1-ILOVA
|
T/r |
Qonunchilik hujjati loyihasi |
Qonunchilik hujjati loyihasida nazarda tutilgan tadbirlar |
Ijro muddati |
Mas’ul ijrochilar |
|
I. Kichik va o‘rta biznes uchun moliyaviy resurslarni ko‘paytirish |
||||
|
1. |
Kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish tizimini kengaytirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
Loyihada “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (keyingi o‘rinlarda — Kompaniya) va “Biznesni rivojlantirish banki” ATB faoliyatini quyidagilar asosida takomillashtirish nazarda tutiladi: kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga barcha tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlarini jalb qilish; 100 mln so‘mgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish yoki ular bo‘yicha kafilliklar taqdim etish tartibini saqlab qolgan holda o‘z resurslari hisobiga mikrokredit miqdorini 300 mln so‘mgacha oshirish; Kompaniyaning hududiy filiallarini tashkil qilish; garovsiz mikrokreditlar bo‘yicha kredit tavakkalchiligini Kompaniya bilan tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro taqsimlash; Kompaniya tomonidan respublika budjeti va boshqa manbalardan moliyaviy mablag‘larni jalb qilish va qayta moliyalashtirishga yo‘naltirish hamda miqdorlarini belgilash. |
2024-yil sentabr |
Markaziy bank (Saydullayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
|
2. |
Mikromoliya banklari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha qonun loyihasi |
Loyihada: mikromoliya banklarining tashkiliy-huquqiy shaklini aksiyadorlik jamiyati sifatida, ustav kapitalining eng kam miqdorini 50 mlrd so‘m miqdorida belgilash; mikromoliya banklari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalarning ruxsat beriladigan turlarini va ularning eng ko‘p miqdorini belgilash, jumladan kredit portfelining kamida 70 foizini kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishga yo‘naltirish; mikromoliya banklariga qonunchilikda kafolatlangan miqdorda omonat jalb qilish huquqini berish nazarda tutiladi. |
2024-yil oktabr |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Markaziy bank (Saydullayev) |
|
3. |
Mikromoliya xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha qonun loyihasi |
Loyihada mikromoliya tashkilotlariga quyidagilarga ruxsat etish nazarda tutiladi: mikromoliya tashkilotlariga norezidentlardan xorijiy valyutada qarz mablag‘larini jalb qilish hamda yuridik shaxslarga xorijiy valyutada moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish; litsenziya asosida to‘lov tashkiloti sifatida faoliyat yuritish; jismoniy shaxs bo‘lgan ishtirokchilardan (aksiyadorlardan) ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritilgan hissa summasining yoki ularning egaligidagi aksiyalar nominal qiymatining ikki baravaridan oshmaydigan miqdorda qarz mablag‘larini jalb etish. |
2024-yil oktabr |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Markaziy bank (Saydullayev) |
|
4. |
Faktoring xizmatlari bozorini rivojlantirishga qaratilgan qonun loyihasi |
Loyihada faktoring tashkiloti faoliyatini tashkil qilish va faktoring xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha mezon va me’yorlar nazarda tutiladi. |
2024-yil noyabr |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Markaziy bank (Saydullayev) |
|
5. |
Islom moliyasini joriy qilish bo‘yicha qonun loyihasi |
Loyihada: islomiy mahsulotlar, xizmatlar va banklar faoliyatining huquqiy asosini yaratish; islomiy mahsulotlar va xizmatlar hamda ularni ko‘rsatuvchi tashkilotlarni soliqqa tortishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash; islomiy moliya shartlari asosida jalb etilgan omonatlarni himoya qilish nazarda tutiladi. |
2024-yil noyabr |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Markaziy bank (Saydullayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Qudratov), Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Li) |
|
6. |
Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari hamda banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risidagi qonunlar loyihalari |
Loyihalarda: tadbirkorlik subyektlari omonatlarining 200 mln so‘mgacha qismini kafolatlash tizimini joriy qilish; to‘lovga qobiliyatsiz banklarni sanatsiya qilish orqali ularning xizmatlari uzluksizligini ta’minlash, bank tizimi barqarorligini, shuningdek, iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish, omonatchi va kreditorlar huquqlarini himoya qilish nazarda tutiladi. |
2024-yil noyabr |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Markaziy bank (Saydullayev) |
|
II. Biznesni infratuzilma, yer va energiya resurslari bilan ta’minlash |
||||
|
7. |
Yer uchastkalarini sotib olishda soliq solishni soddalashtirish bo‘yicha qonun loyihasi |
Loyihada elektron onlayn auksion savdolarida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish nazarda tutiladi. |
2024-yil oktabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev) |
|
8. |
Yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi |
Loyihada: 1) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berish: Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyat markazlaridagi yer uchastkalari bo‘yicha — 3 yilgacha; 1 — 3 toifadagi tuman (shaharlar) bo‘yicha — 5 yilgacha; 3 va 4 toifadagi tuman (shaharlar) bo‘yicha — 10 yilgacha; 2) auksion savdolarida yer uchastkalari bo‘yicha to‘lovlar 15 kun ichida to‘liq to‘langanda, 20 foizga teng miqdorda chegirmalar berishni yo‘lga qo‘yish; 3) yer uchastkasi qiymatini yirik loyiha amalga oshirayotgan talabgor tomonidan tashkil etilgan (etiladigan) xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga davlat ulushi sifatida kiritish imkoniyatini yaratish; 4) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini yangidan ajratishda (realizatsiya qilishda) mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlarini majburiy ravishda ko‘rsatish tartibini joriy etish; 5) yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan obyektni foydalanishga topshirish davriga teng bo‘lgan muddatda yer solig‘i stavkasini 50 foiz miqdorida qo‘llash; 6) qurilish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish uchun sarflangan muddat, davlat organlari va mansabdor shaxslarning sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan xatti-harakatlari (harakatsizligi) natijasida o‘tkazib yuborilgan muddatni obyektni foydalanishga topshirish muddatidan chegirib tashlash; 7) loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlariga rioya qilinmaganda, tuman (shahar) hokimligi tomonidan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni bekor qilish va yer uchastkasini boshqa shaxsga realizatsiya qilish uchun elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi kiritish nazarda tutiladi. |
2024-yil sentabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), Kadastr agentligi (Po‘latov) |
|
9. |
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatorini amalga kiritish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
Loyihada yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatorini joriy etish hamda yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash, o‘zgartirish va shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish tartiblarini belgilash nazarda tutiladi. |
2024-yil oktabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), Kadastr agentligi (Po‘latov) |
|
10. |
Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yordamchi bino va inshootlar joylashgan yer uchastkalariga nisbatan soliq solishni takomillashtirish bo‘yicha qonun va Vazirlar Mahkamasining qarori loyihalari |
Loyihalarda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yordamchi bino va inshootlar joylashgan yer uchastkalariga nisbatan yer uchastkalari va kapital qurilish obyektlaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari klassifikatori asosida tabaqalashtirilgan soliq solish tartibini tatbiq etish nazarda tutiladi. |
2024-yil dekabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), Kadastr agentligi (Po‘latov) |
|
11. |
Tadbirkorlarga elektr energiyasi va gaz ta’minotidan foydalanishda yengilliklar berish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
Loyihada: 1) hisob-kitob davrida tadbirkorlar tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli shartnomaviy miqdordan ortiq iste’mol qilingan holatlar bo‘yicha: qo‘shimcha to‘lov undiriladigan shartnomaviy miqdordan ortiq iste’mol miqdori chegarasini 10 foizdan 20 foizga oshirish; qo‘shimcha to‘lov miqdorini belgilangan tarifning 2 baravaridan 20 foizga tushirish; 2) yuqori va o‘rta barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlarga elektr energiyasi uchun oldindan to‘lovni bir oy davomida ikkiga bo‘lib to‘lashga ruxsat etish nazarda tutiladi. |
2024-yil oktabr |
Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov) |
|
12. |
Tadbirkorlarning kommunal to‘lovlarni to‘lash imkoniyatlarini ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
Loyihada tadbirkorlarning hisobvaraqlariga inkasso topshiriqnomasi qo‘yilganda ham kommunal xizmatlarga (elektr energiyasi, gaz ta’minoti) to‘lovlar qilish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi. |
2024-yil dekabr |
Markaziy bank (Saydullayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev) |
|
13. |
Toshkent shahrida xususiy ta’lim obyektlarini barpo etishni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
Loyihada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-iyuldagi PQ-236-son qarorining 5-bandi “g” kichik bandida belgilangan to‘lovni nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarni qurish loyihalariga tatbiq etmaslik nazarda tutiladi. |
2024-yil noyabr |
Toshkent shahar hokimligi (Umurzakov) |
|
14. |
Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va qonun loyihalari |
Loyihalarda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, boshqarish va unda faoliyat yuritish, jumladan, investorlarga yer uchastkasini ajratish tartiblarini takomillashtirish nazarda tutiladi. |
2024-yil noyabr |
Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Qudratov), Adliya vazirligi (Tashkulov) |
|
15. |
Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan ta’minlash jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
Loyihada: Maxsus komissiya faoliyatini tugatish; xorijiy va mahalliy investorlarning qiymati 200 milliard so‘mdan oshadigan investitsiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlashda hujjat tayyorlash va ko‘rib chiqish jarayonlarini 2 baravar qisqartirish; ortiqcha hujjatlar, jumladan, Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazining texnik-iqtisodiy asoslarga investorning o‘z mablag‘lari hisobidan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish o‘zini oqlamasligi haqidagi ma’lumotnomasini bekor qilish nazarda tutiladi. |
2024-yil oktabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
|
16. |
Yashil energetikani yanada rag‘batlantirishga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
Loyihada generatsiya obyektlari tomonidan qayta tiklanadigan manbalardan olinadigan elektr energiyasi yagona tarmoqqa ulanmasdan iste’molchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berilganda ham unga “yashil energiya sertifikati” berish imkoniyati nazarda tutiladi. |
2024-yil dekabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov) |
|
III. Ichki bozorda teng raqobat muhitini yaratish, tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish |
||||
|
17. |
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun loyihasi |
Loyihada: inson hayoti va sog‘lig‘ini hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish uchun oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish; o‘simliklar karantini, veterinariya, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va texnik jihatdan tartibga solish organlarining bir-birini takrorlovchi vakolat va vazifalarini qisqartirish nazarda tutiladi. |
2024-yil dekabr |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xudayarov), Karantin agentligi (Ergashev), Texnik tartibga solish agentligi (Jumanazarov), Veterinariya qo‘mitasi (Norqobilov) |
|
18. |
Ichki bozorda raqobatni ta’minlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
Loyihada: Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiyaga tashqi savdodagi tarif va notarif choralarni Jahon savdo tashkiloti talablari asosida vaqtincha tartibga solish bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolatini berish; ushbu choralarni qo‘llash bo‘yicha takliflarni Savdo-sanoat palatasi tomonidan berish tartibi nazarda tutiladi. |
2024-yil noyabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Qudratov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
|
19. |
Asbob-uskuna va butlovchi qismlarni import qilishda debitor qarzdorlik vujudga kelish muddatini hisoblash tartibini takomillashtirish bo‘yicha qonun va Vazirlar Mahkamasining qarori loyihalari |
Loyihalarda asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi qismlar (shuningdek, ularni o‘rnatish va qurilish-montaj ishlarini bajarish) importiga oid kontraktda ularni yetkazib berish muddati 180 kundan ortiq etib belgilangan bo‘lsa, mazkur operatsiya bo‘yicha aktivlarni repatriatsiya qilish muddati sifatida kontraktda ko‘rsatilgan yetkazib berish muddatini e’tirof etish nazarda tutiladi. |
2024-yil oktabr |
Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), Markaziy bank (Saydullayev), Bojxona qo‘mitasi (Mavlonov) |
|
20. |
Qo‘shilgan qiymat solig‘i o‘rnini qoplash jarayonlarini soddalashtirish bo‘yicha qonun va Vazirlar Mahkamasining qarori loyihalari |
Loyihalarda eksport operatsiyalari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplashda: soliq to‘lovchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar belgilangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish talab etilmasligi; bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi vositasida soliq organlariga tovarlar bojxona chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos bo‘lishi nazarda tutiladi. |
2024-yil oktabr |
Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Bojxona qo‘mitasi (Mavlonov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev) |
|
21. |
Elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xatini birlashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
Loyihada elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xatini birlashtirgan holda, yagona elektron hujjat joriy etilishi va bunda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘pi bilan 4 ta turdagi ma’lumot kiritilishi nazarda tutiladi. |
2024-yil dekabr |
Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev) |
|
22. |
Xorijiy davlatlarda Savdo-sanoat palatasining vakillari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi |
Loyihada: O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida Savdo-sanoat palatasining vakili lavozimini joriy etish; Palata vakiliga xorijiy va mahalliy tadbirkorlar hamkorligini yo‘lga qo‘yish, mahsulotlarni xorijdagi bozorlarga olib chiqishga ko‘maklashish vazifalarini yuklash, ushbu faoliyatga vatandoshlarni jalb qilish, shuningdek, Palata vakili lavozimini joriy qilish bilan bog‘liq boshqa chora-tadbirlar nazarda tutiladi. |
2024-yil noyabr |
Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Tashqi ishlar vazirligi (Saidov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
|
23. |
Tovarning o‘zlashtirish darajasidan kelib chiqib ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
Loyihada: yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida kichik tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish orqali kafolatlangan tarzda xarid qilishning zamonaviy tizimini joriy qilish; davlat xaridlarini amalga oshirishda tovarning o‘zlashtirish darajasidan kelib chiqib ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi. |
2024-yil noyabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Raximova), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Qudratov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
|
24. |
Davlat investitsiya dasturidagi loyihalarda o‘zlashtirish ulushini belgilash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
Loyihada davlat investitsiya dasturlarida loyihalar bo‘yicha mahalliy mahsulotlar ulushini belgilash tartibini joriy qilish nazarda tutiladi. |
2025-yil fevral |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Qudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
|
25. |
Davlat xaridlarida raqobat muhitini kuchaytirish orqali tadbirkorlarni keng jalb qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
Loyihada davlat xaridlariga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish hamda ular o‘rtasida raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalarining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari sifatida davlat xaridlari doirasida tuziladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar ulushini qisqartirishni belgilash nazarda tutiladi. |
2024-yil dekabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (Musayev) |
|
26. |
Eksportoldi moliyalashtirishni kengaytirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
Loyihada tarmoqlarni rivojlantirishga nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan 200 mln AQSh dollarini eksportoldi moliyalashtirish uchun yo‘naltirish, shundan 50 mln AQSh dollarini bank kreditlari bo‘yicha kafillik taqdim etishga ajratish nazarda tutiladi. |
2024-yil oktabr |
Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Qudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (Vafayev) |
|
27. |
Ichki bozorga mahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun qulayliklar yaratishga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
Loyihada: o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan xomashyo va butlovchi qismlarni sertifikatlash orqali bojxona bojidan ozod qilish tartibini joriy qilish; to‘qimachilik, elektrotexnika, qurilish materiallari, maishiy kimyo, oziq-ovqat kabi drayver sohalarga zarur xomashyolar uchun import boji stavkalarini tushirish nazarda tutiladi. |
2024-yil oktabr |
Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov, Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Qudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Bojxona qo‘mitasi (Mavlonov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
|
28. |
Eksportda cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
Loyihada: import xomashyodan ishlab chiqarilgan yog‘ mahsulotlari eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish; mahalliy xomashyoni qayta ishlashdan olingan yog‘ mahsulotlarining 50 foizini eksport qilishga ruxsat berish; zaruratga ko‘ra, Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga vaqtinchalik (3 oygacha) cheklovlar joriy qilish vakolatini berish nazarda tutiladi. |
2024-yil noyabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Qudratov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
|
IV. Xizmatlar sohasiga yangi turtki berish |
||||
|
29. |
Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
Loyihada: Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash; Sun’iy intellektni rivojlantirish markazini tashkil etish; sun’iy intellektni rivojlantirish chora-tadbirlari va loyihalarini moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 50 mln AQSh dollarini ajratish nazarda tutiladi. |
2024-yil noyabr |
Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (Vafayev) |
|
30. |
Startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash ekotizimini yaratish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
Loyihada: Raqamli texnologiyalar sohasida startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturini joriy qilish; Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi muassisligida ustav kapitali 10 mln AQSh dollari bo‘lgan venchur jamg‘armasini tashkil etish; startap ishlanmalarini patentlash va savdo belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish; xorijiy venchur investitsiyalarni jalb qilganlik hamda o‘qitish va xalqaro sertifikatlarni olish uchun grantlar ajratish; Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan Raqamli texnologiyalar sohasida startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturini amalga oshirish hamda venchur jamg‘armasini tashkil etish uchun 50 mln AQSh dollarini ajratish nazarda tutiladi. |
2024-yil noyabr |
Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (Vafayev) |
|
31. |
Yirik korxonalar uchun servis ko‘rsatishda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
Loyihada: yirik korxonalarga servis ko‘rsatishda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish dasturini joriy qilish; mahalliy mutaxassislarning xorijiy davlatlardagi uskuna ishlab chiqaruvchi korxonalarda malakasini oshirish xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish nazarda tutiladi. |
2024-yil oktabr |
Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), tarmoq uyushmalari |
|
32. |
Umumiy ovqatlanish va turizm korxonalarini soliqqa tortishni takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
Loyihada: umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini quyidagi miqdorlarda har oyning 25 sanasiga qadar respublika budjetidan qaytarish tizimini joriy etish: a) oylik tovar aylanmasining naqd pulsiz (to‘lov terminallari yoki mobil to‘lovlar orqali) qismi: 60 foizdan oshgan umumiy ovqatlanish korxonalariga — budjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 40 foizi; 60 foizdan kam umumiy ovqatlanish korxonalariga — budjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foizi; b) turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga — budjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foizi. |
2024-yil sentabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), Turizm qo‘mitasi (Shadiyev), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
|
33. |
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishda qulayliklar yaratish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
Loyihada 2024-yil 1-dekabrdan boshlab umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan naqd pulga xarid qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kirim hujjatlarisiz rasmiylashtirish nazarda tutiladi. |
2024-yil oktabr |
Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
|
34. |
Mavsumiy kafe tashkil qilish tartibini soddalashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
Loyihada umumiy ovqatlanish korxonalariga o‘z hududiga tutash hududda joylashgan bo‘sh yer uchastkalarida mavsumiy kafe xizmatlarini tashkil qilish tartibini soddalashtirish nazarda tutiladi. |
2024-yil oktabr |
Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev) |
|
35. |
Umumiy ovqatlanish korxonalariga ishchilarni yollashda qulayliklar yaratish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
Loyihada umumiy ovqatlanish korxonalari uchun mehnat shartnomasini elektron shaklda tuzish orqali qisqa muddatli (kunbay, ishbay) mehnat shartnomasini tuzish tartibini joriy etish nazarda tutiladi. |
2024-yil noyabr |
Bandlik vazirligi (Musayev), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev) |
|
36. |
Eksklyuziv huquqlarni bekor qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
Loyihada: turizm, qurilish, shaharsozlik, ekspertiza va aloqa kabi sohalarda 7 ta eksklyuziv huquqni bekor qilish. Bunda mehmonxona faoliyatini sertifikatlash va “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali tender savdolari uchun hujjatlarni tayyorlash konsalting markazlari funksiyalari xususiy sektorga berilishini, shuningdek, turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qilish, shu jumladan, inspeksiya nazoratini o‘tkazish vakolati Turizm qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilishini belgilash; 2024-yil 1-oktabrdan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytinglarini yuritishni Savdo-sanoat palatasiga o‘tkazish nazarda tutiladi. |
2024-yil sentabr |
Raqobat qo‘mitasi (Turaxujayev), Turizm qo‘mitasi (Shadiyev), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
|
37. |
Kulolchilikni rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
Loyihada: Farg‘ona viloyati Rishton tumanida kulolchilik muzeyini tashkil qilish; “Usta-shogird” an’analari asosida yoshlarga kulolchilik hunarini o‘rgatish nazarda tutiladi. |
2024-yil noyabr |
Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), Farg‘ona viloyati hokimligi (Bozorov) |
|
38. |
Xususiy tibbiyotni rivojlantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
Loyihada xususiy tibbiyotni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar, jumladan, hujayra texnologiyalari laboratoriyasini tashkil qilish nazarda tutiladi. |
2024-yil dekabr |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xudayarov) |
|
39. |
Kapital bozori sohasini rivojlantirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi |
Loyihada kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” rejimini muddatsiz joriy qilish va uning doirasida quyidagilarga ruxsat etish nazarda tutiladi: O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari tomonidan fond birjalarida qimmatli qog‘ozlarni xorijiy valyutada joylashtirish; o‘z kapitali qiymatidan yuqori miqdorda va rentabellik ko‘rsatkichlarini hisobga olmagan holda korporativ obligatsiyalarni chiqarish; investitsion vositachilarga xorijiy tan olingan yurisdiksiyalarda hisob-raqamlar ochish imkoniyati nazarda tutiladi. |
2024-yil noyabr |
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Li), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Markaziy bank (Saydullayev) |
|
V. Biznes uchun to‘siq va g‘ovlarni yanada qisqartirish |
||||
|
40. |
Tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladigan mezonlarni belgilash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
Loyihada: Inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestrini yuritish tartibi; nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini to‘xtatib turishga faqatgina Reyestrga kiritilgan omillar asosida yo‘l qo‘yilishi (bundan sud tartibida va qonunda belgilanadigan asoslar bo‘yicha to‘xtatib turish holatlari mustasno) nazarda tutiladi. |
2024-yil oktabr |
Adliya vazirligi (Tashkulov), Biznes-ombudsman (Qosimov), nazorat qiluvchi organlar |
|
41. |
Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradigan mezonlarni takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasi |
Loyihada foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib ko‘rsatishni, shuningdek, davlat tomonidan belgilangan soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashni sodir etganlik bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladigan zarar miqdorini 2 baravar oshirish nazarda tutiladi. |
2024-yil sentabr |
Bosh prokuratura Valiyev), Adliya vazirligi (Tashkulov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev) |
|
42. |
Garov munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi |
Loyihada: garovdagi mulkni bozor qiymatida savdoga chiqarish; qaytmagan qarzdorlik summasi garov qiymatining 15 foizidan kam bo‘lganda, undiruvni mulkka qaratmaslik; kredit shartnomasi bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik vujudga kelgan hollarda dastlabki bosqichda muddati o‘tgan qarzdorlik qismiga da’vo ariza kiritish va shundan so‘ng ham qarzdor muddati o‘tgan qarzdorlikni to‘lamagan va to‘lov grafigi muddatiga rioya qilmagan (grafikka yetib olmagan) taqdirda to‘liq kredit summasini undirish haqida da’vo ariza kiritish tartiblarini joriy etish nazarda tutiladi. |
2024-yil dekabr |
Markaziy bank (Saydullayev), Oliy Sud (Islamov), Majburiy ijro byurosi (Egamberdiyev) |
|
43. |
Tadbirkorlarning mulk huquqlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
Loyihada: tadbirkorlik subyektlarining mulkini buzish bilan bog‘liq kompensatsiya to‘lovlaridan qarzdorlik mavjud bo‘lganda yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolarida realizatsiya qilishdan mahalliy budjetga tushgan tushumlarni Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha hududiy maqsadli jamg‘armalarga yo‘naltirish tartibini joriy qilish; kreditorlik qarzdorligi mavjud hokimliklarning mahalliy budjetdan orttirilgan mablag‘larini sarflashni taqiqlash; hokimliklardan kompensatsiya va zarar undirish to‘g‘risidagi sud qarorlarini bosqichma-bosqich undirish bo‘yicha onlayn ro‘yxatni shakllantirish va yuritish nazarda tutiladi. |
2024-yil dekabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Biznes-ombudsman (Qosimov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
|
44. |
“Qoraqalpog‘istonda biznes qiling” dasturini joriy qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
Loyihada Qoraqalpog‘iston Respublikasida biznes uchun yanada qulay shart-sharoitlarni joriy qilish nazarda tutiladi. |
2024-yil sentabr |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Ermanov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Qudratov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
|
45. |
Soliq sohasida nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
Loyihada: Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq ekspertlaridan iborat ekspert kengashini tashkil etish; tadbirkorlar va soliq organlari o‘rtasida yuzaga kelayotgan nizolarni sudgacha hal qilishning yagona tartibini joriy qilish nazarda tutiladi. |
2024-yil noyabr |
Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Biznes-ombudsman (Qosimov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev) |
|
46. |
Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
Loyihada milliy brendlarni dunyoga tanitish maqsadida davlatning rasmiy nomi, xususan, qisqartirilgan nomini firma nomiga kiritish bo‘yicha ruxsat etish tartibini soddalashtirish. |
2024-yil noyabr |
Adliya vazirligi (Tashkulov) |
|
47. |
Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi |
Loyihada: tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish; nazorat qiluvchi organlar tomonidan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish; Biznes-ombudsmanga nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tadbirkorlik subyektlarini ma’muriy javobgarlikka tortish qarorlari ustidan va tashqi infratuzilma obyektlariga ulanish, shuningdek, elektr energiyasi, tabiiy gaz ta’minoti, ichimlik va oqova suv xizmatlarini ko‘rsatishga mas’ul tashkilotlar ustidan sudlarga shikoyat kiritish vakolatini berish nazarda tutiladi. |
2024-yil oktabr |
Biznes-ombudsman (Qosimov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), nazorat qiluvchi organlar |
|
48. |
Soliq va bojxona organlarida o‘zaro qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olishni takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
Loyihada “BBB” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish tartibini tatbiq etish nazarda tutiladi. |
2024-yil dekabr |
Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), Bojxona qo‘mitasi (Mavlonov) |
|
49. |
Tadbirkorlik subyektlari uchun bitta huquqbuzarlik bo‘yicha bitta javobgarlikni belgilashga qaratilgan qonun loyihasi |
Loyihada quyidagilarni bekor qilish nazarda tutiladi: jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima; fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik. |
2024-yil noyabr |
Biznes-ombudsman (Qosimov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev) |
|
50. |
Soliq maslahatchilari huquqlarini ta’minlash bo‘yicha qonun loyihasi |
Loyihada soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan sudlarda va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda soliqqa oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy, fuqarolik, jinoyat ishlarini hamda ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish chog‘ida, shu jumladan, dastlabki tergov jarayonida mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini ifodalashni ta’minlash bo‘yicha tegishli qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutiladi. |
2024-yil dekabr |
Bosh prokuratura (Valiyev), Oliy Sud (Islamov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov) |
|
51. |
Soliq to‘lovchilarning huquqlarini ta’minlash bo‘yicha qonun loyihasi |
Loyihada majburiy ijroga qaratilgan masalalar, shu jumladan, jinoyat ishlari doirasida o‘tkaziladigan soliq auditi (taftish) bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning maxsus depozit hisob-raqamiga o‘tkazilgan pul mablag‘lariga nisbatan soliq organlari tomonidan penya hisoblanishini to‘xtatib turish tartibini joriy qilish nazarda tutiladi. |
2024-yil dekabr |
Bosh prokuratura (Valiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev) |
|
52. |
Soliqlarni hisobga olish muddatini qisqartirish bo‘yicha qonun loyihasi |
Loyihada ortiqcha undirilgan soliq summasini soliq to‘lovchining boshqa soliqlar bo‘yicha kelgusi to‘lovlaridan hisobga olishni soliq organlari tomonidan ko‘pi bilan 3 kun muddatda amalga oshirish tartibini joriy qilish nazarda tutiladi. |
2024-yil dekabr |
Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov) |
|
53. |
Qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
Loyihada: ayrim hududlarda huquqiy eksperiment tariqasida kooperatsiya asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi maxsus agrar rejim joriy qilish; fermer va dehqon xo‘jaliklariga ixtisoslashuvidan qat’iy nazar har bir gektar yer maydoniga kamida ikkita sherikni (jismoniy shaxs) jalb qilgan holda birgalikda faoliyat yuritish shartnomasi hamda qishloq xo‘jaligi kooperativi asosida eksportbop va serdaromad mahsulot ishlab chiqarishga ruxsat berish nazarda tutiladi. |
2025-yil yanvar |
Adliya vazirligi (Tashkulov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abdurahmonov) |
|
54. |
Investitsiyalarni jalb qilish va biznes yuritish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
Loyihada: kapital bozorni ommaviy moliyalashtirish jarayonlarini soddalashtirish maqsadida axborot tizimlari orqali investitsiya kiritish va jalb etishga qaratilgan tizim joriy etish; qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va sotib olishda, venchur va pay fondlarini moliyalashtirishda, kommandit shirkatlarga hissa kiritishda hamda qarz berish va olishda investitsion platformalar xizmatlaridan foydalanishga ruxsat etish; investitsion platforma operatorlariga qo‘yiladigan talablarni belgilash; investitsion platforma orqali investorlarning investitsiya kiritish va investitsiya jalb etuvchi shaxslarning mablag‘lar jalb etish shartlari nazarda tutiladi. |
2024-yil dekabr |
Adliya vazirligi (Tashkulov), Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Li) |
|
55. |
Korporativ munosabatlarni tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
Loyihada: mas’uliyati cheklangan jamiyat bilan tuzilgan qarz shartnomasida belgilangan tartibda qarzni ulushga ayirboshlashga ruxsat berish; ta’sischini jamiyat ta’sischilari safidan chiqarish yoki boshqa shaxslarni jamiyat ta’sischilari safiga kiritish bo‘yicha sudning kuchga kirgan qarorini ijro etishda jamiyat umumiy yig‘ilish qarori qabul qilinishi talab etilmasligini belgilash; Korporativ etika bo‘yicha komissiya tashkil etish; xo‘jalik jamiyatlarida jamiyat direktori o‘z harakatlarini kelishishi majburiy bo‘lgan jamiyat aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) vakolatli vakili (prokurist) instituti tashkil qilinishi mumkinligini belgilash nazarda tutiladi. |
2025-yil fevral |
Adliya vazirligi (Tashkulov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Li), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
|
56. |
Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
Loyihada kichik va o‘rta biznesni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi, shuningdek, mazkur Farmon bilan belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalarni o‘z ichiga olgan 2025-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi nazarda tutiladi. Bunda, strategiyani ishlab chiqishga xalqaro moliya institutlari, Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi, xorijiy va mahalliy ekspertlar jalb qilinadi. |
2024-yil noyabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (Abidxodjayev) |
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar va tashabbuslar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Mas’ul ijrochilar |
|
1. |
Kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish |
1. Kichik tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga barcha tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlarini jalb qilish. 2. “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida “300 mln so‘mlik mikrokredit” mahsulotini joriy qilish. |
2024-yil sentabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Markaziy bank (Saydullayev), “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (Maxamatov), “Biznesni rivojlantirish banki” ATB (Annaklichev) |
|
3. Dastur doirasida kichik tadbirkorlik subyektlariga bir yil davomida 10 trln so‘m miqdoridagi mikrokreditlar yo‘naltirish. |
2024-2025-yillarda |
|||
|
2. |
Mikromoliya xizmatlarini kengaytirish |
1. Mikromoliya xizmatlariga 1 trln so‘m resurs ajratish. |
2024-yil sentabr — dekabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Markaziy bank (Saydullayev) |
|
2. Mikromoliya xizmatlarini ko‘rsatish uchun 1 trln so‘m miqdorda mablag‘lar jalb qilish. |
2024-yil dekabr |
“Mikrokreditbank” ATB (Bo‘tayev) Markaziy bank (Saydullayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
||
|
3. Mikromoliya xizmatlari hajmini 12 trln so‘mga yetkazish. |
2024-yil dekabr |
|||
|
3. |
Arzon resurslarni kichik va o‘rta biznesga yo‘naltirish |
Davlat kafolati ostida jalb qilingan mablag‘larni yirik korxonalarga ajratish amaliyotidan bosqichma-bosqich voz kechish va 2025-yil yakuniga qadar 40 foizga qisqartirish. |
2024-2025-yillarda |
Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov, Xodjayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Qudratov) |
|
4. |
Avtomobilda yuklarni xalqaro tashishning ruxsatnoma tizimini ochiqlash |
“E-logistika” elektron platformasini ishga tushirish, eksportchilar uchun avtomobilda yuklarni xalqaro tashishda ruxsatnomalar soni va egalarini kuzatish hamda ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish imkoniyatini yaratish. |
2024-yil sentabr |
Transport vazirligi (Mahkamov) |
|
5. |
Qo‘shilgan qiymat solig‘i o‘rnini qoplash jarayonlarini raqamlashtirish |
Eksport operatsiyalari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash uchun bojxona organlarining elektron ma’lumotlar bazasida tovarlar bojxona chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar korxonalar kesimida to‘liq aks ettirilishini va ushbu ma’lumotlar real vaqt rejimida soliq organlarining elektron ma’lumotlar bazasiga uzatilishini ta’minlash. |
2024-yil sentabr |
Bojxona qo‘mitasi (Mavlonov), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev) |
|
6. |
Ishlab chiqaruvchilarni o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash |
Tarmoqlar kesimida mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar to‘g‘risidagi sertifikatlarni berish tizimini hamda ularni o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha reyestrni joriy etish. |
2024-yil oktabr |
Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Raximova), Texnik tartibga solish agentligi (Jumanazarov) |
|
7. |
Mahsulotlar sifati muvofiqligini aniqlash imkoniyatlarini kengaytirish |
1. Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, saralash va qayta ishlash uskunalari va butlovchi qismlarini sertifikatlash uchun Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida sinov laboratoriyalarini tashkil qilish. |
2024-yil dekabr |
Vazirlar Mahkamasi, Texnik tartibga solish agentligi (Jumanazarov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abduraxmonov), Namangan, Samarqand, Xorazm viloyatlari hokimliklari |
|
2. Mebel va yog‘ochsozlik sanoati uyushmasi qoshida zamonaviy sinov laboratoriyasini tashkil qilish. |
Vazirlar Mahkamasi, Texnik tartibga solish agentligi (Jumanazarov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
|||
|
8. |
Vatandoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish |
1. Vatandoshlarni savdo va investitsiya masalalari bo‘yicha maslahatchi sifatida jalb qilish. |
2024-yil dekabr, doimiy |
Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Tashqi ishlar vazirligi (Saidov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
|
2. Vatandoshlar bilan muhokamalar o‘tkazish, ularning taklif, tashabbus va loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish. |
Har oy |
|||
|
9. |
Xalqaro bank va fondlar bilan ishlashni jadallashtirish |
Xalqaro bank va fondlar bilan ishlash bo‘yicha loyiha guruhini tashkil qilish va uning rahbariga Bosh vazir o‘rinbosari maslahatchisi maqomini berish. |
2024-yil oktabr |
Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov) |
|
10. |
Ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash |
Import o‘rnini bosuvchi mahalliylashtirish loyihalarini moliyalashtirish uchun 100 mln AQSh dollari miqdorida mablag‘ yo‘naltirish. |
2024-2025-yillarda |
Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev, Qo‘chqorov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Qudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
|
11. |
Elektr ta’minoti sohasiga xususiy sektorni jalb qilish |
1. Samarqand viloyatida elektr tarmoqlariga xususiy operatorni jalb qilish bo‘yicha tender e’lon qilish. |
2024-yil oktabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Mustafayev), Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (Xodjayev), Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov) |
|
2. Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida elektr tarmoqlariga xususiy operatorlarni jalb qilish. |
2025-yil yanvar — sentabr oylarida |
|||
|
12. |
Tadbirkorlarni yer qa’ridan foydalanish maqsadlari uchun zarur yer uchastkalari bilan ta’minlash |
Yer qa’ridan foydalanish maqsadlari uchun kamida 300 ta kon va yer uchastkalarini, shundan 170 dan ortiq qum-shag‘alga ega yer uchastkalarini auksion savdolari orqali tadbirkorlik subyektlariga taklif etish. |
2024-yil sentabr — dekabr |
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (Islamov) |
|
13. |
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportini kengaytirish |
1. AQSh bozori talabini o‘rganib chiqib, O‘zbekistonda yetishtirilgan eksportbop meva-sabzavot mahsulotlari ro‘yxatini shakllantirish. |
2024-yil dekabr |
Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Tashqi ishlar vazirligi (Saidov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Karantin agentligi (Ergashev) |
|
2. Ro‘yxat asosida mahsulotlar eksporti uchun fitosanitar ruxsatlar olish yuzasidan AQSh Hukumati bilan muzokaralar o‘tkazish. |
2024-2025-yillarda |
|||
|
14. |
Hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish |
1. Hunarmandlarning xalqaro ko‘rgazma va festivallarda ishtirokini ta’minlash bo‘yicha reja-jadvalni tasdiqlash. |
2024-yil sentabr |
Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Tashqi ishlar vazirligi (Saidov) |
|
2. Milliy uslubdagi pavilonlar yaratish, hunarmandchilik mahsulotlari bo‘yicha targ‘ibot materiallarini chop etish choralarini ko‘rish. |
Reja-jadvalga asosan |
Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Hunarmand uyushmasi |
||
|
15. |
Karantin xizmatlarini ko‘rsatishda kompleks yondashuvni joriy qilish |
1. Karantin xizmatlarini kompleks ko‘rsatish bo‘yicha yagona namunaviy shartnoma tayyorlab, barcha eksportchilarga yetkazish. 2. Karantin xizmatlari bo‘yicha to‘lovlarni dam olish kunlarisiz, tunu kun qabul qiladigan, shuningdek, tadbirkorlarga shaxsiy kabinet orqali to‘lovlarni erkin boshqarish tizimini joriy etish. |
2024-yil dekabr |
Karantin agentligi (Ergashev) |
|
16. |
Mahalliy sanoat korxonalari faoliyatini Jahon savdo tashkiloti qoidalariga moslashtirish |
1. Kamida 10 ta mahalliy sanoat tarmoqlari xodimlarini Jahon savdo tashkiloti qoidalari asosida ishlashga o‘rgatishni tashkil etish. |
2024-yil oktabr |
Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Qudratov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Texnik tartibga solish agentligi (Jumanazarov), Adliya vazirligi (Tashkulov) |
|
2. Mazkur xodimlar tomonidan hududlardagi eksporti 1 mln AQSh dollaridan yuqori bo‘lgan korxonalarni Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirishga ko‘maklashishni tashkil etish. |
2024-2025-yillarda |
|||
|
17. |
Yirik korxonalarga xizmat ko‘rsatishda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish |
3 ming nafar mahalliy mutaxassisni Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Turkiyadagi uskuna ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga malaka oshirishga yuborish. Bunda malaka oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni davlat tomonidan qoplab berish. |
2024-2025-yillarda |
Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), tarmoq uyushmalari |
|
18. |
Turizm sohasidagi tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarib berish tizimini avtomatlashtirish |
Turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarib berish tizimini avtomatlashtirish maqsadida Turizm qo‘mitasi va Soliq qo‘mitasining axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish. |
2024-yil sentabr |
Turizm qo‘mitasi (Shadiyev), Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev) |
|
19. |
Umumiy ovqatlanish sohasiga xalqaro brendlarni jalb qilish |
Umumiy ovqatlanish sohasiga xalqaro brendlarni jalb qilish yuzasidan takliflar kiritish. Bunda umumiy ovqatlanish sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni nazarda tutish. |
2024-yil sentabr |
Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
|
20. |
Professional ta’limni rivojlantirish |
Hududlardagi, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi professional ta’lim tashkilotlarida tokarlarni tayyorlash bo‘yicha yo‘nalishlar tashkil qilish. |
2024-2025-yillarda |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
21. |
Logistika xizmatlarini rivojlantirish |
1. Logistika markazlarini tashkil qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash. 2. Xalqaro ahamiyatdagi yo‘llarni qurish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. |
2024-yil oktabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Qudratov), Tashqi ishlar vazirligi (Saidov) |
|
22. |
Startaplarni qo‘llab-quvvatlash |
Karyera qilish bo‘yicha “Ustoz AI” platformasida bepul onlayn videokurslar platformasini yaratish va uni oliy ta’lim muassasalarida qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritish. |
2024-yil sentabr |
Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
|
23. |
Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash |
Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va tashkilotchilar mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston va Yaponiyada Xalqaro yoshlar palatasi forumini tashkil etish va unda yoshlar ishtirokini ta’minlash |
2025-yil davomida |
Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
|
24. |
Inson hayoti va sog‘ligiga yuqori xavf soluvchi mezonlarni |
1. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar ro‘yxatini Adliya vazirligiga taqdim etish. |
2024-yil sentabr |
Nazorat qiluvchi organlar |
|
2. Inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestrini joriy qilish, uning lozim darajada (dolzarb) va barcha uchun ochiq holatda yuritilishini ta’minlash. |
2024-yil oktabr |
Adliya vazirligi (Tashkulov), Biznes-ombudsman (Qosimov) |
||
|
25. |
Markirovkalash tartiblarini takomillashtirish |
Markirovkalanadigan tovarlarni, jumladan, alkogol mahsulotlarini umumiy ovqatlanishda qo‘yib sotish tartiblarini takomillashtirish orqali umumiy ovqatlanishda markirovkalanadigan alkogol mahsulotlarini hisobdan chiqarishning raqamlashtirilgan texnik imkoniyatlarini yaratish. |
2024-yil dekabr |
Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev) |
|
26. |
Tekshiruvdan oldingi tahlil o‘tkazishda shaffoflikni ta’minlash |
Dasturiy mahsulot tomonidan tekshiruvdan oldingi tahlil o‘tkazish uchun ishlatiladigan formulani Soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida e’lon qilish. |
2024-yil sentabr, doimiy |
Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev), Biznes-ombudsman (Qosimov) |
|
27. |
Aholi o‘rtasida tadbirkorlikni keng targ‘ib qilish |
1. Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot doirasida bildirilgan tashabbus va takliflarni amalga oshirish natijasida tadbirkorlarning faoliyatida yuz bergan ijobiy o‘zgarishlarni yoritib borish yuzasidan mediareja tasdiqlash. |
2024-yil sentabr |
Vazirlar Mahkamasi (Qo‘chqorov) |
|
2. Mediarejaga asosan, ochiq muloqot doirasida qabul qilingan hujjatlar va amalga oshirilgan chora-tadbirlarning tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ta’sirini tahlil qilish va ijobiy natijalarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish. |
Har oy |
Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Biznes-ombudsman (Qosimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
||
|
28. |
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ilgari surilgan tashabbuslar ijrosini ta’minlash |
1. Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda, xususan, uning doirasida ishlab chiqiladigan qonunchilik hujjatlari loyihalari ro‘yxati va amaliy tadbirlar rejasida belgilangan har bir vazifani amalga oshirish holatini o‘rganish. |
Doimiy |
Adliya vazirligi (Tashkulov), Hisob palatasi (Boboyev) |
|
2. O‘rganish natijalari bo‘yicha ma’lumot va topshiriqlar ijrosida yuzaga kelayotgan masalalar yechimi bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Har oy |
|||
|
3. Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda belgilangan vazifalarni amalga oshirish holatini Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ko‘rib chiqish, yuzaga kelayotgan muammolar yechimi bo‘yicha hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun tegishli mas’ullarga choralar ko‘rib borish. |
Har oy |
Vazirlar Mahkamasi (Sadikov) |
||
|
4. Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda belgilangan har bir vazifa mas’ul idoralar tomonidan belgilangan muddatlarda va sifatli ijro etilishini nazorat qilish va ta’minlash. |
Doimiy |
Nazorat inspeksiyasi (Saidkarimov), Hisob palatasi (Boboyev), Adliya vazirligi (Tashkulov), Biznes-ombudsman (Qosimov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
3-ILOVA