modda. Isbot qilish | 85-modda. Isbot qilish |
Isbot qilish ishni qonuniy, asoslangan va adolatli hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashdan iboratdir. | Isbot qilish ishni qonuniy, asoslangan va adolatli hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashdan iboratdir. |
86-modda. Isbot qilish ishtirokchilari | 86-modda. Isbot qilish ishtirokchilari |
Isbot qilishni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud amalga oshiradi. | Isbot qilishni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud amalga oshiradi. |
Isbot qilishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, himoyachi, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishtirok etish huquqiga egadirlar. | Isbot qilishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, himoyachi, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishtirok etish huquqiga egadirlar. |
Isbot qilishda ishtirok etishga guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, xolislar, shuningdek boshqa fuqarolar va mansabdor shaxslar jalb etiladi. Ular ushbu Kodeksda belgilangan tartibda dalillarni toʻplash, tekshirish va baholash bilan bogʻliq huquqlarni amalga oshiradilar hamda majburiyatlarni bajaradilar. | Isbot qilishda ishtirok etishga guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, xolislar, shuningdek boshqa fuqarolar va mansabdor shaxslar jalb etiladi. Ular ushbu Kodeksda belgilangan tartibda dalillarni toʻplash, tekshirish va baholash bilan bogʻliq huquqlarni amalga oshiradilar hamda majburiyatlarni bajaradilar. |
87-modda. Dalillar toʻplash | 87-modda. Dalillar toʻplash |
Dalillar tergov va sud harakatlarini yuritish: gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini, guvohni, jabrlanuvchini, ekspertni soʻroq qilish; yuzlashtirish; tanib olish uchun koʻrsatish; koʻrsatuvni hodisa roʻy bergan joyda tekshirish; olib qoʻyish; tintuv; koʻzdan kechirish; guvohlantirish; murdani eksgumatsiya qilish; eksperiment oʻtkazish; ekspertiza tadqiqotlarini oʻtkazish uchun namunalar olish; ekspertiza va taftish tayinlash; taqdim etilgan ashyolar va hujjatlarni qabul qilish; telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish, shuningdek tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish yoʻli bilan toʻplanadi. | Dalillar tergov va sud harakatlarini yuritish: gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini, guvohni, jabrlanuvchini, ekspertni soʻroq qilish; yuzlashtirish; tanib olish uchun koʻrsatish; koʻrsatuvni hodisa roʻy bergan joyda tekshirish; olib qoʻyish; tintuv; koʻzdan kechirish; guvohlantirish; murdani eksgumatsiya qilish; eksperiment oʻtkazish; ekspertiza tadqiqotlarini oʻtkazish uchun namunalar olish; ekspertiza va taftish tayinlash; taqdim etilgan ashyolarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni qabul qilish; telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish, shuningdek tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish yoʻli bilan toʻplanadi. |
Himoyachi jinoyat ishi boʻyicha dalillarni toʻplash va taqdim etishga haqli boʻlib, ular jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyilishi, shuningdek tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov oʻtkazish va jinoyat ishini sudda koʻrish jarayonida majburiy baholanishi lozim. Ushbu dalillar: ishga taalluqli axborotga ega boʻlgan shaxslarni soʻrovdan oʻtkazish hamda ularning roziligi bilan yozma tushuntirishlar olish; davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga soʻrov yuborish hamda ulardan maʼlumotnomalar, tavsifnomalar, tushuntirishlar va boshqa hujjatlarni olish orqali toʻplanishi mumkin. | Himoyachi jinoyat ishi boʻyicha dalillarni toʻplash va taqdim etishga haqli boʻlib, ular jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyilishi, shuningdek tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov oʻtkazish va jinoyat ishini sudda koʻrish jarayonida majburiy baholanishi lozim. Ushbu dalillar: ishga taalluqli axborotga ega boʻlgan shaxslarni soʻrovdan oʻtkazish hamda ularning roziligi bilan yozma tushuntirishlar olish; davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga soʻrov yuborish hamda ulardan maʼlumotnomalar, tavsifnomalar, tushuntirishlar va boshqa hujjatlarni olish orqali toʻplanishi mumkin. |
88-modda. Isbot qilish jarayonida fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquq va qonuniy manfaatlarini qoʻriqlash | 88-modda. Isbot qilish jarayonida fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquq va qonuniy manfaatlarini qoʻriqlash |
Dalillarni toʻplash, tekshirish va baholash jarayonida fuqarolarning, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini qoʻriqlash taʼminlanishi kerak. | Dalillarni toʻplash, tekshirish va baholash jarayonida fuqarolarning, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini qoʻriqlash taʼminlanishi kerak. |
Isbot qilishda quyidagilar taqiqlanadi: | Isbot qilishda quyidagilar taqiqlanadi: |
1) shaxslarning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan yoki ularning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi xatti-harakatlar sodir etish; | 1) shaxslarning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan yoki ularning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi xatti-harakatlar sodir etish; |
2) zoʻrlik, poʻpisa qilish, aldash va qonunga xilof boshqa yoʻllar bilan koʻrsatuv, tushuntirish, xulosalar olishga, eksperimental harakatlarni bajarishga, hujjatlar yoki buyumlar tayyorlanishiga va berilishiga erishish; | 2) zoʻrlik, poʻpisa qilish, aldash va qonunga xilof boshqa yoʻllar bilan koʻrsatuv, tushuntirish, xulosalar olishga, eksperimental harakatlarni bajarishga, hujjatlar yoki buyumlar tayyorlanishiga va berilishiga erishish; |
3) tungi vaqtda, yaʼni kech soat 22-00 dan ertalab soat 6-00 gacha tergov harakatlari olib borish. Tayyorlanayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatning oldini olish, jinoyat izi yoʻqolishiga yoki gumon qilinuvchining qochib ketishiga yoʻl qoʻymaslik, eksperiment jarayonida tekshirilayotgan hodisaning holatini qaytadan tiklash zarurati boʻlgan hollar bundan mustasno. | 3) tungi vaqtda, yaʼni kech soat 22-00 dan ertalab soat 6-00 gacha tergov harakatlari olib borish. Tayyorlanayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatning oldini olish, jinoyat izi yoʻqolishiga yoki gumon qilinuvchining qochib ketishiga yoʻl qoʻymaslik, eksperiment jarayonida tekshirilayotgan hodisaning holatini qaytadan tiklash zarurati boʻlgan hollar bundan mustasno. |
4) shaxsni gʻayriqonuniy harakatlar sodir etishga undash va bunday undash oqibatida sodir etilgan jinoyat uchun uni ayblash; | 4) shaxsni gʻayriqonuniy harakatlar sodir etishga undash va bunday undash oqibatida sodir etilgan jinoyat uchun uni ayblash; |
5) shaxsni jinoyat ishiga gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, uni guvoh tariqasida soʻroq qilish, bundan ekspertiza yoki taftish oʻtkazish talab etiladigan hollar mustasno; | 5) shaxsni jinoyat ishiga gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, uni guvoh tariqasida soʻroq qilish, bundan ekspertiza yoki taftish oʻtkazish talab etiladigan hollar mustasno; |
6) shaxsga uning protsessual huquqlari tushuntirilguniga qadar undan biron-bir yozma yoki ogʻzaki koʻrsatuvlar olish; | 6) shaxsga uning protsessual huquqlari tushuntirilguniga qadar undan biron-bir yozma yoki ogʻzaki koʻrsatuvlar olish; |
7) ushlangan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini protsess ishtirokchisi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va soʻroq qilish; | 7) ushlangan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini protsess ishtirokchisi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va soʻroq qilish; |
8) mazmunan koʻrib chiqish uchun sudga yuborilgan jinoyat ishi doirasida protsess ishtirokchilarini surishtiruv va dastlabki tergov organlari xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va (yoki) soʻroq qilish, bundan ular bilan bogʻliq boʻlgan alohida ish yurituvga ajratilgan jinoyat ishi yoki sudning yozma topshirigʻi mavjud boʻlgan hollar mustasno. | 8) mazmunan koʻrib chiqish uchun sudga yuborilgan jinoyat ishi doirasida protsess ishtirokchilarini surishtiruv va dastlabki tergov organlari xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va (yoki) soʻroq qilish, bundan ular bilan bogʻliq boʻlgan alohida ish yurituvga ajratilgan jinoyat ishi yoki sudning yozma topshirigʻi mavjud boʻlgan hollar mustasno. |
Tergov yoki sud harakatlari bilan bogʻliq ishlarni bajarayotganda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va ishda mutaxassis yoki ekspert sifatida ishtirok etayotgan shifokorlardan boshqa shaxslarning oʻzga jinsdagi shaxsni yalangʻoch qilib yechintirish chogʻida hozir boʻlishlari taqiqlanadi. | Tergov yoki sud harakatlari bilan bogʻliq ishlarni bajarayotganda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va ishda mutaxassis yoki ekspert sifatida ishtirok etayotgan shifokorlardan boshqa shaxslarning oʻzga jinsdagi shaxsni yalangʻoch qilib yechintirish chogʻida hozir boʻlishlari taqiqlanadi. |
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya tergov va sud muhokamasi jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va boshqalarning shaxsiy hayotiga doir aniqlangan maʼlumotlarni oshkor qilmaslik chora-tadbirlarini koʻrishi shart. Buning uchun shunday maʼlumotlar aniqlanishi mumkin boʻlgan tergov yoki sud harakatlari olib borilayotganda ishtirok etadigan shaxslar doirasi cheklanadi, ishtirokchilar esa ularni oshkor qilganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiriladi. | Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya tergov va sud muhokamasi jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va boshqalarning shaxsiy hayotiga doir aniqlangan maʼlumotlarni oshkor qilmaslik chora-tadbirlarini koʻrishi shart. Buning uchun shunday maʼlumotlar aniqlanishi mumkin boʻlgan tergov yoki sud harakatlari olib borilayotganda ishtirok etadigan shaxslar doirasi cheklanadi, ishtirokchilar esa ularni oshkor qilganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiriladi. |
Tergov yoki sud harakatlari jarayonida olib qoʻyiladigan narsalar va hujjatlar tegishli bayonnomalarda aniq koʻrsatilishi kerak. Shu bilan birga narsa yoki hujjat egasiga bayonnoma nusxasi yoki uning koʻchirmasi topshirilib, tilxat olinadi. Ishga aloqasi boʻlmagan narsa va hujjatlar qonuniy egasiga darhol qaytarilishi kerak. Fuqarolar saqlashi taqiqlangan narsa va hujjatlar yoʻq qilinishi yoxud ularni saqlashga vakolati boʻlgan va ularni tasarruf etadigan muassasalar yoki tashkilotlarga berilishi lozim. | Tergov yoki sud harakatlari jarayonida olib qoʻyiladigan narsalar, hujjatlar va elektron maʼlumotlar tegishli bayonnomalarda aniq koʻrsatilishi kerak, bunda narsaning yoki hujjatning yoxud elektron maʼlumotlarning egasiga bayonnoma nusxasi yoki uning koʻchirmasi topshirilib, tilxat olinadi. Ishga aloqasi boʻlmagan narsalar, hujjatlar va elektron maʼlumotlar qonuniy egasiga darhol qaytarilishi kerak. Bunda, agar ishga taalluqli boʻlmagan dalillar tergov organining va (yoki) sudning tasarrufida qolgan boʻlsa, ular qayta tiklanmaydigan tarzda yoʻq qilinishi lozim. Fuqarolar saqlashi taqiqlangan narsalar, hujjatlar va elektron maʼlumotlar yoʻq qilinishi yoxud ularni saqlashga xamda tasarruf etishga vakolatli boʻlgan muassasalarga yoki tashkilotlarga berilishi lozim. |
89-modda. Davlat sirlarini qoʻriqlash | 89-modda. Davlat sirlarini qoʻriqlash |
Davlat sirlari boʻlgan hujjatlar yoki narsalarni koʻzdan kechirish, olib qoʻyish va unga doir boshqa harakatlar faqat surishtiruvchi yoki tergovchining prokuror sanksiya bergan qaroriga binoan yoxud sud ajrimiga koʻra amalga oshirilishi mumkin. | Davlat sirlari boʻlgan narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron maʼlumotlarni koʻzdan kechirish, olib qoʻyish va unga doir boshqa harakatlar faqat surishtiruvchi yoki tergovchining prokuror sanksiya bergan qaroriga binoan yoxud sud ajrimiga koʻra amalga oshirilishi mumkin. |
Prokuror yoki sud majlisida raislik qiluvchi bunday harakatlarni oʻtkazish vaqti, joyi va boshqa shartlarini shu hujjatlar yoki narsalarni saqlash uchun javobgar boʻlgan korxona, muassasa yoki tashkilot rahbari bilan kelishib oladi. | Prokuror yoki sud majlisida raislik qiluvchi bunday harakatlarni oʻtkazish vaqti, joyi va boshqa shartlarini shu narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron maʼlumotlarni saqlash uchun javobgar boʻlgan korxona, muassasa yoki tashkilot rahbari bilan kelishib oladi. |
Bunday harakatlarni yuritishda ekspert, mutaxassis, xolis sifatida faqat davlat sirlari boʻlgan hujjatlar va narsalar bilan tanishishga ruxsat berilgan shaxslar ishtirok etadilar. | Bunday harakatlarni yuritishda ekspert, mutaxassis, xolis sifatida faqat davlat sirlari boʻlgan narsalar, hujjatlar va elektron maʼlumotlar bilan tanishishga ruxsat berilgan shaxslar ishtirok etadilar. |
90-modda. Dalillarni bayonnomada qayd etish | 90-modda. Dalillarni bayonnomada qayd etish |
Maʼlumotlar va narsalardan, ular tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etilganidan keyingina dalil sifatida foydalanish mumkin. | Maʼlumotlar va narsalardan, ular tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etilganidan keyingina dalil sifatida foydalanish mumkin. |
Bayonnomalar yuritish uchun masʼuliyat surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida surishtiruvchi va tergovchi, sudda esa, raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi zimmasiga yuklatiladi. | Bayonnomalar yuritish uchun masʼuliyat surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida surishtiruvchi va tergovchi, sudda esa, raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi zimmasiga yuklatiladi. |
Bayonnomalarga: tergov yoki sud harakatining ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, bu shaxslarga ularning huquq va majburiyatlari tushuntirilgani; tergov yoki sud harakatining oʻtkazilish joyi va vaqti, shart-sharoitlari, jarayoni va natijalari, bunda topilgan moddiy obyektlar tavsifi va ularning ish uchun ahamiyatli boʻlgan belgilari; tergov harakatlari yoki sud muhokamasi ishtirokchilari tasdiqlashni soʻragan faktlar; ularning yuz berayotgan hodisa sabablari xususidagi koʻrsatuvlari, tushuntirishlari, mulohazalari; ular tomonidan berilgan iltimosnomalar, shikoyatlar, rad etishlar; tergov harakatini olib borish yoki sud muhokamasi jarayonidagi tartibbuzarlik hollari, shuningdek bu tartibbuzarliklarni bartaraf etish va oldini olish uchun koʻrilgan chora-tadbirlar kiritiladi. | Bayonnomalarga: tergov yoki sud harakatining ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, bu shaxslarga ularning huquq va majburiyatlari tushuntirilgani; tergov yoki sud harakatining oʻtkazilish joyi va vaqti, shart-sharoitlari, jarayoni va natijalari, bunda topilgan moddiy obyektlar tavsifi va ularning ish uchun ahamiyatli boʻlgan belgilari; tergov harakatlari yoki sud muhokamasi ishtirokchilari tasdiqlashni soʻragan faktlar; ularning yuz berayotgan hodisa sabablari xususidagi koʻrsatuvlari, tushuntirishlari, mulohazalari; ular tomonidan berilgan iltimosnomalar, shikoyatlar, rad etishlar; tergov harakatini olib borish yoki sud muhokamasi jarayonidagi tartibbuzarlik hollari, shuningdek bu tartibbuzarliklarni bartaraf etish va oldini olish uchun koʻrilgan chora-tadbirlar kiritiladi. |
91-modda. Dalillarni qayd etishda yordamchi usullar. Bayonnomaga ilovalar | 91-modda. Dalillarni qayd etishda yordamchi usullar. Bayonnomaga ilovalar |
Dalillarni qayd etish uchun bayonnoma tuzish bilan bir qatorda ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvir, fotosuratga tushirish, qoliplar tayyorlash, nusxalar olish, rejalar, sxemalar tayyorlash va axborotni aks ettirishning boshqa usullari qoʻllanilishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi, sud dalillarni mustahkamlashning bu usullarini qoʻllanishga koʻmaklashish uchun mutaxassislarni jalb etishi mumkin. | Dalillarni qayd etish uchun bayonnoma tuzish bilan bir qatorda ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvir, fotosuratga tushirish, qoliplar tayyorlash, nusxalar olish, rejalar, sxemalar tayyorlash va axborotni aks ettirishning boshqa usullari qoʻllanilishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi, sud dalillarni mustahkamlashning bu usullarini qoʻllanishga koʻmaklashish uchun mutaxassislarni jalb etishi mumkin. |
Surishtiruvchi, tergovchi, sud tomonidan dalillarni qayd etishning qanday usullari qoʻllangani, foydalanilgan apparatlar, asboblar, uskunalar, materiallarning texnikaviy tavsifi keltirilib, tegishlicha tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. | Surishtiruvchi, tergovchi, sud tomonidan dalillarni qayd etishning qanday usullari qoʻllangani, foydalanilgan apparatlar, asboblar, uskunalar, materiallarning texnikaviy tavsifi keltirilib, tegishlicha tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. |
Tergov yoki sud harakatining borishi va natijalari aks ettirilgan fotosuratlar, fonogrammalar, videoyozuvlar, kinotasvirlar, qoliplar, nusxalar, rejalar, sxemalar va boshqalar bayonnomaga ilova qilinadi. Har qaysi ilovada tergov yoki sud harakatining nomi, oʻtkazilgan joyi, sanasi koʻrsatilgan izohlovchi matn boʻlishi lozim. Bu izohlovchi matnni surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida surishtiruvchi yoki tergovchi va xolislar, sudda esa, raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi oʻz imzolari bilan tasdiqlaydilar. | Tergov yoki sud harakatining borishi va natijalari aks ettirilgan fotosuratlar, fonogrammalar, videoyozuvlar, kinotasvirlar, qoliplar, nusxalar, rejalar, sxemalar va boshqalar bayonnomaga ilova qilinadi. Har qaysi ilovada tergov yoki sud harakatining nomi, oʻtkazilgan joyi, sanasi koʻrsatilgan izohlovchi matn boʻlishi lozim. Bu izohlovchi matnni surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida surishtiruvchi yoki tergovchi va xolislar, sudda esa, raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi oʻz imzolari bilan tasdiqlaydilar. |
Quyidagi protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi shart: | Quyidagi protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi shart: |
1) oʻta ogʻir jinoyatlar boʻyicha hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish; | 1) oʻta ogʻir jinoyatlar boʻyicha hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish; |
2) tintuv; | 2) tintuv; |
3) koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish; | 3) koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish; |
4) tergov eksperimenti; | 4) tergov eksperimenti; |
5) shaxsni ushlash; | 5) shaxsni ushlash; |
6) himoyachidan voz kechish; | 6) himoyachidan voz kechish; |
7) shaxsni ushlash jarayonida oʻtkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qoʻyish. | 7) shaxsni ushlash jarayonida oʻtkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qoʻyish. |
Ushbu modda toʻrtinchi qismining 5, 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan protsessual harakatlarni videoyozuv orqali qayd etish ushbu Kodeksda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi. | Ushbu modda toʻrtinchi qismining 5, 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan protsessual harakatlarni videoyozuv orqali qayd etish ushbu Kodeksda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi. |
911-modda. Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish | 911-modda. Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish |
Guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar ishtirokidagi tergov harakatlari (soʻroq, shaxslarni va narsalarni tanib olish, yuzlashtirish) mazkur shaxslarni ular turgan joydagi yoki yashash joyidagi viloyatning yoki tumanning yoxud shaharning huquqni muhofaza qiluvchi organiga yoki sudiga chaqirgan, texnik vositalardan foydalangan holda videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin. Videokonferensaloqa jarayonida tergov harakati ishtirokchilari tergov harakati jarayoni va natijalarini toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiya orqali bevosita kuzatib boradi. | Guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar ishtirokidagi tergov harakatlari (soʻroq, shaxslarni va narsalarni tanib olish, yuzlashtirish) mazkur shaxslarni ular turgan joydagi yoki yashash joyidagi viloyatning yoki tumanning yoxud shaharning huquqni muhofaza qiluvchi organiga yoki sudiga chaqirgan, texnik vositalardan foydalangan holda videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin. Videokonferensaloqa jarayonida tergov harakati ishtirokchilari tergov harakati jarayoni va natijalarini toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiya orqali bevosita kuzatib boradi. |
Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan oʻz tashabbusi bilan yoxud jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga koʻra qabul qilinadi. | Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan oʻz tashabbusi bilan yoxud jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga koʻra qabul qilinadi. |
Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishda foydalaniladigan texnik vositalar va uskunalar quyidagi minimal talablarga javob berishi zarur: | Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishda foydalaniladigan texnik vositalar va uskunalar quyidagi minimal talablarga javob berishi zarur: |
tasvir sifati boʻyicha — oʻlchami 1920×1080, sekundiga 50 ta kadr; | tasvir sifati boʻyicha — oʻlchami 1920×1080, sekundiga 50 ta kadr; |
ovoz sifati boʻyicha — chastota diapazoni 100-12 000 Gs; | ovoz sifati boʻyicha — chastota diapazoni 100-12 000 Gs; |
axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha — VPN himoyalangan aloqa kanalidan foydalangan holda. | axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha — VPN himoyalangan aloqa kanalidan foydalangan holda. |
912-modda. Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish asoslari | 912-modda. Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish asoslari |
Tergov harakatlari quyidagi hollarda videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladi: | Tergov harakatlari quyidagi hollarda videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladi: |
1) shaxsning jinoyat ishini tergov qilayotgan organga yoki tergov harakati oʻtkazilayotgan joyga sogʻligʻining holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra bevosita kelish imkoniyati boʻlmaganda; | 1) shaxsning jinoyat ishini tergov qilayotgan organga yoki tergov harakati oʻtkazilayotgan joyga sogʻligʻining holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra bevosita kelish imkoniyati boʻlmaganda; |
2) jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash zarurati tugʻilganda; | 2) jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash zarurati tugʻilganda; |
3) kechiktirib boʻlmaydigan tergov harakatlari oʻtkazilganda; | 3) kechiktirib boʻlmaydigan tergov harakatlari oʻtkazilganda; |
4) tergov harakatini oʻtkazish qiyinlashishi yoki ortiqcha xarajatlar keltirib chiqarishi mumkinligi haqida asosli sabablar mavjud boʻlganda. | 4) tergov harakatini oʻtkazish qiyinlashishi yoki ortiqcha xarajatlar keltirib chiqarishi mumkinligi haqida asosli sabablar mavjud boʻlganda. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tegishli qaror chiqaradi. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tegishli qaror chiqaradi. |
913-modda. Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish shartlari va tartibi | 913-modda. Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish shartlari va tartibi |
Muayyan tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish haqida qaror qabul qilingan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud jinoyat protsessining muayyan ishtirokchisini chaqirtirishni va tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishni tashkil etishni soʻrab tegishli organga ushbu Kodeks talablariga muvofiq topshiriq yuboradi. | Muayyan tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish haqida qaror qabul qilingan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud jinoyat protsessining muayyan ishtirokchisini chaqirtirishni va tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishni tashkil etishni soʻrab tegishli organga ushbu Kodeks talablariga muvofiq topshiriq yuboradi. |
Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning topshirigʻini bajaruvchi mansabdor shaxs chaqirtirilgan jinoyat protsessi ishtirokchisining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirishi, uning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlarini taʼminlashi va tergov harakati tugallanguniga qadar uning yonida boʻlishi kerak. | Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning topshirigʻini bajaruvchi mansabdor shaxs chaqirtirilgan jinoyat protsessi ishtirokchisining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirishi, uning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlarini taʼminlashi va tergov harakati tugallanguniga qadar uning yonida boʻlishi kerak. |
Tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish uchun mutaxassislar jalb qilinishi mumkin. | Tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish uchun mutaxassislar jalb qilinishi mumkin. |
Videokonferensaloqa rejimida soʻroq, shaxslarni yoki narsalarni tanib olish yoxud yuzlashtirish ushbu Kodeksning 96 — 108, 112 — 131-moddalari talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Tergov harakati ishtirokchilariga videokonferensaloqada ishtirok etayotgan shaxslarga savollar berish va ulardan javoblar olish, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual huquqlar va majburiyatlarni amalga oshirish imkoniyati taʼminlanishi kerak. | Videokonferensaloqa rejimida soʻroq, shaxslarni yoki narsalarni tanib olish yoxud yuzlashtirish ushbu Kodeksning 96 — 108, 112 — 131-moddalari talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Tergov harakati ishtirokchilariga videokonferensaloqada ishtirok etayotgan shaxslarga savollar berish va ulardan javoblar olish, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual huquqlar va majburiyatlarni amalga oshirish imkoniyati taʼminlanishi kerak. |
914-modda. Videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan tergov harakati jarayoni va natijalarini qayd qilish | 914-modda. Videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan tergov harakati jarayoni va natijalarini qayd qilish |
Videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan tergov harakati jarayoni va natijalari elektron maʼlumotlarni tashuvchi tegishli vositalarga bayonnoma tuzilgan holda yoziladi va qayd etiladi. | Videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan tergov harakati jarayoni va natijalari elektron maʼlumotlarni tashuvchi tegishli vositalarga bayonnoma tuzilgan holda yoziladi va qayd etiladi. |
Tergov harakatining bayonnomasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud va topshiriqni bajaruvchi mansabdor shaxs tomonidan tuziladi. Videokonferensaloqa materiallari bayonnomaga qoʻshib qoʻyiladi. | Tergov harakatining bayonnomasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud va topshiriqni bajaruvchi mansabdor shaxs tomonidan tuziladi. Videokonferensaloqa materiallari bayonnomaga qoʻshib qoʻyiladi. |
Tergov harakatining bayonnomasi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga rioya qilingan holda tuziladi va unda jinoyat protsessi ishtirokchilari koʻrsatuvlarining mohiyati aks ettiriladi. | Tergov harakatining bayonnomasi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga rioya qilingan holda tuziladi va unda jinoyat protsessi ishtirokchilari koʻrsatuvlarining mohiyati aks ettiriladi. |
Videokonferensaloqa yozuvining vaqti oʻtkazilgan tergov harakatining aniq vaqtiga mos kelishi kerak. Videokonferensaloqa jarayonidagi tanaffuslar yuzasidan izoh berilishi hamda ular videoyozuvda va bayonnomada aks ettirilishi kerak. | Videokonferensaloqa yozuvining vaqti oʻtkazilgan tergov harakatining aniq vaqtiga mos kelishi kerak. Videokonferensaloqa jarayonidagi tanaffuslar yuzasidan izoh berilishi hamda ular videoyozuvda va bayonnomada aks ettirilishi kerak. |
Videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan tergov harakati bayonnomasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud, topshiriqni bajarayotgan mansabdor shaxs hamda tergov harakatining boshqa ishtirokchilari tomonidan imzolanadi. Topshiriqni bajarayotgan mansabdor shaxs tomonidan tuzilgan bayonnoma surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga yuboriladi. | Videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan tergov harakati bayonnomasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud, topshiriqni bajarayotgan mansabdor shaxs hamda tergov harakatining boshqa ishtirokchilari tomonidan imzolanadi. Topshiriqni bajarayotgan mansabdor shaxs tomonidan tuzilgan bayonnoma surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga yuboriladi. |
92-modda. Dalillarni qayd etishning toʻgʻriligini tasdiqlash | 92-modda. Dalillarni qayd etishning toʻgʻriligini tasdiqlash |
Tergov harakatlari ishtirokchilarining, shuningdek sud muhokamasidagi taraflarning bu harakatlar jarayoni va natijalari aks ettirilgan bayonnoma bilan tanishish, xuddi shuningdek bayonnomaga qoʻshimcha va tuzatishlar kiritish huquqlari taʼminlanishi kerak. | Tergov harakatlari ishtirokchilarining, shuningdek sud muhokamasidagi taraflarning bu harakatlar jarayoni va natijalari aks ettirilgan bayonnoma bilan tanishish, xuddi shuningdek bayonnomaga qoʻshimcha va tuzatishlar kiritish huquqlari taʼminlanishi kerak. |
Surishtiruvchi yoki tergovchi tergov harakatlari tamom boʻlishi bilanoq bu harakat ishtirokchilariga bayonnomani oʻqib chiqishga imkon beradi yoxud iltimoslariga koʻra ularga oʻqib beradi. Shunday tartibda raislik qiluvchi yoki uning topshirigʻiga binoan sud majlisi kotibi sud zalidan tashqarida bajarilgan sud harakati ishtirokchilarini, shuningdek taraflarni sud majlisi bayonnomasidagi ushbu sud harakatiga taalluqli yozuvlar bilan tanishtiradi. | Surishtiruvchi yoki tergovchi tergov harakatlari tamom boʻlishi bilanoq bu harakat ishtirokchilariga bayonnomani oʻqib chiqishga imkon beradi yoxud iltimoslariga koʻra ularga oʻqib beradi. Shunday tartibda raislik qiluvchi yoki uning topshirigʻiga binoan sud majlisi kotibi sud zalidan tashqarida bajarilgan sud harakati ishtirokchilarini, shuningdek taraflarni sud majlisi bayonnomasidagi ushbu sud harakatiga taalluqli yozuvlar bilan tanishtiradi. |
Ogʻzaki bildirilgan qoʻshimchalar, tuzatishlar, fikr-mulohazalar, eʼtirozlar, iltimoslar va shikoyatlar bayonnomaga kiritiladi, yozma ravishda ifoda etilganlari esa bayonnomaga ilova qilinadi. Oʻchirishlar yoki kiritilgan qoʻshimcha soʻzlar yoxud boshqa tuzatishlar xususida bayonnoma oxiridagi imzolar oldidan izohot beriladi. | Ogʻzaki bildirilgan qoʻshimchalar, tuzatishlar, fikr-mulohazalar, eʼtirozlar, iltimoslar va shikoyatlar bayonnomaga kiritiladi, yozma ravishda ifoda etilganlari esa bayonnomaga ilova qilinadi. Oʻchirishlar yoki kiritilgan qoʻshimcha soʻzlar yoxud boshqa tuzatishlar xususida bayonnoma oxiridagi imzolar oldidan izohot beriladi. |
Tergov harakati bayonnomasi bilan tanishtirilgan shaxslar bayonnomaning har bir sahifasi ostiga va uning oxiriga imzo chekadilar. | Tergov harakati bayonnomasi bilan tanishtirilgan shaxslar bayonnomaning har bir sahifasi ostiga va uning oxiriga imzo chekadilar. |
93-modda. Bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish yoki imzo cheka olmaslik hollarini tasdiqlash | 93-modda. Bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish yoki imzo cheka olmaslik hollarini tasdiqlash |
Surishtiruvchi yoki tergovchi protsess ishtirokchilaridan birontasining yoki boshqa shaxslarning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda tergov harakatlari bayonnomasiga imzo chekishdan bosh tortganligi toʻgʻrisida bayonnomaga yozib qoʻyib, uni oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi. | Surishtiruvchi yoki tergovchi protsess ishtirokchilaridan birontasining yoki boshqa shaxslarning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda tergov harakatlari bayonnomasiga imzo chekishdan bosh tortganligi toʻgʻrisida bayonnomaga yozib qoʻyib, uni oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi. |
Yuqorida nazarda tutilgan hollarda sud majlisi bayonnomasining sud harakatlari toʻgʻrisidagi yozuvlarini imzolashdan bosh tortilganligi haqida shu bayonnomaga yoziladi hamda uni raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi oʻz imzosi bilan tasdiqlaydilar. | Yuqorida nazarda tutilgan hollarda sud majlisi bayonnomasining sud harakatlari toʻgʻrisidagi yozuvlarini imzolashdan bosh tortilganligi haqida shu bayonnomaga yoziladi hamda uni raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi oʻz imzosi bilan tasdiqlaydilar. |
Bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortgan shaxs bosh tortish sababini tushuntirishga haqli. Bu tushuntirish bayonnomaga kiritilishi lozim. | Bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortgan shaxs bosh tortish sababini tushuntirishga haqli. Bu tushuntirish bayonnomaga kiritilishi lozim. |
Tergov yoki sud harakati ishtirokchisi oʻzining jismoniy nuqsoni tufayli bayonnomani oʻqib, imzolay olmasa, bayonnomani uning roziligi bilan himoyachi, vakil yoki mazkur shaxs ishonadigan boshqa fuqaro oʻqib beradi va imzo chekadi. Bu haqda bayonnomaga yozib qoʻyiladi. | Tergov yoki sud harakati ishtirokchisi oʻzining jismoniy nuqsoni tufayli bayonnomani oʻqib, imzolay olmasa, bayonnomani uning roziligi bilan himoyachi, vakil yoki mazkur shaxs ishonadigan boshqa fuqaro oʻqib beradi va imzo chekadi. Bu haqda bayonnomaga yozib qoʻyiladi. |
94-modda. Dalillarni tekshirish | 94-modda. Dalillarni tekshirish |
Ish boʻyicha qabul qilinadigan qaror sinchkovlik bilan, toʻla, har tomonlama va xolisona tekshirilgan dalillargagina asoslangan boʻlishi lozim. Tekshiruv qoʻshimcha dalillarni toʻplashdan iborat boʻlib, ular tekshirilayotgan dalillarni tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin. | Ish boʻyicha qabul qilinadigan qaror sinchkovlik bilan, toʻla, har tomonlama va xolisona tekshirilgan dalillargagina asoslangan boʻlishi lozim. Tekshiruv qoʻshimcha dalillarni toʻplashdan iborat boʻlib, ular tekshirilayotgan dalillarni tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin. |
95-modda. Dalillarga baho berish | 95-modda. Dalillarga baho berish |
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, toʻla, har tomonlama va xolisona koʻrib chiqishga asoslangan holda qonunga va huquqiy ongga amal qilib oʻzlarining ichki ishonchlari boʻyicha dalillarga baho beradilar. Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozim. | Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, toʻla, har tomonlama va xolisona koʻrib chiqishga asoslangan holda qonunga va huquqiy ongga amal qilib oʻzlarining ichki ishonchlari boʻyicha dalillarga baho beradilar. Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozim. |
Dalillar jinoyat ishi uchun ahamiyatli boʻlgan mavjud holatlar haqidagi xulosalarni tasdiqlovchi, rad etuvchi yoki shubha ostiga oluvchi faktlar yoki narsalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirgan taqdirdagina ishga aloqador deb eʼtirof etiladi. | Dalillar jinoyat ishi uchun ahamiyatli boʻlgan mavjud holatlar haqidagi xulosalarni tasdiqlovchi, rad etuvchi yoki shubha ostiga oluvchi faktlar yoki narsalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirgan taqdirdagina ishga aloqador deb eʼtirof etiladi. |
Dalillar belgilangan tartibda toʻplangan va ushbu Kodeksning 88, 90, 92 — 94-moddalarida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq boʻlsagina, ular maqbul deb eʼtirof etiladi. | Dalillar belgilangan tartibda toʻplangan va ushbu Kodeksning 88, 90, 92 — 94-moddalarida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq boʻlsagina, ular maqbul deb eʼtirof etiladi. |
Tekshiruv natijasida haqiqatga muvofiq ekanligi aniqlangan dalillar ishonchli deb hisoblanadi. | Tekshiruv natijasida haqiqatga muvofiq ekanligi aniqlangan dalillar ishonchli deb hisoblanadi. |
Isbotlanishi kerak boʻlgan barcha va har bir holatning haqiqiyligini soʻzsiz tasdiqlovchi ishga oid barcha ishonchli dalillar toʻplangan boʻlsa, ularning jami ishni hal qilish uchun yetarli deb hisoblanadi. | Isbotlanishi kerak boʻlgan barcha va har bir holatning haqiqiyligini soʻzsiz tasdiqlovchi ishga oid barcha ishonchli dalillar toʻplangan boʻlsa, ularning jami ishni hal qilish uchun yetarli deb hisoblanadi. |
951-modda. Dalillarning maqbul emasligi | 951-modda. Dalillarning maqbul emasligi |
Agar faktik maʼlumotlar qonunga xilof usullar orqali yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilish yoki bu huquqlarni cheklash yoʻli bilan yoxud ushbu Kodeks talablari buzilgan holda olingan boʻlsa, shu jumladan: | Agar faktik maʼlumotlar qonunga xilof usullar orqali yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilish yoki bu huquqlarni cheklash yoʻli bilan yoxud ushbu Kodeks talablari buzilgan holda olingan boʻlsa, shu jumladan: |
1) jinoyat protsessi ishtirokchilariga yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllagan holda; | 1) jinoyat protsessi ishtirokchilariga yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllagan holda; |
2) ularni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) yoʻli bilan; | 2) ularni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) yoʻli bilan; |
3) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyaga boʻlgan huquqlari, shuningdek tarjimon xizmatlaridan foydalanish huquqi buzilgan holda; | 3) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyaga boʻlgan huquqlari, shuningdek tarjimon xizmatlaridan foydalanish huquqi buzilgan holda; |
4) jinoyat ishi boʻyicha protsessual harakatning mazkur jinoyat ishini yuritishni amalga oshirish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan bajarilishi natijasida; | 4) jinoyat ishi boʻyicha protsessual harakatning mazkur jinoyat ishini yuritishni amalga oshirish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan bajarilishi natijasida; |
5) nomaʼlum manbadan yoxud jinoyat ishini yuritish jarayonida aniqlash mumkin boʻlmagan manbadan; | 5) nomaʼlum manbadan yoxud jinoyat ishini yuritish jarayonida aniqlash mumkin boʻlmagan manbadan; |
6) jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining surishtiruvdagi, dastlabki tergovdagi sudda dalillar majmui bilan oʻz tasdigʻini topmagan koʻrsatuvlaridan olingan boʻlsa, ular dalil sifatida maqbul emas deb topiladi. | 6) jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining surishtiruvdagi, dastlabki tergovdagi sudda dalillar majmui bilan oʻz tasdigʻini topmagan koʻrsatuvlaridan olingan boʻlsa, ular dalil sifatida maqbul emas deb topiladi. |
Faktik maʼlumotlardan dalil sifatida foydalanishning maqbul emasligi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning oʻz tashabbusi bilan yoki ishtirokchilarning iltimosnomasi boʻyicha aniqlanadi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya dalillarning maqbul emasligi toʻgʻrisidagi masalani hal qilayotganida har bir holatda yoʻl qoʻyilgan buzilish nimada aniq ifodalanganligini aniqlab olishi va asoslantirilgan qaror qabul qilishi shart. | Faktik maʼlumotlardan dalil sifatida foydalanishning maqbul emasligi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning oʻz tashabbusi bilan yoki ishtirokchilarning iltimosnomasi boʻyicha aniqlanadi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya dalillarning maqbul emasligi toʻgʻrisidagi masalani hal qilayotganida har bir holatda yoʻl qoʻyilgan buzilish nimada aniq ifodalanganligini aniqlab olishi va asoslantirilgan qaror qabul qilishi shart. |
Guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchidan ushbu Kodeks normalari buzilgan holda olingan koʻrsatuvlardan, ekspert xulosasidan, ashyoviy dalillardan, audio-, videoyozuvlardan va boshqa materiallardan dalil sifatida foydalanish taqiqlanadi. | Guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchidan ushbu Kodeks normalari buzilgan holda olingan koʻrsatuvlardan, ekspert xulosasidan, ashyoviy, yozma va raqamli dalillardan, audio-, videoyozuvlardan va boshqa materiallardan dalil sifatida foydalanish taqiqlanadi. Olib qoʻyish yoki koʻzdan kechirish boʻyicha tergov harakatlari olib borilayotganda mutaxassis ishtirokisiz olingan elektron maʼlumotlar nomaqbul dalillar deb topiladi. |
10-bob. SOʻROQ QILISHNING UMUMIY QOIDALARI | 10-bob. SOʻROQ QILISHNING UMUMIY QOIDALARI |
96-modda. Soʻroq qilish joyi | 96-modda. Soʻroq qilish joyi |
Surishtiruvchi yoki tergovchi guvohni, jabrlanuvchini, gumon qilinuvchini va ayblanuvchini surishtiruv, dastlabki tergov oʻtkaziladigan joyda yoki soʻroq qilinuvchi qayerda boʻlsa, oʻsha joyda, sud esa sud muhokamasi yuritilayotgan joyda soʻroq qiladi. | Surishtiruvchi yoki tergovchi guvohni, jabrlanuvchini, gumon qilinuvchini va ayblanuvchini surishtiruv, dastlabki tergov oʻtkaziladigan joyda yoki soʻroq qilinuvchi qayerda boʻlsa, oʻsha joyda, sud esa sud muhokamasi yuritilayotgan joyda soʻroq qiladi. |
97-modda. Soʻroq qilish uchun chaqiruv | 97-modda. Soʻroq qilish uchun chaqiruv |
Guvoh, jabrlanuvchi, shuningdek ozodlikda yurgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga chaqiruv qogʻozi bilan chaqiriladi. Chaqiruv qogʻozi pochta orqali joʻnatiladi yoki chopar orqali topshiriladi. Chaqiruv telefonogramma, telegramma, radiogramma bilan yoki telefaks orqali ham boʻlishi mumkin. | Guvoh, jabrlanuvchi, shuningdek ozodlikda yurgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga chaqiruv qogʻozi bilan chaqiriladi. Chaqiruv qogʻozi pochta orqali joʻnatiladi yoki chopar orqali topshiriladi. Chaqiruv telefonogramma, telegramma, radiogramma bilan yoki telefaks orqali ham boʻlishi mumkin. |
Chaqiruv qogʻozida shaxs kim sifatida, qaysi manzilga va kimning huzuriga chaqirilayotganligi, qaysi kunda va qaysi soatga kelishi kerakligi, shuningdek uzrsiz sabablarga koʻra kelmay qolgan taqdirda qanday oqibatlar roʻy berishi koʻrsatilgan boʻlishi lozim. | Chaqiruv qogʻozida shaxs kim sifatida, qaysi manzilga va kimning huzuriga chaqirilayotganligi, qaysi kunda va qaysi soatga kelishi kerakligi, shuningdek uzrsiz sabablarga koʻra kelmay qolgan taqdirda qanday oqibatlar roʻy berishi koʻrsatilgan boʻlishi lozim. |
Chaqiruv qogʻozi chaqiriluvchiga topshirilib, tilxat olinadi. Chaqiruv qogʻozi olib borilganda chaqiriluvchi vaqtincha yoʻq boʻlsa, unga berib qoʻyish uchun chaqiruv qogʻozi u bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila aʼzolaridan biriga, yotoqxona maʼmuriyatiga, uy egasiga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinadi. | Chaqiruv qogʻozi chaqiriluvchiga topshirilib, tilxat olinadi. Chaqiruv qogʻozi olib borilganda chaqiriluvchi vaqtincha yoʻq boʻlsa, unga berib qoʻyish uchun chaqiruv qogʻozi u bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila aʼzolaridan biriga, yotoqxona maʼmuriyatiga, uy egasiga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinadi. |
Qamoqda saqlash joylarida, reabilitatsiya markazlarida, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar soʻroq qilish uchun mazkur joylar va muassasalarning maʼmuriyati orqali chaqirtiriladi. | Qamoqda saqlash joylarida, reabilitatsiya markazlarida, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar soʻroq qilish uchun mazkur joylar va muassasalarning maʼmuriyati orqali chaqirtiriladi. |
98-modda. Soʻroq qilinuvchining shaxsini aniqlash | 98-modda. Soʻroq qilinuvchining shaxsini aniqlash |
Surishtiruvchi, tergovchi va sud soʻroq qilish oldidan soʻroq qilinuvchidan uning familiyasi, ismi va otasining ismini, tugʻilgan vaqti (yili, oyi, kuni) va tugʻilgan joyini, yashash joyi va ish joyini, mansabi, mashgʻulot turi, maʼlumoti, oilaviy ahvolini, sudlanganligi yoki sudlanmaganligini aniqlashi hamda bu maʼlumotlarni jinoyat ishidagi yoki soʻroq qilinuvchining shaxsiy hujjatlaridagi maʼlumotlar bilan solishtirib koʻrishi yoxud soʻroq qilinuvchi oʻzini kim deb tanishtirgan boʻlsa, aynan oʻsha shaxs ekanligiga boshqa yoʻllar bilan ishonch hosil qilishi lozim. | Surishtiruvchi, tergovchi va sud soʻroq qilish oldidan soʻroq qilinuvchidan uning familiyasi, ismi va otasining ismini, tugʻilgan vaqti (yili, oyi, kuni) va tugʻilgan joyini, yashash joyi va ish joyini, mansabi, mashgʻulot turi, maʼlumoti, oilaviy ahvolini, sudlanganligi yoki sudlanmaganligini aniqlashi hamda bu maʼlumotlarni jinoyat ishidagi yoki soʻroq qilinuvchining shaxsiy hujjatlaridagi maʼlumotlar bilan solishtirib koʻrishi yoxud soʻroq qilinuvchi oʻzini kim deb tanishtirgan boʻlsa, aynan oʻsha shaxs ekanligiga boshqa yoʻllar bilan ishonch hosil qilishi lozim. |
99-modda. Soʻroq qilinuvchining qaysi tilda koʻrsatuv bera olishini aniqlash | 99-modda. Soʻroq qilinuvchining qaysi tilda koʻrsatuv bera olishini aniqlash |
Soʻroq qilinuvchi ish yuritilayotgan tilni biladimi, u qaysi tilda koʻrsatuv bera olishi mumkin, degan savollar tugʻilib qolsa, bu masala aniqlanishi lozim. Ushbu Kodeksning 71-moddasida nazarda tutilgan hollarda tarjimon chaqiriladi va u kelguncha soʻroq qilish toʻxtatib turiladi. | Soʻroq qilinuvchi ish yuritilayotgan tilni biladimi, u qaysi tilda koʻrsatuv bera olishi mumkin, degan savollar tugʻilib qolsa, bu masala aniqlanishi lozim. Ushbu Kodeksning 71-moddasida nazarda tutilgan hollarda tarjimon chaqiriladi va u kelguncha soʻroq qilish toʻxtatib turiladi. |
100-modda. Huquq va majburiyatlarni tushuntirish | 100-modda. Huquq va majburiyatlarni tushuntirish |
Soʻroq qilinuvchining shaxsi aniqlangandan keyin unga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. Bu huquq va majburiyatlar tushuntirilganligi soʻroq bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi. | Soʻroq qilinuvchining shaxsi aniqlangandan keyin unga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. Bu huquq va majburiyatlar tushuntirilganligi soʻroq bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi. |
101-modda. Ishning holatlari toʻgʻrisida erkin soʻzlab berish | 101-modda. Ishning holatlari toʻgʻrisida erkin soʻzlab berish |
Soʻroq qilinuvchiga ishning unga maʼlum boʻlgan holatlari toʻgʻrisida soʻzlab berish taklif qilinmogʻi lozim. Soʻroq qilinuvchi erkin soʻzlab berganidan keyin uning koʻrsatuvlarini toʻldirish va aniqlashga qaratilgan savollar berilishi mumkin. | Soʻroq qilinuvchiga ishning unga maʼlum boʻlgan holatlari toʻgʻrisida soʻzlab berish taklif qilinmogʻi lozim. Soʻroq qilinuvchi erkin soʻzlab berganidan keyin uning koʻrsatuvlarini toʻldirish va aniqlashga qaratilgan savollar berilishi mumkin. |
102-modda. Ishora qiluvchi savollar berishga yoʻl qoʻyilmasligi | 102-modda. Ishora qiluvchi savollar berishga yoʻl qoʻyilmasligi |
Kutilayotgan javobga bevosita yoki bilvosita yoʻnaltirish mazmunidagi savollar ishora qiluvchi savollar deb hisoblanadi. Ishora qiluvchi savollar berish taqiqlanadi. | Kutilayotgan javobga bevosita yoki bilvosita yoʻnaltirish mazmunidagi savollar ishora qiluvchi savollar deb hisoblanadi. Ishora qiluvchi savollar berish taqiqlanadi. |
103-modda. Soʻroq qilinuvchining hujjatlar va boshqa yozuvlardan foydalanishi | 103-modda. Soʻroq qilinuvchining hujjatlar va boshqa yozuvlardan foydalanishi |
Soʻroq qilinuvchining koʻrsatuvlari raqamlar yoki xotirada saqlanishi qiyin boshqa maʼlumotlarga taalluqli boʻlsa, u soʻroq jarayonida oʻzidagi yoki ishga qoʻshib qoʻyilgan hujjatlardan yoxud boshqa yozuvlardan foydalanishi mumkin. | Soʻroq qilinuvchining koʻrsatuvlari raqamlar yoki xotirada saqlanishi qiyin boshqa maʼlumotlarga taalluqli boʻlsa, u soʻroq jarayonida oʻzidagi yoki ishga qoʻshib qoʻyilgan hujjatlardan yoxud boshqa yozuvlardan foydalanishi mumkin. |
Soʻroq qilinuvchiga soʻroq qilish jarayonida oʻzidagi hujjatlar va boshqa yozuvlarni oʻqib eshittirishga ruxsat etilishi mumkin. | Soʻroq qilinuvchiga soʻroq qilish jarayonida oʻzidagi hujjatlar va boshqa yozuvlarni oʻqib eshittirishga ruxsat etilishi mumkin. |
Surishtiruvchi, tergovchi va sud soʻroq qilinuvchidan soʻroq qilish jarayonida u foydalanayotgan hujjatlar va boshqa yozuvlarni talab qilishi, ularni keyin qaytarib berishi yoki ishga qoʻshib qoʻyishi mumkin. | Surishtiruvchi, tergovchi va sud soʻroq qilinuvchidan soʻroq qilish jarayonida u foydalanayotgan hujjatlar va boshqa yozuvlarni talab qilishi, ularni keyin qaytarib berishi yoki ishga qoʻshib qoʻyishi mumkin. |
104-modda. Soʻroq qilinuvchining ilgarigi soʻroqlarda bergan koʻrsatuvlarini oʻqib eshittirish | 104-modda. Soʻroq qilinuvchining ilgarigi soʻroqlarda bergan koʻrsatuvlarini oʻqib eshittirish |
Soʻroq qilinuvchining ilgarigi soʻroqda bergan koʻrsatuvlari faqat uning hozirgi soʻroqda bergan koʻrsatuvlari tinglanib, qayd qilinib, u imzo chekkanidan keyin va quyidagi hollarda oʻqib eshittirilishi mumkin: | Soʻroq qilinuvchining ilgarigi soʻroqda bergan koʻrsatuvlari faqat uning hozirgi soʻroqda bergan koʻrsatuvlari tinglanib, qayd qilinib, u imzo chekkanidan keyin va quyidagi hollarda oʻqib eshittirilishi mumkin: |
1) hozirgi va ilgarigi soʻroqlarda berilgan koʻrsatuvlar oʻrtasida jiddiy qarama-qarshiliklar boʻlganda; | 1) hozirgi va ilgarigi soʻroqlarda berilgan koʻrsatuvlar oʻrtasida jiddiy qarama-qarshiliklar boʻlganda; |
2) soʻroq qilinuvchi sudda koʻrsatuv berishdan bosh tortganda; | 2) soʻroq qilinuvchi sudda koʻrsatuv berishdan bosh tortganda; |
3) ish soʻroq qilinuvchining ishtirokisiz koʻrib chiqilayotganda. | 3) ish soʻroq qilinuvchining ishtirokisiz koʻrib chiqilayotganda. |
105-modda. Soʻroq qilinuvchiga narsalar va hujjatlarni koʻrsatish | 105-modda. Soʻroq qilinuvchiga narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni koʻrsatish |
Soʻroq jarayonida surishtiruvchi, tergovchi va sud, shuningdek sud muhokamasida taraflar ishga qoʻshib qoʻyilgan yoki taraflar ixtiyorida boʻlgan narsalar va hujjatlarni soʻroq qilinuvchiga koʻrsatishlari, shuningdek bu hujjatlarni oʻqib eshittirishlari mumkin. | Soʻroq jarayonida surishtiruvchi, tergovchi va sud, shuningdek sud muhokamasida taraflar ishga qoʻshib qoʻyilgan yoki taraflar ixtiyorida boʻlgan narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni soʻroq qilinuvchiga koʻrsatishlari, shuningdek bu hujjatlarni oʻqib eshittirishlari mumkin. |
Soʻroq bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida qaysi narsa yoki hujjat koʻrsatilganligi, hujjat matnining qaysi qismi va uning kim tomonidan oʻqib eshittirilganligi, narsa yoki hujjatni koʻrsatish vaqtida qanday savollar berilganligi va bunga javoban soʻroq qilinuvchi qanday koʻrsatuvlar berganligi aniq aks ettirilishi kerak. | Soʻroq bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida qanday narsalar yoki hujjatlar yoxud elektron maʼlumotlar koʻrsatilganligi, hujjat matnining qaysi qismi va uning kim tomonidan oʻqib eshittirilganligi, narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron maʼlumotlarni koʻrsatish vaqtida qanday savollar berilganligi va bunga javoban soʻroq qilinuvchi qanday koʻrsatuvlar berganligi aniq aks ettirilishi kerak. |
106-modda. Soʻroq jarayoni va natijalarini qayd qilish | 106-modda. Soʻroq jarayoni va natijalarini qayd qilish |
Soʻroq jarayoni va natijalari surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida soʻroq bayonnomasida, sud muhokamasida esa sud majlisi bayonnomasida qayd qilinadi. | Soʻroq jarayoni va natijalari surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida soʻroq bayonnomasida, sud muhokamasida esa sud majlisi bayonnomasida qayd qilinadi. |
Soʻroq jarayonida bayonnoma yuritish bilan bir qatorda ovozni yozib olish, videoyozuv va kinotasvirga olish ham qoʻllanilishi mumkin. | Soʻroq jarayonida bayonnoma yuritish bilan bir qatorda ovozni yozib olish, videoyozuv va kinotasvirga olish ham qoʻllanilishi mumkin. |
Koʻrsatuvlar bayonnomaga birinchi shaxs nomidan, imkon boricha soʻzma-soʻz yozib boriladi. Savol-javob soʻroq jarayonida qanday olib borilgan boʻlsa, shunday izchillikda qayd qilinadi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchi tomonidan chetlatilgan, shuningdek soʻroq qilinuvchi javob berishdan bosh tortgan savollar ham bayonnomaga kiritilishi kerak. | Koʻrsatuvlar bayonnomaga birinchi shaxs nomidan, imkon boricha soʻzma-soʻz yozib boriladi. Savol-javob soʻroq jarayonida qanday olib borilgan boʻlsa, shunday izchillikda qayd qilinadi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchi tomonidan chetlatilgan, shuningdek soʻroq qilinuvchi javob berishdan bosh tortgan savollar ham bayonnomaga kiritilishi kerak. |
Bayonnomada bundan tashqari, soʻroq qilinuvchi tomonidan avvalgi soʻroqlarda berilgan koʻrsatuvlarning oʻqib eshittirilgani, koʻrsatuv berish jarayonida soʻroq qilinuvchining hujjat yoki boshqa yozuvlardan foydalangani, soʻroq qilinuvchiga soʻroq davomida narsa va hujjatlar koʻrsatilgani, soʻroq paytida ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvirga olish oʻtkazilgani qayd qilinadi. Fonogramma, videoyozuv va kinotasma bayonnomaga ilova qilinadi. | Bayonnomada bundan tashqari, soʻroq qilinuvchi tomonidan avvalgi soʻroqlarda berilgan koʻrsatuvlarning oʻqib eshittirilgani, koʻrsatuv berish jarayonida soʻroq qilinuvchining hujjat yoki boshqa yozuvlardan foydalangani, soʻroq qilinuvchiga soʻroq davomida narsalar, hujjatlar va elektron maʼlumotlar koʻrsatilgani, soʻroq paytida ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvirga olish oʻtkazilgani qayd qilinadi. Fonogramma, videoyozuv va kinotasma bayonnomaga ilova qilinadi. |
Soʻroq tugaganidan keyin bayonnoma oʻqib chiqish uchun soʻroq qilinuvchiga koʻrsatiladi yoxud uning iltimosiga koʻra surishtiruvchi, tergovchi tomonidan unga oʻqib beriladi. | Soʻroq tugaganidan keyin bayonnoma oʻqib chiqish uchun soʻroq qilinuvchiga koʻrsatiladi yoxud uning iltimosiga koʻra surishtiruvchi, tergovchi tomonidan unga oʻqib beriladi. |
Soʻroq qilinuvchi koʻrsatuvni oʻz qoʻli bilan yozma ravishda bayon qilishga haqli. Oʻz qoʻli bilan yozilgan koʻrsatuv bayonnomaga ilova qilinib, bu haqda bayonnomaga yozib qoʻyiladi. | Soʻroq qilinuvchi koʻrsatuvni oʻz qoʻli bilan yozma ravishda bayon qilishga haqli. Oʻz qoʻli bilan yozilgan koʻrsatuv bayonnomaga ilova qilinib, bu haqda bayonnomaga yozib qoʻyiladi. |
Soʻroq qilinuvchi yoki taraflarning iltimosiga koʻra sud majlisida bayonnomaga imzo qoʻyilguniga qadar yozilgan ovoz, videoyozuv yoki kinotasvir namoyish qilinishi mumkin. Ular bilan bayonnoma oʻrtasida jiddiy tafovut boʻlgan hollarda, tafovut sababini aniqlash uchun yangitdan soʻroq qilinishi mumkin. | Soʻroq qilinuvchi yoki taraflarning iltimosiga koʻra sud majlisida bayonnomaga imzo qoʻyilguniga qadar yozilgan ovoz, videoyozuv yoki kinotasvir namoyish qilinishi mumkin. Ular bilan bayonnoma oʻrtasida jiddiy tafovut boʻlgan hollarda, tafovut sababini aniqlash uchun yangitdan soʻroq qilinishi mumkin. |
Soʻroq qilinuvchi bayonnomani oʻqib boʻlgach, koʻrsatuvlari toʻgʻri yozilganligi va u bilan tanishganligini imzo chekib, tasdiqlaydi. Imzo bayonnomaning oxiriga qoʻyiladi, basharti koʻrsatuvlar bir necha sahifaga yozilgan boʻlsa, har qaysi sahifaga alohida imzo chekiladi. | Soʻroq qilinuvchi bayonnomani oʻqib boʻlgach, koʻrsatuvlari toʻgʻri yozilganligi va u bilan tanishganligini imzo chekib, tasdiqlaydi. Imzo bayonnomaning oxiriga qoʻyiladi, basharti koʻrsatuvlar bir necha sahifaga yozilgan boʻlsa, har qaysi sahifaga alohida imzo chekiladi. |
Soʻroq qilishda tarjimon qatnashayotgan boʻlsa, u soʻroq qilinayotgan shaxsning bayonnomadagi koʻrsatuvini unga ogʻzaki tarjima qiladi, soʻroq qilinuvchining oʻz qoʻli bilan yozib bergan koʻrsatuvlarini esa, yozma ravishda tarjima qiladi. Tarjimon koʻrsatuvlar yozilgan bayonnomaning oxiriga va har bir sahifasiga alohida, shuningdek soʻroq qilinuvchining oʻz qoʻli bilan yozib bergan koʻrsatuvlarining tarjimasiga imzo chekadi. | Soʻroq qilishda tarjimon qatnashayotgan boʻlsa, u soʻroq qilinayotgan shaxsning bayonnomadagi koʻrsatuvini unga ogʻzaki tarjima qiladi, soʻroq qilinuvchining oʻz qoʻli bilan yozib bergan koʻrsatuvlarini esa, yozma ravishda tarjima qiladi. Tarjimon koʻrsatuvlar yozilgan bayonnomaning oxiriga va har bir sahifasiga alohida, shuningdek soʻroq qilinuvchining oʻz qoʻli bilan yozib bergan koʻrsatuvlarining tarjimasiga imzo chekadi. |
107-modda. Soʻroqning davom etish vaqti | 107-modda. Soʻroqning davom etish vaqti |
Soʻroqning umumiy davom etish vaqti bir kunda sakkiz soatdan oshmasligi lozim. Dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan bir soat tanaffus bu hisobga kirmaydi. | Soʻroqning umumiy davom etish vaqti bir kunda sakkiz soatdan oshmasligi lozim. Dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan bir soat tanaffus bu hisobga kirmaydi. |
108-modda. Qoʻshimcha soʻroq | 108-modda. Qoʻshimcha soʻroq |
Qoʻshimcha soʻroq quyidagi hollarda oʻtkaziladi: | Qoʻshimcha soʻroq quyidagi hollarda oʻtkaziladi: |
1) soʻroq qilinuvchi ishning oʻziga maʼlum boʻlgan barcha holatlari toʻgʻrisida koʻrsatuv bera olishi uchun ushbu Kodeksning 107-moddasida nazarda tutilgan soʻroqning umumiy davom etish vaqti yetarli boʻlmasa; | 1) soʻroq qilinuvchi ishning oʻziga maʼlum boʻlgan barcha holatlari toʻgʻrisida koʻrsatuv bera olishi uchun ushbu Kodeksning 107-moddasida nazarda tutilgan soʻroqning umumiy davom etish vaqti yetarli boʻlmasa; |
2) soʻroq qilingan shaxs ilgari bergan koʻrsatuvlarini toʻldirish yoki oʻzgartirish istagini bildirsa; | 2) soʻroq qilingan shaxs ilgari bergan koʻrsatuvlarini toʻldirish yoki oʻzgartirish istagini bildirsa; |
3) ayblanuvchiga yangi yoki oʻzgartirilgan yoxud qoʻshimcha ayblov eʼlon qilinsa; | 3) ayblanuvchiga yangi yoki oʻzgartirilgan yoxud qoʻshimcha ayblov eʼlon qilinsa; |
4) surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan ilgari soʻroq qilingan shaxsning koʻrsatuvlari toʻgʻri yozilganligini prokuror qoʻshimcha soʻroq qilish yoʻli bilan tekshirib koʻrishni lozim topsa; | 4) surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan ilgari soʻroq qilingan shaxsning koʻrsatuvlari toʻgʻri yozilganligini prokuror qoʻshimcha soʻroq qilish yoʻli bilan tekshirib koʻrishni lozim topsa; |
5) boshqa surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan ilgari soʻroq qilingan shaxsning koʻrsatuvlari toʻgʻri yozilganligini ishni yuritish uchun qabul qilgan surishtiruvchi yoki tergovchi qoʻshimcha soʻroq qilish yoʻli bilan tekshirib koʻrishni lozim topsa; | 5) boshqa surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan ilgari soʻroq qilingan shaxsning koʻrsatuvlari toʻgʻri yozilganligini ishni yuritish uchun qabul qilgan surishtiruvchi yoki tergovchi qoʻshimcha soʻroq qilish yoʻli bilan tekshirib koʻrishni lozim topsa; |
6) ilgari soʻroq qilingan shaxsga berilishi kerak boʻlgan ish uchun muhim yangi savollar tugʻilsa; | 6) ilgari soʻroq qilingan shaxsga berilishi kerak boʻlgan ish uchun muhim yangi savollar tugʻilsa; |
7) shaxs soʻroq qilinganidan keyin ishga kirishgan zaxiradagi xalq maslahatchisi ushbu shaxsni yangitdan soʻroq qilishni talab qilsa. | 7) shaxs soʻroq qilinganidan keyin ishga kirishgan zaxiradagi xalq maslahatchisi ushbu shaxsni yangitdan soʻroq qilishni talab qilsa. |
11-bob. GUMON QILINUVCHINI VA AYBLANUVCHINI SOʻROQ QILISH | 11-bob. GUMON QILINUVCHINI VA AYBLANUVCHINI SOʻROQ QILISH |
109-modda. Gumon qilinuvchini va ayblanuvchini soʻroq qilish tartibi | 109-modda. Gumon qilinuvchini va ayblanuvchini soʻroq qilish tartibi |
Gumon qilinuvchini va ayblanuvchini soʻroq qilish ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga, shuningdek, ushbu bobning quyidagi moddalariga rioya qilgan holda olib boriladi. | Gumon qilinuvchini va ayblanuvchini soʻroq qilish ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga, shuningdek, ushbu bobning quyidagi moddalariga rioya qilgan holda olib boriladi. |
110-modda. Soʻroq qilish muddatlari | 110-modda. Soʻroq qilish muddatlari |
Surishtiruv va dastlabki tergov oʻtkazish jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ushlangan, soʻroq qilish uchun chaqirilgan, qamoqqa olingan yoki majburiy keltirilgandan keyin darhol yoki yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay, soʻroq qilinishi kerak. | Surishtiruv va dastlabki tergov oʻtkazish jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ushlangan, soʻroq qilish uchun chaqirilgan, qamoqqa olingan yoki majburiy keltirilgandan keyin darhol yoki yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay, soʻroq qilinishi kerak. |
Sud tergovi ketayotganda sudlanuvchiga istagan vaqtida koʻrsatuv berish huquqi sudya tomonidan taʼminlanishi shart. Agar sudlanuvchi biror sud harakati oʻtkazilayotgan paytda koʻrsatuv berish toʻgʻrisida istak bildirsa, sud unga shu harakatlar tugashi bilanoq koʻrsatuv berish uchun imkoniyat yaratadi. | Sud tergovi ketayotganda sudlanuvchiga istagan vaqtida koʻrsatuv berish huquqi sudya tomonidan taʼminlanishi shart. Agar sudlanuvchi biror sud harakati oʻtkazilayotgan paytda koʻrsatuv berish toʻgʻrisida istak bildirsa, sud unga shu harakatlar tugashi bilanoq koʻrsatuv berish uchun imkoniyat yaratadi. |
111-modda. Gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini birinchi marta soʻroq qilishdan oldingi harakatlar | 111-modda. Gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini birinchi marta soʻroq qilishdan oldingi harakatlar |
Gumon qilinuvchini, shuningdek ayblanuvchini birinchi marta soʻroq qilishdan bevosita oldin surishtiruvchi, tergovchi ushbu Kodeksning 98 — 100-moddalarida nazarda tutilgan harakatlarni bajarishi shart. | Gumon qilinuvchini, shuningdek ayblanuvchini birinchi marta soʻroq qilishdan bevosita oldin surishtiruvchi, tergovchi ushbu Kodeksning 98 — 100-moddalarida nazarda tutilgan harakatlarni bajarishi shart. |
Shundan soʻng surishtiruvchi, tergovchi: | Shundan soʻng surishtiruvchi, tergovchi: |
1) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga uning ushbu Kodeksning 46 va 48-moddalarida nazarda tutilgan protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi; | 1) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga uning ushbu Kodeksning 46 va 48-moddalarida nazarda tutilgan protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi; |
2) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi shartnoma tuzgan himoyachining yoxud, agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi shartnoma tuzishga ulgurmagan yoki tuza olmagan boʻlsa, boshqa himoyachining soʻroqda ishtirok etishini taʼminlaydi; | 2) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi shartnoma tuzgan himoyachining yoxud, agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi shartnoma tuzishga ulgurmagan yoki tuza olmagan boʻlsa, boshqa himoyachining soʻroqda ishtirok etishini taʼminlaydi; |
3) gumon qilinuvchiga uning qanday jinoyat sodir etishda gumon qilinayotganligini eʼlon qiladi; | 3) gumon qilinuvchiga uning qanday jinoyat sodir etishda gumon qilinayotganligini eʼlon qiladi; |
4) gumon qilinuvchiga ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinganligi toʻgʻrisidagi qarorni taqdim qiladi va ayblovning mohiyatini tushuntiradi. | 4) gumon qilinuvchiga ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinganligi toʻgʻrisidagi qarorni taqdim qiladi va ayblovning mohiyatini tushuntiradi. |
Surishtiruvchi, tergovchi ayblanuvchini birinchi marta soʻroq qilishdan oldin u oʻzini aybli hisoblashi-hisoblamasligini yoki oʻz aybini toʻla yoxud qisman rad etishi yoki etmasligini aniqlashi shart. | Surishtiruvchi, tergovchi ayblanuvchini birinchi marta soʻroq qilishdan oldin u oʻzini aybli hisoblashi-hisoblamasligini yoki oʻz aybini toʻla yoxud qisman rad etishi yoki etmasligini aniqlashi shart. |
Surishtiruvchi, tergovchi ushbu moddada sanab oʻtilgan harakatlarning bajarilishini gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining soʻroq bayonnomasida, sud esa sud majlisi bayonnomasida qayd qiladi. | Surishtiruvchi, tergovchi ushbu moddada sanab oʻtilgan harakatlarning bajarilishini gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining soʻroq bayonnomasida, sud esa sud majlisi bayonnomasida qayd qiladi. |
112-modda. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining koʻrsatuvlarini baholash | 112-modda. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining koʻrsatuvlarini baholash |
Gumon qilinuvchining u sodir etgan jinoyat haqidagi koʻrsatuvlari va ayblanuvchining oʻz aybiga iqror boʻlishi, bu iqror boʻlish mavjud dalillar majmui bilan tasdiqlangan taqdirdagina, uni ayblash uchun asos qilib olinishi mumkin. | Gumon qilinuvchining u sodir etgan jinoyat haqidagi koʻrsatuvlari va ayblanuvchining oʻz aybiga iqror boʻlishi, bu iqror boʻlish mavjud dalillar majmui bilan tasdiqlangan taqdirdagina, uni ayblash uchun asos qilib olinishi mumkin. |
Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining bergan koʻrsatuvlari bilan aniqlangan holatlar, ayblanuvchi oʻz aybiga iqror boʻlgan taqdirda ham, oʻzining aybdor ekanligini inkor qilgan taqdirda ham ishning hamma holatlari bilan bogʻlangan holda boshqa dalillar kabi tekshirib chiqilishi va baholanishi lozim. | Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining bergan koʻrsatuvlari bilan aniqlangan holatlar, ayblanuvchi oʻz aybiga iqror boʻlgan taqdirda ham, oʻzining aybdor ekanligini inkor qilgan taqdirda ham ishning hamma holatlari bilan bogʻlangan holda boshqa dalillar kabi tekshirib chiqilishi va baholanishi lozim. |
113-modda. Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz | 113-modda. Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz |
Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz — ariza beruvchining oʻzi sodir etgan jinoyati toʻgʻrisida u shu jinoyatni sodir etishda gumon qilinmasdan va unga ayblov eʼlon etilmasdan oldin bergan xabaridir. | Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz — ariza beruvchining oʻzi sodir etgan jinoyati toʻgʻrisida u shu jinoyatni sodir etishda gumon qilinmasdan va unga ayblov eʼlon etilmasdan oldin bergan xabaridir. |
Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz ogʻzaki yoki yozma boʻlishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ogʻzaki xabarni bayonnomada aks ettiradi, unga arz qiluvchining shaxsiga doir maʼlumotlar kiritiladi va unda arzning mazmuni birinchi shaxs nomidan bayon qilinadi. Bayonnomaga arz qiluvchi va surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya imzo chekadi. | Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz ogʻzaki yoki yozma boʻlishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ogʻzaki xabarni bayonnomada aks ettiradi, unga arz qiluvchining shaxsiga doir maʼlumotlar kiritiladi va unda arzning mazmuni birinchi shaxs nomidan bayon qilinadi. Bayonnomaga arz qiluvchi va surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya imzo chekadi. |
Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan ushbu Kodeksning 112-moddasida koʻrsatilgan qoidalarga muvofiq baholanadi. | Aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan ushbu Kodeksning 112-moddasida koʻrsatilgan qoidalarga muvofiq baholanadi. |
12-bob. GUVOH VA JABRLANUVCHINI SOʻROQ QILISH | 12-bob. GUVOH VA JABRLANUVCHINI SOʻROQ QILISH |
114-modda. Guvoh va jabrlanuvchini soʻroq qilish tartibi | 114-modda. Guvoh va jabrlanuvchini soʻroq qilish tartibi |
Guvoh va jabrlanuvchini soʻroq qilish ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga, shuningdek ushbu bobning quyidagi moddalariga rioya qilgan holda olib boriladi. | Guvoh va jabrlanuvchini soʻroq qilish ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga, shuningdek ushbu bobning quyidagi moddalariga rioya qilgan holda olib boriladi. |
Soʻroqqa oʻz advokati bilan hozir boʻlgan guvohni yoki jabrlanuvchini soʻroq qilish advokat ishtirokida amalga oshiriladi. Soʻroq tugaganidan soʻng advokat guvohning yoki jabrlanuvchining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi, soʻroq bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan arzlarini bayon etishga haqli. | Soʻroqqa oʻz advokati bilan hozir boʻlgan guvohni yoki jabrlanuvchini soʻroq qilish advokat ishtirokida amalga oshiriladi. Soʻroq tugaganidan soʻng advokat guvohning yoki jabrlanuvchining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi, soʻroq bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan arzlarini bayon etishga haqli. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar uzrli sabablarga koʻra sudga kelmagan taqdirda, sudning tashabbusi bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga koʻra videokonferensaloqa vositasida soʻroq qilinishi mumkin. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar uzrli sabablarga koʻra sudga kelmagan taqdirda, sudning tashabbusi bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga koʻra videokonferensaloqa vositasida soʻroq qilinishi mumkin. |
115-modda. Guvoh va jabrlanuvchi tariqasida soʻroq qilinishi mumkin boʻlmagan shaxslar | 115-modda. Guvoh va jabrlanuvchi tariqasida soʻroq qilinishi mumkin boʻlmagan shaxslar |
Guvoh va jabrlanuvchi tariqasida: | Guvoh va jabrlanuvchi tariqasida: |
1) hukm va ajrim chiqarish jarayonida kelib chiqqan masalalarni maslahatxonada muhokama qilishga oid holatlar toʻgʻrisida — sudyani va xalq maslahatchisini; | 1) hukm va ajrim chiqarish jarayonida kelib chiqqan masalalarni maslahatxonada muhokama qilishga oid holatlar toʻgʻrisida — sudyani va xalq maslahatchisini; |
2) jinoyat ishi yuzasidan oʻz vazifalarini bajarishlari natijasida oʻzlariga maʼlum boʻlgan holatlar toʻgʻrisida — himoyachini, shuningdek jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning vakilini; | 2) jinoyat ishi yuzasidan oʻz vazifalarini bajarishlari natijasida oʻzlariga maʼlum boʻlgan holatlar toʻgʻrisida — himoyachini, shuningdek jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning vakilini; |
3) ruhiy holati buzilganligi yoki jismoniy nuqsoni sababli ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatni toʻgʻri idrok etish va bu haqda koʻrsatuv bera olish layoqatiga ega boʻlmagan shaxsni soʻroq qilish mumkin emas. | 3) ruhiy holati buzilganligi yoki jismoniy nuqsoni sababli ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatni toʻgʻri idrok etish va bu haqda koʻrsatuv bera olish layoqatiga ega boʻlmagan shaxsni soʻroq qilish mumkin emas. |
116-modda. Guvoh yoki jabrlanuvchi tariqasida faqat oʻz roziligi bilan soʻroq qilinishi mumkin boʻlgan shaxslar | 116-modda. Guvoh yoki jabrlanuvchi tariqasida faqat oʻz roziligi bilan soʻroq qilinishi mumkin boʻlgan shaxslar |
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga taalluqli holatlar haqida guvoh yoki jabrlanuvchi tariqasida faqat oʻzlarining roziliklari bilan soʻroq qilinishlari mumkin. | Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga taalluqli holatlar haqida guvoh yoki jabrlanuvchi tariqasida faqat oʻzlarining roziliklari bilan soʻroq qilinishlari mumkin. |
117-modda. Guvoh va jabrlanuvchini protsessual majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirish | 117-modda. Guvoh va jabrlanuvchini protsessual majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirish |
Guvoh yoki jabrlanuvchining shaxsi aniqlangandan va unga protsessual huquq hamda majburiyatlari tushuntirilgandan keyin u koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilib, bu haqda soʻroq bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasiga yozib qoʻyiladi. | Guvoh yoki jabrlanuvchining shaxsi aniqlangandan va unga protsessual huquq hamda majburiyatlari tushuntirilgandan keyin u koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilib, bu haqda soʻroq bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasiga yozib qoʻyiladi. |
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilmaydilar. | Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilmaydilar. |
118-modda. Alohida holatlarni bahona qilib koʻrsatuv berishdan bosh tortishga yoʻl qoʻyilmasligi | 118-modda. Alohida holatlarni bahona qilib koʻrsatuv berishdan bosh tortishga yoʻl qoʻyilmasligi |
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan aniqlanayotgan holatlar oʻzida davlat sirlarini yoki kasb sirini yoxud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoxud boshqa shaxslar hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettirganligini bahona qilib, guvoh va jabrlanuvchi koʻrsatuv berishdan bosh tortishga haqli emas. | Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan aniqlanayotgan holatlar oʻzida davlat sirlarini yoki kasb sirini yoxud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoxud boshqa shaxslar hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettirganligini bahona qilib, guvoh va jabrlanuvchi koʻrsatuv berishdan bosh tortishga haqli emas. |
Aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar oʻzida davlat sirini yoki kasb sirini aks ettiradi yoxud shaxslar hayotining sir tutiladigan tomonlariga tegishli deb hisoblash uchun asos boʻlganda, surishtiruvchi, tergovchi va sud guvoh yoki jabrlanuvchini soʻroq qilish chogʻida bu holatlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻrishi shart. | Aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar oʻzida davlat sirini yoki kasb sirini aks ettiradi yoxud shaxslar hayotining sir tutiladigan tomonlariga tegishli deb hisoblash uchun asos boʻlganda, surishtiruvchi, tergovchi va sud guvoh yoki jabrlanuvchini soʻroq qilish chogʻida bu holatlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻrishi shart. |
119-modda. Guvoh va jabrlanuvchining koʻrsatuvlari | 119-modda. Guvoh va jabrlanuvchining koʻrsatuvlari |
Guvoh yoki jabrlanuvchi protsessual majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilganidan keyin jabrlanuvchi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar bilan oʻzaro munosabatlari, guvoh esa, shuningdek jabrlanuvchi bilan oʻzaro munosabatlari toʻgʻrisidagi savollarga javob beradi. Shundan soʻng soʻroq qiluvchining taklifiga koʻra guvoh yoki jabrlanuvchi ish boʻyicha oʻzlari bilgan barcha maʼlumotlarni aytib beradilar. Ular ish uchun ahamiyatli boʻlgan yoki ahamiyatli boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday holat toʻgʻrisida, shu jumladan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining va protsess boshqa ishtirokchilarining shaxsi haqida ham koʻrsatuvlar berishlari mumkin. | Guvoh yoki jabrlanuvchi protsessual majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilganidan keyin jabrlanuvchi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar bilan oʻzaro munosabatlari, guvoh esa, shuningdek jabrlanuvchi bilan oʻzaro munosabatlari toʻgʻrisidagi savollarga javob beradi. Shundan soʻng soʻroq qiluvchining taklifiga koʻra guvoh yoki jabrlanuvchi ish boʻyicha oʻzlari bilgan barcha maʼlumotlarni aytib beradilar. Ular ish uchun ahamiyatli boʻlgan yoki ahamiyatli boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday holat toʻgʻrisida, shu jumladan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining va protsess boshqa ishtirokchilarining shaxsi haqida ham koʻrsatuvlar berishlari mumkin. |
120-modda. Guvohni va jabrlanuvchini ularning iltimosiga koʻra soʻroq qilish | 120-modda. Guvohni va jabrlanuvchini ularning iltimosiga koʻra soʻroq qilish |
Tergov olib borilayotgan joyda yoki sudda boʻlgan guvoh yoki jabrlanuvchi koʻrsatuv berishga xohish bildirsa, ular qoida tariqasida oʻsha kunning oʻzida yoki keyingi kundan kechiktirmay soʻroq qilinishi kerak. | Tergov olib borilayotgan joyda yoki sudda boʻlgan guvoh yoki jabrlanuvchi koʻrsatuv berishga xohish bildirsa, ular qoida tariqasida oʻsha kunning oʻzida yoki keyingi kundan kechiktirmay soʻroq qilinishi kerak. |
Guvoh yoki jabrlanuvchining koʻrsatuv berishga xohishi toʻgʻrisidagi xabar tergovchi yoki sudga pochta orqali kelsa, unga soʻroq oʻtkaziladigan joy va vaqt darhol xabar qilinadi va u kelishi bilanoq soʻroq oʻtkaziladi. | Guvoh yoki jabrlanuvchining koʻrsatuv berishga xohishi toʻgʻrisidagi xabar tergovchi yoki sudga pochta orqali kelsa, unga soʻroq oʻtkaziladigan joy va vaqt darhol xabar qilinadi va u kelishi bilanoq soʻroq oʻtkaziladi. |
121-modda. Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini soʻroq qilishning oʻziga xos jihatlari | 121-modda. Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini soʻroq qilishning oʻziga xos jihatlari |
Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini soʻroq qilish qonuniy vakili yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog va (yoki) psixolog yoxud jabrlanuvchining vakili ishtirokida ularning roziligi bilan oʻtkaziladi. Koʻrsatilgan shaxslar soʻroq qiluvchining ruxsati bilan guvoh yoki jabrlanuvchiga savollar berishlari mumkin. | Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini soʻroq qilish qonuniy vakili yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog va (yoki) psixolog yoxud jabrlanuvchining vakili ishtirokida ularning roziligi bilan oʻtkaziladi. Koʻrsatilgan shaxslar soʻroq qiluvchining ruxsati bilan guvoh yoki jabrlanuvchiga savollar berishlari mumkin. |
Pedagogni va (yoki) psixologni soʻroq qilishga jalb etish voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchi qonuniy vakilining yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshining, jabrlanuvchi vakilining iltimosiga binoan yoxud surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning tashabbusiga koʻra amalga oshiriladi. Pedagogning va (yoki) psixologning ishtiroki jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan taʼminlanadi. | Pedagogni va (yoki) psixologni soʻroq qilishga jalb etish voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchi qonuniy vakilining yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshining, jabrlanuvchi vakilining iltimosiga binoan yoxud surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning tashabbusiga koʻra amalga oshiriladi. Pedagogning va (yoki) psixologning ishtiroki jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan taʼminlanadi. |
Voyaga yetmagan jabrlanuvchi yoki guvohni soʻroq qilishda ishtirok etish uchun pedagogni va (yoki) psixologni jalb etish toʻgʻrisida iltimosnoma berish huquqi soʻroq qilishdan oldin uning qonuniy vakiliga yoki katta yoshli yaqin qarindoshiga, jabrlanuvchi vakiliga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan tushuntiriladi. | Voyaga yetmagan jabrlanuvchi yoki guvohni soʻroq qilishda ishtirok etish uchun pedagogni va (yoki) psixologni jalb etish toʻgʻrisida iltimosnoma berish huquqi soʻroq qilishdan oldin uning qonuniy vakiliga yoki katta yoshli yaqin qarindoshiga, jabrlanuvchi vakiliga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan tushuntiriladi. |
Voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini soʻroq qilishning umumiy davom etish vaqti kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda toʻrt soatdan oshmasligi kerak. | Voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini soʻroq qilishning bir kun mobaynidagi umumiy davomiyligi voyaga yetmaganning yoshidan va holatidan kelib chiqishi hamda: 1) 7 yoshgacha boʻlganlarga nisbatan — tanaffuslarsiz oʻttiz daqiqadan, jami bir soatdan; 2) 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlganlarga nisbatan — tanaffuslarsiz bir soatdan, jami ikki soatdan; 3) 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlganlarga nisbatan — tanaffuslarsiz ikki soatdan, jami toʻrt soatdan oshmasligi kerak. Voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini qoʻshimcha soʻroq qilish soʻroq qilinuvchi ishning oʻziga maʼlum boʻlgan barcha holatlari toʻgʻrisida koʻrsatuv bera olishi uchun ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan soʻroqning umumiy davom etish vaqti yetarli boʻlmagan hollarda, shuningdek ushbu Kodeks 108-moddasining 2 — 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda ham amalga oshiriladi. |
Oʻn olti yoshgacha boʻlgan guvohlar va jabrlanuvchilar koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilmaydilar, biroq surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchi shu guvoh va jabrlanuvchilarga ularning protsessual huquqi va majburiyatlarini tushuntirish chogʻida haqqoniy koʻrsatuv berish va bu bilan jinoyat ishi boʻyicha haqiqatni aniqlashga koʻmaklashish maʼnaviy burch ekanligini eslatib oʻtadi. | Oʻn olti yoshgacha boʻlgan guvohlar va jabrlanuvchilar koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilmaydilar, biroq surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchi shu guvoh va jabrlanuvchilarga ularning protsessual huquqi va majburiyatlarini tushuntirish chogʻida haqqoniy koʻrsatuv berish va bu bilan jinoyat ishi boʻyicha haqiqatni aniqlashga koʻmaklashish maʼnaviy burch ekanligini eslatib oʻtadi. |
Jinsiy erkinlikka qarshi, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar savdosiga oid jinoyat ishlari boʻyicha voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini soʻroq qilish, shuningdek boshqa holatlarda soʻroq qilish, agar buni odil sudlovning yoki voyaga yetmagan shaxsning manfaatlari talab etsa, stenografiya, videokuzatuv, shuningdek audio- va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonada qonuniy vakil, pedagog va (yoki) psixolog ishtirokida oʻtkazilishi mumkin. | Jinsiy erkinlikka qarshi, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar savdosiga oid jinoyat ishlari boʻyicha voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini soʻroq qilish, shuningdek boshqa holatlarda soʻroq qilish, agar buni odil sudlovning yoki voyaga yetmagan shaxsning manfaatlari talab etsa, stenografiya, videokuzatuv, shuningdek audio- va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonada qonuniy vakil, pedagog va (yoki) psixolog ishtirokida oʻtkazilishi mumkin. |
Soʻroqni stenografiya, videokuzatuv, shuningdek audio- va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonalarda oʻtkazish tartibi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan belgilanadi. | Soʻroqni stenografiya, videokuzatuv, shuningdek audio- va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonalarda oʻtkazish tartibi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan belgilanadi. |
Zarur boʻlgan hollarda, himoyachi, voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakili, pedagog yoki psixolog savollarni surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning ruxsati bilan qayta tuzish huquqiga ega, bunda savollarning mohiyati oʻzgartirilmaydi. | Zarur boʻlgan hollarda, himoyachi, voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakili, pedagog yoki psixolog savollarni surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning ruxsati bilan qayta tuzish huquqiga ega, bunda savollarning mohiyati oʻzgartirilmaydi. |
Voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini soʻroq qilish stenografiyasi, ular koʻrsatuvlarining audio- va videoyozuvlari ushbu moddaga muvofiq bayonnomaga ilova qilinadi. | Voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini soʻroq qilish stenografiyasi, ular koʻrsatuvlarining audio- va videoyozuvlari ushbu moddaga muvofiq bayonnomaga ilova qilinadi. |
121-bob. KOʻRSATUVLARNI OLDINDAN MUSTAHKAMLAB QOʻYISH | 121-bob. KOʻRSATUVLARNI OLDINDAN MUSTAHKAMLAB QOʻYISH |
1211-modda. Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish | 1211-modda. Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish |
Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish guvoh va jabrlanuvchini (fuqaroviy daʼvogarni) ishni sudga qadar yuritish bosqichida prokurorning iltimosiga binoan soʻroq qilishdan iborat boʻlib, u ushbu Kodeksda nazarda tutilgan sud muhokamasi qoidalariga koʻra sud tomonidan amalga oshiriladi. | Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish guvoh va jabrlanuvchini (fuqaroviy daʼvogarni) ishni sudga qadar yuritish bosqichida prokurorning iltimosiga binoan soʻroq qilishdan iborat boʻlib, u ushbu Kodeksda nazarda tutilgan sud muhokamasi qoidalariga koʻra sud tomonidan amalga oshiriladi. |
1212-modda. Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish uchun asoslar | 1212-modda. Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish uchun asoslar |
Guvohni, jabrlanuvchini (fuqaroviy daʼvogarni) obyektiv sabablarga koʻra (Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketishi, ularda jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishni istisno qiladigan ogʻir va davomli kasallik mavjudligi) ishni sudga qadar yuritish yoki sud muhokamasi chogʻida keyinchalik soʻroq qilish mumkin boʻlmay qoladi deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud boʻlgan hollarda, ularning koʻrsatuvlari oldindan mustahkamlab qoʻyilishi mumkin. | Guvohni, jabrlanuvchini (fuqaroviy daʼvogarni) obyektiv sabablarga koʻra (Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketishi, ularda jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishni istisno qiladigan ogʻir va davomli kasallik mavjudligi) ishni sudga qadar yuritish yoki sud muhokamasi chogʻida keyinchalik soʻroq qilish mumkin boʻlmay qoladi deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud boʻlgan hollarda, ularning koʻrsatuvlari oldindan mustahkamlab qoʻyilishi mumkin. |
Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish zarur boʻlganda surishtiruvchi, tergovchi koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi va uni zarur materiallar bilan birga prokurorga yuboradi. | Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish zarur boʻlganda surishtiruvchi, tergovchi koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi va uni zarur materiallar bilan birga prokurorga yuboradi. |
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), guvoh va himoyachi koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisida prokurorga murojaat qiladi. | Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), guvoh va himoyachi koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisida prokurorga murojaat qiladi. |
Prokuror koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorning yoxud murojaatning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni yoki murojaatni surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga yoki hududiy harbiy sudga yuboradi. | Prokuror koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorning yoxud murojaatning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni yoki murojaatni surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga yuboradi. |
Iltimosnomaga koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish zarurligini tasdiqlovchi jinoyat ishi materiallarining koʻchirma nusxalari ilova qilinadi. | Iltimosnomaga koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish zarurligini tasdiqlovchi jinoyat ishi materiallarining koʻchirma nusxalari ilova qilinadi. |
1213-modda. Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish shartlari | 1213-modda. Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish shartlari |
Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. | |
Sud koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomani materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay koʻrib chiqadi va iltimosnomani qanoatlantirish hamda sud majlisini tayinlash yoki iltimosnomani qanoatlantirishni rad qilish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi va bu haqda taraflarga xabar beradi. | Sud koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomani materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay koʻrib chiqadi va iltimosnomani qanoatlantirish hamda sud majlisini tayinlash yoki iltimosnomani qanoatlantirishni rad qilish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi va bu haqda taraflarga xabar beradi. |
Iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, sudya koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlash boʻyicha sud majlisini uch sutkadan kechiktirmay oʻtkazadi. | Iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, sudya koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlash boʻyicha sud majlisini uch sutkadan kechiktirmay oʻtkazadi. |
Agar sudya koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlashni iltimosnomani va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish natijasida asossiz deb topsa, iltimosnomani qanoatlantirishni rad etadi. | Agar sudya koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlashni iltimosnomani va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish natijasida asossiz deb topsa, iltimosnomani qanoatlantirishni rad etadi. |
Sudning koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan ushbu ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida xususiy shikoyat yoki xususiy protest berilishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati, protesti ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma toʻrt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay koʻrib chiqishi kerak. | Sudning koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan ushbu ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida xususiy shikoyat yoki xususiy protest berilishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati, protesti ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma toʻrt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak. |
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan: | Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan: |
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga; | sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga; |
sudyaning ajrimini bekor qilishga va koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyishga haqli. | sudyaning ajrimini bekor qilishga va koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyishga haqli. |
Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan shikoyat, protest berilishi mumkin emas. | Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan shikoyat, protest berilishi mumkin emas. |
Iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganidan keyin sudga takroran murojaat qilishga faqat koʻrsatuvlarni mustahkamlash toʻgʻrisida iltimosnoma berish uchun yangi asoslar mavjud boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi. | Iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganidan keyin sudga takroran murojaat qilishga faqat koʻrsatuvlarni mustahkamlash toʻgʻrisida iltimosnoma berish uchun yangi asoslar mavjud boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi. |
1214-modda. Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish tartibi | 1214-modda. Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish tartibi |
Guvohning, jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlab qoʻyish sudda soʻroq qilish tartibiga rioya etilgan holda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi va zarurat boʻlganda protsessning boshqa ishtirokchilari ishtirokida sud majlisida ushbu Kodeksning 442-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. | Guvohning, jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlab qoʻyish sudda soʻroq qilish tartibiga rioya etilgan holda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi va zarurat boʻlganda protsessning boshqa ishtirokchilari ishtirokida sud majlisida ushbu Kodeksning 442-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. |
Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish zarurligini asoslaydi. | Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish zarurligini asoslaydi. |
Sud majlisi audio- va videoyozuvdan foydalangan holda, shuningdek videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin. | Sud majlisi audio- va videoyozuvdan foydalangan holda, shuningdek videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin. |
Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlash jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchining ishtiroki guvoh yoki jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar)ning xavfsizligiga tahdid soladigan yoki ruhiy holatiga taʼsir qiladigan boʻlsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sud majlisiga chaqirilmaydi. | Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlash jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchining ishtiroki guvoh yoki jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar)ning xavfsizligiga tahdid soladigan yoki ruhiy holatiga taʼsir qiladigan boʻlsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sud majlisiga chaqirilmaydi. |
Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi. | Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi. |
Agar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki himoyachi uzrli sabablarga koʻra kelmagan va bu haqda sudga oldindan xabar bergan boʻlsa, koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyishga doir harakatlarning amalga oshirilishi keyinga qoldirilishi mumkin. | Agar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki himoyachi uzrli sabablarga koʻra kelmagan va bu haqda sudga oldindan xabar bergan boʻlsa, koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyishga doir harakatlarning amalga oshirilishi keyinga qoldirilishi mumkin. |
Guvohning yoki jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlab qoʻyishga doir harakatlar amalga oshirilganligi haqida ushbu Kodeksning 426, 427-moddalari talablariga muvofiq sud majlisining bayonnomasi tuziladi. | Guvohning yoki jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlab qoʻyishga doir harakatlar amalga oshirilganligi haqida ushbu Kodeksning 426, 427-moddalari talablariga muvofiq sud majlisining bayonnomasi tuziladi. |
Taraflar sud majlisi bayonnomasining koʻchirma nusxasini, shuningdek oʻz hisobidan audio- va videoyozuvlarni olishga hamda sud majlisining bayonnomasi yuzasidan oʻz mulohazalarini berishga haqlidir. | Taraflar sud majlisi bayonnomasining koʻchirma nusxasini, shuningdek oʻz hisobidan audio- va videoyozuvlarni olishga hamda sud majlisining bayonnomasi yuzasidan oʻz mulohazalarini berishga haqlidir. |
Sudya sud majlisining bayonnomasi yuzasidan berilgan mulohazalarni darhol koʻrib chiqadi va ularni qabul qilish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi. | Sudya sud majlisining bayonnomasi yuzasidan berilgan mulohazalarni darhol koʻrib chiqadi va ularni qabul qilish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi. |
Sud majlisining bayonnomasi, audio- va videoyozuvlar, bayonnoma yuzasidan berilgan mulohazalar va ularni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha qabul qilingan qaror jinoyat ishi materiallariga qoʻshish uchun prokurorga yuboriladi. | Sud majlisining bayonnomasi, audio- va videoyozuvlar, bayonnoma yuzasidan berilgan mulohazalar va ularni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha qabul qilingan qaror jinoyat ishi materiallariga qoʻshish uchun prokurorga yuboriladi. |
Bayonnomaning va unga ilova qilingan materiallarning koʻchirma nusxalari sudda saqlanadi. | Bayonnomaning va unga ilova qilingan materiallarning koʻchirma nusxalari sudda saqlanadi. |
1215-modda. Koʻrsatuvlari oldindan mustahkamlab qoʻyilgan shaxsni qayta soʻroq qilish uchun asoslar | 1215-modda. Koʻrsatuvlari oldindan mustahkamlab qoʻyilgan shaxsni qayta soʻroq qilish uchun asoslar |
Koʻrsatuvlari oldindan mustahkamlab qoʻyilgan guvohlarni, jabrlanuvchilarni (fuqaroviy daʼvogarlarni) qayta soʻroq qilishga keyinchalik sudga qadar ish yuritish bosqichida yoki sud muhokamasi davomida koʻrsatuvlari oldindan mustahkamlab qoʻyilgan shaxsga berilishi kerak boʻlgan ish uchun muhim ahamiyatga molik yangi savollar tugʻilganda yoʻl qoʻyiladi. | Koʻrsatuvlari oldindan mustahkamlab qoʻyilgan guvohlarni, jabrlanuvchilarni (fuqaroviy daʼvogarlarni) qayta soʻroq qilishga keyinchalik sudga qadar ish yuritish bosqichida yoki sud muhokamasi davomida koʻrsatuvlari oldindan mustahkamlab qoʻyilgan shaxsga berilishi kerak boʻlgan ish uchun muhim ahamiyatga molik yangi savollar tugʻilganda yoʻl qoʻyiladi. |
13-bob. YUZLASHTIRISH | 13-bob. YUZLASHTIRISH |
122-modda. Yuzlashtirish uchun asoslar | 122-modda. Yuzlashtirish uchun asoslar |
Yuzlashtirish ilgari soʻroq qilingan ikki shaxs koʻrsatuvlari oʻrtasida jiddiy qarama-qarshiliklar boʻlganda bu qarama-qarshiliklarning sababini aniqlash uchun oʻtkaziladi. | Yuzlashtirish ilgari soʻroq qilingan ikki shaxs koʻrsatuvlari oʻrtasida jiddiy qarama-qarshiliklar boʻlganda bu qarama-qarshiliklarning sababini aniqlash uchun oʻtkaziladi. |
Yuzlashtirishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvoh soʻroq qilinishi mumkin. | Yuzlashtirishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvoh soʻroq qilinishi mumkin. |
123-modda. Yuzlashtirish oʻtkazishning tartibi | 123-modda. Yuzlashtirish oʻtkazishning tartibi |
Yuzlashtirish oʻtkazish chogʻida ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan soʻroq qilishning umumiy qoidalariga, shuningdek ushbu bobning quyidagi qoidalariga rioya qilinadi. | Yuzlashtirish oʻtkazish chogʻida ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan soʻroq qilishning umumiy qoidalariga, shuningdek ushbu bobning quyidagi qoidalariga rioya qilinadi. |
Yuzlashtirib soʻroq qilish oldidan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchi har bir soʻroq qilinuvchidan navbat bilan ularning oʻzaro tanishligi yoki tanish emasligini, oʻzaro munosabatlari qanday ekanligini soʻraydi va javoblarini tinglaydi. Shundan soʻng har bir soʻroq qilinuvchiga navbat bilan qarama-qarshilik kelib chiqqan holatlar toʻgʻrisidagi savollarga javob berish taklif qilinadi. Basharti qarama-qarshilik bir nechta masalaga yoki bir nechta holatga taalluqli boʻlsa, yuzlashtirishda har ikki soʻroq qilinuvchi bir masala yoki bir holat boʻyicha koʻrsatuv bergach, ularga keyingi masala yoki keyingi holat toʻgʻrisidagi savollar berilishi mumkin. | Yuzlashtirib soʻroq qilish oldidan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchi har bir soʻroq qilinuvchidan navbat bilan ularning oʻzaro tanishligi yoki tanish emasligini, oʻzaro munosabatlari qanday ekanligini soʻraydi va javoblarini tinglaydi. Shundan soʻng har bir soʻroq qilinuvchiga navbat bilan qarama-qarshilik kelib chiqqan holatlar toʻgʻrisidagi savollarga javob berish taklif qilinadi. Basharti qarama-qarshilik bir nechta masalaga yoki bir nechta holatga taalluqli boʻlsa, yuzlashtirishda har ikki soʻroq qilinuvchi bir masala yoki bir holat boʻyicha koʻrsatuv bergach, ularga keyingi masala yoki keyingi holat toʻgʻrisidagi savollar berilishi mumkin. |
Yuzlashtirish chogʻida soʻroq qilinayotgan shaxs surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan boshqa soʻroq qilinuvchiga savol berishi mumkin. Sud majlisida soʻroq qilinuvchilarning har ikkalasiga xalq maslahatchilari, shuningdek taraflar savol berishlari mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi va sud majlisida raislik qiluvchi ish uchun jiddiy ahamiyatga ega boʻlmagan yoki yuzlashtirishda aniqlashtirilayotgan qarama-qarshilikka taalluqli boʻlmagan savollarni chetlatishga haqlidir. | Yuzlashtirish chogʻida soʻroq qilinayotgan shaxs surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan boshqa soʻroq qilinuvchiga savol berishi mumkin. Sud majlisida soʻroq qilinuvchilarning har ikkalasiga xalq maslahatchilari, shuningdek taraflar savol berishlari mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi va sud majlisida raislik qiluvchi ish uchun jiddiy ahamiyatga ega boʻlmagan yoki yuzlashtirishda aniqlashtirilayotgan qarama-qarshilikka taalluqli boʻlmagan savollarni chetlatishga haqlidir. |
124-modda. Yuzlashtirish chogʻida ilgarigi koʻrsatuvlarni oʻqib eshittirish | 124-modda. Yuzlashtirish chogʻida ilgarigi koʻrsatuvlarni oʻqib eshittirish |
Yuzlashtirish chogʻida soʻroq bayonnomasi yoki soʻroq qilinayotgan shaxslar avvalgi soʻroqlarda bergan koʻrsatuvlarning fonogrammalari shu shaxslar yuzlashtirilib, ularning koʻrsatuvlari bayonnomaga kiritilganidan keyingina oʻqib berilishi yoki eshittirilishiga yoʻl qoʻyiladi. | Yuzlashtirish chogʻida soʻroq bayonnomasi yoki soʻroq qilinayotgan shaxslar avvalgi soʻroqlarda bergan koʻrsatuvlarning fonogrammalari shu shaxslar yuzlashtirilib, ularning koʻrsatuvlari bayonnomaga kiritilganidan keyingina oʻqib berilishi yoki eshittirilishiga yoʻl qoʻyiladi. |
14-bob. TANIB OLISH UCHUN KOʻRSATISH | 14-bob. TANIB OLISH UCHUN KOʻRSATISH |
125-modda. Tanib olish uchun koʻrsatish asoslari | 125-modda. Tanib olish uchun koʻrsatish asoslari |
Tanib olish uchun koʻrsatish guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining biror shaxs yoki narsa toʻgʻrisidagi koʻrsatuvini tekshirib koʻrish uchun quyidagi hollarda amalga oshiriladi: | Tanib olish uchun koʻrsatish guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining biror shaxs yoki narsa toʻgʻrisidagi koʻrsatuvini tekshirib koʻrish uchun quyidagi hollarda amalga oshiriladi: |
1) bu koʻrsatuv muayyan bir shaxs yoki muayyan bir narsaga oid ekanligini aniqlash zarur boʻlganda; | 1) bu koʻrsatuv muayyan bir shaxs yoki muayyan bir narsaga oid ekanligini aniqlash zarur boʻlganda; |
2) surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga maʼlum boʻlgan koʻplab shaxs yoki narsalar orasidan koʻrsatuvda tasvirlab berilgan shaxs yoki narsani topish zarur boʻlganda. | 2) surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga maʼlum boʻlgan koʻplab shaxs yoki narsalar orasidan koʻrsatuvda tasvirlab berilgan shaxs yoki narsani topish zarur boʻlganda. |
126-modda. Tanib olish uchun koʻrsatishdan oldin soʻroq qilish | 126-modda. Tanib olish uchun koʻrsatishdan oldin soʻroq qilish |
Tanib oluvchi tanib olish lozim boʻlgan shaxs yoki narsaning belgilari, alomatlari, xususiyatlari toʻgʻrisida oldindan soʻroq qilinishi lozim. | Tanib oluvchi tanib olish lozim boʻlgan shaxs yoki narsaning belgilari, alomatlari, xususiyatlari toʻgʻrisida oldindan soʻroq qilinishi lozim. |
127-modda. Shaxsni tanib olish uchun koʻrsatish tartibi | 127-modda. Shaxsni tanib olish uchun koʻrsatish tartibi |
Shaxs tanib olish uchun tergov olib borilayotgan ishga aloqasi boʻlmagan, tashqi belgilari bilan oʻziga oʻxshaydigan shaxslar guruhi orasida xolislar huzurida koʻrsatiladi. Tanib olish uchun koʻrsatilayotgan shaxslarning umumiy soni uch nafardan kam boʻlmasligi kerak. | Shaxs tanib olish uchun tergov olib borilayotgan ishga aloqasi boʻlmagan, tashqi belgilari bilan oʻziga oʻxshaydigan shaxslar guruhi orasida xolislar huzurida koʻrsatiladi. Tanib olish uchun koʻrsatilayotgan shaxslarning umumiy soni uch nafardan kam boʻlmasligi kerak. |
Tanib olinuvchiga tanib olish uchun koʻrsatiladigan shaxslar guruhi orasida istagan joyni egallash taklif qilinadi. | Tanib olinuvchiga tanib olish uchun koʻrsatiladigan shaxslar guruhi orasida istagan joyni egallash taklif qilinadi. |
Tanib olinuvchi kiyimi, soch qirqtirishi yoki tarashi yoxud boshqa belgilari bilan tanib olish uchun koʻrsatiladigan oʻzga shaxslar orasida yaqqol ajralib turmasligi lozim. | Tanib olinuvchi kiyimi, soch qirqtirishi yoki tarashi yoxud boshqa belgilari bilan tanib olish uchun koʻrsatiladigan oʻzga shaxslar orasida yaqqol ajralib turmasligi lozim. |
Shaxsni tanib olish uchun koʻrsatishning iloji boʻlmaganda yoxud xavfsizlikni taʼminlash maqsadida uning fotosuratidan foydalanish mumkin. | Shaxsni tanib olish uchun koʻrsatishning iloji boʻlmaganda yoxud xavfsizlikni taʼminlash maqsadida uning fotosuratidan foydalanish mumkin. |
Tanib olish uchun jadval qogʻozga yaxshilab yopishtirilib, muhrlangan va raqamlangan, lekin suratga olingan shaxslarning ismi va familiyalari koʻrsatilmagan kamida uchta fotosurat koʻrsatiladi. | Tanib olish uchun jadval qogʻozga yaxshilab yopishtirilib, muhrlangan va raqamlangan, lekin suratga olingan shaxslarning ismi va familiyalari koʻrsatilmagan kamida uchta fotosurat koʻrsatiladi. |
Tanib oluvchining xavfsizligini taʼminlash maqsadida shaxsni tanib olish uchun koʻrsatish surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning qaroriga koʻra tanib olinuvchining tanib oluvchini koʻrib turishi istisno etiladigan sharoitlarda oʻtkazilishi mumkin. Bu holda xolislar tanib oluvchi turgan joyda boʻladi. | Tanib oluvchining xavfsizligini taʼminlash maqsadida shaxsni tanib olish uchun koʻrsatish surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning qaroriga koʻra tanib olinuvchining tanib oluvchini koʻrib turishi istisno etiladigan sharoitlarda oʻtkazilishi mumkin. Bu holda xolislar tanib oluvchi turgan joyda boʻladi. |
128-modda. Koʻchar narsalarni tanib olish uchun koʻrsatish tartibi | 128-modda. Koʻchar narsalarni tanib olish uchun koʻrsatish tartibi |
Tergov olib borilayotgan joyga, sudga yoki boshqa joyga olib borilishi mumkin boʻlgan narsalar, narsalarning boʻlagi va hayvonlar ushbu ishga aloqasi boʻlmagan boshqa turdosh narsalar orasida tanib olish uchun koʻrsatiladi. | Tergov olib borilayotgan joyga, sudga yoki boshqa joyga olib borilishi mumkin boʻlgan narsalar, narsalarning boʻlagi va hayvonlar ushbu ishga aloqasi boʻlmagan boshqa turdosh narsalar orasida tanib olish uchun koʻrsatiladi. |
Tanib oluvchi soʻroq qilinganda tasvirlaganidan tashqi belgilari, alomatlari, xususiyatlari boʻyicha jiddiy farq qilmaydigan narsalar turdosh deb hisoblanadi. Tanib olish uchun koʻrsatilayotgan narsalarni joylashtirish tartibi surishtiruvchi, tergovchi tomonidan xolislar huzurida belgilanadi. | Tanib oluvchi soʻroq qilinganda tasvirlaganidan tashqi belgilari, alomatlari, xususiyatlari boʻyicha jiddiy farq qilmaydigan narsalar turdosh deb hisoblanadi. Tanib olish uchun koʻrsatilayotgan narsalarni joylashtirish tartibi surishtiruvchi, tergovchi tomonidan xolislar huzurida belgilanadi. |
Turdosh obyektlar orasidan tanib olish toʻgʻrisidagi qoida murdani tanib olishda qoʻllanilmaydi. | Turdosh obyektlar orasidan tanib olish toʻgʻrisidagi qoida murdani tanib olishda qoʻllanilmaydi. |
129-modda. Koʻchmas obyektni tanib olish uchun koʻrsatish tartibi | 129-modda. Koʻchmas obyektni tanib olish uchun koʻrsatish tartibi |
Jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi joy, bino, binodagi alohida xona yoki boshqa koʻchmas obyekt nomini aytib va tasvirlab bersa-da, biroq uning joylashgan oʻrnini aniq aytib bera olmasa, biror aniq joydan obyektga borish yoʻlini koʻrsatishga istak bildirsa, unga shu obyektni koʻrsatishiga imkon beriladi. | Jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi joy, bino, binodagi alohida xona yoki boshqa koʻchmas obyekt nomini aytib va tasvirlab bersa-da, biroq uning joylashgan oʻrnini aniq aytib bera olmasa, biror aniq joydan obyektga borish yoʻlini koʻrsatishga istak bildirsa, unga shu obyektni koʻrsatishiga imkon beriladi. |
Surishtiruvchi yoki tergovchi va xolislar yoxud sud tarkibi va taraflar tanib oluvchi bilan birgalikda u aytgan joyga keladilar. Tanib olish uchun koʻrsatish ishtirokchilari shu joydan boshlab tanib oluvchining koʻrsatuvi boʻyicha yura boshlaydilar. Bunda tanib oluvchiga tanib olish uchun koʻrsatishning boshqa ishtirokchilari yoki yot shaxslar tarafidan yoʻnalish aytib qoʻyilishining oldini olish choralari koʻrilishi lozim. | Surishtiruvchi yoki tergovchi va xolislar yoxud sud tarkibi va taraflar tanib oluvchi bilan birgalikda u aytgan joyga keladilar. Tanib olish uchun koʻrsatish ishtirokchilari shu joydan boshlab tanib oluvchining koʻrsatuvi boʻyicha yura boshlaydilar. Bunda tanib oluvchiga tanib olish uchun koʻrsatishning boshqa ishtirokchilari yoki yot shaxslar tarafidan yoʻnalish aytib qoʻyilishining oldini olish choralari koʻrilishi lozim. |
130-modda. Tanib olish uchun koʻrsatish chogʻida tanib oluvchining koʻrsatuvi | 130-modda. Tanib olish uchun koʻrsatish chogʻida tanib oluvchining koʻrsatuvi |
Tanib olish uchun bir guruh shaxslar yoki bir nechta narsani koʻrsatilganidan keyin tanib oluvchiga u ilgari tasvirlagan shaxs yoki narsani koʻrsatish taklif etiladi. | Tanib olish uchun bir guruh shaxslar yoki bir nechta narsani koʻrsatilganidan keyin tanib oluvchiga u ilgari tasvirlagan shaxs yoki narsani koʻrsatish taklif etiladi. |
Tanib oluvchi koʻrsatilgan shaxslardan yoki narsalardan birini koʻrsatsa, unga koʻrsatilgan boshqa shaxslar yoki narsalar orasidan bu shaxsni yoki narsani qaysi belgilari yoki xususiyatlariga koʻra taniganligini tushuntirib berish taklif qilinadi. | Tanib oluvchi koʻrsatilgan shaxslardan yoki narsalardan birini koʻrsatsa, unga koʻrsatilgan boshqa shaxslar yoki narsalar orasidan bu shaxsni yoki narsani qaysi belgilari yoki xususiyatlariga koʻra taniganligini tushuntirib berish taklif qilinadi. |
Tanib oluvchi tanib olish uchun unga koʻrsatilgan shaxslar yoki narsalarni ilgari koʻrmaganligini aytsa, unga qidirilayotgan shaxs yoki qidirilayotgan narsa ulardan nimasi bilan farq qilishini tushuntirib berish taklif qilinadi. | Tanib oluvchi tanib olish uchun unga koʻrsatilgan shaxslar yoki narsalarni ilgari koʻrmaganligini aytsa, unga qidirilayotgan shaxs yoki qidirilayotgan narsa ulardan nimasi bilan farq qilishini tushuntirib berish taklif qilinadi. |
131-modda. Tanib olish uchun koʻrsatish holatini mustahkamlash | 131-modda. Tanib olish uchun koʻrsatish holatini mustahkamlash |
Surishtiruv yoki dastlabki tergov vaqtida oʻtkazilgan tanib olish uchun koʻrsatish toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi. Sud muhokamasida oʻtkazilgan tanib olish uchun koʻrsatish sud majlisi bayonnomasida qayd qilinadi. | Surishtiruv yoki dastlabki tergov vaqtida oʻtkazilgan tanib olish uchun koʻrsatish toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi. Sud muhokamasida oʻtkazilgan tanib olish uchun koʻrsatish sud majlisi bayonnomasida qayd qilinadi. |
Barcha hollarda bayonnomaga: tanib oluvchi, tanib olish uchun koʻrsatish sharoiti, jarayoni va natijalari, tanib olish uchun koʻrsatilgan shaxslar, ularning yoshi, boʻyi, millati, turar joyi, koʻzga tashlanuvchi belgilari, kiyimlari; tanib olish uchun koʻrsatilgan narsalar tavsifi; tanib olish uchun koʻchmas obyektlar koʻrsatilganda esa, shuningdek tanib oluvchi koʻrsatgan yoʻnalishlar va izlanayotgan obyektga biror aniq joydan borish yoʻllari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilishi lozim. | Barcha hollarda bayonnomaga: tanib oluvchi, tanib olish uchun koʻrsatish sharoiti, jarayoni va natijalari, tanib olish uchun koʻrsatilgan shaxslar, ularning yoshi, boʻyi, millati, turar joyi, koʻzga tashlanuvchi belgilari, kiyimlari; tanib olish uchun koʻrsatilgan narsalar tavsifi; tanib olish uchun koʻchmas obyektlar koʻrsatilganda esa, shuningdek tanib oluvchi koʻrsatgan yoʻnalishlar va izlanayotgan obyektga biror aniq joydan borish yoʻllari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilishi lozim. |
Agar shaxsni tanib olish koʻrib turishni istisno etadigan sharoitlarda oʻtkazilgan boʻlsa, bayonnomaga bu haqda tegishli yozuv kiritilishi kerak. | Agar shaxsni tanib olish koʻrib turishni istisno etadigan sharoitlarda oʻtkazilgan boʻlsa, bayonnomaga bu haqda tegishli yozuv kiritilishi kerak. |
Tanib olish uchun fotosuratlar koʻrsatilgan boʻlsa, bayonnomaga fotojadval ilova qilinishi lozim. | Tanib olish uchun fotosuratlar koʻrsatilgan boʻlsa, bayonnomaga fotojadval ilova qilinishi lozim. |
Tanib oluvchining koʻrsatuvlari, shuningdek unga surishtiruvchi, tergovchi, sud, taraflar yoki boshqa shaxslar tomonidan berilgan savollar va qaytarilgan javoblar ushbu Kodeksning 106-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilingan holda bayonnomaga yozib boriladi. | Tanib oluvchining koʻrsatuvlari, shuningdek unga surishtiruvchi, tergovchi, sud, taraflar yoki boshqa shaxslar tomonidan berilgan savollar va qaytarilgan javoblar ushbu Kodeksning 106-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilingan holda bayonnomaga yozib boriladi. |
15-bob. KOʻRSATUVLARNI HODISA SODIR BOʻLGAN JOYDA TEKSHIRISH | 15-bob. KOʻRSATUVLARNI HODISA SODIR BOʻLGAN JOYDA TEKSHIRISH |
132-modda. Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish uchun asoslar | 132-modda. Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish uchun asoslar |
Surishtiruvchi, tergovchi, sud gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, guvohlar hamda jabrlanuvchilarning koʻrsatuvlarini tekshirilayotgan hodisa sodir boʻlgan joyda holatlarni qayta tiklash yoʻli bilan tekshirib koʻrishga haqlidir. | Surishtiruvchi, tergovchi, sud gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, guvohlar hamda jabrlanuvchilarning koʻrsatuvlarini tekshirilayotgan hodisa sodir boʻlgan joyda holatlarni qayta tiklash yoʻli bilan tekshirib koʻrishga haqlidir. |
Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirishdan maqsad: koʻrsatuvlari tekshirilayotgan shaxsga maʼlum, surishtiruvchi, tergovchi va sudga esa nomaʼlum boʻlgan narsalar, hujjatlar, izlar va belgilarni topish; shaxsning tergov yoki sud muhokamasi davomida topilgan narsalar, hujjatlar, izlar qayerda boʻlganligini koʻrsatib berishi; bir necha shaxsning ayni bir hodisa toʻgʻrisida bergan koʻrsatuvlaridagi oʻxshashlik va farqlarni aniqlash uchun ishda ahamiyatli boʻlgan joy yoki yoʻnalishni shaxs koʻrsatib berishi; holatlarni qayta tiklash va hodisa sodir boʻlgan joydagi sharoit bilan qiyoslash orqali koʻrsatuvlarning toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini aniqlashdan iborat. Koʻrsatuvi tekshirilayotgan shaxs hodisa sodir boʻlgan joyda bir vaqtning oʻzida koʻrsatish, koʻzdan kechirish yoki baʼzi narsalarni, hujjatlarni, izlarni olish yoxud muayyan harakatlarni namoyish qilish orqali tushuntirish beradi yoki oʻzining avval bergan koʻrsatuvlariga aniqlik kiritadi. | Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirishdan maqsad: koʻrsatuvlari tekshirilayotgan shaxsga maʼlum boʻlgan, surishtiruvchiga, tergovchiga va sudga esa nomaʼlum boʻlgan narsalar, hujjatlar, elektron maʼlumotlar, izlar va belgilarni topish; shaxsning tergov yoki sud muhokamasi davomida topilgan narsalar, hujjatlar, elektron maʼlumotlar, izlar qayerda boʻlganligini koʻrsatib berishi; bir necha shaxsning ayni bir hodisa toʻgʻrisida bergan koʻrsatuvlaridagi oʻxshashlik va farqlarni aniqlash uchun ishda ahamiyatga ega boʻlgan joyni yoki yoʻnalishni shaxs koʻrsatib berishi; holatlarni qayta tiklash va hodisa sodir boʻlgan joydagi sharoit bilan qiyoslash orqali koʻrsatuvlarning toʻgʻriligini yoki notoʻgʻriligini aniqlashdan iborat. Koʻrsatuvi tekshirilayotgan shaxs hodisa sodir boʻlgan joyda bir vaqtning oʻzida koʻrsatish, koʻzdan kechirish yoki baʼzi narsalarni, hujjatlarni, elektron maʼlumotlarni, izlarni olish yoxud muayyan harakatlarni namoyish qilish orqali tushuntirish beradi yoki oʻzining avval bergan koʻrsatuvlariga aniqlik kiritadi. Raqamli dalillar bilan bogʻliq koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish chogʻida koʻrsatuvlarning ishonchliligini masofadan turib tekshirish uchun axborot tizimlaridan foydalanilishi mumkin. |
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining koʻrsatuvlarini hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish natijalari, bu shaxslarning muayyan hodisalar haqida bilganlari faqat ularning jinoyat sodir etishga daxldorligidan darak bersagina, dalil kuchiga ega boʻladi. | Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining koʻrsatuvlarini hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish natijalari, bu shaxslarning muayyan hodisalar haqida bilganlari faqat ularning jinoyat sodir etishga daxldorligidan darak bersagina, dalil kuchiga ega boʻladi. |
133-modda. Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish tartibi | 133-modda. Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish tartibi |
Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirishni surishtiruvchi yoki tergovchi xolislar ishtirokida, sud esa taraflar ishtirokida oʻtkazadi. Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirishga mutaxassislar va ekspertlar jalb qilinishi mumkin. | Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirishni surishtiruvchi yoki tergovchi xolislar ishtirokida, sud esa taraflar ishtirokida oʻtkazadi. Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirishga mutaxassislar va ekspertlar jalb qilinishi mumkin. |
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud taraflar va bu tergov harakatining boshqa qatnashchilari ishtirokida tekshiriladigan koʻrsatuvlarni eʼlon qiladi, koʻrsatuv bergan shaxsdan ularning toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini, qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritishga ehtiyoj bor yoki yoʻqligini soʻraydi, tekshirishning maqsadi va tartibini tushuntiradi. Basharti guvoh yoki jabrlanuvchining koʻrsatuvlari tekshirilayotgan boʻlsa, ular, oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslarni istisno qilganda, koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilish haqida ogohlantirilishi lozim. | Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud taraflar va bu tergov harakatining boshqa qatnashchilari ishtirokida tekshiriladigan koʻrsatuvlarni eʼlon qiladi, koʻrsatuv bergan shaxsdan ularning toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini, qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritishga ehtiyoj bor yoki yoʻqligini soʻraydi, tekshirishning maqsadi va tartibini tushuntiradi. Basharti guvoh yoki jabrlanuvchining koʻrsatuvlari tekshirilayotgan boʻlsa, ular, oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslarni istisno qilganda, koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilish haqida ogohlantirilishi lozim. |
Bir vaqtning oʻzida bir necha shaxsning koʻrsatuvlarini hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Bir vaqtning oʻzida bir necha shaxsning koʻrsatuvlarini hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin: koʻrsatuv bergan shaxs tekshirilayotgan hodisaning sharoit va holatini joyida tiklaydi; ish uchun ahamiyatli boʻlgan narsalarni, hujjatlarni, izlarni qidirib topadi va koʻrsatadi; ayrim harakatlarni namoyish qiladi; tekshirilayotgan hodisada u yoki bu narsaning qanday ahamiyati boʻlganligini koʻrsatadi; hodisa sodir boʻlgan joyda sharoitning oʻzgarganligiga eʼtiborni qaratadi; oʻzining avvalgi koʻrsatuvlarini aniqlashtiradi va ularga oydinlik kiritadi. Bu harakatlar vaqtida chetdan aralashishga, gap oʻrgatishga va ishora qiluvchi savollar berishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin: koʻrsatuv bergan shaxs tekshirilayotgan hodisaning sharoit va holatini joyida tiklaydi; ish uchun ahamiyatli boʻlgan narsalarni, hujjatlarni, elektron maʼlumotlarni, izlarni qidirib topadi va koʻrsatadi; ayrim harakatlarni namoyish qiladi; tekshirilayotgan hodisada u yoki bu narsaning qanday ahamiyati boʻlganligini koʻrsatadi; hodisa sodir boʻlgan joyda sharoitning oʻzgarganligiga eʼtiborni qaratadi; oʻzining avvalgi koʻrsatuvlarini aniqlashtiradi va ularga oydinlik kiritadi. Bu harakatlar vaqtida chetdan aralashishga, gap oʻrgatishga va ishora qiluvchi savollar berishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Koʻrsatuvi tekshirilayotgan shaxs erkin soʻzlab bergach va harakatlarni erkin namoyish qilib boʻlgach, unga savollar berilishi mumkin. Koʻrsatuvni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirishda qatnashayotgan shaxslar surishtiruvchi, tergovchi va sudning eʼtiborini, ularning fikricha ish holatlarini aniqlashtirishga yordam beradigan barcha narsalarga qaratishga, baʼzi harakatlarning takrorlanishini talab qilishga haqlidir. Koʻrsatuvlari hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirilayotgan shaxs va tergov harakatining boshqa ishtirokchilari oʻtkazilayotgan tergov harakati yuzasidan ularni qoʻshimcha ravishda soʻroq qilishni talab etishga haqlidir. | Koʻrsatuvi tekshirilayotgan shaxs erkin soʻzlab bergach va harakatlarni erkin namoyish qilib boʻlgach, unga savollar berilishi mumkin. Koʻrsatuvni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirishda qatnashayotgan shaxslar surishtiruvchi, tergovchi va sudning eʼtiborini, ularning fikricha ish holatlarini aniqlashtirishga yordam beradigan barcha narsalarga qaratishga, baʼzi harakatlarning takrorlanishini talab qilishga haqlidir. Koʻrsatuvlari hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirilayotgan shaxs va tergov harakatining boshqa ishtirokchilari oʻtkazilayotgan tergov harakati yuzasidan ularni qoʻshimcha ravishda soʻroq qilishni talab etishga haqlidir. |
134-modda. Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish bayonnomasi | 134-modda. Koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish bayonnomasi |
Koʻrsatuvlar hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirilgani haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa tekshiruvning borishi va natijalarini sud majlisi bayonnomasiga kiritadi. | Koʻrsatuvlar hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirilgani haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa tekshiruvning borishi va natijalarini sud majlisi bayonnomasiga kiritadi. |
Bundan tashqari bayonnomada: koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish qayerda, qachon, qanday sharoitda oʻtkazilganligi; qanday joylar va narsalar koʻzdan kechirilganligi; hodisa sodir boʻlgan joyda berilgan koʻrsatuvlarning mazmuni qandayligi; hodisaning sharoiti va holatlarini tiklash nimada oʻz aksini topganligi; shaxs oʻzining avvalgi koʻrsatuvlariga qanday aniqliklar kiritganligi koʻrsatilishi lozim. | Bundan tashqari bayonnomada: koʻrsatuvlarni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish qayerda, qachon, qanday sharoitda oʻtkazilganligi; qanday joylar va narsalar koʻzdan kechirilganligi; hodisa sodir boʻlgan joyda berilgan koʻrsatuvlarning mazmuni qandayligi; hodisaning sharoiti va holatlarini tiklash nimada oʻz aksini topganligi; shaxs oʻzining avvalgi koʻrsatuvlariga qanday aniqliklar kiritganligi koʻrsatilishi lozim. |
16-bob. KOʻZDAN KECHIRISH | 16-bob. KOʻZDAN KECHIRISH |
135-modda. Koʻzdan kechirish uchun asoslar | 135-modda. Koʻzdan kechirish uchun asoslar |
Jinoyat izlari, ashyoviy dalillarni topish, hodisa sodir boʻlgan vaziyatni va ish uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlarni aniqlashtirish maqsadida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud hodisa sodir boʻlgan joyni, murdani, hayvonlarni, tevarak-atrofni, binolarni, narsalar va hujjatlarni koʻzdan kechiradi. | Jinoyat izlari, ashyoviy dalillarni topish, hodisa sodir boʻlgan vaziyatni va ish uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlarni aniqlashtirish maqsadida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud hodisa sodir boʻlgan joyni, murdani, hayvonlarni, tevarak-atrofni, binolarni, narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni koʻzdan kechiradi. |
Odam badanini koʻzdan kechirish guvohlantirish yoki ekspertiza oʻtkazish qoidalariga asoslangan holda (ushbu Kodeksning 142 — 147 va 172 — 187-moddalari) amalga oshiriladi. Pochta-telegraf joʻnatmalarini koʻzdan kechirish ushbu Kodeksning 167-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi. | Odam badanini koʻzdan kechirish guvohlantirish yoki ekspertiza oʻtkazish qoidalariga asoslangan holda (ushbu Kodeksning 142 — 147 va 172 — 187-moddalari) amalga oshiriladi. Pochta-telegraf joʻnatmalarini koʻzdan kechirish ushbu Kodeksning 167-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi. |
Narsalarni olib qoʻyish va tintuv oʻtkazish chogʻida topilgan narsa va hujjatlar shu tergov harakatlarini oʻtkazish uchun belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda koʻzdan kechirilishi lozim. | Narsalarni olib qoʻyish va tintuv oʻtkazish chogʻida topilgan narsalar, hujjatlar va elektron maʼlumotlar shu tergov harakatlarini oʻtkazish uchun belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda koʻzdan kechirilishi lozim. |
136-modda. Koʻzdan kechirish tartibining umumiy qoidalari | 136-modda. Koʻzdan kechirish tartibining umumiy qoidalari |
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida koʻzdan kechirish xolislar ishtirokida oʻtkaziladi. Jinoyat ishi koʻrilayotgan vaqtda koʻzdan kechirishga zarurat tugʻilsa, sud bu haqda ajrim chiqaradi va koʻzdan kechirishni taraflar ishtirokida oʻtkazadi. | Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida koʻzdan kechirish xolislar ishtirokida oʻtkaziladi. Jinoyat ishi koʻrilayotgan vaqtda koʻzdan kechirishga zarurat tugʻilsa, sud bu haqda ajrim chiqaradi va koʻzdan kechirishni taraflar ishtirokida oʻtkazadi. |
Zarur hollarda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud koʻzdan kechirish chogʻida oʻlchov oʻtkazadi, fotosuratga, kinotasvirga, videoyozuvga tushiradi, rejalar, sxemalar, chizmalar tuzadi, izlardan qoliplar va nusxalar oladi. Bu ishlarni bajarishga yordam berish uchun koʻzdan kechirishga mutaxassislar jalb qilinishi mumkin. | Zarur hollarda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud koʻzdan kechirish chogʻida oʻlchov oʻtkazadi, fotosuratga, kinotasvirga, videoyozuvga tushiradi, rejalar, sxemalar, chizmalar tuzadi, izlardan qoliplar va nusxalar oladi. Bu ishlarni bajarishga yordam berish uchun koʻzdan kechirishga mutaxassislar jalb qilinishi mumkin. |
Koʻzdan kechirish chogʻida topilgan va olib qoʻyilgan barcha narsalar xolislarga, taraflarga va koʻzdan kechirishning boshqa ishtirokchilariga koʻrsatilishi lozim. | Koʻzdan kechirish chogʻida topilgan va olib qoʻyilgan barcha narsalar xolislarga, taraflarga va koʻzdan kechirishning boshqa ishtirokchilariga koʻrsatilishi lozim. |
Koʻzdan kechirishda ishtirok etayotgan shaxslar surishtiruvchi, tergovchi va sudning eʼtiborini oʻzlarining fikricha ish holatlarini oydinlashtirishga yordam berishi mumkin boʻlgan barcha hollarga qaratishga haqlidirlar. | Koʻzdan kechirishda ishtirok etayotgan shaxslar surishtiruvchi, tergovchi va sudning eʼtiborini oʻzlarining fikricha ish holatlarini oydinlashtirishga yordam berishi mumkin boʻlgan barcha hollarga qaratishga haqlidirlar. |
137-modda. Hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish | 137-modda. Hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish |
Hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish aynan ana shu joyda jinoyat sodir etilganligi yoki uning izlari borligi haqida maʼlumotlar boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi. | Hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish aynan ana shu joyda jinoyat sodir etilganligi yoki uning izlari borligi haqida maʼlumotlar boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi. |
Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda hodisa sodir boʻlgan joy jinoyat ishi qoʻzgʻatilishidan oldin ham koʻzdan kechirilishi mumkin. | Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda hodisa sodir boʻlgan joy jinoyat ishi qoʻzgʻatilishidan oldin ham koʻzdan kechirilishi mumkin. |
Katta maydonlarni va binolarni koʻzdan kechirish bir necha surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin, bunda ularning har biri kamida ikki nafar xolis ishtirokida koʻzdan kechirishi lozim. | Katta maydonlarni va binolarni koʻzdan kechirish bir necha surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin, bunda ularning har biri kamida ikki nafar xolis ishtirokida koʻzdan kechirishi lozim. |
Hodisa sodir boʻlgan joydan olingan narsalar, hujjatlar va izlar oʻraladi va muhrlanadi. Katta hajmdagi narsalar olinmaydi va muhrlanmaydi, lekin tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchi ularni saqlash choralarini koʻrishi lozim. | Hodisa sodir boʻlgan joydan olingan narsalar, hujjatlar va izlar oʻraladi va muhrlanadi. Katta hajmdagi narsalar olinmaydi va muhrlanmaydi, lekin tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchi ularni saqlash choralarini koʻrishi lozim. |
138-modda. Murdani koʻzdan kechirish | 138-modda. Murdani koʻzdan kechirish |
Surishtiruvchi yoki tergovchi murdaning tashqi koʻrinishini u topilgan joyda xolislar va sud-tibbiyot sohasidagi mutaxassis shifokor ishtirokida koʻzdan kechiradi. Bunday mutaxassis shifokor ishtirok etishiga imkoniyat boʻlmagan taqdirda, boshqa shifokor ishtirok etadi. Zarur hollarda murdani koʻzdan kechirish uchun boshqa mutaxassislar, shuningdek ekspertlar jalb qilinadi. | Surishtiruvchi yoki tergovchi murdaning tashqi koʻrinishini u topilgan joyda xolislar va sud-tibbiyot sohasidagi mutaxassis shifokor ishtirokida koʻzdan kechiradi. Bunday mutaxassis shifokor ishtirok etishiga imkoniyat boʻlmagan taqdirda, boshqa shifokor ishtirok etadi. Zarur hollarda murdani koʻzdan kechirish uchun boshqa mutaxassislar, shuningdek ekspertlar jalb qilinadi. |
Eksgumatsiya vaqtida murdani koʻzdan kechirish ushbu Kodeksning 148 — 152-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilgan holda oʻtkaziladi. | Eksgumatsiya vaqtida murdani koʻzdan kechirish ushbu Kodeksning 148 — 152-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilgan holda oʻtkaziladi. |
Murda topilgan joyda uni tanib olish uchun koʻrsatish chogʻida ushbu Kodeksning 126 va 131-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinadi. Tanib olinmagan murdalarning barmoq izlari olinishi shart. Ushbu Kodeksning 188 — 191, 193 va 197-moddalari talablariga rioya qilgan holda murdadan tekshirish uchun boshqa xil namunalar ham olinishi mumkin. | Murda topilgan joyda uni tanib olish uchun koʻrsatish chogʻida ushbu Kodeksning 126 va 131-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinadi. Tanib olinmagan murdalarning barmoq izlari olinishi shart. Ushbu Kodeksning 188 — 191, 193 va 197-moddalari talablariga rioya qilgan holda murdadan tekshirish uchun boshqa xil namunalar ham olinishi mumkin. |
Tanib olinmagan murdani faqat prokuror ruxsati bilangina koʻmiladi. | Tanib olinmagan murdani faqat prokuror ruxsati bilangina koʻmiladi. |
139-modda. Tevarak-atrof va binolarni koʻzdan kechirish | 139-modda. Tevarak-atrof va binolarni koʻzdan kechirish |
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi va sud tevarak-atrof va binolarni quyidagi qoidalarga rioya qilgan holda koʻzdan kechiradilar. | Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi va sud tevarak-atrof va binolarni quyidagi qoidalarga rioya qilgan holda koʻzdan kechiradilar. |
Fuqaroning uyi yoki xizmat joyini koʻzdan kechirish zarurati boʻlsa, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchi bu haqda qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Turar joyi koʻzdan kechirilayotgan shaxs yoki tegishli korxona, muassasa, tashkilotning vakili chiqarilgan qaror yoki ajrim bilan tanishtirilib, bu haqda imzo chektiriladi. | Fuqaroning uyi yoki xizmat joyini koʻzdan kechirish zarurati boʻlsa, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchi bu haqda qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Turar joyi koʻzdan kechirilayotgan shaxs yoki tegishli korxona, muassasa, tashkilotning vakili chiqarilgan qaror yoki ajrim bilan tanishtirilib, bu haqda imzo chektiriladi. |
Koʻzdan kechirish korxonada, muassasada, tashkilotda oʻtkazilsa — maʼmuriyat vakilining, harbiy qismda, shtabda va muassasada oʻtkazilsa — qoʻmondonlik vakilining, zarur hollarda esa, moddiy javobgar shaxsning qatnashishi shart. Binolarni koʻzdan kechirishda ushbu Kodeksning 160 va 161-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinishi lozim. | Koʻzdan kechirish korxonada, muassasada, tashkilotda oʻtkazilsa — maʼmuriyat vakilining, harbiy qismda, shtabda va muassasada oʻtkazilsa — qoʻmondonlik vakilining, zarur hollarda esa, moddiy javobgar shaxsning qatnashishi shart. Binolarni koʻzdan kechirishda ushbu Kodeksning 160 va 161-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinishi lozim. |
140-modda. Narsa va hujjatlarni koʻzdan kechirish | 140-modda. Narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni koʻzdan kechirish |
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi va sud narsa va hujjatlarni ular topilgan joyda, basharti koʻzdan kechirish koʻp vaqt yoki qoʻshimcha texnik vositalar talab qilsa, keyinchalik surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi oʻtkazilayotgan joyda koʻzdan kechiradilar. | Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi va sud narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni ular topilgan joyda, basharti koʻzdan kechirish koʻp vaqt yoki qoʻshimcha texnik vositalar talab qilsa, keyinchalik surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi oʻtkazilayotgan joyda koʻzdan kechiradilar. |
Koʻzdan kechirish texnik vositalardan foydalanilgan holda, basharti narsa yoki hujjatlarning yoʻqolishiga yoxud shikastlanishiga olib kelmasa, oʻtkazilishi mumkin. | Koʻzdan kechirish texnik vositalardan foydalanilgan holda, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlarida, agar narsalarning yoki hujjatlarning yoxud elektron maʼlumotlarning yoʻqolishiga yoki shikastlanishiga olib kelmasa, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻida oʻtkazilishi mumkin. |
141-modda. Koʻzdan kechirish bayonnomasi | 141-modda. Koʻzdan kechirish bayonnomasi |
Ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchi koʻzdan kechirish oʻtkazilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi, sud esa koʻzdan kechirish jarayonini va uning natijalarini sud majlisi bayonnomasida qayd etadi. | Ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchi koʻzdan kechirish oʻtkazilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi, sud esa koʻzdan kechirish jarayonini va uning natijalarini sud majlisi bayonnomasida qayd etadi. |
Bayonnomada koʻzdan kechirish davomida topilgan barcha narsalar, ular qanday tartibda koʻzdan kechirilgan boʻlsa, xuddi shu tartibda, koʻzdan kechirish paytida qanday holatda kuzatilgan boʻlsa, xuddi shu holatda qayd etiladi. Koʻzdan kechirish chogʻida topilgan va olingan barcha izlar, narsalar va hujjatlar sanab oʻtiladi. Olingan buyumning egasiga tegishli maʼlumotnoma yoki bayonnomaning nusxasi beriladi. | Bayonnomada koʻzdan kechirish davomida topilgan barcha narsalar, ular qanday tartibda koʻzdan kechirilgan boʻlsa, xuddi shu tartibda, koʻzdan kechirish paytida qanday holatda kuzatilgan boʻlsa, xuddi shu holatda qayd etiladi. Koʻzdan kechirish chogʻida topilgan va olingan barcha izlar, narsalar, hujjatlar va elektron maʼlumotlar sanab oʻtiladi. Olingan buyumning egasiga tegishli maʼlumotnoma yoki bayonnomaning nusxasi beriladi. |
Bundan tashqari, bayonnomada: koʻzdan kechirish qaysi vaqtda, qanday ob-havoda va qanday yorugʻlikda oʻtkazilganligi; qanday ilmiy-texnika vositalari qoʻllanilganligi va qanday natijalar olinganligi; koʻzdan kechirishda koʻmaklashish uchun kimlar jalb qilinganligi va koʻmaklashish nimada oʻz aksini topganligi; qanday narsalar va hujjatlar qay tartibda va qanday muhr bilan muhrlanganligi; koʻzdan kechirilganidan keyin murda va ish uchun ahamiyatli boʻlgan narsalarning qayerga yuborilganligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim. | Bundan tashqari, bayonnomada: koʻzdan kechirish qaysi vaqtda, qanday ob-havoda va qanday yorugʻlikda oʻtkazilganligi; qanday ilmiy-texnika vositalari qoʻllanilganligi va qanday natijalar olinganligi; koʻzdan kechirishda koʻmaklashish uchun kimlar jalb qilinganligi va koʻmaklashish nimada oʻz aksini topganligi; qanday narsalar va hujjatlar qay tartibda va qanday muhr bilan muhrlanganligi; koʻzdan kechirilganidan keyin murda va ish uchun ahamiyatli boʻlgan narsalarning qayerga yuborilganligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim. |
17-bob. GUVOHLANTIRISH | 17-bob. GUVOHLANTIRISH |
142-modda. Guvohlantirish uchun asoslar | 142-modda. Guvohlantirish uchun asoslar |
Guvohlantirish: | Guvohlantirish: |
1) odamning badanidagi ish uchun ahamiyatga molik xususiyat yoki alomatlarni, alohida belgilarni, uning jismoniy rivojlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, dogʻlarni, tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni topish zarurati tugʻilgan hollarda, agar buning uchun ekspertiza oʻtkazish lozim boʻlmasa; | 1) odamning badanidagi ish uchun ahamiyatga molik xususiyat yoki alomatlarni, alohida belgilarni, uning jismoniy rivojlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, dogʻlarni, tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni topish zarurati tugʻilgan hollarda, agar buning uchun ekspertiza oʻtkazish lozim boʻlmasa; |
2) ekspertiza oʻtkazishni talab qilmaydigan usullarni qoʻllash yoʻli bilan shaxsning mastlik va boshqa fiziologik holatini aniqlash zarurati tugʻilgan hollarda oʻtkaziladi. | 2) ekspertiza oʻtkazishni talab qilmaydigan usullarni qoʻllash yoʻli bilan shaxsning mastlik va boshqa fiziologik holatini aniqlash zarurati tugʻilgan hollarda oʻtkaziladi. |
143-modda. Guvohlantiriladigan shaxslar | 143-modda. Guvohlantiriladigan shaxslar |
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jabrlanuvchi guvohlantirilishlari mumkin. Guvoh uning koʻrsatuvlari toʻgʻriligini tekshirish uchungina guvohlantirilishi mumkin. | Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jabrlanuvchi guvohlantirilishlari mumkin. Guvoh uning koʻrsatuvlari toʻgʻriligini tekshirish uchungina guvohlantirilishi mumkin. |
144-modda. Guvohlantirishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim | 144-modda. Guvohlantirishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim |
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchining badanida jinoyat izlari, ish uchun ahamiyatga molik boshqa belgilar yoki uning gʻayritabiiy fiziologik holati toʻgʻrisida yetarli maʼlumotlar boʻlsa, guvohlantirishni oʻtkazish haqida surishtiruvchi yoki tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. | Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchining badanida jinoyat izlari, ish uchun ahamiyatga molik boshqa belgilar yoki uning gʻayritabiiy fiziologik holati toʻgʻrisida yetarli maʼlumotlar boʻlsa, guvohlantirishni oʻtkazish haqida surishtiruvchi yoki tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. |
Qarorda yoki ajrimda: guvohlantirishni kim va qanday maqsadda oʻtkazishi; kimni guvohlantirish kerakligi; guvohlantirilishi uchun shaxs kimning huzuriga va qachon yetib kelishi koʻrsatilgan boʻlishi lozim. | Qarorda yoki ajrimda: guvohlantirishni kim va qanday maqsadda oʻtkazishi; kimni guvohlantirish kerakligi; guvohlantirilishi uchun shaxs kimning huzuriga va qachon yetib kelishi koʻrsatilgan boʻlishi lozim. |
145-modda. Guvohlantirish haqidagi qarorning yoki ajrimning majburiyligi | 145-modda. Guvohlantirish haqidagi qarorning yoki ajrimning majburiyligi |
Surishtiruvchining, tergovchining guvohlantirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori yoki sudning shu toʻgʻridagi ajrimi qaysi shaxs xususida chiqarilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga nisbatan majburiydir. | Surishtiruvchining, tergovchining guvohlantirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori yoki sudning shu toʻgʻridagi ajrimi qaysi shaxs xususida chiqarilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga nisbatan majburiydir. |
Guvohlantirishdan bosh tortayotgan shaxslar majburiy keltirilishi va guvohlantirilishi mumkin. | Guvohlantirishdan bosh tortayotgan shaxslar majburiy keltirilishi va guvohlantirilishi mumkin. |
146-modda. Guvohlantirishni oʻtkazish tartibi | 146-modda. Guvohlantirishni oʻtkazish tartibi |
Guvohlantirishni oʻtkazish haqidagi qaror yoki ajrim guvohlantiriluvchiga eʼlon qilinadi. Guvohlantirishning barcha ishtirokchilariga ularning huquq va burchlari tushuntirilishi lozim. | Guvohlantirishni oʻtkazish haqidagi qaror yoki ajrim guvohlantiriluvchiga eʼlon qilinadi. Guvohlantirishning barcha ishtirokchilariga ularning huquq va burchlari tushuntirilishi lozim. |
Shaxsni yechintirib yalangʻochlash, shuningdek uning badanidagi tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni aniqlash bilan bogʻliq boʻlmagan guvohlantirish surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan xolislar ishtirokida, zarur hollarda esa, shifokor yoki boshqa mutaxassis ishtirokida oʻtkaziladi. Ushbu turdagi guvohlantirish taraflar ishtirokida sud tomonidan ham oʻtkazilishi mumkin. | Shaxsni yechintirib yalangʻochlash, shuningdek uning badanidagi tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni aniqlash bilan bogʻliq boʻlmagan guvohlantirish surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan xolislar ishtirokida, zarur hollarda esa, shifokor yoki boshqa mutaxassis ishtirokida oʻtkaziladi. Ushbu turdagi guvohlantirish taraflar ishtirokida sud tomonidan ham oʻtkazilishi mumkin. |
Shaxsni yechintirib yalangʻochlash yoki uning badanidagi tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni aniqlash bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek ushbu Kodeks 142-moddasining ikkinchi bandida nazarda tutilgan guvohlantirish surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning topshirigʻiga binoan shifokor yoxud boshqa mutaxassis tibbiy xodim tomonidan oʻtkaziladi. | Shaxsni yechintirib yalangʻochlash yoki uning badanidagi tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni aniqlash bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek ushbu Kodeks 142-moddasining ikkinchi bandida nazarda tutilgan guvohlantirish surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning topshirigʻiga binoan shifokor yoxud boshqa mutaxassis tibbiy xodim tomonidan oʻtkaziladi. |
147-modda. Guvohlantirish bayonnomasi | 147-modda. Guvohlantirish bayonnomasi |
Guvohlantirish oʻtkazilganligi haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa guvohlantirish jarayoni va natijalarini sud majlisi bayonnomasida qayd etadi. Bayonnomada guvohlantirish oʻtkazgan shaxsning hamma harakatlari va guvohlantirish davomida aniqlangan barcha izlar, xususiyatlar va belgilar qayd etilgan boʻlishi lozim. | Guvohlantirish oʻtkazilganligi haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa guvohlantirish jarayoni va natijalarini sud majlisi bayonnomasida qayd etadi. Bayonnomada guvohlantirish oʻtkazgan shaxsning hamma harakatlari va guvohlantirish davomida aniqlangan barcha izlar, xususiyatlar va belgilar qayd etilgan boʻlishi lozim. |
Guvohlantirish shifokor yoki boshqa mutaxassis tomonidan oʻtkazilgan boʻlsa, u bayonnoma tuzadi va imzolaydi, guvohlantirilgan shaxs va xolislar ham imzolaganidan soʻng bayonnomani tegishincha surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim etadi. | Guvohlantirish shifokor yoki boshqa mutaxassis tomonidan oʻtkazilgan boʻlsa, u bayonnoma tuzadi va imzolaydi, guvohlantirilgan shaxs va xolislar ham imzolaganidan soʻng bayonnomani tegishincha surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim etadi. |
18-bob. MURDANI EKSGUMATSIYA QILISH | 18-bob. MURDANI EKSGUMATSIYA QILISH |
148-modda. Murdani eksgumatsiya qilish asoslari va tartibi | 148-modda. Murdani eksgumatsiya qilish asoslari va tartibi |
Koʻzdan kechirish, tanib olish, tekshirish yoki ekspertizaga namunalar olish uchun murdani qabrdan chiqarib olish zarur boʻlgan taqdirda prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida mazkur tergov harakatini oʻtkazish asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi. | Koʻzdan kechirish, tanib olish, tekshirish yoki ekspertizaga namunalar olish uchun murdani qabrdan chiqarib olish zarur boʻlgan taqdirda prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida mazkur tergov harakatini oʻtkazish asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi. |
Tergovchining yoki surishtiruvchining murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi. | Tergovchining yoki surishtiruvchining murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi. |
Prokuror murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi. | Prokuror murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi. |
Sud murdani eksgumatsiya qilishni surishtiruv organlariga yoki tergovchiga topshiradi, bu haqda ajrim chiqaradi. | Sud murdani eksgumatsiya qilishni surishtiruv organlariga yoki tergovchiga topshiradi, bu haqda ajrim chiqaradi. |
1481-modda. Murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish | 1481-modda. Murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish |
Murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi boʻlmagan yoxud murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. | Murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. |
Murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi. | Murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi. |
Sud majlisida prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, qonuniy vakil yoki murdasi eksgumatsiya qilinishi lozim boʻlgan vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlaridan biri, zarur hollarda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, shuningdek, agar ishda ishtirok etayotgan boʻlsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi. | Sud majlisida prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, qonuniy vakil yoki murdasi eksgumatsiya qilinishi lozim boʻlgan vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlaridan biri, zarur hollarda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, shuningdek, agar ishda ishtirok etayotgan boʻlsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi. |
Sud majlisining oʻtkazilish joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi. | Sud majlisining oʻtkazilish joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi. |
Murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur tergov harakatini oʻtkazish zaruratini asoslab beradi, soʻngra taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. | Murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur tergov harakatini oʻtkazish zaruratini asoslab beradi, soʻngra taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. |
1482-modda. Sud ajrimi | 1482-modda. Sud ajrimi |
Sudya murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida yoki murdani eksgumatsiya qilishni rad etish haqida ajrim chiqaradi. | Sudya murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida yoki murdani eksgumatsiya qilishni rad etish haqida ajrim chiqaradi. |
Sudyaning murdani eksgumatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak. | Sudyaning murdani eksgumatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak. |
Sudyaning murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi prokurorga ijro uchun, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga esa maʼlumot uchun yuboriladi. | Sudyaning murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi prokurorga ijro uchun, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga esa maʼlumot uchun yuboriladi. |
Sudyaning murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi yoki murdani eksgumatsiya qilishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati, protesti ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma toʻrt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga ular kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay koʻrib chiqishi kerak. | Sudyaning murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi yoki murdani eksgumatsiya qilishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati, protesti ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma toʻrt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak. |
Apellyatsiya shikoyati yoki protesti berilishi sudning murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi ajrimi ijrosini toʻxtatib turadi. | Apellyatsiya shikoyati yoki protesti berilishi sudning murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi ajrimi ijrosini toʻxtatib turadi. |
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan: | Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan: |
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmay qoldirishga; | sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmay qoldirishga; |
sudyaning ajrimini bekor qilishga va murdani eksgumatsiya qilishga ruxsat berishga yoki murdani eksgumatsiya qilishni rad etishga haqli. | sudyaning ajrimini bekor qilishga va murdani eksgumatsiya qilishga ruxsat berishga yoki murdani eksgumatsiya qilishni rad etishga haqli. |
Murdani eksgumatsiya qilish rad etilgan taqdirda, aynan oʻsha murdaga nisbatan mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga murdani eksgumatsiya qilishni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi. | Murdani eksgumatsiya qilish rad etilgan taqdirda, aynan oʻsha murdaga nisbatan mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga murdani eksgumatsiya qilishni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi. |
149-modda. Murdani eksgumatsiya qilish tartibi | 149-modda. Murdani eksgumatsiya qilish tartibi |
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud murdani eksgumatsiya qilishni sogʻliqni saqlash organlari bilan kelishgan holda va murda koʻmilgan joy vakilining ishtirokida amalga oshiradi. Eksgumatsiya surishtiruv yoki dastlabki tergov vaqtida amalga oshirilayotgan boʻlsa, xolislarning ishtirok etishi shart. Sud eksgumatsiyani taraflar ishtirokida amalga oshiradi. | Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud murdani eksgumatsiya qilishni sogʻliqni saqlash organlari bilan kelishgan holda va murda koʻmilgan joy vakilining ishtirokida amalga oshiradi. Eksgumatsiya surishtiruv yoki dastlabki tergov vaqtida amalga oshirilayotgan boʻlsa, xolislarning ishtirok etishi shart. Sud eksgumatsiyani taraflar ishtirokida amalga oshiradi. |
Murdani eksgumatsiya qilishda sud tibbiyoti sohasidagi mutaxassis shifokor, zarur boʻlsa, boshqa mutaxassislar ham qatnashadilar. Agar ekspertiza tayinlangan boʻlsa, eksgumatsiya oʻtkazishda sud tibbiyoti ekspertining ishtirok etishi shart. | Murdani eksgumatsiya qilishda sud tibbiyoti sohasidagi mutaxassis shifokor, zarur boʻlsa, boshqa mutaxassislar ham qatnashadilar. Agar ekspertiza tayinlangan boʻlsa, eksgumatsiya oʻtkazishda sud tibbiyoti ekspertining ishtirok etishi shart. |
Zarur hollarda, eksgumatsiyani oʻtkazishga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek murdani tanib olishi mumkin boʻlgan shaxslar jalb qilinishi mumkin. | Zarur hollarda, eksgumatsiyani oʻtkazishga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek murdani tanib olishi mumkin boʻlgan shaxslar jalb qilinishi mumkin. |
150-modda. Murdani eksgumatsiya qilish bilan bogʻliq protsessual harakatlar | 150-modda. Murdani eksgumatsiya qilish bilan bogʻliq protsessual harakatlar |
Eksgumatsiya ekspertiza qilish maqsadida oʻtkazilayotgan boʻlsa, ekspertiza oʻtkazish haqida qaror yoki ajrim chiqarilishi lozim. Bunda murda ekspertiza muassasasiga joʻnatiladi yoki ekspertiza murda koʻmilgan joyning oʻzida oʻtkaziladi. | Eksgumatsiya ekspertiza qilish maqsadida oʻtkazilayotgan boʻlsa, ekspertiza oʻtkazish haqida qaror yoki ajrim chiqarilishi lozim. Bunda murda ekspertiza muassasasiga joʻnatiladi yoki ekspertiza murda koʻmilgan joyning oʻzida oʻtkaziladi. |
151-modda. Murdani eksgumatsiya qilish bayonnomasi | 151-modda. Murdani eksgumatsiya qilish bayonnomasi |
Murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa eksgumatsiya jarayoni va natijalarini sud majlisining bayonnomasida qayd etadi. Bayonnomaga qabr, tobut va murdaning fotosuratlari, kinotasvir va videoyozuvlari ilova qilinishi mumkin. | Murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa eksgumatsiya jarayoni va natijalarini sud majlisining bayonnomasida qayd etadi. Bayonnomaga qabr, tobut va murdaning fotosuratlari, kinotasvir va videoyozuvlari ilova qilinishi mumkin. |
Murda eksgumatsiya qilinganidan soʻng koʻzdan kechirish, tanib olish yoki ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish amalga oshirilgan boʻlsa, mazkur tergov harakatlari toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi. | Murda eksgumatsiya qilinganidan soʻng koʻzdan kechirish, tanib olish yoki ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish amalga oshirilgan boʻlsa, mazkur tergov harakatlari toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi. |
152-modda. Murdani eksgumatsiyadan soʻng koʻmish | 152-modda. Murdani eksgumatsiyadan soʻng koʻmish |
Eksgumatsiyadan va boshqa protsessual harakatlardan soʻng murdani koʻmish murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida qaror yoki ajrim chiqargan shaxsning ishtirokida amalga oshiriladi. Murda koʻmilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi. | Eksgumatsiyadan va boshqa protsessual harakatlardan soʻng murdani koʻmish murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida qaror yoki ajrim chiqargan shaxsning ishtirokida amalga oshiriladi. Murda koʻmilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi. |
19-bob. EKSPERIMENT | 19-bob. EKSPERIMENT |
153-modda. Eksperiment oʻtkazish uchun asoslar | 153-modda. Eksperiment oʻtkazish uchun asoslar |
Surishtiruvchi, tergovchi va sud guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilarning koʻrsatuvlarini, boshqa dalillarni, shuningdek ish yuzasidan qilingan tusmol, tekshirilayotgan hodisaga oid muayyan harakatlar, sharoit va holatlarni tiklash hamda zaruriy tajribalar oʻtkazish orqali tekshirishga haqlidir. | Surishtiruvchi, tergovchi va sud guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilarning koʻrsatuvlarini, boshqa dalillarni, shuningdek ish yuzasidan qilingan tusmol, tekshirilayotgan hodisaga oid muayyan harakatlar, sharoit va holatlarni tiklash hamda zaruriy tajribalar oʻtkazish orqali tekshirishga haqlidir. |
Eksperiment biror hodisani idrok qilish, muayyan harakatlarni bajarish, biror hodisaning sodir boʻlish imkoniyatini tekshirish, shuningdek hodisaning yuz berish va izlarning qolish yoʻsinlarini aniqlash uchun oʻtkaziladi. | Eksperiment biror hodisani idrok qilish, muayyan harakatlarni bajarish, biror hodisaning sodir boʻlish imkoniyatini tekshirish, shuningdek hodisaning yuz berish va izlarning qolish yoʻsinlarini aniqlash uchun oʻtkaziladi. |
154-modda. Eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim | 154-modda. Eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim |
Eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Eksperiment natijasida fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga mulkiy zarar yetkazilishi, ishlab chiqarish tartibotining, transport vositalari harakati jadvalining buzilishi va boshqa noxush oqibatlarning kelib chiqishi ehtimol boʻlsa, surishtiruvchining, tergovchining bunday eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaroriga prokuror sanksiya berishi lozim. | Eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Eksperiment natijasida fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga mulkiy zarar yetkazilishi, ishlab chiqarish tartibotining, transport vositalari harakati jadvalining buzilishi va boshqa noxush oqibatlarning kelib chiqishi ehtimol boʻlsa, surishtiruvchining, tergovchining bunday eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaroriga prokuror sanksiya berishi lozim. |
Eksperiment jamoat tartibi yoki axloq normalarining buzilishiga olib keladigan boʻlsa, uni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Eksperiment jamoat tartibi yoki axloq normalarining buzilishiga olib keladigan boʻlsa, uni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Ekspert tomonidan oʻtkaziladigan eksperiment sud ekspertizasining tarkibiy qismi hisoblanadi. | Ekspert tomonidan oʻtkaziladigan eksperiment sud ekspertizasining tarkibiy qismi hisoblanadi. |
155-modda. Eksperimentni oʻtkazish tartibi | 155-modda. Eksperimentni oʻtkazish tartibi |
Surishtiruvchi yoki tergovchi eksperimentni xolislar, sud esa taraflar ishtirokida oʻtkazadi. | Surishtiruvchi yoki tergovchi eksperimentni xolislar, sud esa taraflar ishtirokida oʻtkazadi. |
Eksperiment oʻtkazishga mutaxassis va ekspert, shuningdek tajriba harakatlarini olib boruvchi shaxslar jalb qilinishi mumkin. Murakkab eksperimentlar kamida ikki nafar xolis va bir necha mutaxassis ishtirokida oʻtkazilishi mumkin. Eksperiment oʻtkazishga, shuningdek koʻrsatuvlari tekshirilishi lozim boʻlgan shaxslar ham jalb qilinishi lozim. Bunda guvohlar va jabrlanuvchilar koʻrsatuv berishdan boʻyin tovlaganlik va bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilishi lozim. Eksperiment ishtirokchilariga uning maqsadi va oʻtkazilish tartibi tushuntiriladi. | Eksperiment oʻtkazishga mutaxassis va ekspert, shuningdek tajriba harakatlarini olib boruvchi shaxslar jalb qilinishi mumkin. Murakkab eksperimentlar kamida ikki nafar xolis va bir necha mutaxassis ishtirokida oʻtkazilishi mumkin. Eksperiment oʻtkazishga, shuningdek koʻrsatuvlari tekshirilishi lozim boʻlgan shaxslar ham jalb qilinishi lozim. Bunda guvohlar va jabrlanuvchilar koʻrsatuv berishdan boʻyin tovlaganlik va bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilishi lozim. Eksperiment ishtirokchilariga uning maqsadi va oʻtkazilish tartibi tushuntiriladi. |
Tajriba harakatlarini oʻtkazishdan oldin oʻrganilayotgan hodisa sharoitlari tekshirilayotgan koʻrsatuv yoki tusmollarga toʻla muvofiq holda tiklangan boʻlishi lozim. Buning uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlarning har biriga alohida-alohida oʻzi qatnashgan yoki shohid boʻlgan hodisaning sharoit va holatlarini tiklash taklif qilinishi mumkin. Shundan keyin surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli tajriba harakatlarini oʻtkazadi, shu maqsadda oʻlchash, fotosuratga tushirish, kinotasvirga olish, ovoz yozish, videoyozuv, reja, sxema va chizmalar tuzish, eksperimental qoliplar va izlarning nusxalarini tayyorlash mumkin. | Tajriba harakatlarini oʻtkazishdan oldin oʻrganilayotgan hodisa sharoitlari tekshirilayotgan koʻrsatuv yoki tusmollarga toʻla muvofiq holda tiklangan boʻlishi lozim. Buning uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlarning har biriga alohida-alohida oʻzi qatnashgan yoki shohid boʻlgan hodisaning sharoit va holatlarini tiklash taklif qilinishi mumkin. Shundan keyin surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli tajriba harakatlarini oʻtkazadi, shu maqsadda oʻlchash, fotosuratga tushirish, kinotasvirga olish, ovoz yozish, videoyozuv, reja, sxema va chizmalar tuzish, eksperimental qoliplar va izlarning nusxalarini tayyorlash mumkin. |
Eksperiment oʻtkazish sharoiti tiklanayotgan harakat yoki hodisalar yuz bergan sharoitga iloji boricha oʻxshash boʻlishi lozim. Tajribalar imkon boricha bir necha marta oʻtkaziladi. Tajribalarning sharoitlari oʻzgartirilishi mumkin. | Eksperiment oʻtkazish sharoiti tiklanayotgan harakat yoki hodisalar yuz bergan sharoitga iloji boricha oʻxshash boʻlishi lozim. Tajribalar imkon boricha bir necha marta oʻtkaziladi. Tajribalarning sharoitlari oʻzgartirilishi mumkin. |
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh, mutaxassis va ekspertga eksperiment yuzasidan savol berilishi mumkin. Sudning ijozati bilan eksperimentda ishtirok etayotgan shaxslarga taraflar ham savol berishi mumkin. Taraflar va eksperimentda ishtirok etayotgan boshqa shaxslar surishtiruvchining, tergovchining va sudning eʼtiborini, ularning fikricha ish holatini aniqlashga yordam berishi mumkin boʻlgan barcha holatlarga qaratishga, eksperiment sharoitiga aniqlik kiritishni va tajriba harakatlarini takrorlashni talab qilishga haqlidir. Koʻrsatuvi tekshirilayotgan shaxs eksperiment munosabati bilan oʻzining qoʻshimcha soʻroq qilinishini talab qilishi mumkin. | Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh, mutaxassis va ekspertga eksperiment yuzasidan savol berilishi mumkin. Sudning ijozati bilan eksperimentda ishtirok etayotgan shaxslarga taraflar ham savol berishi mumkin. Taraflar va eksperimentda ishtirok etayotgan boshqa shaxslar surishtiruvchining, tergovchining va sudning eʼtiborini, ularning fikricha ish holatini aniqlashga yordam berishi mumkin boʻlgan barcha holatlarga qaratishga, eksperiment sharoitiga aniqlik kiritishni va tajriba harakatlarini takrorlashni talab qilishga haqlidir. Koʻrsatuvi tekshirilayotgan shaxs eksperiment munosabati bilan oʻzining qoʻshimcha soʻroq qilinishini talab qilishi mumkin. |
156-modda. Eksperiment bayonnomasi | 156-modda. Eksperiment bayonnomasi |
Eksperiment oʻtkazilganligi haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi, tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa eksperimentning borishi va natijalarini sud majlisi bayonnomasida aks ettiradi. Bundan tashqari, bayonnomada: eksperiment qanday maqsadda, qachon, qayerda va qanday sharoitda oʻtkazilganligi; hodisaning sharoitini va holatini tiklash aynan nimalarda oʻz aksini topganligi; qanday tajriba harakatlari qay tartibda, kim tomonidan va necha marta oʻtkazilganligi; qanday natijalar olinganligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim. | Eksperiment oʻtkazilganligi haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi, tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa eksperimentning borishi va natijalarini sud majlisi bayonnomasida aks ettiradi. Bundan tashqari, bayonnomada: eksperiment qanday maqsadda, qachon, qayerda va qanday sharoitda oʻtkazilganligi; hodisaning sharoitini va holatini tiklash aynan nimalarda oʻz aksini topganligi; qanday tajriba harakatlari qay tartibda, kim tomonidan va necha marta oʻtkazilganligi; qanday natijalar olinganligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim. |
20-bob. OLIB QOʻYISH VA TINTUV | 20-bob. OLIB QOʻYISH VA TINTUV |
157-modda. Olib qoʻyish uchun asoslar | 157-modda. Olib qoʻyish uchun asoslar |
Jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlarning aynan kimda va qayerda ekanligi maʼlum boʻlib, ularni qidirishning hojati boʻlmasa, surishtiruvchi, tergovchi va sud ularni olib qoʻyishga haqlidir. | Jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik narsalarning, hujjatlarning va elektron maʼlumotlarning aynan kimda va qayerda ekanligi maʼlum boʻlib, ularni qidirishning hojati boʻlmasa, surishtiruvchi, tergovchi va sud ularni olib qoʻyishga haqlidir. |
158-modda. Tintuv oʻtkazish uchun asoslar | 158-modda. Tintuv oʻtkazish uchun asoslar |
Surishtiruvchi va tergovchi biror turar joy, xizmat, ishlab chiqarish binosida yoki oʻzga joyda yoxud biror shaxsda ish uchun ahamiyatli boʻlgan narsa yoki hujjatlar bor deb oʻylash uchun yetarli maʼlumotga ega boʻlgan taqdirda tintuv oʻtkazishga haqlidir. | Surishtiruvchi va tergovchi biror turar joy, xizmat, ishlab chiqarish binosida yoki oʻzga joyda yoxud biror shaxsda ish uchun ahamiyatli boʻlgan narsalar yoki hujjatlar yoxud elektron maʼlumotlar bor deb oʻylash uchun yetarli maʼlumotga ega boʻlgan taqdirda tintuv oʻtkazishga haqlidir. |
Tintuv qidirilayotgan shaxsni, shuningdek murdani topish uchun ham oʻtkazilishi mumkin. | Tintuv qidirilayotgan shaxsni, shuningdek murdani topish uchun ham oʻtkazilishi mumkin. |
159-modda. Olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida qaror yoki ajrim Olib qoʻyish yoki tintuv surishtiruvchi yoki tergovchining qarori yoxud sudning ajrimiga koʻra oʻtkaziladi, bunda ular olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazishni surishtiruv organiga yoki tergovchiga topshirishga haqlidirlar. Olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda bu harakatlar qayerda va kimnikida oʻtkazilishi zarurligi, qaysi narsa yoki hujjatlarning qidirib topilishi va olib qoʻyilishi lozimligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. | 1581-modda. Tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish Tintuv oʻtkazish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida uni oʻtkazish uchun asoslarni bayon etgan holda qaror chiqaradi. Tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi. Tergovchining yoki surishtiruvchining tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi. Prokuror tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda tintuv tergovchining yoki surishtiruvchining qaroriga asosan sudning roziligisiz oʻtkazilishi mumkin, biroq keyinchalik sud va prokuror oʻtkazilgan tintuv haqida yigirma toʻrt soat ichida xabardor qilinadi. Xabarnomada kechiktirib boʻlmaydigan holatlar aniq koʻrsatilishi kerak. Tintuv oʻtkazish haqidagi qarorning qonuniyligini tekshirish uchun mazkur xabarnomaga tergovchining yoki surishtiruvchining tintuv oʻtkazish haqidagi qarorining, tintuv bayonnomasining va zarur materiallarning koʻchirma nusxalari ilova qilinadi. Mazkur xabarnomani va unga ilova qilingan materiallarni olgach, sudya oʻtkazilgan tintuvning qonuniyligini qirq sakkiz soat ichida ushbu Kodeksning 1582 va 1583-moddalari tartibida tekshiradi hamda uning qonuniyligi yoki qonunga xilofligi toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Agar sudya oʻtkazilgan tintuvni qonunga xilof deb topsa, tintuv oʻtkazish chogʻida olingan barcha dalillar ushbu Kodeksning 951-moddasiga muvofiq nomaqbul deb topiladi. 1582-modda. Tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish Tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi. Sud majlisida prokuror, zarur boʻlgan taqdirda tergovchi, surishtiruvchi ishtirok etadi. Tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur tergov harakatini oʻtkazish zaruratini asoslab beradi, keyin taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. 1583-modda. Sud ajrimi Sudya tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida yoki tintuv oʻtkazishni rad etish haqida ajrim chiqaradi. Sudyaning tintuv oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak. Sudyaning tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Sud tintuv oʻtkazishni prokurorga, surishtiruvchiga yoki tergovchiga topshiradi. Sudyaning tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi yoki tintuv oʻtkazishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan oʻziga nisbatan tintuv oʻtkazilgan shaxs ajrim ijro etilgan kundan eʼtiboran yigirma toʻrt soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berishi, prokuror ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran shu muddat ichida apellyatsiya tartibida protest bildirishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati (protesti) ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma toʻrt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi mazkur materiallarni shikoyat (protest) bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilishi sudning tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimi ijrosini toʻxtatib turmaydi. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan: sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmay qoldirishga; sudyaning ajrimini bekor qilishga va tintuv oʻtkazishga rozilik berishga yoki tintuv oʻtkazishni rad etishga haqli. Tintuv oʻtkazish rad etilgan taqdirda, mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga tintuv oʻtkazishni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi. 159-modda. Olib qoʻyishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim Olib qoʻyish surishtiruvchining yoki tergovchining qarori yoxud sudning ajrimiga koʻra oʻtkaziladi, bunda ular olib qoʻyishni oʻtkazishni surishtiruv organiga yoki tergovchiga topshirishga haqli. Olib qoʻyishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda bu harakat qayerda va kimnikida bajarilishi zarurligi, qaysi narsalar yoki hujjatlar yoxud elektron maʼlumotlar olib qoʻyilishi lozimligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. |
160-modda. Olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazish vaqtida hozir boʻladigan shaxslar | 160-modda. Olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazish vaqtida hozir boʻladigan shaxslar |
Olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazishda xolislar, zarurat boʻlgan taqdirda mutaxassis va tarjimon ham ishtirok etadilar. | Olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazishda xolislar, zarurat boʻlgan taqdirda mutaxassis va tarjimon ham ishtirok etadilar. |
Olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazish jarayonida bu harakatlar uyida oʻtkazilayotgan shaxsning oʻzi yoki hech boʻlmaganda uning voyaga yetgan oila aʼzolaridan birining ishtirok etishi taʼminlanishi lozim. Basharti ularning ishtirok etishini taʼminlashga imkon boʻlmasa, tegishli hokimlik yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining vakili taklif qilinadi. | Olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazish jarayonida bu harakatlar uyida oʻtkazilayotgan shaxsning oʻzi yoki hech boʻlmaganda uning voyaga yetgan oila aʼzolaridan birining ishtirok etishi taʼminlanishi lozim. Basharti ularning ishtirok etishini taʼminlashga imkon boʻlmasa, tegishli hokimlik yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining vakili taklif qilinadi. |
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, harbiy qismlar joylashgan binolarda olib qoʻyish yoki tintuv ularning vakillari ishtirokida oʻtkaziladi. | Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, harbiy qismlar joylashgan binolarda olib qoʻyish yoki tintuv ularning vakillari ishtirokida oʻtkaziladi. |
Tintuv qilinayotganlarga, xolislarga, mutaxassislarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, harbiy qismlarning vakillariga tintuv yoki olib qoʻyish oʻtkazilishidan avval ularning surishtiruvchi yoki tergovchining barcha harakatlari chogʻida hozir boʻlish hamda ana shu harakatlar xususida arz qilish huquqlari tushuntirilishi kerak. Bunday arz bayonnomaga kiritilishi shart. | Tintuv qilinayotganlarga, xolislarga, mutaxassislarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, harbiy qismlarning vakillariga tintuv yoki olib qoʻyish oʻtkazilishidan avval ularning surishtiruvchi yoki tergovchining barcha harakatlari chogʻida hozir boʻlish hamda ana shu harakatlar xususida arz qilish huquqlari tushuntirilishi kerak. Bunday arz bayonnomaga kiritilishi shart. |
161-modda. Olib qoʻyish va tintuv oʻtkazish tartibi | 161-modda. Olib qoʻyish va tintuv oʻtkazish tartibi |
Tintuv surishtiruvchi yoki tergovchining asoslantirilgan qaroriga binoan, prokurorning sanksiyasi bilan oʻtkaziladi. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda tintuv prokurorning sanksiyasisiz oʻtkazilishi mumkin, lekin bunday holda keyinchalik shu oʻtkazilgan tintuv haqida yigirma toʻrt soat ichida prokurorga xabar qilinadi. Kechiktirib boʻlmaydigan holatlar surishtiruvchi yoki tergovchining prokurorga yuborgan xabarnomasida asoslantirilishi lozim. Xabarnomaning nusxasi ishga qoʻshib qoʻyiladi. Surishtiruvchi yoki tergovchi olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazish haqidagi qarorga yoki ajrimga asosan ish uchun ahamiyatli boʻlgan narsa va hujjatlarni qidirib topish maqsadida turar joyga yoki boshqa binoga kirishga haqlidir. | Surishtiruvchi yoki tergovchi olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazish haqidagi qarorga yoki ajrimga asosan ish uchun ahamiyatli boʻlgan narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni qidirib topish maqsadida turar joyga yoki boshqa binoga kirishga haqlidir. |
Surishtiruvchi, tergovchi olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazishga kirishishdan oldin olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazilayotgan shaxsni qaror yoki ajrim bilan tanishtirib imzo qoʻydirishi shart. | Surishtiruvchi, tergovchi olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazishga kirishishdan oldin olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazilayotgan shaxsni qaror yoki ajrim bilan tanishtirib imzo qoʻydirishi shart. |
Surishtiruvchi, tergovchi olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazilayotgan binoda yoki oʻzga joyda turgan shaxslarning olib qoʻyish yoki tintuv tamom boʻlgunga qadar shu bino yoki joydan chiqib ketishini, shuningdek ularning bir-birlari bilan yoki boshqa shaxslar bilan gaplashishini taqiqlab qoʻyishga haqlidir. | Surishtiruvchi, tergovchi olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazilayotgan binoda yoki oʻzga joyda turgan shaxslarning olib qoʻyish yoki tintuv tamom boʻlgunga qadar shu bino yoki joydan chiqib ketishini, shuningdek ularning bir-birlari bilan yoki boshqa shaxslar bilan gaplashishini taqiqlab qoʻyishga haqlidir. |
Surishtiruvchi, tergovchi olib qoʻyish chogʻida qaror yoki ajrim bilan tanishtirganidan soʻng olinishi lozim boʻlgan narsa va hujjatlarni ixtiyoriy ravishda berishni taklif qiladi, taklif rad etilgan taqdirda majburiy ravishda oladi. Basharti bu narsa va hujjatlar olib qoʻyishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda koʻrsatilgan joydan topilmasa, u holda tintuv oʻtkaziladi. | Surishtiruvchi, tergovchi olib qoʻyish chogʻida qaror yoki ajrim bilan tanishtirganidan keyin olinishi lozim boʻlgan narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni ixtiyoriy ravishda berishni taklif qiladi, taklif rad etilgan taqdirda majburiy ravishda oladi. Agar bu narsalar, hujjatlar va elektron maʼlumotlar olib qoʻyishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda koʻrsatilgan joydan topilmasa, u holda tintuv oʻtkaziladi. |
Surishtiruvchi, tergovchi tintuv oʻtkazishga kirishayotganida qaror yoki ajrim taqdim etganidan soʻng, olib qoʻyilishi kerak boʻlgan narsa va hujjatlarni berishni taklif qiladi. Basharti ular ixtiyoriy ravishda berilsa, olib qoʻyish bayonnomasi tuziladi. Agar qidirilayotgan narsa yoki hujjatlar berilmasa yoxud toʻliq holda topshirilmagan boʻlsa, tintuv oʻtkaziladi. Tintuv chogʻida bu xususdagi qarorda yoki ajrimda koʻrsatilgan narsa yoki hujjatlar qidiriladi va olinadi. Ish uchun ahamiyatga molik boshqa narsa yoki hujjatlar, shuningdek saqlanishi taqiqlangan ashyolar topilgan taqdirda, ular ham olib qoʻyilishi lozim. Surishtiruvchini, tergovchini bu narsa yoki hujjatlarni olib qoʻyishga undagan asoslar tintuv oʻtkazilganligi haqidagi bayonnomada aks ettiriladi. | Surishtiruvchi, tergovchi tintuv oʻtkazishga kirishayotganida qarorni yoki ajrimni taqdim etganidan keyin olib qoʻyilishi kerak boʻlgan narsalarni, hujjatlarni yoki elektron maʼlumotlarni berishni taklif etadi. Agar ular ixtiyoriy ravishda berilsa, olib qoʻyish bayonnomasi tuziladi. Agar qidirilayotgan narsalar, hujjatlar yoki elektron maʼlumotlar berilmasa yoxud toʻliq holda berilmasa, tintuv oʻtkaziladi. Tintuv chogʻida tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda koʻrsatilgan narsalar yoki hujjatlar yoxud elektron maʼlumotlar qidiriladi va olinadi. Ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa narsalar, hujjatlar yoki elektron maʼlumotlar, xuddi shuningdek saqlanishi taqiqlangan ashyolar topilgan taqdirda, ular ham olib qoʻyilishi lozim. Surishtiruvchini, tergovchini bu narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron maʼlumotlarni olib qoʻyishga undagan asoslar tintuv oʻtkazilganligi haqidagi bayonnomada aks ettiriladi. |
Olinayotgan narsa va hujjatlarning hammasi xolislarga, olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazishda ishtirok etgan boshqa shaxslarga koʻrsatiladi, bayonnomada toʻliq aks ettiriladi, zarurat boʻlgan taqdirda oʻralib, muhrlanadi. Oʻralgan va muhrlangan narsa va hujjatlarni keyingi tergov davomida ochishga faqat xolislar ishtirokida yoʻl qoʻyiladi. | Olinayotgan narsalarning, hujjatlarning va elektron maʼlumotlarning hammasi xolislarga, olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazishda hozir boʻlgan boshqa shaxslarga koʻrsatiladi, bayonnomada toʻliq aks ettiriladi, zarurat boʻlgan taqdirda oʻralib, muhrlanadi. Oʻrovni ochishga va muhrni olib tashlashga keyingi ish yuritish davomida faqat xolislar ishtirokida yoʻl qoʻyiladi. |
Olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazish vaqtida yopiq binolarni yoki buyumlar saqlanadigan joyni uning egasi oʻz ixtiyori bilan ochib berishdan bosh tortsa, surishtiruvchining, tergovchining oʻzi ularni ochishga haqlidir. Bunda zarurat boʻlmaganda qulflar, eshiklar va boshqa narsalarning shikastlantirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi hamda uydagi saranjomlik buzilmasligi lozim. | Olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazish vaqtida yopiq binolarni yoki buyumlar saqlanadigan joyni uning egasi oʻz ixtiyori bilan ochib berishdan bosh tortsa, surishtiruvchining, tergovchining oʻzi ularni ochishga haqlidir. Bunda zarurat boʻlmaganda qulflar, eshiklar va boshqa narsalarning shikastlantirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi hamda uydagi saranjomlik buzilmasligi lozim. |
Shaxsiy elektron maʼlumotlarni olib qoʻyish va tintuv qilish qonunga hamda sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi. | |
162-modda. Shaxsiy tintuv va olib qoʻyish | 162-modda. Shaxsiy tintuv va olib qoʻyish |
Ushbu Kodeksning 157 va 158-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda surishtiruvchi yoki tergovchi shaxsning kiyimlari, uning yonidagi buyumlari ichidan yoki badanidan topilgan, ish uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlarni olib qoʻyishi mumkin. | Ushbu Kodeksning 157 va 158-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda surishtiruvchi yoki tergovchi shaxsning kiyimlari, uning yonidagi buyumlari ichidan yoki badanidan topilgan, ish uchun ahamiyatga molik narsalarni, hujjatlarni hamda elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan elektron jismlarni olib qoʻyishi mumkin. |
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi faqat ushbu Kodeksning 224-moddasiga asosan shaxsni ushlagan taqdirda, unda qurol borligi yoki u jinoyat sodir etganligini fosh qiluvchi dalillardan qutulish niyatida ekanligini taxmin qilishga yetarli asoslar mavjud boʻlsa, uni shaxsiy tintuv qilishni va olib qoʻyishni amalga oshirishga ham haqlidir. Bunda shaxsiy tintuv va olib qoʻyish bayonnomasi ushbu Kodeksning 163-moddasi talablariga rioya qilgan holda tuziladi. | Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi faqat ushbu Kodeksning 224-moddasiga asosan shaxsni ushlagan taqdirda, unda qurol borligi yoki u jinoyat sodir etganligini fosh qiluvchi dalillardan qutulish niyatida ekanligini taxmin qilishga yetarli asoslar mavjud boʻlsa, uni shaxsiy tintuv qilishni va olib qoʻyishni amalga oshirishga ham haqlidir. Bunda shaxsiy tintuv va olib qoʻyish bayonnomasi ushbu Kodeksning 163-moddasi talablariga rioya qilgan holda tuziladi. |
Shaxsiy tintuv va olib qoʻyish ushbu Kodeksning 157 — 161-moddalarida koʻrsatilgan qoidalar asosida oʻtkaziladi. Ammo shaxsiy tintuv va olib qoʻyish quyidagi hollarda alohida qaror yoki ajrim chiqarilmasdan oʻtkazilishi mumkin: | Shaxsiy tintuv va olib qoʻyish ushbu Kodeksning 157, 158, 159, 160 va 161-moddalarida koʻrsatilgan qoidalar asosida oʻtkaziladi. Ammo shaxsiy tintuv va olib qoʻyish quyidagi hollarda alohida qaror yoki ajrim chiqarilmasdan oʻtkazilishi mumkin: |
1) gumon qilinuvchini ushlash chogʻida ushlanuvchining yonida qurol borligiga yoxud jinoyat sodir etganligini fosh qiladigan dalillardan qutulmoqchi ekanligiga yetarli asoslar boʻlganda (ushbu Kodeksning 224-moddasi); | 1) gumon qilinuvchini ushlash chogʻida ushlanuvchining yonida qurol borligiga yoxud jinoyat sodir etganligini fosh qiladigan dalillardan qutulmoqchi ekanligiga yetarli asoslar boʻlganda (ushbu Kodeksning 224-moddasi); |
2) gumon qilinuvchi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinib, uni ushlash haqida ushbu Kodeksning 225-moddasiga asosan bayonnoma tuzilganda; | 2) gumon qilinuvchi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinib, uni ushlash haqida ushbu Kodeksning 225-moddasiga asosan bayonnoma tuzilganda; |
3) ayblanuvchiga nisbatan qamoqda saqlash tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilayotganida, basharti uning yonida qurol, shuningdek saqlanishi man etilgan buyumlar yoxud ish uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlar boʻlishi mumkin deb oʻylashga yetarli asoslar boʻlganida; | 3) ayblanuvchiga nisbatan qamoqda saqlash tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilayotganida, basharti uning yonida qurol, shuningdek saqlanishi man etilgan buyumlar yoxud ish uchun ahamiyatga molik narsalar, hujjatlar va elektron maʼlumotlar boʻlishi mumkin deb oʻylashga yetarli asoslar boʻlganida; |
4) olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazilayotgan binoda yoki boshqa joyda turgan shaxs olib qoʻyish va tintuv oʻtkazish haqidagi qarorga yoki ajrimga koʻra olinishi zarur boʻlgan narsa yoki hujjatlarni oʻz yonida yashirincha saqlamoqda deb oʻylash uchun yetarli asoslar boʻlganida. | 4) olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazilayotgan binoda yoki boshqa joyda turgan shaxs olib qoʻyish va tintuv oʻtkazish haqidagi qarorga yoki ajrimga koʻra olinishi zarur boʻlgan narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan elektron jismlarni oʻz yonida yashirincha saqlamoqda deb oʻylash uchun yetarli asoslar boʻlganida. |
Shaxsiy tintuv hamda narsa va hujjatlarni olib qoʻyish tintilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi mutaxassis hamda xolislar ishtirokida oʻtkazilishi mumkin. | Shaxsiy tintuv hamda narsa va hujjatlarni olib qoʻyish tintilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi mutaxassis hamda xolislar ishtirokida oʻtkazilishi mumkin. |
163-modda. Olib qoʻyish yoki tintuv bayonnomasi | 163-modda. Olib qoʻyish yoki tintuv bayonnomasi |
Surishtiruvchi, tergovchi olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazilgani toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilgan holda bayonnoma tuzadi. Sud tomonidan oʻtkazilgan narsa va hujjatlarni olib qoʻyish natijalari sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. | Surishtiruvchi, tergovchi olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazilgani toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilgan holda bayonnoma tuzadi. Sud tomonidan oʻtkazilgan narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni olib qoʻyish natijalari sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. |
Bayonnomada narsa va hujjatlarning aynan qayerda va qanday sharoitda topilganligi, ixtiyoriy ravishda berilganligi yoki majburiy ravishda olinganligi koʻrsatilishi lozim. Barcha olingan narsa va hujjatlar bayonnomada birma-bir qayd qilinib, ularning miqdori, oʻlchovi, ogʻirligi, har qaysisining oʻziga xos belgilari koʻrsatilishi, zarurat boʻlgan taqdirda oʻralishi va muhrlanishi lozim. | Bayonnomada narsalarning, hujjatlarning va elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan elektron jismlarning aynan qayerda va qanday sharoitda topilganligi, ixtiyoriy ravishda berilganligi yoki majburiy ravishda olinganligi koʻrsatilishi kerak. Barcha olingan narsalar, hujjatlar va elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan elektron jismlar bayonnomada birma-bir qayd qilinib, ularning miqdori, oʻlchovi, ogʻirligi, har qaysisining oʻziga xos belgilari koʻrsatilishi, zarurat boʻlgan taqdirda oʻralishi va muhrlanishi kerak. |
Olib qoʻyish yoki tintuv vaqtida izlanayotgan narsa va hujjatlarni yoʻq qilishga yoki yashirishga urinish hollari sodir boʻlgan taqdirda, bu hol surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan koʻrilgan choralar ham koʻrsatilib bayonnomada aks ettirilishi lozim. | Olib qoʻyish yoki tintuv vaqtida izlanayotgan narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron maʼlumotlarni yoʻq qilishga yoki yashirishga urinish hollari sodir boʻlgan taqdirda, bu hol surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan koʻrilgan choralar ham koʻrsatilib bayonnomada aks ettirilishi lozim. |
164-modda. Olib qoʻyish yoki tintuv toʻgʻrisidagi qaror va bayonnomaning nusxasini topshirish shartligi | 164-modda. Olib qoʻyish yoki tintuv toʻgʻrisidagi qaror va bayonnomaning nusxasini topshirish shartligi |
Olib qoʻyish yoki tintuv toʻgʻrisidagi qaror va bayonnomaning nusxasi yo sud majlisining olib qoʻyishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi bayonnomasidan koʻchirma tintilgan shaxsga yoki uning voyaga yetgan oila aʼzolariga, ular boʻlmagan taqdirda esa, tegishli hokimlik yoxud fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinadi. Zarur hollarda mazkur shaxslarga olib qoʻyilayotgan hujjatlarning nusxalari beriladi. | Olib qoʻyish yoki tintuv toʻgʻrisidagi qaror va bayonnomaning nusxasi yo sud majlisining olib qoʻyishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi bayonnomasidan koʻchirma tintilgan shaxsga yoki uning voyaga yetgan oila aʼzolariga, ular boʻlmagan taqdirda esa, tegishli hokimlik yoxud fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinadi. Zarur hollarda mazkur shaxslarga olib qoʻyilayotgan hujjatlarning nusxalari beriladi. |
165-modda. Diplomatiya vakolatxonalarining binolaridan va diplomatiya vakillaridan olib qoʻyish yoki ularda tintuv oʻtkazish | 165-modda. Diplomatiya vakolatxonalarining binolaridan va diplomatiya vakillaridan olib qoʻyish yoki ularda tintuv oʻtkazish |
Olib qoʻyish yoki tintuv diplomatiya vakolatxonasi hududida oʻtkazilayotganda diplomatiya vakolatxonalari va ularning diplomatiya daxlsizligiga ega boʻlgan xodimlari, shuningdek ularning oila aʼzolari egallab turgan binolarda faqat diplomatiya vakolatxonasi boshligʻining iltimosiga koʻra yoki uning roziligi bilan oʻtkazilishi mumkin, diplomatiya vakolatxonasi xodimlarining yoki ularning voyaga yetgan oila aʼzolarining istiqomat joylarida yoxud ular egallab turgan boshqa binolarda olib qoʻyish va tintuv ularning iltimoslariga koʻra yoki roziliklari bilan oʻtkazilishi mumkin. Koʻrsatilgan imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinmagan boʻlsa-da diplomatiya daxlsizligiga ega boʻlgan ajnabiy vakillarga va ularning oila aʼzolariga ham beriladi. | Olib qoʻyish yoki tintuv diplomatiya vakolatxonasi hududida oʻtkazilayotganda diplomatiya vakolatxonalari va ularning diplomatiya daxlsizligiga ega boʻlgan xodimlari, shuningdek ularning oila aʼzolari egallab turgan binolarda faqat diplomatiya vakolatxonasi boshligʻining iltimosiga koʻra yoki uning roziligi bilan oʻtkazilishi mumkin, diplomatiya vakolatxonasi xodimlarining yoki ularning voyaga yetgan oila aʼzolarining istiqomat joylarida yoxud ular egallab turgan boshqa binolarda olib qoʻyish va tintuv ularning iltimoslariga koʻra yoki roziliklari bilan oʻtkazilishi mumkin. Koʻrsatilgan imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinmagan boʻlsa-da diplomatiya daxlsizligiga ega boʻlgan ajnabiy vakillarga va ularning oila aʼzolariga ham beriladi. |
Diplomatiya daxlsizligiga ega boʻlgan shaxsga va uning oila aʼzolariga nisbatan shaxsiy tintuv yoki olib qoʻyish ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablarga rioya qilgan holda oʻtkazilishi mumkin. | Diplomatiya daxlsizligiga ega boʻlgan shaxsga va uning oila aʼzolariga nisbatan shaxsiy tintuv yoki olib qoʻyish ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablarga rioya qilgan holda oʻtkazilishi mumkin. |
Diplomatiya vakili yoki uning oila aʼzolarining olib qoʻyishga yoki tintuv oʻtkazishga roziligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali soʻraladi. | Diplomatiya vakili yoki uning oila aʼzolarining olib qoʻyishga yoki tintuv oʻtkazishga roziligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali soʻraladi. |
Diplomatiya vakolatxonalari va diplomatiya daxlsizligidan foydalanadigan vakillar, shuningdek ularning oila aʼzolari joylashgan binolarda tintuv yoki olib qoʻyish oʻtkazish chogʻida prokuror va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining vakili hozir boʻlishi shart. | Diplomatiya vakolatxonalari va diplomatiya daxlsizligidan foydalanadigan vakillar, shuningdek ularning oila aʼzolari joylashgan binolarda tintuv yoki olib qoʻyish oʻtkazish chogʻida prokuror va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining vakili hozir boʻlishi shart. |
166-modda. Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyish | 166-modda. Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyish |
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining boshqa shaxslarga yuborgan yoxud boshqa shaxslarning gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yuborgan pochta-telegraf joʻnatmalarida sodir etilgan jinoyatga doir maʼlumotlar yoki ish uchun ahamiyatga molik hujjatlar, buyumlar bor deb gumon qilish uchun yetarlicha asoslar mavjud boʻlganda, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi mazkur shaxslarning barcha pochta-telegraf joʻnatmalarini yoki ularning ayrimlarini xatlash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida mazkur tergov harakatini oʻtkazish asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. | Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining boshqa shaxslarga yuborgan yoxud boshqa shaxslarning gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yuborgan pochta-telegraf joʻnatmalarida sodir etilgan jinoyatga doir maʼlumotlar yoki ish uchun ahamiyatga molik hujjatlar, buyumlar bor deb gumon qilish uchun yetarlicha asoslar mavjud boʻlganda, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi mazkur shaxslarning barcha pochta-telegraf joʻnatmalarini yoki ularning ayrimlarini xatlash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida mazkur tergov harakatini oʻtkazish asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. |
Xatlab qoʻyilishi mumkin boʻlgan pochta-telegraf joʻnatmalari jumlasiga barcha turdagi xatlar, telegrammalar, radiogrammalar, banderollar, posilkalar, pochta konteynerlari kiradi. | Xatlab qoʻyilishi mumkin boʻlgan pochta-telegraf joʻnatmalari jumlasiga barcha turdagi xatlar, telegrammalar, radiogrammalar, banderollar, posilkalar, pochta konteynerlari kiradi. |
Prokurorning, tergovchining yoki surishtiruvchining pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorida: xat-xabarlari ushlab turilishi lozim boʻlgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; bu shaxsning doimiy yashash joyi manzili; xatlanayotgan pochta-telegraf joʻnatmalarining turlari; xatlash chorasining muddati; joʻnatmalarni ushlab turish va bu haqda prokurorga, tergovchiga yoki surishtiruvchiga maʼlum qilish majburiyati yuklatilgan aloqa muassasasining nomi koʻrsatiladi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi. | Prokurorning, tergovchining yoki surishtiruvchining pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorida: xat-xabarlari ushlab turilishi lozim boʻlgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; bu shaxsning doimiy yashash joyi manzili; xatlanayotgan pochta-telegraf joʻnatmalarining turlari; xatlash chorasining muddati; joʻnatmalarni ushlab turish va bu haqda prokurorga, tergovchiga yoki surishtiruvchiga maʼlum qilish majburiyati yuklatilgan aloqa muassasasining nomi koʻrsatiladi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi. |
Tergovchining yoki surishtiruvchining pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi. | Tergovchining yoki surishtiruvchining pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi. |
Prokuror pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi. | Prokuror pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi. |
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining boshqa shaxslarga yoki boshqa shaxslarning gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yuborgan pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchining boshqa shaxslarga yoki boshqa shaxslarning sudlanuvchiga yuborgan pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash esa ushbu Kodeksning 423, 438-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal etiladi. | Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining boshqa shaxslarga yoki boshqa shaxslarning gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yuborgan pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchining boshqa shaxslarga yoki boshqa shaxslarning sudlanuvchiga yuborgan pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash esa ushbu Kodeksning 423, 438-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal etiladi. |
1661-modda. Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish | 1661-modda. Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish |
Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi boʻlmagan yoxud pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. | Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. |
Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi. | Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi. |
Sud majlisida prokuror, zarurat boʻlgan hollarda tergovchi, surishtiruvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, shuningdek, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, himoyachi va qonuniy vakil ham ishtirok etadi. | Sud majlisida prokuror, zarurat boʻlgan hollarda tergovchi, surishtiruvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, shuningdek, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, himoyachi va qonuniy vakil ham ishtirok etadi. |
Sud majlisining oʻtkazilish joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi. | Sud majlisining oʻtkazilish joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi. |
Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur tergov harakatini oʻtkazish zaruratini asoslab beradi, soʻngra taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. | Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur tergov harakatini oʻtkazish zaruratini asoslab beradi, soʻngra taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. |
1662-modda. Sud ajrimi | 1662-modda. Sud ajrimi |
Sudya pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisida yoki pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlashni rad etish haqida ajrim chiqaradi. | Sudya pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisida yoki pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlashni rad etish haqida ajrim chiqaradi. |
Sudyaning pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlashni rad etish haqidagi ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak. | Sudyaning pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlashni rad etish haqidagi ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak. |
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan sud ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi ajrim tegishli aloqa muassasasining boshligʻiga yuboriladi va uni bajarish mazkur boshliq uchun majburiydir. Bu ajrimni bajarmaganlik yoki uning mazmunini oshkor etganlik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi. | Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan sud ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi ajrim tegishli aloqa muassasasining boshligʻiga yuboriladi va uni bajarish mazkur boshliq uchun majburiydir. Bu ajrimni bajarmaganlik yoki uning mazmunini oshkor etganlik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi. |
Aloqa muassasasining boshligʻi sud ajrimida koʻrsatilgan xat-xabarlar va boshqa joʻnatmalarni ushlab turadi hamda bu haqda prokurorga, tergovchiga, surishtiruvchiga yoki sudga darhol maʼlum qiladi. | Aloqa muassasasining boshligʻi sud ajrimida koʻrsatilgan xat-xabarlar va boshqa joʻnatmalarni ushlab turadi hamda bu haqda prokurorga, tergovchiga, surishtiruvchiga yoki sudga darhol maʼlum qiladi. |
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan sud ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi yoxud prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati, protest ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud ularni qirq sakkiz soat ichida materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Shikoyat yoki protest berilishi sudning pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi ajrimi ijrosini toʻxtatib turmaydi. Apellyatsiya instansiyasi sudi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga ular kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay koʻrib chiqishi kerak. | Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan sud ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi yoxud prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati, protest ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud ularni qirq sakkiz soat ichida materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Shikoyat yoki protest berilishi sudning pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi ajrimi ijrosini toʻxtatib turmaydi. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak. |
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan: | Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan: |
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmay qoldirishga; | sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmay qoldirishga; |
sudyaning ajrimini bekor qilishga va pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyishga yoki pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlashni rad etishga haqli. | sudyaning ajrimini bekor qilishga va pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyishga yoki pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlashni rad etishga haqli. |
Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash rad etilgan taqdirda, aynan oʻsha gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlashni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi. | Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash rad etilgan taqdirda, aynan oʻsha gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlashni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi. |
167-modda. Pochta-telegraf joʻnatmalarini koʻzdan kechirish va olib qoʻyish | 167-modda. Pochta-telegraf joʻnatmalarini koʻzdan kechirish va olib qoʻyish |
Surishtiruvchi yoki tergovchi aloqa muassasasiga borib, ushlangan pochta-telegraf joʻnatmalarini xolislar ishtirokida, zarurat boʻlganda esa, tegishli mutaxassis ishtirokida ochib, koʻzdan kechiradi. Ish uchun ahamiyatga molik maʼlumotlar, hujjatlar, narsalar topilgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi pochta-telegraf joʻnatmalarini olib qoʻyadi yoxud ulardan nusxa koʻchirish bilan chegaralanadi. Agar koʻzdan kechirilgan joʻnatmalarda ish uchun ahamiyatga molik maʼlumotlar, hujjatlar, narsalar boʻlmasa, surishtiruvchi, tergovchi ularni egalariga yetkazish yoki oʻzi belgilagan muddatgacha ushlab turish haqida koʻrsatma beradi. | Surishtiruvchi yoki tergovchi aloqa muassasasiga borib, ushlab turilgan pochta-telegraf joʻnatmalarini xolislar ishtirokida, zarurat boʻlganda esa tegishli mutaxassis ishtirokida ochadi va koʻzdan kechiradi. Ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan maʼlumotlar, narsalar, hujjatlar, elektron maʼlumotlar topilgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi tegishli pochta-telegraf joʻnatmalarini olib qoʻyadi yoxud ulardan nusxa koʻchirish bilan chegaralanadi. Koʻzdan kechirilgan joʻnatmalarda ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan maʼlumotlar, narsalar, hujjatlar, elektron maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi koʻzdan kechirilgan xat-xabarni egasiga yetkazish toʻgʻrisida yoki uni oʻzi belgilagan muddatgacha ushlab turish haqida koʻrsatma beradi. |
Ushlangan joʻnatmalar koʻzdan kechirilgan har bir holda bayonnoma tuzilib, unda qaysi pochta-telegraf joʻnatmalari koʻzdan kechirilganligi, nimalar olinganligi va nimalar egalariga yuborilishi, nimalar esa vaqtincha ushlab qolinishi kerakligi, qaysi joʻnatmalardan nusxalar olinganligi koʻrsatilishi lozim. Bayonnoma ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda tuziladi. | Ushlangan joʻnatmalar koʻzdan kechirilgan har bir holda bayonnoma tuzilib, unda qaysi pochta-telegraf joʻnatmalari koʻzdan kechirilganligi, nimalar olinganligi va nimalar egalariga yuborilishi, nimalar esa vaqtincha ushlab qolinishi kerakligi, qaysi joʻnatmalardan nusxalar olinganligi koʻrsatilishi lozim. Bayonnoma ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda tuziladi. |
168-modda. Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyishni bekor qilish | 168-modda. Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyishni bekor qilish |
Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash qaror chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda, surishtiruvchi, tergovchi tomonidan prokurorning roziligi bilan yoki bu chorani qoʻllashga zarurat qolmasa, sud tomonidan bekor qilinadi. Surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida ish tugatilganda, birinchi instansiya sudida esa, ishni tugatish haqida ajrim chiqarilganda yoxud hukm qonuniy kuchga kirgach, xatlab qoʻyish chorasi bekor qilinishi lozim. | Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash qaror chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda, surishtiruvchi, tergovchi tomonidan prokurorning roziligi bilan yoki bu chorani qoʻllashga zarurat qolmasa, sud tomonidan bekor qilinadi. Surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida ish tugatilganda, birinchi instansiya sudida esa, ishni tugatish haqida ajrim chiqarilganda yoxud hukm qonuniy kuchga kirgach, xatlab qoʻyish chorasi bekor qilinishi lozim. |
Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash chorasining bekor qilinganligi aynan bir shaxsga nisbatan pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga takroran murojaat etishga monelik qilmaydi. | Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash chorasining bekor qilinganligi aynan bir shaxsga nisbatan pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga takroran murojaat etishga monelik qilmaydi. |
21-bob. TELEFONLAR VA BOSHQA TELEKOMMUNIKATSIYA QURILMALARI ORQALI OLIB BORILADIGAN SOʻZLASHUVLARNI ESHITIB TURISH, ULAR ORQALI UZATILADIGAN AXBOROTNI OLISH | 21-bob. TELEFONLAR VA BOSHQA TELEKOMMUNIKATSIYA QURILMALARI ORQALI OLIB BORILADIGAN SOʻZLASHUVLARNI ESHITIB TURISH, ULAR ORQALI UZATILADIGAN AXBOROTNI OLISH |
169-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish uchun asoslar Agar ish boʻyicha toʻplangan dalillar ish uchun ahamiyatga molik maʼlumotlar olinishi mumkinligiga yetarli darajada asos boʻla olsa, surishtiruvchi, tergovchi telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqlidir. | 169-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qoʻzgʻatish Agar ish boʻyicha toʻplangan dalillar ish uchun ahamiyatga molik maʼlumotlar olinishi mumkinligiga yetarli darajada asos boʻla olsa, surishtiruvchi, tergovchi telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida qaror chiqarib, unda ushbu harakatlarni oʻtkazish asoslarini bayon etadi. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi. Tergovchining yoki surishtiruvchining telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi. Prokuror telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish tergovchining yoki surishtiruvchining qarori asosida sudning roziligisiz amalga oshirilishi mumkin. Bunda tergovchi yoki surishtiruvchi telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisidagi qarorni sudning roziligisiz maxsus vakolatli davlat organiga yuborishga haqli boʻlib, keyinchalik sud hamda prokuror telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish amalga oshirilganligi haqida yigirma toʻrt soat ichida xabardor qilinadi. Xabarnomada kechiktirib boʻlmaydigan holatlar aniq koʻrsatilishi kerak. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi qarorning qonuniyligini tekshirish uchun mazkur xabarnomaga tergovchining yoki surishtiruvchining telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish haqidagi qarorining, ushbu tergov harakati bayonnomasining va zarur materiallarning koʻchirma nusxalari ilova qilinadi. Mazkur xabarnomani va unga ilova qilingan materiallarni olgach, sudya amalga oshirilgan telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishning, ular orqali uzatiladigan axborotni olishning qonuniyligini ushbu Kodeksning 1691 va 1692-moddalari tartibida qirq sakkiz soat ichida tekshiradi hamda uning qonuniyligi yoki qonunga xilofligi toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Agar sudya telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni qonunga xilof ravishda amalga oshirilgan deb topsa, ularni amalga oshirish davomida olingan barcha dalillar ushbu Kodeksning 951-moddasiga muvofiq nomaqbul deb topiladi. 1691-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi. Sud majlisida prokuror, tergovchi, surishtiruvchi ishtirok etadi. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur tergov harakatini oʻtkazish zaruratini asoslab beradi, keyin taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. 1692-modda. Sud ajrimi Sudya telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisida yoki ularni oʻtkazishni rad etish haqida ajrim chiqaradi. Sudyaning telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirishni rad etish haqidagi ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak. Sudyaning telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Sud telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni prokurorga, surishtiruvchiga yoki tergovchiga topshiradi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu tergov harakatlari oʻziga nisbatan amalga oshirilgan shaxs ajrim ijro etilgan kundan eʼtiboran yigirma toʻrt soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berishi, prokuror ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran shu muddat ichida apellyatsiya tartibida protest bildirishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati (protesti) ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma toʻrt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat (protest) bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilishi telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi sud ajrimining ijrosini toʻxtatib turmaydi. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan: sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmay qoldirishga; sudyaning ajrimini bekor qilishga hamda telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirishga rozilik berishga yoki ularni amalga oshirishni rad etishga haqli. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish rad etilgan taqdirda, mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi. |
170-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish tartibi | 170-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish tartibi |
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining telefonlari va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarini eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish surishtiruvchining, tergovchining prokuror tomonidan sanksiya berilgan qaroriga yoxud sudning ajrimiga binoan amalga oshiriladi. | Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining telefonlari va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarini eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish sudning ajrimiga binoan amalga oshiriladi. |
Jabrlanuvchiga, guvohga, xuddi shuningdek ularning qarindoshlari va yaqinlariga nisbatan kuch ishlatish, tovlamachilik yoki boshqa qonunga xilof harakatlar sodir etish xavfi mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu shaxslarning arizalari boʻyicha yoxud ularning yozma roziligi hamda prokurorning sanksiyasi bilan yoki sudning ajrimiga koʻra ularning telefonlari yoxud boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish amalga oshirilishi mumkin. | Jabrlanuvchiga, guvohga, xuddi shuningdek ularning qarindoshlari va yaqinlariga nisbatan kuch ishlatish, tovlamachilik yoki boshqa qonunga xilof harakatlar sodir etish xavfi mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu shaxslarning arizalari boʻyicha yoxud ularning yozma roziligi hamda sudning roziligi bilan ularning telefonlari va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish amalga oshirilishi mumkin. |
Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda surishtiruvchi, tergovchi prokurorni keyinchalik darhol yozma ravishda xabardor qilgan holda, uning sanksiyasisiz telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisidagi qarorni maxsus vakolatli davlat organiga yuborishga haqli. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi prokuror tomonidan sanksiya berilmagan qaror bir sutka davomida qonuniy kuchga ega boʻladi. | Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqida chiqarilgan qaror bir sutka davomida qonuniy kuchga ega boʻladi. |
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisidagi qarori yoki ajrimi unda eshitib turiladigan axborotning xususiyati hamda hajmi, shuningdek soʻzlashuvlarni eshitib turish, maʼlumotlar uzatilishini olib borishni va natijalarini qayd etish shakli belgilanib, ushbu qaror yoki ajrim maxsus vakolatli davlat organiga ijro etish uchun yuboriladi. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish olti oydan ortiq davom etishi mumkin emas. | Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim unda eshitib turiladigan axborotning xususiyati hamda hajmi, shuningdek soʻzlashuvlarni eshitib turishni, uzatiladigan axborotni olishni va natijalarini qayd etish shakli belgilanib, maxsus vakolatli davlat organiga ijro etish uchun yuboriladi. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish olti oydan ortiq davom etishi mumkin emas. |
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish chogʻida olingan axborot qayd etilishi (yozilishi) kerak. Qayd etilgan axborot (yoki yozuv) tergov harakati bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilishi lozim. | Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish chogʻida olingan axborot qayd etilishi (yozilishi) kerak. Qayd etilgan axborot (yoki yozuv) tergov harakati bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilishi lozim. |
171-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish bayonnomasi | 171-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish bayonnomasi |
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni hamda qayd qilishni amalga oshirgan shaxs ishga aloqador axborotning mazmunini bayon etgan holda bayonnoma tuzadi. Soʻzlashuvlar, xabarlar va maʼlumotlar yozuvi muhrlanadi hamda bayonnomaga qoʻshib qoʻyiladi. | Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni hamda qayd qilishni amalga oshirgan shaxs ishga aloqador axborotning mazmunini bayon etgan holda bayonnoma tuzadi. Soʻzlashuvlar, xabarlar va maʼlumotlar yozuvi muhrlanadi hamda bayonnomaga qoʻshib qoʻyiladi. |
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish bayonnomasida abonentning raqami, eshitib turish va qayd qilish vaqti hamda joyi, foydalanilgan texnik vositalarning turi va modeli, bu ishlarni amalga oshirgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek ish uchun ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar ham aks ettiriladi. | Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish bayonnomasida abonentning raqami, eshitib turish va qayd qilish vaqti hamda joyi, foydalanilgan texnik vositalarning turi va modeli, bu ishlarni amalga oshirgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek ish uchun ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar ham aks ettiriladi. |
22-bob. EKSPERTIZA | 22-bob. EKSPERTIZA |
172-modda. Ekspertiza tayinlash uchun asoslar | 172-modda. Ekspertiza tayinlash uchun asoslar |
Ish uchun ahamiyatli holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni fan, texnika, sanʼat yoki kasb sohasi boʻyicha bilimi boʻlgan shaxs oʻtkazadigan maxsus tekshirish orqali olish mumkin boʻlganda ekspertiza tayinlanadi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya, mutaxassislar, xolislarning bunday bilimlarga ega boʻlishi ekspertiza tayinlash zaruratidan ozod etmaydi. | Ish uchun ahamiyatli holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni fan, texnika, sanʼat yoki kasb sohasi boʻyicha bilimi boʻlgan shaxs oʻtkazadigan maxsus tekshirish orqali olish mumkin boʻlganda ekspertiza tayinlanadi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya, mutaxassislar, xolislarning bunday bilimlarga ega boʻlishi ekspertiza tayinlash zaruratidan ozod etmaydi. |
Ekspert oldiga qoʻyilgan savollar va uning bergan xulosasi ekspertning maxsus bilimlari doirasidan tashqari chiqishi mumkin emas. | Ekspert oldiga qoʻyilgan savollar va uning bergan xulosasi ekspertning maxsus bilimlari doirasidan tashqari chiqishi mumkin emas. |
Ekspertizani ushbu Kodeksda belgilangan tartibga xilof ravishda oʻtkaziladigan tekshiruv bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Idoraviy tekshiruv xulosasi, taftish hujjatlari, mutaxassislar maslahati ekspertiza oʻtkazish zaruratini istisno etmaydi. | Ekspertizani ushbu Kodeksda belgilangan tartibga xilof ravishda oʻtkaziladigan tekshiruv bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Idoraviy tekshiruv xulosasi, taftish hujjatlari, mutaxassislar maslahati ekspertiza oʻtkazish zaruratini istisno etmaydi. |
173-modda. Ekspertiza tayinlash va oʻtkazishning shartligi | 173-modda. Ekspertiza tayinlash va oʻtkazishning shartligi |
Basharti, ish boʻyicha: | Basharti, ish boʻyicha: |
1) oʻlimning sababini, yetkazilgan tan jarohatlarining xususiyati va ogʻirlik darajasini; | 1) oʻlimning sababini, yetkazilgan tan jarohatlarining xususiyati va ogʻirlik darajasini; |
2) jinsiy aloqada boʻlganlikni, homiladorlik holatini va homilani sunʼiy yoʻl bilan tushirish belgilarini; | 2) jinsiy aloqada boʻlganlikni, homiladorlik holatini va homilani sunʼiy yoʻl bilan tushirish belgilarini; |
3) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchining yoshini, agar bu haqda hujjatlar boʻlmasa yoki hujjatlar shubha tugʻdirsa; | 3) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchining yoshini, agar bu haqda hujjatlar boʻlmasa yoki hujjatlar shubha tugʻdirsa; |
4) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining, ustidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashga doir ish yuritilayotgan shaxsning ruhiy va jismoniy ahvolini hamda ularning gʻayrihuquqiy qilmishni sodir etayotgan paytda oʻz harakatlarini idrok etish va idora qilish layoqatini, shuningdek jinoiy javobgarlikning ahamiyatini tushunish, jinoyat protsessida koʻrsatuvlar berish hamda oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qila olish layoqatini; | 4) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining, ustidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashga doir ish yuritilayotgan shaxsning ruhiy va jismoniy ahvolini hamda ularning gʻayrihuquqiy qilmishni sodir etayotgan paytda oʻz harakatlarini idrok etish va idora qilish layoqatini, shuningdek jinoiy javobgarlikning ahamiyatini tushunish, jinoyat protsessida koʻrsatuvlar berish hamda oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qila olish layoqatini; |
5) jabrlanuvchining, guvohning ruhiy va jismoniy holatini hamda ular ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarni idrok qilish, esda saqlash va soʻroq qilganda ifodalab berish layoqatiga ega ekanliklarini, shuningdek jabrlanuvchining jinoyat protsessi chogʻida oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qila olish layoqatini; | 5) jabrlanuvchining, guvohning ruhiy va jismoniy holatini hamda ular ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarni idrok qilish, esda saqlash va soʻroq qilganda ifodalab berish layoqatiga ega ekanliklarini, shuningdek jabrlanuvchining jinoyat protsessi chogʻida oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qila olish layoqatini; |
6) tanosil va boshqa yuqumli kasalliklarga chalingan, surunkali ichkilikbozlikka va giyohvandlikka duchor boʻlgan shaxslarni davolash zarurligini va imkoniyatlarini; | 6) tanosil va boshqa yuqumli kasalliklarga chalingan, surunkali ichkilikbozlikka va giyohvandlikka duchor boʻlgan shaxslarni davolash zarurligini va imkoniyatlarini; |
7) giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar va ularning turi mavjudligini; | 7) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjudligini, ularning turi va miqdorini; |
8) pul belgilari, qimmatli qogʻozlar va boshqa hujjatlar qalbakilashtirilganligini; | 8) pul belgilari, qimmatli qogʻozlar va boshqa hujjatlar qalbakilashtirilganligini; |
9) portlashlar, halokatlar va boshqa favqulodda hodisalarning texnikaviy sabablarini aniqlash zarur boʻlganda ekspertiza tayinlash va oʻtkazish shart. | 9) portlashlar, halokatlar va boshqa favqulodda hodisalarning texnikaviy sabablarini aniqlash zarur boʻlganda ekspertiza tayinlash va oʻtkazish shart. |
Ish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni aniqlashda ham, agar buning uchun maxsus bilimlarni qoʻllash zarur boʻlsa va bu holatlar isbotlashning boshqa vositalari bilan puxta aniqlanmagan boʻlsa, ekspertiza oʻtkazish shart. | Ish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni aniqlashda ham, agar buning uchun maxsus bilimlarni qoʻllash zarur boʻlsa va bu holatlar isbotlashning boshqa vositalari bilan puxta aniqlanmagan boʻlsa, ekspertiza oʻtkazish shart. |
174-modda. Ekspert etib tayinlanadigan shaxslar | 174-modda. Ekspert etib tayinlanadigan shaxslar |
Ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin. | Ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin. |
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas. | Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas. |
Sud-tibbiyot, sud-psixiatriya, sud-psixologiya, sud-avtotexnika, sud-iqtisodiy, kriminalistika ekspertizalarini faqat davlat sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, alohida hollarda esa, boshqa korxona, muassasa, tashkilotlarning mutaxassislari oʻtkazadi. Alohida hol ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda asoslantirilishi lozim. | Sud-tibbiyot, sud-psixiatriya, sud-psixologiya, sud-avtotexnika, sud-iqtisodiy, kriminalistika ekspertizalarini faqat davlat sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, alohida hollarda esa, boshqa korxona, muassasa, tashkilotlarning mutaxassislari oʻtkazadi. Alohida hol ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda asoslantirilishi lozim. |
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, sudning ekspert etib tayinlangan shaxsni chaqirish va uning ekspertiza oʻtkazishi toʻgʻrisidagi talabi ushbu shaxs ishlayotgan korxona, muassasa yoki tashkilot rahbari uchun majburiydir. | Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, sudning ekspert etib tayinlangan shaxsni chaqirish va uning ekspertiza oʻtkazishi toʻgʻrisidagi talabi ushbu shaxs ishlayotgan korxona, muassasa yoki tashkilot rahbari uchun majburiydir. |
175-modda. Tekshirish obyektlari | 175-modda. Tekshirish obyektlari |
Ashyoviy dalillar, ekspert tekshiruvi uchun namunalar, boshqa moddiy obyektlar, murdalar va ularning qismlari, hujjatlar, shuningdek ekspertiza oʻtkazilayotgan ish materiallari tekshirish obyektlari boʻlishi mumkin. Ekspert tekshiruvlari tirik odamga nisbatan ham oʻtkaziladi. | Ashyoviy dalillar, ekspert tekshiruvi uchun namunalar, boshqa moddiy obyektlar, murdalar va ularning qismlari, hujjatlar, axborot tizimlarida, elektron jismlarda va Internet jahon axborot tarmogʻi manbalarida saqlanayotgan elektron maʼlumotlar, shuningdek ekspertiza oʻtkazilayotgan ish materiallari tekshirish obyektlari boʻlishi mumkin. Ekspert tekshiruvlari tirik odamga nisbatan ham oʻtkaziladi. |
Ekspertizani oʻtkazishda tekshirish obyektlari (tirik odamdan tashqari) ekspert tekshiruvini oʻtkazish uchun qay darajada zarur boʻlsa, shu darajada shikastlanishi yoki ishlatilishi mumkin. Bunda tekshirish obyektining qisman shikastlanishi yoki ishlatilishiga ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) yozma ruxsati olinishi zarur, tayinlangan ekspertizaning oʻziga xos xususiyatlari obyektning shikastlanishini (buzilishini) yoki ishlatilishini taqozo etuvchi hollar bundan mustasno. | Ekspertizani oʻtkazishda tekshirish obyektlari (tirik odamdan tashqari) ekspert tekshiruvini oʻtkazish uchun qay darajada zarur boʻlsa, shu darajada shikastlanishi yoki ishlatilishi mumkin. Bunda tekshirish obyektining qisman shikastlanishi yoki ishlatilishiga ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) yozma ruxsati olinishi zarur, tayinlangan ekspertizaning oʻziga xos xususiyatlari obyektning shikastlanishini (buzilishini) yoki ishlatilishini taqozo etuvchi hollar bundan mustasno. |
Tekshirish obyektlarining ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) yozma ruxsati bilan yoxud tayinlangan ekspertizaning oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq holda shikastlanganligi yoki ishlatilganligi davlat sud-ekspertiza muassasasi, boshqa korxona, muassasa, tashkilot yoki ekspert tomonidan mazkur obyektlarning mulkdoriga zararning oʻrni qoplab berilishiga sabab boʻlmaydi. | Tekshirish obyektlarining ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) yozma ruxsati bilan yoxud tayinlangan ekspertizaning oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq holda shikastlanganligi yoki ishlatilganligi davlat sud-ekspertiza muassasasi, boshqa korxona, muassasa, tashkilot yoki ekspert tomonidan mazkur obyektlarning mulkdoriga zararning oʻrni qoplab berilishiga sabab boʻlmaydi. |
Tekshirish obyektlari, agar ularning oʻlchamlari va xossalari imkon bersa, oʻralgan va muhrlangan holda ekspertga topshirilishi kerak. | Tekshirish obyektlari, agar ularning oʻlchamlari va xossalari imkon bersa, oʻralgan va muhrlangan holda ekspertga topshirilishi kerak. |
Tekshirish obyektini ekspertning ish joyiga yetkazib berishning iloji boʻlmaganda, ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) unga mazkur obyektni moneliksiz kirib koʻrishni va uni tekshirish imkoniyatini taʼminlaydi. | Tekshirish obyektini ekspertning ish joyiga yetkazib berishning iloji boʻlmaganda, ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) unga mazkur obyektni moneliksiz kirib koʻrishni va uni tekshirish imkoniyatini taʼminlaydi. |
Tekshirish obyektlari davlat sud-ekspertiza muassasalarida, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlarida va sudlarda ashyoviy dalillarni saqlash qoidalariga rioya qilingan holda saqlanadi. | Tekshirish obyektlari davlat sud-ekspertiza muassasalarida, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlarida va sudlarda ashyoviy dalillarni saqlash qoidalariga rioya qilingan holda saqlanadi. |
Ekspertiza tugallanganidan keyin tekshirish obyektlari, agar ular toʻla ishlatilgan boʻlmasa, ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) qaytariladi. | Ekspertiza tugallanganidan keyin tekshirish obyektlari, agar ular toʻla ishlatilgan boʻlmasa, ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) qaytariladi. |
176-modda. Qoʻshimcha va qayta ekspertizalar | 176-modda. Qoʻshimcha va qayta ekspertizalar |
Qoʻshimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi boʻshliqlarning oʻrnini toʻldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan oʻtkaziladi. | Qoʻshimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi boʻshliqlarning oʻrnini toʻldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan oʻtkaziladi. |
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani oʻtkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi. | Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani oʻtkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi. |
Qayta ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qoʻllanilgan ekspert tekshiruvi usullarining ilmiy asoslanganligi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilishi mumkin. | Qayta ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qoʻllanilgan ekspert tekshiruvi usullarining ilmiy asoslanganligi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilishi mumkin. |
Qayta ekspertizani tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda qayta ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) birinchi (oldingi) ekspertiza xulosasiga qoʻshilmaganligi sabablari koʻrsatilishi lozim. | Qayta ekspertizani tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda qayta ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) birinchi (oldingi) ekspertiza xulosasiga qoʻshilmaganligi sabablari koʻrsatilishi lozim. |
Qayta ekspertizani oʻtkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (oldingi) ekspertizani oʻtkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) qayta ekspertizani oʻtkazishda hozir boʻlishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u ekspert tekshiruvini oʻtkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi. | Qayta ekspertizani oʻtkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (oldingi) ekspertizani oʻtkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) qayta ekspertizani oʻtkazishda hozir boʻlishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u ekspert tekshiruvini oʻtkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi. |
1761-modda. Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi | 1761-modda. Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi |
Ekspertiza bir xil (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli xil (kompleks ekspertiza) sud-ekspert ixtisosligidagi bir necha ekspert tomonidan oʻtkazilishi mumkin. | Ekspertiza bir xil (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli xil (kompleks ekspertiza) sud-ekspert ixtisosligidagi bir necha ekspert tomonidan oʻtkazilishi mumkin. |
Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) yoki mazkur ekspertizaning oʻtkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi. | Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) yoki mazkur ekspertizaning oʻtkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi. |
Ekspertizani oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi oʻz oldiga qoʻyilgan masalalarni hal etish zarurligidan kelib chiqib, oʻtkaziladigan ekspert tekshiruvlarining maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi. | Ekspertizani oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi oʻz oldiga qoʻyilgan masalalarni hal etish zarurligidan kelib chiqib, oʻtkaziladigan ekspert tekshiruvlarining maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi. |
Ekspertizani oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibidagi har bir ekspert ekspert tekshiruvlarini mustaqil va alohida olib boradi, shaxsan oʻzi va komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qoʻyilgan savollar yuzasidan oʻz maxsus bilimlari doirasida fikrlarini shakllantiradi. | Ekspertizani oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibidagi har bir ekspert ekspert tekshiruvlarini mustaqil va alohida olib boradi, shaxsan oʻzi va komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qoʻyilgan savollar yuzasidan oʻz maxsus bilimlari doirasida fikrlarini shakllantiradi. |
Ekspert tekshiruvlarining ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan toʻliq yoki qisman oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi | Ekspert tekshiruvlarining ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan toʻliq yoki qisman oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi |
177-modda. Komissiyaviy ekspertiza | 177-modda. Komissiyaviy ekspertiza |
Komissiyaviy ekspertiza oʻtkazilayotganda ekspertlarning har biri ekspert tekshiruvlarini toʻliq hajmda oʻtkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi. | Komissiyaviy ekspertiza oʻtkazilayotganda ekspertlarning har biri ekspert tekshiruvlarini toʻliq hajmda oʻtkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi. |
Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan soʻng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisidagi hujjatni tuzadi va imzolaydi. | Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan soʻng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisidagi hujjatni tuzadi va imzolaydi. |
Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi. | Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi. |
178-modda. Kompleks ekspertiza | 178-modda. Kompleks ekspertiza |
Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga molik holatlarni turli ilm sohalaridan foydalangan holda bir necha ekspert tekshiruvini oʻtkazish yoʻli bilangina aniqlash mumkin boʻlgan hollarda tayinlanadi. | Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga molik holatlarni turli ilm sohalaridan foydalangan holda bir necha ekspert tekshiruvini oʻtkazish yoʻli bilangina aniqlash mumkin boʻlgan hollarda tayinlanadi. |
Kompleks ekspertizani oʻtkazishda ekspertlarning har biri oʻz vakolati doirasida ekspert tekshiruvlarini olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi ekspert tekshiruvlarini va qancha hajmda olib borganligi, qaysi holatlarni shaxsan oʻzi aniqlaganligi hamda qanday fikrlarga kelganligi koʻrsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning ushbu ekspert tekshiruvlari bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar boʻladi. | Kompleks ekspertizani oʻtkazishda ekspertlarning har biri oʻz vakolati doirasida ekspert tekshiruvlarini olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi ekspert tekshiruvlarini va qancha hajmda olib borganligi, qaysi holatlarni shaxsan oʻzi aniqlaganligi hamda qanday fikrlarga kelganligi koʻrsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning ushbu ekspert tekshiruvlari bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar boʻladi. |
Umumiy fikrni (fikrlarni), olingan natijalarni baholashga va ushbu fikrni (fikrlarni) shakllantirishga vakolatli boʻlgan ekspertlar qiladi. Agar ekspertlar komissiyasi yakuniy fikrining yoki uning bir qismining asosi sifatida ekspertlardan birining (alohida ekspertlarning) aniqlagan holatlari olingan boʻlsa, bu haqda xulosada koʻrsatilishi kerak. | Umumiy fikrni (fikrlarni), olingan natijalarni baholashga va ushbu fikrni (fikrlarni) shakllantirishga vakolatli boʻlgan ekspertlar qiladi. Agar ekspertlar komissiyasi yakuniy fikrining yoki uning bir qismining asosi sifatida ekspertlardan birining (alohida ekspertlarning) aniqlagan holatlari olingan boʻlsa, bu haqda xulosada koʻrsatilishi kerak. |
Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi. | Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi. |
Agar kompleks ekspertizani oʻtkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga topshirilgan boʻlsa, unda ushbu ekspertizani tashkil qilish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi. | Agar kompleks ekspertizani oʻtkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga topshirilgan boʻlsa, unda ushbu ekspertizani tashkil qilish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi. |
179-modda. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining ekspertiza tayinlash va oʻtkazishdagi huquqlari | 179-modda. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining ekspertiza tayinlash va oʻtkazishdagi huquqlari |
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi ekspertiza tayinlash va oʻtkazishda: | Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi ekspertiza tayinlash va oʻtkazishda: |
1) ekspertiza oʻtkazilgunga qadar ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim bilan tanishib chiqish va oʻziga berilgan huquqlar tushuntirilishini talab qilish. Bu haqda bayonnoma tuziladi yoki sud majlisi bayonnomasiga yozib qoʻyiladi; | 1) ekspertiza oʻtkazilgunga qadar ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim bilan tanishib chiqish va oʻziga berilgan huquqlar tushuntirilishini talab qilish. Bu haqda bayonnoma tuziladi yoki sud majlisi bayonnomasiga yozib qoʻyiladi; |
2) ekspertni rad etish; | 2) ekspertni rad etish; |
3) oʻzi koʻrsatgan shaxslar orasidan ekspert tayinlanishini iltimos qilish; | 3) oʻzi koʻrsatgan shaxslar orasidan ekspert tayinlanishini iltimos qilish; |
4) ekspert xulosa berishi uchun uning oldiga qoʻshimcha savollar qoʻyish, qoʻshimcha materiallar taqdim etish; | 4) ekspert xulosa berishi uchun uning oldiga qoʻshimcha savollar qoʻyish, qoʻshimcha materiallar taqdim etish; |
5) ekspertiza oʻtkazilayotganda surishtiruvchi, tergovchi, sudning ruxsati bilan hozir boʻlish, ekspertdan tekshiruv vaqtida qoʻllayotgan usullarining va olingan natijalarning mohiyatini tushuntirib berishni talab qilish, ekspertga tushuntirishlar berish; | 5) ekspertiza oʻtkazilayotganda surishtiruvchi, tergovchi, sudning ruxsati bilan hozir boʻlish, ekspertdan tekshiruv vaqtida qoʻllayotgan usullarining va olingan natijalarning mohiyatini tushuntirib berishni talab qilish, ekspertga tushuntirishlar berish; |
6) ekspert xulosasi bilan tanishib chiqish va qoʻshimcha yoki qayta ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida iltimos qilish huquqiga ega. | 6) ekspert xulosasi bilan tanishib chiqish va qoʻshimcha yoki qayta ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida iltimos qilish huquqiga ega. |
Sanab oʻtilgan huquqlardan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanayotgan shaxs ham, agar bunga uning ruhiy holati imkon bersa, foydalanadi. | Sanab oʻtilgan huquqlardan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanayotgan shaxs ham, agar bunga uning ruhiy holati imkon bersa, foydalanadi. |
180-modda. Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim | 180-modda. Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim |
Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Unda: ekspertiza tayinlash uchun asos boʻlgan sabablar; ekspertizaga yuborilayotgan ashyoviy dalillar va boshqa obyektlar, ularning qachon, qayerda va qaysi holatda topilganligi va olinganligi; ish materiallari boʻyicha ekspertiza oʻtkazishda esa ekspert xulosasi asoslanishi lozim boʻlgan maʼlumotlar; ekspert oldiga qoʻyilgan savollar; ekspertiza muassasasining nomi yoki ekspertiza oʻtkazish topshirilgan shaxsning familiyasi koʻrsatilishi lozim. | Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Unda: ekspertiza tayinlash uchun asos boʻlgan sabablar; ekspertizaga yuborilayotgan ashyoviy, yozma va raqamli dalillar yoki boshqa obyektlar, ularning qachon, qayerda va qaysi holatda topilganligi va olinganligi; ish materiallari boʻyicha ekspertiza oʻtkazishda esa ekspert xulosasi asoslanishi lozim boʻlgan maʼlumotlar; ekspert oldiga qoʻyilgan savollar; ekspertiza muassasasining nomi yoki ekspertiza oʻtkazish topshirilgan shaxsning familiyasi koʻrsatilishi lozim. |
Zarur hollarda ekspertiza jinoyat ishi qoʻzgʻatilishidan oldin ham tayinlanishi mumkin. | Zarur hollarda ekspertiza jinoyat ishi qoʻzgʻatilishidan oldin ham tayinlanishi mumkin. |
Ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim unga taalluqli shaxslar uchun majburiydir. | Ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim unga taalluqli shaxslar uchun majburiydir. |
181-modda. Ekspertiza oʻtkazishda majburlov chegarasi | 181-modda. Ekspertiza oʻtkazishda majburlov chegarasi |
Murakkab tibbiy tekshiruv usullaridan, shuningdek kuchli ogʻriq berish bilan bogʻliq usullardan majburiy foydalanishga faqat ekspertiza oʻtkazilayotgan shaxsning roziligi bilan, agar ushbu shaxs voyaga yetmagan yoki uning ruhiy holati buzilgan boʻlsa, uning qonuniy vakilining, vasiysining yoki homiysining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. | Murakkab tibbiy tekshiruv usullaridan, shuningdek kuchli ogʻriq berish bilan bogʻliq usullardan majburiy foydalanishga faqat ekspertiza oʻtkazilayotgan shaxsning roziligi bilan, agar ushbu shaxs voyaga yetmagan yoki uning ruhiy holati buzilgan boʻlsa, uning qonuniy vakilining, vasiysining yoki homiysining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. |
182-modda. Davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotda ekspertiza oʻtkazish | 182-modda. Davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotda ekspertiza oʻtkazish |
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida oʻzi chiqargan qarorni yoki ajrimni, tekshirish obyektlarini, zarur hollarda esa jinoyat ishini ham davlat sud-ekspertiza muassasasining yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotning rahbariga yuboradi. Agar qaror yoki ajrimda ekspert koʻrsatilmagan boʻlsa, tashkilotning rahbari mazkur tashkilot xodimlaridan qaysi biri ekspertiza oʻtkazishi toʻgʻrisida farmoyish berishi kerak. Bu haqda u ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) xabar beradi. | Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida oʻzi chiqargan qarorni yoki ajrimni, tekshirish obyektlarini, zarur hollarda esa jinoyat ishini ham davlat sud-ekspertiza muassasasining yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotning rahbariga yuboradi. Agar qaror yoki ajrimda ekspert koʻrsatilmagan boʻlsa, tashkilotning rahbari mazkur tashkilot xodimlaridan qaysi biri ekspertiza oʻtkazishi toʻgʻrisida farmoyish berishi kerak. Bu haqda u ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) xabar beradi. |
Davlat sud-ekspertiza muassasasining yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotning rahbari ekspertiza oʻtkazishni tashkil qiladi, tekshirish obyektlarining saqlanishini taʼminlaydi, ekspertizani oʻtkazish muddatlarini aniqlaydi, ekspert tekshiruvi tugaganidan soʻng xulosani, tekshirish obyektlari va ish materiallarini ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) yuboradi. | Davlat sud-ekspertiza muassasasining yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotning rahbari ekspertiza oʻtkazishni tashkil qiladi, tekshirish obyektlarining saqlanishini taʼminlaydi, ekspertizani oʻtkazish muddatlarini aniqlaydi, ekspert tekshiruvi tugaganidan soʻng xulosani, tekshirish obyektlari va ish materiallarini ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) yuboradi. |
Davlat sud-ekspertiza muassasasining yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotning rahbari, agar mazkur tashkilotda ekspert tekshiruvlarini oʻtkazish uchun tegishli mutaxassislar yoxud zarur moddiy-texnik baza yoki maxsus sharoitlar boʻlmasa, ekspertizani tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrimni ijro etmasdan hamda ekspertizani oʻtkazish uchun taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarini uch kunlik muddatda qaytarish; ekspertizani tayinlagan organdan (shaxsdan) ekspertlar komissiyasi tarkibiga ushbu tashkilotda ishlamaydigan shaxslarni, shu jumladan boshqa davlatlardan mutaxassislarni, agar ekspertizani oʻtkazish uchun ularning maxsus bilimlari zarur boʻlsa, kiritish toʻgʻrisida iltimos qilish huquqiga ega. | Davlat sud-ekspertiza muassasasining yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotning rahbari, agar mazkur tashkilotda ekspert tekshiruvlarini oʻtkazish uchun tegishli mutaxassislar yoxud zarur moddiy-texnik baza yoki maxsus sharoitlar boʻlmasa, ekspertizani tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrimni ijro etmasdan hamda ekspertizani oʻtkazish uchun taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarini uch kunlik muddatda qaytarish; ekspertizani tayinlagan organdan (shaxsdan) ekspertlar komissiyasi tarkibiga ushbu tashkilotda ishlamaydigan shaxslarni, shu jumladan boshqa davlatlardan mutaxassislarni, agar ekspertizani oʻtkazish uchun ularning maxsus bilimlari zarur boʻlsa, kiritish toʻgʻrisida iltimos qilish huquqiga ega. |
Davlat sud-ekspertiza muassasasining yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotning rahbari ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) roziligisiz ekspertizani oʻtkazish uchun ushbu tashkilotda ishlamaydigan mutaxassislarni jalb etishga; ekspertizani oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha tekshirish obyektlarini ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) qarori yoki ajrimisiz talab qilib olishga haqli emas. | Davlat sud-ekspertiza muassasasining yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotning rahbari ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) roziligisiz ekspertizani oʻtkazish uchun ushbu tashkilotda ishlamaydigan mutaxassislarni jalb etishga; ekspertizani oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha tekshirish obyektlarini ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) qarori yoki ajrimisiz talab qilib olishga haqli emas. |
183-modda. Ekspertiza muassasasidan tashqarida ekspertiza oʻtkazish | 183-modda. Ekspertiza muassasasidan tashqarida ekspertiza oʻtkazish |
Ekspertiza ekspertiza muassasasidan tashqarida oʻtkaziladigan boʻlsa, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida qaror yoki ajrim chiqargandan keyin ekspertiza oʻtkazish topshirilayotgan shaxsni chaqirtiradi, uning shaxsi va malakasini, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, jabrlanuvchiga boʻlgan munosabatini va uni rad etishga asoslar bor-yoʻqligini aniqlaydi. | Ekspertiza ekspertiza muassasasidan tashqarida oʻtkaziladigan boʻlsa, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida qaror yoki ajrim chiqargandan keyin ekspertiza oʻtkazish topshirilayotgan shaxsni chaqirtiradi, uning shaxsi va malakasini, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, jabrlanuvchiga boʻlgan munosabatini va uni rad etishga asoslar bor-yoʻqligini aniqlaydi. |
Ekspertizani tayinlagan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertga ekspertiza tayinlanganligi toʻgʻrisidagi qarorni yoki ajrimni taqdim etadi, uni ushbu Kodeksning 68-moddasida koʻrsatilgan huquq va majburiyatlari bilan tanishtiradi va bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini surishtiruvchining, tergovchining yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bundan boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiradi. Ekspert bergan ariza va iltimosnomalar ham shu zaylda qayd etiladi. Ekspertning iltimosi rad etilgan taqdirda, ekspertiza tayinlagan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud bu haqda qaror yoki ajrim chiqaradi. | Ekspertizani tayinlagan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertga ekspertiza tayinlanganligi toʻgʻrisidagi qarorni yoki ajrimni taqdim etadi, uni ushbu Kodeksning 68-moddasida koʻrsatilgan huquq va majburiyatlari bilan tanishtiradi va bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini surishtiruvchining, tergovchining yoxud prokurorning ruxsatisiz ish yopiq sud majlisida koʻrilganda esa yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bundan boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiradi. Ekspert bergan ariza va iltimosnomalar ham shu zaylda qayd etiladi. Ekspertning iltimosi rad etilgan taqdirda, ekspertiza tayinlagan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud bu haqda qaror yoki ajrim chiqaradi. |
Agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi yoki guvohning badanini yoxud ruhiy holatini tekshirish zarurati paydo boʻlsa, ekspertiza tayinlagan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ularning ekspertga olib kelinishini taʼminlashi shart. | Agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi yoki guvohning badanini yoxud ruhiy holatini tekshirish zarurati paydo boʻlsa, ekspertiza tayinlagan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ularning ekspertga olib kelinishini taʼminlashi shart. |
184-modda. Ekspertning yoki ekspertlar komissiyasining xulosasi | 184-modda. Ekspertning yoki ekspertlar komissiyasining xulosasi |
Ekspert yoki ekspertlar komissiyasi ekspert tekshiruvlarini oʻtkazib boʻlganidan keyin tegishincha ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi. | Ekspert yoki ekspertlar komissiyasi ekspert tekshiruvlarini oʻtkazib boʻlganidan keyin tegishincha ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi. |
Xulosada: ekspertiza oʻtkazilgan sana va joy; ekspertizani oʻtkazish asosi; ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) toʻgʻrisida maʼlumotlar; ekspert (familiyasi, ismi, otasining ismi, maʼlumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani oʻtkazish topshirilgan tashkilot haqida maʼlumotlar; ekspertning bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilganligi; ekspertning oldiga qoʻyilgan savollar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari; ekspertiza oʻtkazilayotganda hozir boʻlgan shaxslar haqida maʼlumotlar; qoʻllanilgan usullar koʻrsatilgan holda ekspert tekshiruvlarining mazmuni va natijalari, shuningdek bu ekspert tekshiruvlari, agar ekspertlar komissiyasi ishlagan boʻlsa, kim tomonidan oʻtkazilganligi; ekspert tekshiruvi natijalarining baholanishi, qoʻyilgan savollarga berilgan asosli javoblar; ish uchun ahamiyatga molik boʻlgan va ekspertning tashabbusiga koʻra aniqlangan holatlar koʻrsatilishi lozim. | Xulosada: ekspertiza oʻtkazilgan sana va joy; ekspertizani oʻtkazish asosi; ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) toʻgʻrisida maʼlumotlar; ekspert (familiyasi, ismi, otasining ismi, maʼlumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani oʻtkazish topshirilgan tashkilot haqida maʼlumotlar; ekspertning bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini surishtiruvchining, tergovchining yoxud prokurorning ruxsatisiz, ish yopiq sud majlisida koʻrilganda esa yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilganligi; ekspertning oldiga qoʻyilgan savollar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari; ekspertiza oʻtkazilayotganda hozir boʻlgan shaxslar haqida maʼlumotlar; qoʻllanilgan usullar koʻrsatilgan holda ekspert tekshiruvlarining mazmuni va natijalari, shuningdek bu ekspert tekshiruvlari, agar ekspertlar komissiyasi ishlagan boʻlsa, kim tomonidan oʻtkazilganligi; ekspert tekshiruvi natijalarining baholanishi, qoʻyilgan savollarga berilgan asosli javoblar; ish uchun ahamiyatga molik boʻlgan va ekspertning tashabbusiga koʻra aniqlangan holatlar koʻrsatilishi lozim. |
Xulosada huquqbuzarlik sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishga doir tashkiliy-texnikaviy tavsiyalar koʻrsatilgan boʻlishi mumkin. | Xulosada huquqbuzarlik sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishga doir tashkiliy-texnikaviy tavsiyalar koʻrsatilgan boʻlishi mumkin. |
Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi boʻlib xizmat qiladi. Ekspert tekshiruvining olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotda qonunchilikda belgilangan muddatlarda saqlanadi. Ular ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) talabiga binoan ishga qoʻshib qoʻyish uchun taqdim etiladi. | Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi boʻlib xizmat qiladi. Ekspert tekshiruvining olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotda qonunchilikda belgilangan muddatlarda saqlanadi. Ular ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) talabiga binoan ishga qoʻshib qoʻyish uchun taqdim etiladi. |
Agar taqdim etilgan tekshirish obyektlarining, materiallarning yoki ekspertning maxsus bilimlari yetarli emasligi ekspert tekshiruvi davomida maʼlum boʻlib qolsa, xulosa ayrim qoʻyilgan savollarga javob berishni rad etish asosini oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim. | Agar taqdim etilgan tekshirish obyektlarining, materiallarning yoki ekspertning maxsus bilimlari yetarli emasligi ekspert tekshiruvi davomida maʼlum boʻlib qolsa, xulosa ayrim qoʻyilgan savollarga javob berishni rad etish asosini oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim. |
Ekspert tekshiruvi tugaganidan soʻng xulosa, tekshirish obyektlari va ish materiallari ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) yuboriladi. | Ekspert tekshiruvi tugaganidan soʻng xulosa, tekshirish obyektlari va ish materiallari ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) yuboriladi. |
185-modda. Xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisidagi hujjat | 185-modda. Xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisidagi hujjat |
Agar ekspert qoʻyilgan savollarni uning maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin boʻlmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni toʻldirib boʻlmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qoʻyilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) yuboradi. | Agar ekspert qoʻyilgan savollarni uning maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin boʻlmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni toʻldirib boʻlmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qoʻyilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan organga (shaxsga) yuboradi. |
186-modda. Ekspertni soʻroq qilish | 186-modda. Ekspertni soʻroq qilish |
Ekspertning xulosasi yetarli darajada aniq boʻlmay, kamchiliklarini toʻldirish uchun qoʻshimcha tekshirish oʻtkazishga zarurat boʻlmasa yoki ekspert foydalangan usullarga aniqlik kiritish zarur boʻlib qolsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertni ushbu Kodeksning 98 — 108-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda soʻroq qilish huquqiga ega. | Ekspertning xulosasi yetarli darajada aniq boʻlmay, kamchiliklarini toʻldirish uchun qoʻshimcha tekshirish oʻtkazishga zarurat boʻlmasa yoki ekspert foydalangan usullarga aniqlik kiritish zarur boʻlib qolsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertni ushbu Kodeksning 98 — 108-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda soʻroq qilish huquqiga ega. |
Ekspert faqat oʻzi tomonidan berilgan xulosa va shaxsan oʻtkazgan ekspert tekshiruvlari yuzasidan soʻroq qilinishi mumkin. | Ekspert faqat oʻzi tomonidan berilgan xulosa va shaxsan oʻtkazgan ekspert tekshiruvlari yuzasidan soʻroq qilinishi mumkin. |
Ekspertni u xulosa berguniga qadar soʻroq qilish taqiqlanadi. | Ekspertni u xulosa berguniga qadar soʻroq qilish taqiqlanadi. |
187-modda. Ekspert xulosasini baholash | 187-modda. Ekspert xulosasini baholash |
Ekspert xulosasi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan jinoyat ishi yoki tergovga qadar tekshiruv materiallari boʻyicha toʻplangan boshqa dalillar bilan birgalikda uning ilmiy asoslanganligi va ekspertiza oʻtkazish uchun belgilangan barcha protsessual qoidalarga rioya etilganligi nuqtai nazaridan baholanadi. | Ekspert xulosasi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan jinoyat ishi yoki tergovga qadar tekshiruv materiallari boʻyicha toʻplangan boshqa dalillar bilan birgalikda uning ilmiy asoslanganligi va ekspertiza oʻtkazish uchun belgilangan barcha protsessual qoidalarga rioya etilganligi nuqtai nazaridan baholanadi. |
Ekspertning xulosasi surishtiruvchi, tergovchi yoki sud uchun muqarrar daliliy kuchga ega emas. Xulosaga qoʻshilmaslik qarorda yoki ajrimda asoslab berilishi lozim. | Ekspertning xulosasi surishtiruvchi, tergovchi yoki sud uchun muqarrar daliliy kuchga ega emas. Xulosaga qoʻshilmaslik qarorda yoki ajrimda asoslab berilishi lozim. |
Agar jinoyat ishi yoki tergovga qadar tekshiruv materiallari boʻyicha bir necha ekspertiza oʻtkazilgan va ekspertlar bir xil fikrga kelmagan boʻlsa, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud baʼzi ekspertlarning xulosalariga qoʻshilish va boshqa ekspertlarning xulosalariga qoʻshilmaslik toʻgʻrisidagi oʻz fikrini asoslab berishi lozim. | Agar jinoyat ishi yoki tergovga qadar tekshiruv materiallari boʻyicha bir necha ekspertiza oʻtkazilgan va ekspertlar bir xil fikrga kelmagan boʻlsa, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud baʼzi ekspertlarning xulosalariga qoʻshilish va boshqa ekspertlarning xulosalariga qoʻshilmaslik toʻgʻrisidagi oʻz fikrini asoslab berishi lozim. |
221-bob. Taftish | 221-bob. Taftish |
1871-modda. Taftish tayinlash uchun asoslar | 1871-modda. Taftish tayinlash uchun asoslar |
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni taftish qilish ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlar haqidagi maʼlumotlarni tekshirilayotgan subyektlarning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarini oʻrganish hamda taqqoslab koʻrish yoʻli bilan olish mumkin boʻlgan hollarda tayinlanadi. Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning maxsus bilimlarga ega ekanligi taftishni tayinlashdan ozod etmaydi. | Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni taftish qilish ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlar haqidagi maʼlumotlarni tekshirilayotgan subyektlarning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarini oʻrganish hamda taqqoslab koʻrish yoʻli bilan olish mumkin boʻlgan hollarda tayinlanadi. Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning maxsus bilimlarga ega ekanligi taftishni tayinlashdan ozod etmaydi. |
Tadbirkorlik subyektini taftish qilish faqat uning qonunchilikni buzganligi faktlari boʻyicha qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida amalga oshiriladi. Bunda taftishga tadbirkorlik subyektining faqat qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi bilan bogʻliq faoliyati qamrab olinishi mumkin. | Tadbirkorlik subyektini taftish qilish faqat uning qonunchilikni buzganligi faktlari boʻyicha qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida amalga oshiriladi. Bunda taftishga tadbirkorlik subyektining faqat qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi bilan bogʻliq faoliyati qamrab olinishi mumkin. |
Jinoyat ishi qoʻzgʻatilguniga qadar taftishni tayinlashga faqat qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi. | Jinoyat ishi qoʻzgʻatilguniga qadar taftishni tayinlashga faqat qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi. |
1872-modda. Taftishni tayinlash | 1872-modda. Taftishni tayinlash |
Taftish tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tayinlanadi. | Taftish tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tayinlanadi. |
Taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: | Taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: |
1) tekshiriladigan subyektning toʻliq nomi va uning tashkiliy-huquqiy shakli (yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va yuridik manzili; | 1) tekshiriladigan subyektning toʻliq nomi va uning tashkiliy-huquqiy shakli (yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va yuridik manzili; |
2) jinoyat ishining raqami yoki taftishni tayinlash uchun tergovga qadar tekshirish jarayonida yuzaga kelgan asoslar yoxud qoʻshimcha yoki qayta taftish tayinlash uchun asoslar; | 2) jinoyat ishining raqami yoki taftishni tayinlash uchun tergovga qadar tekshirish jarayonida yuzaga kelgan asoslar yoxud qoʻshimcha yoki qayta taftish tayinlash uchun asoslar; |
3) taftish oʻtkazish chogʻida oʻrganiladigan masala yoki masalalar doirasi; | 3) taftish oʻtkazish chogʻida oʻrganiladigan masala yoki masalalar doirasi; |
4) moliya-xoʻjalik faoliyatining taftish qilinishi lozim boʻlgan davri; | 4) moliya-xoʻjalik faoliyatining taftish qilinishi lozim boʻlgan davri; |
5) taftish oʻtkazish topshirilgan vakolatli organning nomi, shu jumladan qoʻshimcha ravishda jalb etiladigan davlat organlari va tashkilotlar. | 5) taftish oʻtkazish topshirilgan vakolatli organning nomi, shu jumladan qoʻshimcha ravishda jalb etiladigan davlat organlari va tashkilotlar. |
Taftish oʻtkazish chogʻida taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda koʻrsatilmagan masalani yoki masalalar doirasini, shuningdek moliya-xoʻjalik faoliyatining davrini oʻrganish taqiqlanadi. | Taftish oʻtkazish chogʻida taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda koʻrsatilmagan masalani yoki masalalar doirasini, shuningdek moliya-xoʻjalik faoliyatining davrini oʻrganish taqiqlanadi. |
Ushbu Kodeksning 1873-moddasida koʻrsatilgan organlar va tashkilotlar taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim olingan paytdan eʼtiboran ikki ish kunidan kechiktirmay taftish oʻtkazish haqida taftishni oʻtkazish uchun tayinlangan shaxslarni albatta koʻrsatgan holda buyruq chiqaradi. | Ushbu Kodeksning 1873-moddasida koʻrsatilgan organlar va tashkilotlar taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim olingan paytdan eʼtiboran ikki ish kunidan kechiktirmay taftish oʻtkazish haqida taftishni oʻtkazish uchun tayinlangan shaxslarni albatta koʻrsatgan holda buyruq chiqaradi. |
1873-modda. Taftish oʻtkazish uchun tayinlanadigan shaxslar | 1873-modda. Taftish oʻtkazish uchun tayinlanadigan shaxslar |
Taftish oʻtkazish uchun tayinlanadigan shaxslar sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining, davlat soliq xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining va hududiy moliya organlarining mutaxassislari ishtirok etishi mumkin. | Taftish oʻtkazish uchun tayinlanadigan shaxslar sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining, davlat soliq xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining mutaxassislari ishtirok etishi mumkin. |
Zarur boʻlgan hollarda, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga koʻra boshqa davlat organlari va tashkilotlarning xodimlari ham taftish oʻtkazish uchun jalb etilishi mumkin. | Zarur boʻlgan hollarda, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga koʻra boshqa davlat organlari va tashkilotlarning xodimlari ham taftish oʻtkazish uchun jalb etilishi mumkin. |
1874-modda. Tadbirkorlik subyektlarini taftishdan oʻtkazish shartlari | 1874-modda. Tadbirkorlik subyektlarini taftishdan oʻtkazish shartlari |
Tadbirkorlik subyektlarini taftish qilish yuridik xizmat vakillari va (yoki) jalb etilgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (tadbirkorlik subyekti mazkur huquqdan voz kechgan hollar bundan mustasno) oʻtkaziladi. | Tadbirkorlik subyektlarini taftish qilish yuridik xizmat vakillari va (yoki) jalb etilgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (tadbirkorlik subyekti mazkur huquqdan voz kechgan hollar bundan mustasno) oʻtkaziladi. |
Yuridik xizmat vakilining ishtirokidan va (yoki) advokatning yuridik yordamidan voz kechish taftishning keyingi bosqichlarida tadbirkorlik subyekti tomonidan ularni jalb etish uchun toʻsiq boʻlmaydi. | Yuridik xizmat vakilining ishtirokidan va (yoki) advokatning yuridik yordamidan voz kechish taftishning keyingi bosqichlarida tadbirkorlik subyekti tomonidan ularni jalb etish uchun toʻsiq boʻlmaydi. |
Taftish oʻtkazuvchi shaxs tadbirkorlik subyektining vakolatli vakiliga uning taftish oʻtkazishda ishtirok etishga yuridik xizmat vakilini va (yoki) advokatni jalb etishga yoxud ularning ishtirokidan voz kechishga boʻlgan huquqini taftish oʻtkazish boshlanguniga qadar yozma shaklda tushuntiradi va bu haqda bayonnoma tuziladi. | Taftish oʻtkazuvchi shaxs tadbirkorlik subyektining vakolatli vakiliga uning taftish oʻtkazishda ishtirok etishga yuridik xizmat vakilini va (yoki) advokatni jalb etishga yoxud ularning ishtirokidan voz kechishga boʻlgan huquqini taftish oʻtkazish boshlanguniga qadar yozma shaklda tushuntiradi va bu haqda bayonnoma tuziladi. |
Agar tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxsi yoki vakili tomonidan yuridik xizmat vakilini va (yoki) advokatni jalb etish niyati bildirilsa, taftish oʻtkazishning boshlanishi yuridik xizmat vakili va (yoki) advokat yetib kelguniga qadar, biroq koʻpi bilan yigirma toʻrt soatga toʻxtatib turiladi. | Agar tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxsi yoki vakili tomonidan yuridik xizmat vakilini va (yoki) advokatni jalb etish niyati bildirilsa, taftish oʻtkazishning boshlanishi yuridik xizmat vakili va (yoki) advokat yetib kelguniga qadar, biroq koʻpi bilan yigirma toʻrt soatga toʻxtatib turiladi. |
Yuridik xizmat vakilining va (yoki) advokatning yigirma toʻrt soat ichida yetib kelish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, taftish ularning ishtirokisiz boshlanadi. | Yuridik xizmat vakilining va (yoki) advokatning yigirma toʻrt soat ichida yetib kelish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, taftish ularning ishtirokisiz boshlanadi. |
Taftish oʻtkazish uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi quyidagi hujjatlarning mavjud boʻlishi tadbirkorlik subyektini taftishdan oʻtkazishning majburiy shartidir: | Taftish oʻtkazish uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi quyidagi hujjatlarning mavjud boʻlishi tadbirkorlik subyektini taftishdan oʻtkazishning majburiy shartidir: |
taftish tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim; | taftish tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim; |
vakolatli organning taftish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi; | vakolatli organning taftish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi; |
taftish oʻtkazuvchi shaxsning xizmat guvohnomasi; | taftish oʻtkazuvchi shaxsning xizmat guvohnomasi; |
taftishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi maxsus guvohnoma. | taftishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi maxsus guvohnoma. |
1875-modda. Taftish oʻtkazish tartibi | 1875-modda. Taftish oʻtkazish tartibi |
Taftish oʻtkazish uchun tayinlangan shaxslar tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslarini yoki vakillarini taftish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar bilan taftish oʻtkazish boshlanguniga qadar tanishtirishi, shuningdek tekshiruvlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobiga yozuv kiritishi shart. | Taftish oʻtkazish uchun tayinlangan shaxslar tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslarini yoki vakillarini taftish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar bilan taftish oʻtkazish boshlanguniga qadar tanishtirishi, shuningdek tekshiruvlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobiga yozuv kiritishi shart. |
Taftish tayinlash toʻgʻrisidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish oʻtkazish haqidagi buyrugʻining koʻchirma nusxalari tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga imzo qoʻydirib topshirilgan, shuningdek ular xizmat guvohnomasi va taftishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi maxsus guvohnoma bilan tanishtirilgan payt taftish oʻtkazish boshlangan payt deb hisoblanadi. | Taftish tayinlash toʻgʻrisidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish oʻtkazish haqidagi buyrugʻining koʻchirma nusxalari tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga imzo qoʻydirib topshirilgan, shuningdek ular xizmat guvohnomasi va taftishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi maxsus guvohnoma bilan tanishtirilgan payt taftish oʻtkazish boshlangan payt deb hisoblanadi. |
Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yoki vakilining taftish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlarni olish va ular bilan tanishishdan bosh tortishi taftishni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi. | Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yoki vakilining taftish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlarni olish va ular bilan tanishishdan bosh tortishi taftishni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi. |
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili tegishli hujjatlarni olish va ular bilan tanishishdan bosh tortgan taqdirda, taftish oʻtkazish uchun tayinlangan shaxs tomonidan uning oʻzi va tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili imzolaydigan bayonnoma tuziladi. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili mazkur bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, unga tegishli yozuv yozib qoʻyiladi. Mazkur holda bayonnoma imzolangan payt taftish oʻtkazish boshlangan payt deb hisoblanadi. | Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili tegishli hujjatlarni olish va ular bilan tanishishdan bosh tortgan taqdirda, taftish oʻtkazish uchun tayinlangan shaxs tomonidan uning oʻzi va tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili imzolaydigan bayonnoma tuziladi. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili mazkur bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, unga tegishli yozuv yozib qoʻyiladi. Mazkur holda bayonnoma imzolangan payt taftish oʻtkazish boshlangan payt deb hisoblanadi. |
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili taftish oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni taftish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar olinganidan va ular bilan tanishib chiqilganidan keyin taqdim etishi shart. | Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili taftish oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni taftish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar olinganidan va ular bilan tanishib chiqilganidan keyin taqdim etishi shart. |
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili hujjatlarni, axborot va materiallarni taqdim etishdan bosh tortgan taqdirda, taftish oʻtkazuvchi shaxs bundan buyongi protsessual harakatlarni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladigan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga bu haqda darhol xabar qiladi. | Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili hujjatlarni, axborot va materiallarni taqdim etishdan bosh tortgan taqdirda, taftish oʻtkazuvchi shaxs bundan buyongi protsessual harakatlarni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladigan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga bu haqda darhol xabar qiladi. |
Hujjatlarni olib qoʻyish zarur boʻlgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror olib qoʻyish toʻgʻrisida qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Olib qoʻyish ushbu Kodeksning 20-bobida belgilangan qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi. | Hujjatlarni olib qoʻyish zarur boʻlgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror olib qoʻyish toʻgʻrisida qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Olib qoʻyish ushbu Kodeksning 20-bobida belgilangan qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi. |
Taftish oʻtkazuvchi shaxs zarur boʻlgan taqdirda, tekshirilayotgan subyektning hududi va binolarini tekshiruvdan, shuningdek mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazishi mumkin. | Taftish oʻtkazuvchi shaxs zarur boʻlgan taqdirda, tekshirilayotgan subyektning hududi va binolarini tekshiruvdan, shuningdek mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazishi mumkin. |
Taftish tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda koʻrsatilgan masalalarni oʻrganish soliq, valyutaga oid, buxgalteriya toʻgʻrisidagi qonunchilikka va boshqa qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. | Taftish tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda koʻrsatilgan masalalarni oʻrganish soliq, valyutaga oid, buxgalteriya toʻgʻrisidagi qonunchilikka va boshqa qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. |
Taftish oʻtkazuvchi shaxsning tekshirilayotgan subyektning hududiga va binolariga (turar joylar bundan mustasno) kirishiga toʻsqinlik qilingan, shuningdek taftishni amalga oshirish uchun uning mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazish rad qilingan taqdirda, taftish oʻtkazuvchi shaxsning oʻzi va tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili tomonidan imzolanadigan bayonnoma tuziladi. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, unga tegishli yozuv yozib qoʻyiladi. Bayonnoma bundan buyongi protsessual harakatlarni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladigan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga taqdim etiladi. | Taftish oʻtkazuvchi shaxsning tekshirilayotgan subyektning hududiga va binolariga (turar joylar bundan mustasno) kirishiga toʻsqinlik qilingan, shuningdek taftishni amalga oshirish uchun uning mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazish rad qilingan taqdirda, taftish oʻtkazuvchi shaxsning oʻzi va tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili tomonidan imzolanadigan bayonnoma tuziladi. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, unga tegishli yozuv yozib qoʻyiladi. Bayonnoma bundan buyongi protsessual harakatlarni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladigan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga taqdim etiladi. |
Taftish oʻtkazuvchi shaxsning tekshirilayotgan subyektning hududiga va binolariga (turar joylar bundan mustasno) kirishiga toʻsqinlik qilinganligi, shu jumladan ushbu subyektning mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazish rad etilganligi, shuningdek taftish oʻtkazuvchi shaxsning oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilinganligi qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi. | Taftish oʻtkazuvchi shaxsning tekshirilayotgan subyektning hududiga va binolariga (turar joylar bundan mustasno) kirishiga toʻsqinlik qilinganligi, shu jumladan ushbu subyektning mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazish rad etilganligi, shuningdek taftish oʻtkazuvchi shaxsning oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilinganligi qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi. |
Taftish oʻtkazuvchi shaxslarning oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilinganligi uchun javobgarlikka tortish taftishni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi. | Taftish oʻtkazuvchi shaxslarning oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilinganligi uchun javobgarlikka tortish taftishni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi. |
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma topshirilgan kun taftish oʻtkazish tugallangan kun deb hisoblanadi. | Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma topshirilgan kun taftish oʻtkazish tugallangan kun deb hisoblanadi. |
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani olishdan boʻyin tovlagan taqdirda, taftish oʻtkazuvchi shaxs taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga bu haqda tegishli yozuv kiritadi va shu paytdan eʼtiboran taftish tugallangan deb hisoblanadi. Mazkur holda taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning bir nusxasi tekshirilayotgan subyektga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi. | Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani olishdan boʻyin tovlagan taqdirda, taftish oʻtkazuvchi shaxs taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga bu haqda tegishli yozuv kiritadi va shu paytdan eʼtiboran taftish tugallangan deb hisoblanadi. Mazkur holda taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning bir nusxasi tekshirilayotgan subyektga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi. |
1876-modda. Ayrim hollarda taftish oʻtkazish tartibi | 1876-modda. Ayrim hollarda taftish oʻtkazish tartibi |
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili turgan joy nomaʼlum boʻlgan taqdirda, taftish oʻtkazuvchi shaxs taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish oʻtkazish haqidagi buyrugʻining koʻchirma nusxalarini tekshirilayotgan subyektning yuridik manziliga va uning mansabdor shaxsining yashash joyi manziliga uch ish kuni ichida buyurtma xat bilan yuboradi. Bunday holda buyurtma xat yuborilgan sana taftish oʻtkazish boshlangan sana deb hisoblanadi. | Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili turgan joy nomaʼlum boʻlgan taqdirda, taftish oʻtkazuvchi shaxs taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish oʻtkazish haqidagi buyrugʻining koʻchirma nusxalarini tekshirilayotgan subyektning yuridik manziliga va uning mansabdor shaxsining yashash joyi manziliga uch ish kuni ichida buyurtma xat bilan yuboradi. Bunday holda buyurtma xat yuborilgan sana taftish oʻtkazish boshlangan sana deb hisoblanadi. |
Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yoki vakilining yoʻqligi taftishni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi. Bunday holda taftish tekshirilayotgan subyektning moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi, ishda mavjud boʻlgan hujjatlar, axborot va materiallar asosida oʻtkaziladi. | Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yoki vakilining yoʻqligi taftishni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi. Bunday holda taftish tekshirilayotgan subyektning moliya-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi, ishda mavjud boʻlgan hujjatlar, axborot va materiallar asosida oʻtkaziladi. |
Tekshirilayotgan subyektning hujjatlari, axboroti va materiallari yoʻqotilgan, yoʻq qilingan yoki mavjud boʻlmagan taqdirda, taftish oʻtkazuvchi shaxs taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda koʻrsatilgan masalalarni oʻrganishni soliq, valyutaga oid, buxgalteriya toʻgʻrisidagi qonunchilikka va boshqa qonunchilikka muvofiq oʻtkazishi mumkin. | Tekshirilayotgan subyektning hujjatlari, axboroti va materiallari yoʻqotilgan, yoʻq qilingan yoki mavjud boʻlmagan taqdirda, taftish oʻtkazuvchi shaxs taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda koʻrsatilgan masalalarni oʻrganishni soliq, valyutaga oid, buxgalteriya toʻgʻrisidagi qonunchilikka va boshqa qonunchilikka muvofiq oʻtkazishi mumkin. |
Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma tekshirilayotgan subyektning yuridik manziliga va dalolatnomaning koʻchirma nusxasi tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yashash joyiga buyurtma xatlar bilan yuborilgan kun taftish oʻtkazish tugallangan kun deb hisoblanadi. | Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma tekshirilayotgan subyektning yuridik manziliga va dalolatnomaning koʻchirma nusxasi tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yashash joyiga buyurtma xatlar bilan yuborilgan kun taftish oʻtkazish tugallangan kun deb hisoblanadi. |
1877-modda. Taftish oʻtkazish muddatlari | 1877-modda. Taftish oʻtkazish muddatlari |
Taftish oʻtkazish muddati oʻttiz kalendar kundan iboratdir. | Taftish oʻtkazish muddati oʻttiz kalendar kundan iboratdir. |
Zarur boʻlgan taqdirda, tekshirilayotgan subyektning hujjatlari hajmi, faoliyatining turi va koʻlamlari hisobga olingan holda, taftish muddati moliya-xoʻjalik faoliyatining taftishini oʻtkazuvchi shaxsning asoslantirilgan iltimosnomasi boʻyicha surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarining roziligiga koʻra yoxud sudning ajrimi bilan: | Zarur boʻlgan taqdirda, tekshirilayotgan subyektning hujjatlari hajmi, faoliyatining turi va koʻlamlari hisobga olingan holda, taftish muddati moliya-xoʻjalik faoliyatining taftishini oʻtkazuvchi shaxsning asoslantirilgan iltimosnomasi boʻyicha surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarining roziligiga koʻra yoxud sudning ajrimi bilan: |
tadbirkorlik subyektlariga nisbatan oʻttiz kalendar kunga; | tadbirkorlik subyektlariga nisbatan oʻttiz kalendar kunga; |
davlat organlari va tashkilotlariga, shuningdek ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq miqdorda boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan surishtiruvning, dastlabki tergovning va sud majlisida jinoyat ishini muhokama qilishning ushbu Kodeksda belgilangan muddatlaridan oshmaydigan muddatga uzaytirilishi mumkin. | davlat organlari va tashkilotlariga, shuningdek ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq miqdorda boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan surishtiruvning, dastlabki tergovning va sud majlisida jinoyat ishini muhokama qilishning ushbu Kodeksda belgilangan muddatlaridan oshmaydigan muddatga uzaytirilishi mumkin. |
1878-modda. Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma | 1878-modda. Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma |
Taftish oʻtkazuvchi shaxslar oʻtkazilgan taftish natijalariga koʻra dalolatnoma tuzadi. | Taftish oʻtkazuvchi shaxslar oʻtkazilgan taftish natijalariga koʻra dalolatnoma tuzadi. |
Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada quyidagilar koʻrsatiladi: | Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada quyidagilar koʻrsatiladi: |
1) taftish oʻtkazilgan joy, dalolatnoma tuzilgan sana; | 1) taftish oʻtkazilgan joy, dalolatnoma tuzilgan sana; |
2) taftish oʻtkazish uchun asoslar; | 2) taftish oʻtkazish uchun asoslar; |
3) taftish oʻtkazilgan muddat; | 3) taftish oʻtkazilgan muddat; |
4) taftish oʻtkazgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi; | 4) taftish oʻtkazgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi; |
5) yuridik shaxsning toʻliq nomi, tekshirilayotgan davrda uning rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirgan mansabdor shaxslarining familiyasi, ismi, otasining ismi (yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi); | 5) yuridik shaxsning toʻliq nomi, tekshirilayotgan davrda uning rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirgan mansabdor shaxslarining familiyasi, ismi, otasining ismi (yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi); |
6) tekshirilayotgan subyektning joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari, shuningdek uning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami; | 6) tekshirilayotgan subyektning joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari, shuningdek uning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami; |
7) tekshirilayotgan subyekt moliya-xoʻjalik faoliyatining ilgarigi tekshiruvlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; | 7) tekshirilayotgan subyekt moliya-xoʻjalik faoliyatining ilgarigi tekshiruvlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; |
8) tekshirilayotgan davr hamda taftish oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar, axborot va materiallar toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar; | 8) tekshirilayotgan davr hamda taftish oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar, axborot va materiallar toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar; |
9) qonunchilikning aniqlangan buzilishlarining (ular mavjud boʻlgan taqdirda) batafsil tavsifi qonunchilikning buzilgan normalariga havola qilingan holda; | 9) qonunchilikning aniqlangan buzilishlarining (ular mavjud boʻlgan taqdirda) batafsil tavsifi qonunchilikning buzilgan normalariga havola qilingan holda; |
10) oʻtkazilgan taftish natijalariga doir, shu jumladan qonunchilikning buzilishlari mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosalar. | 10) oʻtkazilgan taftish natijalariga doir, shu jumladan qonunchilikning buzilishlari mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosalar. |
Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma kamida uch nusxada tuziladi. | Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma kamida uch nusxada tuziladi. |
Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning barcha nusxalari taftish oʻtkazuvchi shaxslar tomonidan imzolanadi. Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning bir nusxasi tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga topshiriladi, u dalolatnomaning barcha nusxalariga olganligi toʻgʻrisida olish sanasini koʻrsatgan holda imzo qoʻyishi shart. Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning qolgan nusxalari taftish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi. | Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning barcha nusxalari taftish oʻtkazuvchi shaxslar tomonidan imzolanadi. Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning bir nusxasi tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga topshiriladi, u dalolatnomaning barcha nusxalariga olganligi toʻgʻrisida olish sanasini koʻrsatgan holda imzo qoʻyishi shart. Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning qolgan nusxalari taftish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi. |
Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yoki vakilining taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomadagi imzosi uning taftish natijalaridan rozi ekanligini bildirmaydi. | Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yoki vakilining taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomadagi imzosi uning taftish natijalaridan rozi ekanligini bildirmaydi. |
Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish oʻtkazish haqidagi buyrugʻining koʻchirma nusxalari, taftish doirasida sodir etilgan harakatlar toʻgʻrisidagi bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, taftish oʻtkazish chogʻida olingan materiallar, shuningdek taftish doirasida sodir etilgan harakatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qoʻshib qoʻyilishi kerak. | Taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish oʻtkazish haqidagi buyrugʻining koʻchirma nusxalari, taftish doirasida sodir etilgan harakatlar toʻgʻrisidagi bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, taftish oʻtkazish chogʻida olingan materiallar, shuningdek taftish doirasida sodir etilgan harakatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qoʻshib qoʻyilishi kerak. |
Taftish tugallangan kundan eʼtiboran keyingi ish kunidan kechiktirmay taftish materiallari taftish oʻtkazish vakolatiga ega boʻlgan organda qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi va taftishni tayinlagan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga taqdim etilishi kerak. | Taftish tugallangan kundan eʼtiboran keyingi ish kunidan kechiktirmay taftish materiallari taftish oʻtkazish vakolatiga ega boʻlgan organda qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi va taftishni tayinlagan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga taqdim etilishi kerak. |
Taftish oʻtkazgan organ taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning tasdiqlangan koʻchirma nusxasini qonuniy choralar koʻrilishi uchun tegishli vakolatli organga ham yuboradi. | Taftish oʻtkazgan organ taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning tasdiqlangan koʻchirma nusxasini qonuniy choralar koʻrilishi uchun tegishli vakolatli organga ham yuboradi. |
1879-modda. Qoʻshimcha yoki qayta taftish | 1879-modda. Qoʻshimcha yoki qayta taftish |
Qoʻshimcha taftish taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada mavjud boʻlgan kamchiliklarni toʻldirish va ish boʻyicha yangidan aniqlangan holatlarni aniqlashtirish uchun tayinlanadi. | Qoʻshimcha taftish taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada mavjud boʻlgan kamchiliklarni toʻldirish va ish boʻyicha yangidan aniqlangan holatlarni aniqlashtirish uchun tayinlanadi. |
Qayta taftish quyidagi hollarda tayinlanadi: | Qayta taftish quyidagi hollarda tayinlanadi: |
taftish xulosalari va natijalariga rozi emaslik toʻgʻrisida tekshirilgan subyekt, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan taqdim etilgan eʼtirozlar asosli deb topilganda; | taftish xulosalari va natijalariga rozi emaslik toʻgʻrisida tekshirilgan subyekt, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan taqdim etilgan eʼtirozlar asosli deb topilganda; |
taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada taftish materiallari va jinoyat ishining boshqa materiallari bilan qarama-qarshiliklar mavjud boʻlganda, shuningdek taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomadagi xulosalarga asos boʻlgan hujjatlar, axborot va materiallar notoʻgʻri deb topilganda; | taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada taftish materiallari va jinoyat ishining boshqa materiallari bilan qarama-qarshiliklar mavjud boʻlganda, shuningdek taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomadagi xulosalarga asos boʻlgan hujjatlar, axborot va materiallar notoʻgʻri deb topilganda; |
taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada koʻrsatilgan xulosalar asossiz boʻlganda yoki ularning toʻgʻriligi shubha tugʻdirganda. | taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada koʻrsatilgan xulosalar asossiz boʻlganda yoki ularning toʻgʻriligi shubha tugʻdirganda. |
Dastlabki taftishni oʻtkazgan shaxslar qayta taftish oʻtkazish uchun tayinlanishi mumkin emas. | Dastlabki taftishni oʻtkazgan shaxslar qayta taftish oʻtkazish uchun tayinlanishi mumkin emas. |
Qoʻshimcha taftish yoki qayta taftish ushbu bobda belgilangan tartibda va muddatlarda oʻtkaziladi. | Qoʻshimcha taftish yoki qayta taftish ushbu bobda belgilangan tartibda va muddatlarda oʻtkaziladi. |
18710-modda. Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxslarining yoki vakillarining huquqlari va majburiyatlari | 18710-modda. Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxslarining yoki vakillarining huquqlari va majburiyatlari |
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari yoki vakillari quyidagilarga haqli: | Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari yoki vakillari quyidagilarga haqli: |
tekshiruvchi shaxslardan taftish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlarni talab qilish, xizmat guvohnomasi, shuningdek taftishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi maxsus guvohnoma bilan tanishish; | tekshiruvchi shaxslardan taftish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlarni talab qilish, xizmat guvohnomasi, shuningdek taftishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi maxsus guvohnoma bilan tanishish; |
oʻz faoliyati taftishdan oʻtkazilishi toʻgʻrisida tegishli axborotga ega boʻlish, taftish oʻtkazuvchi shaxslar tomonidan tadbirlar oʻtkazilishi chogʻida tushuntirishlar berish va ularda hozir boʻlish; | oʻz faoliyati taftishdan oʻtkazilishi toʻgʻrisida tegishli axborotga ega boʻlish, taftish oʻtkazuvchi shaxslar tomonidan tadbirlar oʻtkazilishi chogʻida tushuntirishlar berish va ularda hozir boʻlish; |
taftish oʻtkazuvchi shaxslarning oʻz vakolatiga kirmaydigan masalalarga doir talablarini bajarmaslik va ushbu shaxslarni taftish mavzuyiga taalluqli boʻlmagan hujjatlar, axborot va materiallar bilan tanishtirmaslik; | taftish oʻtkazuvchi shaxslarning oʻz vakolatiga kirmaydigan masalalarga doir talablarini bajarmaslik va ushbu shaxslarni taftish mavzuyiga taalluqli boʻlmagan hujjatlar, axborot va materiallar bilan tanishtirmaslik; |
xizmat guvohnomasini, taftishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomani, taftishni tayinlash haqidagi qarorning yoki ajrimning, vakolatli organning taftish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻining koʻchirma nusxalarini taqdim etmagan shaxslarni taftish oʻtkazish uchun hududga va binolarga kiritmaslik, shuningdek taftish muddatlari boshlanmagan yoki oʻtib ketgan yoxud taftish oʻtkazuvchi shaxs tekshiruvlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobini toʻldirishni rad etgan taqdirda, hududga va binolarga kiritmaslik; | xizmat guvohnomasini, taftishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomani, taftishni tayinlash haqidagi qarorning yoki ajrimning, vakolatli organning taftish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻining koʻchirma nusxalarini taqdim etmagan shaxslarni taftish oʻtkazish uchun hududga va binolarga kiritmaslik, shuningdek taftish muddatlari boshlanmagan yoki oʻtib ketgan yoxud taftish oʻtkazuvchi shaxs tekshiruvlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobini toʻldirishni rad etgan taqdirda, hududga va binolarga kiritmaslik; |
taftish tugallangan kunda taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning bir nusxasini taftish oʻtkazuvchi shaxslardan olish; | taftish tugallangan kunda taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning bir nusxasini taftish oʻtkazuvchi shaxslardan olish; |
qonunchilikda belgilangan tartibda taftish natijalari ustidan shikoyat qilish, shu jumladan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga qoʻshimcha yoki qayta taftish tayinlash toʻgʻrisida iltimosnoma kiritish yoʻli bilan shikoyat qilish. | qonunchilikda belgilangan tartibda taftish natijalari ustidan shikoyat qilish, shu jumladan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga qoʻshimcha yoki qayta taftish tayinlash toʻgʻrisida iltimosnoma kiritish yoʻli bilan shikoyat qilish. |
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari yoki vakillari: | Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari yoki vakillari: |
taftish oʻtkazuvchi shaxslarni taftish oʻtkazish uchun hududga va binolarga kiritishi; | taftish oʻtkazuvchi shaxslarni taftish oʻtkazish uchun hududga va binolarga kiritishi; |
taftish oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni taftish oʻtkazuvchi shaxslarning qonuniy talabiga koʻra taqdim etishi; | taftish oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni taftish oʻtkazuvchi shaxslarning qonuniy talabiga koʻra taqdim etishi; |
taftish oʻtkazuvchi shaxslarning oʻz majburiyatlarini bajarishida ularga koʻmaklashishi shart. | taftish oʻtkazuvchi shaxslarning oʻz majburiyatlarini bajarishida ularga koʻmaklashishi shart. |
18711-modda. Taftish oʻtkazuvchi shaxslarning huquqlari va majburiyatlari | 18711-modda. Taftish oʻtkazuvchi shaxslarning huquqlari va majburiyatlari |
Taftish oʻtkazuvchi shaxslar oʻz vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli: | Taftish oʻtkazuvchi shaxslar oʻz vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli: |
tekshirilayotgan subyektning hududini va binolarini tekshirish, uning mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazish; | tekshirilayotgan subyektning hududini va binolarini tekshirish, uning mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazish; |
taftish oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni talab qilib olish; | taftish oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni talab qilib olish; |
tekshirilayotgan subyektning rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslaridan, moddiy javobgar xodimlaridan hamda boshqa xodimlaridan tushuntirishlar olish; | tekshirilayotgan subyektning rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslaridan, moddiy javobgar xodimlaridan hamda boshqa xodimlaridan tushuntirishlar olish; |
qonunchilikning aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish; | qonunchilikning aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish; |
obyektiv asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, taftish oʻtkazish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga iltimosnoma kiritish; | obyektiv asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, taftish oʻtkazish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga iltimosnoma kiritish; |
ushbu Kodeksda va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oʻzga harakatlarni bajarish. | ushbu Kodeksda va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oʻzga harakatlarni bajarish. |
Taftish oʻtkazuvchi shaxslarning qonuniy talablari tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari va vakillari tomonidan ijro etilishi shart. | Taftish oʻtkazuvchi shaxslarning qonuniy talablari tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari va vakillari tomonidan ijro etilishi shart. |
Taftish oʻtkazuvchi shaxslar oʻz vakolatlari doirasida: | Taftish oʻtkazuvchi shaxslar oʻz vakolatlari doirasida: |
xizmat guvohnomasini, shuningdek taftishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomani taqdim etishi; | xizmat guvohnomasini, shuningdek taftishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomani taqdim etishi; |
taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish oʻtkazish haqidagi buyrugʻining koʻchirma nusxalarini tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga imzo qoʻydirib topshirishi; | taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish oʻtkazish haqidagi buyrugʻining koʻchirma nusxalarini tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga imzo qoʻydirib topshirishi; |
tekshirilayotgan subyektlar faoliyatining amalga oshirilishiga toʻsiqlarni yuzaga keltirmasligi va faoliyatining toʻxtatib qoʻyilishiga yoʻl qoʻymasligi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; | tekshirilayotgan subyektlar faoliyatining amalga oshirilishiga toʻsiqlarni yuzaga keltirmasligi va faoliyatining toʻxtatib qoʻyilishiga yoʻl qoʻymasligi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; |
davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor etmasligi; | davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor etmasligi; |
yuridik xizmat vakillarining va (yoki) jalb etilgan advokatlarning taftishning istalgan bosqichida ishtirok etishga boʻlgan huquqi toʻgʻrisida hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlar haqida tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsini yoki vakilini xabardor qilishi; | yuridik xizmat vakillarining va (yoki) jalb etilgan advokatlarning taftishning istalgan bosqichida ishtirok etishga boʻlgan huquqi toʻgʻrisida hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlar haqida tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsini yoki vakilini xabardor qilishi; |
tekshiruvlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobini qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda toʻldirishi; | tekshiruvlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobini qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda toʻldirishi; |
taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani rasmiylashtirishi, uning bir nusxasini tekshirilayotgan subyektda taftish tugallangan kuni qoldirishi; | taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani rasmiylashtirishi, uning bir nusxasini tekshirilayotgan subyektda taftish tugallangan kuni qoldirishi; |
huquqbuzarlik faktlari aniqlangan taqdirda, qonunchilikda nazarda tutilgan taʼsir choralarini koʻrishi shart. | huquqbuzarlik faktlari aniqlangan taqdirda, qonunchilikda nazarda tutilgan taʼsir choralarini koʻrishi shart. |
23-bob. EKSPERTIZA TEKSHIRUVI UCHUN NAMUNALAR OLISH | 23-bob. EKSPERTIZA TEKSHIRUVI UCHUN NAMUNALAR OLISH |
188-modda. Namunalarning turlari va ularni olish usullari | 188-modda. Namunalarning turlari va ularni olish usullari |
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tirik odamning, murdaning, hayvonning, oʻsimlikning, buyumning, materialning yoki moddaning xususiyatlarini oʻzida aks ettiruvchi namunalar olishga, basharti ularning ekspert tekshiruvi ekspert oldiga qoʻyilgan savollarni hal qilish uchun zarur boʻlsa, haqlidir. | Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tirik odamning, murdaning, hayvonning, oʻsimlikning, buyumning, materialning yoki moddaning xususiyatlarini oʻzida aks ettiruvchi namunalar olishga, basharti ularning ekspert tekshiruvi ekspert oldiga qoʻyilgan savollarni hal qilish uchun zarur boʻlsa, haqlidir. |
Tirik odamdan oʻzida uning xususiyatlarini aks ettiruvchi: biologik — qon, soch, soʻlak, inson organizmidan ajralib chiqadigan moddalar; psixofizik — dastxat; anatomik — teri naqshining chiziqlari, tish qoliplari; shuningdek ovozning xususiyatlari, kasb malakasini aks ettiruvchi namunalar olinishi mumkin. Murdani koʻzdan kechirishda ham tekshiruv oʻtkazish uchun kerakli moddiy namunalar olinishi mumkin. | Tirik odamdan oʻzida uning xususiyatlarini aks ettiruvchi: biologik — qon, soch, soʻlak, inson organizmidan ajralib chiqadigan moddalar; psixofizik — dastxat; anatomik — teri naqshining chiziqlari, tish qoliplari; shuningdek ovozning xususiyatlari, kasb malakasini aks ettiruvchi namunalar olinishi mumkin. Murdani koʻzdan kechirishda ham tekshiruv oʻtkazish uchun kerakli moddiy namunalar olinishi mumkin. |
Namuna tariqasida xom ashyo, mahsulot va boshqa materiallardan moddaning turga oid yoki oʻziga xos fizik yoxud kimyoviy xossalarini aks ettiruvchi namunalar olinishi mumkin. | Namuna tariqasida xom ashyo, mahsulot va boshqa materiallardan moddaning turga oid yoki oʻziga xos fizik yoxud kimyoviy xossalarini aks ettiruvchi namunalar olinishi mumkin. |
Tekshiruv oʻtkazish jarayonida ekspert gilza, oʻq, buzish asboblari va boshqa obyektlarning tajriba namunalarini tayyorlashga va ularning eksperimental izlariga qarab, oʻxshashlik yoki farqlanish masalasini hal etishga haqlidir. | Tekshiruv oʻtkazish jarayonida ekspert gilza, oʻq, buzish asboblari va boshqa obyektlarning tajriba namunalarini tayyorlashga va ularning eksperimental izlariga qarab, oʻxshashlik yoki farqlanish masalasini hal etishga haqlidir. |
189-modda. Namuna olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar va organlar | 189-modda. Namuna olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar va organlar |
Ekspert tekshiruvi namunalar olinadigan shaxsni yechintirib yalangʻochlash bilan bogʻliq boʻlmasa va alohida kasb mahoratini talab qilmasa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning oʻzi, zarurat boʻlganda esa shifokor, boshqa mutaxassis, ekspert ishtirokida ekspert tekshiruvi uchun namunalar olishga haqlidir. | Ekspert tekshiruvi namunalar olinadigan shaxsni yechintirib yalangʻochlash bilan bogʻliq boʻlmasa va alohida kasb mahoratini talab qilmasa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning oʻzi, zarurat boʻlganda esa shifokor, boshqa mutaxassis, ekspert ishtirokida ekspert tekshiruvi uchun namunalar olishga haqlidir. |
Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish yalangʻoch boʻlishni taqozo etsa yoki alohida kasb mahoratini talab qilsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning topshirigʻiga binoan tekshiruv uchun namunalarni shifokor yoki boshqa tibbiy mutaxassis oladi. | Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish yalangʻoch boʻlishni taqozo etsa yoki alohida kasb mahoratini talab qilsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning topshirigʻiga binoan tekshiruv uchun namunalarni shifokor yoki boshqa tibbiy mutaxassis oladi. |
190-modda. Namuna olinishi mumkin boʻlgan shaxslar | 190-modda. Namuna olinishi mumkin boʻlgan shaxslar |
Ekspert tekshiruvi uchun namunalar gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan, sudlanuvchidan, jabrlanuvchidan, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha ustidan ish yuritilayotgan shaxsdan olinishi mumkin. | Ekspert tekshiruvi uchun namunalar gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan, sudlanuvchidan, jabrlanuvchidan, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha ustidan ish yuritilayotgan shaxsdan olinishi mumkin. |
Hodisa sodir boʻlgan joyda yoki ashyoviy dalillarda boshqa shaxslar tomonidan ham iz qoldirilgan boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida yetarlicha asoslar boʻlgan taqdirda shu shaxslardan ham ekspert tekshiruvi uchun namuna olinishi mumkin. | Hodisa sodir boʻlgan joyda yoki ashyoviy dalillarda boshqa shaxslar tomonidan ham iz qoldirilgan boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida yetarlicha asoslar boʻlgan taqdirda shu shaxslardan ham ekspert tekshiruvi uchun namuna olinishi mumkin. |
191-modda. Namuna olish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim | 191-modda. Namuna olish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim |
Namuna olish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Unda: namuna oladigan shaxs yoki organ; namuna olinishi kerak boʻlgan shaxs; aynan qanday namuna va qancha miqdorda olinishi lozimligi; namuna olinadigan shaxs qachon va kimning huzuriga kelishi zarurligi; olingan namunaning qachon va kimga taqdim qilinishi kerakligi koʻrsatilishi lozim. | Namuna olish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Unda: namuna oladigan shaxs yoki organ; namuna olinishi kerak boʻlgan shaxs; aynan qanday namuna va qancha miqdorda olinishi lozimligi; namuna olinadigan shaxs qachon va kimning huzuriga kelishi zarurligi; olingan namunaning qachon va kimga taqdim qilinishi kerakligi koʻrsatilishi lozim. |
192-modda. Namuna olishda majburlov chegarasi | 192-modda. Namuna olishda majburlov chegarasi |
Oʻzidan namuna olinishi uchun kelishdan bosh tortayotgan gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar majburiy keltirilishi mumkin, bunda, basharti qoʻllaniladigan usullar ogʻriq bermaydigan hamda inson hayoti va salomatligi uchun xavfsiz boʻlsa, ulardan majburlov yoʻli bilan namunalar olinadi. | Oʻzidan namuna olinishi uchun kelishdan bosh tortayotgan gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar majburiy keltirilishi mumkin, bunda, basharti qoʻllaniladigan usullar ogʻriq bermaydigan hamda inson hayoti va salomatligi uchun xavfsiz boʻlsa, ulardan majburlov yoʻli bilan namunalar olinadi. |
Oʻzga shaxslardan namunalar faqat ushbu Kodeksning 190-moddasida nazarda tutilgan hollarda hamda tanosil kasalligi va boshqa yuqumli kasalliklarni aniqlash bilan bogʻliq boʻlgan hollarda majburlov yoʻli bilan olinishi mumkin. | Oʻzga shaxslardan namunalar faqat ushbu Kodeksning 190-moddasida nazarda tutilgan hollarda hamda tanosil kasalligi va boshqa yuqumli kasalliklarni aniqlash bilan bogʻliq boʻlgan hollarda majburlov yoʻli bilan olinishi mumkin. |
193-modda. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan namunalar olish tartibi | 193-modda. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan namunalar olish tartibi |
Surishtiruvchi yoki tergovchi namuna olinishi kerak boʻlgan shaxsni chaqirtiradi yoki u turgan joyga borib, uni namuna olish toʻgʻrisidagi qaror yoki sudning oʻziga kelib tushgan ajrimi bilan tanishtirib tilxat oladi va bu shaxsga, mutaxassisga, xolislarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, agar kimdir rad etilgan boʻlsa, bu masalani hal qiladi. Keyin surishtiruvchi yoki tergovchi kerakli harakatlarni bajaradi va ekspert tekshiruvi uchun namunalar oladi. Bunda ogʻriq bermaydigan hamda inson hayoti va salomatligi uchun xavfli boʻlmagan ilmiy-texnikaviy vositalar qoʻllanilishi mumkin. | Surishtiruvchi yoki tergovchi namuna olinishi kerak boʻlgan shaxsni chaqirtiradi yoki u turgan joyga borib, uni namuna olish toʻgʻrisidagi qaror yoki sudning oʻziga kelib tushgan ajrimi bilan tanishtirib tilxat oladi va bu shaxsga, mutaxassisga, xolislarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, agar kimdir rad etilgan boʻlsa, bu masalani hal qiladi. Keyin surishtiruvchi yoki tergovchi kerakli harakatlarni bajaradi va ekspert tekshiruvi uchun namunalar oladi. Bunda ogʻriq bermaydigan hamda inson hayoti va salomatligi uchun xavfli boʻlmagan ilmiy-texnikaviy vositalar qoʻllanilishi mumkin. |
Murdadan, shuningdek xom ashyolardan, mahsulotlardan, boshqa materiallardan namunalar olish eksgumatsiya qilish, olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. | Murdadan, shuningdek xom ashyolardan, mahsulotlardan, boshqa materiallardan namunalar olish eksgumatsiya qilish, olib qoʻyish yoki tintuv oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. |
Olingan namunalar oʻraladi va muhrlanadi. Keyin surishtiruvchi yoki tergovchi ularni namuna olish bayonnomasi bilan birga tegishli ekspertga yuboradi. Agar namuna olish sudning ajrimiga binoan amalga oshirilgan boʻlsa, ushbu ajrimni bajargan surishtiruvchi yoki tergovchi namunalarni ularni olish toʻgʻrisidagi bayonnoma bilan birga sudga yuboradi. Sud taraflar ishtirokida namunalarni koʻzdan kechirib, ularning haqiqiyligiga va toʻla saqlanganligiga ishonch hosil qilgandan keyin olingan namunani ajrim va bayonnoma bilan birga tegishli ekspertga yuboradi. | Olingan namunalar oʻraladi va muhrlanadi. Keyin surishtiruvchi yoki tergovchi ularni namuna olish bayonnomasi bilan birga tegishli ekspertga yuboradi. Agar namuna olish sudning ajrimiga binoan amalga oshirilgan boʻlsa, ushbu ajrimni bajargan surishtiruvchi yoki tergovchi namunalarni ularni olish toʻgʻrisidagi bayonnoma bilan birga sudga yuboradi. Sud taraflar ishtirokida namunalarni koʻzdan kechirib, ularning haqiqiyligiga va toʻla saqlanganligiga ishonch hosil qilgandan keyin olingan namunani ajrim va bayonnoma bilan birga tegishli ekspertga yuboradi. |
194-modda. Shifokor yoki boshqa mutaxassis tomonidan namunalar olish tartibi | 194-modda. Shifokor yoki boshqa mutaxassis tomonidan namunalar olish tartibi |
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli shaxsni, shuningdek undan namuna olish toʻgʻrisidagi qarorni yoki ajrimni shifokorga yoki boshqa mutaxassisga yuboradi. Shifokorni, boshqa mutaxassisni, xolislarni rad etish masalasini qaror yoki ajrim chiqargan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud hal qiladi. | Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli shaxsni, shuningdek undan namuna olish toʻgʻrisidagi qarorni yoki ajrimni shifokorga yoki boshqa mutaxassisga yuboradi. Shifokorni, boshqa mutaxassisni, xolislarni rad etish masalasini qaror yoki ajrim chiqargan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud hal qiladi. |
Shifokor yoki boshqa mutaxassis zarur harakatlarni bajaradi va ekspert tekshiruvi uchun namunalar oladi. Bunda ogʻriq bermaydigan hamda inson hayoti va salomatligi uchun xavfli boʻlmagan ilmiy-texnikaviy vositalardan foydalanilishi mumkin. Namunalar oʻralib va muhrlanib, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga yuboriladi. | Shifokor yoki boshqa mutaxassis zarur harakatlarni bajaradi va ekspert tekshiruvi uchun namunalar oladi. Bunda ogʻriq bermaydigan hamda inson hayoti va salomatligi uchun xavfli boʻlmagan ilmiy-texnikaviy vositalardan foydalanilishi mumkin. Namunalar oʻralib va muhrlanib, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga yuboriladi. |
Tekshirish uchun hayvonlardan namunalar olish zarurati tugʻilsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli qarorni yoxud ajrimni veterinarga yoki boshqa mutaxassisga yuboradi. | Tekshirish uchun hayvonlardan namunalar olish zarurati tugʻilsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli qarorni yoxud ajrimni veterinarga yoki boshqa mutaxassisga yuboradi. |
195-modda. Ekspert tomonidan tajriba uchun namunalar olish | 195-modda. Ekspert tomonidan tajriba uchun namunalar olish |
Tekshiruv oʻtkazish jarayonida ekspert tomonidan ushbu Kodeks 188-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan tajriba namunalari tayyorlanishi mumkin. | Tekshiruv oʻtkazish jarayonida ekspert tomonidan ushbu Kodeks 188-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan tajriba namunalari tayyorlanishi mumkin. |
Surishtiruvchi yoki tergovchi bunday namunalarni tayyorlash chogʻida hozir boʻlishga haqli boʻlib, bu hol ular tomonidan tuziladigan bayonnomada aks ettiriladi. | Surishtiruvchi yoki tergovchi bunday namunalarni tayyorlash chogʻida hozir boʻlishga haqli boʻlib, bu hol ular tomonidan tuziladigan bayonnomada aks ettiriladi. |
Ekspert tekshiruv oʻtkazib boʻlganidan keyin namunalarni muhrlangan holda oʻz xulosasiga qoʻshib qoʻyadi. | Ekspert tekshiruv oʻtkazib boʻlganidan keyin namunalarni muhrlangan holda oʻz xulosasiga qoʻshib qoʻyadi. |
Surishtiruvchi yoki tergovchi, sud muhokamasida esa sud va taraflar ekspert taqdim qilgan tajriba namunalarini koʻzdan kechiradilar, shundan soʻng ular ashyoviy dalil sifatida jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyiladi. | Surishtiruvchi yoki tergovchi, sud muhokamasida esa sud va taraflar ekspert taqdim qilgan tajriba namunalarini koʻzdan kechiradilar, shundan soʻng ular ashyoviy dalil sifatida jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyiladi. |
196-modda. Namunalar olishda shaxs huquqlarining himoya qilinishi | 196-modda. Namunalar olishda shaxs huquqlarining himoya qilinishi |
Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olishda qoʻllaniladigan usullar va ilmiy-texnikaviy vositalar inson hayoti va salomatligi uchun xavfsiz boʻlishi lozim. Kuchli ogʻriq beradigan murakkab tibbiy tadbirlar va usullarni qoʻllash namuna olinishi lozim boʻlgan shaxsning roziligi bilan, basharti u voyaga yetmagan yoki ruhiy holati buzilgan boʻlsa, uning qonuniy vakili, vasiylari yoki homiylarining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin. | Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olishda qoʻllaniladigan usullar va ilmiy-texnikaviy vositalar inson hayoti va salomatligi uchun xavfsiz boʻlishi lozim. Kuchli ogʻriq beradigan murakkab tibbiy tadbirlar va usullarni qoʻllash namuna olinishi lozim boʻlgan shaxsning roziligi bilan, basharti u voyaga yetmagan yoki ruhiy holati buzilgan boʻlsa, uning qonuniy vakili, vasiylari yoki homiylarining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin. |
Namuna olish namuna olinuvchini yechintirib yalangʻochlash bilan bogʻliq boʻlsa, shifokor, boshqa mutaxassis, xolislar namuna olinuvchi shaxs bilan bir jinsda boʻlishlari lozim. | Namuna olish namuna olinuvchini yechintirib yalangʻochlash bilan bogʻliq boʻlsa, shifokor, boshqa mutaxassis, xolislar namuna olinuvchi shaxs bilan bir jinsda boʻlishlari lozim. |
197-modda. Namunalar olish bayonnomasi | 197-modda. Namunalar olish bayonnomasi |
Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olinganligi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa, oʻziga kelgan namunalarni sud majlisi bayonnomasida aks ettiradi. | Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olinganligi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa, oʻziga kelgan namunalarni sud majlisi bayonnomasida aks ettiradi. |
24-bob. NARSALAR VA HUJJATLARNI TAQDIM QILISH | 24-bob. NARSALARNI, HUJJATLARNI VA ELEKTRON MAʼLUMOTLARNI TAQDIM QILISH |
198-modda. Narsalarni ularning egasi boʻlmish shaxslar tashabbusi bilan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilish | 198-modda. Narsalarni ularning egasi boʻlmish shaxslar tashabbusi bilan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilish |
Fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari oʻz fikrlariga koʻra ish uchun ahamiyatga molik boʻlgan narsalarni surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilishga haqlidir. | Fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari oʻz fikrlariga koʻra ish uchun ahamiyatga molik boʻlgan narsalarni surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilishga haqlidir. |
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud taqdim qilingan narsani ushbu Kodeksning 136, 137, 139 va 140-moddalarida bayon qilingan qoidalarga asosan koʻzdan kechirishi, agar taqdim qilingan narsani ish uchun ahamiyatli deb topsa yoki kelgusida ahamiyati boʻlishi mumkin deb hisoblasa, uni qabul qilishi shart. Shuningdek ushbu ish uchun ahamiyatli boʻlmagan, lekin muomaladan chiqarilgan narsalar (qurollar, giyovandlik vositalari, pornografiya nashrlari va boshqalar) ham qabul qilib olinishi lozim. | Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud taqdim qilingan narsani ushbu Kodeksning 136, 137, 139 va 140-moddalarida bayon qilingan qoidalarga asosan koʻzdan kechirishi, agar taqdim qilingan narsani ish uchun ahamiyatli deb topsa yoki kelgusida ahamiyati boʻlishi mumkin deb hisoblasa, uni qabul qilishi shart. Shuningdek ushbu ish uchun ahamiyatli boʻlmagan, lekin muomaladan chiqarilgan narsalar (qurollar, giyohvandlik vositalari, pornografiya nashrlari va boshqalar) ham qabul qilib olinishi lozim. |
Ish uchun ahamiyatli boʻlmagan va muomaladan chiqarilmagan narsalar taqdim qilingan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ularni koʻzdan kechirib boʻlganidan keyin egalariga darhol qaytarib beradi. | Ish uchun ahamiyatli boʻlmagan va muomaladan chiqarilmagan narsalar taqdim qilingan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ularni koʻzdan kechirib boʻlganidan keyin egalariga darhol qaytarib beradi. |
199-modda. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning talabiga koʻra narsalarni taqdim qilish | 199-modda. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning talabiga koʻra narsalarni taqdim qilish |
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tintuv yoki olib qoʻyish oʻtkazmasdan turib, korxona, muassasa, tashkilot rahbaridan, shuningdek fuqarodan tergov va sud harakatlarini yuritish chogʻida vaqtincha foydalanish uchun zarur boʻlgan narsalarni taqdim etishlarini talab qilishga haqlidir. Bunday narsalar jumlasiga quyidagilar kiradi: | Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tintuv yoki olib qoʻyish oʻtkazmasdan turib, korxona, muassasa, tashkilot rahbaridan, shuningdek fuqarodan tergov va sud harakatlarini yuritish chogʻida vaqtincha foydalanish uchun zarur boʻlgan narsalarni taqdim etishlarini talab qilishga haqlidir. Bunday narsalar jumlasiga quyidagilar kiradi: |
1) eksperiment oʻtkazishda tekshirilayotgan hodisaning holatini va sharoitini qayta tiklash uchun foydalaniladigan oʻxshash narsalar yoki maketlar; | 1) eksperiment oʻtkazishda tekshirilayotgan hodisaning holatini va sharoitini qayta tiklash uchun foydalaniladigan oʻxshash narsalar yoki maketlar; |
2) tanib olish uchun koʻrsatilayotgan narsa bilan turdosh boʻlgan narsalar; | 2) tanib olish uchun koʻrsatilayotgan narsa bilan turdosh boʻlgan narsalar; |
3) tergov yoki sud harakatlarini yuritish yoxud ekspert tekshiruvini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan moslamalar, asbob-uskunalar, anjomlar, materiallar, agar bunday narsalar surishtiruvchi, tergovchi yoki sudda yoxud ularning topshirigʻi boʻyicha harakat qilayotgan mutaxassis, ekspert yoki ekspertiza muassasasida boʻlmasa. Zarurat qolmagach, bu narsalar egasiga qaytarilishi lozim. | 3) tergov yoki sud harakatlarini yuritish yoxud ekspert tekshiruvini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan moslamalar, asbob-uskunalar, anjomlar, materiallar, agar bunday narsalar surishtiruvchi, tergovchi yoki sudda yoxud ularning topshirigʻi boʻyicha harakat qilayotgan mutaxassis, ekspert yoki ekspertiza muassasasida boʻlmasa. Zarurat qolmagach, bu narsalar egasiga qaytarilishi lozim. |
200-modda. Hujjatlarni ularning egasi boʻlmish shaxslar tashabbusi bilan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilish | 200-modda. Hujjatlarni ularning egasi boʻlmish shaxslar tashabbusi bilan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilish |
Fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari oʻz ixtiyorlaridagi hujjatlarni yoki oʻzlaridagi mavjud maʼlumotlar asosida maxsus tuzilgan hujjatlarni surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilishga haqlidirlar. | Fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari oʻz ixtiyorlaridagi hujjatlarni yoki oʻzlaridagi mavjud maʼlumotlar asosida maxsus tuzilgan hujjatlarni surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilishga haqlidirlar. |
201-modda. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga koʻra hujjatlarni taqdim qilish | 201-modda. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga koʻra hujjatlarni taqdim qilish |
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga koʻra oʻz ixtiyorlaridagi hujjatlarni yoki oʻzlaridagi mavjud maʼlumotlar asosida maxsus tuzilgan hujjatlarni taqdim qilishlari shart. | Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga koʻra oʻz ixtiyorlaridagi hujjatlarni yoki oʻzlaridagi mavjud maʼlumotlar asosida maxsus tuzilgan hujjatlarni taqdim qilishlari shart. |
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga koʻra oʻz vakolatlari doirasida taftish yoki boshqa xizmat tekshiruvi oʻtkazishlari va taftish yoki tekshiruv natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani barcha ilovalari bilan birga belgilangan muddatda taqdim qilishlari shart. | Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga koʻra oʻz vakolatlari doirasida taftish yoki boshqa xizmat tekshiruvi oʻtkazishlari va taftish yoki tekshiruv natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani barcha ilovalari bilan birga belgilangan muddatda taqdim qilishlari shart. |
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud taftish yoki tekshiruv natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada yoxud boshqa hujjatda belgilangan qoidalardan chekinishlar, nuqsonlar, ziddiyatlar va boshqa kamchiliklarni aniqlagan taqdirda, hujjatdagi qayd etilgan xatolar bartaraf etilishini talab qilishga haqli. | Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud taftish yoki tekshiruv natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada yoxud boshqa hujjatda belgilangan qoidalardan chekinishlar, nuqsonlar, ziddiyatlar va boshqa kamchiliklarni aniqlagan taqdirda, hujjatdagi qayd etilgan xatolar bartaraf etilishini talab qilishga haqli. |
202-modda. Narsa va hujjatlarni taqdim qilish bayonnomasi Ashyoviy dalillar sifatida ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan narsa va hujjatlar taqdim qilinganligi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi, tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyadi. Bayonnomada: 1) narsa yoki hujjatni taqdim etgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 2) bu shaxsning narsa yoki hujjatni ishga qoʻshib qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi; 3) narsa yoki hujjatni koʻzdan kechirish jarayoni va natijalari, agar u pochta orqali yuborilgan boʻlsa, uning oʻramasini koʻzdan kechirish natijalari; 4) narsa yoki hujjatning surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga haqiqatan ham topshirilgani yoxud narsa yoki hujjat uni keltirgan shaxsga qaytarib berilgani koʻrsatiladi. | 2011-modda. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsiga, surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga elektron maʼlumotlarni oʻz tashabbusi bilan taqdim etish Fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari oʻz tasarrufida boʻlgan elektron maʼlumotlarni tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsiga, surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga oʻz tashabbusi bilan taqdim etishga haqli. 202-modda. Narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni taqdim etish bayonnomasi Ashyoviy dalillar sifatida ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan narsalar, hujjatlar va elektron maʼlumotlar taqdim etilganligi toʻgʻrisida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi ushbu Kodeksning 90, 91 va 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq bayonnoma tuzadi, sud esa sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyadi. Bayonnomada: 1) narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron maʼlumotlarni taqdim etgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 2) ushbu shaxsning narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron maʼlumotlarni ishga qoʻshib qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi; 3) narsalarni yoki hujjatlarni yoxud elektron maʼlumotlarni koʻzdan kechirish jarayoni va natijalari, agar ular pochta orqali yuborilgan boʻlsa, ularning oʻrovini koʻzdan kechirish natijalari; 4) narsalarning yoki hujjatlarning yoxud elektron maʼlumotlarning tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsiga, surishtiruvchiga, tergovchiga yoki sudga haqiqatan ham topshirilganligi yoxud narsalar yoki hujjatlar yoxud elektron maʼlumotlar uni taqdim etgan shaxsga qaytarib berilganligi koʻrsatiladi. |
Ashyoviy dalil sifatida ahamiyatli boʻlgan yoki ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan narsa yoki hujjatni taqdim etgan shaxsga surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnomadan nusxa, sud majlisida raislik qiluvchi esa sud majlisi bayonnomasidan koʻchirma beradi. | Ashyoviy dalil sifatida ahamiyatli boʻlgan yoki ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan narsa yoki hujjatni taqdim etgan shaxsga surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnomadan nusxa, sud majlisida raislik qiluvchi esa sud majlisi bayonnomasidan koʻchirma beradi. |
Qabul qilib olingan narsa yoki hujjat pochta orqali kelgan boʻlsa, bayonnomaning nusxasi yoki undan olingan koʻchirma narsani yoki hujjatni yuborgan shaxsga joʻnatiladi, pochta pattasi bayonnomaga ilova qilinadi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud pochta orqali olingan narsa yoki hujjatni ishga aloqador emas deb topib, uni yuboruvchiga pochta orqali qaytargan taqdirda ham pochta pattasi bayonnomaga qoʻshib qoʻyiladi. | Qabul qilib olingan narsa yoki hujjat pochta orqali kelgan boʻlsa, bayonnomaning nusxasi yoki undan olingan koʻchirma narsani yoki hujjatni yuborgan shaxsga joʻnatiladi, pochta pattasi bayonnomaga ilova qilinadi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud pochta orqali olingan narsa yoki hujjatni ishga aloqador emas deb topib, uni yuboruvchiga pochta orqali qaytargan taqdirda ham pochta pattasi bayonnomaga qoʻshib qoʻyiladi. |
Taqdim etilgan narsa yoki hujjatni ashyoviy dalil sifatida ishga qoʻshib qoʻyish haqidagi iltimosni rad qilish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Taftishlar va boshqa xizmat tekshiruvlarining dalolatnomalari yozma dalil sifatida taqdim qilingan boshqa hujjatlar qatori ishga maxsus rasmiylashtirilmasdan qoʻshib qoʻyiladi. | Taqdim etilgan narsa yoki hujjatni ashyoviy dalil sifatida ishga qoʻshib qoʻyish haqidagi iltimosni rad qilish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Taftishlar va boshqa xizmat tekshiruvlarining dalolatnomalari yozma dalil sifatida taqdim qilingan boshqa hujjatlar qatori ishga maxsus rasmiylashtirilmasdan qoʻshib qoʻyiladi. |
Tergov yoki sud harakatlarini yuritishda vaqtincha foydalanish uchun soʻralgan narsalarning qabul qilingani va qaytarib berilgani surishtiruvchi, tergovchi, sud majlisida raislik qiluvchi yoki sud majlisining kotibi, shuningdek narsalarning egasi tomonidan beriladigan tilxatlar bilan rasmiylashtiriladi. Taqdim qilingan narsalar ish uchun ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlsa, ularning belgilari, xossalari, texnikaviy tavsifi, basharti ular yuritilayotgan tergov davomida ishlatilgan boʻlsa, shu tergov harakati bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. | Tergov yoki sud harakatlarini yuritishda vaqtincha foydalanish uchun soʻralgan narsalarning qabul qilingani va qaytarib berilgani surishtiruvchi, tergovchi, sud majlisida raislik qiluvchi yoki sud majlisining kotibi, shuningdek narsalarning egasi tomonidan beriladigan tilxatlar bilan rasmiylashtiriladi. Taqdim qilingan narsalar ish uchun ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlsa, ularning belgilari, xossalari, texnikaviy tavsifi, basharti ular yuritilayotgan tergov davomida ishlatilgan boʻlsa, shu tergov harakati bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. |
25-bob. NARSA VA HUJJATLARNI ASHYOVIY VA YOZMA DALIL SIFATIDA ISHGA QOʻSHIB QOʻYISH | 25-BOB. NARSALARNI, HUJJATLARNI VA ELEKTRON MAʼLUMOTLARNI ASHYOVIY, YOZMA VA RAQAMLI DALIL SIFATIDA ISHGA QOʻSHIB QOʻYISH |
203-modda. Ashyoviy dalillar | 203-modda. Ashyoviy dalillar |
Kelib chiqishini, kimga tegishliligini, maʼlum maqsadlarda foydalanilganligini yoki foydalanishga yaroqliligini, qoʻldan-qoʻlga oʻtganligi yoki turgan joyi oʻzgarganligini, u yoki bu moddalar, narsa, jarayon va hodisalar taʼsir etganligini aniqlash mumkin boʻlgan fizikaviy alomatlar yoki belgilarga, shuningdek ish holatlarini aniqlashga xizmat qiladigan har qanday boshqa alomatlar va belgilarga ega boʻlgan narsa ashyoviy dalil hisoblanadi. | Kelib chiqishini, kimga tegishliligini, maʼlum maqsadlarda foydalanilganligini yoki foydalanishga yaroqliligini, qoʻldan-qoʻlga oʻtganligi yoki turgan joyi oʻzgarganligini, u yoki bu moddalar, narsa, jarayon va hodisalar taʼsir etganligini aniqlash mumkin boʻlgan fizikaviy alomatlar yoki belgilarga, shuningdek ish holatlarini aniqlashga xizmat qiladigan har qanday boshqa alomatlar va belgilarga ega boʻlgan narsa ashyoviy dalil hisoblanadi. |
2031-modda. Jinoyat quroli | 2031-modda. Jinoyat quroli |
Ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan jinoyatga tayyorgarlik koʻrish yoki sodir etish uchun maxsus moʻljallangan, tayyorlangan yoki moslashtirilgan narsalar, shuningdek jinoiy maqsadlarga erishish uchun jinoyat sodir etish jarayonida bevosita foydalanilgan mol-mulk jinoyat qurolidir. | Dalil deb eʼtirof etilgan, jinoyatga tayyorgarlik koʻrish yoki sodir etish uchun maxsus moʻljallangan, tayyorlangan yoki moslashtirilgan narsalar, elektron maʼlumotlar, shuningdek jinoiy maqsadlarga erishish uchun jinoyat sodir etish jarayonida bevosita foydalanilgan mol-mulk jinoyat qurolidir. |
204-modda. Yozma dalillar | 204-modda. Yozma dalillar |
Mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan soʻz, raqam, chizma yoki boshqa shaklda yozilgan va ish uchun ahamiyatli boʻlishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni saqlash, oʻzgartirish, berish uchun moʻljallangan hujjat yoki boshqa yozuvlar yozma dalil hisoblanadi. | Mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan soʻz, raqam, chizma yoki boshqa shaklda yozilgan va ish uchun ahamiyatli boʻlishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni saqlash, oʻzgartirish, berish uchun moʻljallangan hujjat yoki boshqa yozuvlar yozma dalil hisoblanadi. |
Tergov harakatining bayonnomasi, sud majlisining bayonnomasi va ularning ilovalari ham yozma dalil hisoblanadi. | Tergov harakatining bayonnomasi, sud majlisining bayonnomasi va ularning ilovalari ham yozma dalil hisoblanadi. |
Ushbu Kodeksning 203-moddasida koʻrsatilgan alomatlari, belgilari, izlari boʻlgan hujjatlar va boshqa xatlar ham ashyoviy dalil boʻlib xizmat qilishi mumkin. | Ushbu Kodeksning 203-moddasida koʻrsatilgan alomatlari, belgilari, izlari boʻlgan hujjatlar va boshqa xatlar ham ashyoviy dalil boʻlib xizmat qilishi mumkin. |
205-modda. Ashyoviy va yozma dalillarni olish usullari Ashyoviy va yozma dalil sifatida foydalaniladigan narsalar, hujjatlar va boshqa yozuvlar hodisa sodir boʻlgan joyni yoki boshqa joylarni, binolarni koʻzdan kechirish, tanib olish uchun koʻrsatish, guvohlantirish, murdani eksgumatsiya qilish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, koʻrsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish, olib qoʻyish, tintuv yoki eksperiment oʻtkazish jarayonida olinishi mumkin yoxud ular ushbu Kodeksning 198 — 202-moddalarida nazarda tutilgan tartibda surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilinishi mumkin. | 2041-modda. Elektron maʼlumotlar Elektron maʼlumotlar elektron qurilmalardan va axborot tizimlaridan, shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yaratiladigan, ishlov beriladigan hamda saqlanadigan maʼlumotlardir. Guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va boshqa shaxslar elektron maʼlumotlarni ushbu maʼlumotlarning koʻchirma nusxasini elektron jismdan elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan boshqa elektron jismga olish orqali taqdim etishga haqli. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud taqdim etilgan elektron maʼlumotlarni mutaxassis ishtirokida qabul qilib oladi hamda elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan birlamchi elektron jismlarni koʻzdan kechiradi. Ish uchun ahamiyatga ega boʻlmagan elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan elektron jismlar egalariga darhol qaytarib beriladi. 2042-modda. Raqamli dalillar Ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan elektron maʼlumotlar, shu jumladan elektron tarzdagi fayllar, audio-, videoyozuvlar, Internet jahon axborot tarmogʻida saqlanayotgan maʼlumotlar, shuningdek boshqa elektron maʼlumotlar raqamli dalillardir. Raqamli dalildan koʻchirma nusxa olishga, basharti uning yaxlitligi va aynan oʻxshashligi saqlansa, yoʻl qoʻyiladi. Raqamli dalildan koʻchirma nusxa olishga yoʻl qoʻyilishi oʻzidan mazkur koʻchirma nusxa olingan raqamli dalilning asli mavjudligi bilan taʼminlanadi. Guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va boshqa shaxslar raqamli dalillarning koʻchirma nusxalarini qogʻozda chop etilgan shaklda taqdim etish huquqiga ega. Bunda raqamli dalilning qogʻozdagi shakli yozma dalil deb hisoblanishi mumkin emas. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov va sud jarayonida tuzilgan protsessual bayonnomalarga ilova qilingan, elektron maʼlumotlar tarzida shakllantirilgan audio-, videoyozuvlar ham raqamli dalillar hisoblanadi. Raqamli dalilning koʻchirma nusxasi ish materiallari bilan birga saqlanadi. 205-modda. Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni olish usullari Ashyoviy, yozma va raqamli dalillar sifatida foydalaniladigan narsalar, hujjatlar, elektron maʼlumotlar va boshqa yozuvlar hodisa sodir boʻlgan joyni yoki boshqa joylarni, binolarni, shuningdek texnika vositalarini, telekommunikatsiya tarmoqlarini yoki Internet jahon axborot tarmogʻini koʻzdan kechirish chogʻida, tanib olish uchun koʻrsatish, guvohlantirish, murdani eksgumatsiya qilish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, koʻrsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish chogʻida, olib qoʻyish, tintuv yoki eksperiment oʻtkazish chogʻida olinishi mumkin yoxud ular ushbu Kodeksning 198 — 202-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsiga, surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga taqdim etilishi mumkin. |
206-modda. Ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish | 206-modda. Ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish |
Boshqa shaxslardan topilgan, olib qoʻyilgan yoki qabul qilib olingan narsalar ushbu Kodeksning 135 — 137, 139 va 140-moddalarida koʻrsatilgan qoidalarga asosan darhol koʻzdan kechiriladi. | Boshqa shaxslardan topilgan, olib qoʻyilgan yoki qabul qilib olingan narsalar ushbu Kodeksning 135 — 137, 139 va 140-moddalarida koʻrsatilgan qoidalarga asosan darhol koʻzdan kechiriladi. |
Koʻzdan kechirishda narsaning ishga taalluqliligi haqida xulosa chiqarishga asos boʻladigan, shuningdek uni boshqa narsalardan farqlovchi belgilar aniqlanishi lozim. | Koʻzdan kechirishda narsaning ishga taalluqliligi haqida xulosa chiqarishga asos boʻladigan, shuningdek uni boshqa narsalardan farqlovchi belgilar aniqlanishi lozim. |
Koʻzdan kechirish jarayoni va uning natijalari narsa olingan paytda oʻtkazilayotgan tergov harakati bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi. | Koʻzdan kechirish jarayoni va uning natijalari narsa olingan paytda oʻtkazilayotgan tergov harakati bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi. |
207-modda. Narsani ashyoviy dalil deb eʼtirof etish va uni jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish | 207-modda. Narsani ashyoviy dalil deb eʼtirof etish va uni jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish |
Narsani ashyoviy dalil deb eʼtirof etish va uni jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Ushbu qaror yoki ajrimda ashyoviy dalilni ishda qoldirish yoki uni saqlash uchun topshirish masalasi ham hal qilinishi lozim. | Narsani ashyoviy dalil deb eʼtirof etish va uni jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Ushbu qaror yoki ajrimda ashyoviy dalilni ishda qoldirish yoki uni saqlash uchun topshirish masalasi ham hal qilinishi lozim. |
208-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash va boshqa joyga yuborish | 208-modda. Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni saqlash hamda boshqa joyga yuborish |
Ashyoviy dalillarni saqlash, shuningdek ularni ekspertiza oʻtkazish uchun yuborishda yoki jinoyat ishi boshqa surishtiruv, dastlabki tergov organiga, prokurorga yoxud sudga oʻtkazilishi munosabati bilan yuborish chogʻida ashyoviy dalillarning yoʻqotilishi, shikastlanishi, buzilishi, bir-biriga qoʻshilib yoki aralashib ketishining oldini olish choralari koʻrilishi lozim. | Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni saqlash, shuningdek ushbu dalillarning ekspertizaga yuborilganligi yoki jinoyat ishi boshqa tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organiga, prokurorga yoxud sudga oʻtkazilganligi munosabati bilan ularni boshqa joyga yuborish chogʻida ashyoviy, yozma va raqamli dalillar yoʻqolishining, shikastlanishining, buzilishining, bir-biriga qoʻshilib yoki aralashib ketishining oldini olish choralari koʻrilishi kerak. |
Ishni oʻtkazishda u bilan birga yoʻllanadigan ashyoviy dalillar ilova xatda yoki unga ilova qilinadigan roʻyxatda birma-bir sanab oʻtiladi. Bundan tashqari, ayblov xulosasiga yoki ayblov dalolatnomasiga ilova qilingan maʼlumotnomada ishga doir barcha ashyoviy dalillar, har birining qayerda ekanligi koʻrsatilib, birma-bir sanab oʻtilishi lozim. | Ishni oʻtkazishda u bilan birga yuborilayotgan ashyoviy, yozma va raqamli dalillar ilova xatda yoki unga ilova qilinayotgan roʻyxatda sanab oʻtiladi. Bundan tashqari ayblov xulosasiga yoki ayblov dalolatnomasiga ilova qilingan maʼlumotnomada ishdagi mavjud barcha ashyoviy, yozma va raqamli dalillar xar birining qayerda ekanligi koʻrsatilgan xolda birma-bir sanab oʻtilgan boʻlishi kerak. |
Ashyoviy dalillar pochta yoki chopar orqali yetkazib berilganda surishtiruvchi, tergovchi yoki sudya xolislar ishtirokida, zarur boʻlganda esa, shuningdek ekspert yoxud mutaxassislar ishtirokida olingan dalillarni koʻzdan kechiradi va ularni ilova xati yoki roʻyxati bilan solishtiradi. Koʻzdan kechirish jarayoni va natijasi haqida bayonnoma tuziladi. | Ashyoviy, yozma va raqamli dalillar pochta yoki chopar orqali yetkazib berilganda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya olingan dalillarni xolislar ishtirokida, zarur boʻlgan hollarda esa ekspert yoxud mutaxassislar ishtirokida koʻzdan kechiradi va ularni ilova xati yoki roʻyxati bilan solishtiradi. Koʻzdan kechirish jarayoni va natijalari toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi. |
Ashyoviy dalillar, ular haqidagi masala sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan yoxud surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ishni tugatish toʻgʻrisidagi qarori bilan hal qilinmagunga qadar saqlab turiladi. Ushbu Kodeksning 210-moddasida nazarda tutilgan hollarda ashyoviy dalillarga oid qaror ish yuritish tamom boʻlgunga qadar qabul qilinishi mumkin. | Ashyoviy, yozma va raqamli dalillar ular haqidagi masala sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan yoxud tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning ishni tugatish toʻgʻrisidagi qarori bilan hal qilinmaguniga qadar saqlab turiladi. Ushbu Kodeksning 210-moddasida nazarda tutilgan hollarda ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi qaror ish yuritish tamom boʻlguniga qadar qabul qilinishi mumkin. |
Ashyoviy dalil sifatida ishga qoʻshib qoʻyilgan narsaga egalik qilish huquqi borasidagi nizo fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida hal qilinishi lozim boʻlganda, bu narsa fuqaroviy ish boʻyicha sud chiqargan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar saqlanishi lozim. | Ashyoviy, yozma va raqamli dalil sifatida ishga qoʻshib qoʻyilgan narsaga, hujjatga va (yoki) elektron maʼlumotlarga egalik qilish huquqi toʻgʻrisidagi nizo fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida hal qilinishi lozim boʻlganda ushbu narsa, hujjat va (yoki) elektron maʼlumotlar fuqaroviy ish boʻyicha sud chiqargan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar saqlanishi kerak. |
209-modda. Pul, qimmatli qogʻozlar, valyuta boyliklari va zargarlik buyumlarini saqlash uchun topshirish | 209-modda. Pul, qimmatli qogʻozlar, valyuta boyliklari va zargarlik buyumlarini saqlash uchun topshirish |
Ishga ashyoviy dalil sifatida qoʻshib qoʻyilgan pul, qimmatli qogʻozlar, valyuta boyliklari, zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallardan, qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlar, shuningdek bunday buyumlarning rezgilari topilganda mutaxassis ishtirokida koʻzdan kechirilishi va belgilangan tartibda saqlash uchun topshirilishi lozim. | Ishga ashyoviy dalil sifatida qoʻshib qoʻyilgan pul, qimmatli qogʻozlar, valyuta boyliklari, zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallardan, qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlar, shuningdek bunday buyumlarning rezgilari topilganda mutaxassis ishtirokida koʻzdan kechirilishi va belgilangan tartibda saqlash uchun topshirilishi lozim. |
Fuqaroviy daʼvoni taʼminlash maqsadida yoxud garov tariqasida olib qoʻyilgan yoki qabul qilingan pullar uch sutkadan kechiktirmay surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki sudning depozit hisobiga topshirilishi shart. | Fuqaroviy daʼvoni taʼminlash maqsadida yoxud garov tariqasida olib qoʻyilgan yoki qabul qilingan pullar uch sutkadan kechiktirmay surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki sudning depozit hisobiga topshirilishi shart. |
210-modda. Jinoyat ishini yuritish tamom boʻlgunga qadar ashyoviy dalillar toʻgʻrisida qabul qilinadigan qarorlar | 210-modda. Jinoyat ishini yuritish tamom boʻlgunga qadar ashyoviy dalillar toʻgʻrisida qabul qilinadigan qarorlar |
Ashyoviy dalillardan: tez buziladigan narsalar, kundalik roʻzgʻorda zarur boʻladigan narsalar; uy hayvonlari, parrandalar va boqish lozim boʻlgan boshqa hayvonlar zarur tergov harakatlari oʻtkazilgach, kechiktirmay egalariga qaytarib berilishi lozim. | Ashyoviy dalillardan: tez buziladigan narsalar, kundalik roʻzgʻorda zarur boʻladigan narsalar; uy hayvonlari, parrandalar va boqish lozim boʻlgan boshqa hayvonlar zarur tergov harakatlari oʻtkazilgach, kechiktirmay egalariga qaytarib berilishi lozim. |
Tez buziladigan narsalar yoki uy hayvonlari, parrandalar va boshqa hayvonlarning qonuniy egasi yoxud mulkdori nomaʼlum boʻlgan yoki boshqa sabablarga koʻra ularni qaytarib berish mumkin boʻlmagan hollarda ular qarab turish yoki belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish uchun tegishli korxona, muassasa, tashkilotga topshirilishi lozim. | Tez buziladigan narsalar yoki uy hayvonlari, parrandalar va boshqa hayvonlarning qonuniy egasi yoxud mulkdori nomaʼlum boʻlgan yoki boshqa sabablarga koʻra ularni qaytarib berish mumkin boʻlmagan hollarda ular qarab turish yoki belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish uchun tegishli korxona, muassasa, tashkilotga topshirilishi lozim. |
211-modda. Jinoyat ishini yuritish tamom boʻlganligi munosabati bilan ashyoviy dalillar toʻgʻrisida qabul qilinadigan qarorlar | 211-modda. Jinoyat ishini yuritish tamom boʻlganligi munosabati bilan ashyoviy dalillar toʻgʻrisida qabul qilinadigan qarorlar |
Hukmda, shuningdek jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi ajrimda yoki qarorda ashyoviy dalillar masalasi quyidagi qoidalarga rioya etilgan holda hal qilinadi: | Hukmda, shuningdek jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi ajrimda yoki qarorda ashyoviy dalillar masalasi quyidagi qoidalarga rioya etilgan holda hal qilinadi: |
1) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli boʻlgan jinoyat qurollari musodara qilinishi kerak va ular tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yoʻq qilib yuboriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli boʻlmagan mol-mulk qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek merosxoʻrlariga qaytarib beriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli boʻlmagan mol-mulkning qonuniy egalari, mulkdorlari yoki ularning huquqiy vorislari, xuddi shuningdek merosxoʻrlari aniqlanmagan taqdirda, ushbu mol-mulk davlat daromadiga oʻtkaziladi; | 1) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli boʻlgan jinoyat qurollari musodara qilinishi kerak va ular tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yoʻq qilib yuboriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli boʻlmagan mol-mulk qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek merosxoʻrlariga qaytarib beriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli boʻlmagan mol-mulkning qonuniy egalari, mulkdorlari yoki ularning huquqiy vorislari, xuddi shuningdek merosxoʻrlari aniqlanmagan taqdirda, ushbu mol-mulk davlat daromadiga oʻtkaziladi; |
2) muomaladan chiqarilgan ashyolar tegishli muassasalarga berilishi lozim yoki yoʻq qilib yuboriladi; | 2) muomaladan chiqarilgan ashyolar tegishli muassasalarga berilishi lozim yoki yoʻq qilib yuboriladi; |
3) hech qanday qimmatga ega boʻlmagan ashyolar yoʻq qilib yuboriladi, manfaatdor shaxslar yoki muassasalar iltimos qilgan hollarda esa ularga berilishi mumkin; | 3) hech qanday qimmatga ega boʻlmagan ashyolar yoʻq qilib yuboriladi, manfaatdor shaxslar yoki muassasalar iltimos qilgan hollarda esa ularga berilishi mumkin; |
4) jinoyat yoki boshqa gʻayrihuquqiy harakatlar sodir qilinishi natijasida qonuniy egasi va mulkdoridan mahrum boʻlib qolgan pullar yoki boshqa boyliklar qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquq vorislariga, shuningdek merosxoʻrlariga qaytarib berilishi lozim; | 4) jinoyat yoki boshqa gʻayrihuquqiy harakatlar sodir qilinishi natijasida qonuniy egasi va mulkdoridan mahrum boʻlib qolgan pullar yoki boshqa boyliklar qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquq vorislariga, shuningdek merosxoʻrlariga qaytarib berilishi lozim; |
5) jinoiy yoʻl bilan orttirilgan pullar va boshqa boyliklar sudning hukmiga binoan jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplashga oʻtkaziladi, mulkiy zarar koʻrgan shaxs aniqlanmagan taqdirda, davlat foydasiga oʻtkaziladi; | 5) jinoiy yoʻl bilan orttirilgan pullar va boshqa boyliklar sudning hukmiga binoan jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplashga oʻtkaziladi, mulkiy zarar koʻrgan shaxs aniqlanmagan taqdirda, davlat foydasiga oʻtkaziladi; |
6) ashyoviy dalil hisoblanuvchi hujjatlar ularni saqlash zarurati tugagunga qadar ishda asrab turiladi yoki manfaatdor shaxslarga yoxud muassasalarga beriladi. | 6) ashyoviy dalil hisoblanuvchi hujjatlar ularni saqlash zarurati tugagunga qadar ishda asrab turiladi yoki manfaatdor shaxslarga yoxud muassasalarga beriladi. |
212-modda. Ashyoviy dalillarni shikastlaganlik yoki yoʻqotganlik uchun javobgarlik | 212-modda. Ashyoviy dalillarni shikastlaganlik yoki yoʻqotganlik uchun javobgarlik |
Ekspertiza oʻtkazish yoki boshqa qonuniy harakatlar natijasida shikastlangan yoki yoʻqolgan ashyoning qiymati sud chiqimlariga qoʻshiladi. | Ekspertiza oʻtkazish yoki boshqa qonuniy harakatlar natijasida shikastlangan yoki yoʻqolgan ashyoning qiymati sud chiqimlariga qoʻshiladi. |
Ayblov hukmi chiqarilganda, agar bu ashyo mahkumga yoki fuqaroviy javobgarga tegishli boʻlsa, uning qiymati toʻlanmaydi; agar ashyo boshqa biror shaxsga tegishli boʻlsa, uning qiymati bu shaxsga sud tomonidan toʻlanishi va ayni vaqtda bu summa mahkum yoki fuqaroviy javobgar hisobidan davlat foydasiga undirilishi lozim. | Ayblov hukmi chiqarilganda, agar bu ashyo mahkumga yoki fuqaroviy javobgarga tegishli boʻlsa, uning qiymati toʻlanmaydi; agar ashyo boshqa biror shaxsga tegishli boʻlsa, uning qiymati bu shaxsga sud tomonidan toʻlanishi va ayni vaqtda bu summa mahkum yoki fuqaroviy javobgar hisobidan davlat foydasiga undirilishi lozim. |
Oqlov hukmi chiqarilganda hamda ish tugatilgan hollarda ekspertiza oʻtkazish yoki boshqa qonuniy harakatlar natijasida shikastlangan yoki yoʻqolgan ashyoning qiymati qonuniy egasiga yoki mulkdoriga, shuningdek protsessual mavqeyidan qatʼi nazar, ularning huquq vorislari va merosxoʻrlariga toʻlanadi. | Oqlov hukmi chiqarilganda hamda ish tugatilgan hollarda ekspertiza oʻtkazish yoki boshqa qonuniy harakatlar natijasida shikastlangan yoki yoʻqolgan ashyoning qiymati qonuniy egasiga yoki mulkdoriga, shuningdek protsessual mavqeyidan qatʼi nazar, ularning huquq vorislari va merosxoʻrlariga toʻlanadi. |
Ashyoviy dalillar shikastlangan yoki yoʻqolgan boshqa barcha hollarda ularning qiymati zarar keltirish natijasida kelib chiqadigan majburiyatlarga doir fuqaroviy qonunchilik qoidalariga muvofiq toʻlattirilishi lozim. | Ashyoviy dalillar shikastlangan yoki yoʻqolgan boshqa barcha hollarda ularning qiymati zarar keltirish natijasida kelib chiqadigan majburiyatlarga doir fuqaroviy qonunchilik qoidalariga muvofiq toʻlattirilishi lozim. |
TOʻRTINCHI BOʻLIM PROTSESSUAL MAJBURLOV | TOʻRTINCHI BOʻLIM PROTSESSUAL MAJBURLOV |
26-bob. JINOYAT PROTSESSIDA SHAXS HUQUQLARINI CHEKLASH ASOSLARI VA CHEGARALARI | 26-bob. JINOYAT PROTSESSIDA SHAXS HUQUQLARINI CHEKLASH ASOSLARI VA CHEGARALARI |
213-modda. Protsessual majburlov choralarini qoʻllash uchun asoslar | 213-modda. Protsessual majburlov choralarini qoʻllash uchun asoslar |
Jinoyat protsessi ishtirokchisi tergov yoki sud harakatlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan, oʻziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmayotgan boʻlsa, shuningdek gumon qilinuvchi, ayblanuvchining kelgusi jinoiy faoliyatining oldini olish va hukm ijrosini taʼminlash uchun zarur boʻlsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ushbu Kodeksda belgilangan hollarda hamda tartibda majburlov choralarini qoʻllashga haqlidir. | Jinoyat protsessi ishtirokchisi tergov yoki sud harakatlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan, oʻziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmayotgan boʻlsa, shuningdek gumon qilinuvchi, ayblanuvchining kelgusi jinoiy faoliyatining oldini olish va hukm ijrosini taʼminlash uchun zarur boʻlsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ushbu Kodeksda belgilangan hollarda hamda tartibda majburlov choralarini qoʻllashga haqlidir. |
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi ushlab turish tarzidagi protsessual majburlov chorasini ushbu Kodeksning 221 va 224-moddalarida belgilangan hollarda va tartibda qoʻllashga haqlidir. | Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi ushlab turish tarzidagi protsessual majburlov chorasini ushbu Kodeksning 221 va 224-moddalarida belgilangan hollarda va tartibda qoʻllashga haqlidir. |
214-modda. Protsessual majburlov choralarini qoʻllashning qonuniyligi va asosliligi | 214-modda. Protsessual majburlov choralarini qoʻllashning qonuniyligi va asosliligi |
Protsessual majburlov choralari faqat asoslar mavjud boʻlganda va qonunda belgilangan tartibda qoʻllanilishi mumkin. | Protsessual majburlov choralari faqat asoslar mavjud boʻlganda va qonunda belgilangan tartibda qoʻllanilishi mumkin. |
Ushbu Kodeksda boshqacha asoslar nazarda tutilmagan boʻlsa, protsessual majburlov faqat qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha va surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarorida yoki sudning ajrimida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi. | Ushbu Kodeksda boshqacha asoslar nazarda tutilmagan boʻlsa, protsessual majburlov faqat qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha va surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarorida yoki sudning ajrimida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi. |
215-modda. Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslar bilan munosabatda boʻlish | 215-modda. Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslar bilan munosabatda boʻlish |
Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslar, ular saqlanadigan joylardagi tartibga oid cheklashlarni istisno etganda, qonunchilikda belgilangan huquqlarga egadirlar va shu hujjatlarda koʻrsatilgan majburiyatlarni bajaradilar. | Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslar, ular saqlanadigan joylardagi tartibga oid cheklashlarni istisno etganda, qonunchilikda belgilangan huquqlarga egadirlar va shu hujjatlarda koʻrsatilgan majburiyatlarni bajaradilar. |
Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslarga nisbatan gʻayriinsoniy munosabatda boʻlish mumkin emas. | Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslarga nisbatan gʻayriinsoniy munosabatda boʻlish mumkin emas. |
Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxsga oʻzining himoyachisi bilan xoli uchrashish, qonunchilikka oid materiallardan foydalanish imkoniyati berilishi, shikoyat, iltimosnoma va boshqa protsessual hujjatlarni yozishi uchun ixtiyorida qogʻoz va yozuv jihozlari boʻlishi lozim. | Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxsga oʻzining himoyachisi bilan xoli uchrashish, qonunchilikka oid materiallardan foydalanish imkoniyati berilishi, shikoyat, iltimosnoma va boshqa protsessual hujjatlarni yozishi uchun ixtiyorida qogʻoz va yozuv jihozlari boʻlishi lozim. |
217-modda. Protsessual majburlov chorasi qoʻllanilgani haqida xabar qilish | 217-modda. Protsessual majburlov chorasi qoʻllanilgani haqida xabar qilish |
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan ushlab turish tarzidagi, sud esa qamoqqa olish, uy qamogʻi yoki ekspertiza oʻtkazish uchun shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qoʻllaganida shaxsga nisbatan qoʻllanilgan protsessual majburlov chorasi hamda uning ushlab turilgan joyi toʻgʻrisida darhol oila aʼzolaridan biriga, ular boʻlmagan taqdirda esa boshqa qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga xabar berishi, shuningdek bu haqda ish yoxud oʻqish joyiga maʼlum qilishi shart. | Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan ushlab turish tarzidagi, sud esa qamoqqa olish, uy qamogʻi yoki ekspertiza oʻtkazish uchun shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qoʻllaganida shaxsga nisbatan qoʻllanilgan protsessual majburlov chorasi hamda uning ushlab turilgan joyi toʻgʻrisida darhol oila aʼzolaridan biriga, ular boʻlmagan taqdirda esa boshqa qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga xabar berishi, shuningdek bu haqda ish yoxud oʻqish joyiga maʼlum qilishi shart. |
Ushlab turilgan, qamoqqa olingan, uy qamogʻiga yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxs boshqa davlatning fuqarosi boʻlsa, bu haqda darhol Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar berilishi shart. Xabarnomaning koʻchirma nusxasi ishga ilova qilinadi. | Ushlab turilgan, qamoqqa olingan, uy qamogʻiga yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxs boshqa davlatning fuqarosi boʻlsa, bu haqda darhol Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar berilishi shart. Xabarnomaning koʻchirma nusxasi ishga ilova qilinadi. |
218-modda. Ushlab turilgan, qamoqqa olingan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxsning qaramogʻidagilarga homiylik qilish va uning mol-mulkini qoʻriqlash choralari | 218-modda. Ushlab turilgan, qamoqqa olingan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxsning qaramogʻidagilarga homiylik qilish va uning mol-mulkini qoʻriqlash choralari |
Ushlab turilgan, qamoqqa olingan yoki ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxsning qarovsiz va yordamga muhtoj voyaga yetmagan farzandlari, keksaygan ota-onalari, boshqa boqimlari boʻlganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ularni qarindoshlarining yoki boshqa shaxslar yoxud muassasalarning homiyligiga topshirishi, majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsning nazoratsiz qolayotgan mol-mulki yoxud uy-joyi boʻlsa, ularni qoʻriqlash chorasini koʻrishi shart. | Ushlab turilgan, qamoqqa olingan yoki ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxsning qarovsiz va yordamga muhtoj voyaga yetmagan farzandlari, keksaygan ota-onalari, boshqa boqimlari boʻlganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ularni qarindoshlarining yoki boshqa shaxslar yoxud muassasalarning homiyligiga topshirishi, majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsning nazoratsiz qolayotgan mol-mulki yoxud uy-joyi boʻlsa, ularni qoʻriqlash chorasini koʻrishi shart. |
Shaxsning qaramogʻidagilarga homiylik qilish va uning mol-mulkini qoʻriqlash toʻgʻrisidagi koʻrsatilgan choralar ushlab turish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qoʻllagan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan ham koʻrilishi shart. | Shaxsning qaramogʻidagilarga homiylik qilish va uning mol-mulkini qoʻriqlash toʻgʻrisidagi koʻrsatilgan choralar ushlab turish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qoʻllagan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan ham koʻrilishi shart. |
219-modda. Prokurorning protsessual majburlov choralari qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi koʻrsatmasining majburiyligi | 219-modda. Prokurorning protsessual majburlov choralari qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi koʻrsatmasining majburiyligi |
Prokurorning protsessual majburlov choralarini qoʻllash haqidagi koʻrsatmalari surishtiruvchi va tergovchi, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ uchun majburiydir. Bunday koʻrsatmalarga eʼtirozlar yuqori turuvchi prokurorga ushbu Kodeksning 36, 39 va 392-moddalarida nazarda tutilgan tartibda taqdim etilishi mumkin. | Prokurorning protsessual majburlov choralarini qoʻllash haqidagi koʻrsatmalari surishtiruvchi va tergovchi, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ uchun majburiydir. Bunday koʻrsatmalarga eʼtirozlar yuqori turuvchi prokurorga ushbu Kodeksning 36, 39 va 392-moddalarida nazarda tutilgan tartibda taqdim etilishi mumkin. |
27-bob. USHLAB TURISH | 27-bob. USHLAB TURISH |
220-modda. Ushlab turish maqsadi | 220-modda. Ushlab turish maqsadi |
Ushlab turish jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni uning jinoiy faoliyat bilan shugʻullanishiga barham berish, qochib ketishining, dalillarni yashirishi yoki yoʻq qilib yuborishining oldini olish maqsadida qisqa muddatga ozodlikdan mahrum qilishdan iboratdir. | Ushlab turish jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni uning jinoiy faoliyat bilan shugʻullanishiga barham berish, qochib ketishining, dalillarni yashirishi yoki yoʻq qilib yuborishining oldini olish maqsadida qisqa muddatga ozodlikdan mahrum qilishdan iboratdir. |
Ushlab turish jinoyat ishi qoʻzgʻatilgunga qadar ham, ish qoʻzgʻatilganidan keyin ham amalga oshirilishi mumkin. Keyingi holatda ushlab turishga faqat surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan yoʻl qoʻyiladi. | Ushlab turish jinoyat ishi qoʻzgʻatilgunga qadar ham, ish qoʻzgʻatilganidan keyin ham amalga oshirilishi mumkin. Keyingi holatda ushlab turishga faqat surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan yoʻl qoʻyiladi. |
221-modda. Ushlab turish asoslari | 221-modda. Ushlab turish asoslari |
Jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxs quyidagi asoslar mavjud boʻlganda ushlab turilishi mumkin: | Jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxs quyidagi asoslar mavjud boʻlganda ushlab turilishi mumkin: |
1) shaxs jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qoʻlga tushsa; | 1) shaxs jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qoʻlga tushsa; |
2) jinoyat shohidlari, shu jumladan jabrlanuvchilar uni jinoyat sodir etgan shaxs tariqasida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatsalar; | 2) jinoyat shohidlari, shu jumladan jabrlanuvchilar uni jinoyat sodir etgan shaxs tariqasida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatsalar; |
3) uning oʻzida yoki kiyimida, yonida yoki uyida sodir etilgan jinoyatning yaqqol izlari topilsa; | 3) uning oʻzida yoki kiyimida, yonida yoki uyida sodir etilgan jinoyatning yaqqol izlari topilsa; |
4) shaxsni jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asos boʻladigan maʼlumotlar mavjud boʻlib, u qochmoqchi boʻlsa yoki doimiy yashaydigan joyi yoʻq yoxud shaxsi aniqlanmagan boʻlsa. | 4) shaxsni jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asos boʻladigan maʼlumotlar mavjud boʻlib, u qochmoqchi boʻlsa yoki doimiy yashaydigan joyi yoʻq yoxud shaxsi aniqlanmagan boʻlsa. |
222-modda. Jinoyat ishi qoʻzgʻatilgunga qadar gumon qilinuvchini ushlab turish huquqiga ega boʻlgan shaxslar | 222-modda. Jinoyat ishi qoʻzgʻatilgunga qadar gumon qilinuvchini ushlab turish huquqiga ega boʻlgan shaxslar |
Ichki ishlar organining, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni yoki dastlabki tergovni amalga oshiruvchi boshqa organning xodimi, shuningdek muomalaga layoqatli har qanday shaxs ushbu Kodeksning 221-moddasida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxsni ushlash va yaqin oradagi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelishga haqlidir. | Ichki ishlar organining, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni yoki dastlabki tergovni amalga oshiruvchi boshqa organning xodimi, shuningdek muomalaga layoqatli har qanday shaxs ushbu Kodeksning 221-moddasida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxsni ushlash va yaqin oradagi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelishga haqlidir. |
223-modda. Ushlash chogʻida immunitet huquqidan foydalanuvchi shaxslar | 223-modda. Ushlash chogʻida immunitet huquqidan foydalanuvchi shaxslar |
Deputatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, sudyalar va prokurorlar ushlab turilishi hamda ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinishi mumkin emas. Mazkur taqiq ushbu Kodeks 221-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan ushlab turish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi. | Deputatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, sudyalar va prokurorlar ushlab turilishi hamda ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinishi mumkin emas. Mazkur taqiq ushbu Kodeks 221-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan ushlab turish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi. |
224-modda. Jinoyat ishi qoʻzgʻatilgunga qadar ushlab turish tartibi | 224-modda. Jinoyat ishi qoʻzgʻatilgunga qadar ushlab turish tartibi |
Ichki ishlar organi xodimi, boshqa vakolatli shaxs ushlab turishning ushbu Kodeksning 221-moddasida koʻrsatilgan asoslaridan bittasi mavjudligini bevosita aniqlasa yoki boshqa shohidlarning soʻzlaridan aniqlasa: | Ichki ishlar organi xodimi, boshqa vakolatli shaxs ushlab turishning ushbu Kodeksning 221-moddasida koʻrsatilgan asoslaridan bittasi mavjudligini bevosita aniqlasa yoki boshqa shohidlarning soʻzlaridan aniqlasa: |
1) oʻzini tanishtirishi va ushlab turilgan shaxsning talabiga koʻra oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishi; | 1) oʻzini tanishtirishi va ushlab turilgan shaxsning talabiga koʻra oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishi; |
2) gumon qilinuvchiga u jinoyat sodir etishda gumon qilib ushlanganligini maʼlum qilishi; | 2) gumon qilinuvchiga u jinoyat sodir etishda gumon qilib ushlanganligini maʼlum qilishi; |
3) ushlab turilgan shaxsga advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon qilish yoki xabar berish, himoyachiga ega boʻlish, koʻrsatuvlar berishni rad etishga boʻlgan protsessual huquqlarini tushuntirishi; | 3) ushlab turilgan shaxsga advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon qilish yoki xabar berish, himoyachiga ega boʻlish, koʻrsatuvlar berishni rad etishga boʻlgan protsessual huquqlarini tushuntirishi; |
4) ushlab turilgan shaxsga u bergan koʻrsatuvlardan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning oʻziga qarshi foydalanilishi mumkinligini bildirishi; | 4) ushlab turilgan shaxsga u bergan koʻrsatuvlardan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning oʻziga qarshi foydalanilishi mumkinligini bildirishi; |
5) ushlab turilgan shaxsdan yaqin oradagi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga birga borishini talab qilishi shart. | 5) ushlab turilgan shaxsdan yaqin oradagi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga birga borishini talab qilishi shart. |
Ushlanayotgan shaxsda qurol borligi yoki u jinoyat sodir etganligini fosh qiluvchi dalillardan qutulish niyatida ekanligini taxmin qilishga yetarli asoslar mavjud boʻlsa, ushlayotgan vakolatli shaxs uni shaxsiy tintuv yoki olib qoʻyishni amalga oshirishga haqlidir. Shaxsiy tintuv oʻtkazish yoki olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnoma ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan soʻng xolislar hozirligida tuzilishi mumkin. | Ushlanayotgan shaxsda qurol borligi yoki u jinoyat sodir etganligini fosh qiluvchi dalillardan qutulish niyatida ekanligini taxmin qilishga yetarli asoslar mavjud boʻlsa, ushlayotgan vakolatli shaxs uni shaxsiy tintuv yoki olib qoʻyishni amalga oshirishga haqlidir. Shaxsiy tintuv oʻtkazish yoki olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnoma ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan soʻng xolislar hozirligida tuzilishi mumkin. |
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi shart. | Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi shart. |
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan protsessual harakatlarni bajarishni kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, ularni videoyozuv orqali qayd etmasdan amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi. Mazkur qoida ichki ishlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ binosida amalga oshiriladigan ushlab turishga nisbatan tatbiq etilmaydi. | Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan protsessual harakatlarni bajarishni kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, ularni videoyozuv orqali qayd etmasdan amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi. Mazkur qoida ichki ishlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ binosida amalga oshiriladigan ushlab turishga nisbatan tatbiq etilmaydi. |
Shaxsni ushlash videoyozuv orqali qayd etilmagan holda, ichki ishlar organi xodimi yoki boshqa vakolatli shaxs ushlab turilgan shaxs yaqin oradagi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinganidan soʻng videoyozuvdan foydalangan holda uning protsessual huquqlarini tushuntirishi shart. Ushlab turilgan shaxsga videoyozuv uni namoyish qilish orqali tanishtiriladi. | Shaxsni ushlash videoyozuv orqali qayd etilmagan holda, ichki ishlar organi xodimi yoki boshqa vakolatli shaxs ushlab turilgan shaxs yaqin oradagi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinganidan soʻng videoyozuvdan foydalangan holda uning protsessual huquqlarini tushuntirishi shart. Ushlab turilgan shaxsga videoyozuv uni namoyish qilish orqali tanishtiriladi. |
Shaxsni yalangʻochlash bilan bogʻliq shaxsiy tintuvni videoyozuv orqali qayd etish taqiqlanadi. | Shaxsni yalangʻochlash bilan bogʻliq shaxsiy tintuvni videoyozuv orqali qayd etish taqiqlanadi. |
Ushlab turish, shaxsiy tintuv qilish yoki olib qoʻyish bayonnomasiga protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilganligi haqida yozib qoʻyilib, videoyozuv materiallari bayonnomaga qoʻshib qoʻyiladi. | Ushlab turish, shaxsiy tintuv qilish yoki olib qoʻyish bayonnomasiga protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilganligi haqida yozib qoʻyilib, videoyozuv materiallari bayonnomaga qoʻshib qoʻyiladi. |
Agar ushlangan shaxs ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, gumon qilinuvchining huquqlari unga tarjimon ishtirokida birinchi soʻroqqa qadar tushuntirilib, bu haqda bayonnomaga yozib qoʻyiladi. | Agar ushlangan shaxs ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, gumon qilinuvchining huquqlari unga tarjimon ishtirokida birinchi soʻroqqa qadar tushuntirilib, bu haqda bayonnomaga yozib qoʻyiladi. |
Vakolatli shaxslar va fuqarolar qonunga xilof yoki asossiz ushlab turganlik yoxud ushlash vaqtida vakolatlari doirasidan chetga chiqqanlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi. | Vakolatli shaxslar va fuqarolar qonunga xilof yoki asossiz ushlab turganlik yoxud ushlash vaqtida vakolatlari doirasidan chetga chiqqanlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi. |
225-modda. Ushlab turish bayonnomasini tuzish va ushlab turishning asosliligini tekshirish | 225-modda. Ushlab turish bayonnomasini tuzish va ushlab turishning asosliligini tekshirish |
Ushlab turilgan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan soʻng huquqni muhofaza qiluvchi organning navbatchisi yoki boshqa xodimi ushlab turish bayonnomasini boshliqning koʻrsatmasiga binoan darhol tuzishi, unda quyidagilarni koʻrsatishi kerak: | Ushlab turilgan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan soʻng huquqni muhofaza qiluvchi organning navbatchisi yoki boshqa xodimi ushlab turish bayonnomasini boshliqning koʻrsatmasiga binoan darhol tuzishi, unda quyidagilarni koʻrsatishi kerak: |
1) bayonnoma tuzilgan joy va vaqtni; | 1) bayonnoma tuzilgan joy va vaqtni; |
2) ushbu shaxsning kimligi, kim tomonidan, qachon, qanday holatlarda, qonunda koʻrsatilgan qanday asoslarga koʻra ushlanganligini; | 2) ushbu shaxsning kimligi, kim tomonidan, qachon, qanday holatlarda, qonunda koʻrsatilgan qanday asoslarga koʻra ushlanganligini; |
3) ushlangan shaxs qanday jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotganligini; | 3) ushlangan shaxs qanday jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotganligini; |
4) ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga qaysi vaqtda olib kelinganligini; | 4) ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga qaysi vaqtda olib kelinganligini; |
5) shaxsiy tintuv qilish va olib qoʻyish natijalarini (ular oʻtkazilgan boʻlsa); | 5) shaxsiy tintuv qilish va olib qoʻyish natijalarini (ular oʻtkazilgan boʻlsa); |
6) ushlashning videoyozuv orqali qayd etilganligi (u oʻtkazilgan boʻlsa), ushlangan shaxsning videoyozuv materiallari bilan tanishganligi, shuningdek shaxsni ushlash vaqtida foydalanilgan vositalarning texnik xususiyatlarini. Bayonnomani ushlab turishning asosliligini tekshirish vazifasi topshirilgan ichki ishlar organi xodimi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimi, ushlab keltirgan vakolatli shaxs yoki fuqaro, ushlangan shaxs va xolislar imzo chekib, tasdiqlaydi. | 6) ushlashning videoyozuv orqali qayd etilganligi (u oʻtkazilgan boʻlsa), ushlangan shaxsning videoyozuv materiallari bilan tanishganligi, shuningdek shaxsni ushlash vaqtida foydalanilgan vositalarning texnik xususiyatlarini. Bayonnomani ushlab turishning asosliligini tekshirish vazifasi topshirilgan ichki ishlar organi xodimi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimi, ushlab keltirgan vakolatli shaxs yoki fuqaro, ushlangan shaxs va xolislar imzo chekib, tasdiqlaydi. |
Ichki ishlar organi xodimi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organning xodimi amalga oshirilgan ushlab turish haqida ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan eʼtiboran oʻn ikki soat ichida prokurorga yozma shaklda xabar berishi shart. | Ichki ishlar organi xodimi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organning xodimi amalga oshirilgan ushlab turish haqida ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan eʼtiboran oʻn ikki soat ichida prokurorga yozma shaklda xabar berishi shart. |
Ushlab turishning asosli ekanligini tekshirish, hujjatlarni talab qilish va koʻzdan kechirish ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay oʻtkazilishi lozim. | Ushlab turishning asosli ekanligini tekshirish, hujjatlarni talab qilish va koʻzdan kechirish ushlangan shaxs ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay oʻtkazilishi lozim. |
Ushlab turishga asos boʻlmagan taqdirda, ichki ishlar organi boʻlinmasining boshligʻi yoki boshqa vakolatli shaxs ushlanganni ozod qilish toʻgʻrisida qaror chiqaradi. Qarorning nusxasi darhol prokurorga yuboriladi. | Ushlab turishga asos boʻlmagan taqdirda, ichki ishlar organi boʻlinmasining boshligʻi yoki boshqa vakolatli shaxs ushlanganni ozod qilish toʻgʻrisida qaror chiqaradi. Qarorning nusxasi darhol prokurorga yuboriladi. |
Shaxs amalda ushlangan yoki uni jinoyat joyida ushlash bilan bogʻliq tezkor-qidiruv tadbiri amalda yakunlangan paytdan boshlab u bilan bogʻliq protsessual harakatlar amalga oshirilguniga qadar uning himoyachi bilan xoli uchrashishi taʼminlanadi. Bu haqda bayonnoma tuziladi. | Shaxs amalda ushlangan yoki uni jinoyat joyida ushlash bilan bogʻliq tezkor-qidiruv tadbiri amalda yakunlangan paytdan boshlab u bilan bogʻliq protsessual harakatlar amalga oshirilguniga qadar uning himoyachi bilan xoli uchrashishi taʼminlanadi. Bu haqda bayonnoma tuziladi. |
Ushlab turish, jinoyat ishi qoʻzgʻatish, ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qarorlar darhol gumon qilinuvchiga eʼlon qilinadi, ayni vaqtda unga ushbu Kodeksning 48-moddasida nazarda tutilgan huquqlari tushuntiriladi va tanlangan yoki tayinlangan himoyachiga tanishib chiqish uchun taqdim etiladi. Qaror bilan tanishtirilgani va huquqlari tushuntirilgani qarorda qayd etilib, vakolatli shaxs va ushlangan shaxs tomonidan imzolanib, tasdiqlanadi. Bunda ushlangan shaxs ushlab keltirilgan paytdan boshlab yigirma toʻrt soatdan kechiktirilmay soʻroq qilinishi lozim. | Ushlab turish, jinoyat ishi qoʻzgʻatish, ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qarorlar darhol gumon qilinuvchiga eʼlon qilinadi, ayni vaqtda unga ushbu Kodeksning 48-moddasida nazarda tutilgan huquqlari tushuntiriladi va tanlangan yoki tayinlangan himoyachiga tanishib chiqish uchun taqdim etiladi. Qaror bilan tanishtirilgani va huquqlari tushuntirilgani qarorda qayd etilib, vakolatli shaxs va ushlangan shaxs tomonidan imzolanib, tasdiqlanadi. Bunda ushlangan shaxs ushlab keltirilgan paytdan boshlab yigirma toʻrt soatdan kechiktirilmay soʻroq qilinishi lozim. |
226-modda. Ushlab turish muddati | 226-modda. Ushlab turish muddati |
Ushlab turish muddati shaxs amalda ushlangan paytdan (erkin harakatlanishga boʻlgan huquqlarning haqiqiy cheklangan payti) eʼtiboran koʻpi bilan qirq sakkiz soatni tashkil etadi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan zarur va yetarli asoslar taqdim etilganda ushlab turish sudning qarori bilan qoʻshimcha ravishda qirq sakkiz soatga uzaytirilishi mumkin. | Ushlab turish muddati shaxs amalda ushlangan paytdan (erkin harakatlanishga boʻlgan huquqlarning haqiqiy cheklangan payti) eʼtiboran koʻpi bilan qirq sakkiz soatni tashkil etadi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan zarur va yetarli asoslar taqdim etilganda ushlab turish sudning qarori bilan qoʻshimcha ravishda qirq sakkiz soatga uzaytirilishi mumkin. |
Ushlab turish muddati tugagunga qadar va asoslar mavjud boʻlganda shaxs ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi, unga ayb eʼlon qilinishi, ushbu Kodeksning 109 — 112-moddalaridagi qoidalar boʻyicha soʻroq qilinishi va ushbu Kodeksning 236 — 240-moddalari qoidalariga amal qilgan holda ehtiyot chorasini tanlash haqidagi masala hal qilinishi zarur. | Ushlab turish muddati tugagunga qadar va asoslar mavjud boʻlganda shaxs ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi, unga ayb eʼlon qilinishi, ushbu Kodeksning 109 — 112-moddalaridagi qoidalar boʻyicha soʻroq qilinishi va ushbu Kodeksning 236 — 240-moddalari qoidalariga amal qilgan holda ehtiyot chorasini tanlash haqidagi masala hal qilinishi zarur. |
Alohida hollarda, ushlab turilgan gumon qilinuvchiga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish, uy qamogʻi yoki garov tarzidagi ehtiyot choralari qoʻllanilishi mumkin. Bunda gumon qilinuvchiga u ushlangan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida ayblov eʼlon qilinishi kerak. Aks holda ehtiyot chorasi bekor qilinadi va shaxs qamoqdan yoki uy qamogʻidan ozod etiladi, garov esa garovga qoʻyuvchiga qaytariladi. Jinoyat ishi qoʻzgʻatilganidan keyin va ushlab turishning butun muddati mobaynida ishni yuritish oʻziga taalluqli boʻlgan surishtiruvchi va tergovchi jinoyatni sodir etish holatlarini aniqlash, ushlab turishning asosli ekanligini tekshirish uchun oʻz vakolatlari doirasida tergov harakatlari oʻtkazishi mumkin. | Alohida hollarda, ushlab turilgan gumon qilinuvchiga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish, uy qamogʻi yoki garov tarzidagi ehtiyot choralari qoʻllanilishi mumkin. Bunda gumon qilinuvchiga u ushlangan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida ayblov eʼlon qilinishi kerak. Aks holda ehtiyot chorasi bekor qilinadi va shaxs qamoqdan yoki uy qamogʻidan ozod etiladi, garov esa garovga qoʻyuvchiga qaytariladi. Jinoyat ishi qoʻzgʻatilganidan keyin va ushlab turishning butun muddati mobaynida ishni yuritish oʻziga taalluqli boʻlgan surishtiruvchi va tergovchi jinoyatni sodir etish holatlarini aniqlash, ushlab turishning asosli ekanligini tekshirish uchun oʻz vakolatlari doirasida tergov harakatlari oʻtkazishi mumkin. |
227-modda. Surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish | 227-modda. Surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish |
Surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning ushlab turish, gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qarori asosida ichki ishlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimi ushlangan shaxsni ushbu Kodeksning 224-moddasi qoidalariga rioya etgan holda eng yaqin ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga darhol olib borishi shart. Amalga oshirilgan ushlab turish toʻgʻrisida ushlab turish haqida qaror chiqargan vakolatli shaxs darhol xabardor qilinishi lozim. | Surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning ushlab turish, gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qarori asosida ichki ishlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimi ushlangan shaxsni ushbu Kodeksning 224-moddasi qoidalariga rioya etgan holda eng yaqin ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga darhol olib borishi shart. Amalga oshirilgan ushlab turish toʻgʻrisida ushlab turish haqida qaror chiqargan vakolatli shaxs darhol xabardor qilinishi lozim. |
Gumon qilinuvchi haqiqiy ushlangan paytdan boshlab oʻtgan vaqt ayblanuvchini qamoqda saqlash yoki uning uy qamogʻida boʻlishi hamda Jinoyat kodeksining 62-moddasida belgilanganiga mutanosib ravishda sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga kiritiladi. | Gumon qilinuvchi haqiqiy ushlangan paytdan boshlab oʻtgan vaqt ayblanuvchini qamoqda saqlash yoki uning uy qamogʻida boʻlishi hamda Jinoyat kodeksining 62-moddasida belgilanganiga mutanosib ravishda sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga kiritiladi. |
228-modda. Ushlab turilganlarni saqlash joylari | 228-modda. Ushlab turilganlarni saqlash joylari |
Ushlangan shaxs ichki ishlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan soʻng u ozodlikdan mahrum etish joyi hisoblanmagan xizmat binolarida saqlanadi yoki vaqtincha saqlash hibsxonasi kamerasiga, ushlab turilgan harbiy xizmatchi esa gauptvaxtaga joylashtiriladi. | Ushlangan shaxs ichki ishlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan soʻng u ozodlikdan mahrum etish joyi hisoblanmagan xizmat binolarida saqlanadi yoki vaqtincha saqlash hibsxonasi kamerasiga, ushlab turilgan harbiy xizmatchi esa gauptvaxtaga joylashtiriladi. |
Ushlab turilganlarni ayrim joylarda istisno tarzida maxsus moslashtirilgan binolarda, dengiz va daryo kemalarida esa, maxsus ajratilgan kayutalarda saqlashga yoʻl qoʻyiladi. | Ushlab turilganlarni ayrim joylarda istisno tarzida maxsus moslashtirilgan binolarda, dengiz va daryo kemalarida esa, maxsus ajratilgan kayutalarda saqlashga yoʻl qoʻyiladi. |
Jazoni ijro etish muassasalarida ushlab turilganlarni saqlash uchun maxsus kameralar jihozlanadi. | Jazoni ijro etish muassasalarida ushlab turilganlarni saqlash uchun maxsus kameralar jihozlanadi. |
Ushlab turilganlarni qamoqda saqlash joylarida saqlash tartibi va shart-sharoitlari qonunda belgilanadi. | Ushlab turilganlarni qamoqda saqlash joylarida saqlash tartibi va shart-sharoitlari qonunda belgilanadi. |
230-modda. Ushlab turilganlarga uchrashish uchun ruxsat berish | 230-modda. Ushlab turilganlarga uchrashish uchun ruxsat berish |
Ushlab turilgan shaxsga himoyachi bilan uchrashuvga ushbu Kodeks 46-moddasining birinchi qismida va 48-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga koʻra ruxsat beriladi. | Ushlab turilgan shaxsga himoyachi bilan uchrashuvga ushbu Kodeks 46-moddasining birinchi qismida va 48-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga koʻra ruxsat beriladi. |
Ushlab turilgan shaxsga himoyachi bilan birinchi xoli uchrashuvga birinchi soʻroqqacha ruxsat beriladi. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanayotgan ushlab turilgan shaxsning himoyachi bilan uchrashuviga ushbu Kodeks 226-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan ehtiyot chorasi qoʻllanilishi lozim boʻlgan, muddatlar inobatga olingan holda ruxsat beriladi hamda uchrashuv surishtiruvchi, tergovchi va prokuror tomonidan ikki soatga qadar cheklanishi mumkin. | Ushlab turilgan shaxsga himoyachi bilan birinchi xoli uchrashuvga birinchi soʻroqqacha ruxsat beriladi. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanayotgan ushlab turilgan shaxsning himoyachi bilan uchrashuviga ushbu Kodeks 226-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan ehtiyot chorasi qoʻllanilishi lozim boʻlgan, muddatlar inobatga olingan holda ruxsat beriladi hamda uchrashuv surishtiruvchi, tergovchi va prokuror tomonidan ikki soatga qadar cheklanishi mumkin. |
Ushlab turilgan shaxsga qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashuvga ushlab turilgan shaxslar saqlanadigan joyning maʼmuriyati ushlab turish toʻgʻrisidagi materiallar qaysi tergovchi yoki surishtiruvchining ish yurituvida boʻlsa, faqat oʻsha tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsati asosida ijozat beradi, himoyachi bilan uchrashuv bundan mustasno. | Ushlab turilgan shaxsga qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashuvga ushlab turilgan shaxslar saqlanadigan joyning maʼmuriyati ushlab turish toʻgʻrisidagi materiallar qaysi tergovchi yoki surishtiruvchining ish yurituvida boʻlsa, faqat oʻsha tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsati asosida ijozat beradi, himoyachi bilan uchrashuv bundan mustasno. |
234-modda. Ushlab turilganni ozod qilish asoslari va tartibi | 234-modda. Ushlab turilganni ozod qilish asoslari va tartibi |
Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxs, agar: | Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxs, agar: |
1) jinoyat sodir etganligi haqidagi gumon tasdiqlanmasa; | 1) jinoyat sodir etganligi haqidagi gumon tasdiqlanmasa; |
2) ushlab turilganga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash zarurati boʻlmasa yoki uni qoʻllash sud tomonidan rad etilsa; | 2) ushlab turilganga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash zarurati boʻlmasa yoki uni qoʻllash sud tomonidan rad etilsa; |
3) ushlab turishning belgilangan muddati tugagan boʻlsa va ushlab turilganga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilmagan yoxud ushbu Kodeks 243-moddasi oʻninchi qismining 3-bandiga muvofiq ushlab turish muddati uzaytirilmagan boʻlsa, ozod qilinadi. | 3) ushlab turishning belgilangan muddati tugagan boʻlsa va ushlab turilganga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilmagan yoxud ushbu Kodeks 243-moddasi oʻninchi qismining 3-bandiga muvofiq ushlab turish muddati uzaytirilmagan boʻlsa, ozod qilinadi. |
Ushlab turilgan shaxsni ozod qilish surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga binoan ushlab turilganlar saqlanadigan joyning boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi. Ozod qilish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim ushlab turilganlar saqlanadigan joyga kelib tushishi bilan darhol ijro etiladi. | Ushlab turilgan shaxsni ozod qilish surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga binoan ushlab turilganlar saqlanadigan joyning boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi. Ozod qilish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim ushlab turilganlar saqlanadigan joyga kelib tushishi bilan darhol ijro etiladi. |
Ushlab turilgan shaxsni bundan buyon ushlab turish uchun asoslar yoʻqligi aniqlanishi bilanoq surishtiruvchi va tergovchi uni darhol ozod qilishlari shart. | Ushlab turilgan shaxsni bundan buyon ushlab turish uchun asoslar yoʻqligi aniqlanishi bilanoq surishtiruvchi va tergovchi uni darhol ozod qilishlari shart. |
Prokurorning, tergovchining yoki surishtiruvchining ushlab turilgan shaxsni ozod qilish haqidagi qarori yoxud sudning uni ushlab turish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi yoki unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi ajrimi qonunda belgilangan ushlab turish muddati ichida ushlab turilganlar saqlanadigan joyga kelib tushmasa, ushlab turilganlar saqlanadigan joyning boshligʻi bu shaxsni ozod qiladi va uning ozod qilinganligi toʻgʻrisida prokurorga, tergovchiga yoki surishtiruvchiga bildirish xati yuboradi. | Prokurorning, tergovchining yoki surishtiruvchining ushlab turilgan shaxsni ozod qilish haqidagi qarori yoxud sudning uni ushlab turish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi yoki unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi ajrimi qonunda belgilangan ushlab turish muddati ichida ushlab turilganlar saqlanadigan joyga kelib tushmasa, ushlab turilganlar saqlanadigan joyning boshligʻi bu shaxsni ozod qiladi va uning ozod qilinganligi toʻgʻrisida prokurorga, tergovchiga yoki surishtiruvchiga bildirish xati yuboradi. |
Zarur hollarda ushlab turilganlar saqlanadigan joyning maʼmuriyati ozod qilingan shaxslarning yashash joyiga tekin joʻnab ketishini taʼminlaydi; ularning iltimosiga koʻra, ushlab turilganlar saqlanadigan joyda boʻlgan vaqti haqida maʼlumotnoma beradi. | Zarur hollarda ushlab turilganlar saqlanadigan joyning maʼmuriyati ozod qilingan shaxslarning yashash joyiga tekin joʻnab ketishini taʼminlaydi; ularning iltimosiga koʻra, ushlab turilganlar saqlanadigan joyda boʻlgan vaqti haqida maʼlumotnoma beradi. |
235-modda. Ushlab turish tufayli yetkazilgan ziyonni undirish | 235-modda. Ushlab turish tufayli yetkazilgan ziyonni undirish |
Shaxsga qonunsiz ushlab turish tufayli yetkazilgan ziyon, basharti keyinchalik unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan boʻlsa yoki ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra ish tugatilgan boʻlsa, toʻliq hajmda qoplanadi. | Shaxsga qonunsiz ushlab turish tufayli yetkazilgan ziyon, basharti keyinchalik unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan boʻlsa yoki ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra ish tugatilgan boʻlsa, toʻliq hajmda qoplanadi. |
28-bob. EHTIYOT CHORALARI | 28-bob. EHTIYOT CHORALARI |
236-modda. Ehtiyot choralari qoʻllanilishining maqsad va asoslari | 236-modda. Ehtiyot choralari qoʻllanilishining maqsad va asoslari |
Ehtiyot chorasi ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan boʻyin tovlashining oldini olish; uning bundan buyongi jinoiy faoliyatining oldini olish; uning ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga halal beradigan urinishlariga yoʻl qoʻymaslik; hukmning ijro etilishini taʼminlash maqsadida qoʻllaniladi. | Ehtiyot chorasi ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan boʻyin tovlashining oldini olish; uning bundan buyongi jinoiy faoliyatining oldini olish; uning ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga halal beradigan urinishlariga yoʻl qoʻymaslik; hukmning ijro etilishini taʼminlash maqsadida qoʻllaniladi. |
Ayblanuvchi, sudlanuvchi sodir etgan, Jinoyat kodeksi 15-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatning xavfliligi tufayli u surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan yashirinishi mumkin degan oʻrinli taxmin ham qamoqda saqlash tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asos boʻlishi mumkin. | Ayblanuvchi, sudlanuvchi sodir etgan, Jinoyat kodeksi 15-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatning xavfliligi tufayli u surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan yashirinishi mumkin degan oʻrinli taxmin ham qamoqda saqlash tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asos boʻlishi mumkin. |
Ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilishini kutayotgan shaxslarga, shuningdek aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan yoki jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxslarga nisbatan ehtiyot choralari ularning qochib ketishining va boshqa ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etishining oldini olish, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash haqidagi sud ajrimining ijrosini taʼminlash maqsadida qoʻllanilishi mumkin. | Ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilishini kutayotgan shaxslarga, shuningdek aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan yoki jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxslarga nisbatan ehtiyot choralari ularning qochib ketishining va boshqa ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etishining oldini olish, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash haqidagi sud ajrimining ijrosini taʼminlash maqsadida qoʻllanilishi mumkin. |
237-modda. Ehtiyot choralarining turlari | 237-modda. Ehtiyot choralarining turlari |
Ehtiyot choralariga quyidagilar kiradi: munosib xulq-atvorda boʻlish toʻgʻrisida tilxat; shaxsiy kafillik, jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi; garov; uy qamogʻi; qamoqqa olish; voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish; harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qoʻmondonlik kuzatuvi. Bir shaxsga nisbatan bir vaqtning oʻzida ana shu choralardan faqat bittasi qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi. | Ehtiyot choralariga quyidagilar kiradi: munosib xulq-atvorda boʻlish toʻgʻrisida tilxat; shaxsiy kafillik, jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi; garov; uy qamogʻi; qamoqqa olish; voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish; harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qoʻmondonlik kuzatuvi. Bir shaxsga nisbatan bir vaqtning oʻzida ana shu choralardan faqat bittasi qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi. |
238-modda. Ehtiyot chorasini tanlashda eʼtiborga olinadigan holatlar | 238-modda. Ehtiyot chorasini tanlashda eʼtiborga olinadigan holatlar |
Ehtiyot choralaridan qaysi birini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani hal qilishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslardan tashqari qoʻyilgan aybning ogʻirligini, ayblanuvchining shaxsini, mashgʻulot turini, yoshi, sogʻligʻi, oilaviy ahvoli va boshqa holatlarni ham hisobga oladi. | Ehtiyot choralaridan qaysi birini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani hal qilishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslardan tashqari qoʻyilgan aybning ogʻirligini, ayblanuvchining shaxsini, mashgʻulot turini, yoshi, sogʻligʻi, oilaviy ahvoli va boshqa holatlarni ham hisobga oladi. |
239-modda. Ehtiyot chorasi qoʻllanilishi mumkin boʻlgan shaxslar | 239-modda. Ehtiyot chorasi qoʻllanilishi mumkin boʻlgan shaxslar |
Ehtiyot chorasi faqat ayblanuvchilarga, sudlanuvchilarga, mahkumlarga va aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan yoki jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin. | Ehtiyot chorasi faqat ayblanuvchilarga, sudlanuvchilarga, mahkumlarga va aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan yoki jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin. |
Alohida hollarda, ishni sudga qadar yuritish bosqichida ushlab turilgan gumon qilinuvchiga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish, uy qamogʻi yoki garov tarzidagi ehtiyot choralari qoʻllanilishi mumkin. | Alohida hollarda, ishni sudga qadar yuritish bosqichida ushlab turilgan gumon qilinuvchiga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish, uy qamogʻi yoki garov tarzidagi ehtiyot choralari qoʻllanilishi mumkin. |
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi: | Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi: |
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati aʼzosiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli palatasi yoki uning Kengashi roziligi bilan; | 1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati aʼzosiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli palatasi yoki uning Kengashi roziligi bilan; |
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan; | 2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan; |
21) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan; | 21) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan; |
3) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashining deputatiga nisbatan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, tegishli xalq deputatlari Kengashi roziligi bilan; | 3) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashining deputatiga nisbatan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, tegishli xalq deputatlari Kengashi roziligi bilan; |
4) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roziligi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining, tumanlararo maʼmuriy sudlarining va Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudlarining sudyalariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligi bilan; | 4) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roziligi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarining, tumanlararo iqtisodiy sudlarning, tumanlararo maʼmuriy sudlarining va Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudlarining sudyalariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligi bilan; |
41) Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining aʼzosiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining roziligi bilan; | 41) Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining aʼzosiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining roziligi bilan; |
5) prokuror va prokuratura tergovchisiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan qoʻllanilishi mumkin. | 5) prokuror va prokuratura tergovchisiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan qoʻllanilishi mumkin. |
240-modda. Ehtiyot chorasini qoʻllash, bekor qilish, oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim | 240-modda. Ehtiyot chorasini qoʻllash, bekor qilish, oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim |
Ehtiyot chorasi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori va sudning ajrimi bilan qoʻllanilishi, bekor qilinishi va oʻzgartirilishi mumkin. | Ehtiyot chorasi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori va sudning ajrimi bilan qoʻllanilishi, bekor qilinishi va oʻzgartirilishi mumkin. |
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida qoʻllanilgan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi shaxsni bundan keyin qamoqda saqlash yoki uning uy qamogʻida boʻlishi uchun asoslar mavjud boʻlmaganda prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan ehtiyot choralari toʻgʻrisida qaror chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin. Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasining bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi ushbu ehtiyot chorasini aynan oʻsha shaxsga nisbatan qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga takroran murojaat etishga monelik qilmaydi. | Ishni sudga qadar yuritish bosqichida qoʻllanilgan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi shaxsni bundan keyin qamoqda saqlash yoki uning uy qamogʻida boʻlishi uchun asoslar mavjud boʻlmaganda prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan ehtiyot choralari toʻgʻrisida qaror chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin. Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasining bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi ushbu ehtiyot chorasini aynan oʻsha shaxsga nisbatan qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga takroran murojaat etishga monelik qilmaydi. |
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida sud tomonidan qoʻllanilgan garov tarzidagi ehtiyot chorasi uni bundan buyon qoʻllash uchun asoslar mavjud boʻlmaganda, xuddi shuningdek ish yuritish tugatilgan taqdirda, mazkur ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida qaror chiqargan sud albatta xabardor etilgan holda prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin. | Ishni sudga qadar yuritish bosqichida sud tomonidan qoʻllanilgan garov tarzidagi ehtiyot chorasi uni bundan buyon qoʻllash uchun asoslar mavjud boʻlmaganda, xuddi shuningdek ish yuritish tugatilgan taqdirda, mazkur ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida qaror chiqargan sud albatta xabardor etilgan holda prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin. |
Ehtiyot chorasini qoʻllash, bekor qilish, oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda: shaxsning qanday jinoyatni sodir etishda ayblanayotganligi; ehtiyot chorasi qanday qonuniy asoslarga tayanib qoʻllanganligi yoxud tegishli dalillar keltirish yoʻli bilan bu asoslar yoʻqligi yoki oʻzgargani; ehtiyot chorasini tanlashga taʼsir qiluvchi, qonun bilan belgilangan holatlarni hisobga olib, ehtiyot choralarini qoʻllash, bekor qilish yoki oʻzgartirish zaruratini izohlovchi sabablar koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Qaror yoki ajrim kimga nisbatan chiqarilgan boʻlsa, shu shaxsga darhol eʼlon qilinadi, shaxsning ogʻir kasalligi yoki uning qochib ketganligi tufayli eʼlon qilinishi mumkin boʻlmagan hollar bundan mustasno. | Ehtiyot chorasini qoʻllash, bekor qilish, oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda: shaxsning qanday jinoyatni sodir etishda ayblanayotganligi; ehtiyot chorasi qanday qonuniy asoslarga tayanib qoʻllanganligi yoxud tegishli dalillar keltirish yoʻli bilan bu asoslar yoʻqligi yoki oʻzgargani; ehtiyot chorasini tanlashga taʼsir qiluvchi, qonun bilan belgilangan holatlarni hisobga olib, ehtiyot choralarini qoʻllash, bekor qilish yoki oʻzgartirish zaruratini izohlovchi sabablar koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Qaror yoki ajrim kimga nisbatan chiqarilgan boʻlsa, shu shaxsga darhol eʼlon qilinadi, shaxsning ogʻir kasalligi yoki uning qochib ketganligi tufayli eʼlon qilinishi mumkin boʻlmagan hollar bundan mustasno. |
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilingan yoxud oʻzgartirilgan taqdirda, qamoqda yoki uy qamogʻida boʻlgan shaxs darhol ozod qilinishi kerak. | Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilingan yoxud oʻzgartirilgan taqdirda, qamoqda yoki uy qamogʻida boʻlgan shaxs darhol ozod qilinishi kerak. |
241-modda. Ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat berish va protest bildirish | 241-modda. Ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat berish va protest bildirish |
Ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror ustidan tergovni nazorat qilayotgan, uni bekor qilishga yoki oʻzgartirishga haqli boʻlgan prokurorga shikoyat berilishi mumkin. Prokuror shikoyatni olgan paytdan eʼtiboran uch sutka ichida uni koʻrib chiqishi hamda shikoyat bergan shaxsni oʻz qaroridan xabardor etishi shart. | Ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror ustidan tergovni nazorat qilayotgan, uni bekor qilishga yoki oʻzgartirishga haqli boʻlgan prokurorga shikoyat berilishi mumkin. Prokuror shikoyatni olgan paytdan eʼtiboran uch sutka ichida uni koʻrib chiqishi hamda shikoyat bergan shaxsni oʻz qaroridan xabardor etishi shart. |
Surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida qamoqqa olish, uy qamogʻi, garov tarzidagi ehtiyot choralarini qoʻllash haqidagi yoki qamoqda saqlash, uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi yoxud uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash haqidagi masala yuzasidan sudning ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrim chiqargan sud orqali beriladi, ushbu sud ularni yigirma toʻrt soat ichida materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudi mazkur materiallarni ular shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay koʻrib chiqishi kerak. | Surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida qamoqqa olish, uy qamogʻi, garov tarzidagi ehtiyot choralarini qoʻllash haqidagi yoki qamoqda saqlash, uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi yoxud uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash haqidagi masala yuzasidan sudning ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrim chiqargan sud orqali beriladi, ushbu sud ularni yigirma toʻrt soat ichida materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak. |
Shikoyat yoki protest berilishi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi masala boʻyicha qaror ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi. | Shikoyat yoki protest berilishi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi masala boʻyicha qaror ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi. |
Sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxs mazkur ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan u tegishli vakolatli organga keltirilgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida sud tartibida shikoyat qilishga haqli. | Sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxs mazkur ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan u tegishli vakolatli organga keltirilgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida sud tartibida shikoyat qilishga haqli. |
242-modda. Qamoqqa olish | 242-modda. Qamoqqa olish |
Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish Jinoyat kodeksida uch yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir hamda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha qoʻllaniladi. | Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish Jinoyat kodeksida uch yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir hamda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha qoʻllaniladi. |
Alohida hollarda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlgan taqdirda: | Alohida hollarda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlgan taqdirda: |
ayblanuvchi, sudlanuvchi tergov va suddan yashiringanida; | ayblanuvchi, sudlanuvchi tergov va suddan yashiringanida; |
ushlab turilgan gumon qilinuvchining shaxsi aniqlanmaganida; | ushlab turilgan gumon qilinuvchining shaxsi aniqlanmaganida; |
ilgari qoʻllanilgan ehtiyot chorasi ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan buzilganida; | ilgari qoʻllanilgan ehtiyot chorasi ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan buzilganida; |
ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, sudlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlmaganida; | ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, sudlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlmaganida; |
jinoyat ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash davrida sodir etilganida, qoʻllanilishi mumkin. | jinoyat ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash davrida sodir etilganida, qoʻllanilishi mumkin. |
2421-modda. Uy qamogʻi | 2421-modda. Uy qamogʻi |
Uy qamogʻi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asoslar mavjud boʻlganida uning yoshini, sogʻligʻi holatini, oilaviy ahvolini va boshqa holatlarni hisobga olgan holda qamoqqa olish maqsadga nomuvofiq deb topilgan taqdirda qoʻllaniladi. | Uy qamogʻi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asoslar mavjud boʻlganida uning yoshini, sogʻligʻi holatini, oilaviy ahvolini va boshqa holatlarni hisobga olgan holda qamoqqa olish maqsadga nomuvofiq deb topilgan taqdirda qoʻllaniladi. |
Uy qamogʻi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining jamiyatdan toʻliq yoxud qisman ajratib qoʻyilib, oʻzi mulkdor, ijaraga oluvchi sifatida yoki boshqa qonuniy asoslarda yashab turgan turar joyda taqiqlar (cheklovlar) yuklatilgan, shuningdek uning ustidan nazorat amalga oshirilgan holda boʻlishidan iborat boʻladi. | Uy qamogʻi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining jamiyatdan toʻliq yoxud qisman ajratib qoʻyilib, oʻzi mulkdor, ijaraga oluvchi sifatida yoki boshqa qonuniy asoslarda yashab turgan turar joyda taqiqlar (cheklovlar) yuklatilgan, shuningdek uning ustidan nazorat amalga oshirilgan holda boʻlishidan iborat boʻladi. |
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining sogʻligʻi holatini hisobga olgan holda tibbiy muassasa uy qamogʻida saqlash joyi etib belgilanishi mumkin. | Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining sogʻligʻi holatini hisobga olgan holda tibbiy muassasa uy qamogʻida saqlash joyi etib belgilanishi mumkin. |
Uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash toʻgʻrisidagi sudning ajrimida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi duchor qilinadigan ozodlik boʻyicha aniq taqiqlar (cheklovlar), shuningdek oʻrnatilgan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish zimmasiga yuklatilayotgan organ koʻrsatiladi. | Uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash toʻgʻrisidagi sudning ajrimida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi duchor qilinadigan ozodlik boʻyicha aniq taqiqlar (cheklovlar), shuningdek oʻrnatilgan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish zimmasiga yuklatilayotgan organ koʻrsatiladi. |
Oʻziga nisbatan uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan shaxsga quyidagi taqiqlar (cheklovlar) oʻrnatilishi mumkin: | Oʻziga nisbatan uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan shaxsga quyidagi taqiqlar (cheklovlar) oʻrnatilishi mumkin: |
1) muayyan shaxslar bilan aloqada boʻlish; | 1) muayyan shaxslar bilan aloqada boʻlish; |
2) xat-xabar olish va joʻnatish; | 2) xat-xabar olish va joʻnatish; |
3) har qanday aloqa vositalaridan foydalanish va ular yordamida soʻzlashuvlar olib borish; | 3) har qanday aloqa vositalaridan foydalanish va ular yordamida soʻzlashuvlar olib borish; |
4) uy-joyni tark etish. | 4) uy-joyni tark etish. |
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi barcha taqiqlarga (cheklovlarga) yoxud ulardan ayrimlariga duchor etilishi mumkin. | Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi barcha taqiqlarga (cheklovlarga) yoxud ulardan ayrimlariga duchor etilishi mumkin. |
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi himoyachi, qonuniy vakil, belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish vazifasi zimmasiga yuklatilgan organ, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud bilan soʻzlashish uchun, shuningdek zaruriyat yuzaga kelgan taqdirda, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni, tez tibbiy yordamni, yongʻin xavfsizligi xizmatini, qutqaruv xizmatini va boshqa shoshilinch xizmatlarni chaqirish uchun telefon aloqasidan foydalanish huquqidan cheklanishi mumkin emas. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻz yashash joyidagi uy qamogʻini ijro etish zimmasiga yuklatilgan ichki ishlar organiga har bir shunday qoʻngʻiroq haqida xabar beradi. | Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi himoyachi, qonuniy vakil, belgilangan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish vazifasi zimmasiga yuklatilgan organ, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud bilan soʻzlashish uchun, shuningdek zaruriyat yuzaga kelgan taqdirda, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni, tez tibbiy yordamni, yongʻin xavfsizligi xizmatini, qutqaruv xizmatini va boshqa shoshilinch xizmatlarni chaqirish uchun telefon aloqasidan foydalanish huquqidan cheklanishi mumkin emas. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻz yashash joyidagi uy qamogʻini ijro etish zimmasiga yuklatilgan ichki ishlar organiga har bir shunday qoʻngʻiroq haqida xabar beradi. |
Qamoqqa olinganning yashash joyi qoʻriqlanishi mumkin. Zarur hollarda uning xulq-atvori ustidan nazorat oʻrnatiladi. | Qamoqqa olinganning yashash joyi qoʻriqlanishi mumkin. Zarur hollarda uning xulq-atvori ustidan nazorat oʻrnatiladi. |
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining uy-joyidan chiqishi boʻyicha oʻrnatilgan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etishi ustidan nazorat amalga oshirilayotganda ichki ishlar organi uning yashash joyida boʻlishini sutkaning istalgan vaqtida tekshirishga haqli. | Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining uy-joyidan chiqishi boʻyicha oʻrnatilgan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etishi ustidan nazorat amalga oshirilayotganda ichki ishlar organi uning yashash joyida boʻlishini sutkaning istalgan vaqtida tekshirishga haqli. |
Tekshirish kunduzgi vaqtda koʻpi bilan bir marta va tungi vaqtda koʻpi bilan bir marta oʻtkaziladi. | Tekshirish kunduzgi vaqtda koʻpi bilan bir marta va tungi vaqtda koʻpi bilan bir marta oʻtkaziladi. |
Zarur hollarda, uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxsga nisbatan elektron kuzatish vositalari qoʻllanilishi mumkin. | Zarur hollarda, uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxsga nisbatan elektron kuzatish vositalari qoʻllanilishi mumkin. |
Uy qamogʻini ijro etish gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining yashash joyidagi ichki ishlar organi zimmasiga yuklatiladi. | Uy qamogʻini ijro etish gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining yashash joyidagi ichki ishlar organi zimmasiga yuklatiladi. |
Agar tibbiy koʻrsatuvlarga koʻra gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi sogʻliqni saqlash muassasasiga olib kelingan va yotqizilgan boʻlsa, sud oʻrnatgan taqiqlarning (cheklovlarning) amal qilishi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini oʻzgartirish yoxud bekor qilish masalasi prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi sud tomonidan hal etilguniga qadar davom etadi. Tegishli sogʻliqni saqlash muassasasining hududi uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini ijro etish joyi hisoblanadi. | Agar tibbiy koʻrsatuvlarga koʻra gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi sogʻliqni saqlash muassasasiga olib kelingan va yotqizilgan boʻlsa, sud oʻrnatgan taqiqlarning (cheklovlarning) amal qilishi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini oʻzgartirish yoxud bekor qilish masalasi prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi sud tomonidan hal etilguniga qadar davom etadi. Tegishli sogʻliqni saqlash muassasasining hududi uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini ijro etish joyi hisoblanadi. |
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi surishtiruv organiga yoki dastlabki tergov organiga, shuningdek sudga nazorat qiluvchi organning transport vositasida olib boriladi. | Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi surishtiruv organiga yoki dastlabki tergov organiga, shuningdek sudga nazorat qiluvchi organning transport vositasida olib boriladi. |
Uy qamogʻida jamiyatdan toʻliq ajratib qoʻyilgan sharoitda boʻlgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachi, qonuniy vakil bilan uchrashuvlari ushbu ehtiyot chorasi ijro etilayotgan joyda oʻtkaziladi. | Uy qamogʻida jamiyatdan toʻliq ajratib qoʻyilgan sharoitda boʻlgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachi, qonuniy vakil bilan uchrashuvlari ushbu ehtiyot chorasi ijro etilayotgan joyda oʻtkaziladi. |
Uy qamogʻining muddati, uni uzaytirish va uning ustidan shikoyat qilish tartibi ushbu Kodeksning 241, 243, 245 — 248-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar bilan belgilanadi. | Uy qamogʻining muddati, uni uzaytirish va uning ustidan shikoyat qilish tartibi ushbu Kodeksning 241, 243, 245 — 248-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar bilan belgilanadi. |
Oʻrnatilgan taqiqlar (cheklovlar) uy qamogʻida boʻlgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan buzilgan taqdirda unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilishi mumkin. | Oʻrnatilgan taqiqlar (cheklovlar) uy qamogʻida boʻlgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan buzilgan taqdirda unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilishi mumkin. |
243-modda. Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash tartibi | 243-modda. Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash tartibi |
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi faqat ushlab turilgan gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxsga nisbatan qoʻllanilishi mumkin. | Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi faqat ushlab turilgan gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxsga nisbatan qoʻllanilishi mumkin. |
Qonunda nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda va surishtiruv yoki dastlabki tergov davomida qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanganda prokuror, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi. | Qonunda nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda va surishtiruv yoki dastlabki tergov davomida qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanganda prokuror, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi. |
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorda ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini qamoqqa olish yoki uni uy qamogʻiga joylashtirish zaruratini keltirib chiqargan asoslar bayon qilinadi. | Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorda ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini qamoqqa olish yoki uni uy qamogʻiga joylashtirish zaruratini keltirib chiqargan asoslar bayon qilinadi. |
Prokuror qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, iltimosnoma qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror va zarur materiallarni sudga yuboradi. Agar iltimosnoma ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qoʻzgʻatilayotgan boʻlsa, qaror va koʻrsatilgan materiallar ushlab turish muddati tugashidan kamida sakkiz soat oldin sudga taqdim qilinishi kerak. | Prokuror qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, iltimosnoma qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror va zarur materiallarni sudga yuboradi. Agar iltimosnoma ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qoʻzgʻatilayotgan boʻlsa, qaror va koʻrsatilgan materiallar ushlab turish muddati tugashidan kamida sakkiz soat oldin sudga taqdim qilinishi kerak. |
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma jinoyat sodir qilingan yoki surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi boʻlmaganida esa yoxud qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi materialni koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. | Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma jinoyat sodir etilgan yoki surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmaganda esa yoxud qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi materialni koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. |
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida, materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran sakkiz soat ichida, lekin ushlab turishning eng koʻp muddatidan kechiktirmay koʻrib chiqiladi. | Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida, materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran sakkiz soat ichida, lekin ushlab turishning eng koʻp muddatidan kechiktirmay koʻrib chiqiladi. |
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma prokuror, himoyachi, ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida koʻrib chiqiladi. Ushlab turilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sud majlisiga olib kelinadi. Sud majlisida gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining qonuniy vakili, shuningdek surishtiruvchi, tergovchi ishtirok etishga haqli. Zarur boʻlgan hollarda surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin. | Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma prokuror, himoyachi, ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida koʻrib chiqiladi. Ushlab turilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sud majlisiga olib kelinadi. Sud majlisida gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining qonuniy vakili, shuningdek surishtiruvchi, tergovchi ishtirok etishga haqli. Zarur boʻlgan hollarda surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin. |
Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi, himoyachi bundan mustasno. Qidiruv eʼlon qilingan ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma ayblanuvchining ishtirokisiz koʻrib chiqiladi. | Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi, himoyachi bundan mustasno. Qidiruv eʼlon qilingan ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma ayblanuvchining ishtirokisiz koʻrib chiqiladi. |
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokuror maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur ehtiyot chorasini qoʻllash zarurligini asoslab beradi. Shundan soʻng gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. | Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokuror maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur ehtiyot chorasini qoʻllash zarurligini asoslab beradi. Shundan soʻng gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. |
Sudya gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: | Sudya gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: |
1) qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida; | 1) qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida; |
2) qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashni rad qilish toʻgʻrisida; | 2) qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashni rad qilish toʻgʻrisida; |
21) qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashni rad qilish va uy qamogʻi yoki garov tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash toʻgʻrisida; | 21) qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashni rad qilish va uy qamogʻi yoki garov tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash toʻgʻrisida; |
22) uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashni rad qilish va garov tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash toʻgʻrisida; | 22) uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashni rad qilish va garov tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash toʻgʻrisida; |
3) taraflar qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashning asoslanganligi yoki asoslanmaganligiga doir qoʻshimcha dalillarni taqdim etishlari uchun ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatdan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirish toʻgʻrisida. | 3) taraflar qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashning asoslanganligi yoki asoslanmaganligiga doir qoʻshimcha dalillarni taqdim etishlari uchun ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatdan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirish toʻgʻrisida. |
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash rad qilingan va garov tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan taqdirda, gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini ushlab turish muddati garov kiritish imkonini berish uchun sud tomonidan koʻpi bilan qirq sakkiz soatgacha boʻlgan muddatga uzaytiriladi, koʻrsatilgan muddatda garov kiritilmagan taqdirda qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan hisoblanadi. | Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash rad qilingan va garov tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan taqdirda, gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini ushlab turish muddati garov kiritish imkonini berish uchun sud tomonidan koʻpi bilan qirq sakkiz soatgacha boʻlgan muddatga uzaytiriladi, koʻrsatilgan muddatda garov kiritilmagan taqdirda qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan hisoblanadi. |
Sudyaning qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi yoki uni qoʻllashni rad qilish toʻgʻrisidagi ajrimi u oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va darhol ijro qilinishi kerak. Sudyaning ajrimi ijro uchun prokurorga, maʼlumot uchun esa gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin. | Sudyaning qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi yoki uni qoʻllashni rad qilish toʻgʻrisidagi ajrimi u oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va darhol ijro qilinishi kerak. Sudyaning ajrimi ijro uchun prokurorga, maʼlumot uchun esa gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin. |
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan: | Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan: |
1) sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga; | 1) sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga; |
2) sudyaning ajrimini bekor qilish va gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini qamoqdan, uy qamogʻidan ozod qilish yoxud unga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashga haqli. | 2) sudyaning ajrimini bekor qilish va gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini qamoqdan, uy qamogʻidan ozod qilish yoxud unga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashga haqli. |
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash rad qilingan taqdirda, aynan oʻsha gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga qamoqqa olishni yoki uy qamogʻini qoʻllashni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi. | Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash rad qilingan taqdirda, aynan oʻsha gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga qamoqqa olishni yoki uy qamogʻini qoʻllashni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi. |
2431-modda. Uy qamogʻi boʻyicha belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) bekor qilish yoki oʻzgartirish yoxud qoʻshimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash tartibi | 2431-modda. Uy qamogʻi boʻyicha belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) bekor qilish yoki oʻzgartirish yoxud qoʻshimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash tartibi |
Uy qamogʻi boʻyicha taqiqlar (cheklovlar) asoslar mavjud boʻlganda prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan qisman bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin. | Uy qamogʻi boʻyicha taqiqlar (cheklovlar) asoslar mavjud boʻlganda prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan qisman bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin. |
Ushbu Kodeks 2421-moddasining beshinchi qismi doirasidagi uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiqlar (cheklovlar) prokurorning yoki prokurorning roziligi bilan surishtiruvchining yoxud tergovchining iltimosnomasiga koʻra sudyaning ajrimi asosida belgilanishi mumkin. | Ushbu Kodeks 2421-moddasining beshinchi qismi doirasidagi uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiqlar (cheklovlar) prokurorning yoki prokurorning roziligi bilan surishtiruvchining yoxud tergovchining iltimosnomasiga koʻra sudyaning ajrimi asosida belgilanishi mumkin. |
Uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash toʻgʻrisidagi iltimosnoma ushbu Kodeks 243-moddasining beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda tegishli sudning sudyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. | Uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash toʻgʻrisidagi iltimosnoma ushbu Kodeks 243-moddasining beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda tegishli sudning sudyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. |
Uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u qoʻshimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash zarurligini asoslab beradi. Shundan soʻng gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. | Uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u qoʻshimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash zarurligini asoslab beradi. Shundan soʻng gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. |
Sud gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: | Sud gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiqlar (cheklovlar) belgilash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: |
qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash haqida; | qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash haqida; |
qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilashni rad qilish toʻgʻrisida. | qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilashni rad qilish toʻgʻrisida. |
Sudyaning uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash haqidagi yoki qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilashni rad qilish toʻgʻrisidagi ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va darhol ijro etilishi lozim. Sudyaning ajrimi ijro etish uchun prokurorga, maʼlumot uchun esa — gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga va himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan apellyatsiya tartibida shikoyat qilinishi, protest bildirilishi mumkin. | Sudyaning uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash haqidagi yoki qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilashni rad qilish toʻgʻrisidagi ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va darhol ijro etilishi lozim. Sudyaning ajrimi ijro etish uchun prokurorga, maʼlumot uchun esa — gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga va himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan apellyatsiya tartibida shikoyat qilinishi, protest bildirilishi mumkin. |
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestni koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan: | Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestni koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan: |
1) sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmay qoldirishga; | 1) sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmay qoldirishga; |
2) sudyaning ajrimini bekor qilishga va gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilashga; | 2) sudyaning ajrimini bekor qilishga va gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilashga; |
3) sudyaning gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash toʻgʻrisidagi ajrimini bekor qilishga haqli. | 3) sudyaning gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash toʻgʻrisidagi ajrimini bekor qilishga haqli. |
244-modda. Qamoqda saqlash joylari | 244-modda. Qamoqda saqlash joylari |
Ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar tergov hibsxonasining kameralarida saqlanadi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud bir jinoyat ishi boʻyicha yoki bir necha oʻzaro bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha gumon qilinuvchilarni va ayblanuvchilarni alohida-alohida saqlash toʻgʻrisida tergov hibsxonasining maʼmuriyatiga yozma koʻrsatma berishga haqli. | Ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar tergov hibsxonasining kameralarida saqlanadi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud bir jinoyat ishi boʻyicha yoki bir necha oʻzaro bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha gumon qilinuvchilarni va ayblanuvchilarni alohida-alohida saqlash toʻgʻrisida tergov hibsxonasining maʼmuriyatiga yozma koʻrsatma berishga haqli. |
Agar qamoqqa olinganlar Jinoyat kodeksi 15-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan boʻlsa, prokurorning qaroriga yoki sudning ajrimiga koʻra tergov hibsxonasining bir kishilik kamerasida qamoqda saqlab turilishi mumkin. Bu chora voyaga yetmaganlarga, oltmish yoshdan oshganlarga, shifokorning yozma xulosasi bilan tasdiqlangan ogʻir kasallarga va ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi. | Agar qamoqqa olinganlar Jinoyat kodeksi 15-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan boʻlsa, prokurorning qaroriga yoki sudning ajrimiga koʻra tergov hibsxonasining bir kishilik kamerasida qamoqda saqlab turilishi mumkin. Bu chora voyaga yetmaganlarga, oltmish yoshdan oshganlarga, shifokorning yozma xulosasi bilan tasdiqlangan ogʻir kasallarga va ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi. |
Qamoqqa olinganlar vaqtincha saqlash hibsxonalarida oʻn sutkagacha saqlanishi mumkin. Qamoqqa olinganlarni tergov hibsxonasiga olisligi yoki lozim darajadagi qatnov yoʻllari mavjud emasligi tufayli olib borishning imkoniyati boʻlmagan hollarda, bunday shaxslar vaqtincha saqlash hibsxonalarida surishtiruvchi yoki tergovchining prokuror bilan kelishilgan qaroriga, shuningdek prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga koʻra oʻttiz sutkagacha saqlanishi mumkin. | Qamoqqa olinganlar vaqtincha saqlash hibsxonalarida oʻn sutkagacha saqlanishi mumkin. Qamoqqa olinganlarni tergov hibsxonasiga olisligi yoki lozim darajadagi qatnov yoʻllari mavjud emasligi tufayli olib borishning imkoniyati boʻlmagan hollarda, bunday shaxslar vaqtincha saqlash hibsxonalarida surishtiruvchi yoki tergovchining prokuror bilan kelishilgan qaroriga, shuningdek prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga koʻra oʻttiz sutkagacha saqlanishi mumkin. |
Qamoqqa olingan harbiy xizmatchilar gauptvaxtalarda koʻpi bilan yigirma sutkagacha, olis joylarda esa, bu ehtiyot chorasining butun amal qilish muddati mobaynida saqlanishi mumkin. Harbiy xizmatchini gauptvaxtada saqlash muddati harbiy sudlar tomonidan ishni sudda koʻrib chiqish vaqtiga, lekin koʻpi bilan oʻn besh sutkaga uzaytirilishi mumkin. Intizomiy qismga yuborishga hukm qilingan harbiy xizmatchilar hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar gauptvaxtalarda saqlanishi mumkin. | Qamoqqa olingan harbiy xizmatchilar gauptvaxtalarda koʻpi bilan yigirma sutkagacha, olis joylarda esa, bu ehtiyot chorasining butun amal qilish muddati mobaynida saqlanishi mumkin. Harbiy xizmatchini gauptvaxtada saqlash muddati harbiy sudlar tomonidan ishni sudda koʻrib chiqish vaqtiga, lekin koʻpi bilan oʻn besh sutkaga uzaytirilishi mumkin. Intizomiy qismga yuborishga hukm qilingan harbiy xizmatchilar hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar gauptvaxtalarda saqlanishi mumkin. |
Tergov harakatlarini bajarish yoki jinoyat ishlarini tergov hibsxonalari joylashgan aholi punktlari hududidan tashqarida sudda koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan hollarda, qamoqqa olinganlarni mazkur harakatlarni amalga oshirish va sud majlislarini oʻtkazish uchun har kuni olib borish imkoniyati boʻlmaganda ular tergov hibsxonalaridan vaqtincha saqlash hibsxonalariga oʻtkazilishi, lekin bir oy mobaynida koʻpi bilan oʻn sutkaga oʻtkazilishi mumkin. Bunday oʻtkazish uchun qamoqqa olinganni boshqa yerga koʻchirish toʻgʻrisidagi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi asos boʻladi. | Tergov harakatlarini bajarish yoki jinoyat ishlarini tergov hibsxonalari joylashgan aholi punktlari hududidan tashqarida sudda koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan hollarda, qamoqqa olinganlarni mazkur harakatlarni amalga oshirish va sud majlislarini oʻtkazish uchun har kuni olib borish imkoniyati boʻlmaganda ular tergov hibsxonalaridan vaqtincha saqlash hibsxonalariga oʻtkazilishi, lekin bir oy mobaynida koʻpi bilan oʻn sutkaga oʻtkazilishi mumkin. Bunday oʻtkazish uchun qamoqqa olinganni boshqa yerga koʻchirish toʻgʻrisidagi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi asos boʻladi. |
Basharti mahkum boshqa jinoyat ishi boʻyicha guvoh yoki jabrlanuvchi boʻlsa, u sud hukmi qonuniy kuchga kirganidan keyin jazoni ijro etish muassasasidan tergov hibsxonasiga oʻtkazilishi yoki tergov hibsxonasida qoldirilishi mumkin. Bu holda mahkum: Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining, shuningdek ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan uch oygacha muddatga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari roziligi bilan olti oygacha muddatga, sudning ajrimiga koʻra esa ish sudda koʻrib chiqilishi vaqtiga tergov hibsxonasida saqlanishi mumkin. | Basharti mahkum boshqa jinoyat ishi boʻyicha guvoh yoki jabrlanuvchi boʻlsa, u sud hukmi qonuniy kuchga kirganidan keyin jazoni ijro etish muassasasidan tergov hibsxonasiga oʻtkazilishi yoki tergov hibsxonasida qoldirilishi mumkin. Bu holda mahkum: Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining, shuningdek ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan uch oygacha muddatga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari roziligi bilan olti oygacha muddatga, sudning ajrimiga koʻra esa ish sudda koʻrib chiqilishi vaqtiga tergov hibsxonasida saqlanishi mumkin. |
Boshqa tumanda (shaharda) turgan mahkum boshqa yerga koʻchirish toʻgʻrisidagi surishtiruvchining yoki tergovchining prokuror bilan kelishilgan qaroriga, shuningdek prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga muvofiq boshqa yerga oʻtkaziladi. Mahkumni boshqa yerga koʻchirishni ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus boʻlinmalari zimmasiga yuklanadi. | Boshqa tumanda (shaharda) turgan mahkum boshqa yerga koʻchirish toʻgʻrisidagi surishtiruvchining yoki tergovchining prokuror bilan kelishilgan qaroriga, shuningdek prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga muvofiq boshqa yerga oʻtkaziladi. Mahkumni boshqa yerga koʻchirishni ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus boʻlinmalari zimmasiga yuklanadi. |
Qamoqqa olinganlarni qamoqda saqlash joylarida saqlash tartibi va shart-sharoitlari qonunda belgilanadi. | Qamoqqa olinganlarni qamoqda saqlash joylarida saqlash tartibi va shart-sharoitlari qonunda belgilanadi. |
245-modda. Qamoqda va uy qamogʻida saqlab turish muddati | 245-modda. Qamoqda va uy qamogʻida saqlab turish muddati |
Jinoyatlar tergov qilinayotganda qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddati koʻpi bilan uch oyni tashkil etadi. | Jinoyatlar tergov qilinayotganda qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddati koʻpi bilan uch oyni tashkil etadi. |
Qamoqda saqlab turishning yoki uy qamogʻining qonun normalarida belgilangan uch oylik muddatini: | Qamoqda saqlab turishning yoki uy qamogʻining qonun normalarida belgilangan uch oylik muddatini: |
besh oygacha uzaytirish imkoni — Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori yoki viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning iltimosnomasiga binoan; | besh oygacha uzaytirish imkoni — Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori yoki viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning iltimosnomasiga binoan; |
yetti oygacha uzaytirish imkoni — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlarining iltimosnomasiga binoan sud tomonidan koʻrib chiqiladi. | yetti oygacha uzaytirish imkoni — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlarining iltimosnomasiga binoan sud tomonidan koʻrib chiqiladi. |
Muddatni yanada uzaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan iltimosnomalarni koʻrib chiqishda sud taqdim etilgan materiallarning asosliligini, shuningdek protsessual normalar va talablarga rioya etilganligini inobatga oladi. | Muddatni yanada uzaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan iltimosnomalarni koʻrib chiqishda sud taqdim etilgan materiallarning asosliligini, shuningdek protsessual normalar va talablarga rioya etilganligini inobatga oladi. |
Qamoqda saqlab turish muddatiga ushbu Kodeksning 599-moddasiga muvofiq shaxsni Oʻzbekiston Respublikasiga ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovga koʻra uning xorijiy davlat hududida qamoqda saqlangan vaqti qoʻshib hisoblanadi. | Qamoqda saqlab turish muddatiga ushbu Kodeksning 599-moddasiga muvofiq shaxsni Oʻzbekiston Respublikasiga ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovga koʻra uning xorijiy davlat hududida qamoqda saqlangan vaqti qoʻshib hisoblanadi. |
Agar Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy davlat tomonidan ushlab berilgan shaxsni ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida belgilangan qamoqda saqlab turishning oxirgi muddati tugagan boʻlsa va ishning holatlariga koʻra qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini oʻzgartirish mumkin boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlarining iltimosnomasiga binoan sud ushbu Kodeksning 247-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda, qamoqda saqlab turishning qoʻshimcha muddatini belgilashga haqli, ammo ushbu muddat shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha saqlash hibsxonasiga yoxud tergov hibsxonasiga joylashtirilgan paytdan eʼtiboran uch oydan ortiq boʻlmasligi kerak. | Agar Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy davlat tomonidan ushlab berilgan shaxsni ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida belgilangan qamoqda saqlab turishning oxirgi muddati tugagan boʻlsa va ishning holatlariga koʻra qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini oʻzgartirish mumkin boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlarining iltimosnomasiga binoan sud ushbu Kodeksning 247-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda, qamoqda saqlab turishning qoʻshimcha muddatini belgilashga haqli, ammo ushbu muddat shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha saqlash hibsxonasiga yoxud tergov hibsxonasiga joylashtirilgan paytdan eʼtiboran uch oydan ortiq boʻlmasligi kerak. |
Tergovi tamomlangan jinoyat ishining materiallari ayblanuvchiga va uning himoyachisiga tanishib chiqish uchun ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida yoxud ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan qamoqda saqlab turishning oxirgi muddati tugashidan kamida bir oy oldin taqdim etilgan boʻlishi lozim. | Tergovi tamomlangan jinoyat ishining materiallari ayblanuvchiga va uning himoyachisiga tanishib chiqish uchun ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida yoxud ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan qamoqda saqlab turishning oxirgi muddati tugashidan kamida bir oy oldin taqdim etilgan boʻlishi lozim. |
Ayblanuvchi va uning himoyachisi ishning materiallari bilan tanishib chiqishi uchun ketgan vaqt ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini hisoblab chiqishda inobatga olinmaydi. | Ayblanuvchi va uning himoyachisi ishning materiallari bilan tanishib chiqishi uchun ketgan vaqt ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini hisoblab chiqishda inobatga olinmaydi. |
247-modda. Qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish tartibi | 247-modda. Qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish tartibi |
Ayblanuvchini qamoqda saqlab turishning yoki u uy qamogʻida boʻlishining belgilangan muddati tugashidan kamida olti sutka oldin tegishli prokuror qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi, bu qaror sudga yuboriladi. | Ayblanuvchini qamoqda saqlab turishning yoki u uy qamogʻida boʻlishining belgilangan muddati tugashidan kamida olti sutka oldin tegishli prokuror qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi, bu qaror sudga yuboriladi. |
Qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorda tergovning choʻzilib ketganligi sabablari, tekshirilishi lozim boʻlgan tusmollar va holatlar, qoʻshimcha ravishda soʻralayotgan muddat koʻrsatilishi kerak. | Qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorda tergovning choʻzilib ketganligi sabablari, tekshirilishi lozim boʻlgan tusmollar va holatlar, qoʻshimcha ravishda soʻralayotgan muddat koʻrsatilishi kerak. |
Qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma jinoyat sodir etilgan yoki surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi boʻlmagan yoxud qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi materialni koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. | Qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma jinoyat sodir etilgan yoki surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi materialni koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. |
Qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi. | Qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi. |
Qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma prokuror, ayblanuvchi, himoyachi ishtirokida koʻrib chiqiladi. Zarur hollarda surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin. | Qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma prokuror, ayblanuvchi, himoyachi ishtirokida koʻrib chiqiladi. Zarur hollarda surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin. |
Ayblanuvchi statsionar sud-psixiatriya ekspertizasidan oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan taqdirda, qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma sud tomonidan ayblanuvchining ishtirokisiz koʻrib chiqilishi mumkin. Bunda ayblanuvchining himoyachisi sud majlisida ishtirok etishi shart. | Ayblanuvchi statsionar sud-psixiatriya ekspertizasidan oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan taqdirda, qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma sud tomonidan ayblanuvchining ishtirokisiz koʻrib chiqilishi mumkin. Bunda ayblanuvchining himoyachisi sud majlisida ishtirok etishi shart. |
Sudya qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: | Sudya qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: |
1) qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida; | 1) qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida; |
2) qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirishni rad qilish toʻgʻrisida. | 2) qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirishni rad qilish toʻgʻrisida. |
Sudyaning qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish haqidagi yoki qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirishni rad qilish toʻgʻrisidagi ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va darhol ijro qilinishi kerak. Sudyaning ajrimi ijro uchun prokurorga, maʼlumot uchun esa ayblanuvchiga, himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin. | Sudyaning qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish haqidagi yoki qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirishni rad qilish toʻgʻrisidagi ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va darhol ijro qilinishi kerak. Sudyaning ajrimi ijro uchun prokurorga, maʼlumot uchun esa ayblanuvchiga, himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin. |
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan: | Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan: |
1) sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga; | 1) sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga; |
2) sudyaning ajrimini bekor qilish va qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirishni rad etishga yoxud qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirishga haqli. Qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddati tugab, ozod etilgan ayblanuvchiga nisbatan qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddati uzaytirilgan taqdirda, sud unga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashi kerak. | 2) sudyaning ajrimini bekor qilish va qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirishni rad etishga yoxud qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirishga haqli. Qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddati tugab, ozod etilgan ayblanuvchiga nisbatan qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddati uzaytirilgan taqdirda, sud unga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashi kerak. |
248-modda. Qonunga xilof ravishda qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻiga joylashtirish tufayli yetkazilgan zararni qoplash | 248-modda. Qonunga xilof ravishda qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻiga joylashtirish tufayli yetkazilgan zararni qoplash |
Ehtiyot chorasi tariqasida qonunga xilof ravishda qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻiga joylashtirish tufayli shaxsga yetkazilgan ziyon, basharti keyinchalik unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan boʻlsa yoki jinoyat ishi ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra tugatilgan boʻlsa, toʻliq hajmda qoplanadi. Bunda ushbu Kodeksning yettinchi boʻlimi qoidalari qoʻllaniladi. | Ehtiyot chorasi tariqasida qonunga xilof ravishda qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻiga joylashtirish tufayli shaxsga yetkazilgan ziyon, basharti keyinchalik unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan boʻlsa yoki jinoyat ishi ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra tugatilgan boʻlsa, toʻliq hajmda qoplanadi. Bunda ushbu Kodeksning yettinchi boʻlimi qoidalari qoʻllaniladi. |
249-modda. Garov | 249-modda. Garov |
Garov gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qarindoshlari, boshqa fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan surishtiruv, dastlabki tergov organining yoxud sudning depozit hisobvaragʻiga topshiriladigan pul mablagʻidan yoki qimmatbaho buyumlardan iboratdir. Garov tariqasida koʻchmas mulk ham qabul qilinishi mumkin. | Garov gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qarindoshlari, boshqa fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan surishtiruv, dastlabki tergov organining yoxud sudning depozit hisobvaragʻiga topshiriladigan pul mablagʻidan yoki qimmatbaho buyumlardan iboratdir. Garov tariqasida koʻchmas mulk ham qabul qilinishi mumkin. |
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan sud tomonidan pul tarzidagi garov qoʻllanilgan taqdirda, garov surishtiruv yoki dastlabki tergov organining depozit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. | Ishni sudga qadar yuritish bosqichida gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga nisbatan sud tomonidan pul tarzidagi garov qoʻllanilgan taqdirda, garov surishtiruv yoki dastlabki tergov organining depozit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. |
Garovni qabul qilish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror bayonnoma tuzadi, sud esa sud majlisi bayonnomasiga tegishlicha belgi qoʻyadi. Bayonnomada gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga uning ushbu Kodeksning 46 va 48-moddalarida koʻrsatilgan majburiyatlari tushuntirilganligi va u bu majburiyatlarni buzmaslikka soʻz berganligi, garovga qoʻyuvchiga esa gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda garov summasidan mahrum boʻlishi maʼlum qilinganligi koʻrsatilishi kerak. Bayonnoma garovni qabul qilgan mansabdor shaxs, garovga qoʻyuvchi va gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan imzolanadi. | Garovni qabul qilish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror bayonnoma tuzadi, sud esa sud majlisi bayonnomasiga tegishlicha belgi qoʻyadi. Bayonnomada gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga uning ushbu Kodeksning 46 va 48-moddalarida koʻrsatilgan majburiyatlari tushuntirilganligi va u bu majburiyatlarni buzmaslikka soʻz berganligi, garovga qoʻyuvchiga esa gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda garov summasidan mahrum boʻlishi maʼlum qilinganligi koʻrsatilishi kerak. Bayonnoma garovni qabul qilgan mansabdor shaxs, garovga qoʻyuvchi va gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan imzolanadi. |
Garov summasi bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan kam boʻlishi mumkin emas va uni ushbu ehtiyot chorasini tanlagan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ayblovning ogʻirligini, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining va garovga qoʻyuvchining shaxsini, garovga qoʻyuvchining mulkiy ahvolini hamda uning gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan munosabatlarini inobatga olgan holda belgilaydi. | Garov summasi bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan kam boʻlishi mumkin emas va uni ushbu ehtiyot chorasini tanlagan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ayblovning ogʻirligini, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining va garovga qoʻyuvchining shaxsini, garovga qoʻyuvchining mulkiy ahvolini hamda uning gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan munosabatlarini inobatga olgan holda belgilaydi. |
Garovga qoʻyuvchi garovni topshirish chogʻida, shu ehtiyot chorasi tanlangan ayblovning mohiyati, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga tayinlanishi mumkin boʻlgan jazo va oʻzining javobgarligi toʻgʻrisida xabardor qilinishi kerak. U oʻzi qabul qilgan majburiyatlaridan garovning davlat mulkiga oʻtib ketishi uchun sabab boʻladigan asoslar yuzaga kelguniga qadar voz kechishi mumkin. | Garovga qoʻyuvchi garovni topshirish chogʻida, shu ehtiyot chorasi tanlangan ayblovning mohiyati, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga tayinlanishi mumkin boʻlgan jazo va oʻzining javobgarligi toʻgʻrisida xabardor qilinishi kerak. U oʻzi qabul qilgan majburiyatlaridan garovning davlat mulkiga oʻtib ketishi uchun sabab boʻladigan asoslar yuzaga kelguniga qadar voz kechishi mumkin. |
Garovga qoʻyuvchi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining xulq-atvorini kuzatishga imkoni boʻlmaganligini bahona qilishga haqli emas, bundan u bartaraf etib boʻlmaydigan vaziyatning taʼsirini isbotlab beradigan hollar mustasno. | Garovga qoʻyuvchi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining xulq-atvorini kuzatishga imkoni boʻlmaganligini bahona qilishga haqli emas, bundan u bartaraf etib boʻlmaydigan vaziyatning taʼsirini isbotlab beradigan hollar mustasno. |
Agar ehtiyot chorasini oʻzgartirish uni tanlash shart-sharoitlari buzilganligi tufayli roʻy bermayotgan boʻlsa, xuddi shuningdek ish boʻyicha ish yuritish tugatilgan yoxud sud hukmi kuchga kirgan taqdirda garov garovga qoʻyuvchiga qaytariladi. | Agar ehtiyot chorasini oʻzgartirish uni tanlash shart-sharoitlari buzilganligi tufayli roʻy bermayotgan boʻlsa, xuddi shuningdek ish boʻyicha ish yuritish tugatilgan yoxud sud hukmi kuchga kirgan taqdirda garov garovga qoʻyuvchiga qaytariladi. |
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini buzgan taqdirda garov sud ajrimi bilan davlat mulkiga oʻtkaziladi va gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga nisbatan jiddiyroq ehtiyot chorasi qoʻllaniladi. | Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini buzgan taqdirda garov sud ajrimi bilan davlat mulkiga oʻtkaziladi va gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga nisbatan jiddiyroq ehtiyot chorasi qoʻllaniladi. |
250-modda. Munosib xulq-atvorda boʻlish haqidagi tilxat | 250-modda. Munosib xulq-atvorda boʻlish haqidagi tilxat |
Munosib xulq-atvorda boʻlish haqidagi tilxat ayblanuvchining yoki sudlanuvchining surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga tergov va suddan yashirinmaslik, jinoyat ishi boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilmaslik, jinoiy faoliyat bilan shugʻullanmaslik, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruvi bilan yetib kelish haqida bergan yozma majburiyatidan iboratdir. Tilxat beruvchi shaxs bundan tashqari oʻz zimmasiga surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning ijozatisiz ushbu aholi punktidan chiqib ketmaslik va shu aholi punkti doirasida istiqomat joyini oʻzgartirsa, bu haqda ularni xabardor qilish majburiyatini oladi. | Munosib xulq-atvorda boʻlish haqidagi tilxat ayblanuvchining yoki sudlanuvchining surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga tergov va suddan yashirinmaslik, jinoyat ishi boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilmaslik, jinoiy faoliyat bilan shugʻullanmaslik, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruvi bilan yetib kelish haqida bergan yozma majburiyatidan iboratdir. Tilxat beruvchi shaxs bundan tashqari oʻz zimmasiga surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning ijozatisiz ushbu aholi punktidan chiqib ketmaslik va shu aholi punkti doirasida istiqomat joyini oʻzgartirsa, bu haqda ularni xabardor qilish majburiyatini oladi. |
Ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini buzgan taqdirda unga nisbatan jiddiyroq ehtiyot chorasi qoʻllanilishi mumkin, bu haqda u tilxat olish chogʻida ogohlantiriladi. | Ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini buzgan taqdirda unga nisbatan jiddiyroq ehtiyot chorasi qoʻllanilishi mumkin, bu haqda u tilxat olish chogʻida ogohlantiriladi. |
251-modda. Shaxsiy kafillik | 251-modda. Shaxsiy kafillik |
Shaxsiy kafillik ishonchga sazovor boʻlgan shaxslarning ayblanuvchi, sudlanuvchi munosib xulq-atvorda boʻlishiga kafil ekanliklari haqida yozma majburiyat olishidan iboratdir. | Shaxsiy kafillik ishonchga sazovor boʻlgan shaxslarning ayblanuvchi, sudlanuvchi munosib xulq-atvorda boʻlishiga kafil ekanliklari haqida yozma majburiyat olishidan iboratdir. |
Kafillar sonini surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud belgilaydi. Alohida hollarda yuksak ishonchga sazovor boʻlgan bitta shaxs ham kafil boʻlishi mumkin. | Kafillar sonini surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud belgilaydi. Alohida hollarda yuksak ishonchga sazovor boʻlgan bitta shaxs ham kafil boʻlishi mumkin. |
Kafillar ushbu ehtiyot chorasi qoʻllanilishiga sabab boʻlgan ayblovning mohiyati, ayblanuvchiga qoʻllanilishi mumkin boʻlgan jazo, oldini olish maqsadida kafillik tariqasidagi ehtiyot chorasi koʻrilgan harakat ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan sodir etilgan taqdirda kafillarning javobgarligi haqida ogohlantirilishi lozim. Bu maʼlumotlar kafillikka berish bayonnomasida qayd qilinib, uni shu ehtiyot chorasini qoʻllayotgan mansabdor shaxs, ayblanuvchi, sudlanuvchi va kafillar imzolashi lozim yoki bu maʼlumotlar sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. Bundan tashqari, har bir kafillikka oluvchi kafillik toʻgʻrisida tilxat beradi. | Kafillar ushbu ehtiyot chorasi qoʻllanilishiga sabab boʻlgan ayblovning mohiyati, ayblanuvchiga qoʻllanilishi mumkin boʻlgan jazo, oldini olish maqsadida kafillik tariqasidagi ehtiyot chorasi koʻrilgan harakat ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan sodir etilgan taqdirda kafillarning javobgarligi haqida ogohlantirilishi lozim. Bu maʼlumotlar kafillikka berish bayonnomasida qayd qilinib, uni shu ehtiyot chorasini qoʻllayotgan mansabdor shaxs, ayblanuvchi, sudlanuvchi va kafillar imzolashi lozim yoki bu maʼlumotlar sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. Bundan tashqari, har bir kafillikka oluvchi kafillik toʻgʻrisida tilxat beradi. |
Kafillar ularni javobgarlikka tortish uchun sabab boʻladigan asoslar kelib chiqqunga qadar oʻz zimmalariga olingan majburiyatlardan voz kechishlari mumkin. | Kafillar ularni javobgarlikka tortish uchun sabab boʻladigan asoslar kelib chiqqunga qadar oʻz zimmalariga olingan majburiyatlardan voz kechishlari mumkin. |
Kafillar ayblanuvchining, sudlanuvchining xulq-atvorini kuzatishga imkoni boʻlmaganligini bahona qilishga haqli emaslar, ular bartaraf etib boʻlmaydigan vaziyatning taʼsirini isbotlab beradigan hollar bundan mustasno. | Kafillar ayblanuvchining, sudlanuvchining xulq-atvorini kuzatishga imkoni boʻlmaganligini bahona qilishga haqli emaslar, ular bartaraf etib boʻlmaydigan vaziyatning taʼsirini isbotlab beradigan hollar bundan mustasno. |
Ayblanuvchi, sudlanuvchi oldi olinishi uchun shaxsiy kafillik qoʻllanilgan harakatlarni sodir etgan taqdirda, kafil qonunda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkin. | Ayblanuvchi, sudlanuvchi oldi olinishi uchun shaxsiy kafillik qoʻllanilgan harakatlarni sodir etgan taqdirda, kafil qonunda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkin. |
252-modda. Jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi | 252-modda. Jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi |
Jamoat birlashmasi yoki jamoa ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan shaxsni kafillikka olish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir. | Jamoat birlashmasi yoki jamoa ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan shaxsni kafillikka olish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir. |
Jamoat birlashmasi yoki jamoa oʻz qarorini ayblanuvchining, sudlanuvchining munosib xulq-atvorda boʻlishiga kafil ekanligi toʻgʻrisidagi yozma majburiyat tarzida bayon qiladi. Bu majburiyat surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga taqdim qilinadi, ular jamoat birlashmasi yoki jamoaning qaroriga rozi boʻlsalar, shunday ehtiyot chorasini tanlab, bu haqda qaror yoki ajrim chiqaradilar. Ayni vaqtda jamoat birlashmasi yoki jamoa vakiliga ushbu ehtiyot chorasi qoʻllanilishiga sabab boʻlgan ayblovning mohiyati, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga esa, basharti xulq-atvori nomunosib boʻlsa, ehtiyot chorasi jiddiyrogʻi bilan almashtirilishi mumkinligi tushuntirilgani toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi. | Jamoat birlashmasi yoki jamoa oʻz qarorini ayblanuvchining, sudlanuvchining munosib xulq-atvorda boʻlishiga kafil ekanligi toʻgʻrisidagi yozma majburiyat tarzida bayon qiladi. Bu majburiyat surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga taqdim qilinadi, ular jamoat birlashmasi yoki jamoaning qaroriga rozi boʻlsalar, shunday ehtiyot chorasini tanlab, bu haqda qaror yoki ajrim chiqaradilar. Ayni vaqtda jamoat birlashmasi yoki jamoa vakiliga ushbu ehtiyot chorasi qoʻllanilishiga sabab boʻlgan ayblovning mohiyati, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga esa, basharti xulq-atvori nomunosib boʻlsa, ehtiyot chorasi jiddiyrogʻi bilan almashtirilishi mumkinligi tushuntirilgani toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi. |
Ayblanuvchi, sudlanuvchi boshqa ishga oʻtgan yoxud istiqomat joyini oʻzgartirgan taqdirda jamoat birlashmasi yoki jamoa bu haqda ehtiyot chorasini tanlagan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga darhol xabar berishi shart. Bunday hollarda jamoa kafilligi bekor qilinadi va boshqa ehtiyot chorasi bilan almashtirilishi mumkin. | Ayblanuvchi, sudlanuvchi boshqa ishga oʻtgan yoxud istiqomat joyini oʻzgartirgan taqdirda jamoat birlashmasi yoki jamoa bu haqda ehtiyot chorasini tanlagan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga darhol xabar berishi shart. Bunday hollarda jamoa kafilligi bekor qilinadi va boshqa ehtiyot chorasi bilan almashtirilishi mumkin. |
Ayblanuvchining, sudlanuvchining xulq-atvori nomunosib boʻlgan taqdirda jamoat birlashmasi yoki jamoa kafillikdan voz kechishga haqlidir. | Ayblanuvchining, sudlanuvchining xulq-atvori nomunosib boʻlgan taqdirda jamoat birlashmasi yoki jamoa kafillikdan voz kechishga haqlidir. |
253-modda. Voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish | 253-modda. Voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish |
Voyaga yetmaganlarni ota-onalari, vasiylari, homiylari, bolalar muassasasining maʼmuriyati kuzatuv ostiga olishi uchun topshirish ushbu Kodeksning 556-moddasida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi. | Voyaga yetmaganlarni ota-onalari, vasiylari, homiylari, bolalar muassasasining maʼmuriyati kuzatuv ostiga olishi uchun topshirish ushbu Kodeksning 556-moddasida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi. |
254-modda. Harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qoʻmondonlik kuzatuvi | 254-modda. Harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qoʻmondonlik kuzatuvi |
Ayblanayotgan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi yoki oʻquv yigʻiniga chaqirilgan harbiy xizmatga majbur shaxs surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi boʻyicha harbiy qism, qoʻshilma, harbiy muassasa, harbiy oʻquv yurti qoʻmondonligining kuzatuviga berilishi mumkin. | Ayblanayotgan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchisi yoki oʻquv yigʻiniga chaqirilgan harbiy xizmatga majbur shaxs surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi boʻyicha harbiy qism, qoʻshilma, harbiy muassasa, harbiy oʻquv yurti qoʻmondonligining kuzatuviga berilishi mumkin. |
Qoʻmondonlik kuzatuvi qonunchilikda nazarda tutilgan va ayblanuvchining munosib xulq-atvorda boʻlishini taʼminlaydigan choralarni koʻrishdan iborat. | Qoʻmondonlik kuzatuvi qonunchilikda nazarda tutilgan va ayblanuvchining munosib xulq-atvorda boʻlishini taʼminlaydigan choralarni koʻrishdan iborat. |
Ushbu ehtiyot chorasini qoʻllash, bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori va sudning ajrimi qoʻmondonlik uchun majburiydir, unga harbiy xizmatchi ustidan kuzatuv oʻrnatish zaruratini keltirib chiqargan ayblovning mohiyati tushuntirilishi lozim. Oldini olish maqsadida mazkur ehtiyot chorasi qoʻllanilgan harakatlar ayblanuvchi tomonidan sodir etilgan taqdirda, qoʻmondonlik surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni yoki sudni bu haqda darhol xabardor qilishi shart. | Ushbu ehtiyot chorasini qoʻllash, bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori va sudning ajrimi qoʻmondonlik uchun majburiydir, unga harbiy xizmatchi ustidan kuzatuv oʻrnatish zaruratini keltirib chiqargan ayblovning mohiyati tushuntirilishi lozim. Oldini olish maqsadida mazkur ehtiyot chorasi qoʻllanilgan harakatlar ayblanuvchi tomonidan sodir etilgan taqdirda, qoʻmondonlik surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni yoki sudni bu haqda darhol xabardor qilishi shart. |
281-bob. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish | 281-bob. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish |
2541-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish maqsadi va asoslari | 2541-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish maqsadi va asoslari |
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan boʻyin tovlashining oldini olish, uning bundan keyingi jinoiy faoliyatining oldini olish, hukmning ijro etilishini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi. | Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan boʻyin tovlashining oldini olish, uning bundan keyingi jinoiy faoliyatining oldini olish, hukmning ijro etilishini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi. |
Ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasportdan (harakatlanish hujjatidan) foydalanib, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishi yoki xorijda harakatlanishi mumkin, deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud boʻlsa, mazkur pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi toʻxtatib turilishi mumkin. | Ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasportdan (harakatlanish hujjatidan) foydalanib, xorijda harakatlanishi mumkin, deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud boʻlsa, mazkur pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi toʻxtatib turilishi mumkin. |
Ayblanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish haqidagi masala esa, ushbu Kodeksning 423-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi. | Ayblanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish haqidagi masala esa, ushbu Kodeksning 423-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi. |
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish faqat davlatlararo yoki xalqaro qidiruv eʼlon qilingan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchi shaxsga nisbatan qoʻllaniladi. | Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish faqat davlatlararo yoki xalqaro qidiruv eʼlon qilingan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchi shaxsga nisbatan qoʻllaniladi. |
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tugatishga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning huquqiy maqomini bekor qilishga sabab boʻlmaydi. | Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tugatishga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning huquqiy maqomini bekor qilishga sabab boʻlmaydi. |
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish deganda pasportning, biometrik pasportning, xorijga chiqish uchun biometrik pasportning va fuqaroligi boʻlmagan shaxs harakatlanish hujjatining amal qilishini vaqtinchalik toʻxtatib turish tushuniladi. | Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish deganda pasportning, biometrik pasportning, xorijga chiqish uchun biometrik pasportning va fuqaroligi boʻlmagan shaxs harakatlanish hujjatining amal qilishini vaqtinchalik toʻxtatib turish tushuniladi. |
2542-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish | 2542-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish |
Prokuror, tergovchi, surishtiruvchi pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. | Prokuror, tergovchi, surishtiruvchi pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. |
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorda pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish zaruriyati yuzaga kelishiga sabab boʻlgan asoslar bayon qilinadi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi. | Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorda pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish zaruriyati yuzaga kelishiga sabab boʻlgan asoslar bayon qilinadi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi. |
Surishtiruvchining, tergovchining pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi. | Surishtiruvchining, tergovchining pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi. |
Prokuror pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi. | Prokuror pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi. |
2543-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish | 2543-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish |
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi boʻlmagan yoxud pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi materialni koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. | Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi materialni koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. |
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi. | Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi. |
Sud majlisida prokuror, shuningdek, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi. Zarur hollarda surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin. | Sud majlisida prokuror, shuningdek, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi. Zarur hollarda surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin. |
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanib, u davlatlararo yoki xalqaro qidiruv eʼlon qilingan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatish zaruriyatini asoslab beradi. Soʻngra himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) chiqadi. | Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanib, u davlatlararo yoki xalqaro qidiruv eʼlon qilingan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatish zaruriyatini asoslab beradi. Soʻngra himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) chiqadi. |
2544-modda. Sud ajrimi | 2544-modda. Sud ajrimi |
Sudya pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: | Sudya pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: |
1) pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida; | 1) pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida; |
2) pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turishni rad etish haqida. | 2) pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turishni rad etish haqida. |
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sudyaning ajrimida: qidiruv eʼlon qilingan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi haqidagi maʼlumotlar; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish asoslari koʻrsatiladi. | Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sudyaning ajrimida: qidiruv eʼlon qilingan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi haqidagi maʼlumotlar; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish asoslari koʻrsatiladi. |
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turishni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak. | Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turishni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak. |
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi yoki pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turishni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi u oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi ijro etish uchun prokurorga, maʼlumot uchun esa, himoyachiga yuboriladi. | Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi yoki pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turishni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi u oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi ijro etish uchun prokurorga, maʼlumot uchun esa, himoyachiga yuboriladi. |
Sudyaning ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan eʼtiboran qirq sakkiz soat ichida ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan shikoyat berilishi yoxud apellyatsiya tartibida prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrimni chiqargan sud orqali berilib, mazkur sud qirq sakkiz soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. | Sudyaning ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan eʼtiboran qirq sakkiz soat ichida ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan shikoyat berilishi yoxud apellyatsiya tartibida prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrimni chiqargan sud orqali berilib, mazkur sud qirq sakkiz soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. |
Shikoyat yoki protest berish pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sudyaning ajrimi ijrosini toʻxtatib turadi. | Shikoyat yoki protest berish pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sudyaning ajrimi ijrosini toʻxtatib turadi. |
Apellyatsiya instansiyasi sudi mazkur materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga ular kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay koʻrib chiqishi kerak. | Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak. |
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan: | Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan: |
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa, qanoatlantirmasdan qoldirishga; | sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa, qanoatlantirmasdan qoldirishga; |
sudyaning ajrimini bekor qilishga va pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turishga yoki pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turishni rad etishga haqli. | sudyaning ajrimini bekor qilishga va pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turishga yoki pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turishni rad etishga haqli. |
2545-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan shikoyat berish | 2545-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan shikoyat berish |
Pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sudyaning ajrimi ustidan u tegishli vakolatli organga keltirilgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida sud tartibida shikoyat qilishga haqli. | Pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sudyaning ajrimi ustidan u tegishli vakolatli organga keltirilgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida sud tartibida shikoyat qilishga haqli. |
2546-modda. Amal qilishi toʻxtatib turilgan pasport (harakatlanish hujjati) oʻrniga yangi pasport(harakatlanish hujjati) berish | 2546-modda. Amal qilishi toʻxtatib turilgan pasport (harakatlanish hujjati) oʻrniga yangi pasport(harakatlanish hujjati) berish |
Ayblov hukmi chiqarilganda yoki ushbu Kodeksning 84-moddasi asosida aybdorlik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishi tugatilganda surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning qaroriga koʻra qonunchilikda belgilangan tartibda yangi pasport (harakatlanish hujjati) berilishi bilan pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi tiklanadi. | Ayblov hukmi chiqarilganda yoki ushbu Kodeksning 84-moddasi asosida aybdorlik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishi tugatilganda surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning qaroriga koʻra qonunchilikda belgilangan tartibda yangi pasport (harakatlanish hujjati) berilishi bilan pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi tiklanadi. |
282-bob. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAN CHIQISH HUQUQINI VAQTINCHA CHEKLASH 2547-modda. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashning maqsadi va asoslari Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilmagan, biroq Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketib, surishtiruvdan, dastlabki tergovdan yoxud suddan uzrli sabablarsiz boʻyin tovlashi mumkin deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud boʻlganda qoʻllaniladi. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchining Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash haqidagi masala esa ushbu Kodeksning 423-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi. 2548-modda. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish Prokuror, tergovchi, surishtiruvchi Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorda chiqish huquqini vaqtincha cheklash zaruriyatining yuzaga kelishiga sabab boʻlgan asoslar bayon etiladi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi surishtiruvchining yoki tergovchining qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi. Prokuror Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi. 2549-modda. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi materialni koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi. Sud majlisida prokuror, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, shuningdek, agar ishda ishtirok etayotgan boʻlsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi. Zarur hollarda, surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanib, u gumon qilinuvchining, ayblanuvchining Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash zaruriyatini asoslab beradi. Keyin himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi. 25410-modda. Sud ajrimi Sudya Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: 1) Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida; 2) Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni rad etish haqida. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi sudyaning ajrimida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi haqidagi maʼlumotlar, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash asoslari koʻrsatiladi. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi yoki Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi ijro etish uchun ichki ishlar organlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlariga yuboriladi, maʼlumot uchun prokurorga, surishtiruvchiga yoki tergovchiga hamda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga beriladi. Sudyaning ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ajrimi ustidan ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran qirq sakkiz soat ichida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, ularning himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan shikoyat berilishi yoxud prokuror tomonidan apellyatsiya tartibida protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrimni chiqargan sud orqali berilib, mazkur sud qirq sakkiz soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Shikoyat yoki protest berish Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi sudyaning ajrimi ijrosini toʻxtatib turmaydi. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi mazkur materiallarni ular shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan: sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga; sudyaning ajrimini bekor qilishga va Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashga yoki Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni rad etishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash rad etilgan taqdirda, mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi. 25411-modda. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash jinoyat ishi surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida tugatilganda, sudda esa jinoyat ishini tugatish haqida ajrim chiqarilganda yoki hukm qonuniy kuchga kirganda bekor qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashga zarurat qolmaganda esa ushbu chora ajrim chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan bekor qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida jinoyat protsessida ishtirok etishi zarurligi yoki sogʻligʻining yomonlashuvi va unga Oʻzbekiston Respublikasi hududida tibbiy yordam koʻrsatish imkoni yoʻqligi yoki xorijdagi yaqin qarindoshlarining vafoti bilan bogʻliq uzrli sabablar yuzaga kelgan hollarda, tegishincha prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan, shuningdek prokuror yoxud sud tomonidan, ajrim chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda bekor qilinishi mumkin. | |
29-bob. LAVOZIMDAN CHETLASHTIRISH | 29-bob. LAVOZIMDAN CHETLASHTIRISH |
255-modda. Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish asoslari va muddatlari | 255-modda. Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish asoslari va muddatlari |
Basharti ayblanuvchi, sudlanuvchi oʻz ish joyida qolsa, jinoyat ishi boʻyicha haqiqatni aniqlashga yoki jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga toʻsqinlik qiladi yoxud jinoiy faoliyatini davom ettiradi, deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud boʻlsa, ular lavozimidan chetlashtirilishi mumkin. | Basharti ayblanuvchi, sudlanuvchi oʻz ish joyida qolsa, jinoyat ishi boʻyicha haqiqatni aniqlashga yoki jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga toʻsqinlik qiladi yoxud jinoiy faoliyatini davom ettiradi, deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud boʻlsa, ular lavozimidan chetlashtirilishi mumkin. |
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqidagi masala esa ushbu Kodeksning 423, 438-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi. | Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqidagi masala esa ushbu Kodeksning 423, 438-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi. |
Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash uchun asos boʻlgan holatlar bekor boʻlguniga qadar oʻtgan vaqt mobaynida qoʻllaniladi. | Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash uchun asos boʻlgan holatlar bekor boʻlguniga qadar oʻtgan vaqt mobaynida qoʻllaniladi. |
Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasi qaror chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tomonidan bekor qilinadi. | Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasi qaror chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tomonidan bekor qilinadi. |
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qoʻllash rad qilingan yoki u bekor qilingan taqdirda, aynan oʻsha ayblanuvchiga nisbatan mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga lavozimdan chetlashtirish uchun asos boʻladigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi. | Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qoʻllash rad qilingan yoki u bekor qilingan taqdirda, aynan oʻsha ayblanuvchiga nisbatan mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga lavozimdan chetlashtirish uchun asos boʻladigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi. |
256-modda. Ishni sudga qadar yuritish bosqichida ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish | 256-modda. Ishni sudga qadar yuritish bosqichida ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish |
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish uchun asoslar mavjud boʻlganda prokuror, tergovchi va surishtiruvchi ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. | Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish uchun asoslar mavjud boʻlganda prokuror, tergovchi va surishtiruvchi ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. |
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorda: lavozimidan chetlashtiriladigan shaxs haqidagi maʼlumotlar; uning ish joyi; lavozimdan chetlashtirish asoslari koʻrsatiladi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi. | Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorda: lavozimidan chetlashtiriladigan shaxs haqidagi maʼlumotlar; uning ish joyi; lavozimdan chetlashtirish asoslari koʻrsatiladi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi. |
Surishtiruvchining, tergovchining ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi. | Surishtiruvchining, tergovchining ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi. |
Prokuror ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi. | Prokuror ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi. |
257-modda. Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish | 257-modda. Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish |
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi boʻlmagan yoxud ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi materialni koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. | Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi materialni koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. |
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida, materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi. | Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida, materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi. |
Sud majlisida prokuror, ayblanuvchi, shuningdek, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi. Zarur boʻlganda surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin. | Sud majlisida prokuror, ayblanuvchi, shuningdek, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi. Zarur boʻlganda surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin. |
Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi. | Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi. |
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash zaruratini asoslab beradi. Soʻngra ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. | Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash zaruratini asoslab beradi. Soʻngra ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. |
258-modda. Sud ajrimi | 258-modda. Sud ajrimi |
Sudya ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida yoki ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirishni rad qilish haqida ajrim chiqaradi. | Sudya ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida yoki ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirishni rad qilish haqida ajrim chiqaradi. |
Sudyaning ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi ajrimida: lavozimidan chetlashtiriladigan shaxs haqidagi maʼlumotlar; uning ish joyi; lavozimdan chetlashtirish asoslari; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga qoʻyiladigan talab koʻrsatiladi. | Sudyaning ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi ajrimida: lavozimidan chetlashtiriladigan shaxs haqidagi maʼlumotlar; uning ish joyi; lavozimdan chetlashtirish asoslari; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga qoʻyiladigan talab koʻrsatiladi. |
Sudyaning ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirishni rad qilish haqidagi ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak. | Sudyaning ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirishni rad qilish haqidagi ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak. |
Sudyaning ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi ajrimi u oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Ajrim tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga ijro uchun, prokurorga, ayblanuvchiga, himoyachiga esa maʼlumot uchun yuboriladi. | Sudyaning ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi ajrimi u oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Ajrim tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga ijro uchun, prokurorga, ayblanuvchiga, himoyachiga esa maʼlumot uchun yuboriladi. |
Sudyaning ushbu modda birinchi qismida nazarda tutilgan ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida ayblanuvchi, uning himoyachisi va qonuniy vakili, lavozimidan chetlashtirilgan ayblanuvchi ishlagan tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi yoxud prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud qirq sakkiz soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Shikoyat yoki protest berish sudning ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi ajrimi ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi. Apellyatsiya instansiyasi sudi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga ular kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmasdan koʻrib chiqishi kerak. | Sudyaning ushbu modda birinchi qismida nazarda tutilgan ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida ayblanuvchi, uning himoyachisi va qonuniy vakili, lavozimidan chetlashtirilgan ayblanuvchi ishlagan tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi yoxud prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud qirq sakkiz soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Shikoyat yoki protest berish sudning ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi ajrimi ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak. |
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan: | Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan: |
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldirishga; | sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldirishga; |
sudyaning ajrimini bekor qilish va ayblanuvchiga nisbatan lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qoʻllashga yoki mazkur protsessual majburlov chorasini bekor qilishga haqli. | sudyaning ajrimini bekor qilish va ayblanuvchiga nisbatan lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qoʻllashga yoki mazkur protsessual majburlov chorasini bekor qilishga haqli. |
259-modda. Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi ajrimni ijro etish | 259-modda. Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi ajrimni ijro etish |
Sudning ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi ajrimi korxona, muassasa, tashkilot rahbari uchun majburiy boʻlib, rahbar ajrimni olishi bilan darhol uni ijro etishi hamda bu haqda surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni va sudni xabardor qilishi shart. | Sudning ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi ajrimi korxona, muassasa, tashkilot rahbari uchun majburiy boʻlib, rahbar ajrimni olishi bilan darhol uni ijro etishi hamda bu haqda surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni va sudni xabardor qilishi shart. |
260-modda. Shaxsni lavozimidan qonunga xilof ravishda chetlashtirish oqibatida yetkazilgan ziyonni qoplash | 260-modda. Shaxsni lavozimidan qonunga xilof ravishda chetlashtirish oqibatida yetkazilgan ziyonni qoplash |
Shaxsning lavozimidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgani oqibatida yetkazilgan ziyon, basharti keyinchalik unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan yoki jinoyat ishi ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra tugatilgan boʻlsa, toʻla hajmda qoplanadi. | Shaxsning lavozimidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgani oqibatida yetkazilgan ziyon, basharti keyinchalik unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan yoki jinoyat ishi ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra tugatilgan boʻlsa, toʻla hajmda qoplanadi. |
30-bob. MAJBURIY KELTIRISH | 30-bob. MAJBURIY KELTIRISH |
261-modda. Chaqiruvga binoan hozir boʻlish majburiyati | 261-modda. Chaqiruvga binoan hozir boʻlish majburiyati |
Jinoyat ishini yuritish munosabati bilan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tomonidan belgilangan tartibda chaqirilgan shaxslar aynan koʻrsatilgan vaqtda hozir boʻlishlari shart. | Jinoyat ishini yuritish munosabati bilan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tomonidan belgilangan tartibda chaqirilgan shaxslar aynan koʻrsatilgan vaqtda hozir boʻlishlari shart. |
Uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganlari taqdirda ular majburiy keltiriladilar. | Uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganlari taqdirda ular majburiy keltiriladilar. |
262-modda. Majburiy keltirish lozim boʻlgan shaxslar | 262-modda. Majburiy keltirish lozim boʻlgan shaxslar |
Majburiy keltirish gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining, jabrlanuvchining, guvohning protsessual harakatlarda yoki sud majlisida ishtirok etishini taʼminlash uchun, basharti ular uzrsiz sabablarga koʻra kelishdan bosh tortganligi aniqlangan taqdirda, qoʻllaniladi. | Majburiy keltirish gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining, jabrlanuvchining, guvohning protsessual harakatlarda yoki sud majlisida ishtirok etishini taʼminlash uchun, basharti ular uzrsiz sabablarga koʻra kelishdan bosh tortganligi aniqlangan taqdirda, qoʻllaniladi. |
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchini oldindan chaqiruvsiz majburiy keltirish ular surishtiruv, dastlabki tergov va suddan yashirinib yurgan yoki aniq yashash joyi boʻlmagan taqdirda qoʻllanilishi mumkin. | Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchini oldindan chaqiruvsiz majburiy keltirish ular surishtiruv, dastlabki tergov va suddan yashirinib yurgan yoki aniq yashash joyi boʻlmagan taqdirda qoʻllanilishi mumkin. |
Sudlanuvchining sudga kelmaganligi sababini oldindan aniqlamasdan turib, majburiy keltirishga alohida hollarda, ishni koʻrish sudlanuvchi boʻlmaganligi sababli keyinga qoldirilayotgan va bunda uning turgan joyi toʻgʻrisida maʼlumot boʻlmagan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. | Sudlanuvchining sudga kelmaganligi sababini oldindan aniqlamasdan turib, majburiy keltirishga alohida hollarda, ishni koʻrish sudlanuvchi boʻlmaganligi sababli keyinga qoldirilayotgan va bunda uning turgan joyi toʻgʻrisida maʼlumot boʻlmagan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. |
Guvohga yoki jabrlanuvchiga nisbatan majburiy keltirishning qoʻllanilgani ularni koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikdan ozod qilmaydi. | Guvohga yoki jabrlanuvchiga nisbatan majburiy keltirishning qoʻllanilgani ularni koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikdan ozod qilmaydi. |
263-modda. Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim | 263-modda. Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim |
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror majburiy keltirish toʻgʻrisida qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Ushbu qarorda yoki ajrimda: majburiy keltirilishi kerak boʻlgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; uning protsessual mavqeyi; yashash yoki ish joyi; majburiy keltirish uchun asoslar; shaxsni qayerga va qachon olib kelish kerakligi; majburiy keltirish kimga topshirilganligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim. | Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror majburiy keltirish toʻgʻrisida qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Ushbu qarorda yoki ajrimda: majburiy keltirilishi kerak boʻlgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; uning protsessual mavqeyi; yashash yoki ish joyi; majburiy keltirish uchun asoslar; shaxsni qayerga va qachon olib kelish kerakligi; majburiy keltirish kimga topshirilganligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim. |
264-modda. Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qarorni yoki ajrimni bajarish | 264-modda. Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qarorni yoki ajrimni bajarish |
Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim ijro etish uchun ish yuritilayotgan joydagi ichki ishlar organiga topshiriladi. | Majburiy keltirish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim ijro etish uchun ish yuritilayotgan joydagi ichki ishlar organiga topshiriladi. |
Majburiy keltirilishi lozim boʻlgan shaxsni topgan ichki ishlar organining xodimi uni qaror yoki ajrim bilan tanishtirib tilxat oladi va mazkur qarorni yoki ajrimni chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoxud sudga olib keladi. Bunda qarorga (ajrimga) shaxs topilgan vaqt va joy, uni olib kelib topshirilgan vaqt,shuningdek uning majburiy keltirilishi bilan bogʻliq ariza, shikoyat va iltimoslar haqidagi maʼlumotnoma ilova qilinishi lozim. | Majburiy keltirilishi lozim boʻlgan shaxsni topgan ichki ishlar organining xodimi uni qaror yoki ajrim bilan tanishtirib tilxat oladi va mazkur qarorni yoki ajrimni chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoxud sudga olib keladi. Bunda qarorga (ajrimga) shaxs topilgan vaqt va joy, uni olib kelib topshirilgan vaqt,shuningdek uning majburiy keltirilishi bilan bogʻliq ariza, shikoyat va iltimoslar haqidagi maʼlumotnoma ilova qilinishi lozim. |
Ichki ishlar organi shaxsning qochib ketganligi, taʼtilda, xizmat safarida ekanligi, ogʻir kasalligi yoki boshqa sabablarga koʻra yoʻqligi oqibatida majburiy keltirishga imkon boʻlmaganligini aniqlasa, bu haqda maʼlumotnoma tuzadi hamda qarorni yoki ajrimni chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorga yoxud sudga xabar beradi. | Ichki ishlar organi shaxsning qochib ketganligi, taʼtilda, xizmat safarida ekanligi, ogʻir kasalligi yoki boshqa sabablarga koʻra yoʻqligi oqibatida majburiy keltirishga imkon boʻlmaganligini aniqlasa, bu haqda maʼlumotnoma tuzadi hamda qarorni yoki ajrimni chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorga yoxud sudga xabar beradi. |
31-bob. SHAXSNI TIBBIY MUASSASAGA JOYLASHTIRISH | 31-bob. SHAXSNI TIBBIY MUASSASAGA JOYLASHTIRISH |
265-modda. Sud ekspertizasini oʻtkazish uchun shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish asoslari va muddatlari | 265-modda. Sud ekspertizasini oʻtkazish uchun shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish asoslari va muddatlari |
Agar sud-tibbiyot yoki sud-psixiatriya ekspertizasini oʻtkazishda ayblanuvchini, sudlanuvchini statsionar koʻrikdan oʻtkazish zarurati vujudga kelsa, ular tegishli tibbiy muassasaga joylashtirilishi mumkin. | Agar sud-tibbiyot yoki sud-psixiatriya ekspertizasini oʻtkazishda ayblanuvchini, sudlanuvchini statsionar koʻrikdan oʻtkazish zarurati vujudga kelsa, ular tegishli tibbiy muassasaga joylashtirilishi mumkin. |
Ruhiy holati ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish va ayblov eʼlon qilish imkoniyatini istisno etadigan gumon qilinuvchi ham, agar aynan uning ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganligiga yetarlicha dalillar mavjud boʻlsa, ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy psixiatriya muassasasiga joylashtirilishi mumkin. | Ruhiy holati ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish va ayblov eʼlon qilish imkoniyatini istisno etadigan gumon qilinuvchi ham, agar aynan uning ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganligiga yetarlicha dalillar mavjud boʻlsa, ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy psixiatriya muassasasiga joylashtirilishi mumkin. |
Agar shaxsning gumon qilinuvchi tariqasida boʻlishi muddati statsionar sud-psixiatriya ekspertizasi tamom boʻlguniga qadar tugasa, uning ruhiy holati imkon bersa, unga ayblov eʼlon qilish yoki uni tibbiy psixiatriya muassasasidan ozod qilish yoxud uni tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash boʻyicha ish yuritilayotgan shaxs tariqasida eʼtirof etish toʻgʻrisida qaror chiqarish zarur. | Agar shaxsning gumon qilinuvchi tariqasida boʻlishi muddati statsionar sud-psixiatriya ekspertizasi tamom boʻlguniga qadar tugasa, uning ruhiy holati imkon bersa, unga ayblov eʼlon qilish yoki uni tibbiy psixiatriya muassasasidan ozod qilish yoxud uni tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash boʻyicha ish yuritilayotgan shaxs tariqasida eʼtirof etish toʻgʻrisida qaror chiqarish zarur. |
Jabrlanuvchilar va guvohlar tegishli sud ekspertizasini oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga majburiy joylashtirilishi mumkin emas, ular gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining Jinoyat kodeksi 15-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganligini fosh qilayotgan va ular bergan koʻrsatuvlarning ishonchliligini tekshirishning boshqa imkoniyati boʻlmagan hollar bundan mustasno. | Jabrlanuvchilar va guvohlar tegishli sud ekspertizasini oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga majburiy joylashtirilishi mumkin emas, ular gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining Jinoyat kodeksi 15-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganligini fosh qilayotgan va ular bergan koʻrsatuvlarning ishonchliligini tekshirishning boshqa imkoniyati boʻlmagan hollar bundan mustasno. |
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchini tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi masala esa ushbu Kodeksning 423, 438-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi. | Ishni sudga qadar yuritish bosqichida shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchini tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi masala esa ushbu Kodeksning 423, 438-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi. |
Shaxs tibbiy muassasaga koʻpi bilan bir oy muddatga joylashtirilishi mumkin. Alohida hollarda, shifokorlarning statsionar sud ekspertizasini oʻtkazish davomida olingan xulosasiga asosan, bu muddat sud tomonidan faqat ayblanuvchi va sudlanuvchiga nisbatan bir oygacha uzaytirilishi mumkin. Ayblanuvchining ishni sudga qadar yuritish bosqichida tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish sud tomonidan prokurorning ushbu bobda belgilangan tartibda kiritilgan iltimosnomasiga binoan, sudlanuvchining tibbiy muassasada boʻlish muddatini uzaytirish esa ushbu Kodeksning 423, 438-moddalarida belgilangan tartibda hal qilinadi. | Shaxs tibbiy muassasaga koʻpi bilan bir oy muddatga joylashtirilishi mumkin. Alohida hollarda, shifokorlarning statsionar sud ekspertizasini oʻtkazish davomida olingan xulosasiga asosan, bu muddat sud tomonidan faqat ayblanuvchi va sudlanuvchiga nisbatan bir oygacha uzaytirilishi mumkin. Ayblanuvchining ishni sudga qadar yuritish bosqichida tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish sud tomonidan prokurorning ushbu bobda belgilangan tartibda kiritilgan iltimosnomasiga binoan, sudlanuvchining tibbiy muassasada boʻlish muddatini uzaytirish esa ushbu Kodeksning 423, 438-moddalarida belgilangan tartibda hal qilinadi. |
Ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ayblanuvchi tibbiy muassasada boʻlishining belgilangan muddati tugashidan kamida olti sutka oldin tegishli prokuror tomonidan kiritiladi. | Ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ayblanuvchi tibbiy muassasada boʻlishining belgilangan muddati tugashidan kamida olti sutka oldin tegishli prokuror tomonidan kiritiladi. |
Ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash boʻyicha ish yuritilayotgan shaxs tibbiy muassasaga joylashtirilayotganda, agar mazkur muassasa qamoqqa olinganlarni yoki uy qamogʻidagi shaxslarni saqlash uchun moslashtirilgan boʻlsa, qamoqqa olish yoxud uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanishi mumkin. Boshqa holda mazkur ehtiyot chorasi bekor qilinishi yoki yengilrogʻi bilan almashtirilishi kerak. | Ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash boʻyicha ish yuritilayotgan shaxs tibbiy muassasaga joylashtirilayotganda, agar mazkur muassasa qamoqqa olinganlarni yoki uy qamogʻidagi shaxslarni saqlash uchun moslashtirilgan boʻlsa, qamoqqa olish yoxud uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanishi mumkin. Boshqa holda mazkur ehtiyot chorasi bekor qilinishi yoki yengilrogʻi bilan almashtirilishi kerak. |
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining tibbiy muassasada boʻlgan vaqti qamoqda yoki uy qamogʻida saqlash muddatiga qoʻshib hisoblanadi. | Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining tibbiy muassasada boʻlgan vaqti qamoqda yoki uy qamogʻida saqlash muddatiga qoʻshib hisoblanadi. |
266-modda. Ishni sudga qadar yuritish bosqichida shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish | 266-modda. Ishni sudga qadar yuritish bosqichida shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish |
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish uchun asoslar mavjud boʻlganda prokuror, tergovchi va surishtiruvchi shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. | Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish uchun asoslar mavjud boʻlganda prokuror, tergovchi va surishtiruvchi shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. |
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorda: tibbiy muassasaga joylashtiriladigan shaxs haqidagi maʼlumotlar va uning protsessual holati; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish asoslari; shaxs joylashtiriladigan tibbiy muassasaning nomi; ehtiyot chorasi toʻgʻrisida taklif etilayotgan qaror koʻrsatiladi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi. | Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorda: tibbiy muassasaga joylashtiriladigan shaxs haqidagi maʼlumotlar va uning protsessual holati; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish asoslari; shaxs joylashtiriladigan tibbiy muassasaning nomi; ehtiyot chorasi toʻgʻrisida taklif etilayotgan qaror koʻrsatiladi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi. |
Surishtiruvchining yoki tergovchining shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi. | Surishtiruvchining yoki tergovchining shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi. |
Prokuror shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi. | Prokuror shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi. |
267-modda. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish | 267-modda. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish |
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi boʻlmagan yoxud tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. | Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. |
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida, materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soat ichida koʻrib chiqiladi. | Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida, materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soat ichida koʻrib chiqiladi. |
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma prokuror, himoyachi, shuningdek, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, oʻziga nisbatan ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish masalasi koʻrib chiqilayotgan shaxslarning manfaatlarini ifodalovchi jabrlanuvchining vakili, guvohning advokati, qonuniy vakillar ishtirokida koʻrib chiqiladi. Tibbiy muassasaga joylashtirilayotgan shaxs, agar uning sogʻligʻi imkon bersa, sud majlisida qatnashishga haqli. Zarur hollarda surishtiruvchi yoki tergovchi sudga chaqirilishi mumkin. | Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma prokuror, himoyachi, shuningdek, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, oʻziga nisbatan ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish masalasi koʻrib chiqilayotgan shaxslarning manfaatlarini ifodalovchi jabrlanuvchining vakili, guvohning advokati, qonuniy vakillar ishtirokida koʻrib chiqiladi. Tibbiy muassasaga joylashtirilayotgan shaxs, agar uning sogʻligʻi imkon bersa, sud majlisida qatnashishga haqli. Zarur hollarda surishtiruvchi yoki tergovchi sudga chaqirilishi mumkin. |
Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi. | Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi. |
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash zaruratini asoslab beradi. Soʻngra tibbiy muassasaga joylashtirilayotgan shaxs, agar u sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. | Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur protsessual majburlov chorasini qoʻllash zaruratini asoslab beradi. Soʻngra tibbiy muassasaga joylashtirilayotgan shaxs, agar u sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. |
Ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joyda yoki tibbiy muassasa joylashgan yerda, ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi. | Ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joyda yoki tibbiy muassasa joylashgan yerda, ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi. |
Ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda sud taqdim etilgan materiallarning asosliligini, shuningdek protsessual normalarga va talablarga rioya etilganligini hisobga oladi. | Ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda sud taqdim etilgan materiallarning asosliligini, shuningdek protsessual normalarga va talablarga rioya etilganligini hisobga oladi. |
268-modda. Sud ajrimi | 268-modda. Sud ajrimi |
Sudya shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida yoki shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirishni rad qilish haqida ajrim chiqaradi. | Sudya shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida yoki shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirishni rad qilish haqida ajrim chiqaradi. |
Sudning shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi ajrimida: tibbiy muassasaga joylashtiriladigan shaxs haqidagi maʼlumotlar; uning protsessual holati; shaxs joylashtirilayotgan tibbiy muassasaning nomi; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish asoslari; ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi qaror, zarur hollarda esa, shaxsni mazkur muassasaga koʻchirish toʻgʻrisidagi farmoyish koʻrsatiladi. | Sudning shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi ajrimida: tibbiy muassasaga joylashtiriladigan shaxs haqidagi maʼlumotlar; uning protsessual holati; shaxs joylashtirilayotgan tibbiy muassasaning nomi; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish asoslari; ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi qaror, zarur hollarda esa, shaxsni mazkur muassasaga koʻchirish toʻgʻrisidagi farmoyish koʻrsatiladi. |
Sudya ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish haqida yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirishni rad qilish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. | Sudya ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish haqida yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirishni rad qilish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. |
Ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan sud ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Ajrim ijro uchun prokurorga, maʼlumot uchun esa himoyachiga, jabrlanuvchining vakiliga, guvohning advokatiga, qonuniy vakilga yuboriladi. | Ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan sud ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Ajrim ijro uchun prokurorga, maʼlumot uchun esa himoyachiga, jabrlanuvchining vakiliga, guvohning advokatiga, qonuniy vakilga yuboriladi. |
Ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan sud ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida tibbiy muassasaga joylashtirilayotgan shaxs, uning himoyachisi, jabrlanuvchining vakili, guvohning advokati va qonuniy vakil tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi yoxud prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrim chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud ularni qirq sakkiz soat ichida materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Shikoyat yoki protest berilishi sud ajrimining ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi. Apellyatsiya instansiyasi sudi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga ular kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmasdan koʻrib chiqishi kerak. | Ushbu moddaning birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan sud ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida tibbiy muassasaga joylashtirilayotgan shaxs, uning himoyachisi, jabrlanuvchining vakili, guvohning advokati va qonuniy vakil tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi yoxud prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrim chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud ularni qirq sakkiz soat ichida materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Shikoyat yoki protest berilishi sud ajrimining ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak. |
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan: | Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan: |
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldirishga; | sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldirishga; |
sudyaning ajrimini bekor qilish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qoʻllashga yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirishga yoxud mazkur protsessual majburlov chorasini bekor qilishga haqli. | sudyaning ajrimini bekor qilish va shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qoʻllashga yoki ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirishga yoxud mazkur protsessual majburlov chorasini bekor qilishga haqli. |
269-modda. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish | 269-modda. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish |
Statsionar sud-tibbiy yoki sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasini olganidan soʻng prokuror, tergovchi va surishtiruvchi qaror chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish haqida qaror chiqaradi. | Statsionar sud-tibbiy yoki sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasini olganidan soʻng prokuror, tergovchi va surishtiruvchi qaror chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish haqida qaror chiqaradi. |
Sud ekspertizasi natijalariga koʻra shaxs aqli noraso deb eʼtirof etilganda uning tibbiy muassasada bundan buyon boʻlishi toʻgʻrisidagi masala ushbu Kodeksning 61-bobi normalariga muvofiq hal etiladi, jabrlanuvchi, guvoh aqli noraso deb eʼtirof etilgan yoki shaxsning psixiatriya yordami koʻrsatish talab etiladigan boshqa turdagi ruhiy kasalligi aniqlangan hollarda esa, qonunchilikka muvofiq umumiy asoslarda hal etiladi. | Sud ekspertizasi natijalariga koʻra shaxs aqli noraso deb eʼtirof etilganda uning tibbiy muassasada bundan buyon boʻlishi toʻgʻrisidagi masala ushbu Kodeksning 61-bobi normalariga muvofiq hal etiladi, jabrlanuvchi, guvoh aqli noraso deb eʼtirof etilgan yoki shaxsning psixiatriya yordami koʻrsatish talab etiladigan boshqa turdagi ruhiy kasalligi aniqlangan hollarda esa, qonunchilikka muvofiq umumiy asoslarda hal etiladi. |
32-bob. PROTSESS ISHTIROKCHILARINING XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH. SURISHTIRUV, DASTLABKI TERGOV VA SUDDA PROTSESSUAL MAJBURIYATLAR HAMDA TARTIBNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK | 32-bob. PROTSESS ISHTIROKCHILARINING XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH. SURISHTIRUV, DASTLABKI TERGOV VA SUDDA PROTSESSUAL MAJBURIYATLAR HAMDA TARTIBNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK |
270-modda. Jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash | 270-modda. Jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash |
Jabrlanuvchi, guvoh yoki ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga, shuningdek ularning oila aʼzolari yoki yaqin qarindoshlariga oʻldirish, kuch ishlatish, mol-mulkini yoʻq qilib tashlash yoxud mol-mulkiga shikast yetkazish bilan yoki oʻzga gʻayrihuquqiy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinayotir deyish uchun yetarli maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud bu shaxslarning hayoti, salomatligi, shaʼni, qadr-qimmati va mol-mulkini muhofaza qilish, shuningdek aybdorlarni aniqlash hamda ularni javobgarlikka tortish choralarini koʻrishlari shart. | Jabrlanuvchi, guvoh yoki ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga, shuningdek ularning oila aʼzolari yoki yaqin qarindoshlariga oʻldirish, kuch ishlatish, mol-mulkini yoʻq qilib tashlash yoxud mol-mulkiga shikast yetkazish bilan yoki oʻzga gʻayrihuquqiy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinayotir deyish uchun yetarli maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud bu shaxslarning hayoti, salomatligi, shaʼni, qadr-qimmati va mol-mulkini muhofaza qilish, shuningdek aybdorlarni aniqlash hamda ularni javobgarlikka tortish choralarini koʻrishlari shart. |
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ichki ishlar organlariga ishda ishtirok etayotgan shaxslarning hayoti, salomatligi, shaʼni, qadr-qimmati va mol-mulki muhofaza qilinishini taʼminlovchi barcha zarur choralarni koʻrish xususida yozma ravishda topshiriq berishga haqlidir. | Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ichki ishlar organlariga ishda ishtirok etayotgan shaxslarning hayoti, salomatligi, shaʼni, qadr-qimmati va mol-mulki muhofaza qilinishini taʼminlovchi barcha zarur choralarni koʻrish xususida yozma ravishda topshiriq berishga haqlidir. |
Ichki ishlar organi xavf tahdid solayotgan shaxslarga doir jinoyat ishidagi mavjud maʼlumotlardan, bu xavfning ehtimol tutilgan xususiyati, manbalari, joyi, vaqti va boshqa holatlaridan xabardor etilishi lozim. | Ichki ishlar organi xavf tahdid solayotgan shaxslarga doir jinoyat ishidagi mavjud maʼlumotlardan, bu xavfning ehtimol tutilgan xususiyati, manbalari, joyi, vaqti va boshqa holatlaridan xabardor etilishi lozim. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarni himoya qilish uchun xavfsizlik choralarini qoʻllash asoslari va tartibi qonun bilan belgilanadi. | |
271-modda. Protsessual majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik | 271-modda. Protsessual majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik |
Jinoyat ishini yuritish chogʻida Jinoyat kodeksining 230 — 241-moddalarida nazarda tutilgan, odil sudlovga qarshi qaratilgan jinoyatni sodir etgan protsess ishtirokchilari ushbu Kodeksning umumiy qoidalariga binoan javobgarlikka tortiladilar. | Jinoyat ishini yuritish chogʻida Jinoyat kodeksining 230 — 241-moddalarida nazarda tutilgan, odil sudlovga qarshi qaratilgan jinoyatni sodir etgan protsess ishtirokchilari ushbu Kodeksning umumiy qoidalariga binoan javobgarlikka tortiladilar. |
Bundan tashqari protsessual majburiyatlarni buzganliklari uchun, xususan: | Bundan tashqari protsessual majburiyatlarni buzganliklari uchun, xususan: |
jabrlanuvchilar va guvohlar — surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning guvohlantirishdan, ekspertizadan oʻtish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar taqdim etish toʻgʻrisidagi qonuniy talablarini bajarishdan bosh tortganlik uchun; | jabrlanuvchilar va guvohlar — surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning guvohlantirishdan, ekspertizadan oʻtish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar taqdim etish toʻgʻrisidagi qonuniy talablarini bajarishdan bosh tortganlik uchun; |
uyida olib qoʻyish, tintuv oʻtkazilayotgan shaxslar, shuningdek, mol-mulki xatlangan shaxslar (gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va ularning yaqin qarindoshlaridan tashqari) — surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning talabi bilan izlanayotgan ashyolarni berishdan bosh tortganlik uchun; | uyida olib qoʻyish, tintuv oʻtkazilayotgan shaxslar, shuningdek, mol-mulki xatlangan shaxslar (gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va ularning yaqin qarindoshlaridan tashqari) — surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning talabi bilan izlanayotgan ashyolarni berishdan bosh tortganlik uchun; |
aloqa muassasalarining xodimlari — sudning pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi ajrimini bajarmaganlik yoki yetarli darajada bajarmaganlik uchun; | aloqa muassasalarining xodimlari — sudning pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi ajrimini bajarmaganlik yoki yetarli darajada bajarmaganlik uchun; |
mansabdor shaxslar va fuqarolar — basharti ular hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirishga, tergov eksperimenti oʻtkazishga, murdani eksgumatsiya qilishga, olib qoʻyish va tintuv oʻtkazishga toʻsqinlik qilsalar; | mansabdor shaxslar va fuqarolar — basharti ular hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirishga, tergov eksperimenti oʻtkazishga, murdani eksgumatsiya qilishga, olib qoʻyish va tintuv oʻtkazishga toʻsqinlik qilsalar; |
protsess ishtirokchilari — surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini oshkor qilganlik uchun, agar ular maʼlumotlarni oshkor qilishga yoʻl qoʻyilmasligi haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan ogohlantirilgan boʻlsalar; | protsess ishtirokchilari — surishtiruv, dastlabki tergov maʼlumotlarini yoki yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini oshkor qilganlik uchun, agar ular maʼlumotlarni oshkor qilishga yoʻl qoʻyilmasligi haqida tegishincha surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoxud sud tomonidan ogohlantirilgan boʻlsa; |
korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari — surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, mutaxassis, ekspert, tarjimon, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi, xalq maslahatchilarining kelishiga toʻsqinlik qilganlik, jinoyatning sabablariga va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarga barham berish toʻgʻrisidagi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning taqdimnomasini yoki sudning xususiy ajrimini bajarmaganlik yoxud talab darajasida bajarmaganlik uchun qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishlari mumkin. | korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari — surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, mutaxassis, ekspert, tarjimon, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi, xalq maslahatchilarining kelishiga toʻsqinlik qilganlik, jinoyatning sabablariga va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarga barham berish toʻgʻrisidagi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning taqdimnomasini yoki sudning xususiy ajrimini bajarmaganlik yoxud talab darajasida bajarmaganlik uchun qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishlari mumkin. |
272-modda. Sud majlisida tartibni buzganlik uchun javobgarlik | 272-modda. Sud majlisida tartibni buzganlik uchun javobgarlik |
Sud majlisida tartibni buzgan, raislik qiluvchining farmoyishlariga boʻysunmagan yoki sudni behurmat qilgan taqdirda tartibbuzar bunday harakatlarning takrorlanishi uni sud majlisi zalidan chiqarib yuborishga sabab boʻlajagi haqida, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan tartibbuzar esa, bundan tashqari, maʼmuriy javobgarlikka tortilishi ham mumkinligi xususida ogohlantiriladi. Bu ogohlantirish taʼsir qilmasa, protsess ishtirokchisi sudning ajrimiga, boshqa shaxslar esa, raislik qiluvchining farmoyishiga muvofiq sud majlisi zalidan chiqarib yuboriladi. Ishni koʻrish chiqarib yuborilgan shaxslarsiz davom ettiriladi. | Sud majlisida tartibni buzgan, raislik qiluvchining farmoyishlariga boʻysunmagan yoki sudni behurmat qilgan taqdirda tartibbuzar bunday harakatlarning takrorlanishi uni sud majlisi zalidan chiqarib yuborishga sabab boʻlajagi haqida, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan tartibbuzar esa, bundan tashqari, maʼmuriy javobgarlikka tortilishi ham mumkinligi xususida ogohlantiriladi. Bu ogohlantirish taʼsir qilmasa, protsess ishtirokchisi sudning ajrimiga, boshqa shaxslar esa, raislik qiluvchining farmoyishiga muvofiq sud majlisi zalidan chiqarib yuboriladi. Ishni koʻrish chiqarib yuborilgan shaxslarsiz davom ettiriladi. |
Sudning ajrimi ayblovchi yoki himoyachiga taalluqli boʻlsa, ishni eshitish keyinga qoldirilishi lozim, bir shaxsni bir necha ayblovchi ayblayotgan yoki bir necha himoyachi himoya qilayotgan hollar bundan mustasnodir. Zaldan chiqarib yuborilgan ayblovchi yoki himoyachining nomunosib xulq-atvori toʻgʻrisida sud xususiy ajrim chiqarib, uni tegishliligiga qarab, yuqori turuvchi prokurorga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga yuboradi. | Sudning ajrimi ayblovchi yoki himoyachiga taalluqli boʻlsa, ishni eshitish keyinga qoldirilishi lozim, bir shaxsni bir necha ayblovchi ayblayotgan yoki bir necha himoyachi himoya qilayotgan hollar bundan mustasnodir. Zaldan chiqarib yuborilgan ayblovchi yoki himoyachining nomunosib xulq-atvori toʻgʻrisida sud xususiy ajrim chiqarib, uni tegishliligiga qarab, yuqori turuvchi prokurorga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga yuboradi. |
Sud zalidan sudlanuvchi chiqarib yuborilgan boʻlsa, hukm uning ishtirokida eʼlon qilinishi yoki eʼlon qilinganidan keyin unga darhol maʼlum qilinib, tilxat olinishi lozim. | Sud zalidan sudlanuvchi chiqarib yuborilgan boʻlsa, hukm uning ishtirokida eʼlon qilinishi yoki eʼlon qilinganidan keyin unga darhol maʼlum qilinib, tilxat olinishi lozim. |
Sud majlisi zalidan chiqarib yuborilgan shaxs (sudlanuvchi, ayblovchi va himoyachi bundan mustasno) raislik qiluvchi tomonidan uning joyning oʻzida chiqargan ajrimiga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Ajrim sud majlisining bayonnomasida qayd etiladi. | Sud majlisi zalidan chiqarib yuborilgan shaxs (sudlanuvchi, ayblovchi va himoyachi bundan mustasno) raislik qiluvchi tomonidan uning joyning oʻzida chiqargan ajrimiga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Ajrim sud majlisining bayonnomasida qayd etiladi. |
273-modda. Sud majlisida protsessual majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlikni yuklashga qaratilgan sud harakatlari | 273-modda. Sud majlisida protsessual majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlikni yuklashga qaratilgan sud harakatlari |
Agar protsess ishtirokchisining odil sudlovga qarshi jinoyat sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishiga asoslar sud muhokamasida yoki ish apellyatsiya yoxud kassatsiya tartibida koʻrib chiqilayotganda aniqlangan boʻlsa, unda sud jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi. | Agar protsess ishtirokchisining odil sudlovga qarshi jinoyat sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishiga asoslar sud muhokamasida yoki ish apellyatsiya, kassatsiya yoxud taftish tartibida koʻrib chiqilayotganda aniqlangan boʻlsa, unda sud jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi. |
274-modda. Pul undirish va jarima solish toʻgʻrisidagi masalani sud tomonidan hal qilish tartibi | 274-modda. Pul undirish va jarima solish toʻgʻrisidagi masalani sud tomonidan hal qilish tartibi |
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda pul undirish va jarima solish jinoyat ishini koʻrish qaysi sudga taalluqli boʻlsa, shu sud tomonidan amalga oshiriladi. Protsessual majburiyatlarni yoki tartibni buzishga bevosita sud majlisida yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, jarima solish haqidagi ajrim ishni koʻrayotgan sud tomonidan shu majlisning oʻzida chiqariladi. | Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda pul undirish va jarima solish jinoyat ishini koʻrish qaysi sudga taalluqli boʻlsa, shu sud tomonidan amalga oshiriladi. Protsessual majburiyatlarni yoki tartibni buzishga bevosita sud majlisida yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, jarima solish haqidagi ajrim ishni koʻrayotgan sud tomonidan shu majlisning oʻzida chiqariladi. |
Boshqa hollarda pul undirish toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan pul undiriladigan shaxs chaqirilib hal qilinadi. Mazkur shaxsning uzrsiz sabablarga koʻra kelmasligi ishni koʻrishga monelik qilmaydi. | Boshqa hollarda pul undirish toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan pul undiriladigan shaxs chaqirilib hal qilinadi. Mazkur shaxsning uzrsiz sabablarga koʻra kelmasligi ishni koʻrishga monelik qilmaydi. |
Sud majlisida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan tartibbuzarlik toʻgʻrisida tuzilgan bayonnoma va unga ilova qilingan materiallar yoxud sud majlisi bayonnomasidan olingan tegishli koʻchirma oʻqib eshittiriladi. Shundan soʻng javobgarlikka tortilayotgan shaxsning izohlari, sud majlisida prokuror qatnashayotgan boʻlsa, uning fikri eshitiladi va ajrim chiqariladi. | Sud majlisida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan tartibbuzarlik toʻgʻrisida tuzilgan bayonnoma va unga ilova qilingan materiallar yoxud sud majlisi bayonnomasidan olingan tegishli koʻchirma oʻqib eshittiriladi. Shundan soʻng javobgarlikka tortilayotgan shaxsning izohlari, sud majlisida prokuror qatnashayotgan boʻlsa, uning fikri eshitiladi va ajrim chiqariladi. |
Tarjimonga, mutaxassisga, kafilga pul undirish yoxud sud majlisi zalida tartibni buzgan shaxsga jarima solish toʻgʻrisidagi ajrimni chiqargan sud bu ajrimning ijrosini uch oygacha muddatga kechiktirishga yoki ijroning boʻlib-boʻlib bajarilishiga ruxsat berishga haqlidir. | Tarjimonga, mutaxassisga, kafilga pul undirish yoxud sud majlisi zalida tartibni buzgan shaxsga jarima solish toʻgʻrisidagi ajrimni chiqargan sud bu ajrimning ijrosini uch oygacha muddatga kechiktirishga yoki ijroning boʻlib-boʻlib bajarilishiga ruxsat berishga haqlidir. |
BESHINCHI BOʻLIM JINOYAT NATIJASIDA YETKAZILGAN MULKIY ZIYONNI QOPLASH | BESHINCHI BOʻLIM JINOYAT NATIJASIDA YETKAZILGAN MULKIY ZIYONNI QOPLASH |
33-bob. JINOYAT PROTSESSIDA FUQAROVIY DAʼVO. BOSHQA MULKIY UNDIRISHLAR | 33-bob. JINOYAT PROTSESSIDA FUQAROVIY DAʼVO. BOSHQA MULKIY UNDIRISHLAR |
275-modda. Jinoyat protsessida koʻriladigan fuqaroviy daʼvolar | 275-modda. Jinoyat protsessida koʻriladigan fuqaroviy daʼvolar |
Bevosita jinoyat tufayli yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, shuningdek jabrlanuvchini dafn etish yoki uning statsionarda davolanish xarajatlarini hamda sugʻurta tariqasida unga toʻlangan pul, nafaqa yoki pensiya pulini undirish toʻgʻrisidagi fuqaroviy daʼvolar jinoyat protsessida koʻriladi. | Bevosita jinoyat tufayli yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, shuningdek jabrlanuvchini dafn etish yoki uning statsionarda davolanish xarajatlarini hamda sugʻurta tariqasida unga toʻlangan pul, nafaqa yoki pensiya pulini undirish toʻgʻrisidagi fuqaroviy daʼvolar jinoyat protsessida koʻriladi. |
Fuqaroviy daʼvoning sudlovga tegishliligi bu daʼvo qoʻzgʻatilgan jinoyat ishining qaysi sudlovga tegishliligiga qarab aniqlanadi. | Fuqaroviy daʼvoning sudlovga tegishliligi bu daʼvo qoʻzgʻatilgan jinoyat ishining qaysi sudlovga tegishliligiga qarab aniqlanadi. |
276-modda. Fuqaroviy daʼvoni qoʻzgʻatish | 276-modda. Fuqaroviy daʼvoni qoʻzgʻatish |
Jinoyat tufayli yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida oʻzini mulkiy ziyon koʻrgan deb hisoblovchi shaxs yoxud uning vakili jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan paytdan boshlab to sud tergovi boshlangunga qadar fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatishga haqlidir. | Jinoyat tufayli yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida oʻzini mulkiy ziyon koʻrgan deb hisoblovchi shaxs yoxud uning vakili jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan paytdan boshlab to sud tergovi boshlangunga qadar fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatishga haqlidir. |
Jinoyat sodir etish yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida mol-mulki yoʻqolgan yoki shikastlangan shaxs vafot etgan taqdirda uning merosxoʻrlari jinoyat protsessida fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatish va uni quvvatlash huquqiga ega boʻladi. | Jinoyat sodir etish yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida mol-mulki yoʻqolgan yoki shikastlangan shaxs vafot etgan taqdirda uning merosxoʻrlari jinoyat protsessida fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatish va uni quvvatlash huquqiga ega boʻladi. |
Fuqaroviy daʼvo yozma shaklda ham, ogʻzaki shaklda ham qoʻzgʻatilishi mumkin. Ogʻzaki daʼvo arizasi bayonnomaga yozib qoʻyiladi. | Fuqaroviy daʼvo yozma shaklda ham, ogʻzaki shaklda ham qoʻzgʻatilishi mumkin. Ogʻzaki daʼvo arizasi bayonnomaga yozib qoʻyiladi. |
Jinoyat protsessida fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatish, uni koʻrib chiqish va hal qilish uchun davlat boji undirilmaydi. | Jinoyat protsessida fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatish, uni koʻrib chiqish va hal qilish uchun davlat boji undirilmaydi. |
Jinoyat protsessida fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatmagan shaxs, shuningdek daʼvosi koʻrilmasdan qoldirilgan shaxs uni fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida qoʻzgʻatishga haqlidir. | Jinoyat protsessida fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatmagan shaxs, shuningdek daʼvosi koʻrilmasdan qoldirilgan shaxs uni fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida qoʻzgʻatishga haqlidir. |
277-modda. Fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etish | 277-modda. Fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etish |
Fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatilgan hollarda sodir etilgan qilmish oqibatida shaxsga mulkiy ziyon yetkazilgan deb hisoblasa, uni fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Qarorning yoki ajrimning nusxasi daʼvoni qoʻzgʻatgan shaxsga yoki uning vakiliga taqdim etiladi. Bunda fuqaroviy daʼvogarga ushbu Kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar, fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etish rad qilingan shaxsga esa, qaror ustidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi. | Fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatilgan hollarda sodir etilgan qilmish oqibatida shaxsga mulkiy ziyon yetkazilgan deb hisoblasa, uni fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Qarorning yoki ajrimning nusxasi daʼvoni qoʻzgʻatgan shaxsga yoki uning vakiliga taqdim etiladi. Bunda fuqaroviy daʼvogarga ushbu Kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar, fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etish rad qilingan shaxsga esa, qaror ustidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi. |
278-modda. Ishda fuqaroviy javobgar tariqasida ishtirok etishga jalb qilish | 278-modda. Ishda fuqaroviy javobgar tariqasida ishtirok etishga jalb qilish |
Ariza beruvchi fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etilgach va ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilgan shaxsning qilmishlari oqibatida yetkazilgan ziyon uchun qonunga koʻra boshqa shaxslar mulkiy javobgar ekanligi aniqlangach, tegishli fuqaroni yoki yuridik shaxsni ishda fuqaroviy javobgar tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Qaror yoki ajrim fuqaroviy javobgarga yoki uning vakiliga eʼlon qilinadi. Bunda ularga ushbu Kodeksning 59 va 63-moddalarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar tushuntiriladi. | Ariza beruvchi fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etilgach va ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilgan shaxsning qilmishlari oqibatida yetkazilgan ziyon uchun qonunga koʻra boshqa shaxslar mulkiy javobgar ekanligi aniqlangach, tegishli fuqaroni yoki yuridik shaxsni ishda fuqaroviy javobgar tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Qaror yoki ajrim fuqaroviy javobgarga yoki uning vakiliga eʼlon qilinadi. Bunda ularga ushbu Kodeksning 59 va 63-moddalarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar tushuntiriladi. |
279-modda. Prokurorning fuqaroviy daʼvoni qoʻzgʻatishi va uni quvvatlashi | 279-modda. Prokurorning fuqaroviy daʼvoni qoʻzgʻatishi va uni quvvatlashi |
Prokuror fuqaroviy daʼvoni qoʻzgʻatishi yoki qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvoni quvvatlashi yoxud, basharti davlat yoki jamiyat manfaatlarini yoxud fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish taqozo etsa, daʼvoga qarshi eʼtiroz bildirishi shart. | Prokuror fuqaroviy daʼvoni qoʻzgʻatishi yoki qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvoni quvvatlashi yoxud, basharti davlat yoki jamiyat manfaatlarini yoxud fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish taqozo etsa, daʼvoga qarshi eʼtiroz bildirishi shart. |
280-modda. Jinoyat protsessida fuqaroviy-protsessual qonunchilikdagi qoidalarning qoʻllanishi | 280-modda. Jinoyat protsessida fuqaroviy-protsessual qonunchilikdagi qoidalarning qoʻllanishi |
Surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida va sudda fuqaroviy daʼvo boʻyicha ish yuritish ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda olib boriladi. Fuqaroviy daʼvo boʻyicha yuzaga keladigan protsessual munosabatlar ushbu Kodeks bilan tartibga solinmagan boʻlsa, unda jinoyat protsessi prinsiplariga xilof boʻlmagan fuqaroviy-protsessual qonunchilikning qoidalari qoʻllanadi. | Surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida va sudda fuqaroviy daʼvo boʻyicha ish yuritish ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda olib boriladi. Fuqaroviy daʼvo boʻyicha yuzaga keladigan protsessual munosabatlar ushbu Kodeks bilan tartibga solinmagan boʻlsa, unda jinoyat protsessi prinsiplariga xilof boʻlmagan fuqaroviy-protsessual qonunchilikning qoidalari qoʻllanadi. |
281-modda. Ziyonni undirish asoslari, shart-sharoiti, hajmi va usuli toʻgʻrisidagi qoidalarning qoʻllanilishi. Daʼvo muddati | 281-modda. Ziyonni undirish asoslari, shart-sharoiti, hajmi va usuli toʻgʻrisidagi qoidalarning qoʻllanilishi. Daʼvo muddati |
Fuqaroviy daʼvo boʻyicha ish yuritishda ziyonni undirish asoslari, shart-sharoiti, hajmi va usuli fuqaroviy, mehnat va boshqa soha qonunchiligi qoidalariga muvofiq aniqlanadi. | Fuqaroviy daʼvo boʻyicha ish yuritishda ziyonni undirish asoslari, shart-sharoiti, hajmi va usuli fuqaroviy, mehnat va boshqa soha qonunchiligi qoidalariga muvofiq aniqlanadi. |
Boshqa soha qonunchiligida belgilangan daʼvo muddati jinoyat protsessidagi fuqaroviy daʼvoga nisbatan qoʻllanilmaydi. | Boshqa soha qonunchiligida belgilangan daʼvo muddati jinoyat protsessidagi fuqaroviy daʼvoga nisbatan qoʻllanilmaydi. |
282-modda. Daʼvoni tan olish, taraflarning oʻzaro kelishuvi va daʼvodan voz kechish oqibatlari | 282-modda. Daʼvoni tan olish, taraflarning oʻzaro kelishuvi va daʼvodan voz kechish oqibatlari |
Ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki fuqaroviy javobgarning daʼvoni tan olganligi, shuningdek fuqaroviy daʼvogar, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoxud fuqaroviy javobgarning oʻzaro kelishganlik toʻgʻrisidagi arizasi fuqaroviy daʼvo boʻyicha ish yuritishning tugatilishiga olib kelmaydi va surishtiruvchini, tergovchini fuqaroviy daʼvoga doir holatlarni sinchkovlik bilan, toʻla, har tomonlama va xolisona tekshirish majburiyatidan, sudni esa fuqaroviy daʼvoni koʻrish va hal qilish majburiyatidan ozod etmaydi. | Ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki fuqaroviy javobgarning daʼvoni tan olganligi, shuningdek fuqaroviy daʼvogar, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoxud fuqaroviy javobgarning oʻzaro kelishganlik toʻgʻrisidagi arizasi fuqaroviy daʼvo boʻyicha ish yuritishning tugatilishiga olib kelmaydi va surishtiruvchini, tergovchini fuqaroviy daʼvoga doir holatlarni sinchkovlik bilan, toʻla, har tomonlama va xolisona tekshirish majburiyatidan, sudni esa fuqaroviy daʼvoni koʻrish va hal qilish majburiyatidan ozod etmaydi. |
Daʼvodan voz kechishning qabul qilinishi daʼvo boʻyicha ish yuritishni tugatishga asos boʻladi va jinoyat protsessida ham, fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida ham fuqaroviy daʼvogarni oʻsha shaxsga xuddi shu asos bilan daʼvoni qayta qoʻzgʻatish huquqidan mahrum qiladi. | Daʼvodan voz kechishning qabul qilinishi daʼvo boʻyicha ish yuritishni tugatishga asos boʻladi va jinoyat protsessida ham, fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida ham fuqaroviy daʼvogarni oʻsha shaxsga xuddi shu asos bilan daʼvoni qayta qoʻzgʻatish huquqidan mahrum qiladi. |
283-modda. Sudning fuqaroviy daʼvoga oid hukmi va ajrimi | 283-modda. Sudning fuqaroviy daʼvoga oid hukmi va ajrimi |
Ayblov hukmini chiqarishda, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash yoki sodir etgan qilmishning xususiyatiga va oʻzining ruhiy holatiga koʻra shaxs ijtimoiy xavfli boʻlmagan hollarda bunday chorani qoʻllamaslik haqida ajrim chiqarishda sud asoslarning isbotlanishi va daʼvo hajmini eʼtiborga olib, uni toʻliq yoki qisman qanoatlantiradi yoxud uni qanoatlantirishni rad etadi. | Ayblov hukmini chiqarishda, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash yoki sodir etgan qilmishning xususiyatiga va oʻzining ruhiy holatiga koʻra shaxs ijtimoiy xavfli boʻlmagan hollarda bunday chorani qoʻllamaslik haqida ajrim chiqarishda sud asoslarning isbotlanishi va daʼvo hajmini eʼtiborga olib, uni toʻliq yoki qisman qanoatlantiradi yoxud uni qanoatlantirishni rad etadi. |
Sud oqlov hukmini chiqarayotganda, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha ishni tugatish haqida ajrim chiqarayotganda fuqaroviy daʼvoni qondirishni quyidagi hollarda rad etadi, basharti: | Sud oqlov hukmini chiqarayotganda, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha ishni tugatish haqida ajrim chiqarayotganda fuqaroviy daʼvoni qondirishni quyidagi hollarda rad etadi, basharti: |
1) jinoyat yoki ijtimoiy xavfli qilmish hodisasi yuz bermagan boʻlsa; | 1) jinoyat yoki ijtimoiy xavfli qilmish hodisasi yuz bermagan boʻlsa; |
2) sudlanuvchining yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash masalasi hal etilayotgan shaxsning sodir etilgan jinoyatga yoki ijtimoiy xavfli qilmishga daxli yoʻqligi aniqlangan boʻlsa; | 2) sudlanuvchining yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash masalasi hal etilayotgan shaxsning sodir etilgan jinoyatga yoki ijtimoiy xavfli qilmishga daxli yoʻqligi aniqlangan boʻlsa; |
3) sudlanuvchining yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash masalasi hal etilayotgan shaxsning mulkiy ziyon keltirgan harakati zaruriy mudofaa chegarasidan chiqmagan holda sodir etilgan boʻlsa. | 3) sudlanuvchining yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash masalasi hal etilayotgan shaxsning mulkiy ziyon keltirgan harakati zaruriy mudofaa chegarasidan chiqmagan holda sodir etilgan boʻlsa. |
Sudlanuvchi tomonidan sodir etilgan qilmish jinoyat deb topilmaganligi sababli u oqlangan taqdirda, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan asoslardan boshqa asoslarga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha ish yuritish tugatilganda sud daʼvoning isbotlanish darajasi va hajmini eʼtiborga olib, uni toʻliq yoki qisman qanoatlantiradi yoki qanoatlantirishni rad etadi. | Sudlanuvchi tomonidan sodir etilgan qilmish jinoyat deb topilmaganligi sababli u oqlangan taqdirda, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan asoslardan boshqa asoslarga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha ish yuritish tugatilganda sud daʼvoning isbotlanish darajasi va hajmini eʼtiborga olib, uni toʻliq yoki qisman qanoatlantiradi yoki qanoatlantirishni rad etadi. |
Daʼvoning hajmi jinoyat tavsifiga va aybdorga jazo chorasi tayinlashga taʼsir etmasa, fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirishda sud daʼvo talabi chegarasidan chiqishga haqlidir. | Daʼvoning hajmi jinoyat tavsifiga va aybdorga jazo chorasi tayinlashga taʼsir etmasa, fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirishda sud daʼvo talabi chegarasidan chiqishga haqlidir. |
Jinoyat protsessida qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvo qanoatlantirilmagan taqdirda daʼvogar shu shaxsga va xuddi shu asoslar boʻyicha fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida daʼvo qoʻzgʻatish huquqidan mahrum boʻladi. | Jinoyat protsessida qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvo qanoatlantirilmagan taqdirda daʼvogar shu shaxsga va xuddi shu asoslar boʻyicha fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida daʼvo qoʻzgʻatish huquqidan mahrum boʻladi. |
284-modda. Jinoyat narsalarini davlat egaligiga oʻtkazish | 284-modda. Jinoyat narsalarini davlat egaligiga oʻtkazish |
Jinoyat narsasi boʻlgan mol-mulk, basharti avvalgi egasiga qaytarib berilishi lozim boʻlmasa, sud hukmi bilan davlat egaligiga oʻtkaziladi. Bu mol-mulk topilmagan boʻlsa, sud hukmi bilan, jinoyat ishi tugatilgan boʻlsa, sudning fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida chiqargan hal qiluv qaroriga koʻra uning qiymati davlat foydasiga undiriladi. | Jinoyat narsasi boʻlgan mol-mulk, basharti avvalgi egasiga qaytarib berilishi lozim boʻlmasa, sud hukmi bilan davlat egaligiga oʻtkaziladi. Bu mol-mulk topilmagan boʻlsa, sud hukmi bilan, jinoyat ishi tugatilgan boʻlsa, sudning fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida chiqargan hal qiluv qaroriga koʻra uning qiymati davlat foydasiga undiriladi. |
285-modda. Jinoiy yoʻl bilan orttirilgan mol-mulkning bundan buyon kimga tegishli boʻlishini belgilash | 285-modda. Jinoiy yoʻl bilan orttirilgan mol-mulkning bundan buyon kimga tegishli boʻlishini belgilash |
Ayblanuvchi tomonidan jinoiy yoʻl bilan orttirilgan pullar, buyumlar va boshqa boyliklar sud hukmi bilan yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash uchun sarflanadi, ziyonni qoplashdan ortgan summa esa, davlat foydasiga oʻtkaziladi. | Ayblanuvchi tomonidan jinoiy yoʻl bilan orttirilgan pullar, buyumlar va boshqa boyliklar sud hukmi bilan yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash uchun sarflanadi, ziyonni qoplashdan ortgan summa esa, davlat foydasiga oʻtkaziladi. |
Jinoyat narsasi boʻlmish mol-mulk uchinchi shaxslarda topilib, ulardan tortib olingan va tegishligiga qarab, qaytarilgan boʻlsa, sudlanuvchi tomonidan ushbu mol-mulkni sotish yoʻli bilan orttirilgan pullar, buyumlar va boshqa boyliklar sud hukmi bilan davlat egaligiga oʻtkaziladi. Mol-mulkni insofli egallovchiga bu mol-mulk egasiga qaytarilishi natijasida yetkazilgan ziyonni undirish haqida mahkumga nisbatan fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida daʼvo qoʻzgʻatish huquqi tushuntiriladi. | Jinoyat narsasi boʻlmish mol-mulk uchinchi shaxslarda topilib, ulardan tortib olingan va tegishligiga qarab, qaytarilgan boʻlsa, sudlanuvchi tomonidan ushbu mol-mulkni sotish yoʻli bilan orttirilgan pullar, buyumlar va boshqa boyliklar sud hukmi bilan davlat egaligiga oʻtkaziladi. Mol-mulkni insofli egallovchiga bu mol-mulk egasiga qaytarilishi natijasida yetkazilgan ziyonni undirish haqida mahkumga nisbatan fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida daʼvo qoʻzgʻatish huquqi tushuntiriladi. |
286-modda. Hukmning fuqaroviy daʼvo va boshqa mulkiy undirishlar bilan bogʻliq qismini ijro etish | 286-modda. Hukmning fuqaroviy daʼvo va boshqa mulkiy undirishlar bilan bogʻliq qismini ijro etish |
Hukmning va tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrimning fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirishga, shuningdek boshqa mulkiy undirishlarga oid qismi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ijro etiladi. | Hukmning va tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrimning fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirishga, shuningdek boshqa mulkiy undirishlarga oid qismi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ijro etiladi. |
34-bob. MOL-MULKNI JABRLANUVCHI YOKI FUQAROVIY DAʼVOGARGA QAYTARISH | 34-bob. MOL-MULKNI JABRLANUVCHI YOKI FUQAROVIY DAʼVOGARGA QAYTARISH |
287-modda. Yoʻqolgan mol-mulkni qaytarish | 287-modda. Yoʻqolgan mol-mulkni qaytarish |
Jinoyat sodir etilishi natijasida jabrlanuvchi yoki yuridik shaxsning yoʻqolgan va ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan mol-mulki egasiga qaytarilishi lozim. Jabrlanuvchi vafot etgan taqdirda uning mol-mulki merosxoʻrlariga, tugatilgan yuridik shaxsning mol-mulki esa, uning huquq vorisiga oʻtkaziladi. | Jinoyat sodir etilishi natijasida jabrlanuvchi yoki yuridik shaxsning yoʻqolgan va ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan mol-mulki egasiga qaytarilishi lozim. Jabrlanuvchi vafot etgan taqdirda uning mol-mulki merosxoʻrlariga, tugatilgan yuridik shaxsning mol-mulki esa, uning huquq vorisiga oʻtkaziladi. |
Egasini aniqlab boʻlmagan mol-mulk davlat egaligiga oʻtkaziladi. | Egasini aniqlab boʻlmagan mol-mulk davlat egaligiga oʻtkaziladi. |
Mol-mulkni qaytarib berish yoki uni davlat egaligiga oʻtkazish sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrimiga asosan, ish tugatilganda esa, surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sudning ajrimiga koʻra amalga oshiriladi. | Mol-mulkni qaytarib berish yoki uni davlat egaligiga oʻtkazish sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrimiga asosan, ish tugatilganda esa, surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sudning ajrimiga koʻra amalga oshiriladi. |
288-modda. Mol-mulk qiymatini undirib berish toʻgʻrisida daʼvo mavjud boʻlgan taqdirda uning bundan buyon kimga tegishli boʻlishini belgilash | 288-modda. Mol-mulk qiymatini undirib berish toʻgʻrisida daʼvo mavjud boʻlgan taqdirda uning bundan buyon kimga tegishli boʻlishini belgilash |
Jinoyat sodir etilishi natijasida mahrum boʻlingan va ish boʻyicha ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan mol-mulkning mulkdori yoki qonuniy egasi bu mol-mulkdan voz kechsa va uning qiymatini undirib berish toʻgʻrisida fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatsa, sud mol-mulkdan voz kechishni asosli deb topib, fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirgan holda mol-mulkni mahkumga yoki fuqaroviy javobgarga beradi. | Jinoyat sodir etilishi natijasida mahrum boʻlingan va ish boʻyicha ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan mol-mulkning mulkdori yoki qonuniy egasi bu mol-mulkdan voz kechsa va uning qiymatini undirib berish toʻgʻrisida fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatsa, sud mol-mulkdan voz kechishni asosli deb topib, fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirgan holda mol-mulkni mahkumga yoki fuqaroviy javobgarga beradi. |
Sud mol-mulkdan voz kechishni asossiz deb topsa, daʼvoni qondirmaydi yoki qisman qondirib, qaytariladigan mol-mulkning qiymati qanchaga pasaygan boʻlsa, shu summani yoxud tovar koʻrinishini yoʻqotganligi sababli taʼmirlashga qilinadigan chiqim summasini va tovonini jabrlanuvchi yoki fuqaroviy daʼvogar foydasiga undirib beradi. Mol-mulkning dastlabki va keyingi qiymati hamda tovar koʻrinishini yoʻqotganlik uchun tovon puli mutaxassis yoki ekspert ishtirokida aniqlanadi, taʼmirlash qiymati esa, taʼmirlashni amalga oshirayotgan korxona bergan hujjat asosida aniqlanadi. | Sud mol-mulkdan voz kechishni asossiz deb topsa, daʼvoni qondirmaydi yoki qisman qondirib, qaytariladigan mol-mulkning qiymati qanchaga pasaygan boʻlsa, shu summani yoxud tovar koʻrinishini yoʻqotganligi sababli taʼmirlashga qilinadigan chiqim summasini va tovonini jabrlanuvchi yoki fuqaroviy daʼvogar foydasiga undirib beradi. Mol-mulkning dastlabki va keyingi qiymati hamda tovar koʻrinishini yoʻqotganlik uchun tovon puli mutaxassis yoki ekspert ishtirokida aniqlanadi, taʼmirlash qiymati esa, taʼmirlashni amalga oshirayotgan korxona bergan hujjat asosida aniqlanadi. |
289-modda. Jabrlanuvchi va boshqa shaxslarning mol-mulkini rekvizitsiya qilish va musodara etish | 289-modda. Jabrlanuvchi va boshqa shaxslarning mol-mulkini rekvizitsiya qilish va musodara etish |
Xususiy egalikda boʻlishi man qilingan mol-mulk ish boʻyicha ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan boʻlsa, mulkdor toʻgʻri yoki gʻayrihuquqiy ravishda qoʻlga kiritganiga qarab, u rekvizitsiya qilinadi yoki musodara etiladi, yaʼni mol-mulk haqini toʻlash yoki toʻlamaslik sharti bilan sud tomonidan bunday mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan tegishli davlat organiga yoki yuridik shaxsga beriladi. | Xususiy egalikda boʻlishi man qilingan mol-mulk ish boʻyicha ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan boʻlsa, mulkdor toʻgʻri yoki gʻayrihuquqiy ravishda qoʻlga kiritganiga qarab, u rekvizitsiya qilinadi yoki musodara etiladi, yaʼni mol-mulk haqini toʻlash yoki toʻlamaslik sharti bilan sud tomonidan bunday mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan tegishli davlat organiga yoki yuridik shaxsga beriladi. |
35-bob. HUKMNING MULKIY UNDIRISHLAR TOʻGʻRISIDAGI QISMI IJROSINI TAʼMINLASH | 35-bob. HUKMNING MULKIY UNDIRISHLAR TOʻGʻRISIDAGI QISMI IJROSINI TAʼMINLASH |
290-modda. Mol-mulkni xatlash Hukmning fuqaroviy daʼvoga va boshqa mulkiy undirishlarga doir qismining ijrosini taʼminlash uchun surishtiruvchi, tergovchi yoki sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va fuqaroviy javobgarning mol-mulkini xatlashi shart. Ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan mol-mulkni oʻzlashtirishning, xarj qilib yuborishning, yashirishning, yoʻq qilib tashlashning yoki shikastlantirishning oldini olish maqsadida ushbu mol-mulk ham xatlanadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va fuqaroviy javobgar oilasining normal turmushini taʼminlash uchun zarur boʻlgan uy-joy, kvartira, uy anjomlari va jihozlari, kiyim va buyumlar xatlanmaydi. Turar joylar yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylar, mulk shaklidan qatʼi nazar, davlatga xoinlik qilish, konstitutsiyaviy tuzumga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish, terrorizm, qoʻporuvchilik jinoyatlari sodir etish uchun foydalanilgan yoxud bu jinoyatlar qasddan odam oʻldirish, bosqinchilik, talonchilik yoki boshqa ogʻir, oʻta ogʻir jinoyatlar bilan bogʻliq boʻlgan hollarda — bu joylar xatlanadi. Xatlash mulkdorga yoki mol-mulkning egasiga mol-mulkni tasarruf qilish, zarur hollarda esa, undan foydalanish man etilganligini eʼlon qilishdan yoxud mol-mulkni tortib olishdan va uni saqlab turish uchun boshqa shaxslarga topshirishdan iboratdir. Mol-mulkni xatlash surishtiruvchining yoki tergovchining qarori boʻyicha prokuror roziligi bilan yoxud bu tergov harakatini bajarishni tergov organiga topshirishga haqli boʻlgan sudning ajrimi boʻyicha amalga oshiriladi. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda mol-mulkni xatlash prokurorning roziligisiz ham amalga oshirilishi mumkin, lekin keyinchalik yigirma toʻrt soat ichida prokuror qaror va bayonnoma nusxasi ilova qilingan holda xabardor qilinadi. Kechiktirib boʻlmaydigan holatlar surishtiruvchining yoki tergovchining prokurorga yuborilgan xabarnomasida asoslantirilishi lozim. Xatlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda u kim tomonidan, qachon va qaysi ish boʻyicha chiqarilgani, nima maqsadda va kimning mol-mulki xatlanishi lozimligi, fuqaroviy daʼvoni taʼminlash uchun xatlanayotganda esa, xatlanayotgan mol-mulk summasi ham koʻrsatiladi. Surishtiruvchi yoki tergovchi hukmning mulkiy undirish yoxud mulkiy yoʻsindagi jazo qismining ijrosini taʼminlovchi choralarni koʻrmagan taqdirda, ishni yuritayotgan sud ularga bunday choralarni koʻrish majburiyatini yuklaydi. Mol-mulkni xatlash toʻgʻrisida qaror chiqarilgandan keyin surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan garov reyestriga bir kun ichida tegishli yozuv kiritiladi, mol-mulkni xatlash haqida sud ajrimi chiqarilgandan keyin esa, qonunchilikka muvofiq vakolatli boʻlgan organlar tomonidan uch sutka ichida shunday yozuv kiritiladi. Fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirganda yoki boshqa mulkiy undirishlarni qoʻllayotganda hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar, basharti oldin chora koʻrilmagan boʻlsa, sud hukmning shu qismi ijrosini taʼminlaydigan choralar koʻrish haqida ajrim chiqarishga haqlidir. Diplomatiya vakolatxonalari binolaridagi va diplomatiya vakillariga qarashli mol-mulkni xatlashda ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinishi lozim. | 290-modda. Mol-mulkni xatlash asoslari va tartibi Hukmning fuqaroviy daʼvoga va boshqa mulkiy undirishlarga doir qismining ijrosini taʼminlash uchun surishtiruvchi, tergovchi yoki sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va fuqaroviy javobgarning mol-mulkini xatlashi shart. Ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan mol-mulkni oʻzlashtirishning, xarj qilib yuborishning, yashirishning, yoʻq qilib tashlashning yoki shikastlantirishning oldini olish maqsadida ushbu mol-mulk ham xatlanadi. Shu maqsadda tergovchi yoki surishtiruvchi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va fuqaroviy javobgarning mol-mulkini xatlash haqida iltimosnoma qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror chiqarib, unda mazkur protsessual harakatni oʻtkazish asoslarini bayon etadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va fuqaroviy javobgar oilasining normal turmushini taʼminlash uchun zarur boʻlgan uy-joy, kvartira, uy anjomlari va jihozlari, kiyim va boshqa buyumlar xatlanmaydi. Turar joylar yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylar, mulk shaklidan qatʼi nazar, davlatga xoinlik qilish, konstitutsiyaviy tuzumga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish, terrorizm, qoʻporuvchilik jinoyatlari sodir etish uchun foydalanilgan yoxud bu jinoyatlar qasddan odam oʻldirish, bosqinchilik, talonchilik yoki boshqa ogʻir, oʻta ogʻir jinoyatlar bilan bogʻliq boʻlgan hollarda — bu joylar xatlanadi. Xatlash mulkdorga yoki mol-mulkning egasiga mol-mulkni tasarruf qilish, zarur hollarda esa, undan foydalanish man etilganligini eʼlon qilishdan yoxud mol-mulkni tortib olishdan va uni saqlab turish uchun boshqa shaxslarga topshirishdan iboratdir. Tergovchining yoki surishtiruvchining mol-mulkni xatlash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qaroriga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi. Tergovchining yoki surishtiruvchining mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani qoʻzgʻatish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi. Prokuror mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani qoʻzgʻatish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, mol-mulkni xatlash sudning roziligisiz, tergovchining yoki surishtiruvchining qarori asosida amalga oshirilishi mumkin, lekin keyinchalik sud hamda prokuror qaror va bayonnomaning koʻchirma nusxalari ilova qilingan holda yigirma toʻrt soat ichida xabardor qilinadi. Xabarnomada kechiktirib boʻlmaydigan holatlar aniq koʻrsatilishi kerak. Mazkur xabarnomaga tergovchining yoki surishtiruvchining mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi qarorining, mol-mulkni xatlash bayonnomasining va zarur materiallarning koʻchirma nusxalari ularni yuritish toʻgʻrisidagi qarorning qonuniyligini tekshirish uchun ilova qilinadi. Mazkur xabarnomani va unga ilova qilingan materiallarni olganidan keyin sudya mol-mulkni xatlash amalga oshirilganligining qonuniyligini ushbu Kodeks 2901 va 2902-moddalari tartibida qirq sakkiz soat ichida tekshiradi va uning qonuniyligi yoki qonunga xilofligi toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Agar sudya mol-mulkni xatlash qonunga xilof ravishda amalga oshirilgan deb topsa, uni amalga oshirish davomida olingan barcha dalillar ushbu Kodeksning 951-moddasiga muvofiq nomaqbul deb topiladi. Surishtiruvchi yoki tergovchi hukmning mulkiy undirishlarga oid qismi ijrosini taʼminlovchi choralarni yoki mulkiy yoʻsindagi jazo choralarini koʻrmagan taqdirda, ishni yuritayotgan sud ajrim chiqarib, ularning zimmasiga bunday choralarni koʻrish majburiyatini yuklaydi. Fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirganda yoki boshqa mulkiy undirishlarni qoʻllayotganda hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar, basharti oldin chora koʻrilmagan boʻlsa, sud hukmning shu qismi ijrosini taʼminlaydigan choralar koʻrish haqida ajrim chiqarishga va uning ijrosini tergov yoki surishtiruv organiga topshirishga haqli. Diplomatik vakolatxonalarning binolaridagi va diplomatik vakillarga qarashli mol-mulkni xatlashda ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilinishi kerak. 2901-modda. Mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish Mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi boʻlmagan yoxud mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi. Sud majlisida prokuror, zarur hollarda tergovchi, surishtiruvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, shuningdek, agar ishda ishtirok etayotgan boʻlsa, himoyachi va (yoki) qonuniy vakil ishtirok etadi. Sud majlisining oʻtkazilish joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi. Mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur protsessual harakatni oʻtkazish zaruratini asoslab beradi, keyin taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. 2902-modda. Sud ajrimi Sudya mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, mol-mulkni xatlash toʻgʻrisida yoki mol-mulkni xatlashni rad etish haqida ajrim chiqaradi. Sudyaning mol-mulkni xatlashni rad etish haqidagi ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak. Xatlash toʻgʻrisidagi ajrimda u kim tomonidan, qachon va qaysi ish boʻyicha chiqarilgani, nima maqsadda va kimning mol-mulki xatlanishi lozimligi koʻrsatiladi. Sudyaning mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi prokurorga, surishtiruvchiga yoki tergovchiga ijro uchun, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, qonuniy vakilga, himoyachiga esa maʼlumot uchun yuboriladi. Mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani qoʻzgʻatish haqidagi qaror chiqarilganidan keyin surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan garov reyestriga bir kun ichida tegishli yozuv kiritiladi, mol-mulkni xatlash toʻgʻrisida sud ajrimi chiqarilganidan keyin esa qonunchilikka muvofiq vakolatli boʻlgan organlar tomonidan uch sutka ichida shunday yozuv kiritiladi. Sudyaning mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi yoki mol-mulkni xatlashni rad etish haqidagi ajrimi ustidan mol-mulk xatlangan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida ayblanuvchi, qonuniy vakil, himoyachi tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran shu muddat ichida apellyatsiya tartibida prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati (protesti) ajrim chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma toʻrt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat (protest) bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay yakka tartibda koʻrib chiqishi kerak. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilishi sudning mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi ajrimi ijrosini toʻxtatib turmaydi. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan: sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmay qoldirishga; sudyaning ajrimini bekor qilishga va mol-mulkni xatlashga rozilik berishga yoki mol-mulkni xatlashni rad etishga haqli. Mol-mulkni xatlash rad etilgan taqdirda, mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga mol-mulkni xatlashni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi. |
291-modda. Mol-mulkni xatlash bayonnomasi | 291-modda. Mol-mulkni xatlash bayonnomasi |
Surishtiruvchi yoki tergovchi mol-mulkni xatlash toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalari talablariga rioya qilgan holda ikki nafardan kam boʻlmagan xolislar ishtirokida bayonnoma tuzadi. Bayonnomada xatlangan barcha mol-mulkning nomi, oʻlchovi, ogʻirligi, eskirish darajasi va boshqa oʻziga xos belgilari sanab oʻtilib, mol-mulkni xatlayotgan shaxsning harakatlari toʻgʻrisidagi va bayonnomaga kiritilgan mol-mulkning uchinchi shaxslarga tegishliligi haqidagi arzlar bayon etiladi. Mol-mulk olib qoʻyilgan taqdirda aynan nimaning olinganligi va qayerga yoki kimga saqlash uchun topshirilganligi bayonnomada koʻrsatiladi. | Surishtiruvchi yoki tergovchi mol-mulkni xatlash toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalari talablariga rioya qilgan holda ikki nafardan kam boʻlmagan xolislar ishtirokida bayonnoma tuzadi. Bayonnomada xatlangan barcha mol-mulkning nomi, oʻlchovi, ogʻirligi, eskirish darajasi va boshqa oʻziga xos belgilari sanab oʻtilib, mol-mulkni xatlayotgan shaxsning harakatlari toʻgʻrisidagi va bayonnomaga kiritilgan mol-mulkning uchinchi shaxslarga tegishliligi haqidagi arzlar bayon etiladi. Mol-mulk olib qoʻyilgan taqdirda aynan nimaning olinganligi va qayerga yoki kimga saqlash uchun topshirilganligi bayonnomada koʻrsatiladi. |
Mol-mulkni xatlash chogʻida uni yashirish, yoʻq qilib yuborish yoki shikastlashga urinishlar qilingan boʻlsa, surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan qoʻllangan choralar koʻrsatilib, bayonnomada aks ettirilishi lozim. | Mol-mulkni xatlash chogʻida uni yashirish, yoʻq qilib yuborish yoki shikastlashga urinishlar qilingan boʻlsa, surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan qoʻllangan choralar koʻrsatilib, bayonnomada aks ettirilishi lozim. |
292-modda. Mol-mulk xatlanganligi toʻgʻrisidagi bayonnomaning nusxasini taqdim qilish majburiyligi | 292-modda. Mol-mulk xatlanganligi toʻgʻrisidagi bayonnomaning nusxasini taqdim qilish majburiyligi |
Mol-mulk xatlanganligi toʻgʻrisidagi bayonnomaning nusxasi mol-mulki roʻyxatga olingan shaxsga yoki uning voyaga yetgan oila aʼzolaridan biriga, ular boʻlmagan taqdirda, mol-mulk roʻyxatga olingan hududdagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakiliga topshirilib tilxat olinadi. | Mol-mulk xatlanganligi toʻgʻrisidagi bayonnomaning nusxasi mol-mulki roʻyxatga olingan shaxsga yoki uning voyaga yetgan oila aʼzolaridan biriga, ular boʻlmagan taqdirda, mol-mulk roʻyxatga olingan hududdagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakiliga topshirilib tilxat olinadi. |
Korxona, muassasa, tashkilot yoki diplomatiya vakolatxonasi hududidagi mol-mulkni roʻyxatga olish oʻtkazilgan boʻlsa, mol-mulk xatlanganligi toʻgʻrisidagi bayonnomaning nusxasi tegishli maʼmuriyat yoki diplomatiya vakolatxonasi vakiliga topshirilib, qoʻl qoʻydirib olinadi. | Korxona, muassasa, tashkilot yoki diplomatiya vakolatxonasi hududidagi mol-mulkni roʻyxatga olish oʻtkazilgan boʻlsa, mol-mulk xatlanganligi toʻgʻrisidagi bayonnomaning nusxasi tegishli maʼmuriyat yoki diplomatiya vakolatxonasi vakiliga topshirilib, qoʻl qoʻydirib olinadi. |
293-modda. Xatlash chogʻida mol-mulkni baholash | 293-modda. Xatlash chogʻida mol-mulkni baholash |
Xatlanayotgan mol-mulk surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan uning eskirish darajasini eʼtiborga olib, baholash paytida mavjud boʻlgan bozor narxida baholanadi. Zarur hollarda baholash mutaxassis ishtirokida yoki baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. | Xatlanayotgan mol-mulk surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan uning eskirish darajasini eʼtiborga olib, baholash paytida mavjud boʻlgan bozor narxida baholanadi. Zarur hollarda baholash mutaxassis ishtirokida yoki baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. |
Pullar, obligatsiyalar, cheklar, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar oʻz qiymati boʻyicha hisobga olinadi. | Pullar, obligatsiyalar, cheklar, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar oʻz qiymati boʻyicha hisobga olinadi. |
Hukmning fuqaroviy daʼvo qismi ijrosini taʼminlash uchun mol-mulkni xatlashda bayonnomaga qiymati ziyonni qoplash uchun yetarli mol-mulk kiritiladi. Bunda mulkdor yoki mol-mulk egasi, oʻzining fikricha, qaysi mol-mulkni bayonnomaga kiritish zarur deb hisoblasa, shu mol-mulkni koʻrsatishga haqlidir. | Hukmning fuqaroviy daʼvo qismi ijrosini taʼminlash uchun mol-mulkni xatlashda bayonnomaga qiymati ziyonni qoplash uchun yetarli mol-mulk kiritiladi. Bunda mulkdor yoki mol-mulk egasi, oʻzining fikricha, qaysi mol-mulkni bayonnomaga kiritish zarur deb hisoblasa, shu mol-mulkni koʻrsatishga haqlidir. |
294-modda. Xatlangan mol-mulkni olib qoʻyish va saqlash | 294-modda. Xatlangan mol-mulkni olib qoʻyish va saqlash |
Xatlangan mol-mulk olib qoʻyilib, saqlash uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoxud boshqa tashkilot vakiliga topshirilishi mumkin. | Xatlangan mol-mulk olib qoʻyilib, saqlash uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoxud boshqa tashkilot vakiliga topshirilishi mumkin. |
Xatlangan mol-mulk mulkdorga yoki mol-mulk egasiga, uning voyaga yetgan oila aʼzolaridan biriga yoki boshqa shaxsga saqlab turish uchun qoldirilib, unga ushbu mol-mulkning toʻla-toʻkis saqlanishi uchun qonunda nazarda tutilgan javobgarlik tushuntiriladi va bu haqda undan tilxat olinadi. | Xatlangan mol-mulk mulkdorga yoki mol-mulk egasiga, uning voyaga yetgan oila aʼzolaridan biriga yoki boshqa shaxsga saqlab turish uchun qoldirilib, unga ushbu mol-mulkning toʻla-toʻkis saqlanishi uchun qonunda nazarda tutilgan javobgarlik tushuntiriladi va bu haqda undan tilxat olinadi. |
Muomalada boʻlishi man qilingan ashyolar har qanday hollarda ham olib qoʻyilishi kerak. Ularni saqlash tartibi qonun bilan belgilanadi. | Muomalada boʻlishi man qilingan ashyolar har qanday hollarda ham olib qoʻyilishi kerak. Ularni saqlash tartibi qonun bilan belgilanadi. |
Bank muassasalarida saqlanayotgan pullar, shuningdek davlat zayomi obligatsiyalari, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar olib qoʻyilmaydi, lekin mol-mulk xatlangani toʻgʻrisidagi qarorni yoki ajrimni olish bilanoq, ularni xarjlash operatsiyalari toʻxtatib qoʻyiladi. | Bank muassasalarida saqlanayotgan pullar, shuningdek davlat zayomi obligatsiyalari, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar olib qoʻyilmaydi, lekin mol-mulk xatlangani toʻgʻrisidagi qarorni yoki ajrimni olish bilanoq, ularni xarjlash operatsiyalari toʻxtatib qoʻyiladi. |
295-modda. Mol-mulk xatlanganligini bekor qilish | 295-modda. Mol-mulk xatlanganligini bekor qilish |
Oqlov hukmi qonuniy kuchga kirganda, jinoyat ishi tugatilganda, shuningdek fuqaroviy daʼvogar oʻz daʼvosidan voz kechganda hamda fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirish yuzasidan koʻrilgan choralarga sabab boʻlgan asoslar bartaraf etilgan boshqa hollarda mol-mulkning xatlanganligi bekor qilinadi. Bunda garov reyestridan mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi yozuv chiqarib tashlanadi. | Oqlov hukmi qonuniy kuchga kirganda, jinoyat ishi tugatilganda, shuningdek fuqaroviy daʼvogar oʻz daʼvosidan voz kechganda hamda fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirish yuzasidan koʻrilgan choralarga sabab boʻlgan asoslar bartaraf etilgan boshqa hollarda mol-mulkning xatlanganligi bekor qilinadi. Bunda garov reyestridan mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi yozuv chiqarib tashlanadi. |
OLTINCHI BOʻLIM JINOYATLARNING OLDINI OLISH CHORALARI | OLTINCHI BOʻLIM JINOYATLARNING OLDINI OLISH CHORALARI |
36-bob. Jinoyatlarning oldini olish choralari | 36-bob. Jinoyatlarning oldini olish choralari |
296-modda. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash majburiyati | 296-modda. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash majburiyati |
Jinoyat ishlarini yuritishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashlari shart. | Jinoyat ishlarini yuritishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashlari shart. |
297-modda. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish toʻgʻrisida surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning taqdimnomasi | 297-modda. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish toʻgʻrisida surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning taqdimnomasi |
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror jinoyat ishini tergov qilish chogʻida jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlab chiqib, tegishli davlat organiga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga, jamoat birlashmasiga, jamoaga yoki mansabdor shaxsga ana shu sabab va shart-sharoitlarni bartaraf qilish choralarini koʻrish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi. Taqdimnomaning nusxasi ishga qoʻshib qoʻyiladi. | Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror jinoyat ishini tergov qilish chogʻida jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlab chiqib, tegishli davlat organiga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga, jamoat birlashmasiga, jamoaga yoki mansabdor shaxsga ana shu sabab va shart-sharoitlarni bartaraf qilish choralarini koʻrish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi. Taqdimnomaning nusxasi ishga qoʻshib qoʻyiladi. |
298-modda. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish toʻgʻrisida sudning xususiy ajrimi | 298-modda. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish toʻgʻrisida sudning xususiy ajrimi |
Jinoyat ishini koʻrish jarayonida jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar aniqlanganidan keyin sud xususiy ajrim chiqarib, unda tegishli davlat organlaridan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, jamoat birlashmalaridan, jamoalardan yoki mansabdor shaxslardan ana shu sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrishni talab qiladi. | Jinoyat ishini koʻrish jarayonida jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar aniqlanganidan keyin sud xususiy ajrim chiqarib, unda tegishli davlat organlaridan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, jamoat birlashmalaridan, jamoalardan yoki mansabdor shaxslardan ana shu sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrishni talab qiladi. |
299-modda. Taqdimnomani va xususiy ajrimlarni bajarish majburiyati | 299-modda. Taqdimnomani va xususiy ajrimlarni bajarish majburiyati |
Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma yoki xususiy ajrim yuborilgan davlat organi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, jamoat birlashmasi, jamoa yoki mansabdor shaxs zarur choralarni koʻrishi va koʻrilgan choralarning natijalari toʻgʻrisida kechi bilan bir oylik muddat ichida tegishincha surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni yoki sudni xabardor qilishi shart. | Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma yoki xususiy ajrim yuborilgan davlat organi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, jamoat birlashmasi, jamoa yoki mansabdor shaxs zarur choralarni koʻrishi va koʻrilgan choralarning natijalari toʻgʻrisida kechi bilan bir oylik muddat ichida tegishincha surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni yoki sudni xabardor qilishi shart. |
Taqdimnoma yoki xususiy ajrim bajarilmagan yoki vijdonan bajarilmagan taqdirda korxona, muassasa yoki tashkilotning aybdor rahbari qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi. | Taqdimnoma yoki xususiy ajrim bajarilmagan yoki vijdonan bajarilmagan taqdirda korxona, muassasa yoki tashkilotning aybdor rahbari qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi. |
300-modda. Fuqaro ijtimoiy burchini namunali bajarganligi toʻgʻrisida taqdimnoma va xususiy ajrim | 300-modda. Fuqaro ijtimoiy burchini namunali bajarganligi toʻgʻrisida taqdimnoma va xususiy ajrim |
Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror — taqdimnoma, sud esa, xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan tegishli korxona, muassasa va tashkilot rahbarini va jamoasini jinoyatning oldini olish yoki uni fosh etishda fuqaro yuksak onglilik, jasorat koʻrsatgani, ijtimoiy burchini namunali bajarganligi toʻgʻrisida xabardor qilishi mumkin. | Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror — taqdimnoma, sud esa, xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan tegishli korxona, muassasa va tashkilot rahbarini va jamoasini jinoyatning oldini olish yoki uni fosh etishda fuqaro yuksak onglilik, jasorat koʻrsatgani, ijtimoiy burchini namunali bajarganligi toʻgʻrisida xabardor qilishi mumkin. |
YETTINCHI BOʻLIM REABILITATSIYA | YETTINCHI BOʻLIM REABILITATSIYA |
37-bob. Reabilitatsiya asoslari va oqibatlari | 37-bob. Reabilitatsiya asoslari va oqibatlari |
301-modda. Reabilitatsiya asoslari | 301-modda. Reabilitatsiya asoslari |
Oqlov hukmi, shuningdek ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan holatlar shaxsni reabilitatsiya etishga asos boʻladi. | Oqlov hukmi, shuningdek ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan holatlar shaxsni reabilitatsiya etishga asos boʻladi. |
302-modda. Reabilitatsiya etilishning mulkiy va boshqa oqibatlari | 302-modda. Reabilitatsiya etilishning mulkiy va boshqa oqibatlari |
Reabilitatsiya etilgan shaxs qonunga xilof ravishda ushlab turilgani, ehtiyot chorasi sifatida qonunga xilof ravishda qamoqda saqlangani yoki uy qamogʻiga joylashtirilgani, pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi qonunga xilof ravishda toʻxtatib turilgani, ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingani tufayli vazifasidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgani yoxud tibbiy muassasaga qonunga xilof ravishda joylashtirilgani natijasida unga yetkazilgan mulkiy zararni undirish hamda maʼnaviy ziyon oqibatlari bartaraf etilishini talab qilish huquqiga ega. | Reabilitatsiya etilgan shaxs qonunga xilof ravishda ushlab turilgani, ehtiyot chorasi sifatida qonunga xilof ravishda qamoqda saqlangani yoki uy qamogʻiga joylashtirilgani, pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi qonunga xilof ravishda toʻxtatib turilgani, ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingani tufayli vazifasidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgani yoxud tibbiy muassasaga qonunga xilof ravishda joylashtirilgani natijasida unga yetkazilgan mulkiy zararni undirish hamda maʼnaviy ziyon oqibatlari bartaraf etilishini talab qilish huquqiga ega. |
Bunday hollarda reabilitatsiya etilgan shaxsning ushbu Kodeksning 310-moddasida nazarda tutilgan mehnat qilish, nafaqa olish, uy-joydan foydalanish va boshqa huquqlari ham tiklanishi lozim. | Bunday hollarda reabilitatsiya etilgan shaxsning ushbu Kodeksning 310-moddasida nazarda tutilgan mehnat qilish, nafaqa olish, uy-joydan foydalanish va boshqa huquqlari ham tiklanishi lozim. |
303-modda. Qisman reabilitatsiya etishning asoslari va oqibatlari | 303-modda. Qisman reabilitatsiya etishning asoslari va oqibatlari |
Shaxsning qisman reabilitatsiya etilishiga quyidagilar asos boʻladi: | Shaxsning qisman reabilitatsiya etilishiga quyidagilar asos boʻladi: |
1) shaxsning qamoqda yoki uy qamogʻida saqlab turilganiga qaraganda kamroq muddatga ozodlikdan mahrum etishga yoki ozodlikni cheklashga yoxud ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilinganligi; | 1) shaxsning qamoqda yoki uy qamogʻida saqlab turilganiga qaraganda kamroq muddatga ozodlikdan mahrum etishga yoki ozodlikni cheklashga yoxud ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilinganligi; |
2) hukmdan ayblovning qisman chiqarib tashlanganligi va buning natijasida qonunga koʻra qamoqda yoki uy qamogʻida saqlash yoxud ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash mumkin emasligi; | 2) hukmdan ayblovning qisman chiqarib tashlanganligi va buning natijasida qonunga koʻra qamoqda yoki uy qamogʻida saqlash yoxud ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash mumkin emasligi; |
3) ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash muddatining yuqori sud tomonidan haqiqatda oʻtalgan muddatga qaraganda kamaytirilganligi yoxud boshqa yengilroq jazo turi bilan almashtirilganligi; | 3) ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash muddatining yuqori sud tomonidan haqiqatda oʻtalgan muddatga qaraganda kamaytirilganligi yoxud boshqa yengilroq jazo turi bilan almashtirilganligi; |
4) jinoiy jazo tayinlamay hukm chiqarilgan hollarda ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamogʻining, tibbiy muassasaga joylashtirishning asossizligi. | 4) jinoiy jazo tayinlamay hukm chiqarilgan hollarda ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamogʻining, tibbiy muassasaga joylashtirishning asossizligi. |
Qisman reabilitatsiya etish ayblanuvchiga yoki mahkumga yetkazilgan mulkiy ziyonning asossiz qismi qoplanishiga va maʼnaviy ziyon oqibatlarining asossiz qismi bartaraf qilinishiga sabab boʻladi. | Qisman reabilitatsiya etish ayblanuvchiga yoki mahkumga yetkazilgan mulkiy ziyonning asossiz qismi qoplanishiga va maʼnaviy ziyon oqibatlarining asossiz qismi bartaraf qilinishiga sabab boʻladi. |
38-bob. REABILITATSIYA ETILGAN SHAXSGA YETKAZILGAN ZIYONNI QOPLASH VA UNING BOSHQA HUQUQLARINI TIKLASH TARTIBI | 38-bob. REABILITATSIYA ETILGAN SHAXSGA YETKAZILGAN ZIYONNI QOPLASH VA UNING BOSHQA HUQUQLARINI TIKLASH TARTIBI |
304-modda. Mulkiy ziyonni qoplash hajmi | 304-modda. Mulkiy ziyonni qoplash hajmi |
Reabilitatsiya etilgan shaxsga ushbu Kodeksning 302 va 303-moddalarida koʻrsatilgan qonunga xilof harakatlar bilan yetkazilgan mulkiy ziyon toʻla hajmda qoplanadi. | Reabilitatsiya etilgan shaxsga ushbu Kodeksning 302 va 303-moddalarida koʻrsatilgan qonunga xilof harakatlar bilan yetkazilgan mulkiy ziyon toʻla hajmda qoplanadi. |
Quyidagilar qoplanishi lozim boʻladi: | Quyidagilar qoplanishi lozim boʻladi: |
1) reabilitatsiya etilgan shaxs oʻziga nisbatan sodir etilgan qonunga xilof harakatlar natijasida mahrum boʻlgan ish haqi va mehnatdan topiladigan boshqa daromadlar; | 1) reabilitatsiya etilgan shaxs oʻziga nisbatan sodir etilgan qonunga xilof harakatlar natijasida mahrum boʻlgan ish haqi va mehnatdan topiladigan boshqa daromadlar; |
2) pensiya va nafaqalar, basharti ularni toʻlash toʻxtatib qoʻyilgan boʻlsa; | 2) pensiya va nafaqalar, basharti ularni toʻlash toʻxtatib qoʻyilgan boʻlsa; |
3) pullar, pul jamgʻarmalari va ularga toʻlanadigan foizlar, davlat zayomi obligatsiyalari va ularga chiqqan yutuqlar, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar, shuningdek sudning hukmi, ajrimiga (qaroriga) asosan musodara qilingan yoxud davlat foydasiga oʻtkazilgan ashyolar yoxud boshqa mol-mulkning qiymati; | 3) pullar, pul jamgʻarmalari va ularga toʻlanadigan foizlar, davlat zayomi obligatsiyalari va ularga chiqqan yutuqlar, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar, shuningdek sudning hukmi, ajrimiga (qaroriga) asosan musodara qilingan yoxud davlat foydasiga oʻtkazilgan ashyolar yoxud boshqa mol-mulkning qiymati; |
4) surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan olingan va yoʻqotilgan mol-mulk qiymati; | 4) surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan olingan va yoʻqotilgan mol-mulk qiymati; |
5) sud hukmini ijro qilish chogʻida undirilgan jarimalar va sud chiqimlari; | 5) sud hukmini ijro qilish chogʻida undirilgan jarimalar va sud chiqimlari; |
6) yuridik yordam koʻrsatilishi uchun shaxs tomonidan advokatlar byurosiga, hayʼatiga yoki firmasiga toʻlangan pul, shuningdek unga nisbatan sodir etilgan qonunga xilof harakatlar natijasida qilingan boshqa xarajatlar. | 6) yuridik yordam koʻrsatilishi uchun shaxs tomonidan advokatlar byurosiga, hayʼatiga yoki firmasiga toʻlangan pul, shuningdek unga nisbatan sodir etilgan qonunga xilof harakatlar natijasida qilingan boshqa xarajatlar. |
Reabilitatsiya etilgan shaxs vafot etgan taqdirda ushbu moddaning 1, 3, 4, 5 va 6-bandlarida nazarda tutilgan ziyonni undirish huquqiga uning merosxoʻrlari, 2-bandida nazarda tutilgan ziyonni undirish huquqiga esa boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi bilan taʼminlanishi lozim boʻlganlar jumlasiga kiruvchi oila aʼzolari ega boʻladilar. | Reabilitatsiya etilgan shaxs vafot etgan taqdirda ushbu moddaning 1, 3, 4, 5 va 6-bandlarida nazarda tutilgan ziyonni undirish huquqiga uning merosxoʻrlari, 2-bandida nazarda tutilgan ziyonni undirish huquqiga esa boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi bilan taʼminlanishi lozim boʻlganlar jumlasiga kiruvchi oila aʼzolari ega boʻladilar. |
305-modda. Mulkiy ziyonni qoplash manbai | 305-modda. Mulkiy ziyonni qoplash manbai |
306-modda. Mulkiy ziyonni undirish huquqi va uning miqdori masalasini hal qilish | 306-modda. Mulkiy ziyonni undirish huquqi va uning miqdori masalasini hal qilish |
Ushbu Kodeks 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra chiqarilgan oqlov hukmida yoki ishni tugatish haqidagi ajrimda sud, ishni tugatish toʻgʻrisidagi qarorda esa surishtiruvchi, tergovchi, prokuror reabilitatsiya etilgan shaxsning oʻziga yetkazilgan mulkiy ziyonni undirib olish huquqini eʼtirof etishlari lozim. Hukm, ajrim yoki qarorning nusxasi reabilitatsiya etilgan shaxsga topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi. Ayni vaqtda unga hukm, ajrim yoki qaror ustidan shikoyat qilish tartibi, shuningdek mulkiy ziyonni qoplash va boshqa huquqlarini tiklab olish tartibi tushuntiriladi. | Ushbu Kodeks 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra chiqarilgan oqlov hukmida yoki ishni tugatish haqidagi ajrimda sud, ishni tugatish toʻgʻrisidagi qarorda esa surishtiruvchi, tergovchi, prokuror reabilitatsiya etilgan shaxsning oʻziga yetkazilgan mulkiy ziyonni undirib olish huquqini eʼtirof etishlari lozim. Hukm, ajrim yoki qarorning nusxasi reabilitatsiya etilgan shaxsga topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi. Ayni vaqtda unga hukm, ajrim yoki qaror ustidan shikoyat qilish tartibi, shuningdek mulkiy ziyonni qoplash va boshqa huquqlarini tiklab olish tartibi tushuntiriladi. |
Reabilitatsiya etish toʻgʻrisida qaror chiqargan sud, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi reabilitatsiya etilgan shaxsdan ariza tushgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmasdan ziyon miqdorini aniqlaydi, zarurat tugʻilganda buning uchun moliya organlaridan va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlaridan hisob-kitob talab qilib oladi. Ish apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrish chogʻida sud tomonidan tugatilgan boʻlsa, ziyon miqdorini hukm chiqargan sud aniqlaydi. | Reabilitatsiya etish toʻgʻrisida qaror chiqargan sud, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi reabilitatsiya etilgan shaxsdan ariza tushgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmasdan ziyon miqdorini aniqlaydi, zarurat tugʻilganda buning uchun moliya organlaridan va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlaridan hisob-kitob talab qilib oladi. Ish apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida koʻrish chogʻida sud tomonidan tugatilgan boʻlsa, ziyon miqdorini hukm chiqargan sud aniqlaydi. |
307-modda. Mulkiy ziyonni qoplash tartibi | 307-modda. Mulkiy ziyonni qoplash tartibi |
Mulkiy ziyonning miqdori hisoblab chiqarilganidan keyin bu ziyonni qoplash uchun pul toʻlovlarini amalga oshirish toʻgʻrisida sud ajrim, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi. | Mulkiy ziyonning miqdori hisoblab chiqarilganidan keyin bu ziyonni qoplash uchun pul toʻlovlarini amalga oshirish toʻgʻrisida sud ajrim, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi. |
Ajrim yoki qarorning nusxasi gerbli muhr bilan tasdiqlanib, toʻlovni amalga oshirishi lozim boʻlgan organlarga taqdim etish uchun reabilitatsiya etilgan shaxsga, u vafot etgan boʻlsa, ushbu Kodeksning 304-moddasi uchinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga beriladi yoki yuboriladi. | Ajrim yoki qarorning nusxasi gerbli muhr bilan tasdiqlanib, toʻlovni amalga oshirishi lozim boʻlgan organlarga taqdim etish uchun reabilitatsiya etilgan shaxsga, u vafot etgan boʻlsa, ushbu Kodeksning 304-moddasi uchinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga beriladi yoki yuboriladi. |
308-modda. Toʻlovni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim ustidan shikoyat qilish | 308-modda. Toʻlovni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim ustidan shikoyat qilish |
Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning pul toʻlovini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarori ustidan manfaatdor shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda va muddatda sudga shikoyat qilishlari mumkin. | Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning pul toʻlovini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarori ustidan manfaatdor shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda va muddatda sudga shikoyat qilishlari mumkin. |
Sudning toʻlovni amalga oshirish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan manfaatdor shaxslar yuqori sudga umumiy tartibda shikoyat qilishlari, prokuror esa protest kiritishi mumkin. | Sudning toʻlovni amalga oshirish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan manfaatdor shaxslar yuqori sudga umumiy tartibda shikoyat qilishlari, prokuror esa protest kiritishi mumkin. |
309-modda. Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan maʼnaviy ziyon oqibatlarini bartaraf qilish | 309-modda. Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan maʼnaviy ziyon oqibatlarini bartaraf qilish |
Shaxs ushlab turilganligi, qamalganligi yoki uy qamogʻida turganligi, lavozimidan chetlashtirilganligi, tibbiy muassasaga joylashtirilganligi yoki hukm qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar matbuotda eʼlon qilingan, radio, televideniye yoki boshqa ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan boʻlsa, reabilitatsiya etilgan shaxsning, u vafot etgan boʻlsa, qarindoshlarining, sud, prokuror, tergovchining va surishtiruvchining talabiga koʻra tegishli ommaviy axborot vositalari uning reabilitatsiya etilganligi toʻgʻrisida bir oy ichida xabar berishlari shart. | Shaxs ushlab turilganligi, qamalganligi yoki uy qamogʻida turganligi, lavozimidan chetlashtirilganligi, tibbiy muassasaga joylashtirilganligi yoki hukm qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar matbuotda eʼlon qilingan, radio, televideniye yoki boshqa ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan boʻlsa, reabilitatsiya etilgan shaxsning, u vafot etgan boʻlsa, qarindoshlarining, sud, prokuror, tergovchining va surishtiruvchining talabiga koʻra tegishli ommaviy axborot vositalari uning reabilitatsiya etilganligi toʻgʻrisida bir oy ichida xabar berishlari shart. |
310-modda. Reabilitatsiya etilgan shaxsning boshqa huquqlarini tiklash | 310-modda. Reabilitatsiya etilgan shaxsning boshqa huquqlarini tiklash |
Qonunga xilof ravishda hukm qilingani, qonunga xilof ravishda tibbiy muassasaga joylashtirilgani, ehtiyot chorasi tariqasida qonunga xilof ravishda qamoqqa olingani yoki uy qamogʻiga joylashtirilgani, qonunga xilof ravishda ushlab turilgani tufayli ishdan (lavozimidan) ozod qilingan yoki ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi munosabati bilan lavozimidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgan shaxs oldin ishlagan ishiga (lavozimiga) tiklanishi lozim, korxona, muassasa, tashkilot tugatilgan yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar uni oldingi ishlab turgan ishiga (lavozimiga) tiklash imkoniyatini bermagan taqdirda unga avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) berilishi lozim. | Qonunga xilof ravishda hukm qilingani, qonunga xilof ravishda tibbiy muassasaga joylashtirilgani, ehtiyot chorasi tariqasida qonunga xilof ravishda qamoqqa olingani yoki uy qamogʻiga joylashtirilgani, qonunga xilof ravishda ushlab turilgani tufayli ishdan (lavozimidan) ozod qilingan yoki ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi munosabati bilan lavozimidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgan shaxs oldin ishlagan ishiga (lavozimiga) tiklanishi lozim, korxona, muassasa, tashkilot tugatilgan yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar uni oldingi ishlab turgan ishiga (lavozimiga) tiklash imkoniyatini bermagan taqdirda unga avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) berilishi lozim. |
Reabilitatsiya etilgan shaxsning qonunga xilof ravishda ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlangan yoki uy qamogʻida boʻlgan vaqti, jazo oʻtagan vaqti, lavozimidan chetlashtirilganligi tufayli ishlamay yurgan vaqti, tibbiy muassasada saqlangan vaqti umumiy mehnat stajiga va ixtisoslik boʻyicha ish stajiga qoʻshiladi. | Reabilitatsiya etilgan shaxsning qonunga xilof ravishda ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlangan yoki uy qamogʻida boʻlgan vaqti, jazo oʻtagan vaqti, lavozimidan chetlashtirilganligi tufayli ishlamay yurgan vaqti, tibbiy muassasada saqlangan vaqti umumiy mehnat stajiga va ixtisoslik boʻyicha ish stajiga qoʻshiladi. |
Qonunga xilof ravishda hukm etilgani, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlangani yoki uy qamogʻiga joylashtirilgani, ushlab turilgani yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgani tufayli oʻquv yurtidan haydalgan shaxs iltimosiga koʻra oʻqishga tiklanishi shart. | Qonunga xilof ravishda hukm etilgani, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlangani yoki uy qamogʻiga joylashtirilgani, ushlab turilgani yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgani tufayli oʻquv yurtidan haydalgan shaxs iltimosiga koʻra oʻqishga tiklanishi shart. |
Qonunga xilof ravishda hukm etilgani yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgani tufayli uy-joydan foydalanish huquqidan mahrum boʻlgan shaxsga ilgari u egallab turgan uy-joy qaytariladi, basharti uni qaytarib berishning imkoni boʻlmasa, oʻsha aholi punktining oʻzida avvalgisiga teng qulayliklarga ega boʻlgan uy-joy beriladi. | Qonunga xilof ravishda hukm etilgani yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgani tufayli uy-joydan foydalanish huquqidan mahrum boʻlgan shaxsga ilgari u egallab turgan uy-joy qaytariladi, basharti uni qaytarib berishning imkoni boʻlmasa, oʻsha aholi punktining oʻzida avvalgisiga teng qulayliklarga ega boʻlgan uy-joy beriladi. |
Qonunga xilof ravishda hukm qilinganligi yoki ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilinganligi munosabati bilan pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxsga yangi pasport (harakatlanish hujjati) berish yoʻli bilan pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi tiklanadi. | Qonunga xilof ravishda hukm qilinganligi yoki ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilinganligi munosabati bilan pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxsga yangi pasport (harakatlanish hujjati) berish yoʻli bilan pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi tiklanadi. |
311-modda. Huquqlarni daʼvo tartibida tiklash | 311-modda. Huquqlarni daʼvo tartibida tiklash |
Shaxsning mehnat qilish, pensiya olish va uy-joydan foydalanish huquqlarini tiklash, shuningdek mol-mulkni qaytarish yoki uning qiymatini toʻlash toʻgʻrisidagi talabi qanoatlantirilmagan boʻlsa yoxud shaxs qabul qilingan qarorga rozi boʻlmasa, u tegishli talab bilan daʼvo ishini yuritish tartibida sudga murojaat qilishga haqlidir. | Shaxsning mehnat qilish, pensiya olish va uy-joydan foydalanish huquqlarini tiklash, shuningdek mol-mulkni qaytarish yoki uning qiymatini toʻlash toʻgʻrisidagi talabi qanoatlantirilmagan boʻlsa yoxud shaxs qabul qilingan qarorga rozi boʻlmasa, u tegishli talab bilan daʼvo ishini yuritish tartibida sudga murojaat qilishga haqlidir. |
312-modda. Talab qilish muddati | 312-modda. Talab qilish muddati |
Mulkiy ziyonni qoplash uchun pul tovoni toʻlashni reabilitatsiya etilgan shaxs yoki ushbu Kodeks 304-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar bunday toʻlovlarni amalga oshirish haqidagi ajrim yoki qarorni olgan paytdan eʼtiboran ikki yil mobaynida talab qilishlari mumkin. | Mulkiy ziyonni qoplash uchun pul tovoni toʻlashni reabilitatsiya etilgan shaxs yoki ushbu Kodeks 304-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar bunday toʻlovlarni amalga oshirish haqidagi ajrim yoki qarorni olgan paytdan eʼtiboran ikki yil mobaynida talab qilishlari mumkin. |
Boshqa huquqlarni tiklashni reabilitatsiya etilgan shaxs huquqlarini tiklash tartibini tushuntiruvchi bildirish xati olgan paytdan eʼtiboran bir yil mobaynida talab qilishi mumkin. Uzrli sabablarga koʻra bu muddat oʻtkazib yuborilgan hollarda u manfaatdor shaxsning arizasiga binoan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan tiklanishi lozim. | Boshqa huquqlarni tiklashni reabilitatsiya etilgan shaxs huquqlarini tiklash tartibini tushuntiruvchi bildirish xati olgan paytdan eʼtiboran bir yil mobaynida talab qilishi mumkin. Uzrli sabablarga koʻra bu muddat oʻtkazib yuborilgan hollarda u manfaatdor shaxsning arizasiga binoan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan tiklanishi lozim. |
313-modda. Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchilarning mulkiy va boshqa huquqlarini tiklash | 313-modda. Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchilarning mulkiy va boshqa huquqlarini tiklash |
Reabilitatsiya qilingan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash, maʼnaviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish ushbu bobda belgilangan qoidalarga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, mudofaa vaziri, ichki ishlar vaziri, Davlat xavfsizlik xizmati raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻmondoni tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. | Reabilitatsiya qilingan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash, maʼnaviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish ushbu bobda belgilangan qoidalarga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, mudofaa vaziri, ichki ishlar vaziri, Davlat xavfsizlik xizmati raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻmondoni tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. |
SAKKIZINCHI BOʻLIM PROTSESSUAL MUDDATLAR VA CHIQIMLAR | SAKKIZINCHI BOʻLIM PROTSESSUAL MUDDATLAR VA CHIQIMLAR |
39-bob. PROTSESSUAL MUDDATLAR | 39-bob. PROTSESSUAL MUDDATLAR |
314-modda. Muddatlarni hisoblash | 314-modda. Muddatlarni hisoblash |
Ushbu Kodeksda belgilangan muddatlar, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollarda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tayinlangan muddatlar soatlar, sutkalar va oylar bilan hisoblanadi. Muddatlarni hisoblashda muddatning oʻtishi boshlangan soat, sutka hisobga olinmaydi, ammo bu qoida ushlab turish, qamoqda saqlash yoki uy qamogʻida va tibbiy muassasada boʻlish muddatlarini hisoblashga taalluqli emas. | Ushbu Kodeksda belgilangan muddatlar, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollarda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tayinlangan muddatlar soatlar, sutkalar va oylar bilan hisoblanadi. Muddatlarni hisoblashda muddatning oʻtishi boshlangan soat, sutka hisobga olinmaydi, ammo bu qoida ushlab turish, qamoqda saqlash yoki uy qamogʻida va tibbiy muassasada boʻlish muddatlarini hisoblashga taalluqli emas. |
Muddatni hisoblashda ishdan holi vaqt ham eʼtiborga olinadi. Muddatlar sutkalar bilan hisoblanganda muddat oxirgi sutkada soat 24-00 da tugaydi. Tegishli harakat sudda, prokuraturada yoki boshqa davlat muassasasida bajarilishi lozim boʻlsa, muddat ushbu muassasalarda ish vaqti tamom boʻlishi bilan tugaydi. | Muddatni hisoblashda ishdan holi vaqt ham eʼtiborga olinadi. Muddatlar sutkalar bilan hisoblanganda muddat oxirgi sutkada soat 24-00 da tugaydi. Tegishli harakat sudda, prokuraturada yoki boshqa davlat muassasasida bajarilishi lozim boʻlsa, muddat ushbu muassasalarda ish vaqti tamom boʻlishi bilan tugaydi. |
Oylar bilan hisoblanadigan muddat oxirgi oyning muddat boshlangan kuniga toʻgʻri kelgan sanasida tugaydi, muddatning tugashi tegishli sanasi boʻlmagan oyga toʻgʻri kelsa, muddat shu oyning soʻnggi sutkasida tamom boʻladi. Muddatning tugashi ishdan holi kunga (dam olish, bayram kuniga) toʻgʻri kelsa, muddat shundan keyingi birinchi ish kunida tugaydi, ushlab turish, qamoqda saqlash yoki uy qamogʻida va tibbiy muassasada boʻlish muddatini hisoblash hollari bundan mustasno. | Oylar bilan hisoblanadigan muddat oxirgi oyning muddat boshlangan kuniga toʻgʻri kelgan sanasida tugaydi, muddatning tugashi tegishli sanasi boʻlmagan oyga toʻgʻri kelsa, muddat shu oyning soʻnggi sutkasida tamom boʻladi. Muddatning tugashi ishdan holi kunga (dam olish, bayram kuniga) toʻgʻri kelsa, muddat shundan keyingi birinchi ish kunida tugaydi, ushlab turish, qamoqda saqlash yoki uy qamogʻida va tibbiy muassasada boʻlish muddatini hisoblash hollari bundan mustasno. |
315-modda. Protsessual majburlov choralari qoʻllanganda muddatlarni hisoblash | 315-modda. Protsessual majburlov choralari qoʻllanganda muddatlarni hisoblash |
Shaxsni ushlab turish, qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi va tibbiy muassasaga joylashtirishda muddat ushbu choralar amalda qoʻllanilgan paytdan boshlab hisoblanadi. Ushbu Kodeksning 226, 245 va 268-moddalarida koʻrsatilgan muddat oʻtgach, shaxs darhol ozod qilinishi lozim. | Shaxsni ushlab turish, qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi va tibbiy muassasaga joylashtirishda muddat ushbu choralar amalda qoʻllanilgan paytdan boshlab hisoblanadi. Ushbu Kodeksning 226, 245 va 268-moddalarida koʻrsatilgan muddat oʻtgach, shaxs darhol ozod qilinishi lozim. |
Shikoyat, iltimosnoma yoki boshqa hujjat muddat tugagunga qadar uni qabul qilishga vakolatli shaxsga topshirilgan yoxud xabar qilingan boʻlsa, muddatga rioya etilgan deb hisoblanadi. Shikoyat, iltimosnoma yoki boshqa hujjat muddat tugagunga qadar pochtaga topshirilgan boʻlsa, qamoqda saqlanayotgan yoxud tibbiy muassasadagi shaxslar uchun esa, dastlabki qamoq yoki tibbiy muassasa maʼmuriyatiga topshirilgan boʻlsa, muddat oʻtgan deb hisoblanmaydi. | Shikoyat, iltimosnoma yoki boshqa hujjat muddat tugagunga qadar uni qabul qilishga vakolatli shaxsga topshirilgan yoxud xabar qilingan boʻlsa, muddatga rioya etilgan deb hisoblanadi. Shikoyat, iltimosnoma yoki boshqa hujjat muddat tugagunga qadar pochtaga topshirilgan boʻlsa, qamoqda saqlanayotgan yoxud tibbiy muassasadagi shaxslar uchun esa, dastlabki qamoq yoki tibbiy muassasa maʼmuriyatiga topshirilgan boʻlsa, muddat oʻtgan deb hisoblanmaydi. |
316-modda. Muddatni uzaytirish | 316-modda. Muddatni uzaytirish |
Ushbu Kodeksda belgilangan muddatlar unda nazarda tutilgan hollardagina uzaytirilishi mumkin. | Ushbu Kodeksda belgilangan muddatlar unda nazarda tutilgan hollardagina uzaytirilishi mumkin. |
Qonunda nazarda tutilgan hollarda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan muayyan harakatni bajarish uchun belgilangan muddat protsessning manfaatdor ishtirokchisi qilgan iltimosga binoan muddatni belgilagan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan uzaytirilishi mumkin. | Qonunda nazarda tutilgan hollarda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan muayyan harakatni bajarish uchun belgilangan muddat protsessning manfaatdor ishtirokchisi qilgan iltimosga binoan muddatni belgilagan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan uzaytirilishi mumkin. |
317-modda. Muddatni tiklash | 317-modda. Muddatni tiklash |
Uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan muddat ish yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tiklanishi lozim. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish yoki rad etish xususida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Muddatni tiklashning rad etilishi ustidan umumiy tartibda shikoyat qilinishi va protest bildirilishi mumkin. | Uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan muddat ish yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tiklanishi lozim. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish yoki rad etish xususida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Muddatni tiklashning rad etilishi ustidan umumiy tartibda shikoyat qilinishi va protest bildirilishi mumkin. |
Belgilangan muddat oʻtkazib yuborilgandan soʻng shikoyat qilinganda ajrim yoki qarorning ijrosi manfaatdor protsess ishtirokchisining iltimosiga binoan, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi masala hal qilinguniga qadar toʻxtatib turilishi mumkin. | Belgilangan muddat oʻtkazib yuborilgandan soʻng shikoyat qilinganda ajrim yoki qarorning ijrosi manfaatdor protsess ishtirokchisining iltimosiga binoan, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi masala hal qilinguniga qadar toʻxtatib turilishi mumkin. |
40-bob. PROTSESSUAL CHIQIMLAR VA ULARNI QOPLASH | 40-bob. PROTSESSUAL CHIQIMLAR VA ULARNI QOPLASH |
318-modda. Protsessual chiqimlar | 318-modda. Protsessual chiqimlar |
Protsessual chiqimlar: | Protsessual chiqimlar: |
1) jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga, xolislarga ularning protsessual harakatlar oʻtkaziladigan joyga kelib ketish, turar joyni ijaraga olish xarajatlarini qoplash uchun, shuningdek sutkalik xarajat puli tariqasida beriladigan summadan; | 1) jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga, xolislarga ularning protsessual harakatlar oʻtkaziladigan joyga kelib ketish, turar joyni ijaraga olish xarajatlarini qoplash uchun, shuningdek sutkalik xarajat puli tariqasida beriladigan summadan; |
2) doimiy ish haqi olmaydigan jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, xolislarga ularni odatdagi mashgʻulotidan chalgʻitganlik uchun toʻlanadigan summadan; | 2) doimiy ish haqi olmaydigan jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, xolislarga ularni odatdagi mashgʻulotidan chalgʻitganlik uchun toʻlanadigan summadan; |
3) ekspertlarga, tarjimonlarga, mutaxassislarga ular surishtiruv, dastlabki tergov yoki sudda oʻz vazifalarini bajarganligi uchun toʻlanadigan haqdan, ana shu vazifalar xizmat topshirigʻi tartibida bajarilgan hollar bundan mustasno; | 3) ekspertlarga, tarjimonlarga, mutaxassislarga ular surishtiruv, dastlabki tergov yoki sudda oʻz vazifalarini bajarganligi uchun toʻlanadigan haqdan, ana shu vazifalar xizmat topshirigʻi tartibida bajarilgan hollar bundan mustasno; |
4) ushbu Kodeksning 50-moddasiga muvofiq sudlanuvchi toʻlovdan ozod qilingan taqdirda yuridik yordam koʻrsatganlik uchun himoyachiga toʻlanadigan haqdan; | 4) ushbu Kodeksning 50-moddasiga muvofiq sudlanuvchi toʻlovdan ozod qilingan taqdirda yuridik yordam koʻrsatganlik uchun himoyachiga toʻlanadigan haqdan; |
5) ashyoviy dalillarni saqlash va joʻnatish bilan bogʻliq xarajatlar summasidan; | 5) ashyoviy dalillarni saqlash va joʻnatish bilan bogʻliq xarajatlar summasidan; |
6) ekspertiza muassasalarida ekspertiza oʻtkazish uchun sarflangan summadan; | 6) ekspertiza muassasalarida ekspertiza oʻtkazish uchun sarflangan summadan; |
7) shaxslarni ushlash, majburiy keltirish va qidirish uchun qilingan xarajatlardan; | 7) shaxslarni ushlash, majburiy keltirish va qidirish uchun qilingan xarajatlardan; |
71) surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud majlisini videokonferensaloqadan foydalangan holda oʻtkazish chogʻida qilingan xarajatlardan; | 71) surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud majlisini videokonferensaloqadan foydalangan holda oʻtkazish chogʻida qilingan xarajatlardan; |
8) jinoyat ishini yuritishda qilingan boshqa xarajatlardan iborat boʻladi. | 8) jinoyat ishini yuritishda qilingan boshqa xarajatlardan iborat boʻladi. |
Ushbu moddaning 1, 2, 3, 4 va 71-bandlarida koʻrsatilgan summalar surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga muvofiq budjet mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. | Ushbu moddaning 1, 2, 3, 4 va 71-bandlarida koʻrsatilgan summalar surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga muvofiq budjet mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. |
319-modda. Oʻrtacha ish haqining saqlanishi | 319-modda. Oʻrtacha ish haqining saqlanishi |
Guvoh tariqasida, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi tariqasida chaqiriladigan shaxsning surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga chaqirilganligi bilan bogʻliq butkul vaqt uchun ularning ish joyida oʻrtacha ish haqi saqlab qolinadi. | Guvoh tariqasida, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi tariqasida chaqiriladigan shaxsning surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga chaqirilganligi bilan bogʻliq butkul vaqt uchun ularning ish joyida oʻrtacha ish haqi saqlab qolinadi. |
320-modda. Protsessual chiqimlarni undirish | 320-modda. Protsessual chiqimlarni undirish |
Protsessual chiqimlar, ushbu moddaning oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilganidan tashqari hollarda, mahkumlardan undiriladi yoki davlat hisobiga oʻtkaziladi. | Protsessual chiqimlar, ushbu moddaning oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilganidan tashqari hollarda, mahkumlardan undiriladi yoki davlat hisobiga oʻtkaziladi. |
Sud protsessual chiqimlarni, tarjimonga toʻlangan summadan tashqari, mahkumdan undirishga haqli. Protsessual chiqimlar jazodan ozod qilingan mahkum, shuningdek jazo tayinlanmagan mahkum zimmasiga yuklatilishi mumkin. | Sud protsessual chiqimlarni, tarjimonga toʻlangan summadan tashqari, mahkumdan undirishga haqli. Protsessual chiqimlar jazodan ozod qilingan mahkum, shuningdek jazo tayinlanmagan mahkum zimmasiga yuklatilishi mumkin. |
Sud bir necha sudlanuvchini aybli deb topgan taqdirda, ularning har biridan qancha miqdorda protsessual chiqimlarni undirish lozimligini belgilaydi. Bu holda sud aybning ogʻir yoki yengilligini, jinoyat uchun javobgarlik darajasi va mahkumlarning mulkiy ahvolini inobatga oladi. | Sud bir necha sudlanuvchini aybli deb topgan taqdirda, ularning har biridan qancha miqdorda protsessual chiqimlarni undirish lozimligini belgilaydi. Bu holda sud aybning ogʻir yoki yengilligini, jinoyat uchun javobgarlik darajasi va mahkumlarning mulkiy ahvolini inobatga oladi. |
Sudlanuvchi oqlangan yoki ushbu Kodeksning 83-moddasiga muvofiq ish tugatilgan taqdirda protsessual chiqimlar davlat hisobiga oʻtkaziladi. Sudlanuvchi bir ayblov boʻyicha oqlangan, boshqa ayblov boʻyicha esa aybli deb topilgan boʻlsa, sud u aybli deb topilgan ayblov bilan bogʻliq protsessual chiqimlarni toʻlashni uning zimmasiga yuklaydi. | Sudlanuvchi oqlangan yoki ushbu Kodeksning 83-moddasiga muvofiq ish tugatilgan taqdirda protsessual chiqimlar davlat hisobiga oʻtkaziladi. Sudlanuvchi bir ayblov boʻyicha oqlangan, boshqa ayblov boʻyicha esa aybli deb topilgan boʻlsa, sud u aybli deb topilgan ayblov bilan bogʻliq protsessual chiqimlarni toʻlashni uning zimmasiga yuklaydi. |
Protsessual chiqimlar undirilishi lozim boʻlgan shaxsning toʻlovga moddiy imkoniyati boʻlmagan taqdirda chiqimlar davlat hisobiga oʻtkaziladi. Mahkumning protsessual chiqimni toʻlashi uning qaramogʻida boʻlganlarning moddiy ahvoliga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, sud mahkumni protsessual chiqimlarning hammasini yoxud bir qismini toʻlashdan ozod etishga haqlidir. Mahkum huquqiy yordam uchun toʻlovdan ozod etilgan taqdirda advokat mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq protsessual chiqimlar, shuningdek tarjimonga beriladigan pullar davlat hisobidan toʻlanadi. | Protsessual chiqimlar undirilishi lozim boʻlgan shaxsning toʻlovga moddiy imkoniyati boʻlmagan taqdirda chiqimlar davlat hisobiga oʻtkaziladi. Mahkumning protsessual chiqimni toʻlashi uning qaramogʻida boʻlganlarning moddiy ahvoliga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, sud mahkumni protsessual chiqimlarning hammasini yoxud bir qismini toʻlashdan ozod etishga haqlidir. Mahkum huquqiy yordam uchun toʻlovdan ozod etilgan taqdirda advokat mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq protsessual chiqimlar, shuningdek tarjimonga beriladigan pullar davlat hisobidan toʻlanadi. |
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga qonunda belgilangan tartibda chaqirilgan protsess ishtirokchisining uzrsiz sabablarga koʻra kelmasligi oqibatida ishning sudda koʻrilishini yoxud tergov harakatlari oʻtkazishni kechiktirish bilan bogʻliq protsessual chiqimlar ana shu kelmagan shaxsdan undiriladi. | Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga qonunda belgilangan tartibda chaqirilgan protsess ishtirokchisining uzrsiz sabablarga koʻra kelmasligi oqibatida ishning sudda koʻrilishini yoxud tergov harakatlari oʻtkazishni kechiktirish bilan bogʻliq protsessual chiqimlar ana shu kelmagan shaxsdan undiriladi. |
Moddiy javobgarlik: advokat uzrsiz sabablarga koʻra kelmagani uchun tegishli advokatlar byurosiga, hayʼatiga yoki firmasiga, jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi uzrsiz sabablarga koʻra kelmagani uchun tegishli jamoat birlashmasi yoxud jamoaga yuklatilishi mumkin. | Moddiy javobgarlik: advokat uzrsiz sabablarga koʻra kelmagani uchun tegishli advokatlar byurosiga, hayʼatiga yoki firmasiga, jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi uzrsiz sabablarga koʻra kelmagani uchun tegishli jamoat birlashmasi yoxud jamoaga yuklatilishi mumkin. |
Sud voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar yuzasidan protsessual chiqimlarni toʻlashni voyaga yetmaganning xulq-atvori ustidan tegishli nazorat yoʻqligida aybi boʻlgan taqdirda voyaga yetmagan mahkumning ota-onasiga yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga yuklashi mumkin. | Sud voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar yuzasidan protsessual chiqimlarni toʻlashni voyaga yetmaganning xulq-atvori ustidan tegishli nazorat yoʻqligida aybi boʻlgan taqdirda voyaga yetmagan mahkumning ota-onasiga yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga yuklashi mumkin. |
Jabrlanuvchining shikoyati boʻyicha qoʻzgʻatilgan ish yuzasidan sudlanuvchi oqlangan taqdirda sud protsessual chiqimlarni ish yuritilishiga sabab boʻlgan shikoyatni bergan shaxsdan toʻliq yoki qisman undirishga haqlidir. | Jabrlanuvchining shikoyati boʻyicha qoʻzgʻatilgan ish yuzasidan sudlanuvchi oqlangan taqdirda sud protsessual chiqimlarni ish yuritilishiga sabab boʻlgan shikoyatni bergan shaxsdan toʻliq yoki qisman undirishga haqlidir. |
MAXSUS QISM | MAXSUS QISM |
TOʻQQIZINCHI BOʻLIM ISHNI SUDGA QADAR YURITISH | TOʻQQIZINCHI BOʻLIM ISHNI SUDGA QADAR YURITISH |
401-bob. Ishni sudga qadar yuritishning umumiy shartlari | 401-bob. Ishni sudga qadar yuritishning umumiy shartlari |
3201-modda. Ishni sudga qadar yuritishning shakllari | 3201-modda. Ishni sudga qadar yuritishning shakllari |
Ishni sudga qadar yuritish jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlar qabul qilingan paytdan boshlanadi hamda tergovga qadar tekshiruvni va jinoyat ishini tergov qilishni oʻz ichiga oladi. | Ishni sudga qadar yuritish jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlar qabul qilingan paytdan boshlanadi hamda tergovga qadar tekshiruvni va jinoyat ishini tergov qilishni oʻz ichiga oladi. |
3202-modda. Tergovga qadar tekshiruv | 3202-modda. Tergovga qadar tekshiruv |
Tergovga qadar tekshiruv jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlarni tekshirish, ularni koʻrib chiqish natijasi yuzasidan qaror qabul qilishga doir tadbirlarni, shuningdek ish uchun ahamiyatli boʻlishi mumkin boʻlgan jinoyat izlari, narsalar va hujjatlarni mustahkamlash va saqlashga doir choralarni oʻz ichiga oladi. | Tergovga qadar tekshiruv jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlarni tekshirish, ularni koʻrib chiqish natijasi yuzasidan qaror qabul qilishga doir tadbirlarni, shuningdek ish uchun ahamiyatli boʻlishi mumkin boʻlgan jinoyat izlarini, narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni mustahkamlash va saqlashga doir choralarni oʻz ichiga oladi. |
Tergovga qadar tekshiruv mazkur Kodeksning 391-moddasida koʻrsatilgan organlar tomonidan ushbu Kodeksning 41-bobida belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. | Tergovga qadar tekshiruv mazkur Kodeksning 391-moddasida koʻrsatilgan organlar tomonidan ushbu Kodeksning 41-bobida belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. |
Tergovga qadar tekshiruv surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan ham olib borilishi mumkin. | Tergovga qadar tekshiruv surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan ham olib borilishi mumkin. |
3203-modda. Jinoyat ishini tergov qilish | 3203-modda. Jinoyat ishini tergov qilish |
Jinoyat ishini tergov qilish surishtiruv yoki dastlabki tergov shaklida amalga oshiriladi. | Jinoyat ishini tergov qilish surishtiruv yoki dastlabki tergov shaklida amalga oshiriladi. |
Dastlabki tergov ushbu Kodeksning 345-moddasi ikkinchi — yettinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari boʻyicha, shuningdek ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda oʻtkaziladi. | Dastlabki tergov ushbu Kodeksning 345-moddasi ikkinchi — sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari boʻyicha, shuningdek ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda oʻtkaziladi. |
Surishtiruv ushbu Kodeksning 3812-moddasi birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari boʻyicha oʻtkaziladi. | Surishtiruv ushbu Kodeksning 3812-moddasi birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari boʻyicha oʻtkaziladi. |
Tergovi surishtiruv shaklida oʻtkaziladigan jinoyat ishlari tergovning har tomonlama, xolisona va toʻla oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida ushbu Kodeksning 3815-moddasiga muvofiq prokurorning asoslantirilgan qaroriga koʻra dastlabki tergov olib borish uchun topshirilishi mumkin. | Tergovi surishtiruv shaklida oʻtkaziladigan jinoyat ishlari tergovning har tomonlama, xolisona va toʻla oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida ushbu Kodeksning 3815-moddasiga muvofiq prokurorning asoslantirilgan qaroriga koʻra dastlabki tergov olib borish uchun topshirilishi mumkin. |
41-bob. JINOYAT ISHINI QOʻZGʻATISH | 41-bob. JINOYAT ISHINI QOʻZGʻATISH |
321-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatish majburiyati | 321-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatish majburiyati |
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi oʻz vakolatlari doirasida jinoyat sodir etilganligi toʻgʻrisida sabab va yetarli asoslar mavjud boʻlgan barcha hollarda jinoyat ishini qoʻzgʻatishi shart. | Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi oʻz vakolatlari doirasida jinoyat sodir etilganligi toʻgʻrisida sabab va yetarli asoslar mavjud boʻlgan barcha hollarda jinoyat ishini qoʻzgʻatishi shart. |
322-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatish sabablari va asoslari | 322-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatish sabablari va asoslari |
Jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun: | Jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun: |
1) shaxslarning arizalari; | 1) shaxslarning arizalari; |
2) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar bergan xabarlar; | 2) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar bergan xabarlar; |
3) ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar; | 3) ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar; |
4) jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi maʼlumotlar va izlarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning bevosita oʻzi aniqlashi; | 4) jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi maʼlumotlar va izlarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning bevosita oʻzi aniqlashi; |
5) aybini boʻyniga olish haqidagi arz sabab boʻladi. | 5) aybini boʻyniga olish haqidagi arz sabab boʻladi. |
Jinoyat belgilari mavjudligini koʻrsatuvchi maʼlumotlar jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun asos boʻladi. | Jinoyat belgilari mavjudligini koʻrsatuvchi maʼlumotlar jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun asos boʻladi. |
323-modda. Jinoyat ishini anonim xabarlarga asosan qoʻzgʻatishga yoʻl qoʻyilmasligi | 323-modda. Jinoyat ishini anonim xabarlarga asosan qoʻzgʻatishga yoʻl qoʻyilmasligi |
Jinoyat haqidagi imzosiz, qalbaki imzoli yoki uydirma shaxs nomidan yozilgan xat, ariza yoki boshqa anonim xabarlar jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun sabab boʻla olmaydi. | Jinoyat haqidagi imzosiz, qalbaki imzoli yoki uydirma shaxs nomidan yozilgan xat, ariza yoki boshqa anonim xabarlar jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun sabab boʻla olmaydi. |
324-modda. Shaxslarning arizalari | 324-modda. Shaxslarning arizalari |
Shaxslarning jinoyat toʻgʻrisidagi arizalari yozma yoki ogʻzaki boʻlishi mumkin. Yozma ariza arz qiluvchi shaxs tomonidan imzolangan boʻlishi lozim. | Shaxslarning jinoyat toʻgʻrisidagi arizalari yozma yoki ogʻzaki boʻlishi mumkin. Yozma ariza arz qiluvchi shaxs tomonidan imzolangan boʻlishi lozim. |
Ogʻzaki ariza bayonnomada qayd etiladi. Bayonnomada arz qiluvchi, uning yashash va ishlash joyi, shuningdek shaxsiy hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilishi lozim. Basharti arz qiluvchi hujjat koʻrsata olmasa, uning shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqa yoʻllar bilan tekshirish chorasi koʻrilishi kerak. | Ogʻzaki ariza bayonnomada qayd etiladi. Bayonnomada arz qiluvchi, uning yashash va ishlash joyi, shuningdek shaxsiy hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilishi lozim. Basharti arz qiluvchi hujjat koʻrsata olmasa, uning shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boshqa yoʻllar bilan tekshirish chorasi koʻrilishi kerak. |
Arz qiluvchi jinoyat toʻgʻrisida bila turib yolgʻon xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantiriladi va bu xususda bayonnomada qayd qilinib, uning imzosi bilan tasdiqlanadi. Soʻngra bayonnomada jinoyat sodir etish holatlari xususidagi maʼlumotlar arz qiluvchi nomidan, iloji boricha soʻzma-soʻz aks ettiriladi. Bayonnomani arz qiluvchi va arizani qabul qilgan mansabdor shaxs imzolaydilar. | Arz qiluvchi jinoyat toʻgʻrisida bila turib yolgʻon xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantiriladi va bu xususda bayonnomada qayd qilinib, uning imzosi bilan tasdiqlanadi. Soʻngra bayonnomada jinoyat sodir etish holatlari xususidagi maʼlumotlar arz qiluvchi nomidan, iloji boricha soʻzma-soʻz aks ettiriladi. Bayonnomani arz qiluvchi va arizani qabul qilgan mansabdor shaxs imzolaydilar. |
Jinoyat ishini qoʻzgʻatishga ushbu Kodeksning 113-moddasida nazarda tutilgan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz sabab boʻlsa, bila turib yolgʻon xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida ogohlantirilmasligini mustasno etganda, unga shaxslarning arizalarini qabul qilish va rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ushbu moddada nazarda tutilgan barcha qoidalar taalluqlidir. | Jinoyat ishini qoʻzgʻatishga ushbu Kodeksning 113-moddasida nazarda tutilgan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz sabab boʻlsa, bila turib yolgʻon xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida ogohlantirilmasligini mustasno etganda, unga shaxslarning arizalarini qabul qilish va rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ushbu moddada nazarda tutilgan barcha qoidalar taalluqlidir. |
325-modda. Jabrlanuvchining shikoyatiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatish | 325-modda. Jabrlanuvchining shikoyatiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatish |
Jinoyat kodeksi 105-moddasining birinchi qismida, 109-moddasida, 110-moddasining birinchi qismida, 111-moddasida, 118-moddasining birinchi qismida, 119-moddasining birinchi qismida, 121-moddasining birinchi qismida, 136-moddasida, 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1411-moddasining birinchi qismida, 1413-moddasida, 149-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi jinoyat ishlari aybdorni javobgarlikka tortishni soʻrab jabrlanuvchi bergan shikoyat arizasi asosidagina qoʻzgʻatiladi. Jabrlanuvchi nochor ahvolda boʻlganligi, ayblanuvchiga qaram boʻlganligi tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra oʻz huquqini va qonuniy manfaatlarini oʻzi himoya qila olmaydigan alohida hollarda prokuror jabrlanuvchining shikoyatisiz ham jinoyat ishini qoʻzgʻatishi shart. | Jinoyat kodeksi 105-moddasining birinchi qismida, 109-moddasida, 110-moddasining birinchi qismida, 111-moddasida, 118-moddasining birinchi qismida, 119-moddasining birinchi qismida, 121-moddasining birinchi qismida, 136-moddasida, 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1411-moddasining birinchi qismida, 1413-moddasida, 149, 1491-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi jinoyat ishlari aybdorni javobgarlikka tortishni soʻrab jabrlanuvchi bergan shikoyat arizasi asosidagina qoʻzgʻatiladi. Jabrlanuvchi nochor ahvolda boʻlganligi, ayblanuvchiga qaram boʻlganligi tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra oʻz huquqini va qonuniy manfaatlarini oʻzi himoya qila olmaydigan alohida hollarda prokuror jabrlanuvchining shikoyatisiz ham jinoyat ishini qoʻzgʻatishi shart. |
Jinoyat kodeksining 167, 170, 172, 173-moddalarida nazarda tutilgan va ustav fondida davlat ulushi boʻlmagan yuridik shaxsga nisbatan uning xodimi tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi jinoyat ishlari faqat mazkur yuridik shaxs rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga koʻra qoʻzgʻatiladi. | Jinoyat kodeksining 167, 170, 172, 173-moddalarida nazarda tutilgan va ustav fondida davlat ulushi boʻlmagan yuridik shaxsga nisbatan uning xodimi tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi jinoyat ishlari faqat mazkur yuridik shaxs rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga koʻra qoʻzgʻatiladi. |
326-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar bergan xabarlar | 326-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar bergan xabarlar |
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar jinoyat toʻgʻrisida bergan xabarlar xizmat xati yoki tasdiqlangan telefonogramma, telegramma yoxud radiogramma shaklida boʻlishi lozim. Xabar yuboruvchi sodir etilgan jinoyatga oid holatlarni tasdiqlovchi oʻz ixtiyoridagi hujjatlarni xabarga ilova qilib yuborishi mumkin. | Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar jinoyat toʻgʻrisida bergan xabarlar xizmat xati yoki tasdiqlangan telefonogramma, telegramma yoxud radiogramma shaklida boʻlishi lozim. Xabar yuboruvchi sodir etilgan jinoyatga oid holatlarni tasdiqlovchi oʻz ixtiyoridagi hujjatlarni xabarga ilova qilib yuborishi mumkin. |
327-modda. Ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar | 327-modda. Ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar |
Muayyan jinoyat toʻgʻrisida matbuot, radio va televideniye, hujjatli kinofilmlardagi, shuningdek ommaviy axborot vositalariga yoʻllangan, lekin eʼlon qilinmagan xatlardagi xabarlar jinoyat ishini qoʻzgʻatishga sabab boʻladi. | Muayyan jinoyat toʻgʻrisida matbuot, radio va televideniye, hujjatli kinofilmlardagi, shuningdek ommaviy axborot vositalariga yoʻllangan, lekin eʼlon qilinmagan xatlardagi xabarlar jinoyat ishini qoʻzgʻatishga sabab boʻladi. |
Jinoyat toʻgʻrisidagi xabarni eʼlon qilgan yoki tegishli joylarga yuborgan ommaviy axborot vositalari, shuningdek bu xabar mualliflari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga asosan oʻz ixtiyorlarida boʻlgan hujjatlarni va xabarni tasdiqlovchi boshqa materiallarni taqdim qilishlari shart. | Jinoyat toʻgʻrisidagi xabarni eʼlon qilgan yoki tegishli joylarga yuborgan ommaviy axborot vositalari, shuningdek bu xabar mualliflari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga asosan oʻz ixtiyorlarida boʻlgan hujjatlarni va xabarni tasdiqlovchi boshqa materiallarni taqdim qilishlari shart. |
328-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatish vakolatiga ega boʻlgan organlar yoki mansabdor shaxs tomonidan jinoyatga oid maʼlumotlarning bevosita aniqlanishi | 328-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatish vakolatiga ega boʻlgan organlar yoki mansabdor shaxs tomonidan jinoyatga oid maʼlumotlarning bevosita aniqlanishi |
Jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi maʼlumotlarning bevosita aniqlanishi quyidagi hollarda jinoyat ishini qoʻzgʻatishga sabab boʻlishi mumkin: | Jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi maʼlumotlarning bevosita aniqlanishi quyidagi hollarda jinoyat ishini qoʻzgʻatishga sabab boʻlishi mumkin: |
1) tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi maʼmuriy vazifani amalga oshirayotganida jinoyatga oid maʼlumotlarni aniqlaganida; | 1) tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi maʼmuriy vazifani amalga oshirayotganida jinoyatga oid maʼlumotlarni aniqlaganida; |
2) surishtiruvchi, tergovchi boshqa jinoyatga doir ish boʻyicha dastlabki tergov yuritish chogʻida jinoyatga oid maʼlumotlarni aniqlaganida; | 2) surishtiruvchi, tergovchi boshqa jinoyatga doir ish boʻyicha dastlabki tergov yuritish chogʻida jinoyatga oid maʼlumotlarni aniqlaganida; |
3) prokuror qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish paytida yoki boshqa jinoyatga doir ish boʻyicha dastlabki tergov olib borish chogʻida jinoyatga oid maʼlumotlarni aniqlaganida; | 3) prokuror qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish paytida yoki boshqa jinoyatga doir ish boʻyicha dastlabki tergov olib borish chogʻida jinoyatga oid maʼlumotlarni aniqlaganida; |
329-modda. Jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlarni koʻrib chiqish tartibi | 329-modda. Jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlarni koʻrib chiqish tartibi |
Jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlar roʻyxatga olinishi va darhol, jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun sabab qonuniyligini va asoslar yetarli ekanligini tekshirish zarurati boʻlgan taqdirda esa, oʻn sutkadan kechiktirmasdan hal qilinishi lozim. Ushbu muddat jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlar olingan paytdan boshlab hamda to ishni qoʻzgʻatish yoki qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida qaror chiqarilguniga qadar yoxud tergovga qadar tekshiruv materiallari ushbu Kodeksning 587-moddasiga muvofiq prokurorga yuborilguniga qadar boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oladi. | Jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlar roʻyxatga olinishi va darhol, jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun sabab qonuniyligini va asoslar yetarli ekanligini tekshirish zarurati boʻlgan taqdirda esa, oʻn sutkadan kechiktirmasdan hal qilinishi lozim. Ushbu muddat jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlar olingan paytdan boshlab hamda to ishni qoʻzgʻatish yoki qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida qaror chiqarilguniga qadar yoxud tergovga qadar tekshiruv materiallari ushbu Kodeksning 587-moddasiga muvofiq prokurorga yuborilguniga qadar boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oladi. |
Ushbu modda birinchi qismida koʻrsatilgan muddat ichida tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilib, uning davomida qoʻshimcha hujjatlar, tushuntirishlar talab qilib olish, shuningdek shaxsni ushlab turish ushbu Kodeks 162-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq shaxsiy tintuv va olib qoʻyish, hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish, ekspertiza oʻtkazish, taftish tayinlash, tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish haqida topshiriqlar berish mumkin. Tergovga qadar tekshiruv vaqtida boshqa tergov harakatlarini oʻtkazish man qilinadi. | Ushbu modda birinchi qismida koʻrsatilgan muddat ichida tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilib, uning davomida qoʻshimcha hujjatlar, tushuntirishlar talab qilib olish, shuningdek shaxsni ushlab turish ushbu Kodeks 162-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq shaxsiy tintuv va olib qoʻyish, hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish, ekspertiza oʻtkazish, taftish tayinlash, tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish haqida topshiriqlar berish mumkin. Tergovga qadar tekshiruv vaqtida boshqa tergov harakatlarini oʻtkazish man qilinadi. |
Alohida hollarda, tergovga qadar tekshiruv muddati quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi yoki tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining asoslantirilgan qaroriga koʻra prokuror tomonidan bir oygacha uzaytirilishi mumkin: | Alohida hollarda, tergovga qadar tekshiruv muddati quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi yoki tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining asoslantirilgan qaroriga koʻra prokuror tomonidan bir oygacha uzaytirilishi mumkin: |
1) oʻtkazish uchun koʻp vaqt talab qiladigan ekspertiza, xizmat tekshiruvi, taftish yoki boshqa tekshiruv tayinlangan boʻlsa; | 1) oʻtkazish uchun koʻp vaqt talab qiladigan ekspertiza, xizmat tekshiruvi, taftish yoki boshqa tekshiruv tayinlangan boʻlsa; |
2) olis joylarda boʻlgan yoki chaqiruvga binoan hozir boʻlishdan boʻyin tovlayotgan shaxslardan tushuntirishlar talab qilib olish zarur boʻlsa; | 2) olis joylarda boʻlgan yoki chaqiruvga binoan hozir boʻlishdan boʻyin tovlayotgan shaxslardan tushuntirishlar talab qilib olish zarur boʻlsa; |
3) yangi holatlar aniqlanib, ularni qoʻshimcha tarzda tekshirmasdan turib qaror qabul qilishning imkoni boʻlmasa. | 3) yangi holatlar aniqlanib, ularni qoʻshimcha tarzda tekshirmasdan turib qaror qabul qilishning imkoni boʻlmasa. |
4) yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda qoplash va (yoki) jinoyat oqibatlarini bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida belgilangan muddat oʻtmagan boʻlsa. | 4) yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda qoplash va (yoki) jinoyat oqibatlarini bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida belgilangan muddat oʻtmagan boʻlsa. |
330-modda. Jinoyatga oid maʼlumotlarni koʻrib chiqish natijasida qabul qilinadigan qarorlar | 330-modda. Jinoyatga oid maʼlumotlarni koʻrib chiqish natijasida qabul qilinadigan qarorlar |
Jinoyatga oid maʼlumotlar olingan yoki bunday maʼlumotlar bevosita aniqlangan har bir holda quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi: | Jinoyatga oid maʼlumotlar olingan yoki bunday maʼlumotlar bevosita aniqlangan har bir holda quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi: |
1) jinoyat ishini qoʻzgʻatish haqida; | 1) jinoyat ishini qoʻzgʻatish haqida; |
2) ishni qoʻzgʻatishni rad qilish haqida; | 2) ishni qoʻzgʻatishni rad qilish haqida; |
3) ariza yoki xabarni tergovga tegishliligiga qarab yuborish haqida. | 3) ariza yoki xabarni tergovga tegishliligiga qarab yuborish haqida. |
331-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatish tartibi | 331-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatish tartibi |
Ushbu Kodeksning 322-moddasida nazarda tutilgan sabab va asoslar mavjud boʻlgan taqdirda jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi qaror chiqaradi. | Ushbu Kodeksning 322-moddasida nazarda tutilgan sabab va asoslar mavjud boʻlgan taqdirda jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi qaror chiqaradi. |
Qarorda: ishni qoʻzgʻatish sabablari va asoslari; Jinoyat kodeksining jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan jinoyatni nazarda tutuvchi moddasi; bundan buyon ishni oʻz yurituviga oluvchi mansabdor shaxs koʻrsatiladi. | Qarorda: ishni qoʻzgʻatish sabablari va asoslari; Jinoyat kodeksining jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan jinoyatni nazarda tutuvchi moddasi; bundan buyon ishni oʻz yurituviga oluvchi mansabdor shaxs koʻrsatiladi. |
Jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusxasi ushbu ishning tergov qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishi lozim boʻlgan prokurorga yuboriladi. | Jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusxasi ushbu ishning tergov qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishi lozim boʻlgan prokurorga yuboriladi. |
Ish qoʻzgʻatilgandan keyin uzoqqa choʻzilgan jinoyatlarning oldini olish va jinoyatlar takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek ish uchun ahamiyati boʻlishi ehtimol tutilgan jinoyat izlari, narsalar va hujjatlarni mustahkamlash va qoʻriqlash yuzasidan darhol choralar koʻrish lozim. | Ish qoʻzgʻatilgandan keyin uzoqqa choʻzilgan jinoyatlarning oldini olish va jinoyatlar takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek ish uchun ahamiyati boʻlishi ehtimol tutilgan jinoyat izlarini, narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni mustahkamlash va qoʻriqlash yuzasidan darhol choralar koʻrish lozim. |
Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan faktlar boʻyicha tadbirkorlik subyektiga nisbatan jinoyat ishini qoʻzgʻatishga faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining roziligi bilan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. | Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan faktlar boʻyicha tadbirkorlik subyektiga nisbatan jinoyat ishini qoʻzgʻatishga faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining roziligi bilan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. |
332-modda. Jinoyat ishlarini birlashtirish va ajratish | 332-modda. Jinoyat ishlarini birlashtirish va ajratish |
Bitta tergov yoki sud ish yurituviga faqat bir necha shaxsning bir yoki bir necha jinoyatni birgalashib sodir etganlikda ayblanishiga doir ishlar yoxud bir shaxsning bir necha jinoyatni sodir etganlikda ayblanishiga doir ishlar birlashtirilishi mumkin. | Bitta tergov yoki sud ish yurituviga faqat bir necha shaxsning bir yoki bir necha jinoyatni birgalashib sodir etganlikda ayblanishiga doir ishlar yoxud bir shaxsning bir necha jinoyatni sodir etganlikda ayblanishiga doir ishlar birlashtirilishi mumkin. |
Bir yoki bir necha jinoyatni birgalashib sodir etishda ayblanayotgan shaxslarga nisbatan ishni ajratishga, basharti bu ish holatlari boʻyicha zarur boʻlib qolsa hamda bunday ajratish surishtiruvning, dastlabki tergovning va sud tomonidan ishni koʻrib chiqishning toʻliq va xolisona boʻlishiga taʼsir qilmasa, yoʻl qoʻyiladi. | Bir yoki bir necha jinoyatni birgalashib sodir etishda ayblanayotgan shaxslarga nisbatan ishni ajratishga, basharti bu ish holatlari boʻyicha zarur boʻlib qolsa hamda bunday ajratish surishtiruvning, dastlabki tergovning va sud tomonidan ishni koʻrib chiqishning toʻliq va xolisona boʻlishiga taʼsir qilmasa, yoʻl qoʻyiladi. |
Tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bogʻliq boʻlmagan yangi jinoyat aniqlangan taqdirda, jinoyat ishining mazkur holatga doir qismi jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan holda alohida ish yurituvga ajratiladi. | Tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bogʻliq boʻlmagan yangi jinoyat aniqlangan taqdirda, jinoyat ishining mazkur holatga doir qismi jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan holda alohida ish yurituvga ajratiladi. |
Ishlarni birlashtirish va ajratish surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan amalga oshiriladi. | Ishlarni birlashtirish va ajratish surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan amalga oshiriladi. |
333-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish | 333-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish |
Ushbu Kodeks 83-moddasining 1 va 2-bandlarida hamda 84-moddasi birinchi qismining 1, 3 — 8-bandlarida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida qaror chiqaradi, jinoyat sodir etilganligi toʻgʻrisida xabar bergan fuqaro, korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasi yoki mansabdor shaxs bu haqda xabardor qilinadi. Bunda ularga qaror ustidan shikoyat qilish huquqi va tartibi tushuntirilishi lozim. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusxasi prokurorga yuboriladi. | Ushbu Kodeks 83-moddasining 1 va 2-bandlarida hamda 84-moddasi birinchi qismining 1, 3 — 8-bandlarida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida qaror chiqaradi, jinoyat sodir etilganligi toʻgʻrisida xabar bergan fuqaro, korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasi yoki mansabdor shaxs bu haqda xabardor qilinadi. Bunda ularga qaror ustidan shikoyat qilish huquqi va tartibi tushuntirilishi lozim. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusxasi prokurorga yuboriladi. |
Ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3-bandlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etishga, agar oʻziga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi masala qoʻyilayotgan shaxs yoki vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari bunga eʼtiroz bildirsa, yoʻl qoʻyilmaydi. | Ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3-bandlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etishga, agar oʻziga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi masala qoʻyilayotgan shaxs yoki vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari bunga eʼtiroz bildirsa, yoʻl qoʻyilmaydi. |
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan holat aniqlangan taqdirda, jinoyatga oid ariza, xabar va boshqa maʼlumotlar darhol prokurorga yuboriladi. | Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan holat aniqlangan taqdirda, jinoyatga oid ariza, xabar va boshqa maʼlumotlar darhol prokurorga yuboriladi. |
334-modda. Maʼmuriy, intizomiy va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi xabarlar boʻyicha koʻriladigan choralar | 334-modda. Maʼmuriy, intizomiy va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi xabarlar boʻyicha koʻriladigan choralar |
Kelib tushgan xabarda jinoyat haqida emas, balki maʼmuriy, intizomiy yoki boshqa huquqbuzarlik yoxud axloq normalari buzilganligi haqida maʼlumot boʻlsa, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish bilan bir paytda xabarni huquqni buzgan shaxsga nisbatan maʼmuriy, intizomiy javobgarlik yoki jamoat taʼsir choralari qoʻllash uchun huquqni buzgan shaxs ishlaydigan yoki oʻqiydigan joy maʼmuriyatiga, uning turar joyidagi jamoaga, jamoat birlashmasiga yoki bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga, tegishli vakolatlarga ega boʻlgan davlat organi yoki mansabdor shaxsga yuboradi. | Kelib tushgan xabarda jinoyat haqida emas, balki maʼmuriy, intizomiy yoki boshqa huquqbuzarlik yoxud axloq normalari buzilganligi haqida maʼlumot boʻlsa, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish bilan bir paytda xabarni huquqni buzgan shaxsga nisbatan maʼmuriy, intizomiy javobgarlik yoki jamoat taʼsir choralari qoʻllash uchun huquqni buzgan shaxs ishlaydigan yoki oʻqiydigan joy maʼmuriyatiga, uning turar joyidagi jamoaga, jamoat birlashmasiga yoki bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga, tegishli vakolatlarga ega boʻlgan davlat organi yoki mansabdor shaxsga yuboradi. |
Kelib tushgan xabarda fuqarolarning siyosiy, mehnat, uy-joy, oilaviy yoki boshqa huquqlari buzilganligi, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarining fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida qoʻriqlanadigan qonuniy manfaatlari buzilganligi koʻzga tashlansa, unda ishni qoʻzgʻatishni rad qilish bilan bir vaqtda manfaatdor shaxslarga sudga murojaat qilish huquqlari va tartibi tushuntirilishi lozim. Basharti ular maʼlum sabablarga koʻra, sud orqali oʻzlarini himoya qilishni soʻrash imkoniyatiga ega boʻlmasalar, prokuror bunday shaxslarni himoya qilib, sudga ariza bilan murojaat etishga haqlidir. | Kelib tushgan xabarda fuqarolarning siyosiy, mehnat, uy-joy, oilaviy yoki boshqa huquqlari buzilganligi, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarining fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida qoʻriqlanadigan qonuniy manfaatlari buzilganligi koʻzga tashlansa, unda ishni qoʻzgʻatishni rad qilish bilan bir vaqtda manfaatdor shaxslarga sudga murojaat qilish huquqlari va tartibi tushuntirilishi lozim. Basharti ular maʼlum sabablarga koʻra, sud orqali oʻzlarini himoya qilishni soʻrash imkoniyatiga ega boʻlmasalar, prokuror bunday shaxslarni himoya qilib, sudga ariza bilan murojaat etishga haqlidir. |
335-modda. Jinoyat toʻgʻrisidagi arizani (xabarni) tergovga tegishliligiga qarab yuborish | 335-modda. Jinoyat toʻgʻrisidagi arizani (xabarni) tergovga tegishliligiga qarab yuborish |
Arizani (xabarni) tergovga tegishliligiga qarab yuborishga ushbu tuman (shahar) hududidan tashqarida sodir etilgan jinoyat haqida xabar berilgan va jinoyat ishini qoʻzgʻatish masalasini hal qilish uchun tekshirish harakatlarini jinoyat sodir etilgan tumanda (shaharda) oʻtkazish zarur boʻlgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi. | Arizani (xabarni) tergovga tegishliligiga qarab yuborishga ushbu tuman (shahar) hududidan tashqarida sodir etilgan jinoyat haqida xabar berilgan va jinoyat ishini qoʻzgʻatish masalasini hal qilish uchun tekshirish harakatlarini jinoyat sodir etilgan tumanda (shaharda) oʻtkazish zarur boʻlgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi. |
336-modda. Jinoyat ishini ish qoʻzgʻatilganidan keyin yuborish | 336-modda. Jinoyat ishini ish qoʻzgʻatilganidan keyin yuborish |
Jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror chiqarilganidan keyin: | Jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror chiqarilganidan keyin: |
1) prokuror ishni ushbu Kodeksning 345 va 3812-moddalariga muvofiq dastlabki tergov yoki surishtiruv organiga yuboradi yoxud oʻzi dastlabki tergov yoki surishtiruv yuritishga kirishadi; | 1) prokuror ishni ushbu Kodeksning 345 va 3812-moddalariga muvofiq dastlabki tergov yoki surishtiruv organiga yuboradi yoxud oʻzi dastlabki tergov yoki surishtiruv yuritishga kirishadi; |
2) tergovchi dastlabki tergovni yuritishga kirishadi va bu haqda darhol prokurorni xabardor qiladi yoki prokurorning roziligi bilan jinoyat ishini ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra boshqa dastlabki tergov organiga yoki ushbu Kodeksning 3812-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra surishtiruv organiga yuboradi; | 2) tergovchi dastlabki tergovni yuritishga kirishadi va bu haqda darhol prokurorni xabardor qiladi yoki prokurorning roziligi bilan jinoyat ishini ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra boshqa dastlabki tergov organiga yoki ushbu Kodeksning 3812-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra surishtiruv organiga yuboradi; |
3) surishtiruvchi surishtiruv yuritishga kirishadi va bu haqda darhol prokurorni xabardor qiladi yoki prokurorning roziligi bilan jinoyat ishini ushbu Kodeksning 3812-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra boshqa surishtiruv organiga yoki ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra dastlabki tergov organiga yuboradi; | 3) surishtiruvchi surishtiruv yuritishga kirishadi va bu haqda darhol prokurorni xabardor qiladi yoki prokurorning roziligi bilan jinoyat ishini ushbu Kodeksning 3812-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra boshqa surishtiruv organiga yoki ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra dastlabki tergov organiga yuboradi; |
4) tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshligʻi jinoyat ishini ushbu Kodeksning 345 va 3812-moddalarida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra dastlabki tergov yoki surishtiruv organiga oʻtkazish uchun darhol prokurorga yuboradi. Jinoyat ishining tergovi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirgan organning surishtiruviga yoki dastlabki tergoviga tegishli boʻlgan taqdirda, jinoyat ishi prokurorni darhol xabardor qilgan holda surishtiruvni yoki dastlabki tergovni amalga oshirish uchun qabul qilinishi mumkin. | 4) tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshligʻi jinoyat ishini ushbu Kodeksning 345 va 3812-moddalarida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra dastlabki tergov yoki surishtiruv organiga oʻtkazish uchun darhol prokurorga yuboradi. Jinoyat ishining tergovi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirgan organning surishtiruviga yoki dastlabki tergoviga tegishli boʻlgan taqdirda, jinoyat ishi prokurorni darhol xabardor qilgan holda surishtiruvni yoki dastlabki tergovni amalga oshirish uchun qabul qilinishi mumkin. |
337-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishning qonuniyligi ustidan prokuror nazorati | 337-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishning qonuniyligi ustidan prokuror nazorati |
Jinoyat ishini qoʻzgʻatishning qonuniyligi ustidan nazorat olib borayotgan prokuror: | Jinoyat ishini qoʻzgʻatishning qonuniyligi ustidan nazorat olib borayotgan prokuror: |
1) jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilishga va ish qoʻzgʻatishni rad qilishga; | 1) jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilishga va ish qoʻzgʻatishni rad qilishga; |
2) jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilishga va ayni vaqtda ish qoʻzgʻatishga haqlidir. | 2) jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilishga va ayni vaqtda ish qoʻzgʻatishga haqlidir. |
338-modda. Jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish | 338-modda. Jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish |
Prokurorning jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilinishi mumkin. Ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorining prokuror tomonidan bekor qilinishi ustidan ham xuddi shunday tartibda shikoyat qilinishi mumkin. | Prokurorning jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilinishi mumkin. Ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorining prokuror tomonidan bekor qilinishi ustidan ham xuddi shunday tartibda shikoyat qilinishi mumkin. |
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining ish qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan prokurorga, prokurorning ish qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan yuqori turuvchi prokurorga, sudning ajrimi ustidan esa yuqori sudga shikoyat qilinishi mumkin. | Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining ish qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan prokurorga, prokurorning ish qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan yuqori turuvchi prokurorga, sudning ajrimi ustidan esa yuqori sudga shikoyat qilinishi mumkin. |
43-bob. DASTLABKI TERGOVNING UMUMIY SHARTLARI | 43-bob. DASTLABKI TERGOVNING UMUMIY SHARTLARI |
344-modda. Dastlabki tergovni olib borishga vakolatli mansabdor shaxslar | 344-modda. Dastlabki tergovni olib borishga vakolatli mansabdor shaxslar |
Dastlabki tergovni prokuratura, ichki ishlar organlari va davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari olib boradi. | Dastlabki tergovni prokuratura, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, ichki ishlar organlari va davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari olib boradi. |
Dastlabki tergovni prokurorlar ham olib borishlari mumkin. | Dastlabki tergovni prokurorlar ham olib borishlari mumkin. |
345-modda. Jinoyat ishining tergovga tegishliligi | 345-modda. Jinoyat ishining tergovga tegishliligi |
Ushbu moddaning ikkinchi — yettinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari boʻyicha dastlabki tergov oʻtkazilishi shart. | Ushbu moddaning ikkinchi — sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari boʻyicha dastlabki tergov oʻtkazilishi shart. |
Jinoyat kodeksining 97 — 1031, 108, 116, 132, 137, 141 — 149, 175-moddalarida, 177-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 180 — 1811-moddalarida, 184-moddasi uchinchi qismida, 1841-moddasida, 186-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 1921 — 19211, 1971, 205 — 215, 218 — 222, 2294, 230 — 2302, 231-moddalarida, 232-moddasi ikkinchi qismida, 2321 — 236, 2411 — 242, 265-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek qonunda koʻrsatilgan ayrim toifadagi mansabdor shaxslarning jinoyatlariga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov prokuratura organlarining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi. | Jinoyat kodeksining 97 — 1031, 108, 116, 132, 137, 141 — 1493-moddalarida, 169-moddasi ikkinchi qismining “d” va “e” bandlarida hamda uchinchi qismining “g” bandida, 175-moddasida, 1921 — 19212, 1971, 205 — 215, 218 — 222, 2291-moddalarida, 2293-moddasi oltinchi qismida, 2294, 2295, 230 — 2302, 231-moddalarida, 232-moddasi ikkinchi qismida, 2321 — 236, 2411 — 242, 265-moddalarida, 27611-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek qonunda koʻrsatilgan ayrim toifadagi mansabdor shaxslarning jinoyatlariga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov prokuratura organlarining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi. |
Jinoyat kodeksining 279 — 302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov harbiy prokuratura tergovchilari tomonidan olib boriladi. | Jinoyat kodeksining 279 — 302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov harbiy prokuratura tergovchilari tomonidan olib boriladi. |
Jinoyat kodeksining 150 — 163, 182, 223, 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari tomonidan olib boriladi. | Jinoyat kodeksining 150 — 163, 182, 223, 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari tomonidan olib boriladi. |
Jinoyat kodeksining 104-moddasida, 105-moddasi ikkinchi qismida, 106, 107-moddalarida, 110-moddasi ikkinchi qismida, 113-moddasi uchinchi — beshinchi qismlarida, 114-moddasi uchinchi qismida, 1151-moddasida, 117-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 118, 119-moddalarida, 121-moddasi ikkinchi qismida, 124-moddasida, 127-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1271-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 129-moddasi ikkinchi qismida, 131-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 133-moddasi ikkinchi qismida, 1331, 1332, 134, 135-moddalarida, 138-moddasi ikkinchi qismida, 164 — 166-moddalarida, 168-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 169-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 171-moddasi uchinchi qismida, 173-moddasi uchinchi qismida, 176-moddasida, 1861-moddasida, 1862-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 193 — 197, 198 — 204, 216-moddalarida, 2161-moddasining ikkinchi qismida, 217-moddasida, 225-moddasi uchinchi qismida, 226-moddasi ikkinchi qismida, 228-moddasi ikkinchi qismida, 2296, 243, 244, 2443-moddalarida, 2444-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 245, 247, 248-moddalarida, 2481-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 249, 250-moddalarida, 2501-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 251 — 2551-moddalarida, 2552-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 256 — 258-moddalarida, 259-moddasi ikkinchi qismida, 260-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 2601-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 262-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 263-moddasida, 2631-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 264-moddasida, 266-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 267-moddasida, 268-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 269-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 270-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 271, 273-moddalarida, 274-moddasi ikkinchi qismida, 275-moddasida, 276-moddasi ikkinchi qismida, 277-moddasi uchinchi qismida, 278-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 2787-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlarga doir barcha ishlar boʻyicha (qasddan odam oʻldirish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlar bundan mustasno) dastlabki tergov ichki ishlar organlarining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi. Jinoyat kodeksining 130-moddasi uchinchi qismida, 167-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 178, 1863, 188, 1881, 2441, 2442-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha dastlabki tergov ish qoʻzgʻatgan dastlabki tergov organi tomonidan amalga oshiriladi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organ yoki surishtiruv organi tomonidan ushbu qismda nazarda tutilgan jinoyatlar boʻyicha ish qoʻzgʻatilgan taqdirda, ish boʻyicha tergovni amalga oshiruvchi dastlabki tergov organi prokuror tomonidan belgilanadi. | Jinoyat kodeksining 104-moddasida, 105-moddasi ikkinchi qismida, 106, 107-moddalarida, 110-moddasi ikkinchi qismida, 114-moddasi uchinchi qismida, 1151-moddasida, 117-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 118, 119-moddalarida, 121-moddasi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 1221-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 124-moddasida, 1261-moddasi beshinchi — sakkizinchi qismlarida, 127-moddasida, 1271-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128, 1281-moddalarida, 129-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 131-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 133-moddasi ikkinchi qismida, 1331, 1332, 134, 135-moddalarida, 138-moddasi ikkinchi qismida, 164, 165, 166-moddalarida, 168-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 169-moddasi ikkinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida, uchinchi qismining “a”, “b” va “v” bandlarida hamda toʻrtinchi qismida, 171-moddasi uchinchi qismida, 173-moddasi uchinchi qismida, 176-moddasida, 193 — 196-moddalarida, 1961-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1962-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 197-moddasida, 198 — 204, 216-moddalarida, 2161-moddasining ikkinchi qismida, 217-moddasida, 225-moddasi uchinchi qismida, 226-moddasi ikkinchi qismida, 228-moddasi ikkinchi qismida, 2282-moddasi uchinchi qismida, 2296, 244, 2443-moddalarida, 2444-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 245, 247, 248-moddalarida, 2481-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 249, 250-moddalarida, 2501-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 252 — 2551-moddalarida, 2552-moddasi ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida, 256, 257, 258-moddalarida, 259-moddasi ikkinchi qismida, 260-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 2601-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 262-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 2621-moddasi ikkinchi qismida, 263-moddasida, 2631-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 264-moddasida, 266-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 267-moddasida, 268-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 269-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 270-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 271-moddasida, 273-moddasi ikkinchi — oltinchi qismlarida, 274-moddasi toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 275-moddasida, 276-moddasi ikkinchi qismida, 2761 — 2764-moddalarida, 2766, 2767-moddalarida, 2768-moddasi ikkinchi qismida, 2769-moddasi uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 27610-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 27613-moddalarida, 277-moddasi uchinchi qismida, 278-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 2787-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlarga doir barcha ishlar boʻyicha (qasddan odam oʻldirish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlar bundan mustasno) dastlabki tergov ichki ishlar organlarining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi. Jinoyat kodeksining 177-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 180 — 1811-moddalarida, 184-moddasi uchinchi qismida, 1861-moddasida, 27611-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi. Jinoyat kodeksining 1291-moddasi ikkinchi qismida, 167-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 178-moddasida, 1862-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 188, 1881, 243, 2441, 2442, 27612-moddalarida, 2788-moddasi uchinchi qismida, 2789-moddasi toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha dastlabki tergov ish qoʻzgʻatgan dastlabki tergov organi tomonidan amalga oshiriladi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organ yoki surishtiruv organi tomonidan ushbu qismda nazarda tutilgan jinoyatlar boʻyicha ish qoʻzgʻatilgan taqdirda, ish boʻyicha tergovni amalga oshiruvchi dastlabki tergov organi prokuror tomonidan belgilanadi. |
Jinoyat kodeksining 237 — 241-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov ushbu ish qoʻzgʻatilishiga sabab boʻlgan jinoyat qaysi organning tergoviga tegishli boʻlsa, oʻsha organ tomonidan olib boriladi. | Jinoyat kodeksining 237 — 241-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov ushbu ish qoʻzgʻatilishiga sabab boʻlgan jinoyat qaysi organning tergoviga tegishli boʻlsa, oʻsha organ tomonidan olib boriladi. |
Agar tergovni olib borishda boshqa dastlabki tergov organi tergoviga tegishli yangi jinoyat aniqlansa, ishni yuritayotgan dastlabki tergov organi faqat tegishli prokurorning roziligi bilan tergovni toʻliq hajmda tamomlashi mumkin. | Agar tergovni olib borishda boshqa dastlabki tergov organi tergoviga tegishli yangi jinoyat aniqlansa, ishni yuritayotgan dastlabki tergov organi faqat tegishli prokurorning roziligi bilan tergovni toʻliq hajmda tamomlashi mumkin. |
Agar tergovni olib borishda surishtiruv organiga tegishli boʻlgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bogʻliq boʻlmagan yangi jinoyat aniqlansa, jinoyat ishini ajratish va boshqalarga oʻtkazish ushbu Kodeksning 332 va 3812-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda agar mazkur yangi jinoyat ushbu Kodeks 3812-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar turkumiga kirsa, ajratilgan jinoyat ishi boʻyicha surishtiruvni amalga oshirish prokuror tomonidan surishtiruvchiga topshiriladi. | Agar tergovni olib borishda surishtiruv organiga tegishli boʻlgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bogʻliq boʻlmagan yangi jinoyat aniqlansa, jinoyat ishini ajratish va boshqalarga oʻtkazish ushbu Kodeksning 332 va 3812-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda agar mazkur yangi jinoyat ushbu Kodeks 3812-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar turkumiga kirsa, ajratilgan jinoyat ishi boʻyicha surishtiruvni amalga oshirish prokuror tomonidan surishtiruvchiga topshiriladi. |
Turli dastlabki tergov organlari tergoviga tegishli jinoyat ishlari bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror tergovni olib borishni ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi jinoyat ishining tergovi qaysi organga tegishli boʻlsa, shu organga, jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi teng boʻlganda esa, jinoyat ishini uzoqroq muddat davomida tergov qilayotgan organga topshiradi. | Turli dastlabki tergov organlari tergoviga tegishli jinoyat ishlari bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror tergovni olib borishni ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi jinoyat ishining tergovi qaysi organga tegishli boʻlsa, shu organga, jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi teng boʻlganda esa, jinoyat ishini uzoqroq muddat davomida tergov qilayotgan organga topshiradi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari, shuningdek ularga tenglashtirilgan prokurorlar tergovning har tomonlama, toʻliq va xolisona olib borilishini taʼminlash maqsadida jinoyat ishini, tergovga tegishlilik qoidalaridan qatʼi nazar, quyidagi hollarda asoslantirilgan qarorga binoan bir dastlabki tergov organidan boshqasiga oʻtkazishga haqli: | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari, shuningdek ularga tenglashtirilgan prokurorlar tergovning har tomonlama, toʻliq va xolisona olib borilishini taʼminlash maqsadida jinoyat ishini, tergovga tegishlilik qoidalaridan qatʼi nazar, quyidagi hollarda asoslantirilgan qarorga binoan bir dastlabki tergov organidan boshqasiga oʻtkazishga haqli: |
1) agar jinoyat ishining tergovi tegishli boʻlgan organ jinoyatni hisobga olishdan ilgari yashirgan boʻlsa; | 1) agar jinoyat ishining tergovi tegishli boʻlgan organ jinoyatni hisobga olishdan ilgari yashirgan boʻlsa; |
2) agar jinoyat ishining tergovi tegishli boʻlgan organning rahbari yoki rahbarning yaqin qarindoshi ish yuzasidan jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgar deb topilgan boʻlsa; | 2) agar jinoyat ishining tergovi tegishli boʻlgan organning rahbari yoki rahbarning yaqin qarindoshi ish yuzasidan jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgar deb topilgan boʻlsa; |
3) aybsizligi ayon boʻlgan shaxs ayblanuvchi tariqasida jalb etilganda yoki qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida oldindan bila turib qonunga xilof ravishda iltimosnoma qoʻzgʻatilganda; | 3) aybsizligi ayon boʻlgan shaxs ayblanuvchi tariqasida jalb etilganda yoki qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida oldindan bila turib qonunga xilof ravishda iltimosnoma qoʻzgʻatilganda; |
4) dastlabki tergovni olib borishda qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlari qoʻllanilganda; | 4) dastlabki tergovni olib borishda qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlari qoʻllanilganda; |
5) tergovning natijalariga va ish boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan tarzda ushbu Kodeks talablari buzilganda. | 5) tergovning natijalariga va ish boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan tarzda ushbu Kodeks talablari buzilganda. |
346-modda. Hududiy jihatdan tergovga tegishlilik | 346-modda. Hududiy jihatdan tergovga tegishlilik |
Jinoyat qayerda sodir etilgan boʻlsa, jinoyat ishi oʻsha tuman (shahar) tergovchisining tergoviga tegishli boʻladi. | Jinoyat qayerda sodir etilgan boʻlsa, jinoyat ishi oʻsha tuman (shahar) tergovchisining tergoviga tegishli boʻladi. |
Dastlabki tergov, basharti ish holatlarini ancha tez, puxta, toʻla, xolisona, har tomonlama tekshirishga yordam bersa, ish qoʻzgʻatilgan joyda yoki gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi yoki guvohlarning koʻpchiligi turgan yerda oʻtkazilishi ham mumkin. | Dastlabki tergov, basharti ish holatlarini ancha tez, puxta, toʻla, xolisona, har tomonlama tekshirishga yordam bersa, ish qoʻzgʻatilgan joyda yoki gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi yoki guvohlarning koʻpchiligi turgan yerda oʻtkazilishi ham mumkin. |
Yuqori turuvchi prokuror yoki yuqori tergov boʻlinmasi boshligʻining farmoyishiga asosan dastlabki tergov hududiy jihatdan tergovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinmagan holda olib borilishi ham mumkin. | Yuqori turuvchi prokuror yoki yuqori tergov boʻlinmasi boshligʻining farmoyishiga asosan dastlabki tergov hududiy jihatdan tergovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinmagan holda olib borilishi ham mumkin. |
347-modda. Tergovchining topshiriqlarini bajarish | 347-modda. Tergovchining topshiriqlarini bajarish |
Har bir tergovchi oʻz yurituvida boʻlgan jinoyat ishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining hududida istalgan joyda biror tergov harakatini shaxsan oʻzi bajarishga yoxud uni oʻtkazishni boshqa tergovchiga yoki surishtiruvchiga topshirishga haqlidir. | Har bir tergovchi oʻz yurituvida boʻlgan jinoyat ishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining hududida istalgan joyda biror tergov harakatini shaxsan oʻzi bajarishga yoxud uni oʻtkazishni boshqa tergovchiga yoki surishtiruvchiga topshirishga haqlidir. |
Tergovchining topshirigʻida ijro etuvchi uchun majburiy boʻlgan ijro muddati koʻrsatiladi. Tergovchining topshirigʻini bu muddat ichida ijro etishning iloji boʻlmasa, topshiriq olgan shaxs topshiriq bergan tergovchiga topshiriq qachon bajarilishi mumkinligi toʻgʻrisida yozma ravishda, telegramma yoki telefonogramma orqali xabar qiladi va uning koʻrsatmalariga binoan topshiriqni bajarishni davom ettiradi. | Tergovchining topshirigʻida ijro etuvchi uchun majburiy boʻlgan ijro muddati koʻrsatiladi. Tergovchining topshirigʻini bu muddat ichida ijro etishning iloji boʻlmasa, topshiriq olgan shaxs topshiriq bergan tergovchiga topshiriq qachon bajarilishi mumkinligi toʻgʻrisida yozma ravishda, telegramma yoki telefonogramma orqali xabar qiladi va uning koʻrsatmalariga binoan topshiriqni bajarishni davom ettiradi. |
348-modda. Jinoyat ishini boshqalarga oʻtkazish | 348-modda. Jinoyat ishini boshqalarga oʻtkazish |
Jinoyat ishini bir tergov boʻlinmasi doirasida bir tergovchidan boshqa tergovchiga oʻtkazish shu tergov boʻlinmasining rahbari tomonidan amalga oshiriladi. | Jinoyat ishini bir tergov boʻlinmasi doirasida bir tergovchidan boshqa tergovchiga oʻtkazish shu tergov boʻlinmasining rahbari tomonidan amalga oshiriladi. |
Ishni bir tergov boʻlinmasidan boshqasiga oʻtkazish yuqori tergov boʻlinmasining boshligʻi tomonidan prokuror roziligi bilan amalga oshiriladi. | Ishni bir tergov boʻlinmasidan boshqasiga oʻtkazish yuqori tergov boʻlinmasining boshligʻi tomonidan prokuror roziligi bilan amalga oshiriladi. |
Ishni bir dastlabki tergov organidan boshqasiga oʻtkazishga prokurorning qaroriga binoan yoʻl qoʻyiladi. | Ishni bir dastlabki tergov organidan boshqasiga oʻtkazishga prokurorning qaroriga binoan yoʻl qoʻyiladi. |
3481-modda. Yoʻqolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash | 3481-modda. Yoʻqolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash |
Yoʻqolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash prokurorning qaroriga koʻra, jinoyat ishi yoxud uning materiallari sudda yoʻqolgan taqdirda esa ijro etish uchun prokurorga yuboriladigan sud ajrimiga koʻra amalga oshiriladi. | Yoʻqolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash prokurorning qaroriga koʻra, jinoyat ishi yoxud uning materiallari sudda yoʻqolgan taqdirda esa ijro etish uchun prokurorga yuboriladigan sud ajrimiga koʻra amalga oshiriladi. |
Yoʻqolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash jinoyat ishi hujjatlarining ushbu Kodeksda belgilangan tartibda dalillar deb topilishi mumkin boʻlgan saqlab qolingan koʻchirma nusxalari boʻyicha va protsessual harakatlarni bajarish orqali amalga oshiriladi. | Yoʻqolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash jinoyat ishi hujjatlarining ushbu Kodeksda belgilangan tartibda dalillar deb topilishi mumkin boʻlgan saqlab qolingan koʻchirma nusxalari boʻyicha va protsessual harakatlarni bajarish orqali amalga oshiriladi. |
Jinoyat ishi tiklanayotganda surishtiruv, dastlabki tergov ishlarini yuritish, qamoqda saqlash va uy qamogʻi muddatlari ushbu Kodeksning 245, 351 va 3817-moddalarida belgilangan tartibda hisoblanadi. | Jinoyat ishi tiklanayotganda surishtiruv, dastlabki tergov ishlarini yuritish, qamoqda saqlash va uy qamogʻi muddatlari ushbu Kodeksning 245, 351 va 3817-moddalarida belgilangan tartibda hisoblanadi. |
Agar yoʻqolgan jinoyat ishi boʻyicha qamoqda saqlashning yoki uy qamogʻining oxirgi muddati tugagan boʻlsa, ayblanuvchi darhol ozod qilinishi kerak. | Agar yoʻqolgan jinoyat ishi boʻyicha qamoqda saqlashning yoki uy qamogʻining oxirgi muddati tugagan boʻlsa, ayblanuvchi darhol ozod qilinishi kerak. |
349-modda. Dastlabki tergovda jamoatchilikning ishtiroki | 349-modda. Dastlabki tergovda jamoatchilikning ishtiroki |
Tergovchi jinoyatlarning oldini olish va ularni fosh etish uchun jamoatchilikni jalb qilishga haqlidir. Shu maqsadda u jamoat birlashmalariga, jamoalarga, aholiga jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik maʼlumotlar haqida xabar qilishni, qidirilayotgan shaxslar yoki narsalar turgan joyni koʻrsatishni soʻrab murojaat qiladi. | Tergovchi jinoyatlarning oldini olish va ularni fosh etish uchun jamoatchilikni jalb qilishga haqlidir. Shu maqsadda u jamoat birlashmalariga, jamoalarga, aholiga jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik maʼlumotlar haqida xabar qilishni, qidirilayotgan shaxslar yoki narsalar turgan joyni koʻrsatishni soʻrab murojaat qiladi. |
Jamoat birlashmalari va jamoalar tergovchining iltimosiga koʻra, ayrim tergov harakatlarida ishtirok etish uchun oʻz oralaridan xolislar, tarjimonlar, mutaxassislarni tavsiya qilishlari mumkin. Jamoatchilik vakillari boʻlmish xolislarga, tarjimonlarga, mutaxassislarga nisbatan ushbu Kodeksning tegishli protsess ishtirokchilarining huquqlari va burchlari toʻgʻrisidagi qoidalari toʻliq tatbiq etiladi. | Jamoat birlashmalari va jamoalar tergovchining iltimosiga koʻra, ayrim tergov harakatlarida ishtirok etish uchun oʻz oralaridan xolislar, tarjimonlar, mutaxassislarni tavsiya qilishlari mumkin. Jamoatchilik vakillari boʻlmish xolislarga, tarjimonlarga, mutaxassislarga nisbatan ushbu Kodeksning tegishli protsess ishtirokchilarining huquqlari va burchlari toʻgʻrisidagi qoidalari toʻliq tatbiq etiladi. |
350-modda. Dastlabki tergovning boshlanishi | 350-modda. Dastlabki tergovning boshlanishi |
Tergovchi jinoyat ishini qoʻzgʻatib, uni oʻz ish yurituviga oladi va bu haqda ish qoʻzgʻatilganligi toʻgʻrisidagi qarorga yozib qoʻyadi. Basharti tergovchiga oldin qoʻzgʻatilgan ish berilgan boʻlsa, u ishni oʻz yurituviga olganligi toʻgʻrisida qaror chiqaradi, shundan soʻng dastlabki tergovni boshlaydi. | Tergovchi jinoyat ishini qoʻzgʻatib, uni oʻz ish yurituviga oladi va bu haqda ish qoʻzgʻatilganligi toʻgʻrisidagi qarorga yozib qoʻyadi. Basharti tergovchiga oldin qoʻzgʻatilgan ish berilgan boʻlsa, u ishni oʻz yurituviga olganligi toʻgʻrisida qaror chiqaradi, shundan soʻng dastlabki tergovni boshlaydi. |
351-modda. Dastlabki tergov muddatlari | 351-modda. Dastlabki tergov muddatlari |
Dastlabki tergov jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan kundan boshlab uch oydan oshmagan muddatda tamomlanishi lozim. | Dastlabki tergov jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan kundan boshlab uch oydan oshmagan muddatda tamomlanishi lozim. |
Jinoyat ishlari birlashtirilayotganda ular boʻyicha ish yuritish muddati uzoqroq muddat davomida tergov qilingan jinoyat ishi boʻyicha belgilanadi. Bunda qolgan jinoyat ishlari boʻyicha ish yuritish muddati uzoqroq tergov qilingan ishning muddati bilan qamrab olinadi va qoʻshimcha ravishda hisobga olinmaydi. | Jinoyat ishlari birlashtirilayotganda ular boʻyicha ish yuritish muddati uzoqroq muddat davomida tergov qilingan jinoyat ishi boʻyicha belgilanadi. Bunda qolgan jinoyat ishlari boʻyicha ish yuritish muddati uzoqroq tergov qilingan ishning muddati bilan qamrab olinadi va qoʻshimcha ravishda hisobga olinmaydi. |
Alohida ish yurituvga ajratilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov muddati, agar jinoyat ishi yangi jinoyat boʻyicha yoki yangi shaxsga nisbatan ajratilayotgan boʻlsa, tegishli qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi. Qolgan hollarda muddat bu jinoyat ishi qaysi jinoyat ishidan alohida ish yurituvga ajratilgan boʻlsa, oʻsha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan paytdan eʼtiboran hisoblanadi. | Alohida ish yurituvga ajratilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov muddati, agar jinoyat ishi yangi jinoyat boʻyicha yoki yangi shaxsga nisbatan ajratilayotgan boʻlsa, tegishli qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi. Qolgan hollarda muddat bu jinoyat ishi qaysi jinoyat ishidan alohida ish yurituvga ajratilgan boʻlsa, oʻsha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan paytdan eʼtiboran hisoblanadi. |
Ish ayblov xulosasi bilan, ishni tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoxud taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror bilan, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisidagi taqdimnoma bilan prokurorga topshirilgan kuni yoxud ishni tugatish haqida qaror chiqarilgan kuni dastlabki tergov tamomlangan hisoblanadi. | Ish ayblov xulosasi bilan, ishni tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoxud taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror bilan, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisidagi taqdimnoma bilan prokurorga topshirilgan kuni yoxud ishni tugatish haqida qaror chiqarilgan kuni dastlabki tergov tamomlangan hisoblanadi. |
Dastlabki tergov muddatiga quyidagilar kirmaydi: | Dastlabki tergov muddatiga quyidagilar kirmaydi: |
1) ayblanuvchi, himoyachi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ish materiallari bilan tanishib chiqqan vaqt; | 1) ayblanuvchi, himoyachi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ish materiallari bilan tanishib chiqqan vaqt; |
2) dastlabki tergov toʻxtatib turilgan vaqt; | 2) dastlabki tergov toʻxtatib turilgan vaqt; |
3) qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun prokuror tomonidan qaytarilgan ish tergovchiga kelib tushgunga qadar oʻtgan vaqt. | 3) qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun prokuror tomonidan qaytarilgan ish tergovchiga kelib tushgunga qadar oʻtgan vaqt. |
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan dastlabki tergov muddati tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori yoki viloyat, Toshkent shahar prokurori va unga tenglashtirilgan prokuror tomonidan besh oygacha uzaytirilishi mumkin. | Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan dastlabki tergov muddati tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori yoki viloyat, Toshkent shahar prokurori va unga tenglashtirilgan prokuror tomonidan besh oygacha uzaytirilishi mumkin. |
Keyinchalik dastlabki tergov muddati faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan yetti oygacha uzaytirilishi mumkin. | Keyinchalik dastlabki tergov muddati faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan yetti oygacha uzaytirilishi mumkin. |
Ish qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun qaytarib yuborilganda, shuningdek toʻxtatilgan yoki tugatilgan ish qayta tiklanganda qoʻshimcha tergov muddati mazkur ishni tergovchi qabul qilgan paytdan eʼtiboran bir oy doirasida belgilanadi. Bu muddatni yanada uzaytirish ish prokurorga berilgunga, toʻxtatib turilgunga yoki tugatilgunga qadar oʻtgan tergov muddati hisobga olingan holda umumiy asoslarda amalga oshiriladi. | Ish qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun qaytarib yuborilganda, shuningdek toʻxtatilgan yoki tugatilgan ish qayta tiklanganda qoʻshimcha tergov muddati mazkur ishni tergovchi qabul qilgan paytdan eʼtiboran bir oy doirasida belgilanadi. Bu muddatni yanada uzaytirish ish prokurorga berilgunga, toʻxtatib turilgunga yoki tugatilgunga qadar oʻtgan tergov muddati hisobga olingan holda umumiy asoslarda amalga oshiriladi. |
Tergov muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomani tergovchi tergov muddati tugashidan kamida oʻn sutka ilgari prokurorga topshiradi. Prokuror oʻz ustxati bilan iltimosnomani qanoatlantiradi yoki dastlabki tergovni tamomlab, ishni sudga yuborish toʻgʻrisida koʻrsatma beradi yoxud jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqaradi. | Tergov muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomani tergovchi tergov muddati tugashidan kamida oʻn sutka ilgari prokurorga topshiradi. Prokuror oʻz ustxati bilan iltimosnomani qanoatlantiradi yoki dastlabki tergovni tamomlab, ishni sudga yuborish toʻgʻrisida koʻrsatma beradi yoxud jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqaradi. |
352-modda. Tergov harakatlarini oʻtkazishda xolislarning ishtiroki | 352-modda. Tergov harakatlarini oʻtkazishda xolislarning ishtiroki |
Dastlabki tergovda olib qoʻyish, tintuv oʻtkazish, koʻzdan kechirish, guvohlantirish, eksperiment oʻtkazish, tanib olish uchun koʻrsatish, koʻrsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish, ekspert tadqiqotini oʻtkazish uchun namunalar olish, murdani eksgumatsiya qilish kamida ikki nafar xolis ishtirokida amalga oshiriladi. | Dastlabki tergovda olib qoʻyish, tintuv oʻtkazish, koʻzdan kechirish, guvohlantirish, eksperiment oʻtkazish, tanib olish uchun koʻrsatish, koʻrsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish, ekspert tadqiqotini oʻtkazish uchun namunalar olish, murdani eksgumatsiya qilish kamida ikki nafar xolis ishtirokida amalga oshiriladi. |
Basharti bir tergov harakatini bir necha tergovchi yoki tergovchi va u rahbarlik qilayotgan surishtiruvchilar bir paytning oʻzida turli xonalarda yoki bir-biridan ancha uzoq joylarda oʻtkazayotgan boʻlsalar, har bir tergovchi va surishtiruvchi huzurida doimo kamida ikki nafar xolis ishtirok etishi lozim. | Basharti bir tergov harakatini bir necha tergovchi yoki tergovchi va u rahbarlik qilayotgan surishtiruvchilar bir paytning oʻzida turli xonalarda yoki bir-biridan ancha uzoq joylarda oʻtkazayotgan boʻlsalar, har bir tergovchi va surishtiruvchi huzurida doimo kamida ikki nafar xolis ishtirok etishi lozim. |
Fuqaro tergovchining qonuniy talablarini va takliflarini bajarishdan bosh tortayotganligini yoki tergovchiga qarshilik koʻrsatayotganligini yoxud dastlabki tergov yuritish tartibiga toʻgʻri kelmaydigan boshqa huquqqa zid xatti-harakatlar qilayotganini tasdiqlash uchun ham xolislar taklif qilinadilar. Ushbu Kodeksning 93-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. | Fuqaro tergovchining qonuniy talablarini va takliflarini bajarishdan bosh tortayotganligini yoki tergovchiga qarshilik koʻrsatayotganligini yoxud dastlabki tergov yuritish tartibiga toʻgʻri kelmaydigan boshqa huquqqa zid xatti-harakatlar qilayotganini tasdiqlash uchun ham xolislar taklif qilinadilar. Ushbu Kodeksning 93-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. |
353-modda. Jinoyat ishidagi maʼlumotlarni oshkor qilmaslik majburiyati | 353-modda. Jinoyat ishidagi maʼlumotlarni oshkor qilmaslik majburiyati |
Tergovchi jinoyat ishidagi barcha maʼlumotlarni yoki uning muayyan qismidagi maʼlumotlarni oshkor qilinmaydigan deb eʼtirof etishga haqli. Ana shu asosda u tergov harakatlarida ishtirok etayotgan yoki tergov harakatlarini bajarishda hozir boʻlgan yoxud tergov materiallari bilan tanishayotgan shaxslardan ularning zimmasiga ishda mavjud boʻlgan maʼlumotlarni uning ruxsatisiz oshkor qilmaslik toʻgʻrisida majburiyat yuklatilgani haqida tilxat olishi mumkin. Tilxatda, shuningdek mazkur majburiyatni buzganlik uchun Jinoyat kodeksining 239-moddasiga binoan javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettiriladi. | Tergovchi jinoyat ishidagi barcha maʼlumotlarni yoki uning muayyan qismidagi maʼlumotlarni oshkor qilinmaydigan deb eʼtirof etishga haqli. Ana shu asosda u tergov harakatlarida ishtirok etayotgan yoki tergov harakatlarini bajarishda hozir boʻlgan yoxud tergov materiallari bilan tanishayotgan shaxslardan ularning zimmasiga ishda mavjud boʻlgan maʼlumotlarni uning ruxsatisiz oshkor qilmaslik toʻgʻrisida majburiyat yuklatilgani haqida tilxat olishi mumkin. Tilxatda, shuningdek mazkur majburiyatni buzganlik uchun Jinoyat kodeksining 239-moddasiga binoan javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettiriladi. |
Ishdagi maʼlumotlarni oshkor qilmaslik majburiyati gumon qilinuvchi va ayblanuvchi zimmasiga yuklanishi mumkin emas. | Ishdagi maʼlumotlarni oshkor qilmaslik majburiyati gumon qilinuvchi va ayblanuvchi zimmasiga yuklanishi mumkin emas. |
Himoyachining ishdagi maʼlumotlarni oshkor qilmaslik majburiyati uning gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi bilan boʻladigan suhbatiga taalluqli emas. | Himoyachining ishdagi maʼlumotlarni oshkor qilmaslik majburiyati uning gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi bilan boʻladigan suhbatiga taalluqli emas. |
354-modda. Dastlabki tergovni tergovchilar guruhiga topshirish | 354-modda. Dastlabki tergovni tergovchilar guruhiga topshirish |
Jinoyat ishi koʻp mehnat talab etsa, juda murakkab yoki oʻta dolzarb boʻlsa, prokuror yoki tergov boʻlinmasining boshligʻi shu ish boʻyicha dastlabki tergov yuritishni doimiy yoki maxsus tuzilgan tergov guruhiga topshirishi mumkin. Bunday topshiriq haqida qaror chiqarilishi lozim boʻlib, unda tergov guruhining rahbari va aʼzolari koʻrsatiladi. Basharti dastlabki tergovni tergovchilar guruhiga topshirish toʻgʻrisidagi qaror jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror bilan ayni bir vaqtda qabul qilingan boʻlsa, ikkala masala bir qarorning oʻzida bayon etiladi. Guruh tarkibida oʻzgarishlar boʻlganda va guruh rahbari oʻzgartirilganda ham qaror chiqariladi. | Jinoyat ishi koʻp mehnat talab etsa, juda murakkab yoki oʻta dolzarb boʻlsa, prokuror yoki tergov boʻlinmasining boshligʻi shu ish boʻyicha dastlabki tergov yuritishni doimiy yoki maxsus tuzilgan tergov guruhiga topshirishi mumkin. Bunday topshiriq haqida qaror chiqarilishi lozim boʻlib, unda tergov guruhining rahbari va aʼzolari koʻrsatiladi. Basharti dastlabki tergovni tergovchilar guruhiga topshirish toʻgʻrisidagi qaror jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror bilan ayni bir vaqtda qabul qilingan boʻlsa, ikkala masala bir qarorning oʻzida bayon etiladi. Guruh tarkibida oʻzgarishlar boʻlganda va guruh rahbari oʻzgartirilganda ham qaror chiqariladi. |
355-modda. Tergovchilar guruhi rahbarining vakolatlari | 355-modda. Tergovchilar guruhi rahbarining vakolatlari |
Guruh rahbari boʻlgan tergovchi jinoyat ishini oʻz yuritishiga qabul qilib oladi va dastlabki tergovning umumiy yoʻnalishi va pirovard natijasi uchun, shuningdek jinoyat protsessining shu bosqichida bajariladigan har bir harakat va qarorning qonuniy hamda asoslangan boʻlishi uchun toʻla javobgar boʻladi. | Guruh rahbari boʻlgan tergovchi jinoyat ishini oʻz yuritishiga qabul qilib oladi va dastlabki tergovning umumiy yoʻnalishi va pirovard natijasi uchun, shuningdek jinoyat protsessining shu bosqichida bajariladigan har bir harakat va qarorning qonuniy hamda asoslangan boʻlishi uchun toʻla javobgar boʻladi. |
Guruh rahbari boʻlgan tergovchi: | Guruh rahbari boʻlgan tergovchi: |
1) ishni oʻzi rahbarlik qilayotgan tergovchilarga taqsimlab beradi, ularning har biri bajaradigan ish qismi yoki tergov yoʻnalishini belgilaydi, ayrim tergov harakatlari bajarishni topshirib, ularni ijro etish muddatini belgilaydi; | 1) ishni oʻzi rahbarlik qilayotgan tergovchilarga taqsimlab beradi, ularning har biri bajaradigan ish qismi yoki tergov yoʻnalishini belgilaydi, ayrim tergov harakatlari bajarishni topshirib, ularni ijro etish muddatini belgilaydi; |
2) shaxsan oʻzi tergov harakatlarini bajaradi va rahbarligi ostidagi tergovchilar oʻtkazayotgan ayrim tergov harakatlarida ishtirok etadi; | 2) shaxsan oʻzi tergov harakatlarini bajaradi va rahbarligi ostidagi tergovchilar oʻtkazayotgan ayrim tergov harakatlarida ishtirok etadi; |
3) qarorlar chiqaradi, shu jumladan shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnomalar qoʻzgʻatish, ishni toʻla yoki uning biror qismini tugatish yoxud toʻxtatish haqida qarorlar chiqaradi; | 3) qarorlar chiqaradi, shu jumladan shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnomalar qoʻzgʻatish, ishni toʻla yoki uning biror qismini tugatish yoxud toʻxtatish haqida qarorlar chiqaradi; |
4) prokurorning koʻrsatmalari ijro etilishini taʼminlaydi, ushbu Kodeks 36-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ishni oʻz eʼtirozlari bilan birga yuqori turuvchi prokurorga yuboradi; | 4) prokurorning koʻrsatmalari ijro etilishini taʼminlaydi, ushbu Kodeks 36-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ishni oʻz eʼtirozlari bilan birga yuqori turuvchi prokurorga yuboradi; |
5) tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarga va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga tergov harakatlarini yoki tezkor-qidiruv tadbirlarini olib borish toʻgʻrisida topshiriqlar va koʻrsatmalar beradi, shuningdek ulardan tergovchilar bajarayotgan tergov harakatlarini oʻtkazishda yordam berishni talab qiladi, oʻz topshiriqlari, koʻrsatmalari, talablari bajarilishi ustidan nazorat qilib boradi; | 5) tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarga va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga tergov harakatlarini yoki tezkor-qidiruv tadbirlarini olib borish toʻgʻrisida topshiriqlar va koʻrsatmalar beradi, shuningdek ulardan tergovchilar bajarayotgan tergov harakatlarini oʻtkazishda yordam berishni talab qiladi, oʻz topshiriqlari, koʻrsatmalari, talablari bajarilishi ustidan nazorat qilib boradi; |
6) jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish choralari toʻgʻrisida taqdimnomalar yuboradi; | 6) jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish choralari toʻgʻrisida taqdimnomalar yuboradi; |
7) ayblov xulosasini tuzadi yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash uchun ishni sudga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va tasdiqlash uchun ularni ish bilan birga prokurorga yuboradi yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritadi. | 7) ayblov xulosasini tuzadi yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash uchun ishni sudga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va tasdiqlash uchun ularni ish bilan birga prokurorga yuboradi yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritadi. |
356-modda. Guruh aʼzolari boʻlgan tergovchilar | 356-modda. Guruh aʼzolari boʻlgan tergovchilar |
Guruh aʼzolari boʻlgan tergovchilar guruh rahbari boʻlgan tergovchi topshiriqlarini, koʻrsatmalarini bajaradilar va bu toʻgʻrida uni xabardor qiladilar. | Guruh aʼzolari boʻlgan tergovchilar guruh rahbari boʻlgan tergovchi topshiriqlarini, koʻrsatmalarini bajaradilar va bu toʻgʻrida uni xabardor qiladilar. |
Guruh aʼzolari boʻlgan tergovchilar tomonidan bajarilgan tergov harakatlarining natijalari jinoyat ishini yuritishga qabul qilib olgan tergovchi bajargan harakatning natijalari bilan bir xil ahamiyatga egadir. | Guruh aʼzolari boʻlgan tergovchilar tomonidan bajarilgan tergov harakatlarining natijalari jinoyat ishini yuritishga qabul qilib olgan tergovchi bajargan harakatning natijalari bilan bir xil ahamiyatga egadir. |
Guruh aʼzosi boʻlgan tergovchi guruh rahbari boʻlgan tergovchining topshirigʻini, koʻrsatmasini qonunga xilof yoki asossiz deb hisoblasa, bu haqda u guruh rahbariga oʻz eʼtirozlarini bildiradi. Guruh rahbari boʻlgan tergovchi bu eʼtirozlarni koʻrib chiqib, topshiriqni yoki koʻrsatmani bekor qiladi yoki uni ijro etish uchun boshqa tergovchiga beradi yoxud oʻzi tegishli tergov harakatini bajaradi. Guruh aʼzosi boʻlgan tergovchi oʻz eʼtirozlari boʻyicha tergovchilar guruhining rahbari qabul qilgan qarorga rozi boʻlmasa, nazorat olib boruvchi prokurorga oʻz eʼtirozlarini yetkazadi, prokuror uzil-kesil qaror qabul qiladi. | Guruh aʼzosi boʻlgan tergovchi guruh rahbari boʻlgan tergovchining topshirigʻini, koʻrsatmasini qonunga xilof yoki asossiz deb hisoblasa, bu haqda u guruh rahbariga oʻz eʼtirozlarini bildiradi. Guruh rahbari boʻlgan tergovchi bu eʼtirozlarni koʻrib chiqib, topshiriqni yoki koʻrsatmani bekor qiladi yoki uni ijro etish uchun boshqa tergovchiga beradi yoxud oʻzi tegishli tergov harakatini bajaradi. Guruh aʼzosi boʻlgan tergovchi oʻz eʼtirozlari boʻyicha tergovchilar guruhining rahbari qabul qilgan qarorga rozi boʻlmasa, nazorat olib boruvchi prokurorga oʻz eʼtirozlarini yetkazadi, prokuror uzil-kesil qaror qabul qiladi. |
357-modda. Tergov harakatining bir necha tergovchi tomonidan bajarilishi | 357-modda. Tergov harakatining bir necha tergovchi tomonidan bajarilishi |
Muayyan sharoitlarda va maqsadlarda koʻzdan kechirish, tintuv, eksperiment yoki boshqa tergov harakatlarini oʻtkazishda uning ishtirokchilari ayni bir vaqtda turli binolarda boʻlishlari yoki bir-birlaridan ancha masofaga uzoqlashishlari, shuningdek, basharti tergov harakatlarini yuritishda bir qancha ishtirokchilarni yoki hozir boʻlgan shaxslarni kuzatish taʼminlanishi lozim boʻlib qolsa, tergov harakatlarini bir necha tergovchi yoki tergovchining oʻzi unga yordam berayotgan surishtiruvchilar bilan amalga oshirishi mumkin. Bunda tergovchilardan biri qolgan tergovchilar, surishtiruvchilar va boshqa tergov harakati ishtirokchilari faoliyati ustidan rahbarlik qiladi. | Muayyan sharoitlarda va maqsadlarda koʻzdan kechirish, tintuv, eksperiment yoki boshqa tergov harakatlarini oʻtkazishda uning ishtirokchilari ayni bir vaqtda turli binolarda boʻlishlari yoki bir-birlaridan ancha masofaga uzoqlashishlari, shuningdek, basharti tergov harakatlarini yuritishda bir qancha ishtirokchilarni yoki hozir boʻlgan shaxslarni kuzatish taʼminlanishi lozim boʻlib qolsa, tergov harakatlarini bir necha tergovchi yoki tergovchining oʻzi unga yordam berayotgan surishtiruvchilar bilan amalga oshirishi mumkin. Bunda tergovchilardan biri qolgan tergovchilar, surishtiruvchilar va boshqa tergov harakati ishtirokchilari faoliyati ustidan rahbarlik qiladi. |
358-modda. Tergovchining va prokurorning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyat berish | 358-modda. Tergovchining va prokurorning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyat berish |
Tergovchining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat tergov boʻlinmasi boshligʻiga va ishni tergov qilishda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat olib borayotgan prokurorga beriladi. | Tergovchining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat tergov boʻlinmasi boshligʻiga va ishni tergov qilishda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat olib borayotgan prokurorga beriladi. |
Prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat yuqori turuvchi prokurorga beriladi. | Prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat yuqori turuvchi prokurorga beriladi. |
44-bob. JINOYAT ISHIDA GUMON QILINUVCHI TARIQASIDA VA AYBLANUVCHI TARIQASIDA ISHTIROK ETISHGA JALB QILISH | 44-bob. JINOYAT ISHIDA GUMON QILINUVCHI TARIQASIDA VA AYBLANUVCHI TARIQASIDA ISHTIROK ETISHGA JALB QILISH |
359-modda. Shaxsni jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish asoslari | 359-modda. Shaxsni jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish asoslari |
Shaxs ushbu Kodeksning 221-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlangan boʻlsa yoxud ishda uni jinoyat sodir etishda gumon qilishga asos beruvchi maʼlumotlar mavjud boʻlsa, u jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinadi. | Shaxs ushbu Kodeksning 221-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlangan boʻlsa yoxud ishda uni jinoyat sodir etishda gumon qilishga asos beruvchi maʼlumotlar mavjud boʻlsa, u jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinadi. |
360-modda. Jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qaror | 360-modda. Jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qaror |
Shaxsni jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi. | Shaxsni jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi. |
Biror jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs ish qoʻzgʻatilgunga qadar ushlangan boʻlsa va ushbu Kodeksning 225-moddasida nazarda tutilgan tekshirish ushlab turishning asosli ekanligini tasdiqlagan boʻlsa, tergovchi shaxsni ushlab turish, ish qoʻzgʻatish va ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqida toʻxtamlarga kelib, ularni bitta qarorda bayon qiladi. | Biror jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs ish qoʻzgʻatilgunga qadar ushlangan boʻlsa va ushbu Kodeksning 225-moddasida nazarda tutilgan tekshirish ushlab turishning asosli ekanligini tasdiqlagan boʻlsa, tergovchi shaxsni ushlab turish, ish qoʻzgʻatish va ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqida toʻxtamlarga kelib, ularni bitta qarorda bayon qiladi. |
Qarorda ushlab turilgan shaxs qaysi jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotganligi, Jinoyat kodeksining qaysi moddasida bu jinoyat nazarda tutilgani, ushlab turishning sabab va asoslari, shuningdek shaxsni ushlab turish, agar jinoyat ishi ilgari qoʻzgʻatilmagan boʻlsa, jinoyat ishini qoʻzgʻatish va uni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qaror koʻrsatilishi kerak. | Qarorda ushlab turilgan shaxs qaysi jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotganligi, Jinoyat kodeksining qaysi moddasida bu jinoyat nazarda tutilgani, ushlab turishning sabab va asoslari, shuningdek shaxsni ushlab turish, agar jinoyat ishi ilgari qoʻzgʻatilmagan boʻlsa, jinoyat ishini qoʻzgʻatish va uni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qaror koʻrsatilishi kerak. |
Qaror gumon qilinuvchiga u birinchi marta soʻroq qilinguniga qadar eʼlon qilinadi. Ayni vaqtda unga ushbu Kodeksning 48-moddasida nazarda tutilgan gumon qilinuvchining huquqlari va majburiyatlari tushuntiriladi. | Qaror gumon qilinuvchiga u birinchi marta soʻroq qilinguniga qadar eʼlon qilinadi. Ayni vaqtda unga ushbu Kodeksning 48-moddasida nazarda tutilgan gumon qilinuvchining huquqlari va majburiyatlari tushuntiriladi. |
361-modda. Jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qaror | 361-modda. Jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qaror |
Shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi, unda: | Shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi, unda: |
1) ayblanuvchi tariqasida jalb etilayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan kuni, oyi va yili; | 1) ayblanuvchi tariqasida jalb etilayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan kuni, oyi va yili; |
2) ayblovning mazmuni, yaʼni shaxsning zimmasiga qoʻyilayotgan jinoyat hodisasi, u sodir etilgan joy, vaqt va boshqa muhim holatlar bayoni; | 2) ayblovning mazmuni, yaʼni shaxsning zimmasiga qoʻyilayotgan jinoyat hodisasi, u sodir etilgan joy, vaqt va boshqa muhim holatlar bayoni; |
3) Jinoyat kodeksining ushbu jinoyatni nazarda tutgan moddasi, qismi, bandi aks ettirilishi lozim. | 3) Jinoyat kodeksining ushbu jinoyatni nazarda tutgan moddasi, qismi, bandi aks ettirilishi lozim. |
Jinoyat kodeksining turli moddalari, qismlari yoki bandlarida nazarda tutilgan bir necha jinoyatni sodir etishda ayblaganda, bu jinoyatlardan har birining mohiyati va yuridik tavsifi alohida koʻrsatilishi lozim. | Jinoyat kodeksining turli moddalari, qismlari yoki bandlarida nazarda tutilgan bir necha jinoyatni sodir etishda ayblaganda, bu jinoyatlardan har birining mohiyati va yuridik tavsifi alohida koʻrsatilishi lozim. |
Qarorning xulosa qismida mazkur shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisida toʻxtamga kelinganligi ifodalanishi lozim. | Qarorning xulosa qismida mazkur shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisida toʻxtamga kelinganligi ifodalanishi lozim. |
362-modda. Ayblovni oʻzgartirish, tugatish va toʻldirish | 362-modda. Ayblovni oʻzgartirish, tugatish va toʻldirish |
Basharti tergov oʻtkazish chogʻida dastlabki ayblovni qayta koʻrib chiqishni taqozo etadigan yangi dalillar toʻplangan boʻlsa yoki dastlabki ayblovning noaniqligi yoxud yuridik tavsifi notoʻgʻriligi maʼlum boʻlib qolsa, dastlabki ayblov oʻzgartirilishi, qisman tugatilishi yoki toʻldirilishi lozim. Bu haqda tergovchi qaror chiqaradi va unda ayblovning yangi mazmunini bayon qiladi. | Basharti tergov oʻtkazish chogʻida dastlabki ayblovni qayta koʻrib chiqishni taqozo etadigan yangi dalillar toʻplangan boʻlsa yoki dastlabki ayblovning noaniqligi yoxud yuridik tavsifi notoʻgʻriligi maʼlum boʻlib qolsa, dastlabki ayblov oʻzgartirilishi, qisman tugatilishi yoki toʻldirilishi lozim. Bu haqda tergovchi qaror chiqaradi va unda ayblovning yangi mazmunini bayon qiladi. |
Ushbu Kodeksning 83-moddasida hamda 84-moddasining birinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ayblanuvchini reabilitatsiya etish uchun asos boʻladigan yoki ishni yuritish uchun monelik qiladigan holatlar aniqlansa, ayblov tugatiladi. | Ushbu Kodeksning 83-moddasida hamda 84-moddasining birinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ayblanuvchini reabilitatsiya etish uchun asos boʻladigan yoki ishni yuritish uchun monelik qiladigan holatlar aniqlansa, ayblov tugatiladi. |
Ayblovni tugatish toʻgʻrisida tergovchi qaror chiqaradi. Bir yoʻla shu qaror bilan tergovchi ayblanuvchiga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot chorasi, mulkni xatlash, lavozimdan chetlashtirish choralarini bekor qiladi va shaxsga ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga qonunsiz jalb qilinganligi sababli koʻrgan ziyonlarini undirib olish huquqiga ega ekanligini tushuntiradi. Qarorning nusxasi shu shaxsga darhol taqdim qilinishi yoki yuborilishi lozim. | Ayblovni tugatish toʻgʻrisida tergovchi qaror chiqaradi. Bir yoʻla shu qaror bilan tergovchi ayblanuvchiga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot chorasi, mulkni xatlash, lavozimdan chetlashtirish choralarini bekor qiladi va shaxsga ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga qonunsiz jalb qilinganligi sababli koʻrgan ziyonlarini undirib olish huquqiga ega ekanligini tushuntiradi. Qarorning nusxasi shu shaxsga darhol taqdim qilinishi yoki yuborilishi lozim. |
363-modda. Tugatilgan ayblovni qayta tiklash | 363-modda. Tugatilgan ayblovni qayta tiklash |
Basharti Jinoyat kodeksi yoki ushbu Kodeks normalarini qoʻllanishdagi xatolar natijasida ish tugatilgan boʻlsa, shuningdek ayblanuvchining aybliligini koʻrsatuvchi yangi dalillar aniqlansa, tugatilgan ayblov qayta tiklanishi mumkin. Bunday hollarda, shuningdek ayblovni notoʻgʻri tugatish odil sudlovga qarshi qaratilgan jinoyatning yoki ayblanuvchi tomonidan yoxud ayblanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan harakat qilgan oʻzga shaxs tomonidan dalillarni qalbakilashtirish, yashirish yoxud yoʻq qilib yuborishning oqibati boʻlsa, ayblov Jinoyat kodeksining 64-moddasida belgilangan jinoiy javobgarlikka tortish muddati ichida qayta tiklanishi mumkin. | Basharti Jinoyat kodeksi yoki ushbu Kodeks normalarini qoʻllanishdagi xatolar natijasida ish tugatilgan boʻlsa, shuningdek ayblanuvchining aybliligini koʻrsatuvchi yangi dalillar aniqlansa, tugatilgan ayblov qayta tiklanishi mumkin. Bunday hollarda, shuningdek ayblovni notoʻgʻri tugatish odil sudlovga qarshi qaratilgan jinoyatning yoki ayblanuvchi tomonidan yoxud ayblanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan harakat qilgan oʻzga shaxs tomonidan dalillarni qalbakilashtirish, yashirish yoxud yoʻq qilib yuborishning oqibati boʻlsa, ayblov Jinoyat kodeksining 64-moddasida belgilangan jinoiy javobgarlikka tortish muddati ichida qayta tiklanishi mumkin. |
45-bob. DASTLABKI TERGOVNI TOʻXTATISH VA QAYTA TIKLASH | 45-bob. DASTLABKI TERGOVNI TOʻXTATISH VA QAYTA TIKLASH |
364-modda. Dastlabki tergovni toʻxtatish asoslari va tartibi | 364-modda. Dastlabki tergovni toʻxtatish asoslari va tartibi |
Dastlabki tergov: | Dastlabki tergov: |
1) ish boʻyicha ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxs aniqlanmagan; | 1) ish boʻyicha ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxs aniqlanmagan; |
2) ayblanuvchining qayerda ekanligi nomaʼlum boʻlgan; | 2) ayblanuvchining qayerda ekanligi nomaʼlum boʻlgan; |
3) ayblanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan, basharti uning tergovga kelishini taʼminlash imkoniyati boʻlmasa; | 3) ayblanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan, basharti uning tergovga kelishini taʼminlash imkoniyati boʻlmasa; |
4) ayblanuvchi ishni yuritishda uning ishtirok etishini istisno etadigan ogʻir va davomli, lekin davolab boʻladigan kasallikka chalingan hollarda toʻxtatiladi. | 4) ayblanuvchi ishni yuritishda uning ishtirok etishini istisno etadigan ogʻir va davomli, lekin davolab boʻladigan kasallikka chalingan hollarda toʻxtatiladi. |
Dastlabki tergov ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab toʻxtatiladi. Lekin dastlabki tergov toʻxtatilgunga qadar tergovchi ayblanuvchi yoʻqligida bajarish mumkin boʻlgan barcha tergov harakatlarini bajarishi shart. | Dastlabki tergov ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab toʻxtatiladi. Lekin dastlabki tergov toʻxtatilgunga qadar tergovchi ayblanuvchi yoʻqligida bajarish mumkin boʻlgan barcha tergov harakatlarini bajarishi shart. |
Dastlabki tergovni toʻxtatish toʻgʻrisida tergovchi qaror chiqaradi va uning nusxasini prokurorga yuboradi. | Dastlabki tergovni toʻxtatish toʻgʻrisida tergovchi qaror chiqaradi va uning nusxasini prokurorga yuboradi. |
365-modda. Qidiruv eʼlon qilish | 365-modda. Qidiruv eʼlon qilish |
Ayblanuvchining turgan joyi nomaʼlum boʻlganda tergovchi uning turgan joyini aniqlash uchun zarur boʻlgan barcha choralarni koʻrishi, zarur hollarda esa, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilishi shart. | Ayblanuvchining turgan joyi nomaʼlum boʻlganda tergovchi uning turgan joyini aniqlash uchun zarur boʻlgan barcha choralarni koʻrishi, zarur hollarda esa, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilishi shart. |
Tergovchi faqat ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi toʻgʻrisida qaror chiqarilgan shaxsga nisbatan qidiruv eʼlon qilishga haqli. | Tergovchi faqat ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi toʻgʻrisida qaror chiqarilgan shaxsga nisbatan qidiruv eʼlon qilishga haqli. |
Qidiruv dastlabki tergov oʻtkazilayotganida ham, shuningdek dastlabki tergov toʻxtatilganidan keyin ham eʼlon qilinishi mumkin. | Qidiruv dastlabki tergov oʻtkazilayotganida ham, shuningdek dastlabki tergov toʻxtatilganidan keyin ham eʼlon qilinishi mumkin. |
Ushbu Kodeksning 242 va 243-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda qidirilayotgan ayblanuvchi topilgan taqdirda, sudning ajrimi bilan unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilishi mumkin | Ushbu Kodeksning 242 va 243-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda qidirilayotgan ayblanuvchi topilgan taqdirda, sudning ajrimi bilan unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilishi mumkin |
Qidirilayotgan ayblanuvchi ushlangan taqdirda u ushlangan joydagi prokuror ushlangan shaxsning qidirilayotgan ayblanuvchi ekanligini aniqlashi va qamoqqa olish uchun qonuniy asoslar mavjudligiga ishonch hosil qilishi lozim. | Qidirilayotgan ayblanuvchi ushlangan taqdirda u ushlangan joydagi prokuror ushlangan shaxsning qidirilayotgan ayblanuvchi ekanligini aniqlashi va qamoqqa olish uchun qonuniy asoslar mavjudligiga ishonch hosil qilishi lozim. |
366-modda. Ayblanuvchi kasal boʻlib qolganida dastlabki tergovni toʻxtatish | 366-modda. Ayblanuvchi kasal boʻlib qolganida dastlabki tergovni toʻxtatish |
Sud-tibbiyot eksperti yoki psixiatr-ekspert ayblanuvchining kasalini jinoyat ishini yuritishda uning ishtirok etishini istisno etadigan ogʻir va davomli, lekin davolab boʻladigan kasallik deb topsa, ish boʻyicha dastlabki tergov ayblanuvchi sogʻaygunga qadar toʻxtatiladi. | Sud-tibbiyot eksperti yoki psixiatr-ekspert ayblanuvchining kasalini jinoyat ishini yuritishda uning ishtirok etishini istisno etadigan ogʻir va davomli, lekin davolab boʻladigan kasallik deb topsa, ish boʻyicha dastlabki tergov ayblanuvchi sogʻaygunga qadar toʻxtatiladi. |
Bunday holda ayblanuvchiga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasi tergovchi tomonidan ushbu Kodeksning 236 — 254-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilingan holda saqlab qolinishi, oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. | Bunday holda ayblanuvchiga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasi tergovchi tomonidan ushbu Kodeksning 236 — 254-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilingan holda saqlab qolinishi, oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. |
367-modda. Jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxs aniqlanmagan hollarda dastlabki tergovni toʻxtatish | 367-modda. Jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxs aniqlanmagan hollarda dastlabki tergovni toʻxtatish |
Barcha tergov harakatlari bajarib boʻlinganidan keyin ham jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxs aniqlanmasa, ish yuritishni toʻxtatish mumkin. | Barcha tergov harakatlari bajarib boʻlinganidan keyin ham jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxs aniqlanmasa, ish yuritishni toʻxtatish mumkin. |
Bunday hollarda tergovchi tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ orqali ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxsni aniqlash va uni javobgarlikka tortish choralarini koʻrishi shart. | Bunday hollarda tergovchi tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ orqali ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxsni aniqlash va uni javobgarlikka tortish choralarini koʻrishi shart. |
Ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxs aniqlanmaganligi sababli toʻxtatilgan ish Jinoyat kodeksining 64-moddasida belgilangan javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketgach, tugatilishi lozim. | Ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxs aniqlanmaganligi sababli toʻxtatilgan ish Jinoyat kodeksining 64-moddasida belgilangan javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketgach, tugatilishi lozim. |
368-modda. Ayblanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan taqdirda dastlabki tergovni toʻxtatish | 368-modda. Ayblanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan taqdirda dastlabki tergovni toʻxtatish |
Ayblanuvchining Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketganligi aniqlangan boʻlsa va bu hol dastlabki tergov harakatlarida uning hozir boʻlishini taʼminlash imkonini bermasa, barcha tergov harakatlari bajarilganidan keyin ish boʻyicha dastlabki tergovni oʻtkazish toʻxtatiladi. | Ayblanuvchining Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketganligi aniqlangan boʻlsa va bu hol dastlabki tergov harakatlarida uning hozir boʻlishini taʼminlash imkonini bermasa, barcha tergov harakatlari bajarilganidan keyin ish boʻyicha dastlabki tergovni oʻtkazish toʻxtatiladi. |
369-modda. Dastlabki tergovni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror | 369-modda. Dastlabki tergovni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror |
Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov tergovchining qarori bilan toʻxtatiladi. Bu qarorda ishning mohiyati hamda tergovni toʻxtatish asoslari, ushbu Kodeks 364-moddasining birinchi qismidagi 2, 3 va 4-bandlarda nazarda tutilgan hollarda esa, ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxs ham koʻrsatiladi. | Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov tergovchining qarori bilan toʻxtatiladi. Bu qarorda ishning mohiyati hamda tergovni toʻxtatish asoslari, ushbu Kodeks 364-moddasining birinchi qismidagi 2, 3 va 4-bandlarda nazarda tutilgan hollarda esa, ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxs ham koʻrsatiladi. |
Tergovchi dastlabki tergovni toʻxtatgach, bu haqda jabrlanuvchini, fuqaroviy daʼvogarni, fuqaroviy javobgarni va ularning vakillarini xabardor qiladi. | Tergovchi dastlabki tergovni toʻxtatgach, bu haqda jabrlanuvchini, fuqaroviy daʼvogarni, fuqaroviy javobgarni va ularning vakillarini xabardor qiladi. |
370-modda. Tergovchining dastlabki tergov toʻxtatilgandan keyingi harakatlari | 370-modda. Tergovchining dastlabki tergov toʻxtatilgandan keyingi harakatlari |
Tergovchi dastlabki tergovni toʻxtatish asoslariga qarab ichki ishlar organlari va boshqa vakolatli organlardan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxslarni aniqlash, yashirinib yurgan ayblanuvchilarni qidirib topish uchun koʻrilayotgan choralardan muntazam xabardor boʻlib turadi va shu maqsadda oʻzi soʻrov xatlari yuboradi, maʼlumotlar va tushuntiruvlar oladi, jamoatchilikning yordamidan foydalanadi yoxud ayblanuvchining dastlabki tergovning toʻxtatilishiga sabab boʻlgan kasalligidan vaqti-vaqti bilan xabardor boʻlib turadi. Ayblanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan hollarda tergovchi jinoyat sodir etishda ayblanayotgan va boshqa davlatlar hududida yashirinib yurgan shaxslarni ushlab berishni tartibga soluvchi qonunchilikka va xalqaro shartnomalarga muvofiq choralar koʻradi. | Tergovchi dastlabki tergovni toʻxtatish asoslariga qarab ichki ishlar organlari va boshqa vakolatli organlardan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxslarni aniqlash, yashirinib yurgan ayblanuvchilarni qidirib topish uchun koʻrilayotgan choralardan muntazam xabardor boʻlib turadi va shu maqsadda oʻzi soʻrov xatlari yuboradi, maʼlumotlar va tushuntiruvlar oladi, jamoatchilikning yordamidan foydalanadi yoxud ayblanuvchining dastlabki tergovning toʻxtatilishiga sabab boʻlgan kasalligidan vaqti-vaqti bilan xabardor boʻlib turadi. Ayblanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan hollarda tergovchi jinoyat sodir etishda ayblanayotgan va boshqa davlatlar hududida yashirinib yurgan shaxslarni ushlab berishni tartibga soluvchi qonunchilikka va xalqaro shartnomalarga muvofiq choralar koʻradi. |
Dastlabki tergov toʻxtatilgandan keyin va u qayta tiklangunga qadar tergov harakatlari oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | Dastlabki tergov toʻxtatilgandan keyin va u qayta tiklangunga qadar tergov harakatlari oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
371-modda. Toʻxtatilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergovni qayta tiklash | 371-modda. Toʻxtatilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergovni qayta tiklash |
Toʻxtatilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov: | Toʻxtatilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov: |
1) tergovni toʻxtatish uchun asos tariqasida ushbu Kodeksning 364-moddasida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilganda; | 1) tergovni toʻxtatish uchun asos tariqasida ushbu Kodeksning 364-moddasida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilganda; |
2) ish boʻyicha ayblanuvchining ishtirokisiz bajarilishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha tergov harakatlarini oʻtkazish zarurati tugʻilganda qayta tiklanadi. | 2) ish boʻyicha ayblanuvchining ishtirokisiz bajarilishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha tergov harakatlarini oʻtkazish zarurati tugʻilganda qayta tiklanadi. |
Dastlabki tergovni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror qonunga nomuvofiq boʻlsa, prokuror uni bekor qilishi va dastlabki tergovni qayta tiklash toʻgʻrisida qaror chiqarishi mumkin. | Dastlabki tergovni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror qonunga nomuvofiq boʻlsa, prokuror uni bekor qilishi va dastlabki tergovni qayta tiklash toʻgʻrisida qaror chiqarishi mumkin. |
Tergovchi dastlabki tergovning qayta tiklanganligi haqida prokurorga darhol xabar qiladi. | Tergovchi dastlabki tergovning qayta tiklanganligi haqida prokurorga darhol xabar qiladi. |
Ish yuzasidan dastlabki tergov qayta tiklanishi bilan bir paytda dastlabki tergovning oʻtish muddati ham tiklanadi. Tergov muddatining keyinchalik uzaytirilishi dastlabki tergovni toʻxtatishdan oldin oʻtgan tergov muddatini eʼtiborga olgan holda ushbu Kodeksning 351-moddasiga binoan amalga oshiriladi. | Ish yuzasidan dastlabki tergov qayta tiklanishi bilan bir paytda dastlabki tergovning oʻtish muddati ham tiklanadi. Tergov muddatining keyinchalik uzaytirilishi dastlabki tergovni toʻxtatishdan oldin oʻtgan tergov muddatini eʼtiborga olgan holda ushbu Kodeksning 351-moddasiga binoan amalga oshiriladi. |
46-bob. DASTLABKI TERGOVNI TAMOMLASH | 46-bob. DASTLABKI TERGOVNI TAMOMLASH |
372-modda. Dastlabki tergovni tamomlash turlari | 372-modda. Dastlabki tergovni tamomlash turlari |
Dastlabki tergov jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarish, ayblov xulosasi tuzish, ishni tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoki taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqarish yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisida taqdimnoma tayyorlash bilan tamomlanadi. | Dastlabki tergov jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarish, ayblov xulosasi tuzish, ishni tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoki taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqarish yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisida taqdimnoma tayyorlash bilan tamomlanadi. |
373-modda. Jinoyat ishini tugatish | 373-modda. Jinoyat ishini tugatish |
Jinoyat ishi ushbu Kodeksning 83 va 84-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda tugatiladi. | Jinoyat ishi ushbu Kodeksning 83 va 84-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda tugatiladi. |
374-modda. Jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror | 374-modda. Jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror |
Jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror belgilangan qoidalarga rioya qilingan holda tuziladi. | Jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror belgilangan qoidalarga rioya qilingan holda tuziladi. |
Qarorning tavsif qismida: | Qarorning tavsif qismida: |
1) jinoyat ishini qoʻzgʻatish asoslari va uning sodir etilishiga doir tergov vaqtida tekshirilgan tusmollar; | 1) jinoyat ishini qoʻzgʻatish asoslari va uning sodir etilishiga doir tergov vaqtida tekshirilgan tusmollar; |
2) gumon qilinuvchi va ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularga qoʻyilgan ayb va ularga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot choralari, basharti bu shaxslarga qoʻyilgan gumon yoki ayb ilgari chiqarilgan alohida qaror bilan tugatilmagan boʻlsa; | 2) gumon qilinuvchi va ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularga qoʻyilgan ayb va ularga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot choralari, basharti bu shaxslarga qoʻyilgan gumon yoki ayb ilgari chiqarilgan alohida qaror bilan tugatilmagan boʻlsa; |
3) jinoyat ishini tugatish asoslari; | 3) jinoyat ishini tugatish asoslari; |
4) bu asoslarni tasdiqlovchi dalillar, ular ishning qaysi jildlari va sahifalarida aks ettirilganligi; | 4) bu asoslarni tasdiqlovchi dalillar, ular ishning qaysi jildlari va sahifalarida aks ettirilganligi; |
5) ashyoviy dalillarning roʻyxati, bu ashyolar saqlanayotgan joy va ularning egalari, shuningdek manfaatdor shaxslar yoki muassasalar tomonidan bu ashyolarni ularga qaytarib berish toʻgʻrisidagi iltimoslari, basharti shunday iltimos qilingan boʻlsa; | 5) ashyoviy dalillarning roʻyxati, bu ashyolar saqlanayotgan joy va ularning egalari, shuningdek manfaatdor shaxslar yoki muassasalar tomonidan bu ashyolarni ularga qaytarib berish toʻgʻrisidagi iltimoslari, basharti shunday iltimos qilingan boʻlsa; |
6) fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralari bayon qilinadi. | 6) fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralari bayon qilinadi. |
Qarorning xulosa qismida: | Qarorning xulosa qismida: |
1) jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi; | 1) jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi; |
2) gumonni yoki ayblovni olib tashlash toʻgʻrisidagi; | 2) gumonni yoki ayblovni olib tashlash toʻgʻrisidagi; |
3) ehtiyot choralarini, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini, shuningdek fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish toʻgʻrisidagi; | 3) ehtiyot choralarini, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini, shuningdek fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish toʻgʻrisidagi; |
4) ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi qarorlar bayon qilinadi. | 4) ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi qarorlar bayon qilinadi. |
Tergovchi ishni tugatish toʻgʻrisida qaror chiqargach, bu haqda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchiga, fuqaroviy daʼvogarga, fuqaroviy javobgarga va ularning vakillariga, xuddi shuningdek ish korxona, muassasa, tashkilot yoki fuqaroning bergan xabari bilan qoʻzgʻatilgan boʻlsa, shu korxona, muassasa, tashkilot vakiliga yoxud fuqaroga xabar qiladi. Ayni vaqtda ularga ishni tugatish toʻgʻrisidagi qaror ustidan prokurorga shikoyat qilish huquqiga ega ekanliklari tushuntiriladi. | Tergovchi ishni tugatish toʻgʻrisida qaror chiqargach, bu haqda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchiga, fuqaroviy daʼvogarga, fuqaroviy javobgarga va ularning vakillariga, xuddi shuningdek ish korxona, muassasa, tashkilot yoki fuqaroning bergan xabari bilan qoʻzgʻatilgan boʻlsa, shu korxona, muassasa, tashkilot vakiliga yoxud fuqaroga xabar qiladi. Ayni vaqtda ularga ishni tugatish toʻgʻrisidagi qaror ustidan prokurorga shikoyat qilish huquqiga ega ekanliklari tushuntiriladi. |
Harbiy xizmatga chaqiriluvchi shaxsga nisbatan ish tugatilganda tergovchi bu haqda yetti kunlik muddat ichida yozma tarzda tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga xabar qiladi. | Harbiy xizmatga chaqiriluvchi shaxsga nisbatan ish tugatilganda tergovchi bu haqda yetti kunlik muddat ichida yozma tarzda tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga xabar qiladi. |
375-modda. Jinoyat ishi tamomlangandan keyin undagi materiallar bilan tanishib chiqish huquqini taʼminlash | 375-modda. Jinoyat ishi tamomlangandan keyin undagi materiallar bilan tanishib chiqish huquqini taʼminlash |
Tergovchi toʻplangan dalillarni ayblov xulosasini tuzish uchun yetarli deb topganidan keyin ayblanuvchi va himoyachiga dastlabki tergov tamomlanganligini eʼlon qiladi, ularga ishdagi barcha materiallar bilan tanishib chiqishga doir huquqlarini tushuntiradi va tanishib chiqish uchun ishni taqdim etadi. | Tergovchi toʻplangan dalillarni ayblov xulosasini tuzish uchun yetarli deb topganidan keyin ayblanuvchi va himoyachiga dastlabki tergov tamomlanganligini eʼlon qiladi, ularga ishdagi barcha materiallar bilan tanishib chiqishga doir huquqlarini tushuntiradi va tanishib chiqish uchun ishni taqdim etadi. |
Basharti ish tugatilgan boʻlsa, tergovchi bu haqda va ish materiallari bilan tanishish huquqi haqida gumon qilinuvchini, ayblanuvchini va himoyachini xabardor qiladi hamda ularning iltimosiga binoan ularga tanishib chiqish uchun ishni taqdim etadi. | Basharti ish tugatilgan boʻlsa, tergovchi bu haqda va ish materiallari bilan tanishish huquqi haqida gumon qilinuvchini, ayblanuvchini va himoyachini xabardor qiladi hamda ularning iltimosiga binoan ularga tanishib chiqish uchun ishni taqdim etadi. |
Tergovchi dastlabki tergov tamomlanganligi va ish ayblov xulosasi bilan sudga yuborilishi yoki ish tugatilganligi toʻgʻrisida jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga xabar qiladi, basharti ular xohlasalar, barcha ish materiallari bilan tanishib chiqish huquqiga ega ekanliklarini tushuntiradi. Soʻng tergovchi koʻrsatib oʻtilgan protsess ishtirokchilarining iltimosiga muvofiq, tanishib chiqish uchun ularga ishni taqdim etadi. | Tergovchi dastlabki tergov tamomlanganligi va ish ayblov xulosasi bilan sudga yuborilishi yoki ish tugatilganligi toʻgʻrisida jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga xabar qiladi, basharti ular xohlasalar, barcha ish materiallari bilan tanishib chiqish huquqiga ega ekanliklarini tushuntiradi. Soʻng tergovchi koʻrsatib oʻtilgan protsess ishtirokchilarining iltimosiga muvofiq, tanishib chiqish uchun ularga ishni taqdim etadi. |
Jabrlanuvchilar, guvohlar, xolislar va protsessning boshqa ishtirokchilari xavfsizligini taʼminlash maqsadida tergov harakatlari bayonnomasining kirish qismlari tanishib chiqish uchun taqdim qilinmasligi mumkin. Bunday hollarda bayonnomalarning koʻrsatib oʻtilgan protsess ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan kirish qismlari muhrlangan holda saqlanadi. | Jabrlanuvchilar, guvohlar, xolislar va protsessning boshqa ishtirokchilari xavfsizligini taʼminlash maqsadida tergov harakatlari bayonnomasining kirish qismlari tanishib chiqish uchun taqdim qilinmasligi mumkin. Bunday hollarda bayonnomalarning koʻrsatib oʻtilgan protsess ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan kirish qismlari muhrlangan holda saqlanadi. |
Basharti ayblanuvchining himoyachisi yoki jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgarning vakili uzrli sabablarga binoan belgilangan vaqtda ish materiallari bilan tanishib chiqish uchun kela olmasa, tergovchi tanishib chiqish muddatini koʻpi bilan besh sutkaga kechiktirishi mumkin. Himoyachi yoki vakil bu muddat ichida kelmagan taqdirda ayblanuvchiga boshqa himoyachini taklif qilish, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgarga boshqa vakil chaqirish uchun imkoniyat yaratiladi. | Basharti ayblanuvchining himoyachisi yoki jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgarning vakili uzrli sabablarga binoan belgilangan vaqtda ish materiallari bilan tanishib chiqish uchun kela olmasa, tergovchi tanishib chiqish muddatini koʻpi bilan besh sutkaga kechiktirishi mumkin. Himoyachi yoki vakil bu muddat ichida kelmagan taqdirda ayblanuvchiga boshqa himoyachini taklif qilish, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgarga boshqa vakil chaqirish uchun imkoniyat yaratiladi. |
376-modda. Jinoyat ishidagi materiallar bilan tanishib chiqish tartibi | 376-modda. Jinoyat ishidagi materiallar bilan tanishib chiqish tartibi |
Tergovchi ishdagi materiallarni tanishib chiqish uchun tikilgan va raqamlangan koʻrinishda, har bir jilddagi hujjatlarni roʻyxat qilgan tarzda taqdim etadi. | Tergovchi ishdagi materiallarni tanishib chiqish uchun tikilgan va raqamlangan koʻrinishda, har bir jilddagi hujjatlarni roʻyxat qilgan tarzda taqdim etadi. |
Ish bilan tanishib chiqish uchun zarur boʻlgan muddat cheklanmaydi. Lekin protsess ishtirokchilari ishdagi materiallar bilan tanishishni ataylab choʻzishga urinayotgan boʻlsalar, tergovchi oʻz qarorida ishdagi materiallar bilan tanishish uchun muayyan muddat belgilashga haqlidir. | Ish bilan tanishib chiqish uchun zarur boʻlgan muddat cheklanmaydi. Lekin protsess ishtirokchilari ishdagi materiallar bilan tanishishni ataylab choʻzishga urinayotgan boʻlsalar, tergovchi oʻz qarorida ishdagi materiallar bilan tanishish uchun muayyan muddat belgilashga haqlidir. |
Ish bilan tanishib chiqayotgan shaxs ishdagi hujjatlardan koʻchirmalar yozib olishga haqlidir, davlat sirlarini oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bundan mustasno. | Ish bilan tanishib chiqayotgan shaxs ishdagi hujjatlardan koʻchirmalar yozib olishga haqlidir, davlat sirlarini oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bundan mustasno. |
Tergovchi ishdagi materiallar bilan tanishib chiqqanlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. | Tergovchi ishdagi materiallar bilan tanishib chiqqanlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. |
Ish bilan tanishib chiqqandan keyingi ogʻzaki iltimoslarni tergovchi bayonnomaga kiritadi. Protsess ishtirokchisi yozma tarzda alohida iltimosnoma berishi mumkin, bu haqda bayonnomada yozib qoʻyiladi. | Ish bilan tanishib chiqqandan keyingi ogʻzaki iltimoslarni tergovchi bayonnomaga kiritadi. Protsess ishtirokchisi yozma tarzda alohida iltimosnoma berishi mumkin, bu haqda bayonnomada yozib qoʻyiladi. |
377-modda. Iltimoslar qilish va ularni koʻrib chiqish tartibi | 377-modda. Iltimoslar qilish va ularni koʻrib chiqish tartibi |
Ayblanuvchi, himoyachi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ish bilan tanishib chiqishgach yoki biror sababga koʻra tanishib chiqishdan bosh tortganlaridan keyin tergovchi ulardan qoʻshimcha tergov harakatlarini oʻtkazish yoki yangi qarorlar qabul qilish xususida iltimoslari bor yoki yoʻqligini aniqlaydi. | Ayblanuvchi, himoyachi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ish bilan tanishib chiqishgach yoki biror sababga koʻra tanishib chiqishdan bosh tortganlaridan keyin tergovchi ulardan qoʻshimcha tergov harakatlarini oʻtkazish yoki yangi qarorlar qabul qilish xususida iltimoslari bor yoki yoʻqligini aniqlaydi. |
Taraflarning arizasiga binoan iltimosnomalar tayyorlash va taqdim qilish uchun uch sutka doirasida vaqt berilishi mumkin. Tergovchi iltimosnomani toʻla yoki qisman rad qilish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va bu haqda iltimosnoma berilgan vaqtdan boshlab uch sutka ichida arizachiga xabar beradi. | Taraflarning arizasiga binoan iltimosnomalar tayyorlash va taqdim qilish uchun uch sutka doirasida vaqt berilishi mumkin. Tergovchi iltimosnomani toʻla yoki qisman rad qilish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va bu haqda iltimosnoma berilgan vaqtdan boshlab uch sutka ichida arizachiga xabar beradi. |
Arizachi iltimosni qondirish rad qilinganligi toʻgʻrisidagi qaror bilan tanishib chiqqanidan keyin ikki sutka ichida prokurorga rad etilganlik ustidan shikoyat qilishi mumkin. | Arizachi iltimosni qondirish rad qilinganligi toʻgʻrisidagi qaror bilan tanishib chiqqanidan keyin ikki sutka ichida prokurorga rad etilganlik ustidan shikoyat qilishi mumkin. |
378-modda. Iltimos qondirilgandan keyin jinoyat ishi bilan qayta tanishtirish | 378-modda. Iltimos qondirilgandan keyin jinoyat ishi bilan qayta tanishtirish |
Tergovchi iltimos qondirilgandan keyin, u kim tomonidan va kimlarning manfaatlari yoʻlida bildirilgan boʻlishidan qatʼi nazar, ayblanuvchi, himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga ishdagi barcha materiallar bilan yana tanishib chiqish imkoniyatini beradi. | Tergovchi iltimos qondirilgandan keyin, u kim tomonidan va kimlarning manfaatlari yoʻlida bildirilgan boʻlishidan qatʼi nazar, ayblanuvchi, himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga ishdagi barcha materiallar bilan yana tanishib chiqish imkoniyatini beradi. |
379-modda. Ayblov xulosasi | 379-modda. Ayblov xulosasi |
Ayblanuvchi va uning himoyachisini jinoyat ishidagi barcha materiallar bilan tanishtirib boʻlgach, tergovchi, basharti ishni sudga yuborish uchun yetarli asoslar borligi toʻgʻrisidagi fikri oʻzgarmagan boʻlsa, ayblov xulosasi tuzadi. | Ayblanuvchi va uning himoyachisini jinoyat ishidagi barcha materiallar bilan tanishtirib boʻlgach, tergovchi, basharti ishni sudga yuborish uchun yetarli asoslar borligi toʻgʻrisidagi fikri oʻzgarmagan boʻlsa, ayblov xulosasi tuzadi. |
Ayblov xulosasi tavsif-asoslantirish va xulosa qismlaridan iborat boʻladi. Tavsif qismida dastlabki tergovda aniqlangan holatlar: jabrlanuvchi, shuningdek ayblanuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; ayblanuvchining aybdorligini tasdiqlovchi dalillar, ayblanuvchining oʻzini himoya qilish uchun keltirgan vajlari va ularni tekshirish natijalari bayon qilinadi. | Ayblov xulosasi tavsif-asoslantirish va xulosa qismlaridan iborat boʻladi. Tavsif qismida dastlabki tergovda aniqlangan holatlar: jabrlanuvchi, shuningdek ayblanuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; ayblanuvchining aybdorligini tasdiqlovchi dalillar, ayblanuvchining oʻzini himoya qilish uchun keltirgan vajlari va ularni tekshirish natijalari bayon qilinadi. |
Xulosa qismida ayblanuvchining shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi hamda eʼlon qilingan ayblovning mazmuni Jinoyat kodeksining shu jinoyatni nazarda tutgan moddasi yoki moddalarini ham koʻrsatgan holda bayon qilinadi. | Xulosa qismida ayblanuvchining shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi hamda eʼlon qilingan ayblovning mazmuni Jinoyat kodeksining shu jinoyatni nazarda tutgan moddasi yoki moddalarini ham koʻrsatgan holda bayon qilinadi. |
Ayblov xulosasida bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi ish sahifalari koʻrsatilishi kerak. Ayblov xulosasi qayerda va qachon tuzilganligi koʻrsatilib, tergovchi tomonidan imzolanadi. | Ayblov xulosasida bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi ish sahifalari koʻrsatilishi kerak. Ayblov xulosasi qayerda va qachon tuzilganligi koʻrsatilib, tergovchi tomonidan imzolanadi. |
380-modda. Ayblov xulosasiga ilovalar | 380-modda. Ayblov xulosasiga ilovalar |
Ayblov xulosasiga tergovchining fikricha sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning roʻyxati, shuningdek qoʻllanilgan ehtiyot choralari, gumon qilinuvchi va ayblanuvchi qancha vaqt qamoqda saqlanganligi yoki u uy qamogʻida boʻlganligi toʻgʻrisidagi, ashyoviy dalillar, fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralari, sud chiqimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilova qilinadi. | Ayblov xulosasiga tergovchining fikricha sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning roʻyxati, shuningdek qoʻllanilgan ehtiyot choralari, gumon qilinuvchi va ayblanuvchi qancha vaqt qamoqda saqlanganligi yoki u uy qamogʻida boʻlganligi toʻgʻrisidagi, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralari, sud chiqimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilova qilinadi. |
Sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning roʻyxatida tergovchi ularning turgan joyi hamda koʻrsatuvlari yoki xulosalari ishning qaysi sahifasida bayon qilinganligini koʻrsatadi. | Sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning roʻyxatida tergovchi ularning turgan joyi hamda koʻrsatuvlari yoki xulosalari ishning qaysi sahifasida bayon qilinganligini koʻrsatadi. |
Jabrlanuvchilar, guvohlar, xolislar va protsessning boshqa ishtirokchilari xavfsizligini taʼminlash maqsadida, sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslar roʻyxatida ularning taxalluslari koʻrsatilishi mumkin. Xavfsizligi taʼminlanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar ular ishtirokida oʻtkazilgan tergov harakatlari bayonnomalarining kirish qismlari bilan birga muhrlangan holda sudga taqdim etiladi. Ular bilan faqat ayblov xulosasini tasdiqlovchi prokuror va ishni koʻrib chiquvchi sudya tanishishlari mumkin. | Jabrlanuvchilar, guvohlar, xolislar va protsessning boshqa ishtirokchilari xavfsizligini taʼminlash maqsadida, sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslar roʻyxatida ularning taxalluslari koʻrsatilishi mumkin. Xavfsizligi taʼminlanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar ular ishtirokida oʻtkazilgan tergov harakatlari bayonnomalarining kirish qismlari bilan birga muhrlangan holda sudga taqdim etiladi. Ular bilan faqat ayblov xulosasini tasdiqlovchi prokuror va ishni koʻrib chiquvchi sudya tanishishlari mumkin. |
381-modda. Jinoyat ishining prokurorga yuborilishi | 381-modda. Jinoyat ishining prokurorga yuborilishi |
Tergovchi ayblov xulosasini imzolaganidan keyin jinoyat ishini darhol prokurorga yuboradi. | Tergovchi ayblov xulosasini imzolaganidan keyin jinoyat ishini darhol prokurorga yuboradi. |
461-bob. Surishtiruvning umumiy shartlari | 461-bob. Surishtiruvning umumiy shartlari |
3811-modda. Surishtiruvni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan mansabdor shaxslar | 3811-modda. Surishtiruvni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan mansabdor shaxslar |
Surishtiruvni ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan organlarning surishtiruvchilari amalga oshiradi. | Surishtiruvni ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan organlarning surishtiruvchilari amalga oshiradi. |
Surishtiruvni ushbu Kodeksda belgilangan hollarda prokurorlar va tergovchilar ham amalga oshirishi mumkin. | Surishtiruvni ushbu Kodeksda belgilangan hollarda prokurorlar va tergovchilar ham amalga oshirishi mumkin. |
3812-modda. Jinoyat ishining tergovga tegishliligi | 3812-modda. Jinoyat ishining tergovga tegishliligi |
Surishtiruv quyidagilarning surishtiruvchilari tomonidan olib boriladi: | Surishtiruv quyidagilarning surishtiruvchilari tomonidan olib boriladi: |
1) ichki ishlar organlarining — Jinoyat kodeksining 105-moddasi birinchi qismida, 109-moddasida, 110-moddasi birinchi qismida, 111, 112-moddalarida, 113-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 114-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 115-moddasida, 117-moddasi birinchi qismida, 120-moddasida, 121-moddasi birinchi qismida, 1221-moddasi birinchi qismida, 125, 1251, 126-moddalarida, 1261-moddasi birinchi — toʻrtinchi qismlarida, 127-moddasi birinchi qismida, 1271-moddasi birinchi qismida, 129-moddasi birinchi qismida, 131-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 133-moddasi birinchi qismida, 136-moddasida, 138-moddasi birinchi qismida, 139, 140-moddalarida, 168-moddasi birinchi qismida, 169-moddasi birinchi qismida, 170-moddasida, 171-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 172-moddasida, 173-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 185 — 1851-moddalarida, 1862-moddasi birinchi qismida, 2161-moddasi birinchi qismida, 2162-moddasida, 225-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 226-moddasi birinchi qismida, 227-moddasida, 228-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida, 2281 — 2293-moddalarida, 2444-moddasi birinchi qismida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari), 2445-moddasida, 2481-moddasi birinchi qismida, 2552-moddasi birinchi qismida, 259-moddasi birinchi qismida, 260-moddasi birinchi qismida, 2601-moddasi birinchi qismida, 261-moddasida, 262-moddasi birinchi qismida, 2631-moddasi birinchi qismida, 266-moddasi birinchi qismida, 268-moddasi birinchi qismida, 269-moddasi birinchi qismida, 270-moddasi birinchi qismida, 274-moddasi birinchi qismida, 276-moddasi birinchi qismida, 277-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 278-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 2781 — 2786-moddalarida, 2787-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha; | 1) ichki ishlar organlarining — Jinoyat kodeksining 105-moddasi birinchi qismida, 109-moddasida, 110-moddasi birinchi qismida, 111, 112-moddalarida, 114-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 115-moddasida, 117-moddasi birinchi qismida, 120-moddasida, 121-moddasi birinchi qismida, 1221-moddasi birinchi qismida, 125, 1251, 126-moddalarida, 1261-moddasi birinchi — toʻrtinchi qismlarida, 1271-moddasi birinchi qismida, 129-moddasi birinchi qismida, 1291-moddasi birinchi qismida, 131-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 133-moddasi birinchi qismida, 136-moddasida, 138-moddasi birinchi qismida, 139, 140-moddalarida, 168-moddasi birinchi qismida, 169-moddasi birinchi qismida, 170-moddasida, 171-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 172-moddasida, 173-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 185, 1851-moddalarida, 1961-moddasi birinchi qismida, 1962-moddasi birinchi qismida, 2161-moddasi birinchi qismida, 2162-moddasida, 225-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 226-moddasi birinchi qismida, 227, 2271-moddalarida, 228-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida, 2281-moddasida, 2282-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 229, 2292-moddalarida, 2293-moddasi birinchi — beshinchi qismlarida, 2444-moddasi birinchi qismida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari), 2445, 2446-moddalarida, 2481-moddasi birinchi qismida, 2552-moddasi birinchi qismida, 259-moddasi birinchi qismida, 260-moddasi birinchi qismida, 2601-moddasi birinchi qismida, 261, 2611, 2612-moddalarida, 262-moddasi birinchi qismida, 2621-moddasi birinchi qismida, 2631-moddasi birinchi qismida, 266-moddasi birinchi qismida, 268-moddasi birinchi qismida, 269-moddasi birinchi qismida, 270-moddasi birinchi qismida, 273-moddasi birinchi qismida, 274-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 276-moddasi birinchi qismida, 2765-moddasida, 2768-moddasi birinchi qismida, 2769-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 27610-moddasi birinchi qismida, 277-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 278-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 2781 — 2786-moddalarida, 2787-moddasi birinchi qismida, 2788-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 2789-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha; |
2) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda uning joylardagi boʻlinmalari — Jinoyat kodeksining 122, 123-moddalarida, 232-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha; | 2) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda uning joylardagi boʻlinmalari — Jinoyat kodeksining 122, 123-moddalarida, 232-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha; |
3) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda uning joylardagi boʻlinmalari — Jinoyat kodeksining 177-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 179, 183-moddalarida, 184-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari), 1852-moddasida, 186-moddasi birinchi qismida, 189 — 192-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha; | 3) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda uning joylardagi boʻlinmalari — Jinoyat kodeksining 177-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 179, 183-moddalarida, 184-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari), 1841, 1852-moddalarida, 189 — 192-moddalarida, 27611-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha; |
4) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hamda uning joylardagi boʻlinmalari — Jinoyat kodeksining 130-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 1301-moddasida, 184-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 2443-moddasida, 2444-moddasi birinchi qismida, 2501-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha. | 4) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hamda uning joylardagi boʻlinmalari — Jinoyat kodeksining 130-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 1301-moddasida, 184-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 2443-moddasida, 2444-moddasi birinchi qismida, 2501-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha. |
5) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning joylardagi boʻlinmalari — Jinoyat kodeksining 2501-moddasi birinchi qismida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari) va 2591-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha. | 5) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning joylardagi boʻlinmalari — Jinoyat kodeksining 2501-moddasi birinchi qismida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari) va 2591-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha. |
Jinoyat kodeksining 130-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari), 1301-moddasida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari), 167-moddasi birinchi qismida, 2443-moddasida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari) nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha surishtiruv ishni qoʻzgʻatgan organ tomonidan olib boriladi. | Jinoyat kodeksining 130-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari), 1301-moddasida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari), 167-moddasi birinchi qismida, 1862-moddasi birinchi qismida, 2443-moddasida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari) nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha surishtiruv ishni qoʻzgʻatgan organ tomonidan olib boriladi. |
Jinoyat kodeksining 237-moddasi birinchi qismida, 238-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 239, 240-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha surishtiruv ushbu ish qoʻzgʻatilishiga sabab boʻlgan jinoyat qaysi organning tergoviga tegishli boʻlsa, oʻsha organ tomonidan olib boriladi. | Jinoyat kodeksining 237-moddasi birinchi qismida, 238-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 239, 240-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha surishtiruv ushbu ish qoʻzgʻatilishiga sabab boʻlgan jinoyat qaysi organning tergoviga tegishli boʻlsa, oʻsha organ tomonidan olib boriladi. |
Agar surishtiruvni olib borishda boshqa surishtiruv organi tergoviga tegishli yangi jinoyat aniqlansa, ishni yuritayotgan surishtiruv organi faqat tegishli prokurorning roziligi bilan surishtiruvni toʻliq hajmda tamomlashi mumkin. | Agar surishtiruvni olib borishda boshqa surishtiruv organi tergoviga tegishli yangi jinoyat aniqlansa, ishni yuritayotgan surishtiruv organi faqat tegishli prokurorning roziligi bilan surishtiruvni toʻliq hajmda tamomlashi mumkin. |
Agar surishtiruvni olib borishda dastlabki tergov organiga tegishli boʻlgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bogʻliq boʻlgan yangi jinoyat aniqlansa, prokurorning roziligi bilan jinoyat ishi ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra dastlabki tergov organiga oʻtkaziladi. | Agar surishtiruvni olib borishda dastlabki tergov organiga tegishli boʻlgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bogʻliq boʻlgan yangi jinoyat aniqlansa, prokurorning roziligi bilan jinoyat ishi ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra dastlabki tergov organiga oʻtkaziladi. |
Agar surishtiruvni olib borishda dastlabki tergov organiga tegishli boʻlgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bogʻliq boʻlmagan yangi jinoyat aniqlansa, jinoyat ishini ajratish va boshqalarga oʻtkazish ushbu Kodeksning 332 va 345-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda agar mazkur yangi jinoyat ushbu Kodeks 345-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar turkumiga kirsa, ajratilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergovni amalga oshirish prokuror tomonidan dastlabki tergov organiga topshiriladi. | Agar surishtiruvni olib borishda dastlabki tergov organiga tegishli boʻlgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bogʻliq boʻlmagan yangi jinoyat aniqlansa, jinoyat ishini ajratish va boshqalarga oʻtkazish ushbu Kodeksning 332 va 345-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda agar mazkur yangi jinoyat ushbu Kodeks 345-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar turkumiga kirsa, ajratilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergovni amalga oshirish prokuror tomonidan dastlabki tergov organiga topshiriladi. |
Turli surishtiruv organlariga tegishli jinoyat ishlari bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror surishtiruvni olib borishni ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi jinoyat ishining tergovi qaysi organga tegishli boʻlsa shu organga, jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi teng boʻlganda esa, jinoyat ishi boʻyicha uzoqroq muddat davomida surishtiruv olib borayotgan organga topshiradi. | Turli surishtiruv organlariga tegishli jinoyat ishlari bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror surishtiruvni olib borishni ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi jinoyat ishining tergovi qaysi organga tegishli boʻlsa shu organga, jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi teng boʻlganda esa, jinoyat ishi boʻyicha uzoqroq muddat davomida surishtiruv olib borayotgan organga topshiradi. |
Surishtiruv organlari tergoviga tegishli boʻlgan jinoyat ishlari boshqa dastlabki tergov organlari tergoviga tegishli boʻlgan jinoyat ishlari bilan bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror tergovni olib borishni ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovga tegishlilik qoidalari boʻyicha dastlabki tergov organiga topshiradi. | Surishtiruv organlari tergoviga tegishli boʻlgan jinoyat ishlari boshqa dastlabki tergov organlari tergoviga tegishli boʻlgan jinoyat ishlari bilan bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror tergovni olib borishni ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovga tegishlilik qoidalari boʻyicha dastlabki tergov organiga topshiradi. |
Jinoyat qayerda sodir etilgan boʻlsa, jinoyat ishi oʻsha tuman (shahar) surishtiruv organining surishtiruvchisiga tegishli boʻladi. | Jinoyat qayerda sodir etilgan boʻlsa, jinoyat ishi oʻsha tuman (shahar) surishtiruv organining surishtiruvchisiga tegishli boʻladi. |
Surishtiruv, agar ish holatlarini ancha tez, puxta, toʻla, xolisona, har tomonlama tekshirishga yordam bersa, ish qoʻzgʻatilgan joyda yoki gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi yoki guvohlarning koʻpchiligi turgan yerda ham oʻtkazilishi mumkin. | Surishtiruv, agar ish holatlarini ancha tez, puxta, toʻla, xolisona, har tomonlama tekshirishga yordam bersa, ish qoʻzgʻatilgan joyda yoki gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi yoki guvohlarning koʻpchiligi turgan yerda ham oʻtkazilishi mumkin. |
Yuqori turuvchi prokuror yoki yuqori turuvchi surishtiruv boʻlinmasi boshligʻining farmoyishiga asosan surishtiruv hududiy jihatdan tergovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinmagan holda olib borilishi mumkin. | Yuqori turuvchi prokuror yoki yuqori turuvchi surishtiruv boʻlinmasi boshligʻining farmoyishiga asosan surishtiruv hududiy jihatdan tergovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinmagan holda olib borilishi mumkin. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tergovchilari ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan jinoyat ishlari boʻyicha tergovni surishtiruv shaklida amalga oshirishi mumkin. | |
3813-modda. Surishtiruvni amalga oshirishda jinoyat-protsessual qonunchilik normalarining qoʻllanilishi | 3813-modda. Surishtiruvni amalga oshirishda jinoyat-protsessual qonunchilik normalarining qoʻllanilishi |
Surishtiruv mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda ushbu Kodeks bilan belgilangan umumiy qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. | Surishtiruv mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda ushbu Kodeks bilan belgilangan umumiy qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. |
3814-modda. Surishtiruvchining topshiriqlarini bajarish | 3814-modda. Surishtiruvchining topshiriqlarini bajarish |
Har bir surishtiruvchi oʻz yurituvida boʻlgan jinoyat ishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining hududida istalgan joyda biror tergov harakatini shaxsan oʻzi bajarishga yoxud uni oʻtkazishni boshqa surishtiruvchiga topshirishga haqlidir. | Har bir surishtiruvchi oʻz yurituvida boʻlgan jinoyat ishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining hududida istalgan joyda biror tergov harakatini shaxsan oʻzi bajarishga yoxud uni oʻtkazishni boshqa surishtiruvchiga topshirishga haqlidir. |
Surishtiruvchining topshirigʻida ijro etuvchi uchun majburiy boʻlgan ijro muddati koʻrsatiladi. Topshiriqni bu muddat ichida ijro etishning iloji boʻlmasa, topshiriq olgan shaxs topshiriq bergan surishtiruvchiga topshiriq qachon bajarilishi mumkinligi toʻgʻrisida yozma ravishda, telegramma yoki telefonogramma orqali xabar qiladi va uning koʻrsatmalariga binoan topshiriqni bajarishni davom ettiradi. | Surishtiruvchining topshirigʻida ijro etuvchi uchun majburiy boʻlgan ijro muddati koʻrsatiladi. Topshiriqni bu muddat ichida ijro etishning iloji boʻlmasa, topshiriq olgan shaxs topshiriq bergan surishtiruvchiga topshiriq qachon bajarilishi mumkinligi toʻgʻrisida yozma ravishda, telegramma yoki telefonogramma orqali xabar qiladi va uning koʻrsatmalariga binoan topshiriqni bajarishni davom ettiradi. |
3815-modda. Jinoyat ishini oʻtkazish | 3815-modda. Jinoyat ishini oʻtkazish |
Jinoyat ishini bir surishtiruv organi doirasida bir surishtiruvchidan boshqa surishtiruvchiga oʻtkazish shu surishtiruv organining rahbari yoki surishtiruv boʻlinmasi boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi. | Jinoyat ishini bir surishtiruv organi doirasida bir surishtiruvchidan boshqa surishtiruvchiga oʻtkazish shu surishtiruv organining rahbari yoki surishtiruv boʻlinmasi boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi. |
Ishni bir surishtiruv boʻlinmasidan boshqasiga oʻtkazish yuqori surishtiruv organi rahbari yoki yuqori surishtiruv boʻlinmasining boshligʻi tomonidan prokuror roziligi bilan amalga oshiriladi. | Ishni bir surishtiruv boʻlinmasidan boshqasiga oʻtkazish yuqori surishtiruv organi rahbari yoki yuqori surishtiruv boʻlinmasining boshligʻi tomonidan prokuror roziligi bilan amalga oshiriladi. |
Ishni bir surishtiruv organidan boshqa surishtiruv organiga oʻtkazish prokuror roziligi bilan amalga oshiriladi. | Ishni bir surishtiruv organidan boshqa surishtiruv organiga oʻtkazish prokuror roziligi bilan amalga oshiriladi. |
Tergovning har tomonlama, toʻla va xolisona olib borilishini taʼminlash maqsadida prokuror quyidagi holatlarda ishni sudga qadar yuritishning har qanday bosqichida jinoyat ishini dastlabki tergov shaklida tergov qilish uchun dastlabki tergov organiga oʻtkazishi yoki oʻz ish yurituviga olishi mumkin: | Tergovning har tomonlama, toʻla va xolisona olib borilishini taʼminlash maqsadida prokuror quyidagi holatlarda ishni sudga qadar yuritishning har qanday bosqichida jinoyat ishini dastlabki tergov shaklida tergov qilish uchun dastlabki tergov organiga oʻtkazishi yoki oʻz ish yurituviga olishi mumkin: |
1) ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etish uchun jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxsni aniqlash uchun dastlabki tergov organlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarni jalb qilgan holda qoʻshimcha tergov va protsessual choralarni qoʻllash zarur boʻlganda; | 1) ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etish uchun jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxsni aniqlash uchun dastlabki tergov organlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarni jalb qilgan holda qoʻshimcha tergov va protsessual choralarni qoʻllash zarur boʻlganda; |
2) ushbu Kodeksning 345-moddasi oʻn birinchi qismi 1 — 5-bandlarida nazarda tutilganda. | 2) ushbu Kodeksning 345-moddasi oʻn birinchi qismi 1 — 5-bandlarida nazarda tutilganda. |
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha jinoyat ishini oʻtkazish haqida prokuror asoslantirilgan qaror chiqaradi. | Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha jinoyat ishini oʻtkazish haqida prokuror asoslantirilgan qaror chiqaradi. |
3816-modda. Surishtiruvning boshlanishi | 3816-modda. Surishtiruvning boshlanishi |
Surishtiruvchi jinoyat ishini qoʻzgʻatib, uni oʻz ish yurituviga oladi va bu haqda ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorga yozib qoʻyadi. Basharti surishtiruvchiga oldin qoʻzgʻatilgan ish berilgan boʻlsa, u ishni oʻz yurituviga olganligi toʻgʻrisida qaror chiqaradi, shundan soʻng surishtiruvni boshlaydi. | Surishtiruvchi jinoyat ishini qoʻzgʻatib, uni oʻz ish yurituviga oladi va bu haqda ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorga yozib qoʻyadi. Basharti surishtiruvchiga oldin qoʻzgʻatilgan ish berilgan boʻlsa, u ishni oʻz yurituviga olganligi toʻgʻrisida qaror chiqaradi, shundan soʻng surishtiruvni boshlaydi. |
3817-modda. Surishtiruv yuritish muddati | 3817-modda. Surishtiruv yuritish muddati |
Surishtiruv jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan kundan boshlab bir oydan oshmagan muddatda tamomlanishi lozim. | Surishtiruv jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan kundan boshlab bir oydan oshmagan muddatda tamomlanishi lozim. |
Jinoyat ishlari birlashtirilayotganda ular boʻyicha ish yuritish muddati uzoqroq muddat davomida tergov qilingan jinoyat ishi boʻyicha belgilanadi. Bunda qolgan jinoyat ishlari boʻyicha ish yuritish muddati uzoqroq tergov qilingan ishning muddati bilan qamrab olinadi va qoʻshimcha ravishda hisobga olinmaydi. | Jinoyat ishlari birlashtirilayotganda ular boʻyicha ish yuritish muddati uzoqroq muddat davomida tergov qilingan jinoyat ishi boʻyicha belgilanadi. Bunda qolgan jinoyat ishlari boʻyicha ish yuritish muddati uzoqroq tergov qilingan ishning muddati bilan qamrab olinadi va qoʻshimcha ravishda hisobga olinmaydi. |
Alohida ish yurituviga ajratilgan jinoyat ishi boʻyicha surishtiruv muddati, agar jinoyat ishi yangi jinoyat boʻyicha yoki yangi shaxsga nisbatan ajratilayotgan boʻlsa, tegishli qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi. | Alohida ish yurituviga ajratilgan jinoyat ishi boʻyicha surishtiruv muddati, agar jinoyat ishi yangi jinoyat boʻyicha yoki yangi shaxsga nisbatan ajratilayotgan boʻlsa, tegishli qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi. |
Qolgan hollarda muddat bu jinoyat ishi qaysi jinoyat ishidan alohida ish yurituviga ajratilgan boʻlsa, oʻsha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan paytdan eʼtiboran hisoblanadi. | Qolgan hollarda muddat bu jinoyat ishi qaysi jinoyat ishidan alohida ish yurituviga ajratilgan boʻlsa, oʻsha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan paytdan eʼtiboran hisoblanadi. |
Ish ayblov dalolatnomasi bilan, ishni tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoxud taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror bilan, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisidagi taqdimnoma bilan prokurorga topshirilgan kuni yoxud ishni tugatish haqida qaror chiqarilgan kuni surishtiruv tamomlangan hisoblanadi. | Ish ayblov dalolatnomasi bilan, ishni tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoxud taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror bilan, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisidagi taqdimnoma bilan prokurorga topshirilgan kuni yoxud ishni tugatish haqida qaror chiqarilgan kuni surishtiruv tamomlangan hisoblanadi. |
Surishtiruv muddatiga quyidagilar kirmaydi: | Surishtiruv muddatiga quyidagilar kirmaydi: |
1) ayblanuvchi, himoyachi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ish materiallari bilan tanishib chiqqan vaqt; | 1) ayblanuvchi, himoyachi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ish materiallari bilan tanishib chiqqan vaqt; |
2) surishtiruv toʻxtatib turilgan vaqt; | 2) surishtiruv toʻxtatib turilgan vaqt; |
3) qoʻshimcha surishtiruv oʻtkazish uchun prokuror tomonidan qaytarilgan ish surishtiruvchiga kelib tushgunga qadar oʻtgan vaqt. | 3) qoʻshimcha surishtiruv oʻtkazish uchun prokuror tomonidan qaytarilgan ish surishtiruvchiga kelib tushgunga qadar oʻtgan vaqt. |
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan surishtiruv muddati prokuror tomonidan yigirma kungacha uzaytirilishi mumkin. | Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan surishtiruv muddati prokuror tomonidan yigirma kungacha uzaytirilishi mumkin. |
Ish qoʻshimcha surishtiruv oʻtkazish uchun qaytarib yuborilganda, shuningdek toʻxtatilgan yoki tugatilgan ish qayta tiklanganda qoʻshimcha surishtiruv muddati mazkur ishni surishtiruvchi qabul qilgan paytdan eʼtiboran oʻn kun doirasida belgilanadi. | Ish qoʻshimcha surishtiruv oʻtkazish uchun qaytarib yuborilganda, shuningdek toʻxtatilgan yoki tugatilgan ish qayta tiklanganda qoʻshimcha surishtiruv muddati mazkur ishni surishtiruvchi qabul qilgan paytdan eʼtiboran oʻn kun doirasida belgilanadi. |
3818-modda. Surishtiruvning surishtiruvchilar guruhi tomonidan amalga oshirilishi hamda tergov harakatlarining bir necha surishtiruvchilar tomonidan bajarilishi | 3818-modda. Surishtiruvning surishtiruvchilar guruhi tomonidan amalga oshirilishi hamda tergov harakatlarining bir necha surishtiruvchilar tomonidan bajarilishi |
Jinoyat ishi koʻp mehnat talab etsa, juda murakkab yoki oʻta dolzarb boʻlsa, prokuror yoki surishtiruv boʻlinmasining boshligʻi shu ish boʻyicha surishtiruv ishlarini yuritishni doimiy yoki maxsus tuzilgan surishtiruvchilar guruhiga topshirishi mumkin. | Jinoyat ishi koʻp mehnat talab etsa, juda murakkab yoki oʻta dolzarb boʻlsa, prokuror yoki surishtiruv boʻlinmasining boshligʻi shu ish boʻyicha surishtiruv ishlarini yuritishni doimiy yoki maxsus tuzilgan surishtiruvchilar guruhiga topshirishi mumkin. |
Surishtiruvchilar guruhini tuzish tartibi, guruh rahbari va aʼzolarining vakolatlari, shuningdek tergov harakatlarining bir necha surishtiruvchilar tomonidan bajarilishi tartibi ushbu Kodeksning 354 — 357-moddalarida belgilangan tergovchilar guruhini tuzish, guruh rahbarining va guruh aʼzolari boʻlgan tergovchilarning vakolatlari, shuningdek tergov harakatlarini bir necha tergovchilar tomonidan bajarish tartibi bilan bir xil belgilanadi. | Surishtiruvchilar guruhini tuzish tartibi, guruh rahbari va aʼzolarining vakolatlari, shuningdek tergov harakatlarining bir necha surishtiruvchilar tomonidan bajarilishi tartibi ushbu Kodeksning 354 — 357-moddalarida belgilangan tergovchilar guruhini tuzish, guruh rahbarining va guruh aʼzolari boʻlgan tergovchilarning vakolatlari, shuningdek tergov harakatlarini bir necha tergovchilar tomonidan bajarish tartibi bilan bir xil belgilanadi. |
3819-modda. Surishtiruvni toʻxtatish | 3819-modda. Surishtiruvni toʻxtatish |
Surishtiruv surishtiruvchining qarori bilan ushbu Kodeksning 364 — 371-moddalarida belgilangan hollarda va tartibda toʻxtatiladi. | Surishtiruv surishtiruvchining qarori bilan ushbu Kodeksning 364 — 371-moddalarida belgilangan hollarda va tartibda toʻxtatiladi. |
Shu bilan birga surishtiruvchi tomonidan faqat ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi toʻgʻrisida qaror chiqarilgan shaxsga nisbatan qidiruv eʼlon qilinishi mumkin. | Shu bilan birga surishtiruvchi tomonidan faqat ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi toʻgʻrisida qaror chiqarilgan shaxsga nisbatan qidiruv eʼlon qilinishi mumkin. |
Agar surishtiruv ushbu Kodeksning 364-moddasi 1-bandida belgilangan asoslarga koʻra toʻxtatilgan boʻlsa, surishtiruvchi tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar orqali ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxsni aniqlash va uni javobgarlikka tortish choralarini koʻrishi shart. | Agar surishtiruv ushbu Kodeksning 364-moddasi 1-bandida belgilangan asoslarga koʻra toʻxtatilgan boʻlsa, surishtiruvchi tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar orqali ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxsni aniqlash va uni javobgarlikka tortish choralarini koʻrishi shart. |
38110-modda. Surishtiruvni tamomlash turlari | 38110-modda. Surishtiruvni tamomlash turlari |
Surishtiruv jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarish, ayblov dalolatnomasi, ishni tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoki taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqarish yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisida taqdimnoma tayyorlash bilan tamomlanadi. | Surishtiruv jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarish, ayblov dalolatnomasi, ishni tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoki taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqarish yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisida taqdimnoma tayyorlash bilan tamomlanadi. |
38111-modda. Jinoyat ishini tugatish | 38111-modda. Jinoyat ishini tugatish |
Jinoyat ishi ushbu Kodeksning 83 va 84-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda tugatiladi. | Jinoyat ishi ushbu Kodeksning 83 va 84-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda tugatiladi. |
Surishtiruvchining jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori ushbu Kodeksning 374-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda tuziladi. | Surishtiruvchining jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori ushbu Kodeksning 374-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda tuziladi. |
Surishtiruvchi ishni tugatish toʻgʻrisida qaror chiqargach, bu haqda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchiga, fuqaroviy daʼvogarga, fuqaroviy javobgarga va ularning vakillariga, xuddi shuningdek ish korxona, muassasa, tashkilot yoki fuqaroning bergan xabari bilan qoʻzgʻatilgan boʻlsa, shu korxona, muassasa, tashkilot vakillariga yoxud fuqaroga xabar qiladi. Ayni vaqtda ularga ishni tugatish toʻgʻrisidagi qaror ustidan prokurorga shikoyat qilish huquqi tushuntiriladi. | Surishtiruvchi ishni tugatish toʻgʻrisida qaror chiqargach, bu haqda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchiga, fuqaroviy daʼvogarga, fuqaroviy javobgarga va ularning vakillariga, xuddi shuningdek ish korxona, muassasa, tashkilot yoki fuqaroning bergan xabari bilan qoʻzgʻatilgan boʻlsa, shu korxona, muassasa, tashkilot vakillariga yoxud fuqaroga xabar qiladi. Ayni vaqtda ularga ishni tugatish toʻgʻrisidagi qaror ustidan prokurorga shikoyat qilish huquqi tushuntiriladi. |
Harbiy xizmatga chaqiriluvchi shaxsga nisbatan ish tugatilganda surishtiruvchi bu haqda yetti kunlik muddat ichida yozma tarzda tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga xabar qiladi. | Harbiy xizmatga chaqiriluvchi shaxsga nisbatan ish tugatilganda surishtiruvchi bu haqda yetti kunlik muddat ichida yozma tarzda tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga xabar qiladi. |
38112-modda. Ayblov dalolatnomasi | 38112-modda. Ayblov dalolatnomasi |
Surishtiruvchi toʻplangan dalillarni ishni sudga oʻtkazish uchun yetarli deb topsa, ayblov dalolatnomasi tuzadi. | Surishtiruvchi toʻplangan dalillarni ishni sudga oʻtkazish uchun yetarli deb topsa, ayblov dalolatnomasi tuzadi. |
Ayblov dalolatnomasi soddalashtirilgan shaklda tuziladi va surishtiruvda aniqlangan holatlar, ayblanuvchining shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, eʼlon qilingan ayblovning mazmuni, shuningdek surishtiruv davomida aniqlangan va ushbu jinoyat ishi uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Ayblov dalolatnomasining namunaviy shakli Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadi. | Ayblov dalolatnomasi soddalashtirilgan shaklda tuziladi va surishtiruvda aniqlangan holatlar, ayblanuvchining shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, eʼlon qilingan ayblovning mazmuni, shuningdek surishtiruv davomida aniqlangan va ushbu jinoyat ishi uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Ayblov dalolatnomasining namunaviy shakli Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadi. |
Ayblov dalolatnomasiga sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning yashash joyi koʻrsatilgan roʻyxati, shuningdek gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga nisbatan qancha vaqt qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tariqasidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilganligi, ashyoviy dalillar, hukmning fuqaroviy daʼvo va boshqa mulkiy undirishlar boʻyicha qismi ijrosini taʼminlash choralari, sud chiqimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilova qilinadi. | Ayblov dalolatnomasiga sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning yashash joyi koʻrsatilgan roʻyxati, shuningdek gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga nisbatan qancha vaqt qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tariqasidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilganligi, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, hukmning fuqaroviy daʼvo va boshqa mulkiy undirishlar boʻyicha qismi ijrosini taʼminlash choralari, sud chiqimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilova qilinadi. |
Sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash zarur boʻlgan hollarda, ushbu Kodeksning 380-moddasi uchinchi qismiga muvofiq mazkur shaxslarning tegishli roʻyxati tuziladi va sudga taqdim etiladi. | Sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash zarur boʻlgan hollarda, ushbu Kodeksning 380-moddasi uchinchi qismiga muvofiq mazkur shaxslarning tegishli roʻyxati tuziladi va sudga taqdim etiladi. |
38113-modda. Jinoyat ishi tamomlanganidan keyin undagi materiallar bilan tanishib chiqish huquqini taʼminlash | 38113-modda. Jinoyat ishi tamomlanganidan keyin undagi materiallar bilan tanishib chiqish huquqini taʼminlash |
Ayblov dalolatnomasi tuzilganidan soʻng surishtiruvchi ayblanuvchi va himoyachiga surishtiruv tamomlanganligini eʼlon qiladi, ularga ishdagi barcha materiallar bilan tanishib chiqishga doir huquqlarini tushuntiradi va tanishib chiqish uchun ishni tikilgan hamda raqamlangan koʻrinishda, hujjatlarning har bir jildini roʻyxati bilan taqdim etadi. | Ayblov dalolatnomasi tuzilganidan soʻng surishtiruvchi ayblanuvchi va himoyachiga surishtiruv tamomlanganligini eʼlon qiladi, ularga ishdagi barcha materiallar bilan tanishib chiqishga doir huquqlarini tushuntiradi va tanishib chiqish uchun ishni tikilgan hamda raqamlangan koʻrinishda, hujjatlarning har bir jildini roʻyxati bilan taqdim etadi. |
Basharti ish tugatilgan boʻlsa, surishtiruvchi bu haqda va ish materiallari bilan tanishish huquqi haqida gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, himoyachini xabardor qiladi hamda ularning iltimosiga binoan ularga tanishib chiqish uchun ishni taqdim etadi. | Basharti ish tugatilgan boʻlsa, surishtiruvchi bu haqda va ish materiallari bilan tanishish huquqi haqida gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, himoyachini xabardor qiladi hamda ularning iltimosiga binoan ularga tanishib chiqish uchun ishni taqdim etadi. |
Surishtiruvchi surishtiruv tamomlanganligi va ish ayblov dalolatnomasi bilan sudga yuborilishi yoki ish tugatilganligi toʻgʻrisida jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga xabar qiladi, basharti ular xohlasalar, barcha ish materiallari bilan tanishib chiqish huquqiga ega ekanliklarini tushuntiradi. Soʻng surishtiruvchi koʻrsatib oʻtilgan protsess ishtirokchilarining iltimosiga muvofiq, tanishib chiqish uchun ularga ishni taqdim etadi. | Surishtiruvchi surishtiruv tamomlanganligi va ish ayblov dalolatnomasi bilan sudga yuborilishi yoki ish tugatilganligi toʻgʻrisida jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga xabar qiladi, basharti ular xohlasalar, barcha ish materiallari bilan tanishib chiqish huquqiga ega ekanliklarini tushuntiradi. Soʻng surishtiruvchi koʻrsatib oʻtilgan protsess ishtirokchilarining iltimosiga muvofiq, tanishib chiqish uchun ularga ishni taqdim etadi. |
Jabrlanuvchilar, guvohlar, xolislar va protsessning boshqa ishtirokchilari xavfsizligini taʼminlash maqsadida tergov harakatlari bayonnomasining kirish qismlari tanishib chiqish uchun taqdim qilinmasligi mumkin. Bunday hollarda bayonnomalarning koʻrsatib oʻtilgan protsess ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan kirish qismlari muhrlangan holda saqlanadi. | Jabrlanuvchilar, guvohlar, xolislar va protsessning boshqa ishtirokchilari xavfsizligini taʼminlash maqsadida tergov harakatlari bayonnomasining kirish qismlari tanishib chiqish uchun taqdim qilinmasligi mumkin. Bunday hollarda bayonnomalarning koʻrsatib oʻtilgan protsess ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan kirish qismlari muhrlangan holda saqlanadi. |
Basharti ayblanuvchining himoyachisi yoki jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgarning vakili uzrli sabablarga binoan belgilangan vaqtda ish materiallari bilan tanishib chiqish uchun kela olmasa, surishtiruvchi tanishib chiqish muddatini koʻpi bilan besh sutkaga kechiktirishi mumkin. Himoyachi yoki vakil bu muddat ichida kelmagan taqdirda ayblanuvchiga boshqa himoyachini taklif qilish, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgarga boshqa vakil chaqirish uchun imkoniyat yaratiladi. | Basharti ayblanuvchining himoyachisi yoki jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgarning vakili uzrli sabablarga binoan belgilangan vaqtda ish materiallari bilan tanishib chiqish uchun kela olmasa, surishtiruvchi tanishib chiqish muddatini koʻpi bilan besh sutkaga kechiktirishi mumkin. Himoyachi yoki vakil bu muddat ichida kelmagan taqdirda ayblanuvchiga boshqa himoyachini taklif qilish, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgarga boshqa vakil chaqirish uchun imkoniyat yaratiladi. |
Ish bilan tanishib chiqayotgan shaxs ishdagi hujjatlardan koʻchirmalar yozib olishga haqlidir, davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bundan mustasno. Surishtiruvchi ayblov dalolatnomasi va ishdagi materiallar bilan tanishib chiqqanlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. | Ish bilan tanishib chiqayotgan shaxs ishdagi hujjatlardan koʻchirmalar yozib olishga haqlidir, davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bundan mustasno. Surishtiruvchi ayblov dalolatnomasi va ishdagi materiallar bilan tanishib chiqqanlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. |
Ish bilan tanishib chiqqanidan keyingi ogʻzaki iltimoslarni surishtiruvchi bayonnomaga kiritadi. Protsess ishtirokchisi yozma tarzda alohida iltimosnoma berishi mumkin, bu haqda bayonnomada yozib qoʻyiladi. | Ish bilan tanishib chiqqanidan keyingi ogʻzaki iltimoslarni surishtiruvchi bayonnomaga kiritadi. Protsess ishtirokchisi yozma tarzda alohida iltimosnoma berishi mumkin, bu haqda bayonnomada yozib qoʻyiladi. |
38114-modda. Iltimoslar qilish va ularni koʻrib chiqish tartibi | 38114-modda. Iltimoslar qilish va ularni koʻrib chiqish tartibi |
Ayblanuvchi, himoyachi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ish bilan tanishib chiqishgach yoki biror sababga koʻra tanishib chiqishdan bosh tortganlaridan keyin surishtiruvchi ulardan qoʻshimcha surishtiruv harakatlarini oʻtkazish yoki yangi qarorlar qabul qilish xususida iltimoslari bor yoki yoʻqligini aniqlaydi. | Ayblanuvchi, himoyachi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ish bilan tanishib chiqishgach yoki biror sababga koʻra tanishib chiqishdan bosh tortganlaridan keyin surishtiruvchi ulardan qoʻshimcha surishtiruv harakatlarini oʻtkazish yoki yangi qarorlar qabul qilish xususida iltimoslari bor yoki yoʻqligini aniqlaydi. |
Taraflarning arizasiga binoan ularga iltimosnomalar tayyorlash va taqdim qilish uchun ikki sutka doirasida vaqt berilishi mumkin. Surishtiruvchi iltimosnomani toʻla yoki qisman rad qilish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va bu haqda iltimosnoma berilgan vaqtdan boshlab uch sutka ichida arizachiga xabar beradi. | Taraflarning arizasiga binoan ularga iltimosnomalar tayyorlash va taqdim qilish uchun ikki sutka doirasida vaqt berilishi mumkin. Surishtiruvchi iltimosnomani toʻla yoki qisman rad qilish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va bu haqda iltimosnoma berilgan vaqtdan boshlab uch sutka ichida arizachiga xabar beradi. |
Arizachi iltimosni qondirish rad qilinganligi toʻgʻrisidagi qaror bilan tanishib chiqqanidan keyin ikki sutka ichida prokurorga rad etilganlik ustidan shikoyat qilishi mumkin. | Arizachi iltimosni qondirish rad qilinganligi toʻgʻrisidagi qaror bilan tanishib chiqqanidan keyin ikki sutka ichida prokurorga rad etilganlik ustidan shikoyat qilishi mumkin. |
38115-modda. Jinoyat ishi bilan qayta tanishtirish | 38115-modda. Jinoyat ishi bilan qayta tanishtirish |
Surishtiruvchi iltimos qondirilganidan keyin, u kim tomonidan va kimlarning manfaatlari yoʻlida bildirilgan boʻlishidan qatʼi nazar, zarur hollarda bayon qilingan tergov va boshqa protsessual harakatlarni oʻtkazgandan hamda ayblov dalolatnomasini qayta tuzgandan soʻng, ayblanuvchi, himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga ayblov dalolatnomasi va jinoyat ishining boshqa materiallari bilan yana tanishib chiqish imkoniyatini beradi. | Surishtiruvchi iltimos qondirilganidan keyin, u kim tomonidan va kimlarning manfaatlari yoʻlida bildirilgan boʻlishidan qatʼi nazar, zarur hollarda bayon qilingan tergov va boshqa protsessual harakatlarni oʻtkazgandan hamda ayblov dalolatnomasini qayta tuzgandan soʻng, ayblanuvchi, himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga ayblov dalolatnomasi va jinoyat ishining boshqa materiallari bilan yana tanishib chiqish imkoniyatini beradi. |
38116-modda. Jinoyat ishining prokurorga yuborilishi | 38116-modda. Jinoyat ishining prokurorga yuborilishi |
Ayblov dalolatnomasi surishtiruvchi tomonidan imzolanadi va surishtiruv boʻlinmasi boshligʻi bilan kelishilganidan soʻng, jinoyat ishi darhol prokurorga yuboriladi. | Ayblov dalolatnomasi surishtiruvchi tomonidan imzolanadi va surishtiruv boʻlinmasi boshligʻi bilan kelishilganidan soʻng, jinoyat ishi darhol prokurorga yuboriladi. |
38117-modda. Surishtiruvchining harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyat berish | 38117-modda. Surishtiruvchining harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyat berish |
Surishtiruvchining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar surishtiruv boʻlinmasi boshligʻiga yoki ishni tergov qilishda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat olib borayotgan prokurorga beriladi. | Surishtiruvchining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar surishtiruv boʻlinmasi boshligʻiga yoki ishni tergov qilishda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat olib borayotgan prokurorga beriladi. |
47-bob. Surishtiruv va dastlabki tergov organlari shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning qonunlarning ijro etishi ustidan nazorat | 47-bob. Surishtiruv va dastlabki tergov organlari shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning qonunlarning ijro etishi ustidan nazorat |
382-modda. Prokurorning vakolatlari | 382-modda. Prokurorning vakolatlari |
Surishtiruv va dastlabki tergov harakatlarini yuritishda qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat prokuror tomonidan amalga oshiriladi. | Surishtiruv va dastlabki tergov harakatlarini yuritishda qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat prokuror tomonidan amalga oshiriladi. |
Jinoyat sodir etilgani toʻgʻrisidagi ariza va xabarlarni koʻrish hamda hal qilish, tekshirishni amalga oshirishning ushbu Kodeksda belgilangan tartibi, chiqarilgan qarorlarning qonuniyligi surishtiruv va dastlabki tergov organlarining qonunlarning ijro etilishi ustidan olib boradigan nazoratining sohasidir. | Jinoyat sodir etilgani toʻgʻrisidagi ariza va xabarlarni koʻrish hamda hal qilish, tekshirishni amalga oshirishning ushbu Kodeksda belgilangan tartibi, chiqarilgan qarorlarning qonuniyligi surishtiruv va dastlabki tergov organlarining qonunlarning ijro etilishi ustidan olib boradigan nazoratining sohasidir. |
Surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirib, prokuror oʻz vakolati doirasida: | Surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirib, prokuror oʻz vakolati doirasida: |
surishtiruv va dastlabki tergov organlaridan hamda tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlardan ishlarni tekshirish uchun, sodir etilgan jinoyatlarga oid tezkor-qidiruv, surishtiruv, dastlabki tergov ishlarining borishiga doir hujjatlarni, materiallarni va boshqa maʼlumotlarni talab qilib oladi; sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqidagi ariza va maʼlumotlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va hal etish toʻgʻrisidagi qonun talablari qay darajada ijro etilayotganligini har oy kamida bir marta tekshiradi; | surishtiruv va dastlabki tergov organlaridan hamda tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlardan ishlarni tekshirish uchun, sodir etilgan jinoyatlarga oid tezkor-qidiruv, surishtiruv, dastlabki tergov ishlarining borishiga doir hujjatlarni, materiallarni va boshqa maʼlumotlarni talab qilib oladi; sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqidagi ariza va maʼlumotlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va hal etish toʻgʻrisidagi qonun talablari qay darajada ijro etilayotganligini har oy kamida bir marta tekshiradi; |
surishtiruvchilar va tergovchilarning shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining qonunga xilof hamda asossiz qarorlarini bekor qiladi; | surishtiruvchilar va tergovchilarning shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining qonunga xilof hamda asossiz qarorlarini bekor qiladi; |
jinoyatlarni tergov qilish, ehtiyot chorasini tanlash, oʻzgartirish yoki bekor qilish, uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash haqida iltimosnoma qoʻzgʻatish jinoyat tavsifini belgilash, ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish, ayrim tergov harakatlarini bajarish va jinoyat sodir etgan shaxslarni qidirish toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar beradi; | jinoyatlarni tergov qilish, ehtiyot chorasini tanlash, oʻzgartirish yoki bekor qilish, uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash haqida iltimosnoma qoʻzgʻatish jinoyat tavsifini belgilash, ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish, ayrim tergov harakatlarini bajarish va jinoyat sodir etgan shaxslarni qidirish toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar beradi; |
qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash yoxud uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi yoxud qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi; | qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash yoxud uy qamogʻi boʻyicha qoʻshimcha taqiq (cheklov) belgilash toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi yoxud qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi; |
ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi yoxud ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi; | ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi yoxud ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi; |
amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish haqida yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi; | amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish haqida yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi; |
murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi; | murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi; |
pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi; | pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida yoki Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash haqida sudga iltimosnoma kiritadi yoxud iltimosnomaga rozilik beradi; tintuv oʻtkazish haqida, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqida, mol-mulkni xatlash toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi; |
guvohlarning va jabrlanuvchilarning (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi; | guvohlarning va jabrlanuvchilarning (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi; |
gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi bilan aybga iqrorlik toʻgʻrisida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda kelishuv tuzadi; | gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi bilan aybga iqrorlik toʻgʻrisida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda kelishuv tuzadi; |
tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga shaxslarni ushlash, majburiy keltirish, qidirish haqidagi qarorlar, sudning qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrimini ijro etishni, shuningdek prokuror yoki prokuratura tergovchisi yurituvidagi ishlar yuzasidan jinoyatlarni ochish va jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash uchun zarur choralarni koʻrish toʻgʻrisida koʻrsatmalar beradi; | tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga shaxslarni ushlash, majburiy keltirish, qidirish haqidagi qarorlar, sudning qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrimini ijro etishni, shuningdek prokuror yoki prokuratura tergovchisi yurituvidagi ishlar yuzasidan jinoyatlarni ochish va jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash uchun zarur choralarni koʻrish toʻgʻrisida koʻrsatmalar beradi; |
surishtiruvda, dastlabki tergovda ishtirok etadi hamda zarur hollarda, ushbu Kodeksga muvofiq har qanday ish boʻyicha ayrim tergov harakatlarini shaxsan bajaradi yoki tergovni toʻliq amalga oshiradi; | surishtiruvda, dastlabki tergovda ishtirok etadi hamda zarur hollarda, ushbu Kodeksga muvofiq har qanday ish boʻyicha ayrim tergov harakatlarini shaxsan bajaradi yoki tergovni toʻliq amalga oshiradi; |
tintuv oʻtkazishga, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishga hamda ular orqali uzatiladigan axborotni olishga, uy-joy daxlsizligi, yozishmalar, telefon orqali soʻzlashuvlar hamda boshqa soʻzlashuvlar, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kuryerlik joʻnatmalari va telegraf xabarlari sir saqlanishi huquqlarini cheklovchi hamda abonentlar yoki abonent qurilmalari oʻrtasidagi bogʻlanishlar haqida axborot olishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishga, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollarda, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining hamda tergovchining boshqa harakatlariga ruxsat beradi; | uy-joy daxlsizligi, yozishmalar, telefon orqali soʻzlashuvlar hamda boshqa soʻzlashuvlar, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kuryerlik joʻnatmalari va telegraf xabarlari sir saqlanishi huquqlarini cheklovchi hamda abonentlar yoki abonent qurilmalari oʻrtasidagi bogʻlanishlar haqida axborot olishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishga, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollarda, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining hamda tergovchining boshqa harakatlariga ruxsat beradi; |
dastlabki tergov va surishtiruv muddatlarini ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda uzaytiradi; | dastlabki tergov va surishtiruv muddatlarini ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda uzaytiradi; |
ishlarni surishtiruv va dastlabki tergov organlariga qoʻshimcha tergov oʻtkazish toʻgʻrisidagi oʻz koʻrsatmalari bilan qaytaradi; | ishlarni surishtiruv va dastlabki tergov organlariga qoʻshimcha tergov oʻtkazish toʻgʻrisidagi oʻz koʻrsatmalari bilan qaytaradi; |
jinoyat ishini prokuraturaning bir tergovchisidan boshqasiga, ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda esa, bir dastlabki tergov va surishtiruv organidan boshqa dastlabki tergov va surishtiruv organiga oʻtkazadi; | jinoyat ishini prokuraturaning bir tergovchisidan boshqasiga, ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda esa, bir dastlabki tergov va surishtiruv organidan boshqa dastlabki tergov va surishtiruv organiga oʻtkazadi; |
surishtiruvchini yoki tergovchini, basharti ular ishning tergovi chogʻida qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan boʻlsalar, surishtiruv yoxud dastlabki tergov ishlarini davom ettirishdan chetlatadi; | surishtiruvchini yoki tergovchini, basharti ular ishning tergovi chogʻida qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan boʻlsalar, surishtiruv yoxud dastlabki tergov ishlarini davom ettirishdan chetlatadi; |
jinoyat ishlari qoʻzgʻatadi yoki ularni qoʻzgʻatishni rad etadi, ishlarni tugatadi yoxud yuritilishini toʻxtatadi; qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchi yoki surishtiruvchining ishni tugatishiga rozilik beradi; ayblov xulosasi, ayblov dalolatnomasi yoki qarorini tasdiqlaydi, ishlarni sudga yuboradi. | jinoyat ishlari qoʻzgʻatadi yoki ularni qoʻzgʻatishni rad etadi, ishlarni tugatadi yoxud yuritilishini toʻxtatadi; qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchi yoki surishtiruvchining ishni tugatishiga rozilik beradi; ayblov xulosasi, ayblov dalolatnomasi yoki qarorini tasdiqlaydi, ishlarni sudga yuboradi. |
Prokurorning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibga muvofiq surishtiruv va dastlabki tergov organlariga hamda tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga tergovga qadar tekshirish oʻtkazish, ishlarni qoʻzgʻatish va tergov qilish bilan bogʻliq boʻlgan koʻrsatmalari ana shu organlar uchun majburiydir. | Prokurorning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibga muvofiq surishtiruv va dastlabki tergov organlariga hamda tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga tergovga qadar tekshirish oʻtkazish, ishlarni qoʻzgʻatish va tergov qilish bilan bogʻliq boʻlgan koʻrsatmalari ana shu organlar uchun majburiydir. |
383-modda. Koʻp voqeali jinoyat ishlari boʻyicha prokurorning vakolatlari | 383-modda. Koʻp voqeali jinoyat ishlari boʻyicha prokurorning vakolatlari |
Prokuror yoki uning oʻrinbosari koʻp voqeali jinoyat ishlari boʻyicha ayblovning ayrim voqealari yuzasidan muayyan shaxsga nisbatan toʻplangan dalillarni ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasini tuzish uchun yetarli deb eʼtirof etsa, shu voqealar boʻyicha tergovni tamomlash va ishni sudga yuborish haqida yozma koʻrsatma berishga haqli. | Prokuror yoki uning oʻrinbosari koʻp voqeali jinoyat ishlari boʻyicha ayblovning ayrim voqealari yuzasidan muayyan shaxsga nisbatan toʻplangan dalillarni ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasini tuzish uchun yetarli deb eʼtirof etsa, shu voqealar boʻyicha tergovni tamomlash va ishni sudga yuborish haqida yozma koʻrsatma berishga haqli. |
384-modda. Ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishi yuzasidan prokuror hal etishi lozim boʻlgan masalalar | 384-modda. Ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishi yuzasidan prokuror hal etishi lozim boʻlgan masalalar |
Prokuror yoki uning oʻrinbosari tergovchidan ayblov xulosasi yoki surishtiruvchidan ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini oʻrganib chiqishi va: | Prokuror yoki uning oʻrinbosari tergovchidan ayblov xulosasi yoki surishtiruvchidan ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini oʻrganib chiqishi va: |
1) ayblanuvchi zimmasiga qoʻyilayotgan qilmish sodir etilgan yoki etilmaganligini va bu qilmishda jinoyat tarkibi bor-yoʻqligini; | 1) ayblanuvchi zimmasiga qoʻyilayotgan qilmish sodir etilgan yoki etilmaganligini va bu qilmishda jinoyat tarkibi bor-yoʻqligini; |
2) qoʻyilgan ayb ishdagi mavjud dalillar bilan asoslantirilgan-asoslantirilmaganligini; | 2) qoʻyilgan ayb ishdagi mavjud dalillar bilan asoslantirilgan-asoslantirilmaganligini; |
3) ayblanuvchining isbotlangan barcha jinoiy qilmishlari ayblov mazmuniga kiritilgan-kiritilmaganligini; | 3) ayblanuvchining isbotlangan barcha jinoiy qilmishlari ayblov mazmuniga kiritilgan-kiritilmaganligini; |
4) jinoyati fosh qilingan barcha shaxslar ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan-qilinmaganligini; | 4) jinoyati fosh qilingan barcha shaxslar ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan-qilinmaganligini; |
5) ayblovni yoki ishni tugatishga sabab boʻladigan holatlar bor-yoʻqligini; | 5) ayblovni yoki ishni tugatishga sabab boʻladigan holatlar bor-yoʻqligini; |
6) ayblanuvchining qilmishlariga toʻgʻri yoki notoʻgʻri tavsif berilganligini; | 6) ayblanuvchining qilmishlariga toʻgʻri yoki notoʻgʻri tavsif berilganligini; |
7) tergovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinganligini; | 7) tergovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinganligini; |
8) ehtiyot chorasi toʻgʻri yoki notoʻgʻri tanlanganligini; | 8) ehtiyot chorasi toʻgʻri yoki notoʻgʻri tanlanganligini; |
9) fuqaroviy daʼvoni va boshqa mulkiy undirishlarni taʼminlash choralari koʻrilgan-koʻrilmaganligini; | 9) fuqaroviy daʼvoni va boshqa mulkiy undirishlarni taʼminlash choralari koʻrilgan-koʻrilmaganligini; |
10) jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar aniqlangan-aniqlanmaganligini hamda ularga barham berish choralari koʻrilgan-koʻrilmaganligini; | 10) jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar aniqlangan-aniqlanmaganligini hamda ularga barham berish choralari koʻrilgan-koʻrilmaganligini; |
11) tergov sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona oʻtkazilgan-oʻtkazilmaganligini, barcha vajlar tekshirilganligini va himoyaning iltimosnomalari koʻrib chiqilganligini; | 11) tergov sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona oʻtkazilgan-oʻtkazilmaganligini, barcha vajlar tekshirilganligini va himoyaning iltimosnomalari koʻrib chiqilganligini; |
12) ishni birlashtirishda yoki ajratishda ushbu Kodeksning 332-moddasi talablariga rioya etilgan-etilmaganligini; | 12) ishni birlashtirishda yoki ajratishda ushbu Kodeksning 332-moddasi talablariga rioya etilgan-etilmaganligini; |
13) ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi ushbu Kodeksning 379, 380 va 38112-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuzilgan-tuzilmaganligini; | 13) ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi ushbu Kodeksning 379, 380 va 38112-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuzilgan-tuzilmaganligini; |
14) surishtiruvchi va tergovchi ushbu Kodeksning boshqa talablariga rioya qilgan-qilmaganligini tekshirishi shart. | 14) surishtiruvchi va tergovchi ushbu Kodeksning boshqa talablariga rioya qilgan-qilmaganligini tekshirishi shart. |
385-modda. Ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishi yuzasidan prokurorning qarori | 385-modda. Ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishi yuzasidan prokurorning qarori |
Prokuror yoki uning oʻrinbosari ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini koʻpi bilan besh sutkada koʻrib chiqishi va quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi shart: | Prokuror yoki uning oʻrinbosari ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini koʻpi bilan besh sutkada koʻrib chiqishi va quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi shart: |
1) ishni sudga yuborish uchun asoslar mavjud deb topib, ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlash; | 1) ishni sudga yuborish uchun asoslar mavjud deb topib, ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlash; |
2) oʻz qarori bilan ayblov mazmunidan ayrim bandlarni chiqarib tashlash, yengilroq jinoyatni nazarda tutuvchi qonunni qoʻllash va shu oʻzgartirishlar bilan ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlash; | 2) oʻz qarori bilan ayblov mazmunidan ayrim bandlarni chiqarib tashlash, yengilroq jinoyatni nazarda tutuvchi qonunni qoʻllash va shu oʻzgartirishlar bilan ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlash; |
3) qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun ishni oʻz koʻrsatmalari bilan surishtiruvchi yoki tergovchiga qaytarish; | 3) qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun ishni oʻz koʻrsatmalari bilan surishtiruvchi yoki tergovchiga qaytarish; |
4) surishtiruv oʻtkazilgan jinoyat ishini tergovga tegishlilik qoidalari buzilganligi aniqlangan yoki ushbu Kodeksning 3815-moddasi toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda dastlabki tergov organiga oʻtkazish; | 4) surishtiruv oʻtkazilgan jinoyat ishini tergovga tegishlilik qoidalari buzilganligi aniqlangan yoki ushbu Kodeksning 3815-moddasi toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda dastlabki tergov organiga oʻtkazish; |
5) ishni yuritishni toʻxtatish; | 5) ishni yuritishni toʻxtatish; |
6) ishni tugatish; | 6) ishni tugatish; |
7) amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritish. | 7) amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritish. |
Basharti ayblovni toʻldirish yoki uni ogʻirlashtirish tomoniga yoxud haqiqiy holatlarga koʻra avvalgi ayblovdan jiddiy farq qiladigan tomonga oʻzgartirish talab qilinsa, prokuror yoki uning oʻrinbosari qoʻshimcha yoki oʻzgartirilgan ayb eʼlon qilish uchun ishni qoʻshimcha tergovga qaytaradi. | Basharti ayblovni toʻldirish yoki uni ogʻirlashtirish tomoniga yoxud haqiqiy holatlarga koʻra avvalgi ayblovdan jiddiy farq qiladigan tomonga oʻzgartirish talab qilinsa, prokuror yoki uning oʻrinbosari qoʻshimcha yoki oʻzgartirilgan ayb eʼlon qilish uchun ishni qoʻshimcha tergovga qaytaradi. |
386-modda. Ehtiyot chorasi toʻgʻrisida qaror | 386-modda. Ehtiyot chorasi toʻgʻrisida qaror |
Ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishi boʻyicha prokuror yoki uning oʻrinbosari ehtiyot chorasini oʻz qarori bilan bekor qilishga, oʻzgartirishga yoki ilgari ehtiyot chorasi tanlanmagan boʻlsa, shunday chorani tatbiq etishga haqlidir. Bunda ushbu Kodeksning 28-bobidagi qoidalar qoʻllaniladi. | Ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishi boʻyicha prokuror yoki uning oʻrinbosari ehtiyot chorasini oʻz qarori bilan bekor qilishga, oʻzgartirishga yoki ilgari ehtiyot chorasi tanlanmagan boʻlsa, shunday chorani tatbiq etishga haqlidir. Bunda ushbu Kodeksning 28-bobidagi qoidalar qoʻllaniladi. |
387-modda. Sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning roʻyxatini oʻzgartirish | 387-modda. Sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning roʻyxatini oʻzgartirish |
Jinoyat ishi sudga yuborilgunga qadar prokuror yoki uning oʻrinbosari sud majlisiga chaqiriladigan shaxslarning roʻyxatini oʻz qarori bilan qisqartirish yoki toʻldirishga haqlidir. Bunda ayblanuvchilar, muomala layoqatiga ega boʻlgan jabrlanuvchilar, voyaga yetmagan ayblanuvchilarning qonuniy vakillari, shuningdek fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etilgan shaxslar yoki fuqaroviy javobgar tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinganlar va ularning vakillari roʻyxatdan tushirib qoldirilishi mumkin emas. Dastlabki tergovda yoki surishtiruvda guvoh sifatida soʻroq qilinmagan va ekspert sifatida xulosa bermagan shaxslar roʻyxatga qoʻshimcha qilib kiritilishi mumkin emas. | Jinoyat ishi sudga yuborilgunga qadar prokuror yoki uning oʻrinbosari sud majlisiga chaqiriladigan shaxslarning roʻyxatini oʻz qarori bilan qisqartirish yoki toʻldirishga haqlidir. Bunda ayblanuvchilar, muomala layoqatiga ega boʻlgan jabrlanuvchilar, voyaga yetmagan ayblanuvchilarning qonuniy vakillari, shuningdek fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etilgan shaxslar yoki fuqaroviy javobgar tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinganlar va ularning vakillari roʻyxatdan tushirib qoldirilishi mumkin emas. Dastlabki tergovda yoki surishtiruvda guvoh sifatida soʻroq qilinmagan va ekspert sifatida xulosa bermagan shaxslar roʻyxatga qoʻshimcha qilib kiritilishi mumkin emas. |
388-modda. Jinoyat ishini sudga yuborish | 388-modda. Jinoyat ishini sudga yuborish |
Prokuror yoki uning oʻrinbosari ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlab, jinoyat ishini tegishli sudga yuboradi. Shu sudga ish bilan birga sud majlisida tekshirish va hal etish uchun barcha iltimoslar va shikoyatlar yuboriladi. | Prokuror yoki uning oʻrinbosari ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlab, jinoyat ishini tegishli sudga yuboradi. Shu sudga ish bilan birga sud majlisida tekshirish va hal etish uchun barcha iltimoslar va shikoyatlar yuboriladi. |
Prokuror yoki uning oʻrinbosari ishning sudga yuborilganligi haqida ayblanuvchiga va himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga darhol xabar qiladi va, agar iltimoslari boʻlsa, ularni sudga yuborishga yoki sud majlisida bayon qilishga haqli ekanliklari toʻgʻrisida maʼlum qiladi. Ayni vaqtda prokuror yoki uning oʻrinbosari ayblanuvchiga va himoyachiga ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi va unga qilingan ilovalarning tasdiqlangan nusxalarini yuboradi, sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslar roʻyxati bundan mustasno, basharti ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi yoxud ilovaga oʻzgartishlar kiritilgan boʻlsa, ularni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorning nusxasi ham yuboriladi. | Prokuror yoki uning oʻrinbosari ishning sudga yuborilganligi haqida ayblanuvchiga va himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga darhol xabar qiladi va, agar iltimoslari boʻlsa, ularni sudga yuborishga yoki sud majlisida bayon qilishga haqli ekanliklari toʻgʻrisida maʼlum qiladi. Ayni vaqtda prokuror yoki uning oʻrinbosari ayblanuvchiga va himoyachiga ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi va unga qilingan ilovalarning tasdiqlangan nusxalarini yuboradi, sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslar roʻyxati bundan mustasno, basharti ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi yoxud ilovaga oʻzgartishlar kiritilgan boʻlsa, ularni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorning nusxasi ham yuboriladi. |
Agar ayblanuvchi qamoqda saqlanayotgan boʻlsa, ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar prokurorning topshirigʻiga koʻra unga qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati tomonidan ular kelib tushgan kuni tilxat olib topshiriladi, tilxat hujjatlar topshirilgan sana va vaqt koʻrsatilgan holda sudga taqdim etiladi. | Agar ayblanuvchi qamoqda saqlanayotgan boʻlsa, ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar prokurorning topshirigʻiga koʻra unga qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati tomonidan ular kelib tushgan kuni tilxat olib topshiriladi, tilxat hujjatlar topshirilgan sana va vaqt koʻrsatilgan holda sudga taqdim etiladi. |
OʻNINCHI BOʻLIM BIRINCHI INSTANSIYA SUDIDA ISH YURITISH | OʻNINCHI BOʻLIM BIRINCHI INSTANSIYA SUDIDA ISH YURITISH |
48-bob. SUDLOVGA TEGISHLILIK | 48-bob. SUDLOVGA TEGISHLILIK |
389-modda. Jinoyat ishlarining sudlovga tegishliligi | 389-modda. Jinoyat ishlarining sudlovga tegishliligi |
Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining sudloviga yuqori sudlarning va harbiy sudlarning sudloviga tegishli boʻlgan ishlardan tashqari hamma jinoyat ishlari tegishlidir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining sudloviga Jinoyat kodeksi 97-moddasining ikkinchi qismida, 118-moddasining toʻrtinchi qismida, 150, 153, 155, 157, 158-moddalarida, 159-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 160, 161-moddalarida, 210-moddasining uchinchi qismida, 230, 231, 242, 244-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar tegishlidir. Agar bir sudda koʻrib chiqilayotgan jinoyat ishi boʻyicha sud muhokamasi paytida sudlanuvchi tomonidan boshqa sud sudloviga tegishli jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, ishni koʻrib chiqish sud muhokamasini boshlagan sud tomonidan davom ettiriladi. Harbiy sudlar sudloviga tegishli ishlar qonunchilik bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudloviga oʻta murakkab va ahamiyatli ishlar tegishlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining raisi, viloyat, Toshkent shahar sudining raislari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat toʻgʻrisidagi ishni, agar u mazmunan murakkab boʻlmasa, jinoyat ishlari boʻyicha tegishli tuman (shahar) sudiga, shuningdek hududiy harbiy sudga koʻrish uchun topshirishga haqli. | Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining sudloviga harbiy sudlarning sudloviga tegishli boʻlgan ishlardan tashqari hamma jinoyat ishlari tegishlidir. Agar bir sudda koʻrib chiqilayotgan jinoyat ishi boʻyicha sud muhokamasi paytida sudlanuvchi tomonidan boshqa sud sudloviga tegishli jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, ishni koʻrib chiqish sud muhokamasini boshlagan sud tomonidan davom ettiriladi. Ushbu Kodeksning 311-moddasida nazarda tutilgan protsessual majburlov choralarini sudga qadar ish yuritish bosqichida qoʻllash, shuningdek protsessual harakatlarni amalga oshirish masalalari tergov sudyalari sudloviga tegishlidir. Harbiy sudlarning sudloviga tegishli ishlar qonunchilik bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudloviga oʻta murakkab va ahamiyatli ishlar tegishlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi jinoyat ishini, agar u mazmunan oʻta murakkab va ahamiyatli boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyat, Toshkent shahar sudiga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga koʻrish uchun topshirishga haqli. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining raisi, viloyat, Toshkent shahar sudining raislari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi jinoyat ishini, agar u mazmunan oʻta murakkab boʻlmasa, jinoyat ishlari boʻyicha tegishli tuman (shahar) sudiga, shuningdek hududiy harbiy sudga koʻrish uchun topshirishga haqli. |
390-modda. Yuqori sudning oʻzi koʻrishi uchun quyi sud sudloviga tegishli jinoyat ishini olish huquqi | 390-modda. Yuqori sudning oʻzi koʻrishi uchun quyi sud sudloviga tegishli jinoyat ishini olish huquqi |
Yuqori sud quyi sud sudloviga tegishli har qanday jinoyat ishini birinchi instansiya sudi tariqasida oʻzi koʻrish uchun olishga haqlidir. | Yuqori sud quyi sud sudloviga tegishli har qanday jinoyat ishini birinchi instansiya sudi tariqasida oʻzi koʻrish uchun olishga haqlidir. |
391-modda. Jinoyat ishining hududiy jihatdan sudlovga tegishliligi | 391-modda. Jinoyat ishining hududiy jihatdan sudlovga tegishliligi |
Jinoyat ishi jinoyat sodir etilgan joydagi sudda koʻriladi. | Jinoyat ishi jinoyat sodir etilgan joydagi sudda koʻriladi. |
Jinoyat sodir etilgan joyni aniqlash imkoniyati boʻlmasa, ish dastlabki tergov yoki surishtiruv tamom boʻlgan hududdagi sud tomonidan koʻriladi. | Jinoyat sodir etilgan joyni aniqlash imkoniyati boʻlmasa, ish dastlabki tergov yoki surishtiruv tamom boʻlgan hududdagi sud tomonidan koʻriladi. |
Uzoqqa choʻzilgan yoki davomli jinoyatlarga doir ishlar jinoyat qaysi hududda tamomlangan yoki toʻxtatilgan boʻlsa, shu hududdagi sudning sudloviga tegishli boʻladi. | Uzoqqa choʻzilgan yoki davomli jinoyatlarga doir ishlar jinoyat qaysi hududda tamomlangan yoki toʻxtatilgan boʻlsa, shu hududdagi sudning sudloviga tegishli boʻladi. |
392-modda. Jinoyat ishlari birlashtirilganda ularning sudlovga tegishliligi | 392-modda. Jinoyat ishlari birlashtirilganda ularning sudlovga tegishliligi |
Bir necha shaxsni turli hududlarda sodir etgan jinoyatlari uchun ayblash toʻgʻrisidagi jinoyat ishlari, shuningdek bir shaxsni bir necha jinoyatni sodir etishda ayblash toʻgʻrisidagi jinoyat ishlari birlashtirilganda, agar bu ishlar bir xil darajadagi ikki yoki bir necha sudning sudloviga tegishli boʻlsa, ish dastlabki tergov yoki surishtiruv qaysi hududda tamomlangan boʻlsa, shu hududdagi sud tomonidan koʻriladi. | Bir necha shaxsni turli hududlarda sodir etgan jinoyatlari uchun ayblash toʻgʻrisidagi jinoyat ishlari, shuningdek bir shaxsni bir necha jinoyatni sodir etishda ayblash toʻgʻrisidagi jinoyat ishlari birlashtirilganda, agar bu ishlar bir xil darajadagi ikki yoki bir necha sudning sudloviga tegishli boʻlsa, ish dastlabki tergov yoki surishtiruv qaysi hududda tamomlangan boʻlsa, shu hududdagi sud tomonidan koʻriladi. |
Bir shaxs yoki bir guruh shaxslar turli darajadagi sudlarning sudloviga tegishli bir necha jinoyatni sodir etishda ayblangan boʻlsa, bunday ishlar yuqori sud tomonidan koʻriladi. | Bir shaxs yoki bir guruh shaxslar turli darajadagi sudlarning sudloviga tegishli bir necha jinoyatni sodir etishda ayblangan boʻlsa, bunday ishlar yuqori sud tomonidan koʻriladi. |
Basharti ish boʻyicha bir shaxs yoki bir guruh shaxslar bir necha jinoyatni sodir etishda ayblansalar va bu shaxslardan loaqal biri yoki jinoyatlardan biri haqidagi ish harbiy sudning sudloviga tegishli boʻlsa, barcha jinoyatlar va barcha shaxslarga doir ish harbiy sud tomonidan koʻriladi. | Basharti ish boʻyicha bir shaxs yoki bir guruh shaxslar bir necha jinoyatni sodir etishda ayblansalar va bu shaxslardan loaqal biri yoki jinoyatlardan biri haqidagi ish harbiy sudning sudloviga tegishli boʻlsa, barcha jinoyatlar va barcha shaxslarga doir ish harbiy sud tomonidan koʻriladi. |
393-modda. Jinoyat ishining sudlovga tegishliligiga koʻra oʻtkazilishi | 393-modda. Jinoyat ishining sudlovga tegishliligiga koʻra oʻtkazilishi |
Jinoyat ishi toʻla, xolisona va oʻz vaqtida koʻrilishini taʼminlash maqsadida ishni bir suddan boshqa sudga yuqori sud raisi qarori bilan oʻtkazish mumkin. | Jinoyat ishi toʻla, xolisona va oʻz vaqtida koʻrilishini taʼminlash maqsadida ishni bir suddan boshqa sudga yuqori sud raisi qarori bilan oʻtkazish mumkin. |
Ishni boshqa viloyatdagi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sudga oʻtkazish masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi tomonidan hal etiladi. | Ishni boshqa viloyatdagi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sudga oʻtkazish masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi tomonidan hal etiladi. |
Basharti sudya jinoyat ishini sudda muhokama qilish uchun tayinlash masalasini hal qilish chogʻida ish mazkur sudning sudloviga tegishli emasligini aniqlasa, ishni sudlovga tegishliligiga koʻra oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. | Basharti sudya jinoyat ishini sudda muhokama qilish uchun tayinlash masalasini hal qilish chogʻida ish mazkur sudning sudloviga tegishli emasligini aniqlasa, ishni sudlovga tegishliligiga koʻra oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. |
Ishning oʻtkazilishiga faqat ish sud majlisida koʻrila boshlangunga qadar yoʻl qoʻyiladi. | Ishning oʻtkazilishiga faqat ish sud majlisida koʻrila boshlangunga qadar yoʻl qoʻyiladi. |
Ish shu darajadagi boshqa sudning sudloviga tegishli ekani sud majlisida maʼlum boʻlib qolsa, ishning holatlarini toʻla tekshirishga zarar yetkazmaydigan boʻlsa, sud ishni koʻrishni davom ettiraveradi, aks holda sud ishni sudlovga tegishliligiga koʻra boshqa sudga yuborib, bu haqda ajrim chiqaradi. | Ish shu darajadagi boshqa sudning sudloviga tegishli ekani sud majlisida maʼlum boʻlib qolsa, ishning holatlarini toʻla tekshirishga zarar yetkazmaydigan boʻlsa, sud ishni koʻrishni davom ettiraveradi, aks holda sud ishni sudlovga tegishliligiga koʻra boshqa sudga yuborib, bu haqda ajrim chiqaradi. |
Sud oʻz majlisida ishning yuqori sud yoki harbiy sud sudloviga tegishliligini aniqlagach, uni tegishli sudga yuborib, bu xususda ajrim chiqaradi. | Sud oʻz majlisida ishning yuqori sud yoki harbiy sud sudloviga tegishliligini aniqlagach, uni tegishli sudga yuborib, bu xususda ajrim chiqaradi. |
Yuqori sudning sud majlisida koʻrila boshlangan ishni quyi sudga yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Yuqori sudning sud majlisida koʻrila boshlangan ishni quyi sudga yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
394-modda. Sudlovga tegishlilik xususida tortishuvga yoʻl qoʻyilmasligi | 394-modda. Sudlovga tegishlilik xususida tortishuvga yoʻl qoʻyilmasligi |
Sudlovga tegishlilik xususida sudlar oʻrtasida bahs boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda bir suddan boshqa sudga yuborilgan jinoyat ishi albatta koʻrib chiqish uchun qabul qilinishi lozim. | Sudlovga tegishlilik xususida sudlar oʻrtasida bahs boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda bir suddan boshqa sudga yuborilgan jinoyat ishi albatta koʻrib chiqish uchun qabul qilinishi lozim. |
49-bob. JINOYAT ISHINI SUDDA KOʻRISH UCHUN TAYYORLASH | 49-bob. JINOYAT ISHINI SUDDA KOʻRISH UCHUN TAYYORLASH |
395-modda. Kelib tushgan jinoyat ishi boʻyicha sudyaning harakatlari | 395-modda. Kelib tushgan jinoyat ishi boʻyicha sudyaning harakatlari |
Sudya jinoyat ishini ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi yoxud tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash haqidagi masalani koʻrib chiqish uchun ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror bilan qabul qilib olgach, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: | Sudya jinoyat ishini ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi yoxud tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash haqidagi masalani koʻrib chiqish uchun ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror bilan qabul qilib olgach, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: |
1) ishni sudlovga tegishliligiga koʻra oʻtkazish toʻgʻrisida; | 1) ishni sudlovga tegishliligiga koʻra oʻtkazish toʻgʻrisida; |
2) ishni sudda koʻrish uchun tayinlash haqida; | 2) ishni sudda koʻrish uchun tayinlash haqida; |
3) dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisida. | 3) dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisida. |
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan masalalarga doir ajrim sudya tomonidan ish sudga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetti sutkadan kechiktirmay qabul qilinadi. Bu muddat shu sudning raisi tomonidan koʻpi bilan uch sutkagacha uzaytirilishi mumkin. | Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan masalalarga doir ajrim sudya tomonidan ish sudga kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetti sutkadan kechiktirmay qabul qilinadi. Bu muddat shu sudning raisi tomonidan koʻpi bilan uch sutkagacha uzaytirilishi mumkin. |
396-modda. Sudga kelib tushgan jinoyat ishi boʻyicha aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar | 396-modda. Sudga kelib tushgan jinoyat ishi boʻyicha aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar |
Sudya ushbu Kodeks 395-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan masalalarni hal etishda jinoyat ishi boʻyicha har bir ayblanuvchiga nisbatan quyidagi holatlarni aniqlashi kerak: | Sudya ushbu Kodeks 395-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan masalalarni hal etishda jinoyat ishi boʻyicha har bir ayblanuvchiga nisbatan quyidagi holatlarni aniqlashi kerak: |
1) ish mazkur sudning sudloviga tegishlimi; | 1) ish mazkur sudning sudloviga tegishlimi; |
2) ishning sud majlisida koʻrilishi uchun asoslar yetarlimi; | 2) ishning sud majlisida koʻrilishi uchun asoslar yetarlimi; |
3) surishtiruv va dastlabki tergov oʻtkazish chogʻida ushbu Kodeksning talablariga rioya qilinganmi; | 3) surishtiruv va dastlabki tergov oʻtkazish chogʻida ushbu Kodeksning talablariga rioya qilinganmi; |
4) ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi toʻgʻri tanlanganmi; | 4) ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi toʻgʻri tanlanganmi; |
5) jinoyat oqibatida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni qoplanishini taʼminlash choralari koʻrilganmi; | 5) jinoyat oqibatida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni qoplanishini taʼminlash choralari koʻrilganmi; |
6) ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi ushbu Kodeksning talablariga muvofiq tuzilganmi; | 6) ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi ushbu Kodeksning talablariga muvofiq tuzilganmi; |
7) dastlabki eshituv oʻtkazish uchun asoslar bormi. | 7) dastlabki eshituv oʻtkazish uchun asoslar bormi. |
397-modda. Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi ajrim | 397-modda. Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi ajrim |
Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda: | Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda: |
1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy; | 1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy; |
2) sudyaning lavozimi va familiyasi; | 2) sudyaning lavozimi va familiyasi; |
3) sudlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, Jinoyat kodeksining unga nisbatan eʼlon qilingan aybga doir moddasi; | 3) sudlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, Jinoyat kodeksining unga nisbatan eʼlon qilingan aybga doir moddasi; |
4) ishning sud majlisida koʻrilishi uchun yetarli asoslar borligi toʻgʻrisidagi xulosa; | 4) ishning sud majlisida koʻrilishi uchun yetarli asoslar borligi toʻgʻrisidagi xulosa; |
5) sudlanuvchilarga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi qaror; | 5) sudlanuvchilarga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi qaror; |
6) sud muhokamasida davlat ayblovchisining va himoyachining ishtiroki; | 6) sud muhokamasida davlat ayblovchisining va himoyachining ishtiroki; |
7) ishning ochiq yoki yopiq sud majlisida koʻrilishi; | 7) ishning ochiq yoki yopiq sud majlisida koʻrilishi; |
8) sud muhokamasining joyi va vaqti koʻrsatilishi lozim. | 8) sud muhokamasining joyi va vaqti koʻrsatilishi lozim. |
398-modda. Mulkiy zararni qoplashni taʼminlash choralari | 398-modda. Mulkiy zararni qoplashni taʼminlash choralari |
Sudya surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilganda jinoyat oqibatida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni qoplanishini taʼminlash choralari koʻrilmaganligini va bunday choralar bevosita sud tomonidan koʻrilishi mumkin emasligini aniqlagach, oʻz ajrimi bilan surishtiruvchining yoki tergovchining zimmasiga zarur choralar koʻrish vazifasini yuklaydi. | Sudya surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilganda jinoyat oqibatida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni qoplanishini taʼminlash choralari koʻrilmaganligini va bunday choralar bevosita sud tomonidan koʻrilishi mumkin emasligini aniqlagach, oʻz ajrimi bilan surishtiruvchining yoki tergovchining zimmasiga zarur choralar koʻrish vazifasini yuklaydi. |
4011-modda. Dastlabki tergovning texnik yoʻsindagi kamchiliklarini bartaraf etish uchun ishni prokurorga yuborish | 4011-modda. Dastlabki tergovning texnik yoʻsindagi kamchiliklarini bartaraf etish uchun ishni prokurorga yuborish |
Surishtiruv yoki dastlabki tergov jarayonida yoʻl qoʻyilgan texnik yoʻsindagi kamchiliklar, shu jumladan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va arifmetik xatolar aniqlangan taqdirda, sudya ularni bartaraf etish uchun ishni prokurorga yuboradi. | Surishtiruv yoki dastlabki tergov jarayonida yoʻl qoʻyilgan texnik yoʻsindagi kamchiliklar, shu jumladan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va arifmetik xatolar aniqlangan taqdirda, sudya ularni bartaraf etish uchun ishni prokurorga yuboradi. |
Texnik yoʻsindagi kamchiliklar bartaraf etilganidan va ish prokuror tomonidan qaytarilganidan keyin besh sutka ichida sud ushbu Kodeksda belgilangan umumiy qoidalarga koʻra jinoyat ishini sudda muhokama qilish uchun tayinlash bilan bogʻliq masalalarni hal etadi. | Texnik yoʻsindagi kamchiliklar bartaraf etilganidan va ish prokuror tomonidan qaytarilganidan keyin besh sutka ichida sud ushbu Kodeksda belgilangan umumiy qoidalarga koʻra jinoyat ishini sudda muhokama qilish uchun tayinlash bilan bogʻliq masalalarni hal etadi. |
402-modda. Protsess ishtirokchilarini jinoyat ishi materiallari bilan tanishtirish | 402-modda. Protsess ishtirokchilarini jinoyat ishi materiallari bilan tanishtirish |
Sudya jinoyat ishi sudda muhokama qilish uchun tayinlangandan soʻng prokuror, himoyachi, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi, shuningdek sudlanuvchi, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga, basharti ular surishtiruv yoki dastlabki tergov davrida ish materiallari bilan tanishtirilmagan boʻlsalar, ishdagi barcha materiallar bilan tanishib chiqishlari va oʻzlari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni koʻchirib olishlariga imkoniyat yaratishi shart. | Sudya jinoyat ishi sudda muhokama qilish uchun tayinlangandan soʻng prokuror, himoyachi, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi, shuningdek sudlanuvchi, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga, basharti ular surishtiruv yoki dastlabki tergov davrida ish materiallari bilan tanishtirilmagan boʻlsalar, ishdagi barcha materiallar bilan tanishib chiqishlari va oʻzlari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni koʻchirib olishlariga imkoniyat yaratishi shart. |
4021-modda. Yopiq sud majlisi maʼlumotlarini oshkor qilmaslik majburiyati Ishni yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisida ajrim chiqarilganda yopiq sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar sud muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik toʻgʻrisida ogohlantirilib, ulardan tilxat olinadi. Tilxatda mazkur majburiyatni buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 239-moddasiga muvofiq javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettiriladi. | |
403-modda. Sud majlisiga chaqirish | 403-modda. Sud majlisiga chaqirish |
Sudya jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi sud ajrimida koʻrsatilgan shaxslarni sud majlisiga chaqirish toʻgʻrisida farmoyish beradi, shuningdek sud majlisiga tayyorgarlik bilan bogʻliq boshqa choralarni koʻradi. | Sudya jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi sud ajrimida koʻrsatilgan shaxslarni sud majlisiga chaqirish toʻgʻrisida farmoyish beradi, shuningdek sud majlisiga tayyorgarlik bilan bogʻliq boshqa choralarni koʻradi. |
405-modda. Sud majlisida jinoyat ishini muhokama qilish muddati | 405-modda. Sud majlisida jinoyat ishini muhokama qilish muddati |
Jinoyat ishini sudda muhokama qilishga tayinlash toʻgʻrisida sudyaning ajrimi chiqarilgan vaqtdan boshlab koʻpi bilan oʻn sutkada sud ishni koʻrishni boshlashi lozim. | Jinoyat ishini sudda muhokama qilishga tayinlash toʻgʻrisida sudyaning ajrimi chiqarilgan vaqtdan boshlab koʻpi bilan oʻn sutkada sud ishni koʻrishni boshlashi lozim. |
Jinoyat ishini sudda muhokama qilish muddati ishni muhokama qilish boshlangan kundan eʼtiboran ikki oydan oshmasligi kerak. | Jinoyat ishini sudda muhokama qilish muddati ishni muhokama qilish boshlangan kundan eʼtiboran ikki oydan oshmasligi kerak. |
Jinoyat ishini koʻrish toʻxtatib turilgan vaqt ishni muhokama qilish muddatiga kirmaydi. | Jinoyat ishini koʻrish toʻxtatib turilgan vaqt ishni muhokama qilish muddatiga kirmaydi. |
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddat birinchi instansiya sudining ajrimiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudining raisi tomonidan toʻrt oygacha uzaytirilishi mumkin. | Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddat birinchi instansiya sudining ajrimiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudining raisi tomonidan toʻrt oygacha uzaytirilishi mumkin. |
Sudlarda jinoyat ishlarini koʻrib chiqish muddatini toʻrt oydan koʻproqqa uzaytirishga alohida hollarda faqat murakkab va koʻp voqeali ishlar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi. Birinchi instansiya sudining ajrimiga asosan besh oygacha boʻlgan bunday uzaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari va olti oygacha boʻlgan shunday uzaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan amalga oshiriladi. | Sudlarda jinoyat ishlarini koʻrib chiqish muddatini toʻrt oydan koʻproqqa uzaytirishga alohida hollarda faqat murakkab va koʻp voqeali ishlar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi. Birinchi instansiya sudining ajrimiga asosan besh oygacha boʻlgan bunday uzaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari va olti oygacha boʻlgan shunday uzaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan amalga oshiriladi. |
4051-modda. Ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini sudda muhokama qilish muddatlari | 4051-modda. Ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini sudda muhokama qilish muddatlari |
Ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini sudda muhokama qilish muddati ishni muhokama qilish boshlangan kundan eʼtiboran bir oydan oshmasligi kerak. | Ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini sudda muhokama qilish muddati ishni muhokama qilish boshlangan kundan eʼtiboran bir oydan oshmasligi kerak. |
Jinoyat ishini koʻrish toʻxtatib turilgan vaqt ishni muhokama qilish muddatiga kirmaydi. | Jinoyat ishini koʻrish toʻxtatib turilgan vaqt ishni muhokama qilish muddatiga kirmaydi. |
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat birinchi instansiya sudining ajrimiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudining raisi tomonidan ikki oygacha uzaytirilishi mumkin. | Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat birinchi instansiya sudining ajrimiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudining raisi tomonidan ikki oygacha uzaytirilishi mumkin. |
491-bob. JINOYAT ISHI BOʻYICHA DASTLABKI ESHITUV | 491-bob. JINOYAT ISHI BOʻYICHA DASTLABKI ESHITUV |
4052-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish | 4052-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish |
Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv ushbu bobda nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, sud muhokamasining umumiy qoidalari boʻyicha oʻtkaziladi. | Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv ushbu bobda nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, sud muhokamasining umumiy qoidalari boʻyicha oʻtkaziladi. |
4053-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish uchun asoslar | 4053-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish uchun asoslar |
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, sud taraflarning iltimosiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazadi. | Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, sud taraflarning iltimosiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazadi. |
Dastlabki eshituv quyidagilar uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi: | Dastlabki eshituv quyidagilar uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi: |
1) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish; | 1) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish; |
2) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni tugatish; | 2) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni tugatish; |
3) jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini, ayblov xulosasini yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish; | 3) jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini, ayblov xulosasini yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish; |
4) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishlarini birlashtirish; | 4) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishlarini birlashtirish; |
5) nomaqbul dalillarni ishdan chiqarib tashlash toʻgʻrisida taraflardan birining iltimosi mavjud boʻlsa, ushbu dalillarni chiqarib tashlash. | 5) nomaqbul dalillarni ishdan chiqarib tashlash toʻgʻrisida taraflardan birining iltimosi mavjud boʻlsa, ushbu dalillarni chiqarib tashlash. |
4054-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim | 4054-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim |
Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatiladi: | Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatiladi: |
1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy; | 1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy; |
2) sudyaning lavozimi va familiyasi; | 2) sudyaning lavozimi va familiyasi; |
3) ayblanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va Jinoyat kodeksining unga nisbatan ayblov qoʻyilayotgan moddasi; | 3) ayblanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va Jinoyat kodeksining unga nisbatan ayblov qoʻyilayotgan moddasi; |
4) iltimosnoma kiritgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va protsessual maqomi; | 4) iltimosnoma kiritgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va protsessual maqomi; |
5) dastlabki eshituvni oʻtkazish uchun asoslar; | 5) dastlabki eshituvni oʻtkazish uchun asoslar; |
6) dastlabki eshituv ishtirokchilari; | 6) dastlabki eshituv ishtirokchilari; |
7) dastlabki eshituv oʻtkaziladigan joy va vaqt. | 7) dastlabki eshituv oʻtkaziladigan joy va vaqt. |
4055-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish muddatlari | 4055-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish muddatlari |
Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv sudya tomonidan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni tayinlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan paytdan eʼtiboran besh sutkadan kechiktirmay boshlanishi kerak. | Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv sudya tomonidan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni tayinlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan paytdan eʼtiboran besh sutkadan kechiktirmay boshlanishi kerak. |
Dastlabki eshituvni oʻtkazish davomiyligi dastlabki eshituv boshlangan kundan eʼtiboran oʻn sutkadan oshmasligi kerak. | Dastlabki eshituvni oʻtkazish davomiyligi dastlabki eshituv boshlangan kundan eʼtiboran oʻn sutkadan oshmasligi kerak. |
4056-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish tartibi | 4056-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish tartibi |
Dastlabki eshituv sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda, taraflar ishtirokida oʻtkaziladi. | Dastlabki eshituv sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda, taraflar ishtirokida oʻtkaziladi. |
Taraflarni sud majlisiga chaqirish toʻgʻrisidagi bildirish dastlabki eshituv oʻtkaziladigan kunga qadar kamida uch sutka oldin yuborilgan boʻlishi kerak. | Taraflarni sud majlisiga chaqirish toʻgʻrisidagi bildirish dastlabki eshituv oʻtkaziladigan kunga qadar kamida uch sutka oldin yuborilgan boʻlishi kerak. |
Sud majlisida ayblanuvchi, uning himoyachisi va davlat ayblovchisi ishtirok etishi shart. | Sud majlisida ayblanuvchi, uning himoyachisi, qonuniy vakili va davlat ayblovchisi ishtirok etishi shart. |
Dastlabki eshituv ayblanuvchi yoʻqligida uning iltimosiga koʻra yoki basharti sud muhokamasini ushbu Kodeks 410-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda oʻtkazish uchun asoslar mavjud boʻlsa, taraflardan birining iltimosiga koʻra oʻtkazilishi mumkin. | Dastlabki eshituv ayblanuvchi yoʻqligida uning iltimosiga koʻra yoki basharti sud muhokamasini ushbu Kodeks 410-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda oʻtkazish uchun asoslar mavjud boʻlsa, taraflardan birining iltimosiga koʻra oʻtkazilishi mumkin. |
Oʻz vaqtida xabardor qilingan jabrlanuvchining va uning vakilining, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgarning hamda ular vakillarining sud majlisiga kelmaganligi dastlabki eshituvni oʻtkazish uchun monelik qilmaydi. | Oʻz vaqtida xabardor qilingan jabrlanuvchining va uning vakilining, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgarning hamda ular vakillarining sud majlisiga kelmaganligi dastlabki eshituvni oʻtkazish uchun monelik qilmaydi. |
Raislik qiluvchi dastlabki eshituv boʻyicha sud majlisini belgilangan vaqtda ochadi. | Raislik qiluvchi dastlabki eshituv boʻyicha sud majlisini belgilangan vaqtda ochadi. |
Raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, kimlar davlat ayblovchisi, himoyachi, sud majlisining kotibi ekanligini eʼlon qiladi. | Raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, kimlar davlat ayblovchisi, himoyachi, sud majlisining kotibi ekanligini eʼlon qiladi. |
Raislik qiluvchi ayblanuvchining shaxsini aniqlaydi. Keyin raislik qiluvchi, agar jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishda ishtirok etayotgan boʻlsa, ayblanuvchining qonuniy vakilining, jabrlanuvchining, uning vakilining shaxsini aniqlaydi. | Raislik qiluvchi ayblanuvchining shaxsini aniqlaydi. Keyin raislik qiluvchi, agar jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishda ishtirok etayotgan boʻlsa, ayblanuvchining qonuniy vakilining, jabrlanuvchining, uning vakilining shaxsini aniqlaydi. |
Raislik qiluvchi sud majlisi ishtirokchilariga ularning sudyani, davlat ayblovchisini, sud majlisi kotibini va sud majlisining boshqa ishtirokchilarini rad qilish huquqlarini tushuntiradi. Bildirilgan rad qilishlarni sud ushbu Kodeksning 80-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal qiladi. | Raislik qiluvchi sud majlisi ishtirokchilariga ularning sudyani, davlat ayblovchisini, sud majlisi kotibini va sud majlisining boshqa ishtirokchilarini rad qilish huquqlarini tushuntiradi. Bildirilgan rad qilishlarni sud ushbu Kodeksning 80-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal qiladi. |
Raislik qiluvchi ayblanuvchidan, shuningdek sud majlisiga chaqirilgan shaxslardan iltimoslari bor-yoʻqligini soʻraydi. | Raislik qiluvchi ayblanuvchidan, shuningdek sud majlisiga chaqirilgan shaxslardan iltimoslari bor-yoʻqligini soʻraydi. |
Dastlabki eshituvni oʻtkazish raislik qiluvchining maʼruzasi bilan boshlanadi, maʼruzadan keyin u sud majlisida hozir boʻlganlarni eshitadi. Soʻngra jinoyat ishiga doir materiallar tekshiriladi. | Dastlabki eshituvni oʻtkazish raislik qiluvchining maʼruzasi bilan boshlanadi, maʼruzadan keyin u sud majlisida hozir boʻlganlarni eshitadi. Soʻngra jinoyat ishiga doir materiallar tekshiriladi. |
Agar bir taraf nomaqbul dalilni chiqarib tashlash toʻgʻrisida iltimosnoma bergan boʻlsa, sudya boshqa tarafdan unda mazkur iltimosnomaga qarshi eʼtirozi bor-yoʻqligini surishtiradi. Eʼtirozlar mavjud boʻlmagan va dalillarni nomaqbul deb eʼtirof etish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda sudya iltimosnomani qanoatlantiradi. | Agar bir taraf nomaqbul dalilni chiqarib tashlash toʻgʻrisida iltimosnoma bergan boʻlsa, sudya boshqa tarafdan unda mazkur iltimosnomaga qarshi eʼtirozi bor-yoʻqligini surishtiradi. Eʼtirozlar mavjud boʻlmagan va dalillarni nomaqbul deb eʼtirof etish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda sudya iltimosnomani qanoatlantiradi. |
Taraflarning qoʻshimcha dalillarni talab qilib olish toʻgʻrisidagi iltimosnomalari, agar ushbu dalillar ish uchun ahamiyatli boʻlsa, qanoatlantirilishi kerak. Shundan soʻng davlat ayblovchisining va himoyachining dastlabki eshituvda hal etilayotgan masalalar yuzasidan fikri eshitiladi. Davlat ayblovchisining va himoyachining fikrini eshitgach, raislik qiluvchi ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi, ushbu ajrim sud majlisida oʻqib eshittirilishi kerak. | Taraflarning qoʻshimcha dalillarni talab qilib olish toʻgʻrisidagi iltimosnomalari, agar ushbu dalillar ish uchun ahamiyatli boʻlsa, qanoatlantirilishi kerak. Shundan soʻng davlat ayblovchisining va himoyachining dastlabki eshituvda hal etilayotgan masalalar yuzasidan fikri eshitiladi. Davlat ayblovchisining va himoyachining fikrini eshitgach, raislik qiluvchi ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi, ushbu ajrim sud majlisida oʻqib eshittirilishi kerak. |
Dastlabki eshituv natijalari boʻyicha sudya ushbu Kodeksning 40514-moddasida nazarda tutilgan ajrimlardan birini chiqaradi. | Dastlabki eshituv natijalari boʻyicha sudya ushbu Kodeksning 40514-moddasida nazarda tutilgan ajrimlardan birini chiqaradi. |
Dastlabki eshituv jarayonida sud majlisi kotibi ushbu Kodeksning 426-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha bayonnoma yuritadi. | Dastlabki eshituv jarayonida sud majlisi kotibi ushbu Kodeksning 426-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha bayonnoma yuritadi. |
4057-modda. Jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish va qayta tiklash | 4057-modda. Jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish va qayta tiklash |
Agar jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish chogʻida ayblanuvchining yashiringanligi aniqlansa, sudya ushbu ayblanuvchiga nisbatan ish yuritishni toʻxtatib turish va unga nisbatan qidiruv eʼlon qilish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, bundan ushbu Kodeksning 410 va 418-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Bir vaqtning oʻzida ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini oʻzgartirish masalasi hal etiladi. | Agar jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish chogʻida ayblanuvchining yashiringanligi aniqlansa, sudya ushbu ayblanuvchiga nisbatan ish yuritishni toʻxtatib turish va unga nisbatan qidiruv eʼlon qilish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, bundan ushbu Kodeksning 410 va 418-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Bir vaqtning oʻzida ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini oʻzgartirish masalasi hal etiladi. |
Ayblanuvchining sud majlisida ishtirok etishini istisno etadigan ogʻir va davomli kasallikka chalinganligi sud-tibbiy ekspertiza xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda, sudya ishni yuritishni ayblanuvchi sogʻayguniga qadar toʻxtatib turish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. | Ayblanuvchining sud majlisida ishtirok etishini istisno etadigan ogʻir va davomli kasallikka chalinganligi sud-tibbiy ekspertiza xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda, sudya ishni yuritishni ayblanuvchi sogʻayguniga qadar toʻxtatib turish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. |
Jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish uning toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin qayta tiklanadi. | Jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish uning toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin qayta tiklanadi. |
Jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni qayta tiklash toʻgʻrisida sudya ajrim chiqaradi. | Jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni qayta tiklash toʻgʻrisida sudya ajrim chiqaradi. |
4058-modda. Toʻxtatib turilgan jinoyat ishini prokurorga oʻtkazish | 4058-modda. Toʻxtatib turilgan jinoyat ishini prokurorga oʻtkazish |
Ushbu Kodeks 4057-moddasining birinchi qismiga muvofiq yuritilishi toʻxtatib turilgan jinoyat ishi ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga ayblanuvchini qidirish choralarini koʻrish uchun oʻtkaziladi. | Ushbu Kodeks 4057-moddasining birinchi qismiga muvofiq yuritilishi toʻxtatib turilgan jinoyat ishi ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga ayblanuvchini qidirish choralarini koʻrish uchun oʻtkaziladi. |
4059-modda. Jinoyat ishini toʻxtatib turish muddatlari | 4059-modda. Jinoyat ishini toʻxtatib turish muddatlari |
Jinoyat ishi quyidagi hollarda toʻxtatib turiladi: | Jinoyat ishi quyidagi hollarda toʻxtatib turiladi: |
ushbu Kodeks 4057-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan taqdirda — ayblanuvchi topilguniga qadar; | ushbu Kodeks 4057-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan taqdirda — ayblanuvchi topilguniga qadar; |
ushbu Kodeks 4057-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan taqdirda — ayblanuvchi sogʻayguniga qadar. | ushbu Kodeks 4057-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan taqdirda — ayblanuvchi sogʻayguniga qadar. |
40510-modda. Jinoyat ishini tugatish | 40510-modda. Jinoyat ishini tugatish |
Ushbu Kodeksning 83-moddasida, 84-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda sud jinoyat ishini tugatadi. | Ushbu Kodeksning 83-moddasida, 84-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda sud jinoyat ishini tugatadi. |
Sud ajrimida: | Sud ajrimida: |
jinoyat ishini tugatish asoslari koʻrsatiladi; | jinoyat ishini tugatish asoslari koʻrsatiladi; |
ehtiyot choralarini, shuningdek fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish haqidagi masalalar hal etiladi; | ehtiyot choralarini, shuningdek fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralarini bekor qilish haqidagi masalalar hal etiladi; |
ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi masala hal etiladi. | ashyoviy, yozma va raqamli dalillar toʻgʻrisidagi masala hal etiladi. |
Sud ushbu Kodeks 84-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha ishni tugatishga haqlidir. | Sud ushbu Kodeks 84-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha ishni tugatishga haqlidir. |
Jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran besh sutka ichida prokurorga yuboriladi, oʻziga nisbatan ish tugatilgan shaxsga va jabrlanuvchiga topshiriladi. | Jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran besh sutka ichida prokurorga yuboriladi, oʻziga nisbatan ish tugatilgan shaxsga va jabrlanuvchiga topshiriladi. |
40511-modda. Nomaqbul dalillarni chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma | 40511-modda. Nomaqbul dalillarni chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma |
Ayblanuvchi, himoyachi va davlat ayblovchisi jinoyat ishi materiallaridagi har qanday dalilni, agar ularni nomaqbul dalillar deb hisoblasa, chiqarib tashlash toʻgʻrisida iltimosnoma berishga haqli. | Ayblanuvchi, himoyachi va davlat ayblovchisi jinoyat ishi materiallaridagi har qanday dalilni, agar ularni nomaqbul dalillar deb hisoblasa, chiqarib tashlash toʻgʻrisida iltimosnoma berishga haqli. |
Iltimosnoma jinoyat ishi sudga ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi bilan birga yuborilganidan keyin, ayblov dalolatnomasining yoki ayblov xulosasining koʻchirma nusxasi olingan kundan eʼtiboran uch sutka ichida berilishi mumkin. | Iltimosnoma jinoyat ishi sudga ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi bilan birga yuborilganidan keyin, ayblov dalolatnomasining yoki ayblov xulosasining koʻchirma nusxasi olingan kundan eʼtiboran uch sutka ichida berilishi mumkin. |
Iltimosnomaning koʻchirma nusxasi ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga, shuningdek jabrlanuvchiga iltimosnoma sudga taqdim etilgan kunda yuboriladi. | Iltimosnomaning koʻchirma nusxasi ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga, shuningdek jabrlanuvchiga iltimosnoma sudga taqdim etilgan kunda yuboriladi. |
Iltimosnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak: | Iltimosnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak: |
1) taraf chiqarib tashlanishini iltimos qilayotgan dalil; | 1) taraf chiqarib tashlanishini iltimos qilayotgan dalil; |
2) dalilni nomaqbul deb topish va chiqarib tashlash uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslar. | 2) dalilni nomaqbul deb topish va chiqarib tashlash uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslar. |
Dalillar qonunga xilof usullar bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilgan yoki ularning huquqlarini cheklagan yoxud ushbu Kodeks talablarini buzgan holda olinganligiga asoslangan holda ularni chiqarib tashlash toʻgʻrisida himoya tarafi tomonidan berilgan iltimosnomani koʻrib chiqish chogʻida himoya tarafi taqdim etgan vajlarni rad etish prokurorning zimmasida boʻladi. Qolgan hollarda buni isbotlash vazifasi iltimosnoma bergan tarafning zimmasida boʻladi. | Dalillar qonunga xilof usullar bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilgan yoki ularning huquqlarini cheklagan yoxud ushbu Kodeks talablarini buzgan holda olinganligiga asoslangan holda ularni chiqarib tashlash toʻgʻrisida himoya tarafi tomonidan berilgan iltimosnomani koʻrib chiqish chogʻida himoya tarafi taqdim etgan vajlarni rad etish prokurorning zimmasida boʻladi. Qolgan hollarda buni isbotlash vazifasi iltimosnoma bergan tarafning zimmasida boʻladi. |
Agar sud dalilni chiqarib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilsa, mazkur dalil yuridik kuchini yoʻqotadi va u hukmga yoki boshqa sud qaroriga asos boʻlishi, shuningdek sud muhokamasi jarayonida bu dalilni tekshirish va undan foydalanish mumkin emas. | Agar sud dalilni chiqarib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilsa, mazkur dalil yuridik kuchini yoʻqotadi va u hukmga yoki boshqa sud qaroriga asos boʻlishi, shuningdek sud muhokamasi jarayonida bu dalilni tekshirish va undan foydalanish mumkin emas. |
Ishni mazmunan koʻrish davomida ilgari nomaqbul deb topilgan va chiqarib tashlangan dalilni maqbul deb topish masalasi taraflarning iltimosnomasiga asosan koʻrib chiqilishi mumkin. | Ishni mazmunan koʻrish davomida ilgari nomaqbul deb topilgan va chiqarib tashlangan dalilni maqbul deb topish masalasi taraflarning iltimosnomasiga asosan koʻrib chiqilishi mumkin. |
40512-modda. Jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini, tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish uchun asoslar | 40512-modda. Jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini, tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish uchun asoslar |
Sudya jinoyat ishining sud tomonidan koʻrib chiqilishiga doir toʻsqinliklarni bartaraf etish uchun uni taraflarning iltimosnomasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan quyidagi hollarda prokurorga yuboradi, agar: | Sudya jinoyat ishining sud tomonidan koʻrib chiqilishiga doir toʻsqinliklarni bartaraf etish uchun uni taraflarning iltimosnomasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan quyidagi hollarda prokurorga yuboradi, agar: |
1) ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi ushbu Kodeksning talablari buzilgan holda tuzilgan boʻlsa va bu mazkur ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi asosida sud tomonidan hukm yoki boshqa qaror chiqarish imkoniyatini istisno etsa; | 1) ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi ushbu Kodeksning talablari buzilgan holda tuzilgan boʻlsa va bu mazkur ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi asosida sud tomonidan hukm yoki boshqa qaror chiqarish imkoniyatini istisno etsa; |
2) tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror bilan birga sudga yuborilgan jinoyat ishi boʻyicha ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tuzish zarurati boʻlsa; | 2) tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror bilan birga sudga yuborilgan jinoyat ishi boʻyicha ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tuzish zarurati boʻlsa; |
3) jinoyat ishlarini birlashtirish uchun ushbu Kodeksning 332-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa; | 3) jinoyat ishlarini birlashtirish uchun ushbu Kodeksning 332-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa; |
4) ayblanuvchi jinoyat ishi materiallari bilan tanishish chogʻida unga ushbu Kodeksning 375 va 38113-moddalarida nazarda tutilgan huquqlar tushuntirilmagan boʻlsa; | 4) ayblanuvchi jinoyat ishi materiallari bilan tanishish chogʻida unga ushbu Kodeksning 375 va 38113-moddalarida nazarda tutilgan huquqlar tushuntirilmagan boʻlsa; |
5) ayblov dalolatnomasida yoki ayblov xulosasida, jinoyat ishini tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash uchun sudga yuborish toʻgʻrisidagi qarorda bayon etilgan haqiqiy holatlar ayblanuvchining, oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisida ish yuritilayotgan shaxsning xatti-harakatlarini ogʻirroq jinoyat, ijtimoiy xavfli qilmish sifatida malakalash uchun asoslar mavjudligidan dalolat bersa yoki bunday holatlar mavjudligi dastlabki eshituv jarayonida aniqlangan boʻlsa. | 5) ayblov dalolatnomasida yoki ayblov xulosasida, jinoyat ishini tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash uchun sudga yuborish toʻgʻrisidagi qarorda bayon etilgan haqiqiy holatlar ayblanuvchining, oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisida ish yuritilayotgan shaxsning xatti-harakatlarini ogʻirroq jinoyat, ijtimoiy xavfli qilmish sifatida malakalash uchun asoslar mavjudligidan dalolat bersa yoki bunday holatlar mavjudligi dastlabki eshituv jarayonida aniqlangan boʻlsa. |
Ushbu modda birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan asoslarga koʻra jinoyat ishini prokurorga yuborishda sud ayblanuvchining, oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisida ish yuritilayotgan shaxsning xatti-harakatlarini ogʻirroq jinoyat, ijtimoiy xavfli qilmish sifatida tavsiflash uchun asos boʻlgan holatlarni koʻrsatishi shart. Bunda sud jinoyatni yoki ijtimoiy xavfli qilmishni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining qaysi moddasi bilan tavsiflash lozimligini koʻrsatishga, shuningdek dalillarni baholash toʻgʻrisida, ayblanuvchining aybdorligi haqida xulosa qilishga haqli emas. | Ushbu modda birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan asoslarga koʻra jinoyat ishini prokurorga yuborishda sud ayblanuvchining, oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisida ish yuritilayotgan shaxsning xatti-harakatlarini ogʻirroq jinoyat, ijtimoiy xavfli qilmish sifatida tavsiflash uchun asos boʻlgan holatlarni koʻrsatishi shart. Bunda sud jinoyatni yoki ijtimoiy xavfli qilmishni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining qaysi moddasi bilan tavsiflash lozimligini koʻrsatishga, shuningdek dalillarni baholash toʻgʻrisida, ayblanuvchining aybdorligi haqida xulosa qilishga haqli emas. |
Sudya jinoyat ishini prokurorga yuborishda ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi masalani hal etadi. Zarur boʻlgan taqdirda sudya ayblanuvchini qamoqda saqlash muddatini tergov ishlarini yuritish va boshqa protsessual harakatlarni bajarish uchun ushbu Kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan muddatlarni inobatga olgan holda uzaytiradi. | Sudya jinoyat ishini prokurorga yuborishda ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi masalani hal etadi. Zarur boʻlgan taqdirda sudya ayblanuvchini qamoqda saqlash muddatini tergov ishlarini yuritish va boshqa protsessual harakatlarni bajarish uchun ushbu Kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan muddatlarni inobatga olgan holda uzaytiradi. |
40513-modda. Jinoyat ishlarini bitta ish yurituvga birlashtirish | 40513-modda. Jinoyat ishlarini bitta ish yurituvga birlashtirish |
Dastlabki eshituv vaqtida ushbu Kodeksning 392-moddasida nazarda tutilgan, jinoyat ishi kelib tushganidan keyin yuzaga kelgan asoslar aniqlangan taqdirda, sudya oʻz tashabbusi bilan yoki taraflarning iltimosnomasiga koʻra jinoyat ishlarini bitta ish yurituvga birlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. | Dastlabki eshituv vaqtida ushbu Kodeksning 392-moddasida nazarda tutilgan, jinoyat ishi kelib tushganidan keyin yuzaga kelgan asoslar aniqlangan taqdirda, sudya oʻz tashabbusi bilan yoki taraflarning iltimosnomasiga koʻra jinoyat ishlarini bitta ish yurituvga birlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. |
40514-modda. Sud ajrimi | 40514-modda. Sud ajrimi |
Sudya dastlabki eshituvni oʻtkazish natijalari boʻyicha quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: | Sudya dastlabki eshituvni oʻtkazish natijalari boʻyicha quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: |
1) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida; | 1) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida; |
2) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni tugatish haqida; | 2) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni tugatish haqida; |
3) jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini, ayblov xulosasini yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish toʻgʻrisida; | 3) jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini, ayblov xulosasini yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish toʻgʻrisida; |
4) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishlarini birlashtirish yoki ajratish haqida; | 4) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishlarini birlashtirish yoki ajratish haqida; |
5) dalilni nomaqbul deb topish va chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish toʻgʻrisida yoki qanoatlantirishni rad etish haqida. | 5) dalilni nomaqbul deb topish va chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish toʻgʻrisida yoki qanoatlantirishni rad etish haqida. |
Ajrim chiqarilgan yoki ish apellyatsiya instansiyasi sudidan qaytgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay uni chiqargan sud tomonidan ijro etiladi. | Ajrim chiqarilgan yoki ish apellyatsiya instansiyasi sudidan qaytgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay uni chiqargan sud tomonidan ijro etiladi. |
40515-modda. Sud ajrimi ustidan shikoyat berish va protest keltirish | 40515-modda. Sud ajrimi ustidan shikoyat berish va protest keltirish |
Sudyaning ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida xususiy shikoyat, xususiy protest berilishi mumkin. | Sudyaning ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida xususiy shikoyat, xususiy protest berilishi mumkin. |
Xususiy shikoyat, xususiy protest ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, sud uni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yigirma toʻrt soat ichida yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudi mazkur materiallarni kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay xususiy shikoyat, xususiy protest bilan birga koʻrib chiqishi kerak. | Xususiy shikoyat, xususiy protest ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, sud uni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yigirma toʻrt soat ichida yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudi mazkur materiallarni kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay xususiy shikoyat, xususiy protest bilan birga koʻrib chiqishi kerak. |
Apellyatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyat, xususiy protestni koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan: | Apellyatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyat, xususiy protestni koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan: |
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni, protestni esa — qanoatlantirmay qoldirishga; | sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni, protestni esa — qanoatlantirmay qoldirishga; |
sudyaning ajrimini oʻzgartirishga; | sudyaning ajrimini oʻzgartirishga; |
sudyaning ajrimini bekor qilishga va ishni mohiyatan koʻrib chiqish uchun sudga yuborishga haqli. | sudyaning ajrimini bekor qilishga va ishni mohiyatan koʻrib chiqish uchun sudga yuborishga haqli. |
Jinoyat ishi ajrimni chiqargan sudga apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi chiqarilgan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay qaytarilishi kerak. | Jinoyat ishi ajrimni chiqargan sudga apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi chiqarilgan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay qaytarilishi kerak. |
Birinchi instansiya sudining ajrimi bekor qilingan hollarda ish birinchi instansiya sudi tomonidan ishni sud muhokamasiga tayinlash bosqichidan boshlab umumiy qoidalarga asosan koʻrib chiqiladi. | Birinchi instansiya sudining ajrimi bekor qilingan hollarda ish birinchi instansiya sudi tomonidan ishni sud muhokamasiga tayinlash bosqichidan boshlab umumiy qoidalarga asosan koʻrib chiqiladi. |
50-bob. SUD MUHOKAMASINING UMUMIY SHARTLARI | 50-bob. SUD MUHOKAMASINING UMUMIY SHARTLARI |
406-modda. Jinoyat ishini muhokama qilish chogʻida sud tarkibining oʻzgarmasligi | 406-modda. Jinoyat ishini muhokama qilish chogʻida sud tarkibining oʻzgarmasligi |
Har bir jinoyat ishi bir tarkibdagi sud yoki bir sudya tomonidan koʻrib chiqilishi lozim. | Har bir jinoyat ishi bir tarkibdagi sud yoki bir sudya tomonidan koʻrib chiqilishi lozim. |
407-modda. Zaxiradagi xalq maslahatchisi | 407-modda. Zaxiradagi xalq maslahatchisi |
Basharti ishni muhokama qilish uzoq vaqt talab qiladigan boʻlsa, ishda zaxiradagi xalq maslahatchisi qatnashishi mumkin boʻlib, u ishni muhokama qilish boshlangan paytdan eʼtiboran sud majlisi zalida hozir boʻladi va sudyaning huquqlaridan foydalanadi, sud maslahatlashuvlarida va ish boʻyicha qaror chiqarish vaqtida qatnashish huquqi bundan mustasno. | Basharti ishni muhokama qilish uzoq vaqt talab qiladigan boʻlsa, ishda zaxiradagi xalq maslahatchisi qatnashishi mumkin boʻlib, u ishni muhokama qilish boshlangan paytdan eʼtiboran sud majlisi zalida hozir boʻladi va sudyaning huquqlaridan foydalanadi, sud maslahatlashuvlarida va ish boʻyicha qaror chiqarish vaqtida qatnashish huquqi bundan mustasno. |
Xalq maslahatchisi sud tarkibidan chiqib ketgan taqdirda zaxiradagi xalq maslahatchisi uning oʻrnini egallaydi va ishni muhokama qilish davom etadi. | Xalq maslahatchisi sud tarkibidan chiqib ketgan taqdirda zaxiradagi xalq maslahatchisi uning oʻrnini egallaydi va ishni muhokama qilish davom etadi. |
408-modda. Sud majlisida raislik qiluvchi | 408-modda. Sud majlisida raislik qiluvchi |
Sud majlisida shu sudning raisi, uning oʻrinbosari yoki sudya raislik qiladi. | Sud majlisida shu sudning raisi, uning oʻrinbosari yoki sudya raislik qiladi. |
Raislik qiluvchi sud majlisiga rahbarlik qiladi, ishning barcha holatlarini sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona tekshirish hamda haqiqatni aniqlash uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hamma choralarni koʻradi, koʻrilayotgan ishga aloqasi boʻlmagan holatlarni sud muhokamasiga kiritmaydi. | Raislik qiluvchi sud majlisiga rahbarlik qiladi, ishning barcha holatlarini sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona tekshirish hamda haqiqatni aniqlash uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hamma choralarni koʻradi, koʻrilayotgan ishga aloqasi boʻlmagan holatlarni sud muhokamasiga kiritmaydi. |
Raislik qiluvchi sud majlisi zalida tartibga rioya qilinishini taʼminlaydi. Uning farmoyishlari taraflar va barcha hozir boʻlganlar uchun majburiydir. | Raislik qiluvchi sud majlisi zalida tartibga rioya qilinishini taʼminlaydi. Uning farmoyishlari taraflar va barcha hozir boʻlganlar uchun majburiydir. |
Taraflardan yoki boshqa shaxslardan birortasi raislik qiluvchining harakatlariga eʼtiroz bildirgan taqdirda bu eʼtirozlar sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi. | Taraflardan yoki boshqa shaxslardan birortasi raislik qiluvchining harakatlariga eʼtiroz bildirgan taqdirda bu eʼtirozlar sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi. |
409-modda. Sud muhokamasida prokurorning ishtiroki | 409-modda. Sud muhokamasida prokurorning ishtiroki |
Prokuror birinchi instansiya sudlarida jinoyatlarga doir ishlarni koʻrishda ishtirok etib, davlat ayblovini quvvatlaydi, dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, sudlanuvchilarga, jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar va sudga taklif etilgan boshqa shaxslarga savollar beradi, Jinoyat kodeksining normalarini qoʻllash, sudlanuvchining harakatlarini tavsiflash, unga jazo turini va meʼyorini tayinlash toʻgʻrisida hamda sud hal etishi lozim boʻlgan boshqa masalalar yuzasidan oʻz fikrini bayon qiladi, jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar haqida hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan choralar xususida oʻz fikrini bildiradi. | Prokuror birinchi instansiya sudlarida jinoyatlarga doir ishlarni koʻrishda ishtirok etib, davlat ayblovini quvvatlaydi, dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, sudlanuvchilarga, jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar va sudga taklif etilgan boshqa shaxslarga savollar beradi, Jinoyat kodeksining normalarini qoʻllash, sudlanuvchining harakatlarini tavsiflash, unga jazo turini va meʼyorini tayinlash toʻgʻrisida hamda sud hal etishi lozim boʻlgan boshqa masalalar yuzasidan oʻz fikrini bayon qiladi, jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar haqida hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan choralar xususida oʻz fikrini bildiradi. |
Prokuror davlat ayblovini quvvatlar ekan, ushbu Kodeksning, Oʻzbekiston Respublikasi boshqa qonunlarining talablariga va ishning barcha holatlarini qarab chiqishga asoslangan oʻz ishonchiga amal qiladi. | Prokuror davlat ayblovini quvvatlar ekan, ushbu Kodeksning, Oʻzbekiston Respublikasi boshqa qonunlarining talablariga va ishning barcha holatlarini qarab chiqishga asoslangan oʻz ishonchiga amal qiladi. |
Sud tergovi maʼlumotlari asosida prokuror sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblovni oʻzgartirish zarur degan xulosaga kelsa, u bu haqda sudga asoslantirilgan bayonot berishi shart. | Sud tergovi maʼlumotlari asosida prokuror sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblovni oʻzgartirish zarur degan xulosaga kelsa, u bu haqda sudga asoslantirilgan bayonot berishi shart. |
Sud muhokamasi natijasida prokuror sud tergovi maʼlumotlari sudlanuvchining aybsizligidan dalolat beradi degan ishonchga kelsa, u ayblovdan voz kechishi va voz kechish sabablarini sudga bayon qilishi shart. Prokurorning ayblovdan voz kechishi sud tomonidan jinoyat ishini reabilitatsiya asoslariga koʻra tugatishga sabab boʻladi. | Sud muhokamasi natijasida prokuror sud tergovi maʼlumotlari sudlanuvchining aybsizligidan dalolat beradi degan ishonchga kelsa, u ayblovdan voz kechishi va voz kechish sabablarini sudga bayon qilishi shart. Prokurorning ayblovdan voz kechishi sud tomonidan jinoyat ishini reabilitatsiya asoslariga koʻra tugatishga sabab boʻladi. |
Prokuror ayblovning mazmunini oʻzgartirish yoki ayblovdan voz kechish sabablari xususidagi fikrini sudga yozma ravishda taqdim etishi shart. | Prokuror ayblovning mazmunini oʻzgartirish yoki ayblovdan voz kechish sabablari xususidagi fikrini sudga yozma ravishda taqdim etishi shart. |
Prokuror, basharti fuqarolarning huquqlarini va jamiyat manfaatlarini muhofaza etish maqsadlari talab qilsa, daʼvo qoʻzgʻatadi yoki jabrlanuvchi tomonidan qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvoni quvvatlaydi. | Prokuror, basharti fuqarolarning huquqlarini va jamiyat manfaatlarini muhofaza etish maqsadlari talab qilsa, daʼvo qoʻzgʻatadi yoki jabrlanuvchi tomonidan qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvoni quvvatlaydi. |
Prokuror jinoyat ishlarini koʻrishda yoki hukmni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni yoxud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda boshqa masalalarni hal etishda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ishtirok etadi. | Prokuror jinoyat ishlarini koʻrishda yoki hukmni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni yoxud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda boshqa masalalarni hal etishda apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudida ishtirok etadi. |
410-modda. Sud muhokamasida sudlanuvchining ishtiroki | 410-modda. Sud muhokamasida sudlanuvchining ishtiroki |
Birinchi instansiya sudining majlisida jinoyat ishi sudlanuvchining ishtirokida muhokama qilinadi, sudlanuvchining sudga kelishi shart. | Birinchi instansiya sudining majlisida jinoyat ishi sudlanuvchining ishtirokida muhokama qilinadi, sudlanuvchining sudga kelishi shart. |
Sudlanuvchi sud majlisiga kelmasa, ishni muhokama qilish keyinga qoldirilishi lozim, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Sudga kelmagan sudlanuvchini sud majburiy keltirishga, shuningdek unga nisbatan ehtiyot chorasini qoʻllashga yoki ehtiyot chorasini oʻzgartirishga haqlidir. | Sudlanuvchi sud majlisiga kelmasa, ishni muhokama qilish keyinga qoldirilishi lozim, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Sudga kelmagan sudlanuvchini sud majburiy keltirishga, shuningdek unga nisbatan ehtiyot chorasini qoʻllashga yoki ehtiyot chorasini oʻzgartirishga haqlidir. |
Ishning sudlanuvchi ishtirokisiz muhokama qilinishiga sudlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan va sudga kelishdan boʻyin tovlagan, uning yoʻqligi ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga monelik qilmagan taqdirdagina yoxud u ushbu Kodeks 272-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisi zalidan chiqarib yuborilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyilishi mumkin. | Ishning sudlanuvchi ishtirokisiz muhokama qilinishiga sudlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan va sudga kelishdan boʻyin tovlagan, uning yoʻqligi ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga monelik qilmagan taqdirdagina yoxud u ushbu Kodeks 272-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisi zalidan chiqarib yuborilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyilishi mumkin. |
411-modda. Jabrlanuvchining sud majlisiga kelmasligi oqibatlari | 411-modda. Jabrlanuvchining sud majlisiga kelmasligi oqibatlari |
Jabrlanuvchi sud majlisiga kelmasa, sud jabrlanuvchining ishtirokisiz ishdagi barcha holatlarni toʻla aniqlash hamda uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish mumkin yoki mumkin emasligiga qarab, jinoyat ishini muhokama qilish yoki keyinga qoldirish masalasini hal etadi. | Jabrlanuvchi sud majlisiga kelmasa, sud jabrlanuvchining ishtirokisiz ishdagi barcha holatlarni toʻla aniqlash hamda uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish mumkin yoki mumkin emasligiga qarab, jinoyat ishini muhokama qilish yoki keyinga qoldirish masalasini hal etadi. |
Jabrlanuvchi sud majlisiga uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan taqdirda sud uni majburiy keltirish haqida ajrim chiqaradi. | Jabrlanuvchi sud majlisiga uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan taqdirda sud uni majburiy keltirish haqida ajrim chiqaradi. |
412-modda. Prokurorning, himoyachining, jamoat ayblovchisining, jamoat himoyachisining sud majlisiga kelmasligi oqibatlari | 412-modda. Prokurorning, himoyachining, jamoat ayblovchisining, jamoat himoyachisining sud majlisiga kelmasligi oqibatlari |
Prokuror sud majlisiga kelmay qolgan taqdirda jinoyat ishini muhokama qilish keyinga qoldiriladi. | Prokuror sud majlisiga kelmay qolgan taqdirda jinoyat ishini muhokama qilish keyinga qoldiriladi. |
Himoyachi sud majlisiga kelmasa, uni boshqa himoyachi bilan almashtirishga faqat sudlanuvchining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Shu sud majlisida himoyachini almashtirish imkoniyati boʻlmasa, ishni muhokama qilish keyinga qoldiriladi. | Himoyachi sud majlisiga kelmasa, uni boshqa himoyachi bilan almashtirishga faqat sudlanuvchining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Shu sud majlisida himoyachini almashtirish imkoniyati boʻlmasa, ishni muhokama qilish keyinga qoldiriladi. |
Jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi sudga kelmay qolsa, ishning holatlariga qarab, sud ishni ular ishtirokisiz koʻrish mumkinligi yoki muhokamani keyinga qoldirish masalasini hal etadi. | Jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi sudga kelmay qolsa, ishning holatlariga qarab, sud ishni ular ishtirokisiz koʻrish mumkinligi yoki muhokamani keyinga qoldirish masalasini hal etadi. |
Ishga yangi kirishgan prokurorga yoki himoyachiga sud muhokamasida ishtirok etishga tayyorgarlik koʻrish uchun zarur vaqt berilishi lozim. | Ishga yangi kirishgan prokurorga yoki himoyachiga sud muhokamasida ishtirok etishga tayyorgarlik koʻrish uchun zarur vaqt berilishi lozim. |
Prokuror yoki himoyachining uzrsiz sabablarga koʻra sudga kelmaganligi toʻgʻrisida sud tegishlicha yuqori turuvchi prokurorga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga xabar qiladi. Jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan taqdirda sud bu haqda tegishli jamoat birlashmasiga yoki jamoaga xabar qiladi. | Prokuror yoki himoyachining uzrsiz sabablarga koʻra sudga kelmaganligi toʻgʻrisida sud tegishlicha yuqori turuvchi prokurorga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga xabar qiladi. Jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan taqdirda sud bu haqda tegishli jamoat birlashmasiga yoki jamoaga xabar qiladi. |
413-modda. Fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgarning sud majlisiga kelmasligi oqibatlari | 413-modda. Fuqaroviy daʼvogar yoki fuqaroviy javobgarning sud majlisiga kelmasligi oqibatlari |
Fuqaroviy daʼvogar yoki uning vakili sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud fuqaroviy daʼvoni koʻrmaydi; bu holda mulkiy zarar koʻrgan shaxsning fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida daʼvo qilish huquqi saqlanadi. | Fuqaroviy daʼvogar yoki uning vakili sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud fuqaroviy daʼvoni koʻrmaydi; bu holda mulkiy zarar koʻrgan shaxsning fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida daʼvo qilish huquqi saqlanadi. |
Sud fuqaroviy daʼvoni fuqaroviy daʼvogarning iltimosiga koʻra uning ishtirokisiz koʻrishga haqlidir. | Sud fuqaroviy daʼvoni fuqaroviy daʼvogarning iltimosiga koʻra uning ishtirokisiz koʻrishga haqlidir. |
Basharti fuqaroviy daʼvoni prokuror quvvatlasa yoki sud uni koʻrish zarur deb topsa, fuqaroviy daʼvogar yoki uning vakili kelish-kelmasligidan qatʼi nazar, sud fuqaroviy daʼvoni koʻraveradi. | Basharti fuqaroviy daʼvoni prokuror quvvatlasa yoki sud uni koʻrish zarur deb topsa, fuqaroviy daʼvogar yoki uning vakili kelish-kelmasligidan qatʼi nazar, sud fuqaroviy daʼvoni koʻraveradi. |
Fuqaroviy javobgar yoki uning vakilining sud majlisiga kelmasligi fuqaroviy daʼvoni koʻrishni toʻxtatmaydi. | Fuqaroviy javobgar yoki uning vakilining sud majlisiga kelmasligi fuqaroviy daʼvoni koʻrishni toʻxtatmaydi. |
414-modda. Sud muhokamasining doirasi | 414-modda. Sud muhokamasining doirasi |
Sudda jinoyat ishini muhokama qilish faqat ayblanuvchilarga nisbatan va eʼlon qilingan ayblov boʻyicha olib boriladi. | Sudda jinoyat ishini muhokama qilish faqat ayblanuvchilarga nisbatan va eʼlon qilingan ayblov boʻyicha olib boriladi. |
Tayinlangan jazoning yengilligi yoki ogʻirroq jinoyatga doir qonunni qoʻllash zarurligi tufayli apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan bekor qilinganidan keyin ish koʻrib chiqilgan hollarda, apellyatsiya instansiyasi sudida muhokama sudlanuvchining umuman aybdorligi yoki aybdor emasligi toʻgʻrisidagi masalaga daxl qilmagan holda, faqat jinoyatni tavsiflashga va jazo chorasiga oid qism boʻyicha amalga oshiriladi. | |
415-modda. Ayblovning sud tomonidan oʻzgartirilishi | 415-modda. Ayblovning sud tomonidan oʻzgartirilishi |
Sud ayblovni oʻzgartirishga haqli. Bunda ayblovning bir qismi yoki jinoyatning tavsifiy alomatlari chiqarib tashlanadi. | Sud ayblovni oʻzgartirishga haqli. Bunda ayblovning bir qismi yoki jinoyatning tavsifiy alomatlari chiqarib tashlanadi. |
Sud surishtiruvda, dastlabki tergovda eʼlon qilingan ayblovni ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalarida nazarda tutilgan tartibda oʻzgartirishga yoki toʻldirishga haqli. | Sud surishtiruvda, dastlabki tergovda eʼlon qilingan ayblovni ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalarida nazarda tutilgan tartibda oʻzgartirishga yoki toʻldirishga haqli. |
4151-modda. Surishtiruvning, dastlabki tergovning toʻliq emasligini yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlarini bartaraf etish | 4151-modda. Surishtiruvning, dastlabki tergovning toʻliq emasligini yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlarini bartaraf etish |
Surishtiruv, dastlabki tergovning toʻliq emasligi yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlari jinoyat ishini koʻrib chiqish chogʻida sud tomonidan bartaraf etiladi. | Surishtiruv, dastlabki tergovning toʻliq emasligi yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlari jinoyat ishini koʻrib chiqish chogʻida sud tomonidan bartaraf etiladi. |
Sudlanuvchiga nisbatan ayblovni ogʻirrogʻi bilan yoki haqiqiy ahvolga koʻra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov bilan almashtirish uchun yoki boshqa shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslar aniqlangan taqdirda, sud surishtiruv, dastlabki tergovning toʻliq emasligini yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlarini ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalariga muvofiq bartaraf etadi. | Sudlanuvchiga nisbatan ayblovni ogʻirrogʻi bilan yoki haqiqiy ahvolga koʻra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov bilan almashtirish uchun yoki boshqa shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslar aniqlangan taqdirda, sud surishtiruv, dastlabki tergovning toʻliq emasligini yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlarini ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalariga muvofiq bartaraf etadi. |
416-modda. Sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar aniqlanganda sudning harakatlari | 416-modda. Sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar aniqlanganda sudning harakatlari |
Agar sud tergovi vaqtida sudlanuvchining unga ilgari ayblov qoʻyilmagan jinoyatni sodir etganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, sud yangi ayblov boʻyicha jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi. | Agar sud tergovi vaqtida sudlanuvchining unga ilgari ayblov qoʻyilmagan jinoyatni sodir etganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, sud yangi ayblov boʻyicha jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi. |
Yangi ayblov dastlabki ayblov bilan uzviy bogʻliq boʻlgan va ularni alohida-alohida koʻrish imkoniyati boʻlmagan hollarda, sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish asoslarini aniqlash tartibi davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlovchi prokurorning yoki jabrlanuvchining, uning vakilining yoxud sudlanuvchining, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga koʻra amalga oshiriladi. | Yangi ayblov dastlabki ayblov bilan uzviy bogʻliq boʻlgan va ularni alohida-alohida koʻrish imkoniyati boʻlmagan hollarda, sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish asoslarini aniqlash tartibi davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlovchi prokurorning yoki jabrlanuvchining, uning vakilining yoxud sudlanuvchining, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga koʻra amalga oshiriladi. |
Iltimosnomada ayblovni toʻldirish bilan bogʻliq protsessual harakatlarning oʻtkazilishi zarurati asoslantirilgan boʻlishi kerak. | Iltimosnomada ayblovni toʻldirish bilan bogʻliq protsessual harakatlarning oʻtkazilishi zarurati asoslantirilgan boʻlishi kerak. |
Sud berilgan iltimosnoma boʻyicha uni qanoatlantirish toʻgʻrisida yoki qanoatlantirmasdan qoldirish haqida ajrim chiqaradi. | Sud berilgan iltimosnoma boʻyicha uni qanoatlantirish toʻgʻrisida yoki qanoatlantirmasdan qoldirish haqida ajrim chiqaradi. |
Iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, sud ajrimda ayblovni toʻldirish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun qanday holatlarga aniqlik kiritilishi lozimligini koʻrsatadi va uning ijrosini ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga ijro muddatini bir oygacha doirada koʻrsatgan holda topshiradi. | Iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, sud ajrimda ayblovni toʻldirish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun qanday holatlarga aniqlik kiritilishi lozimligini koʻrsatadi va uning ijrosini ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga ijro muddatini bir oygacha doirada koʻrsatgan holda topshiradi. |
Qoʻshimcha protsessual harakatlar natijalariga koʻra davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlovchi prokuror sudga yigʻilgan dalillarni taqdim etadi, ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qoʻshimchani oʻqib eshittiradi hamda uning koʻchirma nusxasini sudlanuvchiga va uning himoyachisiga topshiradi. | Qoʻshimcha protsessual harakatlar natijalariga koʻra davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlovchi prokuror sudga yigʻilgan dalillarni taqdim etadi, ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qoʻshimchani oʻqib eshittiradi hamda uning koʻchirma nusxasini sudlanuvchiga va uning himoyachisiga topshiradi. |
Sud prokuror tomonidan taqdim etilgan materiallar boʻyicha taraflarning fikrini aniqlaydi va ularni jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish haqida ajrim chiqaradi. | Sud prokuror tomonidan taqdim etilgan materiallar boʻyicha taraflarning fikrini aniqlaydi va ularni jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish haqida ajrim chiqaradi. |
Sud sudlanuvchining, uning himoyachisining iltimosnomasi boʻyicha ularning prokuror tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha dalillar va ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qoʻshimcha bilan tanishishga, shuningdek ushbu dalillarga va xulosaga eʼtirozlar taqdim etishga boʻlgan huquqini taʼminlaydi. | Sud sudlanuvchining, uning himoyachisining iltimosnomasi boʻyicha ularning prokuror tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha dalillar va ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qoʻshimcha bilan tanishishga, shuningdek ushbu dalillarga va xulosaga eʼtirozlar taqdim etishga boʻlgan huquqini taʼminlaydi. |
Sud ushbu moddaning sakkizinchi qismida koʻrsatilgan masalalarni hal qilishda sudlanuvchi va uning himoyachisi huquqlarini taʼminlash uchun sud majlisida oʻn sutkagacha tanaffus eʼlon qiladi. | Sud ushbu moddaning sakkizinchi qismida koʻrsatilgan masalalarni hal qilishda sudlanuvchi va uning himoyachisi huquqlarini taʼminlash uchun sud majlisida oʻn sutkagacha tanaffus eʼlon qiladi. |
Sudning ajrimi belgilangan muddatda ijro etilmagan yoki dastlabki ayblovni oʻzgartirish yoki toʻldirish uchun dalillarni aniqlash imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, sud jinoyat ishida mavjud boʻlgan dalillar asosida sud muhokamasini davom ettiradi. | Sudning ajrimi belgilangan muddatda ijro etilmagan yoki dastlabki ayblovni oʻzgartirish yoki toʻldirish uchun dalillarni aniqlash imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, sud jinoyat ishida mavjud boʻlgan dalillar asosida sud muhokamasini davom ettiradi. |
Sudning ajrimini ijro etish natijalari boʻyicha yoki sud muhokamasi jarayonida taqdim etilgan yangi dalillarni baholash va tekshirish ushbu Kodeks 443-moddasining ikkinchi qismida belgilangan tartibda oʻtkaziladi. | Sudning ajrimini ijro etish natijalari boʻyicha yoki sud muhokamasi jarayonida taqdim etilgan yangi dalillarni baholash va tekshirish ushbu Kodeks 443-moddasining ikkinchi qismida belgilangan tartibda oʻtkaziladi. |
Toʻplangan qoʻshimcha dalillar va aniqlangan holatlar asosida prokuror ogʻirroq ayblovga oʻzgartirilgan yoki toʻldirilgan ayblov asosida yoxud haqiqiy ahvolga koʻra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov asosida qarorning taʼrifini taraflar muzokaralarida sudga taqdim etadi. | Toʻplangan qoʻshimcha dalillar va aniqlangan holatlar asosida prokuror ogʻirroq ayblovga oʻzgartirilgan yoki toʻldirilgan ayblov asosida yoxud haqiqiy ahvolga koʻra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov asosida qarorning taʼrifini taraflar muzokaralarida sudga taqdim etadi. |
417-modda. Jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlanganda sudning harakatlari | 417-modda. Jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlanganda sudning harakatlari |
Agar sud tergovi vaqtida javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, sud jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi. | Agar sud tergovi vaqtida javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, sud jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi. |
Taxmin qilinayotgan jinoyat koʻrilayotgan ish bilan uzviy bogʻliq boʻlgan va bu ishlarni alohida-alohida koʻrish imkoniyati boʻlmagan hollarda, davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlovchi prokuror yoki jabrlanuvchi, uning vakilining yoxud sudlanuvchining, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga koʻra sud boshqa shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslarni aniqlash yuzasidan tegishli protsessual harakatlarni bir oygacha boʻlgan muddatda oʻtkazishni ish boʻyicha ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga topshirish haqida ajrim chiqaradi. | Taxmin qilinayotgan jinoyat koʻrilayotgan ish bilan uzviy bogʻliq boʻlgan va bu ishlarni alohida-alohida koʻrish imkoniyati boʻlmagan hollarda, davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlovchi prokuror yoki jabrlanuvchi, uning vakilining yoxud sudlanuvchining, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga koʻra sud boshqa shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslarni aniqlash yuzasidan tegishli protsessual harakatlarni bir oygacha boʻlgan muddatda oʻtkazishni ish boʻyicha ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga topshirish haqida ajrim chiqaradi. |
Iltimosnomada boshqa shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish bilan bogʻliq protsessual harakatlarni amalga oshirish zarurati asoslantirilgan boʻlishi kerak. | Iltimosnomada boshqa shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish bilan bogʻliq protsessual harakatlarni amalga oshirish zarurati asoslantirilgan boʻlishi kerak. |
Sud ajrimini ijro etish natijalariga koʻra davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlovchi prokuror sudga yangidan tuzilgan ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi yoxud ularga qoʻshimchani taqdim etadi hamda uning koʻchirma nusxasini sudlanuvchiga va uning himoyachisiga topshiradi. | Sud ajrimini ijro etish natijalariga koʻra davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlovchi prokuror sudga yangidan tuzilgan ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi yoxud ularga qoʻshimchani taqdim etadi hamda uning koʻchirma nusxasini sudlanuvchiga va uning himoyachisiga topshiradi. |
Ilgari eʼlon qilingan ayblov boshqa shaxs ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi munosabati bilan oʻzgartirilgan taqdirda, sud ishni koʻrishni sud muhokamasining umumiy shartlari boʻyicha qayta tiklaydi. Bunday hollarda sud muhokamasining muddati oʻzgartirilgan yoki toʻldirilgan ayblov boʻyicha ishni sudda koʻrish qayta tiklangan paytdan eʼtiboran hisoblanadi. | Ilgari eʼlon qilingan ayblov boshqa shaxs ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi munosabati bilan oʻzgartirilgan taqdirda, sud ishni koʻrishni sud muhokamasining umumiy shartlari boʻyicha qayta tiklaydi. Bunday hollarda sud muhokamasining muddati oʻzgartirilgan yoki toʻldirilgan ayblov boʻyicha ishni sudda koʻrish qayta tiklangan paytdan eʼtiboran hisoblanadi. |
Ish boʻyicha sud tergovi oʻtkazilayotganda sud sudda ishni yuritish toʻxtatib turilguniga qadar oʻtkazilgan protsessual harakatlarni takroran oʻtkazish zarurligi toʻgʻrisidagi masalani taraflarning fikrini inobatga olgan holda hal qiladi. | Ish boʻyicha sud tergovi oʻtkazilayotganda sud sudda ishni yuritish toʻxtatib turilguniga qadar oʻtkazilgan protsessual harakatlarni takroran oʻtkazish zarurligi toʻgʻrisidagi masalani taraflarning fikrini inobatga olgan holda hal qiladi. |
Prokuror tomonidan ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qoʻshimchalar taqdim etilganda, sud sudlanuvchiga, uning himoyachisiga prokuror tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha dalillar va ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qoʻshimcha bilan tanishishga, shuningdek ushbu dalillarga va dalolatnoma yoki xulosaga eʼtirozlar taqdim etishga boʻlgan huquqini taʼminlaydi. | Prokuror tomonidan ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qoʻshimchalar taqdim etilganda, sud sudlanuvchiga, uning himoyachisiga prokuror tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha dalillar va ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qoʻshimcha bilan tanishishga, shuningdek ushbu dalillarga va dalolatnoma yoki xulosaga eʼtirozlar taqdim etishga boʻlgan huquqini taʼminlaydi. |
Sud prokuror tomonidan taqdim etilgan materiallar boʻyicha taraflarning fikrini aniqlaydi va ularni jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish haqida ajrim chiqaradi. | Sud prokuror tomonidan taqdim etilgan materiallar boʻyicha taraflarning fikrini aniqlaydi va ularni jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish haqida ajrim chiqaradi. |
Sud ushbu moddaning yettinchi qismida koʻrsatilgan masalalarni hal qilishda sudlanuvchi, uning himoyachisi huquqlarini taʼminlash uchun sud majlisida oʻn sutkagacha tanaffus eʼlon qiladi. | Sud ushbu moddaning yettinchi qismida koʻrsatilgan masalalarni hal qilishda sudlanuvchi, uning himoyachisi huquqlarini taʼminlash uchun sud majlisida oʻn sutkagacha tanaffus eʼlon qiladi. |
Qoʻshimcha taqdim etilgan yangi dalillarni baholash va tekshirish ushbu Kodeks 443-moddasining ikkinchi qismida belgilangan tartibda oʻtkaziladi. | Qoʻshimcha taqdim etilgan yangi dalillarni baholash va tekshirish ushbu Kodeks 443-moddasining ikkinchi qismida belgilangan tartibda oʻtkaziladi. |
Toʻplangan va qoʻshimcha taqdim etilgan dalillar asosida prokuror taraflar muzokaralarida sudga toʻldirilgan ayblovni inobatga olgan holda qarorning taʼrifini taqdim etadi. | Toʻplangan va qoʻshimcha taqdim etilgan dalillar asosida prokuror taraflar muzokaralarida sudga toʻldirilgan ayblovni inobatga olgan holda qarorning taʼrifini taqdim etadi. |
Agar sud tergovi vaqtida bila turib yolgʻon koʻrsatuv bergan guvoh, jabrlanuvchi yoki bila turib notoʻgʻri xulosa bergan ekspert yoxud bila turib notoʻgʻri tarjima qilgan tarjimon tomonidan jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, sud hukm chiqarganidan soʻng jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi. | Agar sud tergovi vaqtida bila turib yolgʻon koʻrsatuv bergan guvoh, jabrlanuvchi yoki bila turib notoʻgʻri xulosa bergan ekspert yoxud bila turib notoʻgʻri tarjima qilgan tarjimon tomonidan jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, sud hukm chiqarganidan soʻng jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi. |
418-modda. Jinoyat ishining muhokamasini keyinga qoldirish | 418-modda. Jinoyat ishining muhokamasini keyinga qoldirish |
Sud majlisiga chaqirilgan shaxslardan birortasining kelmay qolganligi oqibatida yoki yangi dalillar talab qilib olish zarur boʻlganligi munosabati bilan yoxud sud majlisini olib borishning texnik vositalaridan, shu jumladan videokonferensaloqa tizimlaridan foydalanishda texnik nosozliklar yuzaga kelganligi tufayli jinoyat ishini muhokama qilish mumkin boʻlmasa, sud ishni muhokama qilishni keyinga qoldiradi va sud majlisiga kelmagan shaxslarni chaqirish yoki yangi dalillarni talab qilib olish yoxud texnik nosozliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi. | Sud majlisiga chaqirilgan shaxslardan birortasining kelmay qolganligi oqibatida yoki yangi dalillar talab qilib olish zarur boʻlganligi munosabati bilan yoxud sud majlisini olib borishning texnik vositalaridan, shu jumladan videokonferensaloqa tizimlaridan foydalanishda texnik nosozliklar yuzaga kelganligi tufayli jinoyat ishini muhokama qilish mumkin boʻlmasa, sud ishni muhokama qilishni keyinga qoldiradi va sud majlisiga kelmagan shaxslarni chaqirish yoki yangi dalillarni talab qilib olish yoxud texnik nosozliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi. |
420-modda. Jinoyat ishini koʻrishni toʻxtatish | 420-modda. Jinoyat ishini koʻrishni toʻxtatish |
Sudlanuvchi yashiringan boʻlsa, shuningdek sudga kelishga imkoniyat bermaydigan ruhiy holati buzilgan yoki boshqa ogʻir kasallikka chalingan taqdirda, sud mazkur sudlanuvchiga nisbatan ishni toʻxtatadi va boshqa sudlanuvchilarga nisbatan ishni muhokama qilishni davom ettiraveradi. Agar sud ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalarida nazarda tutilgan tartibda prokurorga qoʻshimcha protsessual harakatlarni amalga oshirishni topshirish haqida ajrim chiqarsa, shuningdek ishni alohida-alohida muhokama qilish haqiqatni aniqlashni qiyinlashtirgan taqdirda, ishni yuritish butunlay toʻxtatiladi. Yashiringan sudlanuvchini qidiruv sud ajrimi bilan eʼlon qilinadi. | Sudlanuvchi yashiringan boʻlsa, shuningdek sudga kelishga imkoniyat bermaydigan ruhiy holati buzilgan yoki boshqa ogʻir kasallikka chalingan taqdirda, sud mazkur sudlanuvchiga nisbatan ishni toʻxtatadi va boshqa sudlanuvchilarga nisbatan ishni muhokama qilishni davom ettiraveradi. Agar sud ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalarida nazarda tutilgan tartibda prokurorga qoʻshimcha protsessual harakatlarni amalga oshirishni topshirish haqida ajrim chiqarsa, shuningdek ishni alohida-alohida muhokama qilish haqiqatni aniqlashni qiyinlashtirgan taqdirda, ishni yuritish butunlay toʻxtatiladi. Yashiringan sudlanuvchini qidiruv sud ajrimi bilan eʼlon qilinadi. |
Sudlanuvchining ogʻir kasal boʻlganligi tufayli ishni koʻrish toʻxtatilgan taqdirda sud unga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasini bekor qilish yoki oʻzgartirish masalasini muhokama qilishi lozim. | Sudlanuvchining ogʻir kasal boʻlganligi tufayli ishni koʻrish toʻxtatilgan taqdirda sud unga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasini bekor qilish yoki oʻzgartirish masalasini muhokama qilishi lozim. |
Sud jinoyat ishini koʻrishni toʻxtatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. | Sud jinoyat ishini koʻrishni toʻxtatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. |
4201-modda. Jinoyat ishini koʻrishni qaytadan boshlash | 4201-modda. Jinoyat ishini koʻrishni qaytadan boshlash |
Jinoyat ishini koʻrishni toʻxtatishning asosi sifatidagi, ushbu Kodeksning 420-moddasida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilgach, toʻxtatilgan jinoyat ishini koʻrish qaytadan boshlanadi. | Jinoyat ishini koʻrishni toʻxtatishning asosi sifatidagi, ushbu Kodeksning 420-moddasida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilgach, toʻxtatilgan jinoyat ishini koʻrish qaytadan boshlanadi. |
Sud jinoyat ishini koʻrishni qaytadan boshlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. | Sud jinoyat ishini koʻrishni qaytadan boshlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. |
Jinoyat ishini koʻrish qaytadan boshlanganda jinoyat ishini muhokama qilish muddatining oʻtishi ham bir vaqtning oʻzida qaytadan boshlanadi. Mazkur muddatni yana uzaytirish ushbu Kodeksning 405 va 4051-moddalari asosida, jinoyat ishini muhokama qilishning jinoyat ishini koʻrish toʻxtatilishidan oldingi muddatini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. | Jinoyat ishini koʻrish qaytadan boshlanganda jinoyat ishini muhokama qilish muddatining oʻtishi ham bir vaqtning oʻzida qaytadan boshlanadi. Mazkur muddatni yana uzaytirish ushbu Kodeksning 405 va 4051-moddalari asosida, jinoyat ishini muhokama qilishning jinoyat ishini koʻrish toʻxtatilishidan oldingi muddatini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. |
421-modda. Sud majlisida jinoyat ishining tugatilishi | 421-modda. Sud majlisida jinoyat ishining tugatilishi |
Agar sud majlisida ushbu Kodeksning 83-moddasida va 84-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlansa, sud ishni koʻrishni davom ettiradi hamda 83-moddada nazarda tutilgan asoslar boʻyicha oqlov hukmi, 84-modda birinchi qismining 1, 2, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha esa aybdor shaxsga jazo tayinlamay, ayblov hukmi chiqaradi. | Agar sud majlisida ushbu Kodeksning 83-moddasida va 84-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlansa, sud ishni koʻrishni davom ettiradi hamda 83-moddada nazarda tutilgan asoslar boʻyicha oqlov hukmi, 84-modda birinchi qismining 1, 2, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha esa aybdor shaxsga jazo tayinlamay, ayblov hukmi chiqaradi. |
422-modda. Ehtiyot chorasi masalasini hal etish | 422-modda. Ehtiyot chorasi masalasini hal etish |
Sud muhokamasi vaqtida sud sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini qoʻllashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga haqlidir. | Sud muhokamasi vaqtida sud sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini qoʻllashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga haqlidir. |
423-modda. Sud majlisida ajrim chiqarish tartibi | 423-modda. Sud majlisida ajrim chiqarish tartibi |
Sud muhokamasi vaqtida hal qilinadigan barcha masalalar yuzasidan sud ajrim chiqaradi. | Sud muhokamasi vaqtida hal qilinadigan barcha masalalar yuzasidan sud ajrim chiqaradi. |
Sud ehtiyot choralarini qoʻllash (oʻzgartirish, bekor qilish) toʻgʻrisidagi, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish haqidagi ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi, ayblanuvchining, sudlanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish haqidagi, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi, rad qilishlar haqidagi ajrimlarni, boshqa organlarga ijro etish uchun yuboriladigan oʻzga ajrimlarni, shuningdek xususiy ajrimlarni alohida xonada (maslahatxonada) chiqaradi. Bu ajrimlar alohida hujjatlar tarzida rasmiylashtiriladi va sud tomonidan imzolanadi. | Sud ehtiyot choralarini qoʻllash (oʻzgartirish, bekor qilish) toʻgʻrisidagi, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish haqidagi, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi, ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi, ayblanuvchining, sudlanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi, murdani eksgumatsiya qilish haqidagi, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi, tintuv oʻtkazish haqidagi, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi, mol-mulkni xatlash haqidagi, rad qilishlar toʻgʻrisidagi ajrimlarni, boshqa organlarga ijro etish uchun yuboriladigan oʻzga ajrimlarni, shuningdek xususiy ajrimlarni alohida xonada (maslahatxonada) chiqaradi. Bu ajrimlar alohida hujjatlar tarzida rasmiylashtiriladi va sud tomonidan imzolanadi. |
Sudlanuvchining boshqa shaxslarga yoki boshqa shaxslarning sudlanuvchiga pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi sud ajrimida aloqa muassasasi tomonidan sudga pochta-telegraf joʻnatmalarini yetkazib berish haqida koʻrsatma boʻlishi lozim. | Sudlanuvchining boshqa shaxslarga yoki boshqa shaxslarning sudlanuvchiga pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi sud ajrimida aloqa muassasasi tomonidan sudga pochta-telegraf joʻnatmalarini yetkazib berish haqida koʻrsatma boʻlishi lozim. |
Ushbu Kodeksning 19-moddasida nazarda tutilgan ishni yopiq sud majlisida koʻrish uchun asoslar mavjud boʻlganda sud ishni yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. | |
Boshqa barcha ajrimlar sudning xohishi bilan yo yuqorida koʻrsatilgan tartibda, yoki oʻz joyida chiqarilib, bu ajrim sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi. | Boshqa barcha ajrimlar sudning xohishi bilan yo yuqorida koʻrsatilgan tartibda, yoki oʻz joyida chiqarilib, bu ajrim sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi. |
Sud muhokamasi vaqtida sudning chiqargan har bir ajrimi darhol eʼlon qilinishi lozim. | Sud muhokamasi vaqtida sudning chiqargan har bir ajrimi darhol eʼlon qilinishi lozim. |
424-modda. Sud majlisining tartibi | 424-modda. Sud majlisining tartibi |
Sudyalar kirib kelayotganda sud majlisi zalida hozir boʻlganlarning hammasi oʻrinlaridan turadilar. | Sudyalar kirib kelayotganda sud majlisi zalida hozir boʻlganlarning hammasi oʻrinlaridan turadilar. |
Sud protsessining barcha ishtirokchilari sudga tik turgan holda murojaat qiladilar, koʻrsatuvlar beradilar va bayonotlar qiladilar. Ushbu qoidadan faqat raislik qiluvchining ruxsati bilangina chetga chiqilishi mumkin. | Sud protsessining barcha ishtirokchilari sudga tik turgan holda murojaat qiladilar, koʻrsatuvlar beradilar va bayonotlar qiladilar. Ushbu qoidadan faqat raislik qiluvchining ruxsati bilangina chetga chiqilishi mumkin. |
Sud protsessining barcha ishtirokchilari, shuningdek sud zalida hozir boʻlgan barcha shaxslar raislik qiluvchining sud majlisida belgilangan tartibga rioya qilish toʻgʻrisidagi farmoyishlarini soʻzsiz bajarishlari lozim. | Sud protsessining barcha ishtirokchilari, shuningdek sud zalida hozir boʻlgan barcha shaxslar raislik qiluvchining sud majlisida belgilangan tartibga rioya qilish toʻgʻrisidagi farmoyishlarini soʻzsiz bajarishlari lozim. |
Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslar, basharti ular sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh boʻlmasalar, sud majlisi zaliga kiritilmaydilar. | Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslar, basharti ular sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh boʻlmasalar, sud majlisi zaliga kiritilmaydilar. |
425-modda. Sud majlisida tartibni buzuvchilarga nisbatan qoʻllaniladigan choralar | 425-modda. Sud majlisida tartibni buzuvchilarga nisbatan qoʻllaniladigan choralar |
Tartibbuzar sud majlisida tartibni buzganida, raislik qiluvchining farmoyishiga boʻysunmaganida yoki sudga hurmatsizlik qilganida unga nisbatan ushbu Kodeksning 272-moddasida nazarda tutilgan choralar qoʻllaniladi. | Tartibbuzar sud majlisida tartibni buzganida, raislik qiluvchining farmoyishiga boʻysunmaganida yoki sudga hurmatsizlik qilganida unga nisbatan ushbu Kodeksning 272-moddasida nazarda tutilgan choralar qoʻllaniladi. |
426-modda. Sud majlisining bayonnomasi | 426-modda. Sud majlisining bayonnomasi |
Sud muhokamasi vaqtida sud majlisining kotibi ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida bayonnoma yuritadi. | Sud muhokamasi vaqtida sud majlisining kotibi ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida bayonnoma yuritadi. |
Bayonnoma qoʻlda yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Bayonnomaning toʻliq boʻlishini taʼminlash uchun audioyozuv vositalaridan, stenogramma yuritishdan foydalanish mumkin. | Bayonnoma qoʻlda yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Bayonnomaning toʻliq boʻlishini taʼminlash uchun audioyozuv vositalaridan, stenogramma yuritishdan foydalanish mumkin. |
Sud majlisining bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi: sud ishining raqami; majlisning joyi va sanasi, majlis boshlangan va tamom boʻlgan vaqt koʻrsatilgan holda; sudning nomi va tarkibi; sud majlisining kotibi, tarjimon, ayblovchi, himoyachi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va uning vakili, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, shuningdek sud chaqirgan boshqa shaxslar; koʻrilayotgan ish; sudlanuvchining shaxsiga doir maʼlumotlar; hozir boʻlgan va hozir boʻlmagan guvohlar hamda ularning kelmaganlik sabablari. Bayonnomada: raislik qiluvchining barcha farmoyishlari koʻrsatiladi va sudning harakatlari qanday tartibda oʻtgan boʻlsa, shu tartibda yoziladi; ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ariza va iltimosnomalari; sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlar koʻrsatuvlarining batafsil mazmuni; berilgan savollarga ekspertning javoblari; sud muzokaralarining ketma-ketligi, sud muzokaralarida ishtirok etgan shaxslarning xulosalari hamda sudlanuvchi oxirgi soʻzining mazmuni; basharti jinoyat protsessi ishtirokchilari iltimos qilsa, ishni koʻrish paytida yuz bergan holatlar toʻgʻrisidagi arzlar aks ettiriladi. | Sud majlisining bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi: sud ishining raqami; majlisning joyi va sanasi, majlis boshlangan va tamom boʻlgan vaqt koʻrsatilgan holda; sudning nomi va tarkibi; sud majlisining kotibi, tarjimon, ayblovchi, himoyachi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va uning vakili, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, shuningdek sud chaqirgan boshqa shaxslar; koʻrilayotgan ish; sudlanuvchining shaxsiga doir maʼlumotlar; hozir boʻlgan va hozir boʻlmagan guvohlar hamda ularning kelmaganlik sabablari. Bayonnomada: raislik qiluvchining barcha farmoyishlari koʻrsatiladi va sudning harakatlari qanday tartibda oʻtgan boʻlsa, shu tartibda yoziladi; ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ariza va iltimosnomalari; sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlar koʻrsatuvlarining batafsil mazmuni; berilgan savollarga ekspertning javoblari; sud muzokaralarining ketma-ketligi, sud muzokaralarida ishtirok etgan shaxslarning xulosalari hamda sudlanuvchi oxirgi soʻzining mazmuni; basharti jinoyat protsessi ishtirokchilari iltimos qilsa, ishni koʻrish paytida yuz bergan holatlar toʻgʻrisidagi arzlar aks ettiriladi. |
Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilganlardan tashqari: | Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilganlardan tashqari: |
sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilganligi haqidagi; | sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilganligi haqidagi; |
texnika vositalari toʻgʻrisidagi; | texnika vositalari toʻgʻrisidagi; |
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga koʻmaklashayotgan sud va xodimlar haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak. | sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga koʻmaklashayotgan sud va xodimlar haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak. |
Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasiga sud majlisida yozib olish texnika vositalaridan foydalanilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi. | Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasiga sud majlisida yozib olish texnika vositalaridan foydalanilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi. |
Audio- va videoyozuv saqlanayotgan elektron yoki boshqa manbalar sud majlisi bayonnomasiga ilova qilinadi, unda ushbu vositalar qoʻllanilganligi haqida belgi qoʻyiladi. | Audio- va videoyozuv saqlanayotgan elektron yoki boshqa manbalar sud majlisi bayonnomasiga ilova qilinadi, unda ushbu vositalar qoʻllanilganligi haqida belgi qoʻyiladi. |
Sud zarur deb topgan hollarda, guvohlar va jabrlanuvchilar sud majlisining bayonnomasidagi oʻzi bergan koʻrsatuvlarni imzolaydi. | Sud zarur deb topgan hollarda, guvohlar va jabrlanuvchilar sud majlisining bayonnomasidagi oʻzi bergan koʻrsatuvlarni imzolaydi. |
Sud majlisining bayonnomasi raislik qiluvchi va sud majlisining kotibi tomonidan imzolanadi. | Sud majlisining bayonnomasi raislik qiluvchi va sud majlisining kotibi tomonidan imzolanadi. |
Sud majlisi bayonnomasining mazmuni boʻyicha raislik qiluvchi bilan sud majlisining kotibi oʻrtasida kelishmovchilik boʻlgan taqdirda, kotib oʻz mulohazalarini bayonnomaga ilova qilishi shart, bu mulohazalar sud tarkibi tomonidan koʻriladi. Ushbu masala yuzasidan ajrim chiqarilib, bayonnomaga ilova qilinadi. | Sud majlisi bayonnomasining mazmuni boʻyicha raislik qiluvchi bilan sud majlisining kotibi oʻrtasida kelishmovchilik boʻlgan taqdirda, kotib oʻz mulohazalarini bayonnomaga ilova qilishi shart, bu mulohazalar sud tarkibi tomonidan koʻriladi. Ushbu masala yuzasidan ajrim chiqarilib, bayonnomaga ilova qilinadi. |
Sud majlisining bayonnomasi hukm chiqarilgan kunning ertasidan, murakkab ishlar boʻyicha esa uch sutkadan kechiktirmay imzolanishi kerak. | Sud majlisining bayonnomasi hukm chiqarilgan kunning ertasidan, murakkab ishlar boʻyicha esa uch sutkadan kechiktirmay imzolanishi kerak. |
Taraflar bayonnomaning va sud majlisi audioyozuvining koʻchirma nusxalarini oʻz hisobidan olishga haqli. | Taraflar bayonnomaning va sud majlisi audioyozuvining koʻchirma nusxalarini oʻz hisobidan olishga haqli. |
427-modda. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan mulohazalar berish va ularni koʻrib chiqish tartibi | 427-modda. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan mulohazalar berish va ularni koʻrib chiqish tartibi |
Sud majlisi bayonnomasi imzolanganidan keyin besh sutka ichida taraflar shu bayonnoma va sud majlisining audioyozuvi yuzasidan oʻz mulohazalarini berishga haqlidirlar. Mulohazalarni raislik qiluvchi koʻrib chiqib, ularga qoʻshilgan taqdirda ularning toʻgʻriligini tasdiqlaydi va sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyadi. | Sud majlisi bayonnomasi imzolanganidan keyin besh sutka ichida taraflar shu bayonnoma va sud majlisining audioyozuvi yuzasidan oʻz mulohazalarini berishga haqlidirlar. Mulohazalarni raislik qiluvchi koʻrib chiqib, ularga qoʻshilgan taqdirda ularning toʻgʻriligini tasdiqlaydi va sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyadi. |
Raislik qiluvchi sud majlisining bayonnomasi yoki audioyozuvi yuzasidan berilgan mulohazalarga qoʻshilmagan taqdirda, bu mulohazalar ushbu ishni koʻrgan sud tarkibi hal etishi uchun kiritiladi. Basharti ishni sudyaning yakka oʻzi koʻrib chiqqan boʻlsa, raislik qiluvchining qarori uzil-kesil hisoblanadi, lekin manfaatdor taraflar bu qaror ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda shikoyat berishi yoki protest bildirishi mumkin. | Raislik qiluvchi sud majlisining bayonnomasi yoki audioyozuvi yuzasidan berilgan mulohazalarga qoʻshilmagan taqdirda, bu mulohazalar ushbu ishni koʻrgan sud tarkibi hal etishi uchun kiritiladi. Basharti ishni sudyaning yakka oʻzi koʻrib chiqqan boʻlsa, raislik qiluvchining qarori uzil-kesil hisoblanadi, lekin manfaatdor taraflar bu qaror ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda shikoyat berishi yoki protest bildirishi mumkin. |
51-bob. SUD MAJLISINING TAYYORLOV QISMI | 51-bob. SUD MAJLISINING TAYYORLOV QISMI |
428-modda. Sud majlisini ochish | 428-modda. Sud majlisini ochish |
Raislik qiluvchi tayinlangan vaqtda sud majlisini ochadi va qanday jinoyat ishi koʻrilishini eʼlon qiladi. | Raislik qiluvchi tayinlangan vaqtda sud majlisini ochadi va qanday jinoyat ishi koʻrilishini eʼlon qiladi. |
429-modda. Protsess ishtirokchilarining sudga kelgan- kelmaganligini tekshirish | 429-modda. Protsess ishtirokchilarining sudga kelgan- kelmaganligini tekshirish |
Sud majlisining kotibi davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, sudlanuvchi, himoyachi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari sudga kelgan-kelmaganligi toʻgʻrisida axborot beradi. Shundan keyin sudga tarjimon, guvohlar, ekspertlar va mutaxassislar kelgan-kelmaganligi tekshiriladi. Kotib hozir boʻlmaganlarning nima sababdan kelmaganligini maʼlum qiladi. | Sud majlisining kotibi davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, sudlanuvchi, himoyachi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari sudga kelgan-kelmaganligi toʻgʻrisida axborot beradi. Shundan keyin sudga tarjimon, guvohlar, ekspertlar va mutaxassislar kelgan-kelmaganligi tekshiriladi. Kotib hozir boʻlmaganlarning nima sababdan kelmaganligini maʼlum qiladi. |
Ishda ishtirok etayotgan shaxslarning kimligi pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar boʻyicha aniqlanadi. | Ishda ishtirok etayotgan shaxslarning kimligi pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar boʻyicha aniqlanadi. |
430-modda. Tarjimonga uning huquqlarini, majburiyatlarini va javobgarligini tushuntirish | 430-modda. Tarjimonga uning huquqlarini, majburiyatlarini va javobgarligini tushuntirish |
Raislik qiluvchi tarjimonga ushbu Kodeksning 72-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarini, shuningdek javobgarligini tushuntiradi. | Raislik qiluvchi tarjimonga ushbu Kodeksning 72-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarini, shuningdek javobgarligini tushuntiradi. |
431-modda. Sud tarkibini, taraflarni eʼlon qilish va rad qilish huquqini tushuntirish | 431-modda. Sud tarkibini, taraflarni eʼlon qilish va rad qilish huquqini tushuntirish |
Raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, kimlar davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, himoyachi, jamoat himoyachisi ekanligini, kimlar jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va kimlar ularning vakillari ekanligini, kimlar sud majlisining kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon ekanligini maʼlum qiladi. Shundan keyin sudlanuvchiga va boshqa taraflarga ularning sudyani, sud tarkibini yoki sudyalardan birortasini, shuningdek taraflardan birortasini rad qilish huquqlarini tushuntiradi. | Raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, kimlar davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, himoyachi, jamoat himoyachisi ekanligini, kimlar jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va kimlar ularning vakillari ekanligini, kimlar sud majlisining kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon ekanligini maʼlum qiladi. Shundan keyin sudlanuvchiga va boshqa taraflarga ularning sudyani, sud tarkibini yoki sudyalardan birortasini, shuningdek taraflardan birortasini rad qilish huquqlarini tushuntiradi. |
Sud majlisida zaxiradagi xalq maslahatchisi ishtirok etayotgan boʻlsa, raislik qiluvchi bu haqda eʼlon qiladi va uning familiyasini aytadi. Zaxiradagi xalq maslahatchisi ham rad qilinishi mumkin. | Sud majlisida zaxiradagi xalq maslahatchisi ishtirok etayotgan boʻlsa, raislik qiluvchi bu haqda eʼlon qiladi va uning familiyasini aytadi. Zaxiradagi xalq maslahatchisi ham rad qilinishi mumkin. |
Rad qilishlar ushbu Kodeksning 80-moddasida belgilangan qoidalar asosida hal qilinadi. | Rad qilishlar ushbu Kodeksning 80-moddasida belgilangan qoidalar asosida hal qilinadi. |
432-modda. Guvohlarni sud majlisi zalidan chiqarib turish | 432-modda. Guvohlarni sud majlisi zalidan chiqarib turish |
Raislik qiluvchi guvohlarning sud majlisi zalidan alohida xonaga chiqib turishlari toʻgʻrisida farmoyish beradi. Keyinchalik u soʻroq qilinmagan guvohlarning soʻroq qilingan guvohlar bilan, shuningdek sud majlisi zalidagi boshqa shaxslar bilan muloqotda boʻlmasligi choralarini koʻradi. | Raislik qiluvchi guvohlarning sud majlisi zalidan alohida xonaga chiqib turishlari toʻgʻrisida farmoyish beradi. Keyinchalik u soʻroq qilinmagan guvohlarning soʻroq qilingan guvohlar bilan, shuningdek sud majlisi zalidagi boshqa shaxslar bilan muloqotda boʻlmasligi choralarini koʻradi. |
433-modda. Protsess ishtirokchilaridan birortasi kelmaganda jinoyat ishini koʻrish mumkinligi yoki mumkin emasligi masalasini hal qilish | 433-modda. Protsess ishtirokchilaridan birortasi kelmaganda jinoyat ishini koʻrish mumkinligi yoki mumkin emasligi masalasini hal qilish |
Sudga chaqirilgan protsess ishtirokchilaridan birortasi kelmagan taqdirda sud jinoyat ishini muhokama qilish mumkinligi yoki mumkin emasligi toʻgʻrisida taraflarning fikrini eshitadi va muhokamani davom ettirish yoki uni keyinga qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. | Sudga chaqirilgan protsess ishtirokchilaridan birortasi kelmagan taqdirda sud jinoyat ishini muhokama qilish mumkinligi yoki mumkin emasligi toʻgʻrisida taraflarning fikrini eshitadi va muhokamani davom ettirish yoki uni keyinga qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. |
Muhokamani keyinga qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan taqdirda sud hozir boʻlgan guvohlar va ekspertni soʻroq qilishi mumkin. Basharti keyinchalik ish sudning yana oʻsha tarkibida yoki oʻsha sudya tomonidan koʻriladigan boʻlsa, protsessning mazkur ishtirokchilari sud majlisiga ikkinchi marta faqat zarurat tugʻilgan hollarda chaqirilishi mumkin. | Muhokamani keyinga qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan taqdirda sud hozir boʻlgan guvohlar va ekspertni soʻroq qilishi mumkin. Basharti keyinchalik ish sudning yana oʻsha tarkibida yoki oʻsha sudya tomonidan koʻriladigan boʻlsa, protsessning mazkur ishtirokchilari sud majlisiga ikkinchi marta faqat zarurat tugʻilgan hollarda chaqirilishi mumkin. |
434-modda. Sudlanuvchining shaxsini va unga protsessual hujjatlarning nusxalari topshirilgan vaqtni aniqlash | 434-modda. Sudlanuvchining shaxsini va unga protsessual hujjatlarning nusxalari topshirilgan vaqtni aniqlash |
Raislik qiluvchi sudlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyini, yashab turgan joyi, mashgʻuloti, maʼlumoti, oilaviy ahvoli va uning shaxsiga daxldor boshqa maʼlumotlarni soʻrab, uning shaxsini aniqlaydi. | Raislik qiluvchi sudlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyini, yashab turgan joyi, mashgʻuloti, maʼlumoti, oilaviy ahvoli va uning shaxsiga daxldor boshqa maʼlumotlarni soʻrab, uning shaxsini aniqlaydi. |
Soʻngra raislik qiluvchi sudlanuvchidan ayblov xulosasining va ayblov dalolatnomasining nusxasi, shuningdek ushbu Kodeks 388-moddasining ikkinchi qismida sanab oʻtilgan protsessual hujjatlarning nusxalari unga topshirilgan-topshirilmaganligini va aynan qachon topshirilganligini soʻraydi. Bu hujjatlarning nusxalari topshirilmagan yoki sud majlisi boshlanishiga uch sutkadan kam muddat qolganda topshirilgan boʻlsa, ishni muhokama qilish keyinga qoldirilishi lozim. | Soʻngra raislik qiluvchi sudlanuvchidan ayblov xulosasining va ayblov dalolatnomasining nusxasi, shuningdek ushbu Kodeks 388-moddasining ikkinchi qismida sanab oʻtilgan protsessual hujjatlarning nusxalari unga topshirilgan-topshirilmaganligini va aynan qachon topshirilganligini soʻraydi. Bu hujjatlarning nusxalari topshirilmagan yoki sud majlisi boshlanishiga uch sutkadan kam muddat qolganda topshirilgan boʻlsa, ishni muhokama qilish keyinga qoldirilishi lozim. |
435-modda. Sudlanuvchiga uning huquqlarini tushuntirish | 435-modda. Sudlanuvchiga uning huquqlarini tushuntirish |
Raislik qiluvchi sudlanuvchining shaxsini aniqlaganidan keyin unga ushbu Kodeksning 46-moddasida nazarda tutilgan sud muhokamasidagi huquqlarini tushuntiradi. Soʻngra sudlanuvchidan ana shu huquqlarning har birini tushungan yoki tushunmaganligini soʻraydi. Basharti sudlanuvchi salbiy javob bersa, raislik qiluvchi uning yoshini, umumiy zakovat darajasini, ruhiy va jismoniy holatini eʼtiborga olib, unga huquqlarini qaytadan tushuntiradi. | Raislik qiluvchi sudlanuvchining shaxsini aniqlaganidan keyin unga ushbu Kodeksning 46-moddasida nazarda tutilgan sud muhokamasidagi huquqlarini tushuntiradi. Soʻngra sudlanuvchidan ana shu huquqlarning har birini tushungan yoki tushunmaganligini soʻraydi. Basharti sudlanuvchi salbiy javob bersa, raislik qiluvchi uning yoshini, umumiy zakovat darajasini, ruhiy va jismoniy holatini eʼtiborga olib, unga huquqlarini qaytadan tushuntiradi. |
436-modda. Taraflarga ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish | 436-modda. Taraflarga ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish |
437-modda. Ekspertga va mutaxassisga ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish | 437-modda. Ekspertga va mutaxassisga ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish |
Raislik qiluvchi ekspertga va mutaxassisga ularning ushbu Kodeksning tegishlicha 68 va 70-moddalarida nazarda tutilgan sud muhokamasidagi huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi. | Raislik qiluvchi ekspertga va mutaxassisga ularning ushbu Kodeksning tegishlicha 68 va 70-moddalarida nazarda tutilgan sud muhokamasidagi huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi. |
438-modda. Iltimoslar qilish va ularni hal etish | 438-modda. Iltimoslar qilish va ularni hal etish |
Sud majlisining tayyorlov qismi iltimoslar bor-yoʻqligini aniqlash bilan yakunlanadi. Raislik qiluvchi taraflardan yangi guvohlar, ekspertlar yoki mutaxassislar chaqirish, ashyoviy dalillar va hujjatlar talab qilib olish toʻgʻrisida ularning iltimoslari bor-yoʻqligini soʻraydi. Iltimos qiluvchi taraf qoʻshimcha dalillar aynan qaysi holatlarni aniqlash uchun zarurligini koʻrsatishi shart. | Sud majlisining tayyorlov qismi iltimoslar bor-yoʻqligini aniqlash bilan yakunlanadi. Raislik qiluvchi taraflardan yangi guvohlar, ekspertlar yoki mutaxassislar chaqirish, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar va hujjatlar talab qilib olish toʻgʻrisida ularning iltimoslari bor-yoʻqligini soʻraydi. Iltimos qiluvchi taraf qoʻshimcha dalillar aynan qaysi holatlarni aniqlash uchun zarurligini koʻrsatishi shart. |
Taraf arz qilgan har bir iltimosni muhokama qilib, sud boshqa tarafning fikrini tinglaydi va basharti, iltimos ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarni aniqlashga qaratilgan boʻlsa, uni qanoatlantiradi, aks holda qanoatlantirishni rad etadi. | Taraf arz qilgan har bir iltimosni muhokama qilib, sud boshqa tarafning fikrini tinglaydi va basharti, iltimos ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarni aniqlashga qaratilgan boʻlsa, uni qanoatlantiradi, aks holda qanoatlantirishni rad etadi. |
Iltimosning rad etilishi sud muhokamasi davomida tarafni keyinchalik boshqa asoslarga koʻra yana shu iltimos bilan murojaat etish huquqidan mahrum qilmaydi. | Iltimosning rad etilishi sud muhokamasi davomida tarafni keyinchalik boshqa asoslarga koʻra yana shu iltimos bilan murojaat etish huquqidan mahrum qilmaydi. |
Sud oʻzining tashabbusi bilan yangi guvohlarni chaqirish, ekspertiza tayinlash, hujjatlarni va boshqa qoʻshimcha dalillarni talab qilib olish toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqlidir. | Sud oʻzining tashabbusi bilan yangi guvohlarni chaqirish, ekspertiza tayinlash, hujjatlarni va boshqa qoʻshimcha dalillarni talab qilib olish toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqlidir. |
Basharti sud qoʻshimcha dalillarni tekshirishni lozim deb topsa, sud majlisiga yangi guvohlar, ekspertlar kelishini yoki hujjatlar talab qilib olinishini taʼminlash choralarini koʻrib, ayni chogʻda muhokamani yo davom ettiradi yoki uni keyinga qoldiradi. | Basharti sud qoʻshimcha dalillarni tekshirishni lozim deb topsa, sud majlisiga yangi guvohlar, ekspertlar kelishini yoki hujjatlar talab qilib olinishini taʼminlash choralarini koʻrib, ayni chogʻda muhokamani yo davom ettiradi yoki uni keyinga qoldiradi. |
52-bob. SUD TERGOVI | 52-bob. SUD TERGOVI |
439-modda. Sud tergovining boshlanishi | 439-modda. Sud tergovining boshlanishi |
Raislik qiluvchi sud tergovi boshlanishi toʻgʻrisida eʼlon qiladi. Sud tergovi ayblov xulosasining xulosa qismida bayon etilgan, sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblovni yoxud ayblov dalolatnomasida bayon etilgan ayblovning mazmunini davlat ayblovchisi tomonidan oʻqib eshittirishdan boshlanadi. Raislik qiluvchi sudlanuvchidan ayblovning mohiyati unga tushunarli yoki tushunarsiz ekanligini va oʻz aybiga iqrorligi yoki iqror emasligini soʻraydi. | Raislik qiluvchi sud tergovi boshlanishi toʻgʻrisida eʼlon qiladi. Sud tergovi ayblov xulosasining xulosa qismida bayon etilgan, sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblovni yoxud ayblov dalolatnomasida bayon etilgan ayblovning mazmunini davlat ayblovchisi tomonidan oʻqib eshittirishdan boshlanadi. Raislik qiluvchi sudlanuvchidan ayblovning mohiyati unga tushunarli yoki tushunarsiz ekanligini va oʻz aybiga iqrorligi yoki iqror emasligini soʻraydi. |
440-modda. Dalillarni tekshirish navbatini belgilash | 440-modda. Dalillarni tekshirish navbatini belgilash |
Sudlanuvchilardan oʻz ayblariga iqrorliklari yoki iqror emasliklari toʻgʻrisida soʻrab boʻlgach, sud dalillarni tekshirish navbati toʻgʻrisida taraflarning takliflarini eshitadi. Bunday navbatni sud ajrimda aks ettiradi. | Sudlanuvchilardan oʻz ayblariga iqrorliklari yoki iqror emasliklari toʻgʻrisida soʻrab boʻlgach, sud dalillarni tekshirish navbati toʻgʻrisida taraflarning takliflarini eshitadi. Bunday navbatni sud ajrimda aks ettiradi. |
Basharti dalillarni tekshirish sudlanuvchilarni soʻroq qilish bilan boshlangan boʻlsa, ulardan keyin sud jabrlanuvchilarni soʻroq qiladi. Sudlanuvchilar koʻrsatuv berishdan bosh tortgan yoki boshqa dalillarning tekshirilishidan oldin koʻrsatuv berishga rozi boʻlmagan taqdirda jabrlanuvchilarni, guvohlarni soʻroq qilish, dalillarni koʻzdan kechirish, guvohlantirish, yozma dalillarni oʻqib eshittirish, ekspertiza oʻtkazish va boshqa sud harakatlarini bajarish navbati toʻgʻrisidagi masalani sud ishning muayyan holatlarini va taraflarning takliflarini inobatga olgan holda hal qiladi. | Basharti dalillarni tekshirish sudlanuvchilarni soʻroq qilish bilan boshlangan boʻlsa, ulardan keyin sud jabrlanuvchilarni soʻroq qiladi. Sudlanuvchilar koʻrsatuv berishdan bosh tortgan yoki boshqa dalillarning tekshirilishidan oldin koʻrsatuv berishga rozi boʻlmagan taqdirda jabrlanuvchilarni, guvohlarni soʻroq qilish, dalillarni koʻzdan kechirish, guvohlantirish, yozma dalillarni oʻqib eshittirish, ekspertiza oʻtkazish va boshqa sud harakatlarini bajarish navbati toʻgʻrisidagi masalani sud ishning muayyan holatlarini va taraflarning takliflarini inobatga olgan holda hal qiladi. |
441-modda. Guvohning qasamyodi va uni javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirish | 441-modda. Guvohning qasamyodi va uni javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirish |
Guvohni soʻroq qilishdan oldin raislik qiluvchi uning shaxsini aniqlaydi va koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik yoki bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiradi. Soʻngra raislik qiluvchi guvohga barchaning oldida oshkora ravishda quyidagi mazmunda qasamyod qilishni taklif etadi: “Ish yuzasidan oʻzimga maʼlum boʻlgan hamma narsani sudga aytib berishga qasamyod qilaman. Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni gapirib beraman, haqiqatdan oʻzga narsani gapirmayman”. Qasamyod matni guvohga uning majburiyati va javobgarligi tushuntirilgani haqidagi guvohning tilxati bilan birgalikda sud majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi. | Guvohni soʻroq qilishdan oldin raislik qiluvchi uning shaxsini aniqlaydi va koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik yoki bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiradi. Soʻngra raislik qiluvchi guvohga barchaning oldida oshkora ravishda quyidagi mazmunda qasamyod qilishni taklif etadi: “Ish yuzasidan oʻzimga maʼlum boʻlgan hamma narsani sudga aytib berishga qasamyod qilaman. Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni gapirib beraman, haqiqatdan oʻzga narsani gapirmayman”. Qasamyod matni guvohga uning majburiyati va javobgarligi tushuntirilgani haqidagi guvohning tilxati bilan birgalikda sud majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi. |
Oʻn olti yoshga toʻlmagan guvohga ham ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan oshkora qasamyod qilish taklif qilinadi, lekin koʻrsatuv berishdan bosh tortgani yoki bila turib yolgʻon koʻrsatuv bergani uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilmaydi va undan tilxat olinmaydi. | Oʻn olti yoshga toʻlmagan guvohga ham ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan oshkora qasamyod qilish taklif qilinadi, lekin koʻrsatuv berishdan bosh tortgani yoki bila turib yolgʻon koʻrsatuv bergani uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilmaydi va undan tilxat olinmaydi. |
442-modda. Sudda soʻroq qilish tartibi | 442-modda. Sudda soʻroq qilish tartibi |
Sudda soʻroq qilish ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan talablarga, shuningdek quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda olib boriladi. | Sudda soʻroq qilish ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan talablarga, shuningdek quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda olib boriladi. |
Har bir guvoh hali soʻroq qilinmagan guvohlar yoʻqligida soʻroq qilinadi. Soʻroq qilingan guvohlar sud majlisi zalida qoladilar va sud tergovi tamom boʻlmasdan ilgari zaldan faqat sudning ijozati bilan chiqib ketishlari mumkin. | Har bir guvoh hali soʻroq qilinmagan guvohlar yoʻqligida soʻroq qilinadi. Soʻroq qilingan guvohlar sud majlisi zalida qoladilar va sud tergovi tamom boʻlmasdan ilgari zaldan faqat sudning ijozati bilan chiqib ketishlari mumkin. |
Voyaga yetmagan guvohni soʻroq qilish haqiqatni aniqlash manfaatlari talab qilgan hollarda sudning ajrimi bilan sudlanuvchining yoʻqligida oʻtkazilishi mumkin. Sudlanuvchi sud majlisi zaliga qaytib kirgandan keyin guvohning bergan koʻrsatuvlari unga maʼlum qilinishi hamda shu guvohga savollar berishga imkoniyat yaratilishi lozim. | Voyaga yetmagan guvohni soʻroq qilish haqiqatni aniqlash manfaatlari talab qilgan hollarda sudning ajrimi bilan sudlanuvchining yoʻqligida oʻtkazilishi mumkin. Sudlanuvchi sud majlisi zaliga qaytib kirgandan keyin guvohning bergan koʻrsatuvlari unga maʼlum qilinishi hamda shu guvohga savollar berishga imkoniyat yaratilishi lozim. |
Voyaga yetmagan guvoh soʻroq qilinib boʻlgach, sud bu guvohning majlis zalida qolishi zarur deb hisoblaydigan hollarni mustasno etganda, sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi lozim. | Voyaga yetmagan guvoh soʻroq qilinib boʻlgach, sud bu guvohning majlis zalida qolishi zarur deb hisoblaydigan hollarni mustasno etganda, sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi lozim. |
Jabrlanuvchi, shuningdek ekspert va mutaxassis sud muhokamasining boshidan oxirigacha sud majlisi zalida boʻlishga va barcha soʻroqlar chogʻida hozir boʻlishga haqlidir. | Jabrlanuvchi, shuningdek ekspert va mutaxassis sud muhokamasining boshidan oxirigacha sud majlisi zalida boʻlishga va barcha soʻroqlar chogʻida hozir boʻlishga haqlidir. |
Sudlanuvchini soʻroq qilish ishning unga maʼlum holatlari toʻgʻrisida koʻrsatuv berishi haqida raislik qiluvchining taklifi bilan boshlanadi. Shundan keyin sudlanuvchini davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar va ularning vakillari, himoyachi, jamoat himoyachisi, fuqaroviy javobgar va uning vakili soʻroq qiladilar. Soʻngra sudlanuvchiga boshqa sudlanuvchilar va ularning himoyachilari savollar berishi mumkin. | Sudlanuvchini soʻroq qilish ishning unga maʼlum holatlari toʻgʻrisida koʻrsatuv berishi haqida raislik qiluvchining taklifi bilan boshlanadi. Shundan keyin sudlanuvchini davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar va ularning vakillari, himoyachi, jamoat himoyachisi, fuqaroviy javobgar va uning vakili soʻroq qiladilar. Soʻngra sudlanuvchiga boshqa sudlanuvchilar va ularning himoyachilari savollar berishi mumkin. |
Jabrlanuvchilarni, shuningdek ayblov xulosasiga va ayblov dalolatnomasiga ilova qilingan roʻyxatga binoan sud majlisiga chaqirilgan yoki ayblovchi tomonning iltimosiga binoan qoʻshimcha ravishda chaqirilgan guvohlar va ekspertlarni soʻroq qilish ham ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi. Basharti guvohlar va ekspertlar sud majlisiga himoya tomonining iltimosiga binoan chaqirilgan boʻlsalar, ularni dastlab shu iltimosni qilgan sudlanuvchi yoki uning himoyachisi, keyin esa boshqa sudlanuvchilar va ularning himoyachilari, jamoat himoyachisi, fuqaroviy javobgar va uning vakili, davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar va ularning vakillari soʻroq qiladilar. | Jabrlanuvchilarni, shuningdek ayblov xulosasiga va ayblov dalolatnomasiga ilova qilingan roʻyxatga binoan sud majlisiga chaqirilgan yoki ayblovchi tomonning iltimosiga binoan qoʻshimcha ravishda chaqirilgan guvohlar va ekspertlarni soʻroq qilish ham ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi. Basharti guvohlar va ekspertlar sud majlisiga himoya tomonining iltimosiga binoan chaqirilgan boʻlsalar, ularni dastlab shu iltimosni qilgan sudlanuvchi yoki uning himoyachisi, keyin esa boshqa sudlanuvchilar va ularning himoyachilari, jamoat himoyachisi, fuqaroviy javobgar va uning vakili, davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar va ularning vakillari soʻroq qiladilar. |
Raislik qiluvchi va xalq maslahatchilari soʻroq qilinayotgan har qanday shaxsga sud tergovining istalgan paytida savollar berishga haqlidir. | Raislik qiluvchi va xalq maslahatchilari soʻroq qilinayotgan har qanday shaxsga sud tergovining istalgan paytida savollar berishga haqlidir. |
Sud majlisida koʻrsatuv berib boʻlgan shaxslarga bergan koʻrsatuvlarini toʻldirish va aniqliklar kiritish uchun sudning ijozati bilan savollar berilishi mumkin. | Sud majlisida koʻrsatuv berib boʻlgan shaxslarga bergan koʻrsatuvlarini toʻldirish va aniqliklar kiritish uchun sudning ijozati bilan savollar berilishi mumkin. |
443-modda. Yozma dalillarni, ekspertlarning xulosalarini va tergov harakatlari bayonnomalarini tekshirish | 443-modda. Yozma dalillarni, ekspertlarning xulosalarini va tergov harakatlari bayonnomalarini tekshirish |
Taraflarning iltimoslariga yoki sudning tashabbusiga koʻra raislik qiluvchi, xalq maslahatchilaridan biri yoki sud majlisining kotibi surishtiruvda va dastlabki tergovda ishga qoʻshib qoʻyilgan, ish uchun ahamiyatli boʻlishi ehtimol tutilgan yozma dalillarni, ekspertlarning xulosalarini va tergov harakatlari bayonnomalarini oʻqib eshittiradi. | Taraflarning iltimoslariga yoki sudning tashabbusiga koʻra raislik qiluvchi, xalq maslahatchilaridan biri yoki sud majlisining kotibi surishtiruvda va dastlabki tergovda ishga qoʻshib qoʻyilgan, ish uchun ahamiyatli boʻlishi ehtimol tutilgan yozma dalillarni, ekspertlarning xulosalarini va tergov harakatlari bayonnomalarini oʻqib eshittiradi. |
Sudning talabiga koʻra yoki boshqa shaxslarning tashabbuslari bilan taqdim qilingan hujjatlarni sud oʻqib eshittiradi va taraflarga taqdim qiladi, ular esa shu hujjatlarning ishga ahamiyati bor-yoʻqligi toʻgʻrisida oʻz fikrlarini bayon qiladilar. Soʻngra sud hujjatlarni ishga qoʻshish yoki tegishliligiga qarab qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. | Sudning talabiga koʻra yoki boshqa shaxslarning tashabbuslari bilan taqdim qilingan hujjatlarni sud oʻqib eshittiradi va taraflarga taqdim qiladi, ular esa shu hujjatlarning ishga ahamiyati bor-yoʻqligi toʻgʻrisida oʻz fikrlarini bayon qiladilar. Soʻngra sud hujjatlarni ishga qoʻshish yoki tegishliligiga qarab qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. |
444-modda. Koʻzdan kechirish | 444-modda. Koʻzdan kechirish |
Sud koʻzdan kechirishni ushbu Kodeksning 135 — 141-moddalarida nazarda tutilgan talablarga va quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda oʻtkazadi. | Sud koʻzdan kechirishni ushbu Kodeksning 135 — 141-moddalarida nazarda tutilgan talablarga va quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda oʻtkazadi. |
Sud surishtiruvda va dastlabki tergovda ishga qoʻshilgan ashyoviy dalillarni, shuningdek taraflar va boshqa shaxslar bevosita sud muhokamasida taqdim etgan narsalarni sud majlisi zalida taraflarning ishtirokida koʻzdan kechiradi. Sud koʻzdan kechirishni oʻtkazishga ekspertlarni, mutaxassislarni, guvohlarni ham jalb etishi mumkin. | Sud surishtiruvda va dastlabki tergovda ishga qoʻshilgan ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni, shuningdek taraflar va boshqa shaxslar bevosita sud muhokamasida taqdim etgan narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni sud majlisi zalida taraflarning ishtirokida koʻzdan kechiradi. Sud koʻzdan kechirishda ishtirok etishga ekspertlarni, mutaxassislarni, guvohlarni ham jalb etishi mumkin. |
Sud joy, binolar, inshootlar, xonalarni, shuningdek sud majlisi zaliga keltirib boʻlmaydigan transport vositalari va boshqa obyektlarni ular turgan joyga borib ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar ishtirokida koʻzdan kechiradi. | Sud joy, binolar, inshootlar, xonalarni, shuningdek sud majlisi zaliga keltirib boʻlmaydigan transport vositalari va boshqa obyektlarni ular turgan joyga borib ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar ishtirokida koʻzdan kechiradi. |
445-modda. Guvohlantirish | 445-modda. Guvohlantirish |
Sud tergovida guvohlantirishni sud ushbu Kodeksning 142 — 147-moddalarida nazarda tutilgan talablarga hamda quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda oʻtkazadi. | Sud tergovida guvohlantirishni sud ushbu Kodeksning 142 — 147-moddalarida nazarda tutilgan talablarga hamda quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda oʻtkazadi. |
Guvohlantirish yechintirib yalangʻochlash bilan bogʻliq boʻlsa, alohida xonada shifokor yoki boshqa mutaxassis tomonidan, guvohlantirilayotgan shaxsning jinsidagi xolislar ishtirokida oʻtkaziladi. Guvohlantirish oʻtkazib boʻlinganidan soʻng protsessning mazkur ishtirokchilari sud majlisi zaliga qaytib kiradilar va u yerda taraflarning, guvohlantirilgan shaxsning va xolislarning ishtirokida shifokor yoki boshqa mutaxassis guvohlantirilgan shaxsning badanida izlar yoki belgilar aniqlangan boʻlsa, shu xususda axborot beradi hamda taraflarning, sudyalarning savollariga javob beradi. Bu maʼlumotlar, shuningdek guvohlantirilgan shaxsning hamda xolislarning mulohaza va tushuntirishlari sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi va ular shifokorning, boshqa mutaxassisning, guvohlantirilgan shaxsning va xolislarning imzolari bilan tasdiqlanadi. | Guvohlantirish yechintirib yalangʻochlash bilan bogʻliq boʻlsa, alohida xonada shifokor yoki boshqa mutaxassis tomonidan, guvohlantirilayotgan shaxsning jinsidagi xolislar ishtirokida oʻtkaziladi. Guvohlantirish oʻtkazib boʻlinganidan soʻng protsessning mazkur ishtirokchilari sud majlisi zaliga qaytib kiradilar va u yerda taraflarning, guvohlantirilgan shaxsning va xolislarning ishtirokida shifokor yoki boshqa mutaxassis guvohlantirilgan shaxsning badanida izlar yoki belgilar aniqlangan boʻlsa, shu xususda axborot beradi hamda taraflarning, sudyalarning savollariga javob beradi. Bu maʼlumotlar, shuningdek guvohlantirilgan shaxsning hamda xolislarning mulohaza va tushuntirishlari sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi va ular shifokorning, boshqa mutaxassisning, guvohlantirilgan shaxsning va xolislarning imzolari bilan tasdiqlanadi. |
446-modda. Ekspertiza | 446-modda. Ekspertiza |
Sud tergovida ekspertiza ushbu Kodeksning 172 — 187-moddalarida nazarda tutilgan talablarga va quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda tayinlanadi va oʻtkaziladi. | Sud tergovida ekspertiza ushbu Kodeksning 172 — 187-moddalarida nazarda tutilgan talablarga va quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda tayinlanadi va oʻtkaziladi. |
Sud majlisida ekspertizani ilgari sudgacha ish yuritish bosqichida xulosa bergan ekspertlar yoki sud tayinlagan yangi ekspertlar yoxud ham ilgarigi, ham keyin tayinlangan ekspertlar birgalikda oʻtkazadi. | Sud majlisida ekspertizani ilgari sudgacha ish yuritish bosqichida xulosa bergan ekspertlar yoki sud tayinlagan yangi ekspertlar yoxud ham ilgarigi, ham keyin tayinlangan ekspertlar birgalikda oʻtkazadi. |
Taraflardan birortasining iltimosi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan sud ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi va uni sud majlisida oʻqib eshittiradi. Ajrimda ekspertiza oʻtkazish topshirilgan shaxs yoki ekspertiza muassasasi koʻrsatiladi va ekspert oldiga savollar qoʻyiladi. Bunda sud taraflarga ularning ekspertni rad etish, taraf koʻrsatgan qoʻshimcha shaxsni ekspertlar safiga kiritish, ekspert oldiga qoʻshimcha savollar qoʻyish, ekspertizani taraflarning ishtirokida oʻtkazish toʻgʻrisida iltimoslar qilish, shuningdek ekspertiza davomida izohot berib borish huquqiga ega ekanliklarini tushuntiradi. | Taraflardan birortasining iltimosi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan sud ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi va uni sud majlisida oʻqib eshittiradi. Ajrimda ekspertiza oʻtkazish topshirilgan shaxs yoki ekspertiza muassasasi koʻrsatiladi va ekspert oldiga savollar qoʻyiladi. Bunda sud taraflarga ularning ekspertni rad etish, taraf koʻrsatgan qoʻshimcha shaxsni ekspertlar safiga kiritish, ekspert oldiga qoʻshimcha savollar qoʻyish, ekspertizani taraflarning ishtirokida oʻtkazish toʻgʻrisida iltimoslar qilish, shuningdek ekspertiza davomida izohot berib borish huquqiga ega ekanliklarini tushuntiradi. |
Iltimoslar yoki ekspertni rad qilish toʻgʻrisidagi arzlarni sud ushbu Kodeksning 80-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq holda koʻrib chiqadi. | Iltimoslar yoki ekspertni rad qilish toʻgʻrisidagi arzlarni sud ushbu Kodeksning 80-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq holda koʻrib chiqadi. |
Sud tergovida ekspert soʻroq qilinayotgan shaxslarga savollar berishga, yozma dalillar, tergov harakatlarining bayonnomalari, boshqa ekspertlarning xulosalari bilan tanishishga, koʻzdan kechirishlar, eksperimentlarda va ekspertiza predmetiga oid sudning boshqa harakatlarida ishtirok etishga haqlidir. | Sud tergovida ekspert soʻroq qilinayotgan shaxslarga savollar berishga, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, tergov harakatlarining bayonnomalari, boshqa ekspertlarning xulosalari bilan tanishishga, koʻzdan kechirishlar, eksperimentlarda va ekspertiza predmetiga oid sudning boshqa harakatlarida ishtirok etishga haqlidir. |
Sud tergovi davomida ekspertning oldiga qoʻshimcha savollar qoʻyilishi mumkin. | Sud tergovi davomida ekspertning oldiga qoʻshimcha savollar qoʻyilishi mumkin. |
Ekspertiza predmetiga oid holatlar tekshiruvi tugallangach, sud xulosa tayyorlash uchun ekspertga muhlat beradi. Basharti buning uchun laboratoriya tadqiqotlari oʻtkazish lozim boʻlsa, sud ekspertga tegishli obyektlarni beradi. | Ekspertiza predmetiga oid holatlar tekshiruvi tugallangach, sud xulosa tayyorlash uchun ekspertga muhlat beradi. Basharti buning uchun laboratoriya tadqiqotlari oʻtkazish lozim boʻlsa, sud ekspertga tegishli obyektlarni beradi. |
Ekspert oʻz xulosasini sud majlisida oʻqib eshittiradi. Xulosa sud majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi. | Ekspert oʻz xulosasini sud majlisida oʻqib eshittiradi. Xulosa sud majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi. |
Ekspert xulosa berganidan soʻng, xulosada bayon qilingan holatlar boʻyicha u sud majlisida soʻroq qilinishi mumkin. | Ekspert xulosa berganidan soʻng, xulosada bayon qilingan holatlar boʻyicha u sud majlisida soʻroq qilinishi mumkin. |
447-modda. Tanib olish uchun koʻrsatish, eksperiment oʻtkazish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish | 447-modda. Tanib olish uchun koʻrsatish, eksperiment oʻtkazish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish |
Sud tergovida tanib olish uchun koʻrsatish, eksperiment oʻtkazish va ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish ushbu Kodeksning 125 — 131, 153 — 156, 188 — 197-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq oʻtkaziladi. Taraflar shu sud harakatlari munosabati bilan iltimoslar qilishga va oʻz mulohazalarini bildirishga haqlidirlar. | Sud tergovida tanib olish uchun koʻrsatish, eksperiment oʻtkazish va ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish ushbu Kodeksning 125 — 131, 153 — 156, 188 — 197-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq oʻtkaziladi. Taraflar shu sud harakatlari munosabati bilan iltimoslar qilishga va oʻz mulohazalarini bildirishga haqlidirlar. |
Sud ushbu harakatlarni oʻtkazishda koʻmaklashishni surishtiruvchi yoki tergovchidan talab qilishga haqlidir. | Sud ushbu harakatlarni oʻtkazishda koʻmaklashishni surishtiruvchi yoki tergovchidan talab qilishga haqlidir. |
Tanib olish uchun koʻrsatish, eksperiment oʻtkazish hamda namunalar olish jarayoni va natijalari, shuningdek mazkur sud harakatlarining yuritilishi munosabati bilan bildirilgan iltimoslar, mulohazalar va tushuntirishlar sud majlisining bayonnomasida qayd qilinadi. | Tanib olish uchun koʻrsatish, eksperiment oʻtkazish hamda namunalar olish jarayoni va natijalari, shuningdek mazkur sud harakatlarining yuritilishi munosabati bilan bildirilgan iltimoslar, mulohazalar va tushuntirishlar sud majlisining bayonnomasida qayd qilinadi. |
448-modda. Sud tergovining tamomlanishi | 448-modda. Sud tergovining tamomlanishi |
Barcha dalillar tekshirib chiqilganidan keyin raislik qiluvchi taraflardan ular sud tergovini toʻldirmoqchilarmi va toʻldirmoqchi boʻlsalar, nima bilan toʻldirmoqchi ekanliklarini soʻraydi. Basharti bu haqda iltimos qilinsa, sud uni muhokama qiladi va hal etadi. | Barcha dalillar tekshirib chiqilganidan keyin raislik qiluvchi taraflardan ular sud tergovini toʻldirmoqchilarmi va toʻldirmoqchi boʻlsalar, nima bilan toʻldirmoqchi ekanliklarini soʻraydi. Basharti bu haqda iltimos qilinsa, sud uni muhokama qiladi va hal etadi. |
Iltimoslarni qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha harakatlar bajarilganidan soʻng raislik qiluvchi sud tergovini tamom boʻlgan deb eʼlon qiladi. | Iltimoslarni qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha harakatlar bajarilganidan soʻng raislik qiluvchi sud tergovini tamom boʻlgan deb eʼlon qiladi. |
53-bob. TARAFLARNING MUZOKARASI VA SUDLANUVCHINING OXIRGI SOʻZI | 53-bob. TARAFLARNING MUZOKARASI VA SUDLANUVCHINING OXIRGI SOʻZI |
449-modda. Taraflar muzokarasining mazmuni va tartibi | 449-modda. Taraflar muzokarasining mazmuni va tartibi |
Sud tergovi tamomlanganidan soʻng sud taraflarning muzokarasini eshitishga oʻtadi. Muzokara davlat ayblovchisi va jamoat ayblovchisining nutqlari bilan boshlanadi. Soʻngra jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki ularning vakillari, himoyachi va jamoat himoyachisi, sudlanuvchi, fuqaroviy javobgar yoki uning vakili soʻzga chiqadi. | Sud tergovi tamomlanganidan soʻng sud taraflarning muzokarasini eshitishga oʻtadi. Muzokara davlat ayblovchisi va jamoat ayblovchisining nutqlari bilan boshlanadi. Soʻngra jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar yoki ularning vakillari, himoyachi va jamoat himoyachisi, sudlanuvchi, fuqaroviy javobgar yoki uning vakili soʻzga chiqadi. |
Davlat ayblovchisi va jamoat ayblovchisining, shuningdek himoyachi va jamoat himoyachisining soʻzga chiqish navbatini sud ularning takliflarini inobatga olgan holda belgilaydi. | Davlat ayblovchisi va jamoat ayblovchisining, shuningdek himoyachi va jamoat himoyachisining soʻzga chiqish navbatini sud ularning takliflarini inobatga olgan holda belgilaydi. |
Taraflar oʻzlarining nutqlarida sud tergovida koʻrib chiqilmagan dalillarni keltirishga haqli emas. Tekshirish uchun sudga yangi dalillarni taqdim etish lozim boʻlsa, taraflar sud tergovini yangidan boshlash toʻgʻrisida iltimos qilishlari mumkin. | Taraflar oʻzlarining nutqlarida sud tergovida koʻrib chiqilmagan dalillarni keltirishga haqli emas. Tekshirish uchun sudga yangi dalillarni taqdim etish lozim boʻlsa, taraflar sud tergovini yangidan boshlash toʻgʻrisida iltimos qilishlari mumkin. |
Davlat ayblovchisi sud tergovining yakunlarini inobatga olib, oʻz nutqida sudlanuvchining aybliligi yoki aybli emasligi toʻgʻrisidagi xulosasini asoslantirishi lozim. Davlat ayblovchisi sudlanuvchi aybli degan xulosaga kelganda, unga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan jazo turi va meʼyori haqida sudga oʻz fikrini bayon qiladi. | Davlat ayblovchisi sud tergovining yakunlarini inobatga olib, oʻz nutqida sudlanuvchining aybliligi yoki aybli emasligi toʻgʻrisidagi xulosasini asoslantirishi lozim. Davlat ayblovchisi sudlanuvchi aybli degan xulosaga kelganda, unga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan jazo turi va meʼyori haqida sudga oʻz fikrini bayon qiladi. |
Taraflar nutq soʻzlab boʻlganlaridan keyin, ulardan har biri boshqa tarafning nutqlarida aytilgan masalalar yuzasidan eʼtirozlar yoki mulohazalar bilan yana bir martadan soʻzga chiqishlari mumkin. Soʻnggi eʼtiroz bildirish huquqi hamisha himoyachi va sudlanuvchiga beriladi. | Taraflar nutq soʻzlab boʻlganlaridan keyin, ulardan har biri boshqa tarafning nutqlarida aytilgan masalalar yuzasidan eʼtirozlar yoki mulohazalar bilan yana bir martadan soʻzga chiqishlari mumkin. Soʻnggi eʼtiroz bildirish huquqi hamisha himoyachi va sudlanuvchiga beriladi. |
Sud taraflarning muzokarasini muayyan muddat bilan cheklab qoʻyishi mumkin emas, lekin raislik qiluvchi muzokarada ishtirok etayotgan shaxslarning nutqlarini, basharti ular koʻrilayotgan ishga daxli yoʻq holatlarga taalluqli boʻlsa, toʻxtatib qoʻyishga haqlidir. | Sud taraflarning muzokarasini muayyan muddat bilan cheklab qoʻyishi mumkin emas, lekin raislik qiluvchi muzokarada ishtirok etayotgan shaxslarning nutqlarini, basharti ular koʻrilayotgan ishga daxli yoʻq holatlarga taalluqli boʻlsa, toʻxtatib qoʻyishga haqlidir. |
450-modda. Taraflarning ayblovning mohiyati yuzasidan takliflari | 450-modda. Taraflarning ayblovning mohiyati yuzasidan takliflari |
Muzokara tamom boʻlganidan keyin taraflar ushbu Kodeks 457-moddasining birinchi qismidagi 1 — 6-bandlarda nazarda tutilgan masalalar yuzasidan chiqariladigan qarorning oʻzlari taklif etadigan mazmunini sudga yozma ravishda taqdim etishlari mumkin. Davlat ayblovchisi va himoyachi uchun qarorning bunday mazmunini sudga taqdim etish majburiydir. | Muzokara tamom boʻlganidan keyin taraflar ushbu Kodeks 457-moddasining birinchi qismidagi 1 — 6-bandlarda nazarda tutilgan masalalar yuzasidan chiqariladigan qarorning oʻzlari taklif etadigan mazmunini sudga yozma ravishda taqdim etishlari mumkin. Davlat ayblovchisi va himoyachi uchun qarorning bunday mazmunini sudga taqdim etish majburiydir. |
451-modda. Sudlanuvchining oxirgi soʻzi | 451-modda. Sudlanuvchining oxirgi soʻzi |
Taraflarning muzokarasi tamom boʻlganidan keyin raislik qiluvchi sudlanuvchiga oxirgi soʻz beradi. Sudlanuvchining oxirgi soʻzi vaqtida unga hech qanday savol berishga yoʻl qoʻyilmaydi. | Taraflarning muzokarasi tamom boʻlganidan keyin raislik qiluvchi sudlanuvchiga oxirgi soʻz beradi. Sudlanuvchining oxirgi soʻzi vaqtida unga hech qanday savol berishga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Sud sudlanuvchining oxirgi soʻzini muayyan muddat bilan cheklab qoʻyishi mumkin emas, lekin raislik qiluvchi sudlanuvchining soʻzini, u ishga mutlaqo aloqasi yoʻq holatlarni bayon qila boshlagan hollarda, toʻxtatishga haqlidir. | Sud sudlanuvchining oxirgi soʻzini muayyan muddat bilan cheklab qoʻyishi mumkin emas, lekin raislik qiluvchi sudlanuvchining soʻzini, u ishga mutlaqo aloqasi yoʻq holatlarni bayon qila boshlagan hollarda, toʻxtatishga haqlidir. |
452-modda. Sud tergovini yangidan boshlash | 452-modda. Sud tergovini yangidan boshlash |
Basharti taraflar muzokaradagi nutqlarida yoki sudlanuvchi oxirgi soʻzida ish uchun muhim ahamiyatga molik yangi holatlar toʻgʻrisida gapirsalar yoki muqaddam tekshirilmagan, lekin ishga aloqador dalillarni keltirsalar, sud taraflarning iltimoslariga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan sud tergovini yangidan boshlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Yangidan boshlangan sud tergovi tamom boʻlganidan keyin sud taraflarning muzokarasini yangitdan ochadi va sudlanuvchiga oxirgi soʻz beradi. | Basharti taraflar muzokaradagi nutqlarida yoki sudlanuvchi oxirgi soʻzida ish uchun muhim ahamiyatga molik yangi holatlar toʻgʻrisida gapirsalar yoki muqaddam tekshirilmagan, lekin ishga aloqador dalillarni keltirsalar, sud taraflarning iltimoslariga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan sud tergovini yangidan boshlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Yangidan boshlangan sud tergovi tamom boʻlganidan keyin sud taraflarning muzokarasini yangitdan ochadi va sudlanuvchiga oxirgi soʻz beradi. |
453-modda. Sudning qaror qabul qilish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishi | 453-modda. Sudning qaror qabul qilish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishi |
Sudlanuvchining oxirgi soʻzini eshitib boʻlganidan soʻng sud hukm chiqarish yoki ajrim chiqarish uchun darhol alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi. Bu haqda raislik qiluvchi sud majlisi zalida hozir boʻlganlarga eʼlon qiladi. | Sudlanuvchining oxirgi soʻzini eshitib boʻlganidan soʻng sud hukm chiqarish yoki ajrim chiqarish uchun darhol alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi. Bu haqda raislik qiluvchi sud majlisi zalida hozir boʻlganlarga eʼlon qiladi. |
54-bob. HUKM | 54-bob. HUKM |
454-modda. Hukm chiqarish | 454-modda. Hukm chiqarish |
Sud hukmni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqaradi. | Sud hukmni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqaradi. |
455-modda. Hukmning qonuniy, asosli va adolatli boʻlishi | 455-modda. Hukmning qonuniy, asosli va adolatli boʻlishi |
Hukm qonuniy, asosli va adolatli boʻlishi shart. | Hukm qonuniy, asosli va adolatli boʻlishi shart. |
Hukm qonunning barcha talablariga amal qilingan holda va qonun asosida chiqarilgan boʻlsa, qonuniy deb eʼtirof etiladi. | Hukm qonunning barcha talablariga amal qilingan holda va qonun asosida chiqarilgan boʻlsa, qonuniy deb eʼtirof etiladi. |
Hukm ishning haqiqiy holatlari unda kerakligicha toʻla va yuz berganiga haqiqatan monand tarzda aniqlangan boʻlsa, asosli deb eʼtirof etiladi. | Hukm ishning haqiqiy holatlari unda kerakligicha toʻla va yuz berganiga haqiqatan monand tarzda aniqlangan boʻlsa, asosli deb eʼtirof etiladi. |
Hukm aybdorga nisbatan jazo yoki boshqa taʼsir chorasi u sodir etgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va uning shaxsi eʼtiborga olinib tayinlangan boʻlsa, aybsiz shaxs esa oqlangan va reabilitatsiya etilgan boʻlsa, adolatli deb eʼtirof etiladi. | Hukm aybdorga nisbatan jazo yoki boshqa taʼsir chorasi u sodir etgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va uning shaxsi eʼtiborga olinib tayinlangan boʻlsa, aybsiz shaxs esa oqlangan va reabilitatsiya etilgan boʻlsa, adolatli deb eʼtirof etiladi. |
Sud hukmni faqat sud muhokamasida tekshirilgan dalillar bilan asoslaydi. | Sud hukmni faqat sud muhokamasida tekshirilgan dalillar bilan asoslaydi. |
Sudning hukmda ifodalangan barcha xulosalari asoslantirilgan boʻlishi lozim. | Sudning hukmda ifodalangan barcha xulosalari asoslantirilgan boʻlishi lozim. |
456-modda. Sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi | 456-modda. Sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi |
Sudya hukmni alohida xonada, sud esa maslahatxonada chiqaradi. Bunday paytda mazkur xonada faqat sudyaning oʻzi yoki ushbu ish boʻyicha sud tarkibiga kirgan sudyalar hozir boʻlishlari mumkin. Boshqa shaxslarning hozir boʻlishlariga yoʻl qoʻyilmaydi. | Sudya hukmni alohida xonada, sud esa maslahatxonada chiqaradi. Bunday paytda mazkur xonada faqat sudyaning oʻzi yoki ushbu ish boʻyicha sud tarkibiga kirgan sudyalar hozir boʻlishlari mumkin. Boshqa shaxslarning hozir boʻlishlariga yoʻl qoʻyilmaydi. |
Kech kirishi bilan, zarurat boʻlgan taqdirda esa, kun davomida ham sud maslahatni toʻxtatishga haqlidir. Maslahatlashuv dam olish kuni va bayram kunida ham toʻxtatiladi. Sudyalar maslahatlashuv vaqtida aytilgan mulohazalarni oshkor qilishga haqli emas. | Kech kirishi bilan, zarurat boʻlgan taqdirda esa, kun davomida ham sud maslahatni toʻxtatishga haqlidir. Maslahatlashuv dam olish kuni va bayram kunida ham toʻxtatiladi. Sudyalar maslahatlashuv vaqtida aytilgan mulohazalarni oshkor qilishga haqli emas. |
457-modda. Hukm chiqarish vaqtida sud hal qiladigan masalalar | 457-modda. Hukm chiqarish vaqtida sud hal qiladigan masalalar |
Sud hukm chiqarish vaqtida alohida xonada (maslahatxonada) quyidagi masalalarni hal qiladi: | Sud hukm chiqarish vaqtida alohida xonada (maslahatxonada) quyidagi masalalarni hal qiladi: |
1) sudlanuvchi aybli deb topilayotgan qilmish haqiqatan sodir etilganmi; | 1) sudlanuvchi aybli deb topilayotgan qilmish haqiqatan sodir etilganmi; |
2) bu qilmish jinoyat deb hisoblanadimi va u Jinoyat kodeksining qaysi moddasida nazarda tutilgan; | 2) bu qilmish jinoyat deb hisoblanadimi va u Jinoyat kodeksining qaysi moddasida nazarda tutilgan; |
3) bu qilmishni sudlanuvchi sodir etganmi; | 3) bu qilmishni sudlanuvchi sodir etganmi; |
4) sudlanuvchi jinoyat sodir etilishida ayblimi va, basharti aybli boʻlsa, uning aybi qanday shaklda; | 4) sudlanuvchi jinoyat sodir etilishida ayblimi va, basharti aybli boʻlsa, uning aybi qanday shaklda; |
5) sudlanuvchining javobgarligini yengillashtiradigan va ogʻirlashtiradigan holatlar bormi; | 5) sudlanuvchining javobgarligini yengillashtiradigan va ogʻirlashtiradigan holatlar bormi; |
6) sudlanuvchi sodir etgan jinoyati uchun jazolanishi kerakmi; | 6) sudlanuvchi sodir etgan jinoyati uchun jazolanishi kerakmi; |
7) sudlanuvchiga qanday jazo tayinlanishi lozim va u shu jazoni oʻtashi kerakmi; | 7) sudlanuvchiga qanday jazo tayinlanishi lozim va u shu jazoni oʻtashi kerakmi; |
8) sudlanuvchini Jinoyat kodeksining 34-moddasiga muvofiq oʻta xavfli retsidivist deb topish lozimmi; | 8) sudlanuvchini Jinoyat kodeksining 34-moddasiga muvofiq oʻta xavfli retsidivist deb topish lozimmi; |
9) ozodlikdan mahrum qilingan mahkum jazoni qanday tartibli koloniyada oʻtashi lozim va jazo muddatining bir qismini turmada oʻtashi kerakmi; | 9) ozodlikdan mahrum qilingan mahkum jazoni qanday tartibli koloniyada oʻtashi lozim va jazo muddatining bir qismini turmada oʻtashi kerakmi; |
10) fuqaroviy daʼvo qanoatlantirilishi kerakmi, bu daʼvo kimning foydasiga va qancha miqdorda qanoatlantirilishi lozim, shuningdek fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatilmagan boʻlsa, jinoyat tufayli keltirilgan mulkiy zarar undirilishi kerakmi, sudlanuvchilar sheriklik yoki hissadorlik tartibida javobgarlikka tortilishlari lozimmi; | 10) fuqaroviy daʼvo qanoatlantirilishi kerakmi, bu daʼvo kimning foydasiga va qancha miqdorda qanoatlantirilishi lozim, shuningdek fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatilmagan boʻlsa, jinoyat tufayli keltirilgan mulkiy zarar undirilishi kerakmi, sudlanuvchilar sheriklik yoki hissadorlik tartibida javobgarlikka tortilishlari lozimmi; |
11) fuqaroviy daʼvoni taʼminlash uchun xatlangan mol-mulkni nima qilish kerak; | 11) fuqaroviy daʼvoni taʼminlash uchun xatlangan mol-mulkni nima qilish kerak; |
12) ashyoviy dalillarni nima qilish kerak; | 12) ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni nima qilish kerak; |
13) protsess chiqimlarini kimning zimmasiga va qancha miqdorda yuklash kerak; | 13) protsess chiqimlarini kimning zimmasiga va qancha miqdorda yuklash kerak; |
14) sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash, ilgarigisini qoldirish, oʻzgartirish yoki bekor qilish kerakmi; | 14) sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash, ilgarigisini qoldirish, oʻzgartirish yoki bekor qilish kerakmi; |
15) sudlanuvchiga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoxud uning ustidan homiylik belgilash zarurmi. | 15) sudlanuvchiga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoxud uning ustidan homiylik belgilash zarurmi. |
16) sudlanuvchiga nisbatan lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish kerakmi. | 16) sudlanuvchiga nisbatan lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish kerakmi. |
17) sudlanuvchiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish zarurmi. | |
Sudlanuvchi bir necha jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan boʻlsa, sud ushbu moddaning 1 — 8-bandlarida nazarda tutilgan masalalarni har bir jinoyat boʻyicha alohida-alohida hal qiladi. | Sudlanuvchi bir necha jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan boʻlsa, sud ushbu moddaning 1 — 8-bandlarida nazarda tutilgan masalalarni har bir jinoyat boʻyicha alohida-alohida hal qiladi. |
Jinoyatni sodir etishda bir necha sudlanuvchi ayblanayotgan boʻlsa, sud ushbu moddada koʻrsatilgan masalalarni har bir sudlanuvchiga nisbatan alohida-alohida hal qiladi. | Jinoyatni sodir etishda bir necha sudlanuvchi ayblanayotgan boʻlsa, sud ushbu moddada koʻrsatilgan masalalarni har bir sudlanuvchiga nisbatan alohida-alohida hal qiladi. |
Ushbu moddaning 15-bandida nazarda tutilgan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari ekspertning tegishli xulosasi mavjud boʻlgandagina qoʻllanilishi mumkin. | Ushbu moddaning 15-bandida nazarda tutilgan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari ekspertning tegishli xulosasi mavjud boʻlgandagina qoʻllanilishi mumkin. |
Sud muhokamasi jarayonida ushbu Kodeks 533-moddasining birinchi qismi 1 — 4-bandlarida nazarda tutilgan holatlardan birortasi aniqlanib qolsa, sud hukmning ijrosini qonunda belgilangan tartibda kechiktirish masalasini muhokama qilishi shart. | Sud muhokamasi jarayonida ushbu Kodeks 533-moddasining birinchi qismi 1 — 4-bandlarida nazarda tutilgan holatlardan birortasi aniqlanib qolsa, sud hukmning ijrosini qonunda belgilangan tartibda kechiktirish masalasini muhokama qilishi shart. |
458-modda. Sudlanuvchining ruhiy holati buzilganligi va aqli norasoligi masalasini muhokama qilish | 458-modda. Sudlanuvchining ruhiy holati buzilganligi va aqli norasoligi masalasini muhokama qilish |
Surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi vaqtida sudlanuvchining ruhiy holati buzilganligi va aqli norasoligi haqidagi masala yuzaga kelgan hollarda sud hukm chiqarish chogʻida bu masalani yana bir bor muhokama qilishi shart. Sud sudlanuvchi ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli norasolik holatda boʻlgan yoki uni sodir etganidan keyin oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan darajada ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan deb topgan taqdirda, ushbu Kodeksning 577-moddasida nazarda tutilgan ajrimni chiqaradi. | Surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi vaqtida sudlanuvchining ruhiy holati buzilganligi va aqli norasoligi haqidagi masala yuzaga kelgan hollarda sud hukm chiqarish chogʻida bu masalani yana bir bor muhokama qilishi shart. Sud sudlanuvchi ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli norasolik holatda boʻlgan yoki uni sodir etganidan keyin oʻz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan darajada ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan deb topgan taqdirda, ushbu Kodeksning 577-moddasida nazarda tutilgan ajrimni chiqaradi. |
459-modda. Shartli hukm qilingan shaxs ustidan kuzatuv olib borish masalasini muhokama qilish | 459-modda. Shartli hukm qilingan shaxs ustidan kuzatuv olib borish masalasini muhokama qilish |
Shartli hukm qoʻllanilganda sud shartli hukm qilingan shaxs ustidan kuzatuv olib borishni kimga yuklatish lozimligini hal qiladi. | Shartli hukm qoʻllanilganda sud shartli hukm qilingan shaxs ustidan kuzatuv olib borishni kimga yuklatish lozimligini hal qiladi. |
Shartli hukm qilish toʻgʻrisida jamoat birlashmasi yoki jamoaning iltimosnomasi boʻlsa, sud shartli hukm qilingan shaxsning xulq-atvorini kuzatish uchun uni shu birlashma yoki jamoaga topshirishi mumkin. | Shartli hukm qilish toʻgʻrisida jamoat birlashmasi yoki jamoaning iltimosnomasi boʻlsa, sud shartli hukm qilingan shaxsning xulq-atvorini kuzatish uchun uni shu birlashma yoki jamoaga topshirishi mumkin. |
460-modda. Sudyalarning maslahatlashuv tartibi | 460-modda. Sudyalarning maslahatlashuv tartibi |
Ish sud tarkibi tomonidan koʻrilayotgan boʻlsa, hukm chiqarish oldidan raislik qiluvchi boshchiligida sudyalarning maslahatlashuvi oʻtkazilib, raislik qiluvchi sud hal qilishi lozim boʻlgan savollarni ushbu Kodeksning 457-moddasida koʻrsatilgan izchillikda qoʻyadi. Har bir savol shunday shaklda qoʻyilishi kerakki, toki bu savolga maʼqullovchi, yoki rad etuvchi javob qaytariladigan boʻlsin. Javob qaytarganidan soʻng sudya javobning sabab-asoslarini ifodalashi mumkin. | Ish sud tarkibi tomonidan koʻrilayotgan boʻlsa, hukm chiqarish oldidan raislik qiluvchi boshchiligida sudyalarning maslahatlashuvi oʻtkazilib, raislik qiluvchi sud hal qilishi lozim boʻlgan savollarni ushbu Kodeksning 457-moddasida koʻrsatilgan izchillikda qoʻyadi. Har bir savol shunday shaklda qoʻyilishi kerakki, toki bu savolga maʼqullovchi, yoki rad etuvchi javob qaytariladigan boʻlsin. Javob qaytarganidan soʻng sudya javobning sabab-asoslarini ifodalashi mumkin. |
Har bir savolni hal qilishda sudyalardan hech biri ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Barcha masalalar ovozlarning oddiy koʻpchiligi bilan hal qilinadi. Raislik qiluvchi hammadan keyin ovoz beradi. | Har bir savolni hal qilishda sudyalardan hech biri ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Barcha masalalar ovozlarning oddiy koʻpchiligi bilan hal qilinadi. Raislik qiluvchi hammadan keyin ovoz beradi. |
Birinchi navbatda sudlanuvchining manfaatiga toʻlaroq mos keladigan fikr ovozga qoʻyiladi. Basharti oqlash toʻgʻrisida ovoz bergan sudya yoki sudyalar ozchilikni tashkil qilib, boshqa sudyalar esa jinoyatning tavsifi yoki jazo chorasi toʻgʻrisida har xil fikrda boʻlsalar, oqlash uchun berilgan ovoz yoki ovozlar Jinoyat kodeksining yengilroq jazo chorasini nazarda tutgan tegishli moddasi boʻyicha tavsif qilish uchun berilgan ovozga qoʻshiladi. | Birinchi navbatda sudlanuvchining manfaatiga toʻlaroq mos keladigan fikr ovozga qoʻyiladi. Basharti oqlash toʻgʻrisida ovoz bergan sudya yoki sudyalar ozchilikni tashkil qilib, boshqa sudyalar esa jinoyatning tavsifi yoki jazo chorasi toʻgʻrisida har xil fikrda boʻlsalar, oqlash uchun berilgan ovoz yoki ovozlar Jinoyat kodeksining yengilroq jazo chorasini nazarda tutgan tegishli moddasi boʻyicha tavsif qilish uchun berilgan ovozga qoʻshiladi. |
Ishni sudya koʻrayotgan boʻlsa, ushbu Kodeksning 457 — 459-moddalarida koʻrsatilgan masalalarni yakka oʻzi hal qiladi. | Ishni sudya koʻrayotgan boʻlsa, ushbu Kodeksning 457 — 459-moddalarida koʻrsatilgan masalalarni yakka oʻzi hal qiladi. |
461-modda. Sud tergovini yana davom ettirish | 461-modda. Sud tergovini yana davom ettirish |
Ushbu Kodeksning 457 — 459-moddalarida koʻrsatilgan masalalarni alohida xonada (maslahatxonada) muhokama qilish vaqtida sud ish uchun ahamiyati boʻlgan biror holat qoʻshimcha ravishda aniqlanishi kerak deb topsa, hukm chiqarmay, sud tergovini yana davom ettirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Sud tergovi tamom boʻlganidan keyin sud yana taraflarning muzokarasini boshlaydi va sudlanuvchining oxirgi soʻzini eshitadi. | Ushbu Kodeksning 457 — 459-moddalarida koʻrsatilgan masalalarni alohida xonada (maslahatxonada) muhokama qilish vaqtida sud ish uchun ahamiyati boʻlgan biror holat qoʻshimcha ravishda aniqlanishi kerak deb topsa, hukm chiqarmay, sud tergovini yana davom ettirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Sud tergovi tamom boʻlganidan keyin sud yana taraflarning muzokarasini boshlaydi va sudlanuvchining oxirgi soʻzini eshitadi. |
462-modda. Hukm turlari | 462-modda. Hukm turlari |
Sud ayblov yoki oqlov hukmi chiqarishi mumkin. Sudlanuvchiga nisbatan qanday turda hukm chiqarish masalasini hal qilish vaqtida sud ushbu Kodeksning 23-moddasida nazarda tutilgan aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi talablariga amal qilishi shart. | Sud ayblov yoki oqlov hukmi chiqarishi mumkin. Sudlanuvchiga nisbatan qanday turda hukm chiqarish masalasini hal qilish vaqtida sud ushbu Kodeksning 23-moddasida nazarda tutilgan aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi talablariga amal qilishi shart. |
463-modda. Ayblov hukmi chiqarish asoslari | 463-modda. Ayblov hukmi chiqarish asoslari |
Ayblov hukmi taxminlarga asoslangan boʻlishi mumkin emas va faqat sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybli ekanligi sud muhokamasi davomida isbot qilingan taqdirdagina chiqariladi. Ayblov hukmiga jinoyat sodir etilishining ish boʻyicha barcha mumkin boʻlgan holatlarini tekshirish, ish materiallarida maʼlum boʻlib qolgan barcha kam-koʻstni toʻldirish, yuzaga kelgan hamma shubha va qarama-qarshiliklarga barham berish natijasida yigʻilgan ishonchli dalillargina asos qilib olinishi lozim. | Ayblov hukmi taxminlarga asoslangan boʻlishi mumkin emas va faqat sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybli ekanligi sud muhokamasi davomida isbot qilingan taqdirdagina chiqariladi. Ayblov hukmiga jinoyat sodir etilishining ish boʻyicha barcha mumkin boʻlgan holatlarini tekshirish, ish materiallarida maʼlum boʻlib qolgan barcha kam-koʻstni toʻldirish, yuzaga kelgan hamma shubha va qarama-qarshiliklarga barham berish natijasida yigʻilgan ishonchli dalillargina asos qilib olinishi lozim. |
Sud quyidagi hollarda jazodan ozod qilib, ayblov hukmini chiqaradi, basharti: | Sud quyidagi hollarda jazodan ozod qilib, ayblov hukmini chiqaradi, basharti: |
1) mazkur hukm bilan sudlanuvchiga tayinlangan jazoni qoʻllashdan ozod qiluvchi amnistiya akti eʼlon qilingan boʻlsa; | 1) mazkur hukm bilan sudlanuvchiga tayinlangan jazoni qoʻllashdan ozod qiluvchi amnistiya akti eʼlon qilingan boʻlsa; |
2) shaxsning hukm chiqquniga qadar qamoqda yoki uy qamogʻida boʻlgan vaqti Jinoyat kodeksining 62-moddasida nazarda tutilgan ushlab turishni, qamoqqa olishni yoki uy qamogʻini hisobga olish qoidalarini nazarda tutib, sud tomonidan tayinlangan jazo chorasiga teng yoxud bu choradan ortiq boʻlsa; | 2) shaxsning hukm chiqquniga qadar qamoqda yoki uy qamogʻida boʻlgan vaqti Jinoyat kodeksining 62-moddasida nazarda tutilgan ushlab turishni, qamoqqa olishni yoki uy qamogʻini hisobga olish qoidalarini nazarda tutib, sud tomonidan tayinlangan jazo chorasiga teng yoxud bu choradan ortiq boʻlsa; |
Sud quyidagi hollarda jazo tayinlamasdan ayblov hukmini chiqaradi, basharti: | Sud quyidagi hollarda jazo tayinlamasdan ayblov hukmini chiqaradi, basharti: |
1) mahkum sodir etgan jinoyat uchun jazo tayinlashni istisno etadigan amnistiya akti eʼlon qilingan boʻlsa: | 1) mahkum sodir etgan jinoyat uchun jazo tayinlashni istisno etadigan amnistiya akti eʼlon qilingan boʻlsa: |
2) mazkur jinoyat uchun ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish muddati oʻtib ketgan boʻlsa; | 2) mazkur jinoyat uchun ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish muddati oʻtib ketgan boʻlsa; |
3) hukm chiqariladigan vaqtga kelib, qilmish ijtimoiy xavfliligini yoʻqotsa yoki uni sodir etgan shaxs ijtimoiy xavfli boʻlmay qolsa; | 3) hukm chiqariladigan vaqtga kelib, qilmish ijtimoiy xavfliligini yoʻqotsa yoki uni sodir etgan shaxs ijtimoiy xavfli boʻlmay qolsa; |
4) mahkumning tuzalishiga jamoat birlashmalari va jamoalar tomonidan qoʻllaniladigan jamoat taʼsir choralari yoki maʼmuriy jazo choralari koʻrish yoʻli bilan erishish mumkin boʻlsa; | 4) mahkumning tuzalishiga jamoat birlashmalari va jamoalar tomonidan qoʻllaniladigan jamoat taʼsir choralari yoki maʼmuriy jazo choralari koʻrish yoʻli bilan erishish mumkin boʻlsa; |
5) hukm chiqarish vaqtigacha sudlanuvchi vafot etgan boʻlsa; | 5) hukm chiqarish vaqtigacha sudlanuvchi vafot etgan boʻlsa; |
6) Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 71-moddasiga muvofiq shaxsni oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganligi tufayli jazodan ozod qilish uchun asoslar mavjud boʻlsa. | 6) Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 71-moddasiga muvofiq shaxsni oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganligi tufayli jazodan ozod qilish uchun asoslar mavjud boʻlsa. |
464-modda. Oqlov hukmini chiqarish asoslari | 464-modda. Oqlov hukmini chiqarish asoslari |
Oqlov hukmi quyidagi hollarda chiqariladi, basharti: | Oqlov hukmi quyidagi hollarda chiqariladi, basharti: |
1) jinoiy hodisa yuz bermagan boʻlsa; | 1) jinoiy hodisa yuz bermagan boʻlsa; |
2) sudlanuvchi sodir etgan qilmishda jinoyat tarkibi boʻlmasa; | 2) sudlanuvchi sodir etgan qilmishda jinoyat tarkibi boʻlmasa; |
3) jinoyat sodir etilishiga sudlanuvchi daxldor boʻlmasa. | 3) jinoyat sodir etilishiga sudlanuvchi daxldor boʻlmasa. |
Jinoyat boshqa shaxs tomonidan sodir etilganligi aniqlansa, shuningdek sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblov ish holatlari batafsil tekshirilgandan keyin ishonarli tarzda oʻz tasdigʻini topmasa, sud ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan asosga koʻra sudlanuvchini oqlaydi. | Jinoyat boshqa shaxs tomonidan sodir etilganligi aniqlansa, shuningdek sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblov ish holatlari batafsil tekshirilgandan keyin ishonarli tarzda oʻz tasdigʻini topmasa, sud ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan asosga koʻra sudlanuvchini oqlaydi. |
465-modda. Hukmni tuzish | 465-modda. Hukmni tuzish |
Ushbu Kodeksning 457 — 459-moddalarida nazarda tutilgan masalalar hal etilganidan soʻng sud hukmni tuzishga kirishadi. Sudda ish qaysi tilda koʻrilgan boʻlsa, hukm shu tilda, aniq va tushunarli iboralarda bayon qilinadi va kirish, tavsif hamda qaror qismlaridan iborat boʻladi. | Ushbu Kodeksning 457 — 459-moddalarida nazarda tutilgan masalalar hal etilganidan soʻng sud hukmni tuzishga kirishadi. Sudda ish qaysi tilda koʻrilgan boʻlsa, hukm shu tilda, aniq va tushunarli iboralarda bayon qilinadi va kirish, tavsif hamda qaror qismlaridan iborat boʻladi. |
Hukm uni chiqarishda qatnashgan sudyalardan biri yoki hukmni yakka oʻzi chiqargan sudya tomonidan qoʻlda yoki texnik vositalardan foydalangan holda yozilishi lozim. Hukmga kiritilgan tuzatishlar hukm eʼlon qilinishidan oldin izohlanishi va sudyaning (sudyalarning) imzosi bilan tasdiqlanishi lozim. | Hukm uni chiqarishda qatnashgan sudyalardan biri yoki hukmni yakka oʻzi chiqargan sudya tomonidan qoʻlda yoki texnik vositalardan foydalangan holda yozilishi lozim. Hukmga kiritilgan tuzatishlar hukm eʼlon qilinishidan oldin izohlanishi va sudyaning (sudyalarning) imzosi bilan tasdiqlanishi lozim. |
466-modda. Hukmning kirish qismi | 466-modda. Hukmning kirish qismi |
Hukmning kirish qismida: | Hukmning kirish qismida: |
1) sud ishining raqami, hukm chiqarilgan vaqt va joy; | 1) sud ishining raqami, hukm chiqarilgan vaqt va joy; |
2) hukmni chiqargan sudning nomi, sudning tarkibi, sud majlisining kotibi, taraflar, tarjimon; | 2) hukmni chiqargan sudning nomi, sudning tarkibi, sud majlisining kotibi, taraflar, tarjimon; |
3) sudlanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ishlash joyi, mashgʻuloti, maʼlumoti, oilaviy ahvoli va sudlanuvchi xususidagi ish uchun ahamiyatli boshqa maʼlumotlar; | 3) sudlanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ishlash joyi, mashgʻuloti, maʼlumoti, oilaviy ahvoli va sudlanuvchi xususidagi ish uchun ahamiyatli boshqa maʼlumotlar; |
4) sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblov Jinoyat kodeksining qaysi moddasida nazarda tutilganligi koʻrsatiladi. | 4) sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblov Jinoyat kodeksining qaysi moddasida nazarda tutilganligi koʻrsatiladi. |
467-modda. Ayblov hukmining tavsif qismi | 467-modda. Ayblov hukmining tavsif qismi |
Ayblov hukmining tavsif qismida sud isbot etilgan deb eʼtirof etgan jinoiy qilmishning tavsifi, sodir etilgan joyi, vaqti, usuli, aybning shakli, jinoyatning sabablari, maqsadlari va oqibatlari koʻrsatilishi lozim. Hukmda sudning har bir sudlanuvchiga nisbatan xulosalariga asos boʻlgan dalillar va sudning boshqa dalillarni rad etish sabablari yoziladi. Javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki ogʻirlashtiruvchi holatlar, aybning bir qismi asossiz deb topilgan taqdirda yoki jinoyatning tavsifi notoʻgʻriligi aniqlanganda esa ayblovni oʻzgartirish asoslari va sabablari koʻrsatiladi. | Ayblov hukmining tavsif qismida sud isbot etilgan deb eʼtirof etgan jinoiy qilmishning tavsifi, sodir etilgan joyi, vaqti, usuli, aybning shakli, jinoyatning sabablari, maqsadlari va oqibatlari koʻrsatilishi lozim. Hukmda sudning har bir sudlanuvchiga nisbatan xulosalariga asos boʻlgan dalillar va sudning boshqa dalillarni rad etish sabablari yoziladi. Javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki ogʻirlashtiruvchi holatlar, aybning bir qismi asossiz deb topilgan taqdirda yoki jinoyatning tavsifi notoʻgʻriligi aniqlanganda esa ayblovni oʻzgartirish asoslari va sabablari koʻrsatiladi. |
Sud, shuningdek Jinoyat kodeksi moddasining jazo qismida ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa jazo choralari ham nazarda tutilgan boʻlsa, ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo nimaga asoslanib tayinlaganini; ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinganga koloniyada saqlash tartibining muayyan turini belgilashni yoki ozodlikdan mahrum etish jazosini turmada oʻtashni tayinlashni; sudlanuvchi oʻta xavfli retsidivist deb topilganligini; shartli hukm qoʻllanilganini; Jinoyat kodeksining moddasida xuddi shunday jinoyat uchun nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo tayinlanganligini; boshqa yengilroq jazoga oʻtilganligini; umumiy qoidalardan chekinib koloniya turi tayinlanganligini; boshqa taʼsir choralarini qoʻllab yoki qoʻllamasdan sudlanuvchi jazodan ozod etilganligini asoslab berishi shart. | Sud, shuningdek Jinoyat kodeksi moddasining jazo qismida ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa jazo choralari ham nazarda tutilgan boʻlsa, ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo nimaga asoslanib tayinlaganini; ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinganga koloniyada saqlash tartibining muayyan turini belgilashni yoki ozodlikdan mahrum etish jazosini turmada oʻtashni tayinlashni; sudlanuvchi oʻta xavfli retsidivist deb topilganligini; shartli hukm qoʻllanilganini; Jinoyat kodeksining moddasida xuddi shunday jinoyat uchun nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo tayinlanganligini; boshqa yengilroq jazoga oʻtilganligini; umumiy qoidalardan chekinib koloniya turi tayinlanganligini; boshqa taʼsir choralarini qoʻllab yoki qoʻllamasdan sudlanuvchi jazodan ozod etilganligini asoslab berishi shart. |
Sud qonunchilikka muvofiq sudlanuvchiga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllash yoki uning ustidan homiylik tayinlash lozim deb topsa, bunday qarorga kelish sabablarini koʻrsatishi shart. | Sud qonunchilikka muvofiq sudlanuvchiga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllash yoki uning ustidan homiylik tayinlash lozim deb topsa, bunday qarorga kelish sabablarini koʻrsatishi shart. |
Jamoat birlashmasining yoki jamoaning sudlanuvchini shartli hukm qilib, u bilan tarbiyaviy ish olib borish uchun oʻzlariga berishni soʻragan iltimosnomalari boʻlsa, sud bu iltimosnomalarni qanoatlantirish yoki rad etish sabablarini hukmda koʻrsatadi. | Jamoat birlashmasining yoki jamoaning sudlanuvchini shartli hukm qilib, u bilan tarbiyaviy ish olib borish uchun oʻzlariga berishni soʻragan iltimosnomalari boʻlsa, sud bu iltimosnomalarni qanoatlantirish yoki rad etish sabablarini hukmda koʻrsatadi. |
Sud, shuningdek qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvo toʻgʻrisida yoki jinoyat oqibatida keltirilgan mulkiy zararni undirish toʻgʻrisida oʻz tashabbusi bilan chiqargan qarorning asoslarini ham koʻrsatishi lozim. | Sud, shuningdek qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvo toʻgʻrisida yoki jinoyat oqibatida keltirilgan mulkiy zararni undirish toʻgʻrisida oʻz tashabbusi bilan chiqargan qarorning asoslarini ham koʻrsatishi lozim. |
468-modda. Ayblov hukmining qaror qismi | 468-modda. Ayblov hukmining qaror qismi |
Ayblov hukmining qaror qismida: | Ayblov hukmining qaror qismida: |
1) sudlanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi; | 1) sudlanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi; |
2) sudlanuvchining jinoyat sodir etganlikda aybli deb topilganligi toʻgʻrisidagi qaror; | 2) sudlanuvchining jinoyat sodir etganlikda aybli deb topilganligi toʻgʻrisidagi qaror; |
3) Jinoyat kodeksining sudlanuvchining aybli deb eʼtirof etilishiga asos boʻlgan moddasi (moddaning qismi, bandi), shuningdek sudlanuvchining oʻta xavfli retsidivist deb topilganligi, basharti sud shunday qaror qabul qilgan boʻlsa; | 3) Jinoyat kodeksining sudlanuvchining aybli deb eʼtirof etilishiga asos boʻlgan moddasi (moddaning qismi, bandi), shuningdek sudlanuvchining oʻta xavfli retsidivist deb topilganligi, basharti sud shunday qaror qabul qilgan boʻlsa; |
4) sudlanuvchi aybli deb topilgan har bir jinoyati uchun tayinlangan jazo turi va meʼyori; Jinoyat kodeksining moddalariga muvofiq uzil-kesil tayinlangan va oʻtalishi lozim boʻlgan jazo chorasi; ozodlikdan mahrum etilgan shaxsning jazo muddatini oʻtashi lozim boʻlgan tegishli tartibli koloniya turi; | 4) sudlanuvchi aybli deb topilgan har bir jinoyati uchun tayinlangan jazo turi va meʼyori; Jinoyat kodeksining moddalariga muvofiq uzil-kesil tayinlangan va oʻtalishi lozim boʻlgan jazo chorasi; ozodlikdan mahrum etilgan shaxsning jazo muddatini oʻtashi lozim boʻlgan tegishli tartibli koloniya turi; |
41) ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm etilgan shaxs uchun belgilanadigan taqiqlar (cheklashlar); | 41) ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm etilgan shaxs uchun belgilanadigan taqiqlar (cheklashlar); |
5) sudlanuvchi shartli ravishda hukm qilingan boʻlsa, sinov muddati va mahkumning ustidan kuzatuv olib borish vazifasi yuklatilgan jamoa yoki shaxs; | 5) sudlanuvchi shartli ravishda hukm qilingan boʻlsa, sinov muddati va mahkumning ustidan kuzatuv olib borish vazifasi yuklatilgan jamoa yoki shaxs; |
6) ushlab turilgan yoki qamoqda yoxud uy qamogʻida saqlangan vaqtni jazo tayinlashda jazo muddati hisobiga kiritish toʻgʻrisidagi qaror; | 6) ushlab turilgan yoki qamoqda yoxud uy qamogʻida saqlangan vaqtni jazo tayinlashda jazo muddati hisobiga kiritish toʻgʻrisidagi qaror; |
7) hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasiga doir qaror; | 7) hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasiga doir qaror; |
8) mahkumning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar; | 8) mahkumning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar; |
9) ushbu Kodeksning 533-moddasida nazarda tutilgan asoslar aniqlangan hollarda hukmning ijrosini kechiktirish toʻgʻrisidagi qaror koʻrsatiladi. | 9) ushbu Kodeksning 533-moddasida nazarda tutilgan asoslar aniqlangan hollarda hukmning ijrosini kechiktirish toʻgʻrisidagi qaror koʻrsatiladi. |
Basharti sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining bir necha moddasi bilan ayblov qoʻyilgan boʻlsa, hukmning qaror qismida sudlanuvchi qaysi moddalar boʻyicha oqlanganligi va qaysi moddalar boʻyicha hukm qilinganligi koʻrsatilishi lozim. | Basharti sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining bir necha moddasi bilan ayblov qoʻyilgan boʻlsa, hukmning qaror qismida sudlanuvchi qaysi moddalar boʻyicha oqlanganligi va qaysi moddalar boʻyicha hukm qilinganligi koʻrsatilishi lozim. |
Sudlanuvchi jazoni oʻtashdan ozod qilingan boʻlsa, bu haqda hukmning qaror qismida koʻrsatiladi. | Sudlanuvchi jazoni oʻtashdan ozod qilingan boʻlsa, bu haqda hukmning qaror qismida koʻrsatiladi. |
Barcha hollarda tayinlangan jazo shunday ifodalanishi lozimki, toki hukmni ijro etishda sud tayinlagan jazo turi va meʼyori xususida hech qanday shubha tugʻilmasin. | Barcha hollarda tayinlangan jazo shunday ifodalanishi lozimki, toki hukmni ijro etishda sud tayinlagan jazo turi va meʼyori xususida hech qanday shubha tugʻilmasin. |
469-modda. Oqlov hukmining tavsif qismi | 469-modda. Oqlov hukmining tavsif qismi |
Oqlov hukmining tavsif qismida quyidagilar koʻrsatiladi: sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblovning mohiyati; sud aniqlagan ish holatlari; sudlanuvchining aybsizligi toʻgʻrisidagi sud xulosasini tasdiqlovchi dalillar; sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybi bor deb daʼvo qilishga asos boʻlgan dalillarni sud nima uchun ishonarli emas yoki yetarli emas deb hisoblashi yoki nima uchun sud jinoiy hodisaning oʻzi yuz bermagan yoxud sudlanuvchi sodir etgan qilmishni jinoyat emas deb hisoblashi; fuqaroviy daʼvoga oid qarorning asoslari. | Oqlov hukmining tavsif qismida quyidagilar koʻrsatiladi: sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblovning mohiyati; sud aniqlagan ish holatlari; sudlanuvchining aybsizligi toʻgʻrisidagi sud xulosasini tasdiqlovchi dalillar; sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybi bor deb daʼvo qilishga asos boʻlgan dalillarni sud nima uchun ishonarli emas yoki yetarli emas deb hisoblashi yoki nima uchun sud jinoiy hodisaning oʻzi yuz bermagan yoxud sudlanuvchi sodir etgan qilmishni jinoyat emas deb hisoblashi; fuqaroviy daʼvoga oid qarorning asoslari. |
470-modda. Oqlov hukmining qaror qismi | 470-modda. Oqlov hukmining qaror qismi |
Oqlov hukmining qaror qismida: | Oqlov hukmining qaror qismida: |
1) sudlanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi; | 1) sudlanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi; |
2) sudlanuvchini jinoyat sodir etilishida aybsiz deb eʼtirof etish va uni oqlash toʻgʻrisidagi qaror; | 2) sudlanuvchini jinoyat sodir etilishida aybsiz deb eʼtirof etish va uni oqlash toʻgʻrisidagi qaror; |
3) sudlanuvchiga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot chorasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror; basharti ehtiyot chorasi sifatida u qamoqda yoki uy qamogʻida saqlanayotgan boʻlsa, oqlangan shaxsni darhol, sud majlisi zalining oʻzida ozod qilish toʻgʻrisidagi qaror; | 3) sudlanuvchiga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot chorasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror; basharti ehtiyot chorasi sifatida u qamoqda yoki uy qamogʻida saqlanayotgan boʻlsa, oqlangan shaxsni darhol, sud majlisi zalining oʻzida ozod qilish toʻgʻrisidagi qaror; |
4) qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirish rad etilgan boʻlsa, daʼvoni taʼminlash uchun koʻrilgan choralarni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror; | 4) qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirish rad etilgan boʻlsa, daʼvoni taʼminlash uchun koʻrilgan choralarni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror; |
6) oqlangan shaxsning unga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash hamda maʼnaviy va boshqa ziyon oqibatlarini ushbu Kodeksning 304 — 313-moddalarida nazarda tutilgan tartibda bartaraf qilish huquqini eʼtirof etish. | 6) oqlangan shaxsning unga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash hamda maʼnaviy va boshqa ziyon oqibatlarini ushbu Kodeksning 304 — 313-moddalarida nazarda tutilgan tartibda bartaraf qilish huquqini eʼtirof etish. |
Sudlanuvchi sodir etilgan jinoyatga daxldor emasligi sababli oqlangan taqdirda, oqlov hukmining qaror qismida jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash va ularni jinoiy javobgarlikka tortish uchun ish prokurorga yuborilishi koʻrsatiladi. | Sudlanuvchi sodir etilgan jinoyatga daxldor emasligi sababli oqlangan taqdirda, oqlov hukmining qaror qismida jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash va ularni jinoiy javobgarlikka tortish uchun ish prokurorga yuborilishi koʻrsatiladi. |
471-modda. Hukmning qaror qismida hal qilinishi lozim boʻlgan boshqa masalalar | 471-modda. Hukmning qaror qismida hal qilinishi lozim boʻlgan boshqa masalalar |
Ayblov hukmining ham, oqlov hukmining ham qaror qismi, ushbu Kodeksning 468 va 470-moddalarida koʻrsatilgan masalalardan tashqari, quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim: | Ayblov hukmining ham, oqlov hukmining ham qaror qismi, ushbu Kodeksning 468 va 470-moddalarida koʻrsatilgan masalalardan tashqari, quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim: |
1) sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 255 — 260-moddalariga muvofiq qabul qilingan qaror; qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvo yoki sudning tashabbusi bilan ziyonni qoplash toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 283 — 289-moddalariga muvofiq qabul qilingan qaror; | 1) sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 255 — 260-moddalariga muvofiq qabul qilingan qaror; sudlanuvchining Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 2547 — 25411-moddalariga muvofiq qabul qilingan qaror; qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvo yoki sudning tashabbusi bilan ziyonni qoplash toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 283 — 289-moddalariga muvofiq qabul qilingan qaror; |
2) ashyoviy dalillar hamda ishga ilova qilingan boshqa narsalar va hujjatlar toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 289-moddasiga muvofiq qabul qilingan qaror; | 2) ashyoviy dalillar hamda ishga ilova qilingan boshqa narsalar va hujjatlar toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 289-moddasiga muvofiq qabul qilingan qaror; |
3) protsessual chiqimlar toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 320-moddasiga muvofiq qabul qilingan qaror; | 3) protsessual chiqimlar toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 320-moddasiga muvofiq qabul qilingan qaror; |
4) hukm ustidan apellyatsiya shikoyatini berish, protest bildirishning ushbu Kodeksning tegishincha 4973 va 4974-moddalarida nazarda tutilgan tartibi, muddatlari. | 4) hukm ustidan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati berish, protest bildirishning ushbu Kodeksning tegishincha 4973, 4974, 500 va 501-moddalarida nazarda tutilgan tartibi, muddatlari. |
472-modda. Hukmning imzolanishi va sudyaning alohida fikri | 472-modda. Hukmning imzolanishi va sudyaning alohida fikri |
Hukm sudya tomonidan chiqarilgan boʻlsa, uni sudyaning yakka oʻzi, sud tarkibi tomonidan chiqarilgan boʻlsa, sudyalarning hammasi imzolaydi. Ovoz berish vaqtida ozchilikni tashkil qilgan sudya hukmga imzo qoʻyib, oʻzining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqlidir. Bu fikrni u bevosita maslahatxonada yozishi lozim. Alohida fikr ishga ilova qilinadi, lekin sud majlisining zalida eʼlon qilinishi mumkin emas. | Hukm sudya tomonidan chiqarilgan boʻlsa, uni sudyaning yakka oʻzi, sud tarkibi tomonidan chiqarilgan boʻlsa, sudyalarning hammasi imzolaydi. Ovoz berish vaqtida ozchilikni tashkil qilgan sudya hukmga imzo qoʻyib, oʻzining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqlidir. Bu fikrni u bevosita maslahatxonada yozishi lozim. Alohida fikr ishga ilova qilinadi, lekin sud majlisining zalida eʼlon qilinishi mumkin emas. |
Agar alohida fikr mavjud boʻlgan ish apellyatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa, hukm qonuniy kuchga kirgandan keyin ish uni belgilangan tartibda koʻrib chiqish masalasini hal etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuborilishi lozim. | Agar alohida fikr mavjud boʻlgan ish apellyatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa, hukm qonuniy kuchga kirgandan keyin ish uni belgilangan tartibda koʻrib chiqish masalasini hal etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuborilishi lozim. |
473-modda. Hukmni eʼlon qilish | 473-modda. Hukmni eʼlon qilish |
Sud hukmni imzolaganidan keyin sud majlisi zaliga qaytib chiqadi va raislik qiluvchi yoki xalq maslahatchisi hukmning qaror qismini eʼlon qiladi. | Sud hukmni imzolaganidan keyin sud majlisi zaliga qaytib chiqadi va raislik qiluvchi yoki xalq maslahatchisi hukmning qaror qismini eʼlon qiladi. |
Sud majlisi zalida hozir boʻlganlarning hammasi, shu jumladan sud tarkibi ham hukmni tik turib eshitadilar. | Sud majlisi zalida hozir boʻlganlarning hammasi, shu jumladan sud tarkibi ham hukmni tik turib eshitadilar. |
Agar hukm sudlanuvchi bilmaydigan yoki yetarlicha bilmaydigan tilda bayon qilingan boʻlsa, hukmning qaror qismi eʼlon qilingandan keyin, mazkur qism tarjimon tomonidan sudlanuvchining ona tilida yoki u tushunadigan boshqa tilda oʻqib eshittirilishi kerak. | Agar hukm sudlanuvchi bilmaydigan yoki yetarlicha bilmaydigan tilda bayon qilingan boʻlsa, hukmning qaror qismi eʼlon qilingandan keyin, mazkur qism tarjimon tomonidan sudlanuvchining ona tilida yoki u tushunadigan boshqa tilda oʻqib eshittirilishi kerak. |
Raislik qiluvchi sudlanuvchiga va boshqa taraflarga hukmning mazmunini, hukm ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish muddati va tartibini tushuntiradi. Basharti sudlanuvchi favqulodda jazo chorasi — umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan boʻlsa, unga afv etishni soʻrab iltimos qilish huquqi ham tushuntiriladi. | Raislik qiluvchi sudlanuvchiga va boshqa taraflarga hukmning mazmunini, hukm ustidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish muddati va tartibini tushuntiradi. Basharti sudlanuvchi favqulodda jazo chorasi — umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan boʻlsa, unga afv etishni soʻrab iltimos qilish huquqi ham tushuntiriladi. |
474-modda. Sudlanuvchini qamoqdan yoki uy qamogʻidan ozod qilish | 474-modda. Sudlanuvchini qamoqdan yoki uy qamogʻidan ozod qilish |
Sudlanuvchi oqlanganda, shuningdek jazo tayinlanmasdan yoki jazodan ozod qilib yoxud shartli ravishda ozodlikdan mahrum etib yoki ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlab ayblov hukmi chiqarilganda, xuddi shuningdek sudlanuvchi dastlabki qamoqda yoxud uy qamogʻida boʻlgan vaqtdan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlanganda, qamoqda yoxud uy qamogʻida saqlanayotgan sudlanuvchi bevosita sud majlisi zalining oʻzida darhol ozod qilinishi lozim. | Sudlanuvchi oqlanganda, shuningdek jazo tayinlanmasdan yoki jazodan ozod qilib yoxud shartli ravishda ozodlikdan mahrum etib yoki ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlab ayblov hukmi chiqarilganda, xuddi shuningdek sudlanuvchi dastlabki qamoqda yoxud uy qamogʻida boʻlgan vaqtdan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlanganda, qamoqda yoxud uy qamogʻida saqlanayotgan sudlanuvchi bevosita sud majlisi zalining oʻzida darhol ozod qilinishi lozim. |
475-modda. Hukmning nusxasini mahkumga va oqlangan shaxsga berish | 475-modda. Hukmning nusxasini mahkumga va oqlangan shaxsga berish |
Hukm eʼlon qilinganidan keyin uch sutkadan kechiktirilmay, hajmi katta boʻlgan taqdirda esa, oʻn sutkadan kechiktirilmay, uning nusxasi mahkumga va oqlangan shaxsga berilishi lozim. Boshqa taraflarga hukm nusxasi yoki uning koʻchirmasi shu muddatda, ularning iltimoslariga asosan beriladi. | Hukm eʼlon qilinganidan keyin uch sutkadan kechiktirilmay, hajmi katta boʻlgan taqdirda esa, oʻn sutkadan kechiktirilmay, uning nusxasi mahkumga va oqlangan shaxsga berilishi lozim. Boshqa taraflarga hukm nusxasi yoki uning koʻchirmasi shu muddatda, ularning iltimoslariga asosan beriladi. |
Agar mahkum qamoqda saqlanayotgan boʻlsa, hukmning koʻchirma nusxasi unga qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati tomonidan hukm kelib tushgan kuni tilxat olib topshiriladi, tilxat koʻchirma nusxa topshirilgan sana va vaqt koʻrsatilgan holda sudga taqdim etiladi. | Agar mahkum qamoqda saqlanayotgan boʻlsa, hukmning koʻchirma nusxasi unga qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati tomonidan hukm kelib tushgan kuni tilxat olib topshiriladi, tilxat koʻchirma nusxa topshirilgan sana va vaqt koʻrsatilgan holda sudga taqdim etiladi. |
476-modda. Hukm chiqarish bilan bir vaqtda sud tomonidan hal qilinadigan boshqa masalalar | 476-modda. Hukm chiqarish bilan bir vaqtda sud tomonidan hal qilinadigan boshqa masalalar |
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning voyaga yetmagan bolalari, qari ota-onalari, qaramogʻida boshqa shaxslar boʻlsa va ular qarovsiz hamda yordamsiz qolayotgan boʻlsa, sud ayblov hukmini chiqarish bilan bir vaqtda ularni qarindoshlari yoki boshqa shaxslarning va muassasalarning vasiyligiga yoki homiyligiga topshirish toʻgʻrisida, mahkumning qarovsiz qolayotgan mol-mulki yoki uy-joyi boʻlsa, ularni qoʻriqlab turish choralarini koʻrish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. | Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning voyaga yetmagan bolalari, qari ota-onalari, qaramogʻida boshqa shaxslar boʻlsa va ular qarovsiz hamda yordamsiz qolayotgan boʻlsa, sud ayblov hukmini chiqarish bilan bir vaqtda ularni qarindoshlari yoki boshqa shaxslarning va muassasalarning vasiyligiga yoki homiyligiga topshirish toʻgʻrisida, mahkumning qarovsiz qolayotgan mol-mulki yoki uy-joyi boʻlsa, ularni qoʻriqlab turish choralarini koʻrish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. |
Ushbu Kodeksning 50-moddasida koʻrsatilgan tartibda tayinlangan advokat ishda himoyachi boʻlib qatnashgan hollarda sud advokatlar byurosi, hayʼati yoki firmasi rahbarining iltimosnomasi boʻlgan taqdirda ajrim chiqarib, unda advokatlar byurosi, hayʼati yoki firmasi foydasiga mahkumdan haq undirish va bu haqning miqdori toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi. | |
Ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning eʼtiborini surishtiruv va dastlabki tergov oʻtkazishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga jalb qilish zarur boʻlganda sud hukm chiqarish bilan bir vaqtda xususiy ajrim ham chiqaradi. | Ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning eʼtiborini surishtiruv va dastlabki tergov oʻtkazishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga jalb qilish zarur boʻlganda sud hukm chiqarish bilan bir vaqtda xususiy ajrim ham chiqaradi. |
Ushbu moddada koʻrsatilgan barcha protsessual qarorlar sud majlisining zalida hukm eʼlon qilinganidan keyin oʻqib eshittirilishi lozim. | Ushbu moddada koʻrsatilgan barcha protsessual qarorlar sud majlisining zalida hukm eʼlon qilinganidan keyin oʻqib eshittirilishi lozim. |
477-modda. Mahkum bilan uchrashishga ijozat berish | 477-modda. Mahkum bilan uchrashishga ijozat berish |
Hukm eʼlon qilinganidan keyin raislik qiluvchi yoki sud raisi qamoqda saqlanayotgan mahkumning yaqin qarindoshlari yoki uning himoyachisi iltimosiga koʻra u bilan uchrashish imkoniyatini berishi shart. | Hukm eʼlon qilinganidan keyin raislik qiluvchi yoki sud raisi qamoqda saqlanayotgan mahkumning yaqin qarindoshlari yoki uning himoyachisi iltimosiga koʻra u bilan uchrashish imkoniyatini berishi shart. |
OʻN BIRINCHI BOʻLIM. SUD HUKMLARI, AJRIMLARINI QAYTA KOʻRIB CHIQISH | OʻN BIRINCHI BOʻLIM. HUKMLARNING, AJRIMLARNING, QARORLARNING QONUNIYLIGI, ASOSLILIGI VA ADOLATLILIGINI TEKSHIRISH 55-bob. Hukmlarning, ajrimlarning, qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishning umumiy shartlari 478-modda. Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish turlari Sud hukmlarining, ajrimlarining, qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida tekshirilishi mumkin. Ishni yuqori instansiya sudi tomonidan koʻrish: 1) apellyatsiya tartibida — ushbu Kodeksning 4972-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning shikoyatlariga va protestlariga binoan; 2) kassatsiya tartibida — ushbu Kodeksning 499-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning shikoyatlariga va protestlariga binoan; 3) taftish tartibida: Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan — ushbu Kodeksning 511 va 512-moddalarida koʻrsatilgan shaxslarning shikoyatlariga va protestlariga binoan; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan: jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlarning tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida chiqarilgan hukmlari va ajrimlari ustidan ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning shikoyatlarini oʻrganish natijalariga koʻra chiqarilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, uning oʻrinbosarlarining protestiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimiga binoan; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlar tomonidan birinchi instansiya tariqasida koʻrilgan ishlar boʻyicha apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida chiqarilgan hukmlari va ajrimlari ustidan ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning shikoyatlariga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, uning oʻrinbosarlarining protestiga binoan; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatida — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining taftish tartibida chiqarilgan qarorlari ustidan ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning arizasiga (iltimosnomasiga), sudyaning taqdimnomasiga, ommaviy axborot vositalarining xabarlariga koʻra kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining protestiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining protestiga binoan amalga oshiriladi. 479-modda. Sud qarorlari ustidan shikoyat berish va protest bildirish huquqi hamda uning taʼminlanishi Ushbu Kodeksning 4972, 499 va 511-moddalarida nazarda tutilgan protsess ishtirokchilari birinchi instansiya sudining hukmi va ajrimi ustidan belgilangan tartibda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berishga yoki protest bildirishga, shuningdek taftish tartibida shikoyat (iltimosnoma) berishga yoxud protest bildirishga haqlidir. Bunda ular oʻz vajlarini tasdiqlash uchun qoʻshimcha materiallarni taqdim etishi mumkin. Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida shikoyat yoki protest tushganligi toʻgʻrisida sud ushbu shikoyat yoki protest kimning manfaatlariga taalluqli boʻlsa, oʻsha protsess ishtirokchilarini uch sutka ichida xabardor qiladi va bir vaqtning oʻzida ularga ushbu hujjatlarning koʻchirma nusxalarini pochta orqali yoxud hukm, ajrim chiqargan sudning internet-resursi orqali yuboradi. Bunda taraflarga ularning shikoyatga, protestga doir eʼtirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida berish huquqi, eʼtirozlarni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda, tushuntiriladi. Shikoyat, protest yuzasidan kelib tushgan eʼtirozlar jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi. Protsess ishtirokchilari ish bilan, shu jumladan qoʻshimcha taqdim etilgan materiallar bilan tanishishga va sudga oʻz eʼtirozlarini xabar qilishga haqlidir. Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida shikoyat yoki protest bergan shaxs, shuningdek shikoyat yoki protest kimning manfaatlariga taalluqli boʻlsa, oʻsha protsess ishtirokchilari ish apellyatsiya, kassatsiya yoxud taftish tartibida koʻriladigan vaqt va joy toʻgʻrisida sud tomonidan xabardor qilinadi. Mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishni apellyatsiya instansiyasida koʻrish chogʻida ishtirok etishga haqlidir. Mazkur shaxslar ishni kassatsiya yoki taftish tartibida koʻrish chogʻida ham ishtirok etishga haqli, bundan jazoni ijro etish muassasasida boʻlgan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkum mustasno. Jazoni ijro etish muassasasida boʻlgan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkumning kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining majlisida ishtirok etishi, shuningdek mahkumni sud majlisiga olib kelish zarurligi toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan hal qilinadi. Ish koʻriladigan vaqt va joy haqida oʻz vaqtida xabardor qilingan mazkur shaxslarning uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganligi ishni koʻrishga monelik qilmaydi. Biroq sud mahkumni, oqlangan shaxsni, shuningdek jabrlanuvchini, fuqaroviy daʼvogarni, fuqaroviy javobgarni va ularning vakillarini tushuntirishlar berish uchun chaqirishi mumkin. Mahkumning yoki oqlangan shaxsning himoyachilari va qonuniy vakillari ishni taftish tartibida koʻrish chogʻida ishtirok etishi shart. 480-modda. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati va protestining mazmuniga qoʻyiladigan talablar Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati va protestida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) shikoyat, protest yoʻllanayotgan sudning nomi; 2) shikoyat (protest) bergan shaxs, uning protsessual mavqeyi, uning yashash joyi yoki joylashgan yeri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 3) hukm, ajrim chiqargan sudning nomi, hukm, ajrim chiqarilgan sana, sud ishining raqami, shikoyat (protest) berilayotgan hukm, ajrim, oʻziga nisbatan hukm, ajrim chiqarilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 4) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning fikriga koʻra hukmning, ajrimning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligiga doir vajlari, sudga qadar ish yuritishni yoki sud muhokamasini amalga oshirish chogʻida qaror qabul qilishga taʼsir koʻrsatgan qonunning qaysi normalari buzilganligi toʻgʻrisidagi vajlari, shuningdek uning iltimosining mazmuni; 5) shaxs oʻz talablarini asoslayotgan dalillar, xususan, birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar; 6) yangidan taqdim etilayotgan dalillar va ularning birinchi instansiya sudiga taqdim etilmaganligining sababi; 7) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan materiallar roʻyxati; 8) shikoyat (protest) berilgan sana, shikoyat (protest) bergan shaxsning imzosi. Agar apellyatsiya, kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablarga javob bermasa va bu ishni keyinchalik mazmunan koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilsa, birinchi instansiya sudining sudyasi apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) uni bergan shaxsga qaytarish toʻgʻrisida uch kunlik muddatda ajrim chiqarib, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini yoki protestini qayta tuzish uchun muddat belgilaydi. Sudyaning apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini, protestini qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimining talablari bajarilmagan va apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan vaqtda kelib tushmagan hollarda, u berilmagan deb hisoblanadi. 481-modda. Jinoyat ishini yuqori sud tomonidan koʻrishda prokurorning ishtirok etishi Jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida koʻrishda prokuror ishtirok etadi. Jinoyat ishining koʻrilishida: 1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hayʼatlarida — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, ularning oʻrinbosarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror; 2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror; 3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari ishtirok etadi. 482-modda. Yuqori instansiya sudi muhokamasining predmeti Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ishning haqiqiy holatlari toʻliq aniqlanganligini va Jinoyat kodeksining normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini, ish yuritishni amalga oshirish chogʻida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligini, birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini ishda mavjud boʻlgan hamda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirilgan dalillar boʻyicha tekshiradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi hayʼatlarida taftish tartibida ishni koʻrishda taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ishning haqiqiy holatlari toʻliq aniqlanganligi va Jinoyat kodeksining normalari toʻgʻri qoʻllanilganligi, ish yuritishni amalga oshirish chogʻida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligi, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi ishda mavjud boʻlgan hamda taftish instansiyasi sudi tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirilgan dalillar boʻyicha tekshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlarini, ajrimlarini, shuningdek tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining hukmlarini va ajrimlarini taftish tartibida koʻrishda shikoyat yoxud protest boʻyicha ishning haqiqiy holatlari toʻliq aniqlanganligi va Jinoyat kodeksining normalari toʻgʻri qoʻllanilganligi, ish yuritishni amalga oshirish chogʻida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligi, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi ishda mavjud boʻlgan hamda taftish instansiyasi sudi tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirilgan dalillar boʻyicha tekshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hukmlarini, ajrimlarini taftish tartibida koʻrishda taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ishning haqiqiy holatlari toʻliq aniqlanganligi va Jinoyat kodeksining normalari toʻgʻri qoʻllanilganligi, ish yuritishni amalga oshirish chogʻida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligi, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi ishda mavjud boʻlgan hamda taftish instansiyasi sudi tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirilgan dalillar boʻyicha tekshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati ishni taftish tartibida koʻrishda protest boʻyicha ishning haqiqiy holatlari toʻliq aniqlanganligini va Jinoyat kodeksining normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini, ish yuritishni amalga oshirish chogʻida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligini, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini ishda mavjud boʻlgan hamda taftish instansiyasi sudi tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirilgan dalillar boʻyicha tekshiradi. 483-modda. Jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida koʻrish doirasi Sud jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida koʻrishda shikoyat yoki protest vajlari bilan chegaralanmaydi va ishni barcha mahkumlarga, shu jumladan tegishli shikoyatni bermagan shaxslarga yoki oʻziga nisbatan shikoyat (protest) berilmagan mahkumlarga nisbatan ham toʻla hajmda tekshiradi. Jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida koʻrib chiqayotgan sud qaror qabul qilish chogʻida quyi instansiya sudlari tomonidan tekshirilgan dalillarni ham, ishni koʻrishda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi yoki tegishli taftish instansiyasi sudiga taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki ular tomonidan talab qilib olingan va tekshirilgan, eʼtiborga olinadigan yangi dalillarni ham tekshiradi. Agar quyi instansiya sudi tomonidan sud tergovining toʻliq emasligiga yoki bir yoqlamaliligiga yoki protsessual buzilishlarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, apellyatsiya, kassatsiya yoxud taftish tartibida jinoyat ishini koʻrib chiqayotgan sud toʻliq yoki qisman sud tergovini oʻtkazish yoʻli bilan boʻshliqlarning oʻrnini toʻldirish, protsessual buzilishlarni bartaraf etish choralarini koʻradi. Ishni apellyatsiya, kassatsiya yoxud taftish tartibida koʻrib chiqayotgan sud shu maqsadda: 1) ishni hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlarni taraflarning iltimosnomasiga koʻra talab qilib olishga; 2) zarur sud ekspertizasini tayinlashga; 3) sud majlisiga qoʻshimcha guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni chaqirishga va soʻroq qilishga, taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki ularning iltimosiga koʻra sud tomonidan talab qilib olingan yozma, ashyoviy va boshqa dalillarni tekshirishga; 4) quyi instansiya sudi tomonidan tekshirilgan dalillarni maqbul emas deb topishga va ularni dalillar majmuidan chiqarib tashlashga; 5) quyi instansiya sudi tomonidan maqbul emas deb topilganligi uchun dalillar majmuidan chiqarib tashlangan dalillarni maqbul dalillar deb topishga va ularni tekshirishga; 6) fuqaroviy daʼvoga taalluqli boʻlgan holatlarni tekshirishga va fuqaroviy daʼvo boʻyicha qaror qabul qilishga; 7) ishning barcha materiallari toʻliq, har tomonlama va xolisona tekshirilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni bajarishga haqli. Jinoyat ishi boʻyicha bir necha shaxs hukm qilingan yoki oqlangan taqdirda, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi oʻziga nisbatan shikoyat (protest) berilmagan mahkumlarga yoki oqlangan shaxslarga taalluqli hukmni, ajrimni bekor qilishga, agar hukmning, ajrimning bekor qilinishi ularning ahvolini ogʻirlashtirsa, haqli emas. 484-modda. Jinoyat ishini yuqori sud tomonidan koʻrish muddatlari Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi va jinoyat ishini taftish tartibida koʻrib chiqayotgan sud ish shikoyat yoki protest bilan kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh sutkadan kechiktirmay ishni koʻrib chiqishga kirishishi kerak. Ish oʻta murakkab boʻlgan taqdirda va boshqa alohida hollarda tegishli sud raisi bu muddatni koʻpi bilan bir oyga uzaytirishi mumkin, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati jinoyat ishi shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay ishni koʻrib chiqishga kirishishi kerak. Ish oʻta murakkab boʻlgan taqdirda va boshqa alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosari bu muddatni koʻpi bilan ikki oyga uzaytirishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati jinoyat ishi protest bilan birga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay ishni koʻrib chiqishga kirishishi kerak. Ish oʻta murakkab boʻlgan taqdirda va boshqa alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi bu muddatni koʻpi bilan ikki oyga uzaytirishi mumkin. Jinoyat ishini koʻrish muddati uzaytirilganligi toʻgʻrisida protsessning manfaatdor ishtirokchilari xabardor qilinishi kerak. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi va ishni taftish tartibida koʻrib chiqayotgan sud tomonidan jinoyat ishini koʻrib chiqish davomiyligi uni koʻrib chiqish boshlangan kundan eʼtiboran uch oydan oshmasligi kerak. Mazkur muddat ish murakkab boʻlgan yoki uning hajmi katta boʻlgan, shuningdek boshqa uzrli sabablar mavjud boʻlgan taqdirda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining va ishni taftish tartibida koʻrib chiqayotgan sudning ajrimiga koʻra koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati va Rayosati tomonidan taftish tartibida koʻrilishi lozim boʻlgan jinoyat ishi oqilona muddatlarda, biroq uni koʻrib chiqish boshlangan kundan eʼtiboran koʻpi bilan uch oyda koʻrib chiqilishi kerak. Ushbu muddat ishning murakkabligi yoki hajmi kattaligi tufayli, shuningdek boshqa uzrli sabablar mavjud boʻlgan taqdirda, tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati va Rayosatining ajrimi (qarori) bilan uzaytirilishi mumkin. Bunda jinoyat ishini koʻrib chiqish davomiyligi uni koʻrib chiqish boshlangan kundan eʼtiboran bir yildan oshmasligi kerak. 485-modda. Hukmni, ajrimni bekor qilish yoki oʻzgartirish asoslari Apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida hukmni, ajrimni bekor qilish yoki oʻzgartirish asoslari quyidagilardan iborat: 1) sud tergovining toʻliq emasligi yoki bir yoqlama olib borilganligi; 2) hukmda, ajrimda bayon qilingan sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiq emasligi; 3) ushbu Kodeks normalarining jiddiy ravishda buzilganligi; 4) Jinoyat kodeksi normalarining notoʻgʻri qoʻllanilganligi; 5) jazoning adolatsizligi; 6) Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasidagi yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikdan cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmasligi haqidagi normaning qoʻllanilish zaruriyati mavjudligi; 7) qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunning qonuniy kuchga kirganligi; 8) sudlanuvchiga nisbatan ayblovning ogʻirrogʻi bilan yoki haqiqiy holatlarga koʻra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov bilan almashtirilganligi yoki sudlanuvchining yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortilganligi yoxud boshqa shaxsning ishda ayblanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilinganligi. 486-modda. Sud tergovining toʻliq emasligi va bir yoqlamaligi Sud tergovi quyidagi hollarda toʻliq emas va bir yoqlama deb eʼtirof etiladi, agar ish boʻyicha: 1) ushbu Kodeksning 82 — 84-moddalarida koʻrsatilgan holatlar yetarlicha toʻliq aniqlanmagan boʻlsa; 2) koʻrsatuvlari ishni hal qilish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan shaxslar soʻroq qilinmagan boʻlsa; 3) oʻtkazilishi shart boʻlgan ekspertiza oʻtkazilmagan boʻlsa; 4) ish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlar, ashyoviy, yozma yoki raqamli dalillar talab qilib olinmagan boʻlsa; 5) natijalari ish uchun ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa tergov harakatlari oʻtkazilmagan boʻlsa. 487-modda. Hukmda, ajrimda bayon etilgan sud xulosalarining ishning haqiqiy holatlariga muvofiq emasligi Sud hukmi, ajrimi quyidagi hollarda jinoyat ishining haqiqiy holatlariga muvofiq emas deb eʼtirof etiladi, agar: 1) sud xulosalari sud majlisida koʻrilgan dalillar bilan tasdiqlanmagan boʻlsa; 2) sud oʻz xulosalariga jiddiy taʼsir qilishi mumkin boʻlgan holatlarni hisobga olmagan boʻlsa; 3) ish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan holatlarga nisbatan bir-biriga zid dalillar mavjud boʻlgani holda, sud qaysi sabablarga koʻra ushbu dalillarning ayrimlarini ishonarli deb topganligi va boshqalarini rad etganligi hukmda, ajrimda koʻrsatilmagan boʻlsa; 4) hukmda, ajrimda bayon etilgan xulosalarda jiddiy ziddiyatlar mavjud boʻlib, ular sudlanuvchining aybliligi toʻgʻrisidagi masalani hal qilishga, Jinoyat kodeksi normalarining toʻgʻri qoʻllanilishiga yoki jazo chorasini belgilashga taʼsir koʻrsatgan boʻlsa yoki taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa. 488-modda. Ushbu Kodeks normalarining jiddiy buzilishlari Protsess ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlardan mahrum qilgan yoki bu huquqlarni cheklagan yoxud sudga ishni har tomonlama koʻrib chiqishga boshqacha tarzda xalal bergan hamda qonuniy, asosli va adolatli qaror chiqarishga taʼsir qilgan yoki taʼsir qilishi mumkin boʻlgan qoidabuzarliklar ushbu Kodeks normalarini jiddiy buzish deb eʼtirof etiladi. Quyidagi hollarda hukm, ajrim bekor qilinishi lozim, agar: 1) hukmni, ajrimni qonunga xilof tarkibdagi sud chiqargan boʻlsa; 2) sudyaning hukmni, ajrimni yakka oʻzi chiqarishi tartibi yoki hukmni, ajrimni chiqarishda sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi buzilgan boʻlsa; 3) ish sudlanuvchi yoʻqligida koʻrilgan boʻlsa, bundan ushbu Kodeks 410-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno; 4) surishtiruv yoki dastlabki tergov tamomlanganidan soʻng ayblanuvchi ishdagi barcha materiallar bilan tanishtirilmagan va bu qoidabuzarlik hukmni, ajrimni chiqargan sud tomonidan bartaraf etilmagan boʻlsa; 5) himoyachisi boʻlmagan sudlanuvchiga himoya nutqi uchun soʻz berilmagan boʻlsa; 6) sudlanuvchiga oxirgi soʻz berilmagan boʻlsa; 7) sudlanuvchining ona tilidan va tarjimon xizmatlaridan foydalanish huquqi buzilgan boʻlsa; 8) qonunga koʻra himoyachi, qonuniy vakil ishtirok etishi shart boʻlsa-yu, ish ularning ishtirokisiz tergov qilingan yoki koʻrib chiqilgan boʻlsa; 9) ishni yuritishni istisno etadigan holatlar mavjud boʻla turib, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi oʻtkazilgan boʻlsa; 10) sud majlisi bayonnomasi ishda mavjud boʻlmasa yoxud imzolanmagan boʻlsa. 489-modda. Jinoyat kodeksi normalarining notoʻgʻri qoʻllanilishi Quyidagilar Jinoyat kodeksi normalarining notoʻgʻri qoʻllanilishi deb eʼtirof etiladi: 1) Jinoyat kodeksi Umumiy qismi moddalarining talablari buzilganligi; 2) jinoyatning Jinoyat kodeksining qoʻllanilishi lozim boʻlgan moddasi (moddaning qismi, bandi) oʻrniga boshqa moddasi (moddaning qismi, bandi) bilan tavsiflanganligi; 3) mahkumga Jinoyat kodeksining mazkur moddasida nazarda tutilmagan jazo turi va meʼyori tayinlanganligi. 490-modda. Jazoning adolatsizligi Jazo jinoyatning ogʻirligiga, mahkumning shaxsiga nomuvofiq boʻlsa yoki jazo Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan doiradan chetga chiqmasdan tayinlangan boʻlsa-da, biroq turi yoki meʼyori boʻyicha oʻta yengil yoki oʻta ogʻir boʻlsa, adolatsiz hisoblanadi. 491-modda. Moddiy zararning oʻrni qoplanganligi munosabati bilan hukmni oʻzgartirish Ishni apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida koʻrib chiqayotgan sud yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmasligi toʻgʻrisidagi tegishli moddasi normasini qoʻllash uchun asoslar aniqlangan taqdirda hukmni oʻzgartiradi. 492-modda. Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunning qonuniy kuchga kirganligi Agar ishni apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida koʻrib chiqish davomida Jinoyat kodeksining 13-moddasiga muvofiq orqaga qaytish kuchiga ega boʻlgan, qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun qonuniy kuchga kirsa, sud hukmga zarur oʻzgartirishlar kiritadi yoki hukmni bekor qilib, ish yuritishni tugatadi. 493-modda. Hukmni bekor qilish va ishni birinchi instansiya sudiga yuborish Agar ushbu Kodeks 416, 417-moddalarining ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida koʻrish chogʻida aniqlansa, sud prokurorning yoki jabrlanuvchining, uning vakilining yoxud mahkumning, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga koʻra, sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish yoki boshqa shaxsni ishda ayblanuvchi sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqida ajrim chiqaradi. Ajrimni ijro etish ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorning zimmasiga yuklatiladi. Sud ajrimi ushbu Kodeksning 416, 417-moddalarida belgilangan muddatda bajarilmagan yoki prokurorning ayblovga qoʻshimcha kiritish yoxud yangi shaxsni ishda ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun jalb etish mumkin emasligi toʻgʻrisidagi xulosasi kelib tushgan taqdirda, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi sud muhokamasini jinoyat ishida mavjud boʻlgan dalillar asosida davom ettiradi. Mahkumga yangi ayblov qoʻyilgan yoki yangi shaxs ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun ishga jalb etilgan taqdirda apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi ayblov hukmini bekor qiladi va ishni birinchi instansiya sudiga yangidan koʻrish uchun yuboradi. Ishning muhokamasi birinchi instansiya sudi tomonidan umumiy asoslarda amalga oshiriladi. 494-modda. Hukmni mahkumning, oqlangan shaxsning ahvolini ogʻirlashtirish tomonga bekor qilish Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi sudning hukmini bekor qilishga va mahkumga jazoni kuchaytirgan yoki unga nisbatan eʼlon qilingan ayblov doirasida ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi qonunni qoʻllagan holda yangi ayblov hukmi chiqarishga haqli. Sudning ayblov hukmi apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan faqat prokurorning protestiga yoki jabrlanuvchining, uning vakilining shikoyatiga koʻra, mahkumning ahvolini ogʻirlashtirgan holda yangi hukm chiqarish orqali bekor qilinishi mumkin. Sudning oqlov hukmi apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan faqat prokurorning protestiga yoki jabrlanuvchining, uning vakilining mazkur hukmning qonunga xilofligi va asossizligi borasidagi shikoyatiga koʻra, ayblov hukmi chiqarilgan holda bekor qilinishi mumkin. 495-modda. Sudning hukmini, ajrimini oʻzgartirish Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi sudning ayblov hukmini yoki ajrimini oʻzgartirish chogʻida quyidagilarga haqli: 1) jazoni yengillashtirishga yoki mahkumga nisbatan yengilroq jinoyat toʻgʻrisidagi qonunni qoʻllashga; 2) mahkumni oʻta xavfli retsidivist deb topishga; 3) jazoni ijro etish muassasasi turini yengilrogʻiga yoki ogʻirrogʻiga oʻzgartirishga; 4) jinoyat natijasida yetkazilgan, oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan moddiy zarar miqdorini, shuningdek maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish miqdorini kamaytirishga yoki koʻpaytirishga; 5) Jinoyat kodeksining 96-moddasiga muvofiq mahkumga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashga; 6) ashyoviy dalillar, protsessual chiqimlar toʻgʻrisidagi masalalarni va boshqa masalalarni hal etishga. Oqlov hukmining oqlov asoslariga doir qismi oqlangan shaxsning, uning himoyachisining, qonuniy vakilining shikoyatiga koʻra oʻzgartirilishi mumkin. 496-modda. Ayblov hukmini jinoyat ishini tugatgan holda bekor qilish Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi jinoyat ishini koʻrib chiqib, quyidagi hollarda ayblov hukmini bekor qiladi va jinoyat ishini tugatadi, agar: 1) ish boʻyicha ushbu Kodeksning 83-moddasida hamda 84-moddasining birinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlangan boʻlsa; 2) ish boʻyicha toʻplangan dalillar mahkumni aybdor deb topish uchun yetarli boʻlmasa va qoʻshimcha dalillarni toʻplash imkoniyati qolmagan boʻlsa. 497-modda. Sudning hukmi va ajrimi ijro etilishini toʻxtatib turish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi har qanday sudining ustidan shikoyat (protest) berilgan hukmi va ajrimi ijro etilishini berilgan shikoyat (protest) kassatsiya yoki taftish tartibida hal qilinguniga qadar toʻxtatib turishga haqli, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan chiqarilgan sud qarorlari mustasno. Qonunning ochiqdan-ochiq buzilganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu shaxslar ishni talab qilib olish bilan bir vaqtda hukmning, ajrimning ijro etilishini to ular yuzasidan shikoyat (protest) berilguniga qadar koʻpi bilan uch oyga toʻxtatib turishga haqlidir. |
551-bob. BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HUKMI, AJRIMI USTIDAN APELLYATSIYA TARTIBIDA SHIKOYAT BERISH (PROTEST BILDIRISH) | 551-bob. BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING HUKMI, AJRIMI USTIDAN APELLYATSIYA TARTIBIDA SHIKOYAT BERISH (PROTEST BILDIRISH) |
4971-modda. Apellyatsiya tartibida shikoyat beriladigan va protest bildiriladigan qarorlar | 4971-modda. Apellyatsiya tartibida shikoyat beriladigan va protest bildiriladigan qarorlar |
Birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin. | Birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin. |
Birinchi instansiya sudining sud muhokamasi vaqtida chiqarilgan ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish hukm ustidan shunday harakatlarni sodir etish bilan bir paytning oʻzida amalga oshirilishi mumkin. | Birinchi instansiya sudining sud muhokamasi vaqtida chiqarilgan ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish hukm ustidan shunday harakatlarni sodir etish bilan bir paytning oʻzida amalga oshirilishi mumkin. |
4972-modda. Hukm ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish huquqiga ega boʻlgan shaxslar | 4972-modda. Hukm ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish huquqiga ega boʻlgan shaxslar |
Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili sudning qonuniy kuchga kirmagan hukmi ustidan shikoyat berishga, prokuror va uning oʻrinbosari esa, protest bildirishga haqlidir. | Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili sudning qonuniy kuchga kirmagan hukmi ustidan shikoyat berishga, prokuror va uning oʻrinbosari esa, protest bildirishga haqlidir. |
Fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari hukmning fuqaroviy daʼvoga daxldor qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir. | Fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari hukmning fuqaroviy daʼvoga daxldor qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir. |
Sud tomonidan oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili hukmning oqlash sabablari hamda asoslariga doir qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir. | Sud tomonidan oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili hukmning oqlash sabablari hamda asoslariga doir qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir. |
Ishda taraf boʻlmagan shaxslar ham sud hukmining oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berishga haqlidir. | Ishda taraf boʻlmagan shaxslar ham sud hukmining oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berishga haqlidir. |
4973-modda. Hukmlar ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish tartibi | 4973-modda. Hukmlar ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish tartibi |
Qonuniy kuchga kirmagan hukmlar ustidan apellyatsiya tartibida quyidagicha shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin: | Qonuniy kuchga kirmagan hukmlar ustidan apellyatsiya tartibida quyidagicha shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin: |
1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining hukmi ustidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudiga; | 1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining hukmi ustidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudiga; |
2) hududiy harbiy sudlarning hukmi ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga; | 2) hududiy harbiy sudlarning hukmi ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga; |
3) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmi ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga; 4) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining hukmi ustidan — mazkur sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga. Apellyatsiya shikoyatlari va protestlari hukm chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat yoki protest bevosita apellyatsiya instansiyasi sudiga berilgan taqdirda, sud ularni hukm chiqargan sudga ushbu Kodeksning 4976-moddasida bayon etilgan talablarni bajarish uchun yuboradi. 4974-modda. Hukm ustidan apellyatsiya shikoyatlari va protestlari berish muddati Apellyatsiya shikoyati va protestlari hukm eʼlon qilingan kundan eʼtiboran yigirma sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa ularga hukmning koʻchirma nusxasi topshirilgan kundan eʼtiboran shu muddat ichida berilishi mumkin. | 3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmlari ustidan — ayni shu sudlarga. Apellyatsiya shikoyatlari (protestlari) hukm chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat (protest) bevosita apellyatsiya instansiyasi sudiga berilgan taqdirda, mazkur sud ularni hukm chiqargan sudga ushbu Kodeksning 4976-moddasida bayon etilgan talablarni bajarish uchun yuboradi. 4974-modda. Hukm ustidan apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) berish muddatlari Apellyatsiya shikoyati va protestlari hukm eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa ularga hukmning koʻchirma nusxasi topshirilgan kundan eʼtiboran shu muddat ichida berilishi mumkin. |
Hukm ustidan shikoyat va protest berish uchun belgilangan muddat ichida ish suddan talab qilib olinishi mumkin emas. Taraflar shu vaqt mobaynida ish bilan sud binosida tanishishga haqli. | Hukm ustidan shikoyat va protest berish uchun belgilangan muddat ichida ish suddan talab qilib olinishi mumkin emas. Taraflar shu vaqt mobaynida ish bilan sud binosida tanishishga haqli. |
Belgilangan muddat oʻtgandan keyin berilgan shikoyat yoki protest oqibatsiz qoldiriladi, bu haqda ularni bergan shaxslarga xabar qilinadi. | Belgilangan muddat oʻtgandan keyin berilgan shikoyat yoki protest oqibatsiz qoldiriladi, bu haqda ularni bergan shaxslarga xabar qilinadi. |
4975-modda. Apellyatsiya shikoyati yoki protesti berish muddatini tiklash tartibi | 4975-modda. Apellyatsiya shikoyati yoki protesti berish muddatini tiklash tartibi |
Hukm ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish muddati uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan hollarda apellyatsiya shikoyati yoki protesti berish huquqiga ega boʻlgan shaxslar hukm chiqargan sudga muddatni tiklash soʻralgan iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin. Zarur hollarda, bu masala iltimosnoma bergan shaxsning ishtirokida hal qilinadi. | Hukm ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish muddati uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan hollarda apellyatsiya shikoyati yoki protesti berish huquqiga ega boʻlgan shaxslar hukm chiqargan sudga muddatni tiklash soʻralgan iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin. Zarur hollarda, bu masala iltimosnoma bergan shaxsning ishtirokida hal qilinadi. |
Sudning oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan apellyatsiya instansiyasi sudiga xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin boʻlib, u mazkur ajrimni bekor qilishga, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashga va apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ishni koʻrishga yoxud ishni hukm chiqargan sudga ushbu Kodeks 4976-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajarish uchun yuborishga haqli. | Sudning oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan apellyatsiya instansiyasi sudiga xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin boʻlib, u mazkur ajrimni bekor qilishga, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashga va apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ishni koʻrishga yoxud ishni hukm chiqargan sudga ushbu Kodeks 4976-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajarish uchun yuborishga haqli. |
4976-modda. Apellyatsiya shikoyati, protesti berilganligi toʻgʻrisida xabar berish | 4976-modda. Apellyatsiya shikoyati, protesti berilganligi toʻgʻrisida xabar berish |
Hukm chiqargan sud apellyatsiya shikoyati, protesti berilganligi toʻgʻrisida mahkumni, oqlangan shaxsni, ularning himoyachilarini, qonuniy vakilini, jabrlanuvchini, uning vakilini, shuningdek fuqaroviy daʼvogarni, fuqaroviy javobgarni, ularning vakillarini agar shikoyat, protest ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, xabardor qiladi. | Hukm chiqargan sud apellyatsiya shikoyati, protesti berilganligi toʻgʻrisida mahkumni, oqlangan shaxsni, ularning himoyachilarini, qonuniy vakilini, jabrlanuvchini, uning vakilini, shuningdek fuqaroviy daʼvogarni, fuqaroviy javobgarni, ularning vakillarini agar shikoyat, protest ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, xabardor qiladi. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga shikoyatning, protestning koʻchirma nusxalari yoxud hukm chiqargan sudning internet-resursi orqali ularning elektron nusxalari bilan tanishish mumkinligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga shikoyat, protest yuzasidan oʻz eʼtirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida berish huquqi ularni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda tushuntiriladi. Shikoyat, protest ustidan kelib tushgan eʼtirozlar ishga qoʻshib qoʻyiladi. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga shikoyatning, protestning koʻchirma nusxalari yoxud hukm chiqargan sudning internet-resursi orqali ularning elektron nusxalari bilan tanishish mumkinligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga shikoyat, protest yuzasidan oʻz eʼtirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida berish huquqi ularni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda tushuntiriladi. Shikoyat, protest ustidan kelib tushgan eʼtirozlar ishga qoʻshib qoʻyiladi. |
Taraflar apellyatsiya shikoyatiga, protestiga doir eʼtiroz bilan birga alohida holda yangi materiallarni taqdim etishga yoxud ularni talab qilib olish va tekshirish, shuningdek oʻzlari koʻrsatgan jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni sudga chaqirish va soʻroq qilish haqida iltimosnoma berishga haqli. | Taraflar apellyatsiya shikoyatiga, protestiga doir eʼtiroz bilan birga alohida holda yangi materiallarni taqdim etishga yoxud ularni talab qilib olish va tekshirish, shuningdek oʻzlari koʻrsatgan jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni sudga chaqirish va soʻroq qilish haqida iltimosnoma berishga haqli. |
4977-modda. Hukm ustidan apellyatsiya shikoyati yoki protesti berish oqibatlari | 4977-modda. Hukm ustidan apellyatsiya shikoyati yoki protesti berish oqibatlari |
Apellyatsiya shikoyati yoki protesti berilishi hukmning qonuniy kuchga kirishini va uning ijro ettirilishini toʻxtatib turadi. | Apellyatsiya shikoyati yoki protesti berilishi hukmning qonuniy kuchga kirishini va uning ijro ettirilishini toʻxtatib turadi. |
Hukm ustidan shikoyat berish va protest bildirish uchun belgilangan muddat tugagach, hukm chiqargan sud ushbu Kodeksning 4976-moddasida nazarda tutilgan talablarni bajarib, ishni shikoyatlar, protestlar hamda ular yuzasidan bildirilgan eʼtirozlar, shuningdek taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar bilan birga oʻn kundan kechiktirmay apellyatsiya instansiyasi sudiga yuboradi. | Hukm ustidan shikoyat berish va protest bildirish uchun belgilangan muddat tugagach, hukm chiqargan sud ushbu Kodeksning 4976-moddasida nazarda tutilgan talablarni bajarib, ishni shikoyatlar, protestlar hamda ular yuzasidan bildirilgan eʼtirozlar, shuningdek taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar bilan birga oʻn kundan kechiktirmay apellyatsiya instansiyasi sudiga yuboradi. |
Bu muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan koʻpi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin. | Bu muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan koʻpi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin. |
4978-modda. Apellyatsiya shikoyati va protestining mazmuni Apellyatsiya shikoyati va protestida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) shikoyat, protest yoʻllanayotgan sudning nomi; 2) shikoyat bergan shaxs, uning protsessual mavqeyi, yashash joyi yoki turish manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 3) hukmni chiqargan sudning nomi, sud ishining raqami, hukm chiqarilgan sana, shikoyat berilayotgan va protest bildirilayotgan hukm kimga nisbatan chiqarilgan boʻlsa, shu shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 4) shikoyat, protest bergan shaxsning vajlari, uning fikriga koʻra hukm yoki boshqa qarorning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi hamda iltimosining mohiyati; 5) shikoyat, protest bergan shaxs oʻz talablarini asoslayotgan, shu jumladan birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar; 6) yangidan taqdim etilayotgan dalillar va ularning birinchi instansiya sudiga taqdim etilmaganligi sabablari; 7) shikoyatga, protestga ilova qilinayotgan materiallar roʻyxati; 8) shikoyat, protest berilgan sana hamda shikoyat, protest berayotgan shaxsning imzosi. Agar apellyatsiya shikoyatining, protestining mazmuni mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablarga javob bermasa va bu kelgusida ishni mazmunan koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilsa, sudya apellyatsiya shikoyatini, protestini uni bergan shaxsga qaytarish toʻgʻrisida apellyatsiya shikoyatini yoki protestini qayta tuzish uchun muddatni belgilagan holda uch kunlik muddatda ajrim chiqaradi. Sudyaning apellyatsiya shikoyatini, protestini qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimi talablari bajarilmagan va apellyatsiya shikoyati, protesti belgilangan vaqtda kelib tushmagan hollarda, u berilmagan deb hisoblanadi. Bunday holda hukm qonuniy kuchga kirgan deb hisoblanadi. | |
4979-modda. Apellyatsiya shikoyatiga, protestiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish | 4979-modda. Apellyatsiya shikoyatiga, protestiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish |
Apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs apellyatsiya instansiyasi sudining majlisi boshlanguniga qadar uni oʻzgartirishga yoki yangi vajlar bilan toʻldirishga haqli. | Apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs apellyatsiya instansiyasi sudining majlisi boshlanguniga qadar uni oʻzgartirishga yoki yangi vajlar bilan toʻldirishga haqli. |
Hukm ustidan shikoyat (protest) berish muddati oʻtganidan keyin berilgan apellyatsiya protestiga, jabrlanuvchining yoki uning vakilining apellyatsiya shikoyatiga oʻzgartirish yoki qoʻshimcha kiritishda mahkumning ahvolini ogʻirlashtirish toʻgʻrisida masala, agar bunday talab dastlabki shikoyatda, protestda mavjud boʻlmasa, qoʻyilishi mumkin emas. | Hukm ustidan shikoyat (protest) berish muddati oʻtganidan keyin berilgan apellyatsiya protestiga, jabrlanuvchining yoki uning vakilining apellyatsiya shikoyatiga oʻzgartirish yoki qoʻshimcha kiritishda mahkumning ahvolini ogʻirlashtirish toʻgʻrisida masala, agar bunday talab dastlabki shikoyatda, protestda mavjud boʻlmasa, qoʻyilishi mumkin emas. |
Hukm ustidan shikoyat qilish muddati oʻtganidan keyin ishga kirishgan himoyachi apellyatsiya shikoyatini oʻzgartirishi yoki uni yangi vajlar bilan toʻldirishi, ilgari ishda ishtirok etgan himoyachi tomonidan berilgan shikoyat vajlariga qoʻshimcha asoslar taqdim etishi mumkin. | Hukm ustidan shikoyat qilish muddati oʻtganidan keyin ishga kirishgan himoyachi apellyatsiya shikoyatini oʻzgartirishi yoki uni yangi vajlar bilan toʻldirishi, ilgari ishda ishtirok etgan himoyachi tomonidan berilgan shikoyat vajlariga qoʻshimcha asoslar taqdim etishi mumkin. |
49710-modda. Apellyatsiya shikoyatini yoki protestini qaytarib olish | 49710-modda. Apellyatsiya shikoyatini yoki protestini qaytarib olish |
Hukm ustidan shikoyat bergan yoki protest bildirgan shaxs oʻz shikoyatini yoki protestini qaytarib olishga haqli. Yuqori turuvchi prokuror ham protestni qaytarib olish huquqiga ega. | Hukm ustidan shikoyat bergan yoki protest bildirgan shaxs oʻz shikoyatini yoki protestini qaytarib olishga haqli. Yuqori turuvchi prokuror ham protestni qaytarib olish huquqiga ega. |
Mahkumning himoyachisi, qonuniy vakili oʻz shikoyatini faqat mahkumning roziligi bilan qaytarib olishga haqli. | Mahkumning himoyachisi, qonuniy vakili oʻz shikoyatini faqat mahkumning roziligi bilan qaytarib olishga haqli. |
Mahkum himoyachi tomonidan berilgan shikoyatni qaytarib olishga haqli. | Mahkum himoyachi tomonidan berilgan shikoyatni qaytarib olishga haqli. |
Apellyatsiya shikoyatini yoki protestini qaytarib olishga apellyatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar yoʻl qoʻyiladi. | Apellyatsiya shikoyatini yoki protestini qaytarib olishga apellyatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar yoʻl qoʻyiladi. |
49711-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat va protest berish | 49711-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish |
Ish boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kunlik muddatda ushbu Kodeksning 4972-moddasida nazarda tutilgan shaxslar tomonidan xususiy shikoyat yoki xususiy protest berilishi mumkin. | Ish boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda ushbu Kodeksning 4972-moddasida nazarda tutilgan shaxslar tomonidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest bildirilishi mumkin. |
Hukm chiqarish bilan yakunlangan sud muhokamasi chogʻida chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat berilgan yoxud protest bildirilgan taqdirda, hukm ustidan shikoyat va protest berish uchun belgilangan muddat tugagandan keyingina ish apellyatsiya instansiyasi sudiga yuboriladi. | Hukm chiqarish bilan yakunlangan sud muhokamasi chogʻida chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda, ish faqat hukm ustidan xususiy shikoyat (xususiy protest) berish uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin apellyatsiya instansiyasi sudiga yuboriladi. |
Sud muhokamasi chogʻida chiqarilgan va dalillarni tekshirish tartibiga, jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomalariga, ehtiyot chorasini tanlashga, uni oʻzgartirishga yoki bekor qilishga, shuningdek sud majlisi zalida tartib saqlashga taalluqli ajrimlar ustidan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda shikoyat berish va protest bildirish mumkin emas. Ularga qarshi eʼtirozlar apellyatsiya shikoyatiga yoki apellyatsiya protestiga kiritilishi mumkin. | Sud muhokamasi chogʻida chiqarilgan va dalillarni tekshirish tartibiga, jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomalariga, ehtiyot chorasini tanlashga, uni oʻzgartirishga yoki bekor qilishga, shuningdek sud majlisi zalida tartib saqlashga taalluqli ajrimlar ustidan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda shikoyat berish va protest bildirish mumkin emas. Ularga qarshi eʼtirozlar apellyatsiya shikoyatiga yoki apellyatsiya protestiga kiritilishi mumkin. |
Ushbu ish boʻyicha taraf hisoblanmagan shaxslar ham sud ajrimi ustidan, agar ajrim ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, shikoyat berishga haqlidir. | Ushbu ish boʻyicha taraf hisoblanmagan shaxslar ham sud ajrimi ustidan, agar ajrim ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, shikoyat berishga haqlidir. |
49712-modda. Ishni apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborish toʻgʻrisida xabar berish | 49712-modda. Ishni apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborish toʻgʻrisida xabar berish |
Birinchi instansiya sudi jinoyat ishi apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborilganligi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 4972-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni xabardor qiladi. | Birinchi instansiya sudi jinoyat ishi apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborilganligi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 4972-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni xabardor qiladi. |
552-bob. APELLYATSIYA INSTANSIYASI SUDIDA ISH YURITISH | 552-bob. APELLYATSIYA INSTANSIYASI SUDIDA ISH YURITISH |
49713-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi muhokamasining predmeti Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha haqiqiy holatlar aniqlanishining toʻliqligini va jinoyat qonuni normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini, ish yuritishni amalga oshirish chogʻida jinoyat-protsessual qonun normalariga rioya etilgan-etilmaganligini, birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini ishda mavjud boʻlgan va apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirilgan dalillar boʻyicha tekshiradi. 49714-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrish muddatlari Apellyatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini ish shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh sutkadan kechiktirmay koʻrishga kirishishi kerak. Ish oʻta murakkab boʻlgan taqdirda va boshqa alohida hollarda tegishli sud raisi bu muddatni koʻpi bilan oʻn besh sutkaga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosari esa koʻpi bilan bir oyga uzaytirishi mumkin. Ishni koʻrish muddati uzaytirilganligi haqida jinoyat protsessining manfaatdor ishtirokchilari xabardor qilinishi kerak. Apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan jinoyat ishini koʻrish davomiyligi uni koʻrish boshlangan kundan eʼtiboran ikki oydan oshmasligi kerak. | |
49715-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisini tayinlash va tayyorlash | 49715-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisini tayinlash va tayyorlash |
Sudya apellyatsiya shikoyati, protesti bilan kelib tushgan jinoyat ishini oʻrganib, sud majlisini tayinlash toʻgʻrisida yetti sutka ichida ajrim chiqaradi va unda quyidagi masalalar hal etiladi: | Sudya apellyatsiya shikoyati, protesti bilan kelib tushgan jinoyat ishini oʻrganib, sud majlisini tayinlash toʻgʻrisida yetti sutka ichida ajrim chiqaradi va unda quyidagi masalalar hal etiladi: |
1) jinoyat ishini koʻrib chiqish joyi, sanasi va boshlanish vaqti toʻgʻrisidagi; | 1) jinoyat ishini koʻrib chiqish joyi, sanasi va boshlanish vaqti toʻgʻrisidagi; |
2) taraflarni, shuningdek guvohlarni, ekspertlarni va boshqa shaxslarni sud majlisiga chaqirish, shikoyatda, protestda koʻrsatilgan qoʻshimcha dalillarni, agar mazkur iltimosnomani asosli deb topsa, talab qilib olish toʻgʻrisidagi; | 2) taraflarni, shuningdek guvohlarni, ekspertlarni va boshqa shaxslarni sud majlisiga chaqirish, shikoyatda, protestda koʻrsatilgan qoʻshimcha dalillarni, agar mazkur iltimosnomani asosli deb topsa, talab qilib olish toʻgʻrisidagi; |
3) ushbu Kodeksning 19-moddasida nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishini yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisidagi; | 3) ushbu Kodeksning 19-moddasida nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishini yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisidagi; |
4) qamoqda yoki uy qamogʻida saqlanayotgan mahkumning sud majlisida ishtirok etishi toʻgʻrisidagi. | 4) qamoqda yoki uy qamogʻida saqlanayotgan mahkumning sud majlisida ishtirok etishi toʻgʻrisidagi. |
Ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran uch sutka ichida protsess ishtirokchilariga sud majlisi tayinlanganligi haqida xabarnoma yuboriladi. | Ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran uch sutka ichida protsess ishtirokchilariga sud majlisi tayinlanganligi haqida xabarnoma yuboriladi. |
Agar jinoyat ishini oʻrganish chogʻida birinchi instansiya sudi tomonidan ushbu Kodeks 4976-moddasi ikkinchi qismining talablari bajarilmaganligi aniqlansa, sudya apellyatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrib chiqishga monelik qiluvchi holatlarni bartaraf etish uchun jinoyat ishini shu sudga qaytaradi. | Agar jinoyat ishini oʻrganish chogʻida birinchi instansiya sudi tomonidan ushbu Kodeks 4976-moddasi ikkinchi qismining talablari bajarilmaganligi aniqlansa, sudya apellyatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrib chiqishga monelik qiluvchi holatlarni bartaraf etish uchun jinoyat ishini shu sudga qaytaradi. |
49716-modda. Taraflarning apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etishi | 49716-modda. Taraflarning apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etishi |
Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida quyidagilar ishtirok etishi shart: | Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida quyidagilar ishtirok etishi shart: |
1) tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori tomonidan vakolat berilgan prokuror; | 1) tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori tomonidan vakolat berilgan prokuror; |
2) mahkum, oqlangan shaxs yoki oʻziga nisbatan jinoyat ishi tugatilgan shaxs — mazkur shaxs sud majlisida ishtirok etish toʻgʻrisida iltimosnoma bergan yoki sud mazkur shaxsning sud majlisida ishtirok etishini zarur deb topgan hollarda; | 2) mahkum, oqlangan shaxs yoki oʻziga nisbatan jinoyat ishi tugatilgan shaxs — mazkur shaxs sud majlisida ishtirok etish toʻgʻrisida iltimosnoma bergan yoki sud mazkur shaxsning sud majlisida ishtirok etishini zarur deb topgan hollarda; |
3) himoyachi — ushbu Kodeksning 51 va 52-moddalarida koʻrsatilgan hollarda. | 3) himoyachi — ushbu Kodeksning 51 va 52-moddalarida koʻrsatilgan hollarda. |
Qamoqda yoki uy qamogʻida saqlanayotgan va apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqishda hozir boʻlish istagini bildirgan mahkumga sud majlisida bevosita yoki videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etish huquqi taʼminlanadi. | Qamoqda yoki uy qamogʻida saqlanayotgan va apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqishda hozir boʻlish istagini bildirgan mahkumga sud majlisida bevosita yoki videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etish huquqi taʼminlanadi. |
49717-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida jinoyat ishini koʻrish tartibi | 49717-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida jinoyat ishini koʻrish tartibi |
Apellyatsiya instansiyasi sudida jinoyat ishi birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha, ushbu bobda nazarda tutilgan qoidalar inobatga olingan holda koʻriladi. | Apellyatsiya instansiyasi sudida jinoyat ishi birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha, ushbu bobda nazarda tutilgan qoidalar inobatga olingan holda koʻriladi. |
Raislik qiluvchi sud majlisini ochadi hamda qanday jinoyat ishi va kimning apellyatsiya shikoyati, protesti boʻyicha koʻrilishini eʼlon qiladi. | Raislik qiluvchi sud majlisini ochadi hamda qanday jinoyat ishi va kimning apellyatsiya shikoyati, protesti boʻyicha koʻrilishini eʼlon qiladi. |
Raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, prokurorning, himoyachining, sud majlisi kotibining va, agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning familiyasi, ismini va otasining ismini maʼlum qiladi. | Raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, prokurorning, himoyachining, sud majlisi kotibining va, agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning familiyasi, ismini va otasining ismini maʼlum qiladi. |
Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisining joyi, sanasi va vaqti toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi jinoyat ishini koʻrishga monelik qilmaydi, bundan sud majlisida ishtirok etishi shart boʻlgan shaxslar mustasno. | Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisining joyi, sanasi va vaqti toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi jinoyat ishini koʻrishga monelik qilmaydi, bundan sud majlisida ishtirok etishi shart boʻlgan shaxslar mustasno. |
Raislik qiluvchi hozir boʻlgan jinoyat protsessi ishtirokchilariga ularning huquqlarini tushuntiradi va ularda rad qilishga oid arzlar va iltimosnomalar bor-yoʻqligini, apellyatsiya shikoyatida, protestida bayon etilgan iltimoslarni quvvatlashini yoki quvvatlamasligini aniqlaydi. Bunday iltimoslar mavjud boʻlganda sud ular boʻyicha ajrim chiqaradi. | Raislik qiluvchi hozir boʻlgan jinoyat protsessi ishtirokchilariga ularning huquqlarini tushuntiradi va ularda rad qilishga oid arzlar va iltimosnomalar bor-yoʻqligini, apellyatsiya shikoyatida, protestida bayon etilgan iltimoslarni quvvatlashini yoki quvvatlamasligini aniqlaydi. Bunday iltimoslar mavjud boʻlganda sud ular boʻyicha ajrim chiqaradi. |
Sud muhokamasi sudyalardan birining maʼruzasi bilan boshlanadi. U birinchi instansiya sudi hukmining yoki ajrimining mazmunini, apellyatsiya shikoyatining, protestining mazmunini va unga qarshi eʼtirozlarning mohiyatini qisqacha bayon etadi. | Sud muhokamasi sudyalardan birining maʼruzasi bilan boshlanadi. U birinchi instansiya sudi hukmining yoki ajrimining mazmunini, apellyatsiya shikoyatining, protestining mazmunini va unga qarshi eʼtirozlarning mohiyatini qisqacha bayon etadi. |
Raislik qiluvchi apellyatsiya shikoyati bergan shaxsga, apellyatsiya shikoyati va protesti kimga nisbatan berilgan boʻlsa oʻsha shaxsga, ularning himoyachilari va vakillariga, soʻngra esa prokurorga soʻz beradi. Ish boʻyicha bir nechta shikoyat mavjud boʻlgan taqdirda, soʻzga chiqish navbati sud tomonidan taraflarning fikri inobatga olingan holda belgilanadi. Agar berilgan apellyatsiya shikoyatlari orasida prokurorning apellyatsiya protesti boʻlsa, soʻz birinchi navbatda unga beriladi. | Raislik qiluvchi apellyatsiya shikoyati bergan shaxsga, apellyatsiya shikoyati va protesti kimga nisbatan berilgan boʻlsa oʻsha shaxsga, ularning himoyachilari va vakillariga, soʻngra esa prokurorga soʻz beradi. Ish boʻyicha bir nechta shikoyat mavjud boʻlgan taqdirda, soʻzga chiqish navbati sud tomonidan taraflarning fikri inobatga olingan holda belgilanadi. Agar berilgan apellyatsiya shikoyatlari orasida prokurorning apellyatsiya protesti boʻlsa, soʻz birinchi navbatda unga beriladi. |
Sud taraflarning soʻzlarini eshitib, hukmning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini lozim darajada tekshirib koʻrishni taʼminlash zaruratidan kelib chiqib, bevosita sud majlisida tekshiriladigan dalillar hajmini aniqlash toʻgʻrisida; sud majlisiga sudlanuvchini, jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlar va zarurat boʻlsa, boshqa shaxslarni chaqirish haqida; sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini saqlab qolish, tanlash, bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. | Sud taraflarning soʻzlarini eshitib, hukmning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini lozim darajada tekshirib koʻrishni taʼminlash zaruratidan kelib chiqib, bevosita sud majlisida tekshiriladigan dalillar hajmini aniqlash toʻgʻrisida; sud majlisiga sudlanuvchini, jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlar va zarurat boʻlsa, boshqa shaxslarni chaqirish haqida; sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini saqlab qolish, tanlash, bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. |
Shundan keyin sud sud majlisiga chaqirilgan sudlanuvchini, guvohlarni, jabrlanuvchilarni soʻroq qilish yoʻli bilan dalillarni tekshirishga, shuningdek taraflarning iltimosi boʻyicha hamda oʻzining tashabbusi bilan hujjatlarni, bayonnomalarni va ishga oid boshqa materiallarni oʻqib eshittirishga kirishadi. Dalillarni tekshirish tartibi taraflarning fikrlari inobatga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Taraflar apellyatsiya instansiyasi sudiga apellyatsiya shikoyatida, protestida keltirilgan vajlarni tasdiqlab yoki inkor etib, qoʻshimcha materiallar taqdim etishga haqli. | Shundan keyin sud sud majlisiga chaqirilgan sudlanuvchini, guvohlarni, jabrlanuvchilarni soʻroq qilish yoʻli bilan dalillarni tekshirishga, shuningdek taraflarning iltimosi boʻyicha hamda oʻzining tashabbusi bilan hujjatlarni, bayonnomalarni va ishga oid boshqa materiallarni oʻqib eshittirishga kirishadi. Dalillarni tekshirish tartibi taraflarning fikrlari inobatga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Taraflar apellyatsiya instansiyasi sudiga apellyatsiya shikoyatida, protestida keltirilgan vajlarni tasdiqlab yoki inkor etib, qoʻshimcha materiallar taqdim etishga haqli. |
Birinchi instansiya sudida soʻroq qilingan guvohlar, agar sud buni zarur deb topsa, apellyatsiya instansiyasi sudida soʻroq qilinadilar. | Birinchi instansiya sudida soʻroq qilingan guvohlar, agar sud buni zarur deb topsa, apellyatsiya instansiyasi sudida soʻroq qilinadilar. |
Taraflarning dalillarni, shu jumladan birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillarni tekshirish toʻgʻrisidagi va sud majlisiga guvohlar, ekspertlarni hamda boshqa shaxslarni chaqirish toʻgʻrisidagi iltimosnomalari ushbu Kodeks 438-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi. Bunda sud iltimosnomani qanoatlantirishni faqat u birinchi instansiya sudi tomonidan qanoatlantirilmaganligiga asoslanib rad etishga haqli emas. | Taraflarning dalillarni, shu jumladan birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillarni tekshirish toʻgʻrisidagi va sud majlisiga guvohlar, ekspertlarni hamda boshqa shaxslarni chaqirish toʻgʻrisidagi iltimosnomalari ushbu Kodeks 438-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi. Bunda sud iltimosnomani qanoatlantirishni faqat u birinchi instansiya sudi tomonidan qanoatlantirilmaganligiga asoslanib rad etishga haqli emas. |
Birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar (yangi dalillar) sud tomonidan qabul qilinadi, bunda ularni tekshirish toʻgʻrisida iltimosnoma bergan shaxs oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra bu dalillarni birinchi instansiya sudiga taqdim etishga imkoniyati boʻlmaganligini asoslab berishi kerak. | Birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar (yangi dalillar) sud tomonidan qabul qilinadi, bunda ularni tekshirish toʻgʻrisida iltimosnoma bergan shaxs oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra bu dalillarni birinchi instansiya sudiga taqdim etishga imkoniyati boʻlmaganligini asoslab berishi kerak. |
Apellyatsiya instansiyasi sudi dalillarni videokonferensaloqa tizimlaridan foydalangan holda tekshirishga haqli. | Apellyatsiya instansiyasi sudi dalillarni videokonferensaloqa tizimlaridan foydalangan holda tekshirishga haqli. |
Sud tergovi tugallangach, sud taraflardan sud tergoviga qoʻshimcha qilish yuzasidan iltimoslari bor-yoʻqligini surishtiradi. Sud bu iltimoslarni hal etadi va shundan keyin taraflarning muzokaralariga oʻtadi. | Sud tergovi tugallangach, sud taraflardan sud tergoviga qoʻshimcha qilish yuzasidan iltimoslari bor-yoʻqligini surishtiradi. Sud bu iltimoslarni hal etadi va shundan keyin taraflarning muzokaralariga oʻtadi. |
49718-modda. Taraflarning muzokaralari va sudlanuvchining oxirgi soʻzi | 49718-modda. Taraflarning muzokaralari va sudlanuvchining oxirgi soʻzi |
Sud muzokaralari ushbu Kodeksning 449-moddasi qoidalari asosida oʻtkaziladi, bunda shikoyat, protest bergan shaxs birinchi boʻlib soʻzga chiqadi. | Sud muzokaralari ushbu Kodeksning 449-moddasi qoidalari asosida oʻtkaziladi, bunda shikoyat, protest bergan shaxs birinchi boʻlib soʻzga chiqadi. |
Taraflarning muzokaralari tamom boʻlganidan keyin raislik qiluvchi sudlanuvchiga, agar u sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, oxirgi soʻz beradi, shundan keyin sud qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi. | Taraflarning muzokaralari tamom boʻlganidan keyin raislik qiluvchi sudlanuvchiga, agar u sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, oxirgi soʻz beradi, shundan keyin sud qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi. |
49719-modda. Hukmni bekor qilish yoki oʻzgartirish asoslari Hukmni bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun quyidagilar asos boʻladi: 1) sud tergovining toʻliq emasligi yoki bir yoqlama olib borilganligi; 2) sudning hukmida bayon qilingan sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiq kelmasligi; 3) ushbu Kodeks normalarining jiddiy ravishda buzilganligi; 4) Jinoyat kodeksi normalarining notoʻgʻri qoʻllanilganligi; 5) jazoning adolatsizligi. 49720-modda. Sud tergovining toʻliq emasligi va bir yoqlamaligi Sud tergovi quyidagi hollarda toʻliq emas va bir yoqlama deb topiladi, basharti ish boʻyicha: 1) ushbu Kodeksning 82 — 84-moddalarida koʻrsatilgan holatlar yetarlicha toʻliq aniqlanmagan boʻlsa; 2) koʻrsatuvlari ishni hal qilish uchun jiddiy ahamiyatga ega boʻlgan shaxslar soʻroq qilinmagan boʻlsa; 3) oʻtkazilishi shart boʻlgan ekspertiza oʻtkazilmagan boʻlsa; 4) ish uchun jiddiy ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlar yoki ashyoviy dalillar talab qilib olinmagan boʻlsa; 5) natijalari ish uchun ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa tergov harakatlari oʻtkazilmagan boʻlsa; 6) ishni yangitdan apellyatsiya tartibida koʻrish uchun yuborgan kassatsiya instansiyasi sudining ajrimida koʻrsatilgan holatlar tekshirilmagan boʻlsa. 49721-modda. Hukmda bayon qilingan sud xulosalarining ishning haqiqiy holatlariga muvofiq kelmasligi Quyidagi hollarda sud hukmi jinoyat ishining haqiqiy holatlariga muvofiq emas deb eʼtirof etiladi, agar: 1) sud xulosalari sud majlisida koʻrilgan dalillar bilan tasdiqlanmagan boʻlsa; 2) sud oʻz xulosasiga jiddiy taʼsir qilishi mumkin boʻlgan holatlarni hisobga olmagan boʻlsa; 3) ish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan holatlarga nisbatan bir-biriga zid dalillar mavjud boʻlgani holda, sud qaysi sabablarga koʻra dalillardan baʼzilarini ishonarli deb topib, boshqalarini rad etganligi hukmda koʻrsatilmagan boʻlsa; 4) sudning hukmida bayon etilgan xulosalarda jiddiy ziddiyatlar mavjud boʻlib, ular sudlanuvchining aybliligi toʻgʻrisidagi masalani hal qilishga, Jinoyat kodeksi normalarini toʻgʻri qoʻllashga yoki jazo chorasini belgilashga taʼsir koʻrsatgan boʻlsa yoki taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa. 49722-modda. Jinoyat-protsessual qonun normalarining jiddiy buzilishlari Protsess ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlardan mahrum qilgan yoki bu huquqlarni cheklagan yoxud sud ishning har tomonlama koʻrib chiqishiga boshqacha tarzda xalal bergan hamda qonuniy, asosli va adolatli hukm chiqarishga taʼsir qilgan yoki taʼsir qilishi mumkin boʻlgan qoidabuzarliklar ushbu Kodeks normalarini jiddiy buzish deb eʼtirof etiladi. Hukm quyidagi hollarda bekor qilinishi kerak, agar: 1) hukmni qonunga xilof tarkibdagi sud chiqargan boʻlsa; 2) sudyaning hukmni yakka oʻzi chiqarishi tartibi yoki hukm chiqarishda sudyalar maslahatlashuvining sir saqlanishi buzilgan boʻlsa; 3) ish sudlanuvchi yoʻqligida koʻrilgan boʻlsa, bundan ushbu Kodeks 410-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno; 4) surishtiruv yoki dastlabki tergov tamomlanganidan soʻng ayblanuvchi ishdagi barcha materiallar bilan tanishtirilmagan va bu qoidabuzarlik hukm chiqargan sud tomonidan bartaraf etilmagan boʻlsa; 5) himoyachisi boʻlmagan sudlanuvchiga himoya nutqi uchun soʻz berilmagan boʻlsa; 6) sudlanuvchiga oxirgi soʻz berilmagan boʻlsa; 7) sudlanuvchining ona tilidan va tarjimon xizmatidan foydalanish huquqi buzilgan boʻlsa; 8) qonunga koʻra himoyachining ishtiroki shart boʻlsa-yu, ish uning ishtirokisiz tergov qilingan yoki koʻrib chiqilgan boʻlsa; 9) ishni yuritishni istisno etadigan holatlar boʻla turib, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi oʻtkazilgan boʻlsa; 10) sud majlisi bayonnomasi ishga tikilmagan yoxud imzolanmagan boʻlsa. 49723-modda. Jinoyat kodeksi normalarining notoʻgʻri qoʻllanilishi Quyidagilar Jinoyat kodeksi normalarining notoʻgʻri qoʻllanilishi deb eʼtirof etiladi: 1) Jinoyat kodeksi Umumiy qismi moddalari talablarining buzilganligi; 2) jinoyatning Jinoyat kodeksining qoʻllanilishi kerak boʻlgan moddasi (moddaning qismi, bandi) oʻrniga boshqa moddasi (moddaning qismi, bandi) bilan tavsiflanganligi; 3) mahkumga Jinoyat kodeksining mazkur moddasida nazarda tutilmagan jazo turi va meʼyori tayinlanganligi. 49724-modda. Jazoning adolatsizligi Jazo jinoyatning ogʻirligiga, mahkumning shaxsiga nomuvofiq boʻlsa yoki Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan doiradan chetga chiqmasdan tayinlangan boʻlsa-da, biroq turi yoki miqdori boʻyicha oʻta yengil yoki oʻta ogʻir boʻlsa adolatsiz hisoblanadi. 49725-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida jinoyat ishini koʻrish chegarasi Sud jinoyat ishini apellyatsiya tartibida koʻrishda apellyatsiya shikoyati, protesti vajlari bilan chegaralanmaydi va ishni barcha mahkumlarga, shu jumladan apellyatsiya shikoyati bermagan shaxslarga yoki oʻziga nisbatan shikoyat, protest berilmagan mahkumlarga nisbatan ham toʻla hajmda tekshiradi. Apellyatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish chogʻida birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilgan dalillarni ham, apellyatsiya instansiyasi sudiga taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki u tomonidan talab qilib olingan va tekshirib chiqilgan yangi dalillarni ham eʼtiborga oladi. Agar birinchi instansiya sudi tomonidan sud tergovining toʻliq emasligiga yoki bir yoqlamaliligiga yoxud protsessual buzilishlarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi toʻliq yoki qisman sud tergovini oʻtkazish yoʻli bilan boʻshliqlarning oʻrnini toʻldirish, protsessual buzilishlarni bartaraf etish choralarini koʻradi. Shu maqsadda apellyatsiya instansiya sudi: 1) ishni hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlarni taraflarning iltimosiga koʻra talab qilib olishga; 2) zarur sud ekspertizasini tayinlashga; 3) sud majlisiga qoʻshimcha guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni chaqirishga va soʻroq qilishga, taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki ularning iltimosiga koʻra sud tomonidan talab qilib olingan yozma, ashyoviy dalillarni va boshqa dalillarni tekshirishga; 4) birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilgan dalillarni maqbul emas deb topishga va ularni dalillar majmuidan chiqarib tashlashga; 5) birinchi instansiya sudi tomonidan maqbul emas deb topilganligi uchun dalillar majmuidan chiqarib tashlangan dalillarni maqbul dalillar deb topishga va ularni tekshirishga; 6) fuqaroviy daʼvoga taalluqli boʻlgan holatlarni tekshirishga va fuqaroviy daʼvo boʻyicha qaror qabul qilishga; 7) ish materiallari toʻla, har tomonlama va xolisona tekshirib chiqilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni bajarishga haqli. Apellyatsiya instansiyasi sudi asoslar mavjud boʻlganda mahkumni oʻta xavfli retsidivist deb topishga, unga jazoni ijro etish koloniyasining qattiqroq tartibli turini belgilashga, jinoyat tufayli yetkazilgan zararning miqdorini koʻpaytirishga haqli. | |
49726-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining vakolatlari | 49726-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining vakolatlari |
Apellyatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini koʻrish natijalariga koʻra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: | Apellyatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini koʻrish natijalariga koʻra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: |
1) hukmni oʻzgarishsiz, apellyatsiya shikoyatini, protestini esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida; | 1) hukmni oʻzgarishsiz, apellyatsiya shikoyatini, protestini esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida; |
2) ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmini chiqarish toʻgʻrisida; | 2) ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmini chiqarish toʻgʻrisida; |
3) ayblov hukmini bekor qilish va yangi ayblov hukmini chiqarish toʻgʻrisida; | 3) ayblov hukmini bekor qilish va yangi ayblov hukmini chiqarish toʻgʻrisida; |
4) oqlov hukmini bekor qilish va ayblov hukmini chiqarish toʻgʻrisida; | 4) oqlov hukmini bekor qilish va ayblov hukmini chiqarish toʻgʻrisida; |
5) hukmni bekor qilish va jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida; | 5) hukmni bekor qilish va jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida; |
6) ushbu Kodeksning 416 yoki 417-moddalarida nazarda tutilgan holatlar aniqlanganda, ayblov hukmini bekor qilish haqida va ishni birinchi instansiya sudiga yuborish toʻgʻrisida; | 6) ushbu Kodeks 493-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda, sudning ayblov hukmini bekor qilish va jinoyat ishini birinchi instansiya sudiga yuborish toʻgʻrisida; |
7) hukmni oʻzgartirish toʻgʻrisida; | 7) hukmni oʻzgartirish toʻgʻrisida; |
8) shikoyat, protest qaytarib olingan hollarda, apellyatsiya tartibida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida. | 8) shikoyat, protest qaytarib olingan hollarda, apellyatsiya tartibida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida. |
Ushbu modda birinchi qismining 1, 5 — 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi. | Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida, 5 — 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi. |
Ushbu modda birinchi qismining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya hukmini chiqaradi. | Ushbu modda birinchi qismining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya hukmini chiqaradi. |
Apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini eʼlon qilish ushbu Kodeksning 473-moddasi qoidalariga koʻra amalga oshiriladi. | Apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini eʼlon qilish ushbu Kodeksning 473-moddasi qoidalariga koʻra amalga oshiriladi. |
49727-modda. Birinchi instansiya sudining ayblov hukmini jinoyat ishini tugatgan holda bekor qilish Apellyatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini koʻrib, quyidagi hollarda ayblov hukmini bekor qiladi va jinoyat ishini tugatadi, agar: 1) ish boʻyicha ushbu Kodeksning 83-moddasida hamda 84-moddasining birinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlansa; 2) ish boʻyicha toʻplangan dalillar sudlanuvchini aybdor deb topish uchun yetarli boʻlmasa va qoʻshimcha dalillarni toʻplash imkoniyati qolmagan boʻlsa. 49728-modda. Ayblov hukmini bekor qilish va ishni birinchi instansiya sudiga yuborish Agar jinoyat ishini apellyatsiya tartibida koʻrish chogʻida ushbu Kodeksning 416, 417-moddalarida nazarda tutilgan holatlar aniqlansa, sud prokurorning yoki jabrlanuvchining, uning vakilining yoki mahkumning, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga koʻra, sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish yoki boshqa shaxsni ish boʻyicha ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb etish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqida ajrim chiqaradi. Ajrimni ijro etish ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorning zimmasiga yuklatiladi. Sudning ajrimi ushbu Kodeksning 416, 417-moddalarida belgilangan muddatda bajarilmagan yoki prokurorning ayblovga qoʻshimcha kiritish yoxud yangi shaxsni ishda ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun jalb etish mumkin emasligi toʻgʻrisidagi xulosasi kelib tushgan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudi sud muhokamasini jinoyat ishida mavjud boʻlgan dalillar asosida davom ettiradi. Mahkumga yangi ayblov qoʻyilgan yoki yangi shaxs ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun ishga jalb etilgan taqdirda apellyatsiya instansiyasi sudi ayblov hukmini bekor qiladi va ishni birinchi instansiya sudiga yangidan koʻrish uchun yuboradi. Birinchi instansiya sudi tomonidan ish muhokamasi umumiy asoslarda amalga oshiriladi. 49729-modda. Hukmni mahkumning, oqlangan shaxsning ahvolini ogʻirlashtirish tomonga bekor qilish Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hukmini bekor qilishga va mahkumga nisbatan jazoni kuchaytirgan yoki unga eʼlon qilingan ayblov doirasida ogʻirroq jinoyatga oid qonunni qoʻllagan holda yangi ayblov hukmi chiqarishga haqli. Apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan birinchi instansiya sudining ayblov hukmi mahkumning ahvolini ogʻirlashtirgan holda bekor qilinishi faqat prokurorning protestiga yoki jabrlanuvchining, uning vakilining shikoyatiga koʻra yangi hukm chiqarish orqali amalga oshirilishi mumkin. Birinchi instansiya sudining oqlov hukmi apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan faqat prokurorning protestiga yoki jabrlanuvchining, uning vakilining sudlanuvchining oqlanishi qonunga xilofligi va asossizligi borasida berilgan shikoyati boʻyicha ayblov hukmi chiqarilgan holda bekor qilinishi mumkin. 49730-modda. Hukmni oʻzgartirish Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining ayblov hukmini oʻzgartirish chogʻida quyidagilarga haqli: 1) jazoni yengillashtirishga yoki mahkumga nisbatan yengilroq jinoyatga oid qonunni qoʻllashga; 2) mahkumni oʻta xavfli retsidivist deb topishga; 3) jazoni ijro etish muassasasi turini yengilrogʻiga yoki ogʻirrogʻiga oʻzgartirishga; 4) jinoyat natijasida yetkazilgan va qoplanishi belgilangan moddiy zarar miqdorini, shuningdek maʼnaviy ziyonning kompensatsiyasi miqdorini kamaytirishga yoki koʻpaytirishga; 5) ashyoviy dalillar, protsessual chiqimlar toʻgʻrisidagi masalalarni va boshqa masalalarni hal etishga. Oqlov hukmining oqlov asoslariga doir qismi oqlangan shaxsning, uning himoyachisining, qonuniy vakilining shikoyatiga koʻra oʻzgartirilishi mumkin. | |
49731-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi va ajrimi | 49731-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi va ajrimi |
Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi ushbu Kodeksning 454 — 477-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqariladi. | Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi ushbu Kodeksning 454 — 477-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqariladi. |
Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: | Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: |
1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan sana va joy; | 1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan sana va joy; |
2) sudning nomi va tarkibi, ishni koʻrishda ishtirok etgan prokuror va boshqa shaxslar; | 2) sudning nomi va tarkibi, ishni koʻrishda ishtirok etgan prokuror va boshqa shaxslar; |
3) apellyatsiya shikoyati yoki protesti bergan shaxs; | 3) apellyatsiya shikoyati yoki protesti bergan shaxs; |
4) birinchi instansiya sudining shikoyat yoki protest berilgan hukmining qaror qismi mazmuni; | 4) birinchi instansiya sudining shikoyat yoki protest berilgan hukmining qaror qismi mazmuni; |
5) shikoyatning, protestning, ishda ishtirok etayotgan shaxslar eʼtirozlari va tushuntirishlarining mohiyati, shuningdek prokurorning fikri; | 5) shikoyatning, protestning, ishda ishtirok etayotgan shaxslar eʼtirozlari va tushuntirishlarining mohiyati, shuningdek prokurorning fikri; |
6) shikoyat, protest boʻyicha apellyatsiya instansiyasi sudining qarori. | 6) shikoyat, protest boʻyicha apellyatsiya instansiyasi sudining qarori. |
Shikoyat, protest qanoatlantirilmay qoldirilganda apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimida hukm qonuniy, asosli va adolatli deb, birinchi instansiya sudining ajrimi qonuniy hamda asosli deb topilganligining, shikoyat yoki protest esa qanoatlantirilmasdan qoldirilganligining asoslari koʻrsatilishi kerak. | Shikoyat, protest qanoatlantirilmay qoldirilganda apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimida hukm qonuniy, asosli va adolatli deb, birinchi instansiya sudining ajrimi qonuniy hamda asosli deb topilganligining, shikoyat yoki protest esa qanoatlantirilmasdan qoldirilganligining asoslari koʻrsatilishi kerak. |
Hukm, ajrim bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimida qonunning qaysi normalari talablari buzilganligi va bekor qilinayotgan yoki oʻzgartirilayotgan qarorning asossizligi nimadan iborat ekanligi koʻrsatilishi kerak. | Hukm, ajrim bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimida qonunning qaysi normalari talablari buzilganligi va bekor qilinayotgan yoki oʻzgartirilayotgan qarorning asossizligi nimadan iborat ekanligi koʻrsatilishi kerak. |
Apellyatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish chogʻida birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilgan dalillar va apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan tekshirilgan yangi dalillarga asoslanishi mumkin. | Apellyatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish chogʻida birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilgan dalillar va apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan tekshirilgan yangi dalillarga asoslanishi mumkin. |
Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi sudning butun tarkibi tomonidan imzolanadi. Ovoz berish chogʻida ozchilik tarafda qolgan sudya ajrimni imzolab, oʻzining alohida fikrini yozma tarzda bayon etishga haqli. | Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi sudning butun tarkibi tomonidan imzolanadi. Ovoz berish chogʻida ozchilik tarafda qolgan sudya ajrimni imzolab, oʻzining alohida fikrini yozma shaklda bayon etishga haqli. |
Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi sud majlisi zalida oʻqib eshittiriladi va darhol qonuniy kuchga kiradi. | Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi sud majlisi zalida oʻqib eshittiriladi va darhol qonuniy kuchga kiradi. |
Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi uni chiqargan sudga yoki boshqa sudga chiqarilgan kundan eʼtiboran besh sutkadan kechiktirmay jinoyat ishi bilan birga ijro etish uchun yuboriladi. | Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi uni chiqargan sudga yoki boshqa sudga chiqarilgan kundan eʼtiboran besh sutkadan kechiktirmay jinoyat ishi bilan birga ijro etish uchun yuboriladi. |
Mahkumni darhol qamoqdan yoki uy qamogʻidan ozod etish uchun asos boʻladigan hukm, ajrim, agar mahkum sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, sud zalida ijro etilishi lozim. Boshqa hollarda hukmning, ajrimning koʻchirma nusxasi hukm, ajrim chiqarilganidan keyin apellyatsiya instansiyasi tomonidan jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyatiga yoki mahkumning yashash joyidagi uy qamogʻini ijro etish oʻz zimmasiga yuklatilgan ichki ishlar organiga yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay yuboriladi. | Mahkumni darhol qamoqdan yoki uy qamogʻidan ozod etish uchun asos boʻladigan hukm, ajrim, agar mahkum sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, sud zalida ijro etilishi lozim. Boshqa hollarda hukmning, ajrimning koʻchirma nusxasi hukm, ajrim chiqarilganidan keyin apellyatsiya instansiyasi tomonidan jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyatiga yoki mahkumning yashash joyidagi uy qamogʻini ijro etish oʻz zimmasiga yuklatilgan ichki ishlar organiga yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay yuboriladi. |
49732-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining xususiy ajrimi | 49732-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining xususiy ajrimi |
Apellyatsiya instansiyasi sudi ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan hollarda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning eʼtiborini surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi jarayonida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga qaratish zarur boʻlgan taqdirda xususiy ajrim chiqaradi. | Apellyatsiya instansiyasi sudi ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan hollarda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning eʼtiborini surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi jarayonida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga qaratish zarur boʻlgan taqdirda xususiy ajrim chiqaradi. |
49733-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisining bayonnomasi | 49733-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisining bayonnomasi |
Apellyatsiya instansiyasi sudida sud majlisining kotibi ushbu Kodeksning 426-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq bayonnoma yuritadi. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan mulohazalar berilishi mumkin boʻlib, ular ushbu Kodeksning 427-moddasida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi. | Apellyatsiya instansiyasi sudida sud majlisining kotibi ushbu Kodeksning 426-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq bayonnoma yuritadi. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan mulohazalar berilishi mumkin boʻlib, ular ushbu Kodeksning 427-moddasida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi. |
49734-modda. Sud ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyatni, protestni koʻrib chiqish | 49734-modda. Sud ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyatni, protestni koʻrib chiqish |
Ushbu Kodeksning 4972-moddasida koʻrsatilgan shaxslar birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya tartibida xususiy shikoyat, protest berishga haqli. | Ushbu Kodeksning 4972-moddasida koʻrsatilgan shaxslar birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya tartibida xususiy shikoyat (xususiy protest) berishga haqli. |
Agar ish boʻyicha hukm chiqarilgan boʻlib, biroq xususiy shikoyat yoki protest faqat birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan boʻlsa, sud hukm ustidan apellyatsiya shikoyati, protesti berish uchun belgilangan muddat oʻtganidan soʻng ishni yuqori sudga yuboradi. | Agar ish boʻyicha hukm chiqarilgan, biroq xususiy shikoyat yoki xususiy protest faqat birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan boʻlsa, sud hukm ustidan apellyatsiya shikoyati, protesti berish uchun belgilangan muddat oʻtganidan soʻng ishni yuqori sudga yuboradi. |
Sudning ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat, protest apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrib chiqiladi. | Sudning ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrib chiqiladi. |
Apellyatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat, protest boʻyicha koʻrish natijalari yuzasidan quyidagilarga haqli: | Apellyatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) boʻyicha koʻrish natijalariga koʻra quyidagilarga haqli: |
1) birinchi instansiya sudi ajrimini oʻzgarishsiz, xususiy shikoyatni, protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga; | 1) birinchi instansiya sudining ajrimini oʻzgarishsiz, xususiy shikoyatni (xususiy protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga; |
2) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilishga va ishni yangidan sudda koʻrib chiqish uchun yuborishga; | 2) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ishni yangidan sudda koʻrib chiqish uchun yuborishga; |
3) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilishga va ushbu Kodeksda belgilangan asoslarga muvofiq ishni prokurorga yuborishga; | 3) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ishni umumiy qoidalar boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni oʻtkazish uchun prokurorga yuborishga; |
4) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilishga va amnistiya aktini qoʻllashga; | 4) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va amnistiya aktini qoʻllashga; |
5) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga; | 5) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga; |
6) birinchi instansiya sudining xususiy ajrimini bekor qilishga; | 6) birinchi instansiya sudining xususiy ajrimini bekor qilishga; |
7) birinchi instansiya sudi ajrimini oʻzgartirishga. | 7) birinchi instansiya sudining ajrimini oʻzgartirishga. |
Apellyatsiya instansiyasi sudining birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (protest) boʻyicha chiqargan ajrimi uzil-kesildir. | Apellyatsiya instansiyasi sudining birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) boʻyicha chiqarilgan ajrimi uzil-kesildir, bundan ushbu Kodeksning 308, 317-moddalarida va 59-bobida nazarda tutilgan hollar mustasno. |
49735-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida ishni qoʻshimcha koʻrish | 49735-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida ishni qoʻshimcha koʻrish |
Baʼzi mahkumlarga daxli boʻlgan, belgilangan muddatda yuborilgan apellyatsiya shikoyati yoki protesti biror sababga koʻra apellyatsiya instansiyasi sudiga boshqa mahkumlarning jinoyat ishi koʻrib boʻlinganidan keyin kelib tushsa yoki oʻtkazib yuborilgan muddat ushbu Kodeksning 4975-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan tiklansa, shuningdek mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining apellyatsiya shikoyati, ushbu mahkumga doir ish protsessning boshqa ishtirokchisi bergan apellyatsiya shikoyati yoxud apellyatsiya protesti boʻyicha koʻrib chiqilganidan soʻng kelib tushgan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyat yoki protestni koʻrib chiqishi va u boʻyicha ajrim chiqarishi shart. | Baʼzi mahkumlarga daxli boʻlgan, belgilangan muddatda yuborilgan apellyatsiya shikoyati yoki protesti biror sababga koʻra apellyatsiya instansiyasi sudiga boshqa mahkumlarning jinoyat ishi koʻrib boʻlinganidan keyin kelib tushsa yoki oʻtkazib yuborilgan muddat ushbu Kodeksning 4975-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan tiklansa, shuningdek mahkumning, uning himoyachisining yoxud qonuniy vakilining apellyatsiya shikoyati, ushbu mahkumga doir ish protsessning boshqa ishtirokchisi bergan apellyatsiya shikoyati yoki apellyatsiya protesti boʻyicha koʻrib chiqilganidan soʻng kelib tushgan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyat yoki protestni koʻrib chiqishi va u boʻyicha hukm, ajrim chiqarishi shart. |
Agar ishni qoʻshimcha koʻrish chogʻida apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan chiqarilgan hukm, ajrim ilgari chiqarilgan hukmga, ajrimga zid boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi kassatsiya tartibida protest kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga yuboradi. | Agar ishni qoʻshimcha koʻrish chogʻida apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan chiqarilgan hukm, ajrim ilgari chiqarilgan hukmga, ajrimga zid boʻlsa, protest bildirish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun ish taftish tartibida protest bildirish vakolatiga ega boʻlgan prokurorga yuboriladi. |
Ishni qoʻshimcha koʻrish tartibi kechikib kelib tushgan xususiy shikoyatni va protestni hal etish uchun ham qoʻllaniladi. | Ishni qoʻshimcha koʻrish tartibi kechikib kelib tushgan xususiy shikoyatni va protestni hal etish uchun ham qoʻllaniladi. |
49736-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan shikoyat berish | 49736-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan shikoyat berish |
Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat, protest berilishi mumkin. | Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat, protest berilishi mumkin. |
56-bob. SUDNING HUKMI VA AJRIMI USTIDAN KASSATSIYA TARTIBIDA SHIKOYAT BERISH (PROTEST BILDIRISH) | 56-bob. SUDNING HUKMI VA AJRIMI USTIDAN KASSATSIYA TARTIBIDA SHIKOYAT BERISH (PROTEST BILDIRISH) |
498-modda. Kassatsiya tartibida qayta koʻrilishi mumkin boʻlgan sud hukmlari, ajrimlari Birinchi instansiya sudining apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya instansiyasi sudining hukmlari, ajrimlari kassatsiya tartibida qayta koʻrilishi mumkin. Kassatsiya instansiyasi sudining qarorlari ushbu Kodeksning 49719-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ularning oʻrinbosarlari protestiga koʻra takroran kassatsiya tartibida qayta koʻrilishi mumkin. 499-modda. Sudning hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga (protest bildirishga) boʻlgan huquq Birinchi va apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga boʻlgan huquq mahkumga, uning himoyachisi va qonuniy vakiliga, jabrlanuvchi hamda uning vakiliga tegishlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida protest bildirishga haqli. Fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari birinchi instansiya hamda apellyatsiya instansiyasi sudi hukmining, ajrimining fuqaroviy daʼvoga daxldor qismi ustidan shikoyat berishga haqli. Sudda oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudi hukmining, ajrimining oqlash sabablari hamda asoslariga doir qismi ustidan shikoyat berishga haqli. Ishda taraf boʻlmagan shaxslar ham birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudi hukmining, ajrimining oʻz huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqli. 500-modda. Kassatsiya shikoyatini, protestini berish tartibi va muddatlari Kassatsiya shikoyati, protesti bevosita kassatsiya instansiyasi sudiga — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga beriladi. Agar shikoyatda, protestda quyidagi masalalar qoʻyilgan boʻlsa, ishni kassatsiya tartibida qayta koʻrishga faqat hukm qonuniy kuchga kirganidan soʻng bir yil ichida yoʻl qoʻyiladi: 1) ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi qonunni qoʻllash zarurligi toʻgʻrisida; 2) jazoni kuchaytirish toʻgʻrisida yoki mahkumning ahvoli yomonlashishiga olib keladigan boshqa oʻzgartirishlar haqida; 3) oqlov hukmini yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi ajrimni bekor qilish toʻgʻrisida. 501-modda. Kassatsiya shikoyatining, protestining mazmuni Kassatsiya shikoyatida, protestida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) shikoyat, protest yoʻllanayotgan kassatsiya instansiyasi sudining nomi; 2) shikoyat, protest bergan shaxs, uning protsessual holati, yashash joyi yoki turgan joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 3) sud ishining raqami, ustidan shikoyat, protest berilgan hukm, ajrim chiqarilgan sana, birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudining nomi; 4) shikoyat, protest bergan shaxsning fikriga koʻra hukmning, ajrimning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi, ish boʻyicha sudga qadar ish yuritishni amalga oshirish yoki sud muhokamasi chogʻida qaror qabul qilishga taʼsir koʻrsatgan qonunning qaysi normalari buzilganligiga doir vajlari, shuningdek uning iltimosining mazmuni; 5) shikoyat, protest bergan shaxs oʻz talablarini asoslagan dalillar; 6) shikoyatga, protestga ilova qilinayotgan materiallar roʻyxati; 7) shikoyat, protest berilgan sana va shikoyat, protest bergan shaxsning imzosi. 502-modda. Kassatsiya shikoyatini, protestini qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimi bilan kassatsiya shikoyati, protesti quyidagi hollarda qaytariladi, agar: 1) shikoyat, protest ushbu Kodeksning 501-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa; 3) ish kassatsiya tartibida koʻrib chiqilmaydigan boʻlsa; 4) shikoyatni, protestni qaytarib olish toʻgʻrisida ariza (xat) kelib tushgan boʻlsa. Shikoyat, protest bergan shaxs ushbu modda birinchi qismining 1-bandida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin umumiy tartibda yangitdan murojaat qilishga haqli. 503-modda. Jinoyat ishini suddan talab qilib olish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi kassatsiya shikoyati, protesti boʻyicha jinoyat ishini suddan talab qilib olishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari jinoyat ishini sud qarorlari ustidan kassatsiya tartibida protest kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun suddan talab qilib olishga haqli. Ushbu Kodeks 499-moddasining birinchi, uchinchi — beshinchi qismlarida koʻrsatilgan shaxslarning arizalari, shuningdek sudyalarning taqdimnomalari, ommaviy axborot vositalarining xabarlari ishlarni talab qilib olish uchun sabab boʻlishi mumkin. 504-modda. Hukmni, ajrimni ijro etishni toʻxtatib turish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasidagi har qanday sudning hukmi va ajrimi ijro etilishini kassatsiya shikoyati, protesti kassatsiya tartibida hal qilinguniga qadar toʻxtatib turishga haqlidir. Qonunning ochiqdan-ochiq buzilganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlgan taqdirda mazkur shaxslar jinoyat ishini talab qilib olish bilan bir vaqtda hukmning, ajrimning ijrosini to ular yuzasidan protest bildirilguniga qadar uch oydan oshmaydigan muddatga toʻxtatib qoʻyishga haqlidir. | 498-modda. Kassatsiya tartibida qayta koʻrilishi mumkin boʻlgan sud hukmlari, ajrimlari Birinchi instansiya sudining hukmlari, ajrimlari, agar ular apellyatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa, kassatsiya tartibida qayta koʻrilishi mumkin. Birinchi instansiya sudining sud muhokamasi davomida chiqarilgan ajrimlari ustidan hukm bilan bir vaqtda kassatsiya tartibida shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin. 499-modda. Birinchi instansiya sudining hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga (protest bildirishga) boʻlgan huquq Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili birinchi instansiya sudining hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek ularning oʻrinbosarlari birinchi instansiya sudining hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida protest bildirishga haqli. Fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining fuqaroviy daʼvoga daxldor qismi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqli. Sud tomonidan oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining oqlash sabablari va asoslariga doir qismi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqli. Ishda taraf boʻlmagan shaxslar ham birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining oʻz huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqli. 500-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi Qonuniy kuchga kirgan hukmlar, ajrimlar ustidan kassatsiya tartibida quyidagicha shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin: 1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining hukmlari, ajrimlari ustidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga; 2) hududiy harbiy sudlarning hukmlari, ajrimlari ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga; 3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmlari, ajrimlari ustidan — ayni shu sudlarga. Kassatsiya shikoyatlari va protestlari hukmni, ajrimni chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat (protest) bevosita kassatsiya instansiyasi sudiga berilgan taqdirda, sud uni hukmni, ajrimni chiqargan sudga ushbu Kodeksning 479-moddasida nazarda tutilgan talablarni bajarish uchun yuboradi. 501-modda. Sud hukmlari, ajrimlarini kassatsiya tartibida qayta koʻrishga yoʻl qoʻyiladigan muddat Agar shikoyatda yoki protestda ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi qonunni qoʻllash zarurligi haqidagi, jazoni kuchaytirish toʻgʻrisidagi yoxud mahkumning ahvoli yomonlashishiga olib keladigan boshqa oʻzgarishlar haqidagi qonunni qoʻllash toʻgʻrisidagi masala qoʻyilgan boʻlsa, sudning ayblov hukmini yoxud ajrimini kassatsiya tartibida qayta koʻrishga, shuningdek sudning oqlov hukmini yoki ishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimini kassatsiya tartibida qayta koʻrishga faqat ular qonuniy kuchga kirganidan keyin bir yil ichida yoʻl qoʻyiladi. 502-modda. Hukm, ajrim ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) berish oqibatlari Kassatsiya shikoyati (protesti) berilganligi hukmning, ajrimning ijrosini toʻxtatib turish uchun asos boʻlmaydi. Hukm, ajrim chiqargan sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarib, bir oylik muddatda ishni shikoyatlar (protestlar) va ularga doir eʼtirozlar, shuningdek taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga yuboradi. Mazkur muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan uzaytirilishi, biroq koʻpi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin. 503-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) berilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish Hukm, ajrim chiqargan sud kassatsiya shikoyati (protesti) berilganligi toʻgʻrisida mahkumni, oqlangan shaxsni, ularning himoyachilarini, qonuniy vakillarini, prokurorni, jabrlanuvchini, uning vakilini, shuningdek fuqaroviy daʼvogarni, fuqaroviy javobgarni va ularning vakillarini, agar shikoyat (protest) ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, uch sutka ichida xabardor qiladi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga shikoyatning, protestning koʻchirma nusxalari yuboriladi yoxud hukmni, ajrimni chiqargan sudning internet-resursi orqali ularning elektron nusxalari bilan tanishish mumkinligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga ularning shikoyatga, protestga doir eʼtirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida berish huquqi, eʼtirozlarni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda, tushuntiriladi. Shikoyat, protest yuzasidan kelib tushgan eʼtirozlar jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi. Taraflar kassatsiya shikoyatiga, protestiga doir eʼtiroz bilan birga yangi materiallarni alohida taqdim etishga yoki ularni talab qilib olish va tekshirish toʻgʻrisida, shuningdek oʻzlari koʻrsatgan jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni sudga chaqirish va soʻroq qilish haqida iltimosnoma berishga haqli. 504-modda. Kassatsiya shikoyatini, protestini oʻzgartirish va unga qoʻshimcha kiritish Kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs kassatsiya instansiyasi sudining majlisi boshlanguniga qadar uni oʻzgartirishga yoxud yangi vajlar bilan toʻldirishga haqli. Kassatsiya protestini oʻzgartirish yoki unga qoʻshimcha kiritish, jabrlanuvchining yoxud uning vakilining kassatsiya shikoyatini oʻzgartirish yoki unga qoʻshimcha kiritish chogʻida mahkumning ahvolini ogʻirlashtirish toʻgʻrisidagi masala, agar bunday talab dastlabki kassatsiya shikoyatida, protestida koʻrsatilmagan boʻlsa, qoʻyilishi mumkin emas. Kassatsiya shikoyati berilganidan keyin jinoyat ishini yuritishga kirishgan himoyachi shikoyatni oʻzgartirishi yoxud yangi vajlar bilan toʻldirishi, ilgari ishda ishtirok etgan himoyachi tomonidan berilgan shikoyat vajlariga qoʻshimcha asoslar taqdim etishi mumkin. 5041-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olish Hukm, ajrim ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs uni qaytarib olishga haqlidir. Yuqori turuvchi prokuror ham protestni qaytarib olish huquqiga ega. Mahkum oʻz himoyachisining shikoyatini qaytarib olishga haqli. Mahkumning himoyachisi, qonuniy vakili oʻz shikoyatini faqat mahkumning roziligi bilan qaytarib olishga haqli. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olishga kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar yoʻl qoʻyiladi. Shikoyat yoki protest, shuningdek uni qaytarib olish toʻgʻrisidagi hujjat ishda qoldiriladi. 5042-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan kassatsiya tartibida xususiy shikoyat berish va protest bildirish Birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan ajrimi ustidan ushbu Kodeksning 499-moddasida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan kassatsiya tartibida xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin. Hukm chiqarish bilan yakunlangan sud muhokamasi davomida chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda, ish kassatsiya instansiyasi sudiga yuboriladi. Sud muhokamasi davomida chiqarilgan dalillarni tekshirish tartibiga, jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomalariga, ehtiyot chorasini tanlashga, uni oʻzgartirishga yoki bekor qilishga, shuningdek sud majlisi zalida tartib saqlashga taalluqli ajrimlar ustidan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda shikoyat berish va protest bildirish mumkin emas. Ularga qarshi eʼtirozlar kassatsiya shikoyatiga yoki kassatsiya protestiga kiritilishi mumkin. Mazkur ish boʻyicha taraf hisoblanmagan shaxslar sud ajrimi ustidan, agar ajrim ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, shikoyat berishga haqlidir. 5043-modda. Ishni kassatsiya instansiyasi sudiga yuborish toʻgʻrisida xabardor qilish Birinchi instansiya sudi uch sutka ichida jinoyat ishi kassatsiya instansiyasi sudiga yuborilganligi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 499-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni xabardor qiladi. |
561-bob. KASSATSIYA INSTANSIYASI SUDIDA ISH YURITISH | 561-bob. KASSATSIYA INSTANSIYASI SUDIDA ISH YURITISH |
505-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining sud muhokamasi predmeti Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati, protesti boʻyicha ishdagi mavjud materiallarga koʻra birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudlari tomonidan Jinoyat kodeksi normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini hamda ushbu Kodeks normalariga rioya etilganligini tekshiradi. 506-modda. Kassatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqish muddatlari Kassatsiya shikoyati, protesti kassatsiya instansiyasi sudida u kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki oygacha boʻlgan muddat ichida koʻrib chiqilishi lozim. Bu muddat ishning murakkabligi yoki hajmi kattaligi tufayli, shuningdek boshqa uzrli sabablar mavjud boʻlganda, kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi bilan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin. 507-modda. Kassatsiya shikoyatini, protestini oʻrganish Kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi kassatsiya shikoyati, protestini oʻrganib, koʻpi bilan oʻn sutkalik muddat ichida quyidagi masalalarni hal qiladi: shikoyatni, protestni ushbu Kodeksning 502-moddasiga muvofiq qaytarishga doir asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi; jinoyat ishini talab qilib olishga doir asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi. Shikoyatni, protestni oʻrganish natijalariga koʻra, sudya: shikoyatni, protestni qaytarish toʻgʻrisida; jinoyat ishini talab qilib olish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Kelib tushgan jinoyat ishini oʻrganish natijalariga koʻra, sudya: shikoyatni, protestni ish bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritish toʻgʻrisida; ushbu Kodeksning 522-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritishni rad etish haqida ajrim chiqaradi. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida kassatsiya shikoyati, protesti bergan shaxsga uch kunlik muddat ichida xabar qilinadi. 508-modda. Kassatsiya shikoyatini, protestini kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritish toʻgʻrisidagi ajrimning mazmuni Shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga koʻrib chiqish uchun kiritish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt, joy; 2) ajrim chiqargan sudyaning lavozimi va familiyasi; 3) kassatsiya shikoyati, protesti bergan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 4) birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudlarining nomi, shuningdek ular tomonidan qabul qilingan sud qarorlarining qisqacha mazmuni; 5) kassatsiya shikoyatining, protestining qisqacha mazmuni; 6) shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritish asoslari. 509-modda. Shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimning mazmuni Shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt, joy; 2) ajrim chiqargan sudyaning lavozimi va familiyasi; 3) kassatsiya shikoyati, protesti bergan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 4) birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudlarining nomi, shuningdek ular tomonidan qabul qilingan sud qarorlarining qisqacha mazmuni; 5) kassatsiya shikoyatining, protestining qisqacha mazmuni; 6) shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritishni rad etish asoslari; 7) ajrim ustidan shikoyat berish, protest bildirish tartibi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi yoki uning oʻrinbosarlari kassatsiya shikoyati bergan shaxsning shikoyatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarlarining protestiga koʻra, oʻz ajrimi bilan sudyaning shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimini bekor qilishga va kassatsiya shikoyatini, protestini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun kiritishga haqli. 5091-modda. Shikoyat, protest kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari, qonuniy vakili, jabrlanuvchi yoki uning vakili, shuningdek fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari, agar shikoyat, protest ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, ish kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritilganligi toʻgʻrisida uch kunlik muddat ichida xabardor qilinadi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga shikoyatning, protestning koʻchirma nusxasi yuboriladi yoxud ularning elektron nusxalari bilan kassatsiya instansiyasi sudining internet-resursi orqali tanishish mumkinligi toʻgʻrisidagi xabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga shikoyatga (protestga) doir oʻz eʼtirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida, eʼtirozlar taqdim etilgan muddatni koʻrsatgan holda berishga boʻlgan huquqi tushuntiriladi. Shikoyat (protest) ustidan kelib tushgan eʼtirozlar ishga qoʻshib qoʻyiladi. 5092-modda. Kassatsiya shikoyatiga, protestga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish Kassatsiya shikoyati, protesti bergan shaxs kassatsiya instansiyasi sudi majlisi boshlanguniga qadar uni oʻzgartirishga yoki yangi vajlar bilan toʻldirishga haqli. Kassatsiya protestiga oʻzgartish yoki qoʻshimcha kiritish, jabrlanuvchining yoki uning vakilining kassatsiya shikoyatiga oʻzgartish yoki qoʻshimcha kiritish chogʻida mahkumning ahvolini ogʻirlashtirish toʻgʻrisidagi masala, agar bunday talab dastlabki kassatsiya shikoyatida, protestida koʻrsatilmagan boʻlsa, qoʻyilishi mumkin emas. Kassatsiya shikoyati berilganidan keyin ishga kirishgan himoyachi shikoyatni oʻzgartirishi yoxud yangi vajlar bilan toʻldirishi, ilgari ishda ishtirok etgan himoyachi tomonidan berilgan shikoyat vajlariga qoʻshimcha asoslar taqdim etishi mumkin. 5093-modda. Kassatsiya shikoyatini, protestini qaytarib olish Kassatsiya shikoyati, protesti bergan shaxs uni qaytarib olishga haqli. Yuqori turuvchi prokuror ham protestni qaytarib olish huquqiga ega. Mahkumning himoyachisi, qonuniy vakili oʻz shikoyatini faqat mahkumning roziligi bilan qaytarib olishga haqli. Mahkum oʻz himoyachisi tomonidan berilgan shikoyatni qaytarib olishga haqli. Kassatsiya shikoyatini, protestini qaytarib olishga kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar yoʻl qoʻyiladi. 5094-modda. Kassatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrish muddatlari Kassatsiya instansiyasi sudi shikoyatni, protestni ish bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran oʻn besh sutkadan kechiktirmay jinoyat ishini koʻrishga kirishishi kerak. Ish oʻta murakkab boʻlganda va boshqa alohida hollarda, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddat kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi bilan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin. Ishni koʻrish muddati uzaytirilganligi haqida jinoyat protsessining manfaatdor ishtirokchilari xabardor qilinishi kerak. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan jinoyat ishini koʻrib chiqish davomiyligi uni koʻrib chiqish boshlangan kundan eʼtiboran ikki oydan oshmasligi kerak. 5095-modda. Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida koʻrib chiqish uchun tayinlash chogʻida hal etilishi lozim boʻlgan masalalar Sudya kassatsiya shikoyati, protesti berilgan jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida koʻrib chiqish uchun tayinlash toʻgʻrisida yetti sutkadan kechiktirmay ajrim chiqaradi, unda quyidagi masalalarni hal qiladi: 1) jinoyat ishini koʻrish boshlanadigan joy, sana va vaqt toʻgʻrisidagi; 2) sud majlisiga taraflarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini chaqirish toʻgʻrisidagi; 3) ushbu Kodeksning 19-moddasida nazarda tutilgan hollarda, jinoyat ishini yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisidagi; 4) ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkumning sud majlisida ishtirok etishi toʻgʻrisidagi. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ushbu Kodeks 499-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga, shuningdek prokurorga uch sutka ichida xabar qilinadi. 5096-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi majlisida taraflarning ishtiroki Kassatsiya instansiyasi sudining majlisida quyidagilar ishtirok etishi shart: Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan vakolat berilgan prokuror; ushbu Kodeksning 51 va 52-moddalarida koʻrsatilgan hollarda, himoyachi. Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari kassatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrishda ishtirok etishga haqli. Jazoni ijro etish muassasasida boʻlgan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkumning ishtirok etishi zarurligi toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan hal etiladi. Mazkur shaxslar sud majlisida bevosita yoxud videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etishi mumkin. Kassatsiya instansiyasi sudi majlisining joyi, sanasi va vaqti toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi jinoyat ishini koʻrishga monelik qilmaydi, sud majlisida ishtirok etishi shart boʻlgan shaxslar bundan mustasno. 5097-modda. Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish tartibi Kassatsiya instansiyasi sudining majlisi raislik qiluvchi tomonidan ochiladi, u qanday jinoyat ishi va kimning kassatsiya shikoyati, protesti boʻyicha koʻrilayotganligini eʼlon qiladi. Shundan keyin raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, prokurorning, himoyachining, sud majlisi kotibining, shuningdek, agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning familiyasini, ismini va otasining ismini maʼlum qiladi. Raislik qiluvchi hozir boʻlgan jinoyat protsessi ishtirokchilariga ularning huquqlarini tushuntiradi va ularda rad qilishga oid arzlar hamda iltimosnomalar bor-yoʻqligini, kassatsiya shikoyatida, protestida bayon etilgan iltimoslarni quvvatlashini yoki quvvatlamasligini aniqlaydi. Bunday iltimoslar mavjud boʻlganda sud ular boʻyicha ajrim chiqaradi. Ishni koʻrish sudyalardan biri tomonidan birinchi instansiya, apellyatsiya instansiyasi sudi hukmi, ajrimining, kassatsiya shikoyatining, protestning mazmunini qisqacha bayon etish bilan boshlanadi. Sudyaning maʼruzasidan keyin sud kassatsiya shikoyati, protestini bergan taraflarning maʼruzalarini va boshqa tarafning eʼtirozlarini eshitadi. Bir nechta shikoyat mavjud boʻlgan taqdirda soʻzga chiqish navbati taraflarning fikrlari hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Agar berilgan kassatsiya shikoyatlari orasida prokurorning kassatsiya protesti boʻlsa, soʻz birinchi navbatda unga beriladi. Kassatsiya instansiyasi sudining majlisida ishtirok etayotgan prokuror koʻrib chiqilayotgan kassatsiya shikoyatlari yuzasidan fikrini bildiradi, protestda koʻrsatilgan vajlarni bayon etadi. Shundan keyin sud ish materiallari boʻyicha dalillarni tekshirishga oʻtadi. Taraflar kassatsiya instansiyasi sudiga kassatsiya shikoyatida, protestida keltirilgan vajlarni tasdiqlab yoki inkor etib, qoʻshimcha materiallar taqdim etishga haqli. Sud muhokamasi yakunlanganidan soʻng sud taraflarning muzokarasiga oʻtadi. Taraflarning maʼruzalari tugaganidan keyin sud maslahatxonaga kiradi. Kassatsiya instansiyasi sudining qarori ushbu Kodeksning 49731-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi. Kassatsiya instansiyasi sudining qarorini eʼlon qilish ushbu Kodeksning 49731-moddasi qoidalariga koʻra amalga oshiriladi. Sud muhokamasining borishi va mazmuni haqida sud majlisining bayonnomasi tuziladi. Bayonnoma ushbu Kodeksning 426-moddasida koʻrsatilgan muddatda tayyorlanishi kerak. Bayonnoma bilan sud majlisining barcha ishtirokchilari tanishishga va zarurat boʻlganda ushbu Kodeksning 427-moddasida nazarda tutilgan tartibda unga doir oʻz mulohazalarini bildirishga haqlidir. 5098-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan jinoyat ishini koʻrish chegarasi Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati, protestida bayon etilgan vajlar bilan chegaralanmasdan, ishni barcha mahkumlarga, shu jumladan shikoyat bermagan hamda ustidan shikoyat yoki protest bildirilmaganlarga nisbatan ham toʻla hajmda tekshiradi. Jinoyat ishi boʻyicha bir necha shaxs hukm qilingan yoki oqlangan taqdirda, sud kassatsiya shikoyati, protesti berilmagan mahkumlarga yoki oqlangan shaxslarga nisbatan hukmni, ajrimni bekor qilishga, basharti hukm, ajrimning bekor qilinishi ularning ahvolini ogʻirlashtirsa, haqli emas. Kassatsiya instansiyasi sudining koʻrsatmalari jinoyat ishini apellyatsiya tartibida yangidan koʻrayotgan sud uchun majburiydir. Kassatsiya instansiyasi sudi ishni yangidan apellyatsiya tartibida koʻrib chiqish uchun yuborayotganda ayblov isbotlanganligi yoki isbotlanmaganligi, u yoki bu dalillarning ishonchliligi yoki ishonchsizligi, bir dalilning ikkinchisidan afzalligi, jinoyatning tasnifi va jazo chorasi toʻgʻrisida oldindan xulosa chiqarib qoʻyishga haqli emas. 5099-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari Kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini koʻrish natijalari boʻyicha quyidagi ajrimlardan birini qabul qiladi: 1) birinchi instansiya, apellyatsiya instansiyasi sudlarining hukmlarini, ajrimlarini oʻzgarishsiz qoldirish, kassatsiya shikoyatini, protestini esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida; 2) apellyatsiya instansiyasi sudining hukmini, ajrimini bekor qilish va birinchi instansiya sudining hukmini, ajrimini oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida yoki ishni apellyatsiya tartibida yangidan koʻrib chiqish uchun yuborish toʻgʻrisida; 3) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ishni tugatish toʻgʻrisida; 4) birinchi instansiya, apellyatsiya instansiyasi sudining hukmini, ajrimini oʻzgartirish toʻgʻrisida. Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi quyidagi hollarda bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi lozim, agar: 1) kassatsiya instansiyasi sudi ushbu qarorlar bilan avvalgi hukmlar yoki ajrimlar asossiz ravishda bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan deb topsa; 2) ishni koʻrayotganda ular apellyatsiya instansiyasi sudi hukmining, ajrimining yoki kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining qonuniyligiga taʼsir koʻrsatgan yoki taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan boʻlsa. 50910-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: 1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan sana va joy; 2) sudning nomi va tarkibi, ishni koʻrishda ishtirok etgan prokuror va boshqa shaxslar; 3) kassatsiya shikoyatini yoki protestini bergan shaxs; 4) birinchi instansiya, apellyatsiya instansiyasi sudining shikoyat yoki protest berilgan hukmining, ajrimining qaror qismi mazmuni; 5) shikoyatning, protestning, kassatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etayotgan shaxslar eʼtirozlarining va tushuntirishlarining mohiyati, shuningdek prokurorning fikri; 6) shikoyat, protest boʻyicha kassatsiya instansiyasi sudining qarori. Shikoyat, protest qanoatlantirilmay qoldirilganda kassatsiya instansiyasi sudining ajrimida hukm qonuniy, asosli va adolatli deb, birinchi, apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi qonuniy va asosli deb topilganligining, shikoyat yoki protest esa qanoatlantirilmasdan qoldirilganligining asoslari koʻrsatilishi kerak. Hukm, ajrim bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan taqdirda, kassatsiya instansiyasi sudining ajrimida qonunning qaysi normalari talablari buzilganligi va bekor qilinayotgan yoki oʻzgartirilayotgan qarorning asossizligi nimadan iborat ekanligi koʻrsatilishi kerak. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi sudning toʻliq tarkibi tomonidan imzolanadi. Ovoz berishda ozchilik tomonda boʻlgan sudya ajrimga imzo qoʻyib, oʻzining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqlidir. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi sud majlisi zalida oʻqib eshittiriladi va darhol qonuniy kuchga kiradi. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ushbu Kodeks 49731-moddasining sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlarida belgilangan tartibda ijro etiladi. 50911-modda. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida qoʻshimcha tarzda koʻrish Agar ayrim mahkumlarga taalluqli kassatsiya shikoyati yoki protesti biror sababga koʻra kassatsiya instansiyasi sudiga boshqa mahkumlarga taalluqli jinoyat ishi koʻrib boʻlinganidan keyin kelib tushsa, shuningdek, agar mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining kassatsiya shikoyati, ushbu mahkumga taalluqli ish jinoyat protsessining boshqa ishtirokchisining kassatsiya shikoyati yoki protesti boʻyicha koʻrib chiqilganidan soʻng kelib tushgan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyatni yoki protestni koʻrib chiqishi va u boʻyicha ajrim chiqarishi shart. Agar ishni qoʻshimcha koʻrish chogʻida kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan chiqarilgan ajrim ilgari chiqarilgan ajrimga zid boʻlsa, ish kassatsiya instansiyasi sudida takroran koʻrish haqida protest kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga yuboriladi. 50912-modda. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran koʻrish Kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ular oʻrinbosarlarining ushbu Kodeksning 49719-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra kiritgan kassatsiya protesti boʻyicha kassatsiya tartibida takroran koʻradi. Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida takroran koʻrish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining ilgari mazkur ishni koʻrishda ishtirok etmagan besh nafar sudyasidan iborat tarkibda, ushbu bobda nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi. Kassatsiya instansiyasi sudi ishni takroran koʻrib chiqishda: 1) kassatsiya instansiyasi sudining ajrimini bekor qilishga yoki oʻzgartirishga; 2) birinchi, apellyatsiya instansiyalari sudining hukmini, ajrimini oʻz kuchida qoldirishga yoki oʻzgartirishga; 3) apellyatsiya instansiyasi sudining hukmini, ajrimini bekor qilishga va ishni apellyatsiya tartibida yangidan koʻrish uchun yuborishga; 4) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilishga va ishni tugatishga haqlidir. 50913-modda. Sud hukmi, ajrimi bekor qilinganidan keyin ishni koʻrish Sudining hukmi yoki ajrimi kassatsiya tartibida bekor qilinganidan keyin ish apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan umumiy tartibda koʻriladi. Apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni koʻrish chogʻida jazoni kuchaytirishga yoki ogʻirroq jinoyatga doir qonunni qoʻllashga faqat, basharti dastlabki hukm yoki ajrim kassatsiya tartibida jazoning yengilligi yoki ogʻirroq jinoyatga oid qonunni qoʻllash zarurati munosabati bilan bekor qilingan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi. Apellyatsiya instansiyasi sudining chiqargan hukmi, ajrimi ustidan umumiy tartibda shikoyat berilishi mumkin. | 5095-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining majlisini tayinlash va tayyorlash Sudya kassatsiya shikoyati (protesti) bilan birga kelib tushgan jinoyat ishini oʻrganib, sud majlisini tayinlash toʻgʻrisida yetti sutkadan kechiktirmay ajrim chiqaradi, unda quyidagi masalalarni hal etadi: 1) jinoyat ishini koʻrib chiqish joyi, sanasi va boshlanish vaqti toʻgʻrisidagi; 2) sud majlisiga taraflarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini chaqirish haqidagi; 3) ushbu Kodeksning 19-moddasida nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishini yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisidagi; 4) ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkumning sud majlisida ishtirok etishi haqidagi. Ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran uch sutka ichida jinoyat protsessi ishtirokchilariga sud majlisining joyi, sanasi va boshlanish vaqti tayinlanganligi toʻgʻrisida xabar yuboriladi. Agar jinoyat ishini oʻrganish chogʻida birinchi instansiya sudi tomonidan ushbu Kodeks 503-moddasi ikkinchi qismining talabi bajarilmaganligi aniqlansa, sudya ishni kassatsiya tartibida koʻrib chiqishga monelik qiluvchi holatlarni bartaraf etish uchun ishni shu sudga qaytaradi. 5096-modda. Ishni kassatsiya tartibida koʻrishda taraflarning sud majlisida ishtirok etishi Jinoyat ishini kassatsiya tartibida sud majlisida koʻrishda quyidagilar ishtirok etishi shart: 1) tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, ularning oʻrinbosarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror; 2) himoyachi — ushbu Kodeksning 51 va 52-moddalarida koʻrsatilgan hollarda. Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari kassatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrishda ishtirok etishga haqli. Jazoni ijro etish muassasasida boʻlgan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkumning ishtirok etishi zarurligi toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan hal etiladi. Mazkur shaxslar sud majlisida bevosita yoxud videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etishi mumkin. Kassatsiya tartibida koʻrilayotgan ish boʻyicha sud majlisining joyi, sanasi va vaqti toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrishga monelik qilmaydi, bundan sud majlisida ishtirok etishi shart boʻlgan shaxslar mustasno. 5097-modda. Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish tartibi Kassatsiya instansiyasi sudining majlisi raislik qiluvchi tomonidan ochiladi, u qanday jinoyat ishi va kimning kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha koʻrilayotganligini eʼlon qiladi. Shundan keyin raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, prokurorning, himoyachining, sud majlisi kotibining, shuningdek, agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning familiyasini, ismini va otasining ismini maʼlum qiladi. Raislik qiluvchi hozir boʻlgan jinoyat protsessi ishtirokchilariga ularning huquqlarini tushuntiradi va ularda rad qilishga oid arzlar hamda iltimosnomalar bor-yoʻqligini, ular kassatsiya shikoyatida (protestida) bayon etilgan iltimosnomalarni quvvatlashini yoki quvvatlamasligini aniqlaydi. Bunday iltimosnomalar mavjud boʻlganda sud ular boʻyicha ajrim chiqaradi. Ishni koʻrish sudyalardan biri tomonidan birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining, kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmunini qisqacha bayon etish bilan boshlanadi. Sudyaning maʼruzasidan keyin sud kassatsiya shikoyati (protesti) bergan taraflarning maʼruzalarini va boshqa tarafning eʼtirozlarini eshitadi. Bir nechta shikoyat mavjud boʻlgan taqdirda soʻzga chiqish navbati taraflarning fikrlari hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Agar berilgan kassatsiya shikoyatlari bilan bir qatorda prokuror bildirgan kassatsiya protesti mavjud boʻlsa, soʻz birinchi navbatda prokurorga beriladi. Kassatsiya instansiyasi sudining majlisida ishtirok etayotgan prokuror koʻrib chiqilayotgan kassatsiya shikoyatlari yuzasidan fikrini bildiradi, protestda koʻrsatilgan vajlarni bayon etadi. Sud taraflarning fikrlarini eshitib, birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini lozim darajada tekshirish zaruratidan kelib chiqib, bevosita sud majlisida tekshirilishi lozim boʻlgan dalillar hajmini aniqlash toʻgʻrisida, sud majlisiga mahkumni (oqlangan shaxsni), jabrlanuvchini, guvohlarni, ekspertlarni va zarurat boʻlganda boshqa shaxslarni chaqirish haqida qaror qabul qiladi. Shundan keyin sud sudning majlisiga chaqirilgan mahkumni (oqlangan shaxsni), jabrlanuvchilarni, guvohlarni soʻroq qilish yoʻli bilan dalillarni tekshirishga, shuningdek taraflarning iltimosnomasi boʻyicha hamda oʻzining tashabbusi bilan hujjatlarni, bayonnomalarni va ishga aloqador boshqa materiallarni oʻqib eshittirishga kirishadi. Dalillarni tekshirish tartibi taraflarning fikrlari inobatga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Taraflar kassatsiya instansiyasi sudiga kassatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan vajlarni tasdiqlab yoki inkor etib, qoʻshimcha materiallar taqdim etishga haqli. Birinchi instansiya sudida soʻroq qilingan guvohlar, agar sud buni zarur deb topgan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudida soʻroq qilinadi. Taraflarning dalillarni, shu jumladan birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillarni tekshirish toʻgʻrisidagi va sud majlisiga guvohlarni, ekspertlarni hamda boshqa shaxslarni chaqirish haqidagi iltimosnomalari ushbu Kodeks 438-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi. Bunda sud iltimosnomani qanoatlantirishni faqat iltimosnoma birinchi instansiya sudi tomonidan qanoatlantirilmaganligiga asosan rad etishga haqli emas. Birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar (yangi dalillar) sud tomonidan qabul qilinadi, bunda ularni tekshirish toʻgʻrisida iltimosnoma bergan shaxs oʻziga bogʻliq boʻlmagan qaysi sabablarga koʻra bu dalillarni birinchi instansiya sudiga taqdim etishga imkoniyati boʻlmaganligini tushuntirib berishi kerak. Kassatsiya instansiyasi sudi dalillarni tekshirishga, shu jumladan videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda tekshirishga haqli. Sud tergovi tugallangach, sud taraflardan sud tergoviga qoʻshimcha qilish yuzasidan iltimoslari bor-yoʻqligini surishtiradi. Sud bu iltimoslarni hal etadi va shundan keyin taraflarning muzokaralariga oʻtadi. Sud muzokaralari ushbu Kodeksning 449-moddasi qoidalari asosida oʻtkaziladi, bunda shikoyat (protest) bergan shaxs birinchi boʻlib soʻzga chiqadi. Taraflarning muzokaralari tamom boʻlganidan keyin raislik qiluvchi mahkumga (oqlangan shaxsga), agar u sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, oxirgi soʻzni beradi, shundan soʻng sud qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi. Kassatsiya instansiyasi sudining qarori ushbu Kodeksning 49731-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi. Kassatsiya instansiyasi sudining qarorini eʼlon qilish ushbu Kodeksning 473, 49731-moddalari qoidalariga koʻra amalga oshiriladi. Kassatsiya instansiyasi sudida sud majlisining bayonnomasi yuritiladi. Sud majlisining bayonnomasi ushbu Kodeksning 426-moddasida koʻrsatilgan muddatlarda tayyorlanishi kerak. U bilan sud majlisining barcha ishtirokchilari tanishishga haqli. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan ushbu Kodeksning427-moddasida nazarda tutilgan tartibda mulohazalar bildirilishi mumkin. 5099-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari Kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini koʻrish natijalariga koʻra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 1) hukmni oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida; 2) ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmini chiqarish haqida; 3) ayblov hukmini bekor qilish va yangi ayblov hukmini chiqarish toʻgʻrisida; 4) oqlov hukmini bekor qilish va ayblov hukmini chiqarish haqida; 5) hukmni bekor qilish va ishni tugatish toʻgʻrisida; 6) ushbu Kodeks 493-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, sudning ayblov hukmini bekor qilish va jinoyat ishini birinchi instansiya sudiga yuborish haqida; 7) hukmni oʻzgartirish toʻgʻrisida; 8) shikoyat (protest) qaytarib olingan hollarda, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatish haqida. Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida, 5 — 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi. Ushbu modda birinchi qismining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan hollarda kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya hukmini chiqaradi. 50910-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi Kassatsiya instansiyasi sudining hukmida, ajrimida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: 1) sud ishining raqami, hukm, ajrim chiqarilgan sana va joy; 2) sudning nomi va tarkibi, ishni koʻrishda ishtirok etgan prokuror va boshqa shaxslar; 3) kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxs; 4) birinchi instansiya sudining ustidan shikoyat (protest) berilgan hukmi, ajrimi qaror qismining mazmuni; 5) shikoyatning (protestning), kassatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etayotgan shaxslar eʼtirozlarining va tushuntirishlarining mohiyati, shuningdek prokurorning fikri; 6) shikoyat (protest) boʻyicha kassatsiya instansiyasi sudining qarori. Shikoyat (protest) qanoatlantirilmay qoldirilganda kassatsiya instansiyasi sudining ajrimida hukm qonuniy, asosli va adolatli deb, birinchi instansiya sudining ajrimi qonuniy va asosli deb topilganligining, shikoyat yoki protest esa qanoatlantirilmasdan qoldirilganligining asoslari koʻrsatilishi kerak. Hukm, ajrim bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan taqdirda, kassatsiya instansiyasi sudining ajrimida Jinoyat kodeksining va ushbu Kodeksning qaysi normalari talablari buzilganligi hamda bekor qilinayotgan yoki oʻzgartirilayotgan sud qarorining asossizligi nimadan iborat ekanligi koʻrsatilishi kerak. Kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi sudning toʻliq tarkibi tomonidan imzolanadi. Ovoz berishda ozchilik tomonda qolgan sudya hukmga, ajrimga imzo qoʻyib, oʻzining alohida fikrini ushbu Kodeks 472-moddasining talablariga rioya etgan holda yozma tarzda qoldirishga haqlidir. Kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi sud majlisi zalida oʻqib eshittiriladi va darhol qonuniy kuchga kiradi. Kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi uni chiqargan sudga yoki boshqa sudga chiqarilgan kundan eʼtiboran besh sutkadan kechiktirmay jinoyat ishi bilan birga ijro etish uchun yuboriladi. Mahkumni darhol qamoqdan yoki ozodlikdan cheklash tariqasidagi jazodan ozod etish uchun asos boʻladigan hukm, ajrim, agar mahkum sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, sud zalida ijro etiladi. Boshqa hollarda hukmning, ajrimning koʻchirma nusxasi hukm, ajrim chiqarilganidan keyin kassatsiya instansiyasi tomonidan jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyatiga yoki mahkumning yashash joyidagi ozodlikdan cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish oʻz zimmasiga yuklatilgan ichki ishlar organiga yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay yuboriladi. 50911-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining xususiy ajrimi Kassatsiya instansiyasi sudi ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning eʼtiborini surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga qaratish zarur boʻlgan taqdirda, xususiy ajrim chiqaradi. 50912-modda. Sud ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyatni (xususiy protestni) koʻrib chiqish Sudning ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrib chiqiladi. Kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) boʻyicha koʻrib chiqish natijalariga koʻra quyidagilarga haqli: 1) birinchi instansiya sudining ajrimini oʻzgarishsiz, xususiy shikoyatni (xususiy protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga; 2) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ishni yangidan sudda koʻrib chiqish uchun yuborishga; 3) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ishni umumiy qoidalar boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni oʻtkazish uchun prokurorga yuborishga; 4) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va amnistiya aktini qoʻllashga; 5) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga; 6) birinchi instansiya sudining xususiy ajrimini bekor qilishga; 7) birinchi instansiya sudining ajrimini oʻzgartirishga. Kassatsiya instansiyasi sudining birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) boʻyicha chiqarilgan ajrimi uzil-kesildir, bundan ushbu Kodeksning 308, 317-moddalarida va 59-bobida nazarda tutilgan hollar mustasno. 50913-modda. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida qoʻshimcha tarzda koʻrish Agar ayrim mahkumlarga taalluqli kassatsiya shikoyati yoki protesti kassatsiya instansiyasi sudiga biror-bir sababga koʻra boshqa mahkumlarga taalluqli jinoyat ishi koʻrib boʻlinganidan keyin kelib tushsa, shuningdek, agar mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining kassatsiya shikoyati, ushbu mahkumga taalluqli ish protsessning boshqa ishtirokchisining kassatsiya shikoyati yoki protesti boʻyicha koʻrib chiqilganidan soʻng kelib tushgan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyatni yoki protestni koʻrib chiqishi va u boʻyicha ajrim chiqarishi shart. Agar ishni qoʻshimcha tarzda koʻrish chogʻida kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan chiqarilgan ajrim ilgari chiqarilgan ajrimga zid boʻlsa, ish protest bildirish masalasini hal qilish uchun taftish tartibida protest bildirish vakolatiga ega boʻlgan prokurorga yuboriladi. Jinoyat ishini qoʻshimcha tarzda koʻrish tartibi kechikib kelgan xususiy shikoyatlarga va xususiy protestlarga nisbatan ham taalluqlidir. 50914-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan shikoyat (protest) berish Kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin. 562-bob. Sudning hukmi, ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berish 510-modda. Taftish tartibida qayta koʻrilishi mumkin boʻlgan sud hukmlari, ajrimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlarning tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha apellyatsiya va kassatsiya instansiyasida chiqarilgan hukmlari, ajrimlari koʻrib chiqiladi. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida koʻrib chiqiladi: jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlar tomonidan tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida chiqarilgan hukmlari va ajrimlari; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instansiya boʻyicha chiqarilgan va ayni shu sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlar tomonidan birinchi instansiya tariqasida koʻrilgan ishlar boʻyicha apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida chiqarilgan hukmlari va ajrimlari. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan taftish tartibida chiqarilgan hukmlar, ajrimlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida takroran koʻrib chiqilishi mumkin. 511-modda. Hukm va ajrim ustidan taftish tartibida shikoyat berish huquqiga ega boʻlgan shaxslar Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, jabrlanuvchi, uning vakili birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlarining hukmlari, ajrimlari ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir. Fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlari hukmlarining, ajrimlarining fuqaroviy daʼvoga daxldor qismi ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir. Sudda oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlari hukmlarining, ajrimlarining oqlash sabablari va asoslariga daxldor qismi ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir. Ishda taraf boʻlmagan shaxslar ham birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlari hukmlarining, ajrimlarining oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir. 512-modda. Hukmlar, ajrimlar ustidan taftish tartibida protest bildirish huquqiga ega boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek ularning oʻrinbosarlari jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari ustidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga taftish tartibida protest bildirishga haqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudlarining hukmlari va ajrimlari ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibida protest bildirishga haqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan birinchi instansiya boʻyicha chiqarilgan hukmlar, ajrimlar hamda ular boʻyicha apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasining chiqarilgan hukmlari, ajrimlari ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibida protest bildirishga haqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining taftish tartibida koʻrib chiqilgan ishlar boʻyicha sud qarorlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga taftish tartibida protest bildirishga haqlidir. 513-modda. Sudning ajrimi ustidan taftish tartibida xususiy shikoyat (xususiy protest) berish Birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasida koʻrib chiqilgan ajrimi, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksning 511 va 512-moddalarida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan taftish tartibida xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin. 514-modda. Sud hukmlari, ajrimlarini taftish tartibida qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyiladigan muddat Agar shikoyatda yoki protestda ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi qonunni qoʻllash zarurligi haqidagi, jazoni kuchaytirish toʻgʻrisidagi yoki mahkumning ahvoli yomonlashishiga olib keladigan boshqa oʻzgarishlar haqidagi masala qoʻyilgan boʻlsa, sudning ayblov hukmini yoxud ajrimini taftish tartibida qayta koʻrib chiqishga, shuningdek sudning oqlov hukmini yoki ishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimini taftish tartibida qayta koʻrib chiqishga faqat u qonuniy kuchga kirganidan keyin bir yil ichida yoʻl qoʻyiladi. 515-modda. Taftish tartibida shikoyat berish va protest bildirish tartibi Quyidagilar ustidan taftish tartibida shikoyat beriladi yoki protest bildiriladi: 1) tuman (shahar) sudlarining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari ustidan, shuningdek tuman (shahar) sudlari tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida chiqarilgan hukmlari, ajrimlari ustidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga; 2) hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari ustidan, shuningdek hududiy harbiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining hukmlari, ajrimlari ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga: tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari ustidan; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan birinchi instansiya boʻyicha chiqarilgan hukmlar, ajrimlar va ular yuzasidan chiqarilgan apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasining hukmlari, ajrimlari ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining taftish tartibida chiqarilgan hukmlari, ajrimlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga taftish tartibida takroran koʻrib chiqish uchun protest bildiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga protest bildirish uchun ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning arizalari (iltimosnomalari), shuningdek sudyaning taqdimnomasi, ommaviy axborot vositalarining xabarlari sabab boʻladi. Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan taftish tartibidagi shikoyatlar va protestlar hukmni, ajrimni chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat yoki protest bevosita Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyat, Toshkent shahar sudiga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga berilgan taqdirda, sud ularni hukmni, ajrimni chiqargan sudga ushbu Kodeksning 479-moddasida bayon etilgan talablarni bajarish uchun yuboradi. Ushbu moddada belgilangan tartib taftish tartibida xususiy shikoyat berish va xususiy protest bildirish tartibiga nisbatan ham tatbiq etiladi. 516-modda. Taftish tartibida beriladigan, bildiriladigan shikoyatning, protestning (xususiy shikoyatning, xususiy protestning) mazmuni Taftish tartibida beriladigan (bildiriladigan) shikoyatda, protestda (xususiy shikoyatda, xususiy protestda) quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) yuborilayotgan, ishni taftish tartibida koʻradigan sudning nomi; 2) shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bergan shaxs, uning protsessual mavqeyi, uning yashash joyi yoki turgan joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 3) hukm, ajrim chiqargan sudning nomi, hukm, ajrim chiqarilgan sana, sud ishining raqami, shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilayotgan hukm, ajrim kimga nisbatan chiqarilgan boʻlsa, oʻsha shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining nomi; 4) shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berayotgan shaxsning fikriga koʻra hukmning, ajrimning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligiga doir vajlari, sudga qadar ish yuritishni yoki sud muhokamasini amalga oshirish chogʻida qaror qabul qilishga taʼsir koʻrsatgan qonunning qaysi normalari buzilganligi toʻgʻrisidagi vajlari, shuningdek uning iltimosining mazmuni; 5) shaxs oʻz talablarini asoslayotgan dalillar; 6) shikoyatga, protestga (xususiy shikoyatga, xususiy protestga) ilova qilinayotgan materiallar roʻyxati; 7) shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilgan sana, shikoyat (xususiy shikoyat) bergan, protest (xususiy protest) bildirgan shaxsning imzosi. 517-modda. Hukm, ajrim ustidan taftish tartibida shikoyat (xususiy shikoyat) berish, protest (xususiy protest) bildirish oqibatlari Hukm, ajrim chiqargan sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarib, bir oy ichida jinoyat ishini shikoyatlar, protestlar (xususiy shikoyatlar, xususiy protestlar) va ularga doir eʼtirozlar, shuningdek taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar bilan birga taftish tartibida koʻruvchi sudga yuboradi. Mazkur muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan koʻpi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin. 518-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish Hukm, ajrim chiqargan sud taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilishi toʻgʻrisida mahkumni, oqlangan shaxsni, ularning himoyachilarini, qonuniy vakillarini, prokurorni, jabrlanuvchini, uning vakilini, shuningdek fuqaroviy daʼvogarni, fuqaroviy javobgarni, ularning vakillarini, agar shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, uch sutka ichida xabardor qiladi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga shikoyatning, protestning (xususiy shikoyatning, xususiy protestning) koʻchirma nusxalari yuboriladi yoxud hukmni, ajrimni chiqargan sudning internet-resursi orqali ularning elektron nusxalari bilan tanishish mumkinligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga ularning shikoyatga, protestga (xususiy shikoyatga, xususiy protestga) doir eʼtirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida berish huquqi, eʼtirozlarni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda, tushuntiriladi. Shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) yuzasidan kelib tushgan eʼtirozlar jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi. Taraflar taftish tartibida beriladigan shikoyatga, protestga (xususiy shikoyatga, xususiy protestga) doir eʼtiroz bilan birga yangi materiallarni alohida taqdim etishga yoki ularni talab qilib olish va tekshirish, shuningdek oʻzi koʻrsatgan jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni sudga chaqirish va soʻroq qilish haqida iltimosnoma berishga haqli. 519-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni (xususiy shikoyatni, xususiy protestni) oʻzgartirish va unga qoʻshimcha kiritish Taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bergan shaxs jinoyat ishini taftish tartibida sud majlisida koʻrish boshlanguniga qadar uni oʻzgartirishga yoki yangi vajlar bilan toʻldirishga haqli. Taftish tartibidagi protestga (xususiy protestga), jabrlanuvchining yoki uning vakilining taftish tartibidagi shikoyatiga (xususiy shikoyatiga) mahkumning ahvolini ogʻirlashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga, agar bunday talab taftish tartibida berilgan dastlabki shikoyatda, protestda (xususiy shikoyatda, xususiy protestda) koʻrsatilmagan boʻlsa, yoʻl qoʻyilmaydi. Taftish tartibidagi shikoyat (xususiy shikoyat) berilganidan keyin jinoyat ishini yuritishga kirishgan himoyachi shikoyatni (xususiy shikoyatni) oʻzgartirishi yoki yangi vajlar bilan toʻldirishi, ilgari ishda ishtirok etgan himoyachi tomonidan berilgan shikoyat (xususiy shikoyat) vajlarining qoʻshimcha asoslarini taqdim etishi mumkin. 520-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni (xususiy shikoyatni, xususiy protestni) qaytarib olish Taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bergan shaxs oʻz shikoyatini, protestini (xususiy shikoyatini, xususiy protestini) qaytarib olishga haqlidir. Yuqori turuvchi prokuror ham protestni (xususiy protestni) qaytarib olishga haqli. Mahkum oʻz himoyachisining shikoyatini (xususiy shikoyatini) qaytarib olishga haqli. Mahkumning himoyachisi, qonuniy vakili oʻz shikoyatini (xususiy shikoyatini) faqat mahkumning roziligi bilan qaytarib olishga haqli. Taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni (xususiy shikoyatni, xususiy protestni) qaytarib olishga sud maslahatxonaga kirguniga qadar yoʻl qoʻyiladi. Shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest), shuningdek uni qaytarib olish toʻgʻrisidagi hujjat ishda qoldiriladi. 521-modda. Ish taftish instansiyasi sudiga yuborilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish Hukm chiqargan sud jinoyat ishi taftish instansiyasi sudiga yuborilganligi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni uch sutka ichida xabardor qiladi. 5211-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida jinoyat ishini koʻrib chiqish uchun sud majlisini tayinlash va tayyorlash Sudya taftish tartibidagi shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bilan kelib tushgan jinoyat ishini oʻrganib, sud majlisini tayinlash toʻgʻrisida yetti sutkadan kechiktirmay ajrim chiqarib, unda quyidagi masalalarni hal etadi: 1) jinoyat ishini koʻrib chiqish joyi, sanasi va boshlanish vaqti toʻgʻrisidagi; 2) sud majlisiga taraflarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini chaqirish haqidagi; 3) ushbu Kodeksning 19-moddasida nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishini yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisidagi; 4) ozodlikdan cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan shaxsning sud majlisida ishtirok etishi haqidagi. Ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran uch sutka ichida jinoyat protsessi ishtirokchilariga sud majlisining joyi, sanasi va boshlanish vaqti tayinlanganligi toʻgʻrisida xabar yuboriladi. Agar jinoyat ishini oʻrganish chogʻida birinchi instansiya sudi tomonidan ushbu Kodeks 503-moddasi ikkinchi qismining talablari bajarilmaganligi aniqlansa, sudya ishni taftish tartibida koʻrib chiqishga monelik qiluvchi holatlarni bartaraf etish uchun ishni shu sudga qaytaradi. 5212-modda. Ishni Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida koʻrishda taraflarning sud majlisida ishtirok etishi Jinoyat ishini taftish tartibida sud majlisida koʻrishda quyidagilar ishtirok etishi shart: 1) tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, ularning oʻrinbosarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror; 2) himoyachi — ushbu Kodeksning 51 va 52-moddalarida koʻrsatilgan hollarda. Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishni taftish tartibida koʻrishda ishtirok etishga haqli. Jazoni ijro etish muassasasida boʻlgan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkumning ishtirok etishi zarurligi toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan hal etiladi. Mazkur shaxslar sud majlisida bevosita yoxud videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etishi mumkin. Taftish tartibida koʻrilayotgan ish boʻyicha sud majlisining joyi, sanasi va vaqti toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrishga monelik qilmaydi, bundan sud majlisida ishtirok etishi shart boʻlgan shaxslar mustasno. 5213-modda. Jinoyat ishini Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida koʻrish tartibi Jinoyat ishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida koʻrilayotganda sud majlisi raislik qiluvchi tomonidan ochiladi, u qanday ish va kimning shikoyati, protesti (xususiy shikoyati, xususiy protesti) boʻyicha koʻrilayotganligini eʼlon qiladi. Shundan keyin raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, prokurorning, himoyachining, sud majlisi kotibining, shuningdek agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning familiyasini, ismini va otasining ismini maʼlum qiladi. Raislik qiluvchi hozir boʻlgan jinoyat protsessi ishtirokchilariga ularning huquqlarini tushuntiradi va ularda rad qilishga oid arzlar hamda iltimosnomalar bor-yoʻqligini, taftish tartibidagi shikoyatda, protestda (xususiy shikoyatda, xususiy protestda) bayon etilgan iltimosnomalarni ular quvvatlashi-quvvatlamasligini aniqlaydi. Bunday iltimosnomalar mavjud boʻlgan taqdirda sud ular boʻyicha ajrim chiqaradi. Ishni koʻrish sudyalardan biri tomonidan birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi hukmining, ajrimining, taftish tartibida berilgan shikoyatning, protestning (xususiy shikoyatning, xususiy protestning) mazmunini qisqacha bayon etish bilan boshlanadi. Sudyaning maʼruzasidan keyin sud taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bergan tarafning maʼruzasini va boshqa tarafning eʼtirozlarini eshitadi. Bir nechta shikoyat (xususiy shikoyat) mavjud boʻlgan taqdirda soʻzga chiqish navbati taraflarning fikrlari hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Agar berilgan taftish tartibidagi shikoyatlar (xususiy shikoyatlar) bilan bir qatorda prokurorning taftish tartibida bildirilgan protesti (xususiy protesti) mavjud boʻlsa, soʻz birinchi navbatda unga beriladi. Taftish instansiyasi sudining majlisida ishtirok etayotgan prokuror koʻrib chiqilayotgan taftish shikoyatlari (xususiy shikoyatlar) yuzasidan fikrini bildiradi, protestda (xususiy protestda) koʻrsatilgan vajlarni bayon etadi. Sud taraflarning fikrlarini eshitib, birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlari hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi lozim darajada tekshirilishini taʼminlash zaruratidan kelib chiqib, bevosita sud majlisida tekshirilishi lozim boʻlgan dalillar hajmini aniqlash toʻgʻrisida, sud majlisiga mahkumni (oqlangan shaxsni), jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni va, zarurat boʻlganda, boshqa shaxslarni chaqirish haqida qaror qabul qiladi. Shundan keyin sud sudning majlisiga chaqirilgan mahkumni (oqlangan shaxsni), jabrlanuvchilarni, guvohlarni soʻroq qilish yoʻli bilan dalillarni tekshirishga, shuningdek taraflarning iltimosnomasiga koʻra hamda oʻz tashabbusi bilan hujjatlarni, bayonnomalarni va ishga aloqador boshqa materiallarni oʻqib eshittirishga kirishadi. Dalillarni tekshirish tartibi taraflarning fikrlari inobatga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Taraflar taftish instansiyasi sudiga taftish tartibida berilgan shikoyatda, protestda (xususiy shikoyatda, xususiy protestda) keltirilgan vajlarni tasdiqlab yoki inkor etib, qoʻshimcha materiallar taqdim etishga haqli. Birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida soʻroq qilingan guvohlar, agar sud zarur deb topsa, ishni taftish tartibida koʻrish chogʻida soʻroq qilinadi. Taraflarning dalillarni, shu jumladan birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tekshirilmagan dalillarni tekshirish toʻgʻrisidagi va sud majlisiga guvohlarni, ekspertlarni hamda boshqa shaxslarni chaqirish haqidagi iltimosnomalari ushbu Kodeks 438-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi. Bunda sud iltimosnomani qanoatlantirishni faqat u birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qanoatlantirilmaganligiga asoslanib rad etishga haqli emas. Birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar (yangi dalillar) sud tomonidan qabul qilinadi, bunda ularni tekshirish toʻgʻrisida iltimosnoma bergan shaxs bu dalillarni oʻziga bogʻliq boʻlmagan qanday sabablarga koʻra birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga taqdim etish imkoniyati boʻlmaganligini tushuntirib berishi kerak. Ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud dalillarni tekshirishga, shu jumladan videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda tekshirishga haqli. Sud tergovi tugallangach, sud taraflardan ularda sud tergoviga qoʻshimcha qilish yuzasidan iltimosnomalari bor-yoʻqligini surishtiradi. Sud bu iltimosnomalarni hal etadi, shundan keyin taraflarning muzokaralariga oʻtadi. Sud muzokaralari ushbu Kodeks 449-moddasining qoidalari asosida oʻtkaziladi, bunda shikoyat (protest) bergan shaxs birinchi boʻlib soʻzga chiqadi. Taraflarning muzokaralari tamom boʻlganidan keyin raislik qiluvchi mahkumga (oqlangan shaxsga), agar u sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, oxirgi soʻz beradi, shundan keyin sud qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi. Ishni taftish tartibida koʻrayotgan sudning qarori ushbu Kodeksning 49731-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi. Taftish instansiyasi sudining qarorini eʼlon qilish ushbu Kodeksning 473, 49731-moddalari qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Taftish instansiyasi sudida sud majlisining bayonnomasi yuritiladi. Sud majlisining bayonnomasi ushbu Kodeksning 426-moddasida koʻrsatilgan muddatlarda tayyorlanishi kerak. U bilan sud majlisining barcha ishtirokchilari tanishishga haqli. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan ushbu Kodeksning 427-moddasida nazarda tutilgan tartibda mulohazalar bildirilishi mumkin. 5214-modda. Jinoyat ishini taftish tartibida koʻrib chiquvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining vakolatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi jinoyat ishini taftish tartibida koʻrib chiqib, uning natijalariga koʻra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 1) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining hukmini, ajrimini oʻzgarishsiz qoldirish, taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida; 2) apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining hukmini, ajrimini bekor qilish va birinchi instansiya sudining hukmini, ajrimini oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida; 3) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ayblov yoki oqlov hukmi chiqarish toʻgʻrisida; 4) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ishni tugatish toʻgʻrisida; 5) ushbu Kodeks 493-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va jinoyat ishini birinchi instansiya sudiga yuborish toʻgʻrisida; 6) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining hukmini, ajrimini oʻzgartirish toʻgʻrisida; 7) shikoyat, protest qaytarib olingan taqdirda, taftish tartibidagi ishni yuritishni tugatish toʻgʻrisida. Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida, 4 — 7-bandlarida nazarda tutilgan hollarda ishni taftish tartibida koʻruvchi sud ajrim chiqaradi. Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda, ishni taftish tartibida koʻruvchi sud hukm chiqaradi. Jinoyat ishini taftish tartibida koʻruvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning eʼtiborini surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi jarayonida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga qaratish zarur boʻlgan taqdirda xususiy ajrim chiqaradi. 5215-modda. Sudning ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyatni (xususiy protestni) koʻrib chiqish Sudning ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat, xususiy protest ushbu Kodeksning 5213-moddasida belgilangan qoidalar boʻyicha koʻrib chiqiladi. Taftish instansiyasining sudi ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) boʻyicha koʻrib chiqish natijalariga koʻra quyidagilarga haqli: 1) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimlarini oʻzgarishsiz, xususiy shikoyatni (xususiy protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga; 2) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ishni yangidan sudda koʻrib chiqish uchun yuborishga; 3) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ishni umumiy qoidalar boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni oʻtkazish uchun prokurorga yuborishga; 4) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va amnistiya aktini qoʻllashga; 5) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga; 6) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiya sudining xususiy ajrimini bekor qilishga; 7) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimlarini oʻzgartirishga. 5216-modda. Ishni taftish tartibida koʻruvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmi, ajrimi Ishni taftish tartibida koʻruvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmida, ajrimida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: 1) sud ishining raqami, hukm, ajrim chiqarilgan sana va joy; 2) sudning nomi va tarkibi, ishni koʻrishda ishtirok etgan prokuror va boshqa shaxslar; 3) taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bergan shaxs; 4) ustidan taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilgan hukmning, ajrimning qaror qismi mazmuni; 5) shikoyatning, protestning (xususiy shikoyatning, xususiy protestning) taftish instansiyasi sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar eʼtirozlarining va tushuntirishlarining mohiyati, shuningdek prokurorning fikri; 6) ishni taftish tartibida koʻruvchi sudning qarori. Shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) qanoatlantirilmay qoldirilgan taqdirda, ishni taftish tartibida koʻruvchi sudning ajrimida birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining hukmi qonuniy, asosli va adolatli deb, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi qonuniy va asosli deb topilganligining, shikoyat yoki protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) esa qanoatlantirilmasdan qoldirilishining asoslari koʻrsatilishi kerak. Hukm, ajrim bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan taqdirda, ishni taftish tartibida koʻruvchi sudning ajrimida Jinoyat kodeksining va ushbu Kodeksning qaysi normalari talablari buzilganligi va bekor qilinayotgan yoki oʻzgartirilayotgan sud qarorining asossizligi nimadan iborat ekanligi koʻrsatilishi kerak. Ishni taftish tartibida koʻruvchi sudning hukmi, ajrimi sudning toʻliq tarkibi tomonidan imzolanadi. Ovoz berishda ozchilik tomonda qolgan sudya hukmga, ajrimga imzo qoʻyib, oʻzining alohida fikrini ushbu Kodeksning 472-moddasi talablariga rioya etgan holda yozma shaklda qoldirishga haqlidir. Ishni taftish tartibida koʻruvchi sudning hukmi, ajrimi sud majlisi zalida oʻqib eshittiriladi va darhol qonuniy kuchga kiradi. Ishni taftish tartibida koʻruvchi sudning hukmi, ajrimi uni chiqargan sudga yoki boshqa sudga chiqarilgan kundan eʼtiboran besh sutkadan kechiktirmay jinoyat ishi bilan birga ijro etish uchun yuboriladi. Mahkumni darhol qamoqdan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazodan ozod etish uchun asos boʻladigan hukm, ajrim, agar mahkum sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, sud zalida ijro etiladi. Boshqa hollarda, hukmning, ajrimning koʻchirma nusxasi hukm, ajrim chiqarilganidan keyin taftish instansiyasi sudi tomonidan jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyatiga yoki mahkumning yashash joyidagi ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish oʻz zimmasiga yuklatilgan ichki ishlar organiga yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay yuboriladi. 5217-modda. Ishni taftish instansiyasi sudida qoʻshimcha tarzda koʻrish Agar ayrim mahkumlarga taalluqli taftish tartibida berilgan shikoyat yoki protest biror-bir sabablarga koʻra ishni taftish tartibida koʻruvchi sudga boshqa mahkumlarga taalluqli jinoyat ishi koʻrib boʻlinganidan keyin kelib tushsa, shuningdek agar mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining taftish tartibida berilgan shikoyati, ushbu mahkumga taalluqli ish protsessning boshqa ishtirokchisining taftish tartibida berilgan shikoyati yoki protesti boʻyicha koʻrib chiqilganidan soʻng kelib tushgan boʻlsa, ishni taftish tartibida koʻruvchi sud bunday shikoyatni yoki protestni koʻrib chiqishi va u boʻyicha tegishli qaror chiqarishi shart. Agar ishni qoʻshimcha tarzda koʻrish chogʻida ishni taftish tartibida koʻruvchi sud tomonidan chiqarilgan hukm, ajrim (qaror) ilgari chiqarilgan hukmga, ajrimga (qarorga) zid boʻlsa, protest bildirish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun ish taftish tartibida protest bildirish vakolatiga ega boʻlgan prokurorga yuboriladi. Jinoyat ishini qoʻshimcha tarzda koʻrish tartibi kechikib kelgan xususiy shikoyatlarga va xususiy protestlarga nisbatan ham taalluqlidir. 5218-modda. Jinoyat ishini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida tekshirish uchun talab qilib olish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibida berilgan shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) boʻyicha jinoyat ishini suddan talab qilib olishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar taftish tartibida protest (xususiy protest) kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun ishni suddan oʻz vakolatlari doirasida talab qilib olishga haqli. Ishlarni talab qilib olishga ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning shikoyatlari, shuningdek sudyaning taqdimnomasi, ommaviy axborot vositalarining xabarlari sabab boʻladi. 5219-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni (xususiy shikoyatni, xususiy protestni) koʻrib chiqmasdan qaytarish Taftish tartibida berilgan shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) quyidagi hollarda koʻrib chiqilmasdan qaytariladi, agar: 1) taftish tartibida berilgan shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) ushbu Kodeksning 515-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa; 2) taftish tartibida berilgan shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) ushbu Kodeksning 511, 512-moddalarida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan berilmagan boʻlsa; 3) ish Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibida koʻrilmagan boʻlsa; 4) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida birinchi instansiya boʻyicha koʻrib chiqilgan ishlar apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa; 5) taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni (xususiy shikoyatni, xususiy protestni) qaytarib olish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bergan shaxs takroran umumiy asoslarda murojaat qilishga haqlidir. 52110-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga kelib tushgan taftish tartibida berilgan shikoyatlar (xususiy shikoyatlar) boʻyicha qabul qilinadigan qarorlar Taftish tartibida berilgan shikoyat (xususiy shikoyat) unga ilova qilingan materiallar bilan birga, zarur boʻlgan hollarda esa jinoyat ishi talab qilib olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan oʻrganib chiqiladi. Shikoyatni (xususiy shikoyatni) oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi oʻz ajrimi bilan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 1) sud qarorlarini taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisida; 2) shikoyatni (xususiy shikoyatni) ish bilan birga koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish haqida. Taftish tartibida shikoyat (xususiy shikoyat) bergan shaxsga qabul qilingan qaror haqida uch sutka ichida xabar qilinadi. 52111-modda. Sud qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ajrim Sud qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: 1) ajrim chiqarilgan joy va sana; 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi; 3) taftish tartibida shikoyat (xususiy shikoyat) bergan shaxs haqidagi maʼlumotlar; 4) hukm, ajrim chiqargan birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudining nomi, birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudining hukmi, ajrimi chiqarilgan sana; 5) taftish tartibida berilgan shikoyatning (xususiy shikoyatning) mazmuni; 6) taftish tartibidagi shikoyatni (xususiy shikoyatni) koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishni rad etish sabablari va asoslari. Sud qarorlarini taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (xususiy shikoyat) bergan shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga, uning oʻrinbosariga shikoyat qilinishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning oʻrinbosari taftish tartibida shikoyat (xususiy shikoyat) bergan shaxsning shikoyatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining sud qarorlarini taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ajrimini bekor qilish haqida ajrim chiqarishga va shikoyatni (xususiy shikoyatni) jinoyat ishi bilan birga taftish tartibida koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishga haqlidir. 52112-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni (xususiy shikoyatni) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibida berilgan shikoyatni (xususiy shikoyatni) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: 1) ajrim chiqarilgan joy va sana; 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi; 3) taftish tartibida shikoyatni (xususiy shikoyatni) bergan shaxs haqidagi maʼlumotlar; 4) hukm, ajrim chiqargan birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudining nomi, birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudining hukmi, ajrimi chiqarilgan sana; 5) taftish tartibida berilgan shikoyatning (xususiy shikoyatning) mazmuni; 6) taftish tartibidagi shikoyatni (xususiy shikoyatni) koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish sabablari va asoslari; 7) ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻrib chiqish joyi va sanasi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibida berilgan shikoyatni (xususiy shikoyatni) oʻzi chiqargan ajrim bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga jinoyat ishi bilan birga oʻtkazadi. 52113-modda. Shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibida koʻrib chiqish uchun kiritilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari, qonuniy vakillari, prokuror, jabrlanuvchi yoki uning vakili, shuningdek fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari ish taftish tartibida koʻrib chiqish uchun yuborilganligi toʻgʻrisida, agar shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, uch sutka ichida xabardor qilinadi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga shikoyatning, protestning (xususiy shikoyatning, xususiy protestning) koʻchirma nusxasi yuboriladi yoxud taftish instansiyasi sudining internet-resursi orqali ularning elektron nusxalari bilan tanishish mumkinligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga ularning shikoyatga, protestga (xususiy shikoyatga, xususiy protestga) doir eʼtirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida berish huquqi, eʼtirozlarni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda, tushuntiriladi. Shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) yuzasidan kelib tushgan eʼtirozlar jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi. Taraflar taftish tartibida berilgan shikoyatga, protestga (xususiy shikoyatga, xususiy protestga) doir eʼtiroz bilan birga yangi materiallarni alohida taqdim etishga yoxud ularni talab qilib olish va tekshirish toʻgʻrisida, shuningdek oʻzlari koʻrsatgan jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni sudga chaqirish va soʻroq qilish haqida iltimosnoma berishga haqli. 52114-modda. Jinoyat ishini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida koʻrib chiqish uchun tayyorlash Jinoyat ishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimi shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bilan birga kelib tushganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilganligi toʻgʻrisida mahkumni, oqlangan shaxsni, uning himoyachisini, qonuniy vakilini, prokurorni, jabrlanuvchini, uning vakilini, shuningdek fuqaroviy daʼvogarni, fuqaroviy javobgarni, ularning vakillarini, agar shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, ishni koʻrib chiqish boshlanishidan kamida uch sutka oldin xabardor qiladi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga shikoyatning, protestning (xususiy shikoyatning, xususiy protestning) koʻchirma nusxasi yuboriladi yoxud taftish instansiyasi sudining internet-resursi orqali ularning elektron nusxalari bilan tanishish mumkinligi toʻgʻrisida xabar qilinadi. Bunda taraflarga ularning shikoyatga, protestga (xususiy shikoyatga, xususiy protestga) doir oʻz eʼtirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida taqdim etish huquqi, eʼtirozlarni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda, tushuntiriladi. Shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) yuzasidan kelib tushgan eʼtirozlar jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilganidan keyin mahkum, oqlangan shaxs, uning himoyachisi, qonuniy vakili, prokuror, jabrlanuvchi, uning vakili, shuningdek fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari, agar shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, ish taftish tartibida koʻriladigan vaqt haqida ishni koʻrib chiqish boshlanishidan kamida uch sutka oldin xabardor qilinadi. 52115-modda. Ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida koʻrishda taraflarning sud majlisida ishtirok etishi Jinoyat ishini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida sud majlisida koʻrishda quyidagilar ishtirok etishi shart: Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror; himoyachi — ushbu Kodeksning 51 va 52-moddalarida koʻrsatilgan hollarda. Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishni taftish tartibida koʻrishda ishtirok etishga haqli. Jazoni ijro etish muassasasida boʻlgan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkumning ishni koʻrishda ishtirok etishi zarurligi toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan hal etiladi. Mazkur shaxslar sud majlisida bevosita yoxud videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etishi mumkin. Taftish tartibida koʻrilayotgan ish boʻyicha sud majlisining joyi, sanasi va vaqti toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrishga monelik qilmaydi, bundan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar mustasno. 52116-modda. Jinoyat ishini taftish tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida koʻrish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida jinoyat ishini taftish tartibida koʻrishda sud majlisi raislik qiluvchi tomonidan ochiladi, u qanday jinoyat ishi va kimning taftish tartibidagi shikoyati (protesti) boʻyicha koʻrilayotganligini eʼlon qiladi. Shundan keyin raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, prokurorning, himoyachining, sud majlisi kotibining, shuningdek, agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning familiyasini, ismini va otasining ismini maʼlum qiladi. Raislik qiluvchi hozir boʻlgan jinoyat protsessi ishtirokchilariga ularning huquqlarini tushuntiradi va ularda rad qilishga oid arzlar hamda iltimosnomalar bor-yoʻqligini, ular taftish tartibidagi shikoyatda, protestda bayon etilgan iltimosnomalarni quvvatlashi-quvvatlamasligini aniqlaydi. Bunday iltimosnomalar mavjud boʻlganda sud ular boʻyicha ajrim chiqaradi. Ishni koʻrish sudyalardan biri tomonidan birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi hukmining, ajrimining, taftish tartibida berilgan shikoyatning yoki protestning mazmunini qisqacha bayon etish bilan boshlanadi. Sudyaning maʼruzasidan keyin sud taftish tartibida shikoyat (protest) bergan tarafning maʼruzasini va boshqa tarafning eʼtirozlarini eshitadi. Bir nechta shikoyat mavjud boʻlgan taqdirda, soʻzga chiqish navbati taraflarning fikrlari hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Agar taftish tartibida berilgan shikoyatlar bilan bir qatorda prokurorning taftish tartibida bildirilgan protesti mavjud boʻlsa, soʻz birinchi navbatda unga beriladi. Taftish instansiyasi sudining majlisida ishtirok etayotgan prokuror koʻrib chiqilayotgan taftish tartibida berilgan shikoyatlar yuzasidan fikrini bildiradi, protestda koʻrsatilgan vajlarni bayon etadi. Taraflar oʻz vajlarini bayon etish bilan birga taftish tartibida berilgan shikoyatda (protestda) keltirilgan vajlarni tasdiqlab yoki rad etib sudga qoʻshimcha materiallarni taqdim etishga haqli. Qoʻshimcha materiallar taqdim etilgan hollarda, sud taraflarga ular bilan tanishib chiqish va oʻz vajlarini bayon etish imkonini beradi. Jinoyat ishini taftish tartibida koʻrishda sud ushbu Kodeks 483-moddasining uchinchi qismiga amal qilgan holda toʻliq yoki qisman sud tergovini oʻtkazishga haqli. Sud tergovi yakunlanganidan soʻng sud taraflarning muzokaralariga oʻtadi. Sud muzokaralari ushbu Kodeksning 449-moddasi qoidalari asosida oʻtkaziladi, bunda shikoyat (protest) bergan shaxs birinchi boʻlib soʻzga chiqadi. Taraflarning muzokaralari tamomlanganidan keyin raislik qiluvchi mahkumga (oqlangan shaxsga), agar u sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, oxirgi soʻz beradi, shundan soʻng sud qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi. Taftish instansiyasi sudining qarori ushbu Kodeksning 49731-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi. Taftish instansiyasi sudining qarorini eʼlon qilish ushbu Kodeksning 473, 49731-moddalari qoidalariga koʻra amalga oshiriladi. Taftish instansiyasi sudida sud majlisining bayonnomasi yuritiladi. Sud majlisining bayonnomasi ushbu Kodeksning 426-moddasida koʻrsatilgan muddatlarda tayyorlanishi kerak. U bilan sud majlisining barcha ishtirokchilari tanishishga haqli. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan ushbu Kodeksning 427-moddasida nazarda tutilgan tartibda mulohazalar bildirilishi mumkin. 52117-modda. Ishni taftish tartibida koʻrib chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati jinoyat ishini taftish tartibida koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 1) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudining hukmini, ajrimini oʻzgarishsiz, taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida; 2) ayrim sud qarorlarini bekor qilish va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud qarorlaridan birini oʻz kuchida qoldirish toʻgʻrisida; 3) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ayblov yoki oqlov hukmi chiqarish toʻgʻrisida; 4) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida; 5) ushbu Kodeks 493-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va jinoyat ishini birinchi instansiya sudiga yuborish toʻgʻrisida; 6) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining hukmini, ajrimini oʻzgartirish toʻgʻrisida; 7) shikoyat (protest) qaytarib olingan taqdirda, taftish tartibidagi ishni yuritishni tugatish toʻgʻrisida. Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida, 4 — 7-bandlarida nazarda tutilgan hollarda ishni taftish tartibida koʻruvchi sud ajrim chiqaradi. Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda ishni taftish tartibida koʻruvchi sud hukm chiqaradi. Jinoyat ishini taftish tartibida koʻruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning eʼtiborini surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi jarayonida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga qaratish zarur boʻlgan taqdirda xususiy ajrim chiqaradi. 52118-modda. Sud ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyatni (xususiy protestni) koʻrib chiqish Sudning ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) ushbu Kodeksning 52116-moddasida belgilangan qoidalar boʻyicha koʻrib chiqiladi. Taftish instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlari ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) boʻyicha koʻrib chiqish natijalariga koʻra quyidagilarga haqli: 1) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlarini oʻzgarishsiz, xususiy shikoyatni, xususiy protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga; 2) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ishni yangidan sudda koʻrib chiqish uchun yuborishga; 3) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ishni umumiy qoidalar boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni oʻtkazish uchun prokurorga yuborishga; 4) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va amnistiya aktini qoʻllashga; 5) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga; 6) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudining xususiy ajrimini bekor qilishga; 7) birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlarini oʻzgartirishga. 52119-modda. Jinoyat ishini taftish tartibida koʻrib chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining hukmi, ajrimi Jinoyat ishini taftish tartibida koʻrib chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining hukmi, ajrimi ushbu Kodeksning 5216-moddasida belgilangan talablarga muvofiq chiqariladi va sudning toʻliq tarkibi tomonidan imzolanadi. Ovoz berishda ozchilik tomonda qolgan sudya hukmga, ajrimga imzo qoʻyib, oʻzining alohida fikrini ushbu Kodeks 472-moddasining talablariga rioya etgan holda yozma shaklda qoldirishga haqli. Jinoyat ishini taftish tartibida koʻrib chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining hukmi, ajrimi sud majlisi zalida oʻqib eshittiriladi va darhol qonuniy kuchga kiradi. Ishni taftish tartibida koʻrib chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining hukmi, ajrimi ushbu Kodeks 5216-moddasining oltinchi va yettinchi qismlarida belgilangan tartibda ijro etiladi. 52120-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga taftish tartibida protest (xususiy protest) bildirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga qoʻyiladigan talablar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga taftish tartibida protest (xususiy protest) bildirish toʻgʻrisidagi iltimosnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) iltimosnoma yuborilayotgan tegishli vakolatli shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; 2) iltimosnoma bergan shaxs, uning protsessual mavqeyi, yashash joyi yoki turgan joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 3) sud ishining raqami, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining nomi, hukm, ajrim chiqarilgan sana; 4) iltimosnoma bergan shaxsning fikriga koʻra hukmning, ajrimning notoʻgʻriligi va uning iltimosining mohiyati nimadan iborat ekanligiga doir vajlari, sudga qadar ish yuritishni yoki sud muhokamasini amalga oshirish chogʻida qaror qabul qilinishiga taʼsir koʻrsatgan Jinoyat kodeksining va ushbu Kodeksning qaysi normalari buzilganligi toʻgʻrisidagi vajlari, shuningdek uning iltimosnomasining mazmuni; 5) iltimosnoma bergan shaxs oʻz talablarini asoslayotgan dalillar; 6) iltimosnomaga ilova qilinayotgan materiallar roʻyxati; 7) iltimosnoma berilgan sana, uni bergan shaxsning imzosi. 52121-modda. Ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida takroran koʻrish Taftish instansiyasi sudi jinoyat ishini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Bosh prokurorining ushbu Kodeksning 485-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra bildirilgan protesti (xususiy protesti) boʻyicha taftish tartibida takroran koʻrib chiqadi. Ishni taftish instansiyasi sudida takroran koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida ushbu bobda bayon etilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Ishni taftish tartibida takroran koʻrib chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati ushbu Kodeksning 52117-moddasida nazarda tutilgan vakolatlarga ega boʻlib, ishni koʻrib chiqish natijalariga koʻra hukm yoki qaror chiqaradi. Ishni taftish tartibida takroran koʻrib chiqish natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan chiqarilgan hukm, qaror uzil-kesildir, bundan ushbu Kodeks 485-moddasining 6 va 7-bandlarida hamda 5217-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno. |
57-bob. YANGI OCHILGAN HOLATLAR TUFAYLI ISH YURITISHNI QAYTADAN BOSHLASH | 57-bob. YANGI OCHILGAN HOLATLAR TUFAYLI ISH YURITISHNI QAYTADAN BOSHLASH |
522-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash uchun asoslar | 522-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash uchun asoslar |
Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi va ajrimi yangi ochilgan holatlar tufayli bekor qilinishi hamda ish yuritish qaytadan boshlanishi mumkin. | Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi va ajrimi yangi ochilgan holatlar tufayli bekor qilinishi hamda ish yuritish qaytadan boshlanishi mumkin. |
Yangi ochilgan holatlar sudning hukmi yoki ajrimi qonuniy kuchga kirgan paytda mavjud boʻlgan, biroq sudga maʼlum boʻlmagan holatlardir. | Yangi ochilgan holatlar sudning hukmi yoki ajrimi qonuniy kuchga kirgan paytda mavjud boʻlgan, biroq sudga maʼlum boʻlmagan holatlardir. |
Yangi ochilgan holatlar quyidagilardan iborat: | Yangi ochilgan holatlar quyidagilardan iborat: |
1) jabrlanuvchining yoki guvohning bila turib yolgʻon koʻrsatuv yoxud ekspertning bila turib yolgʻon xulosa berganligi, xuddi shuningdek ashyoviy dalillar, tergov va sud harakatlari bayonnomalarining hamda boshqa hujjatlarning soxta ekanligi yoki bila turib notoʻgʻri tarjima qilinganligi qonunga xilof, asossiz yoki adolatsiz hukm, qonunga xilof yoki asossiz ajrim chiqarilishiga sabab boʻlganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi; | 1) jabrlanuvchining yoki guvohning bila turib yolgʻon koʻrsatuv yoxud ekspertning bila turib yolgʻon xulosa berganligi, xuddi shuningdek ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, tergov va sud harakatlari bayonnomalarining hamda boshqa hujjatlarning soxta ekanligi yoki bila turib notoʻgʻri tarjima qilinganligi qonunga xilof, asossiz yoki adolatsiz hukm, qonunga xilof yoki asossiz ajrim chiqarilishiga sabab boʻlganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi; |
2) surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qonunga xilof, asossiz yoki adolatsiz hukm, qonunga xilof yoki asossiz ajrim chiqarilishiga olib kelgan jinoiy xatti-harakatlarga yoʻl qoʻyganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi; | 2) surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qonunga xilof, asossiz yoki adolatsiz hukm, qonunga xilof yoki asossiz ajrim chiqarilishiga olib kelgan jinoiy xatti-harakatlarga yoʻl qoʻyganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi; |
3) muayyan jinoyat ishini koʻrish chogʻida sudya tomonidan sodir etilgan jinoiy xatti-harakatlar sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi; | 3) muayyan jinoyat ishini koʻrish chogʻida sudya tomonidan sodir etilgan jinoiy xatti-harakatlar sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi; |
4) oʻz holicha yoki ilgari aniqlangan holatlar bilan birgalikda mahkumning aybsizligidan yoxud u hukm etilganiga nisbatan ogʻirligi darajasi boʻyicha boshqa jinoyat sodir etganligidan yoxud oqlangan shaxsning yoki oʻziga nisbatan ish tugatilgan shaxsning aybdorligidan dalolat beradigan boshqa holatlar. | 4) oʻz holicha yoki ilgari aniqlangan holatlar bilan birgalikda mahkumning aybsizligidan yoxud u hukm etilganiga nisbatan ogʻirligi darajasi boʻyicha boshqa jinoyat sodir etganligidan yoxud oqlangan shaxsning yoki oʻziga nisbatan ish tugatilgan shaxsning aybdorligidan dalolat beradigan boshqa holatlar. |
523-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash muddatlari | 523-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash muddatlari |
Mahkumning foydasini koʻzlab, ayblov hukmini yangi ochilgan holatlar tufayli qayta koʻrib chiqish hech qanday muddatlar bilan chegaralanmaydi. | Mahkumning foydasini koʻzlab, ayblov hukmini yangi ochilgan holatlar tufayli qayta koʻrib chiqish hech qanday muddatlar bilan chegaralanmaydi. |
Mahkumning oʻlimi uni reabilitatsiya qilish maqsadida ish yuritishni yangi ochilgan holatlar tufayli qaytadan boshlash uchun monelik qilmaydi. | Mahkumning oʻlimi uni reabilitatsiya qilish maqsadida ish yuritishni yangi ochilgan holatlar tufayli qaytadan boshlash uchun monelik qilmaydi. |
Oqlov hukmini yoki ishni tugatish haqidagi sud ajrimini yoki ayblov hukmini jazoning yengilligi yoki ogʻirroq jinoyatga doir qonunni qoʻllash zarurligi munosabati bilan qayta koʻrishga faqat Jinoyat kodeksining 64-moddasida belgilangan javobgarlikka tortishning oʻtish muddatlari davomida va yangi holatlar ochilgan kundan eʼtiboran bir yildan kechiktirilmagan holda yoʻl qoʻyiladi. | Oqlov hukmini yoki ishni tugatish haqidagi sud ajrimini yoki ayblov hukmini jazoning yengilligi yoki ogʻirroq jinoyatga doir qonunni qoʻllash zarurligi munosabati bilan qayta koʻrishga faqat Jinoyat kodeksining 64-moddasida belgilangan javobgarlikka tortishning oʻtish muddatlari davomida va yangi holatlar ochilgan kundan eʼtiboran bir yildan kechiktirilmagan holda yoʻl qoʻyiladi. |
Yangi ochilgan holatlar ochilgan kun quyidagicha hisoblanadi: | Yangi ochilgan holatlar ochilgan kun quyidagicha hisoblanadi: |
1) ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — soxta dalillar taqdim etganlikda, bila turib notoʻgʻri tarjima qilganlikda yoki ish boʻyicha tergov yuritishda yoxud ishni sudda koʻrishda jinoiy suiisteʼmol sodir etganlikda aybli shaxslarga nisbatan chiqarilgan hukm qonuniy kuchga kirgan kun; | 1) ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — soxta dalillar taqdim etganlikda, bila turib notoʻgʻri tarjima qilganlikda yoki ish boʻyicha tergov yuritishda yoxud ishni sudda koʻrishda jinoiy suiisteʼmol sodir etganlikda aybli shaxslarga nisbatan chiqarilgan hukm qonuniy kuchga kirgan kun; |
2) ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisida sudga prokuror tomonidan protest yoki ushbu Kodeks 524-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar tomonidan iltimosnoma kiritilgan kun. | 2) ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisida sudga prokuror tomonidan protest yoki ushbu Kodeks 524-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar tomonidan iltimosnoma kiritilgan kun. |
524-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish | 524-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish |
Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi hamda uning vakili kassatsiya instansiyasi sudiga yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida iltimosnoma berishga haqli. | Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi hamda uning vakili taftish instansiyasi sudiga yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida iltimosnoma berishga haqli. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar kassatsiya instansiyasi sudiga yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida protest berishga haqli. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar taftish instansiyasi sudiga yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida protest berishga haqli. |
Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida sudga protest kiritish uchun quyidagilar sabab boʻlishi mumkin: | Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida sudga protest kiritish uchun quyidagilar sabab boʻlishi mumkin: |
1) fuqarolarning, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari mansabdor shaxslarining xabarlari; | 1) fuqarolarning, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari mansabdor shaxslarining xabarlari; |
2) ommaviy axborot vositalarining xabarlari; | 2) ommaviy axborot vositalarining xabarlari; |
3) surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida va sudda boshqa jinoyat ishini koʻrish jarayonida olingan maʼlumotlar. | 3) surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida va sudda boshqa jinoyat ishini koʻrish jarayonida olingan maʼlumotlar. |
Agar sudga kelib tushgan iltimosnomada, protestda ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan holatlarni koʻrsatuvchi maʼlumotlarga havola mavjud boʻlsa, sudya surishtiruv, tergov organlaridan va suddan tegishli protsessual hujjatlarni talab qilib oladi hamda asoslar mavjud boʻlgan taqdirda yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi yoki bunday asoslar mavjud emasligi haqidagi masalani oʻz ajrimi bilan kassatsiya instansiyasi sudida koʻrib chiqish uchun kiritadi. | Agar sudga kelib tushgan iltimosnomada, protestda ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan holatlarni koʻrsatuvchi maʼlumotlarga havola mavjud boʻlsa, sudya surishtiruv, tergov organlaridan va suddan tegishli protsessual hujjatlarni talab qilib oladi hamda asoslar mavjud boʻlgan taqdirda yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi yoki bunday asoslar mavjud emasligi haqidagi masalani oʻz ajrimi bilan taftish instansiyasi sudida koʻrib chiqish uchun kiritadi. |
Agar sudga kelib tushgan iltimosnomada ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 4-bandida koʻrsatilgan holatlar koʻrsatilgan boʻlsa, sud materiallarni tergov oʻtkazish uchun prokurorga yuborish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Yangi ochilgan holatlar tergov qilinayotganda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda soʻroq, koʻzdan kechirish, ekspertiza, olib qoʻyish va boshqa tergov harakatlari oʻtkazilishi mumkin. Tergov natijalari boʻyicha prokuror uch oylik muddatda sudga yangi ochilgan holatlar tufayli sud hukmi, ajrimini qayta koʻrish uchun asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida tegishli materiallarni ilova qilgan holda xulosa yuboradi. | Agar sudga kelib tushgan iltimosnomada ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 4-bandida koʻrsatilgan holatlar koʻrsatilgan boʻlsa, sud materiallarni tergov oʻtkazish uchun prokurorga yuborish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Yangi ochilgan holatlar tergov qilinayotganda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda soʻroq, koʻzdan kechirish, ekspertiza, olib qoʻyish va boshqa tergov harakatlari oʻtkazilishi mumkin. Tergov natijalari boʻyicha prokuror uch oylik muddatda sudga yangi ochilgan holatlar tufayli sud hukmi, ajrimini qayta koʻrish uchun asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida tegishli materiallarni ilova qilgan holda xulosa yuboradi. |
Prokurorning xulosasini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sudya oʻz ajrimi bilan yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi yoki bunday asoslar mavjud emasligi haqidagi masalani kassatsiya instansiyasi sudida koʻrib chiqish uchun kiritadi. | Prokurorning xulosasini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sudya oʻz ajrimi bilan yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi yoki bunday asoslar mavjud emasligi haqidagi masalani taftish instansiyasi sudida koʻrib chiqish uchun kiritadi. |
Sudyaning yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ajrimi manfaatdor shaxslarning shikoyatiga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarlarining protestiga koʻra, materiallarni kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan bekor qilinishi mumkin. | Sudyaning yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ajrimi manfaatdor shaxslarning shikoyatiga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarlarining protestiga koʻra, materiallarni taftish instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan bekor qilinishi mumkin. |
525-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi arizalarni, xabarlarni prokuror tomonidan koʻrib chiqish | 525-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi arizalarni, xabarlarni prokuror tomonidan koʻrib chiqish |
Agar prokurorga kelib tushgan arizada yoki xabarda ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1 — 4-bandlarida nazarda tutilgan holatlar mavjudligi koʻrsatilgan boʻlsa, ularni tekshirish yoki tergov qilish natijalari boʻyicha ish yuritishni yangi ochilgan holatlar tufayli qaytadan boshlash uchun asoslar aniqlanganda prokuror kassatsiya instansiyasi sudiga tegishli protest kiritadi. | Agar prokurorga kelib tushgan arizada yoki xabarda ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1 — 4-bandlarida nazarda tutilgan holatlar mavjudligi koʻrsatilgan boʻlsa, ularni tekshirish yoki tergov qilish natijalari boʻyicha ish yuritishni yangi ochilgan holatlar tufayli qaytadan boshlash uchun asoslar aniqlanganda prokuror taftish instansiyasi sudiga tegishli protest kiritadi. |
Protest ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishi materiallari va boshqa ish boʻyicha hukmning koʻchirma nusxasi, shu modda uchinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda esa tergov materiallari ilova qilingan holda sudga yuboriladi. | Protest ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishi materiallari va boshqa ish boʻyicha hukmning koʻchirma nusxasi, shu modda uchinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda esa tergov materiallari ilova qilingan holda sudga yuboriladi. |
Prokuror yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida sudga protest kiritish uchun asoslar yoʻq deb topsa, bu haqda asoslantirilgan qaror chiqaradi. | Prokuror yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida sudga protest kiritish uchun asoslar yoʻq deb topsa, bu haqda asoslantirilgan qaror chiqaradi. |
Prokuror qarorining koʻchirma nusxasi uch sutka ichida arizachiga yuborilib, unga qaror ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilish yoki yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan sudga mustaqil ravishda murojaat qilish huquqi tushuntiriladi. | Prokuror qarorining koʻchirma nusxasi uch sutka ichida arizachiga yuborilib, unga qaror ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilish yoki yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan sudga mustaqil ravishda murojaat qilish huquqi tushuntiriladi. |
526-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi masalani sud tomonidan koʻrib chiqish | 526-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi masalani sud tomonidan koʻrib chiqish |
Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻrib chiqiladi. | Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻrib chiqiladi. |
Sud majlisida prokuror, iltimosnoma bergan shaxs, uning vakili, himoyachisi, sud majlisiga chaqirilgan boshqa shaxslar ishtirok etadi. Sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi iltimosnomani koʻrib chiqishga monelik qilmaydi. Zarur boʻlganda sud ularning zimmasiga sud majlisiga kelish majburiyatini yuklatishga haqli. Qamoqda saqlanayotgan mahkumning sud majlisida ishtirok etishi videokonferensaloqa tizimlaridan foydalangan holda taʼminlanishi mumkin. | Sud majlisida prokuror, iltimosnoma bergan shaxs, uning vakili, himoyachisi, sud majlisiga chaqirilgan boshqa shaxslar ishtirok etadi. Sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi iltimosnomani koʻrib chiqishga monelik qilmaydi. Zarur boʻlganda sud ularning zimmasiga sud majlisiga kelish majburiyatini yuklatishga haqli. Qamoqda saqlanayotgan mahkumning sud majlisida ishtirok etishi videokonferensaloqa tizimlaridan foydalangan holda taʼminlanishi mumkin. |
Sud muhokamasi tugagach, ajrim chiqariladi. | Sud muhokamasi tugagach, ajrim chiqariladi. |
527-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi masala boʻyicha sud ajrimi | 527-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi masala boʻyicha sud ajrimi |
Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqib, sud quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: | Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqib, taftish instansiyasi sudi quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: |
1) sud hukmini, ajrimini bekor qilish, yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash va ishni yangitdan koʻrib chiqish uchun birinchi instansiya yoki apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborish toʻgʻrisida; | 1) sud hukmini, ajrimini bekor qilish, yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash va ishni yangidan koʻrib chiqish uchun birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudiga yuborish toʻgʻrisida; |
2) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish, yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash va ishni ushbu Kodeksning 416, 417-moddalarida nazarda tutilgan hollar aniqlanganda prokurorga yuborish toʻgʻrisida; | 2) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish, yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash va ishni ushbu Kodeksning 416, 417-moddalarida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda prokurorga yuborish toʻgʻrisida; |
3) agar yangi tergov ishini yuritishga yoki jinoyat ishini sudda koʻrishga zarurat boʻlmasa, sud hukmini, ajrimini bekor qilish va jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida; | 3) agar yangi tergov ishini yuritishga yoki jinoyat ishini sudda koʻrishga zarurat boʻlmasa, sud hukmini, ajrimini bekor qilish va jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida; |
4) yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlashni rad etish toʻgʻrisida. | 4) yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlashni rad etish toʻgʻrisida. |
Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi masala boʻyicha chiqarilgan sud ajrimining koʻchirma nusxasi prokurorga va arizachiga yuboriladi. Qarorning koʻchirma nusxasi boshqa manfaatdor shaxslarga ularning iltimosiga koʻra yuboriladi. | Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi masala boʻyicha taftish instansiyasi sudi ajrimining koʻchirma nusxasi prokurorga va arizachiga yuboriladi. Ajrimning koʻchirma nusxasi boshqa manfaatdor shaxslarga ularning iltimosiga koʻra yuboriladi. |
5271-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli qayta boshlangan jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish | 5271-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli qayta boshlangan jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish |
Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritish qaytadan boshlanganligi munosabati bilan sud qarorlari bekor qilinganidan keyin jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov va sud muhokamasi umumiy tartibda amalga oshiriladi. | Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritish qaytadan boshlanganligi munosabati bilan sud qarorlari bekor qilinganidan keyin jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov va sud muhokamasi umumiy tartibda amalga oshiriladi. |
OʻN IKKINCHI BOʻLIM HUKM, AJRIM, QARORLARNI IJRO ETISH | OʻN IKKINCHI BOʻLIM HUKM, AJRIM, QARORLARNI IJRO ETISH |
58-bob. HUKMLARNI VA AJRIMLARNI IJRO ETTIRISH | 58-bob. HUKMLARNI VA AJRIMLARNI IJRO ETTIRISH |
528-modda. Hukmning qonuniy kuchga kirishi va uni ijro ettirish | 528-modda. Hukmning qonuniy kuchga kirishi va uni ijro ettirish |
Agar birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar shikoyat bermagan boʻlsa, ushbu hukm uning ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat va protest berish muddati oʻtishi bilan qonuniy kuchga kiradi. Apellyatsiya shikoyati yoki protest berilgan taqdirda hukm, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, ish yuqori sud tomonidan koʻrib chiqilgan kunda qonuniy kuchga kiradi. | Agar birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar shikoyat bermagan boʻlsa, ushbu hukm uning ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat va protest berish muddati oʻtishi bilan qonuniy kuchga kiradi. Apellyatsiya shikoyati yoki protest berilgan taqdirda hukm, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, ish yuqori sud tomonidan koʻrib chiqilgan kunda qonuniy kuchga kiradi. |
Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi. | Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi. |
Mahkumlar ikki va undan ortiq boʻlgan taqdirda, agar ulardan loaqal bittasiga taalluqli hukm ustidan shikoyat yoki protest berilgan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi ishni koʻrib chiqquniga qadar mahkumlarning hammasiga nisbatan hukm qonuniy kuchga kirmay turadi. | Mahkumlar ikki va undan ortiq boʻlgan taqdirda, agar ulardan loaqal bittasiga taalluqli hukm ustidan shikoyat yoki protest berilgan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi ishni koʻrib chiqquniga qadar mahkumlarning hammasiga nisbatan hukm qonuniy kuchga kirmay turadi. |
Hukm qonuniy kuchga kirgan yoki jinoyat ishi apellyatsiya instansiyasi sudidan qaytarilgan kundan eʼtiboran uch sutka ichida hukm birinchi instansiya sudi tomonidan ijro ettiriladi. Ish faqat birinchi instansiya sudiga yuborilishi lozim va prokurorga yoki boshqa sudga yuborilishi mumkin emas. | Hukm qonuniy kuchga kirgan yoki jinoyat ishi apellyatsiya instansiyasi sudidan qaytarilgan kundan eʼtiboran uch sutka ichida hukm birinchi instansiya sudi tomonidan ijro ettiriladi. Ish faqat birinchi instansiya sudiga yuborilishi lozim va prokurorga yoki boshqa sudga yuborilishi mumkin emas. |
529-modda. Sud majlisi zalida qamoqdan yoki uy qamogʻidan ozod etish | 529-modda. Sud majlisi zalida qamoqdan yoki uy qamogʻidan ozod etish |
Sud hukmni eʼlon qilgach sud majlisi zalida quyidagilarni qamoqdan yoki uy qamogʻidan darhol ozod qiladi: | Sud hukmni eʼlon qilgach sud majlisi zalida quyidagilarni qamoqdan yoki uy qamogʻidan darhol ozod qiladi: |
1) oqlangan shaxsni; | 1) oqlangan shaxsni; |
2) jazo tayinlanmagan mahkumni; | 2) jazo tayinlanmagan mahkumni; |
3) jazodan ozod etilgan mahkumni; | 3) jazodan ozod etilgan mahkumni; |
4) ushlab turish yoki ehtiyot chorasini qoʻllash oqibatida qamoqda yoki uy qamogʻida boʻlgan vaqtdan yoxud kassatsiya yoki nazorat tartibida bekor qilingan hukmga binoan shu ish boʻyicha jazoni oʻtagan vaqtdan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum etilgan yoki ozodligi cheklangan mahkumni; | 4) ushlab turish yoki ehtiyot chorasini qoʻllash oqibatida qamoqda yoki uy qamogʻida boʻlgan vaqtdan yoxud kassatsiya yoki nazorat tartibida bekor qilingan hukmga binoan shu ish boʻyicha jazoni oʻtagan vaqtdan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum etilgan yoki ozodligi cheklangan mahkumni; |
5) shartli ravishda ozodlikdan mahrum etilgan mahkumni; | 5) shartli ravishda ozodlikdan mahrum etilgan mahkumni; |
6) ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga mahkum etilgan shaxsni. | 6) ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga mahkum etilgan shaxsni. |
530-modda. Sud ajrimining qonuniy kuchga kirishi va uni ijro etish | 530-modda. Sud ajrimining qonuniy kuchga kirishi va uni ijro etish |
Birinchi instansiya sudining ajrimi shu ajrim ustidan apellyatsiya tartibida xususiy shikoyat berish va xususiy protest bildirish muddati oʻtishi bilan yoxud shikoyat yoki protest bildirilgan taqdirda ish apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrib chiqilganidan keyin qonuniy kuchga kiradi va ijro etiladi. | Birinchi instansiya sudining ajrimi shu ajrim ustidan apellyatsiya tartibida xususiy shikoyat berish va xususiy protest bildirish muddati oʻtishi bilan yoxud shikoyat yoki protest bildirilgan taqdirda ish apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrib chiqilganidan keyin qonuniy kuchga kiradi va ijro etiladi. |
Sudning apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin boʻlmagan ajrimi shu ajrim chiqarilishi bilanoq darhol kuchga kiradi va ijro etiladi. | Sudning apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin boʻlmagan ajrimi shu ajrim chiqarilishi bilanoq darhol kuchga kiradi va ijro etiladi. |
Jinoyat ishini tugatish haqidagi sud ajrimining ayblanuvchini yoki sudlanuvchini qamoqdan yoki uy qamogʻidan ozod qilishga oid qismi darhol ijro etilishi lozim. | Jinoyat ishini tugatish haqidagi sud ajrimining ayblanuvchini yoki sudlanuvchini qamoqdan yoki uy qamogʻidan ozod qilishga oid qismi darhol ijro etilishi lozim. |
Apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimi eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi. | Apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimi eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi. |
Apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ushbu Kodeks 49731-moddasining sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalarga koʻra ijro ettiriladi. | Apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ushbu Kodeks 49731-moddasining sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalarga koʻra ijro ettiriladi. |
531-modda. Hukmni, ajrimni ijro ettirish tartibi | 531-modda. Hukmni, ajrimni ijro ettirish tartibi |
Hukm, ajrimni ijro ettirish ularni qabul qilgan sud zimmasiga yuklatiladi. | Hukm, ajrimni ijro ettirish ularni qabul qilgan sud zimmasiga yuklatiladi. |
Hukmni ijro etish toʻgʻrisidagi farmoyish sudya yoki sud raisi tomonidan hukmni ijro etish majburiyati yuklatilgan organga hukmning nusxasi bilan birgalikda yuboriladi. Ishni apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish chogʻida hukm oʻzgartirilgan taqdirda, hukmning koʻchirma nusxasiga apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining koʻchirma nusxasi ilova qilinadi. | Hukmni ijro etish toʻgʻrisidagi farmoyish sudya yoki sud raisi tomonidan hukmni ijro etish majburiyati yuklatilgan organga hukmning nusxasi bilan birgalikda yuboriladi. Ishni apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish chogʻida hukm oʻzgartirilgan taqdirda, hukmning koʻchirma nusxasiga apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining koʻchirma nusxasi ilova qilinadi. |
Hukmni ijro etuvchi organlar uning ijro etilganligi haqida hukmni chiqargan sudga darhol xabar beradi. Jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati mahkum jazoni qayerda oʻtayotgani haqida hukmni chiqargan sudga xabar berishi shart. | Hukmni ijro etuvchi organlar uning ijro etilganligi haqida hukmni chiqargan sudga darhol xabar beradi. Jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati mahkum jazoni qayerda oʻtayotgani haqida hukmni chiqargan sudga xabar berishi shart. |
Sud qarorini oʻz vaqtida yoki toʻla bajarmaslik qonunchilikka binoan javobgarlikka sabab boʻladi. | Sud qarorini oʻz vaqtida yoki toʻla bajarmaslik qonunchilikka binoan javobgarlikka sabab boʻladi. |
Qonuniy kuchga kirgan hukmning nusxasi zarur hollarda mahkumning ish, oʻqish yoki yashash joyiga yuboriladi. | Qonuniy kuchga kirgan hukmning nusxasi zarur hollarda mahkumning ish, oʻqish yoki yashash joyiga yuboriladi. |
Qonuniy kuchga kirgan hukm haqida zarur hollarda matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka maʼlum qilinadi. | Qonuniy kuchga kirgan hukm haqida zarur hollarda matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka maʼlum qilinadi. |
Sud mahkumni harbiy unvonidan yoki maxsus unvonidan mahrum etish toʻgʻrisida qaror chiqargan boʻlsa, sud hukmning nusxasini ijro etish uchun ana shu unvonni bergan organga yuboradi. Sud davlat mukofotlari bilan taqdirlangan yoki oliy harbiy yoxud maxsus unvonga ega boʻlgan shaxsga nisbatan ayblov hukmini chiqarishda uni ana shu mukofotlar yoki unvonlardan mahrum etish toʻgʻrisida tegishli organga taqdimnoma kiritishning maqsadga muvofiqligi masalasini hal qiladi. | Sud mahkumni harbiy unvonidan yoki maxsus unvonidan mahrum etish toʻgʻrisida qaror chiqargan boʻlsa, sud hukmning nusxasini ijro etish uchun ana shu unvonni bergan organga yuboradi. Sud davlat mukofotlari bilan taqdirlangan yoki oliy harbiy yoxud maxsus unvonga ega boʻlgan shaxsga nisbatan ayblov hukmini chiqarishda uni ana shu mukofotlar yoki unvonlardan mahrum etish toʻgʻrisida tegishli organga taqdimnoma kiritishning maqsadga muvofiqligi masalasini hal qiladi. |
Sud qarorining jarima solishga va boshqa mulkiy undirishlarga taalluqli qismini ijro etish uchun ijro varaqalari yoki ularning dublikatlari sud qarorining nusxasi bilan birga birinchi instansiya sudi tomonidan sudning qarori qonuniy kuchga kirgan yoki ish apellyatsiya instansiyasi sudidan qaytarilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay mahkumning yashash joyidagi yoxud jazoni oʻtash joyidagi, shuningdek mahkumning mol-mulki turgan joydagi davlat ijrochilariga elektron hujjat tarzida yuboriladi. | Sud qarorining jarima solishga va boshqa mulkiy undirishlarga taalluqli qismini ijro etish uchun ijro varaqalari yoki ularning dublikatlari sud qarorining nusxasi bilan birga birinchi instansiya sudi tomonidan sudning qarori qonuniy kuchga kirgan yoki ish apellyatsiya instansiyasi sudidan qaytarilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay mahkumning yashash joyidagi yoxud jazoni oʻtash joyidagi, shuningdek mahkumning mol-mulki turgan joydagi davlat ijrochilariga elektron hujjat tarzida yuboriladi. |
Qamoqda saqlanayotgan mahkumni ozodlikdan mahrum etish toʻgʻrisidagi hukm qonuniy kuchga kirgani va ijro ettirilishi haqida sud mahkumning oilasini xabardor qilishi shart. | Qamoqda saqlanayotgan mahkumni ozodlikdan mahrum etish toʻgʻrisidagi hukm qonuniy kuchga kirgani va ijro ettirilishi haqida sud mahkumning oilasini xabardor qilishi shart. |
Qamoqda saqlanayotgan mahkum bilan uchrashuvlarga hukmni ijro ettirishdan avval ushbu Kodeksning 477-moddasi asosida ruxsat etiladi. | Qamoqda saqlanayotgan mahkum bilan uchrashuvlarga hukmni ijro ettirishdan avval ushbu Kodeksning 477-moddasi asosida ruxsat etiladi. |
Sud tomonidan mahkumning voyaga yetmagan farzandlarini muassasalarning, qarindoshlarining yoki boshqa shaxslarning homiyligiga berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, sud bu haqda bolalar turgan joydagi vasiylik organiga, shuningdek mahkumga xabar beradi. | Sud tomonidan mahkumning voyaga yetmagan farzandlarini muassasalarning, qarindoshlarining yoki boshqa shaxslarning homiyligiga berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, sud bu haqda bolalar turgan joydagi vasiylik organiga, shuningdek mahkumga xabar beradi. |
Mahkumning qarovsiz qolgan mol-mulki va turar joyini qoʻriqlash choralarini koʻrish zarurligi toʻgʻrisida sud mol-mulk va turar joy joylashgan yerdagi hokimlikka yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga xabar qiladi, bu haqda mahkumni xabardor etadi. | Mahkumning qarovsiz qolgan mol-mulki va turar joyini qoʻriqlash choralarini koʻrish zarurligi toʻgʻrisida sud mol-mulk va turar joy joylashgan yerdagi hokimlikka yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga xabar qiladi, bu haqda mahkumni xabardor etadi. |
532-modda. Hukmni ijro etish bosqichida mahkumning huquqlari | 532-modda. Hukmni ijro etish bosqichida mahkumning huquqlari |
Hukmni ijro etish bosqichida mahkum: sudga hukmning ijrosini kechiktirish haqida, kasalligi yoki nogironligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilish haqida, jazoning oʻtalmay qolgan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish va muddatidan oldin shartli ozod qilish haqida, jazoni ijro etish joylarida saqlash sharoitlarini oʻzgartirish va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa masalalar boʻyicha arizalar berishga; sud majlisida ishtirok etishga va koʻrsatuvlar berishga, dalillar taqdim qilishga, iltimoslar qilishga va rad etishga; ishdagi barcha materiallar bilan tanishishga, sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar berishga haqli. | Hukmni ijro etish bosqichida mahkum: sudga hukmning ijrosini kechiktirish haqida, kasalligi yoki nogironligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilish haqida, jazoning oʻtalmay qolgan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish va muddatidan oldin shartli ozod qilish haqida, jazoni ijro etish joylarida saqlash sharoitlarini oʻzgartirish va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa masalalar boʻyicha arizalar berishga; sud majlisida ishtirok etishga va koʻrsatuvlar berishga, dalillar taqdim qilishga, iltimoslar qilishga va rad etishga; ishdagi barcha materiallar bilan tanishishga, sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar berishga haqli. |
59-bob. HUKM, AJRIM VA QARORLARNI IJRO ETISHDA YUZAGA KELGAN MASALALARNI HAL QILISH | 59-bob. HUKM, AJRIM VA QARORLARNI IJRO ETISHDA YUZAGA KELGAN MASALALARNI HAL QILISH |
533-modda. Hukmning ijrosini kechiktirish | 533-modda. Hukmning ijrosini kechiktirish |
Sudya ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga nisbatan hukm ijrosini quyidagi asoslardan birortasi mavjud boʻlganda kechiktirishi mumkin: | Sudya ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga nisbatan hukm ijrosini quyidagi asoslardan birortasi mavjud boʻlganda kechiktirishi mumkin: |
1) mahkum jazoni oʻtashiga monelik qiladigan darajada ogʻir kasal boʻlib qolganida — u sogʻayguncha; | 1) mahkum jazoni oʻtashiga monelik qiladigan darajada ogʻir kasal boʻlib qolganida — u sogʻayguncha; |
2) hukmni ijro etish paytigacha mahkuma homilador boʻlib qolsa — bir yildan oshiq boʻlmagan muddatga; | 2) hukmni ijro etish paytigacha mahkuma homilador boʻlib qolsa — bir yildan oshiq boʻlmagan muddatga; |
3) mahkumaning yosh bolasi boʻlsa — u uch yoshga toʻlgunga qadar; | 3) mahkumaning yosh bolasi boʻlsa — u uch yoshga toʻlgunga qadar; |
4) jazoni darhol oʻtashni boshlash yongʻin yoki boshqa biror tabiiy ofat yuz berganligi, oilaning mehnatga yaroqli yagona aʼzosi ogʻir kasal boʻlib qolganligi, vafot etganligi oqibatida yoki boshqa favqulodda holatlar mahkum yoki uning oilasini juda mushkul ahvolga solib qoʻyishi mumkin boʻlsa — uch oydan oshmagan muddatga. | 4) jazoni darhol oʻtashni boshlash yongʻin yoki boshqa biror tabiiy ofat yuz berganligi, oilaning mehnatga yaroqli yagona aʼzosi ogʻir kasal boʻlib qolganligi, vafot etganligi oqibatida yoki boshqa favqulodda holatlar mahkum yoki uning oilasini juda mushkul ahvolga solib qoʻyishi mumkin boʻlsa — uch oydan oshmagan muddatga. |
Hukmning jarima solish, fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirish yoki keltirilgan ziyonni qoplash qismining ijro etilishini olti oygacha kechiktirish yoki toʻlovlarni boʻlib-boʻlib toʻlash masalasini sudya ishning muayyan holatlarini va mahkumning moddiy ahvolini eʼtiborga olib hal qiladi. | Hukmning jarima solish, fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirish yoki keltirilgan ziyonni qoplash qismining ijro etilishini olti oygacha kechiktirish yoki toʻlovlarni boʻlib-boʻlib toʻlash masalasini sudya ishning muayyan holatlarini va mahkumning moddiy ahvolini eʼtiborga olib hal qiladi. |
Oʻta xavfli retsidivistlarga va oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan hukmning ijrosini kechiktirish mumkin emas. | Oʻta xavfli retsidivistlarga va oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan hukmning ijrosini kechiktirish mumkin emas. |
534-modda. Kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilish tartibi | 534-modda. Kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod qilish tartibi |
Mahkum jazoni oʻtayotgan vaqtida jazoni oʻtashga monelik qiladigan ruhiy holatining surunkali buzilishi yuzaga kelgan yoki boshqa ogʻir kasallikka duchor boʻlgan taqdirda sudya jazoning ijro qilinishiga mutasaddi organning taqdimnomasiga binoan, maxsus tibbiy komissiyaning xulosasiga asosan mahkumni oʻtalmay qolgan jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqlidir. | Mahkum jazoni oʻtayotgan vaqtida jazoni oʻtashga monelik qiladigan ruhiy holatining surunkali buzilishi yuzaga kelgan yoki boshqa ogʻir kasallikka duchor boʻlgan taqdirda sudya jazoning ijro qilinishiga mutasaddi organning taqdimnomasiga binoan, maxsus tibbiy komissiyaning xulosasiga asosan mahkumni oʻtalmay qolgan jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqlidir. |
Ruhiy holatining surunkali buzilishi yuzaga kelgan mahkumni oʻtalmay qolgan jazodan ozod qilishda sudya unga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini tayinlashga yoxud uni sogʻliqni saqlash organlari yoki qarindoshlari vasiyligiga berishga haqlidir. | Ruhiy holatining surunkali buzilishi yuzaga kelgan mahkumni oʻtalmay qolgan jazodan ozod qilishda sudya unga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini tayinlashga yoxud uni sogʻliqni saqlash organlari yoki qarindoshlari vasiyligiga berishga haqlidir. |
Bunday shaxslar sogʻaygan taqdirda, basharti bu hol jazoning ijro etish muddati tugashiga qadar sodir boʻlsa, sud tayinlangan jazoni ijro etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. | Bunday shaxslar sogʻaygan taqdirda, basharti bu hol jazoning ijro etish muddati tugashiga qadar sodir boʻlsa, sud tayinlangan jazoni ijro etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. |
Ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxslardan tashqari, ogʻir kasallikka duchor boʻlgan shaxslarni oʻtalmay qolgan jazodan ozod qilish masalasini hal etishda sudya sodir etilgan jinoyatning ogʻirligini, mahkumning shaxsini va boshqa holatlarni hisobga oladi. | Ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxslardan tashqari, ogʻir kasallikka duchor boʻlgan shaxslarni oʻtalmay qolgan jazodan ozod qilish masalasini hal etishda sudya sodir etilgan jinoyatning ogʻirligini, mahkumning shaxsini va boshqa holatlarni hisobga oladi. |
Mahkumni oʻtalmay qolgan jazodan kasalligi tufayli ozod qilganda sudya uni faqat asosiy jazodan emas, balki qoʻshimcha jazo chorasidan ham ozod qilishga haqli, bu ajrimda koʻrsatilishi lozim. | Mahkumni oʻtalmay qolgan jazodan kasalligi tufayli ozod qilganda sudya uni faqat asosiy jazodan emas, balki qoʻshimcha jazo chorasidan ham ozod qilishga haqli, bu ajrimda koʻrsatilishi lozim. |
535-modda. Jazoning shartliligini bekor qilish tartibi | 535-modda. Jazoning shartliligini bekor qilish tartibi |
Agar shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida sud unga yuklagan majburiyatlarni bajarmasa yoxud jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzganligi uchun unga maʼmuriy yoki intizomiy taʼsir chorasi qoʻllanilgan boʻlsa sud uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasiga binoan Jinoyat kodeksi 72-moddasining oltinchi qismiga muvofiq, jazoning shartliligini bekor qilib, hukmda tayinlangan jazoni ijro etish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin. | Agar shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida sud unga yuklagan majburiyatlarni bajarmasa yoxud jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzganligi uchun unga maʼmuriy yoki intizomiy taʼsir chorasi qoʻllanilgan boʻlsa sud uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasiga binoan Jinoyat kodeksi 72-moddasining oltinchi qismiga muvofiq, jazoning shartliligini bekor qilib, hukmda tayinlangan jazoni ijro etish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin. |
536-modda. Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish tartibi | 536-modda. Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish tartibi |
Jinoyat kodeksining 73 va 74-moddalarida nazarda tutilgan hollarda jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining taqdimnomasiga yoki mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga binoan sudya tomonidan qoʻllaniladi. | Jinoyat kodeksining 73 va 74-moddalarida nazarda tutilgan hollarda jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining taqdimnomasiga yoki mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga binoan sudya tomonidan qoʻllaniladi. |
Intizomiy qismda jazoni oʻtayotganlarga nisbatan ana shu choralar intizomiy qism qoʻmondonligining taqdimnomasiga yoki mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga binoan sudya tomonidan qoʻllaniladi. | Intizomiy qismda jazoni oʻtayotganlarga nisbatan ana shu choralar intizomiy qism qoʻmondonligining taqdimnomasiga yoki mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga binoan sudya tomonidan qoʻllaniladi. |
Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish oʻn sakkiz yoshga toʻlmay jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati va bolalar masalalari boʻyicha komissiyaning birgalikdagi taqdimnomasiga binoan yoxud mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga asosan sudya tomonidan qoʻllaniladi. | Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish oʻn sakkiz yoshga toʻlmay jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati va bolalar masalalari boʻyicha komissiyaning birgalikdagi taqdimnomasiga binoan yoxud mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga asosan sudya tomonidan qoʻllaniladi. |
Muayyan huquqdan mahrum etish tarzidagi jazodan ozod qilish jamoat birlashmasi, jamoa, mahkumning oʻzi yoki uning himoyachisining iltimosnomasiga binoan sudya tomonidan amalga oshiriladi. | Muayyan huquqdan mahrum etish tarzidagi jazodan ozod qilish jamoat birlashmasi, jamoa, mahkumning oʻzi yoki uning himoyachisining iltimosnomasiga binoan sudya tomonidan amalga oshiriladi. |
Ushbu masalalar toʻgʻrisidagi taqdimnomalar yoki iltimosnomalar ularni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqqan kundan boshlab kamida olti oy oʻtgach, qayta koʻrib chiqilishi mumkin. | Ushbu masalalar toʻgʻrisidagi taqdimnomalar yoki iltimosnomalar ularni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqqan kundan boshlab kamida olti oy oʻtgach, qayta koʻrib chiqilishi mumkin. |
5361-modda. Mahkumni amnistiya aktiga asosan jazodan ozod qilish tartibi | 5361-modda. Mahkumni amnistiya aktiga asosan jazodan ozod qilish tartibi |
Mahkumni amnistiya aktiga asosan asosiy va ijro etilmagan qoʻshimcha jazodan toʻliq yoki qisman ozod qilish yoxud jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki unga tayinlangan jazoning oʻtalmay qolgan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish prokurorning iltimosnomasiga binoan mahkumning jazoni oʻtash joyidagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan amalga oshiriladi. | Mahkumni amnistiya aktiga asosan asosiy va ijro etilmagan qoʻshimcha jazodan toʻliq yoki qisman ozod qilish yoxud jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki unga tayinlangan jazoning oʻtalmay qolgan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish prokurorning iltimosnomasiga binoan mahkumning jazoni oʻtash joyidagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan amalga oshiriladi. |
5362-modda. Jazoni oʻtash muddatini shaxs tuzalish yoʻliga oʻtganligi munosabati bilan qisqartirish tartibi Jinoyat kodeksining 741-moddasida nazarda tutilgan hollarda mahkumga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtash muddatini qisqartirish jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining taqdimnomasiga yoxud qonunda belgilangan tartibda mahkumning yoki uning himoyachisining iltimosnomasiga koʻra sudya tomonidan amalga oshiriladi. | |
537-modda. Ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarni saqlash sharoitini jazoni oʻtash vaqtida oʻzgartirish | 537-modda. Ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarni saqlash sharoitini jazoni oʻtash vaqtida oʻzgartirish |
Qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga muvofiq mahkumni jazoni ijro etishning bir tartibli koloniyasidan boshqa tartibli koloniyasiga, turmadan koloniyaga va koloniyadan turmaga oʻtkazish jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining taqdimnomasiga binoan, shuningdek mahkumning yoki uning himoyachisining iltimosnomasiga koʻra sudya tomonidan amalga oshiriladi. | Qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga muvofiq mahkumni jazoni ijro etishning bir tartibli koloniyasidan boshqa tartibli koloniyasiga, turmadan koloniyaga va koloniyadan turmaga oʻtkazish jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining taqdimnomasiga binoan, shuningdek mahkumning yoki uning himoyachisining iltimosnomasiga koʻra sudya tomonidan amalga oshiriladi. |
Sudya jazoni ijro etishning bir tartibli koloniyasidan boshqa tartibli koloniyasiga, turmadan koloniyaga, koloniyadan turmaga oʻtkazishni rad etsa, bu masala yuzasidan kiritilgan taqdimnoma yoki iltimosnoma rad qilish haqida qaror chiqarilgan kundan boshlab kamida olti oy oʻtgach qayta koʻrib chiqilishi mumkin. | Sudya jazoni ijro etishning bir tartibli koloniyasidan boshqa tartibli koloniyasiga, turmadan koloniyaga, koloniyadan turmaga oʻtkazishni rad etsa, bu masala yuzasidan kiritilgan taqdimnoma yoki iltimosnoma rad qilish haqida qaror chiqarilgan kundan boshlab kamida olti oy oʻtgach qayta koʻrib chiqilishi mumkin. |
Qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga muvofiq mahkumni tarbiya koloniyasidan jazoni ijro etish koloniyasiga oʻtkazish tarbiya koloniyasi maʼmuriyatining bolalar masalalari boʻyicha komissiya bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan sudya tomonidan amalga oshiriladi. | Qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga muvofiq mahkumni tarbiya koloniyasidan jazoni ijro etish koloniyasiga oʻtkazish tarbiya koloniyasi maʼmuriyatining bolalar masalalari boʻyicha komissiya bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan sudya tomonidan amalga oshiriladi. |
Oʻn sakkiz yoshga toʻlgan mahkumni tarbiya koloniyasidan jazoni ijro etish koloniyasiga oʻtkazish masalasini hal etishda sudya uning tuzalish darajasini hisobga olishi lozim. Mahkum tarbiya koloniyasida jazoni oʻtash muddatini davom ettirish uchun uzogʻi bilan yigirma bir yoshga toʻlgunga qadar qoldirilishi mumkin. | Oʻn sakkiz yoshga toʻlgan mahkumni tarbiya koloniyasidan jazoni ijro etish koloniyasiga oʻtkazish masalasini hal etishda sudya uning tuzalish darajasini hisobga olishi lozim. Mahkum tarbiya koloniyasida jazoni oʻtash muddatini davom ettirish uchun uzogʻi bilan yigirma bir yoshga toʻlgunga qadar qoldirilishi mumkin. |
538-modda. Mahkumni tergov hibsxonasida saqlab turish | 538-modda. Mahkumni tergov hibsxonasida saqlab turish |
Boshqa shaxs sodir etgan jinoyat haqidagi ish yuzasidan tergov harakatlari olib borish zarur boʻlganda jazoni ijro etish muassasasida jazoni oʻtash sharti bilan ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan mahkum tergov hibsxonasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan — uch oygacha muddatga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlarining roziligi bilan esa olti oygacha muddatga yoki ish sudda koʻrilishi munosabati bilan — sud ajrimiga koʻra ish sudda koʻrib chiqiladigan vaqtga qadar ushlab turilishi mumkin. | Boshqa shaxs sodir etgan jinoyat haqidagi ish yuzasidan tergov harakatlari olib borish zarur boʻlganda jazoni ijro etish muassasasida jazoni oʻtash sharti bilan ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan mahkum tergov hibsxonasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan — uch oygacha muddatga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlarining roziligi bilan esa olti oygacha muddatga yoki ish sudda koʻrilishi munosabati bilan — sud ajrimiga koʻra ish sudda koʻrib chiqiladigan vaqtga qadar ushlab turilishi mumkin. |
539-modda. Jarima solishni, majburiy jamoat ishlarini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turi bilan almashtirish tartibi | 539-modda. Jarima solishni, majburiy jamoat ishlarini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turi bilan almashtirish tartibi |
Jarima solishni, majburiy jamoat ishlarini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turi bilan almashtirish Jinoyat kodeksining 44, 451, 46, 481, 82, 821, 83 va 841-moddalariga muvofiq sudya tomonidan jazoni ijro etuvchi organlarning taqdimnomasiga koʻra yoki jamoat birlashmasining yoxud mehnat jamoasining iltimosnomasi boʻyicha amalga oshiriladi. | Jarima solishni, majburiy jamoat ishlarini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turi bilan almashtirish Jinoyat kodeksining 44, 451, 46, 481, 82, 821, 83 va 841-moddalariga muvofiq sudya tomonidan jazoni ijro etuvchi organlarning taqdimnomasiga koʻra yoki jamoat birlashmasining yoxud mehnat jamoasining iltimosnomasi boʻyicha amalga oshiriladi. |
5391-modda. Hukmlar, ajrimlar va qarorlarni ijro etishda fuqaroviy daʼvo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi boʻyicha yuzaga keladigan masalalarni hal etish | 5391-modda. Hukmlar, ajrimlar va qarorlarni ijro etishda fuqaroviy daʼvo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi boʻyicha yuzaga keladigan masalalarni hal etish |
Hukmlar, ajrimlar va qarorlarni ijro etishda fuqaroviy daʼvo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi boʻyicha yuzaga keladigan masalalar fuqarolik protsessual qonunchiligida hamda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. | Hukmlar, ajrimlar va qarorlarni ijro etishda fuqaroviy daʼvo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi boʻyicha yuzaga keladigan masalalar fuqarolik protsessual qonunchiligida hamda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. |
540-modda. Ijro qilinmagan boshqa hukmlar mavjud boʻlgan taqdirda hukmni ijro etish tartibi | 540-modda. Ijro qilinmagan boshqa hukmlar mavjud boʻlgan taqdirda hukmni ijro etish tartibi |
Mahkumga nisbatan ijro etilmagan bir necha hukm mavjud boʻlib, keyingi hukmni chiqargan sud bundan bexabar boʻlsa, hukm ijro etilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi hukm qilingan shaxsga Jinoyat kodeksining 60-moddasiga amal qilib, mazkur hukmlarning hammasida belgilangan jazolarni qoʻllash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. | Mahkumga nisbatan ijro etilmagan bir necha hukm mavjud boʻlib, keyingi hukmni chiqargan sud bundan bexabar boʻlsa, hukm ijro etilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi hukm qilingan shaxsga Jinoyat kodeksining 60-moddasiga amal qilib, mazkur hukmlarning hammasida belgilangan jazolarni qoʻllash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. |
541-modda. Hukm, ajrim va qarorning ijrosiga taalluqli masalalarni hal qiluvchi sudlar | 541-modda. Hukm, ajrim va qarorning ijrosiga taalluqli masalalarni hal qiluvchi sudlar |
Birinchi va ikkinchi guruh nogironi boʻlib qolgan shaxslarni ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi, hukm ijrosini kechiktirish toʻgʻrisidagi, hukmni ijro qilmaslik toʻgʻrisidagi, jarima solishni, majburiy jamoat ishlarini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi, axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni umumiy mehnat stajiga qoʻshish toʻgʻrisidagi, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilayotgan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini oʻzgartirish, uzaytirish yoki tugatish toʻgʻrisidagi, alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlgan shaxslarga nisbatan majburiy davolash choralarini qoʻllash, uzaytirish yoki toʻxtatish toʻgʻrisidagi fuqaroviy daʼvo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi boʻyicha masalalarni, shuningdek hukmni ijro etishda yuz beradigan har qanday shubha va noaniqliklarni hukmni chiqargan sud hal qiladi. Basharti hukm uni chiqargan sud faoliyat koʻrsatayotgan hududdan tashqarida ijro etilayotgan boʻlsa, bu masalalar teng darajadagi sud tomonidan hal etiladi, hukm ijro etilayotgan hududda teng darajadagi sud boʻlmasa, yuqori sud tomonidan hal etiladi. Bunday hollarda ajrimning nusxasi hukm chiqargan sudga joʻnatiladi. | Birinchi va ikkinchi guruh nogironi boʻlib qolgan shaxslarni ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi, hukm ijrosini kechiktirish toʻgʻrisidagi, hukmni ijro qilmaslik toʻgʻrisidagi, jarima solishni, majburiy jamoat ishlarini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi, axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni umumiy mehnat stajiga qoʻshish toʻgʻrisidagi, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilayotgan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini oʻzgartirish, uzaytirish yoki tugatish toʻgʻrisidagi, alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlgan shaxslarga nisbatan majburiy davolash choralarini qoʻllash, uzaytirish yoki toʻxtatish toʻgʻrisidagi fuqaroviy daʼvo hamda boshqa mulkiy undiruvlarga oid qismi boʻyicha masalalarni, shuningdek hukmni ijro etishda yuz beradigan har qanday shubha va noaniqliklarni hukmni chiqargan sud hal qiladi. Basharti hukm uni chiqargan sud faoliyat koʻrsatayotgan hududdan tashqarida ijro etilayotgan boʻlsa, bu masalalar teng darajadagi sud tomonidan hal etiladi, hukm ijro etilayotgan hududda teng darajadagi sud boʻlmasa, yuqori sud tomonidan hal etiladi. Bunday hollarda ajrimning nusxasi hukm chiqargan sudga joʻnatiladi. |
Mahkumni kasalligi yoki nogironligi sababli jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish toʻgʻrisidagi, jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish toʻgʻrisidagi, jazoning shartliligini bekor qilish toʻgʻrisidagi, bir jazoni ijro etish koloniyasidan yoki tarbiya koloniyasidan boshqa turdagi koloniyaga, jazoni ijro etish koloniyasidan turmaga va turmadan jazoni ijro etish koloniyasiga oʻtkazish haqidagi masalalarni mahkum jazoni oʻtab turgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining sudyasi hal qiladi. | Mahkumni kasalligi yoki nogironligi sababli jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisidagi, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish toʻgʻrisidagi, jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish toʻgʻrisidagi, jazoni oʻtash muddatini shaxs tuzalish yoʻliga oʻtganligi munosabati bilan qisqartirish toʻgʻrisidagi, jazoning shartliligini bekor qilish toʻgʻrisidagi, bir jazoni ijro etish koloniyasidan yoki tarbiya koloniyasidan boshqa turdagi koloniyaga, jazoni ijro etish koloniyasidan turmaga va turmadan jazoni ijro etish koloniyasiga oʻtkazish haqidagi masalalarni mahkum jazoni oʻtab turgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining sudyasi hal qiladi. |
Ozodlikdan mahrum etishga shartli ravishda hukm qilinganda sinov muddatini qisqartirish yoki shartli hukmni bekor qilib, mahkumni hukmda belgilangan jazoni oʻtash uchun joʻnatish haqidagi, hukmning ijro etilishi kechiktirilgan mahkumni jazodan ozod etish, shuningdek hukmning ijrosini kechiktirishni bekor qilish va mahkumni ozodlikdan mahrum etishni oʻtash uchun yuborish toʻgʻrisidagi, sudlanganlikni olib tashlash haqidagi masalalar shu mahkumning istiqomat joyidagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi sudyasi tomonidan hal qilinadi. | Ozodlikdan mahrum etishga shartli ravishda hukm qilinganda sinov muddatini qisqartirish yoki shartli hukmni bekor qilib, mahkumni hukmda belgilangan jazoni oʻtash uchun joʻnatish haqidagi, hukmning ijro etilishi kechiktirilgan mahkumni jazodan ozod etish, shuningdek hukmning ijrosini kechiktirishni bekor qilish va mahkumni ozodlikdan mahrum etishni oʻtash uchun yuborish toʻgʻrisidagi, sudlanganlikni olib tashlash haqidagi masalalar shu mahkumning istiqomat joyidagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi sudyasi tomonidan hal qilinadi. |
542-modda. Hukm, ajrim va qarorni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish tartibi | 542-modda. Hukmni, ajrimni va qarorni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish tartibi |
Hukmni ijro etish toʻgʻrisidagi masalalar sudya tomonidan prokuror hamda mahkum ishtirokida sud majlisida hal qilinadi. Mahkumning ushbu Kodeks 532-moddasida nazarda tutilgan huquqlari taʼminlanadi. Sudya voyaga yetmagan, shuningdek jismoniy nuqsonlari boʻlgan yoki ruhiy holati buzilgan mahkumlarga doir hukmlarni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqayotganida himoyachi ishtirok etishi shart. | Hukmni, ajrimni va qarorni ijro etish toʻgʻrisidagi masalalar sudya tomonidan prokuror hamda mahkum ishtirokida, ushbu Kodeks 613-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan hollarda esa mahkum yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxs ishtirokisiz sud majlisida hal qilinadi. Mahkumning ushbu Kodeks 532-moddasida nazarda tutilgan huquqlari taʼminlanadi. Sudya voyaga yetmagan, shuningdek jismoniy nuqsonlari boʻlgan yoki ruhiy holati buzilgan mahkumlarga doir hukmlarni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqayotganida himoyachi ishtirok etishi shart. |
Jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki maʼmuriyatning yoʻllanmasi boʻyicha oʻzi turishi lozim boʻlgan boshqa joyni oʻzboshimchalik bilan tashlab ketgan mahkumni manzil-koloniyadan boshqa tartibli koloniyaga oʻtkazish toʻgʻrisidagi masala prokurorning iltimosnomasiga binoan koʻrib chiqiladi. Mahkumning sudda hozir boʻlishini taʼminlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda mazkur masala sud tomonidan mahkumning ishtirokisiz koʻrib chiqiladi. Bunda mahkumni qamoqqa olish va unga nisbatan qidiruv eʼlon qilish haqidagi masala sud tomonidan hal qilinishi kerak. | Jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki maʼmuriyatning yoʻllanmasi boʻyicha oʻzi turishi lozim boʻlgan boshqa joyni oʻzboshimchalik bilan tashlab ketgan mahkumni manzil-koloniyadan boshqa tartibli koloniyaga oʻtkazish toʻgʻrisidagi masala prokurorning iltimosnomasiga binoan koʻrib chiqiladi. Mahkumning sudda hozir boʻlishini taʼminlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda mazkur masala sud tomonidan mahkumning ishtirokisiz koʻrib chiqiladi. Bunda mahkumni qamoqqa olish va unga nisbatan qidiruv eʼlon qilish haqidagi masala sud tomonidan hal qilinishi kerak. |
Jarima jazosiga, axloq tuzatish ishlariga yoki ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxs jarima jazosini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turlari bilan almashtirish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilishi uchun sudga uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan taqdirda, jazoni ijro etuvchi organning taqdimnomasi mahkum yoʻqligida koʻrib chiqilishi mumkin. Jarima, majburiy jamoat ishlari yoki axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan, shuningdek ozodlikni cheklash ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan taqdirda sud mahkumga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash va qidiruv eʼlon qilish toʻgʻrisidagi masalani hal qilishi kerak. | Jarima jazosiga, axloq tuzatish ishlariga yoki ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxs jarima jazosini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turlari bilan almashtirish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilishi uchun sudga uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan taqdirda, jazoni ijro etuvchi organning taqdimnomasi mahkum yoʻqligida koʻrib chiqilishi mumkin. Jarima, majburiy jamoat ishlari yoki axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan, shuningdek ozodlikni cheklash ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan taqdirda sud mahkumga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash va qidiruv eʼlon qilish toʻgʻrisidagi masalani hal qilishi kerak. |
Agar masala hukmning fuqaroviy daʼvo toʻgʻrisidagi qismini ijro etishga taalluqli boʻlsa, sud majlisiga fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari ham chaqiriladi. Mazkur shaxslarning sud majlisiga kelmay qolishi ishni koʻrishni toʻxtatib qoʻymaydi. | Agar masala hukmning fuqaroviy daʼvo toʻgʻrisidagi qismini ijro etishga taalluqli boʻlsa, sud majlisiga fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari ham chaqiriladi. Mazkur shaxslarning sud majlisiga kelmay qolishi ishni koʻrishni toʻxtatib qoʻymaydi. |
Mahkumni kasalligi, nogironligi sababli jazoni oʻtashdan ozod etish toʻgʻrisidagi, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish toʻgʻrisidagi, jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish toʻgʻrisidagi, jazoning shartliligini bekor qilish toʻgʻrisidagi, bir jazoni oʻtash koloniyasidan boshqa tartibli koloniyaga oʻtkazish toʻgʻrisidagi, tarbiya koloniyasidan jazoni ijro etish koloniyasiga, jazoni ijro etish koloniyasidan turmaga va turmadan jazoni ijro etish koloniyasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi, maxsus tartibli jazoni oʻtash koloniyasidan qattiq tartibli jazoni oʻtash koloniyasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi, axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni mahkumning mehnat stajiga qoʻshish, shuningdek mahkumlarga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalalar mahkum jazoni oʻtab turgan joydagi tuman (shahar) sudining ajrimi bilan hal etiladi. | Mahkumni kasalligi, nogironligi sababli jazoni oʻtashdan ozod etish toʻgʻrisidagi, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish toʻgʻrisidagi, jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish toʻgʻrisidagi, jazoning shartliligini bekor qilish toʻgʻrisidagi, bir jazoni oʻtash koloniyasidan boshqa tartibli koloniyaga oʻtkazish toʻgʻrisidagi, tarbiya koloniyasidan jazoni ijro etish koloniyasiga, jazoni ijro etish koloniyasidan turmaga va turmadan jazoni ijro etish koloniyasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi, maxsus tartibli jazoni oʻtash koloniyasidan qattiq tartibli jazoni oʻtash koloniyasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi, axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni mahkumning mehnat stajiga qoʻshish, shuningdek mahkumlarga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalalar mahkum jazoni oʻtab turgan joydagi tuman (shahar) sudining ajrimi bilan hal etiladi. |
Ish jazoning ijrosini amalga oshiruvchi muassasa hamda bolalar masalalari boʻyicha komissiyaning birgalikdagi taqdimnomasiga binoan koʻrib chiqiladigan hollarda sudya mazkur komissiyani iltimosnoma koʻriladigan vaqt va joy haqida xabardor qiladi. | Ish jazoning ijrosini amalga oshiruvchi muassasa hamda bolalar masalalari boʻyicha komissiyaning birgalikdagi taqdimnomasiga binoan koʻrib chiqiladigan hollarda sudya mazkur komissiyani iltimosnoma koʻriladigan vaqt va joy haqida xabardor qiladi. |
Boshqa mahkumlarga tarbiyaviy taʼsir koʻrsatish maqsadida muddatidan ilgari shartli ozod etish haqidagi taqdimnoma sudya tomonidan jazoni ijro etish koloniyasida yoki tarbiya koloniyasida koʻrib chiqilishi mumkin. | Boshqa mahkumlarga tarbiyaviy taʼsir koʻrsatish maqsadida muddatidan ilgari shartli ozod etish haqidagi taqdimnoma sudya tomonidan jazoni ijro etish koloniyasida yoki tarbiya koloniyasida koʻrib chiqilishi mumkin. |
Ishni koʻrish taqdimnoma yoki iltimosnomani oʻqib eshittirishdan boshlanadi, keyin sudya taqdim etilgan materiallarni tekshiradi va sud majlisida hozir boʻlgan shaxslarning fikrlarini eshitadi. Oxirida mahkum yoki uning himoyachisiga soʻz beriladi. Soʻngra sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. | Ishni koʻrish taqdimnoma yoki iltimosnomani oʻqib eshittirishdan boshlanadi, keyin sudya taqdim etilgan materiallarni tekshiradi va sud majlisida hozir boʻlgan shaxslarning fikrlarini eshitadi. Oxirida mahkum yoki uning himoyachisiga soʻz beriladi. Soʻngra sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. |
543-modda. Sinov muddati toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish | 543-modda. Sinov muddati toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish |
Sudya shartli hukm qilingan shaxsning sinov muddatini qisqartirish bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni koʻrib chiqayotganida sud majlisiga ana shu shaxslarning xulq-atvori ustidan nazorat olib boruvchi organlarning, shuningdek mahkumni kuzatib turuvchi va u bilan tarbiyaviy ish olib boruvchi jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakillari taklif etiladi. | Sudya shartli hukm qilingan shaxsning sinov muddatini qisqartirish bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni koʻrib chiqayotganida sud majlisiga ana shu shaxslarning xulq-atvori ustidan nazorat olib boruvchi organlarning, shuningdek mahkumni kuzatib turuvchi va u bilan tarbiyaviy ish olib boruvchi jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakillari taklif etiladi. |
544-modda. Sudlanganlikni olib tashlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish | 544-modda. Sudlanganlikni olib tashlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish |
Sudlanganlikni olib tashlash toʻgʻrisidagi masala sudya tomonidan jazoni oʻtab boʻlgan shaxsning, uning himoyachisi yoki qonuniy vakilining yoxud jamoat birlashmasi yoki jamoaning iltimosnomasiga asosan koʻrib chiqiladi. | Sudlanganlikni olib tashlash toʻgʻrisidagi masala sudya tomonidan jazoni oʻtab boʻlgan shaxsning, uning himoyachisi yoki qonuniy vakilining yoxud jamoat birlashmasi yoki jamoaning iltimosnomasiga asosan koʻrib chiqiladi. |
Sudlanganlikni olib tashlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda iltimosnoma kim haqida berilgan boʻlsa, shu shaxsning sud majlisida qatnashishi shart. U himoyachi olish huquqi bilan taʼminlanadi. Sudlanganlikni olib tashlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma jamoat birlashmasi yoki jamoa tomonidan berilgan boʻlsa, ularning vakillari sud majlisida ishtirok etishi shart. | Sudlanganlikni olib tashlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda iltimosnoma kim haqida berilgan boʻlsa, shu shaxsning sud majlisida qatnashishi shart. U himoyachi olish huquqi bilan taʼminlanadi. Sudlanganlikni olib tashlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma jamoat birlashmasi yoki jamoa tomonidan berilgan boʻlsa, ularning vakillari sud majlisida ishtirok etishi shart. |
Sudlanganlikni olib tashlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish taqdim qilingan iltimosnomani oʻqib eshittirishdan boshlanadi, soʻng sudya sudda hozir boʻlganlarning fikrlarini eshitadi va ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. | Sudlanganlikni olib tashlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish taqdim qilingan iltimosnomani oʻqib eshittirishdan boshlanadi, soʻng sudya sudda hozir boʻlganlarning fikrlarini eshitadi va ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. |
Sudlanganlikni olib tashlash rad etilsa, sudyaga bu masalaga doir qayta iltimosnoma ajrim chiqqan kundan boshlab kamida bir yil oʻtganidan keyin kiritilishi mumkin. | Sudlanganlikni olib tashlash rad etilsa, sudyaga bu masalaga doir qayta iltimosnoma ajrim chiqqan kundan boshlab kamida bir yil oʻtganidan keyin kiritilishi mumkin. |
545-modda. Axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qoʻshish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish | 545-modda. Axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qoʻshish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish |
Axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qoʻshish toʻgʻrisidagi masala jamoat birlashmasi yoki jamoa iltimosnomasi boʻyicha, jazoni oʻtab chiqqan shaxs mehnatga qobiliyatsiz boʻlgan taqdirda esa, uning iltimosnomasi boʻyicha ham mazkur shaxs turgan joydagi tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. | Axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qoʻshish toʻgʻrisidagi masala jamoat birlashmasi yoki jamoa iltimosnomasi boʻyicha, jazoni oʻtab chiqqan shaxs mehnatga qobiliyatsiz boʻlgan taqdirda esa, uning iltimosnomasi boʻyicha ham mazkur shaxs turgan joydagi tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. |
Axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qoʻshish toʻgʻrisidagi masala sudya tomonidan koʻrib chiqilayotgan paytda iltimosnoma kim haqida berilgan boʻlsa, shu shaxsning, shuningdek iltimos qoʻzgʻatgan jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakili qatnashishi shart. | Axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qoʻshish toʻgʻrisidagi masala sudya tomonidan koʻrib chiqilayotgan paytda iltimosnoma kim haqida berilgan boʻlsa, shu shaxsning, shuningdek iltimos qoʻzgʻatgan jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakili qatnashishi shart. |
Axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qoʻshish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish mavjud materiallarni oʻqib eshittirish bilan boshlanadi, soʻng sudya chaqirilgan shaxslarni tinglaydi, mahkumning axloq tuzatish ishlarini oʻtash vaqtida halol mehnat qilganligi va namunali xulqidan dalolat beruvchi maʼlumotlarni aniqlab oladi. | Axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qoʻshish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish mavjud materiallarni oʻqib eshittirish bilan boshlanadi, soʻng sudya chaqirilgan shaxslarni tinglaydi, mahkumning axloq tuzatish ishlarini oʻtash vaqtida halol mehnat qilganligi va namunali xulqidan dalolat beruvchi maʼlumotlarni aniqlab oladi. |
Axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qoʻshish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yuzasidan sudya chiqargan ajrim ustidan yuqori sudga shikoyat berish va protest bildirish mumkin. | Axloq tuzatish ishlari oʻtalgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qoʻshish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yuzasidan sudya chiqargan ajrim ustidan yuqori sudga shikoyat berish va protest bildirish mumkin. |
546-modda. Xizmat boʻyicha cheklash, intizomiy qismda saqlash vaqtini hisobga kiritish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish | 546-modda. Xizmat boʻyicha cheklash, intizomiy qismda saqlash vaqtini hisobga kiritish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish |
Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish toʻgʻrisidagi masala hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan ana shunday turdagi jazolarning muddati tugagach, qoʻmondonlikning iltimosnomasiga asosan koʻrib chiqiladi. | Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish toʻgʻrisidagi masala hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan ana shunday turdagi jazolarning muddati tugagach, qoʻmondonlikning iltimosnomasiga asosan koʻrib chiqiladi. |
Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish toʻgʻrisidagi masala hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan koʻrib chiqilayotgan paytda iltimosnoma kim haqida kiritilgan boʻlsa, shu shaxsning, shuningdek iltimosnoma kiritgan qoʻmondonlikning vakili qatnashishi shart. | Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish toʻgʻrisidagi masala hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan koʻrib chiqilayotgan paytda iltimosnoma kim haqida kiritilgan boʻlsa, shu shaxsning, shuningdek iltimosnoma kiritgan qoʻmondonlikning vakili qatnashishi shart. |
Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish mavjud materiallarni oʻqib eshittirishdan boshlanadi, soʻng hududiy harbiy sudning sudyasi chaqirilgan shaxslarni tinglaydi, mahkumning xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtida vijdonan xizmat qilganligidan va namunali xulq-atvoridan dalolat beruvchi maʼlumotlarni aniqlab oladi. | Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish mavjud materiallarni oʻqib eshittirishdan boshlanadi, soʻng hududiy harbiy sudning sudyasi chaqirilgan shaxslarni tinglaydi, mahkumning xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtida vijdonan xizmat qilganligidan va namunali xulq-atvoridan dalolat beruvchi maʼlumotlarni aniqlab oladi. |
Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yuzasidan hududiy harbiy sudning sudyasi chiqargan ajrim ustidan umumiy tartibda shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin. | Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismda saqlash vaqtini harbiy xizmat muddati hisobiga kiritish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yuzasidan hududiy harbiy sudning sudyasi chiqargan ajrim ustidan umumiy tartibda shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin. |
5461-modda. Sudning hukmini, ajrimini va qarorini ijro etish chogʻida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat berish va xususiy protest bildirish Sudning hukmini, ajrimini va qarorlarini ijro etish chogʻida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish toʻgʻrisidagi ajrim sud tomonidan oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi. Sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksning 499-moddasida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan kassatsiya tartibida xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin. Kassatsiya instansiyasining sud hukmini, ajrimini va qarorini ijro etish chogʻida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan ushbu Kodeksning 511 va 512-moddalarida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan taftish tartibida xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest bildirilishi mumkin. | |
OʻN UCHINCHI BOʻLIM ALOHIDA TOIFADAGI JINOYAT ISHLARINI YURITISH | OʻN UCHINCHI BOʻLIM ALOHIDA TOIFADAGI JINOYAT ISHLARINI YURITISH |
60-bob. VOYAGA YETMAGANLARNING JINOYATLARI HAQIDAGI ISHLARNI YURITISH | 60-bob. VOYAGA YETMAGANLARNING JINOYATLARI HAQIDAGI ISHLARNI YURITISH |
547-modda. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish tartibi | 547-modda. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish tartibi |
Jinoyat qilgunga qadar oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish tartibi umumiy qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksning 548 — 564-moddalari asosida belgilanadi. | Jinoyat qilgunga qadar oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish tartibi umumiy qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksning 548 — 564-moddalari asosida belgilanadi. |
548-modda. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan holatlar | 548-modda. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan holatlar |
Surishtiruv, dastlabki tergov harakatlari va sud muhokamasi davrida voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha, ushbu Kodeksning 82 — 84-moddalarida koʻrsatilgan holatlardan tashqari, quyidagilar isbotlanishi lozim: | Surishtiruv, dastlabki tergov harakatlari va sud muhokamasi davrida voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha, ushbu Kodeksning 82 — 84-moddalarida koʻrsatilgan holatlardan tashqari, quyidagilar isbotlanishi lozim: |
1) voyaga yetmagan ayblanuvchining aniq yoshi (tugʻilgan yili, oyi, kuni); | 1) voyaga yetmagan ayblanuvchining aniq yoshi (tugʻilgan yili, oyi, kuni); |
2) voyaga yetmaganning shaxsiga xos xususiyatlar va uning salomatligi holati; | 2) voyaga yetmaganning shaxsiga xos xususiyatlar va uning salomatligi holati; |
3) uning turmush va tarbiyalanish sharoitlari; | 3) uning turmush va tarbiyalanish sharoitlari; |
4) katta yoshli dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor yoki yoʻqligi. | 4) katta yoshli dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor yoki yoʻqligi. |
549-modda. Voyaga yetmaganning qonuniy vakili ishda qatnashishi | 549-modda. Voyaga yetmaganning qonuniy vakili ishda qatnashishi |
Voyaga yetmaganning jinoyatlari haqidagi ishni yuritishda qonuniy vakilning qatnashishi shart. | Voyaga yetmaganning jinoyatlari haqidagi ishni yuritishda qonuniy vakilning qatnashishi shart. |
Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga surishtiruvchi yoki tergovchining qarori boʻyicha voyaga yetmagan shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida birinchi soʻroq qilish paytidan boshlab yoʻl qoʻyiladi. Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilganda unga ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan huquqlar tushuntiriladi. | Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga surishtiruvchi yoki tergovchining qarori boʻyicha voyaga yetmagan shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida birinchi soʻroq qilish paytidan boshlab yoʻl qoʻyiladi. Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilganda unga ushbu Kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan huquqlar tushuntiriladi. |
Qonuniy vakil oʻz harakati bilan voyaga yetmagan shaxsning manfaatiga zarar yetkazadi deb hisoblash uchun asos boʻlsa, surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sudning ajrimi bilan voyaga yetmaganning qonuniy vakili ishda qatnashishdan chetlashtirilishi mumkin. Bunday holda voyaga yetmagan shaxsning manfaatlarini himoya qilish boshqa qonuniy vakilga yoki vasiylik va homiylik organining vakiliga topshiriladi. | Qonuniy vakil oʻz harakati bilan voyaga yetmagan shaxsning manfaatiga zarar yetkazadi deb hisoblash uchun asos boʻlsa, surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sudning ajrimi bilan voyaga yetmaganning qonuniy vakili ishda qatnashishdan chetlashtirilishi mumkin. Bunday holda voyaga yetmagan shaxsning manfaatlarini himoya qilish boshqa qonuniy vakilga yoki vasiylik va homiylik organining vakiliga topshiriladi. |
550-modda. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishda himoyachining ishtirok etishini taʼminlash | 550-modda. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishda himoyachining ishtirok etishini taʼminlash |
Voyaga yetmagan shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida birinchi soʻroq qilishdan boshlab, surishtiruvchi yoki tergovchi ishda himoyachining ishtirok etishini taʼminlash choralarini koʻradi. Shu maqsadda voyaga yetmagan shaxsga va uning qonuniy vakiliga oʻzlari xohlagan himoyachini taklif etish huquqiga ega ekanligi tushuntiriladi. Agar himoyachi voyaga yetmagan shaxsning, uning qonuniy vakilining yoxud boshqa shaxslarning topshirigʻi yoki roziligi bilan chaqirilmagan boʻlsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ishda himoyachining ishtirok etishini oʻz tashabbusi bilan taʼminlashga majbur. | Voyaga yetmagan shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida birinchi soʻroq qilishdan boshlab, surishtiruvchi yoki tergovchi ishda himoyachining ishtirok etishini taʼminlash choralarini koʻradi. Shu maqsadda voyaga yetmagan shaxsga va uning qonuniy vakiliga oʻzlari xohlagan himoyachini taklif etish huquqiga ega ekanligi tushuntiriladi. Agar himoyachi voyaga yetmagan shaxsning, uning qonuniy vakilining yoxud boshqa shaxslarning topshirigʻi yoki roziligi bilan chaqirilmagan boʻlsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ishda himoyachining ishtirok etishini oʻz tashabbusi bilan taʼminlashga majbur. |
551-modda. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillarini voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasida ishtirok etishga jalb qilish | 551-modda. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillarini voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasida ishtirok etishga jalb qilish |
Sud voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar koʻriladigan vaqt va joy haqida ularning ota-onasini, ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarni, voyaga yetmaganlar oʻqigan yoki ishlagan korxonani, muassasani, tashkilotni, bolalar masalalari boʻyicha komissiyani, zarur boʻlsa, boshqa tashkilotlarni ham xabardor qiladi. Sud bu tashkilotlarning vakillarini, sudlanuvchining vasiy yoki homiysini sud majlisiga chaqirishga haqlidir. | Sud voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar koʻriladigan vaqt va joy haqida ularning ota-onasini, ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarni, voyaga yetmaganlar oʻqigan yoki ishlagan korxonani, muassasani, tashkilotni, bolalar masalalari boʻyicha komissiyani, zarur boʻlsa, boshqa tashkilotlarni ham xabardor qiladi. Sud bu tashkilotlarning vakillarini, sudlanuvchining vasiy yoki homiysini sud majlisiga chaqirishga haqlidir. |
552-modda. Voyaga yetmagan shaxsga ayblov eʼlon qilish | 552-modda. Voyaga yetmagan shaxsga ayblov eʼlon qilish |
Voyaga yetmagan shaxsga ayblov eʼlon qilish vaqtida himoyachi bilan bir qatorda voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakili ham ishtirok etadi. | Voyaga yetmagan shaxsga ayblov eʼlon qilish vaqtida himoyachi bilan bir qatorda voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakili ham ishtirok etadi. |
553-modda. Voyaga yetmagan gumon qilinuvchi va ayblanuvchini soʻroq qilish | 553-modda. Voyaga yetmagan gumon qilinuvchi va ayblanuvchini soʻroq qilish |
Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini va ayblanuvchini soʻroq qilish himoyachi, qonuniy vakil ishtirokida amalga oshiriladi. | Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini va ayblanuvchini soʻroq qilish himoyachi, qonuniy vakil ishtirokida amalga oshiriladi. |
Himoyachi va qonuniy vakil gumon qilinuvchiga va ayblanuvchiga savollar berishga haqli. Soʻroq yakunlangach, himoyachi va qonuniy vakil bayonnoma bilan tanishishga va u haqda oʻz mulohazalarini bildirishga haqli. | Himoyachi va qonuniy vakil gumon qilinuvchiga va ayblanuvchiga savollar berishga haqli. Soʻroq yakunlangach, himoyachi va qonuniy vakil bayonnoma bilan tanishishga va u haqda oʻz mulohazalarini bildirishga haqli. |
Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini, ayblanuvchini soʻroq qilishning umumiy davomiyligi kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda olti soatdan oshmasligi kerak. | Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini, ayblanuvchini soʻroq qilishning umumiy davomiyligi kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda olti soatdan oshmasligi kerak. |
554-modda. Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini soʻroq qilishda pedagogning va (yoki) psixologning ishtiroki | 554-modda. Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini soʻroq qilishda pedagogning va (yoki) psixologning ishtiroki |
Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini soʻroq qilishda surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning ixtiyoriga koʻra yoxud voyaga yetmagan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosiga binoan pedagog va (yoki) psixolog ishtirok etishi mumkin. Pedagogning va (yoki) psixologning ishtirokini taʼminlash jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning zimmasiga yuklatiladi. Pedagog va (yoki) psixolog surishtiruvchining, tergovchining ruxsati bilan gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga savollar berishga, soʻroq tugaganidan soʻng esa, soʻroq bayonnomasi bilan tanishib, bayonnomadagi yozuvlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi haqida oʻz fikrlarini yozma shaklda bayon etishga haqlidir. Bu huquqlar surishtiruvchi, tergovchi tomonidan pedagogga va (yoki) psixologga voyaga yetmagan shaxsni soʻroq qilishdan oldin tushuntiriladi va bu haqda soʻroq bayonnomasida qayd qilinadi. | Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini soʻroq qilishda surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning ixtiyoriga koʻra yoxud voyaga yetmagan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosiga binoan pedagog va (yoki) psixolog ishtirok etishi mumkin. Pedagogning va (yoki) psixologning ishtirokini taʼminlash jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning zimmasiga yuklatiladi. Pedagog va (yoki) psixolog surishtiruvchining, tergovchining ruxsati bilan gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga savollar berishga, soʻroq tugaganidan soʻng esa, soʻroq bayonnomasi bilan tanishib, bayonnomadagi yozuvlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi haqida oʻz fikrlarini yozma shaklda bayon etishga haqlidir. Bu huquqlar surishtiruvchi, tergovchi tomonidan pedagogga va (yoki) psixologga voyaga yetmagan shaxsni soʻroq qilishdan oldin tushuntiriladi va bu haqda soʻroq bayonnomasida qayd qilinadi. |
555-modda. Voyaga yetmagan ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot choralari | 555-modda. Voyaga yetmagan ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot choralari |
Ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻlgan taqdirda voyaga yetmagan ayblanuvchiga ushbu Kodeksning 237-moddasida nazarda tutilgan ehtiyot choralaridan birini qoʻllash mumkin. Voyaga yetmagan shaxs ota-onasining, homiylar, vasiylarning qaroviga yoki, basharti u bolalar muassasasida tarbiyalanayotgan boʻlsa, shu muassasa rahbarlarining qaroviga ham berilishi mumkin. | Ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻlgan taqdirda voyaga yetmagan ayblanuvchiga ushbu Kodeksning 237-moddasida nazarda tutilgan ehtiyot choralaridan birini qoʻllash mumkin. Voyaga yetmagan shaxs ota-onasining, homiylar, vasiylarning qaroviga yoki, basharti u bolalar muassasasida tarbiyalanayotgan boʻlsa, shu muassasa rahbarlarining qaroviga ham berilishi mumkin. |
Voyaga yetmagan ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot choralari qoʻllanilgani toʻgʻrisida uning qonuniy vakiliga, agar bunday vakil boʻlmasa, boshqa qarindoshlariga xabar qilinadi. | Voyaga yetmagan ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot choralari qoʻllanilgani toʻgʻrisida uning qonuniy vakiliga, agar bunday vakil boʻlmasa, boshqa qarindoshlariga xabar qilinadi. |
556-modda. Voyaga yetmagan shaxsni qarovga topshirish tartibi | 556-modda. Voyaga yetmagan shaxsni qarovga topshirish tartibi |
Voyaga yetmagan shaxsni ota-onasi, vasiylar, homiylar yoki bolalar muassasasi rahbarlarining qaroviga topshirish mazkur shaxslardan birontasi voyaga yetmaganning surishtiruvchi, tergovchi, prokuror huzuriga va sudga oʻz vaqtida kelishini, shuningdek ayblanuvchining ushbu Kodeks 46-moddasida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishini taʼminlash masʼuliyatini yozma ravishda oʻz zimmasiga olishidan iboratdir. | Voyaga yetmagan shaxsni ota-onasi, vasiylar, homiylar yoki bolalar muassasasi rahbarlarining qaroviga topshirish mazkur shaxslardan birontasi voyaga yetmaganning surishtiruvchi, tergovchi, prokuror huzuriga va sudga oʻz vaqtida kelishini, shuningdek ayblanuvchining ushbu Kodeks 46-moddasida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarishini taʼminlash masʼuliyatini yozma ravishda oʻz zimmasiga olishidan iboratdir. |
Voyaga yetmaganni ota-onasining, vasiylarning, homiylarning yoki boshqa shaxslarning qaroviga topshirish ularning, shuningdek voyaga yetmagan shaxsning oʻzining roziligi bilangina amalga oshiriladi. | Voyaga yetmaganni ota-onasining, vasiylarning, homiylarning yoki boshqa shaxslarning qaroviga topshirish ularning, shuningdek voyaga yetmagan shaxsning oʻzining roziligi bilangina amalga oshiriladi. |
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud voyaga yetmagan shaxsni qarovga topshirishdan oldin ota-onalar, vasiylar yoki homiylarning shaxsi, ularning voyaga yetmagan shaxs bilan oʻzaro munosabati haqida maʼlumot toʻplashi va ular oʻsmirni qarov ostiga olishni lozim darajada amalga oshirishga qodir ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. | Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud voyaga yetmagan shaxsni qarovga topshirishdan oldin ota-onalar, vasiylar yoki homiylarning shaxsi, ularning voyaga yetmagan shaxs bilan oʻzaro munosabati haqida maʼlumot toʻplashi va ular oʻsmirni qarov ostiga olishni lozim darajada amalga oshirishga qodir ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. |
Ota-onalar, vasiylar, homiylar oʻzlarining kasalliklari, ish bilan band ekanliklari, voyaga yetmagan shaxs bilan oʻzaro munosabatlari yomonlashganligi va shuning oqibatida uning munosib xulq-atvorda boʻlishini taʼminlay olmasliklari sababli voyaga yetmagan shaxs oʻz qarovlarida boʻlishidan istagan vaqtda voz kechishga haqlidir. | Ota-onalar, vasiylar, homiylar oʻzlarining kasalliklari, ish bilan band ekanliklari, voyaga yetmagan shaxs bilan oʻzaro munosabatlari yomonlashganligi va shuning oqibatida uning munosib xulq-atvorda boʻlishini taʼminlay olmasliklari sababli voyaga yetmagan shaxs oʻz qarovlarida boʻlishidan istagan vaqtda voz kechishga haqlidir. |
Ota-onalardan, vasiylardan, homiylardan bolalar muassasasi rahbarlaridan voyaga yetmagan shaxsni qarovga qabul qilish haqida tilxat olinayotganda ular ushbu ehtiyot chorasi qoʻllanishiga asos boʻlgan ayblovning mohiyati, ayblanuvchiga tayinlanishi mumkin boʻlgan jazo va voyaga yetmagan shaxs sodir etishi ehtimol tutilgan qilmishlarning oldini olish maqsadida qarovga berilganidan keyin u xuddi ana shu xatti-harakatlarni sodir etsa, qarovga oluvchilarning javobgarligi haqida xabardor qilinishi lozim. Bu maʼlumotlar qarovga berish bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. | Ota-onalardan, vasiylardan, homiylardan bolalar muassasasi rahbarlaridan voyaga yetmagan shaxsni qarovga qabul qilish haqida tilxat olinayotganda ular ushbu ehtiyot chorasi qoʻllanishiga asos boʻlgan ayblovning mohiyati, ayblanuvchiga tayinlanishi mumkin boʻlgan jazo va voyaga yetmagan shaxs sodir etishi ehtimol tutilgan qilmishlarning oldini olish maqsadida qarovga berilganidan keyin u xuddi ana shu xatti-harakatlarni sodir etsa, qarovga oluvchilarning javobgarligi haqida xabardor qilinishi lozim. Bu maʼlumotlar qarovga berish bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi. |
Ayblanuvchi oʻz vazifasini bajarmagan taqdirda uni oʻz qaramogʻiga olgan shaxs qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishi mumkin. | Ayblanuvchi oʻz vazifasini bajarmagan taqdirda uni oʻz qaramogʻiga olgan shaxs qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishi mumkin. |
557-modda. Voyaga yetmagan shaxsni bolalar muassasasiga joylashtirish | 557-modda. Voyaga yetmagan shaxsni bolalar muassasasiga joylashtirish |
Ehtiyot choralarini qoʻllash uchun asoslar boʻlgan taqdirda, voyaga yetmagan ayblanuvchini, sudlanuvchini turmush va tarbiyalanish sharoitiga koʻra ilgarigi yashash joyida qoldirib boʻlmasa, u surishtiruvchining, tergovchining prokuror sanksiya bergan qaroriga yoki sudning ajrimiga binoan bolalar muassasasiga joylashtirilishi mumkin. | Ehtiyot choralarini qoʻllash uchun asoslar boʻlgan taqdirda, voyaga yetmagan ayblanuvchini, sudlanuvchini turmush va tarbiyalanish sharoitiga koʻra ilgarigi yashash joyida qoldirib boʻlmasa, u surishtiruvchining, tergovchining prokuror sanksiya bergan qaroriga yoki sudning ajrimiga binoan bolalar muassasasiga joylashtirilishi mumkin. |
558-modda. Voyaga yetmagan ayblanuvchini qamoqqa olish yoki uy qamogʻiga joylashtirish | 558-modda. Voyaga yetmagan ayblanuvchini qamoqqa olish yoki uy qamogʻiga joylashtirish |
Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish yoki uy qamogʻi voyaga yetmagan shaxsga nisbatan faqat ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻlganda va unga besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tayinlanishi mumkin boʻlgan qasddan jinoyat sodir etganlikda ayb eʼlon qilingan hamda ayblanuvchining munosib xulq-atvorda boʻlishini boshqa ehtiyot choralari taʼminlay olmaydigan taqdirda qoʻllanilishi mumkin. | Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish yoki uy qamogʻi voyaga yetmagan shaxsga nisbatan faqat ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻlganda va unga besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tayinlanishi mumkin boʻlgan qasddan jinoyat sodir etganlikda ayb eʼlon qilingan hamda ayblanuvchining munosib xulq-atvorda boʻlishini boshqa ehtiyot choralari taʼminlay olmaydigan taqdirda qoʻllanilishi mumkin. |
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi masalani koʻrib chiqishda prokuror ish materiallari bilan shaxsan tanishib chiqishi, iltimosnomaning asosliligini tekshirishi, hodisaning favquloddaligiga ishonch hosil qilishi va ayblanuvchini ushbu ehtiyot chorasini qoʻllash bilan bogʻliq holatlar boʻyicha soʻroq qilishi shart. | Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi masalani koʻrib chiqishda prokuror ish materiallari bilan shaxsan tanishib chiqishi, iltimosnomaning asosliligini tekshirishi, hodisaning favquloddaligiga ishonch hosil qilishi va ayblanuvchini ushbu ehtiyot chorasini qoʻllash bilan bogʻliq holatlar boʻyicha soʻroq qilishi shart. |
Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qoʻllanilgan voyaga yetmagan shaxslar katta yoshdagilardan, shuningdek voyaga yetmagan mahkumlardan alohida saqlanishi lozim. | Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qoʻllanilgan voyaga yetmagan shaxslar katta yoshdagilardan, shuningdek voyaga yetmagan mahkumlardan alohida saqlanishi lozim. |
559-modda. Surishtiruvni, dastlabki tergovni tamomlash va voyaga yetmagan shaxsni ish materiallari bilan tanishtirish | 559-modda. Surishtiruvni, dastlabki tergovni tamomlash va voyaga yetmagan shaxsni ish materiallari bilan tanishtirish |
Voyaga yetmagan ayblanuvchiga surishtiruv, dastlabki tergov tamomlanganligi eʼlon qilinib, unga ish materiallari koʻrsatilayotganda uning qonuniy vakili ishtirok etadi. Surishtiruvchi, tergovchi qonuniy vakilga ayblanuvchini ish materiallari bilan tanishtirish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabar berishi kerak. | Voyaga yetmagan ayblanuvchiga surishtiruv, dastlabki tergov tamomlanganligi eʼlon qilinib, unga ish materiallari koʻrsatilayotganda uning qonuniy vakili ishtirok etadi. Surishtiruvchi, tergovchi qonuniy vakilga ayblanuvchini ish materiallari bilan tanishtirish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabar berishi kerak. |
Surishtiruvchi, tergovchi voyaga yetmagan ayblanuvchiga uning shaxsi shakllanishiga salbiy taʼsir qilishi mumkin boʻlgan ish materiallarini tanishish uchun koʻrsatmaslik toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqlidir. | Surishtiruvchi, tergovchi voyaga yetmagan ayblanuvchiga uning shaxsi shakllanishiga salbiy taʼsir qilishi mumkin boʻlgan ish materiallarini tanishish uchun koʻrsatmaslik toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqlidir. |
560-modda. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari toʻgʻrisidagi ishni yopiq sud majlisida koʻrish | 560-modda. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari toʻgʻrisidagi ishni yopiq sud majlisida koʻrish |
Ushbu Kodeks 19-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda voyaga yetmaganlarning jinoyatlari toʻgʻrisidagi ish yopiq sud majlisida koʻriladi. | Ushbu Kodeks 19-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda voyaga yetmaganlarning jinoyatlari toʻgʻrisidagi ish yopiq sud majlisida koʻriladi. |
561-modda. Voyaga yetmagan sudlanuvchini sud majlisi zalidan chiqarib turish | 561-modda. Voyaga yetmagan sudlanuvchini sud majlisi zalidan chiqarib turish |
Voyaga yetmagan sudlanuvchining himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek prokurorning fikrini eshitib, voyaga yetmagan shaxsga salbiy taʼsir etishi mumkin boʻlgan holatlar tekshirilayotganda sud oʻz ajrimi bilan uni sud zalidan chiqarib turishga haqli. | Voyaga yetmagan sudlanuvchining himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek prokurorning fikrini eshitib, voyaga yetmagan shaxsga salbiy taʼsir etishi mumkin boʻlgan holatlar tekshirilayotganda sud oʻz ajrimi bilan uni sud zalidan chiqarib turishga haqli. |
Voyaga yetmagan shaxs sud zaliga qaytarilganidan soʻng raislik qiluvchi unga yoʻqligida boʻlib oʻtgan muhokama mazmunini yetarli hajmda va shaklda maʼlum qiladi va uning yoʻqligida soʻroq qilingan shaxslarga savol berishi uchun voyaga yetmaganga imkoniyat yaratib beradi. | Voyaga yetmagan shaxs sud zaliga qaytarilganidan soʻng raislik qiluvchi unga yoʻqligida boʻlib oʻtgan muhokama mazmunini yetarli hajmda va shaklda maʼlum qiladi va uning yoʻqligida soʻroq qilingan shaxslarga savol berishi uchun voyaga yetmaganga imkoniyat yaratib beradi. |
562-modda. Bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga ishning koʻrilishi haqida xabar berish | 562-modda. Bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga ishning koʻrilishi haqida xabar berish |
Sud, zarurat boʻlganda, voyaga yetmagan shaxsning jinoyati toʻgʻrisidagi ishni koʻrish vaqti va joyi haqida bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga xabar beradi. Sud, shuningdek bu komissiya vakillarini guvoh sifatida soʻroq qilish uchun sud majlisiga chaqirishga haqlidir. | Sud, zarurat boʻlganda, voyaga yetmagan shaxsning jinoyati toʻgʻrisidagi ishni koʻrish vaqti va joyi haqida bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga xabar beradi. Sud, shuningdek bu komissiya vakillarini guvoh sifatida soʻroq qilish uchun sud majlisiga chaqirishga haqlidir. |
563-modda. Voyaga yetmagan sudlanuvchiga nisbatan hukm chiqarishda sud tomonidan hal etiladigan masalalar | 563-modda. Voyaga yetmagan sudlanuvchiga nisbatan hukm chiqarishda sud tomonidan hal etiladigan masalalar |
Voyaga yetmagan sudlanuvchiga nisbatan hukm chiqarishda sud, ushbu Kodeksning 457-moddasida koʻrsatilgan masalalardan tashqari, basharti voyaga yetmagan shaxs shartli hukm qilinsa, unga ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlansa, voyaga yetmagan shaxsga jamoat tarbiyachisi tayinlash zarurligini muhokama qilishga majbur. | Voyaga yetmagan sudlanuvchiga nisbatan hukm chiqarishda sud, ushbu Kodeksning 457-moddasida koʻrsatilgan masalalardan tashqari, basharti voyaga yetmagan shaxs shartli hukm qilinsa, unga ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlansa, voyaga yetmagan shaxsga jamoat tarbiyachisi tayinlash zarurligini muhokama qilishga majbur. |
564-modda. Voyaga yetmagan shaxsni javobgarlikdan yoki jazodan majburlov choralarini qoʻllagan holda ozod qilish | 564-modda. Voyaga yetmagan shaxsni javobgarlikdan yoki jazodan majburlov choralarini qoʻllagan holda ozod qilish |
Voyaga yetmagan shaxsni Jinoyat kodeksi 87-moddasining birinchi qismiga muvofiq javobgarlikdan ozod qilib, materiallarni bolalar masalalari boʻyicha komissiyada koʻrishga topshirish chogʻida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. | Voyaga yetmagan shaxsni Jinoyat kodeksi 87-moddasining birinchi qismiga muvofiq javobgarlikdan ozod qilib, materiallarni bolalar masalalari boʻyicha komissiyada koʻrishga topshirish chogʻida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. |
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ishni koʻrishda Jinoyat kodeksi 87-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda sud voyaga yetmagan shaxsni jazodan ozod qilish va unga nisbatan majburlov chorasini qoʻllanish toʻgʻrisidagi masalani muhokama etishi shart. Sud majburlov chorasini qoʻllanish yoki qoʻllanmaslik toʻgʻrisida asoslantirilgan ajrim chiqaradi. | Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ishni koʻrishda Jinoyat kodeksi 87-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda sud voyaga yetmagan shaxsni jazodan ozod qilish va unga nisbatan majburlov chorasini qoʻllanish toʻgʻrisidagi masalani muhokama etishi shart. Sud majburlov chorasini qoʻllanish yoki qoʻllanmaslik toʻgʻrisida asoslantirilgan ajrim chiqaradi. |
Majburlov chorasini qoʻllanish yoki qoʻllanmaslik toʻgʻrisidagi ajrim ustidan umumiy tartibda shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin. | Majburlov chorasini qoʻllanish yoki qoʻllanmaslik toʻgʻrisidagi ajrim ustidan umumiy tartibda shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin. |
61-bob. TIBBIY YOʻSINDAGI MAJBURLOV CHORALARINI QOʻLLASH TOʻGʻRISIDAGI ISHLARNI YURITISH | 61-bob. TIBBIY YOʻSINDAGI MAJBURLOV CHORALARINI QOʻLLASH TOʻGʻRISIDAGI ISHLARNI YURITISH |
565-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrish tartibi | 565-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrish tartibi |
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrish tartibi ushbu Kodeksning umumiy qoidalari, shuningdek 566 — 581-moddalari asosida belgilanadi. | Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrish tartibi ushbu Kodeksning umumiy qoidalari, shuningdek 566 — 581-moddalari asosida belgilanadi. |
566-modda. Isbotlanishi lozim boʻlgan holatlar | 566-modda. Isbotlanishi lozim boʻlgan holatlar |
Jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxsning jinoyati toʻgʻrisidagi ish boʻyicha shaxsda ruhiy holatining jinoyat sodir etganidan keyin yuzaga kelgan va jazoning qoʻllanilishini istisno etadigan tarzda buzilganligi isbotlanishi lozim. | Jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxsning jinoyati toʻgʻrisidagi ish boʻyicha shaxsda ruhiy holatining jinoyat sodir etganidan keyin yuzaga kelgan va jazoning qoʻllanilishini istisno etadigan tarzda buzilganligi isbotlanishi lozim. |
Aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan quyidagilar isbotlanishi lozim: | Aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan quyidagilar isbotlanishi lozim: |
1) ushbu Kodeks 82-moddasining 1, 2 va 5-bandlarida nazarda tutilgan holatlar; | 1) ushbu Kodeks 82-moddasining 1, 2 va 5-bandlarida nazarda tutilgan holatlar; |
2) qilmishni sodir etgan paytida shaxsning ruhiy holati surunkali yoki vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoki ruhiy holatining boshqacha tarzda buzilganligi, bularning oqibatida u aqli norasolik holatida boʻlganligi, yaʼni oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini anglay olmaganligi yoki ularni boshqara olmaganligi; | 2) qilmishni sodir etgan paytida shaxsning ruhiy holati surunkali yoki vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoki ruhiy holatining boshqacha tarzda buzilganligi, bularning oqibatida u aqli norasolik holatida boʻlganligi, yaʼni oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini anglay olmaganligi yoki ularni boshqara olmaganligi; |
3) mazkur shaxsning surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi vaqtidagi ruhiy holati. | 3) mazkur shaxsning surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi vaqtidagi ruhiy holati. |
Jinoyat sodir etganidan soʻng ruhiy holati buzilgan shaxsning ishi boʻyicha, xuddi shuningdek ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etgan shaxsning ishi boʻyicha shaxsning bundan buyongi xulq-atvori uning oʻzi va atrofdagilar uchun xavf tugʻdirishi mumkinligi yoki mumkin emasligi, uning davolanishga muhtojligi yoki muhtoj emasligi, unga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishiga zarurat borligini yoki yoʻqligini va aynan qanday choralar qoʻllash lozimligini hal qilish uchun asos boʻladigan holatlar isbotlanishi lozim. | Jinoyat sodir etganidan soʻng ruhiy holati buzilgan shaxsning ishi boʻyicha, xuddi shuningdek ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etgan shaxsning ishi boʻyicha shaxsning bundan buyongi xulq-atvori uning oʻzi va atrofdagilar uchun xavf tugʻdirishi mumkinligi yoki mumkin emasligi, uning davolanishga muhtojligi yoki muhtoj emasligi, unga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishiga zarurat borligini yoki yoʻqligini va aynan qanday choralar qoʻllash lozimligini hal qilish uchun asos boʻladigan holatlar isbotlanishi lozim. |
567-modda. Sud-psixiatriya ekspertizasi | 567-modda. Sud-psixiatriya ekspertizasi |
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ayblanuvchining, sudlanuvchining yoxud ishga ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida jalb qilinmagan shaxsning ruhiy holatining buzilganligi masalalari yuzasidan uning jinoyat sodir etganligi yoki Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganligi haqida ishonarli dalillar mavjud boʻlgan taqdirda, surishtiruvni, dastlabki tergovni yuritish va sud muhokamasi vaqtida mazkur shaxsning aqli norasoligi yoki ruhiy holatining buzilganligi toʻgʻrisida asosli shubha tugʻilgan boʻlsa, sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlaydi. | Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ayblanuvchining, sudlanuvchining yoxud ishga ayblanuvchi, sudlanuvchi tariqasida jalb qilinmagan shaxsning ruhiy holatining buzilganligi masalalari yuzasidan uning jinoyat sodir etganligi yoki Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganligi haqida ishonarli dalillar mavjud boʻlgan taqdirda, surishtiruvni, dastlabki tergovni yuritish va sud muhokamasi vaqtida mazkur shaxsning aqli norasoligi yoki ruhiy holatining buzilganligi toʻgʻrisida asosli shubha tugʻilgan boʻlsa, sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlaydi. |
568-modda. Sud-psixiatriya ekspertizasi aniqlaydigan masalalar | 568-modda. Sud-psixiatriya ekspertizasi aniqlaydigan masalalar |
Sud-psixiatriya ekspertizasi oʻtkazishda quyidagi masalalar aniqlanishi lozim: | Sud-psixiatriya ekspertizasi oʻtkazishda quyidagi masalalar aniqlanishi lozim: |
1) shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan paytda ruhiy holati oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan darajada surunkali yoki vaqtincha buzilganlik, aqli zaiflik yoki ruhiy holatining boshqacha tarzda buzilishi holatida boʻlganligi; | 1) shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan paytda ruhiy holati oʻz harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan darajada surunkali yoki vaqtincha buzilganlik, aqli zaiflik yoki ruhiy holatining boshqacha tarzda buzilishi holatida boʻlganligi; |
2) hozirgi vaqtda shaxsning ruhiy holati buzilganligi oqibatida hukm qilish va jazolashning unga axloq tuzatish jihatidan taʼsir koʻrsata olishi yoki koʻrsata olmasligi; | 2) hozirgi vaqtda shaxsning ruhiy holati buzilganligi oqibatida hukm qilish va jazolashning unga axloq tuzatish jihatidan taʼsir koʻrsata olishi yoki koʻrsata olmasligi; |
3) ushbu ruhiy holatning buzilishi surunkalimi yoki shaxs muayyan muddat mobaynida tuzalishi mumkinmi; | 3) ushbu ruhiy holatning buzilishi surunkalimi yoki shaxs muayyan muddat mobaynida tuzalishi mumkinmi; |
4) shaxs duchor boʻlgan ruhiy holatning buzilishi yangi ijtimoiy xavfli qilmishni keltirib chiqarishi yoki bunga sabab boʻlishi mumkinmi; | 4) shaxs duchor boʻlgan ruhiy holatning buzilishi yangi ijtimoiy xavfli qilmishni keltirib chiqarishi yoki bunga sabab boʻlishi mumkinmi; |
5) shaxs oʻzining ruhiy holatiga koʻra toʻgʻri koʻrsatuv berishga, koʻzdan kechirish, guvohlantirish, eksperiment oʻtkazish va boshqa tergov hamda sud harakatlarida ishtirok etishga qodirmi; | 5) shaxs oʻzining ruhiy holatiga koʻra toʻgʻri koʻrsatuv berishga, koʻzdan kechirish, guvohlantirish, eksperiment oʻtkazish va boshqa tergov hamda sud harakatlarida ishtirok etishga qodirmi; |
6) hozirgi vaqtda shaxsning aqli rasolikni istisno qilmaydigan ruhiy holati buzilganmi va ular nimalardan iborat. | 6) hozirgi vaqtda shaxsning aqli rasolikni istisno qilmaydigan ruhiy holati buzilganmi va ular nimalardan iborat. |
Shaxsni ekspert tadqiqoti oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish ushbu Kodeksning 265 — 269-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilib amalga oshiriladi. | Shaxsni ekspert tadqiqoti oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish ushbu Kodeksning 265 — 269-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilib amalga oshiriladi. |
569-modda. Shaxs tibbiy muassasaga joylashtirilganda jinoyat ishini yuritishning toʻxtatib turilishi | 569-modda. Shaxs tibbiy muassasaga joylashtirilganda jinoyat ishini yuritishning toʻxtatib turilishi |
Basharti gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining ruhiy holati buzilganligi yoki boshqa ogʻir kasalligi ambulatoriya ekspertizasi xulosasi yoki boshqa tibbiy hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlsa va qanday kasallikka duchor boʻlganligini aniqlash, aqli rasoligi, muomalaga layoqatliligi masalasini hal etish, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini tanlash uchun statsionar ekspertiza oʻtkazilayotgan boʻlsa, shaxs tibbiy muassasaga joylashtirilgan davrda, basharti boshqa protsessual harakatlarni oʻtkazishga hojat boʻlmasa, ishni yuritish toʻxtatib turilishi mumkin. | Basharti gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining ruhiy holati buzilganligi yoki boshqa ogʻir kasalligi ambulatoriya ekspertizasi xulosasi yoki boshqa tibbiy hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlsa va qanday kasallikka duchor boʻlganligini aniqlash, aqli rasoligi, muomalaga layoqatliligi masalasini hal etish, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini tanlash uchun statsionar ekspertiza oʻtkazilayotgan boʻlsa, shaxs tibbiy muassasaga joylashtirilgan davrda, basharti boshqa protsessual harakatlarni oʻtkazishga hojat boʻlmasa, ishni yuritish toʻxtatib turilishi mumkin. |
Ishni yuritishning toʻxtatib turilishi ayblanuvchini qamoqda saqlash va shaxsning tibbiy muassasada boʻlishiga oid qonunda belgilangan muddatlar oʻtishini toʻxtatmaydi. | Ishni yuritishning toʻxtatib turilishi ayblanuvchini qamoqda saqlash va shaxsning tibbiy muassasada boʻlishiga oid qonunda belgilangan muddatlar oʻtishini toʻxtatmaydi. |
570-modda. Shaxsning tergov va sud harakatlarini yuritishdagi ishtiroki | 570-modda. Shaxsning tergov va sud harakatlarini yuritishdagi ishtiroki |
Oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanishi toʻgʻrisida ish yuritilayotgan shaxs sogʻaysa yoki unda beqaror remissiya holati yuz bersa va shu tufayli soʻroqlarda toʻgʻri koʻrsatuv bera olsa hamda boshqa tergov va sud harakatlarida ishtirok eta olsa, surishtiruvchi, tergovchi va sud bu shaxsga tergov qilishda va sud muhokamasida qatnashish hamda oʻzini himoya qilish huquqini amalga oshirish imkonini berishi lozim. | Oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanishi toʻgʻrisida ish yuritilayotgan shaxs sogʻaysa yoki unda beqaror remissiya holati yuz bersa va shu tufayli soʻroqlarda toʻgʻri koʻrsatuv bera olsa hamda boshqa tergov va sud harakatlarida ishtirok eta olsa, surishtiruvchi, tergovchi va sud bu shaxsga tergov qilishda va sud muhokamasida qatnashish hamda oʻzini himoya qilish huquqini amalga oshirish imkonini berishi lozim. |
Oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllash toʻgʻrisida ish yuritilayotgan shaxs: unga qanday ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlik uchun ayb qoʻyilayotganini bilishga; koʻrsatuv berishga; dalillar taqdim qilishga; iltimoslar qilishga; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamomlanganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqishga; himoyachiga ega boʻlishga; sud muhokamasida qatnashishga; rad qilishga; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyat qilishga haqlidir. | Oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllash toʻgʻrisida ish yuritilayotgan shaxs: unga qanday ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlik uchun ayb qoʻyilayotganini bilishga; koʻrsatuv berishga; dalillar taqdim qilishga; iltimoslar qilishga; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamomlanganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqishga; himoyachiga ega boʻlishga; sud muhokamasida qatnashishga; rad qilishga; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyat qilishga haqlidir. |
Surishtiruvchi, tergovchi tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash ishini yuritishni boshlash va sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlash toʻgʻrisidagi qarorni eʼlon qilganda mazkur shaxsga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqlarini tushuntirib beradi. Huquqlar tushuntirilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi. | Surishtiruvchi, tergovchi tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash ishini yuritishni boshlash va sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlash toʻgʻrisidagi qarorni eʼlon qilganda mazkur shaxsga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqlarini tushuntirib beradi. Huquqlar tushuntirilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi. |
Mazkur shaxs alohida tergov va sud harakatlarini yuritish vaqtida ushbu Kodeksdagi ayblanuvchi va sudlanuvchilar uchun belgilangan huquqlarga ham ega. | Mazkur shaxs alohida tergov va sud harakatlarini yuritish vaqtida ushbu Kodeksdagi ayblanuvchi va sudlanuvchilar uchun belgilangan huquqlarga ham ega. |
571-modda. Himoyachining ishtiroki | 571-modda. Himoyachining ishtiroki |
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni yuritishda sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlash haqida qaror chiqarilgan vaqtdan boshlab himoyachining ishtirok etishi shart. | Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni yuritishda sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlash haqida qaror chiqarilgan vaqtdan boshlab himoyachining ishtirok etishi shart. |
Ishga kirishgan vaqtdan boshlab himoyachi, basharti himoyasi ostidagi shaxsning sogʻligʻi halal bermasa, u bilan holi uchrashishga haqli, shuningdek ushbu Kodeksning 53-moddasida nazarda tutilgan boshqa barcha huquqlardan ham foydalanadi. | Ishga kirishgan vaqtdan boshlab himoyachi, basharti himoyasi ostidagi shaxsning sogʻligʻi halal bermasa, u bilan holi uchrashishga haqli, shuningdek ushbu Kodeksning 53-moddasida nazarda tutilgan boshqa barcha huquqlardan ham foydalanadi. |
Sud-psixiatriya ekspertizasi oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrimni ijroga yuborishdan oldin surishtiruvchi, tergovchi yoki sud u bilan himoyachini tanishtirishi va uning quyidagi huquqlarini taʼminlashi zarur: tayinlangan ekspertni yoki umuman ekspertiza muassasasini rad qilish; muayyan shaxsni ekspert qilib tayinlashni iltimos qilish; ekspertning oldiga qoʻshimcha savollar qoʻyish; ekspertiza oʻtkazilayotganda qatnashish uchun ruxsat soʻrash. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud himoyachining iltimosnomasini, basharti asoslar boʻlsa, qondiradi va ekspertizani tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrimga tegishli qoʻshimchalar va oʻzgartishlar kiritadi. | Sud-psixiatriya ekspertizasi oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrimni ijroga yuborishdan oldin surishtiruvchi, tergovchi yoki sud u bilan himoyachini tanishtirishi va uning quyidagi huquqlarini taʼminlashi zarur: tayinlangan ekspertni yoki umuman ekspertiza muassasasini rad qilish; muayyan shaxsni ekspert qilib tayinlashni iltimos qilish; ekspertning oldiga qoʻshimcha savollar qoʻyish; ekspertiza oʻtkazilayotganda qatnashish uchun ruxsat soʻrash. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud himoyachining iltimosnomasini, basharti asoslar boʻlsa, qondiradi va ekspertizani tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrimga tegishli qoʻshimchalar va oʻzgartishlar kiritadi. |
Agar sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasiga koʻra, himoya ostidagi shaxs ruhiy holatining buzilishi jinoyat sodir etilgandan soʻng yuzaga kelgan yoki u ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etgan boʻlsa yoxud uning aqli rasoligini istisno etmaydigan, biroq ruhiy holati oʻzini himoya qilish huquqini mustaqil amalga oshirishini qiyinlashtiradigan tarzda buzilgan boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan himoyachining ishda ishtirok etishi shartligi haqidagi qoida amal qilishda davom etadi. | Agar sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasiga koʻra, himoya ostidagi shaxs ruhiy holatining buzilishi jinoyat sodir etilgandan soʻng yuzaga kelgan yoki u ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etgan boʻlsa yoxud uning aqli rasoligini istisno etmaydigan, biroq ruhiy holati oʻzini himoya qilish huquqini mustaqil amalga oshirishini qiyinlashtiradigan tarzda buzilgan boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan himoyachining ishda ishtirok etishi shartligi haqidagi qoida amal qilishda davom etadi. |
Keyinchalik sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasi asosida shaxs aqli raso va ruhiy sogʻlom deb topilsa, ishda himoyachining ishtiroki masalasi umumiy tartibda hal qilinadi. | Keyinchalik sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasi asosida shaxs aqli raso va ruhiy sogʻlom deb topilsa, ishda himoyachining ishtiroki masalasi umumiy tartibda hal qilinadi. |
572-modda. Ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror | 572-modda. Ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror |
Surishtiruvchi, tergovchi protsess ishtirokchilarini ish materiallari bilan tanishtirgach va iltimosnomalarni hal qilgach, ishni sudga yuborish toʻgʻrisida qaror tuzadi. | Surishtiruvchi, tergovchi protsess ishtirokchilarini ish materiallari bilan tanishtirgach va iltimosnomalarni hal qilgach, ishni sudga yuborish toʻgʻrisida qaror tuzadi. |
Surishtiruvchi, tergovchi qarorning tavsif-asoslash qismida ushbu Kodeksning 566-moddasida nazarda tutilgan holatlarni, shuningdek ishni sudga yuborish asoslariga norozi boʻlgan himoyachining va boshqa shaxslarning vajlarini, agar shunday vajlar bildirilgan boʻlsa, bayon qiladi va ish sahifalariga havola qilib, uning fikricha, ishni sudga yuborish uchun asoslar borligini tasdiqlovchi dalillar keltiradi. | Surishtiruvchi, tergovchi qarorning tavsif-asoslash qismida ushbu Kodeksning 566-moddasida nazarda tutilgan holatlarni, shuningdek ishni sudga yuborish asoslariga norozi boʻlgan himoyachining va boshqa shaxslarning vajlarini, agar shunday vajlar bildirilgan boʻlsa, bayon qiladi va ish sahifalariga havola qilib, uning fikricha, ishni sudga yuborish uchun asoslar borligini tasdiqlovchi dalillar keltiradi. |
Ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi qarorga sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning roʻyxati, shuningdek surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilgan muddat, ustidan tergov oʻtkazilgan shaxsning qamoqda, uy qamogʻida va tibbiy muassasada boʻlgan muddati, ashyoviy dalillar, fuqaroviy daʼvo va uni taʼminlash choralari, protsessual chiqimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar ilova qilinadi. | Ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi qarorga sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning roʻyxati, shuningdek surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilgan muddat, ustidan tergov oʻtkazilgan shaxsning qamoqda, uy qamogʻida va tibbiy muassasada boʻlgan muddati, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, fuqaroviy daʼvo va uni taʼminlash choralari, protsessual chiqimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar ilova qilinadi. |
573-modda. Ishni prokurorga oʻtkazish va sudga oshirish | 573-modda. Ishni prokurorga oʻtkazish va sudga oshirish |
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni surishtiruvchi, tergovchi uni sudga oshirish toʻgʻrisidagi qaror bilan birga prokurorga oʻtkazadi. | Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni surishtiruvchi, tergovchi uni sudga oshirish toʻgʻrisidagi qaror bilan birga prokurorga oʻtkazadi. |
Prokuror ish bilan tanishib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: | Prokuror ish bilan tanishib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: |
1) ushbu Kodeksning 83 va 84-moddalarida, (84-moddaning birinchi qismi 2-bandi bundan mustasno) nazarda tutilgan asoslarga koʻra ishni tugatish; | 1) ushbu Kodeksning 83 va 84-moddalarida, (84-moddaning birinchi qismi 2-bandi bundan mustasno) nazarda tutilgan asoslarga koʻra ishni tugatish; |
2) qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun ishni surishtiruvchiga, tergovchiga qaytarish; | 2) qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun ishni surishtiruvchiga, tergovchiga qaytarish; |
3) qarorni tasdiqlab ishni sudga oshirish yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritish. | 3) qarorni tasdiqlab ishni sudga oshirish yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritish. |
574-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash | 574-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash |
Sudya tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni prokurordan olgach, uni ushbu Kodeksning 395 — 405-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga binoan oʻtkaziladigan sud muhokamasiga tayinlaydi. | Sudya tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni prokurordan olgach, uni ushbu Kodeksning 395 — 405-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga binoan oʻtkaziladigan sud muhokamasiga tayinlaydi. |
575-modda. Sud muhokamasi | 575-modda. Sud muhokamasi |
Sud muhokamasi ushbu Kodeksning 50 — 52-boblarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq ravishda oʻtkaziladi. | Sud muhokamasi ushbu Kodeksning 50 — 52-boblarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq ravishda oʻtkaziladi. |
Sud majlisida prokuror va himoyachi ishtirok etishi shart. | Sud majlisida prokuror va himoyachi ishtirok etishi shart. |
Sud tergovi prokurorning ishni sudga oshirish toʻgʻrisidagi qarorni oʻqib eshittirishidan boshlanadi. Shundan soʻng sud taraflarning ishtirokida tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash uchun asoslar mavjudligini tasdiqlaydigan yoki rad etadigan dalillarni tekshiradi: soʻroq qiladi, koʻzdan kechirish oʻtkazadi, hujjatlarni oʻqib eshittiradi, ekspertlarni tinglaydi, haqiqatga erishish uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni bajaradi. | Sud tergovi prokurorning ishni sudga oshirish toʻgʻrisidagi qarorni oʻqib eshittirishidan boshlanadi. Shundan soʻng sud taraflarning ishtirokida tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash uchun asoslar mavjudligini tasdiqlaydigan yoki rad etadigan dalillarni tekshiradi: soʻroq qiladi, koʻzdan kechirish oʻtkazadi, hujjatlarni oʻqib eshittiradi, ekspertlarni tinglaydi, haqiqatga erishish uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni bajaradi. |
Sud tergovi tamomlanganidan soʻng sud taraflarning muzokarasiga oʻtadi. Muzokarada prokuror, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishtirok etadilar. Muzokaraning oxirida himoyachi soʻzga chiqadi. Oxirgi eʼtiroz bildirish huquqi ham unga beriladi. | Sud tergovi tamomlanganidan soʻng sud taraflarning muzokarasiga oʻtadi. Muzokarada prokuror, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishtirok etadilar. Muzokaraning oxirida himoyachi soʻzga chiqadi. Oxirgi eʼtiroz bildirish huquqi ham unga beriladi. |
Taraflarning nutqlarini eshitib boʻlgach, sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. | Taraflarning nutqlarini eshitib boʻlgach, sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. |
576-modda. Alohida xonada sud hal qiladigan masalalar | 576-modda. Alohida xonada sud hal qiladigan masalalar |
Alohida xonada sud quyidagi masalalarni hal qiladi: | Alohida xonada sud quyidagi masalalarni hal qiladi: |
1) jinoyat sodir etilganmi yoki aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilganmi; | 1) jinoyat sodir etilganmi yoki aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilganmi; |
2) ana shu jinoyat yoki ijtimoiy xavfli qilmish ishi koʻrilayotgan shaxs tomonidan sodir etilganmi; | 2) ana shu jinoyat yoki ijtimoiy xavfli qilmish ishi koʻrilayotgan shaxs tomonidan sodir etilganmi; |
3) hozirgi vaqtda mazkur shaxsning ruhiy holati buzilganmi; | 3) hozirgi vaqtda mazkur shaxsning ruhiy holati buzilganmi; |
4) jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan yoki aqli noraso holda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash talab etiladimi va agar talab etilsa, aynan qanday chorani qoʻllash kerak; | 4) jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan yoki aqli noraso holda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash talab etiladimi va agar talab etilsa, aynan qanday chorani qoʻllash kerak; |
5) mazkur shaxs ruhiy kasallikdan umumiy asoslarda davolanishga muhtojmi. | 5) mazkur shaxs ruhiy kasallikdan umumiy asoslarda davolanishga muhtojmi. |
Sud, shuningdek ushbu Kodeks 457-moddasi birinchi qismining 10 — 14-bandlarida nazarda tutilgan masalalarni ham hal qiladi. | Sud, shuningdek ushbu Kodeks 457-moddasi birinchi qismining 10 — 14-bandlarida nazarda tutilgan masalalarni ham hal qiladi. |
577-modda. Sud ajrimi | 577-modda. Sud ajrimi |
Keyinchalik ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs sodir etgan jinoyat toʻgʻrisidagi yoki aqli norasolik holatida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish haqidagi ish boʻyicha sud majlisida chiqarilgan sud ajrimi quyidagi qoidalar asosida tuziladi. | Keyinchalik ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs sodir etgan jinoyat toʻgʻrisidagi yoki aqli norasolik holatida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish haqidagi ish boʻyicha sud majlisida chiqarilgan sud ajrimi quyidagi qoidalar asosida tuziladi. |
Sud ajrimning kirish qismida sud ishining raqamini, ishi koʻrilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyi, turar joyi, ish joyi, mashgʻulot turi, maʼlumotini va shaxsi toʻgʻrisidagi ish uchun ahamiyatga molik boshqa maʼlumotlarni koʻrsatadi. | Sud ajrimning kirish qismida sud ishining raqamini, ishi koʻrilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyi, turar joyi, ish joyi, mashgʻulot turi, maʼlumotini va shaxsi toʻgʻrisidagi ish uchun ahamiyatga molik boshqa maʼlumotlarni koʻrsatadi. |
Ajrimning tavsif-asoslash qismida sud tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoki qoʻllamaslik uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlarni bayon qiladi, shu chorani qoʻllashni taqozo qiladigan, shubha ostiga qoʻyadigan yoki unga monelik qiladigan dalillar keltiradi. Shundan soʻng ajrimda sud ushbu Kodeksning 576-moddasida sanab oʻtilgan masalalarga oʻzining javoblarini ifodalaydi. | Ajrimning tavsif-asoslash qismida sud tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoki qoʻllamaslik uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlarni bayon qiladi, shu chorani qoʻllashni taqozo qiladigan, shubha ostiga qoʻyadigan yoki unga monelik qiladigan dalillar keltiradi. Shundan soʻng ajrimda sud ushbu Kodeksning 576-moddasida sanab oʻtilgan masalalarga oʻzining javoblarini ifodalaydi. |
Ajrimning xulosa qismida sud quyidagi qarorlardan birini bayon qiladi: | Ajrimning xulosa qismida sud quyidagi qarorlardan birini bayon qiladi: |
1) shaxsni jinoyat sodir etgan, keyinchalik unda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan deb eʼtirof etish yoxud uni ijtimoiy xavfli qilmishni aqli noraso holatda sodir etgan deb topish toʻgʻrisida, shuningdek bu shaxsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoki qoʻllamaslik toʻgʻrisida; | 1) shaxsni jinoyat sodir etgan, keyinchalik unda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan deb eʼtirof etish yoxud uni ijtimoiy xavfli qilmishni aqli noraso holatda sodir etgan deb topish toʻgʻrisida, shuningdek bu shaxsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoki qoʻllamaslik toʻgʻrisida; |
2) ishi koʻrilayotgan shaxs qilgan deb hisoblanayotgan jinoyat hodisasi yoki ijtimoiy xavfli qilmish yoʻqligi sababli ishni tugatish toʻgʻrisida; | 2) ishi koʻrilayotgan shaxs qilgan deb hisoblanayotgan jinoyat hodisasi yoki ijtimoiy xavfli qilmish yoʻqligi sababli ishni tugatish toʻgʻrisida; |
3) shaxsning daxldor emasligi tufayli tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish haqida va ushbu shaxsni aniqlash hamda uni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish choralarini koʻrish uchun ishni prokurorga yuborish toʻgʻrisida; | 3) shaxsning daxldor emasligi tufayli tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish haqida va ushbu shaxsni aniqlash hamda uni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish choralarini koʻrish uchun ishni prokurorga yuborish toʻgʻrisida; |
4) tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni yuritishni tugatish va mazkur shaxsga nisbatan ish boʻyicha ushbu Kodeksning 579-moddasiga asosan sud ishi yurituvini qoʻzgʻatish haqida. | 4) tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni yuritishni tugatish va mazkur shaxsga nisbatan ish boʻyicha ushbu Kodeksning 579-moddasiga asosan sud ishi yurituvini qoʻzgʻatish haqida. |
Keyinchalik ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs sodir etgan jinoyat yoki aqli norasolik holatida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish tufayli mulkiy ziyon yetkazilgan boʻlsa, ziyonning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi masala fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida hal etiladi. | Keyinchalik ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs sodir etgan jinoyat yoki aqli norasolik holatida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish tufayli mulkiy ziyon yetkazilgan boʻlsa, ziyonning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi masala fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida hal etiladi. |
Ruhiy holati buzilgan va umumiy asosda davolanishga muhtoj boʻlgan shaxsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni yuritish tugatilgan taqdirda, sud bu haqda shaxsning turar joyidagi sogʻliqni saqlash organiga darhol xabar qiladi. | Ruhiy holati buzilgan va umumiy asosda davolanishga muhtoj boʻlgan shaxsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni yuritish tugatilgan taqdirda, sud bu haqda shaxsning turar joyidagi sogʻliqni saqlash organiga darhol xabar qiladi. |
578-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini tugatish yoki oʻzgartirish | 578-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini tugatish yoki oʻzgartirish |
Oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxs sogʻaygan taqdirda yoxud ruhiy holati buzilgan shaxs sogʻligʻining holati u sud tomonidan dastlab belgilangan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralaridan boshqa xildagi tibbiy choraga muhtoj boʻladigan yoxud bunday xildagi choralarga muhtoj boʻlmaydigan tarzda oʻzgargan taqdirda, sud tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini tugatadi yoki oʻzgartiradi. | Oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxs sogʻaygan taqdirda yoxud ruhiy holati buzilgan shaxs sogʻligʻining holati u sud tomonidan dastlab belgilangan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralaridan boshqa xildagi tibbiy choraga muhtoj boʻladigan yoxud bunday xildagi choralarga muhtoj boʻlmaydigan tarzda oʻzgargan taqdirda, sud tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini tugatadi yoki oʻzgartiradi. |
579-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni yuritishni tiklash | 579-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishni yuritishni tiklash |
Jinoyat sodir etganligi va buning oqibatida ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelganligi tufayli oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxs sogʻaygan taqdirda, sud ish yuritishni shaxsning ruhiy holati buzilgan bosqichdan boshlab umumiy tartibda tiklash toʻgʻrisidagi masalani hal qilishi kerak. | Jinoyat sodir etganligi va buning oqibatida ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelganligi tufayli oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxs sogʻaygan taqdirda, sud ish yuritishni shaxsning ruhiy holati buzilgan bosqichdan boshlab umumiy tartibda tiklash toʻgʻrisidagi masalani hal qilishi kerak. |
580-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini uzaytirish, oʻzgartirish yoki tugatish va ish yuritishni umumiy tartibda tiklash | 580-modda. Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini uzaytirish, oʻzgartirish yoki tugatish va ish yuritishni umumiy tartibda tiklash |
Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini uzaytirish, oʻzgartirish yoki tugatish va ish yuritishni umumiy tartibda tiklash toʻgʻrisidagi masalalarni sud tomonidan koʻrib chiqishga quyidagilar sabab boʻladi. | Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini uzaytirish, oʻzgartirish yoki tugatish va ish yuritishni umumiy tartibda tiklash toʻgʻrisidagi masalalarni sud tomonidan koʻrib chiqishga quyidagilar sabab boʻladi. |
1) majburlov chorasi tayinlangan shaxs saqlanayotgan tibbiy muassasa maʼmuriyatining shifokorlar komissiyasi bergan xulosaga asoslangan iltimosnomasi; | 1) majburlov chorasi tayinlangan shaxs saqlanayotgan tibbiy muassasa maʼmuriyatining shifokorlar komissiyasi bergan xulosaga asoslangan iltimosnomasi; |
2) prokurorning shifokorlar komissiyasi bergan xulosaga asoslangan taqdimnomasi; | 2) prokurorning shifokorlar komissiyasi bergan xulosaga asoslangan taqdimnomasi; |
3) mazkur shaxsning himoyachisi, yaqin qarindoshlari, qonuniy vakillari yoki boshqa manfaatdor fuqarolarning, shuningdek jamoat birlashmalari va jamoalarning iltimosnomasi. | 3) mazkur shaxsning himoyachisi, yaqin qarindoshlari, qonuniy vakillari yoki boshqa manfaatdor fuqarolarning, shuningdek jamoat birlashmalari va jamoalarning iltimosnomasi. |
Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi tayinlangan, ruhiy holati buzilgan shaxslarni shifokorlar komissiyalari yoki tibbiy-maslahat komissiyalari tomonidan tekshiruvdan oʻtkazish olti oyda kamida bir marta amalga oshiriladi. | Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi tayinlangan, ruhiy holati buzilgan shaxslarni shifokorlar komissiyalari yoki tibbiy-maslahat komissiyalari tomonidan tekshiruvdan oʻtkazish olti oyda kamida bir marta amalga oshiriladi. |
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini uzaytirish, oʻzgartirish yoki tugatish, shuningdek ish yuritishni umumiy tartibda tiklash masalalarini tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisida ajrim chiqargan sud yoki ushbu chora qoʻllanayotgan joydagi sud koʻrib chiqadi. | Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini uzaytirish, oʻzgartirish yoki tugatish, shuningdek ish yuritishni umumiy tartibda tiklash masalalarini tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisida ajrim chiqargan sud yoki ushbu chora qoʻllanayotgan joydagi sud koʻrib chiqadi. |
Ish sudda koʻrishga tayinlangani toʻgʻrisida sud taraflarga, shuningdek iltimosnoma bilan murojaat qilgan tibbiy muassasa maʼmuriyatiga, shaxslarga, jamoat birlashmalari va jamoalar rahbarlariga xabar qiladi. | Ish sudda koʻrishga tayinlangani toʻgʻrisida sud taraflarga, shuningdek iltimosnoma bilan murojaat qilgan tibbiy muassasa maʼmuriyatiga, shaxslarga, jamoat birlashmalari va jamoalar rahbarlariga xabar qiladi. |
Sud majlisida prokuror va himoyachining ishtirok etishi shart. | Sud majlisida prokuror va himoyachining ishtirok etishi shart. |
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda sudya ishni sudda koʻrishga tayinlashdan oldin tegishli tibbiy muassasadan shu shaxsning sogʻligʻi toʻgʻrisida shifokorlar komissiyasining xulosasini talab qilib oladi. | Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda sudya ishni sudda koʻrishga tayinlashdan oldin tegishli tibbiy muassasadan shu shaxsning sogʻligʻi toʻgʻrisida shifokorlar komissiyasining xulosasini talab qilib oladi. |
Shifokorlar komissiyasining iltimosnomaga qoʻshib berilgan yoki talab qilib olingan xulosasi sudda shubha tugʻdirsa, sud sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlashi, qoʻshimcha hujjatlar talab qilishi, iltimosnoma kim haqida berilgan boʻlsa, shu shaxsni, jabrlanuvchini, guvohlarni soʻroq qilishi va boshqa zaruriy harakatlarni oʻtkazishi mumkin. | Shifokorlar komissiyasining iltimosnomaga qoʻshib berilgan yoki talab qilib olingan xulosasi sudda shubha tugʻdirsa, sud sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlashi, qoʻshimcha hujjatlar talab qilishi, iltimosnoma kim haqida berilgan boʻlsa, shu shaxsni, jabrlanuvchini, guvohlarni soʻroq qilishi va boshqa zaruriy harakatlarni oʻtkazishi mumkin. |
Sud majlisida dalillarni tekshirish ushbu Kodeksning 439 — 448-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq oʻtkaziladi. | Sud majlisida dalillarni tekshirish ushbu Kodeksning 439 — 448-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq oʻtkaziladi. |
Dalillarni tekshirish nihoyasiga yetgach, sud tomonlarning muzokarasini eshitadi, bu muzokara prokuror va himoyachi nutqidan iborat boʻladi. | Dalillarni tekshirish nihoyasiga yetgach, sud tomonlarning muzokarasini eshitadi, bu muzokara prokuror va himoyachi nutqidan iborat boʻladi. |
Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini uzaytirish, oʻzgartirish yoki tugatish haqida, shuningdek uni uzaytirishni, oʻzgartirishni yoki tugatishni rad etish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi, bu ajrim sud majlisida oʻqib eshittiriladi. | Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini uzaytirish, oʻzgartirish yoki tugatish haqida, shuningdek uni uzaytirishni, oʻzgartirishni yoki tugatishni rad etish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi, bu ajrim sud majlisida oʻqib eshittiriladi. |
581-modda. Sudning ajrimi ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish | 581-modda. Sudning ajrimi ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish |
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash haqidagi ishni yuritishni toʻxtatish va tugatish, ushbu choralarni qoʻllash, ularni bekor qilish yoki oʻzgartirish, ishni yuritishni umumiy tartibda tiklash, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini bekor qilish yoki oʻzgartirishni rad etish toʻgʻrisidagi hamda ish yuritishni umumiy tartibda tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan oʻziga nisbatan sud ajrimi chiqarilgan shaxs, uning himoyachisi, jabrlanuvchi va uning vakili xususiy shikoyat berish, prokuror esa xususiy protest bildirish huquqiga ega. | Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash haqidagi ishni yuritishni toʻxtatish va tugatish, ushbu choralarni qoʻllash, ularni bekor qilish yoki oʻzgartirish, ishni yuritishni umumiy tartibda tiklash, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini bekor qilish yoki oʻzgartirishni rad etish toʻgʻrisidagi hamda ish yuritishni umumiy tartibda tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan oʻziga nisbatan sud ajrimi chiqarilgan shaxs, uning himoyachisi, jabrlanuvchi va uning vakili xususiy shikoyat berish, prokuror esa xususiy protest bildirish huquqiga ega. |
Fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi masala boʻyicha sud ajrimining fuqaroviy daʼvoga tegishli qismi ustidan xususiy shikoyat berishga haqli. | Fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi masala boʻyicha sud ajrimining fuqaroviy daʼvoga tegishli qismi ustidan xususiy shikoyat berishga haqli. |
Ushbu moddada nazarda tutilgan ajrimlar ustidan berilgan xususiy shikoyatni, protestni apellyatsiya instansiya sudi ushbu Kodeksning 552-bobida belgilangan qoidalarga rioya etgan holda koʻrib chiqadi. | Ushbu moddada nazarda tutilgan ajrimlar ustidan berilgan xususiy shikoyatni, protestni apellyatsiya instansiya sudi ushbu Kodeksning 552-bobida belgilangan qoidalarga rioya etgan holda koʻrib chiqadi. |
62-bob. YARASHUV TOʻGʻRISIDAGI ISHLAR BOʻYICHA ISH YURITISH | 62-bob. YARASHUV TOʻGʻRISIDAGI ISHLAR BOʻYICHA ISH YURITISH |
582-modda. Yarashilganligi munosabati bilan koʻrib chiqiladigan jinoyat ishlari | 582-modda. Yarashilganligi munosabati bilan koʻrib chiqiladigan jinoyat ishlari |
Yarashilganligi munosabati bilan Jinoyat kodeksining 661-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilishi mumkin. | Yarashilganligi munosabati bilan Jinoyat kodeksining 661-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilishi mumkin. |
583-modda. Yarashuv toʻgʻrisidagi ariza | 583-modda. Yarashuv toʻgʻrisidagi ariza |
Yarashuv toʻgʻrisidagi ariza jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar) yoxud uning qonuniy vakili tomonidan surishtiruv va dastlabki tergovning, shuningdek sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud maslahatxonaga kirishidan oldin berilishi mumkin. | Yarashuv toʻgʻrisidagi ariza jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar) yoxud uning qonuniy vakili tomonidan surishtiruv va dastlabki tergovning, shuningdek sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishidan oldin berilishi mumkin, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlar yuzasidan yarashuv toʻgʻrisidagi ariza sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishidan oldin berilishi mumkin. |
Arizada yetkazilgan ziyon bartaraf etilgani, shuningdek yarashilganligi munosabati bilan jinoyat ishi boʻyicha ish yuritilishini tugatish toʻgʻrisidagi iltimos koʻrsatilgan boʻlishi shart. | Arizada yetkazilgan ziyon bartaraf etilgani, shuningdek yarashilganligi munosabati bilan jinoyat ishi boʻyicha ish yuritilishini tugatish toʻgʻrisidagi iltimos koʻrsatilgan boʻlishi shart. |
Agar yarashuv toʻgʻrisidagi ariza ish birinchi instansiya sudida sud muhokamasidan oʻtkazilayotganda berilgan boʻlsa, sud uni darhol koʻrib chiqishga kirishadi. | Agar yarashuv toʻgʻrisidagi ariza ish birinchi instansiya sudida sud muhokamasidan oʻtkazilayotganda berilgan boʻlsa, sud uni darhol koʻrib chiqishga kirishadi. |
Agar ish boʻyicha bir necha jabrlanuvchi boʻlsa, faqat barcha jabrlanuvchilar bilan yarashuvga erishilgan taqdirda, yarashuv toʻgʻrisidagi ishni yuritish mumkin. | Agar ish boʻyicha bir necha jabrlanuvchi boʻlsa, faqat barcha jabrlanuvchilar bilan yarashuvga erishilgan taqdirda, yarashuv toʻgʻrisidagi ishni yuritish mumkin. |
Arizani qabul qilish paytida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga sud yarashuvni tasdiqlasa, u mazkur ish boʻyicha ish yuritishni qayta tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma berish huquqini yoʻqotishini tushuntirishi shart. | Arizani qabul qilish paytida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga sud yarashuvni tasdiqlasa, u mazkur ish boʻyicha ish yuritishni qayta tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma berish huquqini yoʻqotishini tushuntirishi shart. |
584-modda. Jinoyat ishini sudga yuborish tartibi | 584-modda. Jinoyat ishini sudga yuborish tartibi |
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) yoki uning qonuniy vakilining yarashuv toʻgʻrisidagi arizasini olgach, yetti sutkadan ortiq boʻlmagan muddatda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining roziligi bilan ishni sudga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqaradi. | Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) yoki uning qonuniy vakilining yarashuv toʻgʻrisidagi arizasini olgach, yetti sutkadan ortiq boʻlmagan muddatda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining roziligi bilan ishni sudga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqaradi. |
Qarorning tavsif qismida quyidagilar koʻrsatiladi: jinoyat ishi qoʻzgʻatilishining asoslari, ishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ular ayblanayotgan qilmishlar va ularga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot choralari, shuningdek yarashuv toʻgʻrisidagi arizaning mazmuni hamda gumon qilinuvchi, ayblanuvchining arizaga munosabati. | Qarorning tavsif qismida quyidagilar koʻrsatiladi: jinoyat ishi qoʻzgʻatilishining asoslari, ishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ular ayblanayotgan qilmishlar va ularga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot choralari, shuningdek yarashuv toʻgʻrisidagi arizaning mazmuni hamda gumon qilinuvchi, ayblanuvchining arizaga munosabati. |
Qarorning qaror qismida: | Qarorning qaror qismida: |
1) ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi; | 1) ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi; |
2) ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi, shuningdek fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralari toʻgʻrisidagi; | 2) ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi, shuningdek fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralari toʻgʻrisidagi; |
3) ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi qaror koʻrsatiladi. | 3) ashyoviy, yozma va raqamli dalillar toʻgʻrisidagi qaror koʻrsatiladi. |
Agar ish boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun bir necha shaxs jalb qilingan boʻlib, barchasi bilan ham yarashuvga erishilgan boʻlmasa, yarashuvga erishilmagan gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga taalluqli materiallar ajratiladi va ular boʻyicha ish yuritish umumiy qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi, bu haqda qarorda koʻrsatiladi. | Agar ish boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun bir necha shaxs jalb qilingan boʻlib, barchasi bilan ham yarashuvga erishilgan boʻlmasa, yarashuvga erishilmagan gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga taalluqli materiallar ajratiladi va ular boʻyicha ish yuritish umumiy qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi, bu haqda qarorda koʻrsatiladi. |
Ish qaror chiqarilganidan keyin uch sutka ichida prokurorning roziligi bilan sudga yuboriladi. | Ish qaror chiqarilganidan keyin uch sutka ichida prokurorning roziligi bilan sudga yuboriladi. |
585-modda. Sud muhokamasi | 585-modda. Sud muhokamasi |
Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasi jinoyat ishi sudga kelgan paytdan eʼtiboran oʻn sutkadan kechiktirmay oʻtkaziladi. | Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasi jinoyat ishi sudga kelgan paytdan eʼtiboran oʻn sutkadan kechiktirmay oʻtkaziladi. |
Sud majlisida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), ularning qonuniy vakillari, himoyachilari, prokuror ishtirok etadi. | Sud majlisida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), ularning qonuniy vakillari, himoyachilari, prokuror ishtirok etadi. |
Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasi jabrlanuvchining yarashuv toʻgʻrisidagi arizasini oʻqib eshittirish bilan boshlanadi. | Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasi jabrlanuvchining yarashuv toʻgʻrisidagi arizasini oʻqib eshittirish bilan boshlanadi. |
Sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) sodir etilgan jinoyat holatlari toʻgʻrisidagi soʻzlarini eshitadi. | Sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) sodir etilgan jinoyat holatlari toʻgʻrisidagi soʻzlarini eshitadi. |
Sud: | Sud: |
yarashuvning ixtiyoriyligi va uning sabablarini; | yarashuvning ixtiyoriyligi va uning sabablarini; |
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi oʻz aybiga ixtiyoriy iqror boʻlganligini; | gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi oʻz aybiga ixtiyoriy iqror boʻlganligini; |
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi oʻzi sodir etgan qilmishning oqibatlarini anglaganligini va yetkazilgan zararni bartaraf etish choralarini koʻrgan-koʻrmaganligini; | gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi oʻzi sodir etgan qilmishning oqibatlarini anglaganligini va yetkazilgan zararni bartaraf etish choralarini koʻrgan-koʻrmaganligini; |
jabrlanuvchiga (fuqaroviy daʼvogarga) yoki gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchiga biron bir tazyiq boʻlgan-boʻlmaganligini; | jabrlanuvchiga (fuqaroviy daʼvogarga) yoki gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchiga biron bir tazyiq boʻlgan-boʻlmaganligini; |
yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq masalalarni; | yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq masalalarni; |
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qonuniy vakillari yarashuvga roziliklarini aniqlaydi. | gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ularning qonuniy vakillari yarashuvga roziliklarini aniqlaydi. |
Shundan soʻng sud himoyachi va prokurorning fikrini eshitadi. | Shundan soʻng sud himoyachi va prokurorning fikrini eshitadi. |
Agar sud majlisi davomida yarashuv, aybga iqror boʻlish ixtiyoriy emasligi, zararni qoplashdan bosh tortish, shuningdek sodir etilgan qilmishda ogʻirroq jinoyat tarkibi belgilari mavjudligi aniqlangudek boʻlsa, sud umumiy qoidalar boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilishi uchun ishni prokurorga yuborish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. | Agar sud majlisi davomida yarashuv, aybga iqror boʻlish ixtiyoriy emasligi, zararni qoplashdan bosh tortish, shuningdek sodir etilgan qilmishda ogʻirroq jinoyat tarkibi belgilari mavjudligi aniqlangudek boʻlsa, sud umumiy qoidalar boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilishi uchun ishni prokurorga yuborish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. |
Sud muhokamasining natijalari boʻyicha sud qonunda belgilangan tartibda ajrim chiqaradi. | Sud muhokamasining natijalari boʻyicha sud qonunda belgilangan tartibda ajrim chiqaradi. |
Sud majlisi vaqtida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga binoan bayonnoma yuritiladi. | Sud majlisi vaqtida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga binoan bayonnoma yuritiladi. |
586-modda. Sud ajrimi | 586-modda. Sud ajrimi |
Sudning ajrimi quyidagi qoidalar boʻyicha tuziladi. | Sudning ajrimi quyidagi qoidalar boʻyicha tuziladi. |
Sud ajrimining kirish qismida: | Sud ajrimining kirish qismida: |
1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy; | 1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy; |
2) ajrim chiqargan sudning nomi, sudyaning, sud majlisi kotibining, taraflarning, tarjimonning ismi, otasining ismi va familiyasi; | 2) ajrim chiqargan sudning nomi, sudyaning, sud majlisi kotibining, taraflarning, tarjimonning ismi, otasining ismi va familiyasi; |
3) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ishlash joyi, mashgʻuloti, maʼlumoti va ish uchun ahamiyatga molik boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi. | 3) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ishlash joyi, mashgʻuloti, maʼlumoti va ish uchun ahamiyatga molik boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi. |
Sud ajrimining tavsif qismida yarashuv uchun asos boʻlgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 585-moddasida sanab oʻtilgan masalalarga javoblar ifodalanadi. | Sud ajrimining tavsif qismida yarashuv uchun asos boʻlgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 585-moddasida sanab oʻtilgan masalalarga javoblar ifodalanadi. |
Ajrimning qaror qismida sud quyidagi masalalarni hal etadi: | Ajrimning qaror qismida sud quyidagi masalalarni hal etadi: |
1) jinoyat ishini taraflarning yarashganligi munosabati bilan yoki ushbu Kodeksning 83 va 84-moddalarida belgilangan boshqa asoslar boʻyicha tugatish yoxud uni umumiy qoidalar boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni amalga oshirish uchun prokurorga yuborish toʻgʻrisidagi; | 1) jinoyat ishini taraflarning yarashganligi munosabati bilan yoki ushbu Kodeksning 83 va 84-moddalarida belgilangan boshqa asoslar boʻyicha tugatish yoxud uni umumiy qoidalar boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni amalga oshirish uchun prokurorga yuborish toʻgʻrisidagi; |
2) ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi; | 2) ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi; |
3) ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi; | 3) ashyoviy, yozma va raqamli dalillar toʻgʻrisidagi; |
4) zararni qoplash toʻgʻrisidagi. | 4) zararni qoplash toʻgʻrisidagi. |
Sudning ajrimiga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), ularning qonuniy vakillari, himoyachi tomonidan xususiy shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan xususiy protest keltirilishi mumkin. | Sudning ajrimiga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), ularning qonuniy vakillari, himoyachi tomonidan xususiy shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan xususiy protest keltirilishi mumkin. |
621-bob. AYBGA IQRORLIK TOʻGʻRISIDAGI KELISHUV | 621-bob. AYBGA IQRORLIK TOʻGʻRISIDAGI KELISHUV |
5861-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv va uni tuzish shartlari | 5861-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv va uni tuzish shartlari |
Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv jinoyat ishini yuritishni oʻziga nisbatan qoʻyilgan gumonga, ayblovga rozi boʻlgan, jinoyatning ochilishiga faol koʻmaklashgan va keltirilgan zararni bartaraf etgan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining iltimosnomasiga asosan nazorat qiluvchi prokuror bilan ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan, uncha ogʻir boʻlmagan va ogʻir jinoyatlar boʻyicha tuziladigan kelishuvdir. | Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv jinoyat ishini yuritishni oʻziga nisbatan qoʻyilgan gumonga, ayblovga rozi boʻlgan, jinoyatning ochilishiga faol koʻmaklashgan va keltirilgan zararni bartaraf etgan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining iltimosnomasiga asosan nazorat qiluvchi prokuror bilan ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan, uncha ogʻir boʻlmagan va ogʻir jinoyatlar boʻyicha tuziladigan kelishuvdir. |
Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv quyidagi shartlar mavjud boʻlgan taqdirda tuziladi: | Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv quyidagi shartlar mavjud boʻlgan taqdirda tuziladi: |
1) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi oʻz harakatlarining mohiyatini, shuningdek oʻzi bergan iltimosnomaning oqibatini anglab yetgan boʻlsa; | 1) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi oʻz harakatlarining mohiyatini, shuningdek oʻzi bergan iltimosnomaning oqibatini anglab yetgan boʻlsa; |
2) iltimosnoma ixtiyoriy ravishda va ishda ishtirok etayotgan himoyachi bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan keyin berilgan boʻlsa; | 2) iltimosnoma ixtiyoriy ravishda va ishda ishtirok etayotgan himoyachi bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan keyin berilgan boʻlsa; |
3) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi surishtiruv yoki tergov organi tomonidan qoʻyilgan gumonni yoxud ayblovni, ish boʻyicha mavjud boʻlgan dalillarni, shuningdek yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini inkor etmasa hamda uni bartaraf etgan boʻlsa. | 3) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi surishtiruv yoki tergov organi tomonidan qoʻyilgan gumonni yoxud ayblovni, ish boʻyicha mavjud boʻlgan dalillarni, shuningdek yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini inkor etmasa hamda uni bartaraf etgan boʻlsa. |
Aybiga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv quyidagi hollarda tuzilishi mumkin emas, agar: | Aybiga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv quyidagi hollarda tuzilishi mumkin emas, agar: |
1) ushbu Kodeksning 61-bobida belgilangan tartibda tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash uchun asoslar mavjud boʻlsa; | 1) ushbu Kodeksning 61-bobida belgilangan tartibda tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash uchun asoslar mavjud boʻlsa; |
2) shaxs tomonidan bir nechta jinoyat sodir etilgan boʻlib, ulardan loaqal bittasi ushbu moddada belgilangan talablarga toʻgʻri kelmasa. | 2) shaxs tomonidan bir nechta jinoyat sodir etilgan boʻlib, ulardan loaqal bittasi ushbu moddada belgilangan talablarga toʻgʻri kelmasa. |
5862-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma va uni berish tartibi | 5862-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma va uni berish tartibi |
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani surishtiruvning va dastlabki tergovning istalgan bosqichida berishi mumkin. | Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani surishtiruvning va dastlabki tergovning istalgan bosqichida berishi mumkin. |
Kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi va, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, qonuniy vakili tomonidan imzolangan boʻlishi lozim. | Kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi va, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, qonuniy vakili tomonidan imzolangan boʻlishi lozim. |
Iltimosnomada gumon qilinuvchi, ayblanuvchi surishtiruv va dastlabki tergovda qoʻyilgan gumonni yoki ayblovni tan olishi, dalillarni inkor qilmasligi, jinoyatni tergov qilishga koʻmaklashishi, jinoyat natijasida olingan mol-mulkning topilishi uchun qaysi harakatlarni amalga oshirish shartligini, jinoyatga aloqador boshqa axborotni taqdim etishga doir majburiyatlarini hamda jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar bartaraf etilganligini koʻrsatadi. | Iltimosnomada gumon qilinuvchi, ayblanuvchi surishtiruv va dastlabki tergovda qoʻyilgan gumonni yoki ayblovni tan olishi, dalillarni inkor qilmasligi, jinoyatni tergov qilishga koʻmaklashishi, jinoyat natijasida olingan mol-mulkning topilishi uchun qaysi harakatlarni amalga oshirish shartligini, jinoyatga aloqador boshqa axborotni taqdim etishga doir majburiyatlarini hamda jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar bartaraf etilganligini koʻrsatadi. |
Kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomada gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan bajariladigan va jinoyatni fosh etish uchun koʻmaklashadigan muayyan harakatlar ham koʻrsatilishi mumkin. | Kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomada gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan bajariladigan va jinoyatni fosh etish uchun koʻmaklashadigan muayyan harakatlar ham koʻrsatilishi mumkin. |
5863-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomaning prokuror tomonidan koʻrib chiqilishi | 5863-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomaning prokuror tomonidan koʻrib chiqilishi |
Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchiga, tergovchiga taqdim etiladi. | Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchiga, tergovchiga taqdim etiladi. |
Surishtiruvchi, tergovchi aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish toʻgʻrisidagi iltimosnomani olgan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soat ichida jinoyat ishi materiallarini kelishuv tuzish masalasini hal qilish uchun prokurorga yuboradi. | Surishtiruvchi, tergovchi aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish toʻgʻrisidagi iltimosnomani olgan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soat ichida jinoyat ishi materiallarini kelishuv tuzish masalasini hal qilish uchun prokurorga yuboradi. |
Prokuror kelishuv tuzish toʻgʻrisidagi iltimosnomani u kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida surishtiruvchi yoki tergovchi hamda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi ishtirokida koʻrib chiqadi va ushbu Kodeksning 5861-moddasida koʻrsatilgan talablarga rioya etilganligini tekshiradi. Zarur hollarda, prokuror jabrlanuvchini yoki fuqaroviy daʼvogarni ham kelishuv tuzish masalasini koʻrib chiqish uchun jalb qiladi. | Prokuror kelishuv tuzish toʻgʻrisidagi iltimosnomani u kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida surishtiruvchi yoki tergovchi hamda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi ishtirokida koʻrib chiqadi va ushbu Kodeksning 5861-moddasida koʻrsatilgan talablarga rioya etilganligini tekshiradi. Zarur hollarda, prokuror jabrlanuvchini yoki fuqaroviy daʼvogarni ham kelishuv tuzish masalasini koʻrib chiqish uchun jalb qiladi. |
Prokuror kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqayotganda: | Prokuror kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqayotganda: |
1) jinoyat ishi materiallarini va taqdim qilingan yoki talab qilib olingan qoʻshimcha materiallarni oʻrganadi, kelishuv tuzishning asoslarini tekshiradi, shuningdek gumon qilinuvchining, ayblanuvchining kelishuv predmeti boʻlgan harakatlarni amalga oshirish imkoniyatlarini baholaydi; | 1) jinoyat ishi materiallarini va taqdim qilingan yoki talab qilib olingan qoʻshimcha materiallarni oʻrganadi, kelishuv tuzishning asoslarini tekshiradi, shuningdek gumon qilinuvchining, ayblanuvchining kelishuv predmeti boʻlgan harakatlarni amalga oshirish imkoniyatlarini baholaydi; |
2) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvning barcha shartlari bilan tanishgan-tanishmaganligini, iltimosnomani ixtiyoriy ravishda va oʻz xohishi bilan, shuningdek himoyachi bilan muhokama qilganidan keyin bergan-bermaganligini, unga nisbatan biron-bir tazyiq yoki majburlov oʻtkazilgan-oʻtkazilmaganligini, tuzilayotgan kelishuvning mohiyatini tushungan-tushunmaganligini aniqlaydi. | 2) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvning barcha shartlari bilan tanishgan-tanishmaganligini, iltimosnomani ixtiyoriy ravishda va oʻz xohishi bilan, shuningdek himoyachi bilan muhokama qilganidan keyin bergan-bermaganligini, unga nisbatan biron-bir tazyiq yoki majburlov oʻtkazilgan-oʻtkazilmaganligini, tuzilayotgan kelishuvning mohiyatini tushungan-tushunmaganligini aniqlaydi. |
Shundan keyin prokuror, agar kelishuvga asosan hukm chiqarilib, jazo tayinlanganidan keyin gumon qilinuvchining, ayblanuvchining bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganligi yoki tergovdan biron-bir muhim va ish uchun ahamiyatli boʻlgan maʼlumotlarni qasddan yashirganligi, kelishuvda nazarda tutilgan shartlar va majburiyatlarni bajarmaganligi aniqlansa, hukm qayta koʻrib chiqilishi mumkinligini aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqida iltimosnoma bergan gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga tushuntiradi. | Shundan keyin prokuror, agar kelishuvga asosan hukm chiqarilib, jazo tayinlanganidan keyin gumon qilinuvchining, ayblanuvchining bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganligi yoki tergovdan biron-bir muhim va ish uchun ahamiyatli boʻlgan maʼlumotlarni qasddan yashirganligi, kelishuvda nazarda tutilgan shartlar va majburiyatlarni bajarmaganligi aniqlansa, hukm qayta koʻrib chiqilishi mumkinligini aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqida iltimosnoma bergan gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga tushuntiradi. |
5864-modda. Prokurorning aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi qarori | 5864-modda. Prokurorning aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi qarori |
Prokuror aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: | Prokuror aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: |
1) aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqida; | 1) aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqida; |
2) aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani rad qilish toʻgʻrisida. | 2) aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani rad qilish toʻgʻrisida. |
Prokuror tomonidan aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomaning rad qilinishi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va uning himoyachisini ushbu masala yuzasidan takroran iltimosnoma berish huquqidan mahrum etmaydi. | Prokuror tomonidan aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomaning rad qilinishi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va uning himoyachisini ushbu masala yuzasidan takroran iltimosnoma berish huquqidan mahrum etmaydi. |
5865-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvning mazmuni | 5865-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvning mazmuni |
Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: | Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: |
kelishuv tuzilgan sana va joy; | kelishuv tuzilgan sana va joy; |
kelishuv tuzayotgan prokuror toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; | kelishuv tuzayotgan prokuror toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; |
kelishuv tuzayotgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, boshqa maʼlumotlari, himoyachi haqidagi maʼlumotlar; | kelishuv tuzayotgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, boshqa maʼlumotlari, himoyachi haqidagi maʼlumotlar; |
jinoyat sodir etilgan joy va vaqtning, shuningdek isbotlanishi lozim boʻlgan boshqa holatlarning tavsifi; | jinoyat sodir etilgan joy va vaqtning, shuningdek isbotlanishi lozim boʻlgan boshqa holatlarning tavsifi; |
Jinoyat kodeksining mazkur jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi, qismi, bandi; | Jinoyat kodeksining mazkur jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi, qismi, bandi; |
gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga qoʻllanilishi mumkin boʻlgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar, aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan jinoyatlar boʻyicha jazo tayinlash tartibi; | gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga qoʻllanilishi mumkin boʻlgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar, aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan jinoyatlar boʻyicha jazo tayinlash tartibi; |
sodir etilgan jinoyatni fosh etish, jinoyat ishi boʻyicha dalillarni taqdim etish, jinoiy yoʻl bilan orttirilgan mol-mulkni aniqlash boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi kelishuv imzolanganidan keyin bajarishni oʻz zimmasiga oladigan harakatlar; | sodir etilgan jinoyatni fosh etish, jinoyat ishi boʻyicha dalillarni taqdim etish, jinoiy yoʻl bilan orttirilgan mol-mulkni aniqlash boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi kelishuv imzolanganidan keyin bajarishni oʻz zimmasiga oladigan harakatlar; |
yetkazilgan zararning miqdori va uning oʻrni qoplanishi; | yetkazilgan zararning miqdori va uning oʻrni qoplanishi; |
ushbu Kodeks 5863-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan shartlarni bajarmaganlik oqibatlari. | ushbu Kodeks 5863-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan shartlarni bajarmaganlik oqibatlari. |
Agar ish boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida bir necha shaxs jalb etilgan boʻlsa, aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv har bir gumon qilinuvchi, ayblanuvchi bilan alohida-alohida tuziladi. | Agar ish boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida bir necha shaxs jalb etilgan boʻlsa, aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv har bir gumon qilinuvchi, ayblanuvchi bilan alohida-alohida tuziladi. |
Kelishuv prokuror, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi tomonidan imzolanadi. Kelishuv imzolanguniga qadar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi kelishuv tuzish masalasini va uning oqibatlarini himoyachi bilan xoli qolib va maxfiy holda muhokama qilish huquqiga ega. | Kelishuv prokuror, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi tomonidan imzolanadi. Kelishuv imzolanguniga qadar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi kelishuv tuzish masalasini va uning oqibatlarini himoyachi bilan xoli qolib va maxfiy holda muhokama qilish huquqiga ega. |
5866-modda. Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilganidan keyingi harakatlari | 5866-modda. Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilganidan keyingi harakatlari |
Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv imzolanganidan keyin ish boʻyicha tergov va boshqa protsessual harakatlar oʻtkazish zarurati mavjud boʻlmagan taqdirda prokuror ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlab, ishni zudlik bilan sudga yuboradi. | Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv imzolanganidan keyin ish boʻyicha tergov va boshqa protsessual harakatlar oʻtkazish zarurati mavjud boʻlmagan taqdirda prokuror ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlab, ishni zudlik bilan sudga yuboradi. |
Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv imzolanganidan keyin tergov va boshqa protsessual harakatlar oʻtkazish zarurati mavjud boʻlgan taqdirda, prokuror ishni surishtiruv yoki tergov organiga yuboradi. | Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv imzolanganidan keyin tergov va boshqa protsessual harakatlar oʻtkazish zarurati mavjud boʻlgan taqdirda, prokuror ishni surishtiruv yoki tergov organiga yuboradi. |
Surishtiruvchi, tergovchi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining aybini tasdiqlash uchun yetarli hajmda dalillarni toʻplaydi. | Surishtiruvchi, tergovchi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining aybini tasdiqlash uchun yetarli hajmda dalillarni toʻplaydi. |
Agar ishni sudga qadar yuritish jarayonida jinoyatning aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvda nazarda tutilmagan boshqa holatlari aniqlansa, kelishuv oʻz kuchini yoʻqotadi. | Agar ishni sudga qadar yuritish jarayonida jinoyatning aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvda nazarda tutilmagan boshqa holatlari aniqlansa, kelishuv oʻz kuchini yoʻqotadi. |
Bunda aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzishni istisno etadigan holatlar aniqlangan taqdirda, jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish umumiy tartibda olib boriladi. | Bunda aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzishni istisno etadigan holatlar aniqlangan taqdirda, jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish umumiy tartibda olib boriladi. |
Agar aniqlangan holatlar aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzishni istisno etmasa, kelishuv ushbu Kodeksning 5862 — 5864-moddalarida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda qayta koʻrib chiqilishi mumkin. | Agar aniqlangan holatlar aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzishni istisno etmasa, kelishuv ushbu Kodeksning 5862 — 5864-moddalarida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda qayta koʻrib chiqilishi mumkin. |
Gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining aybini tasdiqlash uchun dalillar toʻplanganidan keyin surishtiruvchi, tergovchi ishni prokurorga taqdim etadi. Prokuror jinoyat ishi materiallarini besh sutka ichida koʻrib chiqib, ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlab, ishni aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv bilan birga sudga yuboradi. | Gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining aybini tasdiqlash uchun dalillar toʻplanganidan keyin surishtiruvchi, tergovchi ishni prokurorga taqdim etadi. Prokuror jinoyat ishi materiallarini besh sutka ichida koʻrib chiqib, ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlab, ishni aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv bilan birga sudga yuboradi. |
Agar ish boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun bir necha shaxs jalb qilingan boʻlsa va ularning barchasi bilan ham aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilmagan boʻlsa, oʻzi bilan kelishuv tuzilmagan gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga taalluqli materiallar ajratiladi va ular boʻyicha ish yuritish umumiy qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi, bu haqda kelishuvda koʻrsatiladi. | Agar ish boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun bir necha shaxs jalb qilingan boʻlsa va ularning barchasi bilan ham aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilmagan boʻlsa, oʻzi bilan kelishuv tuzilmagan gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga taalluqli materiallar ajratiladi va ular boʻyicha ish yuritish umumiy qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi, bu haqda kelishuvda koʻrsatiladi. |
5867-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvni sud tomonidan koʻrib chiqish tartibi | 5867-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvni sud tomonidan koʻrib chiqish tartibi |
Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvga doir ishlar ushbu moddada nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda umumiy tartibda, jinoyat ishi kelishuv bilan birga sudga kelib tushgan paytdan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay koʻrib chiqiladi. | Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvga doir ishlar ushbu moddada nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda umumiy tartibda, jinoyat ishi kelishuv bilan birga sudga kelib tushgan paytdan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay koʻrib chiqiladi. |
Sud majlisida sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), agar ishda ishtirok etayotgan boʻlsa, qonuniy vakil, himoyachi, prokuror ishtirok etadi. | Sud majlisida sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), agar ishda ishtirok etayotgan boʻlsa, qonuniy vakil, himoyachi, prokuror ishtirok etadi. |
Sud majlisi oʻtkaziladigan joy va sana haqida lozim darajada xabardor qilingan jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar) yoki uning vakilining kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi. | Sud majlisi oʻtkaziladigan joy va sana haqida lozim darajada xabardor qilingan jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar) yoki uning vakilining kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi. |
Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvga oid ishlar boʻyicha sud muhokamasida prokuror kelishuvning mazmunini oʻqib eshittiradi, sudlanuvchining surishtiruv hamda dastlabki tergovga koʻmaklashganligini tasdiqlaydi va bu aynan nimada ifodalanganligini tushuntiradi. | Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvga oid ishlar boʻyicha sud muhokamasida prokuror kelishuvning mazmunini oʻqib eshittiradi, sudlanuvchining surishtiruv hamda dastlabki tergovga koʻmaklashganligini tasdiqlaydi va bu aynan nimada ifodalanganligini tushuntiradi. |
Sud aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvga oid ishlarni koʻrib chiqish chogʻida: | Sud aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvga oid ishlarni koʻrib chiqish chogʻida: |
kelishuvni tuzishda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining protsessual huquqlari taʼminlangan-taʼminlanmaganligini va ushbu Kodeksning 5861-moddasida koʻrsatilgan talablar bajarilgan-bajarilmaganligini; | kelishuvni tuzishda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining protsessual huquqlari taʼminlangan-taʼminlanmaganligini va ushbu Kodeksning 5861-moddasida koʻrsatilgan talablar bajarilgan-bajarilmaganligini; |
kelishuvning gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda tuzilgan-tuzilmaganligini; | kelishuvning gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda tuzilgan-tuzilmaganligini; |
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi kelishuvning mohiyatini, uning shartlarini tushungan-tushunmaganligini, uning oqibatlarini anglab yetgan-yetmaganligini; | gumon qilinuvchi, ayblanuvchi kelishuvning mohiyatini, uning shartlarini tushungan-tushunmaganligini, uning oqibatlarini anglab yetgan-yetmaganligini; |
sudlanuvchi kelishuvni qoʻllab-quvvatlashi yoki qoʻllab-quvvatlanmasligini; | sudlanuvchi kelishuvni qoʻllab-quvvatlashi yoki qoʻllab-quvvatlanmasligini; |
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yetkazilgan zararni bartaraf etish choralarini koʻrgan-koʻrmaganligini aniqlaydi. | gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yetkazilgan zararni bartaraf etish choralarini koʻrgan-koʻrmaganligini aniqlaydi. |
Sud sudlanuvchi va uning himoyachisining, prokurorning, shuningdek zarur hollarda, jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) fikrini eshitadi, shundan soʻng qaror qabul qilish uchun alohida xonaga kiradi. | Sud sudlanuvchi va uning himoyachisining, prokurorning, shuningdek zarur hollarda, jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) fikrini eshitadi, shundan soʻng qaror qabul qilish uchun alohida xonaga kiradi. |
Sud majlisi vaqtida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga koʻra bayonnoma yuritiladi. | Sud majlisi vaqtida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga koʻra bayonnoma yuritiladi. |
5868-modda. Sudning aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv boʻyicha qarori | 5868-modda. Sudning aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv boʻyicha qarori |
Sud aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi qarorni koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini chiqaradi: | Sud aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi qarorni koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini chiqaradi: |
1) kelishuvni tasdiqlash toʻgʻrisida; | 1) kelishuvni tasdiqlash toʻgʻrisida; |
2) kelishuvni tasdiqlashni rad etish va ishni prokurorga yuborish haqida. | 2) kelishuvni tasdiqlashni rad etish va ishni prokurorga yuborish haqida. |
Kelishuv tasdiqlangan hollarda, sud ayblov hukmi chiqaradi. | Kelishuv tasdiqlangan hollarda, sud ayblov hukmi chiqaradi. |
5869-modda. Sudning aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvni tasdiqlashni rad etishi va jinoyat ishini prokurorga yuborishi | 5869-modda. Sudning aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuvni tasdiqlashni rad etishi va jinoyat ishini prokurorga yuborishi |
Sud aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi qarorni koʻrib chiqib, agar: | Sud aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi qarorni koʻrib chiqib, agar: |
1) kelishuvni tasdiqlash uchun asoslar mavjud boʻlmasa yoki kelishuvni tuzishda protsessual qonunchilik talablari buzilgan boʻlsa; | 1) kelishuvni tasdiqlash uchun asoslar mavjud boʻlmasa yoki kelishuvni tuzishda protsessual qonunchilik talablari buzilgan boʻlsa; |
2) sud kelishuvda nazarda tutilgan sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblovda jinoyatning malakalanishga taalluqli shartlarga rozi boʻlmasa; | 2) sud kelishuvda nazarda tutilgan sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblovda jinoyatning malakalanishga taalluqli shartlarga rozi boʻlmasa; |
3) sudlanuvchining aybdorligi borasida sudda asosli shubha tugʻilgan boʻlsa; | 3) sudlanuvchining aybdorligi borasida sudda asosli shubha tugʻilgan boʻlsa; |
4) taraflar tuzilgan kelishuvdan voz kechsa, kelishuvni tasdiqlashni rad etish haqida ajrim chiqaradi va jinoyat ishini umumiy qoidalar boʻyicha tergov qilish yoki kelishuvni qayta koʻrib chiqish uchun prokurorga yuboradi. | 4) taraflar tuzilgan kelishuvdan voz kechsa, kelishuvni tasdiqlashni rad etish haqida ajrim chiqaradi va jinoyat ishini umumiy qoidalar boʻyicha tergov qilish yoki kelishuvni qayta koʻrib chiqish uchun prokurorga yuboradi. |
Sudning ajrimiga sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), ularning qonuniy vakillari, himoyachi tomonidan xususiy shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan xususiy protest keltirilishi mumkin. | Sudning ajrimiga sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), ularning qonuniy vakillari, himoyachi tomonidan xususiy shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan xususiy protest keltirilishi mumkin. |
58610-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv boʻyicha sud hukmini chiqarish | 58610-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv boʻyicha sud hukmini chiqarish |
Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv boʻyicha ayblov hukmi ushbu Kodeksning 54-bobi talablariga muvofiq chiqariladi. | Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv boʻyicha ayblov hukmi ushbu Kodeksning 54-bobi talablariga muvofiq chiqariladi. |
Ayblov hukmining tavsif qismida kelishuv tuzish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 5867-moddasida sanab oʻtilgan savollarga javoblar shakllantiriladi. | Ayblov hukmining tavsif qismida kelishuv tuzish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 5867-moddasida sanab oʻtilgan savollarga javoblar shakllantiriladi. |
Ayblov hukmining qaror qismida kelishuvni tasdiqlash haqidagi qaror va sudlanuvchiga ushbu hukm yuzasidan shikoyat qilish huquqi tushuntirilganligi ham bayon etiladi. | Ayblov hukmining qaror qismida kelishuvni tasdiqlash haqidagi qaror va sudlanuvchiga ushbu hukm yuzasidan shikoyat qilish huquqi tushuntirilganligi ham bayon etiladi. |
63-bob. ISHNI SUDGA QADAR YURITISH BOSQICHIDA AMNISTIYA AKTINI QOʻLLASH | 63-bob. ISHNI SUDGA QADAR YURITISH BOSQICHIDA AMNISTIYA AKTINI QOʻLLASH |
587-modda. Tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallarini yoki jinoyat ishini surishtiruvchi, tergovchi tomonidan prokurorga yuborish tartibi | 587-modda. Tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallarini yoki jinoyat ishini surishtiruvchi, tergovchi tomonidan prokurorga yuborish tartibi |
Amnistiya aktini qoʻllash uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallarini yoki jinoyat ishini qaysi shaxsga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi masala qoʻyilayotgan boʻlsa, oʻsha shaxsning, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining arizasi hamda amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish haqida yoxud jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritish haqidagi taqdimnoma bilan prokurorga yuboradi. | Amnistiya aktini qoʻllash uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallarini yoki jinoyat ishini qaysi shaxsga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi masala qoʻyilayotgan boʻlsa, oʻsha shaxsning, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining arizasi hamda amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish haqida yoxud jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritish haqidagi taqdimnoma bilan prokurorga yuboradi. |
Agar bir nechta shaxsga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha ulardan loaqal bittasi amnistiya aktining taʼsir doirasiga tushsa, unga nisbatan jinoyat ishining qismi amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritish uchun ushbu Kodeksning 332-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan alohida ish yuritishga ajratilishi mumkin. | Agar bir nechta shaxsga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha ulardan loaqal bittasi amnistiya aktining taʼsir doirasiga tushsa, unga nisbatan jinoyat ishining qismi amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritish uchun ushbu Kodeksning 332-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan alohida ish yuritishga ajratilishi mumkin. |
588-modda. Amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi ariza | 588-modda. Amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi ariza |
Amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi ariza tergovga qadar tekshiruv qaysi shaxsga nisbatan oʻtkazilayotgan boʻlsa, oʻsha shaxs, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tomonidan, tegishincha tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruvning, surishtiruvning va dastlabki tergovning istalgan bosqichida berilishi mumkin. | Amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi ariza tergovga qadar tekshiruv qaysi shaxsga nisbatan oʻtkazilayotgan boʻlsa, oʻsha shaxs, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tomonidan, tegishincha tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruvning, surishtiruvning va dastlabki tergovning istalgan bosqichida berilishi mumkin. |
589-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi iltimosnomani sudga kiritish toʻgʻrisidagi masalaning prokuror tomonidan koʻrib chiqish tartibi | 589-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi iltimosnomani sudga kiritish toʻgʻrisidagi masalaning prokuror tomonidan koʻrib chiqish tartibi |
Prokuror surishtiruvchining, tergovchining taqdimnomasi asosliligini tekshirib unga rozi boʻlgan taqdirda, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi iltimosnomani tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallari yoxud jinoyat ishi bilan birga sudga yuboradi. Prokuror iltimosnomani tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi unga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh sutkadan kechiktirmay sudga yuborishi lozim. | Prokuror surishtiruvchining, tergovchining taqdimnomasi asosliligini tekshirib unga rozi boʻlgan taqdirda, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi iltimosnomani tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallari yoxud jinoyat ishi bilan birga sudga yuboradi. Prokuror iltimosnomani tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi unga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh sutkadan kechiktirmay sudga yuborishi lozim. |
Jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi iltimosnomani sudga yuborish uchun asoslar boʻlmagan taqdirda, prokuror tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallarini yoki jinoyat ishini surishtiruvchiga yoxud tergovchiga qaytarish haqida asoslantirilgan qaror chiqaradi. Prokurorning qarori ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat berilishi mumkin. | Jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi iltimosnomani sudga yuborish uchun asoslar boʻlmagan taqdirda, prokuror tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallarini yoki jinoyat ishini surishtiruvchiga yoxud tergovchiga qaytarish haqida asoslantirilgan qaror chiqaradi. Prokurorning qarori ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat berilishi mumkin. |
590-modda. Sud majlisi | 590-modda. Sud majlisi |
Prokurorning amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish haqidagi yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi jinoyat sodir qilingan yoxud surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi boʻlmagan yoxud iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi belgilaydigan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. | Prokurorning amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish haqidagi yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi jinoyat sodir qilingan yoxud surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi boʻlmagan yoxud iltimosnomani koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi belgilaydigan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. |
Sud majlisi iltimosnoma jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi bilan birga sudga kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻn sutkadan kechiktirmay oʻtkaziladi. | Sud majlisi iltimosnoma jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi bilan birga sudga kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻn sutkadan kechiktirmay oʻtkaziladi. |
Iltimosnomani koʻrib chiqish sud tomonidan prokuror albatta ishtirok etgan holda amalga oshiriladi. | Iltimosnomani koʻrib chiqish sud tomonidan prokuror albatta ishtirok etgan holda amalga oshiriladi. |
Sud majlisida amnistiya aktini qoʻllash haqidagi masala qaysi shaxsga nisbatan qoʻyilayotgan boʻlsa, oʻsha shaxs, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, shuningdek agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari ishtirok etadi. Sud majlisi oʻtkaziladigan vaqt va joy haqida lozim darajada xabardor qilingan mazkur shaxslarning uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganligi sud majlisining oʻtkazilishiga monelik qilmaydi. | Sud majlisida amnistiya aktini qoʻllash haqidagi masala qaysi shaxsga nisbatan qoʻyilayotgan boʻlsa, oʻsha shaxs, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, shuningdek agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari ishtirok etadi. Sud majlisi oʻtkaziladigan vaqt va joy haqida lozim darajada xabardor qilingan mazkur shaxslarning uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganligi sud majlisining oʻtkazilishiga monelik qilmaydi. |
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi qaysi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan tanlangan boʻlsa, oʻsha gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining sud majlisida ishtirok etishi zarurligi masalasi sud tomonidan hal qilinadi. | Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi qaysi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan tanlangan boʻlsa, oʻsha gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining sud majlisida ishtirok etishi zarurligi masalasi sud tomonidan hal qilinadi. |
Sud majlisi prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, prokuror amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish yoki jinoyat ishini tugatish zarurligini asoslab beradi. Soʻngra amnistiya aktini qoʻllash haqidagi masala qaysi shaxsga nisbatan qoʻyilayotgan boʻlsa, oʻsha shaxsning, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, himoyachining, qonuniy vakilning soʻzlari eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. | Sud majlisi prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, prokuror amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish yoki jinoyat ishini tugatish zarurligini asoslab beradi. Soʻngra amnistiya aktini qoʻllash haqidagi masala qaysi shaxsga nisbatan qoʻyilayotgan boʻlsa, oʻsha shaxsning, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, himoyachining, qonuniy vakilning soʻzlari eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. |
Sud taraflarda jinoyat ishini tugatish yoxud jinoyat ishi qoʻzgʻatishni ushbu Kodeksning 83 va 84-moddalarida belgilangan boshqa asoslar boʻyicha rad qilish uchun asoslar bor-yoʻqligini aniqlaydi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. | Sud taraflarda jinoyat ishini tugatish yoxud jinoyat ishi qoʻzgʻatishni ushbu Kodeksning 83 va 84-moddalarida belgilangan boshqa asoslar boʻyicha rad qilish uchun asoslar bor-yoʻqligini aniqlaydi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. |
Sud majlisi vaqtida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga koʻra bayonnoma yuritiladi. | Sud majlisi vaqtida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga koʻra bayonnoma yuritiladi. |
Sud muhokamasi natijalari boʻyicha sudya qonunda belgilangan tartibda ajrim chiqaradi, ushbu ajrimning gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini qamoqdan yoki uy qamogʻidan ozod qilishga doir qismi darhol ijro etilishi lozim. | Sud muhokamasi natijalari boʻyicha sudya qonunda belgilangan tartibda ajrim chiqaradi, ushbu ajrimning gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini qamoqdan yoki uy qamogʻidan ozod qilishga doir qismi darhol ijro etilishi lozim. |
Sudning ajrimi ijro etish uchun prokurorga, maʼlumot uchun esa amnistiya aktini qoʻllash haqidagi masala qaysi shaxsga nisbatan qoʻyilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, jabrlanuvchiga (fuqaroviy daʼvogarga), himoyachiga va qonuniy vakilga yuboriladi. | Sudning ajrimi ijro etish uchun prokurorga, maʼlumot uchun esa amnistiya aktini qoʻllash haqidagi masala qaysi shaxsga nisbatan qoʻyilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, jabrlanuvchiga (fuqaroviy daʼvogarga), himoyachiga va qonuniy vakilga yuboriladi. |
Agar sud majlisi davomida amnistiya aktini qoʻllash uchun asoslar mavjud emasligi aniqlansa, sud tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallarini yoki jinoyat ishini umumiy qoidalar boʻyicha tegishincha tergovga qadar tekshiruv oʻtkazish yoki surishtiruv yoxud dastlabki tergov ishini yuritish uchun prokurorga yuborish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. | Agar sud majlisi davomida amnistiya aktini qoʻllash uchun asoslar mavjud emasligi aniqlansa, sud tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv materiallarini yoki jinoyat ishini umumiy qoidalar boʻyicha tegishincha tergovga qadar tekshiruv oʻtkazish yoki surishtiruv yoxud dastlabki tergov ishini yuritish uchun prokurorga yuborish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. |
591-modda. Sudning ajrimi | 591-modda. Sudning ajrimi |
Sud ajrimining kirish qismida: | Sud ajrimining kirish qismida: |
1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy; | 1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy; |
2) ajrim chiqargan sudning nomi, sudyaning, sud majlisi kotibining, taraflarning, tarjimonning ismi, otasining ismi va familiyasi; | 2) ajrim chiqargan sudning nomi, sudyaning, sud majlisi kotibining, taraflarning, tarjimonning ismi, otasining ismi va familiyasi; |
3) amnistiya aktini qoʻllash haqidagi masala qaysi shaxsga nisbatan qoʻyilayotgan boʻlsa, oʻsha shaxsning, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ishlash joyi, mashgʻuloti, maʼlumoti, oilaviy ahvoli va ularning shaxsi toʻgʻrisidagi, ish uchun ahamiyatli boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi. | 3) amnistiya aktini qoʻllash haqidagi masala qaysi shaxsga nisbatan qoʻyilayotgan boʻlsa, oʻsha shaxsning, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ishlash joyi, mashgʻuloti, maʼlumoti, oilaviy ahvoli va ularning shaxsi toʻgʻrisidagi, ish uchun ahamiyatli boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi. |
Sud ajrimining tavsif-asoslash qismida iltimosnomani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish uchun asos boʻlgan holatlar bayon etiladi. | Sud ajrimining tavsif-asoslash qismida iltimosnomani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish uchun asos boʻlgan holatlar bayon etiladi. |
Ajrimning qaror qismida sud quyidagi masalalarni hal etadi: | Ajrimning qaror qismida sud quyidagi masalalarni hal etadi: |
amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish haqidagi yoxud jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi; | amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish haqidagi yoxud jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi; |
prokurorning jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi iltimosnomasini qanoatlantirishni rad etish hamda tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv yoki surishtiruv materiallarini yoxud jinoyat ishini umumiy qoidalar boʻyicha tegishincha tergovga qadar tekshiruv oʻtkazish yoki surishtiruv yoxud dastlabki tergov ishini yuritish uchun prokurorga yuborish toʻgʻrisidagi; | prokurorning jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi iltimosnomasini qanoatlantirishni rad etish hamda tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv yoki surishtiruv materiallarini yoxud jinoyat ishini umumiy qoidalar boʻyicha tegishincha tergovga qadar tekshiruv oʻtkazish yoki surishtiruv yoxud dastlabki tergov ishini yuritish uchun prokurorga yuborish toʻgʻrisidagi; |
prokurorning iltimosnomasini qisman qanoatlantirish va ushbu Kodeksning 83 va 84-moddalarida belgilangan boshqa asoslar boʻyicha jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi; | prokurorning iltimosnomasini qisman qanoatlantirish va ushbu Kodeksning 83 va 84-moddalarida belgilangan boshqa asoslar boʻyicha jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi; |
ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi; | ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi; |
ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi; | ashyoviy, yozma va raqamli dalillar toʻgʻrisidagi; |
fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralari toʻgʻrisidagi. | fuqaroviy daʼvoni taʼminlash choralari toʻgʻrisidagi. |
Sudning ajrimiga amnistiya aktini qoʻllash haqidagi masala qaysi shaxsga nisbatan qoʻyilgan boʻlsa, oʻsha shaxs tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), ularning himoyachilari, qonuniy vakillari tomonidan xususiy shikoyat berilishi va prokuror tomonidan xususiy protest keltirilishi mumkin, bunday shikoyat va protestlar tegishincha apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilishi lozim. | Sudning ajrimiga amnistiya aktini qoʻllash haqidagi masala qaysi shaxsga nisbatan qoʻyilgan boʻlsa, oʻsha shaxs tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar), ularning himoyachilari, qonuniy vakillari tomonidan xususiy shikoyat berilishi va prokuror tomonidan xususiy protest keltirilishi mumkin, bunday shikoyat va protestlar tegishincha apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilishi lozim. |
OʻN TOʻRTINCHI BOʻLIM JINOIY SUD ISHLARINI YURITISH SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIK | OʻN TOʻRTINCHI BOʻLIM JINOIY SUD ISHLARINI YURITISH SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIK |
64-BOB. SUDLAR, PROKURORLAR, TERGOVCHILAR VA SURISHTIRUV ORGANLARINING XORIJIY DAVLATLAR VAKOLATLI ORGANLARI BILAN OʻZARO HAMKORLIGINING TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI ASOSIY QOIDALAR | 64-BOB. SUDLAR, PROKURORLAR, TERGOVCHILAR VA SURISHTIRUV ORGANLARINING XORIJIY DAVLATLAR VAKOLATLI ORGANLARI BILAN OʻZARO HAMKORLIGINING TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI ASOSIY QOIDALAR |
592-modda. Protsessual harakatlarni xorijiy davlat hududida bajarish toʻgʻrisida soʻrov yuborish | 592-modda. Protsessual harakatlarni xorijiy davlat hududida bajarish toʻgʻrisida soʻrov yuborish |
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual harakatlarni xorijiy davlat hududida bajarish zarur boʻlganda sud, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi mazkur harakatlar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki oʻzarolik prinsipi asosida xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan bajarilishi toʻgʻrisida soʻrov kiritadi. | Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual harakatlarni xorijiy davlat hududida bajarish zarur boʻlganda sud, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi mazkur harakatlar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki oʻzarolik prinsipi asosida xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan bajarilishi toʻgʻrisida soʻrov kiritadi. |
Oʻzarolik prinsipi soʻrov kiritilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ayrim protsessual harakatlarni bajarishda xorijiy davlatning vakolatli organiga huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi yozma majburiyati bilan tasdiqlanadi. | Oʻzarolik prinsipi soʻrov kiritilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ayrim protsessual harakatlarni bajarishda xorijiy davlatning vakolatli organiga huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi yozma majburiyati bilan tasdiqlanadi. |
Protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrov: | Protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrov: |
umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan amalga oshiriladigan jinoyat ishlarini yuritish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi orqali; | umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan amalga oshiriladigan jinoyat ishlarini yuritish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi orqali; |
sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinmaydigan protsessual harakatlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati orqali; | sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinmaydigan protsessual harakatlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati orqali; |
qolgan hollarda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi orqali yuboriladi. | qolgan hollarda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi orqali yuboriladi. |
Zarur hollarda, ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan organlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan aloqa bogʻlaydi. | Zarur hollarda, ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan organlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan aloqa bogʻlaydi. |
593-modda. Protsessual harakatlarni xorijiy davlat hududida bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovning mazmuni va shakli | 593-modda. Protsessual harakatlarni xorijiy davlat hududida bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovning mazmuni va shakli |
Protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovda quyidagilar boʻlishi kerak: | Protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovda quyidagilar boʻlishi kerak: |
1) soʻrov yuborayotgan organning nomi; | 1) soʻrov yuborayotgan organning nomi; |
2) soʻrov yuborilayotgan organning nomi va joylashgan yeri; | 2) soʻrov yuborilayotgan organning nomi va joylashgan yeri; |
3) jinoyat ishining nomlanishi va soʻrovning xususiyati; | 3) jinoyat ishining nomlanishi va soʻrovning xususiyati; |
4) oʻziga nisbatan soʻrov yuborilayotgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan uning tugʻilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, mashgʻuloti turi, yashash joyi yoki turgan joyi haqidagi maʼlumotlar, uning protsessual maqomi, yuridik shaxs uchun esa uning nomi, yuridik manzili va joylashgan yeri; | 4) oʻziga nisbatan soʻrov yuborilayotgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan uning tugʻilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, mashgʻuloti turi, yashash joyi yoki turgan joyi haqidagi maʼlumotlar, uning protsessual maqomi, yuridik shaxs uchun esa uning nomi, yuridik manzili va joylashgan yeri; |
5) aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar bayoni, shuningdek soʻralayotgan hujjatlar, ashyoviy va boshqa dalillar roʻyxati; | 5) aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar bayoni, shuningdek soʻralayotgan hujjatlar, ashyoviy, yozma, raqamli va boshqa dalillar roʻyxati; |
6) sodir etilgan jinoyatning haqiqiy holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, uning tavsifi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qilmish jinoyat deb eʼtirof etilishiga asos boʻladigan tegishli moddasi matni; | 6) sodir etilgan jinoyatning haqiqiy holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, uning tavsifi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qilmish jinoyat deb eʼtirof etilishiga asos boʻladigan tegishli moddasi matni; |
7) agar jinoyat natijasida zarar yetkazilgan boʻlsa, uning miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | 7) agar jinoyat natijasida zarar yetkazilgan boʻlsa, uning miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
Protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovda uni ijro etish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar ham boʻlishi mumkin. | Protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovda uni ijro etish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar ham boʻlishi mumkin. |
Protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrov uni yuborayotgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi. | Protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrov uni yuborayotgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi. |
Protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrov va unga ilova qilinayotgan hujjatlar soʻrovni yuborayotgan organning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda ular yuborilayotgan xorijiy davlatning rasmiy tiliga yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan boshqa tilga tarjima qilinadi. | Protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrov va unga ilova qilinayotgan hujjatlar soʻrovni yuborayotgan organning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda ular yuborilayotgan xorijiy davlatning rasmiy tiliga yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan boshqa tilga tarjima qilinadi. |
594-modda. Xorijiy davlat hududida olingan dalillarning yuridik kuchi | 594-modda. Xorijiy davlat hududida olingan dalillarning yuridik kuchi |
Xorijiy davlat hududida jinoyat ishi boʻyicha protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovni ijro etish davomida uning vakolatli organlari tomonidan olingan yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki oʻzarolik prinsipi asosida shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi soʻrovga ilova qilinib, Oʻzbekiston Respublikasiga yuborilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan va topshirilgan dalillar ushbu Kodeks talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan dalillar singari yuridik kuchga ega boʻladi. | Xorijiy davlat hududida jinoyat ishi boʻyicha protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovni ijro etish davomida uning vakolatli organlari tomonidan olingan yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki oʻzarolik prinsipi asosida shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi soʻrovga ilova qilinib, Oʻzbekiston Respublikasiga yuborilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan va topshirilgan dalillar ushbu Kodeks talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan dalillar singari yuridik kuchga ega boʻladi. |
595-modda. Protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovni Oʻzbekiston Respublikasi hududida ijro etish | 595-modda. Protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovni Oʻzbekiston Respublikasi hududida ijro etish |
Sud, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi xorijiy davlatning tegishli vakolatli organidan kelib tushgan, oʻzlariga belgilangan tartibda topshirilgan protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovni Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki oʻzarolik prinsipi asosida ijro etadi. | Sud, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi xorijiy davlatning tegishli vakolatli organidan kelib tushgan, oʻzlariga belgilangan tartibda topshirilgan protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovni Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki oʻzarolik prinsipi asosida ijro etadi. |
Agar protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrov kelib tushgan organ uni ijro etishga vakolatli boʻlmasa, u soʻrovni vakolatli organga yuboradi va bu haqda soʻrov tashabbuskorini yozma ravishda xabardor qiladi. | Agar protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrov kelib tushgan organ uni ijro etishga vakolatli boʻlmasa, u soʻrovni vakolatli organga yuboradi va bu haqda soʻrov tashabbuskorini yozma ravishda xabardor qiladi. |
Bevosita sudga, prokurorga, tergov organiga, surishtiruv organiga protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisida kelib tushgan soʻrov ushbu Kodeks 592-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan tegishli organlar bilan kelishilgan holdagina ijro etilishi mumkin. | Bevosita sudga, prokurorga, tergov organiga, surishtiruv organiga protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisida kelib tushgan soʻrov ushbu Kodeks 592-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan tegishli organlar bilan kelishilgan holdagina ijro etilishi mumkin. |
Protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovni ijro etishda ushbu Kodeks normalari qoʻllaniladi. Xorijiy davlat vakolatli organining iltimosi boʻyicha, agar bu Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid boʻlmasa, xorijiy davlatning protsessual qonunchiligi normalari qoʻllanilishi mumkin. | Protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovni ijro etishda ushbu Kodeks normalari qoʻllaniladi. Xorijiy davlat vakolatli organining iltimosi boʻyicha, agar bu Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid boʻlmasa, xorijiy davlatning protsessual qonunchiligi normalari qoʻllanilishi mumkin. |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda yoki oʻzarolik prinsipi asosida, protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovni ijro etishda xorijiy davlat vakolatli organining vakillari ushbu Kodeks 592-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan tegishli organlar ruxsati bilan hozir boʻlishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda yoki oʻzarolik prinsipi asosida, protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovni ijro etishda xorijiy davlat vakolatli organining vakillari ushbu Kodeks 592-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan tegishli organlar ruxsati bilan hozir boʻlishi mumkin. |
Agar protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovni ijro etish mumkin boʻlmasa, u holda olingan hujjatlar soʻrovni ijro etishga toʻsqinlik qilgan sabablar koʻrsatilib, soʻrovni olgan organ orqali, zarur boʻlganda esa diplomatik yoʻllar orqali xorijiy davlatning soʻrovni yuborgan vakolatli organiga qaytarib yuboriladi. | Agar protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi soʻrovni ijro etish mumkin boʻlmasa, u holda olingan hujjatlar soʻrovni ijro etishga toʻsqinlik qilgan sabablar koʻrsatilib, soʻrovni olgan organ orqali, zarur boʻlganda esa diplomatik yoʻllar orqali xorijiy davlatning soʻrovni yuborgan vakolatli organiga qaytarib yuboriladi. |
Agar soʻrov Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid boʻlsa yoki uning ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetiga yoxud xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa, u ijro etilmasdan qaytarib yuboriladi. | Agar soʻrov Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid boʻlsa yoki uning ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetiga yoxud xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa, u ijro etilmasdan qaytarib yuboriladi. |
596-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan guvohni, jabrlanuvchini, ekspertni, fuqaroviy daʼvogarni, fuqaroviy javobgarni, ularning vakillarini chaqirish | 596-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan guvohni, jabrlanuvchini, ekspertni, fuqaroviy daʼvogarni, fuqaroviy javobgarni, ularning vakillarini chaqirish |
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari Oʻzbekiston Respublikasi hududida protsessual harakatlarni bajarish uchun jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs tomonidan chaqirilishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari Oʻzbekiston Respublikasi hududida protsessual harakatlarni bajarish uchun jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs tomonidan chaqirilishi mumkin. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarni chaqirish toʻgʻrisidagi soʻrov ushbu Kodeksning 592-moddasida belgilangan tartibda yuboriladi. Shaxslarni chaqirishda protsessual majburlov choralarini qoʻllash tahdidi boʻlmasligi kerak. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarni chaqirish toʻgʻrisidagi soʻrov ushbu Kodeksning 592-moddasida belgilangan tartibda yuboriladi. Shaxslarni chaqirishda protsessual majburlov choralarini qoʻllash tahdidi boʻlmasligi kerak. |
Chaqiruv boʻyicha kelgan, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtguniga qadar sodir etilgan qilmishlar uchun yoki chiqarilgan hukmlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoxud shaxsiy erkinlikning boshqacha cheklanishlariga duchor etilishi mumkin emas. Agar chaqiruv boʻyicha kelgan shaxs uning hozir boʻlishi chaqirtirgan mansabdor shaxsga boshqa kerak boʻlmay qolgan paytdan eʼtiboran oʻn besh sutkalik uzluksiz muddat oʻtguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududini tark etish imkoniyatiga ega boʻla turib, shu hududda qolishda davom etsa yoki joʻnab ketganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelsa, mazkur immunitetning amal qilishi tugaydi. | Chaqiruv boʻyicha kelgan, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtguniga qadar sodir etilgan qilmishlar uchun yoki chiqarilgan hukmlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoxud shaxsiy erkinlikning boshqacha cheklanishlariga duchor etilishi mumkin emas. Agar chaqiruv boʻyicha kelgan shaxs uning hozir boʻlishi chaqirtirgan mansabdor shaxsga boshqa kerak boʻlmay qolgan paytdan eʼtiboran oʻn besh sutkalik uzluksiz muddat oʻtguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududini tark etish imkoniyatiga ega boʻla turib, shu hududda qolishda davom etsa yoki joʻnab ketganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelsa, mazkur immunitetning amal qilishi tugaydi. |
Xorijiy davlat hududida qamoqda saqlanayotgan shaxs, basharti bu shaxs ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarni chaqirish toʻgʻrisidagi soʻrovda nazarda tutilgan protsessual harakatlar bajarilishi uchun xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha oʻtkazilgan boʻlsa, ushbu moddada belgilangan tartibda chaqiriladi. Bunday shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻladigan butun davrida qamoqda saqlanaveradi. Uni qamoqda saqlashga xorijiy davlat vakolatli organining tegishli qarori asos boʻladi. Mazkur shaxs soʻrovga berilgan javobda koʻrsatilgan muddatlarda tegishli xorijiy davlat hududiga qaytarilishi kerak. | Xorijiy davlat hududida qamoqda saqlanayotgan shaxs, basharti bu shaxs ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarni chaqirish toʻgʻrisidagi soʻrovda nazarda tutilgan protsessual harakatlar bajarilishi uchun xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha oʻtkazilgan boʻlsa, ushbu moddada belgilangan tartibda chaqiriladi. Bunday shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻladigan butun davrida qamoqda saqlanaveradi. Uni qamoqda saqlashga xorijiy davlat vakolatli organining tegishli qarori asos boʻladi. Mazkur shaxs soʻrovga berilgan javobda koʻrsatilgan muddatlarda tegishli xorijiy davlat hududiga qaytarilishi kerak. |
Shaxsni oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida yoki oʻzarolik prinsipi asosida belgilanadi. | Shaxsni oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida yoki oʻzarolik prinsipi asosida belgilanadi. |
597-modda. Jinoyat ishi materiallarini xorijiy davlatning vakolatli organiga yuborish | 597-modda. Jinoyat ishi materiallarini xorijiy davlatning vakolatli organiga yuborish |
Chet el fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan, keyinchalik uning hududidan chiqib ketgan hamda protsessual harakatlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida uning ishtirokida bajarishning imkoni boʻlmagan taqdirda, tergov qilinayotgan jinoyat ishining barcha materiallari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga topshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur materiallarni xorijiy davlatning vakolatli organiga tergov qilish uchun yuborish toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi. | Chet el fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan, keyinchalik uning hududidan chiqib ketgan hamda protsessual harakatlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida uning ishtirokida bajarishning imkoni boʻlmagan taqdirda, tergov qilinayotgan jinoyat ishining barcha materiallari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga topshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur materiallarni xorijiy davlatning vakolatli organiga tergov qilish uchun yuborish toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi. |
Jinoyat ishi materiallariga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi ariza, shuningdek dalillar ilova qilinadi. Ishdagi har bir hujjat mazkur jinoyat ishini yuritayotgan organning gerbli muhri bilan tasdiqlangan va yuborilayotgan xorijiy davlatning rasmiy tiliga yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan boshqa tilga tarjima qilingan boʻlishi kerak. | Jinoyat ishi materiallariga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi ariza, shuningdek dalillar ilova qilinadi. Ishdagi har bir hujjat mazkur jinoyat ishini yuritayotgan organning gerbli muhri bilan tasdiqlangan va yuborilayotgan xorijiy davlatning rasmiy tiliga yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan boshqa tilga tarjima qilingan boʻlishi kerak. |
598-modda. Jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi soʻrovni Oʻzbekiston Respublikasi hududida ijro etish | 598-modda. Jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi soʻrovni Oʻzbekiston Respublikasi hududida ijro etish |
Xorijiy davlat vakolatli organining xorijiy davlat hududida jinoyat sodir etgan va Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosini jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Bunday hollarda jinoyat ishini yuritish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda olib boriladi. Jinoyat ishi boʻyicha uzil-kesil qaror qabul qilgan organ qarorning koʻchirma nusxasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboradi. | Xorijiy davlat vakolatli organining xorijiy davlat hududida jinoyat sodir etgan va Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosini jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Bunday hollarda jinoyat ishini yuritish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda olib boriladi. Jinoyat ishi boʻyicha uzil-kesil qaror qabul qilgan organ qarorning koʻchirma nusxasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboradi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qabul qilingan qaror haqida xorijiy davlatning soʻrovni yuborgan vakolatli organini yozma ravishda xabardor qiladi. Mazkur organning iltimosiga koʻra jinoyat ishi boʻyicha uzil-kesil qarorning koʻchirma nusxasi ham yuborilishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qabul qilingan qaror haqida xorijiy davlatning soʻrovni yuborgan vakolatli organini yozma ravishda xabardor qiladi. Mazkur organning iltimosiga koʻra jinoyat ishi boʻyicha uzil-kesil qarorning koʻchirma nusxasi ham yuborilishi mumkin. |
65-bob. SHAXSNI JINOIY JAVOBGARLIKKA TORTISH YOKI HUKMNI IJRO ETISH UCHUN USHLAB BERISH | 65-bob. SHAXSNI JINOIY JAVOBGARLIKKA TORTISH YOKI HUKMNI IJRO ETISH UCHUN USHLAB BERISH |
599-modda. Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov yuborish | 599-modda. Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov yuborish |
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda hamda tartibda yoki oʻzarolik prinsipi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organiga xorijiy davlat hududida boʻlgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukmni ijro etish uchun ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov yuborishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda hamda tartibda yoki oʻzarolik prinsipi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organiga xorijiy davlat hududida boʻlgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukmni ijro etish uchun ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov yuborishi mumkin. |
Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida oʻzarolik prinsipi asosida soʻrov yuborish, agar soʻrov yuborilishiga sabab boʻlgan qilmish har ikkala davlat qonunchiligiga muvofiq jinoiy jazolanadigan qilmish boʻlsa va shaxs jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushlab berilgan taqdirda — uni sodir etganlik uchun bir yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo yoki ogʻirroq jazo nazarda tutilganda yoxud shaxs hukmni ijro etish uchun ushlab berilgan taqdirda — u olti oydan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoga yoki ogʻirroq jazoga hukm qilinganida amalga oshiriladi. | Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida oʻzarolik prinsipi asosida soʻrov yuborish, agar soʻrov yuborilishiga sabab boʻlgan qilmish har ikkala davlat qonunchiligiga muvofiq jinoiy jazolanadigan qilmish boʻlsa va shaxs jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushlab berilgan taqdirda — uni sodir etganlik uchun bir yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo yoki ogʻirroq jazo nazarda tutilganda yoxud shaxs hukmni ijro etish uchun ushlab berilgan taqdirda — u olti oydan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoga yoki ogʻirroq jazoga hukm qilinganida amalga oshiriladi. |
Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovni yuborish zaruriyati yuzaga kelganda hamda buning uchun ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan asoslar va shartlar mavjud boʻlganda, barcha zarur materiallar mazkur soʻrovni yuborish haqidagi masalani hal etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etiladi. | Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovni yuborish zaruriyati yuzaga kelganda hamda buning uchun ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan asoslar va shartlar mavjud boʻlganda, barcha zarur materiallar mazkur soʻrovni yuborish haqidagi masalani hal etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etiladi. |
Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovda quyidagilar boʻlishi kerak: | Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovda quyidagilar boʻlishi kerak: |
1) soʻrov yuborayotgan organning nomi; | 1) soʻrov yuborayotgan organning nomi; |
2) oʻziga nisbatan soʻrov yuborilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning tugʻilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, yashash joyi yoki turgan joyi haqidagi maʼlumotlar va uning shaxsi haqidagi boshqa maʼlumotlar, shuningdek imkoni boricha tashqi qiyofasi tavsifi, fotosurati va shaxsni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa materiallar; | 2) oʻziga nisbatan soʻrov yuborilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning tugʻilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, yashash joyi yoki turgan joyi haqidagi maʼlumotlar va uning shaxsi haqidagi boshqa maʼlumotlar, shuningdek imkoni boricha tashqi qiyofasi tavsifi, fotosurati va shaxsni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa materiallar; |
3) oʻziga nisbatan soʻrov yuborilayotgan shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyatning haqiqiy holatlari bayoni va tavsifi, shu jumladan u tomonidan yetkazilgan zararning miqdori haqidagi maʼlumotlar, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qilmish jinoyat deb eʼtirof etilishiga asos boʻladigan tegishli moddasi matni; | 3) oʻziga nisbatan soʻrov yuborilayotgan shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyatning haqiqiy holatlari bayoni va tavsifi, shu jumladan u tomonidan yetkazilgan zararning miqdori haqidagi maʼlumotlar, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qilmish jinoyat deb eʼtirof etilishiga asos boʻladigan tegishli moddasi matni; |
4) shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qaror yoxud hukm chiqarilgan joy va sana toʻgʻrisidagi, shuningdek hukm qonuniy kuchga kirganligi haqidagi maʼlumotlar. | 4) shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qaror yoxud hukm chiqarilgan joy va sana toʻgʻrisidagi, shuningdek hukm qonuniy kuchga kirganligi haqidagi maʼlumotlar. |
Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovga shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qarorning va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi sud ajrimining tasdiqlangan koʻchirma nusxalari ilova qilinishi kerak. Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaxsni hukmni ijro etish uchun ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovga qonuniy kuchga kirgan hukmning tasdiqlangan koʻchirma nusxasi va jazoning oʻtalmagan muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma ilova qilinishi kerak. | Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovga shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qarorning va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi sud ajrimining tasdiqlangan koʻchirma nusxalari ilova qilinishi kerak. Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaxsni hukmni ijro etish uchun ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovga qonuniy kuchga kirgan hukmning tasdiqlangan koʻchirma nusxasi va jazoning oʻtalmagan muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma ilova qilinishi kerak. |
600-modda. Oʻzbekiston Respublikasiga ushlab berilgan shaxsning jinoiy javobgarligi doirasi | 600-modda. Oʻzbekiston Respublikasiga ushlab berilgan shaxsning jinoiy javobgarligi doirasi |
Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy davlat tomonidan ushlab berilgan shaxs oʻzi ushlab berilguniga qadar sodir etgan va ushlab berilishiga sabab boʻlmagan jinoyati uchun uni ushlab bergan davlatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, jazolanishi, shuningdek uchinchi bir davlatga topshirilishi mumkin emas. Quyidagi hollarda xorijiy davlatning roziligi talab qilinmaydi, agar: | Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy davlat tomonidan ushlab berilgan shaxs oʻzi ushlab berilguniga qadar sodir etgan va ushlab berilishiga sabab boʻlmagan jinoyati uchun uni ushlab bergan davlatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, jazolanishi, shuningdek uchinchi bir davlatga topshirilishi mumkin emas. Quyidagi hollarda xorijiy davlatning roziligi talab qilinmaydi, agar: |
u ushlab bergan shaxs jinoyat ishi tugatilgan kundan eʼtiboran, hukm qilingan taqdirda esa jazo oʻtalgan yoki har qanday qonuniy asosga koʻra jazodan ozod qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida Oʻzbekiston Respublikasi hududini tark etmagan boʻlsa. Ushlab berilgan shaxs oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududini tark etish imkoniyatiga ega boʻlmagan vaqt bu muddatga qoʻshib hisoblanmaydi; | u ushlab bergan shaxs jinoyat ishi tugatilgan kundan eʼtiboran, hukm qilingan taqdirda esa jazo oʻtalgan yoki har qanday qonuniy asosga koʻra jazodan ozod qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida Oʻzbekiston Respublikasi hududini tark etmagan boʻlsa. Ushlab berilgan shaxs oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududini tark etish imkoniyatiga ega boʻlmagan vaqt bu muddatga qoʻshib hisoblanmaydi; |
u ushlab bergan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududini tark etgan, ammo keyin ixtiyoriy ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelgan boʻlsa. | u ushlab bergan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududini tark etgan, ammo keyin ixtiyoriy ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelgan boʻlsa. |
Xorijiy davlat tomonidan ushlab berilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha uzil-kesil qaror qabul qilgan organ uning koʻchirma nusxasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboradi. | Xorijiy davlat tomonidan ushlab berilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha uzil-kesil qaror qabul qilgan organ uning koʻchirma nusxasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboradi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organini u tomonidan ushlab berilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishini yuritish natijalari haqida yozma ravishda xabardor qiladi. Mazkur organning iltimosiga koʻra jinoyat ishi boʻyicha uzil-kesil qarorning koʻchirma nusxasi ham yuborilishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organini u tomonidan ushlab berilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishini yuritish natijalari haqida yozma ravishda xabardor qiladi. Mazkur organning iltimosiga koʻra jinoyat ishi boʻyicha uzil-kesil qarorning koʻchirma nusxasi ham yuborilishi mumkin. |
601-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovni ijro etish | 601-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovni ijro etish |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukmni ijro etish uchun ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki oʻzarolik prinsipi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan koʻrib chiqiladi. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukmni ijro etish uchun ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki oʻzarolik prinsipi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan koʻrib chiqiladi. |
Oʻzarolik prinsipi Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovni yuborgan xorijiy davlat vakolatli organining shunga oʻxshash vaziyatda Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining soʻroviga binoan shaxsni ushlab berish amalga oshirilishi haqidagi yozma vaʼdasi bilan tasdiqlanadi. | Oʻzarolik prinsipi Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovni yuborgan xorijiy davlat vakolatli organining shunga oʻxshash vaziyatda Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining soʻroviga binoan shaxsni ushlab berish amalga oshirilishi haqidagi yozma vaʼdasi bilan tasdiqlanadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin: | Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin: |
agar shaxs jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushlab berilayotganida sodir etilgan qilmish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi bir yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni yoki ogʻirroq jazoni nazarda tutsa; | agar shaxs jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushlab berilayotganida sodir etilgan qilmish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi bir yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni yoki ogʻirroq jazoni nazarda tutsa; |
agar oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov yuborilgan shaxs olti oydan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoga yoki ogʻirroq jazoga hukm qilingan boʻlsa; | agar oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov yuborilgan shaxs olti oydan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoga yoki ogʻirroq jazoga hukm qilingan boʻlsa; |
soʻrovni yuborgan xorijiy davlat oʻziga nisbatan soʻrov yuborilgan shaxsning faqat soʻrovda koʻrsatilgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini hamda sud muhokamasi tugaganidan va jazoni oʻtaganidan keyin mazkur davlat hududini erkin tark eta olishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining roziligisiz uchinchi davlatga chiqarib yuborilmasligini, topshirilmasligini yoxud ushlab berilmasligini, xuddi shuningdek qiynoqlarga, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi muomalaga duchor etilmasligini va unga nisbatan oʻlim jazosi qoʻllanilmasligini kafolatlasa. | soʻrovni yuborgan xorijiy davlat oʻziga nisbatan soʻrov yuborilgan shaxsning faqat soʻrovda koʻrsatilgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini hamda sud muhokamasi tugaganidan va jazoni oʻtaganidan keyin mazkur davlat hududini erkin tark eta olishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining roziligisiz uchinchi davlatga chiqarib yuborilmasligini, topshirilmasligini yoxud ushlab berilmasligini, xuddi shuningdek qiynoqlarga, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi muomalaga duchor etilmasligini va unga nisbatan oʻlim jazosi qoʻllanilmasligini kafolatlasa. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari tomonidan qabul qilinadi. Ayni bir shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida bir necha davlatning soʻrovi mavjud boʻlganda, shaxsni qaysi davlatga ushlab berish kerakligi toʻgʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori qabul qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida oʻziga nisbatan qaror qabul qilingan shaxsni yigirma toʻrt soat ichida yozma ravishda xabardor qiladi va unga mazkur qaror ustidan ushbu Kodeksning 602-moddasiga muvofiq shikoyat qilish huquqini tushuntiradi. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari tomonidan qabul qilinadi. Ayni bir shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida bir necha davlatning soʻrovi mavjud boʻlganda, shaxsni qaysi davlatga ushlab berish kerakligi toʻgʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori qabul qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida oʻziga nisbatan qaror qabul qilingan shaxsni yigirma toʻrt soat ichida yozma ravishda xabardor qiladi va unga mazkur qaror ustidan ushbu Kodeksning 602-moddasiga muvofiq shikoyat qilish huquqini tushuntiradi. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qaror oʻziga nisbatan qaror qabul qilingan shaxs yozma ravishda xabardor etilgan paytdan eʼtiboran oʻn sutka oʻtishi bilan kuchga kiradi. Qabul qilingan qaror ustidan shikoyat qilingan taqdirda, shaxsni ushlab berish sudning ajrimi qonuniy kuchga kirguniga qadar amalga oshirilmaydi. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qaror oʻziga nisbatan qaror qabul qilingan shaxs yozma ravishda xabardor etilgan paytdan eʼtiboran oʻn sutka oʻtishi bilan kuchga kiradi. Qabul qilingan qaror ustidan shikoyat qilingan taqdirda, shaxsni ushlab berish sudning ajrimi qonuniy kuchga kirguniga qadar amalga oshirilmaydi. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish muddati oʻtgach yoki sudning ajrimi qonuniy kuchga kirganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qabul qilingan qarorni, sudning ajrimini ijro etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuboradi. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish muddati oʻtgach yoki sudning ajrimi qonuniy kuchga kirganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qabul qilingan qarorni, sudning ajrimini ijro etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuboradi. |
602-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish | 602-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qarori ustidan soʻralayotgan shaxs qamoqda saqlanayotgan joydagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyat, Toshkent shahar sudiga mazkur shaxs yoxud uning himoyachisi tomonidan xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran oʻn sutka ichida shikoyat qilinishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qarori ustidan soʻralayotgan shaxs qamoqda saqlanayotgan joydagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyat, Toshkent shahar sudiga mazkur shaxs yoxud uning himoyachisi tomonidan xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran oʻn sutka ichida shikoyat qilinishi mumkin. |
Soʻralayotgan shaxs qamoqda saqlanayotgan joyning maʼmuriyati shikoyatni olishi bilan uni darhol sudga yuboradi va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini yozma ravishda xabardor qiladi. | Soʻralayotgan shaxs qamoqda saqlanayotgan joyning maʼmuriyati shikoyatni olishi bilan uni darhol sudga yuboradi va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini yozma ravishda xabardor qiladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran uch sutkadan kechiktirmay sudga Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qarorning qonuniyligi va asosliligini tasdiqlovchi materiallarni yuboradi. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran uch sutkadan kechiktirmay sudga Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qarorning qonuniyligi va asosliligini tasdiqlovchi materiallarni yuboradi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan shikoyatni koʻrib chiqish shikoyat sud tomonidan olingan kundan eʼtiboran oʻn sutka ichida uch nafar sudyadan iborat tarkibda, ochiq sud majlisida prokuror, oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan shaxs va, agar ishda ishtirok etayotgan boʻlsa, uning himoyachisi ishtirokida amalga oshiriladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan shikoyatni koʻrib chiqish shikoyat sud tomonidan olingan kundan eʼtiboran oʻn sutka ichida uch nafar sudyadan iborat tarkibda, ochiq sud majlisida prokuror, oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan shaxs va, agar ishda ishtirok etayotgan boʻlsa, uning himoyachisi ishtirokida amalga oshiriladi. |
Sud majlisi boshlanishida raislik qiluvchi qaysi shikoyat koʻrib chiqilishini eʼlon qiladi, hozir boʻlgan protsess ishtirokchilariga ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi. Arizachi va (yoki) uning himoyachisi shikoyatni asoslab beradi, shundan soʻng soʻz prokurorga beriladi. | Sud majlisi boshlanishida raislik qiluvchi qaysi shikoyat koʻrib chiqilishini eʼlon qiladi, hozir boʻlgan protsess ishtirokchilariga ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi. Arizachi va (yoki) uning himoyachisi shikoyatni asoslab beradi, shundan soʻng soʻz prokurorga beriladi. |
Sud muhokamasi davomida sud shikoyat bergan shaxsning aybliligi masalasini muhokama qilmay, ustidan shikoyat berilgan qarorning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiqligini tekshirish bilan cheklanadi. | Sud muhokamasi davomida sud shikoyat bergan shaxsning aybliligi masalasini muhokama qilmay, ustidan shikoyat berilgan qarorning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiqligini tekshirish bilan cheklanadi. |
Shikoyatni koʻrib chiqish natijasida sud quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: | Shikoyatni koʻrib chiqish natijasida sud quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: |
shikoyatni qanoatlantirishsiz qoldirish toʻgʻrisida; | shikoyatni qanoatlantirishsiz qoldirish toʻgʻrisida; |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish haqida. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish haqida. |
Sudning ajrimi apellyatsiya shikoyati berish yoki protesti bildirish muddati tugashi bilan qonuniy kuchga kiradi. | Sudning ajrimi apellyatsiya shikoyati berish yoki protesti bildirish muddati tugashi bilan qonuniy kuchga kiradi. |
Sudning ajrimi oʻqib eshittirilganidan keyin darhol prokurorga, shuningdek oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan shaxsga va, agar ishda ishtirok etgan boʻlsa, uning himoyachisiga yuboriladi. | Sudning ajrimi oʻqib eshittirilganidan keyin darhol prokurorga, shuningdek oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan shaxsga va, agar ishda ishtirok etgan boʻlsa, uning himoyachisiga yuboriladi. |
Sudning ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma sutka ichida apellyatsiya tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat berilishi yoki protest bildirilishi mumkin. | Sudning ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma sutka ichida apellyatsiya tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat berilishi yoki protest bildirilishi mumkin. |
Apellyatsiya shikoyati, protesti ajrimni chiqargan sud orqali berilib, sud uni materiallar bilan birgalikda uch sutka ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuborishi va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini yozma ravishda xabardor qilishi shart. | Apellyatsiya shikoyati, protesti ajrimni chiqargan sud orqali berilib, sud uni materiallar bilan birgalikda uch sutka ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuborishi va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini yozma ravishda xabardor qilishi shart. |
Apellyatsiya shikoyati, protesti kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn sutkadan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan koʻrib chiqiladi. | Apellyatsiya shikoyati, protesti kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn sutkadan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan koʻrib chiqiladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: |
sud ajrimini oʻzgarishsiz, apellyatsiya shikoyatini, protestini esa qanoatlantirishsiz qoldirish toʻgʻrisida; | sud ajrimini oʻzgarishsiz, apellyatsiya shikoyatini, protestini esa qanoatlantirishsiz qoldirish toʻgʻrisida; |
sudning ajrimini bekor qilish toʻgʻrisida. | sudning ajrimini bekor qilish toʻgʻrisida. |
Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi u oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi va darhol ijro etilishi kerak. Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi prokurorga ijroni tashkil etish uchun, oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan shaxsga va, agar ishda ishtirok etgan boʻlsa, uning himoyachisiga maʼlumot uchun yuboriladi. | Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi u oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi va darhol ijro etilishi kerak. Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi prokurorga ijroni tashkil etish uchun, oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan shaxsga va, agar ishda ishtirok etgan boʻlsa, uning himoyachisiga maʼlumot uchun yuboriladi. |
603-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni xorijiy davlatga ushlab berishni rad etish | 603-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni xorijiy davlatga ushlab berishni rad etish |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni xorijiy davlatga ushlab berishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi, agar: | Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni xorijiy davlatga ushlab berishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi, agar: |
oʻziga nisbatan soʻrov kelib tushgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlsa; | oʻziga nisbatan soʻrov kelib tushgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlsa; |
soʻrov yuborilishiga sabab boʻlgan jinoyat Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlariga qarshi uning hududidan tashqarida sodir etilgan boʻlsa; | soʻrov yuborilishiga sabab boʻlgan jinoyat Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlariga qarshi uning hududidan tashqarida sodir etilgan boʻlsa; |
soʻralayotgan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi hududida ayni oʻsha qilmish uchun qonuniy kuchga kirgan hukm yoki sudning ajrimi (qarori) yoxud vakolatli mansabdor shaxsning jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish haqidagi yoki uni tugatish toʻgʻrisidagi bekor qilinmagan qarori mavjud boʻlsa; | soʻralayotgan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi hududida ayni oʻsha qilmish uchun qonuniy kuchga kirgan hukm yoki sudning ajrimi (qarori) yoxud vakolatli mansabdor shaxsning jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish haqidagi yoki uni tugatish toʻgʻrisidagi bekor qilinmagan qarori mavjud boʻlsa; |
soʻrov yuborilishiga asos boʻlgan qilmish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga koʻra jinoyat boʻlmasa; | soʻrov yuborilishiga asos boʻlgan qilmish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga koʻra jinoyat boʻlmasa; |
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq jinoyat ishi qoʻzgʻatish mumkin boʻlmasa yoki tugatilishi lozim boʻlsa yoxud muddati oʻtib ketganligi tufayli yoki boshqa qonuniy asosga koʻra hukmni ijro etish mumkin boʻlmasa; | Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq jinoyat ishi qoʻzgʻatish mumkin boʻlmasa yoki tugatilishi lozim boʻlsa yoxud muddati oʻtib ketganligi tufayli yoki boshqa qonuniy asosga koʻra hukmni ijro etish mumkin boʻlmasa; |
soʻralayotgan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasida ayni oʻsha qilmish uchun jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlsa; | soʻralayotgan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasida ayni oʻsha qilmish uchun jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlsa; |
oʻziga nisbatan soʻrov kelib tushgan shaxsga uni soʻrayotgan davlatda irqi, diniy eʼtiqodi, fuqaroligi, millati, muayyan ijtimoiy guruhga mansubligi yoki siyosiy eʼtiqodiga koʻra taʼqib etilishi mumkinligi sababli Oʻzbekiston Respublikasida boshpana berilgan boʻlsa. | oʻziga nisbatan soʻrov kelib tushgan shaxsga uni soʻrayotgan davlatda irqi, diniy eʼtiqodi, fuqaroligi, millati, muayyan ijtimoiy guruhga mansubligi yoki siyosiy eʼtiqodiga koʻra taʼqib etilishi mumkinligi sababli Oʻzbekiston Respublikasida boshpana berilgan boʻlsa. |
Soʻralayotgan shaxsga nisbatan uning yoʻqligida chiqarilgan hukmni ijro etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish, agar hukm qilingan shaxs oʻzining himoyaga boʻlgan huquqini taʼminlash uchun yetarlicha imkoniyatga ega boʻlmagan deb hisoblashga asoslar boʻlsa, rad etilishi mumkin. Agar soʻrovni yuborgan xorijiy davlat hukm qilingan shaxsga uning ishtirokida takroriy sud muhokamasi oʻtkazilishiga boʻlgan huquqni kafolatlasa, ushlab berish amalga oshiriladi. | Soʻralayotgan shaxsga nisbatan uning yoʻqligida chiqarilgan hukmni ijro etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish, agar hukm qilingan shaxs oʻzining himoyaga boʻlgan huquqini taʼminlash uchun yetarlicha imkoniyatga ega boʻlmagan deb hisoblashga asoslar boʻlsa, rad etilishi mumkin. Agar soʻrovni yuborgan xorijiy davlat hukm qilingan shaxsga uning ishtirokida takroriy sud muhokamasi oʻtkazilishiga boʻlgan huquqni kafolatlasa, ushlab berish amalga oshiriladi. |
Agar Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish amalga oshirilmasa, bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organini rad etish asoslarini koʻrsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish amalga oshirilmasa, bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organini rad etish asoslarini koʻrsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi. |
604-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berishni kechiktirish va vaqtincha ushlab berish | 604-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berishni kechiktirish va vaqtincha ushlab berish |
Oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov kelib tushgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida boshqa jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortilayotgan yoki jazoni oʻtayotgan boʻlsa, uni ushlab berish jinoyat ishi tugatilguniga, hukm ijro etilguniga yoki har qanday qonuniy asosga koʻra jazodan ozod qilinguniga qadar kechiktirilishi mumkin. | Oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov kelib tushgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida boshqa jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortilayotgan yoki jazoni oʻtayotgan boʻlsa, uni ushlab berish jinoyat ishi tugatilguniga, hukm ijro etilguniga yoki har qanday qonuniy asosga koʻra jazodan ozod qilinguniga qadar kechiktirilishi mumkin. |
Agar jazoni oʻtayotgan shaxsni ushlab berishni kechiktirish jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketishiga sabab boʻlishi yoki jinoyatni tergov qilishga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa, soʻralayotgan shaxs, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari tomonidan belgilangan shartlarga rioya etish majburiyati mavjud boʻlgan taqdirda, vaqtincha ushlab berilishi mumkin. | Agar jazoni oʻtayotgan shaxsni ushlab berishni kechiktirish jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketishiga sabab boʻlishi yoki jinoyatni tergov qilishga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa, soʻralayotgan shaxs, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari tomonidan belgilangan shartlarga rioya etish majburiyati mavjud boʻlgan taqdirda, vaqtincha ushlab berilishi mumkin. |
Vaqtincha ushlab berilgan shaxs jinoyat ishi boʻyicha qaysi protsessual harakatlar bajarilishi uchun ushlab berilgan boʻlsa, oʻsha protsessual harakatlar bajarilganidan keyin, biroq shaxs topshirilgan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay qaytarib berilishi kerak. Har ikkala davlat vakolatli organlarining oʻzaro ahdlashuviga koʻra bu muddat shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan jinoyat uchun hukm qilingan yoki qonunga muvofiq hukm qilinishi mumkin boʻlgan jazo muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. | Vaqtincha ushlab berilgan shaxs jinoyat ishi boʻyicha qaysi protsessual harakatlar bajarilishi uchun ushlab berilgan boʻlsa, oʻsha protsessual harakatlar bajarilganidan keyin, biroq shaxs topshirilgan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay qaytarib berilishi kerak. Har ikkala davlat vakolatli organlarining oʻzaro ahdlashuviga koʻra bu muddat shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan jinoyat uchun hukm qilingan yoki qonunga muvofiq hukm qilinishi mumkin boʻlgan jazo muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. |
605-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish uchun ushlab turish va qamoqqa olish | 605-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish uchun ushlab turish va qamoqqa olish |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida xorijiy davlatning vakolatli organidan tegishli tarzda rasmiylashtirilgan soʻrov olinganda va mazkur shaxsni ushlab berish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, ushbu shaxs ushlab turilishi va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida xorijiy davlatning vakolatli organidan tegishli tarzda rasmiylashtirilgan soʻrov olinganda va mazkur shaxsni ushlab berish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, ushbu shaxs ushlab turilishi va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilishi mumkin. |
Xorijiy davlat vakolatli organining iltimosnomasiga binoan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov olinguniga qadar ham ushlab turilishi mumkin. Iltimosnomada qamoqqa olish toʻgʻrisidagi qarorga yoki qonuniy kuchga kirgan hukmga havola va mazkur soʻrov qoʻshimcha ravishda taqdim etilishi koʻrsatilishi kerak. Shaxsni qamoqqa olish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ushbu soʻrov yuborilguniga qadar pochta, telegraf, teleks, faks yoki boshqa aloqa vositalari orqali yetkazilishi mumkin. | Xorijiy davlat vakolatli organining iltimosnomasiga binoan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov olinguniga qadar ham ushlab turilishi mumkin. Iltimosnomada qamoqqa olish toʻgʻrisidagi qarorga yoki qonuniy kuchga kirgan hukmga havola va mazkur soʻrov qoʻshimcha ravishda taqdim etilishi koʻrsatilishi kerak. Shaxsni qamoqqa olish toʻgʻrisidagi iltimosnoma ushbu soʻrov yuborilguniga qadar pochta, telegraf, teleks, faks yoki boshqa aloqa vositalari orqali yetkazilishi mumkin. |
Shaxs, agar u boshqa davlat hududida uni ushlab berishga sabab boʻladigan jinoyat sodir etgan deb gumon qilish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa, ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan iltimosnomasiz ham yetmish ikki soatgacha ushlab turilishi mumkin. | Shaxs, agar u boshqa davlat hududida uni ushlab berishga sabab boʻladigan jinoyat sodir etgan deb gumon qilish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa, ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan iltimosnomasiz ham yetmish ikki soatgacha ushlab turilishi mumkin. |
Shaxs ushlanganidan keyin ichki ishlar organlarining yoki boshqa surishtiruv organlarining xodimlari olingan materiallarni prokurorga taqdim etadi, u materiallarni oʻrganib chiqadi va ushlab turilgan shaxsning qidiruv eʼlon qilingan shaxs ekanligi toʻgʻrisida yetarli asoslar mavjud boʻlgan, shuningdek ushbu Kodeksning 603-moddasida bayon qilingan asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi va uni sudga yuboradi. | Shaxs ushlanganidan keyin ichki ishlar organlarining yoki boshqa surishtiruv organlarining xodimlari olingan materiallarni prokurorga taqdim etadi, u materiallarni oʻrganib chiqadi va ushlab turilgan shaxsning qidiruv eʼlon qilingan shaxs ekanligi toʻgʻrisida yetarli asoslar mavjud boʻlgan, shuningdek ushbu Kodeksning 603-moddasida bayon qilingan asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi va uni sudga yuboradi. |
Prokurorning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi, uning sudya tomonidan koʻrib chiqilishi, ajrim chiqarilishi, shuningdek sudyaning ajrimi ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish ushbu Kodeksning 241 va 243-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Shaxs qamoqqa olinganligi toʻgʻrisida prokuror Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni qamoqqa olish haqida iltimosnoma yoki ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov yuborgan yoxud yuborishi mumkin boʻlgan xorijiy davlatning vakolatli organini darhol yozma ravishda xabardor qiladi. | Prokurorning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi, uning sudya tomonidan koʻrib chiqilishi, ajrim chiqarilishi, shuningdek sudyaning ajrimi ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish ushbu Kodeksning 241 va 243-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Shaxs qamoqqa olinganligi toʻgʻrisida prokuror Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni qamoqqa olish haqida iltimosnoma yoki ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov yuborgan yoxud yuborishi mumkin boʻlgan xorijiy davlatning vakolatli organini darhol yozma ravishda xabardor qiladi. |
Oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisidagi masala koʻrilayotgan shaxsni qamoqda saqlab turish muddati koʻpi bilan uch oyni tashkil etadi. Mazkur muddat ushlab beriladigan shaxsning topshirilishini taʼminlash maqsadida, shuningdek xorijiy davlatning vakolatli organidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlar talab qilingan hollarda ushbu Kodeksning 245-moddasi ikkinchi qismida va 247-moddasida nazarda tutilgan tartibda uzaytirilishi mumkin. | Oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisidagi masala koʻrilayotgan shaxsni qamoqda saqlab turish muddati koʻpi bilan uch oyni tashkil etadi. Mazkur muddat ushlab beriladigan shaxsning topshirilishini taʼminlash maqsadida, shuningdek xorijiy davlatning vakolatli organidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlar talab qilingan hollarda ushbu Kodeksning 245-moddasi ikkinchi qismida va 247-moddasida nazarda tutilgan tartibda uzaytirilishi mumkin. |
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda sud taqdim etilgan materiallarning asosliligini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalari talablariga rioya etilganligini hisobga oladi. | Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda sud taqdim etilgan materiallarning asosliligini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalari talablariga rioya etilganligini hisobga oladi. |
606-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan shaxsni ozod qilish | 606-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan shaxsni ozod qilish |
Ushlab berishni taʼminlash uchun ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan shaxs prokurorning qarori asosida darhol ozod qilinishi kerak, agar: | Ushlab berishni taʼminlash uchun ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan shaxs prokurorning qarori asosida darhol ozod qilinishi kerak, agar: |
ushbu Kodeks 605-moddasining uchinchi qismiga muvofiq ushlab turilgan shaxsni qamoqqa olish toʻgʻrisidagi iltimosnoma u ushlangan paytdan eʼtiboran uch sutka ichida kelib tushmagan boʻlsa; | ushbu Kodeks 605-moddasining uchinchi qismiga muvofiq ushlab turilgan shaxsni qamoqqa olish toʻgʻrisidagi iltimosnoma u ushlangan paytdan eʼtiboran uch sutka ichida kelib tushmagan boʻlsa; |
xorijiy davlat vakolatli organining uni ozod qilish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnomasi kelib tushgan boʻlsa; | xorijiy davlat vakolatli organining uni ozod qilish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnomasi kelib tushgan boʻlsa; |
qamoqqa olingan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov va unga ilova qilinadigan hujjatlar xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan qirq sutka ichida taqdim etilmagan boʻlsa; | qamoqqa olingan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrov va unga ilova qilinadigan hujjatlar xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan qirq sutka ichida taqdim etilmagan boʻlsa; |
xorijiy davlatning vakolatli organidan qamoqqa olingan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovga qoʻshimcha ravishda soʻralgan maʼlumotlar bir oy ichida, xorijiy davlat vakolatli organining iltimosi kelib tushgan taqdirda esa ikki oy ichida kelib tushmagan boʻlsa; | xorijiy davlatning vakolatli organidan qamoqqa olingan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovga qoʻshimcha ravishda soʻralgan maʼlumotlar bir oy ichida, xorijiy davlat vakolatli organining iltimosi kelib tushgan taqdirda esa ikki oy ichida kelib tushmagan boʻlsa; |
unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash yoki qamoqda saqlash muddatini uzaytirish sud tomonidan rad etilgan boʻlsa; | unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash yoki qamoqda saqlash muddatini uzaytirish sud tomonidan rad etilgan boʻlsa; |
uni ushlab berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa; | uni ushlab berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa; |
uni ushlab berish toʻgʻrisidagi qaror sud tomonidan bekor qilingan boʻlsa; | uni ushlab berish toʻgʻrisidagi qaror sud tomonidan bekor qilingan boʻlsa; |
oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan shaxs uni topshirish uchun belgilangan kundan eʼtiboran oʻn besh sutka ichida xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan qabul qilib olinmagan boʻlsa, agar bunday topshirish sanasi koʻchirilmagan boʻlsa. | oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan shaxs uni topshirish uchun belgilangan kundan eʼtiboran oʻn besh sutka ichida xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan qabul qilib olinmagan boʻlsa, agar bunday topshirish sanasi koʻchirilmagan boʻlsa. |
Prokuror qabul qilingan qaror haqida qamoqqa olish toʻgʻrisida ajrim chiqargan sudni yozma ravishda xabardor qiladi. | Prokuror qabul qilingan qaror haqida qamoqqa olish toʻgʻrisida ajrim chiqargan sudni yozma ravishda xabardor qiladi. |
Shaxsni ushlab berish maqsadida takroran ushlab turish va qamoqqa olishga Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida yangi soʻrov olinganidan keyin yoʻl qoʻyiladi, ushbu modda birinchi qismining yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. | Shaxsni ushlab berish maqsadida takroran ushlab turish va qamoqqa olishga Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaxsni ushlab berish toʻgʻrisida yangi soʻrov olinganidan keyin yoʻl qoʻyiladi, ushbu modda birinchi qismining yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. |
607-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan ushlab beriladigan shaxsni topshirish | 607-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan ushlab beriladigan shaxsni topshirish |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ushlab beriladigan shaxsni topshirish joyi, sanasi va vaqti haqida xorijiy davlatning vakolatli organini yozma ravishda xabardor qiladi. Agar mazkur shaxs topshirish uchun belgilangan kundan eʼtiboran oʻn besh sutka ichida qabul qilib olinmasa, u qamoqdan ozod qilinadi. | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ushlab beriladigan shaxsni topshirish joyi, sanasi va vaqti haqida xorijiy davlatning vakolatli organini yozma ravishda xabardor qiladi. Agar mazkur shaxs topshirish uchun belgilangan kundan eʼtiboran oʻn besh sutka ichida qabul qilib olinmasa, u qamoqdan ozod qilinadi. |
Xorijiy davlatning vakolatli organi ushlab berilishi lozim boʻlgan shaxsni oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlar tufayli qabul qilib olishi mumkin boʻlmay qolgan va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini yozma ravishda xabardor qilgan taqdirda, topshirish sanasi koʻchirilishi mumkin. Agar Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi ushlab berilishi lozim boʻlgan shaxsni oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlar tufayli topshirishi mumkin boʻlmay qolsa, topshirish sanasi oʻsha tartibda koʻchirilishi mumkin. | Xorijiy davlatning vakolatli organi ushlab berilishi lozim boʻlgan shaxsni oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlar tufayli qabul qilib olishi mumkin boʻlmay qolgan va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini yozma ravishda xabardor qilgan taqdirda, topshirish sanasi koʻchirilishi mumkin. Agar Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi ushlab berilishi lozim boʻlgan shaxsni oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlar tufayli topshirishi mumkin boʻlmay qolsa, topshirish sanasi oʻsha tartibda koʻchirilishi mumkin. |
608-modda. Ushlab berilgan shaxsni tranzit tarzida oʻtkazish | 608-modda. Ushlab berilgan shaxsni tranzit tarzida oʻtkazish |
Xorijiy davlat vakolatli organining uchinchi davlat tomonidan mazkur organga ushlab berilgan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi ushbu Kodeksning 601 va 603-moddalari talablariga rioya etilgan holda koʻrib chiqiladi. | Xorijiy davlat vakolatli organining uchinchi davlat tomonidan mazkur organga ushlab berilgan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi ushbu Kodeksning 601 va 603-moddalari talablariga rioya etilgan holda koʻrib chiqiladi. |
609-modda. Ashyolarni topshirish | 609-modda. Ashyolarni topshirish |
Shaxsni xorijiy davlatning vakolatli organiga ushlab berishda jinoyat quroli boʻlgan ashyolar, shuningdek jinoyat izlarini oʻzida aks ettirgan yoki jinoiy yoʻl bilan topilgan ashyolar topshiriladi. Bu ashyolar shaxsni ushlab berish uning vafot etganligi yoki boshqa sabablar tufayli amalga oshirilishi mumkin boʻlmay qolgan taqdirda ham mazkur organning iltimosiga binoan topshiriladi. | Shaxsni xorijiy davlatning vakolatli organiga ushlab berishda jinoyat quroli boʻlgan ashyolar, shuningdek jinoyat izlarini oʻzida aks ettirgan yoki jinoiy yoʻl bilan topilgan ashyolar topshiriladi. Bu ashyolar shaxsni ushlab berish uning vafot etganligi yoki boshqa sabablar tufayli amalga oshirilishi mumkin boʻlmay qolgan taqdirda ham mazkur organning iltimosiga binoan topshiriladi. |
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan ashyolarni topshirish, agar mazkur ashyolar boshqa jinoyat ishini yuritish uchun zarur boʻlsa, vaqtincha kechiktirib turilishi mumkin. | Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan ashyolarni topshirish, agar mazkur ashyolar boshqa jinoyat ishini yuritish uchun zarur boʻlsa, vaqtincha kechiktirib turilishi mumkin. |
Uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash uchun ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan ashyolarni topshirish xorijiy davlat vakolatli organining jinoyat ishini yuritish tamomlanishi bilan ashyolarni qaytarish toʻgʻrisidagi kafolatlari mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi. | Uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash uchun ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan ashyolarni topshirish xorijiy davlat vakolatli organining jinoyat ishini yuritish tamomlanishi bilan ashyolarni qaytarish toʻgʻrisidagi kafolatlari mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi. |
66-bob. XORIJIY DAVLAT SUDINING QARORINI TAN OLISH VA IJROGA QARATISH. OZODLIKDAN MAHRUM ETILGAN SHAXSNI JAZONI OʻTASHNI DAVOM ETTIRISH UCHUN, SHUNINGDEK OʻZIGA NISBATAN TIBBIY YOʻSINDAGI MAJBURLOV CHORASI QOʻLLANILGAN SHAXSNI MAJBURIY DAVOLASHNI DAVOM ETTIRISH UCHUN QABUL QILIB OLISH VA XORIJIY DAVLATGA BERISH 610-modda. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish Xorijiy davlat sudining qarori ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasida tan olinishi va ijroga qaratilishi mumkin: 1) xorijiy davlatda ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoga hukm qilingan va jazoni oʻtayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi — jazoni Oʻzbekiston Respublikasida oʻtashni davom ettirish uchun qabul qilib olinganda; 2) xorijiy davlat hududida aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan yoki ushbu qilmishni sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan xorijiy davlat sudining tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori mavjud boʻlsa, — majburiy davolashni Oʻzbekiston Respublikasida davom ettirish uchun qabul qilib olinganda; 3) xorijiy davlat sudi tomonidan hukm qilinib, jazoni oʻtamagan shaxs xorijiy davlat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga ushlab berilganda; 4) xorijiy davlat sudi tomonidan hukm qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini xorijiy davlatga ushlab berish rad etilganda; 5) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa hollarda. 611-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish va qabul qilib olish asoslari Ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan: 1) jazoni oʻtashni davom ettirish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi sudi tomonidan ozodlikdan mahrum etilgan chet el fuqarosi oʻzi fuqaroligiga mansub boʻlgan davlatga berilishi yoki xorijiy davlat sudi tomonidan ozodlikdan mahrum etilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi xorijiy davlatdan qabul qilib olinishi mumkin; 2) majburiy davolashni davom ettirish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi hududida aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan yoki ushbu qilmishni sodir etganidan keyin ruhiy holati buzilishi yuzaga kelgan va oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi sudining qarori mavjud boʻlgan chet el fuqarosi oʻzi fuqaroligiga mansub boʻlgan davlatga berilishi yoki xorijiy davlat sudi tomonidan oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi xorijiy davlatdan qabul qilib olinishi mumkin. 612-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun qabul qilib olish shartlari Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilib olishga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtayotgan yoki majburiy davolanishda boʻlgan shaxsning yoxud uning qonuniy vakilining yoki yaqin qarindoshining arizasiga, shuningdek qabul qilinayotgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining yoki xorijiy davlat vakolatli organining soʻroviga koʻra yoʻl qoʻyiladi. 613-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun qabul qilib olish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslar va ularning qonuniy vakillari yoki yaqin qarindoshlari, shuningdek xorijiy davlatning vakolatli organlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun yoxud oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga qabul qilib olish toʻgʻrisida murojaat qilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni qabul qilib olish toʻgʻrisida murojaat qilinganidan va ushbu shaxslarning fuqaroligi tasdiqlanganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organiga masalani hal etish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrov yuboradi. Soʻrov qanoatlantirilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Shundan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi. Iltimosnoma ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning doimiy yashash joyi boʻyicha, ularning doimiy yashash joyi mavjud boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi hududida oxirgi roʻyxatga olingan joyi boʻyicha, ushbu Kodeksning 542-moddasida nazarda tutilgan tartibda jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Mahkumning yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsning yoʻqligi xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi iltimosnomaning sud tomonidan koʻrib chiqilishiga toʻsqinlik qilmaydi. 614-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun qabul qilib olishda jazoni belgilash tartibi Jazoni oʻtash uchun xalqaro shartnomalarga muvofiq xorijiy davlat tomonidan topshirilgan mahkumga nisbatan jazo muddati xorijiy davlat sudining hukmi bilan tayinlangan muddatga mutanosib ravishda hisoblanadi. Agar Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoning eng koʻp muddati xorijiy davlat sudining hukmi bilan tayinlangan muddatdan kam boʻlsa, sud Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida mazkur jinoyatni sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoning eng koʻp muddatini belgilaydi. Agar xorijiy davlat sudi tomonidan shaxsga xorijiy davlat hududida sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlangan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida esa ushbu jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilmagan boʻlsa, sud mazkur jinoyat uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan ogʻirroq jazo turini tayinlaydi. Shaxsning xorijiy davlat hududida sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazo turi Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilmagan hollarda, sud xorijiy davlat sudi tomonidan tayinlangan jazo turiga mos keladigan, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan boshqa jazo turini tayinlaydi. Agar xorijiy davlat sudining hukmi bilan shaxsga bir necha qilmish uchun jazo tayinlangan boʻlib, ularning ayrimlari Oʻzbekiston Respublikasida jinoyat hisoblanmasa, sud xorijiy davlat sudining hukmi boʻyicha tayinlangan jazoning qaysi qismi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq jinoyat hisoblanadigan qilmishga nisbatan qoʻllanilishini belgilaydi. Xorijiy davlat sudining qarori bilan tayinlangan qoʻshimcha jazoni tan olish va ijroga qaratish sud tomonidan ushbu jinoyatning xususiyatidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va ushbu Kodeksga muvofiq hal qilinadi. Xorijiy davlat sudining qarori bilan tayinlangan jazoning mahkum tomonidan oʻtalgan qismi sud tomonidan ajrim chiqarishda jazo muddatiga qoʻshib hisoblanadi. 615-modda. Sud ajrimi Sud iltimosnomani koʻrib chiqib ajrim chiqaradi, unda quyidagilar koʻrsatiladi: 1) xorijiy davlat sudining nomi, qaror qabul qilingan vaqt va joy; 2) mahkumning yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, Oʻzbekiston Respublikasidagi oxirgi yashash joyi, hukm qilinguniga yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilguniga qadar ishlagan joyi va lavozimi, fuqaroligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 3) sodir etilishida shaxs aybli deb topilgan jinoyatning tavsifi va shaxsning hukm qilinishiga yoxud oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilishiga asos boʻlgan xorijiy davlat jinoyat toʻgʻrisidagi qonunining moddasi (qismi, bandi); 4) mahkum yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxs sodir etgan jinoyat uchun javobgarlik nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining moddasi (qismi, bandi); 5) mahkumning Oʻzbekiston Respublikasida oʻtashi kerak boʻlgan jazo turi va muddati, tegishli tartibli koloniya turi, fuqarolik daʼvosi boʻyicha keltirilgan zararning oʻrnini qoplash yoki undirish tartibi, majburiy davolanayotgan shaxsga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasining turi; 6) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlar. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari tomonidan xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisida kiritilgan iltimosnomani koʻrib chiqishda, agar sud: 1) xorijiy davlat sudining qarori bilan hukm qilingan yoxud oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsning qilmishi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq jinoyat hisoblanmasligi; 2) jazoni ijro etish muddati oʻtib ketganligi tufayli yoxud Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa asosga koʻra xorijiy davlat sudining qarorini ijro etish mumkin emasligi; 3) xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlariga, suverenitetiga yoki xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkinligi haqida xulosaga kelsa, xorijiy davlat sudining qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Sudning ajrimi oʻqib eshittirilgan kundan eʼtiboran kuchga kiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga uning ijrosini taʼminlash choralarini koʻrish uchun, himoyachiga va boshqa manfaatdor shaxslarga esa maʼlumot uchun yuboriladi. 616-modda. Qabul qilib olingan shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni ijro etishni yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllashni tashkil etish Xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi sud ajrimi chiqarilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga, zarur boʻlgan taqdirda esa Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga shaxsni xorijiy davlat hududida jazoni ijro etish muassasasidan yoki psixiatriya muassasasidan berish va qabul qilib olish joyini, vaqtini, tartibini va tashkil etilishini kelishish toʻgʻrisida topshiriq beradi. Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish yoki majburiy davolash Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, jazoning oʻtalmay qolgan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish, afv etish, amnistiya aktini qoʻllash, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllashni bekor qilish yoki oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organini jazoni ijro etish yoki majburiy davolash holati va natijasi toʻgʻrisida quyidagi hollarda xabardor qiladi: 1) jazoni ijro etish yoki majburiy davolash Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq yakunlanganida; 2) ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslar vafot etganida yoki qochib ketganida. 617-modda. Xorijiy davlat sudining qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish Xorijiy davlat sudining qarorini qayta koʻrib chiqish bilan bogʻliq har qanday masalalar mazkur davlatning sudi tomonidan hal qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasida jazo oʻtayotgan yoki majburiy davolanayotgan shaxsga nisbatan chiqarilgan xorijiy davlat sudining qarori bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan yoxud xorijiy davlat yoki Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan amnistiya yoki afv etish akti qoʻllanilgan taqdirda, xorijiy davlat sudining qayta koʻrib chiqilgan qarorini ijro etish, shuningdek amnistiya yoxud afv etish aktini qoʻllash masalalari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi. Agar xorijiy davlat sudining qarori bekor qilingan va ish sud muhokamasida yangitdan koʻrish uchun tayinlangan boʻlsa, kelgusida jazoni oʻtash toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan ushbu Kodeksga muvofiq hal qilinadi. 618-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish shartlari Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan berish ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtayotgan yoki majburiy davolanishda boʻlgan shaxsning yoxud uning qonuniy vakilining yoki yaqin qarindoshining arizasiga koʻra, shuningdek berilayotgan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining yoki xorijiy davlat vakolatli organining soʻroviga koʻra yoʻl qoʻyiladi. Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan berish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarining qaroriga koʻra amalga oshiriladi. 619-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni berish toʻgʻrisidagi materiallarni oʻrganib va tekshirib chiqqanidan keyin, agar ular tegishli tarzda rasmiylashtirilgan boʻlsa hamda ushbu Kodeksda va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda mazkur shaxslarni berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, bu haqda xorijiy davlatning vakolatli organiga va berish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida murojaat qilgan shaxsga xabar qiladi. Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning berilishi ularni muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish, jazoning oʻtalmay qolgan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish, afv etish, amnistiya aktini qoʻllash, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllashni tugatish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda iltimos qilish huquqidan mahrum etmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxsni berish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida, shuningdek xorijiy davlat sudining Oʻzbekiston Respublikasi sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi qarori haqida hukmni yoki ajrimni chiqargan sudni xabardor qiladi. Oʻzbekiston Respublikasida amnistiya akti eʼlon qilingan taqdirda, prokurorning iltimosnomasiga binoan sud berilgan shaxsga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi. 620-modda. Berilgan shaxsga nisbatan sud hukmini bekor qilish yoki oʻzgartirish, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllashni tugatish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi xabarnoma Xorijiy davlatga jazoni oʻtashni davom ettirish uchun berilgan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi sudining hukmini yoki majburiy davolashni davom ettirish uchun berilgan shaxsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi sud ajrimi bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan taqdirda, shuningdek ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasida amnistiya akti yoxud afv etish qoʻllanilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organiga tegishli qarorning koʻchirma nusxasini yuboradi. 621-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun xorijiy davlatga berishni rad etish Ushbu Kodeksning 611-moddasida koʻrsatilgan shaxslarni berish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin, agar: 1) shaxsning ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinishiga yoki unga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilishiga sabab boʻlgan qilmishlarning hech biri u fuqarosi boʻlgan davlatning yoki doimiy yashash joyidagi davlatning qonunchiligiga koʻra jinoyat deb eʼtirof etilmasa; 2) ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni berish toʻgʻrisida mazkur davlat bilan kelishuvga erishilmagan boʻlsa; 3) ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni berish Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa; 4) ozodlikdan mahrum etilgan shaxs yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxs hukmni ijro etuvchi davlatning fuqarosi boʻlmasa; 5) xorijiy davlatda jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketganligi oqibatida yoki ushbu davlatning qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra jazoni ijro etish mumkin boʻlmasa; 6) ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni berish toʻgʻrisidagi soʻrov olingan paytda ozodlikdan mahrum qilish jazosining oʻtalmay qolgan qismi olti oydan kam boʻlsa; 7) xorijiy davlatning qonunchiligida xuddi shunday tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi nazarda tutilmagan boʻlsa; 8) xorijiy davlatda zaruriy davolanishni va tegishli maxsus tibbiy choralarni taʼminlash imkoni mavjud boʻlmasa; 9) Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa hollarda. 622-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtash uchun berishning huquqiy oqibatlari Hukmni ijro etuvchi davlatga jazoni oʻtash uchun berilgan ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga nisbatan ushbu davlat hududida xuddi shu kabi jinoyat uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan ayni shunday huquqiy oqibatlar kelib chiqadi. Boshqa davlat sudi tomonidan hukm qilingan va jazoni ijro etish uchun berilgan shaxs hukmni ijro etuvchi davlat hududida aynan shu qilmishi uchun takroran jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. 623-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish va qabul qilib olish bilan bogʻliq xarajatlar Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish va qabul qilib olish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |