1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tizimidagi Milliy futbol markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-noyabrdagi PQ-355-son qarori bilan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tizimida Milliy futbol markazi tashkil etilgani va uning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlangani;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.14.00 Raqamli iqtisodiyot;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
4.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv;
5.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PQ-262-son qaroriga asosan Milliy futbol markazida iqtidorli futbolchilarni erta aniqlash, futbol uchrashuvlarini markazlashgan tarzda video yordamchi hakam (VAR) foydalangan holda kuzatish hamda axborot tizimidagi maʼlumotlarni saqlash uchun Raqamli futbol situatsion markazi, “VAR” markazi va “DATA futbol” markazi tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Respublika futbol akademiyasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Milliy futbol markazi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
Milliy futbol markazi direktori, direktor oʻrinbosarlari va ayrim xodimlari hamda uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni ragʻbatlantirish tartibi toʻgrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi Milliy futbol markazi hamda uning tizimidagi tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va ajratilgan mablagʻlar doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega ekanligi inobatga olinsin.
4. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
a) Respublika futbol akademiyasi bitiruvchilariga “futbol treneri”, “futbol hakami”, “futbol tahlilchisi”, “futbol seleksioneri” (skaut), “futbol menejeri” faoliyati bilan shugʻullanish uchun Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazining tegishli litsenziyalari beriladi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati]
b) Respublika futbol akademiyasida oʻquvchilar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bepul oziq-ovqat va 120 oʻrinli yashash joyi bilan taʼminlanadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
v) 2025-yil 1-noyabrdan boshlab Milliy futbol markazi hamda uning tizimidagi tashkilotlarda maʼmuriy-boshqaruv, pedagogik, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlar ish haqi fondining 100 foizigacha miqdorda ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Bunda Milliy futbol markazi huzuridagi Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markazi va Respublika futbol akademiyasi direktor (boshliq), direktor oʻrinbosarlari (boshliq oʻrinbosari), trenerlar, sport tahlilchisi, sport seleksionerlariga (skaut) Respublika futbol akademiyasi uchun belgilangan moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllanilganda, mazkur ragʻbatlantirish jamgʻarmasi orqali toʻlovlar tatbiq etilmaydi;
g) Respublika futbol akademiyasi futbolchilarini umumiy oʻrta taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitish Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani, “G.T. Xvan” MFYda joylashgan 19-son umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida amalga oshiriladi.
5. Belgilab qoʻyilsinki, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining buyurtmanomasiga asosan 2025-yil 1-noyabrdan boshlab:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
Davlat budjetidan Milliy futbol markazini joriy saqlash, uning faoliyat yuritishini, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash xarajatlari uchun zarur mablagʻlar ajratiladi;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
Oʻzbekiston futbolini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga Milliy futbol markazi hamda uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarini ragʻbatlantirish uchun Davlat budjeti parametrlarida zarur mablagʻlar ajratilishi nazarda tutiladi.
6. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda 2025-yil 1-noyabrdan boshlab oʻquv yili davomida:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
Respublika futbol akademiyasi futbolchilari tahsil olayotgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida zamonaviy taʼlim berish uchun oʻkuv dasturlarini takomillashtirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari]
Respublika futbol akademiyasi futbolchilariga xorijiy til va Oʻzbekiston tarixi fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻrgatilishini tashkil etish uchun malakali fan oʻqituvchilarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda:
ikki oy muddatda hududiy futbol akademiyalarining mavjud binolari, sport inshootlari va moddiy-texnika bazasini (asbob-uskunalarini) toʻliq xatlovdan oʻtkazsin;
xatlov natijalari boʻyicha 2026-yil 1-sentabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida hamda mahalliy budjetning orttirib bajarilgan qismi mablagʻlari va homiylik xayriyalari hisobidan xududiy futbol akademiyalari faoliyati uchun zarur boʻlgan sport inshootlari va zamonaviy moddiy-texnika bazasi (asbob-uskunalar) va jihozlar bilan taʼminlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tizimidagi futbol akademiyalari va futbol maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qaroriga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 9-oktabr,
634-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 634-son qaroriga 1-ILOVA
Respublika futbol akademiyasining
TUZILMASI
Direktor
Trenerlar kengashi
Texnik direktor
Direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari
Xoʻjalik mudiri
Kadrlar boʻyicha inspektor
1
Sport tahlilchisi
3
Sport psixologi (psixolog)
1
Texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlar*
Bosh buxgalter
1
Sport seleksioneri (skaut)
2
Katta tarbiyachi
1
Murabbiylar
20
Operator
1
Izoh.
Xodimlarning umumiy belgilangan cheklangan soni — 34 nafar.
* Milliy futbol markazi direktori, direktor oʻrinbosarlari va ayrim xodimlari hamda uning tuzilmasidagi tashkilotlar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizom bilan tasdiqlangan Milliy futbol markazida texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlar toifasiga mansub kasb va lavozimlar uchun xodimlar sonining normalari tatbiq etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 634-son qaroriga 2-ILOVA
Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazining
TUZILMASI
Direktor — bosh sport shifokori
Direktorning ilmiy-metodik ishlar boʻyicha oʻrinbosari
Xodimlarning umumiy belgilangan cheklangan soni — 16 nafar.
* Zaruratga koʻra, shartnoma asosida tegishli tibbiy mutaxassislar jalb etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 634-son qaroriga 3-ILOVA
Milliy futbol markazi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Assotsiatsiya) tizimidagi Milliy futbol markazining maqomi, maqsadi va asosiy vazifalari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Milliy futbol markazida Respublika futbol akademiyasi, Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazi, Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi, Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markazi, Raqamli futbol situatsion markazi, “VAR” markazi va “DATA futbol” markazi faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish orqali futbol mutaxassislari tayyorlanadi va reabilitatsiya qilinadi.
3. Milliy futbol markazi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
2-bob. Milliy futbol markazining maqsadi va asosiy vazifalari
4. Milliy futbol markazining maqsadi istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni erta aniqlash va ularni professional sportga yoʻnaltirish hamda yangi tizim asosida professional darajada tayyorlash, ushbu jarayonlarni raqamlashtirish, futbol rivojlangan davlatlar bilan raqobat qila oladigan trener, hakam va boshqa mutaxassislarni tayyorlash hisoblanadi.
5. Milliy futbol markazining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.07.00 Turizm va sport sohasidagi xalqaro hamkorlik]
ilgʻor xorij tajribasini oʻzlashtirish hamda tajribali xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda trener va futbolchilarni zamonaviy, innovatsion metodikalar, ilmiy-tahliliy yondashuv asosida tayyorlash;
yagona yondashuv asosida futbolchilarni tayyorlashni tashkil etish hamda ularni ilmiy va metodik taʼminlash;
futbolchilarni tayyorlashning barcha bosqichlarini raqamlashtirish orqali shaffof saralash (seleksiya) ishlarini tashkil etishda inson omili aralashuvini keskin qisqartirish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
joylardagi futbol akademiyalari va maktablaridan saralab olingan eng iqtidorli va yuqori mahoratga ega futbolchilarni — terma jamoalarga nomzodlarni zamonaviy futbolga mos usul va falsafa asosida professional tayyorlash;
futbolchilarga zamonaviy taʼlim berish, jumladan chet tili va Oʻzbekiston tarixi fanlarini chuqurlashtirilgan holda oʻrgatish, futbol sohasiga yoʻnaltirilgan kasblarga oʻqitish tizimini joriy etish;
Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) talablariga muvofiq stadionlardagi audio va videotasvirlarni bir nuqtaga uzatish orqali futbol uchrashuvlarida video yordamchi hakam (VAR) tizimini yanada kengaytirish.
3-bob. Milliy futbol markazi faoliyatini tashkil etish
1-§. Umumiy qoidalar
6. Milliy futbol markazining tizimiga Respublika futbol akademiyasi, Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazi hamda boshqa tarkibiy boʻlinmalar kiradi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
7. Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi, Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markazi, Raqamli futbol situatsion markazi, “VAR” markazi, “DATA futbol” markazi Milliy futbol markazining tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi.
Tarkibiy boʻlinmalarning nizomlari Milliy futbol markazi direktori tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
8. Assotsiatsiya Milliy futbol markazi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va uning nazoratini amalga oshiradi.
9. Milliy futbol markaziga Assotsiatsiya tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
10. Milliy futbol markazi direktori ushbu markazga umumiy rahbarlik qiladi, uning faoliyati yuzasidan toʻliq javob beradi, xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan barcha masalalarni hal qiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
11. Milliy futbol markazida professional futbolni rivojlantirish boʻyicha asosiy yoʻnalishlarga rahbarlik qiluvchi, yuqori malaka va koʻnikmaga ega boʻlgan, ilgʻor xorijiy tajribani oʻzlashtirgan bir nafar texnik direktor lavozimi joriy etiladi.
12. Texnik direktor yagona futbol siyosatini yuritish, futbolni rivojlantirishning qisqa, oʻrta va uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish, terma jamoalar faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, futbolchilarni roʻyxatga olish va kuzatish tizimini toʻgʻri tashkil etishga rahbarlik qiladi.
Texnik direktor Assotsiatsiya tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
2-§. Respublika futbol akademiyasini boshqarish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
13. Respublika futbol akademiyasiga Assotsiatsiya tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
14. Respublika futbol akademiyasi 13 — 19 yosh toifalari boʻyicha terma jamoalarga professional futbolchilarni yetkazib berish boʻyicha tayanch futbol-taʼlim muassasasi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
Respublika futbol akademiyasi futbolchilari Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qarori 6-ilovasi bilan tasdiqlangan futbol akademiyalarining oʻquvchilarini yashash uchun jihozlar, sport anjomlari va kiyim-bosh bilan taʼminlash hamda sutkalik oziq-ovqat normalariga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
15. Respublika futbol akademiyasida futbolchilarning umumiy oʻrta taʼlim olishi, oʻquv mashgʻulotlari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh va yashash joyi bilan taʼminlash bepul amalga oshiriladi.
16. Respublika futbol akademiyasida professional futbolni rivojlantirish boʻyicha asosiy yoʻnalishlarga rahbarlik qiluvchi, yuqori malaka va koʻnikmaga ega boʻlgan, ilgʻor xorijiy tajribani oʻzlashtirgan, Assotsiatsiya tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan bir nafar texnik direktor jalb etiladi.
Direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Assotsiatsiya bilan kelishilgan holda direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
17. Direktor Respublika futbol akademiyasiga umumiy rahbarlik qiladi, uning faoliyati yuzasidan toʻliq javob beradi, trenerlar jamoasi bilan birgalikda Respublika futbol akademiyasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, davlat organlari va tashkilotlari hamda nodavlat tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi, xodimlarni, shu jumladan, texnik direktor bilan birgalikda trenerlarni lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.
18. Respublika futbol akademiyasining trenerlari tarkibi oliy yoki oʻrta maxsus, professional maʼlumotga hamda Osiyo futbol konfederatsiyasining kamida “A” litsenziyasiga ega boʻlgan mutaxassislar orasidan toʻldiriladi.
19. Respublika futbol akademiyasida Assotsiatsiya bilan kelishilgan holda trenerlar kengashi tashkil etiladi, trenerlar kengashi oʻquv-mashq va tarbiyaviy ishlar, futbolchilarni tayyorlashni yakka tartibda rejalashtirish, futbol akademiyasining sport tadbirlaridagi ishtiroki bilan bogʻliq, shuningdek, futbol akademiyasining ustavida nazarda tutilgan boshqa masalalarni koʻrib chiqadi.
3-§. Respublika futbol akademiyasining asosiy vazifalari
20. Respublika futbol akademiyasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Akademiyaga yosh futbolchilarning professional oʻsishini monitoring qilishga moʻljallangan elektron dastur (platforma) orqali futbolchilarni qabul qilish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlari asosida oʻquv-mashgʻulotlari jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
akademiya bitiruvchilariga davlat namunasidagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat (guvohnoma, shahodatnoma) bilan bir qatorda Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazining futbol sohasiga yoʻnaltirilgan “futbol treneri”, “futbol hakami”, “futbol tahlilchisi”, “futbol seleksioneri” (skaut), “futbol menejeri” faoliyati bilan shugʻullanish uchun tegishli litsenziya berish;
turli darajadagi xalqaro musobaqalar — jahon va Osiyo chempionatlari, Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi va kompleks musobaqalar hamda boshqa xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilishga qodir boʻlgan xalqaro darajadagi futbolchilarni tayyorlash hamda milliy terma jamoalarga asosiy nomzodlarni yetkazib berish;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.07.00 Turizm va sport sohasidagi xalqaro hamkorlik]
xalqaro darajadagi futbolchilarni tayyorlash uchun yuqori malakali mutaxassislarni — trenerlar, psixologlar, diyetologlar, farmokolog, tahlilchi, seleksioner, shu jumladan, xorijiy mamlakatlardan yetakchi mutaxassislarni jalb etish orqali akademiyada trenerlar tarkibini mustahkamlash;
futbolchilarning oʻquv-mashgʻulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish, ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda, oʻquv-mashq jarayonlariga ilgʻor ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan ularni nazariy va amaliy jihatdan tayyorlash sifatini muntazam oshirib borish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.07.00 Turizm va sport sohasidagi xalqaro hamkorlik]
trenerlar hamda futbolchilarning kasb mahorati darajasini oshirish uchun tajriba almashish boʻyicha sport tashkilotlari, xorijiy futbol akademiyalari va klublari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
4-§. Respublika futbol akademiyasining huquqlari va majburiyatlari
21. Respublika futbol akademiyasi quyidagi huquqlarga ega:
tayyorlash davri va bosqichiga qarab oʻquv-mashq jarayonining yillik, oylik va haftalik rejimini belgilash;
oʻqitish va tarbiyalashning qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan shaklini, vositalarini va usullarini tanlash;
yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirish uchun akademiyaga biriktirilgan moddiy-texnika bazasi va mol-mulkidan foydalanish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.07.00 Turizm va sport sohasidagi xalqaro hamkorlik]
futbolga doir xalqaro faoliyatni amalga oshirish, akademiya trenerlari va futbolchilarining transferi boʻyicha xorijiy sport tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish, birgalikda sport tadbirlari, bayramlar, koʻriklar, seminarlar oʻtkazish.
Respublika futbol akademiyasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
22. Respublika futbol akademiyasi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
oʻquv-mashq va tarbiya jarayonini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini, xodimlar va futbolchilar tomonidan oʻz majburiyatlari, oʻquv dasturlari va topshiriqlar bajarilishini taʼminlashi;
futbol boʻyicha tasdiqlangan oʻquv dasturlari asosida akademiyaning yillik oʻquv rejasini, oʻquv jadvalini va oʻquv-mashq mashgʻulotlari jadvalini ishlab chiqishi;
futbol boʻyicha oʻquv dasturlari talablariga va oʻquv rejalariga muvofiq oʻquv-mashq va tarbiya jarayonini amalga oshirishi;
oʻquv-mashq jarayonini amalga oshirish davrida akademiyaning sportchilari va xodimlarining xavfsizligini taʼminlashi;
oʻquv-mashq va tarbiya jarayonini amalga oshirish yuzasidan joriy nazoratni, futbolchilarni sinovdan oʻtkazish va ular tomonidan nazorat normativlari topshirilishini taʼminlashi shart.
Respublika futbol akademiyasi zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
5-§. Respublika futbol akademiyasida oʻquv jarayonini tashkil etish
23. Oʻquv yili 2-sentabrdan kelgusi yilning 25-mayiga qadar davom etadi va oʻquv rejasiga muvofiq tugallanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
24. Oʻquv jarayoni jadvali, oʻquv mashgʻulotlari turlari, auditoriya va auditoriyadan tashqari oʻquv-tarbiya, shuningdek, oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishning boshqa shakllari tasdiqlangan taʼlim standartiga muvofiq amalga oshiriladi.
25. Respublika futbol akademiyasida oʻquv mashgʻulotlarining davomiyligi, oʻquvchi-sportchilarning oʻquv yuklamasi va oʻquv-tarbiya jarayonining boshqa masalalari tasdiqlangan yillik oʻquv rejaga muvofiq belgilanadi.
26. Respublika futbol akademiyasida oʻquvchi-sportchilar umumtaʼlim va maxsus fanlarni oʻqitish boʻyicha sinflarga, sport tayyorgarligi yoʻnalishlari boʻyicha sport guruhlariga birlashadi.
6-§. Respublika futbol akademiyasiga futbolchilarni qabul qilish, attestatsiyadan oʻtkazish va ularning oʻqishini koʻchirish
27. Oʻquvchilarining umumiy kontingenti 154 nafarni tashkil etib, ular 13 — 19 yosh toifalaridan iborat boʻladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
28. Respublika futbol akademiyasiga hududiy futbol akademiyalari, futbol maktablari, nodavlat futbol klublari va boshqa futbol-taʼlim muassasalarining iqtidorli va salohiyatli yosh futbolchilari professional oʻsishni monitoring qilishga moʻljallangan elektron dastur (platforma) orqali reyting tizimi asosida va maxsus komissiya qaroriga muvofiq qabul qilinadi.
Maxsus komissiya tarkibi Assotsiatsiyaning Ijroiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
29. Respublika futbol akademiyasi futbolchilariga zamonaviy taʼlim beriladi, jumladan, xorijiy til va Oʻzbekiston tarixi fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻrgatiladi.
Respublika futbol akademiyasi futbolchilari Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan futbol sohasiga yoʻnaltirilgan kasblarga oʻqitiladi va tegishli litsenziya taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
30. Respublika futbol akademiyasining oʻquvchi-sportchilarini attestatsiyadan oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qarori 7-ilovasi bilan tasdiqlangan futbol akademiyalariga nomzodlarni qabul qilish, oʻquv jarayonini tashkil etish, attestatsiyadan oʻtkazish va ularning oʻqishini koʻchirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
31. Respublika futbol akademiyasi futbolchilari uning safidan quyidagi hollarda chiqariladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
futbolchining oʻz tashabbusi bilan boshqa umumiy oʻrta va sport-taʼlim muassasasiga koʻchirilganda (ota-onasining yoki qonuniy vakillarining arizasi asosida);
futbolchilarning professional oʻsishini monitoring qilishga moʻljallangan elektron dastur (platforma)dagi reyting koʻrsatkichlari tushib ketgan taqdirda, maxsus komissiya xulosasi asosida;
Respublika futbol akademiyasining oʻquv intizomi va ichki tartib qoidalarini bir necha marta buzganda.
32. Respublika futbol akademiyasi oʻquvchilari professional futbol klublarida faoliyat olib boradi hamda respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ishtirok etishi taʼminlanadi.
4-bob. Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazi faoliyatini tashkil etish
1-§. Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazini boshqarish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.10.00 Korxona rahbari bilan mehnat shartnomasi tuzish xususiyatlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
33. Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markaziga (keyingi oʻrinlarda — Tibbiyot markazi) Assotsiatsiya tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor — bosh sport shifokori rahbarlik qiladi.
34. Tibbiyot markazi barcha yosh toifasidagi futbol (ayollar va erkaklar), futzal, sohil futboli boʻyicha milliy terma jamoalari aʼzolari boʻlgan trenerlar, futbolchilar va boshqa mutaxassislar uchun bepul, shuningdek, pullik xizmat asosida mahalliy va xorijiy klublarda futbol faoliyatini olib borayotgan hamda oʻz faoliyatini tugatgan futbolchilarni va boshqa sportchilarni hamda aholini tibbiy koʻrik va reabilitatsiyadan oʻtkazadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
Respublika futbol akademiyasi oʻquvchi-sportchilar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq har yili ikki marotaba (sentabr — aprel) Tibbiyot markazida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan bepul oʻtkaziladi.
35. Direktor Tibbiyot markaziga umumiy rahbarlik qiladi, uning faoliyati yuzasidan toʻliq javob beradi, tibbiy mutaxassislar bilan birgalikda Tibbiyot markazini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, davlat organlari va tashkilotlari hamda nodavlat tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi, tibbiy mutaxassislarni lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, tibbiyot markazining xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq masalalarda Milliy futbol markaziga takliflar kiritadi.
2-§. Tibbiyot markazining asosiy vazifalari
36. Tibbiyot markazining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
ilmiy-tashkiliy, metodik ishlar, futbolchilarga maslahat-diagnostika, davolash-profilaktika va reabilitatsiya yordami koʻrsatish masalalari futbol klublari tibbiyot xodimlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
futbolchilarning jismoniy holati va rivojlanishini doimiy nazorat qilib borish hamda ularga zamonaviy tibbiy xizmat koʻrsatish, shu jumladan futbol-taʼlim muassasalariga sport tibbiyoti yoʻnalishida ilmiy-metodik yordam koʻrsatish va futbolchilarda oʻtkir, surunkali kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolashni tashkil etish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
futbolchilarni tayyorlashning yakka tartibdagi dasturlarini ishlab chiqqan holda musobaqalarga tayyorlashning turli davrlarida dori-darmonlarning, ovqatlanish tartibi va ratsionining futbolchilarning fiziologik holatiga taʼsirini tadqiq qilish;
futbolchi organizmining jismoniy tayyorgarligi oʻsishiga va xalqaro musobaqalarga eng yuqori funksional tayyorgarligini taʼminlashga qaratilgan ular salomatligi darajasining muttasil oʻsishini nazorat va korreksiya qilish;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
futbolchilarda sport jarohatlari, patologiyalari va sindromlarini oldini olish, diagnostika qilish va davolash;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.04.00 Sogʻliqni saqlash boʻyicha bitimlar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.07.00 Turizm va sport sohasidagi xalqaro hamkorlik]
sport tibbiyoti sohasidagi ilgʻor metodika va texnologiyalarni almashish va joriy qilish uchun bu sohadagi yetakchi xorijiy muassasalar bilan xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish;
hududiy futbol akademiyalari, futbol maktablari va futbol klublari tibbiy xodimlari hamda psixologlari malakasini oshirishga koʻmaklashish, ularga ilmiy-tashkiliy, maslahat-diagnostika, davolash-profilaktika va reabilitatsiya ishlari masalasida uslubiy yordam koʻrsatish.
3-§. Tibbiyot markazining huquqlari va majburiyatlari
37. Tibbiyot markazi quyidagi huquqlarga ega:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.02.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (shuningdek, 01.12.05.00ga qarang) / 02.02.02.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining vakolatlari]
oʻziga yuklangan vazifalarni, funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq qarorlar, buyruqlar, koʻrsatmalar qabul qilish, zarur boʻlganda, boshqa davlat tashkilotlari bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;
oʻz ustavida belgilangan faoliyatni amalga oshirish uchun qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan moliyaviy manbalarni jalb qilish;
belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Assotsiatsiya bilan birgalikda yuqori malakali chet ellik tibbiyot mutaxassislari va boshqa xodimlarni jalb etish.
Tibbiyot markazi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
38. Tibbiyot markazi:
oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarishi;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.07.00 Turizm va sport sohasidagi xalqaro hamkorlik]
faoliyatini rivojlantirish boʻyicha Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) va Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC), Assotsiatsiya tomonidan tasdiqlangan dasturlar, chora-tadbirlar rejasi, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar ijrosini taʼminlashi;
oʻziga biriktirilgan mulklar, shu jumladan, koʻchmas mulklardan maqsadli va samarali foydalanishi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.06.00 Ishga qabul qilishda kafolatlar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
tibbiyot xodimlarini ochiq tanlov asosida ishga qabul qilishi shart.
Tibbiyot markazi qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻz zimmasiga boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
5-bob. Milliy futbol markazini moliyalashtirish va moddiy taʼminlash tartibi
39. Milliy futbol markazi faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
Davlat budjeti mablagʻlari;
Oʻzbekiston futbolini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
faoliyat ixtisosligi boʻyicha xizmatlarni realizatsiya qilishdan va Milliy futbol markazi ustavidagi vazifalarga muvofiq boʻlgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
asosiy mashgʻulotlar oʻtkazilmaydigan vaqtda boʻsh turgan mol-mulkni ijaraga berishdan tushgan daromadlar;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va boshqa xalqaro tashkilotlar grantlari;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish]
pullik xizmatlardan tushadigan mablagʻlar;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
40. Milliy futbol markazi belgilangan tartibda tasdiqlangan va Assotsiatsiyadan roʻyxatdan oʻtgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
41. Milliy futbol markazi Assotsiatsiyaga taqdim etish uchun belgilangan tartibda buxgalteriya hisobotini yuritadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
42. Milliy futbol markazi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda har yili hisobot davri tugagach, Assotsiatsiyaga faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.01 Umumiy qoidalar]
43. Milliy futbol markazi tugatilgan taqdirda, uning pul mablagʻlari va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplash boʻyicha toʻlovlar chegirilgan holda qonunchilik hujjatlariga va Milliy futbol markazi ustaviga muvofiq foydalaniladi.
44. Ushbu Nizom qoidalari qoʻllanishi bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
45. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 634-son qaroriga 4-ILOVA
Milliy futbol markazi direktori, direktor oʻrinbosarlari va ayrim xodimlari hamda uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar);
5.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
1. Mazkur Nizom Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Milliy futbol markazi va uning tizimidagi Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi, Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markazi, Respublika futbol akademiyasi, Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazi, Raqamli futbol situatsion markazi, “VAR” markazi, “DATA futbol” markazi xodimlarining (keyingi oʻrinlarda — Milliy futbol markazi va uning tizimidagi tashkilotlar) mehnatiga haq toʻlash va ularni ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
2-bob. Xodimlar mehnatiga haq toʻlash va ustamalar miqdorini belgilash
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
2. Milliy futbol markazi va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarining ish haqi tarkibiga qonunchilik hujjatlarida hamda mazkur Nizomda nazarda tutilgan lavozim maoshi, ustama va qoʻshimcha toʻlovlar kiradi. Bunda:
Milliy futbol markazi va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarining shtati va bazaviy tarif stavkalari miqdori mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
4.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi;
5.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markazi, Respublika futbol akademiyasi direktori, direktor oʻrinbosari, murabbiylar, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va boshqa ayrim xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qarori 5-ilovasi bilan tasdiqlangan futbol akademiyalarining direktori, direktor oʻrinbosarlari, treneri, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va boshqa ayrim xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda ularni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq;
Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi direktori va xodimlari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori ilovasi bilan tasdiqlangan Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga muvofiq;
Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazi direktori, direktor oʻrinbosari va tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisida nizomga muvofiq;
Respublika futbol akademiyasida sport psixologi mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-son qarori 7-ilovasi bilan tasdiqlangan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining ayrim xodimlari mehnatiga haq toʻlash meʼyorlari va tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
4.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi;
5.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.07.00 Boshqa toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari]
3. Milliy futbol markazi va Respublika futbol akademiyasida bir nafardan professional futbolni rivojlantirish boʻyicha asosiy yoʻnalishlarga yuqori malaka va koʻnikmaga ega boʻlgan ilgʻor xorijiy tajribani oʻzlashtirgan texnik direktor mehnatiga haq toʻlash ular bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Mehnatga haq toʻlash miqdori xorijiy mutaxassislarning malakasi va tajribasidan kelib chiqqan holda, shu bilan birga mukofotning chegaralangan summasi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiya (keyingi oʻrinlarda — Assotsiatsiya) Ijroiya qoʻmitasi qaroriga asosan belgilanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi]
4. Xorijiy mutaxassislarning mehnatiga haq toʻlash mehnat shartnomasida belgilangan miqdorda erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada amalga oshiriladi.
5. Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markazining milliy terma jamoasi bosh murabbiyi mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston futbolini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va homiylar hisobidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Assotsiatsiya) Ijroiya qoʻmitasi qaroriga asosan ajratiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.03 Yoʻl va boshqa davlat jamgʻarmalari;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
6. Milliy futbol markazi va uning tizimidagi tashkilotlarning xodimlari hamda texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlariga Oʻzbekiston futbolini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan har oylik 100 foizgacha ustama toʻlash tartibi joriy etiladi.
Bunda ushbu ustamalarni Milliy futbol markazi va uning tizimidagi tashkilotlarining xodimlariga toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Assotsiatsiya Ijroiya qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Respublika futbol akademiyasi direktori, direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, trenerlari, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut)ga bazaviy tarif stavkalari 10 foizga oshiriladi.
Bunda Respublika futbol akademiyasi direktori, direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha oʻrinbosari, trenerlari, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut)ga qoʻshimcha haq va ustamalar, ushbu oshirilishni hisobga olmasdan, bazaviy tarif stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi]
Milliy futbol markazida texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlar toifasiga mansub kasb va lavozimlar uchun xodimlar sonining normalari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Respublika futbol akademiyasi buxgalteri mehnatiga haq toʻlashda ularning bazaviy tarif stavkasi direktor bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida qoʻllaniladi.
7. Mazkur Nizom bilan belgilanayotgan barcha xodimlarning mehnatiga haq toʻlashdagi har oylik ustamalar Assotsiatsiya Ijroiya qoʻmitasi bayoniga asosan Milliy futbol markazi direktori buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
8. “Xizmat koʻrsatgan sport ustasi” faxriy unvoniga ega boʻlgan xodimlarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 7,1 foizi miqdorida har oylik qoʻshimcha haq belgilanadi.
9. Milliy futbol markazi va uning tizimidagi tashkilotlarning faxriy unvonga ega boʻlgan xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Faxriy unvonlar uchun toʻlovlar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2007-yil 17-dekabrdagi PF-3942-son Farmoniga asosan toʻlovlar belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
10. Respublika futbol akademiyasi faoliyati sport-oʻquv guruhlari, ularga qoʻyiladigan talablar va trenerlarning ish hajmini hisoblash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Futbol akademiyalarining direktori, direktor oʻrinbosarlari, treneri, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va boshqa ayrim xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda ularni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilanadi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
11. Milliy futbol markazi va uning tizimidagi tashkilotlarning xodimlariga ish haqi hamda har oylik qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblab chiqarish va toʻlashning toʻgʻriligi hamda asoslanganligi yuzasidan javobgarlik Milliy futbol markazi direktori va buxgalter zimmasiga yuklanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
12. Milliy futbol markazi va uning tizimidagi tashkilotlarning xodimlariga qoʻshimcha toʻlov va ustamalarni toʻlash ularning ish haqini toʻlash bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.08.00 Alohida toifadagi xodimlarni ijtimoiy sugʻurta qilish;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
13. Tayinlangan har oylik qoʻshimcha toʻlov va ustamalar summasi Milliy futbol markazi va uning tizimidagi tashkilotlarning mehnatga haq toʻlash fondiga kiritiladi hamda ular boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yagona ijtimoiy toʻlov hisoblanadi.
Jismoniy shaxslarning har oylik qoʻshimcha toʻlov va ustamalar tarzida olingan daromadlarini soliqqa tortish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
14. Milliy futbol markazi va uning tizimidagi tashkilotlarning xodimlariga ish haqi hamda har oylik qoʻshimcha toʻlov va ustamalarni hisoblash va toʻlashning toʻgʻriligi, xolisonaligi yuzasidan nazorat belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Milliy futbol markazi direktori, direktor oʻrinbosarlari va ayrim xodimlari hamda uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash hamda ularni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Milliy futbol markazi va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarining shtati va bazaviy tarif stavkalari
MIQDORLARI
T/r
Lavozim nomi
Shtat birligi
Lavozim maoshi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda
1.
Milliy futbol markazi
Direktor
1
10
Texnik direktor
1
Shartnoma asosida
Xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari
1
7
Menejer
1
6
Boʻlim boshligʻi
2
5,5
IT mutaxassisi
1
5,5
Bosh mutaxassis
1
4,5
Bosh buxgalter
1
4,5
Buxgalter
1
4
Sport tahlilchisi
4
4
Xalqaro aloqalar boʻyicha mutaxassis
1
4
Yetakchi mutaxassis
1
4
Kadrlar boʻyicha bosh mutaxassis
1
2,5
Yordamchi
1
2
2.
Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi
Boshliq
1
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qaroriga muvofiq
Boʻlim boshligʻi
1
Bosh mutaxassis, ilmiy xodim
4
Yetakchi ilmiy xodim (taktik va zamonaviy sport texnologiyalar tahlili boʻyicha)
Xodimlarga ustamalar miqdorda amaldagi tartib asosida belgilanadi.
* Mahalliy va xorijiy mutaxassislar instruktorlikka budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan, shartnoma asosida jalb qilinadi.
** Tibbiyot xodimlari futbolchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish davrida shartnoma asosida jalb qilinadi.
Milliy futbol markazi direktori, direktor oʻrinbosarlari va ayrim xodimlari hamda uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Milliy futbol markazida texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlar toifasiga mansub kasb va lavozimlar uchun xodimlar sonining
Avtomobil saqlash limiti mavjud boʻlganda: 2 shtat birligi (2 smenada) — tashkilot rahbari uchun;
1,5 shtat birligi (1,5 smenada) — tashkilot rahbarining har bir oʻrinbosari uchun;
navbatchi avtomobil va avtobuslar uchun 1,5 shtat birligi (1,5 smenada).
Hovli supuruvchi
2,5 ming kv metr tozalanadigan maydon uchun 1 shtat birligi.
Xizmat xonalari farroshi
800 kv metr supuriladigan va tozalanadigan maydon uchun 1 shtat birligi.
Elektromontyor
Har 700 yoritish va elektr nuqtalari uchun 1 shtat birligi.
Chilangar-santexnik
Suv quvurlari, kanalizatsiya va issiqlik quvvati bilan jihozlangan har 2 800 kv metri uchun 1 shtat birligi.
Maydon ishchisi
Har 5000 kv. metr tabiiy yoki sunʼiy qoplamali ochiq sport maydonlariga xizmat koʻrsatish (stadiondagi chim oʻtlarini oʻstirish, drenaj ustasi) uchun 1 shtat birligi.
Qorovul
Bir kecha-kunduz ishlayotganida — har bir tashkilot uchun 4,5 shtat birligi.
Bir smenali ish uchun (tungi navbatchilik) — har bir tashkilot uchun 3 shtat birligi.
Qoʻriqlash xizmati tomonidan qoʻriqlanmagan taqdirda joriy etiladi.
Lift boʻyicha texnik
1 shtat birligi — agar lift boʻlsa.
Bogʻbon
Bogʻ, manzarali daraxtlar, yashil oʻtloq va gulzor 0,5 gektardan 2 gektargacha boʻlgan maydonda 1 shtat birligi, keyin har 2 gektar maydon uchun 1 shtat birligi joriy etiladi.
Ish yurituvchi
1 shtat birligi.
Rahbar kotibi (referent-kotib)
Milliy futbol markazi direktori va uning oʻrinbosarlari uchun 1 shtat birligi
Gʻaznachi (kassir)
1 shtat birligi.
Xoʻjalik mudiri
1 shtat birligi.
Kompyuter texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish texnigi (muhandis)
Har 50 ta kompyuter va orgtexnika uchun 1 shtat birligi.
Qozonxona operatori
Uy-joy kommunal xoʻjalik tizimiga oʻtkazilmagan obyektni isitish mavsumida (5 oy) qozonxona operatori lavozimi: lokal isitish tizimida koʻmir, torf, mazut va hokazolar bilan isitiladigan har bir qozonxonaga har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun 2 shtat birligi, tabiiy gaz yoqilgʻisi bilan ishlaydigan har bir qozonxonalarda (qozonxona hajmidan qatʼi nazar) har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun 1 shtat birligi (bunda har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun 1,0 birligi yil davomida saqlanadi);
alohida kichik qozonlar bilan isitiladigan har bir alohida manzilda joylashgan binolar majmuasiga har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun qozonlar soni 6 tagacha boʻlsa, 1 shtat birligi, 6 va undan ortiq boʻlsa, 2 shtat birligi (bunda har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun 1 shtat birligi yil davomida saqlanadi);
Nasos qurilmalari mashinisti
Yopiq va ochiq suv havzalaridagi suv inshootlarida nasos stansiyalari mavjud boʻlganda, kecha-kunduz ishlash uchun dam olish va bayram kunlari hamda taʼtil davrida har bir oʻrin almashish ish vaqti hisobga olingan holda har bir alohida bino, inshootlar uchun 4 shtat birligi.
Navbatchi tarbiyachi
Har bir alohida joylashgan oʻquvchilar turar joyi uchun ularning har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun 1 shtat birligi (biroq 4,0 birlik oʻrin almashish ish vaqtidan ortiq boʻlmagan holda).
Binolarga kompleks xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha ishchi
8 shtat birligi.
Xoʻjalik bekasi (kastelyansha)
2 shtat birligi.
Kir yuvuvchi
2 shtat birligi.
Dazmollovchi
2 shtat birligi.
* Izoh. Ushbu jadvalda koʻrsatilmagan yordamchi xodimlar toifasiga mansub lavozim va kasblarning shtat birliklari Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda joriy etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 634-son qaroriga 5-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tizimidagi futbol akademiyalari va futbol maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
toʻrtinchi xatboshidan “va futbol boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“futbol maktablari yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan maktabdan tashqari sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi va ularning faoliyati futbol boʻyicha eng iqtidorli yoshlarni davlat va nodavlat taʼlim, sport tashkilotlaridan tanlab olish hamda ularni boshlangʻich futbol tayyorgarligidan oʻtkazish orqali hududiy futbol akademiyalariga nomzodlarni yetkazib berishga yoʻnaltiriladi”.
2. 3-ilovaning 6-bandi quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“16 — 18 yosh toifasidagi futbolchilarni futbol akademiyasi huzuridagi sport klubida faoliyat yuritishini hamda respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ishtirok etishini taʼminlash”;
3. 4-ilovaning 14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Futbol maktabiga iqtidorli va tegishli qobiliyatga ega va oʻyin amaliyoti sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan bolalar (oʻgʻil va qiz) boshlangʻich tayyorlov guruhlariga qabul qilinadi.
Futbol maktabiga sport maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari, futbol klublari, xususiy futbol tashkilotlari, taʼlim va boshqa sport tashkilotlaridan tanlab olish (seleksiya) orqali iqtidorli bolalar (oʻgʻil va qiz) qabul qilinadi”.
4. 7-ilovaning 3-bandidagi “5-sinfga” soʻzlari “6-sinfga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 634-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 18-martdagi 144-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Futbol boʻyicha trenerlar va sport hakamlari tayyorlash respublika maktabi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 18-avgustdagi 176-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Futbol boʻyicha oliy sport mahorati respublika maktabini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 15-iyuldagi 193-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2015-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-394-son Qonuni)” 2016-yil 20-oktabrdagi 355-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2779-son qarori)” 2017-yil 16-maydagi 288-son qaroriga ilovaning 8-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qarori)” 2018-yil 5-iyuldagi 508-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/634/0916-son)