O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarorini bajarish yuzasidan hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Analitik nazoratga ixtisoslashgan davlat inspeksiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, Markaz O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Analitik nazoratga ixtisoslashgan davlat inspeksiyasining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi” davlat muassasasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziriga, zarurat bo‘lganda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Markazning budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Markaz faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi:
Markazni faoliyat yuritish uchun mos bo‘lgan Toshkent shahar hududidagi binoga joylashtirish choralarini ko‘rsin;
Markazning budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga Markaz binosini bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilsin hamda zarur analitik laboratoriya asbob-uskunalari va priborlar, kompyuter texnikasi, mebel va boshqa anjomlar bilan jihozlasin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T.Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-iyun,
377-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 377-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazining
TUZILMASI
* Bo‘lim pulli xizmatlardan tushadigan mablag‘lar hisobiga faoliyat ko‘rsatadi, shtatidagi xodimlar soni ishlar hajmiga bog‘liq bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 377-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi” davlat muassasasi to‘g‘risida
NIZOM
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi” davlat muassasasining (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligini, shuningdek uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Ekologiya vazirligi) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida analitik (laboratoriya) nazoratni ta’minlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Markaz o‘z faoliyatida Ekologiya vazirligiga hisobot beradi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Ekologiya vazirligining qarorlari va buyruqlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
4. Markaz o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa organlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, shuningdek bankda hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
2-bob. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
respublika atmosfera havosi, yer yuzasidagi suvlar, tuproq, hayvonot va o‘simlik dunyosining ifloslanish manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, analitik nazorat natijalarini tizimlashtirish va umumlashtirish;
chiqindilarni ko‘mish (joylashtirish)da ekologik xavfsizlik talablariga rioya qilinishi, radiatsiya xavfsizligi ta’minlanishining analitik nazoratini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya vazirligining hududiy boshqarmalariga tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablariga rioya etilishi yuzasidan inspeksiyaviy analitik nazorat, ifloslantirish manbalari monitoringi bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda rahbarlik qilish hamda tashkiliy-uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
oqova va tashlanmalar, chiqindilar, tabiiy muhit obyektlari ifloslanishi namunalarini olish hamda ularning fizik-kimyoviy analizlarini olib borishning ilg‘or usullarini o‘zlashtirish, takomillashtirish, zarur holatlarda, ishlab chiqish, qayta mukammal ishlash va joriy qilish;
atmosferaga moddalar tashlanmalari nazorati va arbitraj o‘lchovlari o‘tkazilishini, tabiiy muhit obyektlari ifloslanishi va chiqarib tashlanadigan oqova suvlar sifati analiz qilinishini ta’minlash.
7. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) respublika atmosfera havosi, yer usti suvlari, tuproq, hayvonot va o‘simlik dunyosining ifloslanish manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, analitik nazorat natijalarini tizimlashtirish va umumlashtirish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha geoaxborot tizimlari texnologiyalari asosida analitik nazorat va ifloslantiruvchi manbalar monitoringining axborot-kartografik ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
Markazning axborot byulletenlari va boshqa rasmiy nashrlarini hamda tabiiy muhitning holati to‘g‘risidagi materiallar va boshqa ma’lumotlar chop etilishini tashkillashtiradi va amalga oshiradi;
davlat monitoringi tizimida atrof muhit holatini kuzatishni amalga oshirish, atrof tabiiy muhitni ifloslantirish manbalari monitoringi va analitik nazorat natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga belgilangan tartibda taqdim etilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarda ogohlantirish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini ekologik vaziyat, atmosfera havosiga zararli moddalarning tashlanishi, oqova suvlarning sifati, tuproqning va suv resurslarining ifloslanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan belgilangan tartibda ta’minlaydi;
atrof muhitning (havo, suv va tuproq) radionuklidlar va boshqa xavfli moddalar bilan ifloslanishi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, ularning Favqulodda vaziyatlar vazirligining Tang vaziyatlarni boshqarish markaziga va uning hududiy boshqarmalarining axborot-tahlil xizmatlariga (tezkor navbatchilar guruhlariga), shuningdek manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazilishini amalga oshiradi;
“O‘zbekiston Respublikasida tabiiy resurslardan foydalanish va atrof muhit holati to‘g‘risida”gi milliy ma’ruzaning atrof muhit va uning ifloslanish manbalari davlat monitoringi tizimi to‘g‘risidagi qismi bo‘yicha ma’lumotlarni tayyorlashda qatnashadi.
b) chiqindilarni ko‘mish (joylashtirish)da ekologik xavfsizlik talablariga rioya qilinishi, radiatsiya xavfsizligi ta’minlanishining analitik nazoratini tashkil etish sohasida:
qattiq maishiy va sanoat chiqindilari yig‘ilgan, xom ashyo chiqindixonalari va zaharli moddalarni ko‘mish shoxobchalari joylashtirilgan hududlar tuprog‘i ifloslanishining analitik nazoratini amalga oshiradi;
antropogen manbalar, shuningdek ularning ta’sir etadigan zonasining atrofi va yaqinida radionuklidlar bilan ifloslanishi holatini analitik nazorat qilishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
yuqori darajada xavfli obyektlar hamda intensiv sanoat va qishloq xo‘jaligi faoliyati yuritiladigan hududlarda ekologik vaziyat yuzasidan analitik nazoratni olib boradi;
radiatsiyaviy avariyalarni prognoz qilish, barvaqt aniqlash va harakat qilish sohasida xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganadi, tahlil qiladi va amaliyotga joriy etadi;
atrof muhitning yuqori darajada ifloslanishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish ishlarini tashkil qilishda qatnashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) Ekologiya vazirligining hududiy boshqarmalariga tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablariga rioya etilishi yuzasidan inspeksiyaviy analitik nazorat, ifloslantirish manbalari monitoringi bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda rahbarlik qilish hamda tashkiliy-uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish sohasida:
(7-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
atrof muhitning ifloslanish manbalari va yer usti ekotizimi monitoringi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmalarining Atrof-muhit monitoringi, iqlim o‘zgarishiga moslashish va gidrometeorologiya sohasini muvofiqlashtirish (tahliliy laboratoriyalar) bo‘limlariga, shu jumladan vazirlik va idoralarining ekologik xizmatlariga uslubiy rahbarlikni tashkil etadi va amalga oshiradi;
(7-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
atrof muhit obyektlari (atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari, tuproq va suv quyqalari)ni, shuningdek xo‘jalik faoliyatini olib borish jarayonida yuzaga keladigan antropogen manbalar (atmosferaga tashlamalar va suvga oqovalar tashlash manbalari va tuproq ifloslanishi)ning tarkibi va xossalari ko‘rsatkichlari miqdorini aniqlashga qaratilgan o‘lchashlarni bajarish uslublari sohasida qo‘llaniladigan O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlari, davlatlararo standartlar va o‘lchashlarni bajarish uslublari hisobini yuritishni amalga oshiradi;
atrof muhitni muhofaza qilish sohasida standartlashtirish bo‘yicha ishlar va o‘lchovlar (sinovlar) o‘tkazish yuzasidan tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
atrof tabiiy muhit va ularni ifloslanish manbalari davlat monitoringi tizimi faoliyat yuritishida ishtirok etadi;
suv resurslarini ifloslantiruvchi manbalar, atmosfera havosiga zararli moddalarni tashlanishi, tuproqning ifloslanishi va tozalash inshootlarining ishlash samaradorligi monitoringini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmalarining Atrof-muhit monitoringi, iqlim o‘zgarishiga moslashish va gidrometeorologiya sohasini muvofiqlashtirish (tahliliy laboratoriyalar) bo‘limlari hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ekoanalitik laboratoriyalari mutaxassislarini monitoring o‘tkazish, atrof muhit obyektlarini va ularning ifloslanish manbalarini analitik nazorat qilish masalalari bo‘yicha tayyorlash va malakasini oshirishda ishtirok etadi;
(7-band “v” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
g) oqova va tashlanmalar, chiqindilar, tabiiy muhit obyektlari ifloslanishi namunalarini olish hamda ularning fizik-kimyoviy analizlarini olib borishning ilg‘or usullarini o‘zlashtirish, takomillashtirish, zarur holatlarda, ishlab chiqish, qayta mukammal ishlash va joriy qilish sohasida:
zamonaviy o‘lchov uslublarini o‘zlashtirish, o‘lchashlarni bajarish uslublari va ilg‘or uslubiyotlarini takomillashtirish hamda zarur holatlarda ularni ishlab chiqish, qayta ishlash va amaliyotga tatbiq etish ishlarini olib boradi;
ro‘yxatga olish uchun taqdim etilayotgan o‘simliklarni himoya qilish vositalarining atrof muhitga ta’sirini baholash, ularni qo‘llashda tabiatni muhofaza qilish me’yorlari va qoidalarini belgilash maqsadida ekologik baholashni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya vazirligi tizimiga kiruvchi tegishli tarkibiy bo‘linmalar bilan birgalikda atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi texnik boshqaruv sohasidagi me’yoriy hujjatlar fondini shakllantiradi va yuritadi;
(7-band “g” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
tabiatni muhofaza qilish faoliyatini metrologik ta’minlash talablariga muvofiq tahlillar, o‘lchovlar, test sinovlari natijalarining yagona va talab etiladigan aniqligini ta’minlash ishlarini amalga oshiradi;
atrof muhitni muhofaza qilish sohasida o‘lchovlarni bajarishda qo‘llaniladigan ifloslantiruvchi moddalarning o‘lchovlarini bajarishning amaldagi shahodatlangan va vaqtincha ruxsat berilgan uslublarini ishlab chiqishni va nashr etishni amalga oshiradi, shuningdek uslubiy markaz haqida ma’lumotlar majmuini tashkil etishni ta’minlash maqsadida butun jahon ma’lumotlar Internet tarmog‘idagi o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtirishni va doimiy ravishda yangilashni ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratini olib boruvchi korxonalarning ekoanalitik laboratoriyalari faoliyatini belgilangan tartibda nazorat qilib boradi;
(7-band “g” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
kimyoviy tahlillarni bajarishda talab etiladigan ishonchlilik, aniqlik va yagonalikni ta’minlash maqsadida laboratoriyalararo taqqoslama sinovlar va boshqa tashqi nazorat shakllarini olib borishda ishtirok etadi va ularni tashkil etadi;
tashlamalar, oqovalar va tuproq ifloslanishi bo‘yicha namunalar olish va ularning fizik-kimyoviy tahlillarini o‘tkazishning ilg‘or uslublarini qo‘llash yuzasidan xorijiy davlatlarning tajribasini o‘rganish, tahlil qilish va amaliyotga tatbiq etish ishlarini amalga oshiradi;
ilmiy va o‘quv, shu jumladan chet el tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi hamda atrof muhit obyektlarini ifloslantiruvchi moddalar bilan ifloslantiruvchi manbalardan oqovalar va tashlamalar tashlanishining analitik nazorati masalalari bo‘yicha xalqaro ilmiy forum va konferensiyalarni tashkil etish va o‘tkazishda qatnashadi;
d) atmosferaga moddalar tashlanmalari nazorati va arbitraj o‘lchovlari o‘tkazilishini, tabiiy muhit obyektlari ifloslanishi va chiqarib tashlanadigan oqova suvlar sifati analiz qilinishini ta’minlash sohasida:
bahsli holatlar va kelishmovchiliklar kelib chiqqan vaziyatlarda shahodatlash doirasiga mos ravishda nazorat obyektlarida namunalar olish va ularni dastlabki qayta ishlashni bajaradi, olingan namunalarning zarur miqdoriy, kimyoviy tahlilini va vizual kuzatishlarini o‘tkazadi;
avariya holatlarida ifloslantiruvchi moddalarning oqovalari va tashlamalarini chiqarishda hamda (zaharli va xavfli) chiqindilarni joylashtirishda nazorat tahlillarini amalga oshiradi;
atrof muhitni muhofaza qilish sohasida quyidagilarning analitik (laboratoriya) nazoratini amalga oshiradi:
turg‘un manbalardan atmosfera havosiga tashlanadigan zaharli moddalar;
korxonalarning ko‘chma manbalari tomonidan atmosfera havosiga tashlanadigan zaharli moddalar;
suv obyektlariga tashlanadigan oqova suvlar;
oqova suvlar tashlaydigan manbalar joylashgan hududlardagi yer usti suvlari;
yerlar (jumladan tuproq)ni ifloslantiruvchi manbalar joylashgan yoki potensial ifloslantiruvchilari bo‘lgan hududlarning analitik (laboratoriya) nazoratini olib boradi;
qonunchilikka muvofiq atrof muhit obyektlarida ifloslantiruvchi moddalarning oqovalari va tashlamalarini chiqarishning fizik-kimyoviy tahlillarini o‘tkazish masalalari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
Markaz qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
3-bob. Markazning huquqlari va javobgarligi
8. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Markaz vakolatiga kiradigan statistik ma’lumotlarni, hisobotlarni, analitik materiallarni, xulosalar va boshqa ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruv organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan va boshqa davlat korxonalaridan so‘rash va bepul olish;
tuproqni ifloslantiruvchi manbalar, oqova va yer usti suvlari, tashlama manbalari monitoringini yuritish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarning obyektlariga qonunchilikda belgilangan tartibda kirib borish;
yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida akkreditatsiya doirasiga muvofiq fizik-kimyoviy tahlillar o‘tkazish, analitik ishlarning bajarilish tartibini belgilovchi o‘lchashlarni bajarish uslublari va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha xizmatlarni hamda o‘z vakolatlari doirasida boshqa xizmatlar turlarini ko‘rsatish;
Markaz tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar (ishlar) uchun to‘lov miqdorini qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlash;
o‘z vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar o‘tkazish hamda boshqa tashkilotlar o‘tkazadigan shunga o‘xshash tadbirlarda ishtirok etish;
o‘z xodimlarining ijtimoiy himoyasi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Markaz qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
9. Markaz:
o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun;
budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va akkreditatsiya doirasiga muvofiq fizik-kimyoviy tahlillar o‘tkazishdan, analitik ishlarning bajarilish tartibini belgilovchi o‘lchashlarni bajarish uslublari va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishdan tushadigan to‘lovlar va Markaz ixtiyoridagi boshqa mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi.
4-bob. Markazning faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
10. Markazga belgilangan tartibda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri tomonidan lovozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi.
Direktorning Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar o‘rinbosari bo‘ladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Markazning xarajatlari smetasi va shtatlar jadvalini tasdiqlaydi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
12. Direktor:
Markaz faoliyatini umumiy boshqarishni amalga oshiradi;
Markaz vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Markazda ijro intizomi holati bo‘yicha bevosita rahbarlikni amalga oshiradi;
o‘z o‘rinbosari va Markazning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlari, majburiyatlari va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
Markaz bo‘limlari (xizmati) nizomini va Markaz xodimlarining lavozim yo‘riqnomalarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Markaz xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
o‘z vakolati doirasida Markaz xodimlari tomonidan bajarish uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda Hay’at majlislarida, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri tomonidan olib boriladigan o‘zi mutasaddi bo‘lgan sohaga oid yig‘ilishlarda qatnashadi.
(12-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Direktor qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
13. Markaz direktori vaqtincha yo‘qligida uning vazifalarini o‘rinbosari bajaradi.
14. Markaz direktorining o‘rinbosari:
nazoratidagi bo‘limlarga bevosita rahbarlik qiladi va Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda nazoratidagi bo‘limlarda ijro intizomi holati uchun shaxsan javob beradi;
o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha hujjatlar loyihasini va materiallarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlashni tashkil etadi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
Markaz ish rejasida, shuningdek mutaxassislarning shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan tadbirlarni talab qilinadigan davr mobaynida amalga oshirish va muvofiqlashtirishni ta’minlaydi hamda o‘rganilgan masalalarning tanqidiy tahlili asosida Markaz direktoriga muhokama uchun takliflar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya vazirligi Hay’at yig‘ilishlarida muhokama qilishga biriktirilgan masalalar bo‘yicha materiallar tayyorlash uchun bo‘lim boshliqlari va mutaxassislar bilan majlislar o‘tkazadi;
(14-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Markaz direktori topshirig‘iga binoan chiquvchi xatlarni imzolaydi;
Markaz direktoriga tegishli mutaxassislar majburiyatlarini taqsimlash bo‘yicha takliflar kiritadi.
Markaz direktoriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni mukofotlash va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Vazifalar taqsimotiga ko‘ra boshqa tegishli funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Markaz xodimlari ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi davlat inspektorlari hisoblanadi va ular quyidagi huquqlarga ega:
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
qonun hujjatlarda belgilangan tartibda tasdiqlangan yagona namunadagi formali kiyim-bosh kiyish va farqlovchi belgilarga ega bo‘lish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya vazirligi nomidan ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarimaga tortish tarzidagi ma’muriy choralarni qo‘llash;
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilish masalalari bo‘yicha tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini rejali va qisqa muddatli tekshiruvlarda ishtirok etish.
5-bob. Moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari
16. Markaz xodimlarini moddiy rag‘batlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
17. Markaz xodimlariga to‘lanadigan ish haqi qonunchilikda nazarda tutilgan lavozim oylik maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha va ustama haqlar, shuningdek rag‘batlantiruvchi to‘lovlardan iborat bo‘ladi.
18. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda budjetdan ajratiladigan va budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga shakllantiriladigan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi, budjet muassasalarini va tashkilotlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi mablag‘lari Markaz xodimlariga to‘lanadigan ish haqi va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish manbalari hisoblanadi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
19. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 24-son, 504-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)