Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVTOMOBIL BENZINI SOTIB OLISH BOʻYICHA ILGARI BERILGAN IMTIYOZLAR OʻRNIGA SHAXSLARNING AYRIM TOIFALARIGA OYLIK PUL KOMPENSATSIYALARI TOʻLOVLARI JORIY ETISH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq shaxslarning ayrim toifalarini ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash maqsadida hamda Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil benziniga chakana narxlarning oʻzgarishi toʻgʻrisida” 2006-yil 30-iyundagi 127-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2006-yil 1-noyabrdan boshlab avtomobil benzini sotib olish boʻyicha ilgari berilgan imtiyozlar oʻrniga shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyalari toʻlovlari joriy etilsin.
2. Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 30-iyuldagi 157-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin va baʼzilari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 30-oktabr,
223-son
Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom avtomobil benzini sotib olishga xarajatlarning bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi olish (keyingi oʻrinlarda “oylik pul kompensatsiyasi” deb yuritiladi) huquqiga ega boʻlgan shaxslar toifasini belgilaydi va ularga bunday kompensatsiya toʻlash tartibini tartibga soladi.
2. Oylik pul kompensatsiyalari toʻlash avtomobil benzini sotib olish boʻyicha ilgari berilgan imtiyozlar oʻrniga 2006-yil 1-noyabrdan boshlab joriy etiladi.
3. Quyidagilar oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga egadir:
urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq;
urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq;
mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlar;
I va II guruh bolalikdan nogironlar.
II. Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi toʻlovini tayinlash
4. Oylik pul kompensatsiyasi toʻlovi uni olish huquqiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan, yengil avtomobil, motoaravacha yoki mototsiklga ega boʻlgan (keyingi oʻrinlarda “avtomototransport vositasi” deb yuritiladi) va ulardan foydalanadigan shaxslarga tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oylik pul kompensatsiyasi toʻlovini tayinlash uchun bunga huquqi boʻlgan shaxs pensiyalar va nafaqalarni tayinlaydigan organlarga (Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizligi xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi organlari) (keyingi oʻrinlarda — pul kompensatsiyasini tayinlaydigan organ) quyidagi hujjatlarni taqdim etishi zarur:
ariza;
ariza beruvchining biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi;
imtiyozga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi guvohnomalar nusxalari (urush qatnashchilari va nogironligi boʻlgan hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun).
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
8. Oylik pul kompensatsiyasini toʻlash barcha zarur hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
81. Oylik pul kompensatsiyasini tayinlash uchun ariza bergan shaxsga tegishli boʻlgan quyidagi maʼlumotlar:
avtomototransport vositasi egasining haydovchilik guvohnomasi;
avtomototransport vositasining texnik pasporti;
avtomototransport vositasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati organlarida davriy texnik koʻrikdan oʻtganligi;
avtomototransport vositasi egasining haydovchilik guvohnomasi haqidagi maʼlumotlar oylik pul kompensatsiyasini tayinlaydigan organlar tomonidan oʻzaro axborot almashinuvi orqali Ichki ishlar vazirligining axborot tizimlaridan olinadi.
Axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida oylik pul kompensatsiya tayinlaydigan organlar tomonidan shaxsga oylik pul kompensatsiyasini tayinlash yoki tayinlashni rad qilish masalasi koʻrib chiqiladi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
9. Barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ariza berilgandan keyin oylik pul kompensatsiyasi toʻlovini tayinlash toʻgʻrisidagi masala 5 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda oylik pul kompensatsiyasi toʻgʻrisidagi ijobiy qaror oylik pul kompensatsiyasini tayinlaydigan organning farmoyishi yoki qarori bilan qabul qilinadi.
(9-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
10. Oylik pul kompensatsiyasi toʻlovini tayinlash rad etilgan taqdirda oylik pul kompensatsiyasini tayinlaydigan organlar tegishli qaror qabul qilingandan keyin 3 ish kunida tegishli qarorni ariza beruvchining qoʻliga beradi yoki unga rad etish toʻgʻrisida pochta bildirishnomasini joʻnatadi (rad etish sabablari koʻrsatilgan holda) va ayni bir vaqtda barcha hujjatlarni qaytaradi.
11. Oylik pul kompensatsiyasini tayinlaydigan organlar tomonidan oylik pul kompensatsiyasi toʻlovni tayinlash rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror:
ariza beruvchining maqomi oylik pul kompensatsiyasini olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar toifasi maqomiga muvofiq boʻlmaganda;
foydalanilayotgan avtomototransport vositasi tipi yengil avtomobil, motoaravacha va mototsiklga muvofiq boʻlmaganda;
avtomototransport davriy davlat texnik koʻrigidan oʻtkazilmaganda;
mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda qabul qilinishi mumkin.
12. Oylik pul kompensatsiyasi toʻlovini tayinlash rad etilishi uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda ariza beruvchi takroran murojaat qilish huquqiga egadir.
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda oylik pul kompensatsiyasini tayinlaydigan organ tomonidan ariza beruvchiga yozma shaklda ilgari bayon qilingan eʼtirozlar taqdim etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ularning bartaraf etilishini tasdiqlaydigan hujjatlar bilan bogʻliq eʼtirozlarni taqdim etish bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Oylik pul kompensatsiyasi toʻlovi summasining miqdori jismoniy shaxslardan yonilgʻi isteʼmoli uchun olinadigan soliq hisobga olinmagan holda har chorakda “Oʻzbekneftgaz” AJning avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali hisobot davridan oldingi chorakning chakana savdodagi avtomobil benzini (chakana savdoda eng koʻp tarqalgan) muayyan markasining oʻrtacha sotish narxidan kelib chiqib, yigirma litr avtomobil benzini qiymati miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
III. Oylik pul kompensatsiyasi toʻlovini amalga oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
14. Oylik pul kompensatsiyasi toʻlovi koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning yashash joyi boʻyicha pensiyalar va nafaqalarni tayinlaydigan organlar tomonidan pensiyalar va nafaqalarni toʻlash uchun belgilangan muddatlarda, alohida qaydnomalar boʻyicha tijorat banki yoki boshqa ixtisoslashgan tashkilot orqali amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining axborot tizimlaridan olingan avtomototransportning davriy davlat texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisida tegishli maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda oylik pul kompensatsiyasi toʻlash oylik pul kompensatsiya toʻlovini tayinlaydigan organlar tomonidan toʻxtatib qoʻyiladi.
(15-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oylik pul kompensatsiyasini toʻlash avtomototransport egasi tomonidan ariza berilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining axborot tizimlaridan olingan maʼlumotga asosan avtomototransport vositasining texnik koʻrikdan oʻtgan kunidan boshlab tiklanadi.
(15-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oylik pul kompensatsiyasi toʻlovi tayinlangan avtomototransport vositasi egalari oylik pul kompensatsiyasi toʻlovini tayinlaydigan organlarni davriy davlat texnik koʻrigidan oʻtilgandan keyin 10 kun mobaynida xabardor qilishi shart.
Agar davriy texnik koʻrikdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi hujjat ikki haftadan ortiq kechikib taqdim etilgan taqdirda tegishli davr uchun oylik pul kompensatsiyasi toʻlanmaydi.
16. Avtomototransport vositasi egasi oylik pul kompensatsiya toʻlovini tayinlaydigan organga:
yashash joyi oʻzgarganligi;
avtomototransport vositasi sotilganligi;
yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari buzilganligi uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilganligi holatlari toʻgʻrisida xabar berishi shart.
Oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega boʻlgan avtomototransport vositasi egasi vafot etgan taqdirda tegishli bildirishnoma uning qarindoshlari tomonidan taqdim etilishi kerak.
Yuqorida sanab oʻtilgan holatlarda kompensatsiya toʻlash toʻxtatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻrsatib oʻtilgan axborotni yashirgan va oylik pul kompensatsiyasini noqonuniy olgan avtomototransport vositasi egasidan tegishli summa qonunchilikda belgilangan tartibda undirib olinadi.
(16-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
17. Agar oylik pul kompensatsiyasini asoslanmagan toʻlash oylik pul kompensatsiyasini tayinlaydigan yoki toʻlaydigan organning xodimi aybi bilan yuz bergan taqdirda ushbu pul mablagʻlari aybdor shaxsning hisobiga qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Oylik pul kompensatsiyasini toʻlaydigan vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari, har oyning 3-kunidan kechikmay “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan oylik pul kompensatsiyasini olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar sonini koʻrsatgan holda keyingi oyga oylik pul kompensatsiyalari summasini toʻlash uchun moliyaviy mablagʻlar hajmida (tijorat banki yoki boshqa ixtisoslashgan tashkilot xarajatlari hisobga olingan holda) hisob-kitoblar bilan asoslangan ehtiyojga boʻlgan buyurtmanomani taqdim etadilar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati har oyning 10-kunidan kechikmay oylik pul kompensatsiyasi toʻlaydigan vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalarining bank hisob raqamlariga oylik pul kompensatsiyasi toʻlash uchun moliyaviy mablagʻlarning zarur miqdorini oʻtkazadilar.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar reyestri oylik pul kompensatsiyasi toʻlaydigan vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi va ikki hafta mobaynida har bir kalendar yil choragining 1-kuni holati boʻyicha “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatiga taqdim etiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Oylik pul kompensatsiyasi toʻlaydigan vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar reyestrlarini topshirish bilan bir vaqtda “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati oldingi yil choragi uchun amalda toʻlangan toʻlovlar toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Avtomobil benzini sotib
olish xarajatlarining bir
qismi uchun shaxslarning
ayrim toifalariga oylik
pul kompensatsiyasi toʻlash
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
olish xarajatlarining bir
qismi uchun shaxslarning
ayrim toifalariga oylik
pul kompensatsiyasi toʻlash
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega boʻlgan urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar toifalari
Oldingi tahrirga qarang.
1941 — 1945-yillardagi urush, boshqa urushlar davrida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilishda harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilar oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega boʻlgan urush qatnashchilari hisoblanadi.
(birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Quyidagi shaxslar urush qatnashchilariga tenglashtiriladi:
a) 1941-yil 22-iyundan 1954-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davrda qiruvchi batalyonlar, vzvodlar va xalqni himoya qilish otryadlari tarkibida sobiq SSSR hududida janglarda qatnashgan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
b) 1941 — 1945-yillardagi urush yillarida partizan otryadlarida va qoʻshilmalarida boʻlgan yoxud yashirin ishlar bilan shugʻullangan shaxslar;
(ikkinchi xatboshining “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) 1941 — 1945-yillardagi urush yillarida harakatdagi armiya tarkibida yoki harbiy harakatlar mintaqalarida xizmatni oʻtagan sobiq SSSRning Ichki ishlar vazirligi organlari va Davlat xavfsizligi qoʻmitasi organlarining boshliqlar va oddiy askarlar tarkibiga kiruvchi shaxslar;
(ikkinchi xatboshining “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
g) 1941 — 1945-yillardagi urush davrida balogʻat yoshiga yetgunga qadar polk oʻgʻli yoki kichik matros sifatida harakatdagi armiya va flotning qismlari va tuzilmalari tarkibida boʻlgan shaxslar;
(ikkinchi xatboshining “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) 1941 — 1945-yillardagi urush yillarida harbiy harakatlar mintaqalarida temir yoʻllarning front yaqinida joylashgan uchastkalarida, mudofaa chizigʻi inshootlarida, harbiy-dengiz bazalarida, aerodromlarda va boshqa harbiy obyektlardagi ishlarda qatnashgan ishchilar;
(ikkinchi xatboshining “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
e) 1941 — 1945-yillardagi urush yillarida harakatdagi armiya tarkibida ishlagan erkin yollanganlar tarkibidan boʻlgan shaxslar;
(ikkinchi xatboshining “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
j) 1956-yil 24-oktabrdan 1956-yil 10-noyabrgacha boʻlgan davrda Vengriyadagi jangovar harakatlar davrida ushbu mamlakat hududida boʻlgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilar.
Avtomobil benzini sotib
olish xarajatlarining bir
qismi uchun shaxslarning
ayrim toifalariga oylik
pul kompensatsiyasi toʻlash
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
olish xarajatlarining bir
qismi uchun shaxslarning
ayrim toifalariga oylik
pul kompensatsiyasi toʻlash
tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega boʻlgan urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar toifalari
Oldingi tahrirga qarang.
1941 — 1945-yillardagi urush, boshqa urushlar davrida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilishda harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda xizmatni oʻtashda yarador, mayib boʻlish, kontuziyaga uchrash yoki kasal boʻlish oqibatida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilar oylik pul kompensatsiyasini olish huquqiga ega boʻlgan urush nogironlari hisoblanadi.
(birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Quyidagi shaxslar urush nogironlariga tenglashtiriladi:
a) sobiq SSSR va Oʻzbekiston Respublikasi chegaralarini himoya qilishda yarador, mayib boʻlish, kontuziyaga uchrash yoki kasal boʻlish oqibatida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilar;
b) 1941-yil 22-iyundan 1954-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davrda sobiq SSSR hududida harakat qilgan qiruvchi batalyonlar, vzvodlar va xalqni himoya qilish otryadlarida boʻlgan davrda yarador, mayib boʻlish, kontuziyaga uchrash yoki kasal boʻlish sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
v) front yaqinida joylashgan temir yoʻl uchastkalari, mudofaa chizigʻi inshootlari, harbiy-dengiz bazalari, aerodromlar va boshqa harbiy obyektlardagi ishlarda qatnashgan hamda 1941 — 1945-yillardagi urush yillarida harbiy harakatlar mintaqalarida yarador, mayib boʻlish, kontuziyaga uchrash yoki kasal boʻlish sababli nogiron boʻlib qolgan xodimlar;
(ikkinchi xatboshining “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
g) 1941 — 1945-yillardagi urush yillarida partizan otryadlari va qoʻshilmalarida yoxud yashirin ishlarda boʻlish davrida yarador, mayib boʻlish, kontuziyaga uchrash yoki kasal boʻlish oqibatida nogiron boʻlib qolgan shaxslar;
(ikkinchi xatboshining “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) 1941 — 1945-yillardagi urush yillarida harakatdagi armiya tarkibida ishlagan davrda yarador, mayib boʻlish, kontuziyaga uchrash yoki kasal boʻlish oqibatida nogiron boʻlib qolgan erkin yollanganlar tarkibiga kirgan shaxslar;
(ikkinchi xatboshining “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
e) ichki ishlar organlari, davlat xavfsizlik xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining boshliqlar va oddiy askarlar tarkibiga kiradigan, jangovar harakatlar olib borilgan mamlakatlarda tinchlik oʻrnatish kuchlarida qatnashish hamda baynalmilal burchni bajarish bilan bogʻliq yarador, mayib boʻlish, kontuziyaga uchrash yoki kasal boʻlish oqibatida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilari;
(ikkinchi xatboshining “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
j) ichki ishlar organlari, davlat xavfsizlik xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining boshliqlar va oddiy askarlar tarkibiga kiradigan, harbiy xizmat majburiyatini bajarish (xizmat vazifasini oʻtash) bilan bogʻliq yarador, mayib boʻlish, kontuziyaga uchrash yoki kasal boʻlish oqibatida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilari;
(ikkinchi xatboshining “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
z) oʻquv yoki sinov yigʻinlariga chaqirilgan hamda ushbu yigʻinlarni oʻtash davrida xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq yarador, mayib boʻlish, kontuziyaga uchrash yoki kasal boʻlish oqibatida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatga majburlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻzgartirish kiritilayotgan hamda oʻz kuchini yoʻqotayotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 296-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 54-modda) bilan tasdiqlangan Neft mahsulotlari sotuvchi korxonalarning cheklangan ustamalarini shakllantirish toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi birinchi xatboshining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bunda Narxlarni boshqarish jamgʻarmasiga oʻtkazilishi kerak boʻlgan summa avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun fuqarolarning ayrim toifalariga pul kompensatsiyasi toʻlaydigan organlar hisobiga oʻtkazilgan pul mablagʻlari summasiga kamaytiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Energiya resurslari narxlarini davlat tomonidan boshqarish toʻgʻrisida” 1992-yil 16-oktabrdagi 474-son qarorining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi va energiya uchun cheklangan ulgurji va chakana narxlarning oʻzgarishi toʻgʻrisida” 1993-yil 27-maydagi 258-son qarorining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 429-modda; 2007-y., 31-32-son 317-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son,21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son; 11.06.2020-y., 09/20/370/0746-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)