1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Firma nomlarini berish va ulardan foydalanish tartiblarini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
So‘nggi yillarda tadbirkorlik subyektlariga qulay imkoniyatlar yaratish, tadbirkorlik faoliyatini boshlashda byurokratik to‘siqlarni bekor qilish orqali tadbirkorlik faoliyatini yuritishni osonlashtirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, firma nomlarini band qilish va ulardan foydalanish tartiblarini takomillashtirish, bu borada qonunchilik hujjatlaridagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) Davlatning rasmiy va qisqartirilgan nomini firma nomiga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq:
davlatning rasmiy va qisqartirilgan nomini firma nomiga kiritish to‘g‘risida ariza berish;
davlatning rasmiy va qisqartirilgan nomini firma nomiga kiritish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish;
b) Firma nomlarini band qilish uchun buyurtma berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
firma nomlarini band qilish uchun buyurtma berish;
firma nomlarini band qilish uchun buyurtmalarni ko‘rib chiqish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda mazkur qaror bilan tasdiqlanadigan ma’muriy reglamentlarga muvofiq firma nomlari bo‘yicha davlat xizmatlari Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimida joriy etilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandiga3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 6-fevral,
65-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 65-son qaroriga 1-ILOVA
Davlatning rasmiy va qisqartirilgan nomini firma nomiga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning
MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
1. Ushbu Reglament davlatning rasmiy va qisqartirilgan nomini (keyingi o‘rinlarda — davlatning nomi) firma nomiga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Mazkur Reglamentga asosan davlatning nomi quyidagi yuridik shaxslarga beriladi:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan yoki faoliyati tashkil etiladigan yuridik shaxslar, agar ularning nomlari tegishli hujjatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan bo‘lsa;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan davlat muassasalari;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari;
respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar birlashmalari;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalarining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilgan murojaatlari asosida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
2. Ushbu Reglament talablari tijorat banklari va kredit byurolari, xorijiy tijorat tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Davlat xizmati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) tomonidan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi o‘rinlarda — Tizim) orqali ko‘rsatiladi.
4. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq ko‘rsatiladi.
2-bob. Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]
5. Mazkur Reglamentning 1-bandida ko‘rsatilgan yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Tizimdagi shaxsiy kabineti orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, Tizim orqali murojaat etgan taqdirda esa, ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari nusxalari — ushbu hujjatlarga muvofiq tashkil etiladigan yoki faoliyati tashkil etiladigan yuridik shaxslar uchun;
tegishli davlat organi va tashkilotining qarori (buyrug‘i) — davlat muassasalari uchun;
tegishli davlat hokimiyati (respublika yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari) organining xo‘jalik jamiyati ustav fondiga ulush kiritish to‘g‘risidagi qarorlari (buyruqlari) — ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari uchun;
respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar birlashmalarini tashkil etish to‘g‘risida a’zolar umumiy yig‘ilishining tasdiqlangan bayonnomasi, dastlabki ta’sis hujjatlari (ustav va ta’sis shartnomasi) — respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar birlashmalari uchun;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalarining murojaatlari — xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun.
So‘rovnomaga ilova qilinadigan hujjatlar PDF formatida bo‘lishi lozim.
Bunda ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, davlat xizmatidan foydalanish uchun o‘zining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi, vakolatli shaxs yuridik shaxs rahbari bo‘lgan holatlar bundan mustasno.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
6. So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani o‘zining elektron raqamli imzosi (keyingi o‘rinlarda — ERI) bilan tasdiqlaydi.
Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etilganda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
7. Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida yig‘im undiriladi, mazkur Reglamentning 1-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari]
Yig‘im O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
8. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
9. Vakolatli organ ikki ish kuni davomida so‘rovnomani ko‘rib chiqadi hamda ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha buyurtma qilingan firma nomini band qiladi yoki band qilishni rad etadi.
Davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etishga quyidagilar asos bo‘ladi:
tanlangan firma nomi O‘zbekiston Respublikasining “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan talablarga zid bo‘lsa;
tanlangan firma nomi Tizimda boshqa shaxs tomonidan zaxiraga olingan bo‘lsa;
tanlangan firma nomi mazkur Reglament qoidalari tatbiq etilmaydigan yo‘nalishlar bo‘yicha berilgan bo‘lsa.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
10. Vakolatli organ so‘rovnomani ko‘rib chiqib, buyurtma qilingan firma nomini band qilgandan so‘ng mazkur Reglamentning 7-bandida belgilangan yig‘im miqdori ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) Tizim orqali elektron shaklda yuboradi.
11. Ariza beruvchi o‘n kun muddatda to‘lovni amalga oshirishi lozim.
Ariza beruvchi tomonidan to‘lov amalga oshirilgach, vakolatli organ tomonidan bir ish soati davomida buyurtma qilingan firma nomi band qilinganligi haqidagi xabarnoma davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) Tizim orqali elektron shaklda yuboriladi.
Ariza beruvchi mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddatda to‘lovni amalga oshirmaganda, vakolatli organ buyurtma qilingan firma nomi band qilinishini bekor qiladi.
12. Davlat xizmatlari markazi xabarnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Ariza beruvchi tanlagan firma nomi Tizimda 60 kun davomida zaxiraga olinadi va ushbu muddat tugagandan so‘ng firma nomining zaxirasi avtomatik tarzda bekor qilinadi. Bunda ariza beruvchi aynan ushbu firma nomini qaytadan olish uchun davlat xizmatidan yig‘im to‘lamasdan qayta foydalanishi mumkin.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
13. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlar sir saqlanishini ta’minlaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
14. Ariza beruvchilar vakolatli organlar xodimlarining xatti-harakatlari ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
15. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasi.
Davlatning rasmiy va qisqartirilgan nomini firma nomiga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 1-ILOVA
Davlatning rasmiy va qisqartirilgan nomini firma nomiga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning
Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimida (keyingi o‘rinlarda — Tizim) ro‘yxatdan o‘tadi.
Xohishiga ko‘ra
2-bosqich
Vakolatli organ
1. Taqdim etilgan hujjatlarning Reglament talablariga muvofiqligini tekshiradi.
2. Firma nomini band qiladi.
3. Taqdim etilgan hujjatlar Reglament talablariga nomuvofiq bo‘lganda, firma nomini band qilishni rad etadi va bu haqda ariza beruvchini xabardor qiladi.
Ikki ish kuni davomida
3-bosqich
Ariza beruvchi
Yig‘im miqdori ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys)da belgilangan to‘lovni amalga oshiradi.
O‘n kun ichida
4-bosqich
Vakolatli organ
Buyurtma qilingan firma nomi band qilinganligi haqidagi xabarnomani ariza beruvchiga yuboradi.
Bir ish soati davomida
Davlatning rasmiy va qisqartirilgan nomini firma nomiga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 2-ILOVA
Davlatning rasmiy va qisqartirilgan nomini firma nomiga kiritish bo‘yicha
SO‘ROVNOMA
I. Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumot:
1. STIR:
II. Ariza beruvchining vakili to‘g‘risida ma’lumot:
1. F.I.O.:
2. JSHSHIR:
3. Vakilning ariza beruvchiga aloqadorligi:
III. Firma nomi to‘g‘risida ma’lumot:
Tanlangan firma nomining to‘liq yoki qisqartirilgan nomi:
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 65-son qaroriga 2-ILOVA
Firma nomlarini band qilish uchun buyurtma berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning
MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament O‘zbekiston Respublikasining “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan firma nomini band qilish cheklangan holatlarda (so‘zlarning o‘xshashligi sabab) yuridik shaxslar uchun firma nomlarini band qilish uchun buyurtma berish bo‘yicha davlat xizmatini (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Mazkur Reglament talablari:
tijorat banklari va kredit byurolari, xorijiy tijorat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, davlat organlari va tashkilotlariga;
davlatning rasmiy va qisqartirilgan nomini firma nomiga kiritish holatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
2. Davlat xizmati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) tomonidan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi o‘rinlarda — Tizim) orqali ko‘rsatiladi.
3. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq ko‘rsatiladi.
2-bob. Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
4. Jismoniy va yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etadi yoki Tizimdagi shaxsiy kabineti orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, Tizim orqali murojaat etgan taqdirda esa, ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
Bunda ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etganda davlat xizmatidan foydalanish uchun o‘zining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi, vakolatli shaxs yuridik shaxs rahbari bo‘lgan holatlar bundan mustasno.
5. So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani o‘zining elektron raqamli imzosi (keyingi o‘rinlarda — ERI) bilan tasdiqlaydi.
O‘zi kelib murojaat etganda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]
6. Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Yig‘im O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
Davlati xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
7. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
8. Vakolatli organ ikki ish kuni davomida so‘rovnomani ko‘rib chiqadi hamda ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha buyurtma qilingan firma nomini band qiladi yoki band qilishni rad etadi.
Davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etishga quyidagilar asos bo‘ladi:
tanlangan firma nomi Tizimda boshqa shaxs tomonidan zaxiraga olingan bo‘lsa;
buyurtma qilingan firma nomi O‘zbekiston Respublikasi “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasida belgilangan talablarga zid bo‘lsa;
buyurtma qilingan firma nomi mazkur Reglament qoidalari tatbiq etilmaydigan yo‘nalishlar bo‘yicha berilgan bo‘lsa.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
9. Vakolatli organ so‘rovnomani ko‘rib chiqib, buyurtma qilingan firma nomi band qilgandan so‘ng mazkur Reglamentning 6-bandida belgilangan yig‘im miqdori ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) Tizim orqali elektron shaklda yuboradi.
10. Ariza beruvchi o‘n kun muddatda to‘lovni amalga oshirishi lozim.
Ariza beruvchi tomondan to‘lov amalga oshirilgach, vakolatli organ tomonidan bir ish soati davomida buyurtma qilingan firma nomi band qilinganligi haqidagi xabarnoma davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) Tizim orqali elektron shaklda yuboriladi.
Ariza beruvchi mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddatda to‘lovni amalga oshirmaganda, vakolatli organ buyurtma qilingan firma nomi band qilinishini bekor qiladi.
11. Davlat xizmatlari markazi xabarnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
12. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlar sir saqlanishini ta’minlaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
13. Ariza beruvchilar vakolatli organlar xodimlarining xatti-harakatlari ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
14. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasi.
Firma nomlarini band qilish uchun buyurtma berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 1-ILOVA
Firma nomlarini band qilish uchun buyurtma berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning
Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimida (keyingi o‘rinlarda — Tizim) ro‘yxatdan o‘tadi.
Xohishiga ko‘ra
2-bosqich
Vakolatli organ
1. Taqdim etilgan hujjatlarning Reglament talablariga muvofiqligini tekshiradi.
2. Firma nomini band qiladi.
3. Taqdim etilgan hujjatlar Reglament talablariga nomuvofiq bo‘lganda firma nomini band qilishni rad etadi va bu haqda ariza beruvchini xabardor qiladi.
Ikki ish kuni davomida
3-bosqich
Ariza beruvchi
Yig‘im miqdori ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys)da belgilangan to‘lovni amalga oshiradi.
O‘n kun ichida
4-bosqich
Vakolatli organ
Buyurtma qilingan firma nomi band qilinganligi haqidagi xabarnomani ariza beruvchiga yuboradi.
Bir ish soati davomida
Firma nomlarini band qilish uchun buyurtma berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 2-ILOVA
Firma nomlarini band qilish uchun buyurtma berish bo‘yicha
SO‘ROVNOMA
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot:
1. F.I.O.:
2. JSHSHIR:
II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot:
1. STIR:
III. Ariza beruvchining vakili to‘g‘risida ma’lumot:
1. F.I.O.:
2. JSHSHIR:
3. Vakilning ariza beruvchiga aloqadorligi:
IV. Firma nomi to‘g‘risida ma’lumot:
Buyurtma qilingan firma nomining to‘liq nomi:
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 65-son qaroriga 3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Ariza beruvchi mazkur bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddat tugaganidan so‘ng qo‘shimcha ravishda bir marotaba o‘n ikki oydan oshmagan muddatga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lov to‘lagan holda, firma nomini saqlash muddatini uzaytirish huquqiga ega.
Firma nomini saqlash uchun undirilgan to‘lov summasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi”;
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 65-son qaroriga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxslarning nomlari va ramzlarida davlatning rasmiy nomidan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 11-oktabrdagi 286-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-son qarori)” 2017-yil 13-noyabrdagi 907-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 09/25/65/0139-son)