1-ILOVA
|
T/r |
Bekor qilinadigan litsenziyalanadigan faoliyat turi va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat nomi |
Bekor qilinishi natijasida yuzaga keladigan tartib-taomil nomi |
Vakolatli organ nomi |
|
I. Bekor qilinadigan ayrim ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabardor qilish tartib-taomillari |
|||
|
1. |
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (to‘liq yoki qisman) boshqa shaxsga berish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror. |
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun berilgan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish tartibida boshqa shaxsga berish. |
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ |
|
2. |
Sug‘urtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishib olish. |
Sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini nazorat qilish. |
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi |
|
3. |
Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritish. |
Avtotransportda yuklarni xalqaro tashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lish. Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning mavjudligi. |
Bojxona qo‘mitasi |
|
4. |
Turarjoyni ijaraga berishning Yagona elektron reyestriga kiritish. |
Ijara shartnomasini rasmiylashtirish. Chet el fuqarosini vaqtinchalik hisobga qo‘yish. |
“Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DUK |
|
5. |
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma. |
Tadbirkorlik subyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tish. |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
|
6. |
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma. |
Tadbirkorlik subyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tish. |
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi |
|
7. |
Madaniy boyliklarni realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma. |
Tadbirkorlik subyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tish. Madaniy boyliklarning olib chiqilishi, olib kirilishi to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etish. |
Madaniy meros agentligi |
|
II. Birlashtirish yo‘li bilan bekor qilinadigan ayrim litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar* |
|||
|
8. |
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat uchun litsenziya. |
Atom energiyasidan foydalanish va ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat uchun litsenziya. |
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi |
|
9. |
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya. |
||
|
10. |
O‘zbekiston Respublikasi hududini va hududi qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish uchun litsenziya. |
O‘zbekiston Respublikasi hududini va hududi qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish. |
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi |
|
11. |
O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari hududini rivojlantirishni rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish uchun litsenziya. |
||
|
12. |
Aholi punktlari hududlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish uchun litsenziya. |
Aholi punktlari hududlarini qurish va rivojlantirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish. |
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi |
|
13. |
Aholi punktlari hududlarini qurish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish uchun litsenziya. |
||
|
14. |
Pirotexnika buyumlarini yo‘q qilish uchun litsenziya. |
Pirotexnika buyumlarini yo‘q qilish va utilizatsiya qilish. |
Ichki ishlar vazirligi |
|
15. |
Pirotexnika buyumlarini utilizatsiya qilish uchun litsenziya. |
||
|
16. |
Eksport nazorati obyektlarini olib chiqish uchun ruxsatnoma. |
Maxsus turdagi tovarlar eksporti |
Vazirlar Mahkamasi |
|
17. |
Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importi uchun litsenziya. |
||
|
18. |
Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma. |
Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma.** |
Ichki ishlar vazirligi |
|
19. |
Avtomobil transportida og‘ir va katta hajmli yoki xavfli yuklarni tashish uchun ruxsatnoma (xulosa). |
||
|
III. Xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladigan litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar*** |
|||
|
20. |
Turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya (turagentlik faoliyati) (“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati bundan mustasno). |
Turagentlik faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma. |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi |
|
21. |
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziya (obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatori bo‘yicha I toifasiga mansub loyihalar). |
Obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatori bo‘yicha I toifadagi arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma. |
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi |
|
22. |
Yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotlarining reyestriga kiritish to‘g‘risida ariza. |
Yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tijorat tashkiloti faoliyatini boshlaganligi yoki tugatganligi haqida xabarnoma. |
Adliya vazirligi |
2-ILOVA
|
T/r |
Normativ-huquqiy hujjat nomi |
Muddat |
Mas’ul ijrochilar |
|
1. |
Yer kodeksining 9-moddasi (yerlarni toifalarga bo‘lish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish). |
2024-yil aprel |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abduraxmonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (Abduxakimov) |
|
2. |
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 9-bobi (To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan davlat xaridlari). |
2024-yil may |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
|
3. |
Erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish va faoliyatini tartibga solish bilan bog‘liq quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar: “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonun; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-4931-son Farmoni; Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qarori bilan tasdiqlangan Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom. |
2024-yil iyun |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov) |
|
4. |
Ko‘chmas mulkni va unga bo‘lgan huquqni, shu jumladan, ipoteka shartnomasi asosida vujudga keladigan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar: “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonun; “Ipoteka to‘g‘risida”gi Qonun; “Garov to‘g‘risida”gi Qonun; “Garov reyestri to‘g‘risida”gi Qonun; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5886-son Farmoni; Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 186-son qarori; Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 535-son qarori. |
2024-yil oktabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) Kadastr agentligi (Po‘latov), Adliya vazirligi Tashkulov), Markaziy bank (Nurmuratov) |
|
5. |
Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishga qaratilgan quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son qarori; Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-son qarori. |
2024-yil may |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Karimov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Umarova), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Musayev) |
|
6. |
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga oid quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-avgustdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4812-son qarori; Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-yanvardagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) preferensiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizom. |
2024-yil iyul |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
|
7. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2831-son qarori. |
2024-yil aprel |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (Qayumov) |
|
8. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-maydagi “Ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi PQ-4732-son qarori. |
2024-yil may |
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov) |
|
9. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3025-son qarori. |
2024-yil iyun |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Abduraxmonov), Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (Qayumov) |
|
10. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvardagi “Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4940-son qarori. |
2024-yil avgust |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Musayev), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Karimov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Umarova), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xudayarov) |
|
11. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3818-son qarori. |
2024-yil sentabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Bojxona qo‘mitasi (Mavlonov) |
|
12. |
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi “Har bir oila-tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-3777-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-55-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–39-son qarori; Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 373-son qarori. |
2024-yil oktabr |
Markaziy bank (Nurmuratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Musayev) |
|
13. |
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-martdagi “Xalqaro sifat standartlari va foydalanish xavfsizligiga javob beradigan temir yo‘l mahsulotini ishlab chiqarishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 211-son qarori. |
2024-yil mart |
Transport vazirligi (Maxkamov), Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (Qayumov) |
|
14. |
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-oktabrdagi 799-son qarori bilan tasdiqlangan Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom. |
2024-yil aprel |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Musayev) |
|
15. |
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi “Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 215-son qarori. |
2024-yil may |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortikov) |
|
16. |
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom. |
2024-yil may |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Qudratov) |
|
17. |
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 213-son qarori. |
2024-yil may |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xudayarov) |
|
18. |
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi “Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 595-son qarori. |
2024-yil may |
Soliq qo‘mitasi (Kudbiyev) |
|
19. |
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom. |
2024-yil iyun |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Karimov) |
|
20. |
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-iyundagi “Qishloq joylarda ko‘p kvartirali uy-joylarni qurishda tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 355-son qarori. |
2024-yil iyul |
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov) |
|
22. |
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-fevraldagi “Jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lgan tovarlariga nisbatan amalga oshiriladigan tartib-taomillar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 102-son qarori. |
2024-yil sentabr |
Bojxona qo‘mitasi (Mavlonov) |
|
23. |
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-maydagi “Energiya resurslarini iste’mol qilish, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek, ijro ishini yuritish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 379-son qarori. |
2024-yil sentabr |
Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Majburiy ijro byurosi (Egamberdiyev) |
|
24. |
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 283-son qarori. |
2024-yil oktabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Markaziy bank (Nurmuratov) |
|
25. |
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi “Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 217-son qarori. |
2024-yil oktabr |
Energetika vazirligi (Mirzamahmudov) |
|
26. |
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentabrdagi “Yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 793-son qarori. |
2024-yil noyabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (Abduxakimov), Energetika vazirligi (Mirzamahmudov) |
|
27. |
Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2240, 2011-yil 5-iyul). |
2024-yil iyul |
Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov) |
3-ILOVA
| T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
| 1. | Turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan tartib-taomil va talablarni soddalashtirish. Bunda: “chiqish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun 15 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘larni zaxira qilib qo‘yish talabini bekor qilish, turoperatorlar uchun favqulodda holatlar yuzaga kelganda xavfni majburiy sug‘urta qilish tartibini belgilash; turistik xizmatlarni sertifikatlashtirishda joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyaj xizmatlarini sertifikatlashtirish uchun arizaga ko‘chmas mulkka doir huquqni belgilaydigan hujjatlarni ilova qilish talabini bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) |
| 2. | O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga tegishli yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanish zarurligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilishiga oid tartibni bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmanov) |
| 3. | Transport vositalarini tadbirkorlik subyektlari tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazish faoliyatini takomillashtirish. Bunda: yuridik shaxslarning transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish joylari Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy bo‘linmalari tomonidan belgilanishi tartibini bekor qilish; jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan M1, M2, M3, N1, N2, N3 toifadagi transport vositalarini tadbirkorlik subyektlari tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazishga ruxsat etish tartibini belgilash, bunda mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan talablar va davlat nazorati mexanizmlarini o‘rnatish; Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari hamda jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi yozma aloqa shakllarini elektron shaklga o‘tkazish; tadbirkorlik subyektlaridan ustav nusxasining talab qilinishini bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
| 4. | Avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma, vaqtincha guvohnoma va haydovchilik guvohnomasining dublikatini (ko‘chirma nusxasini) berish uchun oshirilgan miqdorlarda to‘lov undirilishini bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil dekabr | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
| 5. | Tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar obyektlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni soddalashtirish. Bunda: savdo va ko‘ngilochar ko‘chalar ro‘yxati majburiy tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy-veb saytlarida e’lon qilinishini belgilash; videokuzatuv tizimi orqali olingan tasvirlarni saqlashning eng kam muddatini 30 kundan 15 kunga qisqartirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
| 6. | Bozorlar, savdo komplekslari faoliyatini raqamlashtirish va samarali nazorat qilish. Bunda: bozorlar va savdo majmualaridagi rastalar, do‘konlar va yoyma savdo nuqtalarini e-ijara.soliq.uz platformasi orqali elektron tarzda ijaraga berish va hisobini yuritish tartibini joriy qilish; “bozor infratuzilmasi” tushunchasiga aniq ta’rif berish orqali bozorlar va savdo komplekslari hamda ularning filiallariga tutash hududda joylashgan obyektlar mulkdorlaridan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar undirilmasligini belgilash; bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida joylashgan obyektlar mulkdorlaridan bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undiriladigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati ko‘rsatilgan xizmatlaridan kelib chiqib, shartnoma asosida belgilanishi tartibini joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) |
| 7. | Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasida bog‘dorchilik, uzumchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 52-son qarorida belgilangan intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish hamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida berish tartibi va shartlarini soddalashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmanov), Markaziy bank (M. Nurmuratov) |
| 8. | Uy-joy xo‘jaligi qurilishi uchun obyektlar va komplekslar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, jumladan, ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish uchun litsenziya olinganda quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha litsenziya olinishi talab etilmasligini belgilash: “Obyektlarning asoslari va poydevorlari” bo‘limini loyihalashtirish; “Metall obyektlar konstruksiyalari” bo‘limini loyihalashtirish; “Temir-beton obyektlar konstruksiyalari” bo‘limini loyihalashtirish; qurilish obyektlarini mukammal va joriy ta’mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish; binolar va inshootlarning texnik holatini tekshirish; binolar va inshootlarni mustahkamlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish; korroziyaga qarshi himoyani ishlab chiqish; binolar, inshootlarning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) |
| 9. | Faoliyatning litsenziyalanadigan quyidagi kichik turlarini bekor qilish yoki ularni ushbu faoliyatning litsenziyalanadigan boshqa kichik turlari bilan birlashtirish masalasini tahlil qilish, zaruratga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish: qishloq xo‘jaligi qurilishi uchun obyektlar va komplekslar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish; kapital qurilishda tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish uchun tanlov (tender) hujjatlarini tayyorlash. | Axborot-tahliliy ma’lumotnoma | 2024-yil sentabr | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
| 10. | Bojxona ombori faoliyatini, erkin ombor faoliyatini va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalashda berilgan litsenziyani tadbirkorlik subyektining arizasi asosida o‘zgartirish imkoniyatini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
| 11. | Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatining quyidagi litsenziyalanadigan kichik turlarini o‘zaro birlashtirish masalasini tahlil qilish, zaruratga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish: mahalliy, shaharlararo va xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish; ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish; ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish; ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish; teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish; ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlaridan foydalanish; ko‘chma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish. | Axborot-tahliliy ma’lumotnoma | 2024-yil aprel | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
| 12. | Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash tartibida: arizani ko‘rib chiqish muddatini 14 ish kuni etib; xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarning aniq sonini; Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, O‘zenergoinspeksiya va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan xulosa berilishi asoslari hamda mezonlarini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (I. Nimatullayev) |
| 13. | Ko‘priklar va tunnellarni loyihalashtirish, qurish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash tartibida: arizani ko‘rib chiqish muddatini 10 ish kuni etib; ko‘priklar va tunnellarni loyihalashtirish, qurish va ularni ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarning aniq sonini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) |
| 14. | Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyati uchun litsenziya berishda arizani ko‘rib chiqish muddatini 7 ish kuni etib belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) |
| 15. | Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishni litsenziyalashda quyidagi xulosalarni litsenziya talabgoridan talab qilmagan holda ushbu mahsulotlarning litsenziya talab va shartlariga muvofiqligini kelishishni ta’minlash: ishlab chiqarish va saqlash inshootlarining, shuningdek, texnologik uskunalarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi to‘g‘risida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hududiy organining xulosasi; ishlab chiqarishning qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy boshqarmalari xulosasi; ishlab chiqarishning, ishlab chiqarish va saqlash binolarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida hududiy yong‘in nazorati organining xulosasi; O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati va xavfsizligini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda o‘lchash jihozlari bilan ta’minlanganligi to‘g‘risidagi xulosasi; iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlar (bino, inshootlar, ishlab chiqarish quvvatlari va hokazo) qurilganda va yangisi tashkil etilganda, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish quvvatlari kengaytirilganda Iqtisodiyot va moliya vazirligining taklif etilayotgan yangi quvvatlarni tashkil etishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
| 16. | Affinaj faoliyatini litsenziyalashda: a) quyidagi ma’lumotlarni litsenziya talabgoridan talab qilmagan holda ushbu faoliyatning litsenziya talab va shartlariga muvofiqligini kelishishni ta’minlash: o‘lchash vositalari qiyoslashdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi sertifikat haqida ma’lumot (elektron yoki analitik tarozilar va toshlar (har xil og‘irlikdagi); qimmatbaho metallarni affinaj qilish, shu jumladan, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan mineral xom ashyo, ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilarni qayta ishlash mo‘ljallanayotgan obyektning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi raqami va sanasi; obyektning texnik mustahkamligi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash xizmati texnik qo‘riqlash markaziga (punktiga) ulanganligi haqidagi ma’lumotlar — qimmatbaho metallarni affinaj qilish, shu jumladan, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan mineral xom ashyo, ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilarni qayta ishlash mo‘ljallanayotgan obyektlar uchun; b) litsenziya talabgoridan quyidagi ma’lumotlarni talab qilishni bekor qilish: davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan muomala qilishning boshqa yo‘nalishlari (tashish faoliyatidan tashqari) bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya (“Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olish evaziga). | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
| 17. | Neft, gazni (shu jumladan, siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalashda quyidagi xulosalarni litsenziya talabgoridan talab qilishni bekor qilgan holda ushbu faoliyatning litsenziya talab va shartlariga muvofiqligini tegishli organlar bilan kelishishni ta’minlash: Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish faoliyatining tegishli turini amalga oshirishda sanoat xavfsizligi bo‘yicha qo‘yiladigan minimal talablar litsenziya talabgori tomonidan bajarilganligi to‘g‘risidagi xulosasi; Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hududiy bo‘limlarining o‘rnatilgan texnologik jarayonlar va asbob-uskunalarning holati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi; Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hududiy boshqarmalarining neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish faoliyatining tegishli turini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilish va ekologiya bo‘yicha qo‘yiladigan minimal talablar litsenziya talabgori tomonidan bajarilganligi to‘g‘risidagi xulosasi; Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in xavfsizligi hududiy boshqarmalarining neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish faoliyatining tegishli turini amalga oshirishda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha qo‘yiladigan minimal talablar litsenziya talabgori tomonidan bajarilganligi to‘g‘risidagi xulosasi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (I. Nimatullayev) |
| 18. | Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish hamda ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalashda quyidagi xulosalarni litsenziya talabgoridan talab qilishni bekor qilgan holda ushbu faoliyatning litsenziya talab va shartlariga muvofiqligini tegishli organlar bilan kelishishni ta’minlash: Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining litsenziya talabgori moddiy-texnika bazasining mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligiga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek, xodimlarning bilimlari tekshirilganligi to‘g‘risidagi xulosasi; Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hududiy bo‘limlarining texnologiya jarayonlarining va texnologiya asbob-uskunalari holatining amaldagi normalar va qoidalarga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi; Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hududiy boshqarmalarining magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatining tegishli turini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilish va ekologiya bo‘yicha qo‘yiladigan minimal talablar litsenziya talabgori tomonidan bajarilganligi to‘g‘risidagi xulosasi; Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in xavfsizligi hududiy boshqarmalarining moddiy-texnik bazaning yong‘in xavfsizligi normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi va xodimlarning ular bo‘yicha tayyorgarlik darajasi to‘g‘risidagi xulosasi; Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining moddiy-texnik bazaning, ishlarni amalga oshirish texnologiyasining loyihalashtirish va qurilish bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (I. Nimatullayev) |
| 19. | Diniy ta’lim muassasalarining faoliyatini litsenziyalashda Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarma va bo‘limlari va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan kelishishni yo‘lga qo‘ygan holda, ushbu idoralarning xulosalarini litsenziya talabgoridan talab qilishni bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (S. Toshboyev) |
| 20. | Avtomobil transportida yo‘lovchi va yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalashda yuridik shaxslar shtat jadvalida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va avtotransportlardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan mutaxassis sifatida o‘rta-maxsus ma’lumotli shaxslarni ham tayinlash mumkinligi belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
| 21. | Maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotini olib kirish hamda ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma berishda quyidagilarni belgilash: maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotining oldin ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganligini tekshirishni, o‘ram va qadog‘ini kelishishni, toksikologik-gigiyenik baholashdan o‘tkazishni elektron ko‘rinishga o‘tkazish; texnik shartlar va texnik yo‘riqnomani tasdiqlash hamda ularni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida ro‘yxatdan o‘tkazishni ruxsatnoma berish jarayonlaridan chiqarib tashlash; toksikologik tekshirishlar ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, kimyoviy moddalar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika vositalarini toksikologik tekshirish akkreditatsiya (attestatsiya)dan o‘tgan laboratoriyalar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkinligini belgilash; ruxsat berish tartib-taomillarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat xizmatlari markazi orqali amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil may | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
| 22. | Sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyektlar va inshootlarning profili o‘zgargan taqdirda, ulardan xo‘jalik maqsadida foydalanish uchun ruxsatnoma berishda quyidagi xulosalarni ruxsatnoma oluvchidan talab qilishni bekor qilgan holda ushbu faoliyatning ruxsat berishga oid talab va shartlarga muvofiqligini tegishli organlar bilan kelishishni ta’minlash: Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyektlar va inshootlardan xo‘jalik maqsadida foydalanish mumkinligi haqidagi xulosasi; Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyektlar va inshootlardan xo‘jalik maqsadida foydalanish mumkinligi haqidagi xulosasi; Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyektlar va inshootlardan xo‘jalik maqsadida foydalanish mumkinligi haqidagi xulosasi; Favqulodda vaziyatlar vazirligining sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyektlar va inshootlardan xo‘jalik maqsadida foydalanish mumkinligi haqidagi xulosasi; Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan obyektlar va inshootlardan xo‘jalik maqsadida foydalanish mumkinligi haqidagi xulosasi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi (B. Gulyamov) |
| 23. | Xavfli ishlab chiqarish obyektlari va istirohat bog‘laridagi attraksionlarda putur yetkazmaydigan nazorat ishlarini olib borish uchun ruxsatnoma berishda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan kelishish tizimini joriy qilish orqali ariza beruvchidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining xulosasini talab qilishni bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi (B. Gulyamov) |
| 24. | Rentgen uskunasidan foydalanish uchun ruxsatnoma berishda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan kelishish tizimini joriy qilish orqali ariza beruvchidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining xulosasini talab qilishni bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi (B. Gulyamov) |
| 25. | Avtomobillarga yonilg‘i quyish stansiyalarining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish va tarqatish talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berishda AYQShda yong‘in xavfsizligiga qo‘yiladigan minimal talablar bajarilganligi yuzasidan ariza beruvchi tomonidan xulosa taqdim etilishini bekor qilish va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha qo‘yiladigan minimal talablarga muvofiqligi yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmasi bilan kelishishni belgilash. AYQShda sanoat xavfsizligiga qo‘yiladigan minimal talablar bajarilganligi yuzasidan xulosa taqdim etilishini bekor qilish va Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining tarmoq inspeksiyasi bilan kelishishni joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (I. Nimatullayev) |
| 26. | Kadrlar malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash faoliyati faqat sayyor shaklda amalga oshirilganda mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida binolarning mavjud bo‘lishi haqidagi talabni bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov) |
| 27. | Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari hamda boshqa buyumlar ishlab chiqarish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborishda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan beriladigan xulosani talab qilishni bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi (Sh. Ortiqov) |
| 28. | Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berishda quyidagilarni amalga oshirish: tuman (shahar) kadastr bo‘limlari obyektning maydoni haqidagi ma’lumotni taqdim etish muddatini nazarda tutishi; mazkur xizmatni ko‘rsatishda Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyalari va nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari ishtirok etishi tartibini belgilash (qancha muddatda xulosa berishi) va ularni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ulanishini ta’minlash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi, amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil aprel | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Kadastr agentligi (F. Pulatov) |
| 29. | “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida quruvchi tashkilotlarni baholashda ushbu tashkilotlarda mavjud har bir inventar uchun aniq baholash mezonlarini qonunchilik hujjatlarida belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil may | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) |
| 30. | Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va import qilishda ruxsat berish tartibotlarini, shu jumladan, sanitariya-epidemiologik, veterinariya va fitosanitariya xulosalarini berish tartiblarini qayta ko‘rib chiqish (tartibga solish doiralarini aniq belgilash, bunda rivojlangan davlatlar, xususan Yevropa Ittifoqi davlatlarining bu sohalardagi ilg‘or tajribasidan kelib chiqib, o‘zaro takrorlanuvchi funksiyalarni birlashtirish nuqtai nazaridan ushbu jarayonlarni soddalashtirish). Bunda, mas’ul idoralar tomonidan ishchi guruh tuzgan holda mazkur xulosalarni berish jarayonlarini tahlil qilib (joyga chiqqan holda), takliflar ishlab chiqish. | Axborot-tahliliy ma’lumotnoma | 2024-yil mart | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi (B. Yusupaliyev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi (B. Norqobilov), O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (D. Kasimov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxobov) |
| 31. | Idoraviy mansubligi va bo‘ysunuvidan qat’i nazar litsenziyalovchi organ o‘zi litsenziyalaydigan faoliyat bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxsning ta’sischisi yoki ishtirokchisi (aksiyadori) bo‘lishi, mansabdor shaxslari litsenziatning boshqaruv organlariga tayinlanishi (saylanishi) mumkin emasligi va ushbu talabning litsenziyalovchi organning tarkibiy tuzilmasiga kiradigan yoki uning oxirgi benefitsiari hisoblanadigan tashkilotlarga ham tatbiq etilishi nuqtai nazaridan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimidan foydalangan holda litsenziyalovchi organlar ta’sischisi yoki ishtirokchisi (aksiyadori) bo‘lgan yuridik shaxslarni xatlovdan o‘tkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil mart | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov) |
| Xatlov natijalari asosida manfaatlar to‘qnashuvini istisno etadigan takliflarni o‘z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil iyul | ||
| 32. | “Biznesga litsenziyasiz kirish” (Zero Licensing) rejimi doirasida xabarnomalarni yuborish uchun “Litsenziya” axborot tizimida tegishli imkoniyat yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
| 33. | Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini takomillashtirish. Bunda: litsenziya yoki ruxsat berish hujjati olish talab etiladigan faoliyatning kichik turi (toifasi, klassi) yoki litsenziatning filiali uchun litsenziya yoki ruxsat berish hujjatini qisman bekor qilish hamda tartib-taomillarni amalga oshirishda muddatlarni ish kunida hisoblashni yo‘lga qo‘yish; | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
| “Litsenziya” axborot tizimi orqali litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarida vakolatli organ tomonidan yuboriladigan qaror (xabarnoma)larda uning ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi ko‘rsatilishining texnik imkoniyatini yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil aprel |
4-ILOVA
|
T/r |
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomili nomi |
Ijro muddati |
Mas’ul ijrochilar |
|
I. Litsenziyalash tartib-taomillari |
|||
|
1. |
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyati uchun litsenziya |
2024-yil fevral |
Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
|
2. |
Avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati uchun litsenziya |
||
|
3. |
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat uchun litsenziya |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) |
|
|
4. |
Qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoya vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani ishlab chiqish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya |
Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov) |
|
|
5. |
Bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash faoliyati uchun litsenziya |
||
|
6. |
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziya |
2024-yil aprel |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
7. |
Mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmanov) |
|
|
8. |
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya |
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov) |
|
|
II. Ruxsat berish tartib-taomillari |
|||
|
9. |
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni muntazam yo‘nalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma |
2024-yil fevral |
Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
|
10. |
Fuqaro aviatsiyasi havo kemalarida portlovchi materiallarni tashish uchun ruxsatnoma |
||
|
11. |
Fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalarini foydalanishga qo‘yish to‘g‘risidagi xulosa |
||
|
12. |
Ekspluatant sertifikati |
||
|
13. |
Fuqaro havo kemasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma |
||
|
14. |
Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati |
||
|
15. |
Fuqaro havo kemalariga shovqinlar bo‘yicha sertifikat |
||
|
16. |
Fuqaro havo kemalarining radio jihozlari uchun sertifikat |
||
|
17. |
Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti sertifikati |
||
|
18. |
Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma |
||
|
19. |
Ozonni buzuvchi moddalarni hamda tarkibida ozonni buzuvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlarni import yoki eksport qilish uchun ruxsatnoma |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) |
|
|
20. |
Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna hamda flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi konvensiya (SITES) I, II va III ilovalariga kiritilgan hayvonlar turlari namunalari hamda o‘simliklar turlari namunalarini olib kirish va chetga olib chiqish uchun ruxsatnoma |
||
|
21. |
Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek, yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va olib chiqish uchun ruxsatnoma |
||
|
22. |
Yovvoyi o‘simliklarni, ularning qismlarini, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi o‘simliklarni, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish uchun ruxsatnoma |
||
|
23. |
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov) |
|
|
24. |
Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasini ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi |
Soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev) |
|
|
25. |
Avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma |
Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov) |
|
|
26. |
Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish kitobchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma |
||
|
27. |
Maxfiy kartografiya materiallarini ko‘paytirish uchun ruxsatnoma |
Kadastr agentligi (F. Pulatov) |
|
|
28. |
O‘zbekiston Respublikasi hududida kartografiya materiallarini nashr qilish va (yoki) tarqatish uchun ruxsatnoma |
||
|
29. |
Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini (ma’lumotlarini) berish uchun ruxsatnoma |
||
|
30. |
Import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
|
|
31. |
Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importi uchun litsenziya |
||
|
32. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlariga binoan olib chiqiladigan buyumlar va mahsulotlarni eksport qilishga doir ruxsatnoma |
||
|
33. |
Maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalar, yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika mahsulotini olib kirish hamda ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) |
|
|
34. |
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi |
||
|
35. |
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida o‘tkazish uchun ruxsatnoma |
||
|
36. |
O‘zbekiston Respublikasiga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish uchun sertifikat |
||
|
37. |
Madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat |
Madaniy meros agentligi (B. Abdikarimov) |
|
|
38. |
Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning eksporti, importi va tranziti uchun ruxsatnoma |
2024-yil aprel |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) |
|
39. |
Veterinariya sertifikati |
||
|
40. |
Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalar ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma |
||
|
41. |
Karantin ruxsatnomasi |
||
|
42. |
Fitosanitariya sertifikati |
||
|
43. |
O‘simliklarni himoya qilish vositalarini tajriba sifatida qo‘llash uchun ruxsatnoma |
||
|
44. |
Mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnoma |
||
|
45. |
Portlatish ishlarini bajarish yoki portlovchi moddalar bilan ishlash uchun ruxsatnoma |
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov) |
|
|
46. |
Portlatish ishlarini olib boruvchi korxonalarda joylashgan punktlarda oddiy qumoqlangan va suvli portlovchi moddalarni ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma |
||
|
47. |
Olib kiriladigan portlovchi moddalarni qo‘llash uchun ruxsatnoma |
||
|
48. |
Portlovchi moddalarni sotib olish uchun guvohnoma |
||
|
49. |
Foydali qazilmalarni qazib oluvchi korxonani yoki uning bir qismini tugatish va konservatsiya qilishga doir maxsus loyihani kelishib olish |
||
|
50. |
Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq yer qa’rini geologik o‘rganish ishlarini hisobga olish |
||
|
51. |
Sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoki keyinchalik o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga solishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish to‘g‘risida qaror |
||
|
52. |
Yer qa’ri to‘g‘risidagi geologik materiallarda nazarda tutilgan foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash to‘g‘risida qaror |
||
|
53. |
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (to‘liq yoki qisman) boshqa shaxsga berish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror |
||
|
54. |
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma |
||
|
55. |
Yer qa’ri bo‘yicha geologik materiallarga doir loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi xulosasi |
||
|
56. |
Kon ajratish dalolatnomasi |
||
|
57. |
Kon ishlarini rivojlantirish rejasini kelishib olish |
||
|
58. |
Quvvati 20 kilovattdan ortiq bo‘lgan iste’mol obyektlariga energiya yetkazib berish loyihalarini kelishish |
Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov) |
|
|
59. |
O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish imkoniyati to‘g‘risida qaror |
Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
|
60. |
Ishlab chiqilayotgan (yaratilgan), modernizatsiya qilinadigan, ishlab chiqarilayotgan va xorijdan olib kiriladigan (xorijdan xarid qilinadigan) radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastota polosalarini (nominallarini) ajratish to‘g‘risida qaror |
||
|
61. |
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun ruxsatnoma |
||
|
62. |
O‘zbekiston Respublikasi hududiga radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish uchun ruxsatnoma |
||
|
63. |
Radioelektron vositalardan foydalanish uchun ruxsatnoma |
||
|
64. |
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradio mahsulotlarini tarqatish huquqi uchun ruxsatnoma |
||
|
65. |
Aerosuratga olish ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma |
Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov) |
|
|
66. |
Aerosuratga olish va kosmik suratga olish materiallarini nazorat ko‘rigidan o‘tkazish uchun ruxsatnoma |
||
|
67. |
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish uchun ruxsatnoma |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
|
68. |
Avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma |
||
|
69. |
Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa |
||
|
III. Xabardor qilish tartib-taomili |
|||
|
70. |
Qurilish-montaj ishlarini boshlaganlik to‘g‘risida xabarnoma |
2024-yil fevral |
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) |