Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.04.2019 12.12.2000 yildagi 473-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.04.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQARO ShARTNOMALAR LOYIHALARINI TAYYORLASh VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO ShARTNOMALAR BO‘YIChA MAJBURIYATLARINI BAJARISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 331-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida” 2019-yil 6-fevraldagi O‘RQ-518-son Qonuni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari loyihalarini sifatli tayyorlash va ular bo‘yicha majburiyatlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini bajarish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari ushbu Tartibni ijro uchun qabul qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va Tashqi ishlar vaziri A.H. Komilov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 12-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
473-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-dekabrdagi 473-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Tartib “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (keyingi o‘rinlarda Qonun deb ataladi)ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tuzish to‘g‘risida takliflar kiritilgunga qadar tayyorlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini, agar amaldagi qonun hujjatlarida boshqa qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, bajarish tartibotini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. XALQARO ShARTNOMA LOYIHASINI TAYYORLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirliklar va idoralar o‘z vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda yoki u bilan kelishgan holda, Qonunda nazarda tutilgan hollarda esa mustaqil ravishda, ayni bir vaqtda Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilib, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi loyihasini ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash to‘g‘risida yoki ko‘p tomonlama xalqaro shartnomani (konvensiyani) imzolash, ratifikatsiya qilish, unga qo‘shilish yoki uni ma’qullashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘z takliflarini kiritishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlashni boshlash to‘g‘risidagi tashabbus taklifiga shartnomaning dastlabki loyihasi, shuningdek uni tuzishning maqsadga muvofiqligini asoslash hamda zarurat bo‘lganda, shartnomani tuzishdan kelib chiqadigan moliyaviy-iqtisodiy oqibatlar baholanishi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatning yoki xalqaro tashkilotning xalqaro shartnoma tuzish to‘g‘risidagi tashabbus taklifi shartnomaning tegishli loyihasi bilan birga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro ko‘p tomonlama shartnoma (konvensiya)ni imzolash, ratifikatsiya qilish, unga qo‘shilish yoki uni O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ma’qullashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ishlab chiqishni boshlash to‘g‘risidagi tashabbus taklifiga shunday shartnomaning to‘liq matni va unga taalluqli hujjatlar davlat tilida ilova qilinadi va zarurat bo‘lganda uning boshqa tillarga tarjimasi ta’minlanadi, shuningdek imzolash, ratifikatsiya qilish, unga qo‘shilish yoki uni ma’qullashning maqsadga muvofiqligini asoslash, shu jumladan undan kelib chiqadigan moliyaviy-iqtisodiy oqibatlar baholanishi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasi xalqaro shartnoma loyihasini ekspertlar darajasida ishlab chiqish to‘g‘risida yoki ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma (konvensiya)ni O‘zbekiston Respublikasi tomonidan imzolash, ratifikatsiya qilish, unga qo‘shilish yoki uni ma’qullashning maqsadga muvofiqligi haqidagi masala to‘g‘risida tegishli qaror (topshiriq) qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlar darajasida ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa Tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan albatta kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda ushbu maqsadlar uchun xalqaro shartnoma loyihasini tuzish va ko‘rib chiqish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakillari, mutaxassislar va xolis ekspertlardan iborat komissiya tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Barcha takliflarni umumlashtirish va xalqaro shartnoma loyihasini yoki ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma (konvensiya)ni O‘zbekiston Respublikasi tomonidan imzolash, ratifikatsiya qilish, unga qo‘shilish yoki uni ma’qullashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani puxtalashtirish mazkur Tartibga ilovaga muvofiq ushbu shartnoma bilan boshqariladigan masalalar o‘z vakolatiga kiradigan va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydigan vazirliklar yoki idoralar zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining puxtalashtirilgan loyihasi, shartnoma loyihasi bo‘yicha umumlashtirilgan takliflar va mulohazalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan, ayrim hollarda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgandan va xorijiy davlat yoki xalqaro tashkilot bilan ishlab chiqishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng loyihani xorijiy davlat yoki xalqaro tashkilot bilan ishlashni davom ettirish uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining loyihasi xorijiy davlat yoki xalqaro tashkilot bilan uzil-kesil kelishilgandan so‘ng xalqaro shartnoma tuzish to‘g‘risidagi taklif Tashqi ishlar vazirligi, tegishli vazirliklar yoki idoralar tomonidan Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda yoki u bilan kelishilgan holda, Qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, mustaqil ravishda, ayni bir vaqtda Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma (konvensiya)ni O‘zbekiston Respublikasi tomonidan imzolash, ratifikatsiya qilish, unga qo‘shilish yoki uni ma’qullashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha takliflar, shuningdek manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan unga izoh va bayonlar matnlari Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO ShARTNOMALAR BO‘YIChA MAJBURIYATLARINING BAJARILIShINI TA’MINLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasi hamda vakolatli vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan xalqaro majburiyatlarning bajarilishini tegishli chora-tadbirlar ko‘rish yo‘li bilan ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini amalga oshirish, agar majburiyatlarni amalga oshirishga mas’ul (markaziy, vakolatli) vazirliklar va idoralar xalqaro shartnoma matnida ko‘rsatilmagan bo‘lsa, mazkur Tartibga ilovaga muvofiq Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tegishli vazirliklar va idoralarga yoxud tegishli xalqaro shartnomaning qoidalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan tayinlangan milliy ijro etuvchi organga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini amalga oshirish uchun mas’ul vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan xalqaro shartnomaning kuchga kiritilgan sanasi to‘g‘risida bildirishnoma olgandan so‘ng bir oy muddatda, u vaqtinchalik qo‘llangan taqdirda esa u imzolangandan so‘ng, zarur hollarda uni bajarish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadilar va ularni tasdiqlash (ko‘rib chiqish) uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma (konvensiya) bo‘yicha majburiyatlarning amalga oshirilishi uchun mas’ul vazirliklar va idoralar, ularning O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kiritilgan sanasi to‘g‘risida bildirishnoma olingandan so‘ng ikki oy muddatda, ular vaqtinchalik qo‘llangan taqdirda esa bunday qaror qabul qilingandan so‘ng, belgilangan tartibda ular bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ishlab chiqadilar va zarur hollarda ularni tasdiqlash (ko‘rib chiqish) uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining kuchga kiritilishi yoki ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalar (konvensiyalar)ning imzolanishi, ratifikatsiya qilinishi, ularga qo‘shilish va ularning ma’qullanishi munosabati bilan qabul qilinishi zarur bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni tayyorlash, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda manfaatdor vazirliklar yoki idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mas’ul vazirliklar va idoralar, milliy ijro etuvchi organlar xalqaro shartnomalar bo‘yicha ishlab chiqilgan tadbirlarga muvofiq majburiyatlar bajarilishining borishi va natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bajarilishini kuzatib borish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha majburiyatlar uning boshqa qatnashchilari tomonidan buzilgan taqdirda Tashqi ishlar vazirligi yoki boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda, xalqaro huquq normalariga muvofiq zarur chora-tadbirlar ko‘rish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini bajarish tartibiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomalar loyihalarini ekspertlar darajasida ishlab chiqish va xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash zimmasiga yuklangan O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI

Xalqaro shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalar ‎

Mas’ul vazirlik, idora‎

Huquqiy yordam ko‘rsatish va Qonunni buzganlarni berish (ekstraditsiya) masalalari bo‘yicha ‎

Adliya vazirligi, Prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi‎

Jinoyatchilikka va terrorizmga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha ‎

Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi

Tashqi iqtisodiy faoliyat, shu jumladan savdo-iqtisodiy hamkorlik, investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish hamda texnik yordam ko‘rsatish ma�alalari bo‘yicha‎

Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi

Investitsiya va valyuta-moliya hamkorligi masalalari bo‘yicha‎

Moliya vazirligi,

Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi

Davlat soliq qo‘mitasi‎

Soliq solish va soliq qonunchiligiga rioya qilishdagi hamkorlik masalalari bo‘yicha‎

Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi‎, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

Davlat mulkini begonalashtirish va ulardan foydalanish, huquqlarni e’tirof etish va mulkiy munosabatlarni tartibga solish masalalari bo‘yicha‎

Davlat raqobat qo‘mitasi, Adliya vazirligi‎

Ilmiy-texnikaviy hamkorlik, shuningdek huquqiy muhofaza va intellektual mulk obyektlaridan foydalanish shartlari masalalari bo‘yicha‎

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,Adliya vazirligi

Havo transportida tashishlarni tashkil etish masalalari bo‘yicha ‎

Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

Pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha‎

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi‎

Temir yo‘l transportida tashishlarni tashkil etish masalalari bo‘yicha‎

“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi, Tashqi savdo vazirligi‎, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

Avtomobil va daryo transportida tashishlarni tashkil etish masalalari bo‘yicha‎

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Tashqi savdo vazirligi‎, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

Turizm va turistik faoliyat sohasidagi masalalar bo‘yicha‎

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi‎, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha‎

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi‎

Badiiy jamoalar, guruhlar, alohida ijrochilar konsert faoliyati, shuningdek madaniy qadriyatlarni respublikadan olib chiqib ketish; chet ellarda tasviriy va dekorativ-amaliy san’at ko‘rgazmalarini tashkil etish; tarixiy-madaniy meros yodgorliklarini muhofaza qilish, loyihalash, ta’mirlash va konservatsiya qilish masalalari bo‘yicha‎

Madaniyat ishlari vazirligi‎

Tabiatni muhofaza qilish va tabiat resurslaridan foydalanish sohasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha‎

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Sog‘liqni saqlash va tibbiyot sohasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha‎

Sog‘liqni saqlash vazirligi‎

Standartlash, metrologiya, sertifikatsiya va mahsulot sifatini boshqarish masalalari bo‘yicha‎

“O‘zstandart” agentligi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

Ta’lim, ilmiy kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish sohasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha‎

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi‎

Siyosiy masalalar bo‘yicha‎

Tashqi ishlar vazirligi‎

Chegara masalalari bo‘yicha‎

Tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi‎

Mudofaa masalalari bo‘yicha‎

Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi‎

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2000-y., 11-son, 175-modda; 2005-y., 34-36-son, 264-modda; 2006-y., 40-son, 396-modda; 2015-y., 10-son, 117-modda, 26-son, 338-modda; 2017-y., 15-son, 257-modda, 29-son, 693-modda, 34-son, 893-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)