31.05.2006 yildagi 104-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISLOM TARAQQIYOT BANKI ISHTIROKIDA “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI UMUMTAʼLIM MAKTABLARINI QURISH VA JIHOZLASH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish, shuningdek, Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Vazirlar mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston Respublikasi umumtaʼlim maktablarini qurish va jihozlash” loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun Islom taraqqiyot banki tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga yetti yillik imtiyozli davrni qoʻshgan holda 25 yil muddat bilan 10,287 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 7 mln. islom dinori miqdorida kredit berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi, shuningdek, loyihaning samarali amalga oshirilishi uchun masʼul ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom taraqqiyot banki kreditini qaytarish bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek, unga xizmat koʻrsatish boʻyicha vositachilik toʻlovlari davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-laboratoriya asbob-anjomlari va mebellar sotib olish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan birga texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani moliyalashtirish rejasi 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish uchun berilayotgan Islom taraqqiyot banki krediti boʻyicha asosiy qarzni va unga xizmat koʻrsatish uchun vositachilik toʻlovlarini toʻlashning prognoz jadvali 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1—3 ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijrochi direktori U.Rozuqulov Islom taraqqiyot banki bilan qarz bitimini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Islom taraqqiyot banki oʻrtasidagi qarz bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi qarz bitimi imzolangandan keyin bir oy muddatda cheklangan soni 5 kishidan iborat boʻlgan, Islom taraqqiyot banki krediti hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan, loyihani amalga oshirish guruhini tashkil qilsin, guruhga kredit mablagʻlaridan Islom taraqqiyot banki talablariga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanishni nazorat qilish va hisobga olib borish yuzasidan javobgarlikni yuklasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Loyihani amalga oshirish davrida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha doirasida import boʻyicha keltiriladigan tovarlar, bajariladigan ishlar (koʻrsatiladigan xizmatlar) bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom taraqqiyot banki kredit berilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasidagi toʻlov manbaida daromad (foyda) soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga kelish vizalarini loyihani amalga oshirishning butun davri mobaynida konsullik va boshqa yigʻimlar undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi buyurtmanomalariga binoan ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji toʻlovisiz koʻp martalik vizalar berilishini va vizalar muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 31-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104-son