Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.03.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-2025-yillarda erishishi lozim boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari) 5-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining (keyingi oʻrinlarda — Statistika agentligi) Statistika kengashi tarkibi va uning nizomi 6 va 7-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ-4796-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2021-yil 16-iyundagi 9-mb-sonli qarori bilan tasdiqlangan Statistika hisobotini elektron shaklda taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3312, 2021-yil 16-iyul).
2. Statistika agentligi tizimining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan tuzilmalari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 1 722 nafar, shu jumladan Agentlik direktori oʻrinbosarlari soni 2 nafar hamda ishlab chiqarish xodimlarining umumiy cheklangan soni 141 nafar etib belgilansin.
Statistika agentligining markaziy apparati hamda hududiy boʻlinmalarining 194 nafar shtat birliklari maqbullashtirilayotganligi inobatga olinsin.
3. Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy statistika sifatini taʼminlash boʻyicha bazaviy prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etilishini taʼminlash maqsadida 2024-yil yakuniga qadar:
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi.
a) rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan tarqatiladigan statistika maʼlumotlarining Statistika maʼlumotlarini ishlab chiqishning namunaviy modeli (GSBPM) asosida shakllantirilishi yoʻlga qoʻyilsin;
b) Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan sifatni boshqarish boʻyicha qoʻllanmalarni toʻliq joriy etish doirasida zarur tashkiliy choralar koʻrilsin. Bunda:
rasmiy statistikani tayyorlovchilarning har birida rasmiy statistikada sifat va tarqatish siyosatlari ishlab chiqiladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuni 4-moddasining yettinchi xatboshisi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan maʼqullangan qoʻllanma (NQAF) asosida Milliy sifatni boshqarish qoʻllanmasi ishlab chiqiladi;
xalqaro ekspertlarni keng jalb etgan holda milliy statistika tizimini global baholashdan oʻtkazish tashkil etiladi va natijalari eʼlon qilinadi.
4. Statistika agentligi, Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 1-yanvardan boshlab, statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga konsalting kompaniyalari, oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarini (keyingi oʻrinlarda — statistika kuzatuvchilari) jalb etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Bunda:
statistika kuzatuvchilari tomonidan birlamchi maʼlumotlarning oshkor etilmasligi kafolatlanadi;
statistika kuzatuvlari pudrat shartnomasi asosida amalga oshiriladi, ish hajmi, kuzatuv uslubiyoti, kuzatish muddati rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan belgilab beriladi.
Statistika agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda statistika kuzatuvchilari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasi kiritilishini taʼminlasin.
5. Statistika agentligi tizimida integratsiya jarayonlarini yanada jadallashtirish maqsadida, 2024-yil yakuniga qadar “Statistika” integrallashgan axborot tizimi vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan quyidagi maʼlumotlarni olish maqsadida integratsiya qilinsin:
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining korxona va tashkilotlarning mehnat koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibda qurilgan turar joylarni va noturar binolarni foydalanishga topshirish toʻgʻrisidagi;
Adliya vazirligining litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish toʻgʻrisidagi;
“Oʻzbekiston respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJning birja savdolariga qoʻyiladigan tovarlar narxlari toʻgʻrisidagi;
“Oʻzbekneftgaz” AJning neft mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda neft va gaz kondensatining manbalari va taqsimoti toʻgʻrisidagi;
IT-Park direksiyasining rezidenti boʻlgan tashkilotlar faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Belgilansinki, 2024-yil yakuniga qadar “Statistika” integrallashgan axborot tizimi va “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi oʻrtasida elektron maʼlumotlar almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi. Bunda rasmiy statistika maʼlumotlarini shakllantirish maqsadida, tegishli birlamchi maʼlumotlar Statistika agentligi tomonidan “Elektron hukumat” tizimidan mustaqil ravishda olinadi.
Statistika agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida bir oy muddatda statistika maʼlumotlarini taqdim etuvchi veb-saytlardagi (siat.stat.uz, aholi.stat.uz, gender.stat.uz, nsdg.stat.uz va boshqalar) maʼlumotlarni muntazam kengaytirib borish va yangilash choralarini koʻrsin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni. (yangi tahriri).
6. Foydalanuvchilarning keng ommasi, shu jumladan biznes vakillari va ilmiy tadqiqotchilar, xalqaro tashkilotlarning statistika maʼlumotlaridan qoniqish darajasini aniqlash va oshirib borish maqsadida Statistika agentligi:
2024-yil yakuniga qadar “Rasmiy statistika maʼlumotlariga boʻlgan ishonch indeksi” uslubiyotini ishlab chiqsin;
2025-yil 1-martga qadar foydalanuvchilar oʻrtasida tegishli soʻrovlarni oʻtkazsin hamda natijalarini eʼlon qilsin;
2025-yil 1-aprelga qadar rasmiy statistika maʼlumotlariga boʻlgan ishonch indeksini yaxshilash boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni ishlab chiqsin hamda keyingi yildan boshlab har yili 1-martda tegishli soʻrov natijalarini eʼlon qilib borsin.
Rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari Statistika agentligi tomonidan eʼlon qilingan rasmiy statistika maʼlumotlariga boʻlgan ishonch indeksi natijalari asosida ular tomonidan tarqatiladigan statistika maʼlumotlariga nisbatan ishonch darajasini yaxshilash boʻyicha doimiy choralarni koʻrib borsin.
7. Belgilansinki, Statistika agentligi:
rasmiy statistika sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;
rasmiy statistika sohasidagi dasturlarning ishlab chiqilishini, amalga oshirilishini va ularni mamlakatning boshqa maqsadli dasturlari bilan oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash choralarini koʻradi;
oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan koʻp yillik statistika dasturi hamda Statistika kengashi tomonidan tasdiqlanadigan bir yillik statistika dasturi asosida amalga oshiradi;
oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga bevosita boʻysunadi va unga hisobot taqdim etadi, davlat buyurtmasi boʻyicha statistika ishlarining bajarilishi toʻgʻrisida esa har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobot berib boradi;
rasmiy statistika boshqa tayyorlovchilarining statistika uslubiyotlarini xalqaro tavsiyalarga muvofiqligi boʻyicha auditdan oʻtkazadi, ularni muvofiqlashtirish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi;
Statistika kengashi bilan kelishgan holda loyiha guruhlarini (ofislarini) tashkil etadi, konsalting tashkilotlarini jalb etadi hamda xalqaro moliya institutlari, xalqaro tashkilotlar va ekspertlar bilan hamkorlik boʻyicha va boshqa shartnomalarni tuzadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi belgilangan tartibda tasdiqlanadigan bir yillik statistika dasturlarini respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Statistika agentligi bir oy muddatda har yilgi statistika dasturini hisoblash metodikasini ishlab chiqsin va Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasi.
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Statistika agentligi rasmiy statistikani shakllantirish bilan bogʻliq oʻz vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi;
statistika organlarining qonuniy faoliyatiga, shu jumladan, statistika kuzatuvlarini oʻtkazish, statistika maʼlumotlarini tayyorlash va ularni eʼlon qilish jarayonlariga har qanday aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Statistika agentligi tomonidan shakllantiriladigan statistika maʼlumotlari rasmiy statistika axboroti sifatida eʼlon qilinadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari, shuningdek, tumanlar (shaharlar) statistika boʻlimlari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildirlar va bevosita Statistika agentligiga boʻysunadi;
hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari va oʻrinbosarlari, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori va oʻrinbosarlari Statistika agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgust “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 686-son qarori.
tuman (shahar) statistika boʻlimlari boshliqlari Statistika agentligi bilan kelishgan holda hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Statistika agentligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvi maʼlumotlari doirasida har yili aholining minimal isteʼmol xarajatlari qiymati hamda kambagʻallik darajasi koʻrsatkichlarini shakllantirish va eʼlon qilib borishni taʼminlasin.
9. Statistika agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi kiritilishini taʼminlasin.
Bunda:
Statistika agentligi tizimidagi barcha xodimlar qayta tayyorgarlikdan oʻtkazilib, natijasi boʻyicha Bilim va malakalarni baholash agentligida test sinovlarini topshirishi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 16-moddasi.
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining statistik maʼlumotlarni yigʻish va hisobotlarni yuritish uchun masʼul boʻlgan xodimlari Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida malaka oshirish kurslarida oʻqitilishi;
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti xorijiy hamkorlar, shu jumladan Koreya Respublikasining Statistika trening instituti va Statistik tadqiqotlar instituti bilan hamkorlik oʻrnatib, oʻquv dasturlari yangilanishi, oʻquv jarayonlariga xorijiy ilmiy pedagog xodimlar jalb qilinishi hamda qoʻshma tadqiqot loyihalari amalga oshirilishi inobatga olinsin.
10. Belgilansinki, Statistika agentligi direktori va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmat koʻrsatish sharoitlari boʻyicha tegishli ravishda vazir va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
11. Statistika agentligi Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 63-uy manzili boʻyicha joylashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 8-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Statistika agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin:
“Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi;
qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi.
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori B.A. Begalov belgilansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 4-mart,
PQ-114-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-114-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari
Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:
a) rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, rasmiy statistikani rivojlantirish masalalari boʻyicha faoliyatni milliy statistika tizimi doirasida muvofiqlashtirish, statistika uslubiyotlari va xalqaro tavsiyalarga muvofiq boʻlgan statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish;
b) foydalanuvchilar ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, moliyaviy, ekologik hamda boshqa xususiyatga ega dolzarb statistika maʼlumotlarini yigʻish, ularni qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlash jarayonlarini tashkil etish;
v) xalqaro darajada umumqabul qilingan rasmiy statistikaning asosiy prinsiplari asosida sifatli va ishonchli statistika maʼlumotlarini shakllantirish, ularning shaffofligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan taʼsirchan mexanizmlarni amaliyotda qoʻllash;
g) statistika maʼlumotlarini tayyorlash jarayonlarida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, oʻz axborot tizimlarini rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari va maʼmuriy maʼlumotlarni yetkazib beruvchilarning axborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiyasini taʼminlash;
d) davlat organlari va tashkilotlarining ochiq maʼlumotlar toʻplamlari roʻyxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portalida oʻz vaqtida aks ettirilishi boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
e) roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularning yuqori darajada amalga oshirilishini taʼminlash;
j) milliy statistika tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirish va statistik tadqiqotlarni rivojlantirish borasida faol siyosatni yuritish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-114-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining
TASHKILIY TUZILMASI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti

Tumanlar (shaharlar) statistika boʻlimlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-114-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining (keyingi oʻrinlarda — Statistika agentligi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
2. Statistika agentligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga bevosita boʻysunadi va unga hisob beradi.
3. Statistika agentligi rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi, rasmiy statistikani rivojlantirish masalalari boʻyicha faoliyatni milliy statistika tizimi doirasida muvofiqlashtiruvchi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
4. Statistika agentligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
5. Statistika agentligi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan koʻp yillik statistika dasturi hamda Statistika kengashi tomonidan tasdiqlanadigan bir yillik statistika dasturi asosida amalga oshiradi.
6. Statistika organlari faoliyatiga, shu jumladan, statistika hisobotlarini yigʻish, statistika kuzatuvlarini oʻtkazish, rasmiy statistika maʼlumotlarini shakllantirish hamda ularni tarqatish va eʼlon qilish jarayonlariga har qanday aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Statistika agentligining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qaror va buyruqlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik shaxslar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
8. Statistika agentligi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhr va blanklarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga ega boʻladi.
9. Statistika agentligining rasmiy nomlanishi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, qisqartirilgan nomi — Statistika agentligi;
b) ingliz tilida:
toʻliq nomi — Statistics Agency under the President of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — StatAgency;
v) pyc tilida:
toʻliq nomi — Agentstvo statistiki pri Prezidente Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agentstvo statistiki.
10. Statistika agentligining joylashgan manzili (pochta manzili): 100170, Toshkent shahri, Mustaqillik shohkoʻchasi, 63-uy.
2-bob. Statistika agentligining tuzilmasi
11. Statistika agentligi tizimiga quyidagilar kiradi:
Statistika agentligining markaziy apparati;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri statistika boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy statistika boshqarmalari);
tumanlar (shaharlar) statistika boʻlimlari;
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
12. Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) statistika organlari hamda boshqa vazirlik va idoralar xodimlarining statistika sohasida kasbiy darajasi va malakasini oshiradi, statistika sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boradi va innovatsion ishlanmalarni amalga oshiradi.
3-bob. Statistika agentligining asosiy vazifalari va funksiyalari
13. Quyidagilar Statistika agentligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, rasmiy statistikani rivojlantirish masalalari boʻyicha faoliyatni milliy statistika tizimi doirasida muvofiqlashtirish, statistika uslubiyotlari va xalqaro tavsiyalarga muvofiq boʻlgan statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish;
foydalanuvchilar ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, moliyaviy, ekologik hamda boshqa xususiyatga ega dolzarb statistika maʼlumotlarini yigʻish, ularni qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlash jarayonlarini tashkil etish;
xalqaro darajada umumqabul qilingan rasmiy statistikaning asosiy prinsiplari asosida sifatli va ishonchli statistika maʼlumotlarini shakllantirish, ularning shaffofligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan taʼsirchan mexanizmlarni amaliyotda qoʻllash;
statistika maʼlumotlarini tayyorlash jarayonlarida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, oʻz axborot tizimlarini rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari va maʼmuriy maʼlumotlarni yetkazib beruvchilarning axborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiyasini taʼminlash;
davlat organlari va tashkilotlarining ochiq maʼlumotlar toʻplamlari roʻyxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portalida oʻz vaqtida aks ettirilishi boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularning yuqori darajada amalga oshirilishini taʼminlash;
milliy statistika tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirish va statistik tadqiqotlarni rivojlantirish borasida faol siyosatni yuritish.
14. Statistika agentligi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, rasmiy statistikani rivojlantirish masalalari boʻyicha faoliyatni milliy statistika tizimi doirasida muvofiqlashtirish, statistika uslubiyotlari va xalqaro tavsiyalarga muvofiq boʻlgan statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish sohasida:
rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning ehtiyojlarini oʻrganish natijalarini hisobga olgan holda rasmiy statistika sohasi rivojlanishining istiqbolli maqsadlari va yoʻnalishlarini belgilaydi;
milliy statistika tizimiga statistika faoliyatini tashkil etishning xalqaro darajada tavsiya etilgan ilgʻor uslubiyotlari va tavsiyalarini joriy etish yuzasidan zarur choralarni amalga oshiradi;
koʻp yillik va bir yillik statistika dasturlarining ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi va amalga oshirilishini monitoring qiladi;
rasmiy statistikani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari bilan birgalikda amalga oshiradi va statistika dasturlari doirasida ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
rasmiy statistikaning asosiy prinsiplariga rioya etilishini va xalqaro tavsiyalarga muvofiq boʻlgan statistika uslubiyotlari yagonaligini taʼminlaydi, rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari statistika uslubiyotlarini xalqaro tavsiyalarga muvofiqligi yuzasidan auditdan oʻtkazadi;
milliy statistika tizimi faoliyatini tashkil etish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi, rasmiy statistika sohasi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi;
rasmiy statistika sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish hamda xalqaro tavsiyalar asosida normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan, statistik koʻrsatkichlarni hisoblash uslubiyotlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi, joriy etadi va takomillashtiradi;
vakolati doirasidagi masalalar boʻyicha tavsiya, qoʻllanma va koʻrsatmalar ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amaliyotga joriy etadi;
rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning ehtiyojlarini oʻrganish asosida statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amaliyotga joriy etadi, statistika kuzatuvlarini oʻtkazish usullarini belgilaydi;
maʼmuriy maʼlumotlarni yetkazib beruvchilarning oʻzlari yigʻadigan statistika kuzatuvlari shakllarini kelishadi.
b) foydalanuvchilar ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, moliyaviy, ekologik hamda boshqa xususiyatga ega dolzarb statistika maʼlumotlarini yigʻish, ularni qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlash jarayonlarini tashkil etish sohasida:
iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, moliyaviy, ekologik hamda boshqa xususiyatga ega statistika maʼlumotlarini yigʻish, qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish, saqlash, tarqatish va eʼlon qilish ishlarini amalga oshiradi;
milliy statistika tizimiga kiruvchi rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari bilan birgalikda statistika dasturlarining bajarilishini taʼminlaydi;
mamlakatni, uning hududlarini, tarmoqlar va sohalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarining bajarilishi jarayonlari yuzasidan statistika kuzatuvlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
statistika maʼlumotlarini yigʻishni, uy xoʻjaliklarining statistika kuzatuvlarini, roʻyxatga olishlarni, bir marotabalik hisobga olishlarni, tanlanma soʻrovlarni va boshqa statistika kuzatuvlarini oʻtkazishni tashkil etadi;
makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning statistik hisob-kitoblarini amalga oshiradi hamda mamlakatdagi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlarning dastlabki statistik tahlilini olib boradi;
respondentlarga elektron shakldagi statistika hisobotlarini toʻldirish va taqdim etish uchun maxsus axborot tizimidan bepul foydalanish imkonini yaratadi;
respondentlarga ishonchli statistika maʼlumotlarini taqdim etishda har tomonlama koʻmaklashadi, statistika maʼlumotlarini taqdim etish sohasida huquqiy madaniyatni oshirish va huquqbuzarliklarning oldini olishning taʼsirchan mexanizmlarini ishlab chiqadi;
statistika hisobotlarini yigʻish, statistika kuzatuvlarini oʻtkazish, rasmiy statistika maʼlumotlarini shakllantirish hamda ularni tarqatish va eʼlon qilish jarayonlariga davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslarining har qanday aralashuvini istisno qilish chora-tadbirlarini koʻradi;
maʼlumotlar bazasini, statistika registrlarini, veb-saytlarni shakllantiradi, yuritadi va yangilab boradi, foydalanuvchilarga ulardan foydalanishga doir zarur tushuntirishlar beradi;
rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari bilan statistika maʼlumotlari va metamaʼlumotlar almashinuvini keng yoʻlga qoʻyadi;
olingan statistika maʼlumotlarining maxfiyligini, birlamchi hisobot va individual maʼlumotlardan yuridik shaxslarning faoliyatini, boshqa xususiyatlarini yoki miqdor koʻrsatkichlarini rasmiy tasdiqlash maqsadida foydalanishga yoʻl qoʻymaslikni, davlat sirlariga ega boʻlgan statistika maʼlumotlarining himoya qilinishini taʼminlaydi;
oʻz vakolatlari doirasida statistika organlari faoliyati jarayonlarida olingan xizmat, bank, tijorat sirlarini va boshqa maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan axborotlarni saqlash va himoyalashni taʼminlaydi;
qoʻshimcha ravishda ishlov berilgan statistika maʼlumotlarini, bosma nashrlarni va boshqa materiallarni rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning soʻroviga koʻra pulli asosda taqdim etishni amalga oshiradi;
shartnoma asosida rasmiy statistika masalalari boʻyicha pulli xizmatlar, shuningdek, Statistika dasturidan tashqari boshqa xizmatlarni koʻrsatadi hamda ishlarni bajaradi;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq statistika organlari faoliyati jarayonlarida yuzaga kelgan arxiv hujjatlarini jamlash, saqlash, hisobga olish va ulardan foydalanish ishlarini amalga oshiradi;
v) xalqaro darajada umumqabul qilingan rasmiy statistikaning asosiy prinsiplari asosida sifatli va ishonchli statistika maʼlumotlarini shakllantirish, ularning shaffofligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan taʼsirchan mexanizmlarni amaliyotda qoʻllash sohasida:
rasmiy statistika maʼlumotlari rasmiy statistikaning asosiy prinsiplariga rioya etgan holda tayyorlanishi va tarqatilishini tashkil etadi;
sifatli va ishonchli statistika maʼlumotlarini shakllantirish, ularning shaffofligi va oshkoraligini taʼminlash boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganadi va ularni rasmiy statistika sohasiga joriy etish choralarini koʻradi;
rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari va maʼmuriy maʼlumotlarni yetkazib beruvchilar tomonidan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiriladigan statistika kuzatuvlari tizimini maqbullashtirish yoʻli bilan xolisona, sifatli va talab yuqori boʻlgan hisobot maʼlumotlari tayyorlanishini, tanlanma statistika kuzatuvlari sonini va natijalarining ishonchliligi bosqichma-bosqich oshirilishini muvofiqlashtiradi;
rasmiy statistika uchun zarur boʻlgan statistik tasniflagichlarni ishlab chiqadi va yuritadi, xalqaro standart tasniflagichlar asosida ularning muntazam ravishda qayta koʻrib chiqilishini amalga oshiradi;
ochiq statistika maʼlumotlarini statistika organlari, rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari, boshqa davlat organlari va xalqaro tashkilotlarning internet resurslari hamda nashrlarida joylashtirish yoʻli bilan tarqatadi va barcha foydalanuvchilarga rasmiy statistika maʼlumotlaridan keng foydalanish uchun teng imkoniyatlarni yaratadi;
boshqa mamlakatlarning rasmiy statistikani tayyorlovchilari va xalqaro tashkilotlar bilan ochiq statistika maʼlumotlarini oʻzaro almashadi;
milliy va xorijiy foydalanuvchilar uchun rasmiy statistika maʼlumotlarining maksimal darajada ochiqligi va shaffofligini, shu jumladan, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirib borish koʻrsatkichlari xalqaro statistik toʻplamlarda chop etilishini taʼminlash maqsadida xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirishni taʼminlaydi;
rasmiy statistika sohasida xalqaro tashkilotlar, statistika institutlari va boshqa mamlakatlarning rasmiy statistikani tayyorlovchilari bilan hamkorlik qilish toʻgʻrisida belgilangan tartibda bitimlar tuzadi va ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 9-bobi.
rasmiy statistika sohasiga xalqaro darajada tavsiya etilgan ilgʻor tizimlar va tavsiyalarni joriy etish uchun xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari va boshqa chet ellik donorlarning mablagʻlari hamda grantlari (texnik koʻmagi)ni jalb etish ishlarini amalga oshiradi;
rasmiy statistikadan foydalanuvchilar bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, statistika maʼlumotlarining mazmuni va sifatini yanada yaxshilash maqsadida foydalanuvchilar oʻrtasida taqdim etilayotgan statistika maʼlumotlaridan qoniqish darajasini baholash boʻyicha soʻrovlar oʻtkazadi;
rasmiy statistika maʼlumotlarining manbalari, ularni tayyorlash usullari, ishonchliligi, shaffofligi, oshkoraligi va sifati toʻgʻrisida foydalanuvchilarni metamaʼlumotlar yordamida xabardor qilib boradi.
g) statistika maʼlumotlarini tayyorlash jarayonlarida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, oʻz axborot tizimlarini rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari va maʼmuriy maʼlumotlarni yetkazib beruvchilarning axborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiyasini taʼminlash sohasida:
statistika axborotlarining tezkorlik bilan uzatilishi va ularni qayta ishlashni taʼminlovchi raqamli texnologiyalarni statistika organlari faoliyatiga joriy etadi;
statistika kuzatuvlarini oʻtkazish, rasmiy statistika maʼlumotlarini shakllantirish va tahlil qilish maqsadida, zaruratga koʻra, mavjud axborot tizimlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiyasini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyadi;
statistika maʼlumotlari bilan ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini oshirish, statistika organlarida foydalaniladigan axborot tizimlarini doimiy takomillashtirish, statistika maʼlumotlarining yagona bankini shakllantirish, koʻrsatilayotgan interaktiv xizmatlar tarkibini kengaytirish va sifatini yaxshilashni taʼminlaydi;
rasmiy statistikadan foydalanuvchilarga real vaqt rejimida statistik koʻrsatkichlarning kengaytirilgan roʻyxatidan erkin foydalanish imkonini beruvchi statistika maʼlumotlari bazasini ishlab chiqadi va yuritadi;
axborot xavfsizligini taʼminlash, axborot almashinuvining himoyalangan elektron shakliga bosqichma-bosqich oʻtish, xavflarga qarshi tizimning samarali ishlashini taʼminlash uchun normativ-huquqiy va tashkiliy-texnik bazani takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
milliy axborot makoni yaxlitligini saqlash, statistika organlari axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish boʻyicha zarur choralarni koʻradi;
yagona tasniflash tizimi asosida yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiyalashni, Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri samarali faoliyat koʻrsatishini hamda yangilab borilishini taʼminlaydi;
oʻzaro mos axborot tizimlari va resurslarini yaratish uchun asos sifatida statistik tasniflagichlardan foydalanishni taʼminlaydi;
internet resurslariga joylashtirish yoʻli bilan statistik tasniflagichlar va ularga kiritilayotgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida foydalanuvchilarni xabardor qiladi;
d) davlat organlari va tashkilotlarining ochiq maʼlumotlar toʻplamlari roʻyxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portalida oʻz vaqtida aks ettirilishi boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish sohasida:
davlat organlari va tashkilotlarining Portalda eʼlon qilinadigan ochiq maʼlumotlar toʻplamlari roʻyxatini umumlashtirish hamda yangilanishning aniq muddatlari va davriyligini belgilagan holda tasdiqlanishini hamda muntazam yangilab turilishini tashkil etadi;
Portalni yanada rivojlantirish va uning funksional imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha “yoʻl xarita”larining ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini tashkil etadi;
ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchi davlat organlari va tashkilotlariga hamda foydalanuvchilarga Portaldan samarali foydalanish boʻyicha uslubiy yordam koʻrsatadi;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan roʻyxat asosida maʼlumotlarning toʻliq joylashtirilishi hamda ularning oʻz vaqtida Portalda aks ettirilishi boʻyicha faoliyatni baholashda ishtirok etadi va muvofiqlashtiradi;
Portalda eʼlon qilingan ochiq maʼlumotlar toʻplamlari dolzarbligini doimiy monitoring qiladi;
ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchi davlat organlari va tashkilotlari masʼul xodimlarining ochiq maʼlumotlar sohasida malakalarini oshirib borishni amalga oshiradi;
Portalning funksional imkoniyatlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida undan foydalanuvchilarning xabardor qilinishini tashkil etadi;
mamlakatda ochiq maʼlumotlar sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
e) roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularning yuqori darajada amalga oshirilishini taʼminlash sohasida:
roʻyxatga olish hujjatlari shakllarini, roʻyxatga oluvchi xodimlar guvohnomasi shaklini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
roʻyxatga olish dasturlarini va roʻyxatga olish varaqalari shakllarini ishlab chiqadi va ularning hududlarga yetkazilishini taʼminlaydi;
roʻyxatga olishni oʻtkazish toʻgʻrisida aholini xabardor qilishga doir ishlarni muvofiqlashtiradi;
roʻyxatga olishga jalb etiladigan xodimlarni tanlab olish va oʻqitish tartibini belgilaydi va oʻqitishni tashkil etadi;
roʻyxatga olish natijalari milliy va xorijiy foydalanuvchilarning keng ommasi uchun eʼlon qilinishini taʼminlaydi;
roʻyxatga olish varaqlari va boshqa roʻyxatga olish hujjatlarining saqlanishi (shu jumladan, vaqtincha saqlanishi), yoʻq qilinishi tartibini belgilaydi va ularning bajarilishini taʼminlaydi;
j) milliy statistika tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirish va statistik tadqiqotlarni rivojlantirish borasida faol siyosatni yuritish sohasida:
Statistika agentligi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturini tasdiqlaydi hamda uning amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
statistika sohasida kadrlar tayyorlash, xodimlar malakasini oshirish ishlarini tashkil etishda respublika ilmiy va taʼlim muassasalari hamda xalqaro statistika institutlari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi;
vazirlik va idoralar xodimlarining statistika sohasidagi bilim hamda koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha malaka oshirish va qayta tayyorlash dasturlarini tasdiqlaydi hamda amalga oshirilishini tashkil etadi;
kadrlar malakasini oshirish jarayonlariga videokonferensaloqa tizimi va raqamli texnologiyalarni qoʻllagan holda masofaviy oʻqitish tizimini samarali tashkil etadi;
boshqaruv xodimlarini ishga qabul qilishda lavozimlarga nomzodlarni ochiq tanlov asosida qabul qilishni amalga oshiradi;
statistika organlari faoliyatini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash, xodimlarning samarali mehnat qilishlari, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy muhofaza qilish uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish choralarini koʻradi;
statistika organlari xodimlari uchun lavozim va malaka darajalariga koʻtarilishda ularning mehnat faoliyati, irodaviy va axloqiy sifatlari, iqtidori va koʻnikmalarini xolisona baholashga asoslangan teng imkoniyatlar yaratadi;
statistika organlari xodimlarida yuksak kasbiy odob-axloqni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqat qilib boʻlmaydigan munosabatni shakllantirish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻradi;
rasmiy statistika sohasida amaliyotga joriy etishga qaratilgan ilmiy va statistik tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
statistika organlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida ilgʻor statistik usullar va vositalar asosida innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqish va amalga oshirish choralarini koʻradi;
xalqaro tavsiyalar va ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganib borish maqsadida statistikaga doir turli xalqaro tadbirlar, seminar, treninglar va boshqa tadbirlarda tizim vakillarining ishtirokini taʼminlaydi;
Statistika agentligi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
4-bob. Statistika agentligining huquq va majburiyatlari
15. Statistika agentligi oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
statistika kuzatuvlari shakllarini, ularni taqdim etish tartibini tasdiqlash, statistika kuzatuvlarini olib borish usullarini belgilash hamda maʼmuriy maʼlumotlarni yetkazib beruvchilarning oʻzlari yigʻadigan maʼlumotlari mazmuni, uslubiyoti va roʻyxatini kelishib berish;
statistika maʼlumotlarini taqdim etuvchi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik shaxslar (shu jumladan ularning alohida boʻlinmalari, filiallari va vakolatxonalari) va boshqa respondentlar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan statistika sohasidagi bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qilish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, banklardan hamda boshqa yuridik shaxslardan (shu jumladan ularning alohida boʻlinmalari, filiallari va vakolatxonalaridan) statistika kuzatuvi shakllarini olish va statistika kuzatuvi maʼlumotlaridan statistika maqsadlarida foydalanish;
kuzatuvlarni, tahlillarni oʻtkazish va rasmiy statistikani shakllantirish maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari maʼmuriy maʼlumotlar bazalaridan, jumladan ularni oʻzaro integratsiyalash orqali toʻsiqlarsiz foydalanish;
jismoniy va yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi registrlar va maʼlumotlar bazalarini yaratadigan hamda yuritadigan davlat organlari va ularning tasarrufidagi tashkilotlardan statistika registrlarini shakllantirish hamda oʻz vaqtida yangilash uchun zarur boʻlgan axborotlarni bepul olish;
rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilarining statistika uslubiyotlarini xalqaro tavsiyalarga muvofiqligi yuzasidan auditdan oʻtkazish, nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
rasmiy statistika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, ularni ishlab chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ilmiy muassasalari, boshqa tashkilotlari va xorijiy tashkilotlarni, shuningdek, respublikaning yetakchi olimlari va xorijiy mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 26-bobi.
rasmiy statistikani tayyorlash uchun zarur boʻlgan statistika maʼlumotlarini yigʻishga jismoniy va yuridik shaxslarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida jalb etish, jismoniy shaxs boʻlgan respondentlarni statistika kuzatuvlarida ishtirok etganligi uchun moddiy ragʻbatlantirishni mustaqil ravishda amalga oshirishni tashkil etish;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida statistik, konsalting, tahliliy, axborot, noshirlik va statistika dasturidagidan tashqari boshqa xizmatlarni koʻrsatish hamda ekspertlar, konsultantlar va tashkilotlarni (shu jumladan, xorijiy) jalb etish;
statistika kuzatuvlarida ishtirok etgan respondentlarni moddiy ragʻbatlantirish qiymatlari va shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar tariflarini mustaqil ravishda belgilash;
statistika hisobotlarini taqdim etish bilan bogʻliq qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish haqida koʻrsatmalar berish va qonunga muvofiq oʻz vakolatlari doirasida mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash;
Statistika agentligining maxsus jamgʻarmasini statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga qoʻllanadigan maʼmuriy jarimalar va boshqa tushumlar hisobiga shakllantirish va undan belgilangan tartibda foydalanish;
hududning ehtiyoj va sharoitlarini inobatga olgan holda Statistika agentligi tizimiga kiruvchi viloyat yoki tuman (shahar) yoxud tumanlararo (hududlararo) shaklda boʻlinmalar tashkil etish, alohida vazifalarni amalga oshirish uchun funksional boʻlinmalarni shakllantirish;
xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshirish, rasmiy statistika masalalari boʻyicha, shu jumladan, xalqaro seminarlar va anjumanlar oʻtkazish;
zarur hollarda, vazirlik va idoralar bilan birga qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qilish.
Statistika agentligi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
16. Statistika agentligi:
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
rasmiy statistikaning asosiy prinsiplariga rioya etilishini va xalqaro tavsiyalarga muvofiq boʻlgan statistika uslubiyotlarining birligini taʼminlash;
mamlakatni, hududlarni, tarmoqlar va sohalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarining bajarilishi jarayonlari yuzasidan statistika kuzatuvlarini tashkil etish;
statistika maʼlumotlarini yigʻishni, uy xoʻjaliklarining statistika kuzatuvlarini, roʻyxatga olishlarni, bir marotabalik hisobga olishlarni, tanlanma soʻrovlarni va boshqa statistika kuzatuvlarini oʻtkazishni tashkil etish;
rasmiy statistika sohasini rivojlantirish boʻyicha strategiyalar, dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish;
barcha darajadagi foydalanuvchilarni belgilangan tartibda rasmiy statistika maʼlumotlari bilan taʼminlash;
xalqaro va mintaqalararo statistik qiyoslashlarni amalga oshirish;
statistika maqsadlarida foydalanish uchun statistika registrlari va tasniflash tizimini yuritish;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining statistika sohasidagi huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash uchun javobgar hisoblanadi.
5-bob. Statistika agentligi rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari
17. Statistika agentligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq uning rahbarlari quyidagi funksional majburiyatlarni bajaradilar:
a) Statistika agentligi direktori:
Statistika agentligi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgar boʻladi;
oʻz oʻrinbosarlari va Statistika agentligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari va idoraviy tashkilotlari mansabdor shaxslarining vakolatlari hamda shaxsiy javobgarlik darajasini belgilaydi;
oʻz vakolati doirasida Statistika agentligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari va idoraviy tashkilotlarining barcha xodimlari tomonidan ijro etilishi majburiy boʻlgan qaror va buyruqlar qabul qiladi;
oʻz vakolati doirasida Statistika agentligi markaziy apparatining xarajatlar smetasini va belgilangan shtatlar soni doirasida shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
belgilangan shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻz vakolati doirasida Statistika agentligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar va idoraviy tashkilotlarining tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;
Statistika agentligi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boshqarmalarning nizomlari va Institut ustavini tasdiqlaydi;
ijro intizomiga, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqish muddatlari va tartibiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi;
Statistika agentligi tizimi xodimlarining tizimli ravishda malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etadi;
davlat siri va maxfiy axborotni tashkil qiladigan maʼlumotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablari asosida ishlarni tashkil qiladi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlarni bajaradi;
b) Statistika agentligi direktori oʻrinbosarlari:
rasmiy statistika sohasini rivojlantirish, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va sifatli tayyorlashni tashkil etishda ishtirok etadi;
Statistika agentligi direktorining topshiriqlariga binoan rasmiy statistikani rivojlantirishga oid dasturiy hujjatlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Statistika agentligi markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga muvofiq tegishli boʻlinmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
oʻzlari mutasaddilik qilayotgan markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarida kadrlar zaxirasini shakllantirish boʻyicha ishlarni tizimli asosda tashkillashtiradi;
Statistika agentligi direktori vaqtincha ish faoliyatida boʻlmaganida tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajaradi;
davlat siri va maxfiy axborotni tashkil qiladigan maʼlumotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablari asosida ishlarni tashkil qiladi;
qonunchilik hujjatlari va Statistika agentligi direktorining qaror va buyruqlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlarni bajaradi;
v) Statistika agentligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari:
tarkibiy boʻlinma toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq aniq yoʻnalishlar boʻyicha vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi;
oʻzlari muvofiqlashtirayotgan sohalarning rivojlanish holatini baholaydi va amalga oshirishning samarali mexanizmlari bilan ularni yanada rivojlantirish boʻyicha aniq takliflarni Statistika agentligi rahbariyatiga kiritadi;
Statistika agentligi hayʼati qarorlari, Statistika agentligi direktorining qaror, buyruq, koʻrsatmalari, uning oʻrinbosarlari koʻrsatma hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlaydi;
davlat siri va maxfiy axborotni tashkil qiladigan maʼlumotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablari asosida ishlarni tashkil qiladi;
qonunchilik hujjatlari va Statistika agentligi direktorining qaror va buyruqlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlarni bajaradi;
g) Statistika agentligi hududiy boʻlinmalari va idoraviy tashkilotlari rahbarlari:
yuklatilgan vazifalarga, shuningdek, Statistika agentligi rahbariyatining topshiriqlariga muvofiq boshqarmalarning faoliyatini tashkil etadi;
Statistika agentligi hayʼati qarorlari, Statistika agentligi qaror va buyruqlari, koʻrsatmalari hamda topshiriqlari bilan yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
davlat siri va maxfiy axborotni tashkil qiladigan maʼlumotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablari asosida ishlarni tashkil qiladi;
qonunchilik hujjatlari va Statistika agentligi direktorining qaror va buyruqlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlarni bajaradi.
6-bob. Statistika agentligi rahbarlarining javobgarligi
18. Statistika agentligi direktori:
Statistika agentligiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomda belgilangan Statistika agentligining javobgarlik sohalari hamda oʻz funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi boʻyicha shaxsan javob beradi.
19. Statistika agentligi direktori oʻrinbosarlari:
Statistika agentligining oʻzlari nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarida Statistika agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomda belgilangan Statistika agentligi mutasaddilik qiladigan masalalarga doir javobgarlik sohalari hamda oʻz funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi boʻyicha shaxsan javob beradi.
7-bob. Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish
1-§. Statistika agentligi rahbariyati
20. Statistika agentligiga Statistika agentligi direktori rahbarlik qiladi.
21. Statistika agentligi direktorining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar oʻrinbosarga ega.
Statistika agentligi direktori ish faoliyatida vaqtincha boʻlmaganda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga muvofiq direktor oʻrinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.
22. Statistika agentligi direktori va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmat koʻrsatish sharoitlari boʻyicha tegishli ravishda vazir va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Statistika agentligi direktori va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti beriladigan mansabdor shaxslar roʻyxatiga kiritiladi.
23. Statistika agentligi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbar va xodimlari Statistika agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
24. Hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari va oʻrinbosarlari, Institut direktori va oʻrinbosarlari Statistika agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
25. Tuman (shahar) statistika boʻlimlari boshliqlari Statistika agentligi bilan kelishilgan holda hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
26. Hududiy statistika boshqarmalari va tuman (shahar) statistika boʻlimlarining xodimlari — hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari tomonidan, Institut xodimlari — Institut direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
2-§. Statistika agentligi hayʼati, boshqa kengash, maslahat va ekspert organlari
27. Statistika agentligida Statistika agentligi direktori (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek, Statistika agentligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Hayʼat aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishiladi.
28. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Statistika agentligi faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Statistika agentligi tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrgan holda tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
Statistika agentligining tarkibiy va hududiy boʻlinmalari tomonidan statistika dasturlarining bajarilishi natijadorligini har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;
Statistika agentligi faoliyatiga oid dolzarb masalalar muhokama qilinishini taʼminlagan holda hayʼatning kengaytirilgan, shu jumladan joylarda sayyor majlislari oʻtkazilishini tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda topshiriqlari bilan belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun statistika organlari rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash hamda shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hayʼat Statistika agentligi vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishi mumkin.
29. Hayʼat majlisiga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.
30. Hayʼat, agar uning majlisida hayʼat tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
31. Hayʼat qarorlari hayʼat raisi tomonidan imzolanadi va Statistika agentligi direktorining buyrugʻi (qarori) bilan amalga oshiriladi.
32. Statistika agentligi direktori va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Statistika agentligi direktori yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga oʻz fikrini maʼlum qilishi mumkin.
33. Hayʼat faoliyatining tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
34. Statistika agentligi huzurida rasmiy statistikani rivojlantirish, faoliyat yuritish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari, shuningdek statistika boʻyicha milliy ekspertlardan tarkib topgan kollegial maslahat organi hisoblanuvchi Statistika kengashi faoliyat yuritadi.
Statistika kengashi faoliyatining tashkiliy-texnik taʼminoti Statistika agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Statistika kengashi faoliyatining tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati bilan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.
35. Statistika agentligi huzurida oʻz ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadigan Jamoatchilik kengashi faoliyat yuritadi.
Jamoatchilik kengashi tarkibiga statistika sohasida namunali xizmat koʻrsatgan mehnat faxriylari, jamoatchilik faoliyati sohalarida katta amaliy tajribaga ega obroʻ-eʼtiborli fuqarolar, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari jalb etiladi.
Jamoatchilik kengashining shaxsiy tarkibi, shuningdek, uning nizomi Statistika agentligi direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
36. Quyidagilar Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda jamoatchilik manfaatlarining hisobga olinishi, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari talablari ijrosini taʼminlash, Statistika agentligi zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish, davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha Statistika agentligi va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
mamlakatda milliy iqtisodiyot va ijtimoiy sohani isloh qilish jarayonlarining ishonchliligi va toʻliqligini inobatga olgan holda statistika dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish va kelishish;
Statistika agentligi faoliyatining ochiqligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni monitoring qilish, uning faoliyati toʻgʻrisida batafsil axborot olish imkoniyatlarini tahlil qilish, ularni yanada kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Statistika agentligi faoliyatini hamda foydalanuvchilarning rasmiy statistika maʼlumotlariga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
statistika maʼlumotlarining shaffofligi, oshkoraligi va qulayligini yanada oshirishni taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Statistika agentligi tomonidan dolzarb, sifatli va ishonchli statistikaning shakllantirilishiga koʻmaklashish;
mavjud statistika maʼlumotlari haqida jamoatchilikni xabardorligini hamda ularning statistika maʼlumotlariga boʻlgan ishonchini oshirish uchun foydalanuvchilar bilan yaqindan aloqa oʻrnatish.
37. Statistika agentligida rasmiy statistika sohasidagi tashkiliy va uslubiyotga oid ishlarni amalga oshirish maqsadida boshqa kengash, maslahatlashuv, ishchi guruhlar, hayʼat va ekspert organlari tuzilishi mumkin.
Ularning tarkibi va ular toʻgʻrisidagi nizomlar Statistika agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan tasdiqlanadigan holatlar bundan mustasno.
8-bob. Statistika agentligi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
38. Quyidagilar:
Statistika agentligi direktori, direktorning oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan belgilanadigan faoliyat samaradorligini baholashning integratsiyalashgan koʻrsatkichlari asosida baholanadi;
Statistika agentligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boshqarma va boʻlimlari boshliqlari va xodimlarining faoliyati samaradorligi — Statistika agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligini baholash koʻrsatkichlari asosida baholanadi.
9-bob. Statistika agentligi faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
39. Statistika agentligining mol-mulkini asosiy vositalar va aylanma mablagʻlar, shuningdek, qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa boyliklar tashkil etadi.
40. Statistika agentligini moliyalashtirish va uning moddiy-texnika taʼminoti statistika dasturiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Statistika agentligi budjet mablagʻlari oluvchisi hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga zarur moliyalashtirish hajmini belgilashda budjet qonunchiligiga amal qiladi.
Statistika dasturida belgilangan va amalga oshirilgan statistika ishlari uchun haq toʻlash statistika ishlarini bajarishga shartnoma va Statistika agentligi tomonidan har oyda taqdim etiladigan bajarilgan ishlar dalolatnomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobiga taʼminlanadi.
Statistika dasturiga kiritilmagan va ularni ishlab chiqishga qoʻshimcha xarajatlar talab qilinadigan qoʻshimcha statistika ishlariga haq toʻlash buyurtmachilar mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
Statistika agentligi tomonidan olingan foyda, amortizatsiya ajratmalari, shuningdek, boshqa tushumlar uning ixtiyorida qoladi hamda ulardan statistika organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish, xodimlarning kasb mahoratini, oʻz lavozim vazifalarini sifatli bajarganligini, ijodiy faolligini va tashabbuskorligini ragʻbatlantirish uchun belgilangan tartibda foydalaniladi.
41. Statistika agentligi Statistika dasturini bajarish doirasida ajratilgan mablagʻlarning va oʻz ishlarining boshqa natijalarining tezkor va buxgalteriya hisobini “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq amalga oshiradi, statistika hisobotini yuritadi.
10-bob. Statistika agentligining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdorligi
42. Statistika agentligi rahbarlari oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot beradi.
43. Statistika agentligi rasmiy veb-saytida har chorak yakunlariga koʻra tegishli hisobot davrida respublikada rasmiy statistikani rivojlantirish holati toʻgʻrisida tahliliy maʼlumotlarni eʼlon qilib boradi.
11-bob. Yakunlovchi qoida
44. Statistika agentligini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49, 55-moddalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-114-son qaroriga
4-ILOVA
Rasmiy statistika soqasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Masʼul organ

1. Oʻzbekiston Respublikasining statistika salohiyatini oshirish yoʻnalishida

1.

Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Statistika agentligi markaziy apparati, uning tizim tashkilotlarining tuzilmalari va shtat birliklarini tasdiqlash, shuningdek, direktor oʻrinbosarlari oʻrtasida aniq vazifa va funksiyalarni taqsimlash.

Ikki hafta muddatda

Statistika agentligi

(B. Begalov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kiritish.

Ikki oy muddatda

2.

Milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilgʻor tizimlarini joriy etish.

1. Rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan tarqatiladigan statistika maʼlumotlari Statistika maʼlumotlarini ishlab chiqishning namunaviy modeli (GSBPM) asosida shakllantirilishini joriy etish, bu borada BMT YEIK bilan yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

2024-yil dekabr

Statistika agentligi

(B. Begalov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. BMT tomonidan maʼqullangan Sifatni boshqarish boʻyicha namunaviy qoʻllanma (NQAF) asosida Milliy sifatni boshqarish qoʻllanmasini ishlab chiqish orqali sifatni boshqarish tizimini takomillashtirish.

2024-yil dekabr

3. Ixtisoslashgan baholovchi kompaniyalar va xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, tizimda statistika jarayonlari va sifatni boshqarish boʻyicha (GSBPM va NQAF talablari asosida) standartlar, ularga amal qilish holati va xalqaro andozalarga mosligi yuzasidan oʻrganishlarni tashkil etish.

2024-yil dekabr

4. Oʻrganish yakuni boʻyicha berilgan tavsiyalar asosida mavjud hujjatlarni takomillashtirish va yangilash.

2025-yil II chorak

3.

Koʻp yillik statistika dasturini ishlab chiqish choralarini koʻrish.

1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi va boshqa xalqaro ekspertlarni jalb etib, Global baholashni tashkil etish va oʻtkazish.

2024-yil davomida

Statistika agentligi

(B. Begalov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Musayev),

boshqa rasmiy statistikani tayyorlovchilari

2. Xalqaro baholovchilarni jalb etgan holda, tizim faoliyati va statistika maʼlumotlari sifati boʻyicha oʻrganishlarni oʻtkazish, ISO sertifikatini qoʻlga kiritish.

2025-yil yakuniga qadar

3. Milliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, baholash natijalari asosida navbatdagi 2026 — 2030-yillarda statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasini ishlab chiqish.

2026-yil dekabr

4.

Isteʼmol narxlari indeksi bazis yili boʻyicha maʼlumotlar eʼlon qilinishini taʼminlash.

1. Isteʼmol narxlari indeksi koʻrsatkichlarini, jumladan, indeksning bazis yili boʻyicha hisob-kitoblarini yaxshilash borasida Jahon banki mutaxassislaridan zarur tavsiyalarni olish.

2024-yil IV chorak

Statistika agentligi

(B. Begalov)

2. Xalqaro ekspertlar tavsiyalarini inobatga olgan holda shakllantirilgan maʼlumotlarni eʼlon qilish maqsadida, Jahon bankining tegishli maʼlumotlar bazalariga taqdim etib borish.

Doimiy

5.

Davlat moliyasi statistikasini takomillashtirish.

1. Xalqaro valyuta jamgʻarmasining maʼlumotlarni tarqatishning maxsus standarti talablaridan kelib chiqib, davlat boshqaruvi sektori operatsiyalari qamrovini (budjetdan tashqari hisoblar, tashqaridan moliyalashtiriladigan xarajatlar va kreditlashni qoʻshish orqali) kengaytirish.

2. Markaziy hukumat operatsiyalari qamrovini (budjetdan tashqari hisoblar, maqsadli fondlar, Oʻzbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi va ijtimoiy sugʻurta fondlarini qoʻshish orqali) kengaytirish va maʼlumotlarni tarqatishning maxsus standarti talablariga moslashtirish.

3. Markaziy hukumat qarzi koʻrsatkichlarida tashqi va ichki qarzni, budjetdan tashqari hisoblar va fondlar majburiyatlarini aks ettirish hamda toʻlov muddatlarini, kafolatlangan qarz, valyuta va moliyaviy vositalar boʻyicha taqsimlanish holatini koʻrsatgan holda takomillashtirish.

4. Ishlab chiqilgan hujjatlar va hisob-kitoblarning maʼlumotlarni tarqatishning maxsus standarti talablariga mosligi yuzasidan Xalqaro valyuta jamgʻarmasi ekspertlarining ijobiy xulosalarini olish.

XVJning maxsus rejasiga muvofiq

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

6.

Aholini roʻyxatga olishni tashkil etish.

1. Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish ishlarini quyidagi yoʻnalishlarda tizimli davom ettirish:

aholini roʻyxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun videorolik, banner, flayer va bukletlar tayyorlash;

2021-yilda oʻtkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini roʻyxatga olish savolnomalari shakllarini takomillashtirish;

xalqaro tajriba va ekspertlarning tavsiyalari asosida “Aholini roʻyxatga olish” axborot tizimini takomillashtirish;

“STATA” amaliy dasturiy paketi litsenziyasini xarid qilish va unda roʻyxatga olish natijalarining chiquvchi jadvallari namunalarini shakllantirish;

aholini roʻyxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqish.

2024-yil davomida

Statistika agentligi

(B. Begalov),

masʼul vazirlik va idoralar

2. Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish ishlarini amalga oshirish.

2025-2026-yillar

3. Aholini roʻyxatga olish natijalarini tayyorlash va eʼlon qilish ishlarini amalga oshirish.

2026-2027-yillar

7.

Qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishni tashkil etish.

1. Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va uni amalga oshirishga doir uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish.

2024-2025-yillar

Statistika agentligi

(B. Begalov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

masʼul vazirlik va idoralar

2. 2022-yilda oʻtkazilgan sinov natijalari asosida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish savolnomalari shaklini takomillashtirish.

2024-2025-yillar

3. Qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha xorijiy davlatlar tajribalarini oʻrganish.

2024-2025-yillar

4. Qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish.

2025-2026-yillar

5. Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash.

2027-2028-yillar

8.

Statistik registrlarni xalqaro amaliyotga muvofiq takomillashtirish.

1. Statistik registrlarni tashkil etish va yuritish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrgangan holda vazirlik va idoralar maʼmuriy maʼlumotlar bazalariga integratsiya qilish orqali statistik registrlarning raqamli bazasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.

2024-2025-yillar

Statistika agentligi

(B. Begalov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xarajatlarni maqbullashtirish va maʼlumot almashish samaradorligini oshirish maqsadida, statistik registrlar asosida biznesni roʻyxatga olishni tashkil etish yuzasidan huquqiy asoslarni yaratish va tadbirlarni tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2025-yil

3. Biznesni roʻyxatga olishni statistik registrlarning raqamli bazasi yordamida tashkil etish boʻyicha ishlarni amalga oshirish.

Belgilangan muddatlarda

9.

Barqaror rivojlanish maqsadlari koʻrsatkichlari (BRM) monitoringini yuritish ishlarini yanada takomillashtirish.

1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) global indikatorlari asosida milliy Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) indikatorlarini takomillashtirib borish.

2. Global indikatorlar tizimidan kelib chiqib, milliylashtirishni talab qiladigan koʻrsatkichlarni hisoblash uslubiyotini ishlab chiqish va eʼlon qilishni taʼminlash.

Doimiy

Statistika agentligi

(B. Begalov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

tegishli vazirlik va idoralar

10.

Kambagʻallik darajasi koʻrsatkichlari eʼlon qilinishini taʼminlash.

1. Oʻzbekistonning Xalqaro taqqoslash dasturi (XTD) doirasidagi tadbirlarda ishtirokini davom ettirish.

2. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlatlararo statistika qoʻmitasi bilan hamkorlikda dastlabki natijalarni shakllantirish va eʼlon qilish.

Maxsus rejaga muvofiq

Statistika agentligi

(B. Begalov)

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Musayev)

3. Jahon banki tomonidan belgilangan mamlakatlar boʻyicha xalqaro kambagʻallik chegarasi (XTD maʼlumotlari asosida kuniga 2,15 AQSH dollari) asosida kambagʻallik darajasini aniqlash boʻyicha uslubiyotni ishlab chiqish hamda aniqlashda foydalaniladigan maʼlumotlar bilan taʼminlash.

2025-yil IV chorak

11.

Ishchi kuchi kuzatuvini oʻtkazishni tashkil etish va maʼlumotlari eʼlon qilinishini taʼminlash.

1. Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) ekspertlarini jalb qilgan holda, ishchi kuchi kuzatuvlari oʻtkazishning takomillashtirilgan uslubiyoti (savolnoma, tanlanma, uslubiy hujjatlar va boshqalar)ni ishlab chiqish hamda tasdiqlanishini taʼminlash.

2024-yil IV chorak

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Musayev),

Statistika agentligi

(B. Begalov)

2. Ishchi kuchi kuzatuvi natijalarini kichik maʼlumotlar shaklida XMT saytida va/yoki Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilishni yoʻlga qoʻyish.

2025-yil IV chorak

12.

Bandlik statistikasini yuritish uslubiyotini yanada takomillashtirish.

Uy xoʻjaliklarida bandlik masalalarini oʻrganish boʻyicha (ishchi kuchi kuzatuvlari) oʻtkaziladigan soʻrovnomani xalqaro tavsiyalarga moslashtirish orqali amaldagi bandlik maqomi tasnifini Bandlik maqomi xalqaro tasniflagichi (ICSE) asosida shakllantirishni yoʻlga qoʻyish.

2025-yil IV chorak

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Musayev),

Statistika agentligi

(B. Begalov)

13.

Jins va yosh boʻyicha bandlik darajasi koʻrsatkichlari eʼlon qilinishiga erishish.

1. Uy xoʻjaliklarida bandlik masalalarini oʻrganish boʻyicha (ishchi kuchi kuzatuvlari) oʻtkaziladigan soʻrov va bandlik koʻrsatkichlarini hisoblash metodikasini Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari asosida ishlab chiqish.

2024-yil IV chorak

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Musayev),

Statistika agentligi

(B. Begalov)

2. Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan hisob-kitob qilingan bandlik koʻrsatkichlari oʻrtasidagi tafovutni 10 foiz punktdan oshmagan holda hisoblash.

2025-yil IV chorak

14.

YUNISEFning onalar va bolalar turmush tarziga doir global “Multiindikator klaster kuzatuvlari” 7-raundida Oʻzbekistonning ishtirokini taʼminlash.

1. 2024 — 2026-yillarda YUNISEFning onalar va bolalar turmush tarziga doir global “Multiindikator klaster kuzatuvlari” 7-raundida Oʻzbekistonning ishtirokini taʼminlash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil

Statistika agentligi

(B. Begalov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari

2. Tadbirlarni moliyalashtirish masalalari har yili tasdiqlanadigan Statistika dasturiga kiritilishini taʼminlash.

2024 — 2026-yillar

II. Axborotlarni yigʻish, qayta ishlash, tarqatish va xalqaro hamkorlik yoʻnalishida

15.

Statistika maʼlumotlaridan foydalanuvchilar ehtiyojlarini qanoatlantirish.

1. Yillik statistika dasturlari doirasida foydalanuvchilarni ishonchli, obyektiv va dolzarb statistik maʼlumotlar (makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, narx-navo, eksport-import tarkibi, investitsion oqimlar, aholi daromadlari va boshqa) bilan muntazam taʼminlab borish.

2. Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati boʻyicha oylik tezkor press-relizlar, choraklik axborotnomalar va yillik statistik toʻplamlarni tayyorlash, chop etish hamda qogʻoz va elektron koʻrinishda foydalanuvchilarga tarqatish.

Statistika dasturida belgilangan muddatlarda

Statistika agentligi

(B. Begalov)

3. Alohida mavzular boʻyicha tahliliy statistika maʼlumotlarini tayyorlash va taqdim etish.

soʻrov asosida

4. Respublika shahar va tumanlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati axborotnomalarini tayyorlash va foydalanuvchilarga yetkazishni yoʻlga qoʻyish.

har yili

16.

Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portali faoliyatini takomillashtirish.

1. Ochiq maʼlumotlar toʻplamlari roʻyxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning Ochiq maʼlumotlar portalida, oʻz vaqtida aks ettirilishi boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirib borish.

2. Portalni takomillashtirishda hamda davlat organlari va tashkilotlarining ochiq maʼlumotlar sohasidagi faoliyatini baholash uchun xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlarning mablagʻlarini, shu jumladan, grantlari (texnik koʻmagi)ni jalb etish.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portalining “Open Data Watch” tashkiloti “Open Data Inventory” jahon mamlakatlari reytingida oʻrnini yaxshilash.

Doimiy

Statistika agentligi

(B. Begalov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

tegishli vazirlik va idoralar

17.

Xalqaro valyuta jamgʻarmasining (XVJ) axborot tizimlarida mamlakatning asosiy makroiqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlarini aks ettirishni taʼminlash.

1. Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Kengaytirilgan maʼlumotlarni tarqatishning umumiy tizimi (k-MTUT)dan Maʼlumotlarni tarqatishning maxsus tizimi (MTMT)ga oʻtish.

2024-yil

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Statistika agentligi

(B. Begalov),

Markaziy bank

(M. Nurmuratov)

2. Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Xalqaro moliya statistikasi sahifasida talab etiladigan asosiy makroiqtisodiy va ayrim ijtimoiy statistika koʻrsatkichlarining eʼlon qilib borilishi taʼminlash.

Doimiy

18.

Xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish.

1. BAA, Malayziya, Singapur, Tailand, Buyuk Britaniya, Kanada davlatlarining milliy statistika idoralari bilan yaqindan oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.

2024-2025-yillarda

Statistika agentligi

(B. Begalov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Xalqaro statistika tashkilotlari bilan ularning savolnomalari asosida, shuningdek, BMTning “Komtreyd”, XVJning k-MTUT va YUNISEFning “TransMonee” axborot tizimlari orqali axborot almashinuvini taʼminlash.

Doimiy

19.

Statistika sohasidagi soʻnggi yangiliklar va ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish.

Statistika agentligi tizimi xodimlarining BMT, YEIK, MDH Davlatlararo statistika qoʻmitasi, ESKATO, XVJ, SESRIC, XEA, YUNFPA, YUNISEF, FAO va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil qilinadigan xalqaro konferensiya, seminar, davra suhbatlari va trenninglarda ishtirokini taʼminlash.

Doimiy, taklif asosida

Statistika agentligi

(B. Begalov)

20.

Rasmiy statistika foydalanuvchilari bilan ochiqlik tamoyili asosida oʻzaro aloqalarni yaxshilash.

1. Muntazam ravishda oliy oʻquv yurtlarida davra suhbatlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan brifinglar, matbuot anjumanlari va boshqa turdagi uchrashuvlarni, hududlarda rahbarlarning sayyor qabul kunlarini oʻtkazib borish.

Doimiy

Statistika agentligi

(B. Begalov)

2. Statistika maʼlumotlaridan qoniqish darajasini aniqlash uchun soʻrovlar oʻtkazib borish, foydalanuvchilarning rasmiy statistika maʼlumotlariga boʻlgan ishonch indeksini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich yaxshilab borish choralarini koʻrish.

2024-2025-yillar davomida

21.

Respondentlar bilan oʻzaro aloqalarni yaxshilash, jumladan, tadbirkorlik subyektlariga statistika hisobotlarini taqdim etishda qulay muhit yaratish.

1. Yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari bilan profilaktika ishlarini oʻtkazib borish.

Doimiy

Statistika agentligi

(B. Begalov),

manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari

2. Respondentlar orasida statistika hisobotlarining mazmuni yuzasidan tanlanma statistika kuzatuvlarini oʻtkazib borish.

Har yili

3. Respondentlarga hisobot yuklamasini qisqartirish hamda statistika hisobotlarining maqsadga muvofiqligi, ularni soddalashtirish va topshirish muddatlarini qayta koʻrib chiqish maqsadida, vazirlik va idoralarning maʼmuriy maʼlumotlari shakliga oʻtkazish hamda taqdim etish muddatlarini qayta koʻrib chiqish orqali maqbullashtirish.

Maxsus reja-jadvalga muvofiq

III. Statistika sohasiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish yoʻnalishida

22.

“Statistika” integrallashgan axborot tizimining funksional imkoniyatlarini yanada takomillashtirish.

1. Statistika dasturi doirasida shakllantirilayotgan rasmiy statistika maʼlumotlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish orqali “Statistika” integrallashgan axborot tizimida eʼlon qilinayotgan maʼlumotlar tarkibini yanada kengaytirish.

2. “Statistika” integrallashgan axborot tizimidan foydalangan hududlar va sohalar kesimida solishtirishlarni amalga oshirish imkoniyatlarini joriy etish.

3. “Statistika” integrallashgan axborot tizimini davlat boshqaruvi organlarining axborot tizimlariga bosqichma-bosqich integratsiyalash.

2024-yil davomida

Statistika agentligi

(B. Begalov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

tegishli vazirlik va idoralar

23.

Korxona va tashkilotlar tomonidan statistika hisobotlarini taqdim etish jarayonlarini raqamli texnologiyalar yordamida yanada takomillashtirish.

Statistika hisobotlarini onlayn rejimda taqdim etishning e-Stat 4.0 axborot tizimiga sunʼiy intellekt (artificial intelligence) texnologiyasini joriy etish, jumladan:

ilgʻor xalqaro tajribalarni oʻrgangan holda loyihaning texnik hujjatlarini ishlab chiqish;

oʻrganish natijalariga muvofiq, mos kelgan yechimlarni axborot tizimiga sinov tariqasida joriy etish.

2024-2025-yillar

Statistika agentligi

(B. Begalov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

24.

“Statistik registrlarning raqamli bazasi” axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

1. Axborot tizimi tamoyillarini va foydalanish jarayonlarini oʻz ichiga olgan nizom ishlab chiqish.

2024-yil iyun

Statistika agentligi

(B. Begalov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

2. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazish.

2024-yil oktabr

3. Axborot tizimni yaratish va integratsiya ishlarini olib borish.

2025-yil avgust

25.

Birja savdolariga qoʻyiladigan tovarlar narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali elektron shaklda idoralararo almashishni yoʻlga qoʻyish.

1. Integratsiya yordamida olinadigan maʼlumotlar roʻyxatini shakllantirish hamda integratsiyani yoʻlga qoʻyish boʻyicha texnik yoʻriqnomani ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil iyul

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

“Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ

(Z. Badriddinov),

Statistika agentligi

(B. Begalov)

2. Tasdiqlangan texnik yoʻriqnoma asosida integratsiyani yoʻlga qoʻyishning texnik ishlarini amalga oshirish va ishga tushirish.

2024-yil dekabr

26.

Korxona va tashkilotlarning mehnat koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlarini integratsiya qilish orqali olishni yoʻlga qoʻyish.

1. Integratsiya yordamida olinadigan maʼlumotlar roʻyxatini shakllantirish hamda integratsiyani yoʻlga qoʻyish boʻyicha texnik yoʻriqnomani ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil iyul

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Musayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Statistika agentligi

(B. Begalov)

2. Tasdiqlangan texnik yoʻriqnoma asosida integratsiyani yoʻlga qoʻyishning texnik ishlarini amalga oshirish va ishga tushirish.

2024-yil dekabr

27.

Jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibda qurilgan turar joylarni va noturar binolarni foydalanishga topshirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni integratsiya orqali taqdim etishni yoʻlga qoʻyish.

1. Integratsiya yordamida olinadigan maʼlumotlar roʻyxatini shakllantirish hamda integratsiyani yoʻlga qoʻyish boʻyicha texnik yoʻriqnomani ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil iyul

Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Statistika agentligi

(B. Begalov)

2. Tasdiqlangan texnik yoʻriqnoma asosida integratsiyani yoʻlga qoʻyishning texnik ishlarini amalga oshirish va ishga tushirish.

2024-yil dekabr

28.

Rasmiy statistikadan erkin foydalanish imkonini oshirish uchun veb-resurslardagi statistik maʼlumotlar tarkibini kengaytirish.

Statistik kuzatuvlar natijalari hamda tegishli vazirlik va idoralardan toʻplangan idoraviy maʼlumotlar asosida shakllangan koʻrsatkichlarni Agentlikning rasmiy veb-sayti (www.stat.uz), statistika integrallashgan axborot tizimi (www.siat.stat.uz), gender statistikasi veb-sayti (www.gender.stat.uz), aholini roʻyxatga olish veb-sayti (www.aholi.stat.uz) va Milliy barqaror rivojlantirish maqsadlari veb-saytida (www.nsdg.stat.uz) joylashtirish va muntazam ravishda yangilab borish.

Doimiy ravishda, yillik asosda

Statistika agentligi

(B. Begalov),

tegishli vazirlik va idoralar

29.

Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portalini takomillashtirish.

1. Geofazoviy maʼlumotlarni joylashtirish imkoniyatlarini yaratish.

2024-yil iyul

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Statistika agentligi

(B. Begalov)

2. Ochiq maʼlumotlar portalida joylashtirilgan maʼlumotlar toʻplamlari sonini oshirish.

2024-yil oktabr

IV. Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlarni rivojlantirish yoʻnalishida

30.

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida taʼlim jarayonlarini takomillashtirish.

1. Tizim xodimlarini kasbiy tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarida zamonaviy oʻqitish uslublari va taʼlim vositalari, xususan, virtual modellar, interaktiv texnologiyalar yordamida sifatli taʼlimni tashkil etish.

Doimiy

Statistika agentligi

(B. Begalov)

2. Tizimda zamon talabiga javob beradigan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash maqsadida, katta hajmdagi maʼlumotlar (Big data), bulutli hisoblash, sunʼiy intellekt, blokcheyn, buyumlar interneti, mobil, virtual reallik kabi raqamli texnologiyalari haqida tushunchalar berish va ulardan samarali foydalanish boʻyicha malaka oshirish va qayta tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

2024-yil II chorak

3. Tizim xodimlarining raqamli iqtisodiyot texnologiyalari boʻyicha malakasini oshirish maqsadida “Raqamli iqtisodiyotda katta hajmdagi maʼlumotlar (Big data) va sunʼiy intellekt” oʻquv kursini tashkil etish.

Doimiy

4. Soha boʻyicha malakali kadrlarni tayyorlashni samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida, taʼlim-fan integratsiyasini amalga oshirish, jumladan, oliy taʼlim muassasalari talabalarining amaliyot oʻtashlarini tashkil etish va soha mutaxassislarini tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalarida “Statistika” laboratoriyalarining samarali faoliyat yuritishini taʼminlash.

Doimiy

31.

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti bilan Koreya statistika instituti oʻrtasida “tvinning” asosida integratsiyani amalga oshirish.

1. Koreya tajribasi asosida Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2024-yil II chorak

Statistika agentligi

(B. Begalov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

2. Oʻquv jarayonlarini sifatli tashkil etish maqsadida, Koreya tajribasi asosida onlayn malaka oshirish kurslari uchun davlat budjetidan Statistika agentligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida elektron platforma yaratish va ishga tushirish.

2024-yil IV chorak

32.

Statistika sohasida xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish.

1. Tizim xodimlarining kasbiy mahoratlarini oshirib borish boʻyicha Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida malaka oshirish va qayta tayyorlash oʻquv kurslarini sifatli tashkil etish va doimiy takomillashtirib borish.

Doimiy

Statistika agentligi

(B. Begalov),

tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari

2. Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida vazirlik, idora va mahalliy davlat boshqaruvi organlarining statistika boʻyicha masʼul xodimlarining “Statistika asoslari” kursi boʻyicha shartnoma asosida malakasini oshirib borishni tashkil etish.

Doimiy

3. Hisobot topshiruvchi, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlarining statistika boʻyicha savodxonligini oshirib borish maqsadida Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan statistika yoʻnalishida qisqa muddatli sayyor oʻquv kurslarini tashkil etish.

Doimiy, reja-grafik asosida

4. Tizim xodimlari tomonidan statistik tahlilda keng foydalanishni yoʻlga qoʻyish maqsadida “STATA” amaliy dasturiy paketlarning alohida oʻquv kurslarini tashkil etish va katta hajmdagi maʼlumotlarni (Big data) qayta ishlash va tahlil qilish, oʻrgatish.

2024-2025-yillarda

33.

Tizimda ilm-fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish.

1. Statistika sohasida sifatli ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida mahalliy va xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan memorandumlar imzolash va doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

2024-yilda, doimiy, har yili

Statistika agentligi

(B. Begalov),

tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari

2. Statistika uslubiyoti va amaliyotida mavjud muammoli masalalar boʻyicha statistik tadqiqotlarni amalga oshirish jarayoniga ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi yetuk olimlar va soha mutaxassislarini keng jalb etish.

Buyurtma asosida

3. Statistika agentligi, boshqa vazirlik va idoralar buyurtmalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va statistika amaliyotiga ilgʻor xalqaro tajribalar hamda innovatsion ishlanmalarni joriy etish.

Doimiy

4. Statistika sohasidagi dolzarb ilmiy mavzularda maqola, monografiya, ilmiy risolalar chop etish, doktorlik dissertatsiya ishlarini bajarish va ularning natijalarini tizim amaliyotiga joriy qilish.

Doimiy

V. Boshqa yoʻnalishlarda

34.

Energiyani tejash, uning samaradorligini oshirish va sohaga qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni keng jalb qilish.

Statistika agentligi markaziy apparati va hududiy statistika boshqarmalari binolariga quyosh fotoelektr stansiyalarini va quyosh suv isitkichlarini davlat budjetidan Statistika agentligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida oʻrnatish.

2024-2025-yillar, maxsus reja-jadvalga muvofiq

Statistika agentligi

(B. Begalov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov),

manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari

35.

Tizimda amalga oshiriladigan davlat xaridlari shaffofligini taʼminlash.

Amalga oshiriladigan davlat xaridlari shaffofligi va ochiqligini taʼminlash maqsadida tizimda “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash, birinchi rahbarlar va xaridlarga masʼullarning shaxsiy masʼuliyatini oshirish, Agentlikning rasmiy saytida alohida sahifani ochish va yuritish.

2024-yil II chorak, doimiy

Statistika agentligi

(B. Begalov)

36.

Tizimda korrupsiya va uni yuzaga keltiruvchi omillarning oldini olish.

1. Statistika organlari xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish orqali jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat ruhini shakllantirish.

Doimiy

Statistika agentligi

(B. Begalov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxonov)

2. Komplayens nazorati tizimi doirasida “Korrupsiyadan holi qonunchilik” tamoyili asosida qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazib borish.

Doimiy

3. Statistika sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va aniqlangan xavf-xatarlarni bartaraf etish boʻyicha ishlarni tashkil etish.

Doimiy

4. Statistika tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining ISC)-37001:2016 Korrupsiyaga qarshi xalqaro standarti talablariga mosligini taʼminlash.

2025-yil IV chorak

5. Tizim faoliyatini xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari asosida tartibga solish orqali “Statistika — korrupsiyasiz soha” yoʻnalishidagi milliy reytinglarda yuqori natijalarga erishish.

2025-yil IV chorak

37.

Statistika faoliyatiga autsorsing mexanizmlarini joriy etish.

1. Statistika nashrlarining foydalanuvchilar keng doirasiga yetkazilishini taʼminlash maqsadida maʼlumotlarni tarqatish ishlarini amalga oshirish jarayonlariga autsorsing mexanizmlari asosida ushbu yoʻnalishdagi savdo, shu jumladan elektron tijorat xizmatini koʻrsatuvchi tashkilotlarni jalb etish.

2024-yil, doimiy

Statistika agentligi

(B. Begalov),

tegishli vazirlik va idoralar

2. Norasmiy sektor, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati boʻyicha tanlanma kuzatuvlarni sinov tariqasida autsorsing mexanizmlari asosida tashkil etish.

2024-yil

38.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (tovar, bajarilgan ish, koʻrsatilgan xizmat) hamda ular bandligining hisobini xalqaro standartlar asosida yuritilishini taʼminlash.

1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi 2-tahriri (IFUT-2)ga moslashtirish.

2024-yil 1-iyul

Statistika agentligi

(B. Begalov),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Adliya vazirligi

(A. Tashqulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(B. Musayev),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vahobov)

2. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni roʻyxatga olish va ularning hisobini yuritish boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2024-yil 1-avgust

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil 1-sentabr

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-114-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-2025-yillarda erishishi lozim boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari)

T/r

Koʻrsatkich nomi

Oʻlchov birligi

2023-yil

Maqsadli koʻrsatkichlar

2024-yil

2025-yil

1. Faoliyatning asosiy yoʻnalishlarida

1.

Jahon bankining mamlakatlar statistika salohiyatini baholash indeksida reytingni oshirib borish (Statistika faoliyati samaradorligi indeksi)

ballda (100 balli shkalada)

70,8

71,0

71,2

2.

Statistika uslubiyoti va tasniflagichlarining ilgʻor xalqaro tajribaga mosligini taʼminlash

foizda

80

85

90

3.

Statistika hisobotlari shakllarini takomillashtirib borish (xalqaro tavsiyalar asosida)

shakllar sonidan foizda

50

55

60

4.

Xalqaro statistika uslubiyotini oʻzlashtirish — xalqaro tashkilotlarning statistika savolnomalarini uygʻunlashgan koʻrsatkichlar bilan toʻldirilishini taʼminlash

foizda

70

75

80

II. Ochiqlikni taʼminlash yoʻnalishlarida

5.

Statistika agentligi veb-saytida eʼlon qilinadigan statistik maʼlumotlar (“Ochiq maʼlumotlar” boʻlimidagi maʼlumotlar toʻplami) sonini oshirib borish

birlikda, yilda

400

450

500

6.

Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari veb-saytida joylashtirish uchun indikatorlarning sonini umumiy tasdiqlangan indikatorlarga nisbatan ulushini oshirib borish

foizda

55,8

60,2

65,0

7.

Gender statistikasi boʻyicha www.gender.stat.uz veb-saytidagi indikatorlar sonini oshirib borish

birlikda

140

190

200

8.

Ochiq maʼlumotlar portalida joylashtirish uchun maʼlumotlar toʻplamlari sonini xalqaro tajriba asosida oshirib borish

birlikda

7 000

9 000

11000

9.

Xalqaro tashkilotlar maʼlumotlar bazalarida eʼlon qilinayotgan indikatorlarni Ochiq maʼlumotlar portalida qamrab olish darajasini oshirish

foizda

65

70

80

10.

Xalqaro tashkilotlar bilan axborot almashinuvini taʼminlash (savolnomalar va axborot tizimlari)

birlikda

51

54

56

11.

Ochiq maʼlumotlar shaklida eʼlon qilib borilayotgan umumfoydalanishdagi koʻrsatkichlar ulushini oshirish

foizda

85

90

95

12.

Oylik press-relizlar, choraklik axborotnomalar va yillik statistika nashrlarini tayyorlash va foydalanuvchilarga yetkazilishini taʼminlash

birlikda

165

170

175

III. Respondentlar bilan samarali aloqani yoʻlga qoʻyish yoʻnalishida

13.

Hisobot topshiruvchi subyektlarning qoniqish darajasi boʻyicha tanlanma kuzatuvlarda ishtirok etuvchi respondentlar sonini oshirib borish

birlikda, yilda

20 000

20 000

22 000

14.

Eʼlon qilinayotgan statistika maʼlumotlaridan qoniqish darajasini aniqlash uchun foydalanuvchilar oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazish

soʻrov soni, yilda

4

4

4

15.

Foydalanuvchilarning rasmiy statistika maʼlumotlariga boʻlgan ishonch indeksini ishlab chiqish va oshirib borish

indeks

-

1,0*

1,02

IV. Statistika faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish yoʻnalishida

16.

Idoralararo axborot almashinuvini joriy qilish orqali idoraviy va maʼmuriy statistika maʼlumotlarini yigʻish jarayonlarini avtomatlashtirish

maʼlumot turlari soni

12

15

20

17.

Foydalanishda boʻlgan IT uskunalari va dasturiy taʼminotlarni yangilash va qayta jihozlash (umumiy songa nisbatan foizda)

foizda

10

10

10

18.

Statistika agentligi veb-sayti foydalanuvchilari (tashriflar) sonini oshirish

mingta, yilda

600

650

700

19.

Koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari va interaktiv xizmatlar sonini oshirib borish

birlikda

12

14

16

20.

Taqdim etilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan maʼlumotlardan foydalanuvchilar oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazish

soʻrov soni, yilda

4

4

4

21.

“Statistika” integrallashgan axborot tizimida dinamik qatorlarda keltirilgan statistik koʻrsatkichlarni vizual koʻrinishda tasvirlash

foizda

50

80

100

V. Kadrlar va statistika salohiyatini oshirib borish yoʻnalishlarida

22.

Statistika tizimi xodimlarining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida malakasini oshirib borishning quyi chegarasi

xodimlar soni, yilda

1 296

1231

950**

23.

Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat boshqaruvi organlarining statistika boʻyicha masʼul xodimlarini Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida malakasini oshirib borishning quyi chegarasi

nafar, yilda

430

440

450

24.

Statistika agentligi tizimi xodimlarini xalqaro seminar, treninglarda ishtirokini taʼminlashning quyi chegarasi

nafar, yilda

170

175

180

25.

Oliy taʼlim muassasalarida davra suhbatlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan brifinglar, press-konferensiyalar va boshqa turdagi uchrashuvlarni oʻtkazib borish

birlikda, yilda

25

28

32

* bazaviy daraja;
** mazkur qaror bilan shtat birliklarini maqbullashtirishni inobatga olgan holda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-114-son qaroriga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Statistika kengashi
TARKIBI

R.A. Gulyamov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Statistika kengashi raisi

B.A. Begalov

Statistika agentligi direktori, Statistika kengashi raisining oʻrinbosari

O.A. Xakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari

Sh.X. Nazarov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisi

B.A. Musayev

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

I.Yu. Abduraxmonov

qishloq xoʻjaligi vaziri

K.A. Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

N.Q. Xolmurodov

investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

M.M. Mirzayev

Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

B.S. Hamrayev

Markaziy bank raisi oʻrinbosari

D.A. Vahobov

Savdo-sanoat palatasi raisi

U.K. Abidxodjayev

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori

A.A. Ikramov

Statistika agentligi direktori oʻrinbosari, Statistika kengashi kotibi

Izoh:
Statistika kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Zarur hollarda, Statistika kengashi ishiga, uning tarkibiga kirmagan boshqa vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar ekspertlari va xorijiy maslahatchilar jalb qilinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-114-son qaroriga
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Statistika kengashi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Statistika kengashi rasmiy statistikani rivojlantirish, faoliyat yuritish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha kollegial maslahat organidir.
2. Statistika kengashining tarkibi davlat boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, shuningdek statistika boʻyicha milliy ekspertlar orasidan shakllantiriladi.
2-bob. Statistika kengashining vazifalari
3. Statistika kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
rasmiy statistika sohasidagi amaldagi qonunchilik ijrosini taʼminlash va ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda, milliy statistika tizimini samarali tashkil etishda koʻmaklashish;
mamlakat milliy statistika tizimida umumiy tushunchalar, taʼriflar va tasniflar izchil qoʻllab borilishini taʼminlash;
davlat statistika organlari, statistika maʼlumotlarini yuritish vakolatiga ega boʻlgan davlat tashkilotlari hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy statistika sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
milliy statistika tizimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, innovatsion yondashuv va texnologiyalarni joriy qilish, statistika uslubiyotlarini takomillashtirish va statistika faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha tavsiyalar berish;
rasmiy statistikaning eng muhim tamoyillariga, birinchi navbatda, statistika maʼlumotlarining ishonchliligi, xolisligi, tushunarliligi va shaffofligiga rioya etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, statistik hisobotlarni yigʻish, ularga ishlov berish va umumlashtirish tartibiga har qanday aralashuvni istisno etuvchi statistika ishlarini tashkil etish tizimini yaratishda koʻmaklashish;
statistika maʼlumotlari sifatini oshirish, xususan, milliy hisoblar tizimi koʻrsatkichlarini va ularni hisoblash uslubiyotini xalqaro tashkilotlar tavsiyalariga muvofiq takomillashtirishda ishtirok etish;
rasmiy statistika maʼlumotlarini ishlab chiqarish jarayonlarining milliy modelini va GSBPM xalqaro standart modeliga muvofiq, sifatni boshqarishning zamonaviy usullarini joriy qilishni muvofiqlashtirish;
statistik maʼlumotlarning ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash orqali statistika faoliyati samaradorligi koʻrsatkichi reytingini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
xalqaro statistika tashkilotlarining elektron maʼlumotlar bazalari va maxsus nashrlarida Oʻzbekiston Respublikasi toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni joylashtirishga qaratilgan xalqaro hamkorlik va axborot almashinuvini rivojlantirishga koʻmaklashish;
davlat statistika organlari, shuningdek, maʼmuriy maʼlumotlarni yuritish boʻyicha vakolatli davlat organlari faoliyatining natijalarini har yili koʻrib chiqish, statistika kuzatuvlarining respondentlarga boʻlgan yukini kamaytirish, ularni unifikatsiya qilish, soddalashtirish va optimallashtirish maqsadida statistika hisobotlari va kuzatuv shakllarini, shuningdek, uslubiyotlar va tasniflarning qayta koʻrib chiqilishini taʼminlash;
mamlakatda milliy iqtisodiyotni va ijtimoiy sohani isloh qilish jarayonlarini hisobga olishda ishonchlilik va toʻliqlikni taʼminlashni inobatga olgan holda bir yillik Statistika dasturini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
statistik toʻplamlar va byulletenlar nashrini tashkil etish, ularni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish orqali statistika maʼlumotlarining ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash.
3-bob. Statistika kengashining funksiyalari
4. Statistika kengashi asosiy vazifalaridan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hukumat, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga statistika siyosatining barcha jihatlari boʻyicha maslahat berish;
milliy statistika tizimi faoliyatining ishonchlilik, xolislik, begʻarazlik, tushunarlilik va shaffoflik kabi asosiy tamoyillarini amalga oshirishda koʻmaklashish;
statistik maʼlumotlarni yigʻish, ularga ishlov berish va umumlashtirish tartibiga har qanday aralashuvni istisno qilishni taʼminlash;
koʻp yillik va bir yillik statistika dasturlarini koʻrib chiqish, bir yillik statistika dasturini tasdiqlash hamda uni amalga oshirish masalalarini monitoring qilish va hal qilishda koʻmaklashish;
statistika uslubiyotlarini takomillashtirish va maʼlumotlarni shakllantirishda foydalanuvchilar ehtiyojlarini hisobga olish masalalarini koʻrib chiqish;
statistik va iqtisodiy tahlilning zamonaviy uslublarini, xalqaro standartlarga mos va bozor iqtisodiyoti tamoyillariga javob beradigan koʻrsatkichlar tizimini amaliyotga joriy etish boʻyicha ishlarni tashkil etish;
davlat statistika organlari faoliyatiga innovatsion yondashuvlar va zamonaviy texnologiyalarni samarali joriy etish;
sifatni boshqarishning zamonaviy xalqaro usullarini hisobga olgan holda rasmiy statistika maʼlumotlarini ishlab chiqarish jarayonlarining milliy modelini ishlab chiqish va joriy etishga koʻmaklashish;
Statistika agentligiga yuklatilgan vazifalarni toʻliq va samarali amalga oshirishda koʻmaklashish.
4-bob. Statistika kengashining vakolatlari
5. Statistika kengashi yuklatilgan vazifalarini bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, idoralar, korxonalar va tashkilotlardan rasmiy statistikani takomillashtirish boʻyicha belgilangan tartibda maʼlumot soʻrash va olish;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
davlat idoralari vakillarining axborot yigʻish jarayonlarini tashkil etish masalalari, shuningdek, soʻralayotgan axborotlar bilan rasmiy statistika va (yoki) maʼmuriy maʼlumotlarda mavjud maʼlumotlar oʻrtasida takrorlanish holatlarini aniqlash va bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni va hisobotlarni koʻrib chiqish hamda boshqa tashkilotlar vakillarining axborotlarini eshitish;
Statistika kengashi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻz yigʻilishlarida mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, barcha rasmiy statistikani tayyorlovchilar hamda maʼmuriy maʼlumotlarni yetkazib beruvchilar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilish;
rasmiy statistikaning ayrim masalalarini koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyalarini tayinlash.
5-bob. Statistika kengashi faoliyatini tashkil etish
6. Statistika kengashining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
7. Statistika kengashi aʼzolari ularning kasbiy malakasi va statistika sohasidagi salohiyati asosida tayinlanadi.
8. Statistika kengashini Statistika kengashi raisi boshqaradi.
Rais boʻlmagan taqdirda uning vazifasini uning oʻrinbosari yoki Statistika kengashi aʼzolaridan biri raisning farmoyishiga muvofiq amalga oshiradi.
9. Statistika kengashi majlislari uning aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi miqdorida kvorum mavjud boʻlganda vakolatli hisoblanadi.
10. Statistika kengashining qarorlari majlisda ishtirok etayotgan Statistika kengashi aʼzolarining koʻpchiligi ovoz bergan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi.
11. Statistika kengashining qarorlari Statistika kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Qarorlarning ijrosini nazorat qilish Statistika kengashi kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
Statistika kengashining faoliyati va uning qarorlari ommaviy axborot vositalarida yoritiladi.
12. Statistika agentligining tegishli boʻlinmasi Statistika kengashining ishchi organi hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-114-son qaroriga
8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3165-son qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4796-son qaroriga 3 va 4-ilovalar hamda 6-ilovaning 1 va 3-bandlari.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2024-y., 07/24/114/0183-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)