Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar (keyingi oʻrinlarda — ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar)ni muqobil joylashtirish shakllarini takomillashtirish hamda yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarning jamiyatga integratsiyasini taʼminlash maqsadida:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PF-256-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2025-y., 06/25/256/1205-son)
1. Quyidagilar bolalarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
bolaning oila muhitida tarbiya topishini taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy himoya tizimini yoʻlga qoʻyish, oilani qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikdan chiqarishga koʻmaklashish orqali ijtimoiy yetimlikning oldini olish;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni jamiyatga integratsiya qilishga qaratilgan xizmatlar koʻlamini kengaytirish;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ularning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqib, muqobil shaklda joylashtirish;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni muqobil joylashtirishning ixtisoslashtirilgan tarbiya muassasalariga joylashtirish shaklini bosqichma-bosqich noinstitutsionallashtirish;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning huquq hamda manfaatlarini himoya qilish va ularning vakilligini taʼminlashning samarali tizimini joriy etish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik;
3.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.04.00 Oilaga tarbiyaga berish (patronat)]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda muqobil joylashtirishning quyidagi shakllarini belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
vasiylik va homiylikni belgilash;
bolani farzandlikka olish;
tutingan (foster) oilaga (oilaga tarbiyaga (patronat) olish hamda oilaviy bolalar uyiga (qisqa muddatli, uzoq muddatli yoki ixtisoslashgan joylashtirish xizmati) berish;
ixtisoslashtirilgan tarbiya, sogʻlomlashtirish va tibbiy-ijtimoiy muassasalarga joylashtirish.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari]
a) 2025-yil 1-yanvardan boshlab mehribonlik uylari va bolalar uylariga kam taʼminlangan oilalarning farzandlarini vaqtinchalik qabul qilish tartibi bekor qilinadi. Bunda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim tomonidan oilani kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha choralar koʻriladi;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
b) 2025-yil 1-fevraldan boshlab ogʻir hayotiy vaziyatda va yaqin qarindoshlari koʻmagisiz qolganligi natijasida farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi boʻlgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar (keyingi oʻrinlarda — ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalar) uchun bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:
ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalar va ularning bolalari (4 yoshga toʻlmagan) 1 yilgacha boʻlgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan taʼminlanadi;
ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi, ularda onalik va kasbiy koʻnikmalar shakllantiriladi;
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazlari) ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini taʼminlashga koʻmaklashadi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar]
v) 2025-yil 1-martdan boshlab Ijtimoiy reyestrga kiritilgan va rasmiy band boʻlgan yolgʻiz ona (ota)ga ijtimoiy shartnoma asosida bir nafar farzandi uchun bola(lar) uch yoshga toʻlguniga qadar maktabgacha taʼlim xizmatidan foydalanish uchun Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravarigacha miqdorida moddiy yordam beriladi.
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Bunda agar bolalar egizak boʻlsa, moddiy yordam egizaklarning har biri uchun beriladi.
4. Belgilab qoʻyilsinki, 2025-yil 1-fevraldan boshlab:
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.01.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish]
a) ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni aniqlash boʻyicha:
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ijtimoiy holati va turmush sharoitlari “Inson” markazlari tomonidan kompleks baholanadi hamda baholash natijalari asosida bolalarning ijtimoiy maqomi belgilanadi;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy maqomi va muqobil joylashtirish shakli belgilanguniga qadar ularni olti oygacha boʻlgan muddatga oilaviy bolalar uyiga qisqa muddatli joylashtirish tartibi joriy etiladi;
(4-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PF-256-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2025-y., 06/25/256/1205-son)
bolalarni muqobil joylashtirish shakllari boʻyicha joylashtirish (bundan farzandlikka va tutingan (foster) oilaga olish mustasno) “Inson” markazlarining, oilaviy bolalar uyini tashkil etish va tugatish Agentlik hududiy boshqarmasining qarori asosida amalga oshiriladi;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar tutingan (foster) oilaga “Inson” markazlari va bolani tarbiyaga olgan shaxslar oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida joylashtiriladi. Bunda mazkur Farmon qabul qilinguniga qadar tutingan ota-onalar bilan tuzilgan bitim va (yoki) bolani joylashtirish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror bolalar muqobil joylashtirish shakllari boʻyicha joylashtirilgan muddat tugagunga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
b) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar hamda ularni muqobil joylashtirish shakllaridan biri boʻyicha olish istagini bildirgan shaxslarning hisobini yuritish boʻyicha:
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni aniqlash, bolalarni hamda ularni muqobil joylashtirish shakllaridan biri boʻyicha olish istagini bildirgan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — nomzod)ni hisobga olish “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “YAMIH” AT) amalga oshiriladi;
nomzodlardan arizalarni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish imkoniyati yaratiladi;
nomzodlardan talab qilinadigan ayrim turdagi hujjatlar “Inson” markazlari tomonidan “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil olinadi;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning joylashtirilganligi, bolalar uchun ishlab chiqilgan individual rivojlanish va integratsiya rejalari hamda ularning ijrosi monitoringi natijalari boʻyicha maʼlumotlar “YAMIH” ATga kiritib boriladi;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.04.00 Oilaga tarbiyaga berish (patronat)]
v) ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muqobil joylashtirish shakllari boʻyicha:
oilaviy bolalar uyini tashkil etish uchun oilaning er va xotindan iborat toʻliq oila boʻlishi talabi bekor qilinadi hamda 30 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga oilaviy bolalar uyini tashkil etishga ruxsat etiladi;
oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida eʼtirof etiladi hamda ularga oʻz majburiyatlarini boshqa shaxslarga yuklashiga yoxud uchinchi shaxslarni jalb qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar oilaga tarbiyaga (patronat) faqat ularning qarindoshlariga beriladi;
tutingan (foster) oilada tarbiyalanayotgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning yashash xarajatlari, shuningdek, oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolarga bolani tarbiyalagani (parvarishlagani) uchun davlat tomonidan ajratiladigan mablagʻlar tarbiyalanuvchilar umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va boshlangʻich professional taʼlim muassasalarini tamomlaguniga qadar saqlab qolinadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-330-son qaroriga muvofiq:
2025-yil 1-apreldan boshlab ijtimoiy yetimlikning oldini olish, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga individual yondashuv asosida oilaga yaqin muhitda gʻamxoʻrlik koʻrsatish hamda tarbiyalash xizmatini koʻrsatish maqsadida mahallalarda oila shaklidagi kichik hajmli bolalar uylari tashkil etilishi;
dastlabki bosqichda mazkur tadbirlar Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2024-yilda Toshkent shahrida amalga oshirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
6. 2025-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich Andijon viloyatida Agentlik tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasa huzurida, Toshkent shahri hamda Samarqand viloyatida Agentlik tizimidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirish uchun tarbiya muassasasi huzurida kichik hajmli bolalar uyi tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
7. 2025-yil 1-apreldan boshlab ijtimoiy yetimlikning oldini olish, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uzoq yoki qisqa muddatli gʻamxoʻrlik koʻrsatish hamda tarbiyalash xizmatini koʻrsatish jarayoniga nodavlat sektorni jalb etishning quyidagi tartibi joriy etilsin:
nodavlat tashkilotlar tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uzoq yoki qisqa muddatli gʻamxoʻrlik koʻrsatish hamda tarbiyalash xizmatini koʻrsatish qonunchilikka muvofiq Agentlik bilan tuziladigan davlat ijtimoiy buyurtmasi, autsorsing yoki boshqa turdagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi;
nodavlat tashkilotlar tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uzoq yoki qisqa muddatli gʻamxoʻrlik koʻrsatish hamda tarbiyalash xizmatini koʻrsatish uchun joylashtiriladigan bolalar soni Agentlik tomonidan belgilanadi;
nodavlat tashkilotlar tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uzoq yoki qisqa muddatli gʻamxoʻrlik qilish hamda tarbiyalash xizmatining koʻrsatilishi “Inson” markazlari tomonidan monitoring qilinadi;
Agentlikka yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uzoq yoki qisqa muddatli gʻamxoʻrlik koʻrsatish hamda tarbiyalash xizmatini koʻrsatish boʻyicha davlat ijtimoiy buyurtmasi, autsorsing va boshqa turdagi shartnomalar boʻyicha xarajatlarni Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishga ruxsat beriladi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
8. Belgilansinki, 2025-yil 1-fevraldan boshlab “Inson” markazlari muqobil joylashtirish shakllari (bundan bolani vasiylikka, homiylikka va farzandlikka olish mustasno) boʻyicha joylashtirilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning qonuniy vakili hisoblanadi. Bunda “Inson” markazlariga:
tutingan (foster) oila hamda ixtisoslashtirilgan tarbiya muassasalari tomonidan bolalarga gʻamxoʻrlik koʻrsatish, tarbiyalash va qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa xizmatlar koʻrsatilishini nazorat qilish;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning qonuniy vakili sifatida har qanday jismoniy va yuridik shaxslar bilan boʻlgan munosabatlarda, shu jumladan, sudda muqobil joylashtirish shakllari boʻyicha tarbiyaga olingan (bundan farzandlikka olingan bolalar mustasno) bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning nomidan va ularning eng ustun manfaatlarini koʻzlab harakat qilish vazifasi yuklatiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.04.00.00 Ota-onalar va bolalarning hamda boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlari. Aliment majburiyatlari / 04.04.01.00 Oila aʼzolari va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari]
9. “Inson” markazlariga:
muqobil joylashtirish shakllari boʻyicha joylashtirilgan bolalarning turmush sharoitlarini, davlat tomonidan berilayotgan mablagʻlarning bolalar manfaati uchun sarflanayotganligini va bolalarni tarbiyaga olgan shaxslarning oʻz majburiyatlarini bajarishini monitoring qilish;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, shuningdek, yolgʻiz ona qaramogʻidagi bolalarning moddiy taʼminot olish huquqlarini taʼminlashda aliment toʻlovlari, bolaning sogʻligʻini tiklash va reabilitatsiyasi uchun qoʻshimcha xarajatlarni ota-ona yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxslardan bola foydasiga undirish boʻyicha sudga ariza (daʼvo arizasi) kiritish;
bolaning ota-onasini bedarak yoʻqolgan deb topish va (yoki) vafot etgan deb eʼlon qilish boʻyicha sudga ariza kiritish;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga meros yoki mol-mulkka egalik qilishning boshqa shakllari asosida tegishli boʻlgan mol-mulkning ular voyaga yetguniga qadar boshqa shaxslarga berishning oldini olish choralarini koʻrish;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha oʻz vazifalarini amalga oshirishlari uchun zarur boʻlgan axborot, hujjatlar va ularning nusxalarini barcha davlat organlari, tashkilotlar va muassasalardan soʻrov asosida bepul olish huquqi berilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar]
10. Belgilansinki:
“Inson” markazlari bolaning sogʻligʻini tiklash va reabilitatsiyasi uchun qoʻshimcha xarajatlarni ota-ona yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxslardan bola foydasiga undirish boʻyicha sudga murojaat qilganda davlat bojini toʻlashdan ozod etiladi;
aliment toʻlayotgan ota yoki onaning moddiy ahvolidan qatʼi nazar davlat yoki nodavlat muassasalarning toʻliq taʼminotida boʻlgan voyaga yetmagan bolaga toʻlanayotgan aliment miqdorini sud tomonidan kamaytirish yoki uni aliment toʻlashdan ozod qilish tartibi bekor qilinadi;
bolaga tayinlangan aliment miqdorini kamaytirish toʻgʻrisidagi ishlarni sudda koʻrib chiqishda “Inson” markazlari jalb etiladi. Bunda bolaning va aliment toʻlovchining yashash sharoitlari “Inson” markazlari tomonidan kompleks baholanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
11. Ota-onasi xorijiy davlatlarga, shu jumladan, tashqi mehnat migratsiyasiga ketgan bolalarning nazoratsiz qolishining oldini olish hamda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
2025-yil 1-yanvardan boshlab Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketganiga uch oydan oshgan fuqarolar (er-xotin, yolgʻiz ona yoki ota) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
2025-yil 1-iyuldan boshlab Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi uch oydan ortiq muddatga tashqi mehnat migratsiyasiga yuborilgan fuqarolar (er-xotin, yolgʻiz ona yoki ota) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har chorakda Agentlikka taqdim etib boradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi]
12. 2025-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Mehr daftari” jamgʻarmalari amaldagi moliyalashtirish manbalari hamda mavjud qoldiq mablagʻlari Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasiga oʻtkazilgan holda tugatilsin.
Bunda Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi tomonidan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash tadbirlari uchun ajratilgan mablagʻlar Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining gʻazna hisobvaragʻiga ushbu hududlardagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
13. Agentlikning muqobil joylashtirish shakllari boʻyicha joylashtirilgan (bundan farzandlikka olingan bolalar mustasno) 14 yoshdan 23 yoshgacha boʻlgan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlar (keyingi oʻrinlarda — yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlar) uchun “Yoshlarga hamrohlik” dasturini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. Bunda “Yoshlarga hamrohlik” dasturi doirasida:
a) “Inson” markazlari tomonidan:
yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarga ijtimoiy xodim biriktiriladi;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ijro etilishi majburiy boʻlgan individual integratsiya rejasi tasdiqlanadi va ijrosi monitoring qilib boriladi. Bunda individual integratsiya rejasida belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida hamda samarali ijro etilishi yuzasidan nazorat Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya tomonidan amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
b) oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlar davlat fuqarolik xizmatiga tanlovsiz qabul qilinadi;
v) 2025-yil 1-yanvardan boshlab yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarga Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan taʼlim olish, bandligini taʼminlash, davolanish hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun ijtimoiy yordam koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.02.00 Oʻgʻil qilib olish (qiz qilib olish);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
14. Agentlikning 2025-yil 1-yanvardan boshlab tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslariga yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka olish istagini bildirgan nomzodlarni ham qamrab olish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka olish istagini bildirgan nomzodlarni hamda tutingan ota-onalarni oʻqitish Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan tashkil etiladi hamda muvofiqlashtiriladi.
15. Bolalarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
16. Ichki ishlar vazirligi Agentlik bilan birgalikda ikki oy muddatda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin.
17. Agentlik:
ikki oy muddatda Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlariga ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibini;
uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Hukumatga kiritsin;
2025-yil 1-noyabrga qadar Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni parvarish qilish boʻyicha standartlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
19. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Agentlik direktori M.P. Olloyorov belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 14-noyabr,
PF-185-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-son Farmoniga 1-ILOVA
Bolalarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlar
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyaga joylashtirishning muqobil shakllarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2024-yil dekabr
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Adliya vazirligi
2.
“Hayot maktablari” faoliyatini tashkil etish hamda qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan, shu jumladan, nazoratsiz va qarovsiz qolgan bolalarga kompleks yondashuv asosida ijtimoiy yordam va xizmatlarni koʻrsatish tartibini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2024-yil dekabr
Ichki ishlar vazirligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
3.
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga koʻrsatiladigan xizmatlar tizimini takomillashtirish, shu jumladan, “Mehr daftari” tizimini qayta koʻrib chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2024-yil dekabr
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
masʼul vazirlik va idoralar
4.
Vasiylik va homiylik organlari, yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning vasiy va homiylarini:
notariuslar, davlat xizmatlari markazlari, FHDY va ichki ishlar organlari, davlat tibbiyot va boshqa muassasalar orqali yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirish bilan bogʻliq hujjatlarni rasmiylashtirishda;
yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni himoya qilish maqsadida sudlarga ariza bilan murojaat qilishda davlat bojidan ozod etish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.
vasiylik va homiylik sohasidagi davlat organlari va muassasalarining vazifalarini optimallashtirish boʻyicha ularning vazifa va funksiyalarini qayta koʻrib chiqish;
bolani tarbiyaga joylashtirishning zamonaviy muqobil shakllarini kiritish;
nodavlat tashkilotlar tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uzoq yoki qisqa muddatli gʻamxoʻrlik koʻrsatish hamda tarbiyalash xizmatini koʻrsatishni qonunchilikka muvofiq Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan tuziladigan davlat ijtimoiy buyurtmasi, autsorsing yoki boshqa turdagi shartnomalar asosida amalga oshirish;
bolaga tayinlangan aliment miqdorini kamaytirish toʻgʻrisidagi ishlarni sudda koʻrib chiqishda “Inson” markazini jalb etish, bunda bolaning va aliment toʻlovchining yashash sharoitlari “Inson” markazi tomonidan kompleks baholanishi hamda uning natijalarini sud hujjatlarini qabul qilishda inobatga olish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2025-yilyanvar
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura
6.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlarining bolaning qonuniy vakili sifatida hamda yoshlarga hamrohlik qilishda malakasini oshirish boʻyicha kurslarni tashkil etish.
Tashkiliychora-tadbirlar
2024-2025-yillar davomida
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
masʼul vazirlik va idoralar
8.
Nogironligi boʻlgan bolalarni tarbiyaga joylashtirishning muqobil shakllariga, shu jumladan, qaytarib olgan ota-onasiga ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha xorijiy tajribani tahlil qilgan holda takliflar ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.
Tahliliy maʼlumot
2025-yil mart
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
masʼul vazirlik va idoralar
9.
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.
Tahliliy maʼlumot
2025-yil dekabr
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
10.
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni parvarish qilish boʻyicha standartlarni ishlab chiqish.
Milliy standartloyihasi
2025-yil oktabr
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
II. Axborot bazalari va platformalar integratsiyasini taʼminlash va ularning faoliyatsamaradorligini oshirish hamda infratuzilmani barpo etish
11.
“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:
vasiylik va homiylikka olingan yoki vasiy yoxud homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslar, muqobil tarbiyaga olingan bolalar va tutingan shaxslar (ota-onalar) toʻgʻrisidagi yagona maʼlumotlar bazasini yaratish;
yagona maʼlumotlar bazasini zarur idoraviy axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilish;
yagona maʼlumotlar bazasini doimiy ravishda takomillashtirib borish.
Kompleks chora-tadbirlar
2025-yil fevral
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Adliya vazirligi,
Oliy sud,
Ichki ishlar vazirligi, Kadastr agentligi
12.
Bolalarni muqobil joylashtirish shakllariga olishni xohlovchi shaxslardan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali arizalar qabul qilish imkoniyatini yaratish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2025-yil yanvar
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Adliya vazirligi
13.
Bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Bunda bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati uchun alohida bino (xona) ajratish va zarur mebellar bilan jihozlash inobatga olinadi.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2024-2025-yillar
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
14.
Andijon, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimida kichik hajmli bolalar uyini tashkil etish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2025-yilyanvar — may
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Andijon viloyati hokimligi,
Toshkent shahri hokimligi,
Samarqand viloyati hokimligi
15.
Farzandlikka oluvchilar, tutingan ota-onalarga bolalarni parvarish qilishga koʻmaklashuvchi elektron platformani ishga tushirish hamda unga farzandlikka oluvchilar, tutingan ota-onalarga bolalarni parvarish qilish boʻyicha videoroliklar, qoʻllanmalar, tarqatma materiallar tayyorlash va joylashtirib borish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2025-yil yanvardan boshlab doimiy ravishda
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
16.
“Elektron poliklinika” axborot tizimiga bolalarning sogʻligʻi holati, jismoniy va aqliy rivojlanishi haqidagi tibbiy xulosalarni kiritish imkoniyatlarini yaratish.
Amaliy chora-tadbirlar
2025-yil fevral
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
17.
Migratsiya yagona maʼlumotlar bazasidan tashqi mehnat migratsiyasiga uch oydan ortiq muddatga chiqib ketgan fuqarolar (er-xotin, yolgʻiz ona yoki ota) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga yuborish imkoniyatini yaratish.
Amaliy chora-tadbirlar
2025-yil iyun
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Migratsiya agentligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
18.
Yetim, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, shu jumladan, nogironligi boʻlgan, rivojlanishida ruhiy, xulq-atvor buzilishlari boʻlgan va alohida parvarish hamda tarbiyalashga muhtoj bolalarni joylashtirish uchun kichik hajmli bolalar uyi faoliyatini respublika boʻylab yoʻlga qoʻyish boʻyicha konsepsiya ishlab chiqish.
Kompleks chora-tadbirlar
2025-yil noyabr
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
masʼul vazirlik va idoralar,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
III. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyasinitaʼminlashga qaratilgan mediareja ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash
19.
Jamoat joylarida hamda markaziy televideniye orqali ijtimoiy yetimlik (farzanddan voz kechish)ning oqibatlari va uning oldini olish, shuningdek, oilani mustahkamlashga qaratilgan vizual video-animatsion kliplar, qisqa metrajli filmlar va koʻrsatuvlarni namoyish etish.
Videorolik,
amaliy chora-tadbirlar
2025-yildan boshlab
Kinematografiya agentligi,
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
20.
Ota-onalarning farzand tarbiyalash va ularga gʻamxoʻrlik koʻrsatishdagi majburiyatlari, bolaning qiziqishlarini roʻyobga chiqarishga targʻib qiluvchi qisqa metrajli filmlar va ijtimoiy roliklar tayyorlash va (shahar koʻchalarida joylashgan bilbordlar va led monitorlar orqali) namoyish etish.
Videorolik,
amaliy chora-tadbirlar
2025-yildan boshlab
Kinematografiya agentligi,
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
21.
Fuqarolarni yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyaga olishga ragʻbatlantirishga qaratilgan targʻibot materiallari, muqobil joylashtirish shakllariga berilgan va tutingan oila muhitida tarbiyalanayotgan bolalar hamda tutingan ota-onalar toʻgʻrisida qisqa metrajli filmlar va koʻrsatuvlarni namoyish etish.
Amaliy chora-tadbirlar,
videorolik
2025-yildan boshlab
Kinematografiya agentligi,
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
22.
Turli sohalarda faoliyat yuritayotgan hamda muayyan yutuqlarga erishgan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlar toʻgʻrisida turkum telekoʻrsatuvlar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.
Amaliy chora-tadbirlar
2025-yildan boshlab
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
23.
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning “Yoshlarga hamrohlik” dasturi mazmun-mohiyati, uning doirasida yaratilayotgan imkoniyatlar toʻgʻrisida xabardorligini oshirish.
Chora-tadbirlar rejalari
2025-yildan boshlab
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PF-256-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2025-y., 06/25/256/1205-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-martdagi “2003-yilning 1-aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha beriladigan imtiyozlar oʻrniga kompensatsiya pul toʻlovlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi PF-3227-son Farmonining 2-bandida:
birinchi xatboshi quyidagi mazmundagi birinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“2. Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining summasi jismoniy shaxslarning jami daromad tarkibiga kiritilmasligi hamda pensiya va nafaqalar toʻlanadigan tartib va muddatlarda:
respublika budjeti hisobidan pensiya oluvchilarga — pensiya tayinlangan tashkilot orqali;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi) hisobidan pensiya oluvchilarga — Pensiya jamgʻarmasi orqali;
nafaqa oluvchilarga — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali toʻlanishi belgilab qoʻyilsin”;
beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi orqali pensiya va nafaqa” soʻzlari “Pensiya jamgʻarmasi orqali pensiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 17-dekabrdagi “Faxriy unvonlar uchun toʻlovlar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi PF-3942-son Farmonining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Belgilab qoʻyilsinki, faxriy unvonlar egalariga, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi faxriy unvon egalariga toʻlovlar har oyda quyidagi mablagʻlar hisobidan toʻlanadi:
budjet tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarga — tegishli budjetlar hisobidan;
xoʻjalik hisobidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarga — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning oʻz mablagʻlari hisobidan;
pensiya oluvchilarga — pensiya tayinlangan tashkilot orqali respublika budjeti va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
nafaqa oluvchilarga — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4161-son Farmonida:
a) muqaddimadagi “pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni” soʻzlari “pensiyalar, kompensatsiya va boshqa toʻlovlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “pensiyalar, shuningdek, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa toʻlovlarni tayinlash, moliyalashtirish, ularning toʻlanishini hisobga olish va monitoringini yuritish” soʻzlari “pensiyalar, shuningdek, kompensatsiya va boshqa toʻlovlarni tayinlash, moliyalashtirish, ularning toʻlanishini hisobga olish va oʻrganish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“fuqarolarning davlat pensiya taʼminotini tashkil qilish, fuqarolarga pensiyalar, kompensatsiya va boshqa toʻlovlarni tayinlash, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pensiyalar hamda boshqa toʻlovlarning miqdorlari qayta hisoblab chiqilishini taʼminlash”;
d) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 14-apreldagi “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4715-son Farmoni 1-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi “Mehnat faoliyatini olib borayotgan pensionerlarning alohida toifalariga qulay sharoitlar yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5291-son Farmoni 4-bandidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6079-son Farmoniga 15-ilovaning 9-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6191-son Farmonida:
“budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi — vafot etgan shaxsga ilgari tayinlangan pensiya va pensiya bilan birgalikda toʻlanadigan boshqa toʻlovlarning toʻlovi toʻxtatilishini”;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi — vafot etgan shaxsga ilgari tayinlangan nafaqalarning toʻlovi toʻxtatilishini”;
13 va 14-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
13.
Pensiya miqdori toʻgʻrisida maʼlumot
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi
14.
Pensiya oluvchilar roʻyxatida mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot
”;
quyidagi mazmundagi 19 va 20-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“
19.
Nafaqa miqdori toʻgʻrisida maʼlumot
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi
20.
Nafaqa oluvchilar roʻyxatida mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot
”;
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-iyundagi “Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6241-son Farmonining 1-bandi “a” kichik bandidagi “miqdorida va undan” soʻzlari “miqdoridan” soʻzi bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini moddiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-58-son Farmoni 2-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar nafaqasiga har oyda toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlov nafaqa tayinlangan tashkilot orqali Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi”.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi “Nogironligi boʻlgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-74-son Farmoni 2-bandining “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) parvarishlash nafaqasi fuqarolardan murojaat talab etilmagan holda, elektron maʼlumotlar asosida “proaktiv shakl”da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tayinlanadi va toʻlanadi”.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PF-175-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasining 2-bobi quyidagi mazmundagi 51-maqsad bilan toʻldirilsin:
“51-maqsad: Parvarishlash iqtisodiyotining alternativ modellarini joriy etish.
Ushbu yoʻnalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
a) Parvarishlash iqtisodiyotining alternativ modellari konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
b) parvarishlash boʻyicha ijtimoiy xizmatlar roʻyxatini shakllantirish, standartlarini ishlab chiqish va xizmat koʻrsatuvchi subyektlar faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilash;
v) parvarishlash ishlari bilan norasmiy band boʻlgan shaxslarni malaka oshirish, qayta tayyorlash va sertifikat berish orqali rasmiy bandlikka oʻtkazish choralarini koʻrish”.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-27-son Farmoniga ilovaning 205-pozitsiyasi “Muddati” ustunidagi “2024-yil” soʻzlari “2025-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-82-son Farmonida:
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-111-son Farmoniga 2-ilovaning 7-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Koreya Respublikasidagi mehnat faoliyati davrida toʻlangan pensiya ajratmalarini olishda ularga davlat tomonidan yordam koʻrsatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-738-son qarorining 6-bandidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1252-son qarorida:
a) nomlanishidagi va 1-banddagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning beshinchi xatboshisidagi “moliya organlari” soʻzlari “tegishli ravishda Iqtisodiyot va moliya vazirligi markaziy apparati hamda uning hududiy iqtisodiyot va moliya organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
nomlanishidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” blokidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni toʻlash mexanizmini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2753-son qarorining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, AT “Xalq banki” pensiyalar mazkur qarorning 2-bandiga muvofiq, qonunchilikda belgilangan muddatda, tegishli oyning 27 sanasidan kechiktirmay toʻlanishini taʼminlasin”.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi “Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4185-son qarorida:
v) ilovaning 13-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov)” soʻzlari “Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4699-son qaroriga 5-ilovaning 2.3-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4742-son qaroriga ilova quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
“21. Oilaviy bolalar uyini tashkil etish va faoliyatini yuritish”.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4797-son qarorining 6-bandi va qarorga 5-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-noyabrdagi “1993-yil 22-yanvardagi Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya va 2002-yil 7-oktabrdagi Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4895-son qaroriga 1-ilovada:
a) 6-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
6.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Umumiy oʻrta taʼlim haqidagi maʼlumotlarni talab qilish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish.
”;
b) quyidagi mazmundagi 61-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
61.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Vasiylik va homiylikni belgilash va bekor qilish bilan bogʻliq masalalar;
farzandlikka olishni belgilash va bekor qilish bilan bogʻliq masalalar.
”.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi “Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5033-son qarorining 3-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5102-son qarorida:
“Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi) tomonidan moliyalashtiriladigan pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlar (keyingi oʻrinlarda — pensiya va boshqa toʻlovlar)ni toʻlash AT “Xalq banki” tomonidan amalga oshiriladi. Bunda AT “Xalq banki” bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq unga pensiya toʻlovlarini naqd pulda mahalla fuqarolar yigʻinlariga, fuqarolarning yashash manzillariga yetkazib berish majburiyati yuklatiladi;
AT “Xalq banki” tomonidan pensiya va boshqa toʻlovlarni mahalla fuqarolar yigʻini binosi yoki fuqaroning yashash manziliga yetkazib berish shartlaridan kelib chiqib, xizmat haqi pensiya va boshqa toʻlovlar toʻlanadigan (yetkazib beriladigan) summaning 1 foizi miqdorida boʻlishi mumkin. Bunda pensiya va boshqa toʻlovlarni yetkazib berish bilan bogʻliq xarajatlar Pensiya jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan toʻlab beriladi”;
b) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “nafaqalarni” soʻzi “boshqa toʻlovlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5215-son qarorida:
a) 1-bandning birinchi xatboshisidagi “Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “, vasiy yoki homiy tayinlash, farzandlikka berish va joylashtirishning boshqa shakllarini qoʻllash” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash tadbirlari mazkur bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan manbalar hisobidan Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi orqali moliyalashtiriladi.
Bunda Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi tomonidan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash tadbirlari uchun ajratilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining gʻazna hisobvaragʻiga ushbu hududlardagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi”;
“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash tadbirlarini moliyalashtirish homiylik mablagʻlari, 2022-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar sof tushumining uch foizi miqdoridagi ajratmalar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“2025-yil 1-yanvardan boshlab mazkur bandda nazarda tutilgan manbalar hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qoʻllab-quvvatlash tadbirlarini moliyalashtirish uchun ham mablagʻ yoʻnaltirishga ruxsat beriladi”;
g) 11-bandning “b” kichik bandidagi “Xalq taʼlim vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) ilovaning 16-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustuni “, Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5216-son qarorida:
“oʻzlariga biriktirilgan turar joyga ega boʻlmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ular 18 yoshga toʻlgandan keyin koʻp kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 — 50 kvadrat metr oraligʻida boʻlgan, mazkur bolalar oʻrtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 — 70 kvadrat metr oraligʻida boʻlgan kvartiralar yoki mazkur kvartiralar narxidan ortiq boʻlmagan narxda yakka tartibdagi turar joy (hovli) ajratiladi. Bunda mazkur toifaga kiruvchi nogironligi boʻlgan bolalarga kvartiralar koʻp qavatli uylarning uchinchi qavatigacha ajratiladi;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun uy-joylar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) tomonidan koʻchmas mulkning birlamchi bozoridagi shahar va tumanlarda qurilgan koʻp kvartirali uy-joylardan xarid qilinadi;
tegishli tuman (shahar)da koʻchmas mulk birlamchi bozorida mazkur bandda nazarda tutilgan mezonlarga mos keladigan uy-joylar mavjud boʻlmaganda, uy-joylar koʻchmas mulkning ikkilamchi bozoridan tegishli mezonlarga muvofiq holda xarid qilinadi;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joylar bilan taʼminlash “onlayn-navbat” tizimi asosida amalga oshiriladi”;
a) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joylar mulk huquqi asosida, biroq ular 30 yoshga toʻlgunga qadar uy-joyni sotish, hadya qilish yoki garovga qoʻyish yoxud ijaraga berish hamda uy-joyda oʻzi va oila aʼzolari (eri yoki xotini, farzandlari)dan tashqari boshqa fuqarolarni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish huquqisiz ajratiladi;
b) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash jarayonida quyidagilar taqiqlanadi:
bitta koʻp kvartirali uy-joyning har bir kirish yoʻlagidagi kvartiralarda bir nafardan ortiq, agar kirish yoʻlagida kvartiralarning soni 10 tadan ortiq boʻlsa har 10 ta kvartiraga bir nafardan ortiq yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirish (ular oʻrtasida nikoh tuzilgan hollar bundan mustasno);
ikki va undan ortiq yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun koʻp kvartirali uy-joydan bitta kvartira ajratish (ular oʻrtasida nikoh tuzilgan hollar mustasno);
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun alohida koʻp qavatli uy-joylar qurish va bu yerda ularning barchasini joylashtirish;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun yotoqxonalardan uy-joylar ajratish (xarid qilish);
koʻp kvartirali uylardagi turar joylarning mansarda va sokol qavatlaridan uy-joy xarid qilish;
v) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar kollej, akademik litsey, texnikum va oliy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan davrida ularga ajratilgan uy-joylarda kommunal xizmatlarning meʼyoriy koʻrsatkichlari boʻyicha foydalanilgan kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarning ellik foizi tegishli tuman va shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan kompensatsiya qilinadi.
Bunda ajratilgan uy-joylarda foydalaniladigan kommunal xizmatlarning meʼyoriy koʻrsatkichlari tegishli tuman va shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha tuman (shahar) komissiyalarining (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) komissiyalar) namunaviy tarkibi 1a-ilovaga muvofiq”;
quyidagi mazmundagi beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Quyidagilar tuman (shahar) komissiyalarning vazifalari etib belgilansin:
hududiy boshqarmalar tomonidan xarid qilinadigan birlamchi va ikkilamchi uy-joylar boʻyicha xulosa berish;
xarid qilinishi rejalashtirilgan uy-joyni baholash uchun baholovchini aniqlash va tanlash;
yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning asoslantirilgan murojaati asosida uy-joyning umumiy maydonini kengaytirish va mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan talablarni saqlab qolish sharti bilan sotishga ruxsat berish;
faoliyat yuritadigan hududda yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolani uy-joy bilan taʼminlash jarayonini monitoring qilish”;
g) 4-bandning beshinchi xatboshisidan “, “Mehr daftari” jamgʻarmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“6. Agentlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda”;
e) 8-bandning birinchi xatboshisidagi “Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) va Milliy gvardiya (R. Djurayev)” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari” va “Xalq taʼlimi vazirligi va Milliy gvardiya” soʻzlari tegishincha “SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari boʻlgan yetim bolalar” va “Agentlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilariga” soʻzlari “SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari boʻlgan yetim bolalarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“a) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan:
Agentlik hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi shakllantirgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar roʻyxati asosida ularning yirik ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalarida har yili amaliyot oʻtashi tashkil etiladi;
texnikum, kollej yoki oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirmagan hamda kasb egallash istagidagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning oʻz tizimidagi kasbiy koʻnikmalar markazlarida kasb-hunarga oʻqitilishi yoʻlga qoʻyiladi;
Agentlik va Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning bandligi boʻyicha doimiy monitoring amalga oshiriladi”;
“v) oʻquv-tarbiya muassasalari Yoshlar ishlari agentligi va Agentlik tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning turmushini yaxshilash, kasb-hunar va biznes bilan shugʻullanish orqali daromad topish hamda ularga bunday faoliyatni yoʻlga qoʻyishning amaliy jihatlarini oʻrgatishga qaratilgan “kouching” video materiallar, motivatsion roliklar va darsliklar toʻplamlari bilan oʻquv-tarbiya muassasalari Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi”;
i) quyidagi mazmundagi 1a-ilova bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5216-son qaroriga 1a-ILOVA
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha tuman (shahar) komissiyalarining
NAMUNAVIY TARKIBI
1.
Lavozim boʻyicha
—
tuman (shahar) hokimi, Komissiya raisi
2.
Lavozim boʻyicha
—
tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori, Komissiya raisi oʻrinbosari
3.
Lavozim boʻyicha
—
tuman (shahar) prokurori
4.
Lavozim boʻyicha
—
tuman (shahar) adliya boʻlimi boshligʻi
5.
Lavozim boʻyicha
—
tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi
6.
Lavozim boʻyicha
—
Davlat kadastrlari palatasiningtuman (shahar) filiali boshligʻi
7.
Lavozim boʻyicha
—
tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi masʼul xodimi, Komissiya kotibi
”.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PQ-105-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimi doirasida surishtiruv va tergov organlari bilan elektron hamkorlikni amalga oshiruvchi davlat organlari hamda tashkilotlar roʻyxatining 27-bandidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-apreldagi “Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy toʻlovlarni toʻlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-198-son qarori 2-bandi “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“barcha turdagi davlat pensiyalarini, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan toʻlanadigan kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlarni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan toʻlanadigan nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlarni hamda kam taʼminlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam pulini (keyingi oʻrinlarda — pensiya va nafaqalar) bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov joriy qilinadi. Bunda fuqarolarning roziligi bilan pensiya va nafaqa pullarini bank kartalariga oʻtkazish asosida hujjatlarni qogʻoz shaklida yuritishdan voz kechiladi”.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyundagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy taʼminotini yaxshilash hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-274-son qarorining 2-bandida:
b) “b” kichik banddagi “Milliy gvardiya va Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Milliy gvardiya, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi “Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-345-son qarorida:
ikkinchi xatboshidagi “tegishli tuman (shahar) hokimining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Milliy gvardiya hamda tuman (shahar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shoʻbalari” soʻzlari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “boshqa sabablarga koʻra ketgunga” soʻzlari “umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va boshlangʻich professional taʼlim muassasalarini tamomlaguniga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 5-banddagi “Tuman (shahar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shoʻbalari” soʻzlari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-162-son qaroriga 1-ilovaning 86-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-176-son qarorida:
a) 2-ilovaning “Izohlar” qismi 5-bandi ikkinchi xatboshisidagi “5 424” raqami “9 964” raqami bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovada:
“Oʻtkazilayotgan shtat birligi soni” ustunidagi “4 198” raqami “4 262” raqami bilan almashtirilsin;
“2025-yil 1-yanvardan” soʻzlari hamda 9-pozitsiya chiqarib tashlansin;
“Izohlar” qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“*a) quyidagilar:
2023-yil 15-iyundan 200 ta, 2023-yil 1-oktabrdan 73 ta hamda 2025-yil 1-yanvardan 33 ta qoʻshimcha shtat birligi kiritiladi. Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligi vazirlik va idoralarning amaldagi shtat birliklarini maqbullashtirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritadi;
2024-yil 1-avgustdan sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari negizida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari tashkil etilishi munosabati bilan boʻshagan shtatlar hisobidan qoʻshimcha 14 ta shtat birligi kiritiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-330-son qaroriga muvofiq 90 ta shtat birligi kiritiladi;
b) quyidagilar:
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashaydigan hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga uyda ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatuvchi barcha ijtimoiy xodimlari;
davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi lavozimi tugatilib, 2 528 shtat birligi hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi 2 896 shtat birligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-330-son qaroriga muvofiq sanatoriya tipidagi maktab-internatlarning faoliyatini takomillashtirish munosabati bilan boʻshaydigan shtat birliklari hisobidan 854 ta hamda mahalladagi xotin-qizlar faollari shtat birliklari hisobidan 3686 ta shtat birligi Agentlik tizimiga oʻtkaziladi”.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi “Aholiga pensiya tayinlash boʻyicha koʻrsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-353-son qarorining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) 2025-yil 1-martga qadar:
Raqamli texnologiyalar vazirligi va mobil aloqa operatorlari bilan birgalikda begʻaraz asosda fuqaroning mobil aloqa vositasiga pensiya taʼminotiga oid boʻlgan SMS-xabarlar yuborilishini taʼminlasin.
Bunda fuqaroning mobil aloqa vositasiga SMS-xabarni yuborish Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimi orqali yuboriladigan fuqaroning JSHSHIR maʼlumotlari asosida amalga oshiriladi;
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan yoshga doir pensiya olish yoshiga toʻlishi munosabati bilan pensiyani ularning alohida murojaatisiz proaktiv shaklda tayinlash tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasining Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin”.
34. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-410-son qarorida:
a) 6-bandda “yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga” soʻzlaridan keyin “(yolgʻiz yashovchi keksalar va yolgʻiz yashovchi nogironligi boʻlgan shaxslar bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) ilovaning 17-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2024-yil” soʻzlari “2025-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin.
35. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son qarori bilan tasdiqlangan Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“31. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joy ular joylashtirishning muqobil shakli boʻyicha joylashtirilgan yoki oʻquv-tarbiya muassasasiga yoʻnaltirilgan dastlabki joy boʻyicha tuman (shahar) hududidan sotib olinadi.
Toshkent shahrida yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joy sotib olishda ular joylashtirishning muqobil shakli boʻyicha joylashtirilgan yoki oʻquv-tarbiya muassasasiga yoʻnaltirilgan dastlabki joy boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan mezonlarga javob beruvchi uy-joy mavjud boʻlmagan taqdirda, istisno tariqasida boshqa tumandan sotib olishga ruxsat beriladi”;
“4. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joylar Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) tomonidan:
a) koʻchmas mulkning birlamchi bozoridagi koʻp kvartirali uylardagi turar joylar;
b) koʻchmas mulkning ikkilamchi bozoridagi koʻp kvartirali uylardagi turar joylar;
v) belgilangan narx doirasida yakka tartibdagi turar joy sotib olinadi.
Bunda uy-joyga muhtoj yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga:
uy-joylar Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlash tuman (shahar) komissiyalarining (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) komissiyalari) xulosasiga asosan ajratiladi;
tegishli tuman (shahar)da koʻchmas mulkning birlamchi bozorida mazkur Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan mezonlarga mos keladigan uy-joylar mavjud boʻlmaganda, uy-joylar koʻchmas mulkning ikkilamchi bozoridan tegishli mezonlarga muvofiq holda xarid qilinadi;
uy-joylar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan xarid qilingan uylar hisobidan ajratiladi;
koʻchmas mulkning ikkilamchi bozoridagi koʻp kvartirali uylardagi turar joylar yoki yakka tartibdagi turar joy xarid qilinganda, uning narxi shu hududdagi koʻchmas mulkning birlamchi bozoridagi koʻp kvartirali uylardan umumiy maydoni mazkur Nizomning 24-bandida belgilangan mezonlardagi uy-joylar narxidan oshmasligi hamda tuman (shahar) komissiyalari tomonidan tanlangan qonunchilikda belgilangan tartibda baholovchi tashkilot tomonidan baholangan boʻlishi lozim”;
v) 18-band uchinchi xatboshisidagi “Xalq taʼlimi vazirligining” soʻzlari “hududiy boshqarmalarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“24. Oʻzlariga biriktirilgan turar joyga ega boʻlmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ular 18 yoshga toʻlgandan keyin koʻp kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 — 50 kvadrat metr oraligʻida boʻlgan, mazkur bolalar oʻrtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 — 70 kvadrat metr oraligʻida boʻlgan kvartiralar yoki mazkur kvartiralar narxidan ortiq boʻlmagan narxda yakka tartibdagi turar joy (hovli) ajratiladi”;
“25. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joylar mulk huquqi asosida, biroq ular 30 yoshga toʻlgunga qadar uy-joyni sotish, hadya qilish yoki garovga qoʻyish yoxud ijaraga berish hamda uy-joyda oʻzi va oila aʼzolari (eri yoki xotini, farzandlari)dan tashqari boshqa fuqarolarni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish huquqisiz ajratiladi.
Bunda yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning asoslantirilgan murojaati asosida tuman (shahar) komissiyalari tomonidan uy-joyning umumiy maydonini kengaytirish maqsadida mazkur bandda nazarda tutilgan talablarni saqlab qolish sharti bilan sotishga ruxsat beriladi”;
“bitta koʻp kvartirali uy-joyning har bir kirish yoʻlagidagi kvartiralarda bir nafardan ortiq, agar kirish yoʻlagida kvartiralarning soni 10 tadan ortiq boʻlsa har 10 ta kvartiraga bir nafardan ortiq yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirish (ular oʻrtasida nikoh tuzilgan hollar bundan mustasno)”;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“koʻp kvartirali uylardagi turar joylarning mansarda va sokol qavatlaridan uy-joy xarid qilish”;
j) 33-bandning uchinchi xatboshisidan “, “Mehr daftari” jamgʻarmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“40. Uy-joyga muhtoj sifatida roʻyxatga turish va uy-joy bilan taʼminlanish davri oraligʻida ikki yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola oʻrtasida oʻzaro nikoh shartnomasi tuzilgan taqdirda, tomonlarning murojaatiga koʻra, istisno tariqasida, ularning biriga mazkur Nizomning 24-bandida belgilangan mezonlardagi uy-joy ajratiladi”;
“51. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga oʻz vaqtida uy-joy ajratilishi taʼminlanmagan yoki kechiktirish holatlari kuzatilgan taqdirda tegishliligi boʻyicha Agentlik hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) hokimligiga tuman (shahar) prokuraturasi tomonidan qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritiladi”;