Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVTOMOBIL BENZINI SOTIB OLISH BOʻYICHA ILGARI BERILGAN IMTIYOZLAR OʻRNIGA SHAXSLARNING AYRIM TOIFALARIGA OYLIK PUL KOMPENSATSIYALARI TOʻLOVLARI JORIY ETISH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq shaxslarning ayrim toifalarini ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash maqsadida hamda Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil benziniga chakana narxlarning oʻzgarishi toʻgʻrisida” 2006-yil 30-iyundagi 127-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2006-yil 1-noyabrdan boshlab avtomobil benzini sotib olish boʻyicha ilgari berilgan imtiyozlar oʻrniga shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyalari toʻlovlari joriy etilsin.
2. Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyasi summasi 10 500 (oʻn ming besh yuz) soʻm miqdorida belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin va baʼzilari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 30-oktabr,
223-son
Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom avtomobil benzini sotib olishga xarajatlarning bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi olish (keyingi oʻrinlarda “oylik pul kompensatsiyasi” deb yuritiladi) huquqiga ega boʻlgan shaxslar toifasini belgilaydi va ularga bunday kompensatsiya toʻlash tartibini tartibga soladi.
2. Oylik pul kompensatsiyalari toʻlash avtomobil benzini sotib olish boʻyicha ilgari berilgan imtiyozlar oʻrniga 2006-yil 1-noyabrdan boshlab joriy etiladi.
3. Quyidagilar oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga egadir:
urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq;
urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq;
mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlar;
I va II guruh bolalikdan nogironlar.
II. Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi toʻlovini tayinlash
4. Oylik pul kompensatsiyasi toʻlovi uni olish huquqiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan, yengil avtomobil, motoaravacha yoki mototsiklga ega boʻlgan (keyingi oʻrinlarda “avtomototransport vositasi” deb yuritiladi) va ulardan foydalanadigan shaxslarga tayinlanadi.
5. Avtomototransport vositalaridan foydalanish huquqi ishonchnoma boʻyicha boshqa shaxsga berilganda oylik pul kompensatsiyasi olish huquqi yoʻqoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mazkur Nizomning 5-bandining amal qilishi, basharti sogʻligʻining holati boʻyicha avtomototransport haydash toʻgʻri kelmaydigan Ikkinchi jahon urushi nogironlari bilan doimiy ravishda birga yashaydigan, u bilan birga bir turar joy maydonida roʻyxatdan oʻtgan oila aʼzolari avtomototransportni ishonchnoma boʻyicha haydagan taqdirda ularga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunda oylik pul kompensatsiyasi toʻlash faqat ishonchnomaning amal qilish muddatiga tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oylik pul kompensatsiyasi toʻlovini tayinlash uchun bunga huquqi boʻlgan shaxs pensiyalar va nafaqalarni tayinlaydigan organlarga (Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi organlari) quyidagi hujjatlarni taqdim etishi zarur:
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oylik pul kompensatsiyasini toʻlash barcha zarur hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ariza berilgandan keyin oylik pul kompensatsiyasi toʻlovini tayinlash toʻgʻrisidagi masala 5 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Bunda oylik pul kompensatsiyasi toʻgʻrisidagi ijobiy qaror oylik pul kompensatsiyasini tayinlaydigan organning (Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi organlari) farmoyishi bilan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oylik pul kompensatsiyasi toʻlovini tayinlash rad etilgan taqdirda oylik pul kompensatsiyasini tayinlaydigan organlar tegishli qaror qabul qilingandan keyin 3 ish kunida tegishli qarorni ariza beruvchining qoʻliga beradi yoki unga rad etish toʻgʻrisida pochta bildirishnomasini joʻnatadi (rad etish sabablari koʻrsatilgan holda) va ayni bir vaqtda barcha hujjatlarni qaytaradi.
11. Oylik pul kompensatsiyasini tayinlaydigan organlar tomonidan oylik pul kompensatsiyasi toʻlovni tayinlash rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror:
ariza beruvchining maqomi oylik pul kompensatsiyasini olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar toifasi maqomiga muvofiq boʻlmaganda;
foydalanilayotgan avtomototransport vositasi tipi yengil avtomobil, motoaravacha va mototsiklga muvofiq boʻlmaganda;
avtomototransport davriy davlat texnik koʻrigidan oʻtkazilmaganda;
mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda qabul qilinishi mumkin.
12. Oylik pul kompensatsiyasi toʻlovini tayinlash rad etilishi uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda ariza beruvchi takroran murojaat qilish huquqiga egadir.
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda oylik pul kompensatsiyasini tayinlaydigan organ tomonidan ariza beruvchiga yozma shaklda ilgari bayon qilingan eʼtirozlar taqdim etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ularning bartaraf etilishini tasdiqlaydigan hujjatlar bilan bogʻliq eʼtirozlarni taqdim etish bundan mustasno.
13. Oylik pul kompensatsiyasi toʻlovi summasining miqdori jismoniy shaxslardan yonilgʻi isteʼmoli uchun olinadigan soliq hisobga olinmagan holda chakana savdodagi avtomobil benzini (chakana savdoda eng koʻp tarqalgan) muayyan markasining qirq litri qiymatining ellik foizidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Oylik pul kompensatsiyasi toʻlovini amalga oshirish
14. Oylik pul kompensatsiyasi toʻlovi koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning yashash joyi boʻyicha pensiyalar va nafaqalarni tayinlaydigan organlar tomonidan pensiyalar va nafaqalarni toʻlash uchun belgilangan muddatlarda, alohida qaydnomalar boʻyicha aloqa boʻlimi yoki banklarning boʻlimlari orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Avtomototransportning davriy davlat texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisida texnik pasportda tegishli belgi mavjud boʻlmagan taqdirda oylik pul kompensatsiyasi toʻlash oylik pul kompensatsiya toʻlovini tayinlaydigan organlar tomonidan toʻxtatib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oylik pul kompensatsiyasi toʻlash avtomototransport egasi tomonidan ariza berilgan va davriy davlat texnik koʻrikdan oʻtganlik toʻgʻrisida texnik pasportda belgi qoʻyilgan paytdan boshlab tiklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oylik pul kompensatsiyasi toʻlovi tayinlangan avtomototransport vositasi egalari oylik pul kompensatsiyasi toʻlovini tayinlaydigan organlarni davriy davlat texnik koʻrigidan oʻtilgandan keyin 10 kun mobaynida xabardor qilishi shart.
Agar davriy texnik koʻrikdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi hujjat ikki haftadan ortiq kechikib taqdim etilgan taqdirda tegishli davr uchun oylik pul kompensatsiyasi toʻlanmaydi.
16. Avtomototransport vositasi egasi oylik pul kompensatsiya toʻlovini tayinlaydigan organga:
yashash joyi oʻzgarganligi;
avtomototransport vositasi sotilganligi;
yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari buzilganligi uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilganligi holatlari toʻgʻrisida xabar berishi shart.
Oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega boʻlgan avtomototransport vositasi egasi vafot etgan taqdirda tegishli bildirishnoma uning qarindoshlari tomonidan taqdim etilishi kerak.
Yuqorida sanab oʻtilgan holatlarda kompensatsiya toʻlash toʻxtatiladi.
Koʻrsatib oʻtilgan axborotni yashirgan va oylik pul kompensatsiyasini noqonuniy olgan avtomototransport vositasi egasidan tegishli summa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Agar oylik pul kompensatsiyasini asoslanmagan toʻlash oylik pul kompensatsiyasini tayinlaydigan yoki toʻlaydigan organning xodimi aybi bilan yuz bergan taqdirda ushbu pul mablagʻlari aybdor shaxsning hisobiga qoplanadi.
18. Oylik pul kompensatsiyasini toʻlaydigan vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari, har oyda, 10-kundan kechikmay “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining unitar korxonalariga (neft bazalariga) neft bazalari tomonidan xizmat koʻrsatiladigan hududlar boʻyicha, oylik pul kompensatsiyasini olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar sonini koʻrsatgan holda keyingi oyga oylik pul kompensatsiyalari summasini toʻlash uchun moliyaviy mablagʻlar hajmida (kompensatsiyalar yetkazib berilishi uchun aloqa boʻlimlari yoki banklarning boʻlimlari xarajatlari hisobga olingan holda) hisob-kitoblar bilan asoslangan ehtiyojga boʻlgan buyurtmanomani taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
19. “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining unitar korxonalari (neft bazalari) har oyda 27-kundan kechikmay oylik pul kompensatsiyasi toʻlaydigan vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalarining bank hisob raqamlariga oylik pul kompensatsiyasi toʻlash uchun moliyaviy mablagʻlarning zarur miqdorini oʻtkazadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar reyestri oylik pul kompensatsiyasi toʻlaydigan vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi va ikki hafta mobaynida har bir kalendar yil choragining 1-kuni holati boʻyicha “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining unitar korxonalariga (neft bazalariga) taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Oylik pul kompensatsiyasi toʻlaydigan vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar reyestrlarini topshirish bilan bir vaqtda “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining unitar korxonalariga (neft bazalariga) oldingi yil choragi uchun amalda toʻlangan toʻlovlar toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Avtomobil benzini sotib
olish xarajatlarining bir
qismi uchun shaxslarning
ayrim toifalariga oylik
pul kompensatsiyasi toʻlash
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
olish xarajatlarining bir
qismi uchun shaxslarning
ayrim toifalariga oylik
pul kompensatsiyasi toʻlash
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega boʻlgan urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar toifalari
Ikkinchi jahon urushi, boshqa urushlar davrida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilishda harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilar oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega boʻlgan urush qatnashchilari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Quyidagi shaxslar urush qatnashchilariga tenglashtiriladi:
a) 1941-yil 22-iyundan 1954-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davrda qiruvchi batalyonlar, vzvodlar va xalqni himoya qilish otryadlari tarkibida sobiq SSSR hududida janglarda qatnashgan shaxslar;
b) Ikkinchi jahon urushi yillarida partizan otryadlarida va qoʻshilmalarida boʻlgan yoxud yashirin ishlar bilan shugʻullangan shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
v) Ikkinchi jahon urushi yillarida harakatdagi armiya tarkibida yoki harbiy harakatlar mintaqalarida xizmatni oʻtagan sobiq SSSRning Ichki ishlar vazirligi organlari va Davlat xavfsizligi qoʻmitasi organlarining boshliqlar va oddiy askarlar tarkibiga kiruvchi shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
g) Ikkinchi jahon urushi davrida balogʻat yoshiga yetgunga qadar polk oʻgʻli yoki kichik matros sifatida harakatdagi armiya va flotning qismlari va tuzilmalari tarkibida boʻlgan shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
d) Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy harakatlar mintaqalarida temir yoʻllarning front yaqinida joylashgan uchastkalarida, mudofaa chizigʻi inshootlarida, harbiy-dengiz bazalarida, aerodromlarda va boshqa harbiy obyektlardagi ishlarda qatnashgan ishchilar;
Keyingi tahrirga qarang.
e) Ikkinchi jahon urushi yillarida harakatdagi armiya tarkibida ishlagan erkin yollanganlar tarkibidan boʻlgan shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
j) 1956-yil 24-oktabrdan 1956-yil 10-noyabrgacha boʻlgan davrda Vengriyadagi jangovar harakatlar davrida ushbu mamlakat hududida boʻlgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilar.
Avtomobil benzini sotib
olish xarajatlarining bir
qismi uchun shaxslarning
ayrim toifalariga oylik
pul kompensatsiyasi toʻlash
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
olish xarajatlarining bir
qismi uchun shaxslarning
ayrim toifalariga oylik
pul kompensatsiyasi toʻlash
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega boʻlgan urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar toifalari
Ikkinchi jahon urushi, boshqa urushlar davrida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilishda harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda xizmatni oʻtashda yarador, mayib boʻlish, kontuziyaga uchrash yoki kasal boʻlish oqibatida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilar oylik pul kompensatsiyasini olish huquqiga ega boʻlgan urush nogironlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Quyidagi shaxslar urush nogironlariga tenglashtiriladi:
a) sobiq SSSR va Oʻzbekiston Respublikasi chegaralarini himoya qilishda yarador, mayib boʻlish, kontuziyaga uchrash yoki kasal boʻlish oqibatida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilar;
b) 1941-yil 22-iyundan 1954-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davrda sobiq SSSR hududida harakat qilgan qiruvchi batalyonlar, vzvodlar va xalqni himoya qilish otryadlarida boʻlgan davrda yarador, mayib boʻlish, kontuziyaga uchrash yoki kasal boʻlish sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslar;
v) front yaqinida joylashgan temir yoʻl uchastkalari, mudofaa chizigʻi inshootlari, harbiy-dengiz bazalari, aerodromlar va boshqa harbiy obyektlardagi ishlarda qatnashgan hamda Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy harakatlar mintaqalarida yarador, mayib boʻlish, kontuziyaga uchrash yoki kasal boʻlish sababli nogiron boʻlib qolgan xodimlar;
Keyingi tahrirga qarang.
g) Ikkinchi jahon urushi yillarida partizan otryadlari va qoʻshilmalarida yoxud yashirin ishlarda boʻlish davrida yarador, mayib boʻlish, kontuziyaga uchrash yoki kasal boʻlish oqibatida nogiron boʻlib qolgan shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
d) Ikkinchi jahon urushi yillarida harakatdagi armiya tarkibida ishlagan davrda yarador, mayib boʻlish, kontuziyaga uchrash yoki kasal boʻlish oqibatida nogiron boʻlib qolgan erkin yollanganlar tarkibiga kirgan shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
e) ichki ishlar organlari va milliy xavfsizlik xizmatining boshliqlar va oddiy askarlar tarkibiga kiradigan, jangovar harakatlar olib borilgan mamlakatlarda tinchlik oʻrnatish kuchlarida qatnashish hamda baynalmilal burchni bajarish bilan bogʻliq yarador, mayib boʻlish, kontuziyaga uchrash yoki kasal boʻlish oqibatida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilari;
Keyingi tahrirga qarang.
j) ichki ishlar organlari va milliy xavfsizlik xizmatining boshliqlar va oddiy askarlar tarkibiga kiradigan, harbiy xizmat majburiyatini bajarish (xizmat vazifasini oʻtash) bilan bogʻliq yarador, mayib boʻlish, kontuziyaga uchrash yoki kasal boʻlish oqibatida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilari;
Keyingi tahrirga qarang.
z) oʻquv yoki sinov yigʻinlariga chaqirilgan hamda ushbu yigʻinlarni oʻtash davrida xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq yarador, mayib boʻlish, kontuziyaga uchrash yoki kasal boʻlish oqibatida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatga majburlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻzgartirish kiritilayotgan hamda oʻz kuchini yoʻqotayotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 296-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 54-modda) bilan tasdiqlangan Neft mahsulotlari sotuvchi korxonalarning cheklangan ustamalarini shakllantirish toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi birinchi xatboshining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bunda Narxlarni boshqarish jamgʻarmasiga oʻtkazilishi kerak boʻlgan summa avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun fuqarolarning ayrim toifalariga pul kompensatsiyasi toʻlaydigan organlar hisobiga oʻtkazilgan pul mablagʻlari summasiga kamaytiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Energiya resurslari narxlarini davlat tomonidan boshqarish toʻgʻrisida” 1992-yil 16-oktabrdagi 474-son qarorining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi va energiya uchun cheklangan ulgurji va chakana narxlarning oʻzgarishi toʻgʻrisida” 1993-yil 27-maydagi 258-son qarorining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 429-modda; 2007-y., 31-32-son 317-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son,21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son; 11.06.2020-y., 09/20/370/0746-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)