Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi sohasi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda atrof-muhit obyektlarini antropogen va boshqa salbiy taʼsir qiluvchi omillardan himoya qilish, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, sohadagi qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish, ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, shuningdek, hujjatlarni tizimlashtirish orqali tartibga solish zarurati yuzaga kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 9-yanvardagi PF-8-son Farmoni, “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son hamda “Maishiy chiqindi poligonlarida hosil boʻladigan chiqindi gazidan muqobil elektr energiyasini ishlab chiqarishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 16-oktabrdagi PQ-335-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzurida qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni real vaqt rejimida nazorat qilish dasturini joriy etish;
qurilish chiqindilarini tashish va joylashtirish maʼlumotlarini shakllantirish hamda yagona idoralararo elektron platformani ishga tushirish;
ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ushbu moddalar boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilish va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilish uchun ruxsatnomalarni maxsus elektron tizim orqali berish mexanizmini joriy etish;
oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibini takomillashtirish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-noyabrga qadar qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni real vaqt rejimida nazorat qilish imkonini beruvchi Qurilish chiqindilari monitoringi elektron platformasini ishga tushirsin. Bunda elektron platformani ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlar Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning Oʻzbekiston Respublikasiga importini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 9-yanvardagi 17-son qarori 1-bandining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin hamda qarorga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 25-sentabr,
602-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 15-iyundagi 377-son qarorida:
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi “Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi” davlat muassasasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziriga, zarurat boʻlganda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin”;
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi:
Markazni faoliyat yuritish uchun mos boʻlgan Toshkent shahar hududidagi binoga joylashtirish choralarini koʻrsin;
Markazning budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga Markaz binosini bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilsin hamda zarur analitik laboratoriya asbob-uskunalari va priborlar, kompyuter texnikasi, mebel va boshqa anjomlar bilan jihozlasin”;
nomi va 1-banddagi “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi” soʻzlari “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi “Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi” davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida analitik (laboratoriya) nazoratni taʼminlash boʻyicha faoliyatni amalga oshiradigan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Markaz oʻz faoliyatida Ekologiya vazirligiga hisobot beradi”;
3-banddagi “Davlat ekologiya qoʻmitasining” soʻzlari “Ekologiya vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining” soʻzlari “Ekologiya vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Ekologiya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, Toshkent shahri va viloyatlar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining atrof muhitning ifloslanishi monitoringi boʻlimlari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalarining Atrof-muhit monitoringi, iqlim oʻzgarishiga moslashish va gidrometeorologiya sohasini muvofiqlashtirish (tahliliy laboratoriyalar) boʻlimlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasining atrof-muhitni ifloslanishi monitoringi boʻlimlari, Toshkent shahri va viloyatlar boʻyicha ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalarining Atrof-muhit monitoringi, iqlim oʻzgarishiga moslashish va gidrometeorologiya sohasini muvofiqlashtirish (tahliliy laboratoriyalar) boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“g” kichik bandning toʻrtinchi va yettinchi xatboshilaridagi “Davlat ekologiya qoʻmitasi” soʻzlari “Ekologiya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari, 11-band va 12-bandning toʻqqizinchi xatboshisidagi “Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi” soʻzlari “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-bandning beshinchi xatboshisidagi “Davlat ekologiya qoʻmitasi” soʻzlari “Ekologiya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish” soʻzlari “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Davlat ekologiya qoʻmitasi” soʻzlari “Ekologiya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning Oʻzbekiston Respublikasiga importini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 9-yanvardagi 17-son qarorida:
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
b) 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish toʻgʻrisida” 2018-yil 7-noyabrdagi 914-son qarorida:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashaydigan va yovvoyi hayvonlar turlarining roʻyxatiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarning barcha turlarini (kichik turlarini) qamrab olish”;
yettinchi xatboshidagi “ishonchliligi” soʻzi “ishonchliligi va ochiqligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandning birinchi xatboshisidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi)” soʻzlari “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-band, 16-bandning birinchi xatboshisi, 18-bandning uchinchi xatboshisi, 22-band, 30-band, 31-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari, 32-bandning toʻrtinchi xatboshisi, 44-band, 45-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari va 47-banddagi tegishli kelishikdagi “Davlat ekologiya qoʻmitasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Ekologiya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, tabiiy bogʻlari, davlat biosfera rezervatlari, davlat buyurtma qoʻriqxonalar va tabiat pitomniklarida Ekologiya vazirligi tomonidan Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha yovvoyi hayvonlar turlari asosida hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobi va davlat kadastrining barcha turlari boʻyicha yuritiladi”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ekologiya vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Oʻrmon xoʻjaligi agentligi) tarkibiy boʻlinmalari tomonidan — oʻrmon fondi yerlarida, shu jumladan oʻrmon xoʻjaligi zararkunandalari boʻlgan hayvonlarni hisobga olish”;
toʻrtinchi xatboshidagi “kompleks” soʻzi “majmua” soʻzi bilan almashtirilsin;
sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Respublika oʻlat profilaktika markazi (keyingi oʻrinlarda — Respublika oʻlat profilaktika markazi) tomonidan — oʻta xavfli yuqumli oʻlat kasalliklarni tarqatuvchi hayvonlar boʻyicha;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Qishloq xoʻjaligi vazirligi) tomonidan — qishloq xoʻjaligi zararkunandalari boʻlgan hayvonlar (hasharotlar) boʻyicha”;
oʻninchi xatboshidagi “Davlat ekologiya qoʻmitasi” soʻzlari “Ekologiya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Davlat organlari, hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchi yuridik shaxslar hayvonot dunyosi obyektlarini har yili davlat tomonidan hisobga olish uchun shartnoma asosida ilmiy, taʼlim tashkilotlarining biolog mutaxassislari hamda gumanitar (texnik) yordam tariqasida xorijiy mutaxassislarni ham jalb qilishi mumkin”;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining” soʻzlari “Oʻrmon xoʻjaligi agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Davlat ekologiya qoʻmitasining” soʻzlari “Ekologiya vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Davlat ekologiya qoʻmitasiga” soʻzlari “Ekologiya vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vakolatli organlar hayvonot dunyosi obyektlarini hisobga olish va boshqa maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobini elektron shaklda yuritadi hamda elektron koʻrinishda masʼul shaxslarning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda aloqa tarmogʻi orqali real vaqt rejimida taqdim etib boradi.
Hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish subyektlari Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalariga kadastr maʼlumotlarini geomaʼlumotlar bazasi shaklida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq taqdim etadi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri maʼlumotlari davlat tilida lotin alifbosida shakllantiriladi”;
32-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻta xavfli yuqumli oʻlat kasalliklarni tarqatuvchi hayvonlarning soni va turlari tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Respublika oʻlat profilaktika markaziga uning ushbu hisobni yuritadigan hududiy boʻlinmalari tomonidan taqdim etiladi.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi, Respublika oʻlat profilaktika markazi, Oʻzbekiston Ovchilar va baliq ovlash sporti birlashmasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi olingan maʼlumotlarni umumlashtiradi hamda aloqa tarmogʻi orqali real vaqt rejimida Ekologiya vazirligiga taqdim etadi”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qishloq va oʻrmon xoʻjaligi zararkunandalari boʻlgan (hasharotlar) hayvonlar”;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻta xavfli yuqumli oʻlat kasalliklarini tarqatuvchi hayvonlar”;
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
35 — 40-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi boʻlgan yovvoyi hayvonlar turlari boʻyicha hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritiladigan maʼlumotlar quyidagilardan iborat:
identifikatsiya raqami;
hayvon turining ilmiy nomi;
hayvon turining rus tilidagi nomi;
hayvon turining davlat tilidagi nomi;
tabiatni muhofaza qilish maqomi;
hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi;
hisobga olish amalga oshirilgan maydon (ga);
hisobga olingan hayvonlar soni;
tur sonining oʻzgarishi;
cheklovchi omillar;
muhofaza etish choralari;
hisobga olish amalga oshirilgan sana;
geografik koordinatalar (shimoliy kenglik);
geografik koordinatalar (sharqiy uzunlik).
36. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda yashaydigan hayvonlar turlari boʻyicha hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritiladigan maʼlumotlar quyidagilardan iborat:
identifikatsiya raqami;
hayvon turining ilmiy nomi;
hayvon turining rus tilidagi nomi;
hayvon turining davlat tilidagi nomi;
tabiatni muhofaza qilish maqomi;
hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi;
hisobga olish amalga oshirilgan maydon (ga);
hisobga olingan hayvonlar soni;
tur sonining oʻzgarishi;
hisobga olish amalga oshirilgan sana;
geografik koordinatalar (shimoliy kenglik);
geografik koordinatalar (sharqiy uzunlik).
37. Iqtisodiy jihatdan qimmatli boʻlgan yovvoyi hayvon turlari boʻyicha hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritiladigan maʼlumotlar quyidagilardan iborat:
identifikatsiya raqami;
hayvon turining ilmiy nomi;
hayvon turining rus tilidagi nomi;
hayvon turining davlat tilidagi nomi;
hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi;
hisobga olish amalga oshirilgan maydon (ga);
hisobga olingan hayvonlar soni;
tur sonining oʻzgarishi;
biotexnik tadbirlar;
hisobga olish amalga oshirilgan sana;
geografik koordinatalar (shimoliy kenglik);
geografik koordinatalar (sharqiy uzunlik).
38. Ovlanadigan baliqlar turlari boʻyicha hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritiladigan maʼlumotlar quyidagilardan iborat:
identifikatsiya raqami;
hayvon turining ilmiy nomi;
hayvon turining rus tilidagi nomi;
hayvon turining davlat tilidagi nomi;
hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi;
suv havzasining nomi;
suv havzasining maydoni (ga);
ovlangan baliqlarning soni;
baliq sonining oʻzgarishi;
hisobga olish amalga oshirilgan sana;
geografik koordinatalar (shimoliy kenglik);
geografik koordinatalar (sharqiy uzunlik).
39. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi zararkunandalari boʻlgan hayvonlar (hasharotlar) boʻyicha hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritiladigan maʼlumotlar quyidagilardan iborat:
identifikatsiya raqami;
hayvon (hasharot) turining ilmiy nomi;
hayvon (hasharot) turining rus tilidagi nomi;
hayvon (hasharot) turining davlat tilidagi nomi;
hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi;
tarqalish joylari, zararlangan maydon (ga);
hisobga olingan turlar soni;
tur sonining oʻzgarishi;
hisobga olish amalga oshirilgan sana;
geografik koordinatalar (shimoliy kenglik);
geografik koordinatalar (sharqiy uzunlik).
40. Oʻta xavfli yuqumli oʻlat kasalliklarni tarqatuvchi hayvonlar boʻyicha hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritiladigan maʼlumotlar quyidagilardan iborat:
identifikatsiya raqami;
hayvon turining ilmiy nomi;
hayvon turining rus tilida nomi;
hayvon turining davlat tilida nomi;
hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi;
hisobga olish amalga oshirilgan maydon (ga);
hisobga olingan turlar soni;
tur sonining oʻzgarishi;
hisobga olish amalga oshirilgan sana;
geografik koordinatalar (shimoliy kenglik);
geografik koordinatalar (sharqiy uzunlik)”;
42 va 43-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. Ekologiya vazirligi tegishli vakolatli boʻlinmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha hayvonot dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish hamda ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish toʻgʻrisida umumlashtirilgan maʼlumotlari hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastriga tegishli hududlar boʻyicha kiritiladi hamda Ekologiya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritish uchun taqdim etiladi.
43. Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri boʻyicha maʼlumotlar:
hududiy darajada — Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalari tomonidan;
respublika darajasida — Ekologiya vazirligining kadastr boʻlimi tomonidan shakllantiriladi.
Hududiy va respublika darajasidagi kadastr maʼlumotlarini taqdim etish shakllarini Ekologiya vazirligi belgilaydi.
Hayvonot dunyosi obyektlari toʻgʻrisidagi davlat kadastri maʼlumotlari ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq taqdim etiladi”;
quyidagi mazmundagi 431 va 432-bandlar bilan toʻldirilsin:
“431. Tashkilot, xoʻjalikning vakolatli shaxsi tomonidan hayvonot dunyosi obyektlari boʻyicha kadastr maʼlumotlari hududiy darajada Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalariga keyingi yilning 15-fevraliga qadar roʻyxat asosida taqdim etiladi.
432. Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini yuritadigan va kadastr maʼlumotlarini Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalariga taqdim etadigan tashkilotlarning vakolatli shaxslari kadastr maʼlumotlarining ishonchliligi hamda toʻliq va qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun masʼuldir”;
45-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kadastr maʼlumotlari aloqa tarmogʻi orqali real vaqt rejimida va belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etadi”;
46-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“46. Ekologiya vazirligi hisobot yilidan keyingi yilning 1-mayiga qadar hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri boʻyicha zarur maʼlumotlarni Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etadi. Kadastr maʼlumotlarini Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etish shakli Ekologiya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi”;
1 va 2-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-shakl. Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi boʻlgan yovvoyi hayvonlar turlari
JADVALI

jadval

Identifikatsiya raqami

Hayvon turining nomi

Tabiatni muhofaza qilish maqomi

Hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi

Hisobga olish amalga oshirilgan maydon (ga)

Hisobga olingan hayvonlar soni

ilmiy

rus tilida

davlat tilida

1

2

3

4

5

6

7

8

jadvalning davomi

Tur sonining oʻzgarishi

Cheklovchi omillar

Muhofaza etish choralari

Hisobga olish amalga oshirilgan sana

Geografik koordinatalar

(sh.k.)

Geografik koordinatalar

(sh.u.)

9

10

11

12

13

14

Izoh. Geografik axborot tizimida ushbu tematik qatlam nuqtali shartli belgi bilan koʻrsatiladi.
2-shakl. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda yashaydigan hayvonlar turlari
JADVALI

jadval

Identifikatsiya raqami

Hayvon turining nomi

Tabiatni muhofaza qilish maqomi

Hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi

ilmiy

rus tilida

davlat tilida

1

2

3

4

5

6

jadvalning davomi

Hisobga olish amalga oshirilgan maydon (ga)

Hisobga olingan hayvonlar soni

Tur sonining oʻzgarishi

Hisobga olish amalga oshirilgan sana

Geografik koordinatalar (sh.k.)

Geografik koordinatalar

(sh.u.)

7

8

9

10

11

12

Izoh. Geografik axborot tizimida ushbu tematik qatlam nuqtali shartli belgi bilan koʻrsatiladi.
3-shakl. Iqtisodiy jihatdan qimmatli boʻlgan yovvoyi hayvonlar turlari
JADVALI

jadval

Identifikatsiya raqami

Hayvon turining nomi

Hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi

Hisobga olish amalga oshirilgan maydon

(ga)

ilmiy

rus tilida

davlat tilida

1

2

3

4

5

6

jadvalning davomi

Hisobga olingan hayvonlar soni

Tur sonining oʻzgarishi

Biotexnik tadbirlar

Hisobga olish amalga oshirilgan sana

Geografik koordinatalar

(sh.k.)

Geografik koordinatalar

(sh.u.)

7

8

9

10

11

12

Izoh. Geografik axborot tizimida ushbu tematik qatlam nuqtali shartli belgi bilan koʻrsatiladi.
4-shakl. Ovlanadigan baliqlar turlari
JADVALI

jadval

Identifikatsiya raqami

Hayvon turining nomi

Hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi

Suv havzasining nomi

Suv havzasining maydoni (ga)

Ovlangan baliqlarning soni

ilmiy

rus tilida

davlat tilida

1

2

3

4

5

6

7

8

jadvalning davomi

Baliq sonining oʻzgarishi

Hisobga olish amalga oshirilgan sana

Geografik koordinatalar

(sh.k.)

Geografik koordinatalar

(sh.u.)

9

10

11

12

Izoh. Geografik axborot tizimida ushbu tematik qatlam nuqtali shartli belgi bilan koʻrsatiladi.
5-shakl. Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi zararkunandalari boʻlgan hayvonlar (hasharotlar) turlari
JADVALI

jadval

Identifikatsiya raqami

Hayvon turining nomi

Hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi

ilmiy

rus tilida

davlat tilida

1

2

3

4

5

jadvalning davomi

Tarqalish joylari, zararlangan maydon (ga)

Hisobga olingan turlar soni

Tur sonining oʻzgarishi

Hisobga olish amalga oshirilgan sana

Geografik koordinatalar

(sh.k.)

Geografik koordinatalar

(sh.u.)

6

7

8

9

10

11

Izoh. Geografik axborot tizimida ushbu tematik qatlam nuqtasi va maydoni shartli belgi bilan koʻrsatiladi.
6-shakl. Oʻta xavfli yuqumli oʻlat kasalliklarni tarqatuvchi hayvonlar turlari
JADVALI

jadval

Identifikatsiya raqami

Hayvon turining nomi

Hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi

Hisobga olish amalga oshirilgan maydon (ga)

Hisobga olingan turlar soni

ilmiy

rus tilida

davlat tilida

1

2

3

4

5

6

7

jadvalning davomi

Tur sonining oʻzgarishi

Hisobga olish amalga oshirilgan sana

Geografik koordinatalar

(sh.k.)

Geografik koordinatalar

(sh.u.)

8

9

10

11

Izoh. Geografik axborot tizimida ushbu tematik qatlam nuqtali shartli belgi bilan koʻrsatiladi.
Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hayvonot dunyosi obyektlari toʻgʻrisidagi davlat kadastri maʼlumotlarini taqdim etish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar

Kelgusi yilda davlat tomonidan hisobga olishni amalga oshiradigan hayvonot dunyosidan foydalanuvchi yuridik shaxslar roʻyxatini, ularning nomi, idoraviy mansubligi, joylashgan joyi koʻrsatilgan holda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi) taqdim etadi.

har yili 1-noyabrgacha

2-bosqich

Tashkilot, xoʻjalikning vakolatli shaxsi tomonidan

Hayvonot dunyosi obyektlari boʻyicha kadastr maʼlumotlari hududiy darajada Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalariga roʻyxat asosida aloqa tarmogʻi orqali real vaqt rejimida taqdim etiladi

keyingi yilning 15-fevraligacha

3-bosqich

Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalari

Taqdim etilgan kadastr maʼlumotlarida obyektlarning geografik joylashuvining aniqligi, atributiv maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligi tahlil qilib chiqiladi hamda kamchiliklar muallifga maʼlum qilinadi.

5 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Tashkilot, xoʻjalikning vakolatli shaxsi tomonidan

Muvofiqlashtiruvchi tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilib maʼlumotlar qayta taqdim etiladi.

10 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalari

Tushadigan maʼlumotlarni hududiy darajada tahlil qiladi, taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligini baholaydi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi yovvoyi hayvonlar boʻyicha geomaʼlumotlar bazasini shakllantiradi, hisobotlar tuzadi va ularni Ekologiya vazirligiga belgilangan shaklda taqdim etadi.

har yili 1-martgacha

6-bosqich

Ekologiya vazirligi

Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri boʻyicha zarur maʼlumotlarni aloqa tarmogʻi orqali real vaqt rejimida Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etadi.

keyingi yilning 1-mayigacha

”;

3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻsadigan va yovvoyi oʻsimliklar turlarining roʻyxatiga kiritilgan yovvoyi oʻsimliklarning barcha turlarini qamrab olish”;
beshinchi xatboshidagi “undan foydalanish mumkinligi” soʻzlari “ochiqligi” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“davlat kadastrini yuritishni markazlashtirilgan tartibda boshqarish;
davlat kadastrlari yagona tizimi talablarini taʼminlash”;
7-bandning birinchi xatboshisidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi)” soʻzlari “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-band, 16-bandning birinchi xatboshisi, 18-bandning uchinchi xatboshisi, 22-band, 30-band, 31-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari, 41-band, 43-band, 44-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari va 46-banddagi tegishli kelishikdagi “Davlat ekologiya qoʻmitasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Ekologiya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Davlat qoʻriqxonalarida, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarida, tabiiy bogʻlarida, davlat biosfera rezervatlarida, davlat buyurtma qoʻriqxonalar va tabiat pitomniklarida Ekologiya vazirligi tomonidan Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha yovvoyi oʻsimliklar turlari asosida oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobi va davlat kadastrining barcha turlari boʻyicha yuritiladi”;
20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Hududlarni kadastr boʻyicha tekshirish, shu jumladan, oʻsimlik dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish ishlari:
Fanlar akademiyasi tomonidan — respublikaning barcha hududlaridagi kamyob va yoʻqolib borayotgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlari, shuningdek, ularning iqtisodiy jihatdan qimmatli boʻlgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlari boʻyicha;
davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalar, tabiat bogʻlari, davlat biosfera rezervatlari, biologik buyurtma qoʻriqxonalar va tabiiy pitomniklar tomonidan — qayd etilgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda;
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Oʻrmon xoʻjaligi agentligi) tomonidan — oʻrmon fondi yerlarida;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Qishloq xoʻjaligi vazirligi) tomonidan — tabiiy yaylovlar va pichanzorlar oʻsimliklari boʻyicha;
qishloq xoʻjaligi tashkilotlari, muassasalari va tashkilotlari tomonidan — qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlarda;
oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan — oʻrmon fondi yerlarida;
ilmiy, taʼlim tashkilotlari va biolog mutaxassislar tomonidan Ekologiya vazirligi bilan shartnoma asosida — boshqa hududlarda amalga oshiriladi”;
23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Davlat organlari, oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchi yuridik shaxslar oʻsimlik dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish uchun shartnoma asosida ilmiy, taʼlim tashkilotlarining biolog mutaxassislari hamda gumanitar (texnik) yordam tariqasida xorijiy mutaxassislarni ham jalb qilishi mumkin”;
29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish hajmlari:
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tomonidan — oʻrmon fondi yerlarida;
Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan — respublikaning barcha hududlaridagi tabiiy yaylovlar va pichanzorlar oʻsimliklari boʻyicha;
Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalari tomonidan — respublikaning boshqa barcha hududlarida hisobga olinadi.
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish hajmlarini hisobga olish maʼlumotlari Ekologiya vazirligiga taqdim etiladi”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vakolatli organlar oʻsimlik dunyosi obyektlarini hisobga olish va boshqa maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobini elektron shaklda yuritadi hamda elektron koʻrinishda masʼul shaxslarning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda aloqa tarmogʻi orqali real vaqt rejimida taqdim etib boriladi.
Oʻsimlik dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish subyektlari Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalariga kadastr maʼlumotlarini geomaʼlumotlar bazasi shaklida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq taqdim etadi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri maʼlumotlari davlat tilida lotin alifbosida shakllantiriladi”;
32-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hududni kadastr boʻyicha tekshirish, oʻsimlik dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish natijasida olingan maʼlumotlar Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmasiga, shuningdek, Fanlar akademiyasi, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etiladi.
Fanlar akademiyasi, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi taqdim etilgan kadastr maʼlumotlarini umumlashtiradi hamda aloqa tarmogʻi orqali real vaqt rejimida Ekologiya vazirligiga taqdim etadi”.
33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning foydalanish xususiyatlari boʻyicha kadastr obyektlarining quyidagi guruhlarida birlashtirilgan har bir turi boʻyicha son, sifat va baholash maʼlumotlarini oʻz ichiga oladi:
kamyob va yoʻqolib ketish xavfi boʻlgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar;
iqtisodiy jihatdan qimmatli boʻlgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar;
tabiiy yaylovlar va pichanzorlar oʻsimliklari;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda oʻsadigan oʻsimliklar;
oʻsimliklarning boshqa turlari”;
35 — 38-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi boʻlgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlari boʻyicha oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritiladigan maʼlumotlar quyidagilardan iborat:
identifikatsiya raqami;
oʻsimlik turining ilmiy nomi;
oʻsimlik turining rus tilidagi nomi;
oʻsimlik turining davlat tilidagi nomi;
tabiatni muhofaza qilish maqomi;
hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi;
hisobga olish amalga oshirilgan maydon (ga);
tur populyatsiyasi egallagan maydon (ga);
tur populyatsiya soni;
tur populyatsiya zichligi;
tur sonining oʻzgarishi;
cheklovchi omillar;
muhofaza etish choralari;
hisobga olish amalga oshirilgan sana;
geografik koordinatalar (shimoliy kenglik);
geografik koordinatalar (sharqiy uzunlik);
36. Iqtisodiy jihatdan qimmatli boʻlgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar boʻyicha oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritiladigan maʼlumotlar quyidagilardan iborat:
identifikatsiya raqami;
oʻsimlik turining ilmiy nomi;
oʻsimlik turining rus tilidagi nomi;
oʻsimlik turining davlat tilida nomi;
hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi;
hisobga olish amalga oshirilgan maydon (ga);
tur populyatsiyasi egallagan maydon (ga);
oʻsimlik hosildorligi (s/ga);
oʻsimlikdan foydalanish zaxirasi (xom ashyo);
tur sonining oʻzgarishi;
hisobga olish amalga oshirilgan sana;
geografik koordinatalar (shimoliy kenglik);
geografik koordinatalar (sharqiy uzunlik);
37. Tabiiy yaylovlar va pichanzorlar oʻsimliklari boʻyicha oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritiladigan maʼlumotlar quyidagilardan iborat:
identifikatsiya raqami;
yaylov (pichanzor) turining ilmiy nomi;
yaylov (pichanzor) turining rus tilidagi nomi;
yaylov (pichanzor) turining davlat tilidagi nomi;
yaylovlar xilma-xilligi;
hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi;
xoʻjalik subyektining nomi;
yaylov va pichanzorlar maydoni (ga);
ozuqa massasining hosildorligi (s/ga);
ozuqalarning zaxirasi;
tayyorlangan dagʻal ozuqalar miqdori (pichanzorlar uchun);
qoramollarni oʻtlatish normasi (1 ga/son);
amalda oʻtlatilgan (1 ga/son);
mayda chorva mollarini oʻtlatish normasi (1 ga/son);
amalda oʻtlatilgan (1 ga/son).
38. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda oʻsadigan oʻsimliklar turlari boʻyicha oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritiladigan maʼlumotlar quyidagilardan iborat:
identifikatsiya raqami;
oʻsimlik turining ilmiy nomi;
oʻsimlik turining rus tilidagi nomi;
oʻsimlik turining davlat tilidagi nomi;
tabiatni muhofaza qilish maqomi;
hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi;
hisobga olish amalga oshirilgan maydon (ga);
tur populyatsiyasi egallagan maydon (ga);
tur populyatsiya soni;
tur populyatsiya zichligi;
tur sonining oʻzgarishi;
hisobga olish amalga oshirilgan sana;
geografik koordinatalar (shimoliy kenglik);
geografik koordinatalar (sharqiy uzunlik)”;
39-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri boʻyicha kadastr maʼlumotlari (kadastr maʼlumotlari):
hududiy darajada — Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalari tomonidan;
respublika darajasida — Ekologiya vazirligining kadastr boʻlimi tomonidan shakllantiriladi.
Hududiy va respublika darajasidagi kadastr maʼlumotlarini taqdim etish shakllarini Ekologiya vazirligi belgilaydi.
Oʻsimlik dunyosi obyektlari toʻgʻrisidagi kadastr maʼlumotlari ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq taqdim etiladi”;
quyidagi mazmundagi 421 va 422-bandlar bilan toʻldirilsin:
“421. Tashkilot, xoʻjalikning vakolatli shaxsi tomonidan oʻsimlik dunyosi obyektlari boʻyicha kadastr maʼlumotlari hududiy darajada Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalariga keyingi yilning 15-fevraligacha roʻyxat asosida taqdim etiladi”;
422. Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini yuritadigan va kadastr maʼlumotlarini Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalariga taqdim etadigan tashkilotlarning vakolatli shaxslari, rahbarlari kadastr maʼlumotlarining ishonchliligi hamda toʻliq va qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun masʼuldir”;
44-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kadastr maʼlumotlari aloqa tarmogʻi orqali real vaqt rejimida va belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etadi”;
45-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45. Ekologiya vazirligi hisobot yilidan keyingi yilning 1-apreliga qadar oʻsimliklar dunyosi obyektlarining davlat kadastri boʻyicha zarur maʼlumotlarni Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etadi. Kadastr maʼlumotlarini Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etish shakli Ekologiya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi”;
1 va 2-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-shakl. Kamyob va yoʻqolib ketish xavfi boʻlgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlari
JADVALI

jadval

Identifikatsiya raqami

Oʻsimlik turining nomi

Tabiatni muhofaza qilish maqomi

Hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi

Hisobga olish amalga oshirilgan maydon (ga)

Tur populyatsiyasi egallagan maydon (ga)

ilmiy

rus tilida

davlat tilida

1

2

3

4

5

6

7

8

jadvalning davomi

Tur populyatsiya soni

Tur populyatsiya zichligi

Tur sonining oʻzgarishi

Muhofaza etish choralari

Cheklovchi omillar

Hisobga olish amalga oshirilgan sana

Geografik koordinatalar

(sh.k.)

Geografik koordinatalar

(sh.u.)

9

10

11

12

13

14

15

16

Izoh. Geografik axborot tizimida ushbu tematik qatlam nuqtasi va maydoni shartli belgi bilan koʻrsatiladi.
2-shakl. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda oʻsadigan oʻsimliklar turlari
JADVALI

jadval

Identifikatsiya raqami

Oʻsimlik turining nomi

Tabiatni muhofaza qilish maqomi

Hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi

Hisobga olish amalga oshirilgan maydon (ga)

ilmiy

rus tilida

davlat tilida

1

2

3

4

5

6

7

jadvalning davomi

Tur populyatsiyasi egallagan maydon (ga)

Tur populyatsiya soni

Tur populyatsiya zichligi

Tur sonining oʻzgarishi

Hisobga olish amalga oshirilgan sana

Geografik koordinatalar (sh.k.)

Geografik koordinatalar (sh.u.)

8

9

10

11

12

13

14

Izoh. Geografik axborot tizimida ushbu tematik qatlam nuqtasi va maydoni shartli belgi bilan koʻrsatiladi.
3-shakl. Iqtisodiy jihatdan qimmatli boʻlgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlari
JADVALI

jadval

Identifikatsiya raqami

Oʻsimlik turining nomi

Hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi

Hisobga olish amalga oshirilgan maydon (ga)

Tur populyatsiyasi egallagan maydon (ga)

ilmiy

rus tilida

davlat tilida

1

2

3

4

5

6

7

jadvalning davomi

Oʻsimlik hosildorligi (s/ga)

Oʻsimlikdan foydalanish zaxirasi (xom ashyo)

Tur sonining oʻzgarishi

Hisobga olish amalga oshirilgan sana

Geografik koordinatalar (sh.k.)

Geografik koordinatalar (sh.u.)

8

9

10

11

12

13

Izoh. Geografik axborot tizimida ushbu tematik qatlam nuqtasi va maydoni shartli belgi bilan koʻrsatiladi.
4-shakl. Tabiiy yaylovlar va pichanzorlar oʻsimliklari
JADVALI

jadval

Identifikatsiya raqami

Yaylov (pichanzor) turining ilmiy nomi

Yaylov (pichanzor) turining rus tilida nomi

Yaylov (pichanzor) turining davlat tilida nomi

Yaylovlar xilma-xilligi

Hisobga olish amalga oshirilgan hudud nomi

Xoʻjalik subyekti nomi

Yaylov va pichanzorlar maydoni (ga)

1

2

3

4

5

6

7

8

jadvalning davomi

Ozuqa massasining hosildorligi (s/ga)

Ozuqalarning zaxirasi

Tayyorlangan dagʻal ozuqalar miqdori (pichanzorlar uchun)

Qoramollarni oʻtlatish normasi (1 ga/son)

Amalda oʻtlatilgan (1 ga/son)

Mayda chorva mollarini oʻtlatish normasi (1 ga/son)

Amalda oʻtlatilgan (1 ga/son)

9

10

11

12

13

14

15

Izoh. Geografik axborot tizimida ushbu tematik qatlami maydoni shartli belgi bilan koʻrsatiladi.
Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oʻsimlik dunyosi obyektlari toʻgʻrisidagi davlat kadastri maʼlumotlarini taqdim etish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar

Kelgusi yilda davlat tomonidan hisobga olishni amalga oshiradigan oʻsimlik dunyosidan foydalanuvchi yuridik shaxslar roʻyxatini, ularning nomi, idoraviy mansubligi, joylashgan joyi koʻrsatilgan holda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi) taqdim etadi.

har yili 1-noyabrgacha

2-bosqich

Tashkilot, xoʻjalikning vakolatli shaxsi tomonidan

Oʻsimlik dunyosi obyektlari boʻyicha kadastr maʼlumotlari hududiy darajada Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalariga roʻyxat asosida aloqa tarmogʻi orqali real vaqt rejimida taqdim etiladi.

keyingi yilning 15-fevraligacha

3-bosqich

Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalari

Taqdim etilgan kadastr maʼlumotlarida obyektlarning geografik joylashuvining aniqligi, atributiv maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligi tahlil qilib chiqiladi hamda kamchiliklar muallifga maʼlum qilinadi.

5 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Tashkilot, xoʻjalikning vakolatli shaxsi tomonidan

Muvofiqlashtiruvchi tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilib maʼlumotlar qayta taqdim etiladi.

10 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Ekologiya vazirligining vakolatli boʻlinmalari

Tushadigan maʼlumotlarni hududiy darajada tahlil qiladi, taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligini baholaydi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi yovvoyi oʻsimliklar boʻyicha geomaʼlumotlar bazasini shakllantiradi, hisobotlar tuzadi va ularni Ekologiya vazirligiga belgilangan shaklda taqdim etadi.

har yili 1-martgacha

6-bosqich

Ekologiya vazirligi

Oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri boʻyicha zarur maʼlumotlarni aloqa tarmogʻi orqali real vaqt rejimida Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etadi.

keyingi yilning 1-mayigacha

”;

3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 28-yanvardagi 40-son qarorida:
a) 3-banddagi “Qurilish vazirligi” soʻzlari “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi:”;
quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Qurilish obyektlarida qurilish chiqindilarini toʻplash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va maxsus poligonlarga joylashtirish bilan bogʻliq ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi) hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan Qurilish chiqindilari monitoringi elektron platformasi orqali real vaqt rejimida nazorat qilinadi.
Ekologiya vazirligining hududiy organlari qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarning elektron platforma orqali boshqarilishini taʼminlaydi”;
25-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda brezent oʻrniga mustahkam, suv oʻtkazmaydigan va yongʻinga chidamli boʻlgan materiallardan foydalanishga ruxsat beriladi. Brezent bortni har tomonidan 200+50 mmdan kam boʻlmagan holda yopishi hamda mahkamlovchi moslamalar bilan qotirilishi lozim”;
33-band, 34-bandning beshinchi xatboshisi, 37-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari, 39-bandning birinchi xatboshisi va 1-ilovadagi tegishli kelishikdagi “Davlat ekologiya qoʻmitasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Ekologiya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Chiqindi chiqaruvchi tashkilotlar har oydan keyingi oyning 5 sanasigacha ushbu Nizomga 6 va 7-ilovalarga muvofiq namunaviy shakllarda bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya va (yoki) montaj qilish, taʼmirlash, obodonlashtirish, shuningdek, buzish ishlari boshlanishidan tugallanib obyektlar belgilangan tartibda foydalanishga topshirilgunga qadar qurilish chiqindilari toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlarni Ekologiya vazirligining hududiy organlari xodimlari yordamida Qurilish chiqindilari monitoringi elektron platformasiga kiritadi:
har bir qurilish chiqindilari hosil boʻlishi obyekti boʻyicha qurilish chiqindilari takroriy foydalanishga, utilizatsiya qilishga, qayta ishlashga, shuningdek, koʻmishga yoʻnaltirilganligi toʻgʻrisida maʼlumot;
shartnomaga muvofiq qabul qilib olingan chiqindilar toʻgʻrisida tasdiqnoma”;
Nizomga 2-ilovaning izoh qismi 2-bandidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomda:
a) 3-bandning beshinchi xatboshisidagi “2 — 49-ilovalarda” soʻzlari “2 — 50-ilovalarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 50-ilova bilan toʻldirilsin:
“Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
50-ILOVA
Ozonni buzuvchi moddalarning hamda tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import yoki eksport qilish uchun ruxsatnoma
PASPORTI

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Ozonni buzuvchi moddalarning hamda tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import yoki eksport qilish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Ozonni buzuvchi moddalarni hamda tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarni import yoki eksport qilish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik va jismoniy shaxslar

4.

Ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;

jismoniy shaxsning maʼlumotlari — familiyasi, ismi, otasining ismi, JSHSHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami;

ozonni buzuvchi moddalarning nomi va miqdori;

moddalarning xususiyati va vazifasi (kerakligi belgilansin):

ozonni buzuvchi moddalarga mansub boʻlmagan boshqa kimyoviy moddalar ishlab chiqarish uchun dastlabki xom ashyo sifatida foydalanish uchun yangi moddalar;

reagent sifatida qoʻllaniladigan yangi moddalar;

yoʻq qilishga moʻljallangan yangi moddalar, tasdiqlangan texnologiyalar yordamida ushbu moddalarni yoʻq qiladigan tashkilotning nomi va manzili;

karantinli ishlov berishga moʻljallangan yangi moddalar (E roʻyxatidagi moddalar uchun);

tashishdan oldin ishlov berishga moʻljallangan yangi moddalar (E roʻyxatidagi moddalar uchun);

qoʻllashning boshqa turlari uchun yangi moddalar;

utillashtirilgan, retsirkulyatsiyalangan, tiklangan moddalar.

Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar:

ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning importi yoki eksporti uchun bitim (shartnomalar, invoyslar va h.k.);

ozonni buzuvchi moddalarning utilizatsiyasi yoki tiklanishini amalga oshirgan ixtisoslashtirilgan tashkilotning yetkazib berilgan hajmlar koʻrsatilgan holdagi maʼlumotnomasi (avval ishlatilgan va tiklangan ozonni buzuvchi moddalar Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinganda taqdim etiladi);

import qilinayotgan ozonni buzuvchi moddalarning tarkibi, shuningdek, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining talabiga koʻra eksport qiluvchi mamlakat tomonidan berilgan litsenziyadan nusxa;

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

7.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

7 ish kuni

8.

Ruxsat berishga oid talab va shartlar:

Quyidagilar ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning importi va eksportini amalga oshirishda ruxsat berishning talablari va shartlari hisoblanadi:

a) ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning importi va eksportini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlariga rioya etish;

b) ruxsat etilgan ozonni buzuvchi moddalarning importi va eksportini Oʻzbekiston Respublikasiga importi va Oʻzbekiston Respublikasidan eksporti ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan ozonni buzuvchi moddalar turlari roʻyxatiga muvofiq amalga oshirish;

v) ozonni buzuvchi yoki ularga bogʻliq boʻlgan moddalardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan sovutish jihozlari va havoni konditsiyalash uskunalarining:

Oʻzbekiston Respublikasiga importi va Oʻzbekiston Respublikasidan eksporti ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan, ozonni buzuvchi moddalar turlari roʻyxatining A roʻyxatidagi I guruhga va S roʻyxatidagi I guruhga mansub boʻlmagan;

Oʻzbekiston Respublikasiga importi taqiqlangan ozonni buzuvchi moddalar turlari roʻyxatiga mansub boʻlmaganlarining importini amalga oshirish;

g) ozonni buzuvchi moddalarning Oʻzbekiston Respublikasiga importini ushbu moddalar uchun belgilangan va taqsimlangan kvotaga muvofiq amalga oshirish;

d) eksport qiluvchi eksport qiladigan mamlakatning vakolatli organlaridan olingan maʼlumotga asosan, tegishli ozonni buzuvchi modda bilan ishlash uchun ruxsatnomaga ega ekanligi, importga ruxsat etilgan holda;

e) ozonni buzuvchi modda importini import qiluvchi mamlakat qonunchiligi, shuningdek, Monreal protokoli talablarini buzmagan holda amalga oshirish;

j) ozonni buzuvchi yangi moddali (retsirkulyatsiya qilingan, tiklangan ozonni buzuvchi moddali, ularning retsirkulyatsiya yoki tiklanganligi holati, ushbu ishlarni amalga oshirgan tashkilotlarning nomi va manzillari koʻrsatilgan holda), tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarning import yoki eksport qilinadigan konteynerlarini, berilgan ruxsatnoma asosida markirovkalash;

z) import qilingan va sotilgan ozonni buzuvchi moddalar miqdorlarining, xaridorlarning nomlari va manzillari hamda qoʻllanilishi taxmin qilingan sohalar koʻrsatilgan holda hisobini yuritish, shuningdek eksport qilingan ozonni buzuvchi moddalar miqdorlari hisobini yuritish;

i) Ekologiya vazirligiga amalda import qilingan ozonni buzuvchi moddalar miqdori va ularning qoʻllanish sohalari boʻyicha sotilgan miqdorlari haqidagi, shuningdek, amalda eksport qilingan ozonni buzuvchi moddalar miqdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda har yili taqdim etish.

9.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Ruxsatnoma ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning importi yoki eksportini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan muddatga, biroq har joriy yilning 31-dekabr sanasidan oshmagan muddatga beriladi.

11.

Izoh:

1. Tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan, jismoniy shaxslar tomonidan tashiladigan va ular notijorat va tadbirkorlik faoliyatiga moʻljallanmagan, oʻz ehtiyojlari uchun foydalanishga moʻljallangan, mazkur shaxslar tomonidan import yoki eksport qilinadigan mahsulotlarga tatbiq etilmaydi.

2. Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan ruxsat berishga doir talab va shartlarga quyidagilar kiradi:

Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga taqiqlangan ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning import qilinganlik holati aniqlanganligi;

Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga ozonni buzuvchi moddalarning Oʻzbekiston Respublikasiga importi uchun belgilangan va taqsimlangan kvotadan ortiq import qilinganlik holati aniqlanganligi;

eksportchi eksport qilinadigan mamlakatda tegishli ozon buzuvchi modda bilan ishlash uchun ruxsatnomaga ega boʻlmagan tashkilot ekanligi holati, import uchun ruxsat boʻlgan holda, tegishli mamlakatning vakolatli organlaridan olingan maʼlumot asosida aniqlanganligi;

ozonni buzuvchi moddaning importi noqonuniy muomala holatini tashkil etganligi yoxud importchi mamlakatda importchi mamlakatning Monreal protokoli boʻyicha majburiyatlarini bajarish maqsadida qabul qilingan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi nazoratiga noqulay taʼsir koʻrsatganligi yoxud eksportga ruxsat etilgan holatda — ushbu mamlakat uchun mazkur Protokolda nazarda tutilgan miqdor cheklovlarining oshishiga olib kelganligi aniqlanganligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi xodimlari, shuningdek, tegishli sohaning yuqori malakali mutaxassislari bilan birgalikda, ozonni buzuvchi moddalar, tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarni tashqi koʻzdan kechirishni, ularning ruxsatnomaga muvofiqligini aniqlash uchun asbob-uskunalar yordamida oʻlchovlar, oʻrganishlar, tadqiqotlar, koʻzdan kechirishlar va boshqa ilmiy va texnik baholashlar yakuni boʻyicha ruxsat berish tartib-tamoyillari talab va shartlari buzilganlik holati aniqlanganligi.

”.

6. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyundagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 3012-band bilan toʻldirilsin:
“3012. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida mahallalarda kichik ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish yoʻnalishida 25 — 30 foizi qurib bitkazilmagan binolar qurilishini yakuniga yetkazish uchun belgilangan tartibda kreditlar ajratiladi.
Bunda loyiha tashkilotlari tomonidan loyiha-smeta hujjatida belgilangan ishlar 70 foiz va undan ortiq bajarilganligi toʻgʻrisida berilgan maʼlumot hokim yordamchisiga Yagona elektron platformaga kiritish uchun qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)