1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat sport-taʼlim muassasalari faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 6-iyundagi PQ-268-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, sport turlari boʻyicha terma jamoalarni shakllantirish uchun sport zaxirasini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki:
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari (keyingi oʻrinlarda — olimpiya va paralimpiya markazlari) oʻrta va professional davlat sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda ularning faoliyati yuqori malakali mutaxassislar va sportning olimpiya va paralimpiya turlari boʻyicha terma jamoalarni shakllantirish uchun sport zaxirasini tayyorlashga yoʻnaltiriladi;
2022/2023 oʻquv yilida Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining oʻquvchi-sportchilari soni 750 nafarni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi olimpiya va paralimpiya markazlarining oʻquvchi-sportchilari soni 600 nafarni tashkil etadi;
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining oʻquvchi-sportchilari soni 600 nafarni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi olimpiya va paralimpiya markazlarining oʻquvchi-sportchilari soni 450 nafarni tashkil etadi;
olimpiya va paralimpiya markazlarida oʻquvchi-sportchilar kontengenti va ular xodimlarini qisqartirish natijasida boʻshab qoladigan budjet mablagʻlari ushbu markazlar sportchilarini oziq-ovqat bilan taʼminlashni yanada yaxshilash va trenerlarni ragʻbatlantirish uchun yoʻnaltiriladi;
olimpiya va paralimpiya markazlarining Olimpiya va Paralimpiya kollejlari paralimpiya boʻlimlariga umumiy oʻquvchi-sportchilar soniga nisbatan Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi tavsiyasiga asosan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan oʻquvchi-sportchilar uchun 10 foizgacha qoʻshimcha kvotalar belgilanadi;
olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlariga sport turlari boʻyicha qabul qilingan oʻquvchi-sportchilar olimpiya va paralimpiya markazlarini toʻliq tamomlagunga qadar oʻqitilishi taʼminlanadi;
olimpiya va paralimpiya markazlarining oʻquvchi-sportchilari toʻliq Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan oziq-ovqat bilan taʼminlanadi;
olimpiya va paralimpiya markazlari psixologlari hamda tarbiyachilari Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning filiallarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bepul malaka oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
2. Quyidagilar:
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga oʻquvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan oʻtkazish va ularning oʻqishini koʻchirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining professional taʼlim bosqichi bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari oʻquvchi-sportchilari uchun sutkalik oziq-ovqat normasi 5-ilovaga muvofiq;
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlar jadvali 6-ilovaga muvofiq;
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining ayrim xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki:
olimpiya va paralimpiya markazlari oʻquvchi-sportchilari Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida alohida jamoa sifatida ishtirok etadi;
Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi oʻquvchi-sportchilari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi olimpiya va paralimpiya markazlarining 1-2-kurslarida taʼlim olayotgan sport turlari boʻyicha respublika milliy terma jamoalari uchun asosiy nomzod boʻlgan sportchi-oʻquvchilardan butlanadi;
olimpiya va paralimpiya markazlari oʻquvchi-sportchilari uchun sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida tasdiqlangan sutkalik oziq-ovqat normasiga mos ravishda mablagʻ ajratiladi;
xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan holda Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga muvofiq olimpiya va paralimpiya markazlarining tajribali xodimlarini 2023-yildan boshlab chet davlatlarga yuborish amaliyoti joriy etiladi. Bunda xizmat safarlari xarajatlari sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasi doirasida ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2023/2024 oʻquv yiliga qadar:
olimpiya va paralimpiya markazlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan respublikada ishlab chiqarilayotgan avtobus bilan taʼminlasin;
olimpiya va paralimpiya markazlarida xoʻjalik xizmatlarini (eng avvalo ovqatlanish xizmatlarini) autsorsing asosida amalga oshirishni yoʻlga qoʻysin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
a) Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda 2023-yil 1-fevralga qadar:
Markazlarda umumiy oʻrta taʼlim va professional taʼlim jarayonining uzviyligini hamda sport mahoratini uzluksiz oʻstirishni taʼminlashni hisobga olgan holda kasbiy standart va malaka talablarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Markazlarda paralimpiya sport turlari boʻyicha oʻquvchilar tayyorlanishini inobatga olgan holda ularni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar hamda trenerlar bilan toʻldirish yuzasidan zarur choralarni koʻrsin;
b) Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda 2023-yil 1-martga qadar Markazlarda paralimpiya sport turlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar qabul qilish tartibi va baholash mezonlari hamda sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
v) 2023-yil 1-sentabrga qadar Markazlarning bino va inshootlarida nogironligi boʻlgan shaxslarning sport bilan shugʻullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda mavjud sport inshootlarida koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi, kar va zaif eshituvchi hamda kar va soqov nogironligi boʻlgan shaxslarning sport bilan shugʻullanishi uchun shart-sharoitlar yaratsin;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda sport inshootlari mavjud boʻlmagan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida maxsus sport inshootlarini qurish, ularni tegishli sport inventarlari bilan taʼminlash ishlarini 2023-yildan boshlab Investitsiya dasturlarida nazarda tutish yuzasidan taklif kiritsin.
7. Sportni rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2023-yil 1-martga qadar Hukumatning “Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 9-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 30-dekabr,
731-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-son qaroriga 1-ILOVA
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari
ROʻYXATI
T/r
Markazlarning roʻyxati
Markazlarning yuridik adresi
1.
Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
Toshkent shahri, Lutfiy 4-tor koʻchasi, 38-uy
2.
Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
Nukus shahri,Chimboy guzari
3.
Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
Andijon shahri, Mustaqillik koʻchasi, 1-uy
4.
Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
Buxoro shahri, Alpomish koʻchasi, 2-uy
5.
Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
Jizzax shahri, Istiqlol koʻchasi, 12-uy
6.
Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
Qarshi shahri,Mustaqillik koʻchasi, 13-uy
7.
Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
Navoiy shahri,M. Tarobiy koʻchasi, 17-daha
8.
Namangan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
Davlatobod tumani, Tinchlik koʻchasi, 5-uy
9.
Samarqand olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
Samarqand shahri, Paxtaobod koʻchasi, 77a-uy
10.
Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
Toyloq tumani,Abu Rayhon Beruniy koʻchasi, 5a-uy
11.
Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
Guliston shahri,Guliston koʻchasi, 5-uy
12.
Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
Termiz shahri,A. Navoiy koʻchasi, 42-uy
13.
Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
Chirchiq shahri,50 yil shoh koʻchasi, 14-uy
14.
Fargʻona olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
Fargʻona shahri,A. Navoiy koʻchasi, 55-uy
15.
Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
Urganch shahri,Al-Xorazmiy koʻchasi, 1a-uy
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-son qaroriga 2-ILOVA
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) maqomi, maqsadi va asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish, shuningdek, uni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
2. Markaz oʻrta va professional davlat sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari (kattalar va yoshlar) dasturidan oʻrin olgan sport turlari boʻyicha terma jamoalarni shakllantirish uchun sport zaxirasini tayyorlashga yoʻnaltiriladi, milliy kurash hamda alohida Hukumat qarorlari bilan belgilangan sport turlari bundan mustasno.
Markazdagi noolimpiya sport turlari boʻyicha yoʻnalishlarda tahsil olayotgan oʻquvchilar ushbu Markazni toʻliq tamomlagunga qadar oʻqitiladi.
3. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, oʻz ustaviga amal qiladi.
Markazning ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan tasdiqlanadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
4. Markazga qabul kvotalari har bir sport turining xususiyatidan (vazn toifasi, sportchilar soni, shu jumladan, sportchi ayollar soni, jamoaviy sport turlari boʻyicha tegishli sport turida ishtirok etadigan sportchilar soni va boshqalar) kelib chiqib shakllantiriladi.
Markazlarda oʻqish jarayoni 2 ta bosqichda: 1-bosqich 5 — 11-sinflar uchun Olimpiya maktablarida, 2-bosqich 1-2-kurslar uchun Olimpiya va Paralimpiya kollejlarida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziriga hududning sport turlariga ixtisoslashuvidan kelib chiqib, Olimpiya maktablari hamda Olimpiya va Paralimpiya kollejlarining sport turlari boʻyicha kontingentining umumiy soni doirasida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
5. Markaz yuridik shaxs hisoblanib, oʻz mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, boshqa zarur muhr va shtamplarga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻazna hisob raqamlariga ega boʻladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
6. Vazirlik Markazga umumiy rahbarlik qiladi, nazoratni tashkil etadi, uning tashkiliy-kadrlar va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini koʻradi.
7. Markazda xorijiy mamlakatlar fuqarolari oʻqitilmaydi, xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
2-bob. Markazning maqsadlari va asosiy vazifalari
8. Markazning maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
oʻquvchilarga jismoniy tarbiya va sport boʻyicha chuqurlashtirilgan taʼlim berish, ularni har tomonlama kamol toptirish va sport mutaxassisliklari va kasblarini egallashini taʼminlash;
oʻquvchilarni istiqlol gʻoyalariga sadoqat, vatanparvarlik va fidoyilik ruhida tarbiyalash, ularda oʻz Vatani bilan faxrlanish va milliy madaniy-tarixiy anʼanalarni hurmat qilish tuygʻusini shakllantirish.
9. Markazning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
sport maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari, sport klublari yoki boshqa sport-taʼlim muassasalarining boshlangʻich tayyorlov bosqichidan oʻtgan oʻquvchilar orasidan tanlov asosida Markazda oʻqishni davom ettirish uchun tanlab olish;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
davlat buyurtmasi asosida sport turlari reyestriga kiritilgan hamda yagona sport tasnifi mavjud boʻlgan sport turlari boʻyicha razryadli va unvonli sportchilar tayyorlash;
respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun sport zaxirasini terma jamoalar tarkibiga tayyorlash;
oʻquvchilarning respublika va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishi uchun zarur va yetarli boʻlgan kasbiy moyilligini, mahorati va koʻnikmalari chuqur rivojlantirilishini taʼminlash, sport tayyorgarligi taʼlimining navbatdagi bosqichlarida oʻqishini, shuningdek, egallangan mutaxassislik boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanishini davom ettirish;
mutaxassislar va sport zaxirasini sifatli tayyorlash uchun zarur tashkiliy, oʻquv-metodik, psixologik-pedagogik, tibbiy-biologik va moddiy-texnik shart-sharoitlarni taʼminlash;
davlat taʼlim standarti doirasida umumiy oʻrta taʼlim va professional taʼlim oʻquv dasturlarini amalga oshirish;
oʻquv-tarbiya jarayonining sogʻlomlashtiruvchi yoʻnalishini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni taʼminlash, sogʻlom turmush tarzi normalarini joriy etish.
3-bob. Markazning huquq va majburiyatlari
10. Markaz:
Vazirlik hamda boshqa tashkilotlar orqali respublika va xalqaro sport musobaqalarida qatnashish, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga muvofiq respublika hamda chet davlatlarda oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazish;
Vazirlik koʻrsatmasiga muvofiq olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish, sport zaxiralarini tayyorlash jarayonini takomillashtirish maqsadida Markazda yangi sport turlari boʻlimlarini ochish yoxud sport zaxirasini tayyorlashga oid belgilangan sport koʻrsatkichlari darajasi past boʻlgan sport turlari faoliyatini tanqidiy tahlil qilish;
Vazirlik bilan kelishgan holda yuridik va jismoniy shaxslarga oʻz faoliyati ixtisosligiga muvofiq jismoniy tarbiya va sport sohasida pullik xizmatlar koʻrsatish (sport inshootlaridan foydalanish, pullik sport xizmati), koʻrsatilgan xizmatlar uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq haq toʻlash miqdorini belgilash;
Vazirlik bilan kelishgan holda Markazning trenerlar tarkibi, xodimlari va oʻquvchilarini almashish, qoʻshma sport tadbirlari, bayramlar, koʻriklar, seminarlar va shu kabilarni oʻtkazish boʻyicha xorijiy sport tashkilotlari bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq taʼlim hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro faoliyatda ishtirok etish huquqiga ega.
Markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
11. Markaz oʻquvchilar va trenerlarni sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq sport tadbirlarida, xalqaro musobaqalarda qatnashish, shuningdek, chet davlatlarda tajriba almashish uchun yuborishi, oʻquvchilar ishtirokida mahorat saboqlari, seminar, konferensiya va davra suhbatlarini oʻtkazishi mumkin.
12. Markaz quyidagi majburiyatlarga ega:
taʼlim-tarbiya va sport tayyorgarligi oʻquv-mashq jarayonini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlash, trenerlar tarkibi va pedagog xodimlar jamoasi hamda boshqa tegishli mutaxassislarning oʻz faoliyatiga oid topshiriqlari bajarilishini, shu jumladan, taʼlim oluvchilar tomonidan oʻz majburiyatlari doirasida tanlangan sport turlari boʻyicha taʼlim va sport tayyorgarligi oʻquv dasturlari bosqichma-bosqich oʻzlashtirishini taʼminlash;
taʼlim standartiga muvofiq tasdiqlangan oʻquv dasturlari, sport tayyorgarligi dasturlari asosida yillik oʻquv rejasini, oʻquv jadvalini va oʻquv-mashq mashgʻulotlari jadvalini ishlab chiqish;
taʼlim va oʻquv-mashq mashgʻulotlari jarayoni oʻtkazilayotgan davrda taʼlim oluvchilar va trenerlar tarkibi, pedagog-xodimlar jamoasi hamda boshqa tegishli mutaxassislarning mehnat xavfsizligini taʼminlash;
taʼlim-tarbiya va sport tayyorgarligi oʻquv-mashq jarayonini joriy nazorat qilish, oʻquvchilarning nazorat normativlari topshirishini taʼminlash;
moddiy-texnika bazasi va mol-mulkining saqlanishini va ulardan oqilona foydalanilishini taʼminlash.
Markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
4-bob. Markazda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish
13. Markazda oʻquv jarayoni Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilib, tasdiqlangan oʻquv rejaga asosan amalga oshiriladi.
Bunda Markazning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, amaliy (musiqa, chizmachilik, rasm, mehnat, jismoniy tarbiya) fanlar, istisno tariqasida oʻqitilmaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
14. Oʻquv jarayoni jadvali, oʻquv mashgʻulotlari turlari, auditoriya va auditoriyadan tashqari oʻquv-tarbiyaviy ishlar, shuningdek, oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishning boshqa shakllari oʻquv rejasi va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
15. Markazda oʻquv yili 2-sentabrdan boshlanadi.
16. Markazda oʻqish kunduzgi shaklda amalga oshirilib, oʻquv mashgʻulotlarining davomiyligi, oʻquvchilarning oʻquv yuklamasi va oʻquv-tarbiya jarayonining boshqa masalalari tasdiqlangan oʻquv rejasiga muvofiq belgilanadi.
17. Markaz oʻquv rejasi oʻquv-mashq mashgʻulotlari jadvali, yakka tartibda ishlash va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish shakllari va usullarini belgilaydi.
18. Oʻquv dasturlari oʻquv rejasiga muvofiq quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
oʻquv darsi — oʻquv jarayonining ajralmas qismi boʻlgan taʼlim ishtirokchilarining oʻzaro bogʻliqlik shakli, taʼlimning maqsadi, mazmuni usul va vositalarini oʻzida mujassam etgan tizim;
maʼruza — oʻqitishni tashkil etishning yetakchi shakli boʻlib, oʻquvchilarga oʻquv materialining asosiy holatlari haqida tushuncha beradi, oʻquvchilarni yoʻnaltiruvchanlik, axborotlilik, metodologik, tarbiyalovchilik va rivojlantiruvchilik vazifalarini amalga oshirishga imkon beradi;
seminar — taʼlim beruvchini taʼlim oluvchilar bilan faol suhbatga kirishishiga yoʻnaltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun zarur sharoitni taʼminlovchi mashgʻulot shakli;
laboratoriya ishi — oʻquvchilarning mustaqil ravishda eksperimentlar oʻtkazgan holda fanlarni oʻzlashtirishi. Tajribalar shaxsiy yoki guruhga boʻlingan holda tashkil etilishi mumkin;
mustaqil tayyorgarlik — oʻquvchilar tomonidan oʻqituvchi bilan muloqotga kirishmagan holda maxsus oʻquv materiallarini oʻzlashtirish maqsadida qoʻllaniladigan oʻquv faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Mustaqil tayyorgarlik dars jarayonida va darsdan tashqari jarayonda ogʻzaki yoki yozma ravishda qoʻllanilishi mumkin;
amaliy mashgʻulot — oʻqituvchi rahbarligida ilmiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustaqil ishlashga oʻrgatish koʻnikmalarini hosil qilish maqsadida oʻtkaziladi.
19. Markazda sport mashgʻulotlari, oʻquv-mashq yigʻinlari, guruh va yakka tartibdagi (individual) oʻquv-mashq mashgʻulotlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
oʻquv-mashq mashgʻuloti — bu sport tayyorgarligi jarayonining ajralmas qismi boʻlib, sport tayyorgarligi ishtirokchilarining oʻzaro bogʻliqlik shakli, sport tayyorgarligining maqsadi, mazmuni usul va vositalarini oʻzida mujassam etgan tizim sifatida quyidagilarni oʻz ichiga qamrab oladi: nazariy tayyorgarlik, amaliy tayyorgarlik (bular umumiy jismoniy tayyorgarlik, maxsus jismoniy tayyorgarlik, texnik-taktik tayyorgarlik, psixologik tayyorgarlik, koʻchirish (oʻtkazish) nazorat sinovlari, nazorat musobaqalarida ishtirok etish, yoʻriqchilik va hakamlik amaliyoti, musobaqalarda ishtirok etish, tiklanish tadbirlari va tibbiy nazorat shakllari hisoblanadi);
nazariy tayyorgarlik — oʻquvchilarga shaxsni anatomik va fiziologik rejalashtirish, sport tayyorgarligiga oid sanitariya-gigiyenik talablar, oʻquv-mashq mashgʻulotlarining texnik xavfsizligi, shuningdek, ularning tanlangan sport turlari boʻyicha sport tayyorgarligiga taalluqli turli nazariy maʼlumotlar doirasida nazariy bilimlar beriladi;
umumiy jismoniy tayyorgarlik — oʻquvchilarning yoshi, jinsiga oid sport tayyorgarligiga, oʻquv-mashq mashgʻulotlari jarayonida umumiy jismoniy mashqlarni oʻrganish va oʻzlashtirishga, umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi koʻrsatkichlarini bajarish va nazorat qilishga qaratiladi;
maxsus jismoniy tayyorgarlik — oʻquvchilarning tanlangan sport turlari boʻyicha sport tayyorgarligiga oid maxsus jismoniy mashqlarni oʻquv-mashq mashgʻulotlari jarayonida oʻrganish va oʻzlashtirishiga, maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasi koʻrsatkichlarini bajarishiga yoʻnaltiriladi;
texnik-taktik tayyorgarlik — oʻquvchilarni tanlagan sport turlari boʻyicha sport tayyorgarligi oʻquv-mashq mashgʻulotlarini oʻzlashtirish jarayonida texnik-taktik mashqlar, usullar, hujum va himoyalanish amallarini oʻrganishiga, shu jumladan, ularning oʻzlashtirish holatlarini nazorat qilishga qaratiladi;
psixologik tayyorgarlik — oʻquvchilarning sport tayyorgarligi oʻquv-mashq mashgʻulotlarini oʻzlashtirishda va sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularda ishtirok etish jarayonlariga psixo-fiziologik yondashuvlar asosida tashxislar va psixologik test-sinovlarini oʻtkazish, ularni psixologik jihatdan tayyorlash orqali amalga oshiriladi;
koʻchirish (oʻtkazish) nazorat sinovlari — sport tayyorgarligi jarayonida belgilangan tartibda oʻquvchilarning yoshi va jismoniy imkoniyatlari hamda jismoniy holatiga koʻra umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi darajasi koʻrsatkichlari aniqlab boriladi, shu jumladan, ularning texnik-taktik tayyorgarligi mahoratiga baho beriladi;
nazorat musobaqalarida ishtiroki — oʻquvchilarning tanlangan sport turi boʻyicha sport tayyorgarligi oʻquv-mashq mashgʻulotlari yuklamalarini oʻzlashtirish jarayonida nazorat musobaqalari orqali ularning sport mahoratini oʻzlashtirish va rivojlantirishga qaratiladi (soatlar setkasidan tashqari);
yoʻriqchilik va hakamlik amaliyoti — trenerlik va hakamlik ishlariga keyinchalik jalb qilish uchun sport yoʻriqchilari va sport hakamlarining bilim va koʻnikmalarini egallab olish maqsadida olib boriladi;
musobaqalarda ishtirok etish — tasdiqlangan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasi asosida Markazda taʼlim oluvchi oʻquvchilarning hududiy, respublika va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishlari nazarda tutiladi;
tiklanish tadbirlari — oʻquvchilarning sport tayyorgarligi jarayonida hordiq chiqarish, faol dam olishini taʼminlash maqsadida turli tiklanish va jarohatlanishning oldini olish tadbirlarini oʻz ichiga oladi;
tibbiy nazorat — oʻquvchilarning oʻquv yili davomida kamida ikki marotaba chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtishi va sport musobaqalari oldidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini nazarda tutadi (soatlar setkasidan tashqari).
20. Taʼlim sifati va sport tayyorgarlik darajasini nazorat qilish tasdiqlangan davlat taʼlim standarti talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
21. Oʻquv dasturini oʻzlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtgan Markazning 9-sinf bitiruvchilariga tayanch oʻrta taʼlim va 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma, professional taʼlim darajasi bitiruvchilariga professional taʼlim bosqichini tamomlaganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.
Vazirlik buyurtmasiga asosan Davlat namunasidagi shahodatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan, professional taʼlim toʻgʻrisidagi diplom Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligidan olinadi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
22. Markazda oʻqish, sport tayyorgarligi, ovqatlanish, tibbiy davolanish, mehnat va dam olish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, oʻquvchilar yashash sharoitlari, shuningdek, ularning taʼminoti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
23. Markaz oʻquvchilarining sport mahorati darajasini oshirish maqsadida jami 60 kun davom etadigan, shu jumladan, qishki taʼtil vaqtida (15 kun), yozgi taʼtil vaqtida (45 kun) oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazgan holda oʻquvchilarning faol dam olishlari tashkil etiladi.
Oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazish bilan bogʻliq mablagʻlar Markazning yillik smetasi doirasida ajratiladi.
24. Oʻquvchilar umumtaʼlim fanlarini oʻqitish boʻyicha sinflarga, oʻrta maxsus professional taʼlim bosqichida guruhlarga, sport tayyorgarligi yoʻnalishlari boʻyicha esa sport boʻlimlariga birlashadi.
Markazda oʻquv sinflari (guruhlari)da oʻquvchilar soni quyidagicha belgilanadi:
professional taʼlim bosqichida — kamida 12 nafar;
umumiy oʻrta taʼlim bosqichida — 25 nafar;
nogironligi boʻlgan oʻquvchilar uchun — talabdan kelib chiqib 12 nafar.
Zarur hollarda nogironligi boʻlgan oʻquvchilarni oʻqitish boʻyicha talabdan kelib chiqib, Vazirlik ruxsati bilan guruhdagi oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlishi mumkin.
25. Oʻquv rejasidagi fanlarni oʻzlashtirgan, shuningdek (bosqichli nazorat), imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchilar navbatdagi sinf (bosqich)ga Markaz direktorining buyrugʻi bilan oʻtkaziladi. Keyingi sinf (bosqich)ga shartli ravishda oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
26. Markaz oʻquvchilarining sport tayyorgarlik darajasi oʻsib borishini, sport musobaqalarida erishgan natijalarini tahlil qilish, oʻquv rejasida belgilangan fanlarni oʻzlashtirishi, oʻquvchilar turar joyida tartib-intizom talablariga rioya etishini, jamoatchilik ishlarida qatnashganlik darajasini aniqlash maqsadida oʻquv yili davomida ikki marta attestatsiya oʻtkaziladi.
27. Taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va birxillashtirish, pedagog kadrlar bilan taʼminlash, mutaxassislarni tayyorlash Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
28. Markazga oliy maʼlumotga va sport-taʼlim muassasalarida kamida 5 yil amaliy ish tajribasiga hamda rahbarlik salohiyatiga ega shaxslar orasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
29. Direktor:
a) Vazirlik bilan kelishgan holda oʻrinbosarlarini tayinlaydi (sport ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari bundan mustasno), oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
b) Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, oʻquvchilarning oʻqishi va tarbiyalanishi, oʻquv rejalari va dasturlari bajarilishi, moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilishi uchun javob beradi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida xodimlarning shtat jadvalini hamda trenerlar, oʻqituvchilar tarkibining tarifikatsiya jadvalini tasdiqlaydi;
v) Markaz nomidan ish koʻradi, uning manfaatlarini ifodalaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uning mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 27 bobi (Shartnoma tuzish).
g) Markaz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi, taʼlim muassasasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
d) oʻz vakolatlari doirasida Markaz oʻquvchilari va barcha xodimlar uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
e) Markazning oʻquv-moddiy bazasini mustahkamlash, oʻquv-mashq va oʻquv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, malakali pedagog kadrlar, trenerlar bilan butlash hamda Markaz faoliyati boʻyicha ayrim masalalarni koʻrib chiqish uchun davlat boshqaruvi organlariga takliflar kiritadi;
j) pedagoglar va boshqa barcha xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va ularni bekor qiladi;
z) sport ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari va trenerlari bilan birgalikda har yarim yilda kamida bir marta umumiy oʻrta taʼlim maktablariga bevosita tashrif buyurib, iqtidorli yoshlarni Markazga jalb qilish boʻyicha seleksiya ishlarini amalga oshiradi;
i) xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari va jamoatchilik vakillariga Markazda amalga oshirilgan quyidagi vazifalar yuzasidan har yil yakuni boʻyicha hisobot beradi:
joriy yilda ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi;
davlat buyurtmasiga asosan razryadli va unvonli sportchilar tayyorlash;
yil davomida amalga oshirilgan seleksiya ishlari;
sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalarning asosiy va zaxira tarkibiga yetkazib berilgan oʻquvchilar;
Markazda tayyorlangan fan olimpiadalari, oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo, Oʻzbekiston chempionatlari (kuboklari)ning gʻolib va sovrindorlari.
Direktor qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
30. Markazda direktor rahbarligida kollegial organ hisoblanadigan Pedagogika kengashi tashkil etiladi.
Pedagogika kengashining yigʻilishi har chorakda kamida bir marotaba oʻtkaziladi.
Pedagogika kengashining asosiy vazifalari va funksiyalari Markaz ustavida belgilanadi.
Markazning rahbar va mutaxassis xodimlariga, shu jumladan, fan oʻqituvchilari, tarbiyachilar, trenerlar va tibbiyot xodimlariga qoʻyiladigan lavozim malaka talablari Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
31. Markazda davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat Vasiylik kengashi tuziladi.
Markazning Vasiylik kengashiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarlik qiladi.
32. Vazirlik huzurida malakali trener va xorijiy ekspertlar, shuningdek, sport sohasida yuqori tajriba va koʻnikmaga ega boʻlgan mutaxassislardan iborat tarkibda Trenerlar kengashi tashkil etiladi.
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Olimpiya va Paralimpiya kollejlarining 1-kursiga Olimpiya maktablarini muvaffaqiyatli bitirgan oʻquvchilar, shuningdek, umumtaʼlim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari orasidan Trenerlar kengashi xulosasiga muvofiq musobaqalarda eng yuqori natijaga erishgan sportchilar tanlov asosida qabul qilinadi.
Trenerlar kengashi yigʻilishi bir yilda kamida ikki marotaba oʻtkaziladi, Markazlar faoliyati tahliliy koʻrib chiqiladi hamda aniqlangan muammolar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanadi.
Trenerlar kengashi tarkibi, uning vazifa va funksiyalari hamda uning faoliyatini tashkil qilish bilan bogʻliq boshqa masalalar sport vazirining buyrugʻi bilan belgilanadi.
(32-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
33. Markazni attestatsiyadan va akkreditatsiyadan oʻtkazish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-fevraldagi 91-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan hamda davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
6-bob. Markazda taʼlim jarayoni qatnashchilari
34. Oʻqituvchilar, trenerlar, psixolog va sport psixologlari, instruktor-metodistlar, tarbiyachilar, tibbiyot xodimlari va oʻquvchilar taʼlim jarayonining qatnashchilari hisoblanadilar.
35. Markaz oʻquvchilari davlat taʼlim standartlariga muvofiq bepul taʼlim olish, qoʻshimcha taʼlim xizmatlaridan foydalanish, taʼlim muassasasining ustavida belgilangan shaklda taʼlim muassasasini boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega.
Markaz oʻquvchilari Markazning ichki tartib-qoidalariga rioya qilishlari shart.
36. Markazga qabul qilingan oʻquvchilar:
umumiy oʻrta taʼlim, professional taʼlim, umumkasbiy hamda maxsus sport fanlari boʻyicha oʻqish;
oʻquv-mashq jarayonida va musobaqalarda ishtirok etish;
oʻquvchilar uchun bir kunlik oziq-ovqat meʼyorlariga muvofiq hafta kunlari davomida doimiy oziq-ovqat bilan taʼminlanish (isteʼmol qilish);
Markaz moddiy-texnika bazasi va mol-mulkidan bepul foydalanish;
oʻquvchilar turar joyida bepul yashash;
belgilangan tartibda oʻqishini boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirishga haqli.
37. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassisligiga, kasbiy tayyorgarlik va yuksak axloqiy fazilatga ega boʻlgan shaxslar Markazda pedagogik (trenerlik) faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega.
38. Oʻqituvchilar va trenerlar, tarbiyachilar va tibbiyot xodimlarini Markazga ishga qabul qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
39. Markazning oʻqituvchilar va trenerlar tarkibi, psixolog, sport psixologi, tarbiyachilar va tibbiyot punkti xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-fevraldagi 91-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan hamda davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
40. Oʻqituvchilar va trenerlarning pedagogik (trenerlik) yuklamasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
41. Oʻqituvchilar, trenerlar, psixologlar, sport psixologlari, tarbiyachilar, tibbiyot punkti xodimlari tarkibini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlarida sport-taʼlim muassasalarining psixologlari, Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va uning filiallarida sport-taʼlim muassasalarining sport psixologlari, tarbiyachilari tarkibi malakasini oshirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bepul amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
42. Pedagog xodimlar va trenerlarning huquqlari va majburiyatlari qonunchilik hujjatlariga va Markaz ustaviga muvofiq belgilanadi.
43. Oʻquvchilarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) Markazning taʼlim faoliyati bilan tanishish huquqiga egadirlar.
7-bob. Markazni tibbiy-biologik taʼminlash
44. Tibbiyot punkti xodimlari trenerlar bilan birgalikda sport mashgʻulotlari, oʻquv-mashq yigʻinlari, musobaqalar, dam olish davrida Markaz oʻquvchilarini tibbiy nazoratdan oʻtkazadilar. Tibbiy kuzatuvlar natijasidan trenerlar sportchilar tayyorlashning yakka tartibdagi rejalariga tuzatishlar kiritish uchun foydalanadilar.
45. Oʻquv yili davomida oʻquvchilar ikki marta chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
46. Markaz oʻquvchilarni tibbiy taʼminlash maqsadida funksional tashxis va salomatlikni tiklash tadbirlari uchun salomatlikni tiklash markaziga, zarur bino va asbob-uskunalarga ega boʻladi.
47. Vazirlik hamda Markaz sportchilarning funksional tayyorgarligi holati yuzasidan tashxis qoʻyish, davolash-profilaktika tadbirlari va oʻquvchining salomatligini tiklash jarayonlarini maqbullashtirish, chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun Markazni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida tegishli apparatlar, zarur reaktivlar va dori vositalari bilan bepul taʼminlaydi.
8-bob. Markazni kiyim-bosh, sport anjomlari va inventarlar bilan taʼminlash
48. Vazirlik hamda Markaz oʻquvchilarni Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi uchun har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan kiyim-bosh, sport anjomlari va inventarlar bilan taʼminlaydi.
49. Markaz oʻquvchilarini kiyim-bosh, sport anjomlari va inventarlar bilan taʼminlash meʼyorlari Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
9-bob. Markaz faoliyatini moliyaviy va moddiy taʼminlash
50. Markaz faoliyatini moliyalashtirish:
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar mahalliy budjetlari mablagʻlari;
taʼlim xizmatlarini koʻrsatishdan, pedagogika, ishlab chiqarish hamda ularning ustavlarida belgilangan vazifalariga muvofiq boʻlgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
51. Markaz belgilangan tartibda tasdiqlangan va tegishli moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi va tasdiqlangan shtat birliklari asosida moliyalashtiriladi.
52. Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
53. Markazni tasdiqlangan taʼlim standartlariga muvofiq oʻquv qurollari, kompyuter texnikasi va laboratoriya anjomlari, sport anjomlari va inventarlari, imkoniyati cheklangan nogironligi boʻlgan oʻquvchilarni zarur sport hamda oʻquv qurollari bilan taʼminlash Vazirlik hamda Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
54. Markaz oʻquvchilarining Vazirlik tomonidan tasdiqlangan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilgan sport musobaqalari, oʻquv-yigʻin mashgʻulotlaridagi ishtiroki bilan bogʻliq xarajatlar (yoʻlkira, ovqatlanish, yotoqxona) Vazirlar Mahkamasining “Terma jamoalar hamda ularning zaxirasini sport musobaqalariga tayyorlashni, shuningdek ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 27-apreldagi 121-son qarorida belgilangan meʼyorlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar mahalliy budjetlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
55. Markaz oʻzining moliya-xoʻjalik faoliyatini budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida amalga oshiradi.
56. Markazning mablagʻlari, binolari, sport inshootlari va asbob-uskunalari uning mulki hisoblanadi va ulardan Markaz ustavida belgilangan vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi.
57. Markaz belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistik va buxgalteriya hisobotlarini yuritadi.
58. Markazda xoʻjalik va moliya intizomiga rioya etilishini nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
10-bob. Yakunlovchi qoida
59. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-son qaroriga 3-ILOVA
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga oʻquvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan oʻtkazish va ularning oʻqishini koʻchirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoida
1. Ushbu Nizom Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) oʻquvchi-sportchilarni qabul qilish, attestatsiyadan oʻtkazish va ularning oʻqishini boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirish tartibini belgilaydi.
2. Markazga oʻquvchi-sportchilarni qabul qilish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Markazga oʻquvchi-sportchilarni qabul qilish
3. Markazga faqat olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha oʻquvchi-sportchilar qabul qilinadilar, bundan milliy kurash hamda alohida Hukumat qarorlari bilan belgilangan sport turlari mustasno.
4. Oʻquvchi-sportchilar markazning Olimpiya maktablariga sportning olimpiya turlari boʻyicha 5-sinfga va paralimpiya turlari boʻyicha 10-sinfga qabul qilinadi.
Markazning 5-sinfiga sportning olimpiya turlari boʻyicha sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, sport klublari yoki boshqa taʼlim muassasalarida boshlangʻich tayyorgarlik bosqichidan oʻtgan oʻquvchi-sportchilar, 10-sinfiga paralimpiya turlari boʻyicha tanlov asosida qabul qilinadilar.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 275-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 09/25/275/0394-son)
Markazning professional taʼlim bosqichi 1-bosqichiga Markazning 11-sinf bitiruvchilari orasidan sport takomillashtirish bosqichining birinchi yil tayyorgarligidan oʻtgan, Oʻzbekiston sport ustaligiga nomzod razryadiga yoki Oʻzbekiston sport ustasi, Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi unvoniga ega boʻlgan oʻquvchi-sportchilar oʻquv yili attestatsiya yakuniga koʻra Markaz direktorining buyrugʻiga asosan (sportning oʻyin turlari bundan mustasno), shuningdek, umumtaʼlim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari orasidan sport takomillashtirish bosqichining birinchi yil tayyorgarligidan oʻtgan, Oʻzbekiston sport ustaligiga nomzod razryadiga Oʻzbekiston sport ustasi, Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi unvoniga ega boʻlgan iqtidorli sportchilar tanlov asosida Markaz direktorining buyrugʻiga asosan qabul qilinadilar, sportning oʻyin turlari bundan mustasno;
sportning oʻyin turlari boʻyicha Markazning professional taʼlim bosqichining 1-bosqichiga Markazning 11-sinf bitiruvchilari orasidan sport takomillashtirish bosqichining birinchi yil tayyorgarligidan oʻtgan, kamida birinchi sport razryadi ega boʻlgan oʻquvchi-sportchilar oʻquv yili attestatsiya yakuniga koʻra, shuningdek, umumtaʼlim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari orasidan sport takomillashtirish bosqichining birinchi yil tayyorgarligidan oʻtgan, kamida birinchi sport razryadi ega boʻlgan iqtidorli sportchilar tanlov asosida Markaz direktorining buyrugʻiga asosan qabul qilinadilar.
5. Paralimpiya sport turlari boʻyicha oʻquvchi-sportchilar Markazning professional taʼlim bosqichining 1-bosqichiga IPC (Xalqaro paralimpiya qoʻmitasi), IBSA (Xalqaro koʻzi ojizlar sporti federatsiyasi) tibbiy-funksional talablariga asosan Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi tavsiyasiga koʻra tanlov asosida qabul qilinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son)
6. Markazda sport turlari boʻyicha oʻquvchi-sportchilar kontingenti va qabul rejasi sport turining xususiyatidan (vazn toifasi, sportchilar soni, shu jumladan sportchi ayollar soni, jamoaviy sport turlari boʻyicha tegishli sport turida ishtirok etadigan sportchilar soni va boshqalar) kelib chiqib shakllantiriladi.
7. Markazga oʻquvchi-sportchilar qabulini samarali tashkil qilish maqsadida taʼlim muassasasida qabul komissiyasi tashkil etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan qabul komissiyasi raisi va masʼul kotibi tasdiqlanadi. Qabul komissiyasi aʼzolarining vazifalari qabul komissiyasi raisi tomonidan belgilanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
8. Hujjatlarni qabul qilish, kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkazish hamda kasbiy (ijodiy) imtihon natijalarini eʼlon qilish tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
9. Markazga oʻqishga kirish istagini bildirgan oʻquvchi-sportchilar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
oʻquvchining ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan Markaz direktori nomiga ariza;
tibbiy maʼlumotnomalar (F-026-u shakldagi maktab tibbiy anketasi, F-063-u shakldagi profilaktik emlash kartasi, F-086-u shakldagi tibbiy maʼlumotnoma, qon, siydik, gijja tuxumi tahlili, EKG, 14 yoshdan boshlab flyurografiya, turar joyidan bolalar vrachidan kechirgan kasalliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, yakka kurash turlari uchun umurtqa pogʻonasining koʻkrak va bel qismlarining ikki proyeksiyadagi rentgen rasmi hamda travmatolog xulosasi);
sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, sport klublari yoki boshqa sport taʼlim muassasalari tomonidan berilgan yoʻllanma;
sport razryadi yoki unvonini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi hamda sport razryadi yoki unvoni tasdiqlanganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma.
10. Paralimpiya sport turlari boʻyicha Markazga oʻqishga kirish istagini bildirgan oʻquvchi-sportchilar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan markaz direktori nomiga ariza va yozma roziligi;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son)
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasining tavsiyanomasi.
11. Hujjatlar qabul komissiyasiga oʻqishga kiruvchi tomonidan shaxsan taqdim etiladi.
12. Mazkur Nizomning 9 va 10-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar mavjud boʻlganda qabul komissiyasi oʻquvchi-sportchilarning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
3-bob. Kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish
13. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar ikki bosqichda: umumiy hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash asosida amalga oshiriladi.
14. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 100 ballik tizim boʻyicha baholanadi, umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun — 30 ball hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik uchun — 70 ball ajratiladi.
Markazga oʻqish istagini bildirgan oʻquvchi-sportchilar kirish imtihonlarining eng yuqori balidan kamida qirq foizini toʻplagan taqdirda, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Bunda Markazga kirish uchun eng past ball 40 ball etib belgilanadi.
15. Olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar meʼyorlari va baholash mezonlari Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
16. Vazirlik tomonidan oʻquvchi-sportchilarni qabul qilish uchun tashkil etilgan qabul komissiyasi ish faoliyatini nazorat qilib borish maqsadida, tegishli sport turlari boʻyicha trener va mutaxassislardan iborat boʻlgan ishchi guruh shakllantirilishi mumkin.
17. Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab imtihondan oʻtmagan oʻquvchi-sportchilarning hujjatlari ularning ota-onalariga yoki ularning oʻrnini bosuvchi boshqa shaxslarga qaytarib beriladi.
18. Sportning olimpiya va paralimpiya dasturlariga kiritilgan sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionati va kubogi gʻolib va sovrindorlari (1 — 3-oʻrinlar), Oʻzbekiston Respublikasining olimpiya sport turlari boʻyicha sport terma jamoalari aʼzoligiga hamda ularning zaxirasiga kirgan sportchilar markazning 5-sinfiga, shuningdek, paralimpiya sport turlari boʻyicha 10-sinfiga imtihon sinovlarisiz imtiyozli ravishda qabul qilinadilar.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni ushbu Nizomga muvofiq tashkil etish va adolatli oʻtkazish masʼuliyati, shu jumladan ularni video tasvirga olish qabul komissiyasi raisi, masʼul kotibi, uning oʻrinbosari, sport turi boʻyicha imtihon komissiyasi raisi va aʼzolari zimmasiga yuklanadi.
19. Qabul komissiyasi qarori asosida oʻquvchi-sportchilarni qabul qilish toʻgʻrisida Markaz direktori tomonidan buyruq qabul qilinadi va oʻquvchi-sportchilarning shaxsiy hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
20. Markazga oʻquvchi-sportchilarni qabul qilish jarayonini yoritish, shuningdek, oʻquvchi-sportchilar qabulining shaffof, oshkora va demokratik tamoyillar asosida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida onlayn videokuzatuv olib (yozib) boriladi, shuningdek, ommaviy axborot vositalari ham jalb qilinishi mumkin.
21. Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalaridan norozi boʻlgan shaxslar tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab uch kun muddatda Markazning qabul komissiyasiga yozma ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalaridan norozi boʻlgan fuqarolarning arizalarini koʻrib chiqish uchun uch nafar mutaxassislardan iborat apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Apellyatsiya komissiyasi uch kun muddatda arizani va imtihon hujjatlarini koʻrib chiqib, qabul komissiyasiga yozma hisobot topshiradi.
4-bob. Markazda sport turlari boʻyicha tahsil oluvchi oʻquvchi-sportchilarni attestatsiyadan oʻtkazish
22. Markaz oʻquvchi-sportchilarini oʻquv yili davomida ikki marta (qishki va yozgi) attestatsiyadan oʻtkazish orqali xolisona baho berish va ularni sinfdan-sinfga (kursdan-kursga) oʻtkazish hamda oʻtkazilgan attestatsiya natijasida qayd etilgan talablarga javob bermagan oʻquvchi-sportchilarni oʻqishdan chetlatish Markaz direktorining buyrugʻi asosida tuzilgan attestatsiya komissiyasi qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
23. Attestatsiya Markaz oʻquvchisining oʻquv yili davomidagi sport tayyorgarligi darajasining oʻsib borishini tahlil qilish, Vazirlikning sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga muvofiq oʻtkaziladigan sport musobaqalarida erishgan natijalari, oʻquv rejasida belgilangan fanlarni oʻzlashtirishi, oʻquvchi-sportchilar turar joyida tartib-intizom talablariga rioya etishi, jamoatchilik ishlarida qatnashganligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
24. Attestatsiya komissiyasi aʼzolari soni 7 yoki 9 kishini tashkil etadi. Bunda Markaz direktori — komissiya raisi, direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari — komissiya raisi oʻrinbosari hisoblanadi. Komissiyaning qolgan aʼzolari direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha, oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari, oʻquv boʻlimi mudiri, sinf rahbarlari, trenerlar, tibbiyot punkti mudiri, instruktor-metodistlar va sport psixologlaridan shakllantiriladi. Zarur hollarda attestatsiya komissiyasi tarkibiga sport-taʼlim muassasalari hamda sport turlari boʻyicha federatsiya (uyushma)lar mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
25. Sport turlari boʻyicha trenerlar attestatsiya boshlanishidan kamida oʻn kun oldin attestatsiyadan oʻtuvchilarning attestatsiyaga oid maʼlumotlari va hujjatlarini toʻplaydi hamda attestatsiya komissiyasiga taqdim etadi.
26. Attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiyadan oʻtuvchi oʻquvchi-sportchilarning quyidagi hujjatlari koʻrib chiqiladi:
yil (oʻquv yili) davomida erishgan natijalari;
yil boshidagi va attestatsiya oʻtkazilayotgan vaqtdagi sport razryadi yoki unvoni;
yil davomida qatnashgan musobaqalari soni va koʻrsatgan natijalari tahlili;
terma jamoaga aloqadorlik darajasi;
koʻrsatgan eng yaxshi natijasi;
trenerlar jamoasining tavsiyasi;
yil (oʻquv yili) davomida oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi;
yil (oʻquv yili) davomida oʻquvchi-sportchilar turar joyida ichki tartib-qoidalarga rioya etishi;
sogʻligʻi toʻgʻrisida shifokor xulosasi;
paralimpiya sport turlari boʻyicha taʼlim olayotgan oʻquvchi-sportchilarning IPC (Xalqaro paralimpiya qoʻmitasi), IBSA (Xalqaro koʻzi ojizlar sporti federatsiyasi) funksional-tibbiy sinflari talablariga mosligi.
27. Attestatsiyadan oʻtuvchi oʻquvchi-sportchilarning attestatsiya varaqasi hujjatlari boʻlim instruktor-metodisti hamda bosh trenerlar tomonidan Attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi. Attestatsiya komissiyasi hujjatlarni tahlil qilib, attestatsiyadan oʻtuvchining sport, maʼnaviy-maʼrifiy va oʻqish jarayonidagi faoliyatini tahlil qilish hamda baholash asosida maʼlumotnoma-attestatsiya varaqasini tayyorlaydi.
28. Attestatsiya varaqasi sport turlari boʻyicha bosh trener, oʻquvchining shaxsiy treneri, boʻlim instruktor-metodisti, boʻlim tarbiyachisi, sinf rahbari va shifokor tomonidan imzolanadi.
29. Attestatsiya natijalari boʻyicha attestatsiya komissiyaning qarori komissiya aʼzolari tomonidan ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
30. Attestatsiya komissiyasi qarori attestatsiya varagʻiga yoziladi va attestatsiyadan oʻtuvchiga toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan soʻng eʼlon qilinadi.
31. Attestatsiya natijalariga koʻra komissiya quyidagi xulosalardan birini qabul qiladi: “loyiq” yoki “noloyiq”.
Attestatsiya komissiyasi qarori bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi va ular asosida tegishli buyruqlar chiqariladi va oʻquvchiga Markaz tomonidan maʼlum qilinadi.
32. Attestatsiya oʻtkaziladigan oʻqish davrida oʻquv fanlaridan birini oʻzlashtira olmagan oʻquvchi-sportchiga nisbatan komissiya “noloyiq” deb xulosa qabul qilishi lozim.
33. Attestatsiyadan oʻtuvchi attestatsiyaga uzrli sabab (betobligi tufayli yoki yaqin qarindoshi vafot etgan hollarda) bilan kelmagan taqdirda, attestatsiyadan oʻtkazish boshqa muddatga koʻchiriladi.
34. Attestatsiyadan oʻtuvchi attestatsiyaga uzrli sabablarsiz kelmagan taqdirda, attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda oʻquvchi-sportchilar safidan chetlashtiriladi.
35. Attestatsiya yakunlariga koʻra oʻquvchi-sportchilar safidan chiqarilgan oʻquvchi-sportchilar oʻrnini toʻldirish sport turlari boʻyicha tasdiqlangan oʻquvchi-sportchilar kontingentidan chiqmagan holda, oʻquv yili davomida har chorak yakuni boʻyicha Markaz qabul komissiyasi tomonidan Vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
5-bob. Olimpiya sport turlari boʻyicha oʻquvchining oʻqishini Markazlardan boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirish va oʻqishdan chetlashtirish
36. Markazning 1-bosqichi oʻquvchi-sportchisining oʻqishini boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirish va 2-bosqichi oʻquvchi-sportchisini oʻqishdan chetlashtirish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
a) oʻz xohishiga koʻra (ota-onasining yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning yozma arizasi asosida);
b) attestatsiya komissiyasining qaroriga koʻra;
v) tibbiy nomuvofiqlik boʻlganda — shifokor xulosasiga koʻra;
d) paralimpiya sport turlari boʻyicha taʼlim olayotgan oʻquvchi-sportchilarning IPC (Xalqaro paralimpiya qoʻmitasi), IBSA (Xalqaro koʻzi ojizlar sporti federatsiyasi) funksional-tibbiy sinflari talablariga mos kelmaganda;
e) oʻquv intizomi va ichki tartib-qoidalarni buzganda, tegishli normativ talablarni topshirmaganda, sport natijasi pasayganda, shu jumladan sport odobi, sport tayyorgarligi rejimi buzilgan, taqiqlangan farmokologik, alkogolli va giyohvand vositalar qoʻllanilgan taqdirda-pedagogik kengashning qaroriga muvofiq.
Mazkur bandning “b”, “v” “g”, “d” va “e” kichik bandlarida koʻrsatilgan hollarda oʻquvchining oʻqishini boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirishda yoki uni oʻqishdan chetlashtirishda oʻquvchi yoki uning ota-onasining roziligi talab etilmaydi.
37. Oʻquvchi-sportchilar safidan chetlatilgan oʻquvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Markaz direktori tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab bir hafta muddatda tegishli Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalariga taqdim etiladi.
6-bob. Yakuniy qoidalar
38. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
39. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga oʻquvchi-sportchilarni qabul qilish, attestatsiyadan oʻtkazish va ularning oʻqishini koʻchirish tartibi toʻgʻrisida nizomga ILOVA
Markazga oʻquvchi-sportchilarni qabul qilish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Qabul komissiyasi
1. Markazga qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va kvotalari toʻgʻrisida OAVda eʼlon beradi.
2. Markazga qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va kvotalari toʻgʻrisida Markazning Internet jahon axborot tarmogʻidagi veb-saytida eʼlon qiladi.
Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 10 kun oldin
2-bosqich
Ariza beruvchi
(oʻquvchining ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)
Markazga ariza bilan murojaat qiladi va tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
Belgilangan muddatlarda
3-bosqich
Qabul komissiyasi
1. Kirish imtihonlarining 1-bosqichini (umumiy jismoniy tayyorgarlik) oʻtkazadi.
2. Kirish imtihonlarining 2-bosqichini (maxsus jismoniy tayyorgarlik) oʻtkazadi.
3. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 100 ballik tizim boʻyicha baholanadi, umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun — 30 ball hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik uchun — 70 ball ajratiladi.
4. Markazga oʻqish kirish imtihonlarining eng yuqori balidan kamida qirq foizini toʻplagan taqdirda, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Tasdiqlangan jadval asosida
4-bosqich
Markaz direktori
Qabul komissiyasi qarori asosida oʻquvchi-sportchilarni Markazga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq qabul qiladi va oʻquvchi-sportchilarning shaxsiy hujjatlarini rasmiylashtiriladi.
Kirish imtihonlari tugagandan soʻng 3 kun muddatda
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-son qaroriga 4-ILOVA
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining professional taʼlim bosqichi bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) olimpiya va paralimpiya kollejlari (keyingi oʻrinlarda — kollej) bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
yakuniy davlat attestatsiyasi — bitiruvchilarning bilim, malaka va ulardan foydalanish koʻnikmasi darajasini davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash orqali bitiruvchilarga kichik mutaxassis malaka darajasi va ularga kollejni tugatganligi toʻgʻrisida diplom berish masalasini hal etuvchi taʼlim sifatini nazorat qilishning turi;
yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi (komissiya) — tegishli mutaxassisliklar va kasblar boʻyicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish uchun kollej xodimlari, shuningdek, Oliy sport mahorati instituti, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallariga hamda oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport faoliyati yoʻnalishlari, ish beruvchi tashkilotlar rahbarlari bilan kelishilgan holda ushbu tashkilotlarning vakillaridan iborat komissiya;
yakuniy davlat attestatsiya sinovlari (attestatsiya sinovlari) — kollejning oʻquv rejasidagi mutaxassislik va maxsus fanlarning majmui.
3. Quyidagilar yakuniy davlat attestatsiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
bitiruvchilarning tegishli fanlar boʻyicha bilim va ulardan foydalanish koʻnikmasi darajasini Davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash;
olingan bilimlarni amaliyotga qoʻllash koʻnikmalarini va kasbiy malakalarni shakllanganlik darajasini aniqlash.
4. Attestatsiya yakuni boʻyicha bitiruvchiga Markazni tugatganligi toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.
2-bob. Komissiyani shakllantirish tartibi
5. Komissiya aʼzolari tarkibi kamida 5 kishidan iborat boʻlib, uning uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda komissiya vakolatli hisoblanadi.
Komissiya aʼzolari tarkibiga ish beruvchi tashkilotlar, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) vakillari jalb qilinadi.
Markaz direktori komissiya tarkibini shakllantirish jarayonida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish yoki uni bartaraf etish yuzasidan oʻz vaqtida choralar koʻrishi shart.
6. Komissiya raisi yakuniy davlat attestatsiya boshlanishidan kamida bir oy oldin Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining, komissiya aʼzolari esa Markaz direktorining buyrugʻi bilan ikki hafta oldin tayinlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
7. Komissiya raisi Markazda ishlamayotgan mutaxassislardan boʻlishi lozim. Bir shaxs ketma-ket bir Markazda ikki martadan ortiq komissiya raisi boʻlishi mumkin emas.
8. Komissiya aʼzosi kollej bitiruvchilariga oʻzaro yaqin qarindosh, basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita boʻysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan boʻlsa, shuningdek, manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Komissiya oʻz faoliyatini mazkur Nizom va bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasi hamda taʼlim mazmuniga qoʻyilgan Davlat taʼlim standartlari talablarini bajarishga yoʻnaltirilgan boshqa qonunchilik hujjatlariga tayangan holda olib boradi.
10. Yakuniy davlat attestatsiyasida fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va ota-onalar vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
11. Komissiya har yili yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish davridan boshlab keyingi oʻquv yili boshlangunga qadar faoliyat koʻrsatadi.
12. Markaz direktori va uning oʻrinbosarlari yakuniy davlat attestatsiyasini oʻz vaqtida sifatli oʻtkazishga hamda komissiyaning ishlashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga masʼul hisoblanadi.
3-bob. Yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish
13. Yakuniy davlat attestatsiyasi ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
14. Yakuniy davlat attestatsiyasiga tegishli oʻquv rejasi va fan dasturlarini toʻliq tugatgan va oʻquv rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchilar qoʻyiladi.
15. Yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini topshirishga tavsiya etiladigan fanlar roʻyxati oʻquv rejasida belgilangan fanlardan oʻtkaziladi.
Mutaxassislik boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining tarkibiy qismlari va ularni oʻtkazish muddatlari oʻquv rejasida belgilanadi.
16. Yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish jadvali Markaz direktori tomonidan, qoida tariqasida, yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan kamida oʻn besh kun oldin tasdiqlanadi.
17. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining namunaviy savol va topshiriqlari mazmuni, hajmi va murakkablik darajasi tegishli fanning Davlat taʼlim standartiga muvofiq oʻquv dasturida nazarda tutilgan materiallarning bitiruvchilar tomonidan oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart.
18. Yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini oʻtkazish shakli toʻgʻrisidagi maʼlumot yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan olti oy oldin bitiruvchilar eʼtiboriga yetkaziladi. Bitiruvchilarga tayyorgarlik koʻrish hamda maslahatlar berish uchun zarur boʻlgan barcha sharoitlar yaratiladi.
19. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari yozma, test yoki ogʻzaki usulda tashkil etiladi va ushbu tartib taʼlim muassasasi pedagogika kengashi qarori asosida belgilanadi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan uch oy oldin bitiruvchilar eʼtiboriga yetkaziladi. Bitiruvchilar sinov oʻtkaziladigan fanlar dasturlari bilan taʼminlanadilar, ularga tayyorgarlik koʻrish va maslahatlar berish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
20. Yakuniy davlat attestatsiya sinovlarining savollari oʻquv dasturlar mazmunini toʻliq qamrab olgan holda Markazning tegishli uslubiy birlashmalari tomonidan shakllantiriladi. Savollar attestatsiya sinovlaridan bir oy oldin pedagogika kengashiga taqdim etiladi. Pedagogika kengashi tomonidan savollar uch ish kuni davomida koʻrib chiqiladi va tegishli xulosalar beriladi.
21. Yakuniy davlat attestatsiya sinovlarining savollari fan dasturlari doirasida tuzilishi hamda yakuniy davlat attestatsiya boshlanishidan kamida ikki hafta oldin bitiruvchilarning eʼtiboriga yetkazilishi lozim.
22. Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari tegishli uslubiy birlashmalar bilan birgalikda bitiruvchilar sonidan kelib chiqib har bir varianti 25 ta savoldan iborat, toʻrt variantli test nazorati savollari variantlarini tuzadi va ularning oshkor etilmasligini taʼminlaydi.
23. Yakuniy davlat attestatsiyasi yuqori darajada ochiqlik va shaffof tarzda oʻtkaziladi, yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlari toʻliq videotasvirga yozib olinadi.
24. Yakuniy davlat attestatsiyasiga mobil aloqa vositasi, kompyuter yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitoblar, lugʻat, shpargalkalar va boshqa materiallar olib kirgan, shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida ulardan foydalangan bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi.
Belgilangan tartibni buzgan bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasidan chetlashtiriladi hamda komissiya aʼzolari tomonidan yakuniy davlat attestatsiyasidan chetlashtirish boʻyicha ushbu Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan shaklda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
25. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari ballar qoʻyish yoʻli bilan 100 ballik tizimda baholanadi. Komissiya tomonidan attestatsiya sinovlari natijalariga koʻra topshiriqlarning 86 — 100 foizi toʻgʻri bajarilgan boʻlsa “aʼlo”, 71 — 85 foizi toʻgʻri bajarilsa “yaxshi”, 56 — 70 foizi toʻgʻri bajarilsa “qoniqarli” baholanadi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari boʻyicha bitiruvchi 55 va undan kam ball toʻplagan hollarda “qoniqarsiz” baholangan deb hisoblanadi.
26. Komissiyaning qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan, yigʻilishda ishtirok etuvchilarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan holda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
27. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari shu kunning oʻzida eʼlon qilinadi va komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadigan, komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan yigʻilish bayonnomasida qayd etiladi.
28. Oʻquvchi attestatsiya sinovlarining barchasidan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng unga tegishli kasbni egallaganligi, Markazni tamomlaganligi va professional maʼlumot toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.
Oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishda oʻquv rejasidagi barcha fanlarning kamida 4/5 qismi boʻyicha 86 ball va undan yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga erishgan, (boshqa fanlar boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 71 balldan kam boʻlmagan), shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining har biri boʻyicha kamida 86 ball oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga ega boʻlgan oʻquvchilarga “imtiyozli” diplom beriladi.
Olimpiya va Paralimpiya kollejlari bitiruvchilari sport natijalari (qoida tariqasida, aʼlo va yaxshi baholarga ega boʻlgan iqtidorli oʻquvchi-sportchilar orasidan) asosida Oliy sport mahorati institutiga qabul qilinadi.
29. Yakuniy davlat attestatsiya sinovlarining biridan “qoniqarsiz” baholangan yoki uzrli sabablarga koʻra attestatsiya sinovlarida ishtirok etmagan bitiruvchi boshqa attestatsiya sinovlarini topshirish huquqidan mahrum etilmaydi.
30. Uzrli sabablarga koʻra yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarida qatnasha olmagan bitiruvchilar Markaz direktorining buyrugʻi bilan komissiya ishi yakunlanishiga qadar boshqa muddatlarda oʻtkaziladigan attestatsiya sinovlariga kiritiladi.
Bitiruvchining yaqin qarindoshlaridan birining (bobo-buvisi, ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi) vafot etishi, Vazirlikning Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga muvofiq tashkil etilgan respublika va xalqaro miqyosdagi rasmiy sport musobaqalari va tadbirlari, shuningdek, oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarida ishtirok etishi munosabati bilan, shuningdek, sogʻligʻi tufayli tegishli tibbiy koʻrsatmaga asosan attestatsiyaga qatnasha olmasligi uzrli sabablar sifatida tan olinadi.
Sport musobaqalariga ishtirok etishi rejalashtirilgan bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini muddatidan oldin topshirishlariga ruxsat beriladi.
31. Kollejning belgilangan davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻqishning taʼlim dasturini bajargan, biroq yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etmagan yoki unda “qoniqarsiz” baholangan bitiruvchilar oʻqish muddati tugagandan soʻng, uch oʻquv yili davomida bir marta yakuniy davlat attestatsiyasini qayta topshirish huquqiga ega.
Muddatli harbiy xizmatda boʻlgan vaqt, 3 yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash uchun beriladigan taʼtil vaqti mazkur uch yillik muddatga kirmaydi.
32. Yakuniy davlat attestatsiyasini qayta topshirish muddatida sinovlardan oʻta olmagan yoki yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini qayta topshirish uchun murojaat qilmagan shaxsga akademik maʼlumotnoma beriladi.
4-bob. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalarini apellyatsiya tartibida koʻrib chiqish
33. Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida qoʻyilgan balldan norozi boʻlgan bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishi mumkin.
34. Yakuniy davlat attestatsiyasida olgan baliga eʼtiroz bildirgan bitiruvchilarning arizalarini koʻrib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Apellyatsiya komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyasining qarori koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
35. Apellyatsiya komissiyasi attestatsiya sinovlarida bitiruvchi bergan javoblarni aks etgan videotasvirlarni qayta koʻrish orqali qayta tekshiruvdan oʻtkazadi. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan bitiruvchini qayta baholashga qaratilgan savollar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bitiruvchining arizasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
qoʻyilgan ballarni oʻzgarishsiz qoldirish;
qoʻyilgan ballarni oʻzgartirish.
Bitiruvchining apellyatsiya shikoyatini koʻrishda uning ilgari olgan balini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
36. Apellyatsiya komissiyasi oʻz xulosasini bitiruvchiga shu kunning oʻzida maʼlum qiladi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
37. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
38. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining Olimpiya va Paralimpiya kollejlari bitiruvchilarini oʻrta maxsus professional bosqichida yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
Markazda yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish ishlarini tashkil etish
1. Komissiya aʼzolarini buyruq asosida tayinlaydi.
Attestatsiya boshlanishidan kamida 2 hafta oldin
2. Yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish jadvalini tasdiqlaydi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan kamida 15 kun oldin
3-bosqich
Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi
1. Yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini oʻtkazish shakli toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bitiruvchilarga yetkazadi.
2. Bitiruvchilarga tayyorgarlik koʻrish hamda maslahatlar berish uchun zarur boʻlgan barcha sharoitlarni yaratadi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan 6 oy oldin
4-bosqich
Markaz pedagogika kengashi
1. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini yozma, test yoki ogʻzaki usulda tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Tartibni bitiruvchilar eʼtiboriga yetkazadi.
3. Bitiruvchilarni sinov oʻtkaziladigan fanlar dasturlari bilan taʼminlaydi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan 3 oy oldin
5-bosqich
Markazning tegishli uslubiy birlashmalari
1. Yakuniy davlat attestatsiya sinovlarining savollarini shakllantiradi.
2. Savollarni pedagogika kengashiga taqdim etiladi
Attestatsiya sinovlaridan 1 oy oldin
6-bosqich
Markaz pedagogika kengashi
1. Yakuniy davlat attestatsiya sinovlarining savollarni koʻrib chiqish va tegishli xulosalar beriladi
3 ish kuni davomida
2. Yakuniy davlat attestatsiya sinovlarining savollarini bitiruvchilarning eʼtiboriga yetkaziladi.
Yakuniy davlat attestatsiya boshlanishidan kamida 2 hafta oldin
7-bosqich
Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi
1. Yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazadi.
Tasdiqlangan jadval asosida
2. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalarini bayonnoma bilan tasdiqlaydi va eʼlon qiladi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi tugagan kunning oʻzida
8-bosqich
Markaz direktori
Oʻquvchi attestatsiya sinovlarining barchasidan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng unga tegishli kasbni egallaganligi, Markazni tamomlaganligi va professional maʼlumot toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.
Yakuniy attestatsiya sinovlarining barchasidan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining Olimpiya va Paralimpiya kollejlari bitiruvchilarini oʻrta maxsus professional bosqichida yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Oʻquvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning _____ bandi talablari buzilgan.
1. Komissiya raisi
_________________
___________
(F.I.Sh)
(imzo)
2. Komissiya aʼzosi
_________________
___________
(F.I.Sh)
(imzo)
3. Komissiya aʼzosi
_________________
___________
(F.I.Sh)
(imzo)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-son qaroriga 5-ILOVA
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari oʻquvchi-sportchilari uchun sutkalik oziq-ovqat
Quruq mevalar, shu jumladan namatak 0,5 gr, bargak
50
21.
Choy
3
22.
Kakao
5
23.
Yodlangan tuz
10
24.
Xamirturush
1
25.
Mineral gazsiz suv
500
26.
Bugʻdoy maysalari kukuni
3
Oqsillar
231,8
Yogʻlar
228,8
Uglevodlar
957,9
Kaloriyasi
6693,8
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-son qaroriga 6-ILOVA
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlar jadvali
Kiyim va choyshablarni taʼmirlash boʻyicha tikuvchi
1
39.
Bino va inshootlarni tashkil etish, ekspluatatsiya qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha muhandis
1
40.
Kutubxonachi
2
41.
Raqamlashtirishni joriy qilish boʻyicha mutaxassis
1
Izoh.
* sport psixologlaridan bir nafari paralimpiya boʻlimi oʻquvchi-sportchilari uchun ajratiladi;
** Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining mavjud (8 ta instruktor-metodist va 3 ta buxgalter) shtat birliklari saqlab qolinadi;
*** ushbu lavozimlar autsorsing xizmatiga oʻtganda kiritilmaydi.
1. Ot sporti turi mavjud boʻlgan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining qoʻshimcha shtat birligi Sport vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
2. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida tibbiy xodimlar shtat birliklari doirasida sport farmakologi lavozimi kiritilishi mumkin.
3. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari uchun alohida lavozimlar kiritish normalari ushbu namunaviy shtatlar ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi”;
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 275-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 09/25/275/0394-son)
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlar jadvaliga ILOVA
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari uchun alohida lavozimlarni kiritish
NORMALARI
1-bob. Umumiy qoida
1. Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markaz) boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarida nazarda tutilmagan Markazning boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining alohida lavozimlari mazkur meʼyorlarga muvofiq kiritiladi.
2-bob. Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida alohida lavozimlarni kiritish meʼyorlari
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 275-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 09/25/275/0394-son)
3. Markazning lingafon, kompyuter va oʻquv-texnika jihozlari oʻrnatilgan xonalariga xizmat koʻrsatish uchun — 1,0 birlik lingafon, kompyuter va oʻquv-texnika jihozlariga xizmat koʻrsatuvchi texnik lavozimi kiritiladi.
4. Markazning garderob xonasidagi mavjud 250 ta va undan ortiq jihozlangan kiyim saqlash joylari uchun — 1,0 birlik garderobchi (kiyim saqlovchi) lavozimi mavsumiy 5 oyga kiritiladi.
5. Markazning 2 500 kv.m va undan ortiq qoplama toʻshalgan (asfalt, beton, bruschatka) maydonini supurish uchun — 1,0 birlik hovli supuruvchi lavozimi kiritiladi. Qoplama toʻshalgan maydonning keyingi har 2 500 kv.m uchun 1,0 birlikdan hovli supuruvchi lavozimi kiritiladi.
6. Markazning mevali bogʻ, gulzor va koʻkalamzorlashtirilgan 0,5 ga.dan 2,0 ga.gacha maydoni uchun — 1,0 birlik, keyingi har 2,0 ga. maydon uchun — 1,0 birlik bogʻbon lavozimi kiritiladi. Ijaraga berilgan maydon bundan mustasno.
7. Markazni kecha-kunduz qoʻriqlash uchun dam olish va bayram kunlari hamda taʼtil davrida har bir oʻrin almashish ish vaqti hisobga olingan holda har bir kirish darvoza postiga 4,0 birlik qorovul lavozimi kiritiladi. Bunda, Markaz hududidan tashqarida joylashgan binolarning ham har bir darvoza posti uchun alohida 4,0 birlik qorovul lavozimi kiritiladi.
Markazni kecha-kunduz qoʻriqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4997-son qaroriga muvofiq shartnoma asosida qoʻriqlash xizmatlaridan foydalanish mumkin.
8. Har bir alohida bino, shu jumladan oʻquvchilar turar joyi, sport inshootlari, futbol stadioni uchun — alohida komendant 1,0 birlik shtat lavozimi kiritiladi (ochiq sport maydonlari bundan mustasno).
9. Bino, inshootlar va jihozlarni joriy taʼmirlovchi va xizmat koʻrsatuvchi:
elektromontyor lavozimi 700 tagacha yoritish nuqtalari (viklyuchatel, rozetka va korobka) (taʼlim muassasasi balansida boʻlgan koʻcha yoritish nuqtalari ham hisoblanadi) uchun — 0,5 birlik, har 700 ta yoritish nuqtalari uchun — 1,0 birlik (biroq taʼlim muassasasida 3,0 birlikdan ortiq boʻlmagan holda);
chilangar (santexnik) lavozimi — suv quvurlari, kanalizatsiya va issiqlik quvvati bilan jihozlangan har 2 800 kv.m. maydon uchun — 1,0 birlik (biroq taʼlim muassasasida 3,0 birlikdan ortiq boʻlmagan holda);
duradgor lavozimi — Markaz binosining foydalaniladigan 3 500 kv.m. va undan ortiq maydoni uchun — 1,0 birlik (taʼlim muassasasida 3,0 birlikdan ortiq boʻlmagan holda) kiritiladi.
Markaz balansidagi binolarning ekspluatatsiya ishlari ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilganda, inshootlar va jihozlarni joriy taʼmirlovchi va xizmat koʻrsatuvchi ishchilar lavozimlari kiritilmaydi.
10. Binolarning ichki qismi, shu jumladan xizmat xonalari, yoʻlaklar, zinapoyalar, majlislar zali va sport zali hamda oʻquv-auditoriya (yotoqxonaning oʻquvchilar yotadigan xonalari bundan mustasno) maydonini tozalovchi farrosh lavozimi har 700 kv.m tozalash maydoni uchun — 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda kiritiladi.
11. Binolarning ichki qismidagi, sport zallaridagi hojatxona va choʻmilish xonalarini tozalovchi farrosh lavozimi har 50 kv.m tozalash maydoni uchun — 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda kiritiladi.
12. Uy-joy kommunal xoʻjalik tizimiga oʻtkazilmagan Markazlarda isitish mavsumida (5 oy) oʻt yoquvchi lavozimi:
lokal isitish tizimida koʻmir, torf, mazut va hokazolar bilan isitiladigan har bir qozonxonaga har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun — 2,0 birlikdan, tabiiy gaz yoqilgʻisi bilan ishlaydigan har bir qozonxonalarda (qozonxona hajmidan qatʼiy nazar) kecha va kunduz dam olish, bayram kunlari hamda taʼtil davrida har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birlikdan (bunda har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birligi yil davomida saqlanadi);
alohida kichik qozonlar bilan isitiladigan har bir alohida manzilda joylashgan binolar majmuasiga har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun qozonlar soni 6 tagacha boʻlsa — 1,0 birlikdan, 6 va undan ortiq boʻlsa — 2,0 birlikdan (bunda har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birligi yil davomida saqlanadi);
isitish pechlari orqali isitiladigan muassasalarda har 10 ta pech uchun — 1,0 birlikdan va keyingi har 5 — 9 ta pech uchun qoʻshimcha 0,5 birlikdan (lekin muassasa uchun 0,5 birlikdan kam boʻlmagan holda) kiritiladi.
13. Tarbiyachi lavozimi dam olish va bayram kunlarida har bir oʻrin almashish ish vaqti hisobga olingan holda har 25 nafar oʻquvchilarga 1,0 birlik hisobidan kiritiladi.
14. Jismoniy imkoniyati cheklangan, nogironligi boʻlgan oʻquvchi-sportchilarni doimiy kuzatib yurish maqsadida 12 nafar paralimpiya oʻquvchi-sportchilari uchun ish vaqti hisobga olingan holda 1,0 birlik hisobidan tarbiyachi lavozimi kiritiladi.
15. Markazning har bir alohida joylashgan oʻquvchilar turar joyi uchun ularning har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birlik (biroq 4,0 birlik oʻrin almashish ish vaqtidan ortiq boʻlmagan holda) oʻquvchilar turar joyining navbatchi tarbiyachisi lavozimi kiritiladi.
16. Markazning oʻquvchilar turar joyida 300 nafar va undan ortiq oʻquvchilar istiqomat qilayotgan boʻlsa — 0,5 birlik pasportchi lavozimi kiritiladi.
17. Xoʻjalik bekasi lavozimi Markaz oʻquvchilar turar joyida yashovchi oʻquvchilar soni 150 nafardan 300 nafargacha boʻlsa — 1,0 birlik, 300 nafardan ortiq boʻlsa — 2,0 birlik shtat kiritiladi.
18. Huquqiy-meʼyoriy hujjatlarga muvofiq yengil xizmat avtomashinalari cheklangan sonidan (limitidan) kelib chiqib, soz holatdagi har bir avtotransport vositasi uchun — 1,0 birlik haydovchi lavozimi kiritiladi.
19. Markaz balansiga kiritilgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” musobaqasida va boshqa sport tadbirlarida gʻolib boʻlganlik uchun berilgan transport vositalari uchun taʼlim muassasasining xarajatlar smetasida yoqilgʻi-moylash materiallari uchun mablagʻlar rejalashtirilib, 1,0 birlik haydovchi lavozimi kiritiladi. Taʼlim muassasasi rahbari uchun xizmat avtomashinasi sifatida foydalanilayotgan transport vositalari bundan mustasno.
20. Markaz oʻquvchilarining turli xil tadbirlarda xavfsiz qatnashishini taʼminlash uchun moʻljallangan maxsus avtotransport (avtobus) vositasi mavjud boʻlsa, ularning har biri uchun alohida 1,0 birlik avtobus haydovchisi lavozimi kiritiladi.
21. Sport inshootlari, yopiq va ochiq suv havzasi hamda basseynlari mavjud boʻlgan Markazda 1,0 birlikdan har biriga alohida suvdan qutqaruvchi, taʼmirlovchi va tozalovchi lavozimlari kiritiladi.
22. Yopiq va ochiq suv havzasida suv inshootlari nasos stansiyasi operatorlari hamda basseynlari mavjud boʻlgan 1,0 birlikdan operator kecha-kunduz ishlash uchun dam olish va bayram kunlari hamda taʼtil davrida har bir oʻrin almashish ish vaqti hisobga olingan holda har bir alohida bino, inshootlar uchun 4,0 birlik operator lavozimi kiritiladi.
23. Yopiq va ochiq suv havzasida suv inshootlariga alohida xlor bilan ishlov beruvchi 1,0 birlik shtat lavozimi kiritiladi.
24. Markaz tibbiyot punkti uchun har bir oʻrin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birlikdan tibbiyot punktining navbatchi hamshirasi lavozimi kiritiladi.
25. Futbol, kamondan otish maydoni mavjud boʻlgan Markazda har bir alohida joylashgan futbol maydoni, kamondan otish maydonini taʼmirlovchi va tozalovchi uchun — alohida 1,0 birlik shtat birligi kiritiladi.
26. Markazning balansidagi mavjud soz holatdagi traktor texnikasi uchun — 1,0 birlik texnikani boshqarish traktorist lavozimi kiritiladi.
27. Har bir alohida joylashgan sport inshootlari va sport maydonlari uchun tozalovchi, taʼmirlovchi 1,0 birlik shtat birligi lavozimi kiritiladi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
28. Ushbu meʼyorlar asosida tuziladigan shtatlar jadvalini roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim qilishda, unga Markazning asosiy ishlab chiqarish koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (oʻquvchilar kontingenti, binolar soni, maydonlar hajmi, filiallar (agar mavjud boʻlsa) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar) muassasa rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan holda ilova qilinadi.
29. Shtatlar jadvaliga boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarning kiritilishining toʻgʻriligi hamda asoslanganligi yuzasidan javobgarlik ushbu taʼlim muassasa rahbari va bosh hisobchisi zimmasiga yuklanadi.
30. Shtatlar jadvalini tuzishda kalendar yilning 1-yanvar holatidagi roʻyxatida mavjud boʻlgan oʻquvchilar soni hisobga olinadi hamda oʻquvchilar soni oʻzgarishiga koʻra oʻquv yilining 1-sentabr holati boʻyicha qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-son qaroriga 7-ILOVA
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining ayrim xodimlari mehnatiga haq toʻlash meʼyorlari va tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markaz) direktorlari, direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari (keyingi oʻrinlarda — direktor oʻrinbosarlari), trenerlari, shuningdek, tibbiyot boʻlimi xodimlari, katta instruktor-metodist, instruktor-metodistlar va sport psixologlari (keyingi oʻrinlarda — markazning ayrim xodimlari) mehnatiga haq toʻlash shartlari va tartibini belgilaydi.
2. Markazning:
direktor, direktor oʻrinbosarlari, professional taʼlim boʻgʻini fan oʻqituvchilari va boshqa xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi xodimlari ish haqi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qaroriga, umumiy oʻrta taʼlimning tayanch taʼlimi boʻgʻini fan oʻqituvchilarining mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori hamda “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
direktor, direktor oʻrinbosarlari, harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari va kutubxonachining bazaviy tarif stavkalari professional taʼlim muassasalarining tegishli xodimlari bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi;
tibbiyot boʻlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga muvofiq belgilanadi;
trenerlar, instruktor-metodist, sport psixologlarining bazaviy tarif stavkasi miqdorlari mazkur Nizomga ilovaga muvofiq belgilanadi.
boshqa toifadagi xodimlarning mehnatiga haq toʻlash, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqini oshirish toʻgʻrisidagi farmonlariga muvofiq bazaviy tarif stavkalari oʻzgargan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan trenerlar, instruktor-metodist, sport psixologi va oʻquv boʻlimi mudirlarining bazaviy tarif stavkalarini oʻzgartirish toʻgʻrisida qoʻshma buyruq qabul qilinadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
3. Direktor, direktor oʻrinbosarlari, trenerlar hamda Markazning ayrim xodimlarining ish haqi bazaviy tarif stavkasi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va mazkur Nizomda belgilangan meʼyorlar asosida ustama va qoʻshimchalardan tashkil topadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 18-maydagi PQ-5114-son qaroriga muvofiq davlat sport taʼlim muassasalarida paralimpiya sport turlari boʻyicha trenerning lavozim maoshini hisoblashda bazaviy tarif stavkalari bir yarim baravar miqdorida qoʻllaniladi.
2-bob. Markaz xodimlariga ustamalar belgilash
5. Direktor, direktor oʻrinbosarlari, trenerlar va Markazning ayrim xodimlari mehnatiga ustamalar olimpiya, paralimpiya, milliy va boshqa sport turlaridan (keyingi oʻrinlarda — sport turlari) yuqori sport natijalariga erishgan oʻquvchi-sportchiga nisbatan quyidagi foizlarda belgilanadi:
Oʻquvchi-sportchini tayyorlashda bevosita qatnashgan xodimlarga bir nafar oʻquvchi-sportchi uchun ustama haq miqdori, bazaviy tarif stavkasiga nisbatan foizlarda
Direktorga
Direktor oʻrinbosarlari, katta instruktor-metodist, instruktor-metodistlarga
Tibbiyot boʻlimi xodimlari va sport psixologlariga
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari, sport turlaridan jahon chempionatlari va kuboklari sovrindori (I — III oʻrinlar)
10
8
7
Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, sport turlaridan Osiyo chempionatlari va kuboklari sovrindori (I — III oʻrinlar)
7
6
6
Sport turlaridan Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindori (I — III oʻrinlar)
6
5
4
Sport turlaridan barcha yoshlar toifasidagi Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy tarkibi
5
4
3
Sport turlari boʻyicha barcha yoshlar toifasidagi Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari zaxira tarkibi
3
3
2
6. Direktor, direktor oʻrinbosarlari, Markazning ayrim xodimlari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasiga qoʻshimcha Markaz oʻquvchi-sportchilari tomonidan erishilgan sport natijalarini hisoblagan holda 300 foizgacha har oylik ustama haq belgilanadi.
7. Oʻquvchi-sportchi bir vaqtning oʻzida turli sport natijalariga erishgan taqdirda, unga nisbatan foiz belgilashda eng yuqori daraja hisobga olinadi.
8. Mazkur Nizomning 5 va 6-bandlarida nazarda tutilgan direktor, direktor oʻrinbosarlari, trenerlar va Markaz ayrim xodimlari mehnatiga haq toʻlashdagi har oylik ustamalar direktor huzuridagi kollegial organ hisoblangan Trenerlar kengashining qaroriga asosan direktorning buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
9. Lavozimga tayinlangan yoki ishga qabul qilinganda ustama haq belgilanadigan direktor, direktor oʻrinbosarlari, trenerlar va Markaz ayrim xodimlarining oʻquvchi-sportchilarni tayyorlashda hissasi boʻlmagan taqdirda, birinchi moliya yili uchun terma jamoaning asosiy va zaxira tarkibiga kiritilgan oʻquvchi-sportchilar hamda sport tayyorgarlik bosqichiga mos ravishda 20-bandning ikkinchi xatboshisiga, paralimpiya sport turlari boʻyicha trenerlar uchun 22-bandning ikkinchi xatboshisiga muvofiq ustama belgilanadi.
10. Ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan ustamalar oʻquv va kalendar yili uchun trenerlar tarifikatsiyasi hamda xodimlar shtatlar jadvalida oʻquvchi-sportchilarning oldingi yilda erishgan sport natijalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Yil davomida ustamalar miqdorining oʻzgartirilishi tasdiqlangan ish haqi fondi mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi. Bunda, ish haqi fondi boʻyicha qoʻshimcha mablagʻ talab etiladigan holatlarda belgilangan tartibda ish haqqi fondiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
11. Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon chempionatlari va kuboklari, Osiyo va Paraosiyo chempionatlari va kuboklarida sovrinli oʻrinlarni (1 — 3 oʻrinlar) egallagan oʻquvchi-sportchilarning trenerlariga sport vazirining buyrugʻiga asosan besh yuz foizigacha miqdorda har oylik ustama belgilanishi mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
12. Direktor, direktor oʻrinbosari, Markazning ayrim xodimlari va trenerlariga ustamalar:
Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari va kuboklari, paralimpiya sport turlari boʻyicha jahon va Osiyo chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun — koʻrsatib oʻtilgan sport musobaqalarida oʻquvchi-sportchilar tomonidan tegishli natijaga (1 — 3 oʻrinlar) erishilgan vaqtdan boshlab ushbu darajadagi keyingi xalqaro musobaqalar (keyingi Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari va kuboklari, paralimpiya sport turlari boʻyicha jahon va Osiyo chempionatlari va kuboklari) oʻtkazilgunga qadar saqlab qolinadi;
Oʻzbekiston chempionatlari va kuboklari, paralimpiya sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun — koʻrsatib oʻtilgan sport musobaqalarida oʻquvchi-sportchi tomonidan tegishli natijaga (1 — 3 oʻrinlar) erishilgan vaqtdan boshlab ushbu darajadagi musobaqalar oʻtkazilgunga qadar biroq bir yildan koʻp boʻlmagan muddatga saqlanib qoladi;
oʻquvchi-sportchi sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi terma jamoasining asosiy va zaxira tarkibiga kiritilgan oyning birinchi sanasidan eʼtiboran belgilanadi va oʻquvchi-sportchining jamoa tarkibida boʻladigan butun davrida saqlab qolinadi.
13. Markazning ayrim xodimlariga oʻquvchi-sportchining sportdagi natijalari uchun ustamalarni toʻlash oʻquvchi-sportchining Markaz tarkibidan rasman chiqib ketish sanasidan keyingi oyning boshidan eʼtiboran toʻxtatiladi.
3-bob. Markazda sport tayyorgarlik bosqichlari, oʻquv-sport guruhlari, unga qoʻyilgan talablar va trenerlarning ish hajmini hisoblash
14. Sport turlari tayyorgarlik bosqichlari quyidagilardan iborat:
oʻquv-mashq bosqichi — bu bosqichda sportning tanlangan turi boʻyicha bir yildan kam boʻlmagan tegishli tayyorgarlikdan oʻtgan oʻquvchi-sportchilardan guruhlar shakllantiriladi. Bu bosqichda keyingi oʻquv yillariga oʻtkazish oʻquvchi-sportchilar tomonidan sport razryadining bajarilganligi bilan amalga oshiriladi;
sport takomillashtirish bosqichi — ushbu bosqichda oʻquv-mashq bosqichidan oʻtgan, sport razryadi talablarini bajargan oʻquvchi-sportchilardan guruhlar shakllantiriladi. Bu bosqichda keyingi oʻquv yillariga oʻtkazish sport koʻrsatkichlari dinamikasining ijobiy oʻsishi sharti bilan amalga oshiriladi;
oliy sport mahorati bosqichi — ushbu bosqichga sport mahoratini takomillashtirish bosqichidan oʻtgan, tegishli sport razryadiga ega boʻlgan hamda sportda barqaror yuqori natijalar koʻrsatadigan oʻquvchi-sportchilardan guruhlar jamlanadi.
15. Sport tayyorgarligi bosqichlari boʻyicha oʻquv guruhlari bilan oʻquv mashgʻulot ishlari rejimi (haftadagi akademik soatlar) va guruhlardagi oʻquvchi-sportchilar soni quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
istisno tariqasida Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan sport turlari boʻyicha tasdiqlangan kvotalarga muvofiq guruh shakllantiriladi.
(15-band izoh qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
oʻquv mashgʻulotlari akademik soat boʻyicha belgilanadi, 1 akademik soat — 45 daqiqadan iborat boʻladi.
16. Oʻquv yillari boʻyicha meʼyoriy talablar sport tayyorgarligi bosqichlari boʻyicha sport razryadlari talabi quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
Oʻquvchi-sportchi tayyorgarligining darajasi va bosqichlari
Oʻqitish yili
Oʻquvchi-sportchiga sport razryadi talablari
I — III sport turlari guruhlari
Oʻquv-mashq
1 yil
Sport tayyorgarligining umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) va maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) meʼyori mezon koʻrsatkichlarini bajargan yoki oʻsmirlar uchun ikkinchi, uchinchi sport razryadi
2 yil
Sport tayyorgarligining UJT va MJT meʼyori mezon koʻrsatkichlarini bajargan yoki oʻsmirlar uchun birinchi sport razryadi
3 yil
Sport tayyorgarligining UJT va MJT meʼyori mezon koʻrsatkichlarini bajargan yoki uchinchi sport razryadi
3 yildan koʻp
Sport tayyorgarligining UJT va MJT meʼyori mezon koʻrsatkichlarini bajargan yoki ikkinchi sport razryadi
Sport takomillashtirish
1 yil
Sport tayyorgarligining UJT va MJT meʼyori mezon koʻrsatkichlarini bajargan yoki birinchi sport razryadi
2 yil
Sport tayyorgarligining UJT va MJT meʼyori mezon koʻrsatkichlarini bajargan yoki Oʻzbekiston sport ustaligiga nomzod
2 yildan koʻp
Oliy sport mahorati
Butun davr
Sport tayyorgarligining UJT va MJT meʼyori mezon koʻrsatkichlarini bajargan yoki Oʻzbekiston sport ustasi, Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi
17. Sport turlari guruhlar boʻyicha quyidagi tartibda taqsimlanadi:
sport turlarining birinchi guruhiga — sportning jamoaviy oʻyin turlaridan tashqari, sportning barcha olimpiya turlari;
sport turlarining ikkinchi guruhiga — sportning jamoaviy oʻyin turlari;
sport turlarining uchinchi guruhiga — sportning noolimpiya va milliy turlari.
4-bob. Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari trenerining ish haqini hisoblashdagi foiz meʼyorlari
18. Markaz trenerlariga lavozim maoshlari mehnatga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkasidan, belgilangan normativlaridan yoki oʻquv mashgʻulot ishlarining rejalashtirilayotgan hajmlaridan, shuningdek qonunchilik hujjatlarida hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan ustama va qoʻshimcha haqlardan kelib chiqqan holda ularni oʻquv va kalendar yili boshida tarifikatsiyalashda belgilanadi.
19. Markazning trenerlari mehnatiga haq toʻlash har bir oʻquvchi uchun meʼyor boʻyicha amalga oshiriladi.
20. Bir nafar oʻquvchiga nisbatan Markaz trenerlarining mehnatiga haq toʻlashda trenerning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan quyidagi foizlar belgilanadi:
Sport musobaqalari darajasi
Sport natijasi
Oʻquv davri
Bir nafar oʻquvchi-sportchiga nisbatan bazaviy tarif stavkasiga belgilanadigan foiz miqdori
I
II
III
I. Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoalarining asosiy va zaxira tarkiblariga hamda respublika va xalqaro musobaqalarga oʻquvchi-sportchilarni tayyorlash
Sport turlari boʻyicha barcha yoshlar toifasidagi Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy tarkibiga
butun davrda
55 %
45 %
40 %
Sport turlari boʻyicha barcha yoshlar toifasidagi Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari zaxira tarkibiga
butun davrda
45 %
35 %
30 %
Olimpiya oʻyinlari, jahon chempionati va Kubogi sovrindorlari (I — III oʻrin)
1-oʻrin
butun davrda
200 %
200 %
200 %
2-oʻrin
180 %
180 %
180 %
3-oʻrin
160 %
160 %
160 %
Osiyo oʻyinlari, Osiyo chempionati va Kubogi sovrindorlari (I — III oʻrin)
1-oʻrin
butun davrda
150 %
140 %
130 %
2-oʻrin
140 %
130 %
120 %
3-oʻrin
130 %
120 %
110 %
Oʻzbekiston Respublikasi chempionati va Kubogi sovrindorlari (I — III oʻrin)
1-oʻrin
butun davrda
100 %
90 %
80 %
2-oʻrin
90 %
80 %
70 %
3-oʻrin
80 %
70 %
60 %
II. Sport turlari boʻyicha sport zaxirasi tayyorgarligi bosqichlari boʻyicha oʻquvchi-sportchilarni tayyorlashda amalga oshiriladigan foizlar miqdori
Oʻquv-mashq
Butun davrda
15 %
10 %
10 %
Sport takomillashtirish
Butun davrda
30 %
15 %
20 %
Oliy sport mahorati
Butun davrda
40 %
25 %
35 %
Markaz trenerining oʻquv guruhidagi oʻquvchi-sportchilarning har biri uchun erishilgan sport natijalarini hisobga olgan holda trener-oʻqituvchining ustama va qoʻshimcha haqlarsiz lavozim maoshi unga belgilangan bazaviy tarif stavkasi miqdorining uch yuz foizidan oshmasligi kerak.
21. Paralimpiya sport turlari boʻyicha tayyorgarlik bosqichlari, funksional guruhlar, oʻquv guruhlarining toʻldirilishi, oʻquv yuklamalarining hajmi quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
Oʻquvchi-sportchilar tayyorgarligining darajasi va bosqichlari
Oʻquv yili
Oʻquv guruhlari bilan oʻquv mashgʻuloti ishlari rejimi (haftadagi akademik soatlar*)
Sport turlari guruhlari
I
II
III
Oʻquv guruhlarining toʻldirilishi (oʻquvchi-sportchilar soni)
Oʻquv-mashq
1 yil
12
2-3
2 — 4
2 — 4
2 yil
14
3 yil
18
3 yildan koʻp
20
Sport takomillashtirish
1 yil
24
1-2
2-3
2-3
2 yil
26
2 yildan koʻp
28
Oliy sport mahorati
Butun davr
32
1-2
2-2
2-2
Izoh: futbol (5x5) sport turidan jamoani shakllantirishda jamoa tarkibini inobatga olgan holda 5 — 7 nafargacha sportchilardan guruh shakllantirishga ruxsat etiladi.
22. Bir nafar sportchi uchun markazning sport turlari boʻyicha para trenerlari mehnatiga haq toʻlash normativlari bazaviy tarif stavkasiga nisbatan foizlar hisobida quyidagi miqdorlarda belgilanadi.
Sport musobaqalari darajasi
Sport natijasi
Oʻquv davri
Bir nafar oʻquvchi-sportchiga nisbatan bazaviy tarif stavkasiga belgilanadigan foiz miqdori
I. Oʻzbekiston Respublikasi parasport terma jamoalarining asosiy va zaxira tarkiblari, respublika va xalqaro musobaqalarga oʻquvchi-sportchilarni tayyorlash
Sport turlari boʻyicha barcha yoshlar toifasidagi Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy tarkibiga
butun davrda
100 %
Sport turlari boʻyicha barcha yoshlar toifasidagi Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari zaxira tarkibiga
butun davrda
90 %
Paralimpiya oʻyinlari, jahon chempionati va Kubogi sovrindorlari (I — III oʻrin)
1-oʻrin
butun davrda
200 %
2-oʻrin
190 %
3-oʻrin
180 %
Paraosiyo oʻyinlari, chempionati va Kubogi sovrindorlari (I — III oʻrin)
1-oʻrin
butun davrda
170 %
2-oʻrin
160 %
3-oʻrin
150 %
Oʻzbekiston Respublikasi chempionati va Kubogi sovrindorlari (I — III oʻrin)
1-oʻrin
butun davrda
140 %
2-oʻrin
130 %
3-oʻrin
120 %
II. Paralimpiya sport turlari boʻyicha sport zaxirasi tayyorgarligi bosqichlari boʻyicha oʻquvchi-sportchilarni tayyorlashda amalga oshiriladigan foizlar miqdori
Oʻquv-mashq
Butun davrda
35 %
Sport takomillashtirish
Butun davrda
45 %
Oliy sport mahorati
Butun davrda
60 %
23. Agar Markazning trenerlari mehnatiga haq toʻlash normativining belgilangan miqdori amal qiladigan davrda uning rahbarligida sport tayyorgarligidan oʻtayotgan oʻquvchi-sportchi sportdagi natijasini yaxshilasa (masalan, Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy yoki zaxira tarkibi aʼzosi, Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo hamda Oʻzbekiston chempionatlari va kuboklari, paralimpiya sport turlari boʻyicha jahon va Osiyo hamda Oʻzbekiston chempionatlari va kuboklarida sovrindori boʻlsa), trenerlarning mehnatiga haq toʻlash normativi miqdori oʻquvchi-sportchi yutuqlarini hisobga olgan holda, eng yuqori koʻrsatkich boʻyicha hisoblanadi.
24. Agar Markazning treneri mehnatiga haq toʻlashning belgilangan normativi amal qiladigan davrda uning rahbarligida sport tayyorgarligidan oʻtayotgan oʻquvchi-sportchi mazkur trenerning oʻquv guruhi tarkibidan chiqib ketsa (boshqa trener rahbarligidagi boshqa oʻquv guruhiga, boshqa sport-taʼlim muassasasiga oʻtkazilsa, Markazni bitirganda va shu kabi holatlarda), trener mehnatiga haq toʻlash normativi miqdori:
sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga sportchilar (stajyorlar) tayyorlaganlik uchun oʻquvchi-sportchi trenerning oʻquv guruhi tarkibidan rasman chiqib ketgan sanadan keyingi oy boshidan eʼtiboran kamayish tomoniga qayta koʻrib chiqiladi;
Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo hamda Oʻzbekiston chempionatlari va kuboklari, paralimpiya sport turlari boʻyicha jahon va Osiyo hamda Oʻzbekiston chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan muddat mobaynida saqlanib qoladi.
25. Oʻquv guruhiga yil mobaynida boshqa trener rahbarligida, shuningdek, boshqa taʼlim muassasasidan oʻquvchi-sportchilar safiga qabul qilingan, yuqori sport natijalariga erishgan oʻquvchi-sportchi oʻtkazilgan Markaz trenerlari mehnatiga haq toʻlash normativi miqdori:
Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo hamda Oʻzbekiston chempionatlari va kuboklari, paralimpiya sport turlari boʻyicha jahon va Osiyo hamda Oʻzbekiston chempionatlari va kuboklari gʻolib yoki sovrindori boʻlgan oʻquvchi-sportchi biriktirilgan trener rahbarligida koʻrsatib oʻtilgan musobaqalarda takroran natijaga erishgunga qadar belgilanmaydi;
boshqa taʼlim muassasasidan oʻquvchi-sportchilar safiga qabul qilingan oʻquvchi-sportchi uchun trenerning mehnatiga haq toʻlash, oʻquvchi-sportchining sport tayyorgarlik guruhiga mos ravishda rasman oʻquvchi-sportchilar safiga qabul qilingan sanadan keyingi oy boshidan eʼtiboran belgilanadi.
26. Sport tayyorgarlik faoliyatini amalga oshirish, yuqori malakali oʻquvchi-sportchilarni tayyorlashda samaradorlikni oshirish maqsadida, Markaz trenerlari faoliyati quyidagicha tashkil etilishi mumkin:
oʻquvchi-sportchilar bilan oʻtkaziladigan oʻquv-mashq jarayoniga xoreograf va akrobatika boʻyicha mutaxassislarni jalb qilish;
oʻquv-mashq jarayonini olib borish uchun ixtiyoriylik asosida brigadaga birikish.
Brigadaga jalb qilingan trenerlar va oʻquvchi-sportchilar tarkibi Markaz trenerlarining umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra Markaz direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Brigada ishtirokida erishilgan sport natijasi, ularni tayyorlashdagi mehnatga haq toʻlash meʼyori brigadaning barcha aʼzolariga nisbatan hisoblanishi mumkin.
Brigadaga aʼzo boʻlgan har bir trenerning oʻquvchi-sportchini tayyorlashdagi ulushi trenerlarning umumiy yigʻilishida aniqlanadi va Markaz direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
27. Markaz trenerlarining oʻquv mashgʻulotlarga tayyorgarlik koʻrishi, tashkiliy va tarbiyaviy ishlarni olib borishi, shuningdek, jamoani (oʻquvchi-sportchini) musobaqaga tayyorlash uchun sarflagan vaqtiga qoʻshimcha haq toʻlanmaydi. Trenerlarning sport tadbirlarida (respublika va xalqaro miqyosda) ishtiroki davrida oylik ish haqi saqlanib qolinadi.
28. Markazning sport turlari boʻyicha katta trenerlari va katta instruktor-metodistlarga bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida har oylik toʻlovlar belgilanadi.
29. Faxriy unvonga ega boʻlgan trenerlarga Vazirlar Mahkamasining “Faxriy unvonlar egalariga toʻlovlarni tayinlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 3-yanvardagi 2-son qaroriga asosan toʻlovlar belgilanadi.
30. Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoalarining asosiy va zaxira tarkibi aʼzolari qonunchilik hujjatlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
31. Ish haqi hamda har oylik qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblab chiqish, toʻlashning toʻgʻriligi hamda asoslanganligi yuzasidan javobgarlik Markaz rahbari va bosh hisobchisi zimmasiga yuklanadi.
32. Markaz direktori, direktor oʻrinbosarlari, trenerlari va Markazning ayrim xodimlariga qoʻshimcha haq va ustamalarni toʻlash ularning ish haqini toʻlash bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
33. Markaz direktori, direktor oʻrinbosarlari, trenerlari va Markazning ayrim xodimlariga ish haqi hamda har oylik qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblash va toʻlashning toʻgʻriligi, xolisonaligi yuzasidan nazorat belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
34. Mazkur Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining ayrim xodimlari mehnatiga haq toʻlash meʼyorlari va tartibi toʻgʻrisida nizomga ILOVA
Markazning instruktor-metodisti, treneri, sport psixologi va oʻquv boʻlim mudirining bazaviy tarif stavkalari
MIQDORLARI
(soʻm)
Lavozimlar nomi
Bazaviy tarif stavkasi miqdorlari
Bosh yoki oliy malaka toifali
Yetakchi yoki birinchi malaka toifali
Katta yoki ikkinchi malaka toifali
Oliy maʼlumotli
Oʻrta maxsus maʼlumotli
Instruktor-metodist
1 932 431
1 805 143
1 689 451
1 574 476
-
Trener
2 959 984
2 764 288
2 584 647
2 406 129
2 233 904
Sport psixologi
2 811 927
2 650 596
2 482 122
2 317 836
-
Oʻquv boʻlim mudiri
Bosh oʻqituvchi bazaviy tarif stavkasiga tenglashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Sport terma jamoalari toʻgʻrisidagi nizomni hamda Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 14-iyundagi 173-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 6-son, 44-modda):
“sportchilarning barcha yosh toifalari va jinsiy mansubligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri sport terma jamoalari-tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari tomonidan, sport turlari boʻyicha tegishli hududiy federatsiya (assotsiatsiyalar)ning (ular mavjud boʻlsa) taqdimnomasi boʻyicha”;
13-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” soʻzlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri sport terma jamoalarining trenerlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari tomonidan, sport turlari boʻyicha tegishli hududiy federatsiya (assotsiatsiyalar)ning (ular mavjud boʻlsa) va/yoki jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining taqdimnomasiga koʻra tayinlanadi”;
15-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” soʻzlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“hududiy kalendar reja, u tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya-sport boshqarmalari, shuningdek, tuman (shahar) sportni rivojlantirish boʻlimlari tomonidan shakllantiriladi, hududiy moliya boshqarmalari (boʻlimlari) bilan kelishiladi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi”;
beshinchi xatboshidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” soʻzlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v) hududiy kalendar rejaga kiritish uchun — tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalariga sport turlari boʻyicha hududiy sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan (ular mavjud boʻlsa) va (yoki) jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari tomonidan;”
“respublika kalendar rejasini shakllantirishda — Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining, sport turlari boʻyicha respublika sport federatsiyalari (uyushmalari)ning, sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktablarining, shuningdek, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston milliy paralimpiya qoʻmitasining vakillari kiritiladi. Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasini shakllantirish va sport turlari boʻyicha moliyaviy mablagʻlarni taqsimlash komissiyasi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi;”;
“hududiy kalendar rejani shakllantirishda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalarining, tumanlar (shaharlar) sportni rivojlantirish boʻlimlarining, sport turlari boʻyicha tegishli hududiy sport federatsiyalari (uyushmalari)ning (ular mavjud boʻlsa) va (yoki) jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining vakillari kiritiladi;”
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyatida sportning milliy kurash turini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2015-yil 3-martdagi 41-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 9-son, 101-modda) 3-bandi yettinchi xatboshisidagi “olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari” soʻzlari “Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 4-son, 76-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandidagi “olimpiya zaxiralari kollejlari” soʻzlari “Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 331-son qarori bilan tasdiqlangan 2018 — 2021-yillarda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining kadrlar tayyorlash borasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturining 7, 14, 17, 29, 30, 31-pozitsiyalarining “Amalga oshiriladigan tadbirlar” ustunidagi tegishli kelishikdagi “olimpiya zaxiralari kollejlari” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari” soʻzlari bilan, “Ijro uchun masʼullar” ustunidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” soʻzlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 2-iyundagi 410-son qarorining 4-bandi “a” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi, “b” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari” soʻzlari “Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 500-sonli qaroriga asosan 8-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2025-y., 09/25/500/0699-son)
9. Vazirlar Mahkamasining “Sport turlari boʻyicha terma jamoalar tarkibiga sportchilarni saralab olish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 4-martdagi 122-son qarorida:
“Andijon viloyati” boʻlimining 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
1.
Andijon shahri
boks
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, 50-umumtaʼlim maktabi
futbol
futbol akademiyasi, bolalar-oʻsmirlar futbol maktabi
badminton, stol tennisi
2-son sport maktabi
32-umumtaʼlim maktabi
”;
“Buxoro viloyati” boʻlimining 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
1.
Buxoro shahri
badminton, erkin kurash
Buxoro shahridagi Erkin kurash markazi
boks
“Abbos Atoyev” nomidagi boks markazi
yunon-rum kurashi
Buxoro Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi kurash zali
”;
“Qashqadaryo viloyati” boʻlimining 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
1.
Qarshi shahri
badminton, dzyudo
Qarshi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
suzish
Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi
karate WKF
Qarshi shahar
29-umumtaʼlim maktabi
”;
“Samarqand viloyati” boʻlimida:
1-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
1.
Samarqand shahri
badminton, dzyudo
Samarqand Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
badiiy gimnastika
Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi
yengil atletika
Sportning oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi
”;
14-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
14.
Toyloq tumani
eshkak eshish turlari
Toyloq Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
kurash
Toyloq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
voleybol
Toyloq tuman sport maktabi
”;
“Fargʻona viloyati” boʻlimining 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
1.
Fargʻona shahri
badminton, tennis
Sport oʻyinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi
gimnastika
Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi
suzish
Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi va Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
”;
“Toshkent shahri” boʻlimining 7-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
7.
Chilonzor tumani
badminton, badiiy gimnastika
Chilonzor tumani sport maktabi
kamondan otish Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hududidagi kamondan otish bazasi
gandbol
Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
”;
b) 3-ilovaning 15-bandi “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “olimpiya zaxiralari kollejlariga” soʻzlari “Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida badminton sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 11-martdagi 143-son qarorida:
“2021/2022 oʻquv yilidan boshlab har bir Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida, sport maktablarida, ixtisoslashtirilgan sport maktablarida badminton boʻlimlarini ochish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilasin”;
4-pozitsiyasi “Obyekt nomi” ustunidagi “Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji” soʻzlari “Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-pozitsiyasi “Obyekt nomi” ustunidagi “Qarshi olimpiya zaxiralari kolleji” soʻzlari “Qarshi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 715-son qarori bilan tasdiqlangan Professional taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining olimpiya zaxiralari kollejlariga” soʻzlari “Sportni rivojlantirish vazirligining Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Nizomga 2-ilovaning 11-bandidagi “olimpiya zaxiralari kollejlari” soʻzlari “Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-avgustdagi 490-son qarorining 2-ilovasida:
1-pozitsiyaning “Oʻgʻil va qiz bolalar uchun” ustunidagi “Fargʻona olimpiya zaxiralari kolleji” soʻzlari “Fargʻona Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-pozitsiyaning “Oʻgʻil va qiz bolalar uchun” ustunida:
“Andijon olimpiya zaxiralari kolleji” soʻzlari “Andijon Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Andijon shahar olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati” soʻzlari chiqarib tashlansin;
3-pozitsiyaning “Oʻgʻil va qiz bolalar uchun” ustunida:
“Namangan olimpiya zaxiralari kolleji” soʻzlari “Namangan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Uchqoʻrgʻon tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati” soʻzlari chiqarib tashlansin;
4-pozitsiyaning “Oʻgʻil va qiz bolalar uchun” ustunidagi “Samarqand olimpiya zaxiralari kolleji” soʻzlari “Samarqand Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-pozitsiyaning “Oʻgʻil va qiz bolalar uchun” ustunidagi “Qarshi shahar olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati” hamda “Gʻuzor tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati” soʻzlari chiqarib tashlansin;
6-pozitsiyaning “Oʻgʻil va qiz bolalar uchun” ustunida:
“Termiz olimpiya zaxiralari kolleji” soʻzlari “Termiz Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Denov tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati” soʻzlari chiqarib tashlansin;
7-pozitsiyaning “Oʻgʻil va qiz bolalar uchun” ustunidagi “Buxoro shahar olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati” hamda “Qorakoʻl tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati” soʻzlari chiqarib tashlansin;
8-pozitsiyaning “Oʻgʻil va qiz bolalar uchun” ustunidagi “Navoiy olimpiya zaxiralari kolleji” soʻzlari “Navoiy Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-pozitsiyaning “Oʻgʻil va qiz bolalar uchun” ustunidagi “Urganch shahar olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati” hamda “Xiva tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati” soʻzlari chiqarib tashlansin;
10-pozitsiyaning “Oʻgʻil va qiz bolalar uchun” ustunidagi “Nukus olimpiya zaxiralari kolleji” soʻzlari “Nukus Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-pozitsiyaning “Oʻgʻil va qiz bolalar uchun” ustunidagi “Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji” soʻzlari “Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-pozitsiyaning “Oʻgʻil va qiz bolalar uchun” ustunidagi “Respublika olimpiya zaxiralari kolleji”, “Chirchiq olimpiya zaxiralari kolleji” hamda “Guliston olimpiya zaxiralari kolleji” soʻzlari tegishlicha “Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi”, “Chirchiq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” hamda “Guliston Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Jizzax viloyatida futbolni yanada rivojlantirish va ommalashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 6-apreldagi 159-son qarori 4-bandning beshinchi xatboshisidagi “olimpiya va paralimpiya zaxirasi kollejlarida” soʻzlari “Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Respublika velosport mahorat maktab-internati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 1-iyundagi 294-son qarorining 1-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “olimpiya zaxiralari kollejlari” soʻzlari “Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-son qaroriga 9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Guliston olimpiya zaxiralari kollejini tashkil etish toʻgʻrisida” 2014-yil 18-iyuldagi 198-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 12-avgustdagi 480-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2020-y., 8-son, 181-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 19-noyabrdagi 735-son qaroriga 5-ilovaning 3-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 877-bandi.