1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.02.00 Fan va taʼlim (ayrim xodimlar xizmati) sohasidagi mehnatni tartibga solishning xususiyatlari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
ILMIY XODIMLAR MEHNATINI YANADA RAGʻBATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ilmiy xodimlarning ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqishga va olingan natijalarni amaliyotga joriy etishga qoʻshgan ilmiy va mehnat hissasiga qarab ularni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
1. Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan ilovaga muvofiq koeffitsiyentlarda tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni bajaruvchi ilmiy, taʼlim tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlar:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.03.00 Ilmiy muassasalarni va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish]
oʻzlariga ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini bajarish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarini hisoblash va taqsimlashda ilmiy va rahbar xodimlar bazaviy lavozim maoshlarining ushbu qaror bilan tasdiqlangan miqdorlariga qatʼiy amal qilsinlar;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.03.00 Ilmiy muassasalarni va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish]
ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishni, shu jumladan iqtisodiyot tarmoqlarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini joriy etish samaradorligini oshirish, budjet mablagʻlarini tejash va xoʻjalik hisobidagi faoliyatni amalga oshirishdan olinadigan budjetdan tashqari daromadlarni koʻpaytirish hisobiga yanada kuchaytirish boʻyicha tizimli asosda chora-tadbirlar koʻrsinlar.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.03.00 Ilmiy muassasalarni va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasining ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda davlat ilmiy dasturlarini bajaruvchi tashkilotlar tomonidan mehnatga haq toʻlash fondining 5 foizi miqdorida ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishning maxsus jamgʻarmalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
tashkil etilayotgan jamgʻarmalar mablagʻlari hisobiga alohida oʻrnak koʻrsatgan, davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirishga aniq mehnat va ilmiy hissa qoʻshgan ilmiy xodimlar moddiy ragʻbatlantiriladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish ular uchun yiliga 5 tagacha bazaviy lavozim maoshlari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan mukofotlar belgilash yoʻli bilan Ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari huzuridagi ilmiy kengash qarorlariga binoan amalga oshiriladi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ikki hafta muddatda Ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibini tasdiqlasinlar, unda ilmiy xodimlarni mukofotlashning ilmiy-texnika dasturlarini ishlab chiqishga, shuningdek tadqiqotlar natijalaridan iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanishga ular qoʻshgan aniq hissa darajasini hisobga oladigan asosiy mezonlar belgilanishini nazarda tutsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-avgust,
233-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qaroriga ILOVA
Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari
T/r
Lavozimlarning nomi
2021-yil 1-fevraldan boshlab mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda
1.
Institut direktori
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
11,089
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
10,600
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
10,189
2.
Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, institut va boshqa ilmiy muassasalar filialining direktori
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
10,034
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
9,520
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvoniga ega boʻlgan
8,748
3.
Institutning ilmiy kotibi, Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (boʻlimi) mudiri
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
9,983
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
9,365
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
9,082
4.
Filial va boshqa ilmiy muassasalar direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
9,520
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
9,082
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
8,413
5.
Bosh ilmiy xodim
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan
9,520
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va yoki katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan
8,954
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan
8,542
6.
Yetakchi ilmiy xodim
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va ilmiy unvonga ega boʻlgan
8,053
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan
7,539
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan
6,870
7.
Katta ilmiy xodim
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va ilmiy unvonga ega boʻlgan
7,024
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan
6,612
ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan (2 yildan ortiq ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan)
6,046
8.
Kichik ilmiy xodim
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan
6,201
ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan (2 yildan ortiq ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan)
5,789
ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan)
5,377
9.
Stajer tadqiqotchi
4,760
Izohlar:
Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan bosh ilmiy xodimlarning maoshi fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan bosh ilmiy xodimning bazaviy lavozim maoshi darajasida belgilanadi.
Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari (boʻlimi) mudirlarining oʻrinbosarlarining bazaviy lavozim maoshi ularga berilgan ilmiy darajalar va unvonlarga muvofiq ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari (boʻlimi) mudirlarining lavozim maoshiga nisbatan 5 foizga kamaytirgan holda belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida loyihalar rahbarlari lavozimlari yoki shunga oʻxshash lavozimlar nazarda tutilgan hollarda, ushbu lavozimlarga ilmiy-tadqiqot boʻlimlari mudirlarining bazaviy lavozim maoshlari belgilanadi.
(ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 34-son, 370-modda, 43-son, 459-modda; 2012-y., 1-son, 10-modda, 37-son, 432-modda; 2013-y., 6-son, 76-modda; 2014-y., 2-son, 29-modda, 38-son, 486-modda, 52-son, 644-modda; 2015-y., 41-son, 530-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2974/0800-son, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son, 18.01.2019-y., 10/19/3122/2503-son, 03.10.2019-y., 10/19/3186/3847-son; 02.11.2020-y., 10/20/3284/1447-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)