O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
Qarori
TOVARLARNI QAYTA IShLASh JARAYoNINING TEXNIK-IQTISODIY ASOSLARINI KELIShISh VA BOJXONA HUDUDIDAN TAShQARIDA TOVARLARNI QAYTA IShLAShNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY MANFAATLARIGA MUVOFIQLIGI TO‘G‘RISIDA XULOSALAR BERISh TARTIBI HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 31-oktabrda 1634-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi ]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 23-maydagi 2018/16-03, 17, 98, 01-02/12-40-sonli “Tovarlarni qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini kelishish va bojxona hududidan tashqarida tovarlarni qayta ishlashning O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1634-1, 31.05.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-avgustdagi 398-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining tovarlarni qayta ishlash bilan bog‘liq qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandini ijro etish maqsadida (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 33-son, (371-modda) avgust), O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Tovarlarni qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini kelishish va bojxona hududidan tashqarida tovarlarni qayta ishlashning O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. G‘ANIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 1-avgust,
EG-01/10-4091-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 1-avgust,
3-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 1-avgust,
70-son
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 1-avgust,
01-02/12-11-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 43-44-son, 435-modda)