OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
QIMMATLI QOGʻOZLAR BILAN OPERATSIYALARNI AMALGA OShIRISh HUQUQI UChUN JISMONIY ShAXSLARNI ATTESTATSIYA (QAYTA ATTESTATSIYA) QILISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 14-oktabrda 660-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 5-oktabrdagi 55-sonli “Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom va unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 660-8, 18.10.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisidagi nizomga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan 1999-yil 1-martda tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqi uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya) qilish toʻgʻrisidagi nizomga (1999-yil 3-mart, roʻyxat raqami 660) oʻzgartirish va qoʻshimchalar ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat
qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2006-yil 23-avgust,
2006-06-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 42-son, 421-modda)