1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 18-moddasiga muvofiq, shuningdek, qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 24-avgust,
456-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatchilarining lavozimlari roʻyxatining “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi
Konstitutsiyaviy sud Raisi
Konstitutsiyaviy sud Raisining oʻrinbosari
Konstitutsiyaviy sud sudyasi
Devon rahbari
Guruh rahbari
Matbuot xizmati rahbari
Boʻlim boshligʻi
Rais yordamchisi
Birinchi boʻlim mudiri
Katta ekspert
Bosh konsultant
Bosh mutaxassis
Ekspert
Katta konsultant
Katta mutaxassis
Devonxona mudiri”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻqituvchilar va oʻquvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarori quyidagi mazmundagi 53-band bilan toʻldirilsin:
“53. Prognoz koʻrsatkichlar asosida joriy oʻquv yili uchun umumiy oʻrta taʼlim maktablariga qabul qilingan 1-sinf oʻquvchilari soniga mos ravishda tarqatilgan oʻquv qurollari toʻplamidan ortib qolgan qismi keyingi oʻquv yili uchun davlat xaridlarini amalga oshirishda inobatga olinsin.
Bunda keyingi oʻquv yiliga qadar yaroqlilik muddati tugaydigan oʻquv qurollari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining majburiy maktabga tayyorlov guruhlariga foydalanish uchun bepul ajratiladi”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Sanoat tarmoqlari korxonalarining maʼnaviy eskirgan va yeyilgan asbob-uskunalarini jadal yangilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 19-apreldagi 115-son qarorining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq oʻtkazilgan texnik audit natijasida aniqlangan hisobdan chiqariladigan maʼnaviy eskirgan va yemirilgan texnologik asbob-uskunalar hamda jihozlardan hosil boʻladigan qora va rangli metallar parchalari qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega tadbirkorlik subyektlariga shartnomaviy narx boʻyicha sotiladi, tushgan mablagʻlar zamonaviy asbob-uskunalar sotib olishga maqsadli yoʻnaltiriladi”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomning 36-bandida:
5. Vazirlar Mahkamasining “Rangli metall parchalari va chiqindilarini toʻplash, topshirish hamda qayta ishlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-oktabrdagi 849-son qarorining 2-bandida:
6. Vazirlar Mahkamasining “Chorvoq” erkin turistik zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 15-maydagi 365-son qarorida:
a) 2-banddagi “davlat unitar korxonasi” soʻzlari “davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat unitar korxonasining” soʻzlari “davlat muassasasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7. Vazirlar Mahkamasining “Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-iyundagi 425-son qarorida:
“4. Belgilansinki, tashkilotlarning, oʻz quyish va metall prokati ishlab chiqarishiga ega boʻlgan tashkilotlar bundan mustasno (toʻlovga qobiliyatsizlik va tugatish hollaridan tashqari), toʻlovga qobiliyatsizligi, tugatilishi, rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishi tartibotlarini oʻtkazish davomida belgilangan tartibda hisobdan chiqariladigan tarkibida qora va rangli metallar boʻlgan tabiiy va maʼnaviy eskirgan asbob-uskunalar qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega tadbirkorlik subyektlariga erkin (shartnomaviy) narxlarda sotiladi”;
“17. Tayyorlovchi, qayta ishlovchi va realizatsiya qiluvchi hamda parchalarni topshiruvchi oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda metall parchalarini yetkazib berish hajmlari, turlari, muddatlari, toʻlov shartlari, taraflarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarligi koʻrsatiladi”;
6-bobning nomidagi “Tayyorlovchi va” soʻzlari “Tayyorlovchi, qayta ishlovchi va realizatsiya qiluvchi, shuningdek,” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilovaning “1-bosqich”, “2-bosqich”, “4-bosqich”, “6-bosqich”, “7-bosqich” va “8-bosqich” pozitsiyalari “Subyektlar” ustunidagi “tayyorlovchilar” soʻzlari “tayyorlovchilar, qayta ishlovchilar va realizatsiya qiluvchilar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Sudyalar va ularning oila aʼzolari pensiya taʼminoti shartlari, meʼyorlari hamda tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 30-bandida:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ilgari sudya lavozimida ishlagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi devoni rahbari, guruh rahbari, boʻlim boshligʻi yoki Konstitutsiyaviy sudning boshqaruv xodimlari tarkibiga kiritilgan boshqa lavozimlarda ishlagan davri”;
9. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari va akademik litseylar bitiruvchilarini ragʻbatlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 22-fevraldagi 154-son qarorida:
a) 2-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridan “, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
10. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Majburiy texnik koʻrikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalarining hisobini yuritish, ularning holatini aniqlash, shuningdek, foydalanishga yaroqsiz, utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga boʻlinadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Avtomototransport vositalarini utilizatsiyaga qabul qilish utilizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar yoki ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi”.
12. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
“51. Yangi avlod maktabgacha taʼlim tashkiloti ilgʻor xorijiy tajribalar asosida oʻyinga asoslangan taʼlim va tarbiya jarayonlarini amalga oshiradigan hamda Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazini oʻz ichiga olgan umumiy turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti hisoblanadi”.
13. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqidagi nizomda:
“Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar (shahodatnoma, sertifikat va guvohnoma) tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasidagi umumiy oʻrta yoki oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarga tenglashtirilgan holda tan olinadi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Talabgorga xorijiy davlatlarda berilgan umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim hujjati Oʻzbekiston Respublikasida beriladigan shahodatnoma oʻrnini bosa olmasa, xorijiy davlatdagi taʼlimning davomiyligidan qatʼi nazar, u oʻqishini davom ettiradigan maktabda umumiy tartibda yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritish tavsiya etiladi.
Bunda talabgor oʻziga berilgan hujjatda koʻrsatilgan fanlardan boshqa barcha fanlar boʻyicha taʼtil kunlarida yakuniy davlat attestatsiyadan oʻtkaziladi. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijasi va pedagogik kengash qarori asosida maktab tomonidan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat (shahodatnoma) beriladi”;
“20. Hududiy boshqarmalar komissiyalarining xulosalariga koʻra, bir ish kunida xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish haqida hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan tasdiqlanadigan ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda maʼlumotnoma tayyorlanadi.”;
v) 1-ilovaning “4-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi “a” bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlari tan olishga tavsiya etilgan talabgorlarga maʼlumotnoma berish haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, viloyatlar hamda Toshkent shahri maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadigan tegishli namunadagi maʼlumotnomani tayyorlaydi;”.
14. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarni hisob roʻyxatiga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“5. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius unga litsenziya rasmiylashtirilgandan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmasdan adliya organlari tomonidan avtomatik tarzda roʻyxatga olinadi va bu haqida notariusni hamda Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasini xabardor qiladi. Shunday xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Notarial palataning aʼzosi boʻladi va notarius maqomini oladi.
Agar roʻyxatga olingan xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius belgilangan tartibda boshqa notarial okrugga oʻtsa, mazkur notarial okrug boʻyicha roʻyxatga olish Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali tegishli adliya organiga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda xabarnoma beradi”;
“7. Adliya organi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning belgilangan tartibda boshqa notarial okrugga roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnomasi kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida notariusni roʻyxatga oladi va bu haqida Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasini xabardor qiladi.
Xabarnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi adliya organi tomonidan xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusni roʻyxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanadi”;
“_________(hudud nomi)_________ boʻyicha hisob roʻyxatiga olingan xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning
ELEKTRON REESTRI
Tartib raqami
Xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notariusning F.I.O.
Pasport seriyasi va raqami
Litsenziyaning raqami va berilgan sanasi
Notarial palataga aʼzo boʻlgan sana
Hisob roʻyxatiga olingan sana
Faoliyat yuritish hududi*
Bino joylashgan hudud (pochta manzili)*
1
2
3
4
5
6
7
8
-
-
-
-
-
-
-
-
davomi
Notarial palataning aʼzoligidan chiqarilgan sana
Hisob roʻyxatidan chiqarilgan sana
Yozuv kiritgan shaxsning F.I.O. va lavozimi
Notariusning muhri va imzo namunasi
9
10
11
12
-
-
-
* Ushbu maʼlumotlar litsenziyalovchi organ tomonidan notarius ish faoliyatini boshlaganda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali olinadi”.
15. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-iyundagi 358-son qarori bilan tasdiqlangan Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yigʻimini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 24-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Transport vositalarini utilizatsiya qiluvchi tashkilot hosil boʻladigan qora va rangli metall parchalari, chiqindilarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega tadbirkorlik subyektlariga sotadilar”.
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy taʼlim tashkilotlarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida taʼlim faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 6-iyuldagi 421-son qarori 2-bandining “v” kichik bandi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Pedagogik taʼlim sohasi boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlariga Oʻzbekiston Respublikasi pedagogika oliy taʼlim tashkiloti tomonidan xorijiy hamkor oliy taʼlim tashkiloti bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan qabul qilish tartibiga muvofiq kirish imtihonlari oʻtkaziladi”.
17. Vazirlar Mahkamasining Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 646-son qarori bilan tasdiqlangan Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga taʼlim berish uchun boshqa hududlardan oʻqituvchi-pedagoglarni jalb etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“17. Ishchi guruh murojaat etgan oʻqituvchi-pedagoglar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi.
Belgilangan talablarga mos kelgan hamda vakant soatlar boʻyicha bir oʻringa ikki va undan ortiq nomzodlar boʻlgan taqdirda, ular kasbiy bilim va koʻnikmalar, pedagogik mahorat hamda psixologik qobiliyat yoʻnalishida Ishchi guruh tomonidan suhbatdan oʻtkaziladi. Bunda suhbat quyidagi mezonlar asosida 100 ballik tizim asosida baholanadi:
Fan boʻyicha nazariy va amaliy bilimlar, eng soʻnggi ilmiy yangiliklardan xabardorligi
(toʻliq javob 10 ball, qisman javob 5 ball, notoʻgʻri javob 0 ball)
10
Darsni rejalashtirish va tashkil etish koʻnikmasi
(toʻliq javob 10 ball, qisman javob 5 ball, notoʻgʻri javob 0 ball)
10
Davlat taʼlim standartlari hamda baholash mezonlarini bilish
(toʻliq javob 10 ball, qisman javob 5 ball, notoʻgʻri javob 0 ball)
10
Taʼlim platformalari va multimedia vositalaridan foydalana olish
(toʻliq javob 10 ball, qisman javob 5 ball, notoʻgʻri javob 0 ball)
Pedagogik mahorat
30
10
Interaktiv va zamonaviy oʻqitish metodlaridan foydalanish
(toʻliq javob 10 ball, qisman javob 5 ball, notoʻgʻri javob 0 ball)
10
Boʻsh va iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash koʻnikmasi
(toʻliq javob 10 ball, qisman javob 5 ball, notoʻgʻri javob 0 ball)
5
Inklyuziv taʼlimga yondashuv
(toʻliq javob 5 ball, qisman javob 2 ball, notoʻgʻri javob 0 ball)
5
Taʼlimga oid meʼyoriy hujjatlarni bilishi
(toʻliq javob 5 ball, qisman javob 2 ball, notoʻgʻri javob 0 ball)
Psixologik qobiliyat
30
10
Muloqot madaniyati va nutq ravonligi
(toʻliq javob 10 ball, qisman javob 5 ball, notoʻgʻri javob 0 ball)
10
Stress holatida ishlash qobiliyati (toʻliq javob 10 ball, qisman javob 5 ball, notoʻgʻri javob 0 ball)
5
Konflikt vaziyatlarini tahlil qilish va hal etish koʻnikmasi
(toʻliq javob 5 ball, qisman javob 2 ball, notoʻgʻri javob 0 ball)
5
Jamoada ishlash qobiliyati
(toʻliq javob 5 ball, qisman javob 2 ball, notoʻgʻri javob 0 ball)
Maksimal ball
100
Saralash onlayn tarzda ham amalga oshirilishi mumkin.
Suhbat jarayonida nomzodlar har bir ishchi guruh aʼzosi tomonidan mustaqil ravishda baholanadi va yakuniy ball ishchi guruh aʼzolari tomonidan qoʻyilgan ballarning oʻrtacha arifmetik qiymati asosida aniqlanadi hamda suhbat natijalari bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
Suhbat natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan nomzod tegishli vakant soat uchun ishga olinadigan oʻqituvchi sifatida tanlab olinadi.
Suhbat natijalariga koʻra nomzodlarning ballari teng boʻlgan taqdirda, ularni tanlab olish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
amaldagi malaka toifasi darajasi yuqoriligi;
pedagogik ish staji yuqoriligi;
dars oʻtadigan fani boʻyicha ustama belgilashda qoʻllaniladigan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatga egaligi va sertifikatning darajasi yuqoriligi.
Ishchi guruh aʼzosi nomzod bilan oʻzaro yaqin qarindosh boʻlgan taqdirda, mazkur nomzodni baholash jarayonida ishtirok etmaydi”;
“22. Oʻqituvchi-pedagoglar boshqa hududlardan kelib ikki oʻquv yili davomida faoliyat yuritayotgan maktab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatidan chiqarilmasa, ularga belgilangan boshqa hududlardan jalb etilganligi uchun toʻlanadigan maxsus ustamalarni toʻlash toʻxtatiladi”.
18. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomda:
b) quyidagi mazmundagi 351-band bilan toʻldirilsin:
“351. Litsenziyalanadigan faoliyat turlarining pasportlarida nazarda tutilgan hollarda litsenziyaning amal qilish muddati tugashiga bir oy qolganda vakolatli organlar tomonidan Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori toifada turgan tadbirkorlik subyektlariga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddatini avtomatik uzaytirish uchun litsenziya berganlik uchun undiriladigan davlat boji miqdori koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) yuboriladi.
Litsenziat xabarnoma (invoys) yuborilgan kundan boshlab 15 kun muddatda, biroq litsenziyaning amal qilish muddati tugashidan 5 kun oldin litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun davlat bojini toʻlaganda, litsenziyaning amal qilish muddati avtomatik tarzda keyingi muddatga uzaytiriladi.
Litsenziat tomonidan davlat boji belgilangan muddatda toʻlanmagan hollarda, unga yuborilgan xabarnoma (invoys) avtomatik ravishda bekor qilinadi”;
“I. Nodavlat taʼlim sohasida umumiy litsenziya talablari va shartlari” boʻlimining “b” bandi “tashkil etish” soʻzlaridan keyin “, shu jumladan, umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi subyektlar oʻzbek tili faniga ajratiladigan oʻquv soatlari hajmini davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun tasdiqlangan tayanch oʻquv rejaga muvofiq belgilashi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“II. Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlari uchun qoʻshimcha nodavlat taʼlim sohasida umumiy litsenziya talablari va shartlari” boʻlimining “b” bandi birinchi xatboshisi “mavjudligi” soʻzidan keyin “bunda, har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchamini hisoblashda koʻp qavatli binolarning yuqori qavatlari ham inobatga olinadi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“III. Quyidagilar nodavlat taʼlim xizmatlari litsenziyalanadigan faoliyat turlarining alohida talab va shartlari hisoblanadi” boʻlimida:
“Umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlari” kichik boʻlimida:
6-pozitsiyaning “Bajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar” ustunidagi beshinchi xatboshisi “stadion (oʻyin maydoni)” soʻzlaridan keyin “(oʻquv dasturlari va rejalarida jismoniy tarbiya va sport boʻyicha yoʻnalish va modullar mavjud boʻlmagan taʼlim tashkilotlari bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
7-pozitsiyaning “Litsenziya talablari va shartlari” ustuni “oʻlchami” soʻzidan keyin “,bunda har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchamini hisoblashda koʻp qavatli binolarning yuqori qavatlari ham inobatga olinadi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
8-pozitsiyaning “Bajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar” ustunida:
“a” bandda:
beshinchi va oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“v” kichik bandning beshinchi xatboshisidan “ (har qavatda bittadan)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Oʻrta maxsus taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlari” kichik boʻlimida:
4-pozitsiyaning “Bajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar” ustunidagi “d” bandi “stadion (oʻyin maydoni)” soʻzlaridan keyin “(oʻquv dasturlari va rejalarida jismoniy tarbiya va sport boʻyicha yoʻnalish va modullar mavjud boʻlmagan taʼlim tashkilotlari bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
5-pozitsiyaning “Litsenziya talablari va shartlari” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Taʼlim tashkilotining hududida har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchami, bunda har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchamini hisoblashda koʻp qavatli binolarning yuqori qavatlari ham inobatga olinadi*”;
6-pozitsiyaning “Bajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar” ustunidagi “a” bandida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“Kasbiy taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlari” kichik boʻlimida:
4-pozitsiyaning “Bajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar” ustunidagi “d” bandi “stadion (oʻyin maydoni)” soʻzlaridan keyin “(oʻquv dasturlari va rejalarida jismoniy tarbiya va sport boʻyicha yoʻnalish va modullar mavjud boʻlmagan taʼlim tashkilotlari bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
5-pozitsiyaning “Litsenziya talablari va shartlari” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Taʼlim tashkilotining hududida har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchami, bunda har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchamini hisoblashda koʻp qavatli binolarning yuqori qavatlari ham inobatga olinadi*”;
6-pozitsiyaning “Bajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar” ustunidagi “a” bandida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“Oliy taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlari” kichik boʻlimida:
5-pozitsiyaning “Bajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar” ustunidagi “d” bandi “stadion (oʻyin maydoni)” soʻzlaridan keyin “(oʻquv dasturlari va rejalarida jismoniy tarbiya va sport boʻyicha yoʻnalish va modullar mavjud boʻlmagan taʼlim tashkilotlari bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
6-pozitsiyaning “Litsenziya talablari va shartlari” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Taʼlim tashkilotining hududida har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchami, bunda har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchamini hisoblashda koʻp qavatli binolarning yuqori qavatlari ham inobatga olinadi*”;
“Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlari” kichik boʻlimining 2-pozitsiya “Bajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar” ustunidagi “d” bandi “stadion (oʻyin maydoni)” soʻzlaridan keyin “(oʻquv dasturlari va rejalarida jismoniy tarbiya va sport boʻyicha yoʻnalish va modullar mavjud boʻlmagan taʼlim tashkilotlari bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
12-pozitsiyaning uchinchi ustuni “II. Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlari uchun:” boʻlimining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nodavlat taʼlim tashkilotining maʼmuriy hududlardagi (Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi) faoliyat manzillari uchun taʼlim faoliyati yoʻnalishlari va taʼlim shakllari litsenziyada alohida koʻrsatiladi hamda litsenziya talablari va shartlari alohida qoʻllaniladi, bundan ustav fondi hamda depozit hisobvaragʻida zaxira qilinadigan mablagʻning minimal miqdoriga qoʻyilgan talablar mustasno”.
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori toifada turgan litsenziatlarga tegishli litsenziya muddati mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori toifada turgan litsenziatlarga tegishli litsenziya muddati mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi”;
toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar tegishlicha oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
nomi “faoliyatini litsenziyalash” soʻzlaridan keyin “(tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
1-pozitsiyaning uchinchi ustuni “faoliyati uchun litsenziya” soʻzlaridan keyin “(tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
10-pozitsiyaning uchinchi ustuni uchinchi xatboshisidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” soʻzlari “Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻttiz beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori toifada turgan litsenziatlarga tegishli litsenziya muddati mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi”;
oʻttiz beshinchi xatboshi oʻttiz oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori toifada turgan litsenziatlarga tegishli litsenziya muddati mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi”;
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
i) 36-ilovaning 12-pozitsiyasi uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori toifada turgan litsenziatlarga tegishli litsenziya muddati mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi”;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori toifada turgan litsenziatlarga tegishli litsenziya muddati mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi”;
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomda:
b) quyidagi mazmundagi 351-band bilan toʻldirilsin:
“351. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab qilinadigan faoliyat (harakat) turlarining pasportlarida nazarda tutilgan hollarda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati tugashiga bir oy qolganda, vakolatli organlar tomonidan Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori toifada turgan tadbirkorlik subyektlariga berilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddatini avtomatik uzaytirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun undiriladigan yigʻim koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) yuboriladi.
Talabgor xabarnoma (invoys) yuborilgan kundan boshlab 15 kun muddatda, biroq ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan 5 kun oldin ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun belgilangan yigʻimni toʻlaganda, ruxsatnomaning amal qilish muddati avtomatik tarzda keyingi muddatga uzaytiriladi.
Talabgorlar tomonidan yigʻim belgilangan muddatlarda toʻlanmagan hollarda, unga yuborilgan xabarnoma (invoys) avtomatik ravishda bekor qilinadi”;
v) 2-ilovaning 12-pozitsiyasi uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Talabgor Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori oʻringa ega boʻlganda, tegishli ruxsatnomalar mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi”;
g) 7-ilovaning 12-pozitsiyasi uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Talabgor Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori oʻringa ega boʻlganda, tegishli ruxsatnomalar mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Talabgor Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori oʻringa ega boʻlganda, tegishli ruxsatnomalar mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Talabgor Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori oʻringa ega boʻlganda, tegishli ruxsatnomalar mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Talabgor Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori oʻringa ega boʻlganda, tegishli ruxsatnomalar mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Talabgor Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori oʻringa ega boʻlganda, tegishli ruxsatnomalar mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Talabgor Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori oʻringa ega boʻlganda, tegishli ruxsatnomalar mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi”;
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
k) 61-ilovaning 12-pozitsiyasi uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Talabgor Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori oʻringa ega boʻlganda, tegishli ruxsatnomalar mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi”;
l) 63-ilovaning 12-pozitsiyasi uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Talabgor Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori oʻringa ega boʻlganda, tegishli ruxsatnomalar mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi”;
5-pozitsiyaning uchinchi ustuni 3-bandining “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“portlovchi materiallarni saqlash joyini foydalanishga qabul qilish dalolatnomasining nusxasi (ruxsatnoma yangilanganda mazkur dalolatnoma majburiy tartibda qayta rasmiylashtiriladi)”;
10-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi “Mavjud emas” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi (portlovchi materiallarni saqlash uchun ruxsatnoma berishda)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
n) 67-ilovaning 12-pozitsiyasi uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Talabgor Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori oʻringa ega boʻlganda, tegishli ruxsatnomalar mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi”;
o) 71-ilovaning 12-pozitsiyasi uchinchi ustunidagi oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Talabgor Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida “B” va undan yuqori oʻringa ega boʻlganda, tegishli ruxsatnomalar mazkur Yagona nizomning 351-bandida belgilangan tartibda avtomatik tarzda uzaytiriladi”.
20. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomning 4-bandida:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xabardor qilish tartib-taomillari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan “Litsenziya” AT orqali amalga oshirilishi mumkin”;
21. Vazirlar Mahkamasining “Notarial faoliyatni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-iyuldagi 369-son qarorida:
a) muqaddimadagi “malaka imtihoni” soʻzlari “yagona tanlovni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha yagona tanlovdan oʻtish istagida boʻlgan jismoniy shaxslarga qoʻyiladigan talablar, yagona tanlovda ishtirok etish uchun murojaat qilish, uni koʻrib chiqish hamda yagona tanlovni tashkil etish tartibini nazarda tutuvchi Xususiy notarial faoliyat boʻyicha yagona tanlovni tashkil etish yuzasidan davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq”;
“1. Mazkur Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha yagona tanlovdan (keyingi oʻrinlarda — yagona tanlov) oʻtish istagida boʻlgan jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — talabgor) yagona tanlovda ishtirok etish uchun murojaat qilish, uni koʻrib chiqish hamda yagona tanlovni tashkil etish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Yagona tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi:
birinchi bosqichda (keyingi oʻrinlarda — test sinovi) — talabgorlar davlat va jamiyat boshqaruvi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat va vorislik huquqi sohalari boʻyicha test sinovlaridan oʻtadi. Bunda test sinovlari axborot texnologiyalaridan foydalangan holda Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida yagona tanlovda ishtirok etishga ruxsat berilgan talabgorlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan tashkil etiladi;
ikkinchi bosqichda (keyingi oʻrinlarda — amaliy imtihon) — test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlar komissiya tomonidan oʻtkaziladigan amaliy imtihonda notarial harakatlarning loyihalarini maxsus elektron platformada tayyorlaydi va muammoli masalaga (kazusga) javob beradi.
2. Adliya vazirligining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi komissiyaning ishchi organi hisoblanadi”;
“8. Davlat xizmatini koʻrsatishda talabgorning arizasini koʻrib chiqish uchun xizmatdan foydalanilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi”;
quyidagi mazmundagi 91-band bilan toʻldirilsin:
“91. Davlat xizmatini koʻrsatishda test sinovi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi — Adliya vazirligining budjetdan tashqari Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
11,75 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlangani Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
qolgan mablagʻlar — Agentlikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Talabgor toʻlovni YIDXP orqali shakllantirilgan invoys raqami orqali amalga oshiradi”;
“Xulosa komissiya raisi tomonidan tasdiqlangandan keyin 1 ish kunida komissiya masʼul kotibi tomonidan YIDXP orqali talabgorga elektron shaklda xabarnoma yuboriladi”;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xabarnoma yuborilgan kundan boshlab uch kun ichida talabgor tomonidan test sinovi uchun belgilangan toʻlov amalga oshirilishi lozim”;
“15. Quyidagi asoslarga koʻra talabgorning yagona tanlovda ishtirok etishi rad etiladi:
talabgor ushbu Reglamentning 5-bandi talablariga javob bermaganda;
yagona tanlovni muvaffaqiyatli topshirmagan yoki tanlovga uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan yoxud tanlovdan chetlashtirilgan talabgor imtihon oʻtkazilgan kundan boshlab olti oy oʻtmasdan murojaat qilganda;
hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar aniqlanganda.
Talabgorni boshqa asoslarga koʻra yagona tanlovda ishtirok etishi rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”;
“17. Test sinovi talabgorning yagona tanlovda ishtirok etishi maqsadga muvofiq deb topilgan xulosa tasdiqlanib, roʻyxat taqdim etilgan kundan boshlab 10 kundan soʻng, lekin 15 kundan kechiktirmay Agentlik tomonidan oʻtkaziladi.
Bunda talabgorlarning roʻyxati taqdim qilingan kundan boshlab uch kun ichida Agentlik tomonidan test sinovi oʻtkazish sanasi va vaqti belgilanib, komissiya xabardor qilinadi.
Talabgorlar test sinovi oʻtkazish sanasidan kamida besh kun oldin test sinovini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida komissiya tomonidan elektron shaklda xabardor qilinadi.
Test sinovi talabgorlarning hududlar kesimidagi taqsimotidan kelib chiqib, Agentlikda hamda uning hududiy boʻlinmalarida yil davomida (iyul-avgust oylaridan tashqari) oʻtkaziladi”;
quyidagi mazmundagi 171 va 172-bandlar bilan toʻldirilsin:
“171. Test sinovlari natijalari test sinovlari toʻliq yakunlangandan soʻng 3 ish kunida talabgorning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga hamda komissiya masʼul kotibining maxsus elektron platformadagi (arm.gov.uz saytidagi) shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
172. Komissiya masʼul kotibi test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarning roʻyxatini shakllantiradi.
Amaliy imtihon test sinovlari natijalari chiqqan kundan boshlab oʻn kundan soʻng, biroq oʻn besh kundan koʻp boʻlmagan muddat ichida oʻtkaziladi.
Bunda talabgorlar maxsus elektron platformada notarial harakatlarning loyihalarini tayyorlaydi va muammoli masalaga (kazusga) javob beradi”;
18-banddagi “malaka imtihoni” soʻzlari “amaliy imtihon” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“20. Yagona tanlov yakuni boʻyicha komissiya qarori qabul qilinadi. Qarordan koʻchirma 1 ish kunida YIDXP orqali talabgorga, agar talabgor yagona tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan boʻlsa, YIDXP orqali litsenziyalovchi organning “Litsenziya” axborot tizimiga ham yuboriladi.
Bunda imtihoni yakuni boʻyicha komissiya qarori Litsenziyalovchi organga yuborilgani haqidagi maʼlumot YIDXP orqali talabgorga yuboriladi”;
“Xususiy notarial faoliyat boʻyicha yagona tanlovni tashkil etish yuzasidan davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Yagona tanlovda ishtirok etish uchun murojaat qilish, uni koʻrib chiqish hamda yagona tanlovni tashkil etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Talabgor
(Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi)
1. Davlat xizmatidan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtish.
Xohishiga koʻra
2. Soʻrovnoma toʻldirish va undagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻz elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash.
Murojaat qilinganda
3. Belgilangan yigʻimni toʻlash
(bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida yigʻim undiriladi).
Murojaat qilinganda
2-bosqich
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Soʻrovnomani Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga yuborish.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi
1. Soʻrovnomadagi maʼlumotlarni oʻrganib chiqish va xulosa tuzish.
20 ish kunigacha
2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shakldagi xabarnoma talabgorga va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) yuborish.
Xulosa tasdiqlangan kundan boshlab
1 ish kunida
3. Test sinovini oʻtkazish kuni va joyi haqidagi maʼlumotni Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish va talabgorning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga yuborish.
Test sinovidan kamida 5 kun oldin
4-bosqich
Talabgor
Yagona tanlovning birinchi bosqichi uchun tegishli yigʻimni toʻlash.
Xabarnoma yuborilgan vaqtdan boshlab uch kun ichida
5-bosqich
Bilim va malakalarni baholash agentligi
1. Test sinovini oʻtkazish.
(“Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq yagona tanlov topshirish tartibi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi)
Xulosa tasdiqlangan kundan boshlab 10 kundan soʻng, lekin 15 kundan kechiktirmasdan
2. Test sinovi yakunlari boʻyicha natijalarni Agentlik tomonidan talabgorning shaxsiy kabinetiga hamda komissiyaga yuborish.
3 ish kunida
6-bosqich
Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi
1. Amaliy imtihon oʻtkazish kuni va joyi haqidagi maʼlumotni Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish va talabgorning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga yuborish.
Imtihondan kamida 5 kun oldin
2. Komissiya tomonidan amaliy imtihon oʻtkazish.
Test sinovlari natijalari chiqqan kundan boshlab oʻn kundan soʻng, biroq oʻn besh kundan koʻp boʻlmagan muddatda
3. Amaliy imtihon yakunlari boʻyicha natijalarni eʼlon qilish.
Imtihon oʻtkazilgan kunining oʻzida
4. Amaliy imtihon yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarordan koʻchirmani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (va) yoki “Litsenziya” AT orqali talabgorga va tegishli adliya organiga yuborish.
“Xususiy notarial faoliyat boʻyicha yagona tanlovni tashkil etish yuzasidan davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Xususiy notarial faoliyat boʻyicha yagona tanlovdan oʻtish uchun
SOʻROVNOMA
T/r
Talabgordan talab qilinadigan maʼlumotlar*
Talabgor tomonidan koʻrsatiladigan maʼlumotlar
1.
Elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda)
2.
Telefon raqami
3.
Notarial faoliyatni amalga oshirish hududi
4.
Notarial faoliyatni amalga oshirish tumani (shahri)
5.
Notariuslikka talabgorlar uchun Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida majburiy oʻquv kurs tugatganligi haqida sertifikat
6.
Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom seriyasi va raqami (diplom fayli)
7.
Mehnat daftarchasining seriyasi va raqami
8.
Ariza qayta yuborilganligi (avvalgisi rad etilgan boʻlsa)
* Talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)ga oid maʼlumotlar YIDXP orqali soʻrovnomani toʻldirishda avtomatik shakllanadi.
Talabgor yagona tanlov yakunlari asosida (yagona tanlovni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda) unga litsenziya rasmiylashtirish va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius sifatida hisob roʻyxatiga olish boʻyicha kompozit xizmat koʻrsatilishiga roziligini (arizasini) tasdiqlaydi”;
“xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash (keyingi oʻrinlarda — litsenziyalash) — litsenziyani berish va qayta rasmiylashtirish jarayoni bilan bogʻliq tartib-taomillar majmui”;
4-bandning birinchi xatboshisidagi “malaka imtihonini” soʻzlari “yagona tanlovni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“6. Talabgorning yagona tanlovni muvaffaqiyatli topshirganligi haqidagi komissiya qarori koʻchirmasi Litsenziya rasmiylashtirish uchun tegishli hududiy adliya organiga “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali elektron shaklda kelib tushadi”;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin va undagi “arizalar” va “ariza” soʻzlari tegishlicha “qaror koʻchirmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“7. Talabgor litsenziya rasmiylashtirish uchun yuborilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqish holatini “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali onlayn kuzatib borishi mumkin”;
8-banddagi “doimiy yashash joyi” soʻzlari “notarial faoliyatni amalga oshirish hududi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“17. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi elektron shakldagi xabarnomani “Litsenziya” AT orqali ushbu masalani hal etish vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
Bu haqidagi maʼlumot “Litsenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi”;
18-bandning birinchi xatboshisidagi “arizani koʻrib chiqish muddati mobaynida talabgorga litsenziya berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilmasa” soʻzlari “muddat mobaynida talabgorga litsenziya berish yoki uni berishni rad etish masalasini hal qilmasa” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“19. Talabgor “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 2-moddasi birinchi qismida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmasa yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlsa yoxud litsenziya olish uchun belgilangan davlat bojini toʻlamasa, talabgorga litsenziya berish rad etiladi”;
“22. Litsenziyalovchi organ talabgor yagona tanlovni muvaffaqiyatli topshirganligi haqidagi komissiya qarori koʻchirmasi kelib tushgandan soʻng pasportning 8-bandida belgilangan muddat ichida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish bilan bir vaqtda “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali talabgorga “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq pasportning 7-bandida belgilangan miqdorda davlat boji toʻlash uchun hisobvaraq koʻrsatilgan xabarnoma yuboradi (rad etilgan hollar bundan mustasno)”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda talabgor davlat bojini toʻlash vaqtida litsenziya talablari va shartlariga rioya etishini tasdiqlashi lozim”;
“Litsenziyani berish uchun davlat boji toʻlovi belgilangan muddatda amalga oshirilmasligi litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyani berishni rad etishga asos boʻladi. Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot “Litsenziya” AT orqali avtomatik tarzda talabgorga yuboriladi. Bunda talabgor litsenziyani olish uchun umumiy tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega boʻladi”;
“Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini litsenziyalash
PASPORTI
1.
Litsenziya nomi:
Xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya
2.
Litsenziyalanadigan faoliyat turi:
Xususiy notarial faoliyat
3.
Litsenziya oluvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari
4.
Litsenziyalovchi organ:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari
5.
Litsenziyani berish uchun asos boʻluvchi maʼlumotlar (hujjatlar):
Komissiya qarori koʻchirmasi.
Talabgor haqidagi maʼlumotlarda quyidagilar aks etadi:
talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi;
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);
telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda);
6.
Litsenziya berishnikoʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:
Yigʻim undirilmaydi
7.
Litsenziya uchun davlat boji miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari
8.
Litsenziya berishnikoʻrib chiqish muddatlari:
5 kun
9.
Litsenziya talablari va shartlari:
Quyidagilar litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga, notariuslarning kasb etikasi qoidalariga, notarial harakatlar maxfiyligi va notarius qasamyodiga rioya etish;
Notarial palataga aʼzo boʻlish;
notarial idora faoliyatini tashkil etishga oid qonunchilik hujjatlarida belgilangan minimal talablarni bajarish;
notarial idora tashkil etgan notarial okrugda kamida 2 yil ishlash;
notariusning fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi tuzish;
har 3 yilda kamida 1-marta oʻzining kasbiy malakasini oshirish;
litsenziya olish va (yoki) uni qayta rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan maʼlumotlarning soxta, yolgʻon va notoʻgʻri emasligini taʼminlash;
xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalarini tuzish, mehnat shartnomalariga oʻzgartirish kiritish va ularni bekor qilish holatlarini, shuningdek amaldagi mehnat shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalangan holda yuritish;
litsenziatning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgargan taqdirda litsenziyalovchi organga litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun murojaat qilish.
10.
Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:
Kelishish talab etilmaydi
11.
Litsenziyaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan
12.
Izoh
Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy va texnik tusdagi xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyat notarial faoliyat hisoblanadi.
“Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Komissiya
1. Talabgor yagona tanlovni muvaffaqiyatli topshirganligi boʻyicha komissiya qaroridan koʻchirmani “Litsenziya” axborot tizimi orqali tegishli hududiy adliya boshqarmasiga yuborish.
1 ish kunida
2-bosqich
Hududiy adliya boshqarmasi
Talabgorga Litsenziya berish (berishni rad etish) toʻgʻrisida “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xabar yuborish.
Bunda litsenziya berish toʻgʻrisida xabar yuborilganda:
davlat boji toʻlash uchun hisobvaraq koʻrsatilgan xabarnoma;
litsenziya talabi va shartlariga rioya etishini tasdiqlash haqidagi xabarnoma yuborish.
2 ish kuni ichida
3-bosqich
Talabgor
(Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi)
1. Litsenziya talabi va shartlariga rioya etishini tasdiqlash
2. Davlat bojini toʻlash.
(bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari)
Xabarnoma yuborilgan kundan boshlab 30 kun ichida
4-bosqich
“Litsenziya” axborot tizimi
1. QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan Litsenziyani shakllantirish va talabgorning “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuborish.
Davlat boji toʻlanganda avtomatik ravishda
2. Litsenziya haqidagi maʼlumotni “Litsenziya” axborot tizimida reyestrga kiritish.
Talabgor shaxsiy kabinetiga yuborilganda avtomatik ravishda
”.
22. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarorida:
“1. Belgilansinki, davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, shuningdek, maktabgacha taʼlim qamrovi 80 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)larda tashkil etiladigan hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatida tashkil etiladigan xususiy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida:”;
“41. Maktabgacha taʼlim qamrovi 80 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)lardagi (Toshkent shahri bundan mustasno) maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining boʻsh yer maydonlaridan boshqa joylarda quvvati 150 oʻrindan kam boʻlmagan xususiy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — qamrovi past boʻlgan hududdagi xususiy MTT) hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatida tashkil etiladigan xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTT)ni tashkil etadigan tadbirkorlik subyektlariga 2026-yil 1-apreldan boshlab nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti litsenziya olgan sanadan boshlab uch yil davomida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan imzolangan kelishuvga asosan subsidiyalar hisoblanadi va toʻlanadi”;
“2-bob. DXSH asosidagi va qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTTlarga subsidiyalarni hisoblash va toʻlash tartibi”;
“6. DXSH asosidagi MTTga (oilaviy MTT bundan mustasno) va qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTTlarga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi subsidiyalar toʻlanadi:”;
quyidagi mazmundagi “g” va “d” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“g) 2026-yil 1-apreldan boshlab maktabgacha taʼlim qamrovi 80 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)lardagi (Toshkent shahri bundan mustasno) davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining (koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar bundan mustasno) boʻsh yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik (keyingi oʻrinlarda — davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining boʻsh yer maydonlarida tashkil etiladigan DXSH) shartlari asosida MTTlarini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga har bir bola uchun 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining bir nafar tarbiyalanuvchisiga sarflanadigan xarajatning 50 foizi miqdorida.
Bunda “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 80 foizdan past boʻlgan tuman (shahar)larda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining boʻsh yer maydonlarida 2024-yildan boshlab tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ham tatbiq etiladi;
d) qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTTlar tarbiyachilariga oylik ish haqi toʻlash xarajatlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi tarbiyachilar uchun belgilangan miqdorda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti litsenziya olgan sanadan boshlab uch yil davomida qoplab beriladi.
Bunda tarbiyachilarga ish haqini toʻlash uchun subsidiyalar har 30 nafar tarbiyalanuvchi uchun bir shtat birligi miqdorida tarbiyachi hisobga olingan holda toʻlanadi.”;
quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
“81. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining (koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar bundan mustasno) boʻsh yer maydonlarida tashkil etiladigan DXSH shartlari asosida MTTlarini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga (oilaviy MTTlar bundan mustasno) ularda taʼlim olayotgan har bir bola uchun oylik subsidiya summalari quyidagi formulalar asosida NMTTBATda hisob-kitob qilinadi:
KXS = DBX / UBS / IKS * 0,5
TOS = KXS * TQS
Bunda:
KXS — DMTT va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining boʻsh yer maydonlarida DXSH shartlari asosida tashkil qilingan MTTga bir nafar tarbiyalanuvchisining bir kunlik xarajatini qoplashga ajratiladigan subsidiyaning respublika boʻyicha qatʼiy miqdori;
DBX — joriy moliya yilida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini saqlash xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlar miqdori;
UBS — 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida roʻyxatga olingan umumiy bolalar soni;
IKS — joriy yildagi ish kunlari soni;
TOS — hisobot oyida tarbiyalanuvchilar uchun toʻlanadigan oylik subsidiya summasi;
TQS — hisobot oyida tarbiyalanuvchining haqiqatda ushbu MTTga qatnagan kunlari soni.”;
“9. Xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSH asosidagi MTT va qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTTlarga ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining lavozimi, maʼlumoti va malaka toifasi hisobga olingan holda quyidagi formula asosida NMTTBATda hisob-kitob qilinadi:
IHS — xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSH asosidagi MTT va qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTT xodimiga ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya summasi (har bir xodim uchun alohida hisoblanib, jamlanadi);
BTS — xodimning lavozimi, maʼlumoti va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasi;
XIS — xodimning lavozimi boʻyicha belgilangan ish stavkasi;
IKS — joriy oydagi ish kunlari soni;
DKS — NMTTBATda qayd etilgan xodimning davomat kunlari soni;
AKS — xodimning aybisiz (hududdagi favqulodda holatlar,
ob-havoning keskin sovib yoki isib ketishi natijasida mahalliy hokimliklar qarorlari asosida taʼlim muassasalarining faoliyati vaqtincha toʻxtatilganda, sanitariya-epidemiologik vaziyatlar va boshqa favqulodda holatlar roʻy berganida) bekor turib qolingan kunlar soni. Bunda ushbu kunlar soni xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSH asosidagi MTT va qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTT rahbari tomonidan NMTTBATda belgilanadi va asoslovchi hujjatlar tegishli maktabgacha taʼlim organiga NMTTBAT orqali taqdim etiladi;
TKS — MTT joylashgan hudud uchun qonunchilikda belgilangan tuman koeffitsiyenti summasi;
ISS — xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSH asosidagi MTT va qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTT uchun qonunchilikda belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi.
10. Xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSH asosidagi MTT va qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTTlarning xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar NMTT tomonidan NMTTBATga kiritiladi.
Bunda kiritiladigan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot tizimlaridan olinadigan maʼlumotlar bilan solishtiriladi”;
“26. Moliya yili davomida qonunchilik hujjatlariga muvofiq mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari oʻzgargan hollarda, DXSH asosidagi MTTga va qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTTga toʻlanadigan ish haqi xarajatlari uchun subsidiyalarning miqdorlari qayta koʻrib chiqiladi.
Bunda DXSH asosidagi MTTga va qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTTga toʻlanadigan subsidiyalarning yangi miqdorlari qonunchilikka kiritilgan oʻzgarishlar kuchga kirgan sanadan boshlab hisoblab boriladi.”;
“29. Hisobot oyida NMTTBATda xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSH asosidagi MTT, qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTT va oilaviy MTTning guruhlaridagi tarbiyalanuvchilari boʻyicha oʻrtacha oylik davomati foizi 40 foizdan kam boʻlganda, hisobot oyi uchun xodimlariga ish haqiga subsidiya hisoblanmaydi va toʻlanmaydi.”;
30-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“NMTTga qabul qilingan tarbiyalanuvchilarning fotosurati bolaning ota-onasi (bobosi, buvisi) yoki vasiylarining nomiga rasmiylashtirilgan telefon raqamiga SMS-xabarnoma orqali kod yuboriladi, ushbu kod orqali bolaning fotosurati NMTTBATda NMTT rahbari yoki xodimlari tomonidan tasdiqlanadi. SMS bilan tasdiqlash xarajatlari axborot tizimiga xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan qoplanadi”;
“Bunda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan DXSH asosidagi MTT va qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTT manzili (joylashuvi boʻyicha geolokatsiyasi)dan boshqa joyda qayd etilgan xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomati NMTTBATda hisobga olinmaydi va ular uchun subsidiya toʻlanmaydi”;
“33. DXSH asosidagi MTT, shu jumladan, oilaviy MTT va qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTT tomonidan bir bolaning maʼlumotlari NMTTBATga kiritilib, uning fotosurati oʻrniga boshqa bola (tarbiyalanuvchi)ning fotosurati ushbu axborot tizimiga joylashtirilgani, elektron qurilmalar va boshqa shakldagi fotosurat orqali davomati belgilanib kelinayotgani, shuningdek, boshqa tashqi elektron dasturlar yoki ilovalar, qoʻshimcha qurilmalar yordamida oʻzgartirishlar kiritish aniqlanganda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xodimlari tomonidan bir tomonlama dalolatnoma rasmiylashtiriladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan dalolatnoma tadbirkorning shaxsiy kabinetiga NMTTBAT orqali elektron tarzda yuboriladi.
Mazkur tarbiyalanuvchi MTTga qatnagan barcha davri uchun toʻlangan subsidiyalar summasi toʻliq Davlat budjetiga undiriladi.
Ushbu holat birinchi marotaba aniqlanganda, bir oy davomida, ikkinchi marotaba aniqlanganda esa ikki oy davomida subsidiya toʻlovlari DXSH asosidagi MTT, shu jumladan, oilaviy MTTga hisoblanmaydi va toʻlanmaydi.
Bunday holat uchinchi marotaba aniqlanganda, ushbu DXSH asosidagi MTT, shu jumladan, oilaviy MTT bilan imzolangan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim bir tomonlama bekor qilinadi va qayta tuzilmaydi”;
“39. DXSH asosidagi MTT va qamrovi past boʻlgan hududdagi hamda yangi koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi xususiy MTT rahbari ushbu tashkilot va xodimlariga tegishli boʻlgan maʼlumotlarning NMTTBATga oʻz vaqtida kiritilishi, ularning toʻliqligi va haqqoniyligi boʻyicha javobgar hisoblanadi. Bunda:”;
“a” kichik band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“oʻrganish jarayonida oilaviy MTTning kirish qismi, oshxonasi, hojatxonasi va taʼlim-tarbiya berish uchun moʻljallangan xonalarning fotosuratini tashkilot ochish rejalashtirilgan manzilga borgan holda mobil ilova orqali tasvirga oladi hamda NMTTBATga kiritadi.”;
23-band quyidagi mazmundagi “k” va “l” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“k) oilaviy MTTni tashkil etish uchun ajratilishi rejalashtirilgan (arizada koʻrsatilgan) turar yoki noturar joy manzili kadastr organlaridan olingan maʼlumotlarga mos boʻlmaganda;
l) tashkil qilinayotgan oilaviy MTTda faoliyat olib boruvchi tarbiyachi diplom maʼlumoti mos kelmaganda”;
“27. Oilaviy MTT xabarnoma qabul qilingani haqidagi tasdiqnomani olgan kundan boshlab bir oy muddatda tegishli maktabgacha va maktab taʼlimi organi joyiga chiqqan holda tashkil etilgan yangi oilaviy MTT faoliyati uchun moʻljallangan mebel, jihoz va boshqa anjomlar bilan jihozlanganlik holati boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazadi, oʻrganish jarayonida oilaviy MTTning kirish qismi, oshxonasi, hojatxonasi, isitish tizimi va taʼlim-tarbiya berish uchun moʻljallangan xonalarning fotosuratini majburiy tartibda manzilga borgan holda, mobil ilova orqali tasvirga oladi va oilaviy MTT faoliyatni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi haqidagi xulosalarni elektron shaklda NMTTBATga kiritadi”.
23. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-yanvardagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomaning davlat namunasi shakli quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-yanvardagi 44-son qaroriga 2-ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomaning davlat namunasi shakli
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
REPUBLIC OF UZBEKISTAN
UMUMIY OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA
S H A H O D A T N O M A
CERTIFICATE OF GENERAL SECONDARY EDUCATION
UM № 00000000
Ushbu shahodatnoma / This is to certify that
________________________________
(familiyasi, ismi, otasining ismi / surname, given name(s), patronymic)
___________________ yilda ___________________________________________________
(berilgan yili / year of issue)
(berilgan joyi / place of issue)
_________________________________________________________________________ ni
(taʼlim tashkiloti / educational organization)
bitirganligi va umumiy oʻrta taʼlim olganligini tasdiqlaydi.
completed and received General Secondary Education.
Belgilangan oʻquv fanlaridan bilimi quyidagicha baholandi:
The following subjects were assessed:
T/r
Oʻquv fanlari
Bahosi
No
Subjects
Score
___________ musiqa cholgʻusida kuy ijro etish koʻnikmasiga ega / has the ability to play a melody on a musical instrument
Direktor / Director
_____________________________
(familiyasi, ismi, otasining ismi / surname, given name(s), patronymic)
QR-kod
Berilgan sana / Date of issue
___________
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
REPUBLIC OF UZBEKISTAN
UMUMIY OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA
S H A H O D A T N O M A
CERTIFICATE OF GENERAL SECONDARY EDUCATION
UM № 00000000
Ushbu shahodatnoma / This is to certify that
________________________________
(familiyasi, ismi, otasining ismi / surname, given name(s), patronymic)
___________________ yilda ___________________________________________________
(berilgan yili / year of issue)
(berilgan joyi / place of issue)
_________________________________________________________________________ ni
(taʼlim tashkiloti / educational organization)
bitirganligi va umumiy oʻrta taʼlim olganligini tasdiqlaydi.
completed and received General Secondary Education.
“Oʻqishdagi muvaffaqiyatlari uchun
KUMUSH medal bilan taqdirlandi”
Belgilangan oʻquv fanlaridan bilimi quyidagicha baholandi:
The following subjects were assessed:
T/r
Oʻquv fanlari
Bahosi
No
Subjects
Score
___________ musiqa cholgʻusida kuy ijro etish koʻnikmasiga ega / has the ability to play a melody on a musical instrument
Direktor / Director
_____________________________
(familiyasi, ismi, otasining ismi / surname, given name(s), patronymic)
QR-kod
Berilgan sana / Date of issue
___________
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
REPUBLIC OF UZBEKISTAN
UMUMIY OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA
S H A H O D A T N O M A
CERTIFICATE OF GENERAL SECONDARY EDUCATION
UM № 00000000
Ushbu shahodatnoma / This is to certify that
________________________________
(familiyasi, ismi, otasining ismi / surname, given name(s), patronymic)
___________________ yilda ___________________________________________________
(berilgan yili / year of issue)
(berilgan joyi / place of issue)
_________________________________________________________________________ ni
(taʼlim tashkiloti / educational organization)
bitirganligi va umumiy oʻrta taʼlim olganligini tasdiqlaydi.
completed and received General Secondary Education.
“Oʻqishdagi muvaffaqiyatlari uchun
OLTIN medal bilan taqdirlandi”
Belgilangan oʻquv fanlaridan bilimi quyidagicha baholandi:
The following subjects were assessed:
T/r
Oʻquv fanlari
Bahosi
No
Subjects
Score
___________ musiqa cholgʻusida kuy ijro etish koʻnikmasiga ega / has the ability to play a melody on a musical instrument
Direktor / Director
_____________________________
(familiyasi, ismi, otasining ismi / surname, given name(s), patronymic)
QR-kod
Berilgan sana / Date of issue
___________
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomaning tavsifi
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnoma A4 (210x297mm) oʻlchamli koʻrinishga ega. Uning yuqori qismiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI, REPUBLIC OF UZBEKISTAN”, quyi qismiga “UMUMIY OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA SHAHODATNOMA, CERTIFICATE OF GENERAL SECONDARY EDUCATION” aʼlo darajali shahodatnomaga “UMUMIY OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA AʼLO DARAJALI SHAHODATNOMA, CERTIFICATE OF GENERAL SECONDARY EDUCATION WITH HONOURS” soʻzlari yoziladi va markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushiriladi.
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomada “UM”, kumush medal bilan shahodatnomada “UM-K”, aʼlo darajali oltin medal bilan shahodatnomada “UM-O” harfi va sakkizta raqamli tartib raqami yoziladi.
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomaga QR-kod tasviri tushiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomaning davlat namunasi va tavsifiga oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar kiritilishi mumkin”.
24. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish va oʻqitish tartibini belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 6-apreldagi 143-son qarorida:
“Yurisprudensiyaning boshqa bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida oʻquv jarayoni taʼlimning kunduzgi, kechki, masofaviy va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa muqobil taʼlim shakllarida tashkil etilishi mumkin”;
12-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalar birinchi oʻquv yilini muvaffaqiyatli tugatgandan soʻng keyingi oʻquv yilidan boshlab umumiy belgilangan tartibda oʻqishini davom ettiradi.
Tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyent Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda toʻlov-kontrakt shartlarining birinchi oʻquv yili uchun kamida 50 foizini bajarganidan soʻng Akademiya boshligʻining buyrugʻi bilan oʻqishga qabul qilinadi”;
46-band quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi”;
“47. Test sinovlari Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori talablari asosida amalga oshiriladi”;
“53. Akademiyaning “tergov faoliyati” yoʻnalishidan tashqari yurisprudensiyaning boshqa yoʻnalishlari boʻyicha qabul Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori talablari asosida amalga oshiriladi”;
61-band “Toshkent viloyati hududida” soʻzlaridan keyin “yoki yashash joyidagi hududda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“64. Talaba Akademiya talabalari safidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
oʻz xohishiga binoan;
Akademiyaning ichki tartib-qoidalarini buzgani sababli;
bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
oʻqish uchun belgilangan toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (toʻlov-kontrakt boʻyicha tahsil olayotganlar uchun);
sudning hukmi asosida ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda tinglovchilar safidan chetlashtirilganlar qayta tiklanmaydi);
talaba abituriyent sifatida qabul komissiyasiga taqdim etgan (topshirgan) hujjatlarining qalbakiligi yoki belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlansa;
vafot etganligi sababli yoki sud qaroriga asosan bedarak yoʻqolgan yoxud vafot etgan deb eʼlon qilinganda”;
“681. Talabalar Akademiya boshligʻining buyrugʻi bilan quyidagi hollarda kursdan-kursga qoldiriladi:
Akademiyada semestr va oʻquv yili yakunida fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi (GPA (grade point average) ballini toʻplay olmaganda;
malakaviy amaliyotga qatnashmagan, shuningdek, malakaviy amaliyot yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baholanganda”;
69-band quyidagi mazmundagi oltinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Talabalarning oʻqishini qayta tiklash boʻyicha arizalarni qabul qilish bir oʻquv yilida ikki marta:
kuzgi semestr oʻquv mashgʻulotlari boshlanishidan oldin — 15-iyuldan 5-avgustgacha (5-avgust kuni ham);
bahorgi semestr oʻquv mashgʻulotlari boshlanishidan oldin — 10-yanvardan 20-yanvargacha (20-yanvar kuni ham) amalga oshiriladi.
Arizalar Akademiya tomonidan elektron shaklda ham qabul qilinadi.
Talabalar oʻqishini qayta tiklash toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish va qaror qabul qilish:
kuzgi semestr uchun — 6-avgustdan 31-avgustgacha;
bahorgi semestr uchun — 21-yanvardan 10-fevralgacha amalga oshiriladi”;
70-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Toʻlov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan talaba talabalar safidan chetlashtirilgan taqdirda, oʻqishini tiklashida toʻlov-kontrakt miqdorining qolgan qismini toʻlashi talab etiladi”;
85-band quyidagi mazmundagi ikkinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Akademiya talabalari oʻqishini bir taʼlim shaklidan boshqa taʼlim shakliga koʻchirish masalasi Akademiya Kengashi tomonidan hal qilinadi. Bunda talabalar oʻqishini bir taʼlim shaklidan boshqa taʼlim shakliga koʻchirish boʻyicha arizalarni qabul qilish:
kuzgi semestr oʻquv mashgʻulotlari boshlanishidan oldin — 15-iyuldan 5-avgustgacha (5-avgust kuni ham);
bahorgi semestr oʻquv mashgʻulotlari boshlanishidan oldin — 10-yanvardan 20-yanvargacha (20-yanvar kuni ham) amalga oshiriladi.
Talabalar oʻqishini bir taʼlim shaklidan boshqa taʼlim shakliga koʻchirish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish va qaror qabul qilish kuzgi semestr oʻquv mashgʻulotlari boshlanishidan oldin — 6-avgustdan 30-avgustgacha (30-avgust kuni ham), bahorgi semestr oʻquv mashgʻulotlari boshlanishidan oldin — 21-yanvardan 10-fevralgacha (10-fevral kuni ham) amalga oshiriladi.
Talabalar oʻqishini “tergov faoliyati” yoʻnalishidan boshqa taʼlim yoʻnalishiga, boshqa taʼlim yoʻnalishidan “tergov faoliyati” yoʻnalishiga koʻchirishiga yoʻl qoʻyilmaydi”;
“Har yili 1-martdan 20-mayga qadar” va “25-mayga qadar” soʻzlari tegishlicha “Har yili 1-martdan 1-mayga qadar” hamda “5-mayga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Har yili 1 — 10-avgust kunlari” soʻzlari “Iyul-avgust oylari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
48-band quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Har bir toʻgʻri javob uchun 2 ball beriladi.
Chet tili hamda informatika va axborot texnologiyalaridan oʻtkazilgan test sinovlari natijasi boʻyicha berilgan apellyatsiya shikoyatlari Agentlikning apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Apellyatsiya arizalari imtihon natijalari eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida qabul qilinadi va apellyatsiya komissiyasi tomonidan murojaat qilganlarning sonidan kelib chiqqan holda bir kundan uch kungacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi”;
49-bandning ikkinchi xatboshisidan “Har bir toʻgʻri javob uchun 2 ball beriladi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
67-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur bandning uchinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan qoida “Kiberxavfsizlikni huquqiy taʼminlash” mutaxassisligiga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
quyidagi mazmundagi 761-band bilan toʻldirilsin:
“761. Magistraturaga xorijiy fuqarolarni suhbat asosida oʻqishga qabul qilish tartibi Vasiylik kengashi tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi”.
25. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ilovaning 16-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
16.
Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, viloyatlar va tuman, shahar hamda harbiy sudlar sudyalari
”.
26. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-apreldagi 246-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-apreldagi 246-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi
Tashkilot joylashgan hudud va unda bolalarning kunlik boʻlish vaqti
Bir oylik toʻlov miqdori bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan (koeffitsiyentda)
Tashkilotga qatnovchi oiladagi bitta bolaga
Oiladagi har bir bolaga, agar tashkilotga bittadan ortiq bola qatnasa
1.
Toshkent shahri
1.1.
4-5 soat
0,1238
0,0825
1.2.
9 soat
0,6602
0,4709
1.3.
10,5 soat
0,7864
0,5607
1.4.
12 soat
0,8908
0,6311
1.5.
24 soat
0,9393
0,6699
2.
viloyat markazlari
2.1.
4-5 soat
0,1143
0,0801
2.2.
9 soat
0,6383
0,4515
2.3.
10,5 soat
0,7646
0,5413
2.4.
12 soat
0,8447
0,5947
2.5.
24 soat
0,8932
0,6383
3.
viloyat boʻysunuvidagi shaharlar
3.1.
4-5 soat
0,1019
0,0752
3.2.
9 soat
0,5874
0,4175
3.3.
10,5 soat
0,6602
0,4709
3.4.
12 soat
0,7573
0,5388
3.5.
24 soat
0,7961
0,5631
4.
tuman markazlari
4.1.
4-5 soat
0,0922
0,0631
4.2.
9 soat
0,4320
0,3252
4.3.
10,5 soat
0,5874
0,4442
4.4.
12 soat
0,6675
0,5000
4.5.
24 soat
0,7087
0,5316
5.
boshqa joylar
5.1.
4-5 soat
0,0825
0,0583
5.2.
9 soat
0,3034
0,2451
5.3.
10,5 soat
0,5340
0,4272
5.4.
12 soat
0,6286
0,4709
5.5.
24 soat
0,6602
0,4976
”.
27. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-noyabrdagi 796-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalari ochiq reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari”;
b) 8-bandning birinchi xatboshisi “(lavozimlari)” soʻzidan keyin “mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida Tashkiliy — kadrlar guruhi (ushbu boʻlinmalar mavjud boʻlmaganda, uning vazifalarini bajaruvchi boʻlinma)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalariga oid kiritiladigan maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligini tekshirish hamda tasdiqlash tegishliligi boʻyicha hududiy adliya organlari tomonidan mazkur bandning birinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Bunda funksiyaning pasporti avtomatik ravishda shakllantiriladi”;
“1-bosqich”, “4-bosqich” va “5-bosqich” pozitsiyalari “Subyektlar” ustunidagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat” soʻzlari “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“2-bosqich” va “6-bosqich” pozitsiyalarining “Subyektlar” ustuni “Adliya vazirligi” soʻzlaridan keyin “va hududiy adliya organlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“3-bosqich” pozitsiyasida:
“Subyektlar” ustuni “Adliya vazirligi” soʻzlaridan keyin “va hududiy adliya organlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Chora-tadbirlar” ustunidagi “respublika ijro etuvchi hokimiyat” soʻzlari “respublika yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat” soʻzlari bilan almashtirilsin.
28. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 901-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil yoʻllarini taʼmirlash va saqlash ishlari tasnifining 7-bandida:
quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yoʻl boʻlimi — avtomobil yoʻlining uzluksiz ravishda soz holda saqlanishini hamda unda harakat xavfsizligini taʼminlaydigan yoʻl xoʻjaligining ajratilgan mintaqa doirasida joylashgan quyi boʻgʻini boʻlib, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻlining ajralmas qismi hisoblanadi. Yoʻl boʻlimi yoʻl ishchilari uchun yuvinish va kiyinish xonalari, yotoqxonalar, oshxonalar, shuningdek, transport vositalari va yoʻl mexanizmlarini saqlash va taʼmirlash saroylari hamda bitum, tuz-qum va inert mahsulotlar zaxirasi omborlari, sugʻorish tizimlari, dispetcherlik va ish anjomlarini saqlash xonalari, elektr podstansiyalaridan iborat boʻladi”;
Izoh. Ushbu ilovaning 19-bandi “m” kichik bandi 2027-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Temir-tersak parchalari va qora metallar chiqindilarini tayyorlash, qayta ishlash va yetkazib berish korxonalarini Oʻzbekiston metallurgiya zavodiga berish toʻgʻrisida” 1992-yil 6-iyundagi 269-son qarorining 10-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish soʻzsiz amalga oshiriladigan hujjatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2002-yil 18-yanvardagi 26-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Lizing xizmatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 26-apreldagi 199-son qaroriga ilovaning IV boʻlimi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2007-yil 1-martdagi 43-son qaroriga ilovaning 7-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-sonli Qonuni)” 2010-yil 3-dekabrdagi 280-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 30-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2024-yil 18-dekabrdagi 847-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)