OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING
Qarori
OʻZBEKISTON “KAMOLOT” YoShLAR IJTIMOIY HARAKATI TOMONIDAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARI SAFIDA MUDDATLI HARBIY XIZMATNI OʻTAGAN VA TOʻLOV-KONTRAKT ShAKLI BOʻYIChA OʻQIShGA QABUL QILINGAN TALABALARNI MODDIY QOʻLLAB-QUVVATLASh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 14-sentabrda 1622-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2016-yil 26-sentabrdagi 74, 5-2016-sonli “Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan va toʻlov-kontrakt shakli boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan fuqarolar orasidagi talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1622-3, 15.11.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 31-oktabrdagi PQ-213-sonli “Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 43-44-son, 328-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan va toʻlov-kontrakt shakli boʻyicha oʻqishga qabul qilingan talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash qoidalari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 12-sentabr,
80-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri R. QOSIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 12-sentabr,
211-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 384-modda, 40-son, 398-modda; 2010-y., 48-son, 451-modda)