Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
ShNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 29-mayda hisobga olindi, hisob raqami 254]
1. ShNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim shaharsozlik normalari va qoidalari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-aprel,
01/2-9-son
Kelishildi:
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining birinchi oʻrinbosari O. QUDRATOV
2024-yil 1-aprel
Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B. ISLAMOV
2024-yil 29-mart
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YuSUPALIYEV
2024-yil 6-mart
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2024-yil 7-mart
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDAShEV
2024-yil 16-mart
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 15-apreldagi 01/2-9-son buyrugʻiga
1-ILOVA
ShNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda ShNQ deb yuritiladi) gaz isteʼmolchilarini bosimi 1,2 MPa gacha (12 kgf/cm2) boʻlgan tabiiy gaz va bosimi 1,6 MPa gacha (16 kgf/cm2) boʻlgan suyultirilgan uglevodorod gazlari bilan taʼminlashga moʻljallangan yangi quriladigan, kengaytiriladigan va qayta taʼmirlanadigan gaz taʼminoti tizimlarini loyihalashga oid boʻlgan talablarni belgilaydi.
Ushbu ShNQning talablari qora metallurgiya, neftni qayta ishlash sanoati va sanoatning gaz taʼminoti tarmoq normativ hujjatlariga muvofiq loyihalanadigan gaz tizimi tarmoqlarini hamda avtomobillarga tabiiy gaz yoqilgʻi quyish shoxobchalarini, gazdan xomashyo sifatida foydalanadigan korxonalarning ichki maydonida gaz quvurlarini yotqizishni va koʻchma vositalarning gaz uskunalarini loyihalashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur ShNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
ShNQ 2.01.01-22 “Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik maʼlumotlar”;
ShNQ 2.01.02-04 “Binolar va inshootlarning yongʻin xavfsizligi”;
ShNQ 2.09.02-19 “Sanoat binolari”;
ShNQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish”;
ShNQ 2.04.12-22 “Poʻlat quvuroʻtkazgichlarni mustahkamlikka hisoblash”;
ShNQ 2.05.03-22 “Koʻpriklar va quvurlar”;
ShNQ 2.02.03-12 “Qoziqli poydevorlar”;
QMQ 2.05.06-97 “Magistral quvuroʻtkazgichlar”;
QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsiyalash”;
Oʻz DSt 735:2023 “Qurilish uchun loyiha hujjatlari tizimi. Gaz taʼminoti. Tashqi gaz quvurlari. Ishchi chizmalar”;
Oʻz DSt 734:2023 “Qurilish uchun loyiha hujjatlari tizimi. Gaz taʼminoti. Ichki qurilmalar. Ishchi chizmalar”;
ISO/TS10839:2022 “Gazsimon yoqilgʻini uzatish uchun polietilen quvuroʻtkazgichlar va fitinglar. Loyihalash, tashish va oʻrnatish boʻyicha amaldagi kodeks” (rasmiy manba: Truboprovodi i fitingi polietilenovie dlya podachi gazoobraznogo topliva. Kodeks ustanovivsheysya praktiki po proyektirovaniyu, transportirovaniyu i ustanovke);
ISO 3183-2015 “Neft va gaz sanoati quvuroʻtkazgichlari uchun poʻlat quvurlar. Umumiy texnik shartlar” (rasmiy manba: Trubi stalnie dlya truboprovodov neftyanoy i gazovoy promishlennosti. Obщiye texnicheskiye usloviya);
GOST 31438.1-2011 “Portlovchi muhitlar. Portlashdan himoya qilish va portlashning oldini olish” (rasmiy manba: Vzrivoopasnie sredi. Vzrivozaщita i predotvraщeniye vzriva);
GOST 34.201-2020 “Axborot texnologiyalari. Avtomatlashtirilgan tizimlar uchun standartlar toʻplami.” Avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratishda hujjatlar toʻplami va belgilanishi” (rasmiy manba: Informatsionnie texnologii. Kompleks standartov na avtomatizirovannie sistemi. Vidi, komplektovannost i oboznacheniye dokumentov pri sozdanii avtomatizirovannix sistem);
GOST 34.601-90 “Axborot texnologiyasi. Avtomatlashtirilgan tizimlar uchun standartlar toʻplami. Avtomatlashtirilgan tizimlar. Yaratilish bosqichi” (rasmiy manba: Informatsionnaya texnologiya. Kompleks standartov na avtomatizirovannie sistemi. Avtomatizirovannie sistemi. Stadiya sozdaniya);
GOST 34.602-2020 “Axborot texnologiyasi. Avtomatlashtirilgan tizimlar uchun standartlar toʻplami. Avtomatlashtirilgan tizimni yaratish uchun texnik topshiriq” (rasmiy manba: Informatsionnaya texnologiya. Kompleks standartov na avtomatizirovannie sistemi. Texnicheskoye zadaniye na sozdaniye avtomatizirovannoy sistemi);
GOST 380-2005 “Oddiy sifatli uglerodli poʻlat. Markalar” (rasmiy manba: Stal uglerodistaya obiknovennogo kachestva. Marki);
GOST 481-80 “Paronit va undan yasalgan qistirmalar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Paronit i prokladki iz nego. Texnicheskiye usloviya);
GOST 617-2006 “Umumiy maqsadlar uchun moʻljallangan mis va latun quvurlar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Trubi mednie i latunnie kruglogo secheniya obщego naznacheniya. Texnicheskiye usloviya);
GOST 859-2014 “Mis. Markalar” (rasmiy manba: Medi. Marki);
GOST 1050-2013 “Sifatli, legirlanmagan va maxsus poʻlatdan yasalgan metall buyumlar. Umumiy texnik shartlar” (rasmiy manba: Metalloproduksiya iz nelegirovannix konstruksionnix kachestvennix i spetsialnix staley. Obщiye texnicheskiye usloviya);
GOST 3262-75 — “Poʻlat suv va gaz quvurlari. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Trubi stalnie vodogazoprovodnie. Texnicheskiye usloviya);
GOST 9238-2013 — “Temir yoʻl harakatlanuvchi tarkibining oʻlchamlari va binolarning yaqinligi” (rasmiy manba: Gabariti jeleznodorojnogo podvijnogo sostava i priblijeniya stroyeniy);
GOST 4543-2016 “Legirlangan poʻlatdan yasalgan metall buyumlar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Metalloproduksiya iz konstruksionnix legirovannoy stali. Texnicheskiye usloviya);
GOST 5542-2014 “Sanoat va kommunal-maishiy maqsadlar uchun yonuvchi tabiiy gazlar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Gazi goryuchiye prirodnie dlya promishlennogo i kommunalno-bitovogo naznacheniya. Texnicheskiye usloviya);
GOST 6533-78 “Sigʻimlar, apparatlar va qozonlar uchun poʻlatdan yasalgan idishlarning elliptik tubi. Asosiy oʻlchamlar” (rasmiy manba: Dniщa ellipticheskiye otbortovannie stalnie dlya sosudov, apparatov i kotlov. Osnovnie razmeri);
GOST 7338-90 “Rezina va rezina mato plastinalar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Plastini rezinovie i rezinotkanevie. Texnicheskiye usloviya);
GOST 8696-74 “Umumiy maqsadli spiral chokli elektr payvandlangan poʻlat quvurlar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Trubi stalnie elektrosvarnie so spiralnim shvom obщego naznacheniya. Texnicheskiye usloviya);
GOST 8731-87 “Qaynoq deformatsiyalangan choksiz poʻlat quvurlar. Texnik talablar” (rasmiy manba: Trubi stalnie besshovnie goryachedeformirovannie. Texnicheskiye trebovaniya);
GOST 8733-74 “Sovuq deformatsiyalangan va issiq deformatsiyalangan choksiz poʻlat quvurlar. Texnik talablar” (rasmiy manba: Trubi stalnie besshovnie xolodnodeformirovannie i teplodeformirovannie. Texnicheskiye trebovaniya);
GOST 8734-75 “Sovuq deformatsiyalangan choksiz poʻlat quvurlar. Sortament” (rasmiy manba: Trubi stalnie besshovnie xolodnodeformirovannie Sortament);
GOST 8946-75 “Quvuroʻtkazgichlar uchun choʻyandan zarb berib yasalgan silindrsimon rezbali biriktiruvchi qismlar. Oʻtkazuvchi ugolniklar. Asosiy oʻlchamlari” (rasmiy manba: Soyedinitelnie chasti iz kovkogo chuguna s silindricheskoy rezboy dlya truboprovodov. Ugolniki proxodnie. Osnovnie razmeri);
GOST 8947-75 “Quvuroʻtkazgichlar uchun choʻyandan zarb berib yasalgan silindrsimon rezbali biriktiruvchi qismlar. Oʻtkazish ugolniklari. Asosiy oʻlchamlari” (rasmiy manba: Soyedinitelnie chasti iz kovkogo chuguna s silindricheskoy rezboy dlya truboprovodov. Ugolniki perexodnie. Osnovnie razmeri);
GOST 8948-75 “Quvuroʻtkazgichlar uchun choʻyandan zarb berib yasalgan silindrsimon rezbali biriktiruvchi qismlar. Toʻgʻri troyniklar. Asosiy oʻlchamlari” (rasmiy manba: Soyedinitelnie chasti iz kovkogo chuguna s silindricheskoy rezboy dlya truboprovodov. Troyniki pryamie. Osnovnie razmeri);
GOST 8949-75 “Quvuroʻtkazgichlar uchun choʻyandan zarb berib yasalgan silindrsimon rezbali biriktiruvchi qismlar. Oʻtkazgich troyniklar. Asosiy oʻlchamlari” (rasmiy manba: Soyedinitelnie chasti iz kovkogo chuguna s silindricheskoy rezboy dlya truboprovodov. Troyniki perexodnie. Osnovnie razmeri);
GOST 8950-75 “Quvuroʻtkazgichlar uchun choʻyandan zarb berib yasalgan silindrsimon rezbali biriktiruvchi qismlar. Ikki oʻtkazgichli troyniklar. Asosiy oʻlchamlari” (rasmiy manba: Soyedinitelnie chasti iz kovkogo chuguna s silindricheskoy rezboy dlya truboprovodov. Troyniki s dvumya perexodami. Osnovnie razmeri);
GOST 8951-75 “Quvuroʻtkazgichlar uchun choʻyandan zarb berib yasalgan silindrsimon rezbali biriktiruvchi qismlar. Toʻgʻri kesishmalar. Asosiy oʻlchamlari” (rasmiy manba: Soyedinitelnie chasti iz kovkogo chuguna s silindricheskoy rezboy dlya truboprovodov. Kresti pryamie. Osnovnie razmeri);
GOST 8952-75 “Quvuroʻtkazgichlar uchun choʻyandan zarb berib yasalgan silindrsimon rezbali biriktiruvchi qismlar. Oʻtkazgichli kesishmalar. Asosiy oʻlchamlari” (rasmiy manba: Soyedinitelnie chasti iz kovkogo chuguna s silindricheskoy rezboy dlya truboprovodov. Kresti perexodnie. Osnovnie razmeri);
GOST 8953-75 “Quvuroʻtkazgichlar uchun choʻyandan zarb berib yasalgan silindrsimon rezbali biriktiruvchi qismlar. Ikki oʻtkazgichli kesishmalar. Asosiy oʻlchamlari” (rasmiy manba: Soyedinitelnie chasti iz kovkogo chuguna s silindricheskoy rezboy dlya truboprovodov. Kresti s dvumya perexodami. Osnovnie razmeri);
GOST 8954-75 “Quvuroʻtkazgichlar uchun choʻyandan zarb berib yasalgan silindrsimon rezbali biriktiruvchi qismlar. Qisqa toʻgʻri muftalar. Asosiy oʻlchamlari” (rasmiy manba: Soyedinitelnie chasti iz kovkogo chuguna s silindricheskoy rezboy dlya truboprovodov. Mufti pryamie korotkiye. Osnovnie razmeri);
GOST 8955-75 “Quvuroʻtkazgichlar uchun choʻyandan zarb berib yasalgan silindrsimon rezbali biriktiruvchi qismlar. Uzun toʻgʻri muftalar. Asosiy oʻlchamlari” (rasmiy manba: Soyedinitelnie chasti iz kovkogo chuguna s silindricheskoy rezboy dlya truboprovodov. Mufti pryamie dlinnie. Osnovnie razmeri);
GOST 8956-75 “Quvuroʻtkazgichlar uchun choʻyandan zarb berib yasalgan silindrsimon rezbali biriktiruvchi qismlar. Kompensatsion muftalar. Asosiy oʻlchamlari” (rasmiy manba: Soyedinitelnie chasti iz kovkogo chuguna s silindricheskoy rezboy dlya truboprovodov. Mufti kompensiruyuщiye. Osnovnie razmeri);
GOST 8957-75 “Quvuroʻtkazgichlar uchun choʻyandan zarb berib yasalgan silindrsimon rezbali biriktiruvchi qismlar. Oʻtish muftalar. Asosiy oʻlchamlari” (rasmiy manba: Soyedinitelnie chasti iz kovkogo chuguna s silindricheskoy rezboy dlya truboprovodov. Mufti perexodnie. Osnovnie razmeri);
GOST 8959-75 “Quvuroʻtkazgichlar uchun choʻyandan zarb berib yasalgan silindrsimon rezbali biriktiruvchi qismlar. Birlashtiruvchi gaykalar. Asosiy oʻlchamlari” (rasmiy manba: Soyedinitelnie chasti iz kovkogo chuguna s silindricheskoy rezboy dlya truboprovodov. Gayki soyedinitelnie. Osnovnie razmeri);
GOST 8963-75 “Quvuroʻtkazgichlar uchun choʻyandan zarb berib yasalgan silindrsimon rezbali biriktiruvchi qismlar. Probkalar. Asosiy oʻlchamlari” (rasmiy manba: Soyedinitelnie chasti iz kovkogo chuguna s silindricheskoy rezboy dlya truboprovodov. Probki. Osnovnie razmeri);
GOST 8966-75 “P=1,6 MPa quvurlar uchun silindrsimon birlashtiruvchi poʻlat qismlar. Toʻgʻri muftalar. Asosiy oʻlchamlari” (rasmiy manba: Chasti soyedinitelnie stalnie s silindricheskoy rezboy dlya truboprovodov R=1,6 MPa. Mufti pryamie. Osnovnie razmeri);
GOST 8968-75 “P=1,6 MPa quvurlar uchun silindrsimon birlashtiruvchi poʻlat qismlar. Kontrgaykalar. Asosiy oʻlchamlari” (rasmiy manba: Chasti soyedinitelnie stalnie s silindricheskoy rezboy dlya truboprovodov R=1,6 MPa. Kontrgayki. Osnovnie razmeri);
GOST 8969-75 “P=1,6 MPa quvurlar uchun silindrsimon birlashtiruvchi poʻlat qismlar. Sgonlar. Asosiy oʻlchamlari” (rasmiy manba: Chasti soyedinitelnie stalnie s silindricheskoy rezboy dlya truboprovodov R=1,6 MPa. Sgoni. Osnovnie razmeri);
GOST 9544-2015 “Quvuroʻtkazgichli armaturalar. Zatvorlarning zichlik normalari” (rasmiy manba: Armatura truboprovodnaya. Normi germetichnosti zatvorov);
GOST 9931-85 “Poʻlat payvandlangan silindrsimon idishlar va apparatlar korpuslari. Turlari, asosiy parametrlari va oʻlchamlari” (rasmiy manba: Korpusa silindricheskiye stalnix svarnix sosudov i apparatov. Tipi, osnovnie parametri i razmeri);
GOST 10704-91 — “Elektr payvandlangan toʻgʻri chokli poʻlat quvurlar. Sortament.” (rasmiy manba: Trubi stalnie elektrosvarnie pryamoshovnie. Sortament);
GOST 10705-80 “Elektr payvandlangan poʻlat quvurlar. Texnik shartlar”. (rasmiy manba: Trubi stalnie elektrosvarnie. Texnicheskiye usloviya);
GOST 10706-76 “Elektr payvandlangan toʻgʻri chokli poʻlat quvurlar. Texnik talablar.” (rasmiy manba: Trubi stalnie elektrosvarnie pryamoshovnie. Texnicheskiye trebovaniya);
GOST 11032-97 “Maishiy suv isitadigan sigʻimli gaz apparatlari. Umumiy texnik shartlar.” (rasmiy manba: Apparati vodonagrevatelnie yomkostnie gazovie bitovie. Obщiye texnicheskiye usloviya);
GOST 11881-76 GSP. “Tashqi energiya manbasidan foydalanmasdan ishlaydigan regulyatorlar. Umumiy texnik shartlar” (rasmiy manba: Regulyatori, rabotayuщiye bez ispolzovaniya postoronnego istochnika energii. Obщiye texnicheskiye usloviya);
GOST 12820-80 “P(y) 0,1 dan 2,5 MPa gacha (1 dan 25 kgs/kv.cm gacha) yassi payvandlangan poʻlat flanets. Konstruksiya va oʻlchamlari” (rasmiy manba: Flansi stalnie ploskiye privarnie na R(u) ot 0,1 do 2,5 MPa (ot 1 do 25 kgs/kv. sm). Konstruksiya i razmeri);
GOST 12821-80 “P(y) 0,1 dan 20,0 MPa gacha (1 dan 200 kgs/kv.cm gacha) taqab payvandlangan poʻlat flanets. Konstruksiya va oʻlchamlari” (rasmiy manba: Flansi stalnie privarnie vstik na Ru ot 0,1 do 20,0 MPa (ot 1 do 200 kgs/kv. sm). Konstruksiya i razmeri);
GOST 13726-97 “Alyuminiy va alyuminiy qotishmalaridan tayyorlangan lentalar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Lenti iz alyuminiya i alyuminiyevix splavov. Texnicheskiye usloviya);
GOST 14249-89 “Idishlar va apparatlar. Mustahkamlikka hisoblash normalari va usullari” (rasmiy manba: Sosudi i apparati. Normi i metodi rascheta na prochnost);
GOST 14254-2015 “Qobiqlar tomonidan taʼminlanadigan himoya darajalari (IP kodi)” (rasmiy manba: Stepeni zaщiti, obespechivayemie obolochkami (kod IP);
GOST 15180-86 “Tekis elastik prokladkalar. Asosiy parametrlari va oʻlchamlari”. (rasmiy manba: Prokladki ploskiye elastichnie. Osnovnie parametri i razmeri);
GOST 16338-85 “Past bosimli polietilen. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Polietilen nizkogo davleniya. Texnicheskiye usloviya);
GOST 16569-86 “Maishiy isitish pechlari uchun gaz yoqish moslamalari. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Ustroystva gazogorelochnie dlya otopitelnix bitovix pechey. Texnicheskiye usloviya);
GOST 17375-2001 “Quvurlarning uglerodli va past legirlangan poʻlatdan yasalgan choksiz payvandlangan qismlari. 3D (R≈1,5 DN) turidagi qayirilgan otvodlar. Konstruksiya.” (rasmiy manba: Detali truboprovodov besshovnie privarnie iz uglerodistoy i nizkolegirovannoy stali. Otvodi krutoizognutie tipa 3D (R≈1,5 DN). Konstruksiya);
GOST 17378-2001 “Quvurlarning uglerodli va past legirlangan poʻlatdan yasalgan choksiz payvandlangan qismlari. Oʻtishlar. Konstruksiya.” (rasmiy manba: Detali truboprovodov besshovnie privarnie iz uglerodistoy i nizkolegirovannoy stali. Perexodi. Konstruksiya);
GOST 17379-2001 “Quvurlarning uglerodli va past legirlangan poʻlatdan yasalgan choksiz payvandlangan qismlari. Elliptik zaglushkalar. Konstruksiya.” (rasmiy manba: Detali truboprovodov besshovnie privarnie iz uglerodistoy i nizkolegirovannoy stali. Zaglushki ellipticheskiye. Konstruksiya);
GOST 18599-2001 “Polietilendan yasalgan bosimli quvurlar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Trubi napornie iz polietilena. Texnicheskiye usloviya);
GOST 19281-2014 “Yuqori mustahkamlikka ega prokat. Umumiy texnik shartlar” (rasmiy manba: Prokat povishennoy prochnosti. Obщiye texnicheskiye usloviya);
GOST 20219-93 “Suvli maishiy gaz isitish apparatlari. Umumiy texnik shartlar” (rasmiy manba: Apparati otopitelnie gazovie bitovie s vodyanim konturom. Obщiye texnicheskiye usloviya);
GOST 20295-85 “Magistral neft va gaz oʻtkazgichlar uchun payvandlangan poʻlat quvurlar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Trubi stalnie svarnie dlya magistralnix gazonefteprovodov. Texnicheskiye usloviya);
GOST 20448-2018 “Maishiy isteʼmol uchun uglevodorodli suyultirilgan yoqilgʻi gazlari. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Gazi uglevodorodnie sjijennie toplivnie dlya kommunalno-bitovogo potrebleniya. Texnicheskiye usloviya);
GOST 21204-97 “Sanoat gaz yondirgichlari. Umumiy texnik talablar” (rasmiy manba: Gorelki gazovie promishlennie. Obщiye texnicheskiye trebovaniya);
GOST 21552-84 “Hisoblash texnikasi vositalari. Umumiy texnik talablar, qabul qilish, sinov usullari, markalash, qadoqlash, tashish va saqlash” (rasmiy manba: Sredstva vichislitelnoy texniki. Obщiye texnicheskiye trebovaniya, priyemka, metodi ispitaniy, markirovka, upakovka, transportirovaniye i xraneniye);
GOST 21631-76 “Alyumin va alyumin qotishmalaridan listlar” (rasmiy manba: Listi iz alyuminiya i alyuminiyevix splavov. Texnicheskiye usloviya);
GOST 25696-83 “Infraqizil nurlanishli gaz yondirgichlar. Umumiy texnik talablar va qabul qilish” (rasmiy manba: Gorelki gazovie infrakrasnogo izlucheniya. Obщiye texnicheskiye trebovaniye i priyemka);
GOST 27441-87 “Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini issiqlik bilan ishlov berish uchun gaz qurilmalari. Tasniflash, umumiy texnik talablar va sinov usullar” (rasmiy manba: Apparati gazovie dlya teplovoy obrabotki piщi dlya predpriyatiy obщestvennogo pitaniya. Klassifikatsiya, obщiye texnicheskiye trebovaniya i metodi ispitaniy);
GOST 28338-89 “Quvuroʻtkazgichlarni ulash qismlari va armatura. Shartli oʻtish joylari” (nominal oʻlchamlari) Qatorlar” (rasmiy manba: Soyedineniya truboprovodov i armatura. Proxodi uslovnie (razmeri nominalnie) Ryadi);
GOST 9.602-2016 “Korroziya va qarishdan himoya qilishning yagona tizimi. Yer osti inshootlari. Korroziyadan himoya qilishning umumiy talablari” (rasmiy manba: Edinaya sistema zaщiti ot korrozii i stareniya. Soorujeniya podzemnie. Obщiye trebovaniya k zaщite ot korrozii);
GOST 30852.2-2002 “Portlashdan himoyalangan elektr jihozlari. 1-qism. “Portlashga chidamli qobiq” turidagi portlashdan himoya qilish. Qoʻshimcha 1. Ilova D. Xavfsiz eksperimental maksimal boʻshliqni aniqlash usuli” (rasmiy manba: Elektrooborudovaniye vzrivozaщiщennoye. Chast 1. Vzrivozaщita vida “vzrivonepronitsayemaya obolochka”. Dopolneniye 1. Prilojeniye D. Metod opredeleniya bezopasnogo eksperimentalnogo maksimalnogo zazora);
GOST 30852.5-2002 “Portlashdan himoyalangan elektr jihozlari. Qism 4. Oʻz oʻzidan yonish haroratini aniqlash usuli” (rasmiy manba: Elektrooborudovaniye vzrivozaщiщennoye. Chast 4. Metod opredeleniya temperaturi samovosplameneniya);
GOST 30852.11-2002 “Portlashdan himoyalangan elektr jihozlari. Qism 12. Gazlar va bugʻlarning havo bilan aralashmalarini xavfsiz eksperimental maksimal boʻshliqlar va minimal yonish oqimi boʻyicha tasnifi” (rasmiy manba: Elektrooborudovaniye vzrivozaщiщennoye. Chast 12. Klassifikatsiya smesey gazov i parov s vozduxom po bezopasnim eksperimentalnim maksimalnim zazorom i minimalnix vosplamenyayuщim tokom);
GOST 30852.19-2002 “Portlashdan himoyalangan elektr jihozlari. 20-qism. Elektr jihozlarining ishlashi bilan bogʻliq yonuvchi gazlar va bugʻlar haqidagi maʼlumotlar” (rasmiy manba: Elektrooborudovaniye vzrivozaщiщennoye. Chast 20. Dannie po goryuchim gazam i param, otnosyaщiyesya k ekspluatatsii elektrooborudovaniya);
GOST 31284-2004 “Sanoat va qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun havo isitgichlari. Umumiy texnik shartlar” (rasmiy manba: Vozduxonagrevateli dlya promishlennix i selskoxozyaystvennix predpriyatiy. Obщiye texnicheskiye usloviya);
GOST EN 30-1-2-2007 “Maishiy gaz plitalari. 1-2 boʻlim. Xavfsizlik talablari. Majburiy gaz aylanishiga ega boʻlgan duxovka va/yoki grilli jihozlar” (rasmiy manba: Pliti gazovie bitovie. Chast 1-2: Trebovaniya bezopasnosti. Pribori, imeyuщiye duxovki i/ili grili s prinuditelnoy sirkulatsiyey vozduxa);
GOST EN 30-1-3-2009 “Maishiy gaz plitalari. 1-3 boʻlim. Xavfsizlik talablari. Shisha keramak stolga ega jihozlar” (rasmiy manba: Pliti gazovie bitovie. Chast 1-3. Trebovaniya bezopasnosti. Pribori, imeyuщiye steklyanniy keramicheskiy stol);
GOST EN 30-1-4-2009 “Maishiy gaz plitalari. 1-4 boʻlim. Xavfsizlik talablari. Avtomatik boshqarish tizimiga ega bir yoki undan koʻp goryelkali jihozlar” (rasmiy manba: Pliti gazovie bitovie. Chast 1-4: Trebovaniya bezopasnosti. Pribori s odnoy ili boleye goryelkami s sistemoy avtomaticheskogo upravleniya);
GOST EN 30-2-2-2006 “Ovqat tayyorlash uchun maishiy gaz plitalari. 2-2 boʻlim. Quvvatni ratsional ishlatish. Duxovka va/yoki grilda majburiy gaz aylanishiga ega boʻlgan jihozlar” (rasmiy manba: Pribori gazovie bitovie dlya prigotovleniya piщi. Chast 2-2. Ratsionalnoye ispolzovaniye energii. Pribori s prinuditelnoy sirkulatsiyey vozduxa v duxovkax i/ili grilyax);
GOST 17494-87 — “Aylanuvchi elektr mashinalar. Aylanuvchi elektr mashinalarining qobiqlari tomonidan taʼminlanuvchi himoya darajalari tasnifi” (rasmiy manba: Mashini elektricheskiye vraщayuщiyesya. Klassifikatsiya stepeney zaщiti, obespechivayemix obolochkami vraщayuщixsya elektricheskix mashin);
RD 153-34.21.122-2003 “Binolar, inshootlar va sanoat kommunikatsiyalarini chaqmoqdan himoya qilish qurilmalarini oʻrnatish boʻyicha yoʻriqnoma”.
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Ushbu ShNQda quyidagi atama va taʼriflardan foydalanilgan:
gazni tartibga solish punkti (GTP) va gazni tartibga solish qurilmasi (GTQ) — gaz taqsimlash tarmoqlaridagi gaz bosimini pasaytirish va uni belgilangan darajada saqlab turish uchun moʻljallangan texnologik qurilma;
gaz taʼminoti tizimi — gaz taqsimlash stansiyasidan isteʼmolchilarga yetib boradigan gaz quvurlari, suyultirilgan uglevodorod gazi qurilmalari, gaz quvurlaridagi inshootlar va elektr kimyoviy yemirilishdan himoyalash vositalari, sanoat korxonalarining gaz jihozlari, GTP va GTQlar;
gaz quvurlari — muhiti gaz boʻlgan quvur oʻtkazgichlar;
gaz toʻldirish shoxobchasi (GTSh) — suyultirilgan uglevodorod gazni qabul qilish, saqlash va isteʼmolchilarga avtotsisterna hamda maishiy gaz ballonlarida berish, maishiy gaz ballonlarini taʼmirlash va qayta tekshirishdan oʻtkazish uchun moʻljallangan korxona;
suyultirilgan gaz toʻldirish punkti (SGTP) — asosan avtomobil transporti bilan keladigan SUGni qabul qilish, saqlash va isteʼmolchilarga ballonlarda berish uchun moʻljallangan korxona;
gaz taqsimlash stansiyasi (GTS) — magistral gaz quvurlarini shahar, aholi punkti, sanoat va kommunal korxonalari gaz taʼminoti tizimlariga ulash joylarida oʻrnatiladigan gaz bosimini sozlash stansiyasi;
futlyar (gʻilof) — gaz quvurini tashqi taʼsirdan himoyalash uchun foydalaniladigan mazkur gaz quvuridan katta diametrli quvur boʻlagi;
berkitish armaturasi — gaz oqimini ochib-berkitish uchun qoʻllanadigan moslamalar (zulfin, kran, ventil, gidravlik zanjir);
suyultirilgan uglevodorod gazi (SUG) — tabiiy gaz, neft va gaz kondensatini qazib olishda va qayta ishlashda olinadigan, asosiy komponentlari propan va butan boʻlgan gaz;
siqilgan gaz — bosim ostida boʻlgan gaz;
yengil aeratsiya chiroqlari — ishlab chiqarish korxonalarida derazalardan uzoqda joylashgan ish joylarini yoritish uchun oʻrnatiladigan birlashtirilgan tuzilmalar;
sigʻim — suyultirilgan uglevodorod gazini saqlash uchun moʻljallangan bosim ostida ishlovchi idish (rezervuar).
3. Ushbu ShNQda quyidagi qisqartmalar qoʻllanilgan:
SUG — suyultirilgan uglevodorod gaz;
GTS — gazni taqsimlash stansiyalari;
FIK — foydali ish koeffitsiyenti;
GTP — gaz bosimini tartibga solish punkti;
GTQ — gaz bosimini tartibga solish qurilmasi;
NP — nazorat qiluvchi punktlar;
MDP — markaziy dispetcherlik punkti;
LVS — lokal hisoblash tarmogʻi;
AIOʻ — avtomatlashtirilgan ish oʻrinlari;
OBP — oraliq boshqaruv punktlari;
GI — gazni tartibga soluvchi inshootlar;
ATK — avtomatlashtirish tizimlari kompleksi;
YuSG — yuqori suvli gorizont;
IFB — izolatsiyalovchi flanetsli birikmalar;
SBK — filtr, saqlovchi berkitish klapani;
SChK — saqlovchi chiqarish klapani;
NOʻA — nazorat-oʻlchov asboblari;
SChT — saqlovchi gaz chiqarish toʻsqichlari;
BOO — ballonlarning oraliq omborlari;
GTTJABT — gazni taqsimlash boʻyicha texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari.
3-bob. Umumiy qoidalar
4. Gaz taʼminoti tizimini Respublika, viloyatlar, shaharlar va boshqa aholi yashaydigan joylarning tasdiqlangan gaz taʼminoti sxemalari asosida, gaz taʼminoti sxemalari boʻlmaganida esa, tuman hududini loyihalashtirish sxemalari (loyihalari) va aholini joylashtirishning bosh tarhi asosida loyihalash lozim.
5. Yoqilgʻi sifatida foydalanishga moʻljallangan tabiiy gaz va SUG koʻrsatkichlari tegishli ravishda GOST 5542-2014 hamda GOST 20448-2018 talablariga muvofiq boʻlishi zarur.
6. Gaz taqsimlash stansiyalaridan chiqadigan gazning harorati yer osti quvurlariga berilganda minus 10°C dan past boʻlmasligi, yer ustida va erda oʻtkazilgan quvurlar orqali gaz berilganda esa, tashqaridagi havoning hisobiy haroratidan past boʻlmasligi kerak.
7. Tashqi havoning hisobiy harorati ShNQ 2.01.01-22ga muvofiq 0,92 boʻladigan eng sovuq besh kunlikning haroratini qabul qilish lozim.
4-bob. Gaz taʼminoti tizimlari va gaz bosimining meʼyorlari
8. Loyihada tanlangan gazni taqsimlash tizimi texnik-iqtisodiy asoslangan boʻlishi kerak.
9. Gaz taʼminoti tizimi quyidagilarga boʻlinadi:
gazning turiga koʻra (tabiiy gaz, SUG);
gaz bosimini sozlash darajasi soniga koʻra (bir va koʻp bosqichli);
tuzilish asosiga koʻra (halqa, boshi berk, aralash).
10. Yirik va oʻrta shaharlar uchun koʻp bosqichli gazni taqsimlab beruvchi tizimlar loyihalanishi lozim.
11. Gazni taqsimlash tizimini tanlashda aholi yashaydigan joydagi qurilmalarning zichligi, taqsimlovchi gaz quvurlaridan gaz oladigan barcha nuqtalarda gaz bosimini bir xil meʼyorda boʻlishini taʼminlaydigan, shuningdek gaz taʼminoti tizimini ishonchliligini oshiradigan halqali yoki aralash gaz taqsimlashni qoʻllash kerak.
12. Gaz taʼminoti tizimidagi gaz quvurlari yuborilayotgan gazning bosimiga koʻra quyidagilarga boʻlinadi:
I toifadagi yuqori bosimli gaz quvurlari — gazning ishchi bosimi tabiiy gaz uchun 0,6 MPa (6 kgf/cm2) ÷1,2 MPa (12,0 kgf/cm²), hamda SUG uchun 1,6 MPa (16 kgf/cm²) gacha;
II toifadagi yuqori bosimli gaz quvurlari — gazning ishchi bosimi 0,3 MPa (3,0 kgf/cm²) — 0,6 MPa (6 kgf/cm²) gacha;
oʻrta bosimli gaz quvurlari — gazning ishchi bosimi 0,005 MPa (0,05 kgf/cm²) ÷ 0,3 MPa (3,0 kgf/cm²) gacha;
past bosimli gaz quvurlari — gazning ishchi bosimi 0,005 MPa (0,05 kgf/cm²) gacha.
13. Gazni taqsimlash tizimiga kiruvchi turli xil bosimdagi gaz quvurlarining oraligʻida gaz bosimini tartibga soluvchi punktlar oʻrnatilishi lozim.
14. Gaz taʼminoti tizimiga kiruvchi gaz quvurlari ushbu ShNQning 1-ilovasiga muvofiq boʻlishi kerak.
15. Gaz taʼminoti tizimidagi gazning bosimi ushbu ShNQning 2-ilovasida keltirilgan qiymatlardan oshib ketmasligi zarur.
16. SUG taʼminoti sigʻim qurilmalari tizimi asosida amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
17. Gazni taqsimlovchi tizimlarda sigʻim qurilmalarini qoʻllashning imkoniyati boʻlmaganda (iqtisodiy yoki texnik asoslar) guruhli yoki alohida ballonli SUG qurilmalarini qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
5-bob. Gazning hisobiy sarfi
18. Isteʼmolchilarning har qaysi toifasi uchun gazning yillik sarfini gaz isteʼmolchilarining rivojlanish istiqbollari rejalari asosida aniqlash kerak.
19. Turar-joy binolari, maishiy xizmat koʻrsatish, umumiy ovqatlanish, non va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar, shuningdek sogʻliqni saqlash muassasalari uchun gazning yillik sarfini ushbu ShNQning 3-ilovasiga muvofiq aniqlash lozim.
20. Shaharlar va boshqa aholi yashaydigan joylarning bosh tarh loyihalarini tuzishda gaz isteʼmolining quyidagi yiriklashtirilgan koʻrsatkichlari qoʻllanilishi lozim. Bunda, 1 odamga m³/ yiliga:
markazlashtirilgan qaynoq suv taʼminoti boʻlganida — 132;
gazli suv isitgichlardan foydalanib issiq suv bilan taʼminlanganda — 192;
issiq suv taʼminoti mavjud boʻlmaganida — 180 (qishloq joylarida — 200).
21. Savdo, ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlmagan maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari uchun gazning yillik sarfini turar joylar uchun ushbu ShNQning 3-ilovasiga muvofiq umumiy issiqlik sarfining 5 foizigacha miqdorda qabul qilish kerak.
22. Sanoat hamda qishloq xoʻjaligi korxonalarida texnologik ehtiyojlar uchun gazning yillik sarfini korxonalarning yoqilgʻi isteʼmol qilish maʼlumotlari asosida (gaz yoqilgʻiga oʻtilganda FIK oʻzgarishini hisobga olib), ularning rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda yoki yoqilgʻi va issiqlik sarfining texnologik normalari asosida aniqlash lozim.
23. Em-xashak tayyorlashga va hayvonlar uchun suv isitib berishga issiqlikning yillik sarfi quyidagi 1-jadvalga muvofiq boʻlishi kerak.

1-jadval

Gazning sarflanishi

Bitta hayvonga gaz sarfi

Hayvonlar ehtiyoji uchun issiqlik sarfi normalari MJ

(ming kcal)

Dagʻal xashak, ildiz va tuganak mevalilarni bugʻlashni eʼtiborga olgan holda hayvonlar uchun yem-xashak tayyorlash va ichimlik suvini hamda sanitariya maqsadlari uchun suvni isitish

1 ta ot

1 ta sigir

1 ta choʻchqa

1 ta qoʻy (echki)

2490 (585)

10400 (2480)

5290 (1260)

960 (225)

24. Shaharlar va boshqa aholi yashaydigan joylarning gaz taʼminoti tizimi gazning bir soatlik maksimal sarfiga nisbatan hisoblanishi kerak.
25. Xoʻjalik-maishiy va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun 0° C da va gazning bosimi 0,1 MPa (760 mm Hg) boʻlganda gazning m3/h hisobidagi bir soatlik maksimal hisobiy sarfini Qdh yillik sarfning ulushi quyidagi 1-formulaga muvofiq aniqlanishi kerak:
bu erda:
Khmax— gazning bir soatlik maksimal sarfi koeffitsiyenti (yillik sarfdan gazning soatlik eng koʻp sarfiga oʻtish koeffitsiyenti);
Qu — gazning yillik sarfi, m3/yil.
26. Gazning bir soatlik maksimal sarfi koeffitsiyentini gaz tarmogʻi tizimi mustaqil tizim hisoblanadigan, boshqa tumanlarning tizimlari bilan gidravlik bogʻlanmagan har qaysi tumanning gaz taʼminoti uchun alohida qabul qilish kerak.
27. Xoʻjalik — maishiy ehtiyojlar uchun gazning bir soatlik maksimal sarf koeffitsiyentlari qiymatlarini quyidagi 2-jadvalga muvofiq, hammomlar, kirxonalar, umumiy ovqatlanish va non hamda qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar uchun ushbu ShNQning 3-jadvaliga muvofiq aniqlanishi lozim.

2-jadval

Gaz bilan taʼminlanadigan aholi soni (ming kishi)

Gazning bir soatlik maksimal sarfi koeffitsiyenti (isitish tarmogʻi hisobga olinmagan) Khmax

1

1/1800

2

1/2000

3

1/2050

5

1/2100

10

1/2200

20

1/2300

30

1/2400

40

1/2500

50

1/2600

100

1/2800

300

1/3000

500

1/3300

750

1/3500

1000

1/3700

2000 va undan koʻp

1/4700

3-jadval

Korxonalar

Gazning bir soatlik maksimal sarfi koeffitsiyenti, Khmax

Hammomlar

1/2700

Kirxonalar

1/2900

Umumiy ovqatlanish

1/2000

Non va qandolatchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish

1/6000

Izoh. Hammom va kirxonalar uchun gazning bir soatlik maksimal sarfi koeffitsiyentlari isitish va ventilatsiya ehtiyojlari uchun gaz sarfini ham hisobga olgan holda keltirilgan.
28. Sanoatning turli tarmoqlaridagi korxonalar va ishlab chiqarish xususiyatiga ega maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari uchun (ushbu ShNQning 3-jadvalida keltirilgan korxonalar bundan mustasno) gazning bir soatlik hisobiy sarfini yoqilgʻi isteʼmoliga doir maʼlumotlar asosida (gaz yoqilgʻiga oʻtganda FIKning oʻzgarishini hisobga olgan holda) yoki mazkur ShNQning 4-ilovasida keltirilgan sanoat tarmoqlaridagi bir soatlik eng yuqori koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda gazning bir yillik sarfiga asoslanib ushbu ShNQning 1-formulasi yordamida aniqlash lozim.
29. Ayrim turar-joy va jamoat binolari uchun gazning bir soatlik hisobiy sarfini Qhd m³/h, gaz asboblarining nominal gaz sarfi yigʻindisi boʻyicha, ularning bir vaqtda ishlash koeffitsiyentini hisobga olgan holda quyidagi 2-formula bilan aniqlash lozim:
Bu erda:
— koʻpaytirilgan kattaliklar Ksim, qnom va i=1ni dan i gacha m yigʻindisi Ksim — bir vaqtda ishlash koeffitsiyenti, uning qiymatini turar-joy binolari uchun mazkur ShNQning 5-ilovasiga muvofiq hisoblanishi lozim;
qnom — asbobda yoki asboblar guruhida nominal gaz sarfi, m³/h, u asboblarning pasport maʼlumotlari yoki texnik tasniflariga koʻra belgilanadi;
ni — bir turdagi asboblarning yoki asboblar guruhlarining soni;
m — asboblarning yoki asboblar guruhlari turlarining soni.
6-bob. Gaz quvurlarining gidravlik hisobi. Yoʻl qoʻyilgan bosimning yoʻqolishi va gaz quvurining diametri hisobi
30. Gaz quvurlarining oʻtkazuvchanlik qobiliyati maksimal yoʻl qoʻyilgan gaz bosimining yoʻqotilishini iqtisodiy hamda tizimdan xavfsiz foydalanish, shuningdek GTQ va GTPning hamda isteʼmolchilar yondirgichlarining yoʻl qoʻyilgan gaz bosimining barqaror ishlashi taʼminlanishi kerak.
31. Gaz quvurlarining ichki diametrlarining hisobi gazdan eng koʻp foydalanish soatlarida uzluksiz gaz taʼminoti sharoitlaridan kelib chiqib belgilanishi lozim.
32. Kompyuter dasturlari yordamida gaz quvurining diametrini hisoblash, tarmoq uchastkalari oʻrtasida yoʻqotishlarni optimal taqsimlagan holda bajarilishi kerak.
Hisoblarni kompyuter dasturlari yordamida bajarishning imkoni boʻlmaganda (tegishli dasturning yoʻqligi, gaz quvurining alohida uchastkalari va boshqalar) gidravlik hisobni ushbu ShNQning 3 — 16-formulalari asosida amalga oshirilishi lozim.
33. Yuqori va oʻrta bosimli gaz quvurlarida bosimning hisoblanadigan yoʻqotishlari gaz quvuri uchun qabul qilingan bosim toifasi doirasida qabul qilinishi lozim.
34. Past bosimli gaz quvurlarida gaz bosimining hisoblangan umumiy yoʻqotishlari (gaz taʼminoti manbaidan eng uzoqda joylashgan uskunagacha) 180 daPa hamda taqsimlash gaz quvurlarida 120 daPa, kirish gaz quvurlarida va ichki gaz quvurlarida 60 daPa dan oshmagan miqdorda boʻlishi zarur.
35. Sanoat, qishloq xoʻjaligi va maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari uchun barcha bosimdagi gaz quvurlari oʻtkazishni loyihalashda gaz bosimining hisobiy yoʻqotish qiymatlari ulash joyidagi gaz bosimiga bogʻliq ravishda qabul qilinishi, bunda qurilmadagi gaz yondirgichlarning, xavfsizlik avtomatikasi qurilmalarining va issiqlik agregatlari texnologik rejimini rostlash avtomatikasining texnikaviy tasniflari hisobga olinishi kerak.
36. Gaz tarmogʻi uchastkasida bosimning pasayishini quyidagicha aniqlanishi lozim:
oʻrta va yuqori bosimli tarmoqlar uchun quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi;
(3)
Bu erda:
Pn — gaz quvuri boshidagi absolyut bosim, MPa;
Rk — gaz quvuri oxiridagi absolyut bosim, MPa;
γ — gidravlik ishqalanish koeffitsiyenti;
l — oʻzgarmas diametrli gaz quvurining hisobiy uzunligi, m;
d — gaz quvurining ichki diametri, cm;
ρ0 — normal sharoitdagi gazning bosimi, kg/m³;
Q0 — normal sharoitdagi gazning sarfi, m³/h.
Past bosimli tarmoqlar uchun quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(4)
Bu erda:
Pn — gaz quvuri boshidagi bosim, MPa;
Rk — gaz quvuri oxiridagi bosim, MPa;
γ, l, d — bu harflarning belgilanishi (3) formuladagi kabidir.
37. Gidravlik ishqalanish koeffitsiyenti λ Reynolds sonini tasniflovchi gaz quvurlari boʻyicha gazning harakatlanish tartibiga bogʻliq ravishda aniqlanadi.
Bu erda, normal sharoitdagi gazning kinematik yopishqoqlik koeffitsiyenti, m²/s;
Q0, d — bu harflarning belgilanishi (3) formuladagi kabidir va gaz quvuri ichki devorining gidravlik silliqligi quyidagi 6-shart boʻyicha aniqlanadi.
Bu erda, Re Reynolds soni;
n — quvur devori ichki yuzasining ekvivalent absolyut gʻadir-budirligi, cm: yangi poʻlat quvurlar uchun 0,01 cm, foydalanilayotgan eski poʻlat quvurlar uchun 0,1 cm, polietilen quvurlar uchun foydalanish vaqtidan qatʼi nazar, 0,0007 cm qabul qilinadi
d — bu harfning belgilanishi ushbu ShNQning 3-formulasi kabidir.
Re ning qiymatiga qarab, gidravlik ishqalanish koeffitsiyenti aniqlanadi:
gazning laminar harakatlanish tartibi uchun Re<2000
gazning kritik harakatlanish tartibi uchun Re=2000-4000
Re>4000 boʻlganda 6 — shartni bajarilishiga koʻra;
devorining gidravlik silliqligi uchun (tengsizlik (6) toʻgʻri);
4000e<100000 boʻlganda quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi.
Re>100000 boʻlganda
gʻadir-budir devorlari uchun (tengsizlik (6) notoʻgʻri) Re>4000 boʻlganda
Bu erda:
n — bu harfning belgilanishi (6) formuladagi kabidir;
d — bu harfning belgilanishi (3) formuladagi kabidir.
38. Past bosimli tashqi taqsimlash gaz quvurlarining yoʻlda gaz sarflanadigan qismlarida gazning hisobiy sarfini tranzit sarfi yigʻindisi va ushbu qismda yoʻldagi sarfning 0,5 qismi sifatida aniqlash lozim.
39. Mahalliy qarshiliklarda (tirsak, uchlik, tirgak armaturasi va boshqalar) bosimning pasayishini mazkur gaz quvurining hisobiy uzunligini 5 — 10 foizga oshirish bilan hisobga olishga yoʻl qoʻyiladi.
40. Tashqi yer usti va ichki gaz quvurlari uchun gaz quvurlarining hisobiy uzunligi quyidagi 12-formula boʻyicha aniqlanadi:
bu erda:
l1gaz quvurining haqiqiy uzunligi, m;
gaz quvurining uzunligi boʻlgan qismidagi mahalliy qarshiliklar koeffitsiyentlarining yigʻindisi;
d — bu harfning belgilanishi (3) formuladagi kabidir.
λ gaz quvurlari devorlarining gidravlik silliqligi va oqishiga qarab 7 — 11-formulalar boʻyicha aniqlanadigan gidravlik ishqalanish koeffitsiyenti.
41. SUG gaz taʼminoti vaqtinchalik boʻlgan hollarda (kelgusida tabiiy gaz taʼminotiga oʻtkazilganda) gaz quvurlarini kelajakda tabiiy gazdan foydalanish mumkin boʻlish shartidan kelib chiqib loyihalanishi, bunda gazning miqdori SUGning hisobiy sarfiga (yonish issiqligiga) ekvivalent qilib aniqlanishi zarur.
42. Quvurlardagi SUGlar suyuq fazasidagi bosimning pasayishi quyidagi 13-formula boʻyicha aniqlanadi.
bu erda:
λ — gidravlik ishqalanish koeffitsiyenti;
V — siqilgan gazlar harakatining oʻrtacha tezligi, m/s.
Gravitatsiyaga qarshi zaxirani hisobga olgan holda suyuq fazaning oʻrtacha harakatlanish tezligi quyidagicha qabul qilinadi:
soʻrib oluvchi quvurlarda — 1,2 m/s dan katta boʻlmaganda;
bosimli quvurlarda — 3 m/s dan katta boʻlmaganda.
Gidravlik ishqalanish koeffitsiyenti λ ushbu ShNQning 11-formulasi boʻyicha aniqlanadi.
43. SUG bugʻ fazasidagi gaz quvurining diametrini hisoblash tabiiy gazli gaz quvurlariga hisoblash koʻrsatmalariga muvofiq ravishda bajariladi.
44. Turar-joy binolari uchun past bosimli ichki gaz quvurlarini hisoblashda gaz bosimining mahalliy qarshiliklar tufayli vujudga keladigan sarfini quyidagicha hisobga yoʻl qoʻyiladi (foiz):
gaz quvurlarida binoga kirishdan:
tirgakgacha — 25 chiziqli yoʻqotish
tirgaklarda — 20 -"-
xonadon ichidagi ajralishdan:
ajralish uzunligi 1-2 m boʻlganda 450 -"-
- " - 3-4 m -"- 300 -"-
- " - 5 — 7 m -"- 120 -"-
- " - 8 — 12 m -"- 50 -"-
45. Past bosimli gaz quvurlarini hisoblashda quyidagi 14-formula boʻyicha aniqlanadigan gidrostatik bosim Ng, daPa, hisobga olinishi kerak:
Bu erda:
g — erkin tushish tezlanishi, 9,81 m/s2;
h — gaz quvurining boshlangʻich va oxirgi uchastkalaridagi absolyut belgilarning farqi;
ρa — harorat 0° C va bosim 0,10132 MPa boʻlgandagi havoning zichligi, kg/m3;
ρ0 — bu harfning belgilanishi ushbu ShNQning 3-formulasi kabidir.
46. Halqa qilib birlashtirilgan gaz quvuri tarmoqlarini hisoblashni gaz bosimining yoʻl qoʻyiladigan sarflaridan eng koʻp foydalanilganda hisobiy halqalarning shartli nuqtalaridagi gaz bosimi bilan bogʻlab bajarilishi, bunda halqada bosim sarfining noaniqligi 10 foizgacha boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
47. Gazning harakati tufayli paydo boʻladigan shovqin darajasini hisobga olgan holda yer usti va ichki gaz quvurlarini gidravlik hisobini bajarishda past bosimli gaz quvurlari uchun gazning harakat tezligini koʻpi bilan 7 m/s, oʻrta bosimli gaz quvurlari uchun 15 m/s va yuqori bosimli gaz quvurlari uchun 25 m/s qabul qilish lozim.
48. Gaz quvurlarining gidravlik hisobini ushbu ShNQning 5 — 14-formulalari boʻyicha bajarishda hamda ushbu formulalar asosida tuzilgan kompyuter dasturlari yordamida hisoblashda gaz quvurining hisobiy ichki diametrini ushbu ShNQning 15-formulasi boʻyicha aniqlash lozim.
Bu erda:
dp — gaz quvurining hisobiy diametri, cm;
A, B — tarmoqlar kategoriyasiga (bosim boʻyicha) va gaz quvurining materialiga qarab, ushbu ShNQning 4 va 5-jadvallardan m, m1 — boʻyicha aniqlanadigan koeffitsiyentlar;
Q0n normal sharoitlardagi gazning hisobiy sarfi, m3/h;
ΔPud — bosimning solishtirma yoʻqotishliligi (Pa/m — past bosimli tarmoqlar uchun); MPa/m — oʻrta va yuqori bosimli tarmoqlar uchun) quyidagi 16-formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
Bu erda:
ΔPdop — bosimning yoʻl qoʻyiladigan yoʻqotishliligi (Pa — past bosimli tarmoqlar uchun, MPa/m — oʻrta va yuqori bosimli tarmoqlar uchun);
L — eng uzoq nuqtagacha boʻlgan masofa, m.

4-jadval

Tarmoq kategoriyasi

A

Past bosimli tarmoqlar

106/(162×π2) = 626

Oʻrta va yuqori bosimli tarmoqlar

P0/(Pn162π2),

P0= 0,101325 MPa,

Pntarmoqdagi gazning oʻrtacha (absolyut) bosimi MPa

5-jadval

Material

B

m

m1

Poʻlat

0,022

2

5

Polietilen

0,3164 (9πν)0.25 = 0,0446

v — normal sharoitda gazning kinematik yopishqoqligi, m2/s

1,75

4,75

7-bob. Gaz taqsimlash jarayonini boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimlari
49. Gaz taʼminoti tizimi tarkibiga kiruvchi GTTJABTni loyihalashtirishni ushbu bobning talablaridan kelib chiqib amalga oshirish kerak.
50. GTTJABT gazni uzluksiz uzatish, undan foydalanish, gaz taʼminoti tizimida texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni yaxshilash hamda real vaqt rejimida gaz taqsimoti tizimiga uning normal ish yuritishi rejimlarida optimal (oqilona) boshqaruvchi taʼsirlarni ishlab chiqish va amalga oshirilishini inobatga olgan holda loyihalanishi kerak.
51. GTTJABT markazlashtirilgan tarkibga ega boʻlishi, bunda uning asosiy elementlariga gazni taqsimlashning tashqi tarmoqlari va inshootlaridagi NP va MDP kirishi lozim.
52. GTTJABTning yuqori darajasi MDPda oʻzaro LVS bilan bogʻliq boʻlgan bitta yoki bir necha AIOʻ shaklida amalga oshirilishi kerak.
53. GTTJABT quyidagi GI qamrab olishi kerak:
magistral gaz quvurlarini shahar (hududiy) gaz taqsimlash tizimi bilan bogʻlovchi GTTni:
yuqori va oʻrta bosimli tarmoqlarda gaz bosimi reduksiyalanishini taʼminlovchi GTPni;
gazni soatiga 1000 m³/h (normal sharoitda) hajmda isteʼmol qiluvchi past bosimli boshi berk tarmoqlardagi GTPni;
gazni hisobiy sarfi 1000 m³/h dan ortiq boʻlgan (normal sharoitda) hamda gaz taʼminotining alohida rejimlariga yoki zaxira yoqilgʻi xoʻjaligiga ega boʻlgan isteʼmolchilar uchun GTPni;
past bosimli qoʻshimcha taʼminlovchi halqasimon tarmoqlardagi GTPni;
olis aholi punktlarida joylashgan GTPni.
54. GTTJABTdagi isteʼmolchilarning soni, isteʼmolning mavsumiy oʻzgarishlarini hisobga olgan holda isteʼmol qilinadigan gaz hajmining 80 foizdan kam boʻlmagan qismi nazorat qilinishi kerak.
55. GTTJABT ushbu ShNQning 6-ilovasiga muvofiq kompleks vazifalarni amalga oshiruvchi axborot tusidagi qoʻshimcha tizimlarga ega boʻlishi lozim.
56. GT TJ ABT qurilmalarini NPda joylashtirish uchun NPga boʻlgan yuqoridagi talablardan tashqari quyidagi talablarga javob beradigan alohida xona qurilmasiga joylashtirish zarur:
texnologik xonaga tutash;
alohida kirishga ega;
4 m² dan kam boʻlmagan maydonga ega.
57. Ushbu ShNQning 6-ilovasida keltirilgan GTTJABTning funksional qoʻshimcha tizimlarini ishga tushirish uchun hamda mazkur ShNQning 7-ilovasiga mufoviq GTTJABT quyi darajasidagi avtomatlashtirish tizimlari kompleksi vazifalari bajarilishi lozim.
58. GTTJABT tomonidan qamrab olingan GIda gaz bosimi va sarfini oʻlchovchi registratsiya uskunalarining oʻrnatilmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
59. Gaz taqsimlash texnologik jarayonini va GTTJABT koʻrsatkichlarini tartibga solish MDP orqali buyruq signallari asosida gaz taqsimlash tizimining gaz obyektlarida oʻrnatilgan boshqarish va berkitish qurilmalariga taʼsir koʻrsatish orqali amalga oshirilishi kerak.
60. Berkituvchi moslamalarni boshqarish uchun masofadan turib boshqariladigan zadvijkalar yoki saqlovchi klapanlardan, gaz bosimi regulyatorlarini boshqarishda esa yoʻnalishni oʻzgartiruvchi yoki ravon moslashtiriladigan boshqaruv regulyatorlaridan foydalanilishi, bunda past bosimli GTPda sozlash chiqish bosimining kamida uchta darajasini oʻrnatgan holda amalga oshirilishi lozim.
61. GTTJABTni loyihalash Elektr qurilmalarini oʻrnatish qoidalari, GOST 34.201-2020, GOST 34.601-90, GOST 34.602-2020 va ushbu bob talablari asosida amalga oshirilishi zarur.
62. Datchiklarning chiqish elektr signallarining koʻrsatkichlari GOST 21552-84 boʻyicha hisoblash texnikasi vositalarining kirish elektr signallariga mos boʻlishi zarur.
63. GIlarga oʻrnatiladigan GOST 14254-2015ga muvofiq ATK 1P54 atrof muhitdan himoya darajasiga ega boʻlishi lozim.
64. GIga oʻrnatiladigan GOST 30852.2-2002, GOST 30852.5-2002, GOST 30852.11-2002, GOST 30852.19-2002larga muvofiq AT TZ guruhining IIA, IIV darajasidagi portlovchi aralashmalarining hosil boʻlishi ehtimoli mavjud boʻlgan V-Ia, V-Ig (PUE) sinflarga oid xonalarning portlash ehtimoli katta zonalarida ishlatilishiga moʻljallangan boʻlishi kerak.
65. MDPga oʻrnatiladigan ATK, iqlimiy faktorlar taʼsiriga turgʻunlik darajasi boʻyicha ikkinchi darajaga, GIga oʻrnatiladigan ATK hisoblash texnikasi vositalari uchun GOST 21552-84ga muvofiq uchinchi guruhga mos kelishi lozim.
66. GTT, GTP va gaz taqsimlash tizimi oʻlchash shoxobchalarida oʻrnatilgan NK quyidagilarga ega boʻlishi lozim:
erga ulash konturiga;
xona darajasini 5 °C dan kam boʻlmagan darajada ushlab turuvchi isitish tizimiga;
telefon tarmogʻi yoki radiokanalning kanal yaratuvchi qurilmasiga.
8-bob. Tashqi gaz quvurlari va inshootlari
67. Aholi yashaydigan hududlarda yotqiziladigan tashqi gaz quvurlarining loyihalarini topografik tarhlarda OʻzDSt-735:2023ga muvofiq masshtablarda bajarish lozim.
Qishloqlararo gaz quvurlari yotqizish loyihasini 1:5000 miqyosli tarhlarda bajarishga yoʻl qoʻyiladi.
68. Loyihalash jarayonida murakkab relyefli joylarga oʻtkazilgan gaz quvurlarida, yangi texnologiyalarni texnik murakkab obyektlarga qoʻllashda, aholi punktlari va boshqa hududlardagi yer osti gaz quvurlari uchun boʻylama profillar tuzilishi lozim.
69. Tekis relyefli erda yotqiziladigan gaz quvurlari uchun ularning tabiiy toʻsiqlar va turli inshootlar bilan kesishib oʻtadigan joylari boʻlmaganda, shuningdek yer osti va erda yotqiziladigan gaz quvurlari uchun uchastkalarning boʻylama profillarini tuzmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
70. Topografik materiallardan foydalanish muddati 1 yildan oshganda loyihalashtirish hududdagi oʻzgarishlarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
71. Aholi yashaydigan hududlarda tashqi gaz quvurlarini ShNQ-2.07.01-03ga muvofiq yer ostidan oʻtkazilishi kerak.
72. Trassaning ayrim qismlarida, turar-joy mavzelari va hovlilarning ichida, qishloq joylarida transport yuradigan yoʻldan tashqarida, gazlashtiriladigan binolarga tarmoq chiqarilgan joylarda, gaz quvurlarini erda va yer ustida joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
73. Gaz quvurlarini metropoliten inshootlariga nisbatan yotqizish ShNQ 2.07.01-03 talablariga muvofiq bajarilishi kerak.
74. Korxonalar, tashkilotlar va boshqa hududlar orqali taqsimlovchi gaz quvurlarining tranzit yotqizilishini (boshqacha yotqizish usuli mavjud boʻlmagan hollarda) bosimi 0,6 MPa gacha boʻlgan gaz quvurlari uchun yoʻl qoʻyilishi, bunda ushbu gaz quvuridan foydalanuvchi korxona vakillarining ushbu hududga kirish imkoniyati taʼminlanishi lozim.
75. Mavjud turar-joy binolariga gaz quvurini isitish pechi oʻrnatilgan xonaga kiritishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, binoning tashqarisida gazni berkituvchi qurilma boʻlishi zarur.
76. Jamoat binolariga gaz quvurlari gaz asboblari oʻrnatilgan xonaga yoki yoʻlaklarga kiritilishi kerak.
77. Gaz quvurlaridagi berkituvchi qurilmalar binoning tashqarisiga oʻrnatilishi lozim.
78. Sanoat korxonalari va ishlab chiqarish binolaridagi gaz quvurlari gaz isteʼmol qiladigan agregatlar turadigan xonaning bevosita oʻziga yoki u bilan ochiq yoʻlak orqali tutashgan qoʻshni xonaga kiritilishi, bunda qoʻshni xonada, havo soatiga kamida uch marta almashinadigan boʻlishi kerak.
79. Gaz quvurlarining kirish joylari binolarning poydevoridan yoki poydevor tagidan oʻtmasligi kerak.
80. Gaz quvurlari GTPga kirish va chiqishda uning poydevoridan kesib oʻtishiga yoʻl qoʻyiladi.
81. Gaz quvurlarini yertoʻlalar, lift xonalari, havoni tozalash boʻlinmalari, shaxtalar, chiqindi yigʻiladigan xonalar, transformator podstansiyalari, taqsimlash qurilmalari xonasiga, mashina boʻlimi, omborxonalar, portlab yonish va yongʻin xavfi boʻyicha A va B toifaga kiruvchi xonalarga kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
82. Sanoat va kommunal-maishiy korxonalarning texnologiyasiga koʻra, yoqilgʻi sifatida tabiiy gaz ishlatiladigan agregatlar joylashtirilgan yertoʻla xonalariga gaz quvurlarini kiritishga quyidagilarni amalga oshirgan holda yoʻl qoʻyiladi:
xonalar yongʻinni avtomatik ravishda oʻchirish qurilmalari hamda gazni portlashga xavfli miqdorini avtomatik tarzda aniqlash (gazoanalizator) qurilmalari bilan jihozlanganda;
asosiy ishlab chiqarish talablariga javob berganda;
portlashdan himoyalangan doimiy ishlab turadigan oqimli va ventilatsiya tizimlari bilan jihozlanganda.
83. Gaz quvurlarini konstruktiv jihatdan kiritish ushbu ShNQning 98-99-bandlardagi talablariga muvofiq amalga oshirish lozim.
84. Poʻlat quvurlar bir-biri bilan payvandlab tutashtirilishi zarur.
85. Qismlarga ajraladigan (flanetsli va rezbali) birikmalarni berkitish armaturasi oʻrnatiladigan joylarga, kondensat yigʻgichlarga va gidrozatvorlarga, nazorat-oʻlchov asboblari oʻrnatiladigan hamda elektr muhofaza qurilmalari mavjud boʻlgan joylarga oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
86. Ushbu ShNQning 112-bandida keltirilgan joylarga kovyer ostidagi boshqaruv naychasining chiqishi bilan olinadigan ulanishdan 200 mm kattaroq diametrli poʻlat quvurlardan yasalgan korpus bilan himoyalangan boʻlsa, yer ostidagi gaz quvurlariga qismlarga ajraladigan (flanetsli va rezbali) birikmalarni ulanishga yoʻl qoʻyiladi.
9-bob. Yer osti gaz quvurlari
87. Yer osti gaz quvurlaridan bino (GTP bundan musatasno) va inshootlargacha boʻlgan minimal masofani ushbu ShNQning 8-ilovasiga muvofiq boʻlishi kerak.
88. Bosimi 0,6 MPa va undan past boʻlgan gaz quvurlari binolar oraligʻidan yoki bino arkalari tagidan oʻtkazilganda, shuningdek bosimi 0,6 MPadan yuqori boʻlgan gaz quvurlaridan alohida turgan noturarjoy binolarigacha boʻlgan masofalar ushbu ShNQning 8-ilovasida keltirilgan masofalarni 50 foizigacha kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, binoga yaqinlashgan joylarida va har ikkala tomonga 5 m masofada quyidagilar bajarilishi lozim:
choksiz yoki 100 foiz zarar yetkazmaydigan nazorat usullari bilan tekshirilgan elektrpayvandlangan quvurlar yotqizish;
100 foiz zarar yetkazmaydigan nazorat usullari bilan tekshirilmagan elektrpayvandlangan quvurlarni gʻilofda yotqizish;
barcha payvandlangan choklarni zarar yetkazmaydigan nazorat usullari bilan tekshirish.
89. Ushbu ShNQning 119-bandida keltirilgan uchastkada gaz quvurlarini kamida 2,0 m chuqurlikda yotqizish, quvurlar devorlarining qalinligini hisoblab topilganga qaraganda 2-3 mm koʻproq qilib olish va barcha payvand birikmalarni QR 5.02-23ga muvofiq zarar yetkazmaydigan nazorat usullari bilan tekshirib chiqishga yoʻl qoʻyiladi.
90. Bitta xandaqda bir xil darajada yoki turli darajalarda (bosqichlarda) ikki va undan ortiq poʻlat va polietilen gaz quvurlarini yotqizilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, loyihalashtirilayotgan gaz quvurini ishlab turgan mavjud yuqori bosimli gaz quvuri boʻylab yotqizilganda (0,6 MPa dan 1,2 MPa gacha) gaz quvurlari orasidagi masofa quyidagilardan kam boʻlmasligi lozim:
diametri 300 mm gacha boʻlgan poʻlat gaz quvurlari uchun — 0,4 m;
diametri 300 mm dan ortiq boʻlgan poʻlat gaz quvurlari uchun — 0,5 m;
polietilen gaz quvurlari uchun — 0,3 m.
91. Har xil bosimli gaz quvurlari yer osti muhandislik tarmoqlari bilan kesishadigan boʻlsa, vertikal boʻyicha ular orasidagi masofani kamida 0,1 m, kuchli elektr kabellari orasidagi masofani 0,25 m, kabel aloqa liniyalari va radiouzatish tarmoqlari orasidagi masofa esa 0,1 m boʻlishi kerak.
92. Yer osti gaz quvurlari isitish tarmogʻi kanallarini, kommunikatsiya kollektorlarini ustidan yoki ostidan kesib oʻtadigan joylarda gaz quvurini gʻilof kiygizib yotqizish lozim.
Bunda, gʻilof kesishgan inshootning tashqi devorlaridan ikkala tomonga 2,0 m chiqib turish kerak.
93. Quvurning inshoot bilan kesishgan joyidan ikkala tomonga 5,0 m masofada payvand choklariga zarar yetkazmaydigan nazorat usullari bilan tekshirilishi lozim.
94. Gʻilofning bir uchida nazorat naychasi oʻrnatilishi va muhofaza qilingan qurilmadan chiqib turishi kerak.
95. Bino va inshootlar poydevorining oldidan chiquvchi yer osti poʻlat gaz quvurlarining yer osti qismi 90º da egilgan choksiz butun poʻlat quvurdan ishlangan boʻlishi lozim.
96. Tutashuv choklari orasidagi masofa quyidagicha boʻlishi kerak:
oʻrta bosimli yer osti poʻlat gaz quvuri uchun kamida — 4 m;
past bosimli yer osti poʻlat gaz quvuri uchun kamida — 2 m.
Gʻiloflarga yotqizilgan gaz quvurlari tutashuv choklarining soni minimal ravishda boʻlishi zarur.
97. Gaz quvurlarini yotqizish chuqurligi yer osti quvurining yoki gʻilofning tepasigacha kamida 0,8 m boʻlishi kerak.
98. Gaz quvurlarini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda yotqizishda chuqurligi gaz quvurining ustigacha 1,0 m dan kam boʻlmagan masofada joylashtirilishi lozim.
99. Quritilmagan gaz oʻtadigan gaz quvurlarini gruntning mavsumiy muzlash zonasidan pastda va kondensat yigʻgichga 2 foiz qiyalik bilan yotqizish kerak.
Quritilmagan gaz oʻtadigan gaz quvurlarining bino va inshootlarga kirish joyi taqsimlash gaz quvuri tomoniga ogʻgan boʻlishi lozim.
Agar joy relyefi sharoitlariga koʻra taqsimlash gaz quvuriga zaruriy nishab qilishning iloji boʻlmasa, uni bukib yotqizishga va pastki nuqtasiga kondensat yigʻgich oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
100. SUG bugʻ fazasi oʻtadigan gaz quvurlarini ushbu ShNQning 21-bobida keltirilgan talablariga muvofiq yotqizilishi zarur.
101. Gaz quvurlarini qurilish chiqindilari va chirindi aralashgan gruntga yotqizishda gaz quvuri ostiga yumshoq yoki qumli gruntdan kamida 10 cm qalinlikda (xandaq ostini tekislash uchun) toʻshalishi, shuningdek gaz quvurining ustidan xuddi shunday gruntdan kamida 20 cm qalinlikda yotqizish lozim.
102. Koʻtarish qobiliyati 0,025 MPa (0,25 kgf/cm²) dan kam boʻlgan gruntdan, shuningdek qurilish chiqindilari va chirindi aralashgan gruntlarda xandaq tubiga yogʻoch gʻoʻlalar, beton gʻoʻlachalar yotqizish, qoziq qoqish yoki mayda tosh yoki shagʻal tashlab shibbalash yoʻli bilan mustahkamlanishi, shuningdek gaz quvurining tagiga va ustiga grunt yotqizish kerak.
103. Qiyaligi 200 foizdan ortiq boʻlgan joylarda gaz quvurlarini yotqizishda xandaq uyumining yuvilib ketishini oldini olish uchun quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
eroziyaga qarshi ekranlarni oʻrnatish;
tabiiy gruntlardan (masalan, loygrunt) foydalanish;
er usti suvlarini gaz quvuri trassasidan chetlashtirish uchun sunʼiy materiallar (betonlash, shpuntli toʻsiq va boshqalar);
togʻ usti xandaqlari;
uyumlar yasash.
Himoyalash chorasini tanlash joyning muhandislik-geologiya, topografik va gidrogeologik sharoitlaridan kelib chiqib belgilanishi kerak.
104. Gaz quvuri joylashuvini aniqlash uchun trassa burilishi burchaklarida, diametri oʻzgarayotgan joylarda, armatura va inshootlar oʻrnatilgan joylarda, shuningdek trassaning toʻgʻri chiziqli uchastkalarida 200 — 500 m oraligʻida identifikatsiya belgilari oʻrnatilishi lozim.
Identifikatsiya belgisida gaz quvuri diametri, bosimi, qanday chuqurlikda joylashgani, quvur materialiga oid maʼlumotlar koʻrsatilishi zarur.
Identifikatsiya belgilari balandligi 1,5 m dan past boʻlmagan temirbeton ustunlarga yoki metall reperlarga yoxud boshqa doimiy ustunlarga oʻrnatilishi kerak.
105. Yer osti suvlari sayoz joylashgan joylarda gaz quvurlarining sizib chiqish xolatini oldini olish choralari koʻrilishi lozim.
Xandaqni toʻldiradigan grunt suvning koʻtarish kuchi taʼsirida gaz quvurining loyihaviy holatini taʼminlansa, mavsumiy suv bosgan joylarga yotqizilgan gaz quvurlariga yuklarni oʻrnatmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
Bosimli suv mavjud boʻlganda, gaz quvuri xandaq tubini bosimli suv boʻlishini oldini olishni hisobga olgan holda yotqizilishi zarur.
Suyuq-plastik holatga oʻtishi ehtimoli mavjud boʻlgan gruntlardan tashkil topgan hududlarda gaz quvurini loyihalashda suyultirilgan gruntning volumetrik ogʻirligini muhandislik va geologik tadqiqotlar boʻyicha aniqlash kerak.
106. Suv osti oʻtish joylari, suv toshqini tahlil qilingan joylar, vaqti-vaqti bilan suv bosadigan joylarda gaz quvurlarining loyihaviy holatini taʼminlash uchun quyidagi ballastlash turlari qoʻllanilishi lozim:
yuqori zichlikdagi materiallardan tayyorlangan yuklar (temir-beton, quyma temir va boshqalar);
notoʻqima sintetik material (NSM) bilan himoyalangan mineral grunt;
anker qurilmalari.
107. Gaz quvurini yuqori zichlikdagi materiallar (temir-beton, quyma temir va boshqalar) bilan ballastlashda ular orasidagi masofalar quyidagi 20-formula bilan aniqlanganlardan oshmasligi kerak.
Bu erda qizg gaz quvurining vertikal holatga burilishida unga tushadigan yuk quyidagi 21 va 22-formulalar bilan aniqlanish kerak:
qavariq egri chiziqlar uchun
konkav egri chiziqlar uchun
108. Gaz quvurining turli uchastkalari uchun ishonchlilik koeffitsiyentining qiymatlari quyidagicha olinishi kerak:
suv osti va toshqin joylari, suv osti muhandislik ishlari chegaralaridan tashqari joylari, trassa uchastkalari uchun — 1,05 foiz;
trassaning daryo boʻyidagi uchastkalari, shuningdek suv osti muhandislik ishlari chegaralaridagi qirgʻoq uchastkalari uchun — 1,10 foiz.
109. Yuk materialining ishonchlilik koeffitsiyenti quyidagicha qabul qilinishi kerak:
temir-beton yuk va sement — qum aralashmasi boʻlgan yuklar uchun — 0,85;
quyma temir yuk uchun — 0,95.
110. Gaz quvurini notoʻquv sintetik material (NSM) bilan toʻldirilgan grunt bilan ballastlashda NSM xandagʻida oʻrnatilgan grunt balandligi (quvur oʻqidan NSM tomonidan belgilangan gruntning yuqori qismigacha boʻlgan masofa) quyidagi 23-formula bilan aniqlangan qiymatdan kam boʻlmasligi kerak.
Bu erda:
Bu erda:
k — quvurning tashqi diametriga teng boʻlgan oʻlchovsiz koeffitsiyent;
m, e — quvur liniyasi boʻylab muhandislik tadqiqotlari natijalari asosida olinadi.
111. Gaz quvurini ankraj qurilmalari bilan ballastlashda ular orasidagi masofa quyidagi 24-formulada belgilanganidan oshmasligi kerak.
Bu erda ankraj qurilmasining ish sharoitlari koeffitsiyenti qabul qilinadi:
Fa, N langarining yuk koʻtarish qobiliyati ShNQ 2.02.03-12 muvofiq hisoblash yoki dala sinovlari natijalari boʻyicha aniqlanadi;
ankerning ishonchlilik koeffitsiyenti langarning yuk koʻtarish qobiliyatini hisoblashda 1,4 ga va statik yuk maydon sinovlari natijalariga koʻra, langarning yuk koʻtarish qobiliyatini aniqlashda 1,25 ga teng deb qabul qilinishi kerak.
10-bob. Yer ustida va erda oʻtkaziladigan gaz quvurlari
112. Yer ustidagi gaz quvurlarini alohida turuvchi tayanchlarga, yonmaydigan materialdan tayyorlangan tokchalar va ustunlarga yoki binolar devorlari boʻylab yotqizish kerak.
113. Yer ustidagi gaz quvurlarini quyidagicha yotqizishga yoʻl qoʻyiladi:
har qanday bosimli gaz quvurlarini alohida turgan tayanchlar, ustunlar, estakada va tokchalarda;
bosimi 0,6 MPa (6 kgf/cm²) gacha boʻlgan gaz quvurlarini portlab yonish va yongʻin xavfi boʻyicha “V1-V4”, “G” va “D” toifaga kiruvchi xonalari mavjud ishlab chiqarish binolarining devorlari boʻyicha;
bosimi 0,3 MPa (3 kgf/cm²) gacha boʻlgan gaz quvurlarini olovbardoshlik darajasi kamida III dan kam boʻlgan jamoat binolarining va turar-joy binolarining devorlari boʻyicha;
olovbardoshlik darajasi IV-V boʻlgan jamoat binolari va turar-joy binolarining devorlari boʻylab quvurlarning shartli diametri koʻpi bilan 50 mm boʻlgan past bosimli gaz quvurlarini, shu binolarining tashqi devorlariga va boshqa qurilmalariga gazning bosim rostlagichlari joylashtirilganda esa, rostlagichga kirguncha boʻlgan joylarda 0,3 MPa gacha bosimli gaz quvurlarini;
quvurlarining diametri 50 mm dan ortiq boʻlmagan oʻrta bosimli gaz quvurlarini bevosita turar-joy binolari boʻyicha.
114. Devorlar boʻylab yotqizilgan poʻlat gaz quvurlarining mahkamlagichlari orasidagi maksimal masofalar quyidagi 6-jadvalga muvofiq boʻlishi lozim.

6-jadval

Quvur diametri

(mm)

Maksimal masofa

(m)

Quvur diametri

(mm)

Maksimal masofa

(m)

15

2,5

100

7

20

3

125

8

25

3,5

150

10

32

4

200

12

40

4,5

250

14,5

50

5

300

16,5

70

6

350

18,8

80

6,5

400

20,5

115. Quyidagi hollarda gaz quvurlarini yotqizishga yoʻl qoʻyilmaydi:
bosimli gaz quvurlarini — maktabgacha taʼlim tashkilotlari, kasalxonalar, maktablar va tomoshagohlar binolarining devorlari boʻylab;
yuqori bosimli gaz quvurlarini — turar-joy binolarning devorlari boʻylab;
bosimli gaz quvurlarini devorlari metall qoplamali va polimer isitgichli panellardan qurilgan binolar hamda portlab yonish va yongʻin xavfi boʻyicha “A”, “B” toifaga kiruvchi binolar boʻylab.
116. Sanoat korxonalarining hududida oʻtkaziladigan gaz quvurlari asosan yer ustida va erda joylashtirilishi kerak.
Yer usti gaz quvurlarini tayanchlarda, estakadalarda, galereyalarda yoki bino va inshootlar devorlarida oʻtkazish lozim.
117. Yuqori bosimli gaz quvurlarini portlab yonish va yongʻin xavfi boʻyicha “V”, “G” va “D” toifalarga mansub xonalari bor bir qavatli ishlab chiqarish binolarining yaxlit devorlaridan, deraza va eshiklar tepasidan, koʻp qavatli binolarda yuqori qavatlardagi derazalar tepasidan, shu binolarga qoʻshilgan yordamchi binolardan, shuningdek alohida joylashgan qozonxonalardan oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
118. Ishlab chiqarish binolarida past va oʻrta bosimli gaz quvurlarini ochilmaydigan derazalar kesakisi (ramka) boʻylab oʻtkazishga hamda bu quvurlarning shisha bloklar toʻldirilgan yorugʻlik tushadigan devorlar bilan kesishishga yoʻl qoʻyiladi.
119. Binolarning devorlari boʻylab oʻtkazilgan gaz quvurlari bilan boshqa muhandislik tarmoqlari orasidagi masofani ushbu ShNQning 18-bobida keltirilgan binolar ichida gaz quvurlari yotqizishga qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
120. Turar-joy binolarining va ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlmagan jamoat binolarining deraza oʻrni va balkonlar ostidan oʻtgan gaz quvurlarida ajraladigan birikmalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
121. Quvurlarning erga kirish va erdan chiqish joylariga yaqin boʻlgan yer ustidagi, erdagi va yer osti gaz quvurlarini loyihalashda harorat taʼsirida boʻlishi mumkin boʻlgan boʻylama shakl va hajmining oʻzgarishini hisobga olish kerak.
122. Yoʻnalish boʻylab harorat va boshqa taʼsirlardan gaz quvuridagi siljishlarni kamaytirish tayanchlar va ular orasida kompensatorlar oʻrnatish, shuningdek harakat yoʻnalishini oʻzgartirish orqali oʻz-oʻzini kompensatsiya qilish orqali erishilishi lozim.
123. Yer usti gaz quvurlarini yotqizish balandligi kamida quyidagicha boʻlishi kerak:
hududning oʻtib boʻlmaydigan qismida, odamlar oʻtadigan joylarda — 2,2 m;
avtomobil yoʻllari bilan kesishgan joylarda (qatnov qismining yuqori qismidan) — 5 m;
ichki temir yoʻl yoʻllari va umumiy tarmoq yoʻllari bilan kesishgan joylarda — GOST 9238-2013 talablariga muvofiq;
tramvay yoʻllari bilan kesishgan joylarda — temir yoʻl boshidan 7,1 m;
trolleybus aloqa tarmogʻi bilan kesishgan joyda (qatnov qismi qopqogʻining yuqori qismidan) — 7,3 m.
124. Avtotransport vositalarining tartibga solinmagan qatnov qismini kesib oʻtgan yer usti gaz quvurlarini yotqizish balandligini kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi, biroq 3,5 m dan past boʻlmasligi kerak.
Shuningdek, gaz quvuriga transport oʻlchamlarini cheklaydigan identifikatsiya belgilari oʻrnatilishi kerak.
125. Transport va odamlarning oʻtishi boʻlmagan joylarda erkin hududda gaz quvurini yer yuzasidan quvurning pastki qismigacha kamida 0,35 m balandlikda yotqizishga yoʻl qoʻyiladi.
126. Gaz quvurlarining erga kiradigan va erdan chiqib turadigan joylariga gʻilof kiydirish lozim.
Gaz quvurlari mexanik shikastlanish yetkazilmaydigan joylarda (yurilmaydigan joylar va boshqalar) gʻilof kiydirmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
127. Gaz quvurlarining binolar tashqi devorlarini kesib oʻtadigan joylariga gʻilof kiydirish lozim.
Devor bilan gʻilof orasidagi boʻshliqni boshidan oxirigacha berkitilishi hamda tekislab chiqilishi kerak.
Gʻilof uchlariga elastik material tiqqan holda zichlashtirish lozim.
128. Tayanchlar orqali oʻtkazilgan yer usti gaz quvurlari va erdan oʻtkazilgan gaz quvuridan ufqiy yoʻnalish boʻyicha bino va inshootlargacha boʻlgan masofa ushbu ShNQning 9-ilovasida keltirilgan qiymatlardan kam boʻlmasligi lozim.
129. Yer usti gaz quvurlari va muhandislik kommunikatsiyalari quvurlari orasidagi masofalar oʻrnatish, tekshirish va taʼmirlash imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda minimal masofalar quyidagi 7-jadvalga muvofiq boʻlishi kerak.

7-jadval

Gaz quvuri shartli diametri (mm)

Muhandislik kommunikatsiyalari quvurlari orasidagi minimal masofalar (mm)

300 gacha

300 dan 600 gacha

600 dan yuqori

300 gacha

300 dan 600 gacha

600 dan yuqori

100

150

150

150

150

200

150

200

200

130. Havo elektr uzatish liniyalari boʻylab yer usti gaz quvurlarini yotqizishda, shuningdek ular bilan kesib oʻtishda va elektr kabellari hamda simlari bilan birga gaz quvurlarini Elektr qurilmalarini oʻrnatish qoidalari talablariga muvofiq yotqizish kerak.
131. Yer ustidagi gaz quvurlarining tayanchlari orasidagi masofa ShNQ 2.04.12-22 talablariga muvofiq belgilanishi lozim.
132. Alohida turgan tayanchlar, ustunlar, estakadalar va tokchalarda gaz quvurlarini ShNQ 2.07.01-03ga muvofiq boshqa vazifali quvurlar bilan birga yotqizishga yoʻl qoʻyiladi.
133. Gaz quvurlariga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan kabellarni ulashga (kuchli elektr oʻtkazgichlar, xabar berish uskunalari, dispetcherlik punktlari, valfni boshqarish) yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, kabellar gʻilofga oʻralgan va gaz quvuridan kamida 0,1 m masofada yotqizilgan boʻlishi kerak.
134. Gaz quvurlarini temir yoʻl va avtomobil yoʻllaridagi koʻpriklardan oʻtkazishda ShNQ 2.05.03-22 talablariga muvofiq koʻprik qurilmasida gaz toʻplanib qolmaydigan (gaz sizib chiqqanda) joylardan oʻtkazish kerak.
135. Inshootlar bilan kesishgan joyda avtomobil va piyodalar koʻpriklarining yongʻinga chidamli 0,6 MPa gacha bosimli gaz quvurlarini yotqizishga yoʻl qoʻyiladi.
136. Koʻpriklar ustiga yotqizilgan gaz quvurlari choksiz quvurlardan yasalgan boʻlishi va koʻprik inshootlarida gaz toʻplanishiga yoʻl qoʻyilmasligini hisobga olgan holda loyihalashtirilishi lozim.
11-bob. Gaz quvurlarining suvli toʻsiqlar va jarliklardan oʻtishi
137. Gaz quvurlarini suvli toʻsiqlar ostidan oʻtkazishda gidrologik, muhandislik-geologik va topografik tadqiqotlar maʼlumotlari asosida bajarilishi lozim.
138. Daryolar va kanallar orqali oʻtish joylarini oqim boʻyicha koʻpriklar, pristanlar (kemalar toʻxtaydigan joylar), daryo vokzallari, gidrotexnik inshootlar va suv omborlaridan keyin tanlash lozim.
139. Daryolar orqali suv osti oʻtish yoʻllarini suv bosadigan joyi eng tor boʻlgan nishabli yuvilib ketmaydigan qirgʻoqdan, suv toʻgʻri va tinch oqadigan joylardan oʻtkazilishi, yer osti oʻtish joyining darvozasini qoya gruntlaridan hosil boʻlgan joylardan boshqa joyda oqimning dinamik oʻqiga tik boʻladigan qilib loyihalashtirish kerak.
140. Suvli toʻsiqlarning oʻrtacha eni 75 m va undan katta boʻlganda suv ostidan oʻtkaziladigan gaz quvurlarini har biri gazning hisobiy sarfining 0,75 qismini oʻtkaza oladigan ikkita quvurdan iborat qilib yotqizish kerak.
Quyidagi hollarda ikkinchi (zaxira) gaz quvurini yotqizmaslikka yoʻl qoʻyiladi:
gaz quvurlari halqa qilib birlashtirilgan va suv osti quvuri berkilib qoʻyilganda ham isteʼmolchilar gaz bilan uzluksiz taʼminlanadigan hollarda;
gaz quvurlari oxirida joylashgan sanoat isteʼmolchilariga boradigan suv osti gaz quvurlarini taʼmirlash davrida bu isteʼmolchilar boshqa tur yoqilgʻiga oʻtishi imkoniyati mavjud boʻlgan hollarda.
141. Suvli toʻsiqlardan oʻtkazishda gaz bilan uzluksiz taʼminlanishi zarur boʻlgan isteʼmolchilarni taʼminlash uchun quyidagi hollarda ikkinchi (zaxira) quvurni ham oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi:
eni 75 m dan kam boʻlmaganda;
suv bosishning 10 foizli taʼminlanishida qayirlarning yuqori suv gorizonti sathidan qaraganda eni 500 m dan ortiq boʻlganda;
toshqin natijasida suv bosishning 20 kundan ortiq davom etganda;
tubi va qirgʻoqlari turgʻun boʻlmagan togʻ daryolari va suvli toʻsiqlarni kesib oʻtishda.
142. Suv osti va suv usti gaz quvurlarini suvli toʻsiqlardan oʻtish joylarida koʻpriklardan quvurgacha boʻlgan minimal masofa quyidagi 8-jadvalga muvofiq boʻlishi kerak.

8-jadval

Suvli toʻsiqlar

Koʻprik turi

Gaz quvurlari oʻtkazishda gorizontal boʻyicha koʻprik bilan gaz quvuri orasidagi masofa (m)

Koʻprik tepasidan oʻtkazilganda

Koʻprik ostidan oʻtkazilganda

Suv ustidagi gaz quvuridan

Suv ostidagi gaz quvuridan

Suv ustidagi gaz quvuridan

Suv ostidagi gaz quvuridan

Suv ustidagi gaz quvuridan

Suv ostidagi gaz quvuridan

300 va undan kam

300 dan koʻp

300 va undan kam

300 dan koʻp

Hamma diametrlarda

Kemalar qatnaydigan muzlaydigan

Barcha turlari

75

125

75

125

50

50

Kemalar qatnaydigan muzlamaydigan

Barcha turlari

50

50

50

50

50

50

Kemalar qatnamaydigan muzlaydigan

Koʻp oraliqli

75

125

75

125

50

50

Kemalar qatnamaydigan muzlamaydigan

Koʻp oraliqli

20

20

20

20

20

20

Kemalar qatnamaydigan, gaz quvuridagi bosim quyidagicha:

Bir va ikki oraliqli

past;

2

2

20

20

2

10

oʻrtacha va yuqori

5

5

20

20

5

20

Izoh. Masofa koʻprik konstruksiyasining chiqib turgan joyidan koʻrsatilgan.
143. Suv ostidan oʻtkaziladigan quvurlar devorining qalinligi hisobiy koʻrsatkichdan 2 mm koʻproq, biroq kamida 5 mm boʻlishi lozim.
Diametri 250 mm dan kam boʻlgan gaz quvurlarini qalqimasligi uchun devorlarining qalinligini oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
144. Gaz quvurining suv ostidan oʻtish uzunligini belgilovchi chegara sifatida yuqori suv gorizonti bilan chegaralangan 10 foizli taʼminlanganlik belgisidan past boʻlmagan uchastkani olish kerak.
Berkituvchi armaturani ana shu uchastka chegarasidan tashqarida joylashtirish lozim.
145. Suv ostidan oʻtkazishda parallel gaz quvurlarining oʻqlari orasidagi masofa 30 m dan kam boʻlmasligi lozim.
146. Yuvilib ketmaydigan oʻzanli, kemalar qatnaydigan daryolarda hamda aholi yashaydigan joylarda suvli toʻsiqlarni kesib oʻtishda bitta xandaqqa ikkita gaz quvurini ular orasidagi tekis masofa kamida 0,5 m yotqizib loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
Qayir joylarda gaz quvurlarini yotqizishda quvurlar orasidagi masofani tekis joydagi gaz quvurlari orasidagi masofa kabi qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
147. Suv ostidan oʻtuvchi gaz quvurlarini yotqizishda kesib oʻtiladigan suvli toʻsiqlar tubini chuqurlashtirilishi lozim.
Ustidan ballast (yuk) yotqizilgan gaz quvurining tepasidagi loyiha belgisini daryo tubining taxminiy kesimidan 0,5 m, kemalar qatnaydigan va yogʻoch oqiziladigan daryolar orqali oʻtishda esa 1,0 m past qabul qilish kerak.
Daryo tubining chuqurligini gaz quvuri oʻtkazish ishlari tugagandan soʻng 25 yil davomida oʻzanning qanchalik yuvilib ketishi ehtimoli mavjudligini hisobga olib aniqlanishi lozim.
Kemalar qatnamaydigan va yogʻoch oqizilmaydigan suv toʻsiqlari tagidan gaz quvurlarini qoyali yerlardan oʻtkazishda hamda ularning yotqizish chuqurligini kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi, biroq ustidan ballast yotqizilgan gaz quvurining tepasi uning foydalanish davrida suv havzasi tubining yuvilib ketishi ehtimoli mavjud boʻlgan belgidan pastda boʻlishi lozim.
148. Suv osti gaz quvurlarining qalqimasligini (barqarorligini) va ular ustiga ballast yotqizishni hisoblashda QMQ 2.05.06-97 talablariga asoslanish lozim.
149. Kemalar qatnaydigan va yogʻoch oqiziladigan suvli toʻsiqlarning ikkala qirgʻogʻida identifikatsiya belgilari qoʻyilishi lozim.
Suv ostidan oʻtish chegarasining oʻrtacha suv sathida toʻsiqning eni 75 m gacha boʻlganda bitta qirgʻoqda, eni undan katta boʻlganda esa ikkala qirgʻoqda reperlar (belgi) oʻrnatilishi kerak.
150. Gaz quvuri suv ustidan oʻtkazilganda uning yotqizilish balandligi (quvurning tubidan yoki qurilmaning oraligʻidan) quyidagicha boʻlishi zarur:
kemalar qatnamaydigan, yogʻoch oqizilmaydigan daryolarni, muz koʻchishi mumkin boʻlgan jarliklar va soylarni kesib oʻtishda taʼminlanish 2 foiz boʻlganda yuqori suv gorizonti sathidan va muzning eng yuqori gorizontidan kamida — 0,2 m;
daryolarda korchexod (tozalovchi) boʻlganida esa taʼminlanganlik 1 foiz boʻlganida yuqori suv gorizonti sathidan kamida — 1,0 m balandlikda.
12-bob. Gaz quvurlarini temir yoʻllar va tramvay yoʻllari hamda avtomobil yoʻllari orqali oʻtishi
151. Gaz quvurlari temir yoʻllar, tramvay yoʻllari hamda avtomobil yoʻllari bilan kesishadigan joyda yoʻlga nisbatan 90° burchak ostida oʻtkazilishi lozim.
Tramvay yoʻllari va temir yoʻllar bilan kesishadigan joylarda yer osti gaz quvurlaridan inshootlargacha boʻlgan eng kam masofa quyidagicha boʻlishi kerak:
temir yoʻllardagi koʻpriklar, quvurlar, tonnellar va piyodalar oʻtadigan koʻpriklar va tonnellargacha boʻlgan masofa — 30 m;
stryelkalargacha (surma izning, krestovinaning uchigacha, temir yoʻl izlariga tortuvchi kabellar biriktirilgan joygacha) — tramvay yoʻllari uchun 3,0 m va temir yoʻllar uchun 20 m;
kontakt tarmoq tayanchlarigacha — 3,0 m.
152. Temir yoʻllar va tramvay yoʻllari bilan I, II va III toifadagi avtomobil yoʻllari bilan hamda shahar chegarasidagi tezyurar yoʻllar, shahar ichidagi shoh-koʻchalar bilan kesishish joylarida har qanday bosimli yer osti gaz quvurlarini poʻlat gʻiloflarida yotqizish lozim.
153. Tuman ahamiyatiga ega boʻlgan shohkoʻchalar va yoʻllarni, yuk tashiladigan, mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan koʻcha va yoʻllarni kesib oʻtishda gaz quvurlariga gʻilof kiydirish zarurligi transport qatnovining darajasiga koʻra belgilanishi, bunda gʻilof nometall materialdan tayyorlanishi hamda ularning uchlari zich berkitilgan boʻlishi zarur.
Gʻilofning quvurlararo boʻshligʻiga gaz taʼminoti tizimiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan aloqa, telefon, elektrdan muhofaza qilish drenaj kabellarini yotqizishga yoʻl qoʻyiladi.
154. Gʻilofning uchlarini inshootlardan quyidagicha masofada chiqarish lozim:
temir yoʻl koʻtarmasining suv qochirish inshootidan (ariq, xandaq va boshqalar) — kamida 3,0 m;
temir yoʻlning chekka izidan — 10 m;
sanoat korxonasiga kiradigan temir yoʻl izidan — 3,0 m;
tramvay yoʻlining chekka izidan — 2,0 m;
koʻchaning qatnov qismining chetidan — 2,0 m;
avtomobil yoʻlining qatnov qismining chetidan — 3,5 m.
Shuningdek, gʻilofning chiqariladigan uchlari koʻtarma etagidan kamida 2,0 m uzoqlikdan chiqarilishi kerak.
155. Gaz quvurini yotqizishda gʻilof tepasidan temir yoʻl izi tagigacha yoki boshlangʻich (nolinchi) belgilar va qoplam tepasigacha boʻlgan eng kam minimal chuqurlik quyidagicha boʻlishi lozim:
umumiy tarmoqdagi temir yoʻllar ostidan — 2,0 m;
suv qochirish inshootlari tubidan — 1,5 m;
ishlar teshish usuli bilan bajarilganda — 2,5 m.
Shuningdek, tramvay yoʻllari, sanoat korxonalarining temir yoʻllari va avtomobil yoʻllari ostidan gaz quvurini yotqizishda eng kam minimal chuqurlik quyidagicha boʻlishi kerak:
ishlar ochiq usulda bajarilganda — 1 m;
ishlar siqish, yotiq burgʻilash usulida yoki tonnel qazgich bilan bajarilganda — 1,5 m;
Bunda, umumiy tarmoqdagi temir yoʻllar kesishadigan joylarda gʻilofdan 50 m masofada koʻtarmaning ikkala tomonidan gaz quvurining yotqizish chuqurligi yer ustidan quvurning tepasigacha kamida 2,1 m boʻlishi zarur.
Umumiy tarmoqdagi temir yoʻllarni kesib oʻtadigan joylarda gaz quvuri devorining qalinligini hisobiy qalinligidan 2-3 mm ortiq qilib olish va bu uchastkalarda barcha hollarda muhofaza (izolatsiya) qoplamasining mustahkamini qoʻllash lozim.
13-bob. Gaz quvurlarida berkituvchi qurilmalarning joylashtirilishi
156. Quyidagi hollarda gaz quvurlarida berkituvchi qurilmalarni oʻrnatish kerak:
turar-joy, jamoat va ishlab chiqarish binolariga yoki yonma-yon binolar guruhiga kirish joylarida, gaz isteʼmol qiluvchi qurilmalardan oldin;
GTPga kirishda hamda chiqishda;
koʻchadagi gaz quvurlaridan alohida daha va mavzelarga, turar-joy binolari guruhiga yoki 400 dan koʻproq xonadon boʻlgan alohida uylarga kiradigan shoxobchalarda;
suvli toʻsiqlarni ikkita va undan koʻp gaz quvuri kesib oʻtadigan hollarda yoki suvli toʻsiqning tekislikdagi eni 75 m va undan koʻp boʻlganda bir tarmoqli gaz quvurining oʻzida;
umumiy tarmoqdagi temir yoʻllarni va I hamda II toifadagi avtomobil yoʻllarini kesib oʻtish joyida yoʻldan koʻpi bilan 1000 m masofada berkituvchi qurilma yoki kesib oʻtish joyiga gaz berilishini toʻxtatuvchi boshqa qurilmalar (liniya surma qopqoqlar, GTP, GTSdan keyin bekituvchi qurilmalar) mavjud boʻlganda.
157. Quyidagi hollarda berkituvchi qurilmalarni oʻrnatmaslikka yoʻl qoʻyiladi:
korxonalarning GTPsidan oldin agar taqsimlash gaz quvuri tarmogʻidagi berkituvchi qurilma GTPdan koʻpi bilan 100 m masofada boʻlganda;
umumiy tarmoqdagi temir yoʻllarni va I hamda II toifadagi avtomobil yoʻllarini kesib oʻtish joyida yoʻldan koʻpi bilan 1000 m masofada berkituvchi qurilma yoki kesib oʻtish joyiga gaz berilishini toʻxtatuvchi boshqa qurilmalar (liniya surma qopqoqlar, GTP, GTShdan keyin bekituvchi qurilmalar) mavjud boʻlganda.
158. Tashqi gaz quvurlaridagi berkituvchi qurilmalarni erga oʻrnatilgan shkaflarga yoki toʻsiqlar ichiga, shuningdek binolarning devorlariga joylashtirish lozim.
159. Yer osti gaz quvurlarida berkituvchi qurilmalarni quduqlarda joylashtirilishi lozim.
160. Berkituvchi qurilmalarni koʻchaning odamlar yurmaydigan qismida erda toʻsiq ichi yoki shkaflarda joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
161. Quduqlarda berkituvchi armaturani oʻrnatish va almashtirishga imkon beradigan kompensatorlar boʻlishi kerak.
Quduqda I toifali yuqori bosimli gaz quvurlariga flanetsli (lappaksimon birlashtiruvchi) armatura oʻrnatishda kompensatorlar oʻrniga qiya lappaksimon birlashtiruvchi moslama qoʻyish lozim.
162. Quduqlar qurilish borayotgan joydan va korxona hududini chegaralovchi toʻsiqlardan kamida 2 m masofada boʻlishi lozim.
Transport yurmaydigan va odamlar qatnamaydigan joylarda quduqlar qopqogʻini yer sathidan balandroq qilib loyihalash kerak.
163. Binolarning devoriga oʻrnatish moʻljallangan berkituvchi qurilmalarni eshik oʻrnidan va ochiladigan deraza oʻrnidan kamida quyidagicha masofada joylashtirish kerak:
past bosimli gaz quvurlari uchun gorizontal boʻyicha — 0,5 m;
oʻrta bosimli gaz quvurlari uchun gorizontal boʻyicha — 3 m (oʻrta bosimli gaz quvurlari turar-joy binolarida zatvorining germetikligi I toifaga kiradigan sharli joʻmraklar payvandlab oʻrnatilgan boʻlsa, masofani 1 m ga qadar kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi);
GTP va GTQ binolari va II toifali yuqori bosimli gaz quvurlari uchun gorizontal boʻyicha — 5 m.
164. Berkituvchi armatura 2,2 m dan balandda joylashganda, uning tagida yonmaydigan materiallardan ishlangan zinapoyali maydoncha boʻlishi lozim.
165. Sanoat korxonalari va boshqa korxonalar hududidan oʻtadigan halqa qilib birlashirilgan taqsimlash gaz quvurlarini loyihalashtirilgan berkituvchi qurilmalarni shu korxonalar hududidan tashqarida joylashtirish lozim.
166. GTPga kiradigan va undan chiqadigan gaz quvurlarida berkituvchi qurilmalarni GTPdan kamida 5 m va koʻpi bilan 100 m masofada oʻrnatilishi lozim.
167. Binolarga birlashtirgan holda qurilgan inshootlarda joylashtirilgan GTP va shkafli GTPlarda berkituvchi qurilmalarni yer ustidan oʻtkazilgan gaz quvurlarida GTPdan kamida 5 m masofada oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
168. Suvli toʻsiqlardan oʻtadigan gaz quvurlarida ushbu ShNQning 158-bandiga muvofiq berkituvchi qurilmalarni taʼminlanganligi 10 foiz boʻlganda, qirgʻoqlarda yuqori suv gorizonti belgilaridan past boʻlmagan va muz koʻchish belgisidan yuqorida, togʻ daryolarida esa taʼminlanganlik 2 foiz boʻlganda, yuqori suv gorizonti belgisidan balandda joylashtirish kerak.
Bunda, halqa qilib birlashtirilgan gaz quvurlarida berkituvchi qurilmani ikkala qirgʻoqda, boshi berk yakka gaz quvurlarida bitta qirgʻoqda gaz kelayotgan tomondagi qirgʻoqda joylashtirish lozim.
169. Temir yoʻllar kesib oʻtiladigan joylarda berkituvchi qurilmalarni quyidagi masofada joylashtirish lozim:
boshi berk gaz quvurlarida kesib oʻtiladigan joydan gazning yoʻli boʻylab kamida — 1000 m;
halqa qilib birlashtirilgan gaz quvurlarida kesib oʻtish joyining ikkala tomonidan oʻtish joyidan koʻpi bilan — 1000 m.
14-bob. Gaz quvurlaridagi inshootlar
170. Gaz quvurlaridagi berkituvchi qurilmalar joylashtiriladigan quduqlarni yonmaydigan, namlik hamda biologik moddalar taʼsiriga chidamli materiallardan tayyorlanishi lozim.
Quduqlarning tuzilishi va materiali ularga yer osti suvlarining sizib kirmasligini taʼminlashi, shuningdek quduqlar devorining tashqi yuzasi silliq, suvalgan va togʻ qatroni gidroqoplama materiallari bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
171. Gaz quvurining quduq devori orqali oʻtadigan joylariga gʻilof kiydirilishi lozim.
172. Gaz quvurlarining tayanchlari, estakadalar, osma oʻtish joylari yonmaydigan materiallardan tayyorlanishi kerak.
173. Yer ostida joylashgan gaz quvurlarida harorat va boshqa taʼsirlar tufayli yuzaga keladigan tigʻizlikni kamaytirish, shuningdek armaturani oʻrnatish yoki qismlarga ajratish qulay boʻlishi uchun kompensatorlar oʻrnatilishi lozim.
Yer ustida joylashgan gaz quvurlarining tigʻizligini kamaytirish uchun gaz quvurlarini trassa yoʻnalishini oʻzgartirish hamda koʻchmas tayanchlar oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Gaz quvurlarida salnikli kompensator oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
174. Nazorat naylari, nazorat-oʻlchov nuqtalarining bogʻlanish uchlari, kondensat yigʻgichlarning suv chiqaruvchi naylari, gidro-zulfinlar va armaturani mexanik shikastlanishdan muhofaza qilish uchun beton, temir-beton va boshqa zaminlarga joylashtirilgan quduqchalarga oʻrnatish lozim.
175. Gaz quvuridagi inshootning joylashgan oʻrnini koʻrsatish uchun gaz quvurining tepasiga yoki uning yaqiniga (bino va inshootlar devoriga yoki maxsus belgilash ustunchalarga) koʻrsatkich taxtachalar oʻrnatilishi kerak.
15-bob. Quvurlarni yemirilishdan muhofaza qilish
176. Poʻlat gaz quvurlarini atrof-muhit va daydi elektr toklar taʼsirida yemirilishdan muhofaza qilinishi lozim.
Yer osti gaz quvurlarini yemirilishdan muhofaza qilishni GOST 9.602-2016 va ushbu bob talablari asosida loyihalash lozim.
Himoya qoplamlari sifatida qoʻllaniladigan material ushbu ShNQning 23-bobda belgilangan talablariga mos boʻlishi kerak.
177. Shaharlar, aholi yashaydigan joylar doirasida koʻchadan oʻtkaziladigan yer osti gaz quvurlarida nazorat-oʻlchov punktlari oʻrnatilishi lozim.
Ular orasidagi masofa 200 m, aholi yashaydigan hududlardan tashqarida esa 500 m boʻlishi kerak.
178. Gaz quvurlarining elektrlashtirilgan transportning temir izli yoʻllari bilan kesishish joyida (ikkitadan koʻp izli yoʻllar kesib oʻtiladigan boʻlsa, yoʻlning ikkala tomonida) chekka izdan koʻpi bilan 20 m masofa, gaz quvurlari eni 75 m dan katta suvli toʻsiqlarni kesib oʻtadigan hollarda nazorat-oʻlchov punktlari oʻrnatilishi lozim.
179. Quvur muhofazasining elektr imkoniyatlarini oʻlchash uchun gaz quvurlarida berkituvchi qurilmalar, kondensat yigʻgichlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
180. Gaz quvurlarini elektr-kimyoviy muhofaza qilishda quyidagi hollarda IFB oʻrnatilishi kerak:
gaz quvurining yerga va GTPga kirish hamda chiqish joylarida, gaz quvurining binodagi metall konstruksiyalar va muhandislik tarmoqlari orqali yer bilan elektr tutashishi imkoniyati mavjud boʻlgan binolarga kirish joyida;
gaz quvurining daydi toklar manbai hisoblangan inshootga kirish joyida;
gaz quvurlarini qismlarga boʻlishda;
gaz quvurining ayrim qismlarini boshqalaridan elektr izolatsiya qilishda.
181. Gaz quvurlari temir tayanchlarda oʻtkazilganda gaz quvurlari va tayanch oraligʻiga dielektrik material oʻrnatilishi lozim.
182. IFBni tashqi gaz quvurlarida koʻpi bilan 2,2 m balandlikda oʻrnatish lozim.
IFBdan eshik va deraza oʻrinlarigacha boʻlgan masofa ushbu ShNQning 158-bandida berkitish armaturasi uchun yoki quduqlar uchun qabul qilingani kabi, quduqlarda IFB inventar koʻtarmalar bilan IFBni shuntlash uchun quduqdan tashqarida oʻrnatiladigan bogʻlanish qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
183. Gaz quvurlarining quduqlarida joylashgan lappaksimon birlashtiruvchi birikmalar uchun doimiy bogʻlovchi elektr ulanmalar boʻlishi lozim.
184. Elektr-kimyoviy muhofaza qurilmalaridan va ularning bogʻlanish qurilmalaridan SUG sigʻimlarigacha boʻlgan masofa kamida 5 m boʻlishi kerak.
185. SUG poʻlatli sigʻimlarni yemirilishdan muhofaza qilish uchun ishlatiladigan protektorlar bevosita yashin tushishidan muhofaza qiladigan asosiy erga ulash (zazemleniye) sifatida ham qoʻllanilishi mumkin.
186. Quvurlar orasidagi poʻlat tasmadan ishlangan elektr tutashtirgichlar va poʻlat gʻiloflar (teshish usulida kiydiriladigan gʻilofdan tashqari) muhofaza qoplamasiga ega boʻlishi kerak.
187. Yer ustidan oʻtkaziladigan gaz quvurlarini havo taʼsirida yemirilishdan muhofaza qilish uchun ularga dastlabki ikki qavat boʻyoq surtilishi, soʻng qurilish borayotgan joyning tashqi havo haroratini hisobga olgan holda ikki qavat boʻyoq lok yoki emal surtish lozim.
16-bob. Polietilendan tayyorlangan gaz quvurlari
188. Metalldan ishlangan eskirgan yer osti gaz quvurlarini ularga polietilen quvurlar kiydirish (oʻrash) yoʻli bilan taʼmirlashda ushbu bobning talablarini inobatga olgan holda loyihalanishi lozim.
189. Gaz quvurlarini yotqizishda gazning bosimi va tarkibiga qarab polietilen quvurlar ishlatish mumkinligini ushbu ShNQning 61-62-bandlarida keltirilgan talablar hamda quyidagi 9-jadvalga muvofiq aniqlash lozim.

9-jadval

Gazning bosimi MPa (kgf/cm2), koʻpi bilan

Polietilen quvurlarning ishlatilish sohasi

Oʻtkazish yoʻl qoʻyiladigan gazlar

0,3 (3)

Shaharlar va boshqa aholi yashaydigan joylar hududida oʻtkaziladigan gaz quvurlari, shuningdek yer osti poʻlat gaz quvurlarini taʼmirlash uchun

GOST 5542-2014 boʻyicha tabiiy gazlar, shuningdek tarkibida aromatik va xlorlangan uglevodorodlar boʻlmagan gaz-havo aralashmalari

0,6 (6)

Qishloqlararo gaz quvurlari

GOST 5542-2014 boʻyicha tabiiy gazlar, shuningdek tarkibida aromatik va xlorlangan uglevodorodlar boʻlmagan gaz-havo aralashmalari

190. Gaz quvurlarini quyidagi hollarda polietilen quvurlardan yotqizishga yoʻl qoʻyilmaydi:
shaharlar va aholi yashaydigan joylarda choʻkuvchanligi II turga kiradigan gruntli yerlarda;
seysmikligi 6 balldan yuqori boʻlgan hududlardagi shaharlar va aholi yashaydigan joylarda;
er ustida, erda, binolarning ichida, shuningdek tonnellar, kollektorlar va kanallarda;
ushbu ShNQning 170-bandida keltirilgan sunʼiy va tabiiy toʻsiqlar orqali oʻtiladigan joylarda.
191. Seysmikligi 6 balldan yuqori boʻlgan hududlarda joylashgan shaharlar va boshqa aholi yashaydigan maydonlarda oʻrtacha zichlikdagi polietilendan tayyorlangan uzunligi boʻyicha oʻlchanadigan quvurlar quyma qizdirgichli muftalar bilan biriktiriladigan polietilen gaz quvurlari yotqizishga yoʻl qoʻyiladi.
192. Gaz quvurlari qurilishi uchun ishlatiladigan polietilen quvurlarining mustahkamlik zaxirasi koeffitsiyenti GOST 18599-2001ga muvofiq 2,5 dan kam boʻlmasligi kerak.
193. Polietilen quvurlaridan quyidagi hollarda gaz quvurlarini yotqizmaslik lozim:
aholi punktlardan (bosim 0,3 MPa dan katta boʻlganda);
aholi punktlaridan tashqarida (bosim 0,6 MPa dan katta boʻlganda);
aromat va xlorlangan uglevodorod tarkibli gazlarni tashish uchun, shuningdek SUG suyuq fazalarida;
gaz quvuri devorining harorati foydalanish sharoitida minus 15° C dan past boʻlganda.
194. Mustahkamlik zaxirasi koeffitsiyenti 2,8 va bosimi 0,3 MPa dan 0,6 MPa gacha boʻlgan polietilen gaz quvurlarini bir-ikki qavatli turar-joy binolaridan iborat aholi punktlari hududlarida yotqizishga yoʻl qoʻyiladi.
195. Muzlab koʻtarilib qoladigan yerlarda polietilen gaz quvurlari mavsumiy muzlash sathidan pastda yotqizilishi kerak.
196. Gaz quvurlarining gidravlik hisobini ushbu ShNQning 6-bobiga muvofiq ishlab chiqish lozim.
197. Past bosimli metall gaz quvurlarini taʼmirlashda past bosimli gaz quvuriga ham gidravlik hisoblash asosida polietilen oʻrta bosimli gaz quvurlar kiydirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
198. Polietilen gaz quvurlaridan bino va inshootlargacha boʻlgan tekislikdagi minimal masofani poʻlat gaz quvurlari uchun qabul qilingani kabi ushbu ShNQning 87-bandi talablarini hisobga olgan holda ShNQ 2.07.01-03ga muvofiq loyihalash kerak.
199. Tor sharoitlarda ayrim uchastkalarda ShNQ 2.07.01-03 da keltirilgan masofalarni 50 foizga qadar kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, quvurlar yaqinlashgan joylarda bino va inshootlarning har ikkala tomonga 5 m dan masofada boʻlishi va quyidagi talablardan biri bajarilishi kerak:
uzunasiga oʻlchanadigan tutashmalarsiz quvurlar ishlatish;
quyma qizdirgichli muftalar vositasida birlashtirilgan muayyan uzunlikdagi quvurlardan foydalanish;
muayyan uzunlikdagi quvurlarni poʻlat gʻilofda yotqizish;
ushbu ShNQning 87-bandiga muvofiq keladigan poʻlat quvurlarga almashtirish.
Yaqinlashish joylarida polietilen quvurlarning ochiq yotqizilgan joylari mexanik shikastlanishdan muhofazalangan, bunda metall gʻiloflar, toʻr qoplamalardan foydalanish yoki ustidan temirbeton plita bilan berkitilgan boʻlishi lozim.
200. Taʼmirlanayotgan past bosimli poʻlat gaz quvuri ichidan oʻrta bosimli (0,3 MPa gacha) polietilen gaz quvuri oʻtkazilganda quvurlardan bino va inshootlargacha boʻlgan minimal masofani past bosimli poʻlat gaz quvurlari uchun ushbu ShNQning 87-bandiga muvofiq qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Polietilen gaz quvurining payvand va boshqa birikmalari hamda uning ochiq qismlari bino va inshootlardan kamida 5 m masofada joylashgan boʻlishi kerak.
201. Polietilen gaz quvurlari bilan issiqlik tarmoqlaridan boshqa yer osti muhandislik kommunikatsiyalari orasidagi vertikal boʻyicha tekis minimal masofani ushbu ShNQning 9-bobiga muvofiq boʻlishi, issiqlik tarmoqlari uchun bu masofa polietilen quvurlar polietilenning shu markasi uchun belgilangandan yuqori haroratgacha qizib ketmaslik shartidan aniqlanishi kerak.
202. Gaz quvurini yotqizishda chuqurlik quvurning ustigacha kamida 1,0 m boʻlishi lozim.
Polietilen quvurlar kiydirib choʻziladigan metall gaz quvurlarining yotqizilish chuqurligi ushbu ShNQning 97-bandidagi talablarga mos kelishi lozim.
203. Qiyaligi 200 foizdan ortiq boʻlgan joyda gaz quvurlari yotqizishda xandaqlar yuvilib ketishining oldini olish uchun uni toʻldirishda zichligi 1,6 m3/t dan yuqori boʻlgan qum va shagʻallardan foydalanishi zarur.
204. Qiyaligi 500 foizdan ortiq boʻlgan joylarda gaz quvurlari yotqizishga yoʻl qoʻyilmaydi.
205. Gaz quvurlarini umumiy tarmoqdagi temir yoʻllar, I va II toifadagi avtomobil yoʻllari, umumiy shahar ahamiyatiga ega boʻlgan shohkoʻchalar va yoʻllar, shuningdek tekis gorizontdagi eni 25 m dan ortiq boʻlgan suvli toʻsiqlar hamda III turdagi botqoqliklar orqali oʻtkazishda ularga poʻlat quvurlar yotqizish kerak.
Umumiy tarmoqdagi temir yoʻllar va oʻtish joylarining normalarda gʻilof qoplash koʻrsatilmagan joylaridan tashqari yuqorida aytilgan barcha joylarda poʻlat gaz quvurlarini taʼmirlashda mavjud gʻiloflar turgani holda ularga polietilen quvurlar tortishga yoʻl qoʻyiladi.
206. Sanoat korxonalariga keladigan temir yoʻllarni, barcha toifadagi avtomobil yoʻllarini (ushbu ShNQning 205-bandida keltirilganlari bundan mustasno), tramvay yoʻllarini, aholi yashaydigan joy atrofidagi mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan va yuk tashiladigan shoh koʻchalarni kesib oʻtadigan gaz quvurlariga, shuningdek kollektorlar, tonnellar, kanallar hamda quduqlarning devori orqali oʻtkazishda quvurlarga metall gʻilof kiydirilishi lozim.
I va II toifadagi avtomobil yoʻllari hamda ushbu ShNQning 205-bandida keltirilgan boshqa yoʻllar orqali oʻtkaziladigan polietilen quvurlarda poʻlat gʻilof boʻlishi, bunda oʻtish joylarida oʻrtacha zichlikdagi payvandsiz va boshqa birikmalarsiz polietilen quvurlar ishlatilishi lozim.
207. Kesib oʻtiladigan joylarga gaz quvurlari yotqizish, gʻilof uchlarining uzunligi, yotqizilish chuqurligi va boshqalar ushbu ShNQning 96, 151 hamda 154-bandlarida poʻlat gaz quvurlari uchun belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi, bunda polietilen gaz quvurining yotqizilish chuqurligi barcha hollarda ham 1,0 m dan kam boʻlmasligi kerak.
208. Polietilen quvurlar gʻiloflarda yotqiziladigan joylarda va gʻilof kiydirilgan joydan ikkala tomonga 5,0 m masofada hamda ular eskirgan poʻlat gaz quvurlariga kiydirilib oʻtkaziladigan joylarda polietilen gaz quvurlarida payvandlangan va boshqa usulda biriktirilgan joylar boʻlmasligi lozim.
Ulanmagan yaxlit quvurlar yotqizishning iloji boʻlmaganida, quvurlar qoʻyma qizdirgichlari bor muftalar bilan birlashtirilishi kerak.
Uchma-uch payvandlashga yoʻl qoʻyilib, bunda payvand birikmalarning har birini fizikaviy nazorat usullari bilan tekshirish lozim.
209. Polietilen va poʻlat quvurlarning quvurlar orasidagi joyiga ishlatilayotgan aloqa, telemexanika, telefon, elektrdan muhofaza qilishning drenaj kabelini yotqizishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ushbu kommunikatsiyalar taʼmirlanayotgan poʻlat gaz quvuri bilan uning gʻilofi orasida yotqizilishiga yoʻl qoʻyiladi.
210. Polietilen quvurlardan gʻilof qilishga yoʻl qoʻyiladi. Quvurlarning yoʻl ostidan oʻtkazilish chuqurligi kamida 1,5 m boʻlishi lozim.
211. Polietilen gaz quvurlari armatura va uskunalar poʻlat gaz quvurlari kabi boʻlishi kerak. Gruntda (quduqsiz) polietilen joʻmraklarni gʻilofda yoki boshqa muhofaza qurilmasida, tagiga yumshoq material solib joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
212. Gaz quvurlarining binolarga kiradigan joylari poʻlat quvurlardan ishlangan boʻlishi lozim.
213. Bino poydevoridan polietilen gaz quvurigacha boʻlgan masofa boʻlishi kerak:
past bosimli gaz uchun kamida — 1,0 m;
oʻrta bosimli gaz uchun — 4,0 m.
214. Polietilen quvurlarni GTPga va kombinatsiyalashgan (murakkab) bosim rostlagichlariga ulanadigan joygacha sokoldan kiritishga, shuningdek polietilen quvurlarni yer ustidan oʻtadigan metall gaz quvurlariga ulash yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, polietilen quvurning chiqish joyi yer sirtidan 0,8 m balandlikda oʻrnatilgan hamda u birikish tuguni bilan birgalikda metall gʻilofga oʻralgan boʻlishi kerak.
215. Bitta xandaqga ikkita va undan ortiq polietilen gaz quvurlarini, shuningdek polietilen quvur bilan poʻlat gaz quvurini birgalikda yotqizishga yoʻl qoʻyiladi.
Gaz quvurlari orasidagi masofa ularni montaj qilish va taʼmirlashga imkon beradigan boʻlishi kerak.
216. Bosimi 0,6 MPa gacha boʻlgan polietilen gaz quvurlarini poʻlat gaz quvurlari bilan birlashtiradigan joylarni ajraladigan (flanetsli) va ajralmaydigan (ogʻzi kengaytirilib biriktirilgan) qilishga yoʻl qoʻyiladi.
217. Qismlarga ajraladigan birikmalarni quduqlarda, ajralmaydigan birikmalarni erda yoki quduqlarda joylashtirish kerak.
218. Zadvijka va kompensatorlarsiz yakka flanetsli birikmalarni bevosita gruntga metall gʻilofda joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
219. Qismlarga ajralmaydigan birikmalarni bosimi 0,3 MPa dan oshmaydigan gaz quvurlariga oʻrnatilishi lozim.
220. Polietilen gaz quvurlariga shoxobchalarni polietilendan yasalgan biriktirish detallari yordamida yoki poʻlat quvurlar vositasida biriktirish lozim.
Oʻzaro tutashtiruvchi poʻlat quvurning uzunligi kamida 0,8 m boʻlishi kerak.
221. Bir xil diametrli polietilen quvurlardan boshqa diametrli quvurlarga oʻtishda, shuningdek gaz quvurlarining burilish joylarida polietilendan yasalgan biriktirish detallarini qoʻyish lozim.
222. Polietilendan yasalgan tutashtiruvchi detallar boʻlmaganida gaz quvurlarining burilish joylarida agar quvurning diametri 63 mm va undan kam boʻlsa radiusi tashqi quvur diametridan kamida 25 barobar katta boʻlgan elastik burilish qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Shuningdek, diametri 63 mm gacha boʻlgan past bosimli gaz quvurlari uchun polietilen quvurlarida kamida 3 barobar katta boʻlgan elastik burilish qilishga yoʻl qoʻyilishi, bunda quvurlarni qaynoq holda bukish lozim.
223. Gaz quvurlari temir yoʻllar, tramvay yoʻllari, avtomobil yoʻllari, kanallar, kollektorlar va tonnellarni kesib oʻtishda polietilen gaz quvurlarining metall gʻiloflarining bir uchida nazorat naychalari chiqarib qoʻyilishi lozim.
224. Polietilen quvurlarning erdan chiqarilgan joylarida, tikka yer usti qismlarida, qismlarga ajraladigan birikmalarning quduqsiz joylashgan joylarida va ustiga polietilen kiydirilib tortilgan gaz quvuri boʻlimining bir uchida ham nazorat naylari oʻrnatish kerak.
225. Payvand birikmalarsiz quvur tortilganda va boʻlimning uzunligi 150 m dan katta boʻlmaganda nazorat nayi oʻrnatmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
226. Polietilen gaz quvurlarini qoyali yerlarda, choʻkuvchanligi I va II turdagi gruntlarda, oʻrtacha gʻovakli va shagʻal aralashgan IV toifadagi gruntlarda, shuningdek poʻlat gaz quvurlarini taʼmirlashga polietilen quvurlarni ochiq joylarga yotqizishda gaz quvurlari ostiga qumli erdan yoki yirik zarrachalari (koʻpi bilan 2,0 mm) bor gʻovakmas gruntdan kamida 10 cm qalinlikda toʻshash va ustidan xuddi shu gruntdan kamida 20 cm qalinlikda solish kerak boʻladi.
227. Aholi yashaydigan joylardan tashqarida polietilen gaz quvurlarining yoʻlini belgilash uchun bir-biridan koʻpi bilan 500 m masofada, shuningdek, burilishlarda, shoxobchalar ajralgan joylarda va nazorat naylari joylashgan joylarda bildiruvchi belgilar oʻrnatishni yoki gaz quvuri boʻylab kesimi 2,5 — 4,0 mm² boʻlgan izolatsiyalangan (qoplamali) alyuminiy yoki mis sim yotqizilishi lozim.
228. Gaz quvuri oʻtgan yoʻlni belgilash uchun izolatsiyalangan (qoplangan) simdan foydalanilganda identifikatsion belgilarni simning erdan chiqarilgan joylariga va nazorat naylari oʻrnatilgan joylarigagina oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Identifikatsion belgilarni gaz quvuri oʻqidan 1 m masofada gazning yoʻli boʻylab oʻng tomonga joylashtirish lozim.
229. Gaz quvurlarini polietilen quvurlardan yotqizishni loyihalashda ularning ilonizi shaklida yotqizilishi lozim.
230. Quvur materialini va payvand birikmalarni sifatini nazorat qilish maqsadida ozroq kesib olinishini hisobga olgan holda quvurlarni 10 foizgacha qoʻshimcha uzunlikda olinishi lozim.
231. Polietilen quvur kiydirib tortish yoʻli bilan taʼmirlanadigan gaz quvurlari alohida qismlar (seksiyalar) bilan chegaralangan boʻlishi, ularning polietilen quvur bilan poʻlat quvur birlashgan uchlari tekislab berkitilishi lozim.
Shunday ulanadigan qismlarning uzunligi oʻramdagi (barabandagi) yaxlit quvurlarning uzunligini hisobga olgan holda belgilanadi va 150 m dan kam boʻlmasligi kerak.
232. Gaz quvuri oʻtadigan joyning mahalliy sharoitlariga, gaz quvurini taʼmirlashning qabul qilingan texnologiyasiga, qurishlarning zichligi va qavatliligiga ham boshqalarga bogʻliq ravishda quyidagi talablar bajarilganda, seksiyalarning uzunligini 500 m gacha oshirishga yoʻl qoʻyiladi:
payvand birikmalari kam boʻlgan (3 donagacha) quvurlar ishlatish;
quyma qizdirgichli muftalar bilan biriktiriladigan muayyan oʻlchamdagi quvurlar ishlatish;
uchma-uch payvandlab biriktirilgan muayyan uzunlikdagi quvurlar ishlatish, bunda payvand birikmalarni nazoratning fizik usullari bilan tekshirib koʻrish.
233. Katta uzunlikdagi seksiyalar uchun gaz chiqayotganligini bildiruvchi signalizatorlar oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
234. Metall gaz quvurlarini qayta tiklanayotgan seksiyalarni biriktirish joylarida, bir xil diametrdagi quvurlardan boshqa diametrli quvurlarga oʻtishda, qismlarga ajralmaydigan birikmalar oʻrnatishda, burilishlarda, shuningdek poʻlat gaz quvurlarining polietilen quvurlar tortishga imkon bermaydigan chetki qismlarida polietilen quvurlarni ochiq (poʻlat gaz quvuridan tashqarida) yotqizishga yoʻl qoʻyiladi.
235. Shaharlar hududidan oʻtkaziladigan, taʼmirlanadigan gaz quvurlarining yangidan loyihalanadigan va ochiq qismlarida shu joydan gaz quvuri oʻtganligi sababli ehtiyot boʻlish lozimligini ogohlantiradigan belgilar (gaz quvurining tepasidan 0,25 m masofada yuvilib ketmaydigan “Gaz” soʻzi yozilgan polietilen signal lentasi va boshqalar) qoʻyilishi kerak.
Muhandislik kommunikatsiyalarini kesib oʻtiladigan joylarda ogohlantirish belgilarini qoʻyish lozim.
Polietilen gaz quvurlarining 1,0 m dan kamroq chuqurlikda joylashtirilgan va yoʻllar ostidan oʻtkazilgan ochiq qismlari yer ishlarini bajarishda shikastlanishdan muhofaza qilingan boʻlishi kerak.
236. Polietilen quvurlarning taʼmirlanayotgan poʻlat gaz quvurining ichki diametriga nisbatan maksimal tashqi diametrini kamida quyidagicha boʻlishi lozim:
payvand birikmalarsiz oʻramlardan foydalanilganda — 20 mm dan kichik;
alohida quvurlardan payvandlab tayyorlangan oʻramlardan foydalanilganda — 40 mm dan kichik.
237. Poʻlat gaz quvurlarini taʼmirlashda polietilen gaz quvurlarining orasiga qoʻyiladigan poʻlat qistirmalar, kirish joylaridagi va boshqa metall qismlarining elektrokimyoviy korroziyalanishdan muhofaza qilinishi lozim.
17-bob. Gaz bosimini tartibga solish punktlari (GTP) va gaz bosimini tartibga solish qurilmalarini (GTQ) loyihalash
1-§. GTPning joylashuvi
238. GTP quyidagi joylarga oʻrnatilishi lozim:
binolar yoniga qurilgan yordamchi binolarga;
bir qavatli ishlab chiqarish binolari yoki qozonxonalar yoniga;
birlashtirib (taqab) qurilgan binolarga;
alohida turgan binolarga;
gazlashtirilgan binolarning tashqi devorlariga yoki yonmaydigan materialdan ishlangan alohida turgan tayanchlarga oʻrnatilgan shkaflarga;
olovbardoshlik darajasi I va II darajali boʻlgan gazlashtiriladigan ishlab chiqarish binolarining yonmaydigan issiqlik saqlovchi qoplamalarida.
239. GTPni turar-joy va jamoat binolarining (ishlab chiqarish tasnifidagi binolar bundan mustasno) yoniga qurilgan inshootlarga, shuningdek binolarning yertoʻlasiga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
240. Aholi yashaydigan joylarda alohida turadigan GTPni (shkafga va tayanchlarga oʻrnatiladigan) yashil oʻsimliklar zonasiga, turar joy kvartallarining ichida 10-jadvalda keltirilgandan oʻlchamlardan kam boʻlmagan masofada joylashtirish lozim.

10-jadval

Bosim

Alohida turgan GTPdan quyidagi bino va inshootlargacha gorizontal boʻyicha masofa (m)

Gazning GTPga kirish bosimi, MPa (kgf/cm2)

Bino va inshootlar

Temir yoʻllar va tramvay yoʻllari (eng yaqin izgacha)

Avtomobil yoʻllari (chekkasigacha)

Havodan elektr uzatish simlari

0,6 (6,0) gacha

10

10

5

Tayanch balandligiga nisbatan kamida 1,5

0,6 (6,0) dan 1,2 (12,0) gacha

15

15

8

Bu ham

Izoh:
1. Masofani bino yoki GTP shkafining tashqi devoridan, uskunalar ochiq maydonchaga joylashtirilganda, toʻsiq chetidan hisoblash kerak.
2. Jadval talablari alohida turgan binolar yoki alohida turgan tayanchlar shkaflarida joylashgan gaz sarfini hisobga olish uzellariga ham taalluqli.
Gazning bosimi 0,3 MPa gacha boʻlganda alohida turuvchi GTP dan bino va inshootgacha boʻlgan masofa meʼyorlanmaydi.
241. Tor sharoitlarda ayrim uchastkalarda keltirilgan bino va inshootlardan masofani 30 foizga qadar kamaytirishga yoʻl qoʻyilishi, bunda GTPning gaz berish quvvati 10000 m³/h oshmasligi kerak.
242. Gazning kirish bosimi 0,6 MPa (6,0 kgf/cm²) boʻlgan GTPni olovbardoshlik darajasi I va II boʻlgan ishlab chiqarish binolarning G va D toifadagi xonalari yoniga, shuningdek gazlashtiriladigan qozonxonalar, hammomlar, kirxonalar, kimyoviy tozalash korxonalari hamda shunga oʻxshash boshqa obyektlarning alohida turgan binolari yoniga joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
243. Gazning kirish bosimi 0,6 MPa (6,0 kgf/cm²) dan yuqori boʻlgan GTPni olovbardoshlik darajasi kamida I va II boʻlgan ishlab chiqarish binolari va qozonxonalarning texnologiya sharoitlariga koʻra, shu bosimdagi gazdan foydalanish zarur boʻlgan G va D toifadagi xonalari yoniga joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
244. GTP joylashtiriladigan yordamchi binolar asosiy binoning gaz oʻtkazmaydigan orqa tomonidagi yaxlit devoriga tutashtirilgan boʻlishi kerak.
245. Yoniga yordamchi bino qurib GTP joylashtirish moʻljallangan ishlab chiqarish binolarining olovbardoshlik darajasi va xonalarining portlash-yonishga chidamlilik toifasi ushbu ShNQning 243-bandida keltirilgandek boʻlishi zarur.
Ushbu binolarga birlashtirib (taqab) qurilgan GTPda gazning kirish bosimi 0,6 MPa (6,0 kgf/cm²) dan koʻp boʻlmasligi lozim.
246. Shkafli GTPni olovbardoshlik darajasi kamida III darajali boʻlgan gazlashtiriladigan ishlab chiqarish binolarining (qozonxonalarning), qishloq xoʻjaliklari, ishlab chiqarish tasnifidagi maishiy xizmat korxonalari binosining tashqi devoriga (yonuvchan isitgichli va metall qoplamli panellardan qurilgan devorlardan tashqari) oʻrnatish lozim, bunda gazning GTPga kirishdagi bosimi 0,6 MPa (6,0 kgf/cm²) gacha boʻlishi kerak.
247. Shkafli GTPni bino devoriga boʻlgan masofa quyidagicha boʻlishi lozim:
shkafdan deraza, eshiklargacha gorizontal boʻyicha masofa gazning kirishdagi bosimi 0,3 MPa (3,0 kgf/cm²) boʻlganda kamida — 3,0 m;
gazning kirishdagi bosimi 0,3 MPa dan 0,6 MPa gacha (6,0 kgf/cm²) boʻlganda kamida — 5,0 m;
vertikal boʻyicha shkafdan deraza oʻrnigacha boʻlgan masofa kamida — 5,0 m.
248. Gazning GTPga kirishdagi bosimi 0,3 MPa (3,0 kgf/cm²) boʻlganda GTP shkaflarini turar-joy binolarining devoriga oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, GTP shkafidan deraza, eshikkacha boʻlgan masofa kamida 3,0 m boʻlishi kerak.
249. Uydagi rostlagichlardan deraza, eshik oʻrnigacha boʻlgan masofani 1,0 m gacha qisqartirishga yoʻl qoʻyiladi.
Shkafli GTP va uy rostlagichlarini balkonlar tagiga oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Aholi yashash punktlaridan tashqarida GTP shkaflarini shamollatiladigan toʻsiqlarda yonmaydigan materiallardan 1,6 m balandlikda oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
250. GTPning alohida turuvchi binolari bir qavatli va olovbardoshlik darajasi I, II hamda tomi birlashtirilgan boʻlishi kerak.
GTP barcha xonalarining gʻisht devor va poydevorlarining bir-biriga tutashgan chetlari tishlatilib ishlangan boʻlishi lozim.
GTP xonalarini bir-biridan ajratuvchi devorlarini I turdagi yongʻindan muhofazalangan va gaz oʻtkazmaydigan shaklda loyihalash kerak.
Gʻishtdan terilgan ajratuvchi devorlarni ikkala tomonidan suvash lozim.
Yordamchi xonalardan binodan tashqariga chiqish uchun texnologik xonalar bilan bogʻlanmagan alohida eshik boʻlishi kerak.
Ajratuvchi devorlarda, shuningdek GTP bilan tutash binolarning devorlarida moʻrilar hamda ventilatsiya kanallari loyihalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
251. Alohida turgan, asosiy binolarga birlashtirib (taqab) qurilgan GTP rostlagichlarning xonasi A toifadagi binolar uchun ShNQ 2.09.02-19 va ShNQ 2.01.02-04 talablariga javob berishi kerak.
GTP xonasini isitish zarurligini iqlim sharoitlariga, oʻtkazilayotgan gazning namligiga va ishlatilayotgan uskunalarning konstruksiyasiga hamda nazorat-oʻlchov asboblarining tuzilishiga bogʻliq holda aniqlash lozim.
252. Issiqlik tashuvchining maksimal harorati 1300 dan yuqori boʻlmasligi, gaz uskunalari hamda NOʻA joylashgan xonalarda havo harorati kamida +50° C boʻlishi kerak.
253. GTPga mahalliy isitgich oʻrnatishda isitish qurilmasini izolatsiyalangan hamda tashqariga eshigi boʻlgan xonaga joylashtirish kerak.
Ushbu xona texnologik xonalardan, shuningdek GTPning boshqa xonalaridan gaz oʻtkazmaydigan, olovbardoshlik chegarasi kamida 2,5 h boʻlgan yaxlit devorlar bilan ajratilgan boʻlishi lozim.
254. Isitish qurilmasiga gaz keladigan quvurda va isitish tizimining quvurlarida rostlagichlar turgan bino devorlaridan oʻtish joylarida gaz kirishiga imkoniyat bermaydigan salnikli zichlagichlar hamda boshqa turdagi zichlagichlar boʻlishi kerak.
255. Shkafli GTPni isitish uchun portlash-yongʻin chiqish xavfsizligi taʼminlangan taqdirda gaz goryelkalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
256. GTPning barcha xonalarida tabiiy va sunʼiy yoritilishni, doimo ishlab turadigan, havoning 1 h da kamida uch marta almashinishini taʼminlaydigan tabiiy ventilatsiya taʼminlangan boʻlishi lozim.
2-§. GTQning joylashuvi
257. GTQni gazning kirish bosimi 0,6 MPa (6,0 kgf/cm²) va rostlash liniyasi koʻpi bilan ikkita boʻladigan qilib loyihalash lozim.
258. Gazlashtiriladigan binolarda GTQ qozonxona va sexlarning gazdan foydalanadigan agregatlari turadigan xonalarda gaz quvuri kirgan joyga yaqin joylarga yoki shu xonalar yonidagi hamda ular bilan ochiq tutashgan va havo 1 h da kamida uch marta almashinadigan xonalarga joylashtirish kerak.
259. GTQni A va B toifadagi xonalarga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
GTQni avtomatik yongʻin oʻchirish tizimi va ishlab chiqarish talablariga javob beradigan, uzluksiz ishlaydigan sunʼiy ventilatsiya bilan jihozlangan taqdirda “V” toifadagi xonalarga ham joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Shkafli GTQni bevosita qozonxonalarga yoki sexlarning gazdan foydalanadigan agregatlari mavjud xonalarga joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
260. GTQ qurilmalari mexanik shikastlanishdan muhofazalangan, GTQ joylashtirilgan joy esa yoritilgan boʻlishi kerak.
261. GTQni zinapoyalar ostiga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
262. Gazni bitta GTQdan bitta binoning boshqa xonalarida joylashgan va bitta korxona hududidagi alohida turgan binolardagi gazdan foydalanadigan agregatlarga berishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, bu agregatlar gazning bir xil bosim rejimida ishlaydigan boʻlishi lozim.
3-§. GTP va GTQ uskunalari
263. GTP va GTQda quyidagilar boʻlishi kerak:
filtr, saqlovchi berkitish klapani (SBK);
gaz bosimi rostlagichi;
saqlovchi chiqarish klapani (SChK);
berkituvchi armatura;
nazorat-oʻlchov asboblari (NOʻA);
gaz sarfini hisobga olish asboblari;
aylanma gaz quvurlari (baypaslar) qurilmasi.
264. Shkafli GTPlarda SChKni shkaf tashqarisiga oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
265. Ishlab chiqarish sharoitlariga koʻra gaz uzluksiz berilishi lozim boʻlsa, sanoat korxonalarining GTP va GTQda SBK oʻrnatmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, gaz bosimining yoʻl qoʻyilgan chegaradan ortib yoki kamayib ketganligi haqida xabar beruvchi signalizatsiya oʻrnatilishi lozim.
Agar korxonaga gaz GTP orqali yuboriladigan boʻlsa va gaz quvurining GTPdan GTQgacha boʻlgan uzunligi 1000 m dan ortiq boʻlmaganda GTQda filtrlar oʻrnatish zarur.
266. Aylanma gaz quvurida (baypasda) ketma-ket joylashgan ikkita berkitish qurilmasi joylashtirilishi lozim.
267. Aylanma gaz quvurining diametri gaz bosimi rostlagichi klapanining egari diametridan kichik boʻlmasligi kerak.
Gazning kirish bosimi 0,6 MPa dan (6,0 kgf/cm²) katta va gaz oʻtkazish qobiliyati 5000 m³/h dan yuqori boʻlgan GTP uchun baypas oʻrniga qoʻshimcha zaxira rostlash liniyasi oʻtkazilishi lozim.
268. GTP va GTQda bosim rostlagichini isteʼmolchilar sarflaydigan gazning hisobiy maksimal miqdori va talab qilinadigan bosim farqi asosida tanlash kerak.
Bosim rostlagichining eng katta bosim chegarasini gazning hisobiy maksimal sarfidan 15 — 20 foiz ortiq qabul qilish lozim.
269. Sanoat korxonalarining GTPda gazning maksimal hisobiy sarfi 50000 m³/h boʻlganda rostlovchi qurilma sifatida rostlovchi klapanlar ishlatishga yoʻl qoʻyiladi.
270. SKBni bosim rostlagichidan oldinda oʻrnatish kerak.
271. SChKdan oldin berkituvchi qurilma boʻlishini moʻljallash kerak.
272. SChK chiqarib yuborishi lozim boʻlgan gaz miqdorini quyidagicha aniqlanadi:
bosim rostlagichidan oldin SBK boʻlganida quyidagi formuladan:
Q> 0,0005Qd;
Bu erda:
Q — SChK bir h davomida chiqarib yuborish lozim boʻlgan gaz miqdori, m³/h (0° C va 0,10132 MPa bosimda);
Qd — bosim rostlagichining hisobiy oʻtkazish qobiliyati (0° C va 0,10132 MPa bosimda).
Bosim rostlagich oldida SBK boʻlmaganida, quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanadi:
zolotnikli klapanlari bor bosim rostlagichlari uchun
Q > 0,01∙Qd;
elektron rostlagichli rostlovchi klapanlar uchun
Q > 0,002∙Qd;
273. GTPda (GTQ) bir-biriga parallel ravishda bir necha bosim rostlagichlari oʻrnatish zarur boʻlganda SChK chiqarib yuborishi kerak boʻlgan gazning miqdorini quyidagi formuladan aniqlash lozim:
Q1 > Q∙n
Bu erda:
Q1 — SChK bir h davomida chiqarib yuborishi lozim boʻlgan gazning umumiy miqdori, m³/ h (0° C va 0,10132 MPa da);
Q — gaz bosimi rostlagichlarining soni, dona;
n — SChK bir soat davomida har qaysi rostlagichdan chiqarib yuborishi lozim boʻlgan gaz miqdori, m³/h (0° S va 0,10132 MPa da).
274. GTQ va GTPda gazning kirish va chiqish bosimi hamda haroratini koʻrsatuvchi va qayd qiluvchi asboblar oʻrnatilishi, shkafli GTPda qayd qiluvchi asboblar oʻrnatilmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
275. Gaz sarfi hisobga olinmaydigan GTP va GTQda haroratni oʻlchash uchun qayd qiluvchi asbob boʻlmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
276. GTTJABT va TM tarkibiga kiruvchi GTPda hamda boshqa GTQ va GTPda ularning funksional vazifasi hamda gaz taʼminoti tizimida joylashgan oʻrniga qarab gaz bosimini qayd qiluvchi asboblar (datchik) oʻrnatmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
277. GTP va GTQda xavo bilan tozalash va chiqarib yuborish quvurlari boʻlishi lozim.
278. Havo bilan tozalash quvurlarini quyidagicha joylashtirish kerak:
kiruvchi gaz quvurida birinchi berkituvchi qurilmadan keyin;
aylanma gaz quvurida (baypasda) ikkita berkituvchi qurilmalar orasida;
gaz quvurining profilaktik koʻzdan kechirish va taʼmirlash ishlari uchun berkitib qoʻyiladigan uskunali qismlarida.
279. Tozalash quvurining shartli diametri kamida 20 mm boʻlishi kerak.
280. Bir xil bosimli tozalash quvurlarini umumiy tozalash quvuriga birlashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
281. SChKdan gazni oluvchi chiqarib yuborish quvurining shartli diametri klapanning chiqish nayining shartli diametriga teng yoki katta boʻlishi kerak.
282. Havo bilan tozalash va chiqarib yuborish quvurlarini tashqariga gazning tarqalishi uchun xavfsiz boʻlgan joyga chiqarish hamda bino peshtoqidan kamida 1,0 m balandda boʻlishi lozim.
283. Quvurlarning uchlarida suvlarning quvurlarga tushishining oldini oladigan qurilma boʻlishi lozim.
284. Shkafli GTP SChKdan va tayanchlarga oʻrnatiladigan uygʻunlashgan (kombinatsiya) bosim rostlagichlaridan gaz oluvchi quvurlarni yer sathidan kamida 4,0 m balandlikda, shkafli GTP va murakkablashgan bosim tartiblagichlari bino devoriga joylashtirilganda esa bino peshtoqidan 1,0 m balandda boʻlishi kerak.
285. Elektr signalli NOʻAlarni binoning portlash xavfi bor zonasidan tashqarida yonmaydigan materiallardan tayyorlangan shkafda yoki GTP xonasining yongʻindan muhofaza qilingan devorida joylashtirilishi lozim.
Mazkur xonaga impulsli gaz quvurlarini ajratgich qurilmalar orqali kiritish kerak.
286. Ajratgich qurilmalari konstruksiyasi NOʻA xonasiga gaz kirmasligini taʼminlashi lozim.
287. Ajratgich qurilmalarning oʻrniga har qaysi impulsli gaz quvurida teshigining diametri koʻpi bilan 0,3 mm boʻlgan drosellash shaybalari oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
288. Impulsli gaz quvurlarida drosellash shaybalarini gaz sarfini oʻlchagichga oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
289. Impulsli gaz quvurlari NOʻA xonasini ajratib turadigan devor orqali oʻtgan joylarda gaz kirishga yoʻl qoʻymaydigan salnik (mustahkamlovchi halqali) zichlagichlar qoʻyilishi lozim.
290. GTP xonasiga kiriladigan asosiy yoʻlakning va GTQga xizmat koʻrsatiladigan yoʻlakning kengligi eng kamida 0,8 m boʻlishi kerak.
291. Balandligi 1,5 m dan yuqorida joylashgan uskunalarga xizmat koʻrsatish uchun tutqichli zinapoyalari bor maydonchalar loyihalashtirilishi lozim.
292. Yoʻllarda (kanallarda) armatura, uskunalar, shuningdek flanetsli va rezbali birikmalar oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
293. GTPning kirish va chiqish gaz quvurlarini yer ustidan binolarning tashqi devori orqali gʻilof kiydirilgan holda oʻtkazilishi lozim.
294. Yer osti kirish va chiqish gaz quvurlarini ushbu ShNQning 8-bobi talablariga muvofiq yotqizish kerak.
295. GTPning elektr uskunalari va elektr bilan yoritilishini Elektr qurilmalarini oʻrnatish qoidalari talablariga va ushbu bobda belgilangan talablarga muvofiq loyihalash lozim.
296. Aholi yashaydigan joylardagi GTPning elektr taʼminotini ishonchliligi jihatdan 3-toifaga kiritish lozim.
297. GTP uchun II toifadagi yashindan muhofaza qurilmasi boʻlishi lozim.
298. GTP binosiga elektr bilan taʼminlash va aloqa tarmoqlarini II toifadagi yashindan muhofaza qilish obyektlaridagi kabi kabel bilan kiritish kerak.
299. Telefon aloqa mavjud boʻlsa, telefon apparatini rostlagichlar turgan xonadan tashqarida yoki binoning tashqarisida bekiladigan qutida oʻrnash lozim.
300. Telefon apparatini rostlagichlar turgan xonaning bevosita oʻzida portlashdan muhofaza qilingan holda oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
4-§. Murakkab tartiblagichlarni joylashishi
301. Murakkab gaz bosimi tartiblagichlarini yonmaydigan materiallardan yasalgan tayanchlarga yoki olovbardoshlik darajasi III dan kam boʻlgan gazlashtirilgan binolarning tashqi devorlariga oʻrnatish kerak.
Ushbu tartiblagichlarni metall qoplangan va orasiga yonuvchan isitgich solingan panelli devorlarga yoki binolarning ichiga (turar-joy binolari va ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlmagan binolar bundan mustasno) oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
302. Murakkab bosim tartiblagichiga gazning kirish bosimi quyidagilardan katta boʻlmasligi kerak:
turar-joy binolari va ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlmagan jamoat binolari uchun gazlashtirilgan binolarning devoriga oʻrnatilganda 0,3 MPa (3,0 kgf/cm²) alohida turgan tayanchga oʻrnatilganda 0,6 MPa (6 kgf/cm²);
sanoat korxonalari (qozonxonalar) uchun binolarning devoriga oʻrnatilganda 0,6 MPa (6,0 kgf/cm²) va alohida turgan tayanchga oʻrnatilganda 1,2 MPa (12,0 kgf/cm²).
303. Murakkab bosim tartiblagichlarini gaz quvurining yotiq qismida koʻpi bilan 2,2 m balandlikda oʻrnatish lozim.
304. Bino devoriga oʻrnatilgan murakkab bosim tartiblagichidan deraza, eshik va boshqalargacha boʻlgan masofa quyidagilardan kam boʻlmasligi lozim:
gazning tartiblagichga kirishdagi bosimi koʻpi bilan 0,3 MPa (3,0 kgf/cm²) boʻlganda tik holda 1,0 m va yotiq holda 3,0 m;
tartiblagichga kirishdagi gaz bosimi 0,3 Mpa;
3,0 kgf/cm² dan katta boʻlganda tik holda 3,0 m va yotiq holda 5,0 m.
305. Murakkab bosim tartiblagichlarini balkonlar ostiga oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
306. Tayanchga oʻrnatilgan murakkab bosim tartiblagichidan bino va inshootlargacha boʻlgan masofani bosimdagi gaz quvuridan shu binolargacha boʻlgan masofa kabi qabul qilish lozim.
307. Murakkab bosim tartiblagichlarini gazlashtirilgan ishlab chiqarish binolari ichiga joylashtirishda mazkur ShNQning 257 — 261-bandlaridagi talablarga amal qilish lozim.
18-bob. Gaz taʼminotining ichki qurilmalari.
1-§. Umumiy talablar
308. Ushbu bobdagi talablar turli maqsadlarga moʻljallangan bino va inshootlarning ichida joylashtiriladigan gaz quvurlari hamda gaz uskunalarini loyihalashga tatbiq etiladi.
309. Bino va inshootlarning ichki gaz taʼminoti loyihalari OʻzDSt-734:2023 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
310. Gazda ishlovchi uskunalar (plita, suv isitish qozonlari, isitgich va boshqalar) oʻrnatilishi lozim boʻlgan xonalardagi gaz quvurlariga SO, SO2, SN4 va is gazi konsentratsiyasini oʻlchovchi hamda gazni manbadan yopish klapani bilan jihozlangan avtomatik gazosignalizatorlar oʻrnatilishi lozim.
2-§. Gaz quvurlarini yotqizish
311. Bino va inshootlar ichiga yotqiziladigan gaz quvurlari mazkur ShNQning 23-bobi talablariga javob beradigan poʻlat quvurlardan yotqizilishi kerak.
312. Koʻchma agregatlar, gaz goryelkalari (yongʻich), gaz asboblari, NOʻA va SUG avtomatika asboblarini va balonlarini gaz quvurlariga rezinadan va rezina aralashgan gazlamadan tayyorlangan yenglar yordamida ulashga yoʻl qoʻyiladi.
313. Eng tanlashda ularning berilgan bosim va haroratda oʻtayotgan gazga chidamli boʻlishi lozim.
Bunda, shlanglarning ichki diametri 10 mm dan kam boʻlmagan, uzunligi 1,5 m dan oshmagan va “gaz” soʻzi bilan markalangan boʻlishi lozim.
314. Gaz hisoblagichlar, issiqlik taʼminoti va issiq suv taʼminoti qozonlari hamda gaz plitalarni qoʻp qavatli uylarda, shuningdek tor sharoitlarda oʻrnatishda hisoblagichlarni quvurlarga ulash joylarida egiluvchan metall quvurlardan foydalanishga ruxsat etiladi.
Metall quvurlar ikki tomonlama muftalar bilan mustahkamlanganda, u qoʻshimcha rezbali va payvandlangan boʻgʻinlarga ega boʻlmasligi kerak.
315. Quvurlarni bir-biriga ulashda payvandlab biriktirish kerak.
Faqat berkituvchi armatura, gaz asboblari, NOʻA, bosim rostlagichlari oʻrnatiladigan joylardagina qismlarga ajraladigan (rezbali va flanetsli) birikmalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
316. Gaz quvurlarining qismlarga ajraladigan birikmalari oʻrnatilgan joylar ularni koʻzdan kechirish va taʼmirlashga imkon beradigan boʻlishi kerak.
317. Bino va inshootlarning ichida gaz quvurlarini ochiq holda oʻtkazilishi lozim.
SUG gaz quvurlari va turar-joy binolari hamda ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlmagan jamoat binolari ichidan oʻtkazilgan gaz quvurlaridan tashqari barcha gaz quvurlarini devorlarning ariqchalaridan oʻtkazib, ustini oson olinadigan, havo almashtirish uchun teshiklari mavjud shitlar (toʻsiq) bilan berkitib qoʻyilishi lozim.
318. Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish binolarida, shuningdek qozonxonalarda, ishlab chiqarishga moʻljallangan maishiy xizmat koʻrsatish va umumiy ovqatlanish korxonalari hamda tajribaxonalarning binolarida alohida agregatlarda va gaz asboblariga keladigan gaz quvurlarini yaxlit qurilmali poldan oʻtkazilishi hamda ustini sement qorishmasi bilan tekislab berkitish kerak.
Bunda, quvurlarni suv taʼsiriga chidamli moyli yoki nitroemal boʻyoqlar bilan boʻyab qoʻyish lozim.
319. Gaz quvurining polga kirish va chiqish joylariga gʻiloflar kiydirilishi, bunda gʻiloflarning uchi poldan kamida 5,0 cm chiqib turishi zarur.
320. Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish binolarida gaz quvurlarini poldagi ariqchalarga yotqizib, ustidan qum toʻkish va plitalar bilan berkitib qoʻyilishi lozim.
Ariqchalarning tuzilishi gazning pol tagiga tarqalishiga yoʻl qoʻymaydigan boʻlishi kerak.
321. Ishlab chiqarish sharoitiga koʻra ariqchalarga quvurlarning korroziyalanishiga sabab boʻladigan moddalar tushishi ehtimoli boʻlgan joylarda gaz quvurlarini ariqchalarga yotqizishga yoʻl qoʻyilmaydi.
322. Gaz quvurlari yotqizishga moʻljallangan ariqchalar boshqa ariqchalar bilan kesishmaydigan boʻlishi lozim.
323. Ariqchalar bir-biri bilan kesishishi zarur boʻlganda zichlovchi tutashtirgichlar oʻrnatishni va gaz quvurlarini poʻlat quvurlardan hamda gʻilofda yotqizilishi zarur.
324. Gʻiloflarning uchlari tutashtirgichlar chegarasidan ikkala tomonga 30 cm dan chiqib turishi kerak.
325. Gaz quvurlarini umumiy tayanchlarda boshqa quvurlar bilan birgalikda yotqizishda ularni boshqa quvurlardan tepada, koʻzdan kechirish va taʼmirlashga imkon beradigan masofada joylashtirish lozim.
326. Gaz quvurlarini gazdan foydalanilmaydigan ishlab chiqarish binolari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazishga past va oʻrta bosimli gaz quvurlari uchungina yoʻl qoʻyiladi.
327. Quyidagi hollarda gaz quvurini oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi:
yongʻin chiqish hamda portlash xavfi boʻyicha A va B toifaga kiruvchi xonalarda;
xonalarning portlash xavfi bor zonalarda;
portlovchi va yonuvchi materiallar saqlanadigan omborxonalarda;
podstansiyalar va taqsimlash qurilmalari joylashgan xonalarda;
ventilatsiya kameralari, shaxtalar va kanallarda;
liftlarning shaxtalarida;
chiqindi yigʻiladigan xonalarda;
moʻrilarda;
korroziyalanishi ehtimoli boʻlgan xonalarda;
agressiv moddalar taʼsir etishi ehtimoli boʻlgan joylarda;
qaynoq holdagi yonish mahsulotlari, qizigan yoki suyuqlangan metall tegishi ehtimoli boʻlgan joylarda.
328. Havo harorati 3 °C dan pasayishi ehtimoli boʻlgan xonalardan oʻtkaziladigan nam gaz oʻtadigan quvurlarda yonmaydigan materiallardan tayyorlangan issiqlik izolatsiyasi boʻlishi kerak.
329. Sanoat va qishloq xoʻjaligi korxonalarida ishlab chiqarish xonalaridagi gaz quvurlarida quyidagi joylarda berkituvchi qurilmalar boʻlishini loyihalash lozim:
gaz quvurining xonaga kirish joyida;
har qaysi agregatga boradigan shoxobchalarda;
yongʻichlar va oʻt oldirgichlar oldida;
havo bilan tozalash quvurlarida;
gaz quvurlariga birikkan joylarda.
Ariqchalarga, beton polga yoki devor ariqchalariga yotqizilgan gaz quvurlariga armatura oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
330. Turar-joy binolarida gaz quvurlarini odamlar turmaydigan xonalardan oʻtkazish kerak.
Mavjud va taʼmirlanadigan turar-joy binolarida past bosimli gaz quvurlarini odamlar turadigan xonalardan toʻgʻri oʻtkazib yuborishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, odamlar turadigan xonalardan toʻgʻri oʻtkazib yuboriladigan gaz quvurlarida rezbali birikmalar va armatura boʻlmasligi kerak.
Turar-joy xonalarida, sanuzellarda gaz quvurining ustunlarini qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi.
331. Turar-joy va jamoat binolaridan (umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari bundan mustasno) oʻtkazilgan gaz quvurlarining quyidagi joylarida berkituvchi qurilmalar oʻrnatilishi kerak:
besh va undan koʻp qavatga xizmat qiladigan ustunlarda;
hisoblagichlar oldidan (agar hisoblagichlarni uzib qoʻyish uchun gaz kirish joyidagi berkituvchi qurilmadan foydalanib boʻlmasa);
har qanday gaz asbobi, pechka yoki qurilma oldidan;
isitish pechkalari yoki asboblarga gaz keladigan shoxobchalarda.
332. Ovqat pishiriladigan qozonlar, isitish pechkalari va shunga oʻxshash uskunalarga keladigan gaz quvurlarida ketma-ket ikkita berkituvchi qurilma oʻrnatilishi lozim:
umumiy uskunani oʻchirish uchun;
yongʻichlarni oʻchirish uchun.
333. Qurilmada yongʻichlar oldidan berkituvchi qurilma qoʻyilgan gaz asboblariga (gaz plitalari, suv isitgichlar, pechka goryelkalari va boshqalarga) keladigan gaz quvurlarida bitta berkituvchi qurilma oʻrnatish lozim.
334. Ustunlarni (stoyaklarni) uzib qoʻyish uchun moʻljallangan qurilmalarni binoning tashqarisiga oʻrnatish zarur.
335. Gaz quvurlari havo almashtirish panjaralarini, deraza va eshik oʻrinlarini kesib oʻtmaydigan boʻlishi lozim.
336. Ishlab chiqarish xonalarida shisha blokli yorugʻlik tushadigan joylarni quvur kesib oʻtishiga, shuningdek gaz quvurlarini ochilmaydigan derazalar kesakisi boʻylab oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
337. Gaz quvurlari bilan xona ichida joylashgan elektr taʼminoti muhandislik kommunikatsiyalari orasidagi masofani ular bir-biriga yaqinlashadigan va kesishadigan joylarda Elektr qurilmalarini oʻrnatish qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.
338. Odamlar oʻtadigan joylarda gaz quvurlarini erdan quvurning tagigacha, issiqlikni muhofaza qilish qoplamasi boʻlganda qoplamaning tagigacha kamida 2,2 m boʻladigan balandlikda oʻtkazish lozim.
339. Ochiq oʻtkaziladigan gaz quvurlarini binolarning devorlariga, ustunlarga va bino ichidagi qavatlararo yopmalarga, qozonlar, boshqa ishlab chiqarish agregatlarining sinchlariga kronshteynlar, qisqichlar, qayrilma qoziqlar yoki ilmoqlar yordamida va gaz quvurini hamda unga oʻrnatilgan armaturani koʻzdan kechirish va taʼmirlashga imkon beradigan masofada mahkamlanishi zarur.
Shuningdek, burilish, tarmoqlanish va armaturalash joylarida gaz quvurlarini mahkamlanishi kerak.
340. Nam gaz oʻtadigan gaz quvurlarini (past bosimli SUG bugʻ fazasidan tashqari) kamida 3 foiz qiya qilib oʻtkazish lozim.
341. Qurilish qurilmalari kesishadigan joylarda tik gaz quvurlarini gʻilof kiydirib yotqizish, gʻilof uchlarining kamida 10 cm joyini smola shimdirilgan losk yoki boshqa elastik materiallar bilan zich qilib berkitish kerak.
342. Gʻilofning uchi poldan kamida 5 cm chiqib turishi, bunda gʻilof uchining diametri gaz quvuri bilan gʻilof orasidagi doiraviy tirqish belgilangan diametri 32 mm dan kam boʻlgan gaz quvurlari uchi kamida 5 mm va katta diametrli gaz quvurlari uchun 10 mm boʻladigan qilib tanlanishi kerak.
343. Ichki, xandaqlarga yotqiziladigan gaz quvurlarini boʻyash lozim. Boʻyash uchun suv taʼsiriga chidamli lok-boʻyoq materiallar boʻlishi kerak.
344. Gaz asboblari va gaz yonuvchi qurilmalarini gaz quvurlariga mahkam qilib biriktirish lozim.
345. Gaz quvurlariga gaz asboblari, tajribaxona goryelkalari, sanoat korxonalarining sexlarida oʻrnatiladigan koʻchma gaz yongʻichli qurilmalar hamda agregatlarni berkituvchi joʻmrakdan keyin rezina aralashgan gazlamadan tayyorlangan yenglar yordamida ulashni loyihalashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
346. Maishiy gaz asboblari va tajribaxona goryelkalarini gaz quvuriga ulaydigan rezina-gazlamali yenglarda ulangan joylar boʻlmasligi kerak.
347. Sanoat korxonalari (qozonxonalar), ishlab chiqarish xususiyatli maishiy xizmat koʻrsatish korxonalaridagi gaz quvurlarida gaz kirgan joydan eng uzoq joylashgan qismlarida, shuningdek har qaysi agregatga boradigan shoxobchalarda gazning yoʻli boʻylab eng oxirgi berkituvchi qurilmadan oldin havo bilan tozalash quvurlari boʻlishi kerak.
348. Gaz bosimi bir xil boʻlgan gaz quvurlaridagi havo bilan tozalash quvurlarini birlashtirishga yoʻl qoʻyiladi (zichligi havoning zichligidan katta boʻlgan gazlar uchun moʻljallangan havo bilan tozalash quvurlari bundan mustasno).
Havo bilan tozalash quvurining diametri kamida 20 mm boʻlishi kerak.
349. Namuna olish uchun oʻt oldirgich ulanadigan shtutsyerdan foydalanishning iloji boʻlmasa, berkituvchi qurilmadan keyin havo bilan tozalash quvurida namuna olish uchun joʻmrakli shtutser oʻrnatish kerak.
Alohida hollarda (kesish va payvandlash joylari, kichikroq sanoat pechkalari uchun) diametri 32 mm dan katta boʻlmagan gaz quvurida havo bilan tozalash quvurlari oʻrniga yaxlit qopqoqli berkitish qurilmasi oʻrnatish lozim.
350. Havo bilan tozalash quvurlarining uchlaridan oqova havo almashtiruvchining berkituvchi qurilmasigacha boʻlgan masofa kamida 3 m boʻlishi kerak.
3-§. Turar-joy binolarining gaz taʼminoti
351. Turar-joy binolariga gaz plitalarning balandligini kamida 2,2 m boʻlgan oshxonalarga joylashtirilishi, bunda oshxonada darchali (framugali) deraza, havo almashtirish yoʻli (moʻri) hamda tabiiy yoritilish mavjud boʻlishi zarur.
Gaz plitasi oʻrnatiladigan oshxonaning ichki hajmi quyidagicha boʻlishi lozim:
2 ta yongʻichli gaz plitasi oʻrnatilganda.......8 m3;
3 ta yongʻichli gaz plitasi oʻrnatilganda.......12 m3;
4 ta yongʻichli gaz plitasi oʻrnatilganda .......15 m3.
352. Mavjud turar-joy binolarida gaz plitalarini quyidagi hollarda oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi:
balandligi kamida 2,2 m va hajmi mazkur ShNQning 533-bandida keltirilganidan kam boʻlmagan oshxonalarda, ularda havo almashtirish yoʻli boʻlmasa va moʻridan shunday yoʻl sifatida foydalanishning iloji boʻlmasa ham derazasining yuqori qismida darchali (fortochka) yoki framugali koʻzi boʻlganda;
derazasi bor shaxsiy foydalaniladigan yoʻlaklarda, bunda plita bilan qarama-qarshi devor orasida eni kamida 1,0 m oʻtadigan joy va turar-joy xonalari esa yoʻlakdan zich toʻsiqlar va eshik bilan ajratilgan boʻlganda.
Oʻrta qismining balandligi kamida 2,0 m boʻlgan qiya shipli xonalarda gaz uskunalarini oshxonaning balandligi kamida 2,2 m boʻlgan tomoniga oʻrnatilishi lozim.
353. Turar-joy binosidan tashqarida joylashgan binolarga gaz asboblarini (gaz plitalari, isitish asboblari va boshqalar) oʻrnatish mumkin boʻlgan xonalar asboblar joylashtirishga moʻljallangan turar joy binolariga qoʻyiladigan talablarga mos boʻlishi kerak.
354. Koʻp qavatli turar-joy binolarida gaz plitalari va gazli suv isitish uskunalarini joylashtirishga 16 qavatgacha (16-qavat ham) yoʻl qoʻyiladi.
Funksional yongʻin xavfi boʻyicha F1.3 sinfga kiruvchi gazlashtirilgan binolar avtomatik yongʻin haqida xabar berish tizimlari bilan jihozlanishi lozim.
355. Qattiq yoki suyuq yoqilgʻiga moʻljallangan, zavodda tayyorlangan kichik oʻlchamli isitish qozonlarini gaz yoqilgʻiga oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
Gaz yoqilgʻiga oʻtkaziladigan isitish qurilmalari mazkur ShNQning 23-bobida belgilangan talablarga muvofiq xavfsizlik avtomatikasi bor gaz-yongʻich qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
356. Gaz asboblarini moʻrilarga birlashtirishda QMQ 2.04.05-97 talablarga muvofiq boʻlishi, gaz asboblaridan chiqib ketayotgan gazlarning harorati 500° C dan yuqori boʻlmaganida moʻrilarni asbotsement quvurlardan tayyorlashga yoʻl qoʻyiladi.
357. Umumiy issiqlik quvvati 30 kW gacha boʻlgan suv isitgichlar, isitish qozonlari va isitish asboblarini oshxonalarga hamda mazkur ShNQning 368, 369-bandlaridagi talablarga javob beradigan xonalarga oʻrnatilishi, bunda mazkur asboblarni vannaxonalarga oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
358. Mavjud turar-joy binolarida umumiy issiqlik quvvati 30 kW gacha boʻlgan isitish gaz asboblari mazkur ShNQning 368 va 369-bandlaridagi talablarga muvofiq shaxsiy foydalanish yoʻlaklariga oʻrnatishni moʻljallashga yoʻl qoʻyiladi.
359. Gaz goryelkalari yoki armaturaning chiqib turgan qismlaridan qarama-qarshi devorgacha boʻlgan masofa kamida 1,0 m boʻlishi kerak.
360. Turar-joy binolarida gaz qozonlari (suv isitgichlar), ularning isitish va issiq suv taʼminoti uchun umumiy issiqlik quvvati 30 kW dan 150 kW gacha boʻlganda, quyidagi talablarga muvofiq alohida xonalarga joylashtirish lozim:
balandligi 2.2 m dan kam boʻlmagan;
hajmi va yuzasi qurilmalarni joylashtirish va ishlatish uchun qulay boʻlgan va hajmi 15 m3 dan kam boʻlmagan;
tabiiy yorugʻlik mavjud boʻlgan xona hajmining har bir 1 m3 ga 0.03 m3 oynali deraza hisobidan;
gazning yoqilishi uchun qozonlarning (suv isitgichlarning) 1 kW umumiy quvvatiga nisbatan 0.005 m2 boʻlgan tirik kesimning umumiy yuzasi hisobidan oynali derazada yoki tashqi devorda yopilmaydigan tuynuk yoki panjarali tuynuk boʻlishi lozim.
Gaz quvurining toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtxonaga kirishi taʼminlanishi kerak.
361. Xonalarning qurilish konstruksiyalari bilan maishiy gaz plitalari va isitish uskunalari orasidagi masofa bu uskunalarning pasporti yoki yoʻriqnomalari boʻyicha hisoblanishi zarur.
362. Maishiy gaz plitalarini oʻrnatish ularning pasporti yoki yoʻriqnomalarida alohida koʻrsatmalar mavjud boʻlmagan holda quyidagicha boʻlishi lozim:
gaz plitasini yongʻinga chidamli materialli devordan (yon tomondagi devordan) 6,0 cm uzoqlikda;
yonuvchi materiallar ishlatilgan devorlarning plitani oʻrnatish qismlari yonmaydigan materiallar bilan izolatsiya qilinishi (gips, qalinligi kamida 3 mm boʻlgan tom yopish tunikasi);
devor izolatsiyasi poldan boshlanib plita oʻlchamlaridan har tomondan 10 cm va yuqori qismidan kamida 80 cm katta boʻlishi.
363. Isitish va issiq suv taʼminoti uchun devorga oʻrnatiladigan gaz uskunasini oʻrnatish ularning pasporti yoki yoʻriqnomalarida alohida koʻrsatmalar mavjud boʻlmagan holda quyidagicha boʻlishi lozim:
yongʻinga chidamli materialli devordan (yon tomondagi devordan) 2,0 cm uzoqlikda;
yonmaydigan materiallar bilan izolatsiya qilingan (gips, qalinligi kamida 3 mm boʻlgan tom yopish tunikasi) qiyin yonuvchi va yonuvchi materialli devordan kamida 3,0 cm uzoqlikda;
izolatsiya gaz uskunasining korpus oʻlchamlaridan 10 cm ga va yuqoridan 70 cm ga chiqib turishi.
364. Xonadonlarni isitish uchun polda oʻrnatiladigan gaz uskunasi bilan yongʻinga chidamli materialli devor orasidagi masofa kamida 10 cm, izolatsiya qilinmagan qiyin yonuvchan va yonuvchan materiallardan yasalgan devorlardan 25 cm dan ortiq masofada oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
365. Oqava suv isitgich bilan gaz plitaning chiqib turgan qismlari orasidagi gorizontal masofani kamida 10 cm boʻlishi lozim.
366. Oshxonaga gaz plitasi va oqava suv isitgich oʻrnatishda oshxonaning hajmini ushbu ShNQning 351-bandiga muvofiq boʻlishi kerak.
367. Oshxonaga gaz plitasi va sigʻimli suv isitgich, gaz plitasi bilan isitish qozoni yoki isitish apparati (xonani isitish va suv isituvchi) oʻrnatishda oshxonaning hajmi ushbu ShNQning 365-bandida keltirilgan hajmdan 6,0 m3 katta boʻlishi zarur.
368. Yonish mahsulotlarini moʻriga chiqarib yuborish moʻljallangan gaz bilan suv isitgich, shuningdek isitish qozoni yoki isitish asbobi joylashtiriladigan xonaning balandligi kamida 2,0 m, hajmi bitta asbob joylashtirilganda kamida 7,5 m3, ikkita isitish asbobi joylashtirilganda esa kamida 13,5 m3 boʻlishi kerak.
369. Qozonlar, asboblar va gaz bilan suv isitgichlar oʻrnatiladigan oshxona yoki xonada havo almashtirish yoʻli boʻlishi, havo kelib turishi uchun qoʻshni xonaga chiqiladigan eshik yoki devorning pastki qismida eshik bilan pol orasida kesimi kamida 0,02 m2 boʻlgan panjara oʻrnatilishi yoki tirqish qoldirilishi lozim.
370. Gaz asboblarini binoning yertoʻla xonalarida, SUG gaz taʼminotida esa har qanday binoning yarim yertoʻla xonalarida va sokol qavatlarida joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
371. Turar-joy binolaridagi yertoʻlalarga isitish gaz uskunalari joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, quyidagilar bajarilishi lozim:
xonaga toʻgʻridan-toʻgʻri gaz quvurlarini kiritilishi;
xona tabiiy yoritilgan boʻlishi;
xonada boshqa xonalar bilan bogʻlovchi eshik, deraza va boshqalar boʻlmasligi;
tashqariga ochiladigan eshik orqali koʻchaga (hovliga) chiqadigan alohida yoʻl boʻlishi;
gaz taʼminoti esa tabiiy gazdan amalga oshirilishi.
372. Isitish va isitish-pishirish pechkalarini gaz yoqilgʻiga oʻtkazishga quyidagilar bajarilganda yoʻl qoʻyiladi:
pechkalar, moʻri hamda havo almashtirish yoʻllari gaz yoqilgʻiga oʻtkaziladigan isitish pechkalari tuzilishi QMQ 2.04.05-97 talablariga muvofiq boʻlganda;
isitish va isitish-pishirish pechkalarining oʻtxonalariga oʻrnatilgan gaz goryelkalari GOST 16569-86 talablariga muvofiq holda xavfsizlik avtomatikasi bilan jihozlanganda.
373. Gazlashtiriladigan pechkalarning oʻtxonalari yoʻlak yoki odamlar yashamaydigan xona tomonida boʻlishi lozim.
374. Gazlashtirilgan isitish va isitish-pishirish pechkalarining oʻtxonalari chiqarilgan tomondagi xonalarda soʻrma havo almashtirish yoʻli yoki darchali deraza yoxud odamlar yashamaydigan xonaga yoki yoʻlakka chiqiladigan eshik boʻlishi lozim.
Pechka oldida eni kamida 1,0 m keladigan yoʻlak boʻlishi lozim.
Gazlashtirilgan pechkali isitish xonalarida sunʼiy ishlaydigan tashqariga tortuvchi ventilatsiya qurilmalarini oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
375. Isitish pechkalarining yoqilgʻisi gaz yoqilgʻisiga oʻtkazilganda pechkalarni oʻtxonalarini yuqori haroratda erimaydigan, olovga bardoshli gʻisht bilan gʻiloflash kerak.
376. Turar-joy binolarida bugʻli isitish tizimi qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
377. Koʻp kvartirali uylarni qayta loyihalash, qayta tiklash va qayta uskunalashda qoʻshimcha ravishda shaxsiy isitish qozonlarini va gaz yonilgʻisida ishlaydigan issiq suv taʼminoti uskunalarini oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
378. Ushbu ShNQning 18-bobi 3-paragrafida keltirilmagan maishiy gaz asboblarini joylashtirish shartlari va ishlatish mumkinligini aniqlash asboblarning vazifasi, ularning issiqlik yuklamasi, yonish mahsulotlarini chiqarib yuborish zarurligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
4-§. Jamoat binolarining gaz taʼminoti
379. Gaz uskunalari va SUG balonlarini yotoqxonalar, maktabgacha taʼlim tashkilotining xonalari, kafelarning ovqatlanish va savdo qilish zallari, oshxonalar, restoranlar, kasalxona palatalari, auditoriyalar, oʻquv yurtlarining sinflari, foyelar, madaniy-maʼrifiy va tomosha muassasalarining tomosha zallari va odamlar ommaviy yigʻiladigan boshqa xonalar tagiga oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
380. Maktablarda, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ovqat pishirish, isitish va issiq suv tayyorlash uchun gaz asboblarini oʻrnatish asosiy binodan mazkur ShNQning 351, 355, 368, 369 va QMQ 2.04.05-97 talablari bajariladigan uzoqlikda joylashgan alohida turgan binolarda yoʻl qoʻyiladi.
381. Yotoqxonalarda, qariyalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning uylarida elektr plitalar oʻrnatishi lozim.
382. Gaz uskunasini oʻrnatish nazarda tutilgan xonada tabiiy yorugʻlik tushib turadigan va doimiy ishlaydigan oqava-soʻrma havo almashtirgich boʻlishi lozim.
383. Umumiy ovqatlanish korxonalarida bir-biriga bevosita yaqin oʻrnatilgan gaz asboblari guruhidan yonish mahsulotlarini bitta soyabon ostiga yoʻnaltirish, shuningdek soʻrma havo almashtirgich bilan jihozlangan yigʻma moʻriga ulashga yoʻl qoʻyiladi.
384. Maishiy gaz plitalari hamda boshqa gaz asboblarni oʻrnatilishda mazkur ShNQning 351, 355, 361 — 364, 366, 368 va 371-bandlardagi talablar bajarilishi lozim.
385. Qattiq yoki suyuq yoqilgʻida ishlashga moʻljallangan ovqat pishirish qozonlari va plitalari, qaynatgichlar va boshqalarni gaz yoqilgʻiga oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda gaz yongʻich qurilmalari mazkur ShNQning 23-bobda nazarda tutilgan talablarga mos kelishi kerak.
5-§. Ishlab chiqarish qurilmalari va qozonlarning gaz taʼminoti
386. Yakka qozon agregatining quvvati 420 GJ/h dan katta (100 Gcal/h dan katta) boʻlgan ishlab chiqarish qozonlarini va isitish qozonxonalarining gaz uskunalarini loyihalashda mazkur ShNQning 19-bobidagi talablarga amal qilish lozim.
387. Mavjud qozonlarni qattiq yoki suyuq yoqilgʻidan gaz yoqilgʻiga oʻtkazishda issiqlik oqimining hajmiy zichligi, moʻrilar kesimining yetarliligi, tutun-soʻrgʻichlar va puflash havo almashtirgichlarining ish unumdorligi hamda bosimini hisoblash yoʻli bilan bajarish kerak.
388. Elektr energiyasi va issiqlikni aralash holda ishlab chiqaruvchi gazdan foydalanish uskunasi toʻsiq devorlarining himoyalovchi konstruksiyalari mavjud boʻlgan, shuningdek olovbardoshlik darajasi II darajadan past boʻlmagan, olovbardoshlik darajasining eng kam chegarasi 45 daqiqaga va olovning konstruksiyalar boʻyicha tarqalishi chegarasi nolga teng boʻlgan masofadagi alohida ajratilgan xonada joylashtirilishi lozim.
389. Elektr energiyasi va issiqlikni aralash holda ishlab chiqaruvchi gazdan foydalanish uskunasi oʻrnatilgan xona quyidagilar bilan jihozlanishi lozim:
shovqinni yutuvchi uskunalar;
xonaga kirish joyida oʻrnatilgan avtomatik berkitish organi bilan bloklangan, xavflilik signali dispetcherlik pultiga uzatiladigan gaz koʻpayib ketishini nazorat qilish va yongʻin signalizatsiyasi tizimlari.
390. Elektr energiyasi va issiqlikni aralash holda ishlab chiqaruvchi gazdan foydalanish uskunasi bilan taʼminlashda dvigatellarni ulash (obvyazka) GOST 21204-97ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Gaz quvurlarida puflash quvurlari tizimi boʻlishi kerak.
391. Sanoat qurilmalari, gaz yoqilgʻidan foydalanadigan bugʻ va suv isitish qozonlarining gaz yongʻich qurilmalari ushbu ShNQning 23-bobida keltirilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
392. Gazni ishlatish uskunalarining gaz goryelkalari va ishlab chiqarish binolarining qozonlari va qozonxonalar oldida gaz bosimini taʼminlash uchun gaz tarmoqlarida regulyator-stabilizatorlarni oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
393. Gaz goryelkalari yoki armaturaning chiqib turadigan qismidan binoning devorlari va boshqa qismlarigacha, shuningdek inshoot va uskunalargacha boʻlgan masofa tekislik boʻylab kamida 1,0 m boʻlishi lozim.
394. Gaz goryelkalarini oʻt oldirish va ularning ishlashini kuzatish uchun qopqoqli teshiklar qoʻyilishi kerak.
395. Tayyor gaz-havo aralashmasi beriladigan yongʻichlardan oldin, shuningdek metallni qirqish va payvandlash goryelkalariga kislorod keltirishda gaz kelayotgan quvurga alanga kirishining oldini olish uchun olov toʻsqichlari oʻrnatish kerak.
396. Gaz yoqilgʻida ishlaydigan qozon qurilmalarida va ularning moʻrilarida portlash toʻsqichlari boʻlishi kerak.
397. Tutun gazlari gʻisht bilan oʻralgan moʻridan toʻgʻri chiqib ketadigan, tik silindrsimon, lokomobillar va parovoz turidagi qozonlar uchun, shuningdek tutun soʻrgʻichlar oldidagi dudburonlarda portlashdan saqlash klapanlari oʻrnatmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
398. Sanoat pechkalarida va ularning moʻrilarida portlash toʻsqichlari oʻrnatish zarurligini hamda portlash klapanlari oʻrnatiladigan joyni va ularning sonini texnologik loyihalash normalari asosida aniqlash lozim.
399. Bitta portlash toʻsqichining yuzasini kamida 0,05 m2 boʻlishi kerak.
400. Portlashdan saqlash toʻsqichlarini oʻtxonaning va moʻrining yuqori qismlarida va gaz toʻplanishi ehtimoli boʻlgan boshqa joylarda oʻrnatish lozim.
401. Portlash toʻsqichlarini xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun xavfsiz boʻlgan joylarga oʻrnatishning imkoni boʻlmaganida, toʻsqich tasodifan ishlab ketgan taqdirda muhofaza qiladigan qurilmalar boʻlishi lozim.
402. Sanoat, qishloq xoʻjaligi korxonalarining hamda ishlab chiqarish xususiyatiga ega maishiy xizmat koʻrsatish korxonalarining qozonxona sexlarida gazlashtirilgan xonalarga havoning almashib turishiga doir qoʻshimcha talablar qoʻyilmaydi.
403. Sanoat korxonalariga odorantlanmagan gaz berilganda gazlashtirilgan, gaz quvuri yotqizilishi moʻljallangan xonalar havosida gaz koʻpaytirib ketganligini bildiruvchi signalizatsiya qoʻyish lozim.
404. Gazlashtiriladigan qozonlar NOʻA, xavfsizlik avtomatikasi va avtomatik rostlash qurilmasi bilan jihozlanishi lozim.
405. Gazlashtiriladigan ishlab chiqarish agregatlari quyidagilar bilan jihozlanishi lozim:
gazning yoʻli boʻyicha oxirgi berkitish qurilmasidan keyingi yongʻichda yoki yongʻichlar guruhida va agregatda gaz bosimini;
oxirgi shiber yoki droselli toʻsqichdan keyingi yongʻichlardagi va havo almashtirgichlardagi havoning bosimini;
oʻtxonadagi va dudburonning shibergacha boʻlgan joyidagi havoning siyraklanishini oʻlchash uchun NOʻA.
406. NOʻAni oʻlchanadigan parametr (koʻrsatgich) rostlanadigan joyga yoki asboblar oʻrantiladigan maxsus shitga joylashtirish lozim.
407. Asboblar shitiga (taxtasi) asboblarni oʻrnatishda bir necha nuqtalardagi parametrlarni oʻlchash uchun uzib-ulagichli bitta asbobdan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
408. Gazlashtiriladigan ishlab chiqarish agregatlari quyidagi hollarda gaz berilishini toʻxtatuvchi xavfsizlik avtomatikasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim:
gazning bosimi belgilangan darajadan oshib ketganida;
ishchi yongʻichlarda yoki blok qilib birlashtirilgan yongʻichlar guruhida alanga oʻchib qolganida;
oʻtxonada siyraklanish kamayganida (tutun soʻrgʻichlar yoki injeksion yongʻichlar bilan jihozlangan agregatlar uchun);
havo bosimi pasayganida (havo bosim ostida beriladigan yongʻichlar bilan jihozlangan agregatlar uchun).
409. Nominal issiqlik quvvati 5,6 kW dan kam boʻlgan ishlab chiqarish agregatlari, alohida yongʻichlar yoki blok qilib birlashtirilgan yongʻichlar guruhi uchun xavfsizlik avtomatikasining boʻlishi talab qilinmaydi.
410. Gaz uzluksiz berib turilishi zarur boʻlgan ishlab chiqarish agregatlari uchun xavfsizlik avtomatikasi tizimidagi gaz berilishini toʻxtatuvchi moslama oʻrniga nazorat qilinadigan parametrlar (koʻrsatkich) oʻzgarganligi haqida xabar beruvchi signalizatsiyadan foydalanish lozim.
411. NOʻA va avtomatika asboblarini gazning bosimi 0,1 MPa (1,0 kgf/cm2) dan katta boʻlgan gaz quvurlariga poʻlat quvurlar yordamida ulash kerak.
412. NOʻAga boradigan shoxobchalarda berkituvchi moslamalar oʻrnatish lozim.
Gazning bosimi 0,1 MPa (1,0 kgf/cm2) gacha boʻlganida NOʻAni uzunligi 1,0 m gacha boʻlgan rezina yoki rezina-gazlamali yenglar, shuningdek ushbu ShNQning 311 — 314-bandlaridagi rezina naylar yordamida ulash lozim.
6-§. Infraqizil nurlanish goryelkalari
413. Infraqizil nurlanish goryelkalari ushbu ShNQning 23-bobida keltirilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Infraqizil nurlanish goryelkalari mustahkam oʻrnatilgan qurilmalarda ham koʻchma qurilmalarda ham ishlatishga yoʻl qoʻyiladi.
414. Infraqizil nurlanish goryelkalaridan pasport talablari va ishlab chiqaruvchi zavodlar yoʻriqnomalariga muvofiq foydalanish quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
ishlab chiqarish inshootlari ish joylari va zonalarini isitishda;
ochiq maydonlardagi ish joylari va zonalarini (perronlar, sport inshootlari) isitishda;
bino va inshootlar konstruksiyalarini, xonalarini hamda bino va inshootlarni qurish jarayonida gruntni isitishda;
chorvachilik binolari va xonalarini isitishda;
tarkibida oson yonuvchan va portlovchan moddalar boʻlganlaridan tashqari materiallar va uskunalarni texnologik isitishda;
ochiq va yarim ochiq maydonlardagi qor erishi tizimlarida, binolar va inshootlar tomlarini isitishda.
415. Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar doimiy boʻlishi zarur boʻlmagan hollarda isitishga moʻljallangan infraqizil nurlanish goryelkalari isitish tizimlarini yongʻichning alangasi oʻchib qolganida gaz berilishini toʻxtatadigan avtomatika bilan jihozlanishi lozim.
416. Xonalardan tashqarida oʻrnatiladigan infraqizil nurlanish goryelkalarini avtomatika bilan jihozlash zarurligini yongʻichlarni joylashtirish va ishlatishning muayyan sharoitlarga (Infraqizil nurlanish goryelkalarining texnologik vazifasi 2,2 m dan yuqori balandlikka oʻrnatilgan yongʻichlarni oʻt oldirish, xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning mavjudligi) asoslanib loyihalash jarayonida aniqlanishi lozim.
417. Portlash va yongʻin xavfi jihatdan A, B, V toifalarga kiradigan ishlab chiqarish xonalarida, omborxonalarda va yengil metall qurilmalaridan ishlanib, devorining orasiga yonuvchan va qiyin yonadigan isitgich toʻldirilgan xonalarda, usti somon va qamish bilan yopilgan xonalarda, shuningdek yertoʻla xonalarida infraqizil nurlanish goryelkalari oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
418. Infraqizil nurlanish goryelkalaridan xonalarning yonuvchan va qiyin yonadigan ashyolardan qurilgan qurilmalarigacha (shift, deraza, eshik kesakilari) boʻlgan masofa nurlantirish yuzasining harorati 900° C va undan kam boʻlganda kamida 1,25 m boʻlishi kerak.
419. Yongʻich tepasidagi yonuvchan materialdan qurilgan shift yoki boshqa qurilmani yonmaydigan material (asbest ustiga qoplangan temir tunka, asbotsement list) bilan qoplab himoyalash lozim.
420. Ochiq elektr simi infraqizil nurlanish goryelkalari va xizmat koʻrsatish zonasidan kamida 1,0 m masofada boʻlishi kerak.
421. Infraqizil nurlanish goryelkalari oʻrnatilishi moʻljallangan xonadagi havo almashuvini ish zonasidagi SO2, NO2 larning yoʻl qoʻyiladigan konsentratsiyasi shartidan kelib chiqib hisoblash lozim.
422. Havoni soʻrish qurilmalarini nurlantirgichlardan (yongʻichlardan) yuqorida, oqava havo almashish qurilmalarini yongʻichlar nurlanadigan xonadan tashqarida joylashtirishni moʻljallash lozim.
423. Infraqizil nurlanish goryelkali isitish tizimi mahalliy ventilatsiya tizimi bilan tutashtirilgan boʻlishi bunda ventilatsiya tizimi ishlamayotgan holatda isitish tizimini ishga tushirish va ishlashiga imkoniyat yaratilmasligi kerak.
7-§. Gaz hisoblagichlarni oʻrnatish
424. Gaz taʼminoti obyektlarida gaz sarfining hisobi yuritilishi lozim.
Gaz bilan taʼminlanadigan turar-joylarda, shuningdek issiqxonalar, hammomlar va tomorqa uchastkalarida inshootlarni gazlashtirishda gaz quvuriga gaz sarfi hisobini yuritish uskunasi oʻrnatgan holda har bir abonent tomonidan gaz sarfining hisobi yuritilishi kerak.
425. Gaz sarfining hisobini yuritish jihozlari quyidagi joylarda joylashtirilishi lozim:
GTPda;
gazlashtirilayotgan xonada;
gazlashtirilayotgan turar-joyning tabiiy ventilatsiyaga ega noturar-joy xonasida;
gazlashtirilayotgan xonaga tutash boʻlgan va u bilan ishlab chiqarish binosining ochiq joyi va qozonxona orqali birlashtirilgan xonada;
binodan tashqarida.
426. Gaz hisoblagichlarini quyidagi joylarda oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi:
yoʻlaklarda, olovbardoshlik darajasining II dan past boʻlmagan, tabiiy oqimli chiqarish ventilatsiyaga ega oynavand verandalarda;
usadba turidagi turar-joylarning kapital devorlarida.
427. Hisoblagichlarni xonadan tashqarida oʻrnatilishiga uning texnik koʻrsatkichlari havoning manfiy haroratlarida foydalanishga yaroqli boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.
428. Gaz hisoblagichidan gaz uskunalarigacha yonlamasiga boʻlgan masofa 1,0 m dan kam boʻlmasligi kerak.
429. Boʻylamasiga poldan (erdan) hisoblagichning quyi qismigacha boʻlgan masofa 1,5 — 1,8 m ga teng boʻlishi lozim.
430. Hisoblagichni xona ichida issiqlik va nam ajratish zonasidan tashqarida (plita, rakovina), tabiiy shamollatiladigan joylarda oʻrnatish lozim.
431. Hisoblagichdan gaz uskunasigacha boʻlgan masofa hisoblagich pasportida koʻrsatmalariga muvofiq qabul qilinishi, pasportda yuqoridagi talablar koʻrsatilmagan hollarda odatda isitish gazdan foydalanish jihozigacha (sigʻimli va oqimli suv isitgich, isitish va isitish-qaynatish pechkasi, issiqlik generatori), restoran plitasi, pishirish qozonigacha 1,0 m (radiusi boʻylab) masofada oʻrnatilishi kerak.
432. Koʻp qavatli turar-joy binolari xonadonlarida membranali gaz hisoblagich va gaz bosimini moslashtiruvchi uskunalarini balkonlarda hamda lodjiya xonalarida oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
433. Koʻp qavatli turar joy binolarining alohida isitish tizimi bilan jihozlangan xonadonlarda gaz hisoblagichlarni oʻrnatishda hisoblagichdan polgacha boʻlgan balandlik 0,6 — 1,8 m boʻlganda hisoblagich va yopiq yonish kamerali qozonlar orasidagi masofani 0,2 m etib qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
434. Hisoblagichning ochiq oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
435. Hisoblagichni quyidagi joylarda oʻrnatilishi kerak:
tarmoq boʻlingan joyda gaz taʼminlash tashkiloti va isteʼmolchiga tegishli boʻlgan alohida turuvchi ustunda (balansi boʻyicha tegishliligiga koʻra);
gazlashtirilayotgan binoning devorida yonlamasiga koʻra eshik va oynalardan kamida 0,5 m uzoqlikda.
436. Hisoblagichni joylashtirish uchun shkafning tuzilishi tabiiy ventilatsiyani taʼminlashi, bunda shkafning eshiklari yopilishi lozim.
437. Gaz sarfini texnik nazorat qilish maqsadida ishlab chiqarish korxonalar va qozonxonalarda sexlar va agregatlar uchun alohida hisoblagichlarni oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
19-bob. Issiqlik elektr stansiyalarining gaz taʼminoti tizimlari.
1-§. Umumiy talablar
438. Elektr stansiyalarning gaz taʼminoti tizimlarini loyihalashtirishda ushbu bob talablariga amal qilish lozim.
439. Gazning bosimi 1,2 MPa (12 kgf/cm2) dan yuqori boʻlgan gaz quvurlari oʻtkazishni loyihalashtirishni maxsus texnik shartlarga hisobga olingan holda gaz-kompressor (gaz bosimini koʻtarib beruvchi qurilma) oʻrnatish orqali amalga oshirish lozim.
2-§. Tashqi gaz quvurlari va qurilmalar
440. Elektr stansiyalarining maydonchadan tashqi gaz quvurlarini yer ostidan oʻtkazish lozim.
441. Maydonchadan tashqaridagi gaz quvurida berkituvchi moslama oʻrnatilishi kerak.
Berkituvchi moslamaning elektr yuritmasi elektr stansiya hududidan tashqarida uning devoridan kamida 5,0 m masofada boʻlishi zarur.
442. Elektr stansiya hududidan gaz quvurlarini mavjud yoki loyihalashtirilgan estakadalar yoxud boshqa quvurlarning tayanchlaridan eng koʻp foydalanishni hisobga olgan holda yer ustidan oʻtkazilishi kerak.
443. Gaz quvurlarini ochiq podstansiya, yoqilgʻi ombori hududidan oʻtkazishni loyihalashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-§. Gaz bosimini tartibga solish punktlari
444. Gaz quvurini elektr stansiya hududida joylashgan GTPga kiritishda GTP binosidan kamida 10 m masofada elektr yuritmali berkituvchi moslama qoʻyishi lozim.
Bevosita berkituvchi moslamadan keyin quvvati 800 MW va undan katta bitta blok uchun GTP qurishda GTPdan oldin tez ishga tushadigan uzib qoʻyuvchi toʻsqich loyihalash lozim.
445. Quvvati 800 MW va undan katta bloklar uchun gaz bosimi va sarfini kamaytirish tugunlarini blokli GTPda birlashtirishga, qozonga gaz kelishida gaz sarfi rostlagichi oʻrnatishni loyihalashtirmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
446. GTPda har qaysi tartiblagich yoʻlida oʻrnatiladigan bosim tartiblagichlarning gaz oʻtkazish qobiliyatini tanlashda qozon agregatlari ishga tushishi bilan gaz sarfining ortib borishini, shuningdek yozda gazning sarflanishi hisobga olinishi lozim.
447. Gazning kirish bosimi 0,6 MPa (6,0 kgf/cm2) dan yuqori boʻlgan GTPda kamida ikkita tartiblagich yoʻli boʻlishi kerak.
GTPda rostlash moslamasi sifatida tartiblagich toʻsiqlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
448. GTPda kamida ikkita (bittasi zaxira) SChTning boʻlishi zarur.
Har qaysi SChT oldidan berkituvchi qurilma boʻlishi lozim.
449. GTP ishlab chiqarish binolarining havo tortuvchi shaxtalari yoniga joylashtirilganda va gazning hisobiy sarfi 100 000 m3/s va undan koʻp boʻlganida SChT oʻrnatmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
450. GTPda ikkilamchi NOʻA shitlarini, avtomatik tartiblagich, boshqarish va signalizatsiya apparatlarini, tartiblovchi klapanlarning ijrochi mexanizmlarini joylashtirish uchun boshqarish shit-taxta xonasi boʻlishi kerak.
451. SChTdan gaz chiqarish quvurlarini GTP binosining havo almashtirish tizimining havo olish qurilmasiga qarama-qarshi tomonida joylashtirish lozim.
452. Gaz chiqarish quvurlarining chekkasidan oqova almashtirish uchun havo olinadigan joygacha boʻlgan masofa gorizontal boʻyicha kamida 10 m, vertikal boʻyicha 6,0 m boʻlishi kerak.
Agar tekislik boʻyicha SChTning gaz chiqarish quvurlaridan eng baland qoʻshni binoning yengil aeratsiya chirogʻigacha boʻlgan masofa 200 m dan kam boʻlsa, u holda gaz chiqarish quvurlari shu bino chirogʻidan 2,0 m yuqorida chiqarilishi kerak.
453. Havo bilan tozalash gaz quvurlarini GTP deflektorlaridan kamida 1,0 m yuqoridan, biroq yer sathidan kamida 5,0 m yuqoridan chiqarish kerak.
454. GTPning har qaysi rostlash liniyasi gazning yoʻli boʻylab birinchi berkitish moslamasidan keyin va oxirgi berkitish moslamasidan oldin surma qopqoqlar oʻrnatilishi kerak.
455. Ijrochi mexanizmlar richaglari bilan tartiblovchi vositalarni birlashtiruvchi hamda tartiblash zalining devori orqali oʻtadigan moʻrilarni devorlarga betonlab mahkamlangan gʻiloflar ichidan oʻtkazish lozim.
456. Gʻilofning ikkala tomonidan salniklarga (mustahkamlovchi halqa) asbest shnurini toʻldirish kerak.
457. GTPning bosim rostlagichlaridan keyingi gaz quvurlarida, GTPdan kamida 20 m masofadagi tashqi yer usti gaz quvurlarida tovushni yutadigan qoplama boʻlishi lozim.
458. GTPning rostlovchi va berkituvchi armaturalarini asosiy korpusning shitidan boshqarilishi zarur.
Armaturaning holatini koʻrsatuvchi moslama GTP dagi shitda va asosiy korpusning shitida ham boʻlishi kerak.
459. Blokli GTPning rostlovchi va berkituvchi armaturasini boshqarishni energoblokning blokli boshqarish shitidan amalga oshirishni loyihalashtirish va zarur boʻlganda GTPning oʻzidagi shitdan boshqarilishini ham saqlab qolish lozim.
4-§. Ichki gaz uskunalari
460. Qozonxonaning ajratuvchi kollektoriga ikkita yoki undan koʻp GTPdan gaz berishda kollektorda berkituvchi moslama boʻlishini moʻljallash kerak.
461. Gaz quvurining har qaysi qozon agregatiga keladigan shoxobchasi koʻpi bilan 3 s ichida yongʻichlarga gaz kelishini toʻxtatuvchi tez harakatga keladigan berkitish (uzib qoʻyish) klapanini oʻrnatish lozim.
462. Tez ishga tushadigan uzib qoʻyuvchi klapanlarning elektr simlariga tokni elektr stansiya akkumulyator batareyasining shinalaridan yoki oʻzgaruvchan tokning zaxira manbai ham avtomatik ishga tushadigan ikkita alohida mustaqil manbadan yoki oldindan zaryadlangan kondensatorlar batareyasidan berilishi lozim.
463. Qozonga beriladigan gazning sarfini tartiblagich moslama (toʻsqich, klapan-toʻsqich va boshqalar) uzoqdan turib va qoʻl bilan boshqariladigan boʻlishi kerak.
464. Har qaysi yongʻichdan oldin ketma-ket berkituvchi moslama oʻrnatilishi lozim.
Gaz yoʻli boʻyicha birinchi berkituvchi moslama elektr yuritmali, ikkinchisi elektr yoki dastaki yuritmali boʻlishi lozim.
Bu berkituvchi moslamalar orasida havo bilan tozalash quvuri (xavfsizlik quvuri) boʻlib, unga elektr yuritmali berkitish moslamasini oʻrnatilishi kerak.
465. Qozon agregatlariga gaz berilishini asosiy tartiblovchi klapan-toʻsqichi bilan birga olov yoqish uchun gaz berilishini rostlash moslamasi oʻrnatishga ham yoʻl qoʻyiladi.
466. Qozonxonaning ichidagi gaz quvurida gazdan namuna olish uchun shtutser oʻrnatishni moʻljallash kerak.
467. Qozonxona ichidagi gaz quvuriga tajribaxona ehtiyojlari uchun va metall qirqish joylari uchun qoʻshimcha gaz quvurlari ulab, gaz isteʼmol qilinadigan joyga GTQ oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
5-§. Quvurlar va nazorat oʻlchov avtomatikasi (NOʻA)
468. Elektr stansiyalarning gaz quvurlari uchun ushbu ShNQning 717-bandi talablarga muvofiq poʻlat quvurlardan foydalanish lozim.
469. Elektr stansiyalar hududida oʻrnatiladigan quvurlarning detallari, bloklari, yigʻma birliklari, tayanchlari va ilmoqlari uchun bosimni koʻpi bilan 4,0 MPa (40 kgf/cm2), issiqlik elektr stansiyalarida haroratni koʻpi bidan 425° C qabul qilish kerak.
Fason qismlar va detallarni moʻtadil poʻlatdan tayyorlash lozim.
470. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllaridan, tabiiy hamda sunʼiy toʻsiqlardan kesib oʻtish joylarida, shuningdek tashqi havoning hisobiy harorati minus 30 °C dan past boʻlmaydigan hududlarda yotqiziladigan devorining qalinligi 5,0 mm dan katta boʻlgan gaz quvurlari uchun quvur hamda payvand birikmalar metallining qurilish ketayotgan hudud havosining haroratidagi zarbiy qovushqoqlik kattaligi 29 J/cm2 dan (3 kgf/cm2) dan kam boʻlmasligi lozim.
471. Issiqlik elektr stansiyalarining gaz taʼminoti tizimida oʻlchashlar, signalizatsiya va avtomatik tartiblash hajmini ushbu ShNQning 10-ilovasiga muvofiq qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
472. GTPda gaz keladigan umumiy quvurda gaz sarfini oʻlchash asbobi oʻrnatilishi kerak.
20-bob. Gaz toʻldirish shoxobchalari, gaz toʻldirish punktlari, ballonlarning oraliq omborlari
1-§. Umumiy talablar
473. SUGni gazsizlantirish qurilmalarini (stansiyalarini) loyihalashda gaz saqlanadigan idishlarining umumiy sigʻimiga teng boʻlgan GTShni loyihalashning ushbu ShNQda keltirilgan talablarga muvofiq boʻlishi lozim.
474. GTSh, GTP va BOOlarni alohida tabiiy va iqlim sharoitiga ega boʻlgan hududlarda qurishni loyihalashtirganda ushbu ShNQning 22-23-boblarda keltirilgan talablarni hisobga olish kerak.
2-§. Suyultirilgan gazlarning gaz toʻldirish shoxobchalari
475. Suyultirilgan gazlarning birlashma bazalarini loyihalashga qoʻyiladigan talablar GTShni loyihalashning ushbu ShNQda keltirilganlarga muvofiq boʻlishi lozim.
476. GTShni aholi yashaydigan hududlardan tashqarida, turar-joy hududlaridan shamolga teskari tomonda joylashtirish kerak.
477. GTSh qurish uchun maydoncha tanlashda GTShga taalluqli boʻlmagan bino va inshootlargacha boʻlgan eng kam masofani quyidagi 11-jadvalga, yoʻllargacha boʻlgan masofa esa mazkur ShNQning 12-jadvaliga muvofiq boʻlishi lozim.

11-jadval

Sigʻimlarning umumiy oʻlchami*

(m3)

Bitta sigʻimning oʻlchami

(m3)

Sigʻimlardan binolar (turur-joy, jamoat, sanoat binolari va GTShga taalluqli boʻlmagan inshootlargacha boʻlgan masofa (m)

er ustidagi

yer ostidagi

1

2

3

4

50 ÷ 200

25

80

40

Bu ham

50

150

75

- " -

100

200

100

200 ÷ 500

50

150

75

Bu ham

100

200

100

- " -

100 ÷ 200

300

150

500 ÷ 2000

100

200

100

Bu ham

100 ÷ 600

300

150

2000 ÷ 8000

bu ham

300

150

* ichki hajm

12-jadval

GTSh hududidan tashqaridagi yoʻllar

Sigʻimlarning umumiy oʻlchami quyidagicha boʻlganda GTSh sigʻimlaridan yoʻllargacha boʻlgan masofa (m)

200 m3 gacha

200 m3 dan katta

er ustidagi

yer ostidagi

er ustidagi

yer ostidagi

Umumiy tarmoqdagi temir yoʻllar (koʻtarmaning etagigacha yoki chuqurning sigʻim tomonidagi qirgʻogʻigacha)

75

50

100

75

Sanoat korxonalari temir yoʻllarining yer osti qismlari, tramvay yoʻllari (yoʻlning oʻqigacha) yoki avtomobil yoʻllari (yoʻlning chetigacha)

30

20

40

25

478. GTSh quriladigan maydoncha atrofida yongʻinga qarshi eni 10 m keladigan boʻsh joylar qoldirilishi va tashqarisidan toʻsiq bilan oʻrashni va ignabargli oʻrmonchalarga kamida 50 m, yaproqli oʻrmonchalarga 20 m masofa boʻlishi lozim.
479. Temir yoʻl shoxobchasi boshqa korxonalar hududidan oʻtmaydigan boʻlishi lozim.
480. GTShga faqat bitta korxona hududining temir yoʻl shoxobchasidan kesib oʻtib, korxonaning mavjud temir yoʻl tarmogʻiga GTSh shoxobchasi yoʻlini tutashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
3-§. GTShning asosiy bino va inshootlari
481. GTSh hududi ishlab chiqarish va yordamchi mintaqaga boʻlinadi, ularda texnologik jarayon, gazni tashish, saqlash hamda isteʼmolchilarga yetkazib berilishiga qarab quyidagi asosiy bino va inshootlarni joylashtirishni moʻljallash kerak:
estakadali temir yoʻl shoxobchasi va SUGni temir yoʻl tsisternalaridan saqlash omborining idishlariga qoʻyish qurilmasida;
SUG sigʻimlarini saqlash bazasida;
nasos-kompressor (dam bergich) boʻlimida;
toʻldirish sexida;
ballonlarni texnik jihatdan tekshirish boʻlimida;
ballonlarni boʻyash boʻlimida.
482. Yordamchi mintaqada, ishlab chiqarish mintaqasida quyidagilar boʻlishi lozim:
havo kompressori (dam beruvchi) xonasi;
temir yoʻl va avtomobil tarozilari yoki ular oʻrnini bosadigan taroz qurilmalari.
483. Nasos-kompressor (dam bergich) boʻlimida GTShning xususiy ehtiyojlari uchun gazni tartiblagich qurilmasi oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
484. GTSh bino va inshootlarining roʻyxatiga qoʻyilgan texnik shartlarga muvofiq boʻlishi lozim.
485. Garajni GTSh hududi tashqarisida joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
486. Gaz xoʻjaligidan foydalanish xizmatini GTSh hududining yordamchi mintaqa tomoniga birlashtirib (taqab) joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
4-§. GTSh bino va inshootlarining joylashuvi
487. GTShda joylashgan SUG saqlash idishlaridan GTShga taalluqli boʻlmagan bino va inshootlargacha boʻlgan eng kam masofani ushbu ShNQning 11-jadvaliga, yoʻllargacha boʻlgan masofa esa 12-jadvalga muvofiq boʻlishi kerak.
488. GTShning yer ustidagi sigʻimlaridan bir vaqtning oʻzida 800 tadan koʻp odam toʻplanishi ehtimoli boʻlgan joylargacha (stadionlar, bozorlar, istirohat bogʻlari va boshqa joylar) boʻlgan eng kam masofa mazkur ShNQning 11-jadvalida keltirilganiga nisbatan 2-marta koʻp boʻlishi zarur.
489. Oʻlchami turlicha boʻlgan sigʻimlar saqlanadigan omborgacha boʻlgan masofa sigʻimi eng katta boʻlgan oʻlchamdan boshlab hisoblash lozim.
490. GTShda oʻlchami 200 m3 dan katta boʻlgan sharsimon sigʻimlarni joylashtirishda mazkur sigʻimlardan bino va inshootlargacha boʻlgan masofa, shuningdek sigʻimlar orasidagi masofani kamida ushbu bobda keltirilganlarga muvofiq boʻlishi kerak.
491. GTShning temir yoʻldagi quyish estakadasidan bino va inshootlargacha boʻlgan masofa quyidagicha boʻlishi lozim:
GTShga taalluqli boʻlmagan bino va inshootlargacha ushbu ShNQning 11-jadvaliga muvofiq, shuningdek umumiy oʻlchami GTSh hududida boʻshatilayotgan temir yoʻl tsisternalarining oʻlchamiga teng boʻlgan yer usti sigʻimlarigacha boʻlgan masofa mazkur ShNQning 12-jadvaliga muvofiq;
GTSh hududidagi bino va inshootlargacha ushbu ShNQning 11-ilovasiga muvofiq;
GTShning saqlash bazasidagi yer usti sigʻimlarigacha kamida 20 m.
492. Sigʻimlarining umumiy oʻlchami 100 m3 dan katta boʻlgan GTShdan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar, qattiq va gazsimon yonuvchi materiallar boʻladigan korxonalargacha (neft bazalari, neftni qayta ishlash zavodlari atsetilen stansiyalari) boʻlgan masofa ushbu ShNQning 10-jadvaliga muvofiq boʻlishi kerak.
493. Sanoat korxonalari hududida joylashtirilgan GTSh sigʻimlaridan shu korxonalarning bino va inshootlarigacha boʻlgan masofani quyidagi 13 va 14-jadvallarga muvofiq boʻlishi lozim.

13-jadval

Sanoat korxonalari hududida joylashgan GTSh sigʻimlarining umumiy oʻlchami (m3)

Bitta sigʻimning oʻlchami (m3)

Sigʻimlardan korxonaning bino va inshootlarigacha boʻlgan masofa (m)

er ustidan

yer ostidan

50 gacha

10

30

15

50 ÷ 100

25

50

25

100 ÷ 200

50

70

35

200 ÷300

50

90

45

300 ÷ 500

50

110

55

14-jadval

Sanoat korxonasidagi yoʻllar

Korxona hududida joylashgan GTSh sigʻimlarning umumiy oʻlchami (m)

Sigʻimlardan yoʻllargacha boʻlgan masofa (m)

Yer ostidagi

Yer ustidagi

Temir yoʻllar (yoʻlning oʻqigacha)

100 gacha

20

10

Avtomobil yoʻllari (yoʻl chetigacha)

100 dan katta

30

15

494. Temir yoʻllarning quyish estakadasidan korxonalarning binolarigacha boʻlgan masofa kamida 40 m boʻlishi lozim.
495. Sanoat korxonalarining hududida joylashtirilgan GTShning umumiy sigʻimi 500 m3 va undan kam boʻlgan SUG sigʻimlaridan korxonaning G toifadagi agregat va qurilmalari joylashgan binolargacha boʻlgan masofa 13-jadvalda keltirilganidan 30 foiz ortiq qilib loyihalash lozim.
496. GTSh hududida joylashgan bino va inshootlar orasidagi masofa ushbu ShNQning 11-ilovasiga muvofiq boʻlishi kerak.
497. GTSh hududida joylashgan binolarda turar-joy xonalari va GTShga taalluqli boʻlmagan ishlab chiqarishlar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
5-§. Hududlarni, yoʻlaklarni rejalashtirish, bino va inshootlarga qoʻyiladigan talablar
498. GTSh hududi yonmaydigan materiallardan tayyorlanishi hamda shamol oʻtib turadigan toʻsiq bilan oʻralgan boʻlishi lozim.
499. Ishlab chiqarish zonasi bilan yordamchi zonani va avtoxoʻjalik joylashgan yerlarni yonmaydigan yengil materialdan tayyorlangan konstruksiyalar bilan bir-biridan ajratish yoki ular orasiga 1 m balandlikdan oshmaydigan buta oʻtkazish kerak.
500. GTSh hududini rejalashtirishda unda suyultirilgan gazlar toʻplanib qoladigan joylar boʻlmasligini va suv oqib ketish tizimi bilan birga erigan suvlar hamda jala suvlari hududga tashqaridan kirmaydigan boʻlishi lozim.
501. Temir yoʻlning tutashuv joyidan boshlab GTSh hududini ham V toifadagi yoʻl, GTShga avtomobil keladigan yoʻlni esa IV toifadagi yoʻl qatoriga kiritish kerak.
502. GTShdagi gaz quyiladigan joylardagi temir yoʻllarni tekis yoki koʻpi bilan 2,5 foiz qiya boʻlishi zarur.
503. Vagonlarni uzib qoʻyish uchun uzunligi kamida 20 m boʻlgan boshi berk qoʻshimcha toʻgʻri yoʻl boʻlishi lozim.
504. GTSh hududi umumiy avtomobil yoʻli bilan IV toifadagi yoʻl orqali tutashgan boʻlishi kerak.
505. Oʻlchami 500 m3 dan katta sigʻimlari bor GTSh uchun alohida-alohida chiqish yoʻli boʻlishi, yoʻllarning biri asosiy yoʻl, ikkinchisi esa avariya vaqtida avtomobillarni chiqarib yuborish uchun zaxira yoʻl hisoblanadi.
506. Zaxira yoʻlning GTShga keladigan avtomobil yoʻliga tutashish joyi asosiy chiqish joyidan kamida 40 m masofada boʻlishi kerak.
507. Yongʻin sodir boʻlganda yongʻin oʻchirish avtomobillari harakatlanishi uchun avtomobil yoʻllarini loyihalashtirishda yoʻlning qatnov qismi ikki yoʻnalishli boʻlishi lozim.
508. GTSh hududidagi harakat ikki qator boʻladigan avtomobil yoʻllarining kengligi 6 m, harakat bir qator boʻladigan yoʻlning kengligi 4,5 m boʻlishi kerak.
509. GTSh hududiga kirishdan oldin avtomobillarning aylanishi va toʻxtab turishi uchun maydoncha boʻlishi lozim.
510. Avtotsisternalarga va gaz ballonli avtomobillarga gaz toʻldirish uchun kolonkalar orasida eni kamida 6 m boʻlgan yoʻlak qoldirish kerak.
511. GTSh va sanoat korxonalari hududida joylashgan SUGni qayta gazga aylantirish qurilmalari uchun GTSh hududiga kiradigan bitta yoʻl boʻlishini moʻljallashga yoʻl qoʻyiladi.
512. GTShning maydoncha ichidagi yoʻllariga oʻrnatiladigan transport inshootlarini yonmaydigan materiallardan qurish kerak.
513. Nasos-kompressor boʻlimini alohida turgan binoga joylashtirilishi, bunda binoda bugʻlatish (issiq almashtirish) qurilmasini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
514. Toʻldirish sexida quyidagilar boʻlishi kerak:
toʻldirish boʻlimi, unda quyish, toʻldirish, ballonlarning germetikligini va toʻlish darajasini nazorat qilish qurilmalari;
ballonlarni gazsizlantirish boʻlimi.
515. Ballonlarning texnik holatini tekshirish boʻlimi va ballonlarni boʻyash boʻlimini toʻldirish sexining binosida yoki alohida binoda boʻladigan qilib loyihalashtirish kerak.
516. Ballonlarning texnik holatini tekshirish boʻlimida tekshirishga yuborilgan ballonlarni ortish tushirish maydonchasi boʻlishi lozim.
517. Maydonchalarning oʻlchamlarini transport vositalarining oʻtishi va bemalol kirib chiqishini hamda odamlar oʻtishini hisobga olgan holda toʻldirish boʻlimining bir kecha-kunduzlik ish unumiga ikki marta koʻp ballonlar sigʻadigan qilib loyihalash lozim.
518. Ballonlarni boʻyash boʻlimi ballonlarning texnik holatini tekshirish boʻlimi bilan yonma-yon boʻlishi zarur.
519. GTShni qayta qurishda ballonlarni boʻyash boʻlimini alohida binoda joylashtirishni moʻljallashga yoʻl qoʻyiladi.
520. Bino va inshootlarning qaysi toifaga kirishi loyihada koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
521. GTShning ishlab chiqarish binolari, qurilmalar va inshootlarini elektr asboblari ishlatilganda xavflilik darajasi jihatdan quyidagi sinflarga kiritish kerak:
V-1a sinfga — nasos-kompressor boʻlimining, ballonlarni toʻldirish va boʻshatish, ballonlarni gazsizlantirish, boʻyash, bugʻlatish boʻlimlarining xonalarini, shuningdek shu xonalardagi ventilatsiya boʻlimini;
V-1g sinfga — sigʻimlar, quyish estakadalari, suyultirilgan gazlarni toʻkish va quyish kolonkalarini, gaz ballonli avtomobillarga gaz toʻldirish kolonkalarini, avtotsisternalar ochiq turadigan maydonchalarni, ortish-tushirish maydonchalarini, ochiq maydonchalarda joylashtirilgan bugʻlatish (issiq almashtirish) qurilmalarini.
522. Ochiq joylardagi V-1g zonasining oʻlchamlarini Elektr qurilmalarini oʻrnatish qoidalariga muvofiq aniqlash lozim.
523. Nasos-kompressor boʻlimi va toʻldirish boʻlimining xonalarida kukunli oʻt oʻchirgichlar boʻlishini lozim, bunda xonaning yuzasi 200 m2 gacha boʻlganda kamida 100 kg kukun, xonaning yuzasi 500 m2 gacha boʻlganda kamida 250 kg kukun boʻlishini hisobga olish kerak.
524. Toʻldirilgan va boʻsh ballonlarni ortish-tushirish maydonchasi toʻldirish boʻlimiga bevosita birlashgan (taqalgan) boʻlishi lozim.
525. Ortish-tushirish maydonchalarining atrofiga yonmaydigan materialdan yasalgan toʻsiq oʻrnatish kerak.
526. Maydonchaning polida uchqun chiqarmaydigan, yonmaydigan materialdan qoplama boʻlishi lozim.
6-§. Quyish qurilmalari
527. Temir yoʻl estakadasida quyish qurilmalari sonini GTShdan bir kecha-kunduzda koʻpi bilan qancha gaz berilishiga asoslanib va temir yoʻl tsisternalarida gaz bir meʼyorda kelmasligini (bir meʼyorda kelmaslik koeffitsiyentini 2 ga teng deb olish kerak) hisobga olgan holda aniqlash lozim.
528. Quyish qurilmalariga xizmat koʻrsatish uchun yonmaydigan materiallardan estakadalar va quyish qurilmalarini tsisternalarga ulash uchun maydonchalar boʻlishi kerak.
529. Estakadaning oxirida qiyaligi koʻpi bilan 45° C va kengligi kamida 0,7 m boʻlgan zinapoya boʻlishi lozim.
530. Zinapoya, maydoncha va estakadalarda balandligi 1,0 m li toʻsiq panjara boʻlishi, uning pastidan kamida 90 mm balandlikda yaxlit qoplama bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
531. Temir yoʻl tsisternalaridan gaz quyib olinadigan quvurlarda GTSh qoʻzgʻalmas quvurlarining transport vositalaridagi quyish qurilmalariga tutashgan joyining yaqinida quyidagilar boʻlishi lozim:
suyuq faza quvurlarida — teskari klapan (toʻsqich);
bugʻ faza quvurlarida — tez ishga tushadigan klapan (toʻsqich);
berkitish moslamasidan oldin — gaz qoldiqlarini quvurlar tizimiga yoki havo bilan tozalash nayiga yuboradigan berkitish moslamasi bor shtutser.
532. Avtotsisternalarda keladigan gazni quyib olish uchun GTShga quyish kolonkalari oʻrnatilishi kerak.
Ularning jipslashtirish (obvyazka) qurilmalari bugʻ va suyuq faza quvurlariga oʻrnatilgan berkitish-saqlash armaturasi orqali avtotsisterna sigʻimidan gazni quyilishini amalga oshirilishi lozim.
533. Avtomobillar gaz ballonlarini toʻldirish uchun kolonkalarni berkitish-saqlash armaturasi va gaz sarfini oʻlchash uchun qurilma bilan jihozlash lozim.
7-§. SUG uchun sigʻimlar
534. GTShda SUGni qabul qilib olish va saqlashga moʻljallangan sigʻimlar ushbu ShNQning 23-bob talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
535. Sigʻimlarning jipslashtirish qurilmalarini loyihalashtirishda GOST 20448-2018da belgilangan turli markalardagi gazlarni alohida-alohida qabul qilib olish va saqlash imkoniyati boʻlishini hisobga olish kerak.
536. Saqlash bazasining sigʻimini GTShning bir sutkadagi ish unumdorligi, sigʻimlarning toʻldirish darajasi hamda gaz taqsimlash shoxobchasida SUGni saqlash uchun zaxira idishlarning soniga qarab aniqlash kerak.
537. SUG saqlash uchun zaxira idishlar sonini gaz kelmaganda GTShning hisobiy ishlash vaqtiga qarab aniqlash, bunda vaqt sutka hisobida quyidagi formula orqali aniqlashi kerak:
Bu erda:
L — suyultirilgan gazlar bilan taʼminlaydigan zavoddan GTShgacha boʻlgan masofa, km;
V — AYV vagonlab joʻnatganida yuklarning bir sutkadagi harakat tezligi, km/d (330 km/d);
t1yukning joʻnatilishi va kelishi bilan bogʻliq operatsiyalarga sarflanadigan vaqt (1 sutka deb qabul qilinadi);
t2 — GTShda suyultirilgan gazlarning zaxirasi ishlatishga yetadigan vaqt (mahalliy sharoitlarga bogʻliq holda 3 — 5 d deb qabul qilinadi).
538. Texnik-iqtisodiy asoslanganda (transport aloqasining ishonchliligi) t2 ni koʻpaytirishga yoʻl qoʻyiladi, biroq u 10 d dan ortib ketmasligi kerak.
539. GTSh suyultirilgan gazlar ishlab chiqaradigan korxonaga yaqin joylashgan va ular GTShga avtotsisternalarda yoki quvurlar orqali keltiriladigan, shuningdek GTShdan suyultirilgan gazlar oladigan AGQS uchun t ni 2 d gacha kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
540. Sanoat korxonasining hududida joylashgan GTShda suyultirilgan gazlar zaxirasini shu sanoat korxonasi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda belgilash lozim.
541. GTShda suyultirilgan gazlar uchun sigʻimlar yer ustida va yer ostida oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
542. Ost qismi atrof hududning reja belgisi bilan bir sathda yoki undan yuqorida joylashgan sigʻimlar yer ustidagi sigʻimlar hisoblanishi lozim.
543. Tepasi erning reja belgisidan kamida 0,2 m pastda joylashgan sigʻimlarni yer ostidagi sigʻimlar deb hisoblash kerak.
544. Yer ustidagi sigʻimlarning joylashtirilishida sigʻimning tepa qismidan kamida 0,2 m balandda, eni sigʻim devoridan toʻkma chetigacha kamida 6,0 m da grunt bilan koʻmilganda yoki yongʻin taʼsiridan himoya qiluvchi issiqlik izolatsiyasi bilan qoplanganda ular yer osti sigʻimlariga tenglashtiriladi.
Xonalarga sigʻimlar joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yer usti va yer osti sigʻimlarining devoridan 6,0 m masofadagi hudud sigʻim atrofidagi hudud hisoblanishi kerak.
545. Sigʻimlar quyish joʻmragi tomoniga 2-3 foiz qiya qilib oʻrnatilishi kerak.
546. Yer usti sigʻimlarini yonmaydigan materiallardan (olovbardoshlik chegarasi kamida 120 min) yasalgan tayanchlarga oʻrnatish va yoniga zinapoyali koʻchmas metall maydonchalar boʻlishi kerak.
547. Maydonchalar armatura, asbob va tuynuklarning ikkala tomonida boʻlishi zarur.
Havo almashtirish shtutseriga bir tomondan maydoncha boʻlishi lozim.
Maydoncha va zinapoyalar ushbu ShNQning 527-bandda koʻrsatilgan talablarga muvofiq qurilishi kerak.
Bir necha sigʻim uchun bitta maydoncha qurishda zinapoyalar maydoncha chekkalarida boʻlishi zarur.
Maydonchaning oʻrta qismidagi uzunligi 60 m dan katta boʻlganda qoʻshimcha zinapoya boʻlishini loyihalashtirish lozim.
Zinapoyalar maydoncha devoridan tashqarida boʻlishi kerak.
548. Yer ustidagi sigʻimlar quyosh nurlarining qizdirishidan muhofazalangan (masalan, sigʻimlar oq rang yoki kumushsimon rangga boʻyalgan, ushbu ShNQning 599-banddagi koʻrsatmalarga binoan suv bilan sovitiladigan) boʻlishi lozim.
549. Yer usti sigʻimlarini GTSh maydonchasidagi pastroq joylarga guruh-guruh qilib joylashtirish lozim.
550. Guruhdagi yer usti sigʻimlarining maksimal umumiy sigʻimini quyidagi 15-jadvalga muvofiq boʻlishi kerak.

15-jadval

GTSh sigʻimlarining umumiy oʻlchami (m3)

Guruhdagi sigʻimlarning umumiy sigʻimi (m3)

2000 gacha

1000

2000 dan 8000 gacha

2000

551. Sigʻim guruhlari orasidagi tekis maksimal masofa quyidagi 16-jadvalga muvofiq boʻlishi lozim.

16-jadval

Guruhdagi sigʻimlarning umumiy oʻlchami (m3)

Yer ustida joylashgan guruhning chetidagi sigʻimlarning chekka sirti orasidagi tekis masofa (m)

200 gacha

5

200 dan 700 gacha

10

700 dan 2000 gacha

20

552. Yer ustida joylashgan sigʻimlar guruhi ichida ular orasidagi tekis masofa yonma-yon turgan sigʻimlardan eng kattasining diametridan kam boʻlmasligi, shuningdek ularning diametri 2,0 m gacha boʻlganda esa kamida 2,0 m boʻlishi kerak.
Ikki yoki undan koʻp qator qilib joylashtirilgan yer usti sigʻimlarning qatorlari orasidagi masofani eng katta sigʻimning uzunligiga teng boʻlishi, biroq kamida 10 m qilib olish lozim.
553. Yer ustidagi har qaysi sigʻimlar guruhi uchun perimetri boʻylab atrofini tutashtirib oʻrab chiqishni yoki yonmaydigan materiallardan (masalan, gʻisht, xarsangtosh, beton, va boshqalar) balandligi kamida 1,0 m boʻlgan guruhdagi sigʻimlarning 85 foiz sigʻishiga moʻljallangan toʻsiq devor qurilishi, bunda grunt devor tepasining kengligi kamida 0,5 m boʻlishi kerak.
Sigʻimlardan oʻram yoki toʻsiq devor tagigacha boʻlgan masofa eng yaqin sigʻim diametrining yarmiga teng, biroq kamida 1,0 m boʻlishi zarur.
Sigʻim korxona joylashgan hududga kirish uchun oʻram yoki toʻsiq devorning ikkala tomonidan zinapoyalar kengligi 0,7 m boʻlgan oʻtish joylari, shuningdek oʻramning turli chekkalarida joylashgan har qaysi guruh uchun kamida ikkita zinapoya boʻlishi lozim.
554. Yer ostida joylashtirish uchun faqat silindrsimon sigʻimlar boʻlishini moʻljallashga yoʻl qoʻyiladi.
Yer ostida joylashgan alohida-alohida sigʻimlar orasidagi tekis masofa qoʻshni sigʻimlardan kattasining diametrini yarmiga teng, biroq kamida 1,0 m boʻlishi kerak.
555. Atrofi grunt bilan toʻldirilgan yer osti va yer usti sigʻimlari bevosita erga oʻrnatilishi zarur.
556. Grunt sharoiti noqulay boʻlganda (xandaq qazilgan chuqurdan yer osti suvlari chiqqanida yoki gruntning yuk koʻtarish qobiliyati 0,1 MPa (1,0 kgf/cm2) dan kam) sigʻimlar uchun poydevorlar loyihalash lozim.
557. Sigʻimlar ostidagi poydevorlarni yonmaydigan materiallardan (tosh, beton, temirbeton va boshqalardan) loyihalash kerak.
558. Sigʻimlar atrofiga grunt toʻldirishda tarkibida organik qoʻshimchalar boʻlmaydigan qumli yoki gilli gruntdan foydalanish lozim.
559. Yer osti sigʻimlari yer osti suvlari yuqori boʻlgan (sigʻim tagidan teparoqqacha chiqadigan) joylarda joylashtirilganda sigʻimlarning qalqib chiqishining oldini olishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerak.
560. Sigʻimlarni korroziyalanishdan quyidagicha muhofaza qilish lozim:
yer osti sigʻimlarini — GOST 9.602-2016 talablariga muvofiq;
er usti sigʻimlarini — ikki qavat boʻyoq va qurilish borayotgan joyning harorati hisobga olingan tashqaridagi ishlar uchun moʻljallangan ikki qavat boʻyoq, lok yoki emal (sir) bilan qoplash orqali.
8-§. GTShning texnologik uskunalari
561. SUGning suyuq va bugʻ fazalari quvurlar boʻylab harakatlanishi uchun nasoslar, dam bergichlar yoki bugʻlatish (issiq almashtirish) qurilmalari boʻlishi kerak.
562. Dam bergichlarni xonalarga yoki shiyponlarga joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Nasos va dam bergichlar oʻrnatilgan xonaning poli atrofdagi hududning reja belgilaridan kamida 0,15 m yuqori boʻlishi kerak.
563. Nasos va dam bergichlarni poydevorlarga oʻrnatilishi, ular boshqa uskunaning poydevori va bino devorlari bilan bogʻlanmagan boʻlishi kerak.
564. Ikkita va undan koʻp nasos hamda dam bergichlar bitta qatorga joylashtirilganda masofa kamida quyidagicha boʻlishi lozim:
xizmat koʻrsatiladigan asosiy yoʻlakning kengligi — 1,5 m;
nasoslar orasidagi masofa — 0,8 m;
dam bergichlar orasidagi masofa — 1,5 m;
nasoslar bilan dam bergichlar orasidagi masofa — 1,0 m;
nasos va dam bergichlardan xona devorigacha boʻlgan masofa — 1,0 m.
565. Nasos va dam bergichlarning soʻruvchi quvurlarida berkituvchi moslama, bosimli quvurlarida esa, berkituvchi moslama va teskari toʻsqichlar oʻrnatilishi kerak.
Nasoslar oldidan filtrli havo bilan tozalash quvurlari, nasoslardan keyingi bosimli quvurlarda esa, havo bilan tozalash quvurlari oʻrnatish lozim.
Bu quvurlarni filtrli havo bilan tozalash quvurlari bilan birlashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
566. Nasoslarning bosimli kollektorlarida nasosning soʻrish quvuri bilan tutashtirilgan gaz chiqarish moslamasi boʻlishi lozim.
Gaz chiqarish moslamasida berkituvchi armatura oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Kondensat yigʻgichlar sath signalizatorlari va drenaj moslamalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
567. Sath signalizatorlarida kondensat yigʻgichda gaz sathi maksimal boʻlganda dam bergichni toʻxtatishga imkon beradigan blokirovka boʻlishi kerak.
568. Dam bergichlar va nasoslar quyidagi hollarda elektr motorni oʻchiradigan avtomatika bilan jihozlangan boʻlishi lozim:
xonada gaz koʻpayib ketganida ushbu ShNQning 591 va 592-bandlaridagi talablariga muvofiq;
nasos va dam bergichlarning bosimli (haydash) quvurlarida bosim 1,6 MPa (16 kgf/cm2) dan ortib ketganda;
toʻldirilayotgan sigʻimda gaz eng yuqori sathga yetgandan keyin (sigʻimlarni toʻldirishga moʻljallangan agregatlar uchun).
569. Bugʻlatgichlar (issiq almashtirgichlar) ushbu ShNQning 645-bandida keltirilgan hollarda, shuningdek sigʻimlar bugʻlatgichlar (issiq almashtirgichlar) yordamida toʻldiriladigan boʻlganda sigʻimlarda gazning sathi eng yuqori darajaga yetganida bugʻlatgichni oʻchirib qoʻyadigan avtomatika bilan jihozlanishi kerak.
570. Elektr motorlarni nasos va dam bergichlar bilan dielektrik qistirmali va shaybali mufta vositasida birlashtirish lozim.
571. Ballonlarni toʻldirish usulidan, tarozida tortish usulida yoki barcha ballonlarning toʻldirilish darajasi (100 foiz) ni aniq bilishga imkon bermaydigan boshqa usulda toʻldirilishidan qatʼi nazar ballonlarning toʻldirilish darajasi nazorat qilinishi lozim.
572. Ballonlarning germetikligini nazorat qilish uchun yilning sovuq fasllarida gazni isitish qurilmasi oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
573. Toʻlib toshgan ballonlardan gazni quyib olish va bugʻlanmagan gazni quyib olish uchun quyidagi joylarda joylashtiriladigan sigʻimlar boʻlishi kerak:
saqlash bazasining ichida — sigʻimlarning umumiy oʻlchami 10 m3 dan katta boʻlganda;
toʻldirish sexining binosidan kamida 3 m masofada (transport yurmaydigan joyda) — sigʻimlarning umumiy sigʻimi 10 m3 gacha boʻlganda.
574. Avtotsisternalarga SUG toʻldirish va gaz xoʻjaligi korxonalariga tegishli gaz ballonli avtomobillarga gaz berish uchun toʻldirish va gaz berish kolonkalari oʻrnatish hamda ularni umumiy maydonchaga joylashtirish kerak.
575. Gaz berish kolonkalarini GTSh hududidan tashqarida, GTSh devoridan kamida 20 m masofada joylashtirishni moʻljallash lozim.
576. Bugʻ va suyuq faza quvurlarida, qoʻzgʻalmas quvurlar toʻldirish va avtomobillarga gaz berish moslamasi bor kolonkalarga biriktirilgan joyning yaqinida maxsus klapanlar oʻrnatish lozim.
Bu klapanlar toʻldirish va gaz berish moslamalarining germetikligi buzilganda gazning atmosferaga chiqishining oldini olishi kerak.
Gazni rezina quvursiz quyish usulida konstruksiya ishonchli boʻlsa yuqorida aytilgan klapanlarni oʻrnatmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
577. Avtotsisternalarning toʻlganlik darajasini nazorat qilish uchun avtotarozilar boʻlishi kerak.
Isitilgan gazdan foydalanishda uning haroratini nazorat qilish lozim, u 45° C dan ortib ketmasligi kerak.
578. Kolonkalarga boradigan suyuq va bugʻ faza quvurlarida kolonkalardan kamida 10 m masofada berkituvchi moslamalar oʻrnatish lozim.
579. Xonalardan tashqarida boʻladigan SUG isitish bugʻlatgichlari va issiqlik almashtirgichlarni (bundan buyon matnda bugʻlatish qurilmalari deyiladi) SUG saqlanadigan sigʻimlardan kamida 10 m va nasos-dam bergich boʻlimi yoki toʻldirish sexining binosidan kamida 1 m masofada joylashtirish lozim.
580. Xonalarga joylashtiriladigan bugʻlatish qurilmalarini toʻldirish sexining binosiga yoki gaz isteʼmol qiluvchi qurilmalar bor binoning alohida xonasiga yoki A toifadagi binolar uchun alohida binoga oʻrnatilishi, bunda GTShning xizmat koʻrsatuvchi xodimlar doimiy oʻtirmaydigan xonalariga oʻrnatilgan bugʻlatish qurilmalarida texnologik jarayonni nazorat qiladigan qoʻshimcha qurilmalar boʻlishi, ushbu qurilmalar GTShning xizmat koʻrsatuvchi xodimlar boʻladigan xonalariga oʻrnatilishi kerak.
581. Ish unumdorligi 200 kg/h gacha boʻlgan bugʻlatish qurilmalarini nasos-dam bergich boʻlimida yoki yer osti va yer ustidagi sigʻimlarning boʻgʻizidagi qopqogʻida (shtutserlarda), shuningdek saqlash bazasining ichida sigʻimlardan kamida 1 m masofada joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
582. Bugʻlatgichlar orasidagi masofani bugʻlatgich diametridan katta, biroq barcha hollarda kamida 1 m boʻlishi lozim.
583. GTShda ochiq olovdan foydalanadigan bugʻlatish qurilmalari oʻrnatishni moʻljallashga yoʻl qoʻyilmaydi.
9-§. Gaz qurilmalari, armatura va NOʻA
584. GTSh gaz quvurlarini GOST 20448-2018 talablariga muvofiq turli xil markadagi gazlarni alohida-alohida qabul qilish, saqlash hamda berishni hisobga olgan holda loyihalashtirish lozim.
Gaz quvurlarining nasos-dam bergich va toʻldirish qurilmalariga kirish joyida binoning tashqarisida kamida 5 m va koʻpi bilan 30 m masofada elektr yuritmali berkituvchi moslama boʻlishi zarur.
585. Ish bosimi 1,6 MPa (16 kgf/cm3) gacha boʻlgan suyuq va bugʻ faza gaz quvurlarini ushbu ShNQning 23-bobiga muvofiq poʻlat quvurlardan oʻtkazish kerak.
GTShning quyish, toʻldirish, gaz berish moslamalarini ulash uchun rezinali va rezina aralashgan toʻqimali yenglardan foydalanishni moʻljallash kerak.
Englarning materiali berilgan bosim va haroratda oʻtkazilayotgan gaz taʼsiriga chidamli boʻlishi kerak.
586. GTShning ishlab chiqarish zonasida gaz quvurlarni yer ustidan yonmaydigan materiallardan tayyorlangan tayanchlarda hamda yer sathidan kamida 0,5 m balandlikda oʻtkazishni moʻljallash kerak.
Gaz quvurlarini GTSh asosiy ishlab chiqarish binolarining tashqi devorlaridan (panellardan qurilgan metall qoplamali va polimer isitgichli devorlardan tashqari) deraza oʻrnidan 0,5 m yuqori yoki pastdan va eshik oʻrnidan 0,5 m yuqoridan oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, deraza va eshik oʻrnilarining tepasidan va pastidan armatura, flanetsli va rezbali birikmalar joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Gaz quvurlarini tashqi devorlar orqali oʻtkazish ushbu ShNQning 127-bandiga muvofiq bajarilishi lozim.
587. Gaz quvurlarni V-1a sinfiga oid portlash xavfi bor xonalarni portlash xavfi boʻlmagan xonalardan ajratib turadigan devorlar orqali oʻtkazishda portlash xavfi bor xona tomondan salnikli gʻiloflarda zichlagichlar qoʻyib ketish lozim.
588. Suyultirilgan gaz quvurlarining gidravlik hisobini ushbu ShNQning 3-bobiga muvofiq bajarish kerak.
589. Yer ustidan oʻtkazilgan suyuq faza gaz quvurlarining berkitish moslamalari bilan chegaralangan qismlarida quyosh nurlarining isitishi natijasida quvurda bosim ortib ketishining oldini olish maqsadida berkitish moslamasi bilan birga teskari klapan oʻrnatishni ham moʻljallash zarur.
U gazni saqlash bazasining sigʻimlariga oʻtkazib yuboradi, bunda oʻrniga saqlash klapani oʻrnatsa ham boʻladi.
Bunda, bosim oshganida gaz nay (svecha) orqali yer sathidan kamida 3 m balandlikda chiqarib yuborilishi kerak.
590. Nasos-kompressor, toʻldirish va quyish, ballonlarni gazsizlantirish, boʻyash boʻlimlarining xonalarida, shuningdek A toifaga kiradigan boshqa xonalarda xona havosida gazning xavfli darajada koʻpayib ketganligini bildiruvchi gaz analizatorlari oʻrnatish lozim.
591. SUGning yer osti va yer usti sigʻimlari uchun NOʻA va sigʻim armaturasi boʻlishi kerak.
592. Yer usti sigʻimlari uchun uning klapanlarining oʻtkazish qobiliyati (saqlash klapani orqali oʻtkaziladigan gaz) miqdorini yongʻin chiqqanda sigʻim bilan atrofidagi havoning harorati 600 °C hisobidan issiqlik almashinuviga asoslanib belgilash zarur.
Yer osti sigʻimlari uchun saqlash klapanlarining oʻtkazish qobiliyati yer ustidagi sigʻimlar uchun aniqlangan hisobiy qiymatning 30 foiz miqdorida qabul qilish kerak.
593. Sigʻimlarning saqlash klapanlaridan gazni havo bilan tozalash (chiqarib yuborish) quvurlari orqali chiqarish kerak.
Havo bilan tozalash quvurlari yer usti sigʻimlariga xizmat koʻrsatiladigan maydonchadan yoki yer osti sigʻimlarining toʻkma sirtidan kamida 3,0 m balandlikka chiqarilgan boʻlishi lozim.
Saqlash klapanlaridan bir nechtasini bitta havo bilan tozalash quvuriga ulashga yoʻl qoʻyiladi.
Saqlash klapanlaridan gaz chiqarib yuboriladigan quvurlarga berkituvchi moslamalar oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
594. Yer osti sigʻimlarida NOʻA, rostlash, saqlash va berkitish armaturalarini toʻkmaning tepasiga oʻrnatilishi kerak.
10-§. Muhandislik kommunikatsiyalari
595. GTShda tashqi yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimi boʻlishi kerak.
Suv taʼminoti tizimiga yongʻinni oʻchirishga moʻljallangan suv manbalari, yongʻin oʻchirish nasos stansiyasi hamda gidrantlari bor yuqori bosimli halqasimon tutashtirilgan suv quvuri kiradi.
596. Saqlash bazasidagi sigʻimlarning umumiy sigʻimi 200 m3 va undan kam boʻlganda yongʻinni oʻchirish uchun past bosimli suv quvuri tizimini yoki yongʻinni suv havzalaridagi suv bilan oʻchirilishi kerak.
597. GTShda tashqi yongʻin oʻchirishga suv sarfini 17-jadvalga muvofiq qabul qilish lozim.

17-jadval

Saqlash bazasidagi suyultirilgan gazlar sigʻimlari oʻlchami (m3)

Sigʻimlardan suvning sarflanishi (L/s)

er ustidagi

yer ostidagi

200 gacha

15

15

1000 gacha

20

15

2000 gacha

40

20

2000 dan koʻp, lekin 8000 gacha

80

40

598. Yer usti sigʻimlari bor GTShdagi yongʻinga qarshi nasos stansiyasini ishlash ishonchliligi jihatdan I toifaga kiritish kerak.
GTSh bitta taʼminlash manbaidan elektr bilan taʼminlaganida ichki yonuv dvigatellari bor yongʻinga qarshi zaxira nasoslar oʻrnatish kerak.
599. SUG saqlanadigan yer usti sigʻimlari mavjud GTShda sigʻimlarning umumiy oʻlchami 200 m3 dan katta boʻlganda ularda suv bilan sovitadigan qoʻzgʻalmas avtomatik tizim boʻlishi lozim.
Bu tizim sigʻimlarning barcha yon va old tomonlarini 75 min davomida va armaturali old tomonlarini 0,1 L/(cm2) hamda 0,5 L/(cm2) tezlikda toʻxtovsiz sovitishni taʼminlash kerak.
Suv quvuridan sugʻorish sigʻimi tizimiga tushadigan suvni oʻchiradigan qurilma sigʻimdan kamida 25 m masofadagi joyda oʻrnatilishi lozim.
Tashqaridan yongʻinni oʻchirishga va sigʻimlarni suv sepib sovitishga umumiy suv sarfini aniqlashda suvni gidrantlardan ushbu ShNQning 17-jadvalida keltirilgan miqdorlardan 25 foiz sarf boʻlishini hisobga olish lozim.
600. Toʻkish estakadasiga yongʻin tushganda uni GTSh uchun qabul qilingan yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimidagi koʻchma vositalar bilan oʻchirish kerak.
601. Portlash-yongʻin chiqish, xavfi jihatdan A toifaga kiradigan binolardan, shuningdek GRShning V-1g sinfga kiradigan portlash xavfi mavjud zonali tashqi qurilmalari va inshootlaridan 50 m radiusda joylashgan suv quvurlari quduqlarida ikkitadan qopqoq boʻlishi lozim.
602. GTShda ishlab chiqarish va maishiy kanalizatsiyasi boʻlishi kerak.
603. GTSh kanalizatsiyasini loyihalashtirishda ishlab chiqarish kanalizatsiyasi bilan maishiy kanalizatsiya suvlarini bitta quvurga tushirib yuborishni va ishlab chiqarishdagi ifloslanmagan oqava suvlardan qayta foydalanish lozim.
604. Sigʻimlar, avtotsisternalar va ballonlarni bugʻlatishdan (yuvish) tushgan oqova suvlarni tindirgichdan oʻtkazilishi, ishlab chiqarish kanalizatsiyasiga tushirish kerak.
605. Tindirgichning qurilmasi tarkibi jihatdan neft mahsulotlariga oʻxshash boʻlgan suv yuzasidagi iflosliklarni tutib qolishga imkon beradigan boʻlishi kerak.
606. Yer yuzasidagi suvlarni hamda sigʻimlarni gidravlik sinashdan tushgan suvlarni saqlash bazasining oʻralgan hududidan chiqarib yuborishni bazaning hududini rejalashtirish vaqtida nazarda tutish va suvni gidrozatvorli suv yigʻgich orqali chiqarib yuborish lozim.
607. Ishlab chiqarish kanalizatsiyasining portlash-yongʻin chiqish xavfi jihatdan A toifaga kiradigan xonalardan chiqish joyiga gidrozatvorli quduqlar oʻrnatish lozim.
GTShning V-1g sinfga kiradigan portlash xavfi bor mintaqa tashqi qurilma va inshootlaridan 50 m radiusli zonada joylashgan kanalizatsiya quduqlarida ikkita qopqoq boʻlishi zarur.
Qopqoqlar orasidagi boʻshliqqa kamida 0,15 m qalinlikda qum toʻkish yoki gaz sizib chiqqanda uning quduqqa tushishining oldini oladigan boshqa material bilan zichlashtirish kerak.
608. GTSh hududidagi issiqlik tarmoqlari quvurlarini yer ustidan oʻtkazishni moʻljallash lozim.
Yer ustidan oʻtkazish imkoniyati boʻlmagan ayrim joylarda quvurlarni yer ostidan oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
609. Isitish tizimining quvurlarini A toifaga kiruvchi ishlab chiqarish xonalari ichidan ochiq holda oʻtkazish kerak.
610. A toifadagi yopiq xonalar uchun sunʼiy oqova-soʻrma havo almashtirish tizimi boʻlishi lozim.
Xonalarning tepa qismida hisobiy havo almashinuvni taʼminlash uchun deflektorlar oʻrnatgan holda tabiiy havo almashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
611. Nasos-kompressor, bugʻlatish-toʻldirish, ballonlarni gazsizlantirish va boʻyash boʻlimlarida ish vaqtida havoning 1 h da kamida oʻn marta hamda ishdan tashqari vaqtda 1 h da uch marta almashtirilishi zarur.
612. A toifaga kiruvchi ishlab chiqarish xonalarida suyultirilgan gazlar soʻrilib chiqib ketadigan moʻrilarni xonaning pastki va tepa qismlarida joylashtirish lozim.
Bunda, pastki qismidan umumiy chiqib ketadigan havo hajmining kamida 2/3 qismini soʻrib olish (mahalliy soʻrimlardan chiqib ketadigan havo miqdori ham hisobga olinadi) kerak.
Havo almashtiruvchi soʻrma darchasini poldan 0,3 m tepada joylashtirish kerak.
613. Avariya havo almashtirish tizimi ishchi mintaqa havosida zararli moddalar toʻplanmasi PDK (REKK) dan ortib ketganda xona havosida gaz koʻpayganligini bildiruvchi signalizatsiya ishga tushishi bilan avtomatik ravishda ishlab ketishi lozim.
Gaz-havo aralashmasining alangasi tarqalishining pastki toʻplanma chegarasining 10 foizdan ortib ketganda ham avariya havo almashtirgichi avtomatik ravishda ishga tushadigan boʻlishi kerak.
Bunda, havoni xonaning pastki qismidan chiqib ketishni hisobga olish lozim.
Avariya soʻrma havo almashtirgich ishga tushishi bilan texnologik nasos va dam bergichlarning elektr yuritmalari avtomatik ravishda oʻchadigan boʻlishi lozim.
614. A toifadagi ishlab chiqarish xonalariga oʻrnatiladigan nasoslar, dam bergichlar va boshqa uskunalarning elektr yuritmalarini soʻrma havo almashtirish tizimlari bilan blokirovka qilinishi, bunda havo almashtirgich toʻxtaganida elektr yuritmalar ham toʻxtashi lozim.
615. GTShning isitilmaydigan, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar 2 h dan kam boʻladigan ishlab chiqarish xonalarida tashqi devorlarning pastki qismida joylashtiriladigan jalyuzi panjaralar orqali tabiiy havo almashtirgich boʻlishi lozim.
616. Qurilmasida mahalliy soʻrilmalar boʻladigan uskunadan havoni alohida havo soʻrgʻich tizimlari orqali chiqarilishi kerak.
617. Tortadigan ventilatsiya uskunasi joylashgan xonalarda (ventilatsiya kameralari) 1 h da kamida bir marta havo almashtirilishi zarur.
11-§. Suyultirilgan gaz toʻldirish punktlari
618. SGTP asosan avtomobil transporti bilan keladigan SUGni qabul qilish, saqlash va isteʼmolchilarga ballonlarda berish uchun moʻljallanishi kerak.
619. SGTP binolari, inshoot va qurilmalarini GTShning ushbu ShNQning 487 — 493-bandlari hamda mazkur paragrafda keltirilgan talablarni hisobga olgan holda loyihalashtirish zarur.
620. SGTPning SUG saqlash bazasining sigʻimini ushbu ShNQning 537 — 539-bandlaridagi belgilangan talablarga muvofiq holda aniqlash lozim.
621. SGTPni odamlar yashaydigan joylar hududi ichida, koʻproq boʻladigan shamolga teskari tomonda joylashtirish kerak.
622. SGTP qurish uchun maydoncha tanlashda SGTP atrofini toʻsiq bilan oʻrash imkoniyatini, atrofida kamida 10 m kenglikda qurilish boʻlmaydigan mintaqa borligi hisobga olinishi lozim (kengaytirilayotgan va qayta qurilayotgan SGTPga bundan mustasno).
623. SGTP hududi ishlab chiqarish mintaqasi bilan yordamchi mintaqalarga boʻlinadi. Ularda SUG qabul qilish, tashish, saqlash va isteʼmolchilarga tarqatishning texnologik jarayoniga bogʻliq ravishda quyidagi asosiy bino va inshootlar boʻlishi kerak:
a) ishlab chiqarish mintaqasida:
gaz quyish uchun kolonkalar;
SUG saqlanadigan sigʻimlari saqlash bazasi;
toʻldirilgan va boʻsh ballonlarni joylashtirish uchun ortish-tushirish maydonchasi mavjud toʻldirish sexi;
nasos-dam bergich va havo-dam bergich boʻlimlari;
bugʻlatish (issiq almashtirish) qurilmasi;
bugʻlanmagan gazni ballonlardan quyib olish uchun sigʻimlar;
SUGning bugʻ va suyuq fazasini SGTPning texnologik chizmasiga muvofiq bir joydan boshqa joyga olib borish uchun maydoncha;
b) yordamchi mintaqada:
ishlab chiqarish-yordamchi bino, unda mexanik ustaxona, nasos boʻlimi, maʼmuriy-xoʻjalik boʻlimi va boshqa xonalar;
transformatorlar kichik stansiyasi;
qozonxona (mavjud issiqlik taʼminoti manbalariga ulashning iloji boʻlmaganida);
avtomobillar turadigan ochiq maydoncha;
yongʻinga qarshi suv zaxirasi turadigan sigʻimlar;
omborxona va boshqa xonalar.
Gaz xoʻjaligidan foydalanish xizmatini SGTP hududiga birlashtirib (taqab) joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
624. SGTPda joylashtirilgan SUG saqlash sigʻimlaridan SGTPga taalluqli boʻlmagan bino va inshootlargacha boʻlgan eng kam masofa quyidagi 18-jadvalga hamda yoʻllargacha boʻlgan masofa esa 19-jadvalga muvofiq boʻlishi kerak.

18-jadval

Sigʻimlarning umumiy oʻlchami (m3)

Bitta sigʻimning eng koʻp oʻlchami (m3)

Sigʻimlardan SGTPga taalluqli boʻlmagan binolargacha (turar-joy, jamoat, ishlab chiqarish binolari boʻlgan masofa (m)

Yer ustidan

Yer ostidan

50 dan 100 gacha

25

80

40

50 dan 100 gacha

50

100

50

100 dan 200 gacha

50

150

75

19-jadval

SGTP hududidan tashqaridagi yoʻllar

SGTPdagi sigʻimlarning umumiy oʻlchami quyidagicha boʻlganda suyultirilgan gaz sigʻimlaridan yoʻlgacha boʻlgan masofa (m)

100 m3 gacha

100 m3 dan katta

er ustidagi

yer ostidagi

er ustidagi

yer ostidagi

Umumiy tarmoqdagi temir yoʻllar (toʻkmaning etagigacha yoki chuqurning sigʻim tomonidagi qirgʻogʻigacha)

50

30

75

50

Sanoat korxonalariga keladigan temir yoʻl shoxobchalari, tramvay yoʻllari (yoʻl oʻqigacha, avtomobil yoʻllari (yoʻl chetigacha)

20

15

30

20

625. SGTP hududida joylashgan bino va inshootlar orasidagi eng kam masofa GTSh kabi ushbu ShNQning 11-ilovasiga muvofiq boʻlishi kerak.
SGTPda suyultirilgan gazni saqlash uchun umumiy sigʻimi 50 m3 dan kam boʻlgan sigʻimlar joylashtirilganda masofa ushbu ShNQning 12-ilovasiga muvofiq boʻlishi lozim.
GSTP hududidagi binolarda SGTPga taalluqli boʻlmagan ishlab chiqarishlar hamda turar-joy xonalari boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
12-§. Ballonlarning oraliq omborlari
626. Javonlardan bino va inshootlargacha boʻlgan minimal masofa mazkur ShNQning 20 va 21-jadvallariga muvofiq tanlanishi lozim.
627. Yonmaydigan materiallardan yasalgan javonlarda koʻpi bilan 10 ta ballonni saqlashga yoʻl qoʻyiladi.

20-jadval

Inshootlar

Ballonlar guruhi qurilmasining javonidan tekislik boʻyicha masofa (m)

Kanalizatsiya (chiqindilar quvuri), issiqlik trassasi

3,5

Suv quvuri va boshqa kanalsiz kommunikatsiyalar

2,0

Yer osti kommunikatsiyalarining quduqlari, chiqindi oʻralari

5,0

Elektr kabellar va elektr uzatish havo yoʻllari

Elektr qurilmalarini oʻrnatish qoidalariga muvofiq

21-jadval

Binolar

Binolar guruhi qurilmasidan binogacha masofa (m)

Turar-joy, sanoat korxonalarining ishlab chiqarish binolari, ishlab chiqarish xususiyatli maishiy xizmat korxonalarining binolari va olovbardoshlik darajasi quyidagicha boʻlgan boshqa binolar:

I va II

8

III

10

IV va V

12

Jamoat binolari, olovbardoshlik darajasidan qatʼi nazar

25

Aholida joylashgan xoʻjalik

8

628. Ballonlar saqlanadigan bino Bosim ostida ishlaydigan idishlarni oʻrnatish va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalarining talablariga javob beradigan boʻlishi lozim.
629. BOOni aholi yashaydigan joylar hududiga turar-joy binolariga nisbatan shamolga teskari tomonda, avtomobil yoʻllari yaqinida joylashtirish kerak.
630. BOO ombori va ortish-tushirish maydonchalaridan turli maqsadlarga moʻljallangan bino va inshootlargacha boʻlgan masofa ushbu ShNQning 12-ilovasida keltirilgan qiymatlardan kam boʻlmasligi lozim.
Bunda, BOO kamida 150 ta ballon joylashtiriladigan boʻlganda, BOOdan bogʻ va dala hovlilarning bir qavatli binolarigacha boʻlgan masofa mazkur ShNQning 12-ilovasidagi jadvalning 2-pozitsiyasida keltirilgandan koʻpi bilan 2-marta kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
13-§. Ballonlarning oraliq omborlari elektr taʼminoti, elektr uskunalar, yashindan himoya va aloqa vositalari
631. Xonalardagi portlash xavfi mavjud zonalar va tashqi qurilmalarning sinfini ushbu ShNQning 521-bandi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
GTSh, SGTP va BOOlar uchun elektr uskunalar qabul qilingan sinfga muvofiq holda tanlanishi lozim.
632. GTSh, SGTP va BOOdagi elektr isteʼmolchilarni elektr taʼminotining ishonchliligini taʼminlash jihatdan III toifaga kiritish kerak.
Yongʻinga qarshi nasos stansiyasidagi elektr isteʼmolchilarni 1-toifaga kiritish lozim.
633. Yongʻinni oʻchirishda ishlatiladigan nasoslarni elektr taʼminotining ikkita mustaqil manbadan taʼminlashning iloji boʻlmaganida dizel yuritmali zaxira nasos oʻrnatish lozim.
634. Nasos-dam bergich, toʻldirish va bugʻlatish boʻlimlarining xonalarida ish vaqtidagi yoritilishdan tashqari avariya vaqtida qoʻshimcha yoritilish boʻlishi kerak.
635. Elektr taʼminoti chizmasida yongʻin paydo boʻlganda, portlash xavfi mavjud zonali xonalar havosida gazning toʻplanishi xavfli darajada koʻpayib ketganida texnologik uskunalarning avtomatik uzilishi va havo almashtirish qurilmalarining markaziy pultdan oʻchirilishi kerak.
636. GTSh hududida tashqi va muhofaza yoritilishi, SGTP va BOOda — tashqi yoritilish qurilmalari boʻlishi lozim.
Tashqi va muhofaza yoritilishni xodimlar doim boʻlib turadigan joydan (masalan, hududga kirish xonasidan) boshqarish lozim.
637. GTSh va SGTP saqlash bazalari hududi ustidan havodan elektr uzatish simlari oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Saqlash bazasi hududida joylashgan NOʻA va elektr uskunalar portlashdan muhofazalangan boʻlishi kerak.
638. Portlash xavfi bor mintaqalar qaysi sinfga kirishga qarab tashqi texnologik qurilmalar va kommunikatsiyalarning bino va inshootlari uchun chaqmoqdan himoya qilish RD 153-34.21.122-2003 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
639. GTSh binolari uchun ichki aloqa boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
BOO uchun tashqi telefon tarmogʻiga chiqishi kerak.
640. Har qanday sinfdagi portlash xavfi bor mintaqalarda portlashdan himoyalash darajasi yoki himoyalash darajasining jildi GOST 17494-87ga muvofiq elektrik mashinalar ishlatilishi lozim.
641. Har qanday sinfdagi portlash mavjud mintaqalarda nolga tenglashtirilgan (erga ulangan) korpuslar shkaflari va pultlari ichida oʻrnatilgan elektr qurilmalaridan boshqa oʻzgaruvchan hamda doimiy tokli elektr qurilmasini nolga tenglashtirish (erga ulash) lozim.
21-bob. Sigʻimli va ballonli qurilmalardan suyultirilgan gazlar bilan taʼminlash
1-§. Umumiy talablar
642. Alohida tabiiy va iqlim sharoitlariga ega boʻlgan tumanlar uchun SUG taʼminoti tizimlarini loyihalashda ushbu ShNQning 22-23-boblarida keltirilgan talablarni inobatga olish kerak.
643. Xonalar ichidan gaz quvurlarini oʻtkazish, gaz asboblarini joylashtirish va ishlab chiqarish qurilmalarini gaz bilan taʼminlashni loyihalashtirish ishlarini ushbu ShNQning 18-bobida keltirilgan talablarga muvofiq amalga oshirish lozim.
2-§. Sigʻim qurilmalari
644. SUG tarkibiga va iqlim sharoitlariga bogʻliq holda sigʻim qurilmasi tarkibiga bugʻlatgichlar va bugʻlatish qurilmalari boʻlishi lozim.
Bosim tartiblagichida PSK oʻrnatilgan hollarda tartiblagichdan soʻng qoʻshimcha chiqarib yuborish toʻsqichini oʻrnatmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
Gaz bosimi ikki bosqichda tartiblanadigan boʻlganda PSKni 1-bosqichdagi bosim tartiblagichidan oldin oʻrnatish va II bosim tartiblagichdan keyin impulsli nay ulash kerak.
645. Qurilmadagi sigʻimlar sonini hisoblash yoʻli bilan topish lozim va ular ikkitadan kam boʻlmasligi kerak.
Ikkitadan koʻp sigʻim boʻlsa, qurilma guruhlarga ajratilishi lozim.
Har bir guruhdagi sigʻimlar suyuq va bugʻ fazalari boʻyicha bir-biri bilan quvurlar yordamida ulanishi zarur.
Alohida guruhlarning birgalikda ishlashi uchun ularni oʻchiradigan qurilmalar bilan bugʻ fazasi quvurlari ulanishi kerak.
Yer usti qurilmasi uchun SUG bilan toʻldirilgan GTShda yoki SGTPda ham statsionar, ham transportabel (avtomobilga oʻrnatilgan) sigʻimlari boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
646. Sigʻimli qurilmalarning NOʻA, tartiblash, sigʻim va berkitish armaturalari ushbu ShNQning 23-bobi talablariga javob beradigan boʻlishi kerak.
647. Sigʻimli qurilmalarning armatura va asboblarini atmosfera yogʻingarchilik va shikastlanishlardan gʻilof bilan muhofaza qilish lozim.
648. Sigʻimli qurilmalarda yonmaydigan materialdan yasalgan balandligi kamida 1,6 m boʻlgan toʻsiq boʻlishi, ulardan toʻsiqqacha masofa kamida 1 m boʻlishi kerak.
Yer ustidagi sigʻimlarda soyabon boʻlishi lozim.
649. Tabiiy bugʻlanishda sigʻimlarning ish unumdorligi quyidagicha aniqlash kerak:
yer ostida joylashtirilganda — nomogramma asosida;
er ustida joylashtirilganda — atrof-muhit bilan issiqlik almashinish sharoitlari asosida.
Yonma-yon joylashgan yer osti sigʻimlarining issiqlik taʼsirini hisobga olish uchun nomogrammadan topilgan ish unumdorligini qurilmadagi sigʻimlarning soniga bogʻliq boʻlgan issiqlik taʼsiri koeffitsiyent m ga koʻpaytirish kerak:

Qurilmadagi sigʻimlar soni

Issiqlik taʼsiri koeffitsiyentining qiymati

2

0.93

3

0.84

4

0.74

6

0.67

8

0.64

Sigʻimlar soni 8 tadan koʻp boʻlganda m koeffitsiyentining qiymati ekstrapolatsiya yoʻli bilan aniqlanishi lozim.
650. Yer ustida joylashgan oʻlchami 600 L, 1000 L, 1600 L boʻlgan sigʻimlarning ish unumdorligi havo bilan issiqlik almashinuv sharoitidan kelib chiqib, issiqlik texnikasi hisobidan yoki ushbu ShNQning 13-ilovasiga muvofiq aniqlanishi kerak.
Turar-joy binolarini gaz bilan taʼminlashda suyultirilgan gazlarning 1h lik hisobiy sarfi Qhd ni ushbu formula orqali aniqlash kerak, kg/h:
Bu erda:

n

gazdan foydalanadigan aholi soni, kishi. Bunda, maʼlumot boʻlmaganida uning qiymati gazlashtiriladigan xonadonlar soniga va gazlashtiriladigan tumandagi oilalilik koeffitsiyentiga qarab qabul qilinadi;

Kdn

yil davomida gazdan bir kunlik notekis foydalanish koeffitsiyenti (xonadonlarda gaz plitalari boʻlganida — 1,4, plitalar hamda suv isitgichlar boʻlganida — 2,0);

Qy

bir kishiga toʻgʻri keladigan yillik gaz sarfi issiqlik birliklarida kJ/-yil/-kcal/yil;

Knh

kunlik sarfning soatlik eng koʻp koʻrsatkichi — 0,12;

Qel

gazning yonish issiqligi, kJ/kg/cal/kg.

651. Isteʼmolchilar toifasiga bogʻliq ravishda qurilmadagi sigʻimlarning eng koʻp umumiy oʻlchamini quyidagi 22-jadval hamda bitta sigʻimning eng koʻp hajmini 23-jadvaldan qabul qilish kerak.

22-jadval

Sigʻim qurilmasining vazifasi

Sigʻimlarning umumiy oʻlchami (m3)

Yer ustidagi

Yer ostidagi

Turar-joy, jamoat binolari va inshootlarining gaz taʼminoti

5

300

Sanoat, qishloq xoʻjaligi korxonalari va ishlab chiqarish xususiyatli maishiy xizmat koʻrsatish korxonalarini gaz bilan taʼminlash

20

300

23-jadval

Sigʻim qurilmasining umumiy oʻlchami (m3)

Bitta sigʻimning eng koʻp hajmi*

(m3)

er ustidagi

yer ostidagi

Statsionar sigʻimlarda:

20 gacha

5

5

20 dan 50 gacha

-

10

50 dan 100 gacha

-

25

100 dan 300 gacha

-

50

Olib qoʻyiladigan sigʻimlarda, 5 gacha

1,6

-

* sigʻimlar soni ularning joylashishi va zaruriy hajmi boʻyicha har bir konkret holat boʻyicha aniqlanadi.
652. Chekka sigʻimdan hisoblaganda quyidagilarga muvofiq qabul qilish lozim:
turli maqsadlarga moʻljallangan bino va inshootlargacha masofani kamida — 22-jadvalga;
yer osti inshootlarigacha masofani ballonli qurilmalar guruhidagi kabi kamida — 23-jadvalga;
elektr uzatish liniyalarigacha masofa — Elektr qurilmalarini oʻrnatish qoidalariga.
Turar-joy va jamoat binolarini gaz bilan taʼminlashga moʻljallangan sigʻim qurilmalaridan transformator kichik stansiyalarigacha va taqsimlash qurilmalarigacha masofa quyidagi 24-jadvalga muvofiq qabul qilish kerak.
Yer osti sigʻimlaridan kamida 15 m va yer usti sigʻimlaridan 20 m boʻlishi lozim.

24-jadval

Bino va inshootlar

Sigʻim qurilmasidagi sigʻimlarning umumiy oʻlchami (m3) quyidagicha boʻlganda

er ustida

yer ostida

sigʻimlardan bino va inshootlargacha boʻlgan masofa (m3)

5 gacha

5 ÷ 10

10 ÷20

10 gacha

10 ÷20

20÷50

50 ÷100

100 ÷200

200 ÷300

Jamoat binolari va inshootlar

40

-

-

15

20

30

40

45

75

Turar-joy binolari:

qurilma tomonidagi devorida oʻyiqlar boʻlganda

20

-

-

10

15

20

40

40

75

qurilma tomonidagi devorida oʻyiqlar boʻlmaganda

15

-

-

8

10

15

40

40

75

Sanoat, qishloq xoʻjaligi korxonalarining, ishlab chiqarish xususiyatli maishiy xizmat korxonalarining bino va inshootlari

15

20

25

8

10

15

25

35

45

Izoh: Agar turar-joy binosida jamoat korxonalari joylashgan boʻlsa, masofani turar-joy binosiga qadar qabul qilingani kabi olish kerak.
Qoʻshni sigʻim qurilmalari orasidagi masofani 3-pozitsiya boʻyicha qabul qilish lozim.
653. Sigʻim qurilmalari uchun tekis joylashtiriladigan silindr shaklidagi payvandlangan poʻlat sigʻimlar ishlatish kerak. Yer osti sigʻimlarini ushbu ShNQning 20-bobiga muvofiq oʻrnatish lozim.
Yer ostiga oʻrnatish uchun moʻljallangan sigʻimlarni yer ustiga oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
654. Yer osti sigʻimlarini yemirilishdan muhofaza qilish GOST 9.602-2016 va ushbu ShNQning 15-bobi talablariga mos boʻlishi lozim.
Yer ustidagi sigʻimlarni och rangga boʻyash kerak.
655. Yer osti sigʻimlarini oʻrnatishda qish faslida grunt muzlaydigan hududlarda yer sirtidan sigʻimning tepasigacha boʻlgan masofa kamida 0,6 m va grunt muzlamaydigan hududlarda 0,2 m boʻlishi lozim.
Suvga toʻyingan gruntlarda sigʻimlarni oʻrnatishda yer osti suvlarining sathi quyidagicha boʻlganda sigʻimlarning qalqib chiqishining oldini oladigan chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerak:
oʻlchami koʻpi bilan 5 m3 boʻlgan sigʻimlar uchun uning diametral ufqiy tekisligidan yuqori boʻlganda;
oʻlchami 5 m3 dan katta sigʻimlar uchun uning tubidan yuqori boʻlganda.
Yer osti sigʻimlari orasidagi tekis masofa kamida 1 m, yer ustidagi sigʻimlar orasidagi masofa esa yonma-yon turgan sigʻimlarning kattasi diametriga teng, biroq kamida 1 m boʻlishi kerak.
656. Yer osti sigʻimlarini tutashtiradigan yer osti suyuq faza gaz quvuri tepasida nazorat nayi boʻlishi lozim.
657. Sigʻimlarni tutashtiruvchi bugʻ faza gaz quvurida sigʻimlar guruhlari orasida erdan kamida 0,5 m balandlikda berkituvchi moslama oʻrnatilishi kerak.
658. Saqlash toʻsqichlarini har qaysi sigʻimga, sigʻimlar guruhga birlashtirilganda (suyuq va bugʻ fazalarniki) esa har qaysi guruhdagi bitta sigʻimga oʻrnatilishi lozim.
3-§. Bugʻlatish qurilmalari
659. Quyidagi hollarda sunʼiy bugʻlatishli bugʻlatish qurilmalari oʻrnatilishi kerak:
tabiiy va grunt taʼsirida bugʻlanadigan sigʻim qurilmalarini gazga boʻlgan hisobiy ehtiyojni taʼminlamaganda;
oʻzgarmas tarkibli gaz (yonish issiqligi oʻzgarmas, zichligi oʻzgarmaydigan) bilan taʼminlash zarur boʻlganda;
sigʻimlar oʻrnatilgan chuqurlikda grunt harorati 0° C dan past boʻladigan joylarda tarkibida butan miqdori koʻp (30 foizdan ortiq) boʻladigan gaz yetkazib berishda.
660. SUG bugʻ fazasini berishda bitta sigʻim qurilmasidan taʼminlash maqsadga muvofiq boʻlgan xonadonlar sonini quyidagi 25-jadval boʻyicha qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.

25-jadval

Binodagi qavatlar soni

Gaz isteʼmolining eng muvofiq zichligi kg/(odamga)

Gaz bugʻlatgichi turiga qarab xonadonlar soni

Elektr bugʻlatgich

Suvli va bugʻli bugʻlatgich

Eng muvofiq

Yoʻl qoʻyiladigan

Eng muvofiq

Yoʻl qoʻyiladigan

Gaz plitalari oʻrnatilganda

2

1,65

735

513-1100

975

688-1563

3

2,15

1071

725-1700

1553

1068-2500

4

2,30

1189

775-2013

1765

1188-2813

5

2,60

1444

913-2475

2243

1563-3850

9

3,45

2138

1325-3825

3639

2238-5750

Oqib turuvchi suv isitish va gaz plitalari oʻrnatilganda

2

2,95

803

488-1338

956

588-1575

3

3,80

1355

788-2525

1580

975-2675

4

4,20

1570

900-2938

1818

1163-3200

5

4,60

2051

1075-4200

2349

1400-4225

661. Oqova va sigʻimli bugʻlatish qurilmalarini yer osti sigʻimlari bilan oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Bugʻlatish qurilmalarini sigʻimlar bilan yer ustida oʻrnatish ularning ustki yuzasiga mos issiqlik izolatsiyasini qoplagandagina yoʻl qoʻyiladi.
662. Elektr isitish qurilmalaridan foydalanilganda boshqarish tizimi elektr energiya uzatishda vaqtinchalik uzilishlardan soʻng elektr isitgichlarning avtomatik oʻchishini taʼminlashi kerak.
663. Bugʻlatish qurilmalari NOʻA, shuningdek suyuq fazaning bugʻlatish qurilmasidan bugʻ fazasining gaz quvuriga tushishining oldini oladigan hamda bugʻ va suyuq faza bosimlarining yoʻl qoʻyiladigan darajadan ortib ketishining oldini oladigan rostlash va saqlash armaturasi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Issiqlik tashuvchi sifatida qizigan suyuqlik yoki bugʻdan foydalanish moʻljallangan bugʻlatish qurilmalari issiqlik tashuvchining harorati juda pasayib ketganligi haqida xabar beruvchi signalizatsiya bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
664. Bugʻlatish qurilmalarini erdan balandroq koʻtarilgan ochiq maydonchalarda yoki xonalarda joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ish unumdorligi 100 m3/h (200 kg/h) gacha boʻlgan bugʻlatgichlarni bevosita sigʻimlar boʻgʻizidagi qopqoqlarda yoki sigʻim qurilmasi atrofida yer osti va yer usti sigʻimlaridan kamida 1 m masofada, shuningdek agregatlar alohida xonalarda yoki ochiq maydonchalarda joylashtirilganda bevosita gaz isteʼmol qiluvchi agregatlar yonida joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ish unumdorligi 100 m3/h (200 kg/h) dan katta boʻlgan bugʻlatgichlarni sigʻim qurilmasidan tashqarida, kamida quyidagicha masofada joylashtirish kerak:
bino va inshootlardan 20 va 21-jadvallarida keltirilgani kabi;
sigʻim qurilmasining toʻsigʻidan — 10 m.
665. Xonadan tashqarida joylashtiriladigan bugʻlatgichlarda issiqlikni saqlaydigan qoplamasi boʻlishi lozim.
666. Bugʻlatgichlar guruh-guruh qilib joylashtirilganda ular orasidagi masofa kamida 1 m boʻlishi kerak.
4-§. Ballonlar guruhi qurilmalari
667. Ballonlar guruhi qurilmasi tarkibida SUG uchun ballonlar, yuqori bosim kollektori, gaz bosimi tartiblagichi yoki avtomatik tartiblagich, umumiy berkituvchi qurilma, manometr (koʻrsatuvchi), SChK (chiqarib yuboradigan) va quvurlar boʻlishi kerak.
SChKga bosim tartiblagichi oʻrnatilgan boʻlsa qoʻshimcha toʻsqich oʻrnatish talab etilmaydi.
668. Bitta guruh qurilmasidagi ballonlar sonini gazning soatlik sarfi va bitta ballonning atrofidagi havo harorati, gazning belgisiga hamda gaz olish davomiyligiga bogʻliq holdagi ish unumdorligi asosida hisoblab topish kerak.
669. Ballonlar guruhi qurilmasidagi ballonlarning umumiy eng koʻp sigʻimini 26-jadvalga muvofiq qabul qilish lozim.

26-jadval

Ballonlar guruhi qurilmasining vazifasi

Ballonlar guruhi qurilmasi quyidagicha joylashtirilganda qurilmadagi barcha ballonlarning sigʻimi (L)

binolar devori yonida

binolardan maʼlum masofada

Turar-joy binolarini va ishlab chiqarish xususiyatli boʻlmagan jamoat binolarini gaz bilan taʼminlash

600

1000

Sanoat va qishloq xoʻjaligi korxonalarini hamda ishlab chiqarish xususiyatli maishiy xizmat korxonalarini gaz bilan taʼminlash

1000

1500

670. Ballonlar guruhi qurilmalarini yonmaydigan materialdan yasalgan javonlarda yoki muhofaza gʻiloflari ichida joylashtirish kerak.
Ballonlar guruhi qurilmalarini bevosita binolar yonida yoki binolardan kamida ushbu ShNQning 20-jadvalida keltirilgan masofada, inshootlardan kamida 21-jadvalida keltirilgan masofada joylashtirish kerak.
671. Binolarning ballonlar guruhi qurilmalari birlashtirib (taqab) joylashtirilgan devorlarining olovbardoshlik darajasi III boʻlgan, ichida yonadigan materialdan isitgich boʻlmagan, deraza va eshik oʻrinlari kamida ushbu ShNQning 8-ilovasidagi jalvalda keltirilgan masofada boʻlishi kerak.
Jamoat binolari yoki ishlab chiqarish binolari yaqinida bittadan ortiq ballonlar guruhi qurilmasini joylashtirishni moʻljallashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Turar-joy binosi yonida ballonlar guruhi qurilmasidan koʻpi bilan uchtasini joylashtirilishi, bunda ular orasidagi masofa kamida 15 m boʻlishi kerak.
672. Javon va ballonlarni poydevorga oʻrnatilishi, uning atrofida javon oldida eni kamida 1 m va boshqa tomonlarida 0,5 m joy boʻlishi lozim.
Ballonlar guruhi qurilmasini avtotransport qulay keladigan joyda joylashtirish kerak.
Muhofaza gʻiloflari ichida joylashtiriladigan ballonlar guruhi qurilmasida yonmaydigan materialdan ishlangan toʻsiq boʻlishi kerak.
Ballonlar guruhi qurilmasi ustiga yonmaydigan materialdan soyabon oʻrnatilishi zarur.
673. SUG bir meʼyorda bugʻlanishini taʼminlash zarur boʻlganda va sigʻim qurilmalaridan foydalanishning iloji boʻlmaganida ballonlar guruhi qurilmasini maxsus binoga yoki gazlashtiriladigan ishlab chiqarish binosining yaxlit devoriga birlashtirib (taqab) qurilgan xonaga joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, xonalar alohida joylashgan yoki SGTPga taqab qurilgan xonalarga doir ushbu ShNQning 17-bobi talablariga javob berishi lozim.
Havo almashtirgichni havoning 2/3 qismi xonaning pastki qismidan chiqib ketadigan 1 h havo besh marta almashinadigan qilib loyihalashtirish kerak.
674. Kichik sigʻimli ballonlarni aholiga sotadigan doʻkonlar binosi ushbu ShNQning 503-bandi talablar asosida loyihalanishi, ulardagi ballonlarning maksimal sigʻimi va doʻkondan bino hamda inshootlargacha masofani sanoat korxonalari uchun mazkur ShNQning 20 va 21-jadvallarida keltirilgan qiymatlarga muvofiq qabul qilish lozim.
5-§. Ballonlar guruhi va sigʻim qurilmalarining quvurlari
675. Sigʻimlar, ballonlar va bosim tartiblagichlari atrofidagi quvurlarni sigʻimlar yoki ballonlar uchun qabul qilingan bosimga mos boʻlishi kerak.
676. Ballonlar guruhidan va sigʻim qurilmalaridan ketadigan tashqi gaz quvurlarini ushbu ShNQning 23-bobi talablariga javob beradigan poʻlat quvurlardan boʻlishi lozim.
677. Ballonlar guruhi va gaz sunʼiy bugʻlatiladigan sigʻim qurilmalaridan ketadigan yer osti gaz quvurlarini eng kam harorati gazning kondensatlanish haroratidan yuqori boʻladigan chuqurlikda yotqizish kerak.
Sigʻimli bugʻlatgichlardan ketadigan gaz quvurlarini grunt muzlaydigan chuqurlikdan pastroqdan oʻtkazish lozim.
Mazkur talablarni bajarishning imkoni boʻlmagan hollarda, gaz quvurlarini yoki kondensat yigʻgichlarni isitish lozim.
678. Isitiladigan xonalarda joylashtirilgan ballonlar guruhi qurilmasidan va yer osti sigʻim qurilmalaridan ketadigan gaz quvurlarini issiqlikni saqlash qoplamasi boʻlishini va isitilishini taʼminlash kerak.
Issiqlik izolatsiyasini yonmaydigan materiallardan yasalishi lozim.
679. Gaz quvurlarining nishabi yer osti gaz quvurlari uchun kondensat yigʻgichlar tomoniga va yer usti gaz quvurlari uchun gaz bilan taʼminlash qurilmasi tomoniga kamida 5 foiz boʻlishini taʼminlash lozim.
Kondensat yigʻgichlarning sigʻimini gazning soatlik hisobiy sarfining 1 m3 ga kamida 4 L hisobidan qabul qilish kerak.
680. Ballonlar guruhi va sigʻim qurilmalaridan keladigan past bosimli gaz quvurlarida ushbu ShNQning 16-bobi talablariga muvofiq berkituvchi qurilmalar oʻrnatish lozim.
Bitta sigʻim qurilmasidan 400 dan ortiq xonadon gaz bilan taʼminlanadigan boʻlsa sigʻim qurilmadan keladigan yer osti gaz quvurida chuqurligi koʻpi bilan 1 m quduqda yoki yer ustida himoya gʻilofida (toʻsiqda) qoʻshimcha berkitish qurilmasi oʻrnatish kerak.
6-§. Shaxsiy ballon qurilmalari
681. Tarkibiga koʻpi bilan ikkita ballon kiradigan SUG taʼminoti qurilmasini shaxsiy ballon qurilmasi deb hisoblanadi.
682. Shaxsiy ballon qurilmalarini turar-joy binolarining ichki tomonida hamda tashqarisida joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
SUG taʼminotida bino ichiga bitta ballonni joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Koʻp qavatli binolar ichida ballonlarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Fuqarolar ikki qavatli binolarining faqat birinchi qavatlarida ballonlarni joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
683. Gaz asboblari va gazli ballonlarni joylashtirish moʻljallangan xonalar ushbu ShNQning 18-bobi talablarga javob berishi kerak.
684. Quyidagi joylarda gazli ballonlar oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi:
odamlar yashaydigan xonalarda;
yertoʻla va pogreblar ustidagi oshxonalarda;
umumiy ovqatlanish korxonalarining ovqatlanish xonalari va savdo zallari, taʼlim xonalari va oʻquv sinflari, jamoat va ishlab chiqarish binolarining zallari, kasalxona palatalari ostida joylashgan xonalarda;
bekat-toʻxtash maydonlarida, xiyobonlar hududida va bozorlarda;
tabiiy yorugʻlik tushmaydigan xonalarda;
avariya holatidagi chiqish joylarida;
binoning bosh tarzi tomonida.
685. Pastki qavatlarda va yertoʻlalarda joylashtirilgan SUG agregatlarini qurilmalar va turli yongʻichlarni gaz bilan taʼminlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
686. Ishlab chiqarish xonalarida SUG ballonlarini sex ichidagi transport, metall qirindilar zarar yetkazilmaydigan va korzion-faol suyuqlik hamda gazlar taʼsiridan muhofazalangan, shuningdek 45° C dan ortiq qizimaydigan joylarga oʻrnatish lozim.
Agar agregatning qurilmasida nazarda tutilgan boʻlsa, u holda ballonlarni bevosita gaz isteʼmol qiluvchi agregatlar yonida oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
687. Chorvachilik va parrandachilik xonalarini gaz bilan taʼminlashga moʻljallangan shaxsiy ballon qurilmalarini binodan tashqarida joylashtirish kerak.
Gulxona va issiqxonalarda ballonlarni binolarning ichiga joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
22-bob. Alohida tabiiy sharoitlarda gaz taʼminoti tizimlariga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar
1-§. Ishlov beriladigan hududlar
688. Foydali qazilma konlari (keng tarqalgan foydali qazilmalarning konlari bundan mustasno) joylashgan maydonlarda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini joylashtirishga, yer qaʼridan foydali qazilmalarni chiqarib olish imkoniyatlari taʼminlanishini hisobga olingan holda yoʻl qoʻyiladi.
689. Ishlov beriladigan hududlarda gaz quvurini yotqizish loyihasi tarkibida geologik xulosa boʻlishi lozim.
690. Foydali qazilma konlari ustida joylashtiriladigan inshootlarning gaz taʼminoti loyihasini tuzishda yaqin 10 yil ichida kon qazish ishlarining rivojlanish dasturini eʼtiborga olish kerak.
691. Gaz quvurini asosan yer yuzasini surish jarayoni tugagan yoki ishlov ancha keyinga moʻljallangan maydonlardan, shuningdek yer sirtining oʻzgarish ehtimoli eng kam boʻladigan maydonlardan oʻtkazish zarur.
692. Taqsimlash gaz quvurlari trassasini qatlamlarning yotish yoʻnalishiga nisbatan qanday oʻtkazishni moʻljallashda texnik-iqtisodiy hisoblarga asoslanish kerak.
Gaz quvuri trassasini maydonning yoʻl qismidan tashqaridan oʻtkazish va kon qazish ishlari vaqtida yer sirtining oʻzgaradigan davrida xandaqlarni berkitib qoʻyish lozim.
693. Ishlov beriladigan hududlarda yotqizish loyihalashtirilayotgan yer osti gaz quvurlarini quyidagilar hisobiga mustahkam va barqaror boʻlishini taʼminlash kerak:
gaz quvurining yuk koʻtarish qobiliyatini oshirish;
gaz quvurining gruntdagi siljuvchanligini oshirish;
oʻzgaradigan gruntning gaz quvuriga taʼsirini kamaytirish.
694. Gaz quvurlari muhofaza mintaqasining uzunligi siljish muldasining 50 m ga oshirilgan uzunligi bilan aniqlanadi.
695. Loyihalashtirilayotgan va ishlatilayotgan gaz quvurlarini muhofaza qilishning zarurligi va shunga oid qurilish ishlarining hajmini gaz quvurlarini mustahkamlikka hisoblash natijalariga koʻra va ularni muhofaza qilish turlarini texnik-iqtisodiy jihatdan asoslanishini eʼtiborga olgan holda aniqlash kerak.
696. Texnologik sabablarga koʻra gaz berilishida uzilish boʻlishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan isteʼmolchilarni gaz bilan taʼminlashda bu isteʼmolchilarga gazni qazish turli vaqtlarda boshlanadigan maydonlardan oʻtkaziladigan ikkita gaz quvuridan berishni moʻljallash va gaz quvurlarini halqa tarzida birlashtirish lozim.
697. Gaz quvurlarini daryolar, jarliklar va chuqurlikdagi temir yoʻllar orqali oʻtkazishda yer ustidan oʻtkazishni moʻljallash kerak.
698. Ishlov beriladigan hududlardagi yer osti gaz quvurlarida nazorat naylari oʻrnatish zarur.
Nazorat naylarini burilishlarning burchaklariga, quvur tarmoqlanadigan joylarga, quduqsiz joylashtirishda kompensaterlar yoniga oʻrnatish kerak.
Aholi yashaydigan joylarda nazorat naylarini gaz quvurining toʻgʻri qismlarida ham oʻrnatish, ular orasidagi masofa koʻpi bilan 50 m boʻlishi lozim.
699. Yer osti gaz quvurlarining gruntda siljuvchanligini taʼminlash va oʻzgarayotgan gruntning gaz quvuriga taʼsirini kamaytirish uchun xandaqlarga quvurlar yotqizilgandan yoki kompensatorlar oʻrnatilgandan keyin xandaqlarni kam siqadigan material bilan toʻldirish lozim.
700. Gaz quvuri xandagʻini toʻldirishda kam siqadigan material sifatida qum, qumli grunt yoki zarralari bir-biriga qovushib qolmaydigan boshqa materialdan foydalanish kerak.
701. Kompensatorlarni quduqlarda yoki kuzatish imkoniyati boʻlgan chuqurliklarda oʻrnatilishi kerak, bunda quduqsiz kompensatorlar oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
702. Yer osti gaz quvurlari boshqa yer osti kommunikatsiyalari bilan kesishadigan joylarda zichlashtiruvchi moslamalar (gil-gruntli toʻsiqlar qilish, gaz quvuriga gʻilof kiydirish) hamda nazorat naylari oʻrnatish kerak.
703. Yer usti gaz quvurlarini mahkamlash tuzilmasi quvurning tik boʻyicha siljishiga imkon beradigan boʻlishi lozim.
2-§. Seysmik hududlar
704. Seysmikligi 7, 8 va 9 ball boʻlgan hududlarda gaz taʼminoti tizimini loyihalashtirishda ushbu ShNQdagi talablarni hisobga olinishi kerak.
705. SGTP, GTSh, BOO quriladigan maydonchalarning va gaz quvuri trassasining seysmikligini seysmik mikrorayonlashtirish asosida aniqlash kerak.
706. Ichki gaz uskunalarini ushbu ShNQning 18-bobidagi talablarga muvofiq loyihalash lozim.
707. Aholisi 1 mln kishidan ortiq boʻlgan shaharlarning gaz taʼminotini joyining seysmikligi 7 ball va undan katta boʻlganda, shuningdek aholisi 100 mingdan ortiq va joyning seysmikligi 8 hamda 9 ball boʻlgan shaharlarning gaz taʼminotini loyihalashda kamida ikkita GTSh boʻlishini va ularni shaharning qarama-qarshi tomonida joylashtirish lozim.
Texnologik jarayonlari uzluksiz davom etadigan korxonalar uchun gazni ikkita shahar gaz quvuridan berilishini taʼminlash kerak.
708. Kirish bosimi 0,6 MPa (6 kgf/cm2) dan yuqori boʻlgan GTP uchun va betoʻxtov texnologik jarayonda ishlaydigan korxonalarning GTPlari uchun tashqi aylanma gaz quvurlari (baypaslar) boʻlishini va GTP agʻdarilishi ehtimoli boʻlgan mintaqaning tashqarisida berkituvchi qurilmalar oʻrnatish lozim.
709. Aholi yashaydigan joylar va ushbu ShNQning 707-bandida keltilgan inshootlarni gaz bilan taʼminlashga moʻljallangan yuqori va oʻrta bosimli gaz quvurlarini halqa tarzida birlashadigan va berkituvchi moslamalar yordamida seksiyalarga ajraladigan qilib loyihalashtirish kerak.
710. Yer osti gaz quvurlarining quyidagi yerlarida nazorat naychalarini oʻrnatish lozim:
gaz quvurlari ulanish yerlarida;
gaz quvurlari buriladigan burchaklarda;
yer osti kanallariga yotqizilgan muhandislik tarmoqlari bilan kesishuv yerlarida;
binolarga kirish joylarida.
711. Berkituvchi armaturani (uzib qoʻyuvchi moslamalarni) ushbu ShNQning 13-bobidagi talablarga muvofiq joylashtirish kerak.
712. Gaz quvurlarining bino va quduq devorlaridan oʻtadigan yerlariga qoʻyilgan gʻilof (futlyar) bilan quvur oraligʻi suv oʻtkazmaydigan elastik material yordamida berkitilishi, bunda elastik material quvur harakatiga qarshilik koʻrsatmasligi kerak.
713. Seysmikligi 8 va 9 ball boʻlgan hududlarda oʻtkaziladigan yer osti gaz quvurlari mustaqil kompensatsiyaga ega boʻlmasa tabiiy va sunʼiy toʻsiqlar bilan kesishuv yerlarida, gaz quvurlarining poydevorlariga oʻrnatilgan uskunalar suyultirilgan uglevodorod gaz qurilmalari (SUG sigʻimlari, kompressorlar, nasoslar va boshqalar) bilan tutashuv yerlariga va binolarga kiraverishda kompensatsiya qiluvchi moslamalar oʻrnatish lozim.
714. Xavflilik omili III-IV toifa obyektlarning gaz taʼminotini loyihalashda zilzila paytida avtomat bloklash tizimlarini loyihalash kerak.
3-§. Oʻta choʻkuvchan va koʻpchiydigan gruntli hududlar
715. Oʻta choʻkuvchan va koʻpchiydigan gruntli hududlarda gaz taʼminoti tizimlarini loyihalashda ushbu ShNQ talablariga amal qilish lozim.
716. Nam gazni oʻtkazishga moʻljallangan yer osti gaz quvurlarining yotqizilish chuqurligini mazkur ShNQning 9-bobi talablariga muvofiq holda qabul qilish kerak.
717. Yer osti gaz quvurlarining tik qismlaridagi (binoga va GTPga kirish, kondensat ilgichlar, gidrozatvorlar va boshqalar) yemirilishga qarshi qoplamalari va gʻiloflari polimer materiallardan boʻlishi lozim.
718. Oʻta choʻkuvchanligi jihatidan I turga kiradigan gruntlarda gaz quvurini mazkur ShNQning 9-bobi talablariga muvofiq holda yotqizish lozim.
Gaz quvurlari kirish joyining tuzilishi ushbu ShNQning 75-bandiga muvofiq boʻlishi kerak.
23-bob. Materiallar va texnik jihozlar
1-§. Umumiy talablar
719. Seysmikligi 7 ball va undan katta hududlarda, oʻta choʻkuvchan gruntlar tarqalgan mintaqalarda, ishlov beriladigan hududlarda va sovuq iqlimli hududlarda gaz taʼminoti tizimini qurish uchun moʻljallangan materiallar, armatura, uskunalar, asboblar va boshqa texnik buyumlarni tanlashda ushbu ShNQning 777 — 780-bandlari talablarni ham eʼtiborga olish kerak.
720. Mazkur bobda keltirilmagan materiallar hamda texnik jihozlar ISO 3183-2015, ISO 2531-2012 va ISO 11299-1,3 talablariga muvofiq boʻlganda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
721. Bosimi 0,6 MPa (6 kgf/cm2) gacha boʻlgan qishloqlararo gaz quvurlari va qishloqlarda aholi yashaydigan joylardan oʻtkaziladigan bosim 0,3 MPa (3 kgf/cm2) gacha boʻlgan yer osti gaz quvurlari oʻtkazishda ushbu ShNQning 16-bobi talablariga rioya qilish lozim.
2-§. Poʻlat quvurlar
722. Gaz taʼminoti tizimlarini qurish uchun yaxshi payvandlanadigan, tarkibida koʻpi bilan 0,25 foiz uglerod, 0,056 foiz oltingugurt va 0,046 foiz fosfor boʻladigan poʻlatdan tayyorlangan toʻgʻri chokli, spiralsimon chokli payvandlanadigan va choksiz quvurlardan foydalanish kerak.
Yer osti va yer usti gaz quvurlari uchun quvurlar devorining belgilangan qalinligini kamida 3 mm, tashqi yer usti va yer osti gaz quvurlari uchun esa kamida 2 mm boʻlishi lozim.
723. Tashqi va ichki gaz quvurlari yotqizish uchun poʻlat quvurlar V hamda G guruhlarga tegishli, kam uglerodli tinch poʻlatdan GOST 380-2005 asosida tayyorlangan va kamida ikkinchi toifali (diametri 530 mm dan katta, devorining qalinligi 5 mm dan katta boʻlgan gaz quvurlari uchun kamida uchinchi toifali) st.2, st.3 markali, shuningdek tarkibidagi uglerod miqdori koʻpi bilan 0,25 foiz boʻlganda st.4 markali boʻlishi kerak.
Shuningdek, GOST 1050-2013 boʻyicha 08, 10, 15, 20 markali, GOST 19281-2014 boʻyicha 09G2S, 17GS, 17G1S markali kam legirlangan kamida oltinchi toifaga kiradigan poʻlatlar, GOST 4543-2016 boʻyicha 10G2 markali poʻlatlarda ham foydalanilishi lozim.
724. Quyidagi hollarda ushbu ShNQning 723-bandida keltirilgan biroq yarimtinch va qaynovchan poʻlatdan tayyorlangan poʻlat quvurlar ishlatishga yoʻl qoʻyiladi:
tashqi havoning hisobiy harorati — 30° C gacha boʻlgan hududlarda quriladigan yer osti gaz quvurlari uchun;
tashqi havoning hisobiy harorati — 10° C gacha boʻlgan hududlarda quriladigan yer usti gaz quvurlari uchun;
yarimtinch va qaynovchan poʻlatdan yasalgan va harorati — 20° C gacha boʻlgan hududlarda yarimtinch poʻlatdan tayyorlangan quvurlar uchun;
devorlarining qalinligi koʻpi bilan 8 mm boʻlgan ichki gaz quvurlari uchun quvur devorining harorati ishlatilish jarayonida 0° C dan pasaymaydigan boʻlsa qaynovchan poʻlatdan tayyorlangan quvurlar va — 10° C dan pasaymaydigan boʻlsa yarimtinch poʻlatdan tayyorlangan quvurlar uchun.
Tashqi gaz quvurlari uchun yuqorida keltirilgan hollarda yarimtinch va qaynovchan poʻlatdan tayyorlangan quvurlar ishlatiladigan boʻlsa quyidagi shartlarga rioya qilish kerak:
yarimtinch poʻlatdan tayyorlangan quvurlarning diametri 820 mm dan va qaynovchan poʻlatdan tayyorlanganlarniki esa 530 mm dan oshmasligi;
quvurlar devorining qalinligi 8 mm dan ortiq boʻlmasligi.
Tashqi havoning hisobiy harorati -40° C gacha boʻlgan hududlarda tashqi yer usti va yer osti gaz quvurlari yotqizish uchun yarimtinch poʻlatdan tayyorlangan diametri koʻpi bilan 325 mm ABT va devorining qalinligi 5 mm gacha boʻlgan quvurlar, yarimtinch va qaynovchan poʻlatdan tayyorlangan diametri koʻpi bilan 114 mm va devorining qalinligi 4,5 mm gacha boʻlgan quvurlar ishlatishga yoʻl qoʻyiladi.
Yuqori va oʻrta bosimli gaz quvurlari uchun shoxobchalarni, biriktiruvchi qismlar va kompensatsiyalovchi moslamalarni sovuq holda bukish usulida tayyorlashda yarimtinch va qaynovchan poʻlatdan yasalgan quvurlar ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
725. Past bosimli tashqi va ichki gaz quvurlari uchun, shuningdek ularning bukilgan shoxobchalari va biriktiruvchi detallari uchun St.1, St.2, St.3. St.4 markali 1,2,3 toifali GOST 3 80-2005 boʻyicha A, B hamda V guruhlarga kiradigan va GOST 1050-2013 boʻyicha 08, 10, 15, 20 markali tinch, yarimtinch va qaynovchan poʻlatdan tayyorlangan quvurlarni ishlatishga yoʻl qoʻyiladi.
08 markali poʻlatni texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab berilganda, St.4 markali poʻlatni tarkibidagi uglerod koʻpi bilan 0,25 foiz boʻlganda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
726. Gaz quvurlarining tebranish yuki tushadigan (GTP, GTQ da titratish manbai bilan bevosita biriktirilgan, kompensatorli va boshqalar) qismlari uchun tarkibida uglerod miqdori koʻpi bilan 0,24 foiz boʻlgan tinch poʻlatdan (masalan GOST 380-2005 boʻyicha kamida uchinchi toifaga kiradigan St.2, St.3, GOST 1050-2013 boʻyicha 08, 10, 15) tayyorlangan V va G guruhdagi poʻlat quvurlar ishlatish kerak.
727. Quvur asosiy metallining zarbiy qovushoqlik qiymati gaz quvurini ishlatishning eng kam harorat kamida 30 J/cm2 (3 kgf/cm2) qabul qilinishi kerak.
728. Tashqi havoning hisobiy harorati -40° C gacha boʻlgan hududlarda yotqiziladigan quvurlar metallining zarbiy qovushoqligiga talablar qoʻyilmaydi.
729. Uglerodning ekvivalenti quyidagi formulalardan aniqlanishi lozim:
kam ishlov berilgan (legirlangan) poʻlat uchun:
kam uglerodli poʻlat yoki faqat kremniy-marganetsli tizimda legirlangan 17GS, 17G1S, 09G2S va boshqa markali poʻlatlar uchun
730. C, Mn, Cr, M0, V, Ti, Mb, Cu, Ni, B — quvur poʻlati metalli tarkibidagi tegishlicha uglerod, marganets, xrom, molibden, vanadiy, titan, niobiy, mis, nikel, bor miqdori (C)3 kattalik 0,46 dan oshib ketmasligi kerak.
731. Nazorat-oʻlchov asboblarini va gazlashtiriladigan uskunaning avtomatika asboblarini ulash uchun moʻljallangan impulsli gaz quvurlarini ushbu ShNQning 18-bobida keltirilgan poʻlat quvurlar asosida oʻtkazilishi hamda GOST 617-2006 ga muvofiq mis quvurlar, ushbu ShNQning 6-bobi talablarga muvofiq rezina toʻqimali yoki rezina yenglar ishlatishga yoʻl qoʻyiladi.
3-§. Poʻlat quvurlarni tanlash
732. Gaz bosimi 1,6 MPa (16 kgf/cm2) gacha boʻlgan gaz taʼminoti tizimlari uchun poʻlat quvurlarni qurilish boʻladigan tumandagi tashqi havoning harorati va gaz quvurining yer sirtiga nisbatan qanday joylashuvi ushbu ShNQning 14-ilovasiga asosan tashqi havosining hisobiy harorati -40° C dan kam boʻlmagan hududlarda oʻtkaziladigan tashqi yer usti gaz quvurlari, -40° C dan sovib ketadigan yer osti va ichki gaz quvurlarini qabul qilish kerak.
733. Gaz taʼminoti tizimlari uchun GOST 380-2005 boʻyicha oddiy sifatli uglerodli poʻlatdan va GOST 1050-2013 boʻyicha sifatli poʻlatdan tayyorlangan quvurlar ishlatish lozim.
734. SUG suyuq fazasining gaz quvurlari uchun choksiz quvurlar ishlatish lozim.
Bunday gaz quvurlari uchun elektr yordamida payvandlangan quvurlar ishlatishga yoʻl qoʻyiladi. Diametri 50 mm gacha boʻlgan quvurlarda payvand chokni buzmaydigan usullar bilan 100 foiz nazorat qilish, diametri 50 mm va undan katta boʻlgan quvurlarni esa payvand chokning choʻzilishiga ham sinab koʻrish lozim.
735. Past bosimli tashqi va ichki gaz quvurlari yotqizish uchun GOST 3262-75 boʻyicha tayyorlangan quvurlar ishlatishga yoʻl qoʻyiladi.
GOST 3262-75 boʻyicha tayyorlangan, diametri 32 mm gacha boʻlgan quvurlarni bosimi 1,2 MPa (12 kgf/cm2) gacha boʻlgan impulsli gaz quvurlari yotqizishda ishlatishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, impulsli gaz quvurlarining bukilgan qismlarida bukilish radiusi kamida 2De boʻlishi, ishlatish vaqtida quvur devorining harorati esa 0° C dan past boʻlmasligi kerak.
736. GOST 20295-85 boʻyicha spiralsimon chokli va yemirilishga qarshi qoplamasi mavjud quvurlarni tashqi havosining hisobiy harorati -40° C gacha boʻlgan hududlarda bosimi 1,2 MPa (12 kgf/cm2) gacha boʻlgan tabiiy gazni oʻtkazuvchi qishloqlararo yer osti gaz quvurlarida ishlatishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, shu quvurlarni tik va yotiq tekisliklarda gaz quvurining radiusi quvurning — 1500 quvur diametridan kichik boʻlgan burilishlarda, aholi yashaydigan joylarda gaz quvuri yotqizishga yoʻl quyilmaydi.
737. Yarimtinch va qaynoq poʻlatdan tayyorlangan quvurlarni ushbu ShNQning 15-ilovasiga koʻra ishlatish mumkinligi ushbu ShNQning 724 va 725-bandlarida keltirilgan.
738. GOST 8731-87 boʻyicha quymadan tayyorlangan quvurlarni quvur metallini buzmaydigan uslublar bilan 100 foiz nazoratdan oʻtkazmay turib foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
4-§. Biriktiruvchi qismlar va detallar
739. Gaz taʼminoti tizimlari uchun biriktiruvchi qismlar va detallarni tinch poʻlatdan (quyma, bolgʻalanuvchan, shtamplangan, egilgan yoki payvand poʻlatdan) yoki ushbu ShNQning 15-ilovada keltirilgan choʻzuvchan choʻyandan tayyorlangan boʻlishi kerak.
Gaz taʼminoti tizimlarining biriktiruvchi qism va detallarini choksiz yoki toʻgʻri chokli payvandlanadigan poʻlat quvurlardan yoki listli prokatdan tayyorlashga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, Ularning metali tegishli gaz quvuri uchun ushbu ShNQning 722 — 729-bandlari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
740. Gaz quvurlariga armatura, uskuna va asboblarni biriktirish uchun ishlatiladigan flanetslar GOST 12820-80 va GOST 12821-80 ga mos boʻlishi lozim.
741. Flanetsli birikmalarni zichlashtirish uchun quyidagi 27-jadvalda keltirilgan materiallardan tayyorlangan qistirma (prokladka) ishlatilishi kerak.

27-jadval

T/r

Flanetsli birikmalar uchun list (qistirma) materiallari (standart, markasi)

Listning qalinligi,

(mm)

Ishlatilishi

1.

Paronit GOST 481-80 (markasi PMB)

1-4

Bosimi 1,6 MPa (16 kgf/cm2) gacha boʻlgan gaz quvurlaridagi birikmalarni zichlash uchun

2.

Moy-benzinga chidamli rezina

GOST 7338-90

3-5

Bosimi 0,6 MPa (6 kgf/cm2) gacha boʻlgan gaz quvurlarida birikmalarni zichlash uchun

3.

Alyuminiy GOST 21631-76 yoki

GOST 13726-97

1-4

Barcha bosimdagi, shuningdek sulfidli gaz oʻtadigan gaz quvurlaridagi birikmalarni zichlash uchun

4.

Mis GOST 859-2014 (markasi M1, M2)

1-4

Sulfidli gaz oʻtadigan gaz quvurlaridan boshqa barcha bosimli gaz quvurlaridagi birikmalarni zichlash uchun

Izoh. Paronitdan tayyorlangan qistirma GOST 15180-86 talablariga mos boʻlishi kerak.
742. Ushbu ShNQning 25-jadvalida keltirilgan materiallardan tashqari yaxshi germetiklikni taʼminlaydigan boshqa zichlash materialidan tayyorlangan qistirmalar (prokladkalar) ishlatishga (muhitni, bosim va haroratni hisobga olgan holda) yoʻl qoʻyiladi.
5-§. Emirilishga qarshi himoya materiallari
743. Yer osti gaz quvurlari va sigʻimlarni yemirilishdan himoya qilish uchun ishlatiladigan material va konstruksiyalar GOST 9.602-2016 talablariga mos boʻlishi kerak.
744. Katod qurilmalarni anodli erlantirish uchun temir-kremniyli, grafitli, grafitplastli va boshqa kam eriydigan materiallar, yemirilishga qarshi polietilendan gaz quvurlari uchun maxsus tayyorlangan qoplamasi yoʻq choʻyan quvurlarni ishlatish lozim.
745. Yer usti gaz quvurlarini va yer usti SUG sigʻimlarini atmosfera taʼsirida yemirilishdan muhofaza qilish uchun tashqi havo haroratining oʻzgarishiga va yogʻingarchilik taʼsiriga chidamli lok-boʻyoq qoplamalari (boʻyoqlar, loklar, emallar) ishlatilishi lozim.
746. Gaz quvurlarini metall va temir-beton konstruksiyalardan izolatsiya qiladigan qistirmalar va ostqoʻymalarni GOST 16338-85 ga muvofiq polietilendan yoki dielektrik xossalari polietilennikiga teng boʻlgan boshqa materiallardan tayyorlanishi kerak.
6-§. Polietilendan tayyorlangan quvurlar va biriktirish detallari
747. Gaz quvuridagi ish bosimiga qarab quvurlar va biriktirish detallarini quyidagicha boʻlishi kerak:
past va oʻrta bosimli gaz quvurlari uchun S (oʻrtacha) turdagi quvurlar;
II toifadagi yuqori bosimli gaz quvurlari uchun T (ogʻir) turdagi quvurlar.
748. Polietilen gaz quvurlari uchun biriktiruvchi detallar (flanetslar ostidagi vtulkalar, oʻtish detallari, shoxobcha detallari, troynik) quvurlarning S yoki T turiga mos boʻlishi kerak.
749. Polietilen quvurlarni poʻlat quvurlar, kompensatorlar va berkitish armaturasidan ajratish birikmalarini flanetsli vtulkalar bilan oʻrnatilishi ularga mos vtulkalar boʻlmaganida polietilen-poʻlat ajratish birikmalarini loyihalash tashkiloti ishlab chiqqan chizmalar boʻyicha yasashga yoʻl qoʻyiladi.
7-§. Berkitish va tartiblagich moslamalari, asboblar va boshqa texnik buyumlar
750. Berkitish armaturasini tanlashda uning gaz bosimiga va haroratga qarab ishlatilish sharoitlari quyidagi 28-jadval talablariga mos boʻlishini hisobga olish lozim.

28-jadval

Berkitish armaturasining materiali

Foydalanish sharoiti

Gazning bosimi, MPa (kgf/cm2) koʻpi bilan

Harorat °C

Kulrang choʻyan

0,6 (6)

Minus 35 dan yuqori

Bolgʻalanuvchan choʻyan

1,6 (16)

Minus 35 dan yuqori

Uglerodli poʻlat

Bu ham

Minus 40 dan yuqori

Legirlangan poʻlat

Bu ham

Minus 40 dan past

Latun, bronza

-”-

Minus 40 dan past

751. SUG sigʻimlari uchun berkitish armaturasini tanlashda quyidagi bosim sharoitlarini qabul qilish kerak, MPa (kgf/cm2):
er ustidagilar uchun 1,6 (16);
yer ostidagilar uchun 1,0 (10).
SUG gaz taʼminoti tizimlarida kulrang choʻyandan tayyorlangan berkitish armaturasini faqat past bosimli bugʻ faza oʻtadigan gaz quvurlaridagina ishlatishga yoʻl qoʻyiladi.
752. Gaz taʼminoti tizimi uchun berkituvchi armatura (moslama) sifatidagi ventillar, joʻmraklar, zadvijkalar va burilma zatvorlarni faqat gaz muhiti uchun ishlashini moʻljallash kerak.
Gaz taʼminoti tizimlari uchun umumiy ishlarga moʻljallangan berkitish armaturasini ham ishlatishga yoʻl qoʻyiladi, bunda faqat armatura zatvorini ishqalab silliqlash va germetikligini GOST 9544-2015 ga muvofiq 1-sinfga toʻgʻri kelishini sinab koʻrish lozim.
753. Past bosimli gaz quvurlarida berkitish moslamalari sifatida gidrozatvorlar ishlatishga yoʻl qoʻyiladi.
Joʻmraklar va burilma zatvorlarda burilishini cheklagichlar hamda “ochiq — berk” degan koʻrsatkichlar, qoʻzgʻalmas shpindelli zadvijkalarda esa — ochilish darajasini koʻrsatuvchi belgilar boʻlishi kerak.
754. Gaz taʼminoti tizimlarida ishlatiladigan gaz bosimi tartiblagichlarining asosiy parametrlari quyidagi 29-jadval talablariga mos kelishi lozim.

29-jadval

Parametr

Parametrning qiymati

Shartli oʻtish kengligi (mm)

GOST 28338-89 boʻyicha

Kirishdagi bosim (ish bosimi) MPa (kgf/cm2)

1,2 (12); 1,6 (16)

Chiqishdagi bosim MPa (kgf/cm2)

0,001 (0,01) dan 1,2 (12) gacha

755. Gaz bosimi tartiblagichlarining konstruksiyalari GOST 11881-76 ga mos boʻlishi va quyidagi talablarni inobatga olinishi lozim:
uygʻunlashgan (kombinatsiyalangan) tartiblagichlar va ballon qurilmalarining tartiblagichi uchun mutanosiblik mintaqasi chiqish bosimining yuqori sozlash chegarasi +20 foiz dan ortiq boʻlmasligi va boshqa hamma tartiblagichlar uchun -10 foiz boʻlishi;
sezilmaslik mintaqasi chiqish bosimining yuqori sozlash chegarasining 2,5 foiz dan ortiq boʻlmasligi;
vaqt doimiysi (gaz sarfi yoki kirish bosimi keskin oʻzgarganda rostlash jarayoniga ketadigan vaqt) 60 s dan ortiq boʻlmasligi.
756. Ikki egarli tartiblagichlarning berk klapanlari orqali gazning tartiblab boʻlmaydigan nisbiy sizishi nominal gaz sarfining 0,1 foiz gacha boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Bir egarli klapanlar uchun zatvorlarning germetikligi GOST 9544-2015 boʻyicha 1-sinfga mos kelishi kerak.
Tartiblagich moslamalari sifatida burilma zaslonkalar ishlatilganda gazning rostlab boʻlmaydigan sizishi zaslonkasining oʻtkazish qobiliyati 1 foizdan ortib ketmasligi kerak.
757. Gazning nazorat qilinadigan bosimi haddan tashqari ortib yoki kamayib ketganida isteʼmolchilarga gaz berishni toʻxtatish uchun GTPda (GRQda) ishlatiladigan SBKning asosiy parametrlari quyidagi 30-jadvalda keltirilgan.

30-jadval

Parametr

Parametrning qiymati

Shartli oʻtish kengligi (mm)

GOST 28338-89 boʻyicha

Kirishdagi bosim (ish bosimi) MPa (kgf/cm2)

0,05 (0,5); 0,3 (3); 0,6 (6); 1,2 (12)

1,6 (16)

Bosim oshganda ishga tushish diapazoni, MPa (kgf/cm2)

0,002 (0,02)...0,75 (7,5)

Bosim pasayganida ishga tushish diapazoni, MPa (kgf/cm2)

0,0003 (0,003)...0,03 (0,3)

SBKning ishga tushish aniqligi GTPda oʻrnatiladigan SBK uchun nazorat qilinadigan berilgan bosim qiymatining ±5 foiz ni, shkafli GTP, GTQdagi PEK va uygʻunlashgan (kombinatsiyalangan) tartiblagichlar uchun ±10 foizni tashkil etishi kerak.
758. GTP (GRQ) da hamda SUG sigʻimlarida oʻrnatiladigan SChKning asosiy parametrlari 31-jadvalda keltirilgan.

31-jadval

Parametr

Parametrning qiymati

Shartli oʻtish kengligi (mm)

GOST 28338-89 boʻyicha

Klapan oldidagi bosim (in bosimi), MPa (kgf/cm2)

0,001 (0,01); 0,3 (3); 0,6 (6); 1,0 (10); 2,0 (20)

Ishga tushish diapazoni, MPa (kgf/cm2)

0,001 (0,01) dan 2,0 (20) gacha

759. SChK belgilangan eng koʻp ish bosimi koʻpi bilan 15 foiz ortib ketganida klapanning ochilishini taʼminlaydigan boʻlishi kerak.
Prujinali SChKda ularni majburiy ochadigan moslama boʻlishi kerak.
Past bosimli gaz quvurlarida majburiy ochadigan moslamasiz SChK oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
760. GTP (GTQ)da tartiblash va saqlash moslamalarini mexanik aralashmalar bilan ifloslanishidan muhofaza qilish uchun oʻrnatiladigan filtrlarning asosiy parametrlari quyidagi 32-jadvaldagi talablarga mos kelishi lozim.

32-jadval

Parametr

Parametrning qiymati

Shartli oʻtish kengligi (mm)

GOST 28338-89 boʻyicha

Kirishdagi bosim (ish bosimi)

MPa (kgf/cm2)

0,3(3); 0,6(6); 1,2(12)

Filtr kassetasida bosim pasayishining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp qiymati, MPa (kgf/cm2);

turli filtrda

500 (500)

vissinli filtrda

500 (500)

tolali filtrda

1000 (1000)

761. Filtrlarda ularga difmanometrlarni yoki filtrdagi bosim pasayishini (kassetaning ifloslanganlik darajasi) aniqlash uchun moʻljallangan boshqa qurilmalarni ulash uchun shtutserlar boʻlishi kerak.
762. Filtrlovchi materiallar gazning talab qilinadigan tozalik darajasini taʼminlaydigan, u bilan kimyoviy birikmalar hosil qilmaydigan va gazning doimiy taʼsiridan yemirilmaydigan boʻlishi lozim.
763. Bukilgan va payvand kompensatorlar tayyorlash uchun tegishli gaz quvuri uchun qabul qilingani kabi quvurlardan foydalanish lozim (yuqori va oʻrta bosimli gaz quvurlari uchun ushbu ShNQning 554-banddagi talablarni eʼtiborga olish kerak). Payvand kompensatorlar tayyorlash uchun ishlatiladigan shoxobchalarni ushbu ShNQning 562-bandi talablariga muvofiq qabul qilish lozim.
764. Gaz quvurlarida salnikli kompensatorlar ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
765. Suv toʻsiqlari orqali, botqoqlangan va suv bosgan uchastkalarda yotqiziladigan gaz quvurlarni maxkamlash (ballastlash) uchun ogʻirlashtiruvchi osma yoki xalqaviy yakka yuklar, poʻstloqsimon yuklar, tutash ogʻirlashtiruvchi qoplamalar, gruntdan foydalanilgan holda ballastlovchi qurilmalar va zulfin qurilmalar boʻlishi lozim.
Ogʻirlashtiruvchi osma yakka yuklarni betondan, alohida ogʻir betondan va temir betondan hamda zichligi kamida 2200 kg/m3 boʻlgan boshqa materiallardan tayyorlangan buyumlar tarzida tayyorlash lozim.
766. SUG uchun idishlarning (sigʻimlar, bugʻlatgichlar, avtomobil va temir yoʻl tsisternalari) materiali va konstruksiyasi GOST 14249-89, GOST 9931-85, GOST 6533-78, talablariga mos boʻlishi lozim.
767. SUG sigʻimlarini zarbiy qovushoqligining kafolatlangan qiymati kamida 30J/cm2 (3 kgf/cm2) boʻlgan poʻlatdan tayyorlash kerak.
Harorati -40° C hisobigacha boʻlgan hududlar uchun -40° C haroratda tayyorlash kerak.
768. Maishiy gaz plitalari GOST EN 30-1-2-2017, GOST EN 30-1-3-2009, GOST EN 30-1-4-2009, GOST EN 30-2-2-2006 talablariga javob beradigan boʻlishi kerak.
769. Yonish mahsulotlari moʻriga chiqarib yuboriladigan plitalarda moʻri tortmay qolganda plitaga gaz berilishini toʻxtatadigan avtomatika boʻlishi lozim.
770. Savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari uchun GOST 27441-87 boʻyicha moʻljallangan gaz uskunalarini gaz berilishi toʻxtaganida, alanga oʻchib qolganida va havo berilishi toʻxtaganida (havo majburan beriladigan yongʻichli uskunalar uchun) asosiy (ishchi) yongʻichlarni oʻchirib qoʻyadigan GOST 31438.1-2011 boʻyicha xavfsizlik avtomatikasi asboblari bilan jihozlash lozim.
Nominal issiqlik quvvati 5,6 kW dan kam (gaz sarfi 0,5 m3/h dan kam) boʻlgan yongʻichlar yoki blok qilib birlashtirilgan yongʻichlar guruhi uchun xavfsizlik avtomatikasi oʻrnatish talab etilmaydi.
771. Maishiy sharoitda suvni isitish uchun gaz bilan isitiladigan oqova hamda sigʻimli suv isitgichlar ishlatilishi, bunda ushbu isitgichlar GOST 20219-93, GOST 11032-97 talablariga javob beradigan boʻlishi kerak.
772. Binolarni, sanoat korxonalarining sexlari xonalarini isitishda ishlatiladigan gazli havo kaloriferlari va konvektorlarini tartiblash va xavfsizlikni taʼminlash avtomatikasi bilan quyidagicha komplektlash lozim:
isitiladigan xonada berilgan haroratni saqlab turish yoki havoni berilgan haroratga qadar isitish;
gaz bosimi oʻzgarganda, dudburon yaxshi tortmay qolganda xonaga havoni kalorifer orqali havo bilan beradigan havo almashtirgich toʻxtaganida yoki alanga oʻchib qolganida goryelkalarga gaz berilishini toʻxtatadigan boʻlishi lozim.
773. Sanoat, qishloq korxonalarining, ishlab chiqarish xususiyatli maishiy xizmat koʻrsatish korxonalarining issiqlik qurilmalari, shuningdek yoqilgʻining boshqa turlarini gazga aylantiradigan qurilmalar uchun moʻljallangan gaz goryelkalari texnik hujjatlar asosida tayyorlangan boʻlishi lozim. Sanoatdagi gaz goryelkalari GOST 21204-97 talablariga mos boʻlishi kerak.
Infraqizil nurlanish goryelkalari GOST 25696-83, havo isitgichlari GOST 31284-2004 talablariga mos boʻlishi lozim.
774. NOʻAni tanlashda quyidagi asosiy talablarga rioya qilish lozim:
belgilangan ishlash tartibotini toʻgʻri olib borish uchun kuzatib turish zarur boʻlgan parametrlarni koʻrsatuvchi asboblar yordamida nazorat qilib turish;
oʻzgarganida uskunalar avariya holatiga kelishi ehtimoli boʻlgan parametrlarni yozib oluvchi va koʻrsatuvchi asboblar yordamida nazorat qilib turish;
muhofaza-nazorat qilinadigan parametrlar boʻyicha saqlash moslamalari borligida yozib oluvchi asboblar boʻlishini nazarda tutmaslik;
uskunalarning ishlashini uzviy ravishda tahlil qilib borish yoki xoʻjalik hisoblari uchun zarur boʻlgan parametrlarni yozib oladigan yoki integratsiyalaydigan asboblar yordamida nazorat qilish.
775. GTP va GTQ uchun NOʻA tanlashda ushbu ShNQning 17-bobiga amal qilish lozim.
776. NOʻAning aniqlik sinfini ularning konkret vazifasiga va ishlatilish sharoitlarining oʻziga xos xususiyatlariga, inshootga qarab qabul qilinishi, biroq u 2.5 sinfdan past boʻlmasligi kerak.
8-§. Alohida tabiiy sharoitlar uchun qoʻshimcha talablar
777. Oʻta choʻkuvchan va koʻpchiydigan gruntli hududlarda, seysmik hududlarda va ishlov beriladigan maydonlarda yer osti gaz quvurlari oʻtkazish uchun qaynoq poʻlatdan tayyorlangan quvurlar ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
778. Ishlov beriladigan maydonlar uchun loyihalashtiriladigan shartli diametri 80 mm dan katta boʻlgan yer osti gaz quvurlari uchun poʻlat armaturani moʻljallash kerak. Shartli diametri 80 mm gacha boʻlgan gaz quvurlari uchun choʻziluvchan choʻyandan yasalgan berkitish armaturasi ishlatishga yoʻl qoʻyiladi.
Seysmikligi 8 va 9 ball boʻlgan hududlarda yotqiziladigan yer osti gaz quvurlari uchun poʻlatdan yasalgan berkitish armaturasi ishlatish lozim.
779. Seysmikligi 7 ball va undan katta boʻlgan hududlarda yotqiziladigan yer osti gaz quvurlari uchun quvurlar devorining qalinligi quvurning diametri 80 mm gacha boʻlganda kamida 3 mm, diametri 100 mm gacha boʻlgan quvurlar uchun esa ushbu ShNQning 722-bandiga muvofiq aniqlangan hisobiy qalinlikdan 2/3 mm qalin qabul qilish kerak.
780. Seysmik hududlarda va ishlov beriladigan maydonlarda yotqiziladigan ichki va yer usti gaz quvurlari uchun quvurlarga va texnik buyumlarga qoʻyiladigan talablar odatdagi qurilish sharoitlarida barpo etiladigan tegishli gaz quvurlariga quyiladigan talablar singari boʻladi.
24-bob. Atrof-muhit muhofazasi
781. Atmosfera havosiga texnologik salbiy taʼsirni pasaytirish uchun gaz yonilgʻisini toʻliq yonishini taʼminlaydigan yondirgichlar (goryelkalar) qoʻllanilishi lozim.
782. Unumdor grunt qatlamini olib tashlash, tashish, saqlash va qayta qoʻllash uning sifat koʻrsatkichlarining pasayishi hamda koʻchirish vaqtida uning yoʻqolishini istisno qiladigan usullar bilan amalga oshirilishi kerak. Unumdor grunt qatlamidan ariqchalar, koʻpriklar va loyihada koʻzda tutilmagan maqsadlar uchun boshqa vaqtinchalik inshootlarni oʻrnatish uchun foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
783. Koʻchkili hududlarda quvur oʻtkazgichlarni yotqizishda mavjud tabiiy sharoitning buzilmasligi boʻyicha loyiha yechimlari qabul qilinishi zarur (chuqur qoqilgan yoki koʻmilgan qoziqlar va boshqalar).
784. Suv havzalariga chiqadigan chiqindi oqava suv (drenaj) tarkibidagi moddalar va mikroorganizmlarning miqdori suv obyektlari uchun oʻrnatilgan (kimyoviy moddalar va obyektlardagi suv sifatining boshqa koʻrsatkichlarining ruxsat etilgan maksimal konsentratsiya asosida) meʼyorlaridan oshmasligi va suv obyektidagi suv sifatiga belgilangan meʼyorlarga mos kelishi kerak.
ShNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
1-ILOVA

Gaz quvurlari

Tasnif koʻrsatkichlari

Tashqi (koʻchalardan, dahalar ichidan, hovlilardan, sexlararo oʻtadigan) va ichki (bino va xonalar ichida joylashadigan)

Aholi yashaydigan joylarga nisbatan qanday joylashganligi

Yer osti (suv osti), yer ustidan (suv ustidan), erdan oʻtkaziladigan

Yer sirtiga nisbatan qanday joylashuvi

Taqsimlash, kirish, puflash, chiqarib yuborish, impulsli, shuningdek qishloqlararo gaz quvurlari

Gaz taʼminoti tizimidagi vazifasi

Yuqori bosimli 1 toifaga, yuqori bosimli P toifaga kiradigan oʻrta bosimli, past bosimli

Gazning bosimi

Metall (poʻlat, mis) hamda nometall (polietilen)

Quvurning materiali

Tabiiy gaz, yoʻldosh gaz va SUG quvuri

Oʻtadigan gazning turi

Izoh. Gaz taʼminoti manbalaridan isteʼmolchiga kirish joyiga gaz yetkazib beradigan tashqi gaz quvurlarini, shuningdek bitta inshootga gaz berish uchun (GTP, sanoat korxonalari, qozonxona moʻljallangan yuqori va oʻrta bosimli gaz quvurlarini taqsimlash gaz quvurlari deb hisoblash kerak.
ShNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
2-ILOVA
Ichki gaz quvurlaridagi va gaz ishlatish qurilmalariga kirish joyidagi gazning maksimal bosimi

Gaz isteʼmolchilari

Gaz bosimi (Mpa)

Gaz bosimining koʻrsatkichi ishlab chiqarish talablaridan kelib chiqadigan ishlab chiqarish binolari

1,2

Boshqa ishlab chiqarish binolari

0,6

Alohida turuvchi, ishlab chi�arish binosining yoniga va ichiga qurilgan sanoat korxonalarining maishiy binolari

0,3

Maʼmuriy binolar

0,005

Qozonxonalar:

ishlab chiqarish korxonalari hududida alohida turuvchi;

1,2

aholi yashaydigan hududda alohida turuvchi;

0,6

ishlab chiqarish binolarining yoniga, ichiga va tomiga qurilgan;

0,6

jamoat, maʼmuriy va maishiy binolarning yoniga, ichiga va tomiga qurilgan;

0,3

turar-joy binolarining yoniga, ichiga va tomiga qurilgan

0,005

Jamoat binolari (bino yertoʻlasida joylashgan qozonxonalardan tashqari) va omborxonalar

0,005

Turar-joy binolari

0,003

ShNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
3-ILOVA
Issiqliq sarfi normalari

Gaz isteʼmolchilari

Gaz isteʼmoli koʻrsatkichlari

Issiqlik sarfi normalari,

MJ (ming kcal)

1

2

3

1. Turar-joy binolari

Xonadonda gaz plitalar va markazlashtirilgan issiq suv taʼminoti boʻlganda:

tabiiy gazli;

1 kishiga yiliga

4440 (1060)

SUG.

4170 (990)

Xonadonda gaz plitasi va gazli suv isitgich boʻlganda (markazlashtirilgan issiq suv taʼminoti boʻlmaganda):

tabiiy gazli;

-”-

6450 (1540)

SUG.

-”-

6060 (1440)

Xonadonda gaz plitasi boʻlganda va markazlashtirilgan issiq suv taʼminoti va gazli suv isitgich boʻlmaganda:

tabiiy gazli;

-”-

6000 (1430)

SUG.

-”-

5800 (1380)

2. Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari

Kir yuvish fabrikalari:

mashina bilan kir yuvish kirxonalarida;

1 tonna quruq kirga

8800 (2100)

quritish shkaflari bor mashina bilan kir yuvmaydigan kirxonalarda.

1 tonna quruq kirga

12600 (3000)

quritish va dazmollash bilan birgalikda mashina bilan kir yuvish kirxonalarida.

-”-

18800 (4500)

Dezkameralar:

choyshab va kiyimlarni bugʻ kameralarida zararsizlantirish;

-”-

2240 (535)

choyshab va kiyimlarni issiq havoli kameralarda zararsizlantirish

1260 (300)

Hammomlar:

vannalarsiz yuvinishda;

1-marta yuvinishga

40 (9,5)

vannalarda yuvinishga.

1-marta yuvinishga

50 (12)

3. Umumiy ovqatlanish korxonalari

Oshxonalar, restoranlar, qahvaxonalar:

tushlik ovqatlar tayyorlashga (korxonaning qancha odamga xizmat koʻrsatishidan qatʼi nazar);

1-marta tushlikka

4,2 (1)

nonushta yoki kechki ovqat tayyorlashga.

1-marta nonushta yoki kechki ovqatga

2,1 (0,5)

4. Sogʻliqni saqlash muassasalari

Kasalxonalar, tugʻruqxonalar:

ovqat tayyorlashga

1 oʻringa yiliga

3200 (760)

xoʻjalik-maishiy ehtiyojlar va davolash muolajalari uchun (kir yuvishdan tashqari) issiq suv tayyorlashga.

1 oʻringa yiliga

9200 (2200)

5. Non va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar

Non zavodlari, kombinatlar, nonvoyxonalar:

qolipli non pishirish uchun;

1 t. mahsulotga

2500 (600)

pechka tubida pishiriladigan non, batonlar, bulkalar, sutli va yogʻli bulkalar pishirishga;

1 t. mahsulotga

5400 (1300)

qandolatchilik mahsulotlari pishirishga (tortlar, pirojniy, pechenye, pryanik va b.).

1 t. mahsulotga

7750 (1850)

Izoh:
1. Jadvalda keltirilgan turar-joylar uchun issiqlik sarfi normalarida uy sharoitida kir yuvishga issiqlik sarflanishi ham inobatga olingan.
2. Jadvalda keltirilmagan isteʼmolchilar uchun gaz sarfi meʼyorlarini boshqa yoqilgʻi turlarining sarfi normalariga qarab yoki foydalanilayotgan yoqilgʻining haqiqiy sarfiga doir maʼlumotlar asosida, gaz yoqilgʻiga oʻtilgandagi FIK hisobga olgan holda belgilash lozim.
ShNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
4-ILOVA
Sanoat tarmoqlari boʻyicha gazning 1 h eng koʻp sarfi koeffitsiyentlarning qiymatlari

Sanoat tarmogʻi

Gazning 1 h eng koʻp sarfi koeffitsiyenti

korxonalar boʻyicha

qozonxonalar boʻyicha

sanoat pechlari boʻyicha

Qora metallurgiya

1/6100

1/5200

1/7500

Rezina-asbest

1/5200

1/5200

-

Kimyo

1/5900

1/5600

1/7300

Qurilish materiallari

1/5900

1/5500

1/6200

Radio sanoati

1/3600

1/3300

1/5500

Elektrotexnika

1/3800

1/3600

1/5500

Rangli metallurgiya

1/3800

1/3100

-

Stanoksozlik va asbobsozlik

1/2700

1/2900

1/5400

Mashinasozlik

1/2700

1/2600

1/2600

Toʻqimachilik

1/4500

1/4500

1/3200

Sellyuloza-qogʻoz

1/6100

1/6100

-

Yogʻochga ishlov berish

1/5400

1/5400

-

Oziq-ovqat

1/5700

1/5900

-

Pivo pishirish

1/5400

1/5200

1/4500

Vinochilik

1/5700

1/5700

1/6900

Poyafzal

1/3500

1/3500

-

Chinni-fayans

1/5200

1/3900

-

Koʻn-galantereya

1/4800

1/4800

1/6500

Poligrafiya

1/4000

1/3900

-

Tikuvchilik

1/4900

1/4900

1/4200

Un tortish-krupa

1/3500

1/3600

-

Tamaki

1/3850

1/3500

1/3200

ShNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
5-ILOVA
Turar-joy binolari uchun bir vaqtda foydalanish koeffitsiyenti Ksim qiymatlari

Xonadonlar soni

Turar-joy binolarida qanday gaz uskunalar oʻrnatilganiga qarab bir vaqtda Ksim foydalanish koeffitsiyentining qiymatlari

4 konforkali plita

2 konforkali plita

4 konforkali plita va gazli oqava suv isitgich

2 konforkali plita va gazli oqava suv isitgich

1

1

1

0,700

0,750

2

0,650

0,840

0,560

0,640

3

0,450

0,730

0,480

0,520

4

0,350

0,590

0,430

0,390

5

0,290

0,480

0,400

0,375

6

0,280

0,410

0,392

0,360

7

0,280

0,360

0,370

0,345

8

0,265

0,320

0,360

0,335

9

0,258

0,289

0,345

0,320

10

0,254

0,263

0,340

0,315

15

0,240

0,242

0,300

0,275

20

0,235

0,230

0,280

0,260

30

0,231

0,218

0,250

0,235

40

0,227

0,213

0,230

0,205

50

0,223

0,210

0,215

0,193

60

0,220

0,207

0,203

0,186

70

0,217

0,205

0,195

0,180

80

0,214

0,204

0,192

0,175

90

0,212

0,203

0,187

0,171

100

0,210

0,202

0,185

0,163

400

0,180

0,170

0,150

0,135

ShNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
6-ILOVA
Gazni taqsimlash boʻyicha texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini funksional tizimlari

GTTJABT funksional kichik tizimning nomlanishi

Vazifalar majmuasi, vazifalar

Echish davriyligi

Gazni taqsimlash texnologik jarayonini nazorat qilish

NP tomonidan texnologik parametrlarni oʻlchash, nazorat qilish va ishlab chiqish.

NP texnologik parametrlarni vaqti-vaqti bilan oʻlchash va nazorat qilish

Favqulodda hodisalar paydo boʻlganda

Texnologik uskunalar holatini operativ surʼatda nazorat qilish.

MDPga avariya va odatdan tashqari holatlar boʻyicha maʼlumotlarni uzatish.

NP texnologik uskunalari holatini davriy ravishda nazorat qilish.

30 s dan koʻp boʻlmagan vaqtda kuzatilganda

60 min bir marotaba

ShNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
7-ILOVA
GTTJABT quyi darajasidagi avtomatlashtirish tizimlari kompleksi vazifalari
1. GI amal qilishining quyidagi koʻrsatkichlarini 5 s dan ortiq boʻlmagan davriylik bilan oʻlchash:
har bir GIga kirishdagi gaz bosimini (gaz sarfini oʻlchash uzeli gaz bosimini reduksiyalash uzelidan keyin oʻrnatilgan boʻlsa);
har bir gaz sarfini oʻlchash uzeli oldidagi gaz bosimini;
gaz sarfini oʻlchash uzelining har bir qurilmasida gaz bosimini yoki gaz hajmining pasayishini (gaz sarfini hisoblagichlari qoʻllanilganda);
har bir oʻlchash uzeli boʻyicha gazning haroratini;
har bir GIdan chiqishdagi gazning bosimini;
tartibga soluvchi qurilmaning holatini;
GI amal qilishi parametrlarining oʻlchamli qiymatlarini ularning berilgan eng yuqori va eng kam qiymatlari bilan taqqoslash, ogʻishlar qiymatlarini qayd qilish va xotiraga kiritish;
GI texnologik jihozlari holatining 5 s dan oshmaydigan quyidagi parametrlarini nazorat qilish:
yopish moslamasining holati;
filtrning ifloslanganligi (meʼyor/meʼyordan yuqori/avariya holatida);
saqlash-yopish klapanining holati (“yopiq/ochiq”);
xonaning gazlanganligi (meʼyor/meʼyordan yuqori);
xonadagi havo harorati (meʼyor/meʼyordan yuqori/meʼyordan past, chegaralar), uskuna va jihozlar boʻyicha pasport maʼlumotlariga muvofiq oʻrnatiladi;
texnologik va uskunalar xonasidagi eshiklarning holati (ochiq/yopiq);
xonaga yoʻl qoʻyiladigan kirish belgisi (oʻziniki/begona);
texnologik uskunalar holati koʻrsatkichlarining texnologik uskunaga oid pasport maʼlumotlariga muvofiq belgilangan qiymatlardan chetga chiqishini nazorat qilish, chetga chiqishlarni qayd etish va xotiraga kiritish;
har bir oʻlchash uzeli GIdan soʻng gaz sarfi va miqdorini hisoblagichlardan foydalanishda koʻzda tutilgan bosimning oʻzgaruvchan farqi usuli asosida hisob-kitob qilish;
quyidagi davrlar (vaqt) uchun har bir oʻlchash uzeli boʻyicha gaz hajmini hisob-kitob qilish:
5 s (gaz sarfining bir lahzadagi qiymati);
1 h;
1 d;
1 oy;
kirgizish va quyidagi berilgan maʼlumotlarni saqlash:
joriy vaqt;
sana (yil, oy, kun);
oʻlchash uzelini kodi (raqami), avtomatlashtirilgan GIni nomi va kodi;
normal sharoitdagi gazning bosimi;
oʻlchanadigan quvurning diametri;
diafragma teshigining diametri;
bosim tanlash qurilmasining turi;
gaz sarfini aniqlaydigan hisoblagichning turi;
barometrik bosim;
bosimni oʻlchash datchiklarining diapazonlari;
haroratni oʻlchash datchiklarining diapazonlari;
bosim farqini difmanometr bilan oʻlchash diapazonlari (toraytiruvchi moslamalarni qoʻllagan holda) yoki gaz sarfini hisoblagichlar bilan oʻlchash diapazoni;
bosimning eng kam oʻzgarishi kattaligi, bunda gaz sarfini oʻlchashda oshib ketadi (toraytiruvchi moslamalarni qoʻllagan holda);
difmanometrlarni yoqib-oʻchirish sodir boʻlishi zarur boʻlgan bosimning maksimal farqi kattaliklari (toraytiruvchi moslamalarni qoʻllagan holda);
quyidagi noodatiy holatlarda GI amal qilishini avtomatik tarzda qayd qilish va texnologik koʻrsatkichlarini xotiraga kiritish:
gaz sarfini hisob-kitob qilish natijalariga taʼsir koʻrsatuvchi funksional blokka kiritilgan maʼlumotlarni oʻzgartirish;
bosim oʻzgarishi, bosim va harorat datchiklarini kalibrovka rejimiga navbatma-navbat oʻtkazish;
bosim oʻzgarishi, bosim va harorat datchiklari ish rejimiga oʻtkazish;
bosim oʻzgarishi qiymatlarining difmanometrlar ishchi diapazoni chegarasidan chiqib ketishi (toraytiruvchi moslamalarni qoʻllagan holda);
texnologik uskuna holatini nazorat qilish datchiklarining ishlamay qolishi;
bosim oʻzgarishi, bosim va harorat datchiklari, gaz sarfi hisoblagichlarining ishlamay qolishi;
bosim oʻzgarishi, bosim va harorat datchiklarini konstantalarga almashtirish;
elektr oziqlanish kuchlanishining yoʻl qoʻyiladigan qiymatlardan chetga chiqishi;
tarmoq elektr taʼminotining yoʻqligi;
GI avtomatlashtirish vositalari majmuasi GIning har bir oʻlchash uzeli boʻyicha tizimning yuqori darajasida hisobotlarni tuzish uchun lozim boʻlgan maʼlumotlarni (oylik, kunlik, soatlik, tezkor (chaqiruv boʻyicha)) xotirada saqlashi va MDPga uzatishi kerak. Har bir turdagi hisobotda quyidagi maʼlumotlar koʻzda tutilgan boʻlishi:
NP nomi (kodi);
NP oʻlchash uzelini kodi (raqami);
hisobot tuzilgan sana va vaqt;
operator tomonidan kiritilgan barcha konstant qiymatlar va ular kiritilgan vaqt.
Oylik hisobotda oxirgi otgan oyning har bir sutkasidagi gaz oqimi parametrlarining qiymatlari taqdim etiladi.
Hisobot quyidagi maʼlumotlardan tarkib topishi kerak:
sana (kun, oy, yil);
har bir sutkadagi normal sharoitlarda gazning hajmi, m3;
hisobot davrida gazning normal sharoitdagi umumiy hajmi, m3;
oʻrtacha sutkalik sarf, m3/h;
bosim past-balandligining oʻrtacha sutkalik qiymati, MPa (diafragma uchun);
oʻlchash uzelining chiqish joyida bosimning oʻrtacha kunlik qiymati, MPa;
atmosfera bosimining oʻrtacha kunlik qiymati;
gaz haroratining oʻrtacha kunlik qiymati;
hisob-kitob natijalariga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni oʻzgartirish va ular kiritilgan vaqt;
odatdan tashqari holatlar va ular yuzaga kelgan vaqt.
2. Kundalik hisobotda oʻtgan kunning har bir soati uchun gaz oqimi parametrlari koʻrsatilishi, bunda hisobot quyidagi maʼlumotlardan tuzilishi lozim:
sana (kun, oy, yil);
vaqt (soatlar, minutlar);
normal sharoitda har soatdagi gazning hajmi m3;
sutkalik davrda normal sharoitdagi gazning umumiy hajmi, m3;
bosim oʻzgarishining oʻrtacha soatlik qiymati (toraytiruvchi moslamalar uchun);
oʻlchash uzelining kirish joyida bosimning oʻrtacha soatlik qiymati;
gaz haroratining oʻrtacha soatlik qiymati;
hisob-kitoblar natijalariga va ularning kirgizish vaqtiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarning oʻzgarishi;
shtatdan tashqari vaziyatlar va ularning paydo boʻlish vaqti.
3. Soatli hisobot quyidagicha tuzilishi kerak:
vaqt (vaqtning boshlanishi);
bir soatdagi gazning oʻrtacha sarfi, m3/h;
bir soatdagi bosimning oʻrtacha baland-pastligi; (xizmat qiladigan qurilmalar uchun);
bir soatda oʻlchash uzeliga kiradigan oʻrtacha bosim;
gazning bir soatdagi oʻrtacha harorati;
operatorning aralashuvi va shtatdan tashqari vaziyatlar haqidagi roʻyxatlar.
4. Soʻrov boʻyicha talab qilingan oxirgi hisob-kitoblar natijasida olingan tezkor hisobot quyidagi maʼlumotlardan tarkib topishi kerak:
joriy vaqt (soʻrov vaqti);
har bir oʻlchash uzelidagi gazning bosimi MPa;
har bir oʻlchash uzelidagi gazning harorati;
har bir oʻlchash uzelidagi gazning bir lahzadagi sarfi, m3/h;
har bir oʻlchash uzelidagi gazning integral sarfi, m3/h;
hisoblash natijalariga va ularni kiritish vaqtiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarning oʻzgarishi;
shtatdan tashqari hodisalar va ularning paydo boʻlish vaqti;
GIning har bir kirishidagi gazning bosimi MPa;
GIning har bir chiqishidagi gazning bosimi (GTT, GTP tarmoqlari uchun), MPa;
texnologik uskunalar haqidagi maʼlumotlar;
filtrlardagi baland — past bosim.
ShNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
8-ILOVA
Yer osti gaz quvurlaridan bino (GTPdan tashqari) va inshootlargacha boʻlgan minimal masofa

Muhandislik tarmoqlari

Gaz quvurlari, bosimi, MPa (kgs/cm2)

Past, 0,005 (0,05) gacha

Oʻrta, 0,005 (0,05) dan ortiq 0,3 (3) gacha

Yuqori, 0,3 (3) dan ortiq 0,6 (6) gacha

Yuqori, 0,6 (6) dan 1,2 (12) gacha

Bino va inshootlar poydevorigacha

2

4

7

10

Korxona toʻsiqlari, estakadalar, aloqa tarmogʻi tayanchlari poydevorigacha

1

1

1

1

Chekka yoʻl oʻqigacha

Eni 1250 mm temir yoʻllar, kamida toʻshama va oʻra tagigacha xandaq chuqurligi

3,75

4,8

7,8

10,8

Eni 750 mm temir yoʻllar va tramvay

2,8

2,8

3,8

3,8

Avtoyoʻllargacha

Yoʻl cheti toshi, qatnov qismi cheti, yoʻl chetining mustahkamlangan chizigʻi

1

1,5

2,5

2,5

Handaq tashqi cheti yoki toʻshama cheti

1

1

1

1

Havo liniyalari tayanch poydevorigacha

1 kW gacha va tashqi yoritish, tramvay va trolleybus aloqa tarmogʻi

1

1

1

1

1 dan 35 kW gacha

5

5

5

5

35 kW dan ortiq

10

10

10

10

ShNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
9-ILOVA
Tayanchlar orqali oʻtqazilgan yer usti gaz quvurlari va erdan oʻtqazilgan gaz quvuridan ufqiy yoʻnalish boʻyicha bino va inshootlargacha boʻlgan masofa

Bino va inshootlar

Yer ustida tayanchlarga yotqizilgan va erdan (atrofini koʻrsatmay) yotqizilgan gaz quvurlaridan bino va inshootlargacha boʻlgan tekis masofa (m)

Past bosimli

Oʻrta bosimli

II toifadagi yuqori bosimli

I toifadagi yuqori bosimli

1

2

3

4

5

A va B toifali xonalari bor ishlab chiqarish binolari va omborxonalar

5*

5*

5*

10*

V, G va D toifali xonalari mavjud

-

-

-

5

Olovbardoshlik darajasi I — III boʻlgan turar-joy va jamoat binolari

-

-

5

10

Olovbardoshlik darajasi IV va V boʻlgan binolar

-

5

5

10

Yengil alangalanadigan va yonuvchan suyuqliklarning ochiq omborlari va yonuvchi materiallarning sanoat korxonasidan tashqarida joylashgan omborlar

20

20

40

40

Temir yoʻl va tramvay yoʻllari (eng yaqin izigacha)

3

3

3

3

Yer osti muhandislik tarmoqlari (suv quvurlari, kanalizatsiya, isitish tarmoqlari, telefon kanalizatsiyasi, elektr kabel bloklari) (gaz quvuri tayanchining poydevori chetidan).

1

1

1

1

Yoʻllar (hoshiya toshdan, yoʻl chetining qirgʻogʻi yoki koʻtarma etagidan)

1,5

1,5

1,5

1,5

Ochiq taqsimlash qurilmasining va ochiq yordamchi stansiyasining toʻsigʻi

10

10

10

10

Shkafli jamlashgan transformator podstansiyasi (KTP)

1

1

1

1

Izoh: “-” ishora masofani normalanmasligini bildiradi.
* GTP (kirish va chiqish) gaz quvurlari uchun masofa normalanmaydi.
ShNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
10-ILOVA

Issiqlik elektr stansiyalarning gaz taʼminoti tizimlarida oʻlchashlar, signalizatsiya va avtomatik rostlash hajmi oʻlchanadigan parametr

Axborot berish shakli va joyi

Asosiy bino boshqarish shiti

GTPda mahalliy boshqarish shiti

Joyida

Koʻrsatuvchi asbob (zarur boʻlganda)

Signalizatsiya

Yozib oladigan asbob

Koʻrsatuvchi asbob (boʻlishi shart)

Koʻrsatuvchi asbob (zarur boʻlganda)

Signalizatsiya

Yozib oladigan asbob

Koʻrsatuvchi asbob

Avtomatik tartiblash

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

Gazning GTP gacha bosimi

+

-

+

koʻpaygan yoki kamaygan

-

+

-

-

+

-

-

Gazning GTP dan keyingi bosimi

+

-

+

koʻpaygan yoki kamaygan

-

+

-

-

+

-

+

Gazning umumiy sarfi

+

-

-

-

+

-

-

+

-

-

Gazning rasxodomerdan oldingi va keyingi harorati

-

-

-

-

+

-

-

+

-

-

Filtrlarda gaz bosimining isrofi

-

-

-

-

+

-

-

-

+

-

GTPda tartiblash xonasi boshqarish shiti xonasida gaz miqdori koʻpayib ketganligi

-

-

+

koʻpaygan

-

+

-

+

koʻpaygan

-

-

-

Har qaysi qozonga gaz sarfi

+

-

-

+

-

-

-

-

-

+

Qozonning tartiblash klapanigacha boʻlgan gaz bosimi

-

+

-

+

-

-

-

-

-

-

Qozonning tartiblash klapanidan keyingi gaz bosimi

-

+

+

koʻpaygan yoki kamaygan

-

-

-

-

-

-

-

GTP tartiblash armaturasining holati koʻrsatgichi

+

-

-

-

+

-

-

-

-

-

Har qaysi yongʻichdan oldingi (berkituvchi moslamadan keyingi gaz bosimi)

-

-

-

-

-

-

-

-

+

-

Izoh: Jadvaldagi “+” ishora ana shu parametrlar haqida axborot berilishi zarurligini bildiradi.
ShNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
11-ILOVA
GTSh hududida joylashgan bino va inshootlar orasidagi masofa

GTShning bino va inshootlari

GTShning bino va inshootlari orasidagi masofa (m)

1-guruhda keltirilgan bino va inshootlarning tartib raqami

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

1.

Saqlash bazasining yer ustidagi sigʻimlari va temir yoʻlning quyish estakadasi

-

10

15

30

40

15

30

10

10

40

2.

Saqlash bazasining yer ostidagi sigʻimlari

10

-

10

20

30

10

20

10

5

40

3.

A toifadagi xonalar va ballonlar ortish-tushirish maydonchalari

15

10

-

15

40

15

30

5

10

40

4.

Avtotsisternalarga SUG quyish va yonilgʻi quyish kolonkalari

30

20

15

-

30

15

15

10

10

15

5.

Qozonxona, taʼmir ustaxonasi, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish binosi, omborxonalar

40

30

40

30

-

12-ilovaga muvofiq

3

8

3

10

6.

Iz yonidagi ballon ombori

15

10

15

15

12-ilovaga muvofiq

12-ilovaga muvofiq

5

5

40

7.

Ochiq olovdan foydalanilmaydigan yordamchi binolar

30

20

30

15

3

12-ilovaga muvofiq

-

1,5

3

10

8.

Avtomobil yoʻllari (yoʻl chekkasigacha)

10

10

5

10

8

5

1,5

-

1.5

1,5

9.

Hudud atrofidagi devor

10

5

10

10

3

5

3

1.5

-

0,5

10.

Yongʻinga qarshi suv havzalari (gidrantlargacha)

40

40

40

15

10

40

10

1,5

0,5

-

ShNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
12-ILOVA
Ballonlarning soniga qarab binolarigacha va ortish-tushirish maydonchalarigacha boʻlgan masofa

T/r

Bino va inshootlar

Toʻldirilgan 50 litrli ballonlarning soniga qarab binolargacha va ortish-tushirish maydonchalarigacha boʻlgan masofa (m)

400 gacha

400 dan 1200 gacha

1200 dan koʻp

omborning sigʻimidan qati nazar

1.

BOO hududiga bino va inshootlar

20

25

30

-

2.

Turar-joy binolari

-

-

-

50

3.

Ishlab chiqarish xususiyatli jamoat binolari

-

-

-

100

4.

Sanoat va qishloq xoʻjaligi korxonalarining, shuningdek ishlab chiqarish xususiyatli maishiy xizmat korxonalarining binolari, avtomobil yoʻllari (yoʻl chetigacha), temir yoʻllar (yoʻl oʻqichaga)

-

-

-

20

ShNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
13-ILOVA
Yer ustida joylashgan sigʻimlarning ish unumdorligi

Siqilgan gazlardagi propan miqdori (foiz)

600 L

1000 L

Tashqi havo harorati, °C

-30

-20

-10

0

10

20

-30

-20

-10

0

-

-

-

-

0,7

2,3

-

-

-

10

-

-

-

-

1,4

3,0

-

-

-

20

-

-

-

0,3

2,0

3,7

-

-

-

30

-

-

-

1,1

2,7

4,3

-

-

-

40

-

-

0,2

1,8

3,4

5,0

-

-

0,3

50

-

-

0,9

2,6

4,0

5,6

-

-

1,4

60

-

-

1,7

3,2

4,8

6,3

-

-

2,8

70

-

0,7

2,4

4,0

5,4

7,0

-

2,5

5,3

80

-

1,5

3,3

4,7

6,1

7,6

-

2,5

5,3

90

0,5

2,2

4,0

5,4

6,8

8,2

0,8

3,6

6,4

100

1,2

2,9

4,7

6,1

7,5

9,0

1,9

4,7

7,5

Siqilgan gazlardagi propan miqdori (foiz)

1000 L

1600 L

Tashqi havo harorati, °C

0

10

20

-30

-20

-10

0

10

20

0

-

1,1

3,5

-

-

-

-

1,5

4,7

10

-

2,3

4,7

-

-

-

-

3,0

6,4

20

0,5

3,4

5,9

-

-

-

1,0

4,6

8,0

30

1,7

4,6

7,0

-

-

-

2,8

6,3

9,3

40

2,8

5,6

8,2

-

-

0,4

4,3

7,8

11,4

50

4,0

6,8

9,3

-

-

1,9

5,9

9,4

13,2

60

5,0

8,0

10,6

-

-

3,8

7,5

11,1

14,8

70

7,3

10,2

13,0

-

3,5

7,3

10,8

14,3

16,5

80

7,3

10,2

13,2

-

3,5

7,3

10,8

14,3

18,2

90

8,6

11,5

14,2

1,1

5,0

8,9

12,4

15,8

19,8

100

9,6

12,5

15,1

2,7

6,6

10,4

14,0

17,5

21,8

ShNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
14-ILOVA
Yarimtinch va qaynoq poʻlatdan tayyorlangan quvurlarni ishlatish

T/r

Quvurga doir standart yoki texnik shartlar

Poʻlatning markasi, poʻlatga doir standart

Quvurning tashqi diametri

(mm)

1.

Elektr yordamida payvandlangan toʻgʻri chokli GOST 10705-80 (V guruh) GOST 10704-91 boʻyicha

VSt2sp, VSt3sp kamida 2 toifali GOST 380-2005, 10, 15, 20, GOST 1050-2013

10-530

2.

Magistral gaz-neft quvurlari uchun elektr yordamida payvandlangan (toʻgʻri chokli va spiralsimon chokli) GOST 20295-85

St3sp kamida 2-toifali (K38)-GOST 380-2005; 10(K34), 15(K38). 20 (K42) GOST 1050-2013

GOST 20295-85 boʻyicha

3.

Elektr yordamida payvandlangan toʻgʻri chokli GOST 10706-76 (V guruhda)

St2sp, VSt3sp kamida 2-toifali

GOST 380-2005

630-1220

4.

Elektr yordamida payvandlangan spiralsimon chokli GOST 8696-74 (V guruh)

St2sp, St3sp kamida 2-toifali

GOST 380-2005

159-1220

5.

Issiq holda shakli oʻzgaradigan choksiz GOST 8731-87 (V hamda G guruh)

10, 20

GOST 1050-2013

45-325

6.

Choksiz sovuq holda shakli oʻzgaradigan, issiqda shakli oʻzgaradigan GOST 8733-74 (V hamda G guruh) va GOST 8734-75

10, 20

GOST 1050-2013

10-45

7.

Issiq holda shakli oʻzgaradigan choksiz TU 14-3-190 (faqat issiqlik elektr stansiyalar uchun )

10, 20

GOST 1050-2013

57-426

Izoh: 1. 1, 6-pozitsiyalar boʻyicha quvurlarni SUG suyuq fazasi gaz quvurlari uchun ishlatish kerak.
2. Issiqlik elektr stansiyalar uchun 20 poʻlatdan tayyorlangan quvurlarni hisobiy harorati -30 °C gacha boʻlgan tumanlardagina ishlatish lozim.
ShNQ 2.04.08-22 “Gaz taʼminoti. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
15-ILOVA
Biriktiruvchi qismlar va detallarni davlat va tarmoq standartlariga muvofiqligi

Biriktiruvchi detal va qismlar

Standart

1

2

1. Silindrik burama kertik choʻziluvchan choʻyandan

Burchakliklar

GOST 8946-75

GOST 8947-75

Uchliklar

GOST 8948-75

GOST 8949-75

GOST 8950-75

Krestlar

GOST 8951-75

GOST 8952-75

GOST 8953-75

Muftalar

GOST 8954-75

GOST 8955-7-755

GOST 8956-75

GOST 8957-75

Biriktirish gaykalari

GOST 8959-75

Tiqinla�

GOST 8963-75

2. Silindrsimon burama kertikli poʻlatdan

Muftalar

GOST 8966-75

Kontrgaykalar

GOST 8968-75

Sgonlar

GOST 8969-75

3. Payvandlangan poʻlatdan

Shoxobchalar

GOST 17375-2001

Oʻtish moslamalari

GOST 17378-2001

Troyniklar

GOST17376-2001

Zaglushka (tiqin)lar

GOST 17379-2001

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 15-apreldagi 01/2-9-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan ayrim shaharsozlik normalari va qoidalarining
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 2013-yil 9-apreldagi 41-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan ShNQ 2.04.08-13 “Gaz taʼminoti. Loyiha meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2020-yil 25-sentabrdagi 258-son buyrugʻi 1-bandi 3-xatboshisi bilan tasdiqlangan ShNQ 2.04.08-13 “Gaz taʼminoti. Loyiha meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilgan 1-son oʻzgartirish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2021-yil 15-oktabrdagi 188-son “ShNQ 2.04.08-13 “Gaz taʼminoti. Loyihalash meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (hisob raqami 41, 2021-yil 23-oktabr).