|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 06.11.2005
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
KORXONALARNING BANKROTLIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUNChILIKNI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika komissiyalari va kengashlari faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida”gi 2005-yil 6-noyabrdagi PF-3675-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish uchun tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni ta’minlash, korxonalar bankrotligining oldini olishga, iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan bankrotlik va sudgacha sanatsiyalash tartib-qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish, shuningdek kreditorlar hamda aksiyadorlarning manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoya qilish maqsadida:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(Farmonning 1-bandi hamda ilovasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 23-iyuldagi PF-2342-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 7-son, 170-modda)
2. Hukumat komissiyasi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
korxonalarning moliyaviy ahvolini mustahkamlashga va ular bankrot bo‘lishining oldini olishga qaratilgan davlat siyosatini o‘tkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
ustav jamg‘armasida davlat ulushi bor, va (yoki) pul majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi oldida qarzdor bo‘lgan iqtisodiy nochor xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha qarorlar qabul qilib, bankrotlik tartib-qoidasini joriy etish haqidagi takliflarni xo‘jalik sudiga kiritish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
bankrotlikka olib kelgan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan shaxslarning javobgarligini ko‘rib chiqish va shunga oid qarorlar qabul qilish;
qarzdor korxonaga nisbatan sanatsiyani o‘tkazishning asosiy prinsiplari va tartibini, vakil qilingan organlar va tashkilotlarni uni o‘tkazishda qatnashish shartlarini tasdiqlash;
korxonalarni sanatsiyalashga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ustav jamg‘armasida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar bankrotligi tartib-qoidalari amalga oshirilishini nazorat qilish;
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ustav jamg‘armasida davlat ulushi bo‘lgan iqtisodiy nochor korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini ma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yish haqida qaror qabul qilish, bu qaror keyinchalik Vazirlar Mahkamasining qarori yoki farmoyishi bilan tasdiqlanishi shart.
(2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-apreldagi PF-3602-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2005-y., 17-18-son, 127-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-apreldagi PF-3602-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2005-y., 17-18-son, 127-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-apreldagi PF-3602-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2005-y., 17-18-son, 127-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-apreldagi PF-3602-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2005-y., 17-18-son, 127-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-apreldagi PF-3602-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2005-y., 17-18-son, 127-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-apreldagi PF-3602-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2005-y., 17-18-son, 127-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-apreldagi PF-3602-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2005-y., 17-18-son, 127-modda)
10. O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddat ichida:
korxonalarni bankrotlikka olib kelgan korxona rahbarlarining ma’muriy-jinoiy javobgarligini oshirish to‘g‘risidagi;
hozir amalda bo‘lgan qonun hujjatlarini ushbu Farmonga muvofiq holga keltirish haqidagi takliflarni kiritsin.
11. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni ro‘yobga chiqarish yuzasidan qaror qabul qilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 11-dekabr,
PF-1658-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 1-son, 8-modda; 1999-y., 7-son, 170-modda; 2003-y., 8-son, 121-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda; 2005-y., 17-18-son, 127-modda)