|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 06.11.2005
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
KORXONALAR BANKROTLIGI VA SANATSIYASI MASALALARI BO‘YIChA HUKUMAT KOMISSIYASI TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-noyabrdagi PF-3675-sonli “Respublika komissiyalari va kengashlari faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Iqtisodiy nochor korxonalar bankrotligi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:
1. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi bilan qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiyalash masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi birlashtirilib, korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha yagona Hukumat komissiyasi tuzilsin.
2. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
3. Hukumat komissiyasining raisi (R. S. Azimov) bir hafta muddatda korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
5. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 29-sentabrdagi PF-2720-son Farmoniga 3 va 4-ilovalar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 29-oktabrdagi F-776-son Farmoyishi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 31-yanvar,
PF-3204-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 13-modda)