Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
CHASTOTA SPEKTRIDAN FOYDALANISH, TELERADIODASTURLARNI SHAKLLANTIRISH VA TARQATISH HAMDA MAʼLUMOTLAR UZATISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YUZASIDAN QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qarorning radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni oʻrnatish uchun qurilish yoki maydonchalarga yer uchastkalari tanlashni kelishishga oid qismi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-sonli qaroriga asosan 2011-yilning 1-sentabridan bekor qilingan.
Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida” va “Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shuningdek, televideniye va radio dasturlarini shakllantirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni samarali muvofiqlashtirishni taʼminlash, radiochastota spektri, maʼlumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlaridan oqilona foydalanishni, axborot xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
* 1-ilova berilmaydi.
2. Quyidagilar Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
davlat boshqaruvi organlari hamda, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning televideniye va radio dasturlarini shakllantirish va tarqatish, telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalangan holda maʼlumotlar uzatish va televideniye va radioeshittirish radiochastota spektridan oqilona foydalanish boʻyicha faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
teleradioeshittirish va telekommunikatsiyalar xizmatlari isteʼmolchilarining huquq va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ular tomonidan elektr aloqasining, axborotlarga ishlov berish va maʼlumotlarni uzatish tarmoqlariga oid qismini, shu jumladan, “Internet” tarmoqlarini, loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, shuningdek, televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish faoliyati bilan shugʻullanish huquqini litsenziyalash;
Oldingi tahrirga qarang.
teleradioeshittirish va telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalangan holda maʼlumotlar uzatishga maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar)ni rasmiylashtirish ishlarini tashkil etish;
(2-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 415-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
televideniye va radioeshittirish radiochastotalari hamda efir vaqtidan bexatar va oqilona foydalanish, maʼlumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilash;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish shartlarini, mamlakatimiz teleradioeshittirishlarini boshqa davlat hududida tarqatish, Oʻzbekiston axborot tarmogʻining jahon tarmoqlariga integratsiyalashuvi tartibi va shartlarini belgilash;
(2-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-martdagi 47-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 11-son, 87-modda)
idoralararo normativ hujjatlar ishlab chiqilishini, kelishib olinishini va tasdiqlanishini, shuningdek, qonun hujjatlari loyihalari tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
televideniye va radioeshittirish radiochastotalaridan toʻgʻri va oqilona foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil etish, teleradioeshittirish va axborotlar uzatish texnika vositalaridan foydalanishda qonunchilik bilan taqiqlangan axborotlarni tarqatish uchun suiisteʼmolliklar qilinishini bartaraf etish sharoitlarini yaratish.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
Oldingi tahrirga qarang.
teleradioeshittirishlar sohasida radiochastotalarni taqsimlash va faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berishni tashkil etish hamda tanlovlar oʻtkazish.
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
3. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasiga:
Oldingi tahrirga qarang.
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ular tomonidan elektr aloqasining, axborotlarga ishlov berish va maʼlumotlarni uzatish tarmoqlariga oid qismini, shu jumladan, “Internet” tarmoqlarini, loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, shuningdek, televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnoma (litsenziya)lar berish va ularning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
(3-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish huquqini berish yoxud rad etish (bekor qilish) toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-martdagi 47-sonli qaroriga muvofiq uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2006-y., 11-son, 87-modda)
davlat boshqaruvi organlaridan, tashkilotlar va korxonalardan Komissiya vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha axborotlar olish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq televideniye va radioeshittirishlarini tarqatish boʻyicha cheklashlar belgilash huquqi berilsin;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
4. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining joriy ishlarini taʼminlash uchun uning huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston MTRK mutaxassislaridan iborat 5 kishilik doimiy ishlovchi ishchi guruh tashkil etilsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
Ishchi guruhning shtatlar jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi, Kommunikatsiyalar kompleksi, Davlat matbuot qoʻmitasi, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi” bir hafta muddatda, tasdiqlangan shtatlar jadvali doirasida, guruh faoliyat koʻrsatayotgan davrda uning xarajatlarini taʼminlagan holda, ishchi guruhni yuqori malakali mutaxassislar bilan butlasinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati Ishlar Boshqarmasi ishchi guruhni Vazirlar Mahkamasi binosiga joylashtirsin, zarur aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
6. Belgilansinki, Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi qarori asosida:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ular tomonidan telekommunikatsiyalarning axborotlarga ishlov berish va maʼlumotlarni uzatish tarmoqlariga oid qismini, shu jumladan, “Internet” tarmoqlarini, loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish, shuningdek, televideniye va radioeshittirish faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalarni beradi va ularning amal qilishini toʻxtatadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi — qonunchilikda belgilangan tartibda teleradiodasturlarni ommaviy axborot vositalari sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va ularni Yagona davlat reyestriga kiritadi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi va Oʻzbekiston MTRK teleradiodasturlarni tayyorlashda va shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Davlat aloqa inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), loyihalashtirish, qurish (oʻrnatish), foydalanish, sotish va ularni chet ellardan olib kelish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
7. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlar elektr aloqasini, shu jumladan, axborotlarga ishlov berish va maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish, shuningdek, televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish faoliyatini faqat Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi qarori asosida beriladigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosida amalga oshiradilar.
Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi televideniye va radio dasturlarini yaratish, shakllantirish va tarqatish (translyatsiya, retranslyatsiya qilish), telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalangan holda maʼlumotlar uzatish bilan shugʻullanuvchi barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlarni joriy yilning 1-oktabrigacha qayta roʻyxatdan oʻtkazsin. Belgilangan muddatda qayta roʻyxatdan oʻtmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq televideniye va radioeshittirish faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum boʻladilar va tugatiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
2001-yil 1-yanvardan boshlab teleradiodasturlarni tarqatish (translyatsiya, retranslyatsiya qilish) va maʼlumotlarni uzatish uchun litsenziyalar besh yil muddatga beriladi.
(7-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2000-y., 9-10-son, 146-modda)
8. Belgilansinki, yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishida boʻlgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar 1999-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazilishi kerak.
Koʻrsatib oʻtilgan muddatda roʻyxatdan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazilmagan taqdirda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish noqonuniy hisoblanadi hamda ushbu vositalar va qurilmalar egalariga nisbatan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy taʼsir choralari koʻriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 152-moddasi.
9. Quyidagilar:
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish), teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish bilan shugʻullanish faoliyatiga litsenziyalar berish uchun hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish tartibi 4-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 589-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2020-y., 09/20/801/1657-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-noyabrdagi 453-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2001-y., 22-24-son, 158-modda)
10. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi raisi (L. Axmetov) bir oy muddatda Komissiyaning ish rejasi, doimiy ishlovchi ishchi guruh toʻgʻrisida nizom ishlab chiqilishini tashkil etsin va tasdiqlasin, Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shu jumladan aloqa sohasidagi normativ hujjatlar, davlat, tarmoq standartlari va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati talablarini buzganlik uchun jazo choralari qoʻllash yuzasidan takliflar kiritsin.
11. Kommunikatsiyalar kompleksi (L. Axmetov) ikki oy muddatda Oliy Majlisga kiritish uchun “Radiochastota spektri toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini tayyorlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va ayrimlariga oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar kiritilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi amaldagi qonun hujjatlariga Vazirlar Mahkamasining mazkur qarorlaridan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida bir oy muddatda takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari L. A. Axmetov va A. A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 10-iyul,
293-son
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 10-iyuldagi 293-son qaroriga
2-ILOVA
Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi deyiladi) davlat boshqaruv organlarining, mulkchilik shakllardan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning axborotlarni shakllantirish va tarqatish hamda telekommunikatsiyalar vositalaridan foydalangan holda maʼlumotlarni uzatish, televideniye va radioeshittirish radiochastotalaridan bexatar va oqilona foydalanish, teleradioeshittirish va telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanuvchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlash faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
2. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, xalqaro bitimlar va shartnomalarga hamda ushbu Nizomga amal qiladi. Komissiya oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
3. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
4. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari komissiya raisi hisoblanadi.
5. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining joriy faoliyatini amalga oshirish uchun uning huzurida 5 kishidan iborat doimiy ishlaydigan ishchi guruh tashkil etiladi.
Ishchi guruh rahbari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi va komissiyaning masʼul kotibi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishchi guruh xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston MTRK mablagʻlari hisobiga shtatlar jadvali va joriy xarajatlar boʻyicha teng ulushlar doirasida amalga oshiriladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
II. Komissiyaning vazifalari
6. Quyidagilar Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:
davlat boshqaruvi organlarining va, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning televideniye va radio dasturlarini shakllantirish hamda tarqatish va telekommunikatsiyalar vositalaridan foydalangan holda maʼlumotlarni uzatish, televideniye va radioeshittirish radiochastota spektridan bexatar va oqilona foydalanish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
teleradioeshittirish va telekommunikatsiyalar xizmatlari isteʼmolchilari huquq, va manfaatlarining himoya qilinishini taʼminlash;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ular tomonidan elektr aloqasining, axborotlarga ishlov berish va maʼlumotlarni uzatish tarmoqlariga oid qismini, shu jumladan, “Internet” tarmoqlarini, loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, shuningdek, televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish faoliyati bilan shugʻullanish huquqini litsenziyalash;
Oldingi tahrirga qarang.
teleradioeshittirish va telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalangan holda maʼlumotlar uzatishga maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar)ni rasmiylashtirish ishlarini tashkil etish;
(6-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 415-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
televideniye va radioeshittirish radiochastotalari hamda efir vaqtidan bexatar va oqilona foydalanish, maʼlumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilash;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish shartlarini, mamlakatimiz teleradioeshittirishlarini boshqa davlat hududida tarqatish, Oʻzbekiston axborot tarmogʻining jahon tarmoqlariga integratsiyalashuvi tartibi va shartlarini belgilash;
(6-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-martdagi 47-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 11-son, 87-modda)
idoralararo normativ hujjatlar ishlab chiqilishi, kelishib olinishi va tasdiqlanishini, shuningdek, qonun hujjatlari loyihalari tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
televideniye va radioeshittirish radiochastotalaridan toʻgʻri va oqilona foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil etish, teleradioeshittirish, axborotlar uzatish texnika vositalaridan foydalanishda qonunchilik bilan taqiqlangan axborotlarni tarqatish uchun suiisteʼmollar qilinishini bartaraf etish sharoitlarini yaratish.
(6-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
Oldingi tahrirga qarang.
teleradioeshittirishlar sohasida radiochastotalarni taqsimlash va faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berishni tashkil etish hamda tanlovlar oʻtkazish.
(6-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
III. Komissiyaning funksiyalari
7. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq:
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ularning televideniye va radioeshittirish dasturlarini shakllantirish va tarqatish, telekommunikatsiyalar vositalaridan foydalangan holda maʼlumotlarni uzatish sohasidagi faoliyatini tashkil qilish masalalari boʻyicha, televideniye va radioeshittirish radiochastota spektridan bexatar va oqilona foydalanilishini taʼminlash boʻyicha tegishli davlat boshqaruv organlari bilan oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtiradi.
teleradioeshittirish va maʼlumotlarni uzatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha asosiy talablar va normativ hujjatlarni ishlab chiqishni va tasdiqlashni tashkil qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli davlat organlari xulosalari asosida, elektr aloqasining, axborotlarga ishlov berish va maʼlumotlarni uzatish tarmoqlariga oid qismini, shu jumladan, “Internet” tarmoqlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, shuningdek, televideniye va radioeshittirishlarni tarqatishga litsenziyalar berish, ularni bekor qilish, va ularning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida qarorlar chiqaradi.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 415-modda)
teleradiodasturlarni tarqatishni, maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari va tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirish, shu jumladan, ularni jahon axborot tizimlariga integratsiyalash davlat dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish va kelishib olishni tashkil qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziya bitimlari shartlariga va elektron ommaviy axborot vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
(7-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 415-modda)
elektr aloqasi tarmoqlari va vositalari, radioeshittirish va televideniye faoliyat koʻrsatishining axborot bexatarligini taʼminlash talablarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamgʻarmasining teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlarni uzatish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi.
(7-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
xorijiy davlatlar va kompaniyalarning telekoʻrsatuvlari va radioeshittirishlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatish imkoniyatini va maqsadga muvofiqligini aniqlaydi, hukumatlararo bitimlar va xalqaro shartnomalar tuzish boʻyicha takliflar kiritadi.
Oʻzbekiston televideniye va radioeshittirishlarini tarqatish hamda axborot tizimlarini jahon axborot tarmoqlariga integratsiyalash masalalari boʻyicha xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan muzokaralarda qatnashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligining telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatishni litsenziyalash masalalari boʻyicha, shuningdek, radiochastotalari boʻyicha Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashining teleradioeshittirishlar radiochastotalari spektridan bexatar va oqilona foydalanish masalalari boʻyicha hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi.
(7-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
respublikada teleradioeshittirishlarni, maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari va tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni ishlab chiqadi;
Komissiyaning ish tartibi va rejasini, Komissiya huzuridagi doimiy ishlaydigan ishchi guruh toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
teleradioeshittirish sohasida radiochastotalarni taqsimlash va faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berishni tashkil etadi hamda tanlovlar oʻtkazadi.
(7-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tegishli davlat organlarining xulosalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish huquqini berish masalalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-martdagi 47-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 11-son, 87-modda)
IV. Komissiyaning huquqlari
8. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi quyidagi huquqlarga egadir:
Oldingi tahrirga qarang.
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ular tomonidan elektr aloqasining, axborotlarga ishlov berish va maʼlumotlarni uzatish tarmoqlariga oid qismini, shu jumladan, “Internet” tarmoqlarini loyihalash, qurish, va ulardan foydalanish, shuningdek televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnoma (litsenziya)lar berish va ularning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
(8-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish huquqini berish yoxud rad etish (bekor qilish) toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-martdagi 47-sonli qaroriga muvofiq uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2006-y., 11-son, 87-modda)
davlat boshqaruvi organlaridan, tashkilotlar va korxonalardan Komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha axborotlar olish;
oʻz majlislarida komissiya aʼzolarining hamda vazirliklar va idoralar masʼul vakillarining axborotlarini eshitish, tegishli qarorlar qabul qilish;
qonunchilikka muvofiq televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish boʻyicha cheklashlarni belgilash;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bexatarligi darajasini taʼminlash va oshirish boʻyicha takliflar kiritish.
Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlarining davlat boshqaruvi organlari va, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiydir.
V. Komissiyaning davlat boshqaruvi organlari bilan oʻzaro munosabatlari
9. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining qarori asosida:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi belgilangan tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ular tomonidan telekommunikatsiyalar, axborotlarga ishlov berish va maʼlumotlarni uzatish tarmoqlariga oid qismini, shuningdek, “Internet” tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish, televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari — qonunchilikda belgilangan tartibda teleradiodasturlarni ommaviy axborot vositalari sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va ularni Yagona davlat reyestriga kiritadi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
10. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi va Oʻzbekiston MTRK orqali teleradiodasturlarni tayyorlash va shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilinishini;
(10-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-martdagi 41-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 11-son, 83-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi orqali teleradiodasturlarni tarqatish boʻyicha faoliyatning hamda maʼlumotlarni uzatishning litsenziya talablari va shartlariga, texnik normativlar va standartlarga muvofiq amalga oshirilishini, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanilishini.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Maxsus aloqa xizmati orqali axborot bexatarligi taʼminlanishini;
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), loyihalashtirish, qurish (oʻrnatish), foydalanish, sotish hamda ularni chet ellardan olib kelish tartibini;
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-avgustdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
teleradiomahsulotlarga mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi;
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi orqali teleradioeshittirishlarni tarqatish, Oʻzbekiston axborot tizimlarini jahon axborot tarmoqlariga integratsiyalash masalalari boʻyicha hukumatlararo bitimlar va xalqaro shartnomalarning bajarilishini nazorat qiladi.
(10-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 10-iyuldagi 293-son qaroriga
3-ILOVA
Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi huzuridagi ishchi guruhning
SHTATLAR JADVALI
T/r‎

Lavozimlarning nomi‎

Xodimlar soni‎

Yagona tarif setkasi boʻyicha razryad‎

1.‎ Rahbar‎ 1‎ 15‎
2.‎ Bosh mutaxassis‎ 2‎ 12‎
3.‎ Yetakchi mutaxassis‎ 2‎ 11‎
Jami:‎ 5‎
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 10-iyuldagi 293-son qaroriga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish bilan shugʻullanish faoliyatiga litsenziyalar berish uchun hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 415-modda)
TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Tartib hujjatlarni qabul qilish, ularni ekspertizadan hamda teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish (translyatsiya, retranslyatsiya qilish) va maʼlumotlarni uzatish bilan shugʻullanish faoliyatiga maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish, shuningdek, ularni bekor qilish va amal qilishini toʻxtatish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 415-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish (translyatsiya, retranslyatsiya qilish) va maʼlumotlar uzatish bilan shugʻullanish faoliyatiga maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish, shuningdek, ularni bekor qilish va amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorni Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi ekspert xulosalar yoki davlat boshqaruvi tegishli vakolatli organlari taqdimnomalari asosida qabul qiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 415-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlardan, shu jumladan, xorijiy xoʻjalik yurituvchi subyektlardan litsenziyalar olish uchun hujjatlarni qabul qilish, ularni ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish, Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi qarorlari loyihalarini tayyorlashni Komissiya huzuridagi doimiy ishlovchi ishchi guruh amalga oshiradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 415-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Faoliyat turiga litsenziya olish uchun xoʻjalik yurituvchi subyekt Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya huzuridagi ishchi guruhga litsenziya olish uchun qonunchilikda belgilangan roʻyxat boʻyicha hujjatlarni topshiradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi huzuridagi doimiy ishlovchi ishchi guruh hujjatlarning toʻliq paketi mavjud boʻlganda uch kun muddatda uni ekspert xulosa berish uchun Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligiga va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga yuboradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi ikki hafta muddatda Komissiya huzuridagi ishchi guruhga hujjatlar paketi boʻyicha ekspert xulosa taqdim etadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
7. Ishchi guruh Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining navbatdagi yigʻilishiga umumlashtirilgan ekspert xulosa va qaror loyihasini kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining qarori ijobiy boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi maxsus elektron tizim orqali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyat turiga litsenziya beradi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari qonunchilikda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va uni davlat reyestriga kiritadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Guvohnoma va litsenziya yigʻim va davlat boji toʻlanganda beriladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 415-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 415-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 589-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2020-y., 09/20/801/1657-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-noyabrdagi 453-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 22-24-son, 158-modda)
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 10-iyuldagi 293-son qaroriga
9-ILOVA
I. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qaroriga 1a, 4 va 4a-ilovalardan Elektrmagnit mosligi markazi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 28-avgustdagi 420-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997 i., 8-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizomdagi:
II boʻlimning 4-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mulkchilik shakllari va qaysi idoraga qarashliliklaridan qatʼi nazar, pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardan normativ hujjatlar, davlat tarmoqlar standartlari talablarini, pochta va telekommunikatsiyalar sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun sanksiyalar shaklida, monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzganlik uchun solinadigan iqtisodiy sanksiyalar va jarimalardan boshqa, undiriladigan mablagʻlar”;
III boʻlim 5-bandining uchinchi xatboshi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi qishloqlari va uzoq aholi yashash joylari telekommunikatsiya infratuzilmasini qayta jihozlash va uni yanada rivojlantirishni maqsadli mablagʻ bilan taʼminlash”.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
Oldingi tahrirga qarang.
(2-boʻlimining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 13-avgustdagi 379-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 8-son, 25-modda);
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-sentabrdagi 406-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 9-son 27-modda)ga ilova;
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19-fevraldagi 89-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 6-modda)ga ilovaning 5-bandi 6, 7-xatboshilari.