Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyundagi 164-sonli qarori bilan chiqarilgan— OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 285-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandining toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-martdagi 76-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 13-son, 141-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 19-yanvardagi 31-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 18-sentabrdagi 324-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 19-oktabrdagi 484-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarning mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 2-oktabr,
207-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim
qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 42-son, 422-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarori 1-bandining “g” kichik bandi birinchi xatboshida “Fan va texnika davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirish, xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar grantlari boʻyicha ilmiy dasturlar va loyihalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 1998-yil 19-yanvardagi 31-son qarorining 1-bandida va 2-bandining uchinchi xatboshida “Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazi” soʻzlari “Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimida boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 14-yanvardagi 18-son qarorida:
a) 4-bandning uchinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 5-bandda:
birinchi xatboshida “toʻrt nafar” soʻzlari “besh nafar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-dekabrdagi 473-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2000-y., 12-son, 76-modda) bilan tasdiqlangan Xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar boʻyicha majburiyatlarini bajarish tartibida “Fan va texnologiyalar markazi” soʻzlari “Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 4-bandda “Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“21. Markazda ilmiy-texnik kengash tashkil etiladi, Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri uning raisi, Markaz bosh direktori uning oʻrinbosari hisoblanadi. Kengash tarkibiga lavozimiga koʻra bosh direktor oʻrinbosarlari va Markaz bosh ilmiy kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Fanlar akademiyasi prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari axborot-tahlil departamenti mudiri, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi boshligʻi, shuningdek, yetakchi olimlar va mutaxassislar kiradi. Ilmiy-texnik kengash aʼzolarining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi (uning tarkibiga lavozimiga koʻra kiruvchi shaxslar bundan mustasno)”.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 6-iyundagi 200-son qarorida:
a) 4-bandning oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilansinki, Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazining joriy faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash bajarilgan ishlar (koʻrsatilgan xizmatlar) uchun olingan oʻz mablagʻlari, Markazning ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro jamgʻarmalar va tashkilotlarning grantlari, qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa daromadlar hisobiga amalga oshiriladi”;
b) 8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ilmiy-texnik dasturlarni amalga oshirish uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni taqsimlashda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida istiqbolli ilmiy-amaliy tadqiqotlarni va innovatsiya faoliyatini birinchi navbatda qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutsin”.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-sentabrdagi 315-son qarorining 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2002-y., 10-son, 56-modda) 6-ilovada “Oxunov A.O — Fan va texnologiyalar markazi direktorining oʻrinbosari” soʻzlari “lavozimiga koʻra — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining “Demografiya va isteʼmol bozorini oʻrganish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 24-dekabrdagi 448-son qarorida:
a) 8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Markaziy iqtisodiy organlar, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalarining buyurtmalari, budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlari, Markazning ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarning grantlari hamda Markazning oʻz faoliyatidan oladigan daromadlari Markazni mablagʻ bilan taʼminlash manbalari etib belgilansin”;
“Fan va texnologiyalar markazining, xalqaro jamgʻarmalar va tashkilotlarning grantlari” soʻzlari “Markazning ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro jamgʻarmalar va tashkilotlarning grantlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada “Oxunov A.O — Fan va texnologiyalar markazi direktorining oʻrinbosari” soʻzlari “lavozimiga koʻra — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2003-yil 17-martdagi 140-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2003-y., 3-son, 25-modda) 2-ilovaning 6-bandi yettinchi xatboshida, 3-ilovaning 6-bandi yettinchi xatboshida, 4-ilovaning 6-bandi yettinchi xatboshida va 5-ilovaning 6-bandi yettinchi xatboshida “Fan va texnologiyalar markazi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Section-416 (b)” dasturi doirasida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlashning asosiy yoʻnalishlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 8-sentabrdagi 389-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshida:
“Ilmiy-texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish kengashining Fan va texnologiyalar markaziga” soʻzlari “Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Umumiqtisodiyot kompleksi va Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi” soʻzlari “Iqtisodiy va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kompleksi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2004-y., 1-son, 5-modda) ilovaning 26-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan respublika komissiyalari va kengashlarining rahbarlari tarkiblari toʻgʻrisida” 2004-yil 9-fevraldagi 60-son qaroriga 1-ilovaning “Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev boshchilik qiladigan komissiyalar” boʻlimi 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqi va unga aʼzo davlatlar bilan hamkorligini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida 2004-yil 22-martdagi 134-son qarorida:
a) 1-ilovaning 5.57, 7.1, 7.3, 7.5, 7.24-bandlarida “Fan va texnologiyalar markazi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada “Oxunov A.O — Fan va texnologiyalar markazi direktorining oʻrinbosari” soʻzlari “lavozimiga koʻra — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2004-y., 6-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari va ular faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandida:
“grantlar tarzida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Fan va texnologiyalar markazi bilan tuzilgan kontraktlarga muvofiq” soʻzlari “Sogʻliqni saqlash vazirligining ilmiy-texnika dasturlari doirasida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 19-iyuldagi 338-son qaroriga 4-ilovada “Oxunov A.O — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazi direktorining oʻrinbosari, ilmiy-texnik hamkorlik boʻyicha kichik komissiyaning Oʻzbekistonga oid qismining raisi” soʻzlari “lavozimiga koʻra — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, ilmiy-texnik hamkorlik boʻyicha kichik komissiyaning Oʻzbekistonga oid qismining raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 20-iyuldagi 341-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2004-y., 7-son, 69-modda):
a) 3-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq”;
b) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 3-ilovaning 10-bandi oʻn uchinchi xatboshida “Fan va texnologiyalar markazi bilan birgalikda tanlov va grantlar asosida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 3-ilovaning 14-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirning besh nafar oʻrinbosari, shu jumladan ikki nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi, ulardan biri Vazirlikning Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori hisoblanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarorida:
a) 1-ilovada va 44-ilovada “Habibullayev P.Q. — Fan va texnologiyalar markazi direktori” soʻzlari, shuningdek 6-ilovada “Habibullayev P.Q. — Fan va texnologiyalar markazining bosh direktori” soʻzlari “lavozimiga koʻra — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 9-ilovada va 28-ilovada “Oxunov A.O — Fan va texnologiyalar markazi direktorining oʻrinbosari” soʻzlari “lavozimiga koʻra — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 372-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2004-y., 8-son, 76-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandida:
a) yigirma oltinchi xatboshida “taʼlim sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning davlat dasturlariga buyurtmanomalarni koʻrib chiqadi va shakllantiradi, fan-texnika taraqqiyoti manfaatlarini koʻzlab ularni amalga oshirishga boʻlgan asosiy talablarni belgilaydi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar markaziga taqdim etadi” soʻzlari “taʼlim sohasida vazirlikning ilmiy-texnika dasturini koʻrib chiqadi va shakllantiradi, uni amalga oshirishga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilaydi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) yigirma toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“aspirantura va doktorantura orqali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash rejalarini ishlab chiqadi”.
21. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 29-avgustdagi 410-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2004-y., 8-son, 88-modda) 2-bandi ikkinchi xatboshi va qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2004-y., 9-son, 91-modda) bilan tasdiqlangan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi ustavining 10-bandi beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“bolalarning ijtimoiy moslashuvi muammolarini oʻrganish sohasidagi tadqiqotlar dasturini shakllantirish va uni amalga oshirish uchun davlat budjetidan mablagʻlar olish”.
23. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 7-sentabrdagi 420-son qarorida:
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Moliya vazirligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Fanlar akademiyasining milliy boylik hisoblangan nodir ilmiy qurilmalari, maxsus obyektlari va inshootlari, muzeylari va kutubxonalari taʼminotiga har yili zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin”;
b) 6-bandda “Fan va texnologiyalar markazi” soʻzlari “Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qaroriga 9-ilovada “Fan va texnologiyalar markazi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Vazirlar Mahkamasining “Bosh vazirning oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri boshchilik qiladigan respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 4-noyabrdagi 519-son qaroriga 1-ilovada “Habibullayev P.Q. — Fan va texnologiyalar markazi direktori” soʻzlari “lavozimiga koʻra — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-dekabrdagi 561-son qarori bilan tasdiqlangan Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi, “v” kichik bandining ikkinchi xatboshida “Ilmiy-texnika taraqqiyotini muvofiqlashtirish kengashiga” soʻzlari “Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 22-yanvardagi 28-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2005-y., 1-son, 3-modda) ilovaning 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
28. Vazirlar Mahkamasining “Urganch shahar harbiy ixtisoslikdagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi ixtiyoriga berish toʻgʻrisida” 2005-yil 28-iyuldagi 175-son qarorining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
29. Vazirlar Mahkamasining “Xorazm Maʼmun akademiyasi faoliyatini takomillashtirish va uning 1000-yilligini nishonlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 1-noyabrdagi 240-son qarorida:
a) 4-bandda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazi (P. Habibullayev)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 7, 8, va 20-bandlarida “Fan va texnologiyalar markazi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzurida Multimedia umumtaʼlim dasturlarini rivojlantirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-iyundagi 110-son qarorining 8-bandi “a” va “v” kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzurida xususiylashtirish, korporativ boshqaruvni va qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazini tashkil qilish toʻgʻrisida” 2006-yil 9-iyundagi 113-son qarorining 4-bandi ikkinchi va uchini xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha ilmiy-texnika dasturlari doirasida tadqiqot loyihalarini bajarish uchun tanlov asosida ajratiladigan mablagʻlar;
normativ-huquqiy loyihalarni, tahliliy qaydlarni tayyorlash va Markaz faoliyati ixtisosligi boʻyicha ilmiy-texnika dasturlari topshiriqlari roʻyxatiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarish uchun shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan ajratiladigan mablagʻlar”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2- ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 40-son, 413-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim
vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi
vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi
* Vazirning birinchi oʻrinbosari — OʻMKHT markazi rahbari lavozimi markaziy apparat xodimlarining cheklangan soniga kiritilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-martdagi 76-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 13-son, 141-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 396-modda; 2007-y., 40-son, 413-modda; 2008-y., 42-son, 422-modda; 2009-y., 13-son, 141-modda, 25-son, 285-modda, 49-son, 523-modda; 2016-y., 39-son, 461-modda; 2017-y., 34-son, 889-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1012/0457-son; 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son, 06.07.2018-y., 09/18/507/1465-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 19.04.2019-y., 9/19/331/2970-son; 22.02.2021-y., Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09/21/87/0134-son, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son; 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son; 08.08.2024-y., 09/24/489/0599-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)