Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.06.2018 17.08.2004 yildagi 398-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.06.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining tovarlarni qayta ishlash bilan bog‘liq qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-iyundagi 467-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining tovarlarni qayta ishlash masalalariga oid qoidalari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 30-31-moddalari qoidalariga muvofiq:
(1-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-avgustdagi 206-son qarori tahririda— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan va qayta ishlashning bojxona rejimlariga joylashtiriladigan tovarlarni qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini kelishishga;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hududidan tashqarida, ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud korxonalarga tovarlarni qayta ishlashning O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar berishga;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga ayrim tovarlarga nisbatan qayta ishlashning bojxona rejimidan foydalanishga cheklovlarga doir takliflar kiritishga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, agar tovarlar va ularni qayta ishlash mahsulotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni qayta ishlash tijorat xususiyatiga ega bo‘lmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni ta’mirlash qayta ishlashning maqsadi hisoblangan;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir kontrakt bo‘yicha qayta ishlanadigan tovarlarning bojxona qiymati eng kam oylik ish haqining 500 baravaridan oshmagan hollarda ayni bir bojxona organiga taqdim etilganda qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilishi talab etilmaydi.
(2-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-avgustdagi 206-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda Tovarlarni qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini kelishish va bojxona hududidan tashqarida tovarlarni qayta ishlashning O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar berish tartibi haqidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 17-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
398-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 33-son, 371-modda; 2005-y., 34 — 36-son, 264-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2016-y., 25-son, 308-modda)