Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh VA BAʼZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Vazirlar Mahkamasining “2004-yil makroiqtisodiy koʻrsatkichlarining asosiy parametrlari va ularning bajarilishini nazorat qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 15-dekabrdagi 547-son qaroriga muvofiq hamda bank tizimini yanada rivojlantirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 26-fevral,
89-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar hamda oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 23-iyundagi 122-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 31-maydagi 138-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 22-son, 159-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 15-yanvardagi 24-son qarorida:
1-bandning toʻrtinchi xatboshidan “xususiy banklar boʻyicha — soʻm ekvivalentida 0,3 mln AQSh dollari miqdorida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
3-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“bir aksiyadorning yoki bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan bir guruh aksiyadorlarning bank ustav sarmoyasidagi ulushi ustav sarmoyasi umumiy miqdorining 25 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas (xususiy banklar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi banklar bundan mustasno);”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 19-maydagi 195-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 25-modda) 2-bandining uchinchi xatboshidagi “jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari (depozitlari)ning koʻpaygan” soʻzlari “jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar boʻyicha omonatlari hamda joylashtirilgan jamgʻarma sertifikatlari hajmlarining koʻpaygan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini tartibga solish va respublika isteʼmol bozorini himoya qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1993-yil 5-maydagi 204-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 8-son, 98-modda; 2005-y., 22-son, 159-modda; 2006-y., 25-26-son, 235-modda)