Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻqituvchilar va oʻquvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Xalq taʼlimi muassasalari pedagog xodimlarining moddiy sharoitlarini yaxshilash va ularning mehnatini ragʻbatlantirish, yetim bolalarni hamda kam taʼminlangan oilalarning bolalarini moddiy taʼminlash va birinchi sinf oʻquvchilarini zarur oʻquv qurollari bilan taʼminlashda davlat yordamini koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 31-32-son, 303-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. 1997-yil 1-sentabrdan boshlab bevosita oʻquv-tarbiya jarayonlari bilan bogʻliq rahbar xodimlarning, jismoniy yoki aqliy rivojlanishida kamchiligi boʻlgan bolalar va oʻsmirlar uchun maxsus oʻquv-tarbiya sinflari (guruhlari)dagi alohida ish sharoitlari uchun pedagog xodimlar (jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalarining tarbiyachilari bundan mustasno), ruhshunoslar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining stavkalari va oylik lavozim maoshlariga qoʻshimcha haq 2 baravar oshirilsin (uyda yakka tartibda taʼlim beradigan oʻqituvchilar bundan mustasno).
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
3. 1997-yil 1-sentabrdan boshlab haftalik oʻquv soatlarini 30 soatdan 25 soatgacha kamaytirish hisobiga bolalar uylari va barcha turdagi internatlar tarbiyachilarining ish haqlari oʻrtacha 1,2 baravar oshirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga, shuningdek, barcha turdagi maktab-internatlarda, oʻrta hunar-texnika bilim yurtlarida, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida oʻqiyotgan yetim bolalarga, ota-onalarining qarovisiz qolgan, toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalarga ular ishga joylashish chogʻida kiyim-bosh, oyoq kiyim va jihozlar, shuningdek, dastlabki xarajatlar uchun Hukumatning alohida qarorlari bilan belgilanadigan miqdorlardagi yordam puli berilsin.
Mehribonlik uylari, maktab-internatlar va hunar-texnika oʻquv yurtlari rahbarlariga yetim bolalarga va ota-onalarining qarovisiz qolgan, toʻla davlat taʼminotida boʻlgan bolalarga, ular muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilgan hollarda, shuningdek, nikohdan oʻtganda, ularning xohishiga koʻra, Hukumatning alohida qarorlari bilan belgilanadigan miqdorlaridagi pul kompensatsiyasi berish va ushbu summani kiyim-bosh, oyoq kiyim va jihozlar oʻrniga respublika Xalq banki muassasalariga bitiruvchi nomiga omonat sifatida oʻtkazish huquqi berilsin.
(4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Xalq taʼlimi vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki hafta muddatda yetim bolalarga va ota-onalarining qarovisiz qolgan bolalarga bir yoʻla yordam puli va jihozlar berish tartibini, ulardan maqsadli foydalanishni taʼminlashni nazarda tutgan holda, ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Xalq taʼlimi vazirligi:
a) 2021-yil 1-sentabrdan boshlab quyidagilarni har yili:
birinchi sinf oʻquvchilari hamda kasalligi tufayli yakka tartibda uyida taʼlim oladigan nogiron bolalar uchun beriladigan oʻquv qurollari toʻplami;
Oldingi tahrirga qarang.
maktablardagi barcha 1 — 11-sinflar oʻquvchilarining 15 foizidan koʻp boʻlmagan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga mansub oʻquvchilarni zamonaviy yagona maktab formasi toʻplamlari;
(5-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
b) 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab 1-sinfga qabul qilinadigan koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun maxsus oʻquv qurollari toʻplami bilan bepul taʼminlash joriy qilinsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51. 2022/2023 oʻquv yilida 1-sinfga qabul qilinadigan koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun maxsus oʻquv qurollari toʻplami roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
52. 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab oʻquv qurollari roʻyxati va sonini tasdiqlash vakolati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga berilsin.
Bunda oʻquv qurollariga buyurtmalar (prognoz koʻrsatkichlar) har yili 1-dekabrga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar hamda viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy statistika hisoboti va Adliya vazirligining FHDY yagona elektron arxivi axborot tizimidagi maktab yoshidagi bolalar sonidan kelib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga taqdim etiladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
Oldingi tahrirga qarang.
53. Prognoz koʻrsatkichlar asosida joriy oʻquv yili uchun umumiy oʻrta taʼlim maktablariga qabul qilingan 1-sinf oʻquvchilari soniga mos ravishda tarqatilgan oʻquv qurollari toʻplamidan ortib qolgan qismi keyingi oʻquv yili uchun davlat xaridlarini amalga oshirishda inobatga olinsin.
Bunda keyingi oʻquv yiliga qadar yaroqlilik muddati tugaydigan oʻquv qurollari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining majburiy maktabga tayyorlov guruhlariga foydalanish uchun bepul ajratiladi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi birinchi sinf oʻquvchilari uchun oʻquv qurollari va maktab oʻquvchilari uchun qishki kiyim-bosh toʻplamlari markazlashtirilgan tartibda xarid qilinishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
8. Oʻz qaramogʻida oʻquv yurtlari boʻlgan vazirliklar va idoralar ushbu qarorning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 20-avgust,
409-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
2022/2023 oʻquv yilida 1-sinfga qabul qilinadigan koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun maxsus oʻquv qurollari toʻplami
ROʻYXATI
|
T/r |
Oʻquv qurollar nomi |
Oʻlchov birligi |
1 (bir) oʻquvchiga beriladigan oʻquv qurollari soni |
|
1. |
Brayl yozuv daftari |
dona |
20 |
|
2. |
Brayl yozuv grifeli |
dona |
1 |
|
3. |
Brayl yozuv pribori |
dona |
1 |
|
4. |
Yigʻma alifbo, kolodka (maxsus koʻzi ojizlar uchun) |
dona |
1 |
|
5. |
Boʻrtma nuqtali chiziqli chizgʻich |
dona |
1 |
|
6. |
Boʻrtma nuqtali kubik (harf hosil qilish uchun) |
toʻplam |
1 |
|
7. |
Plastilin |
quti |
1 |
|
8. |
Rangli qalam (12 rangli) |
quti |
1 |
|
9. |
Oddiy qalam |
dona |
2 |
|
10. |
Qalamdon |
dona |
1 |
|
11. |
Rasm daftari (12 varaq) |
dona |
4 |
|
12. |
Yelim |
dona |
1 |
|
13. |
Oʻquvchi sumkasi |
dona |
1 |
|
14. |
Oʻchirgʻich |
dona |
1 |
|
|
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)