Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 15.12.2003 yildagi 547-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004 YIL MAKROIQTISODIY KO‘RSATKIChLARINING ASOSIY PARAMETRLARI VA ULARNING BAJARILIShINI NAZORAT QILIShNI KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika iqtisodiyotini barqaror va dinamik rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, maqsadli makroiqtisodiy prognoz parametrlarga erishish, inflatsiya darajasini qisqartirish va milliy valyuta kursining barqarorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilgan 2004-yilning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi 1-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar 2004-yilda maqsadli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish, iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inflatsiya darajasini yanada pasaytirishga qaratilgan qattiq pul-kredit siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash va pul resurslarining to‘laqonli, balansli bozorini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning real sektoriga soliq yukini asta-sekin pasaytirishni nazarda tutuvchi qattiq soliq-budjet siyosati olib borish, shu jumladan markazlashtirilgan investitsiyalarni budjetdan moliyalashtirishni qisqartirish va tegishli ravishda iqtisodiyotga xususiy investitsiyalar ulushini ko‘paytirish hisobiga budjet xarajatlarini maqbullashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotda davlatning tartibga soluvchi rolini yanada keskin cheklash, mavjud bo‘lib turgan ma’muriy cheklashlarni va cheklashlarning boshqa turlarini olib tashlash, tadbirkorlarga qo‘shimcha rag‘batlar va preferensiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirish sohasida, agrosanoat kompleksi, kapital qurilish va uy-joy-kommunal xo‘jaligida tarkibiy islohotlarning tasdiqlangan dasturlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro hisob-kitobi tizimini takomillashtirish va iqtisodiyotdagi to‘lov intizomini tubdan mustahkamlash, shuningdek naqd pul muomalasini ustun darajada iqtisodiy mexanizmlar orqali mustahkamlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksi tomonidan ishlab chiqilgan 2004-yilda makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirishning asosiy chora-tadbirlari dasturi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning ma’qullangan cheklangan parametrlariga rioya qilinishi va 2004-yilda makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirishning asosiy chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi ustidan doimiy monitoring olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring natijalari bo‘yicha yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga inflatsiyani pasaytirishga, pul muomalasini barqarorlashtirishga, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga, to‘lov va savdo balansini maqbullashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan takliflar bilan birga, zarurat bo‘lganda makroiqtisodiy parametrlarning tasdiqlangan prognozini aniqlashtirgan holda, tasdiqlangan Dasturning amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat banklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining depozitlari va kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari darajasi ustidan doimiy monitoring olib borish, pulga (kredit resurslariga) talab va taklifni tahlil etish va kredit resurslarini jalb etish va banklararo bozorga joylashtirish bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul-kredit siyosatining maqsad va vazifalarini hisobga olgan holda hamda iqtisodiyotning real sektori xo‘jalik yurituvchi subyektlari, eng avvalo kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari kredit resurslari olishini ta’minlash uchun, inflatsiyaning shakllanayotgan darajasi, banklararo bozordagi foiz stavkalari darajasi bilan mustahkam bog‘liqlikda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasini belgilashning o‘zgaruvchan tizimini qo‘llash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank O‘zbekiston Banklar uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob qilish tizimi kengaytirilishini rag‘batlantirish, tijorat banklari tomonidan mamlakatimiz korxonalariga kredit berilishini faollashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi taklifni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi doimiy asosda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda manbalar va hududlar bo‘yicha budjet daromadlari tushumi, budjet mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanilishi hamda Davlat budjeti taqchilligining cheklangan darajasiga rioya etilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda soliq yukini kamaytirishga doir chora-tadbirlarning, berilgan imtiyozlar va preferensiyalarning, soliq to‘lovchilarning, ayniqsa kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatiga, shuningdek Davlat budjeti daromadlari ijrosining holatiga ta’sirini o‘rganib chiqsin va natijalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlarning roli, mustaqilligi va mas’uliyatini oshirishni hamda mahalliy darajalardagi budjetlar ijrosida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini mustahkamlashni nazarda tutuvchi budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablag‘laridan, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘laridan va budjet muassasalarining budjetdan tashqari daromadlaridan qonuniy va maqsadli foydalanilishini qattiq nazorat qilsin va natijalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga davlat xarajatlarini maqbullashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank bilan birgalikda narxlar indekslari dinamikasi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsinlar, iste’mol narxlari o‘sishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlasinlar va unga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan oldini oluvchi chora-tadbirlar ko‘rsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yilning har choragida ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini tahlil etsinlar, zarurat bo‘lganda, ularning aniq tarmoqlarga, shu jumladan iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bo‘yicha yuklamasini oshirishga ko‘maklashuvchi takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMTning milliy schyotlari tizimi standartlariga muvofiq yalpi ichki mahsulot hisob-kitobi metodikasini va iqtisodiy faoliyatning barcha turlari to‘liq qamrab olinishi ta’minlanishini takomillashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yalpi ichki mahsulot qismlarini to‘liqroq baholash uchun zarur axborot va metodologiya bazasi yaratish maqsadida iqtisodiy faollikning har xil yo‘nalishlari bo‘yicha tanlab olingan tadqiqotlar tarmog‘ini kengaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 15-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
547-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 23-son, 235-modda)