|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
RESPUBLIKA KOMISSIYALARI VA KENGASHLARI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijroiya tuzilmasiga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiqlashtirish, shuningdek ular faoliyatini tartibga solish maqsadida:
1. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tugatilib, uning vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi zimmasiga yuklansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
2. Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmonning 1-bandidan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
4. 2-ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 6-noyabr,
PF-3675-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-noyabrdagi PF–3675-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan farmonlari ro‘yxati
1. “Korxonalarning bankrotligi to‘g‘risidagi qonunchilikni amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 11-dekabrdagi PF–1658-son Farmoni.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
3. “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 31-yanvardagi PF–3204-son Farmoni.
4. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi PF–3306-son Farmonining 1-bandi.
5. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF–3376-son Farmoni ilovasining 2-bandi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 45-son, 337-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)