Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“MUDOFAA TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni eʼlon qilingan daqiqadan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi:
“Konversiya toʻgʻrisida”gi Qonunning loyihasini ishlab chiqsin hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi muhokamasiga kiritsin.
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq xoʻjaligini, davlat idoralarini, boshqaruv tizimlarini safarbarlik tayyorganligi toʻgʻrisida” va “Oʻzbekiston Respublikasi aholisini va hududini mudofaaga hozirlash toʻgʻrisida”gi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1992-yil 3-iyul,
642-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 399-modda)