Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh BILAN BOGʻLIQ AXBOROTNI BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, majburiy nazorat qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan operatsiyalar amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi axborotni belgilangan tartibda taqdim etishlari shart.
Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda mazkur qarorda belgilangan tartibda axborot taqdim etilishi uchun qattiq nazorat oʻrnatsin.
3. Vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori R.X. Qodirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 30-iyun,
126-son
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 30-iyundagi 126-son qaroriga
1-ILOVA
2006-yil 30-iyundagi 126-son qaroriga
1-ILOVA
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq
axborotni berish tartibi toʻgʻrisida
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq
axborotni berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-apreldagi PQ–331-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, majburiy nazorat qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan koʻrsatib oʻtilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga taqdim etish tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda matnda “Departament” deb yuritiladi) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Departament jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan koʻrsatib oʻtilgan operatsiyalar amalga oshirilishi ustidan majburiy nazoratni amalga oshiradi.
3. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar, agar ularning summasi operatsiya bajarilayotgan kundagi holatga koʻra belgilangan eng kam oylik ish haqining toʻrt ming baravariga teng yoki undan ortiq boʻlsa hamda quyidagi turlarda amalga oshirilayotgan boʻlsa, majburiy nazorat qilinishi kerak:
ikkita yoki undan ortiq hisobvaraqlar ochish;
bir kunda yoki bir necha kun mobaynida odatdagi koʻlamga nomuvofiq miqdorda operatsiyalar bajarish;
pul mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga egasining nomi yashirin holda ochilgan hisobvaraqqa oʻtkazish va pul mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasiga egasining nomi yashirin holda ochilgan hisobvaraqdan kelib tushishi;
bank omonatlariga pul mablagʻlarini naqd holda kiritish;
pul mablagʻlarini naqd holda hisobvaraqdan olish, hisobvaraqdan oʻchirish yoki hisobvaraqqa kiritish, agar bu yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatining xususiyati taqozosi boʻlmasa;
pul mablagʻlarini jismoniy shaxs taqdim qiluvchiga pul beriladigan hujjatlar boʻyicha olishi;
jismoniy shaxs qimmatli qogʻozlarni naqd pulga olishi;
jismoniy shaxs yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pul mablagʻlarini naqd holda kiritishi;
uchinchi shaxslar foydasiga omonat (depozit) ochib, unga pul mablagʻlarini naqd holda joylashtirish;
chet el valyutasini naqd pulga sotib olish yoki sotish;
bir qimmatdagi banknotni boshqa qimmatdagi banknotga almashtirish;
mol-mulkni saqlash uchun maxsus xonalarni yoki ularda turgan seyflarni ijaraga olish uchun bank bilan shartnoma tuzish;
kredit (zayom) berish yoki olish;
qimmatli qogʻozlar, qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, zargarlik buyumlari yoki boshqa qimmatli narsalarni lombardga qoʻyish;
sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) toʻlash yoki sugʻurta mukofoti olish;
lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar oʻynalganda yutuq olish.
pul mablagʻlarini imtiyozli soliq rejimi beradigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda axborotni oshkor etish va berishni nazarda tutmaydigan davlatlar va hududlarga (offshor zonalarga) oʻtkazish, shuningdek pul mablagʻlarini koʻrsatib oʻtilgan davlatlar va hududlardan oʻtkazish.
Chet el valyutasi bilan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan operatsiyalarni amalga oshirishda operatsiyaning milliy valyutadagi miqdori operatsiya oʻtkazilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha belgilanadi.
4. Mazkur Nizomning 3-bandida belgilanganidan kamroq summadagi pul mablagʻlari yoki mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya, shu operatsiyaning taraflaridan biri:
terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatda ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoki uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoki tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs ekanligi haqida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud boʻlsa, majburiy nazorat qilinishi kerak.
5. Mazkur Nizomning 3 va 4-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborot (keyingi oʻrinlarda matnda “operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborot” deb yuritiladi) Departamentga pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi quyidagi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda matnda “tashkilotlar” deb yuritiladi) tomonidan taqdim etiladi:
banklar, kredit uyushmalari va boshqa kredit tashkilotlari;
investitsiya fondlari, depozitariylar va boshqa turdagi investitsiya institutlari;
Keyingi tahrirga qarang.
birjalar;
sugʻurtalovchilar;
lizing xizmati yoki boshqa moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar;
pochta aloqasi tashkilotlari;
lombardlar;
lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni oʻtkazuvchi tashkilotlar;
notarial idoralar (notariuslar).
6. Tashkilotlar Departamentning operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborot yuboriladigan (taqdim etiladigan) pochta, elektron va boshqa rekvizitlarini bilishga majburdir, Departament esa koʻrsatib oʻtilgan rekvizitlarni barcha bilishi uchun qulay boʻlishini taʼminlashi shart.
7. Departament va uning xodimlari oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan tijorat, bank siri yoki boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning saqlanishini taʼminlashlari shart, yuridik va jismoniy shaxslarni ularga nisbatan oʻtkazilayotgan majburiy nazoratdan xabardor qilishga haqli emas va ushbu maʼlumotlar oshkor qilinganligi yoki taqdim etilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
8. Davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim etish davlat sirlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
II. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, majburiy
nazorat qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni
Departamentga taqdim etish tartibi
nazorat qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni
Departamentga taqdim etish tartibi
9. Tashkilotlar quyidagilarga majburdir:
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish chogʻida yuridik va jismoniy shaxsni identifikatsiyalash;
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni, yuridik yoki jismoniy shaxs hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalarni istisno etganda, bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran ikki ish kuniga toʻxtatib turish hamda bunday operatsiya haqida operatsiya toʻxtatib turilgan kunning oʻzida Departamentni xabardor qilish. Operatsiyani toʻxtatib turish toʻgʻrisida Departamentning koʻrsatmasi boʻlmasa, koʻrsatilgan muddat oʻtgach, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot toʻxtatib turilgan operatsiyani bajarishga kirishaveradi;
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar amalga oshirilishi haqida shu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan kunning oʻzida Departamentga axborot (hujjatlar) taqdim etish;
oʻz ichki nazorat tizimini joriy etish;
pul mablagʻlari yoki majburiy nazorat qilinadigan boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarning hujjatli hisobini yuritish;
10. Operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborot elektron hujjat shaklida, axborotni kiritish, faqat qayta ishlash va uzatish boʻyicha dasturli vositalarning avtomatlashtirilgan kompleksi yordamida, axborotni kriptografik himoya qilish vositalarini va axborot uzatishning elektron tizimini (keyingi oʻrinlarda DVAK deb yuritiladi) qoʻllagan holda, shaklga solingan xabar tarzida tuziladi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi (ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).
11. Samarali va narx parametrlari boʻyicha raqobatbardoshli DVAKlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish boʻyicha qoʻllanmani tashkilotlarga berish Departament tomonidan taʼminlanadi.
DVAKdan faqat ushbu Nizomda nazarda tutilgan axborotni tayyorlash va Departamentga taqdim etish uchun foydalaniladi.
12. Operatsiya toʻgʻrisidagi elektron hujjat tarzidagi axborotni uzatish Departamentning tashkilot joylashgan joydagi boʻlinmasida (banklardan tashqari) almashtiriladigan magnitli va boshqa manbalarda (disketalarda, kompakt-disklarda va boshqa xotirada saqlab qoladigan qurilmalarda), axborot yetkazib beruvchi tomonidan, yetkazib berish vaqtida hujjatning maxfiyligi buzilishini istisno qiluvchi chora-tadbirlarga rioya qilgan holda yoki maxsus pochta aloqasi vositasida amalga oshiriladi.
13. Operatsiya toʻgʻrisidagi axborotni elektron hujjat tarzida taqdim etish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda axborot yetkazib berish vaqtida hujjatning maxfiyligi buzilishini istisno qiluvchi chora-tadbirlarga rioya qilgan holda qogʻozda bevosita taqdim etiladi yoki maxsus pochta aloqasi vositasida yetkazib beriladi.
14. Operatsiya toʻgʻrisidagi axborot bevosita keltirib berilgan yoki u belgilangan tartibda maxsus pochta aloqasi boʻlinmasiga topshirilgan sana axborot taqdim etilgan sana hisoblanadi.
15. Banklar tomonidan bajariladigan operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni Departament banklarning avtomatlashtirilgan tizimida ochiladigan, ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilingan maxsus elektron pochta manzilidan oladi.
16. Tashkilotning Departamentga operatsiya toʻgʻrisidagi axborotni belgilangan shaklga muvofiq boʻlmagan holda taqdim etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi operatsiya toʻgʻrisidagi axborotning tasdiqlangan shakliga belgilangan tartibda oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
18. Departament operatsiya toʻgʻrisidagi axborotni joʻnatuvchini identifikatsiya qiladi va axborot mazmunining aynanligini (oʻzgarmaganligini) nazorat qiladi.
19. Tashkilotlar tomonidan operatsiya toʻgʻrisidagi axborot buzilgan tarzda yoki toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganda, shuningdek unda elektron raqamli imzo (tashkilot muhri, vakolatli shaxslar imzolari) mavjud boʻlmaganda Departament operatsiya toʻgʻrisidagi axborot olingan kuni, maxfiylikni taʼminlash choralariga rioya qilgan holda, aniq kamchiliklarini koʻrsatib, uni qaytadan taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovnoma joʻnatadi.
20. Departamentning soʻrovnomasi olingan taqdirda tashkilot soʻrovnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻradi va uning olingan vaqtidan boshlab bir ish kuni mobaynida Departamentga tuzatilgan axborotni ushbu Nizomda belgilangan tartibda joʻnatadi.
21. Tashkilot tomonidan Departamentga majburiy nazorat qilinmaydigan operatsiya toʻgʻrisidagi axborot notoʻgʻri taqdim etilgan taqdirda tashkilot ushbu Nizomda belgilangan tartibda Departamentga tashkilotning rahbari imzolagan va muhri bilan tasdiqlangan xat bilan, notoʻgʻri taqdim etilgan axborotni haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisida murojaat qiladi. Xatda operatsiya toʻgʻrisidagi axborotni haqiqiy emas deb eʼtirof etish sabablari, shuningdek operatsiya toʻgʻrisida notoʻgʻri taqdim etilgan axborotni soʻzsiz identifikatsiya qilish imkonini beradigan maʼlumotlar (axborotning tartib raqami va sanasi, uni aloqaning elektron kanali boʻyicha yoki qogʻozda taqdim etish usuli, shuningdek operatsiyaning u amalga oshirilgan valyutadagi summasi va uni amalga oshirish sanasi) koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
III. Departament tomonidan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk
bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha qoʻshimcha axborot olinishi
tartibi
bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha qoʻshimcha axborot olinishi
tartibi
22. Departament qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi masalasi boʻyicha tekshirish tadbirlarini amalga oshirishga haqlidir.
23. Departament quyidagi hollarda tashkilotga qoʻshimcha axborotni va tegishli operatsiya boʻyicha hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini taqdim etish toʻgʻrisida yozma soʻrovnoma joʻnatishga haqlidir:
operatsiya toʻgʻrisida olingan axborotning ishonchliligini tekshirish zarurati boʻlganda;
bunday operatsiyaning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlganda;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni bajarish doirasida.
Departamentning axborot va hujjatlar taqdim etish toʻgʻrisidagi yozma soʻrovnomalari Departamentning rasmiy blankalarida rasmiylashtiriladi hamda Departament rahbari yoki uning oʻrinbosarlari, Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy organlari rahbarlari (ular boʻlmaganda ularning vazifasini bajarayotgan shaxslar) tomonidan imzolanadi va maxsus pochta aloqasi vositasida tashkilotlarga joʻnatiladi.
24. Tashkilot Departamentga maxsus topshiriq berilgan pochta aloqasi orqali tegishli yozma soʻrovnoma olingan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida soʻralayotgan axborotni va hujjatlarning tasdiqlangan nusxalarini taqdim etadi.
Departament soʻralayotgan axborot va hujjatlarning hajmini, xususiyatini va mazmunini hisobga olgan holda ularni taqdim etishning boshqacha muddatini belgilashi mumkin.
IV. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga
va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi
axborotni toʻplash, saqlash va taqdim etish tartibi
va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi
axborotni toʻplash, saqlash va taqdim etish tartibi
25. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida Departament ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron axborot bazasini yuritadi.
26. Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Bosh prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Departamentga ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan shaxslar toʻgʻrisida oʻzlarining ixtiyorida mavjud boʻlgan barcha maʼlumotlarni taqdim etadilar.
Ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Departament tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudidan tizimli asosda soʻrab olinadi.
Koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlar elektron hujjat tarzida rasmiylashtiriladi va Departamentga ana shunday axborot olingan yoki aniqlangan vaqtdan boshlab ikki ish kunidan kechikmay maxsus pochta aloqasi orqali taqdim etiladi.
27. Departament ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan shaxslar roʻyxatini pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga har oyning 15-kunidan kechikmay maxsus pochta aloqasi orqali taqdim etadi.
28. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni bajarish doirasida Departament ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan shaxslar toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
29. Ushbu Nizomning 27-bandida koʻrsatilgan roʻyxatni yuritish, saqlash va undan foydalanishda Departament hamda pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan maxfiylikni taʼminlash shartlariga qatʼiy rioya qilinishi kerak.
30. Ushbu Nizomda koʻrsatilgan axborotni saqlash muddatlari va tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
V. Yakuniy qoidalar
31. Ushbu Nizom talabalari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar, shu jumladan maxsus vakolatli organning, tashkilotlarning, shuningdek ushbu Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan organlarning mansabdor shaxslari belgilangan tartibda javob beradilar.
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol- mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisida maʼlumotlar
* Operatsiya xususiyati bunday maʼlumotlarni taqdim etishni nazarda tutgan hollarda toʻldiriladi.
Pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar turlarining kodlari
|
Tashkilot nomi |
Tashkilot turi kodi |
| Banklar, kredit uyushmalari va boshqa kredit tashkilotlari | 100 |
| Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki | 111 |
| Markaziy bankning hududiy boʻlinmalari | 112 |
| Aksiyadorlik-tijorat banklari | 121 |
| Aksiyadorlik-tijorat banklarining filiallari | 122 |
| Aksiyadorlik-tijorat banklarining boshqa alohida boʻlinmalari | 123 |
| Xususiy banklar | 131 |
| Xususiy banklarning filiallari | 132 |
| Xususiy banklarning boshqa alohida boʻlinmalari | 133 |
| Xorijiy sarmoya ishtirokidagi banklar | 141 |
| Xorijiy sarmoya ishtirokidagi banklarning filiallari | 142 |
| Xorijiy banklarning vakolatxonalari | 151 |
| Kredit uyushmalari | 161 |
| Kredit uyushmalarining filiallari | 162 |
| Kredit uyushmalarining vakolatxonalari | 163 |
| Boshqa kredit tashkilotlari | 171 |
| Boshqa kredit tashkilotlarining filiallari | 172 |
| Boshqa kredit tashkilotlarining vakolatxonalari | 173 |
| Investitsiya fondlari, depozitariylar va investitsiya tashkilotlarining boshqa turlari | 200 |
| Investitsiya fondlari | 211 |
| Investitsiya fondlarining filiallari | 212 |
| Investitsiya fondlarining vakolatxonalari | 213 |
| Depozitariylar | 221 |
| Depozitariylarning filiallari | 222 |
| Depozitariylarning vakolatxonalari | 223 |
| Investitsiya tashkilotlarining boshqa turlari | 231 |
| Investitsiya tashkilotlari boshqa turlarining filiallari | 232 |
| Investitsiya tashkilotlari boshqa turlarining boshqa alohida boʻlinmalari | 233 |
| Birjalar | 300 |
| Tovar-xomashyo birjalari | 311 |
| Tovar-xomashyo birjalarining filiallari | 312 |
| Tovar-xomashyo birjalarining boshqa alohida boʻlinmalari | 313 |
| Fond birjalari | 321 |
| Fond birjalarining filiallari | 322 |
| Fond birjalarining boshqa alohida boʻlinmalari | 323 |
| Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi | 331 |
| Oʻzbekiston respublika valyuta birjasining filiallari | 332 |
| Oʻzbekiston respublika valyuta birjasining boshqa alohida boʻlinmalari | 333 |
| Birjalarning boshqa turlari | 341 |
| Birjalar boshqa turlarining filiallari | 342 |
| Birjalar boshqa turlarining boshqa alohida boʻlinmalari | 343 |
| Sugʻurtalovchilar | 400 |
| Sugʻurtalovchilar | 411 |
| Sugʻurtalovchilarning filiallari | 412 |
| Sugʻurtalovchilarning boshqa alohida boʻlinmalari | 413 |
| Lizing xizmatlari yoki boshqa moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar | 500 |
| Lizing xizmatlari yoki boshqa moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar | 511 |
| Lizing xizmatlari yoki boshqa moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarning filiallari | 512 |
| Lizing xizmatlari yoki boshqa moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarning boshqa alohida boʻlinmalari | 513 |
| Pochta aloqasi tashkilotlari | 600 |
| Pochta aloqasi provayderi | 611 |
| Pochta aloqasi provayderining filiallari | 612 |
| Pochta aloqasi provayderining boshqa alohida boʻlinmalari | 613 |
| Pochta aloqasi operatori | 621 |
| Pochta aloqasi operatorining filiallari | 622 |
| Pochta aloqasi operatorining boshqa alohida boʻlinmalari | 623 |
| Pochta aloqasining boshqa obyektlari | 631 |
| Lombardlar | 700 |
| Lombardlar | 711 |
| Lombardlarning filiallari | 712 |
| Lombardlarning vakolatxonalari | 721 |
| Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni oʻtkazuvchi yuridik shaxslar | 800 |
| Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar | 811 |
| Totalizatorlar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar | 812 |
| Tavakkalchilikka asoslangan oʻyin avtomatlari zallari tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar | 813 |
| Tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar | 814 |
| Notarial idoralar (notariuslar) | 900 |
| Notarial idoralar | 911 |
| Notariuslar | 912 |
| | |
Keyingi tahrirga qarang.
Izoh: Ilova pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻldirishda foydalaniladi va maxsus vakolatli organga taqdim etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Majburiy nazorat qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar turlarining kodlari
|
Operatsiya nomi |
Operatsiya kodi |
| Ikkita yoki undan ortiq hisobvaraqlar ochish | 010 |
| Bir kunda yoki bir necha kun mobaynida odatdagi koʻlamga nomuvofiq miqdorda operatsiyalar bajarish | 011 |
| Pul mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga egasining nomi yashirin holda ochilgan hisobvaraqqa oʻtkazish va pul mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasiga egasining nomi yashirin holda ochilgan hisobvaraqdan kelib tushishi | 012 |
| Bank omonatlariga pul mablagʻlarini naqd holda kiritish | 013 |
| Pul mablagʻlarini naqd holda hisobvaraqdan olish, hisobvaraqdan oʻchirish yoki hisobvaraqqa kiritish, agar bu yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatining xususiyati taqozosi boʻlmasa | 014 |
| Pul mablagʻlarini jismoniy shaxs taqdim qiluvchiga pul beriladigan hujjatlar boʻyicha olishi | 015 |
| Jismoniy shaxs qimmatli qogʻozlarni naqd pulga olishi | 016 |
| Jismoniy shaxs yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pul mablagʻlarini naqd holda kiritishi | 017 |
| Uchinchi shaxslar foydasiga omonat (depozit) ochib, unga �ul mablagʻlarini naqd holda joylashtirish | 018 |
| Chet el valyutasini naqd pulga sotib olish yoki sotish | 019 |
| Bir qimmatdagi banknotni boshqa qimmatdagi banknotga almashtirish | 020 |
| Mol-mulkni saqlash uchun maxsus xonalarni yoki ularda turgan seyflarni ijaraga olish uchun bank bilan shartnoma tuzish | 021 |
| Kredit (zayom) berish yoki olish | 022 |
| Qimmatli qogʻozlar, qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, zargarlik buyumlari yoki boshqa qimmatli narsalarni lombardga qoʻyish | 023 |
| Sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) toʻlash yoki sugʻurta mukofoti olish | 024 |
| Lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar oʻynalganda yutuq olish | 025 |
| Pul mablagʻlarini imtiyozli soliq rejimi beradigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda axborotni oshkor etish va berishni nazarda tutmaydigan davlatlar va hududlarga (offshor zonalarga) oʻtkazish, shuningdek pul mablagʻlarini koʻrsatib oʻtilgan davlatlar va hududlardan oʻtkazish | 026 |
| Terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatda ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsning operatsiyalari | 027 |
| Terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoki uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsning operatsiyalari | 028 |
| Terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxsning operatsiyalari | 029 |
| | |
Izoh: Ilova pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻldirishda foydalaniladi va maxsus vakolatli organga taqdim etilmaydi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 238-modda; 42-son, 418-modda; 2008-y., 40-41-son, 412-modda; 2009-y., 42-son 450-modda)