1-ILOVA
Maʼlumot va hujjatlar nomi | Maʼlumot va hujjatlarni berish uchun masʼul vakolatli organlar | |
1. | Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumot | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
2. | Narkologiya boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumot | |
3. | Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining maʼlumotnomalari | |
4. | Sudlanganlik haqida maʼlumot | Ichki ishlar vazirligi |
5. | “Manzil-maʼlumot”, shuningdek, yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (JSHSHIR, kadastr raqami orqali) | Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi |
6. | Jismoniy shaxslarga tegishli barcha turdagi mavjud hujjatlar (biometrik pasport, ID-karta, xorijga chiqish pasporti, eski namunadagi pasport) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar | |
7. | Shaxsning fotosurati | |
8. | Soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot | Soliq qoʻmitasi |
9. | Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisida maʼlumot | |
10. | Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot | Kadastr agentligi |
11. | Turar joyning maydoni toʻgʻrisida maʼlumot | |
12. | Kadastr hujjati maʼlumotlari | |
13. | Pensiya miqdori toʻgʻrisida maʼlumot | Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi |
14. | Pensiya oluvchilar roʻyxatida mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot | |
15. | Ish stajini tasdiqlovchi maʼlumotlar | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
16. | Ish haqi va ish stajini tasdiqlovchi arxiv maʼlumotnomasi | “Oʻzarxiv” agentligi, vazirlik va idoralar |
17. | Oliy, kasbiy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlovchi arxiv maʼlumotnomasi | Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
18. | Tugʻilish, oʻlim, nikohni qayd etish va nikohdan ajralganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar | Adliya vazirligi |
19. | Nafaqa miqdori toʻgʻrisida maʼlumot | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
20. | Nafaqa oluvchilar roʻyxatida mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot |
2-ILOVA
3-ILOVA
|
Tadbirlarning nomlanishi |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish muddati |
Masʼul ijrochilar | ||
|
Vazirlik va idoralardan |
Vazirlar Mahkamasidan | ||||
|
1. |
Davlat organlari va tashkilotlari, yuridik shaxslar birlashmalari, bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari, matlubot, ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi kooperativlari hamda advokatlik tuzilmalarini davlat xizmatlari markazlari orqali davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartiblarini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihalari |
2021-yil may |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev) |
D. Kalandarov, E. Rustamov, T. Rapikov |
|
2. |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini olish davlat xizmatini soddalashtirish, bunda: xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun ariza-anketani YIDXP orqali qabul qilish imkonini yaratish; ariza-anketani elektron raqamli imzo yoki shaxsni identifikatsiyalashning boshqa vositalari bilan tasdiqlamasdan yuborish imkoniyatini yaratish; xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish boʻyicha davlat bojini elektron tarzda toʻlash imkoniyatini yaratish; ariza-anketada ariza beruvchining rasmini joylashtirish talabini bekor qilish; ariza-anketa YIDXP orqali qabul qilinganda ariza beruvchining yuzini raqamli formatda rasmga olish va qoʻl barmoqlarining elektron izlarini toʻplash uchun maʼlumotlarni yigʻish punktiga tashrif buyurish vaqti haqida darhol xabar berish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, kompleks chora-tadbirlar |
2021-yil aprel |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Davlat personallashtirish markazi (N. Nazarov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
X. Berdibayev, Sh. Rajabbayev, O. Yakubbayev |
|
3. |
Shahar yoʻlovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish tartibini yengillashtirish va soddalashtirish, bunda: shahar yoʻlovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni olish uchun Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish tartibini joriy etish; guvohnomani QR-kod qoʻygan holda rasmiylashtirish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil sentabr |
Transport vazirligi, (I. Mahkamov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) |
A. Ramatov, Sh. Abidov |
|
4. |
Transport vositalari haydovchilariga qulaylik yaratish maqsadida avtotransport vositalari uchun tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynalardan foydalanishga ruxsatnoma berishni faqat YIDXP orqali amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va unda: jismoniy va yuridik shaxslarga tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishga ruxsat berish boʻyicha maʼmuriy reglamentni tasdiqlash; tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishga ruxsatnomani olish uchun undiriladigan yigʻimni elektron tarzda toʻlash imkonini yaratish; ruxsatnomalarni QR-kod orqali rasmiylashtirishni belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil may |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
X. Berdibayev, Sh. Rajabbayev, O. Yakubbayev |
|
5. |
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish tartibini takomillashtirish. Bunda: |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil aprel |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkentbayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
B. Musayev, B. Onorboyev, Sh. Rajabbayev |
|
xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi hujjatni QR-kod qoʻygan holda tasdiqlash amaliyotini yoʻlga qoʻyishni; xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish haqidagi guvohnomalar reyestrini “Guvohnoma” axborot tizimlari kompleksida yuritishni barcha uchun ochiq shaklga oʻtkazish va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytida doimiy joylashtirib borishning huquqiy mexanizmlarini belgilash. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2021-yil avgust | |||
|
6. |
FHDY organlarida ish yuritishni takomillashtirish hamda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etishda qonun normalari toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash. Bunda: fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishni fuqarolarning yashash joyidan qatʼi nazar istalgan FHDY organida qayd etishni yoʻlga qoʻyish; nikohni qayd etish muddatini qisqartirishga olib keladigan uzrli sabablarning aniq va tugal roʻyxatini belgilash; FHDY organlari tomonidan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish boʻyicha fuqarolardan arizalarni elektron tartibda qabul qilishni yoʻlga qoʻyish hamda “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga kiritish; FHDY organlari tomonidan dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish kiritish, familiya, ism va otasining ismini oʻzgartirish, otalik, farzandlikka olish, nikohdan ajralganlik holatlarida dalolatnoma yozuvi ikkinchi nusxasiga tegishli oʻzgartirish kiritish haqidagi xabarnomalarni FHDY arxiviga faqat elektron shaklda yuborish tartibini nazarda tutish; fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali qayd qilinayotganligi asosida fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini bir nusxada rasmiylashtirishni yoʻlga qoʻyish; fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni Davlat statistika organlariga idoralararo elektron hamkorlik asosida elektron shaklda yuborish; FHDY organlari oʻrtasidagi barcha yozishmalar, jumladan soʻrovnoma va xabarnomalarni elektron shaklda “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali amalga oshirish tartibini joriy etish; nikohga kirish va nikohdan ajratish haqida ariza kelib tushganda tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlarini elektron tizim orqali xabardor qilish tartibini joriy etish; FHDY organlari tomonidan amalga oshirilgan harakatlar va undirilgan toʻlovlar boʻyicha fuqarolarga SMS xabar berish tartibini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2021-yil iyul |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) |
D. Kalandarov, E. Rustamov, B. Onorboyev |
|
7. |
Xorijiy tijorat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibini qayta koʻrib chiqish. Bunda: vakolatxonalarni elektron tartibda roʻyxatdan oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish; hujjatlarni koʻrib chiqish muddatini, akkreditatsiya uchun undiriladigan davlat boji stavkalari miqdorini pasaytirish, vakolatxonaning akkreditatsiya muddatini, shu jumladan xodimlar akkreditatsiya kartochkasi muddatini qayta koʻrib chiqish; vakolatxona xodimini akkreditatsiya qilishda OIV (odamning immunitet tanqisligi virusi) kasalligi yoʻqligi toʻgʻrisidagi sertifikat va belgilangan joylardan fotosuratga tushish talabini bekor qilish; vakolatxonani tugatishning aniq tartibini belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil iyul |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov) |
S. Umurzakov, F. Rahimov |
|
8. |
Xususiy tadbirkor tomonidan oʻz xodimlarini soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibini takomillashtirish. Bunda: xususiy tadbirkor tomonidan xodimlarni soliq organlarida hisobga qoʻyish boʻyicha murojaatlarni hamda soliq organlari tomonidan taqdim etilgan xodimni hisobga qoʻyish kartochkasini soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuborishni yoʻlga qoʻyish; yollangan xodimni davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobga qoʻyish muddatini bir ish kuni etib belgilash; xodimning 3x4 sm hajmdagi 2 dona fotosurati va yollangan xodim pasportining nusxasini taqdim etishni bekor qilish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil may |
Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) |
J. Qoʻchqorov, E. Rustamov |
|
9. |
Taʼlim muassasalarini tugatganda yoki oʻqishni bir taʼlim muassasasidan boshqasiga koʻchirganda aylanma varaqani toʻldirish amaliyotini bekor qilish. Bunda, vazirlik va idoralarning ichki hujjatlarini muvofiqlashtirish, taʼlim muassasalari tomonidan oʻquvchi-talabalar taʼlim muassasasini tugatganda yoki koʻchirganda taʼlim muassasasi ichida turli majburiyatlar bajarilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni (toʻlov shartnomasi boʻyicha majburiyat bajarilganligi, axborot resurs markazidan qarzi yoʻqligi, oʻquv boʻlimidan akademik qarzdor emasligi, talabalar turar joyidan qarzdor emasligi kabilar) ichki idoralararo elektron hamkorlik yoki oʻzaro axborot almashinuvi yoʻli bilan olish evaziga oʻquvchi-talabalardan talab qilishni bekor qilish. |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil may |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), tizimida taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar |
B. Musayev B. Onorboyev |
|
10. |
18 yoshgacha boʻlgan bolalarni nogironligi boʻlgan shaxs deb topish haqida tibbiy xulosa berish tartibini elektronlashtirish, bunda: tegishli tibbiy xulosalarni elektron tarzda rasmiylashtirish, ularni Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga shu kunning oʻzida elektron tartibda yuborish; “TMEK” dasturida 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolalar toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritilishini taʼminlash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil iyun |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
B. Musayev B. Onorboyev, Sh. Rajabbayev |
|
11. |
Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni soddalashtirish. Bunda: tegishli tibbiy xulosalarni elektron tarzda rasmiylashtirish, ularni Tibbiy ijtimoiy xizmatlar agentligi va Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga shu kunning oʻzida elektron tartibda yuborish; fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda ulardan ambulatoriya kartasini talab qilishni bekor qilish, majburiy statsionar davolanishda boʻlishni bekor qilish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil iyun |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
B. Musayev, B. Onorboyev, Sh. Rajabbayev |
|
12. |
“TMEK” dasturini Tibbiy ijtimoiy xizmatlar agentligi va Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi axborot tizimiga integratsiya qilish hamda faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil oktabr |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
B. Musayev, B. Onorboyev, Sh. Rajabbayev |
|
13. |
Mazkur Farmonning 1-ilovasiga kiritilgan ayrim turdagi maʼlumotlar va elektron koʻrinishdagi hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda yuborishni yoʻlga qoʻyish. Bunda: maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsion platformasi orqali taqdim etish boʻyicha texnologik yoʻriqnomalar ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, veb-xizmatlar ishlab chiqish; ishlab chiqilgan veb-xizmatlarni “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsion platformasiga integratsiya qilish; elektron maʼlumot bazalarini oʻz vaqtida va sifatli shakllantirish, maʼlumotlarni raqamlashtirish, maʼlumotlar hamda elektron koʻrinishdagi hujjatlarni muddatida taqdim qilib borish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil aprel |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
O. Umarov, Sh. Rajabbayev |
|
14. |
Bolalarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish: bolalarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish boʻyicha arizalarni elektron shaklda yuborish; bolalarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish boʻyicha xulosa muddatini uzaytirish uchun ariza berish tartibini bekor qilish. Bunda xulosa muddati tugashidan oldin vakolatli organ tomonidan bolaning tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilishini tashkil etish; komissiya tomonidan qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazish uchun bolani ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga yuborish amaliyotini bekor qilish; vakolatli organ tomonidan quyidagi maʼlumotlarni elektron hamkorlik orqali olishni yoʻlga qoʻyish: bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi; Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi; mutaxassislarning tegishli xulosalari bilan birga davolash-profilaktika muassasasining bosh vrachi tomonidan imzolangan bolaning rivojlanishi tarixidan mufassal koʻchirma. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil may |
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) |
B. Musayev, B. Onorboyev |
|
15. |
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining yoʻl boʻyi mintaqasidagi yer uchastkalarida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkasini tanlash materiallarini Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda kelishish tartibini joriy qilish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil may |
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (F. Umarov), Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (A. Abduvaliyev) |
J. Qoʻchqorov, E. Rustamov |
|
16. |
Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berishni quyidagilarni nazarda tutgan holda tubdan soddalashtirish: ariza berishda 3,5x4,5 sm oʻlchamli fotosurat talab etishni bekor qilish; vakolatli organ tomonidan talabgorning hujjatlarini koʻrib chiqishni avtomatlashtirish, yaʼni talabgor ariza berish jarayonida imtihon kunini tanlashi, vakolatli organ tomonidan imtihon boʻladigan kunlarni YIDXPga kiritib borish; test sinovlari natijalarini ular yakunlangan kundan boshlab bir haftadan kechikmay Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish; toʻlovlarni elektron oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirish orqali kvitansiya talab qilishni bekor qilish; test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorga test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida, malaka sertifikatini QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻygan holda Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali bevosita talabgorga yuborish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil iyun |
Davlat test markazi (M. Karimov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
B. Musayev, B. Onorboyev, Sh. Rajabbayev |
|
17. |
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini berish tartibini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlarni birlashtirish orqali takomillashtirish. Bunda: Davlat mukofotiga tavsiya etiladigan talabgorlardan olinadigan hujjatlarning aniq roʻyxatini tasdiqlash; Davlat mukofotiga tavsiya etilgan talabgorlarning faoliyati va asarlarini jamoatchilik tomonidan oshkora va xolisona baholanishini taʼminlash maqsadida baholash jarayonlarining shaffof mexanizmlarini joriy etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2021-yil avgust |
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) |
B. Musayev, B. Onorboyev |
|
18. |
Budjet mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatilishi uchun yoʻllanma (order) olish tizimini takomillashtirish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: yoʻllanma (order) rasmiylashtirishning yagona integratsiyalashgan axborot tizimini yaratish; bemor tomonidan yashash joyi boʻyicha qishloq vrachlik punkti yoki oilaviy poliklinikaning yoʻllanmasini va boshqa zarur hujjatlar tegishli tibbiyot birlashmasining markaziy koʻp tarmoqli poliklinikasiga davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali yuborish; tuman (shahar) markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalari tomonidan bemorning tibbiy hujjatlarini koʻrib chiqish va uni, zarur hollarda, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalarini, shuningdek, ular boʻyicha tuzilgan xulosani bemor murojaat qilgan kundan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay yagona integratsiyalashgan axborot tizimiga kiritish; Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiyot tashkilotlari tomonidan tuman (shahar) tibbiyot tashkilotlari yagona integratsiyalashgan axborot tizimiga kiritgan maʼlumotlar asosida bemorni uch ish kuni ichida, zarur hollarda, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va unga yoʻllanma (order) berish yoxud uni olish uchun yagona integratsiyalashgan axborot tizimi orqali navbatga qoʻyish; bemorlar tomonidan oʻz soʻrovlariga koʻra murojaatining koʻrib chiqilishi holatini hamda yoʻllanma (order) olish yoxud bepul davolanish uchun navbati haqidagi axborotni real vaqt rejimida elektron shaxsiy kabinet orqali, shuningdek, qisqa xabar (SMS) koʻrinishida olish; budjet mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar roʻyxatini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga muvofiq qayta koʻrib chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil iyul |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) |
B. Musayev, B. Onorboyev |
|
19. |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini quyidagilarni hisobga olgan holda takomillashtirish: fuqarolarni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish muddatini uch ish kunidan bir ish kuniga tushirish; fuqarolarni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishda ariza beruvchilardan davlat boji toʻlovlarini Yagona billing tizimi orqali qabul qilishga oʻtish va shu munosabat bilan davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiyani talab qilmaslik. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil sentabr |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
X. Berdibayev, O. Yakubbayev |
|
20. |
Fuqarolarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishda Davlat xizmatlari markazi, YIDXP yoki MvaFRBga murojaat qilinganda quyidagi maʼlumotlar va hujjatlarni idoralararo elektron hamkorlik orqali olish hisobiga fuqarolardan talab qilishni bekor qilish: 35 x 45 mm oʻlchamdagi ikkita rasmni (16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun); uy-joy hujjatlarining asl nusxasini; vaqtincha roʻyxatga olinganlik uchun davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiyani. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil sentabr |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
X. Berdibayev, O. Yakubbayev |
|
21. |
Fuqarolarga pensiya tayinlash va toʻlash tartibini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish: ish faoliyatini yuritayotgan xodimlarning amaldagi mehnat daftarchasidagi ish staji, oliy oʻquv yurtlaridagi oʻqish va harbiy xizmat davrini “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAK (YAMMT) dasturiga toʻliq kiritish; YAMMT dasturiga kiritilgan xodimning mehnat stajini tegishli tashkilot tomonidan verifikatsiyalash hamda ish haqi toʻgʻrisida maʼlumotlarini YAMMT dasturiga kiritilishini monitoring qilib borish hamda ijrosini taʼminlanmaganligi uchun javobgarlik belgilash; YAMMT dasturiga kiritilgan fuqarolarning oliy oʻquv yurtlaridagi oʻqish davrini verifikatsiyalash; YAMMT dasturiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi missiyalari va vakolatxonalarida ishlagan fuqarolarning oylik ish haqi va mehnat staji hamda ularning turmush oʻrtoqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Tashqi ishlar vazirligi tomonidan YAMMT dasturiga kiritish; imtiyozli pensiyaga chiqish huquqini beruvchi lavozimlar boʻyicha (patologoanatomiya muassasalari va sud-tibbiy ekspertizalari, moxovxonalarda, vaboga qarshi muassasa, immunodefitsit virusi bilan kasallangan shaxslar davolanadigan yuqumli kasalliklar muassasalarida va boshqa) ishlagan fuqarolarni YAMMT dasturida qayd etish; mehnat organlari tomonidan tuzilgan mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida nogironlik dalolatnomasini (N-1 aktini) elektron bazasini yaratish; texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilgani munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb eʼtirof etilgan xodimlarning elektron bazasini yaratish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi, tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil sentabr |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
J. Qoʻchqorov, E. Rustamov, Gʻ. Israilov |
|
22. |
Elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish va toʻlovlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish, bunda: davlat xizmatlarini onlayn xizmatlar indeksi talablaridan kelib chiqqan holda elektron koʻrinishga oʻtkazish va optimallashtirish; YIDXPni takomillashtirish hamda davlat bojlarini va davlat organlari tomonidan solingan jarimalarni va boshqa toʻlovlarni tegishli bank va boshqa toʻlov tizimlari orqali onlayn tarzda toʻlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi alohida platforma ishlab chiqish va ishga tushirish; aholi va tadbirkorlik subyektlariga axborot xizmatlarini, jumladan xabardor qilish xarakteridagi maʼlumotlarni taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini elektron hukumat xizmatlari haqida axborot berish va xabardor qilish tizimiga integratsiya qilish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil iyun |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), vazirlik va idoralar |
O. Umarov, Sh. Rajabbayev |
|
23. |
Davlat xizmatlari koʻrsatishning minimal talablari va standartlarini belgilash. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil sentabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
D. Kalandarov |
|
24. |
Vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan oʻzlari koʻrsatayotgan davlat xizmatlarini toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazish hamda ushbu xizmatlar roʻyxatini, undiriladigan toʻlovlar miqdorini va ularni tartibga soluvchi huquqiy asoslari boʻyicha Adliya vazirligiga maʼlumotlar taqdim etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil may |
Vazirlik, idora va davlat tashkilotlari |
Tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari |
|
25. |
Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish. Bunda: davlat xizmatlarini toʻliq tanqidiy tahlil qilib, ularni optimallashtirish, birlashtirish va muhim boʻlmagan xizmatlarni bekor qilish; davlat organlari va tashkilotlari tomonidan xizmatlar koʻrsatilishi natijasida undiriladigan yigʻimlarning asosliligini oʻrgangan holda ularni maqbullashtirish; davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi idoralararo va ichki idoraviy tartib-taomillarni soddalashtirish; elektron raqamli imzo talab qilinmaydigan xizmatlar roʻyxatini shakllantirish va ayrim davlat xizmatlaridan YIDXPda elektron raqamli imzoni qoʻllamagan holda foydalanish imkoniyatini yaratish; idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar va normativ xarakterga ega boʻlmagan ichki hujjatlar asosida koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan hujjatlar shaklida rasmiylashtirish boʻyicha aniq muddatlar va masʼul ijrochilari koʻrsatilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil iyul |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
D. Kalandarov, E. Rustamov, Sh. Rajabbayev |
|
26. |
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimidan kuzatuvchi sifatida foydalanish imkonini yaratish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil iyun |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Ichki ishlar vazirligi (X. Bobojonov), zaruratga koʻra boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) |
O. Umarov, Sh. Rajabbayev, D. Kalandarov, E. Rustamov |
|
27. |
Tadbirkorlik subyektlariga interaktiv xizmatlar koʻrsatishni quyidagilarni nazarda tutgan holda soddalashtirish va kengaytirish: tadbirkorlik subyektlarining taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish kiritishda hamda joylashgan yeri joyi (pochta manzilining) oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazishda tadbirkorning xohishiga koʻra “yagona ariza” tamoyili boʻyicha roʻyxatga oluvchi organ tomonidan vakolatli organni YIDXP va “Litsenziya” axborot tizimi orqali xabardor qilish; vakolatli organ tomonidan tadbirkorlik subyektining litsenziya va ruxsat beruvchi hujjatlariga oʻzgartirishni qoʻshimcha ariza olmasdan bepul amalga oshirish mexanizmlarini joriy qilish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil noyabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
D. Kalandarov, Sh. Rajabbayev |
|
28. |
16 yoshga toʻlgan shaxslarga identifikatsiya ID-kartalari berishda ularni bir vaqtning oʻzida davlat soliq xizmati organlarida soliq toʻlovchi sifatida hamda fuqaroni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyishni yoʻlga qoʻyish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil aprel |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Davlat personallashtirish markazi (N. Nazarov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), AT “Xalq banki” (F. Salamov) |
X. Berdibayev, E. Rustamov, Sh. Rajabbayev, O. Yakubbayev |
|
29. |
Ichki ishlar vazirligi, Davlat personallashtirish markazi, Davlat soliq qoʻmitasi va AT “Xalq banki” axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2021-yil aprel |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Davlat personallashtirish markazi (N. Nazarov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), AT “Xalq banki” (F. Salomov) |
X. Berdibayev, E. Rustamov, Sh. Rajabbayev, O. Yakubbayev |
|
30. |
Aholi gavjum boʻlgan va jamoat joylarida interaktiv infokiosklar orqali oʻziga-oʻzi xizmat qilish tamoyili asosida davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini joriy etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2021-yil sentabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
D. Kalandarov, Sh. Rajabbayev |