

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 04.12.2014
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-76412" id="onLBC-76412">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6025"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-76412" id="onLS-76412">[<b>TSZ:</b><div id="LS3682"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari . Ombudsman. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi]</span></div></div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-76432" id="-76432">Oʻzbekiston Respublikasining qonuni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-76436" id="-76436">“FUQAROLARNING MUROJAATLARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-76444" id="-76444"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-2516231" id="-2516231">Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-378-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-2509996?ONDATE=04.12.2014 00#-2510124">Qonuniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76448" id="-76448">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76453" id="-76453">Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-75892">Qonuniga</a> (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 140-modda) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (<a href="/acts/-76412#-76464">ilova </a>qilinmoqda).</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-76454" id="-76454">Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-76456" id="-76456">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-76459" id="-76459">2002-yil 13-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-76462" id="-76462">446-II-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-76464" id="-76464"></div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-76467" id="-76467">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-76470" id="-76470">FUQAROLARNING MUROJAATLARI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="NEW_EDITION"><div name="-76472" id="-76472">(yangi tahriri)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-76474" id="-76474"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-76477" id="-76477">I. UMUMIY QOIDALAR</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76479" id="-76479">1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76484" id="-76484">Ushbu Qonun fuqarolarning davlat organlariga, muassasalariga (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) murojaatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76486" id="-76486">2-modda. Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76487" id="-76487">Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76489" id="-76489">3-modda. Fuqarolarning murojaat etish huquqi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76490" id="-76490">Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76491" id="-76491">Fuqarolarning murojaat etish huquqidan foydalanishlari boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76492" id="-76492">Xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlariga ushbu Qonunga muvofiq murojaat etish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76494" id="-76494">Fuqarolar tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga murojaat etish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilangan tarzda tartibga solinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76495" id="-76495">Fuqarolarning murojaatlari, agar qonunlarda ularni koʻrib chiqishning boshqacha tartibi belgilangan boʻlsa, ushbu Qonunga muvofiq koʻrib chiqilmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76496" id="-76496">4-modda. Fuqarolarning murojaatlari shakllari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76497" id="-76497">Fuqarolarning murojaatlari ogʻzaki yoki yozma shaklda kiritiladi. Fuqarolarning ogʻzaki va yozma murojaatlari bir xil ahamiyatga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76498" id="-76498">Fuqarolarning murojaatlari yakka tartibda yoki jamoa tomonidan berilishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76519" id="-76519">5-modda. Fuqarolarning murojaatlari turlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76520" id="-76520">Fuqarolarning murojaatlari ariza, taklif yoki shikoyat koʻrinishida boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76521" id="-76521">Ariza fuqarolarning oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarishda yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimosi bayon etilgan murojaatidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76522" id="-76522">Taklif fuqarolarning davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarini oʻz ichiga olgan murojaatidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76523" id="-76523">Shikoyat fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash toʻgʻrisidagi talabi bayon etilgan murojaatidir.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76524" id="-76524">6-modda. Fuqarolarning murojaatlariga qoʻyiladigan talablar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76525" id="-76525">Murojaatlarda fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan ariza, taklif yoki shikoyatning mohiyati bayon etilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76526" id="-76526">Yozma murojaatlarda murojaat etuvchining imzosi boʻlishi lozim. Murojaatga shaxsiy imzo qoʻyish imkoni boʻlmagan taqdirda, bu murojaatlar uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi, ismi, otasining ismi ham yozib qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76527" id="-76527">Fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilmagan yoki u haqda soxta maʼlumotlar koʻrsatilgan, shuningdek imzo qoʻyilmagan yozma murojaatlar anonim deb hisoblanadi va koʻrib chiqilmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76528" id="-76528">7-modda. Fuqarolarning murojaatlari va ommaviy axborot vositalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76529" id="-76529">Fuqarolarning davlat organlariga gazetalar, jurnallar, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalari tahririyatlari orqali kelib tushgan murojaatlari ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76530" id="-76530">Fuqarolarning ommaviy axborot vositalariga yoʻllagan murojaatlaridan ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq jamoat fikrini oʻrganish va aks ettirish uchun foydalanilishi mumkin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-221276" id="-221276">Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-1106870">Qonuniga </a>qarang. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76531" id="-76531">8-modda. Fuqarolarni qabul qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76532" id="-76532">Davlat organlarida fuqarolarni qabul qilish tashkil etiladi. Fuqarolarni qabul qilish rahbar yoki boshqa mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun davlat organlarida alohida boʻlinmalar tuzilishi mumkin, fuqarolarni qabul qilish uchun masʼul mansabdor shaxslar belgilab qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76533" id="-76533">Qabul belgilangan kun va soatlarda, fuqarolar uchun qulay vaqtda oʻtkaziladi. Qabul jadvali fuqarolar eʼtiboriga yetkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76534" id="-76534">Fuqaro ogʻzaki murojaat etayotganda oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjat koʻrsatishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76535" id="-76535">Fuqaroni qabul qilish, agar uning bir necha bor qilgan murojaati asossiz, qonunga xilof xususiyatda boʻlsa yoki uning murojaati boʻyicha qaror qabul qilib boʻlingan boʻlsa, rad etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76536" id="-76536">Davlat organlarida fuqarolarni qabul qilish tartibi mazkur organlar rahbarlari tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76538" id="-76538">9-modda. Fuqarolarning murojaatlari boʻyicha ish yuritish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76539" id="-76539">Davlat organlarida fuqarolarning murojaatlari boʻyicha ish yuritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib boriladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-221291" id="-221291">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi 140-son “Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish boʻyicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi <a href="/acts/-863120">qaroriga </a>qarang.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-76542" id="-76542">II. FUQAROLARNING MUROJAAT ETISh HUQUQLARI KAFOLATLARI</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76544" id="-76544">10-modda. Fuqarolar murojaat etish huquqidan foydalanayotganda ixtiyoriylik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76546" id="-76546">Fuqarolarning murojaat etish huquqi ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi. Hech kim biron bir murojaatni himoya etishga yoki unga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emas.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76561" id="-76561">11-modda. Fuqarolar murojaat etish huquqidan foydalanayotganda kamsitishga yoʻl qoʻyilmasligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76563" id="-76563">Fuqarolar murojaat etish huquqidan foydalanayotganda ularni jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeiga qarab kamsitish taqiqlanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76565" id="-76565">12-modda. Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqishning majburiyligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76567" id="-76567">Fuqarolarning murojaatlari albatta qabul qilinishi va koʻrib chiqilishi kerak, ushbu Qonun 6-moddasining <a href="/acts/-76412#-76527">uchinchi qismida </a>nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76569" id="-76569">Fuqaro uning murojaatini qabul qilish va koʻrib chiqish asossiz ravishda rad etilganligi ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki bevosita sudga shikoyat berishga haqli.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76570" id="-76570">13-modda. Fuqarolarning murojaatlari munosabati bilan ayon boʻlib qolgan maʼlumotlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmasligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76572" id="-76572">Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqishda fuqarolarning shaxsiy hayotiga doir maʼlumotlar ularning roziligisiz, shuningdek davlat siri yohud qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir hisoblangan maʼlumotlar va, agar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini kamsitadigan boʻlsa, boshqa axborotlar davlat organlari xodimlari tomonidan oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76574" id="-76574">Murojaatga taalluqli boʻlmagan, fuqaroning shaxsiga doir maʼlumotlarni surishtirib bilishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76576" id="-76576">Fuqaroning iltimosiga binoan uning shaxsiga doir biron bir maʼlumot oshkor etilmasligi kerak.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76578" id="-76578">14-modda. Fuqarolarning murojaat etishi munosabati bilan ularning xavfsizligi kafolatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76580" id="-76580">Fuqarolarni hamda ularning oila aʼzolarini oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish yoki himoya qilish maqsadida davlat organlariga murojaat etganliklari uchun taʼqib qilish man etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-76581" id="-76581">III. FUQAROLARNING ARIZALAR, TAKLIFLAR VA ShIKOYaTLAR BERISh TARTIBI HAMDA ULARNI KOʻRIB ChIQISh</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76582" id="-76582">15-modda. Arizalar, takliflar va shikoyatlarni berish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76583" id="-76583">Fuqarolarning ariza, taklif va shikoyatlari ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish vakolat doirasiga kiradigan davlat organiga bevosita yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76585" id="-76585">Fuqaro ariza, taklif va shikoyatni shaxsan berishga, shuningdek bu boradagi vakolatni oʻz vakiliga berishga yoki murojaatini aloqa vositalari orqali yuborishga haqli. Voyaga yetmaganlar hamda muomalaga layoqatsiz shaxslar manfaatlarini koʻzlab ariza, taklif va shikoyat ularning vakillari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76586" id="-76586">Ariza, taklif va shikoyatga ular yuzasidan ilgari qabul qilingan, fuqarodagi mavjud qarorlar (yoki ularning nusxalari), shuningdek ariza, taklif va shikoyatni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar ilova qilinishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76587" id="-76587">16-modda. Arizalar, takliflar va shikoyatlarni berish muddatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76589" id="-76589">Fuqarolarning ariza, taklif va shikoyatlar berishi uchun muddat belgilanmaydi. Ayrim hollarda muayyan davlat organining ariza, taklif va shikoyatni koʻrib chiqish imkoniyatiga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini oʻz vaqtida roʻyobga chiqarish, ularning qonuniy manfaatlari himoya etilishini taʼminlash zaruratiga bogʻliq boʻlsa, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra, bunday davlat organlariga ariza, taklif va shikoyatlarni berish muddati belgilanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76595" id="-76595">Boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga ariza yoki shikoyat fuqaroga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakatlar (harakatsizlik) sodir etilganligi yoki qarorlar qabul qilinganligi maʼlum boʻlib qolgan paytdan eʼtiboran uzogʻi bilan bir yil ichida berilishi mumkin. Uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan muddat ariza yoki shikoyatni koʻrib chiquvchi davlat organi tomonidan tiklanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76597" id="-76597">17-modda. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76599" id="-76599">Fuqarolarning davlat organiga kelib tushgan murojaatlari ana shu organning oʻzi yoki zimmasiga murojaatlarni koʻrib chiqish vazifasi yuklatilgan mansabdor shaxs tomonidan koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76601" id="-76601">Fuqarolarning murojaatlari, agar ular qoʻyilgan masalalarni hal etish vakolat doirasiga kirmaydigan davlat organiga yuborilgan boʻlsa, uzogʻi bilan besh kunlik muddat ichida tegishli organlarga joʻnatiladi va bu haqda fuqaroga xabar qilinadi. Murojaatlarni koʻrib chiqishi uchun boshqa davlat organlariga asossiz ravishda berish yoki qarori yohud harakati ustidan shikoyat qilinayotgan davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning oʻziga joʻnatish man etiladi. Agar fuqarolarning murojaatlarida ularni tegishli organlarga joʻnatish uchun zarur maʼlumotlar boʻlmasa, bu murojaatlar xuddi shu muddat mobaynida asoslantirilgan tushuntirish bilan fuqaroning oʻziga qaytariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76603" id="-76603">Fuqarolarning murojaatlarini har taraflama mufassal va xolisona koʻrib chiqish uchun qoʻshimcha axborotlar, maʼlumotnomalar va materiallarga zarurat paydo boʻlsa, mazkur murojaatni koʻrib chiqayotgan davlat organining mansabdor shaxsi qoʻshimcha axborot toʻplashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76606" id="-76606">Fuqarolarning murojaatini koʻrib chiqayotgan davlat organi zarur hollarda murojaat joyning oʻzida koʻrib chiqilishini taʼminlashi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76608" id="-76608">Alohida hollarda, murojaat etgan shaxsning oʻzi yoki boshqa shaxs yoʻqligida murojaatni koʻrib chiqishning imkoni boʻlmasa, ular davlat organining mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76611" id="-76611">Fuqarolarning murojaatlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarni davlat organining rahbari yoki boshqa vakolatli mansabdor shaxsi imzolaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76613" id="-76613">Agar ariza, taklif yoki shikoyatda bayon qilingan masalalar hal etilayotganda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tekshirish zarurati yuzaga kelsa, bu ish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-221480" id="-221480">Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-28144">Qonuniga</a> qarang.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76614" id="-76614">18-modda. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish muddatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76617" id="-76617">Fuqarolarning takliflari tushgan kundan eʼtiboran bir oygacha boʻlgan muddat ichida koʻrib chiqiladi, qoʻshimcha oʻrganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno va bu haqda taklif kiritgan shaxsga oʻn kunlik muddat ichida maʼlum qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76619" id="-76619">Ariza yoki shikoyatlar masalani mohiyatan hal etishi shart boʻlgan davlat organiga tushgan kundan eʼtiboran bir oygacha boʻlgan muddat ichida, qoʻshimcha oʻrganishni va tekshirishni talab etmaydigan ariza yoki shikoyatlar esa oʻn besh kundan kechiktirmay koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76622" id="-76622">Ariza yoki shikoyatni koʻrib chiqish uchun tekshirish oʻtkazish, qoʻshimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻlgan hollarda, ariza yoki shikoyatni koʻrib chiqish muddati tegishli davlat organi rahbari tomonidan istisno tariqasida uzogʻi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga maʼlum qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-76624" id="-76624">IV. MUROJAATLARNI KOʻRIB ChIQIShDA FUQAROLARNING HUQUQLARI VA DAVLAT ORGANLARINING MAJBURIYATLARI</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76626" id="-76626">19-modda. Murojaatlarni koʻrib chiqishda fuqarolarning shaxsan ishtirok etish huquqi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76629" id="-76629">Murojaat davlat organlari tomonidan koʻrib chiqilayotganda fuqaro murojaatning koʻrib chiqilishi jarayoni haqida axborot olish, vajlarini shaxsan bayon etish va izohlar berish, murojaatni tekshirish materiallari hamda koʻrib chiqish natijalari bilan tanishish, qoʻshimcha materiallar takdim etish yoki ularni boshqa organlardan soʻrab olish toʻgʻrisida iltimos qilish, advokat yoki oʻz vakili xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76630" id="-76630">Murojaatni koʻrib chiqayotgan davlat organlarining mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini taʼminlashlari shart.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76632" id="-76632">20-modda. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqishda qabul qilinadigan chora-tadbirlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76634" id="-76634">Davlat organlari fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqishda qonunga xilof harakatlarning (harakatsizlikning) darhol oldini olishga doir chora-tadbirlar koʻrishlari, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelayotgan sabablar va sharoitlarni aniqlashlari, murojaat qilganliklari munosabati bilan fuqarolar taʼqib qilinishining belgilangan tartibda oldini olishlari shart.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76638" id="-76638">21-modda. Fuqaroning murojaatini koʻrib chiqqan davlat organining majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76640" id="-76640">Fuqaroning murojaatini koʻrib chiqqan davlat organi unga murojaatni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida va qabul qilingan qarorning mohiyati haqida yozma shaklda xabar qilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76641" id="-76641">Ariza yoki shikoyat yuzasidan qaror qabul qilgan davlat organining mansabdor shaxsi, agar fuqaro qarorga rozi boʻlmasa, unga qabul qilingan qaror ustidan shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76644" id="-76644">Fuqaroning murojaatini koʻrib chiqqan davlat organi, uning mansabdor shaxsi murojaatni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan qabul qilingan qaror ijrosini nazorat qilishi, agar fuqaroga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi natijasida zarar yoki maʼnaviy ziyon yetkazilgan boʻlsa, qonunda belgilangan tartibda zararning oʻrnini qoplash yoki maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilishga doir chora-tadbirlar koʻrishi ham shart.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76647" id="-76647">22-modda. Fuqarolarning murojaatlari bilan olib boriladigan ish tahlili</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76648" id="-76648">Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqayotgan davlat organlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlari buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida arizalar, takliflar va shikoyatlarni belgilangan tartibda umumlashtiradilar hamda tahlil etib boradilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-76651" id="-76651">V. FUQAROLARNING MUROJAATLARI TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76654" id="-76654">23-modda. Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazorat</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76656" id="-76656">Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidaga qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni davlat hokimiyati va boshqaruv organlari oʻz vakolatlari doirasida taʼminlaydilar.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76660" id="-76660">24-modda. Mansabdor shaxslarning fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76661" id="-76661">Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilishni va koʻrib chiqishni asossiz ravishda rad etish, ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, qonunga zid qaror qabul qilish, fuqaroning buzilgan huquqlari tiklanishini hamda shikoyat munosabati bilan qabul qilingan qaror bajarilishini taʼminlamaganlik, fuqaroga uning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishni asossiz ravishda rad etish yoki fuqarolarning shaxsiy hayotiga doir maʼlumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, fuqaroni murojaat qilganligi uchun taʼqib qilish, shuningdek fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-221493" id="-221493">Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining <a href="/acts/-97664?ONDATE=01.04.1995 00#-2521173">43-moddasiga</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining <a href="/acts/-111453?ONDATE=01.04.1995 00#-2520224">144-moddasiga </a>qarang.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76662" id="-76662">25-modda. Fuqaroning ariza yoki shikoyatini koʻrib chiqishda qonun talablarining buzilishi oqibatida fuqaroga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76663" id="-76663">Fuqaroning arizasi yoki shikoyati qanoatlantirilgan taqdirda ana shu murojaat boʻyicha qonunga xilof qaror qabul qilgan davlat organi ariza yoki shikoyat berish va uni koʻrib chiqish munosabati bilan fuqaroga yetkazilgan zararning oʻrnini, tegishli davlat organining talabi bilan ariza yoki shikoyatni koʻrib chiqish uchun joylarga borish munosabati bilan sarf qilingan harajatlarni qoplaydi hamda ana shu vaqt ichida yoʻqotilgan ish haqini toʻlaydi. Fuqaroga yetkazilgan maʼnaviy ziyon ham sud tartibida kompensatsiya qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76664" id="-76664">Fuqaroning arizasi yoki shikoyatini koʻrib chiqishda qonun talablari buzilganligi munosabati bilan unga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash maqsadida davlat organi tomonidan toʻlangan mablagʻlar aybdor mansabdor shaxsdan regress tartibida undirib olinishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76665" id="-76665">26-modda. Fuqaroning gʻayriqonuniy xususiyatdagi ariza, taklif yoki shikoyat berganlik uchun javobgarligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76666" id="-76666">Fuqaroning tuhmat va haqoratdan iborat ariza, taklif yoki shikoyat berganligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-221534" id="-221534">Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining <a href="/acts/-97664#-197982">40</a>, <a href="/acts/-97664#-197986">41</a>-moddalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining <a href="/acts/-111453#-262239">139</a>, <a href="/acts/-111453#-262273">140 </a>va <a href="/acts/-111453#-262633">158</a>-moddalariga qarang.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76667" id="-76667">27-modda. Fuqarolarning bila turib soxta maʼlumotlar bayon etilgan murojaatlarini tekshirishga sarf qilingan xarajatlarni qoplash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76668" id="-76668">Bila turib soxta maʼlumotlar bayon etilgan murojaatlarni tekshirish munosabati bilan davlat organi tomonidan sarf qilingan xarajatlar fuqarodan sudning qaroriga binoan undirib olinishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-76669" id="-76669">28-modda. Nizolarni hal etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-76670" id="-76670">Fuqarolarning murojaatlari munosabati bilan zararning oʻrnini qoplash va maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish toʻgʻrisidagi nizolar sud tartibida koʻrib chiqiladi.</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-76441" id="-76441">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 7-modda)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
