|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.08.2003
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TRANSPORT VA ALOQA SOHASIDA FAOLIYAT KO‘RSATISh HUQUQI UChUN DAVLAT POShLINASI MIQDORLARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-sonli “Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Raqobat muhitini shakllantirish hamda transport va aloqa sohasidagi faoliyatni tartibga solishning bozor mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1997-yil 1-martdan boshlab yuqori rentabelli transport va aloqa xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berganlik uchun davlat poshlinasi miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, transport va aloqa xizmatlari ko‘rsatishga oid faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berganlik uchun davlat poshlinasi O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi, “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining maxsus hisob-kitob schyotlariga o‘tkaziladi hamda quyidagicha taqsimlanadi:
50 foiz shahar yo‘lovchi tashuvchilarini, qishloq joylarida aloqa xizmatlarini rivojlantirishga, aeroportlar va temir yo‘l vokzallarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishga;
20 foizgacha litsenziyalangan faoliyat shartlariga rioya etilishini nazorat qiluvchi organlar xarajatlariga ushbu maqsadlarga yo‘naltiriladigan mablag‘larning aniq miqdorini har yili tegishli ravishda O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi, “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi;
qolgan mablag‘lar davlat budjetiga yo‘naltiriladi.
(2-bandning birichni va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 3-martdagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 5-son, 24-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan Korxonalar (tashkilotlar) ga faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 5-bandining ikkinchi va to‘rtinchi xatboshlari, yuqori rentabelli transport va aloqa xizmati sohasidagi korxonalar (tashkilotlar)dan olinadigan davlat poshlinasi miqdorlari hamda ularni o‘tkazish tartibiga oid qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosarlari K.R. Rahimov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 19-fevral,
89-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19-fevraldagi 89-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Transport va aloqa xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berganlik uchun davlat poshlinasi
MIQDORLARI
Oldingi tahrirga qarang.
|
Xizmat turlari |
Poshlinalar miqdori (milliy valyutadagi ekvivalenti) |
|
1. Avtomobil trasportida tashuvchilar: | |
| shahar atrofi va shaharlararo yo‘lovchi tashish | — 400 AQSh dollari* |
| xalqaro yo‘lovchilar tashish | — 800 AQSh dollari* |
| shahar atrofi va shaharlararo yuk tashish | — 200 AQSh dollari* |
| xalqaro yuk tashish | — 200 AQSh dollari* |
|
2. Havo trasportida tashuvchilar: | |
| xalqaro yuk tashish | — 35 000 AQSh dollari* |
| xalqaro yo‘lovchi tashish | — 7500 AQSh dollari* |
|
3. Temir yo‘l trasportida tashuvchilar: | |
| xalqaro yuk tashish | — 1250 AQSh dollari* |
|
4. Xalqaro transport-ekspeditorlik faoliyati – 50 000 AQSh dollari | |
(ilovaning 5-bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-oktabrdagi 421-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — 2001-y., 20-son, 141-modda)
ESLATMA:
Davlat poshlinasi mulkining kamida 26 foizi davlat ulushi bo‘lgan korxonalar va tashkilotlardan undirilmaydi.
Eslatma birinchi xat boshining pochta va telekommunikatsiyalarga oid qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-sonli “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”giqarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Davlat poshlinalari miqdori tegishli transport turi, kommutatsiya nuqtasi, port, uzatgich quvvatining bir birligi hisobidan milliy valyutada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha bir marta to‘lanadi va keyinchalik ularning soni ko‘payganda Davlat poshlinasi miqdori qayta ko‘rib chiqilmaydi.
* — tegishli transport turining har bittasi uchun
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1997-yil, 2-son, 6-modda; 1999-y., 7-son, 43-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2000-y., 9-10-son, 146-modda; 2001-y., 5-son, 24-modda; 20-son, 141-modda; 2003-y., 15-16-son, 131-modda)