Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.10.2009 30.06.2006 yildagi 126-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.10.2009
Hujjat 18.10.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh BILAN BOGʻLIQ AXBOROTNI BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qarorning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-fevraldagi PQ-586-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi ayrim qonun hujjatlarining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq 2013-yilning 1-yanvariga qadar toʻxtatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, majburiy nazorat qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan operatsiyalar amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi axborotni belgilangan tartibda taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda mazkur qarorda belgilangan tartibda axborot taqdim etilishi uchun qattiq nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori R.X. Qodirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 30-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 30-iyundagi 126-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq
axborotni berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-apreldagi PQ–331-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, majburiy nazorat qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan koʻrsatib oʻtilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga taqdim etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda matnda “Departament” deb yuritiladi) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan koʻrsatib oʻtilgan operatsiyalar amalga oshirilishi ustidan majburiy nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar, agar ularning summasi operatsiya bajarilayotgan kundagi holatga koʻra belgilangan eng kam oylik ish haqining toʻrt ming baravariga teng yoki undan ortiq boʻlsa hamda quyidagi turlarda amalga oshirilayotgan boʻlsa, majburiy nazorat qilinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkita yoki undan ortiq hisobvaraqlar ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir kunda yoki bir necha kun mobaynida odatdagi koʻlamga nomuvofiq miqdorda operatsiyalar bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga egasining nomi yashirin holda ochilgan hisobvaraqqa oʻtkazish va pul mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasiga egasining nomi yashirin holda ochilgan hisobvaraqdan kelib tushishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank omonatlariga pul mablagʻlarini naqd holda kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlarini naqd holda hisobvaraqdan olish, hisobvaraqdan oʻchirish yoki hisobvaraqqa kiritish, agar bu yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatining xususiyati taqozosi boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlarini jismoniy shaxs taqdim qiluvchiga pul beriladigan hujjatlar boʻyicha olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs qimmatli qogʻozlarni naqd pulga olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pul mablagʻlarini naqd holda kiritishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi shaxslar foydasiga omonat (depozit) ochib, unga pul mablagʻlarini naqd holda joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el valyutasini naqd pulga sotib olish yoki sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir qimmatdagi banknotni boshqa qimmatdagi banknotga almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni saqlash uchun maxsus xonalarni yoki ularda turgan seyflarni ijaraga olish uchun bank bilan shartnoma tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit (zayom) berish yoki olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar, qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, zargarlik buyumlari yoki boshqa qimmatli narsalarni lombardga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) toʻlash yoki sugʻurta mukofoti olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar oʻynalganda yutuq olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlarini imtiyozli soliq rejimi beradigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda axborotni oshkor etish va berishni nazarda tutmaydigan davlatlar va hududlarga (offshor zonalarga) oʻtkazish, shuningdek pul mablagʻlarini koʻrsatib oʻtilgan davlatlar va hududlardan oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el valyutasi bilan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan operatsiyalarni amalga oshirishda operatsiyaning milliy valyutadagi miqdori operatsiya oʻtkazilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Nizomning 3-bandida belgilanganidan kamroq summadagi pul mablagʻlari yoki mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya, shu operatsiyaning taraflaridan biri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatda ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoki uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoki tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs ekanligi haqida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud boʻlsa, majburiy nazorat qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Nizomning 3 va 4-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborot (keyingi oʻrinlarda matnda “operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborot” deb yuritiladi) Departamentga pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi quyidagi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda matnda “tashkilotlar” deb yuritiladi) tomonidan taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar, kredit uyushmalari va boshqa kredit tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya fondlari, depozitariylar va boshqa turdagi investitsiya institutlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birjalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing xizmati yoki boshqa moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lombardlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni oʻtkazuvchi tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial idoralar (notariuslar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tashkilotlar Departamentning operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborot yuboriladigan (taqdim etiladigan) pochta, elektron va boshqa rekvizitlarini bilishga majburdir, Departament esa koʻrsatib oʻtilgan rekvizitlarni barcha bilishi uchun qulay boʻlishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Departament va uning xodimlari oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan tijorat, bank siri yoki boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning saqlanishini taʼminlashlari shart, yuridik va jismoniy shaxslarni ularga nisbatan oʻtkazilayotgan majburiy nazoratdan xabardor qilishga haqli emas va ushbu maʼlumotlar oshkor qilinganligi yoki taqdim etilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni taqdim etish davlat sirlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, majburiy
nazorat qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni
Departamentga taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tashkilotlar quyidagilarga majburdir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish chogʻida yuridik va jismoniy shaxsni identifikatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni, yuridik yoki jismoniy shaxs hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalarni istisno etganda, bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran ikki ish kuniga toʻxtatib turish hamda bunday operatsiya haqida operatsiya toʻxtatib turilgan kunning oʻzida Departamentni xabardor qilish. Operatsiyani toʻxtatib turish toʻgʻrisida Departamentning koʻrsatmasi boʻlmasa, koʻrsatilgan muddat oʻtgach, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot toʻxtatib turilgan operatsiyani bajarishga kirishaveradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar amalga oshirilishi haqida shu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan kunning oʻzida Departamentga axborot (hujjatlar) taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ichki nazorat tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlari yoki majburiy nazorat qilinadigan boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarning hujjatli hisobini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborot elektron hujjat shaklida, axborotni kiritish, faqat qayta ishlash va uzatish boʻyicha dasturli vositalarning avtomatlashtirilgan kompleksi yordamida, axborotni kriptografik himoya qilish vositalarini va axborot uzatishning elektron tizimini (keyingi oʻrinlarda DVAK deb yuritiladi) qoʻllagan holda, shaklga solingan xabar tarzida tuziladi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi (ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Samarali va narx parametrlari boʻyicha raqobatbardoshli DVAKlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish boʻyicha qoʻllanmani tashkilotlarga berish Departament tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DVAKdan faqat ushbu Nizomda nazarda tutilgan axborotni tayyorlash va Departamentga taqdim etish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Operatsiya toʻgʻrisidagi elektron hujjat tarzidagi axborotni uzatish Departamentning tashkilot joylashgan joydagi boʻlinmasida (banklardan tashqari) almashtiriladigan magnitli va boshqa manbalarda (disketalarda, kompakt-disklarda va boshqa xotirada saqlab qoladigan qurilmalarda), axborot yetkazib beruvchi tomonidan, yetkazib berish vaqtida hujjatning maxfiyligi buzilishini istisno qiluvchi chora-tadbirlarga rioya qilgan holda yoki maxsus pochta aloqasi vositasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Operatsiya toʻgʻrisidagi axborotni elektron hujjat tarzida taqdim etish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda axborot yetkazib berish vaqtida hujjatning maxfiyligi buzilishini istisno qiluvchi chora-tadbirlarga rioya qilgan holda qogʻozda bevosita taqdim etiladi yoki maxsus pochta aloqasi vositasida yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Operatsiya toʻgʻrisidagi axborot bevosita keltirib berilgan yoki u belgilangan tartibda maxsus pochta aloqasi boʻlinmasiga topshirilgan sana axborot taqdim etilgan sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Banklar tomonidan bajariladigan operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni Departament banklarning avtomatlashtirilgan tizimida ochiladigan, ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilingan maxsus elektron pochta manzilidan oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tashkilotning Departamentga operatsiya toʻgʻrisidagi axborotni belgilangan shaklga muvofiq boʻlmagan holda taqdim etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi operatsiya toʻgʻrisidagi axborotning tasdiqlangan shakliga belgilangan tartibda oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Departament operatsiya toʻgʻrisidagi axborotni joʻnatuvchini identifikatsiya qiladi va axborot mazmunining aynanligini (oʻzgarmaganligini) nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tashkilotlar tomonidan operatsiya toʻgʻrisidagi axborot buzilgan tarzda yoki toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganda, shuningdek unda elektron raqamli imzo (tashkilot muhri, vakolatli shaxslar imzolari) mavjud boʻlmaganda Departament operatsiya toʻgʻrisidagi axborot olingan kuni, maxfiylikni taʼminlash choralariga rioya qilgan holda, aniq kamchiliklarini koʻrsatib, uni qaytadan taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovnoma joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Departamentning soʻrovnomasi olingan taqdirda tashkilot soʻrovnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻradi va uning olingan vaqtidan boshlab bir ish kuni mobaynida Departamentga tuzatilgan axborotni ushbu Nizomda belgilangan tartibda joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tashkilot tomonidan Departamentga majburiy nazorat qilinmaydigan operatsiya toʻgʻrisidagi axborot notoʻgʻri taqdim etilgan taqdirda tashkilot ushbu Nizomda belgilangan tartibda Departamentga tashkilotning rahbari imzolagan va muhri bilan tasdiqlangan xat bilan, notoʻgʻri taqdim etilgan axborotni haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisida murojaat qiladi. Xatda operatsiya toʻgʻrisidagi axborotni haqiqiy emas deb eʼtirof etish sabablari, shuningdek operatsiya toʻgʻrisida notoʻgʻri taqdim etilgan axborotni soʻzsiz identifikatsiya qilish imkonini beradigan maʼlumotlar (axborotning tartib raqami va sanasi, uni aloqaning elektron kanali boʻyicha yoki qogʻozda taqdim etish usuli, shuningdek operatsiyaning u amalga oshirilgan valyutadagi summasi va uni amalga oshirish sanasi) koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Departament tomonidan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk
bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha qoʻshimcha axborot olinishi
tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Departament qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi masalasi boʻyicha tekshirish tadbirlarini amalga oshirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Departament quyidagi hollarda tashkilotga qoʻshimcha axborotni va tegishli operatsiya boʻyicha hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini taqdim etish toʻgʻrisida yozma soʻrovnoma joʻnatishga haqlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiya toʻgʻrisida olingan axborotning ishonchliligini tekshirish zarurati boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday operatsiyaning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni bajarish doirasida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning axborot va hujjatlar taqdim etish toʻgʻrisidagi yozma soʻrovnomalari Departamentning rasmiy blankalarida rasmiylashtiriladi hamda Departament rahbari yoki uning oʻrinbosarlari, Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy organlari rahbarlari (ular boʻlmaganda ularning vazifasini bajarayotgan shaxslar) tomonidan imzolanadi va maxsus pochta aloqasi vositasida tashkilotlarga joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tashkilot Departamentga maxsus topshiriq berilgan pochta aloqasi orqali tegishli yozma soʻrovnoma olingan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida soʻralayotgan axborotni va hujjatlarning tasdiqlangan nusxalarini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament soʻralayotgan axborot va hujjatlarning hajmini, xususiyatini va mazmunini hisobga olgan holda ularni taqdim etishning boshqacha muddatini belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga
va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi
axborotni toʻplash, saqlash va taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida Departament ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron axborot bazasini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Bosh prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Departamentga ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan shaxslar toʻgʻrisida oʻzlarining ixtiyorida mavjud boʻlgan barcha maʼlumotlarni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Departament tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudidan tizimli asosda soʻrab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlar elektron hujjat tarzida rasmiylashtiriladi va Departamentga ana shunday axborot olingan yoki aniqlangan vaqtdan boshlab ikki ish kunidan kechikmay maxsus pochta aloqasi orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Departament ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan shaxslar roʻyxatini pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarga har oyning 15-kunidan kechikmay maxsus pochta aloqasi orqali taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni bajarish doirasida Departament ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan shaxslar toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ushbu Nizomning 27-bandida koʻrsatilgan roʻyxatni yuritish, saqlash va undan foydalanishda Departament hamda pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan maxfiylikni taʼminlash shartlariga qatʼiy rioya qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ushbu Nizomda koʻrsatilgan axborotni saqlash muddatlari va tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Nizom talabalari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar, shu jumladan maxsus vakolatli organning, tashkilotlarning, shuningdek ushbu Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan organlarning mansabdor shaxslari belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 30-iyundagi
126-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol- mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisida maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Operatsiya xususiyati bunday maʼlumotlarni taqdim etishni nazarda tutgan hollarda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk
bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi
maʼlumotlarga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar turlarining kodlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tashkilot nomi‎

Tashkilot
‎turi kodi
Banklar, kredit uyushmalari va boshqa kredit tashkilotlari 100‎
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 111‎
Markaziy bankning hududiy boʻlinmalari 112‎
Aksiyadorlik-tijorat banklari 121‎
Aksiyadorlik-tijorat banklarining filiallari 122‎
Aksiyadorlik-tijorat banklarining boshqa alohida boʻlinmalari 123‎
Xususiy banklar 131‎
Xususiy banklarning filiallari 132‎
Xususiy banklarning boshqa alohida boʻlinmalari 133‎
Xorijiy sarmoya ishtirokidagi banklar 141‎
Xorijiy sarmoya ishtirokidagi banklarning filiallari 142‎
Xorijiy banklarning vakolatxonalari 151‎
Kredit uyushmalari 161‎
Kredit uyushmalarining filiallari 162‎
Kredit uyushmalarining vakolatxonalari 163‎
Boshqa kredit tashkilotlari 171‎
Boshqa kredit tashkilotlarining filiallari 172‎
Boshqa kredit tashkilotlarining vakolatxonalari 173‎
Investitsiya fondlari, depozitariylar va investitsiya tashkilotlarining boshqa turlari 200‎
Investitsiya fondlari 211‎
Investitsiya fondlarining filiallari 212‎
Investitsiya fondlarining vakolatxonalari 213‎
Depozitariylar 221‎
Depozitariylarning filiallari 222‎
Depozitariylarning vakolatxonalari 223‎
Investitsiya tashkilotlarining boshqa turlari 231‎
Investitsiya tashkilotlari boshqa turlarining filiallari 232‎
Investitsiya tashkilotlari boshqa turlarining boshqa alohida boʻlinmalari 233‎
Birjalar 300‎
Tovar-xomashyo birjalari 311‎
Tovar-xomashyo birjalarining filiallari 312‎
Tovar-xomashyo birjalarining boshqa alohida boʻlinmalari 313‎
Fond birjalari 321‎
Fond birjalarining filiallari 322‎
Fond birjalarining boshqa alohida boʻlinmalari 323‎
Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi 331‎
Oʻzbekiston respublika valyuta birjasining filiallari 332‎
Oʻzbekiston respublika valyuta birjasining boshqa alohida boʻlinmalari 333‎
Birjalarning boshqa turlari 341‎
Birjalar boshqa turlarining filiallari 342
Birjalar boshqa turlarining boshqa alohida boʻlinmalari 343‎
Sugʻurtalovchilar 400‎
Sugʻurtalovchilar 411‎
Sugʻurtalovchilarning filiallari 412‎
Sugʻurtalovchilarning boshqa alohida boʻlinmalari 413‎
Lizing xizmatlari yoki boshqa moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar 500‎
Lizing xizmatlari yoki boshqa moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar 511‎
Lizing xizmatlari yoki boshqa moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarning filiallari 512‎
Lizing xizmatlari yoki boshqa moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarning boshqa alohida boʻlinmalari 513‎
Pochta aloqasi tashkilotlari 600
Pochta aloqasi provayderi 611‎
Pochta aloqasi provayderining filiallari 612‎
Pochta aloqasi provayderining boshqa alohida boʻlinmalari 613‎
Pochta aloqasi operatori 621‎
Pochta aloqasi operatorining filiallari 622‎
Pochta aloqasi operatorining boshqa alohida boʻlinmalari 623‎
Pochta aloqasining boshqa obyektlari 631‎
Lombardlar 700‎
Lombardlar 711‎
Lombardlarning filiallari 712‎
Lombardlarning vakolatxonalari 721‎
Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni oʻtkazuvchi yuridik shaxslar 800‎
Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar 811‎
Totalizatorlar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar 812‎
Tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar 814‎
Notarial idoralar (notariuslar) 900‎
Notarial idoralar 911‎
Notariuslar 912‎
‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎Izoh: Ilova pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻldirishda foydalaniladi va maxsus vakolatli organga taqdim etilmaydi. ‎
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-oktabrdagi 217-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 42-son, 418-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk
bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi
maʼlumotlarga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy nazorat qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar turlarining kodlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Operatsiya nomi‎

Operatsiya
‎kodi‎
Ikkita yoki undan ortiq hisobvaraqlar ochish‎ 010‎
Bir kunda yoki bir necha kun mobaynida odatdagi koʻlamga nomuvofiq miqdorda operatsiyalar bajarish‎ 011‎
Pul mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga egasining nomi yashirin holda ochilgan hisobvaraqqa oʻtkazish va pul mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasiga egasining nomi yashirin holda ochilgan hisobvaraqdan kelib tushishi ‎ 012‎
Bank omonatlariga pul mablagʻlarini naqd holda kiritish‎ 013‎
Pul mablagʻlarini naqd holda hisobvaraqdan olish, hisobvaraqdan oʻchirish yoki hisobvaraqqa kiritish, agar bu yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatining xususiyati taqozosi boʻlmasa ‎ 014‎
Pul mablagʻlarini jismoniy shaxs taqdim qiluvchiga pul beriladigan hujjatlar boʻyicha olishi ‎ 015‎
Jismoniy shaxs qimmatli qogʻozlarni naqd pulga olishi ‎ 016‎
Jismoniy shaxs yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pul mablagʻlarini naqd holda kiritishi ‎ 017‎
Uchinchi shaxslar foydasiga omonat (depozit) ochib, unga �ul mablagʻlarini naqd holda joylashtirish ‎ 018‎
Chet el valyutasini naqd pulga sotib olish yoki sotish ‎ 019‎
Bir qimmatdagi banknotni boshqa qimmatdagi banknotga almashtirish ‎ 020‎
Mol-mulkni saqlash uchun maxsus xonalarni yoki ularda turgan seyflarni ijaraga olish uchun bank bilan shartnoma tuzish ‎ 021‎
Kredit (zayom) berish yoki olish ‎ 022‎
Qimmatli qogʻozlar, qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, zargarlik buyumlari yoki boshqa qimmatli narsalarni lombardga qoʻyish ‎ 023‎
Sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) toʻlash yoki sugʻurta mukofoti olish ‎ 024‎
Lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar oʻynalganda yutuq olish‎ 025‎
Pul mablagʻlarini imtiyozli soliq rejimi beradigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda axborotni oshkor etish va berishni nazarda tutmaydigan davlatlar va hududlarga (offshor zonalarga) oʻtkazish, shuningdek pul mablagʻlarini koʻrsatib oʻtilgan davlatlar va hududlardan oʻtkazish ‎ 026‎
Terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatda ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsning operatsiyalari ‎ 027‎
Terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoki uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsning operatsiyalari ‎ 028‎
Terrorchilik yoki boshqa jinoiy faoliyatni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxsning operatsiyalari ‎ 029‎
‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎Izoh: Ilova pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻldirishda foydalaniladi va maxsus vakolatli organga taqdim etilmaydi. ‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 238-modda; 42-son, 418-modda; 2008-y., 40-41-son, 412-modda; 2009-y., 42-son 450-modda)