01.05.2006 yildagi 74-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XORIJIY INVESTITSIYALAR ISHTIROKIDAGI KORXONALARGA BERILAYOTGAN IMTIYOZLARNING RAG‘BATLANTIRUVCHI ROLINI OSHIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining xorijiy investorlarga va xorijiy investitsiyalarga teng huquqli rejim berish haqidagi 9-moddasi qoidalarini amalga oshirishni davom ettirish, respublika hududida investitsiya faoliyatini faollashtirish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga berilayotgan soliq hamda bojxona imtiyozlari va preferensiyalarining rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga soliq solish soliq solinayotgan vaqtda amalda bo‘lgan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar qonunchilikda belgilangan barcha umumiy soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalaridan, shuningdek, qonunchilikda (shu jumladan investitsiya shartnomalarida, mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda) nazarda tutilgan tartibga va shartlarga qat’iy rioya qilgan holda berilgan qo‘shimcha imtiyozlar va preferensiyalardan to‘liq hajmda foydalanadilar.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki, soliqlar, bojxona to‘lovlari va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qo‘shimcha imtiyozlar xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga faqat aniq belgilangan muddatga beriladi va muddatsiz tusda bo‘lishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hukumat qarorlari bilan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga soliqlar, bojxona to‘lovlari va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha ilgari berilgan, qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hamda muddatsiz tusdagi barcha imtiyozlar 2006-yil 1-iyundan boshlab bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan, tarmoqqa kiradigan yoki qonun hujjatlarida ustuvor deb e’tirof etilgan loyihalarni amalga oshirayotgan korxonalarga kelgusida qo‘shimcha imtiyozlar va preferensiyalar berishning zarurligi va samaradorligi masalalarini mufassal ishlab chiqishni ta’minlash uchun ilovaga* muvofiq tarkibda maxsus ishchi guruh tuzilsin, unga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari Hukumat qarorlari bilan soliqlar, yig‘imlar, bojxona to‘lovlari va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddatsiz qo‘shimcha imtiyozlar berilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ayrim korxonalarning murojaatlarini har tomonlama ko‘rib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim korxonalarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ilgari muddatsiz imtiyozlarga ega bo‘lgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ayrim korxonalarga aniq muayyan muddatga, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2005-yil 2-avgustdagi 180-son qarorida belgilangan tartibda investitsiya shartnomalari tuzgan holda soliqlar, yig‘imlar, bojxona to‘lovlari va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha asoslangan imtiyozlar belgilash yuzasidan asoslangan tegishli takliflar kiritish yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 1-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 18-son, 151-modda; 2009-y., 52-son, 574-modda; 2012-y., 8-9-son, 82-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)